logo

SAMARQAND VILOYATINING TURISTIK IMKONIYATLARINI BAHOLASH VA KARTALASHTIRISH

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

5240 KB
SAMARQAND VILOYATINING TURISTIK IMKONIYATLARINI
BAHOLASH VA KARTALASHTIRISH
KIRISH 4
I BOB.   TURIZMNI   KARTAGA   OLISHNING   NAZARIY-
METODOLOGIK ASOSLARI
§ 1.1.   O‘zbekistonda turizm turlari o‘rganish ob’ekti sifatida 9-17
§1.2.   Samarqand   viloyatining   turi zm   resurslar ini   kartografik
tadqiq qilish 18-30
II-BOB . TURIZM   TURLARI   VA   ULARNI   KARTOGRAFIK
TA’MINLASH
§ 2 .1. Turizm   plan   va   kartalarning   geodezik,   matematik   va
geografik asoslari hamda mazmun - mohiyati 31-38
§ 2 .2. Turizm-GAT ma’lumotlar bazasini yaratish 39-47
§ 2 .3. Turizm   kartalarini   yaratish   usullari   va   dizaynini
takomillashtirish 48-56
III-BOB ZAMONAVIY   TURISTIK   KART   AVA   ATLASLAR
YARATISH   YO’LLARI   HAMDA   ULARNI
LOYIHALASHTIRISH
§3.1. Zamonaviy   turizm   kartalarini   yaratishda   GAT
texnologiyalari   va   masofadan   zondlash   materiallaridan
foydalanish yo‘llari 57-65
§3.2 . Samarqand   viloyati   turistik   atlasi   loyihasi   bo’yicha   taklif:
tarkibi, mazmuni va asosiy kartalar i  ro‘yxati 66-71
XULOSA 72-73
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 74-81
1 KIRISH.
Jahonda   va   uning   turli   mintaqalarida   turizm   jarayonlarini   rivojlantirishda
zamonaviy   uslublar   asosida   yaratilgan   tizimli   kartalardan   foydalanish   etakchi
o‘rinni   egallamoqda.   Dunyo   miqyosida   turizm   sohasi   uchun   aniq   ma’lumotli
tizimli   kartalarga   bo‘lgan   ehtiyojning   ortishini   hisobga   olsak,   zamonaviy
texnologiyalardan foydalanib geografik ma’lumotlar bazasi asosida tizimli turistik
kartalarni   tuzishning   yangi   usullarini   amaliyotga   joriy   etishni   taqazo   etadi.   SHu
jihatdan   turizm   maqsadlari   uchun   turistik   resurslar   va   infratuzilma   ob’ektlari
haqidagi   to‘liq,   ishonchli   va   tezkor   hamda   oson   qo‘lga   kiritiladigan   ma’lumotlar
olishning kartografik usullarini joriy etish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Jahonda   turizm   sohasini   tizimli   kartaga   olishda   kartografik   usullar   va
zamonaviy geoaxborot texnologiyalari yordamida ma’lumotlarni to‘plash, saqlash,
ularni raqamli ko‘rinishga keltirish, tahlil qilish, qayta ishlash, turistik infratuzilma
ob’ektlarini   davlat   kadastridan   o‘tkazish,   tabiiy,   tarixiy-madaniy   resurslarni
baholash   va   inventarizatsiya   qilish,   turistik-rekreatsion   zonalar,   turistik
marshrutlarini   aniqlash   va   tadbiq   etishning   yangi   ilmiy-texnikaviy   echimlarini
ishlab   chiqishga   yo‘naltirilgan   ilmiy-tadqiqot   ishlari   olib   borilmoqda .   Bu   borada,
ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni inobatga olgan holda turizm sohasini tizimli kartaga
olishni   ilmiy   asoslarini   takomillashtirishda   geoaxborot   tizim   va   kartografik
ta’minlashning zamonaviy texnologiyalari va usullarini ishlab chiqishga qaratilgan
tadqiqotlarga alohida e’tibor berilmoqda.
Respublikamizda   iqtisodiyotni,   xususan,   turizmni   rivojlantirish,
mamlakatimiz aholisini turistik talabini maksimal darajada qondirish, mintaqalarni
kompleks rivojlantirishda ekologik muvozanat va madaniy merosni saqlash, turizm
sohasini   barqaror   rivojlanishini   ta’minlash,   byudjetda   turizm   sohasidan   keladigan
daromadni   muntazam   oshirib   borish,   istiqbolli   turizm   markazlari   tashkil   qilish,
ekskursiya   ishini   rivojlanish   darajasini   ko‘tarish,   qishloq   turizmini   rivojlantirish,
mintaqaviy   turistik-rekreatsion   faoliyatni   axborot   va   reklama   ta’minotini
takomillashtirishga  doir   keng  qamrovli  chora-tadbirlar  amalga  oshirilib,  muayyan
natijalarga   erishilmoqda.   2017-2021   yillarda   O‘zbekiston   Respublikasini   yanada
2 rivojlantirish   bo‘yicha   Harakatlar   strategiyasida,   jumladan   « ...turizm   sohalarida
sun’iy yo‘ldosh qabul qilgichlardan foydalangan holda tezkor ma’lumot yig‘ish va
elektron   davlat   xizmatlarini   ko‘rsatishda   foydalanish» 1
  bo‘yicha   muhim   vazifalar
belgilab   berilgan .   Ushbu   vazifalarni   amalga   oshirishda,   jumladan,   hududlarning
turizm   resurslari   va   infratuzilma   ob’ektlarini   kartografik   ta’minlash   va   geografik
axborot tizimlari (GAT) asosida mintaqaviy turizmni tizimli kartaga olishni ilmiy
asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish muhim ahamiyat
kasb etmoqda.
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2017   yil   7   fevraldagi   PF-4947-son
« O‘zbekiston   Respublikasini   rivojlantirish   bo‘yicha   Harakatlar   strategiyasi
to‘g‘risida»gi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi  PF-
5611-son   « O‘zbekiston   Respublikasida   turizmni   jadal   rivojlantirishga   oid
qo‘shimcha   chora   tadbirlar   to‘g‘risida»gi   farmonlari,   O‘zbekiston   Respublikasi
Prezidentining   2017   yil   16   avgustdagi   PQ-3217-son   « 2018-2019-yillarda   turizm
sohasini   rivojlantirish   bo‘yicha   birinchi   navbatdagi   chora-tadbirlar   to‘g‘risida»gi
Qarorida   hamda   mazkur   faoliyatga   doir   boshqa   me’yoriy-huquqiy   hujjatlarda
keltirilgan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya ishi muayyan darajada
xizmat qiladi.
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi   Turizm sohasini iqtisodiyotda tutgan
o‘rni   o‘ta   yuqoriligi,   uning   rivojlanishi   fonida   dunyoning   ko‘plab   mamlakatlari
yuqori   daromadlar   olayotganligida,   xuddi   shunday   mamlakatimizda   ham   mazkur
sohaga keng e’tibor qaratilayotganligida namoyon bo’ladi.
Tadqiqot ob’ekti:  Samarqand viloyatining turistik  xususiyatlari  sanaladi.
Tadqiqot   predmeti   esa   Samarqand   viloyati   bo‘yicha   turizm   sohasini
baholash   va   kartalashtirishni   takomillashtirish   bo‘yicha   tavsiyalar   ishlab   chiqish
hisoblanadi.
1
Oʼzbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2017   yil   7   fevraldagi   PF-4947-son   «Oʼzbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha Harakatlar strategiyasi toʼgʼrisida» gi Farmoni.
3 Tadqiqot   maqsadi:   turistik   mavzudagi   kartalarning   mintaqaviy   tizimini
yaratishning   ilmiy   va   amaliy   asoslarini   GAT   texnologiyalari   yordamida   ishlab
chiqish va takomillashtirishdan iborat .
Tadqiqotning   asosiy   masalalari   va   farazlari:   tadqiqot   oldiga   qo`yilgan
asosiy   masalalar   ishning   maqsad   va   vazifalaridan   kelib   chiqadi.   Dissertatasiya
ishiga   qo`yilgan   bosh   masala   turistik   faoliyatni   tashkil   etishni   yanada
takomillashtirish   muayyan   darajada   sayohatchilar   uchun   qiziqish   uyg‘otadigan
ob’ekt va hodisalar haqida to‘liq, zamonaviy va ishonchli kartografik ma’lumotga
bog‘liq. Viloyat hududi, uning tarixi, tabiati, aholisi, madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyoti,   turizm   ob’ektlari   va   turizm   infratuzilmasi,   turizm   omillari   haqida
ma’lumotlar   aks   ettirilishi   uchun   tizimli   kartaga   olish   zarurligini   ko‘rsatadi.
Jamiyatda   shakllangan   sharoitlar   kompleksi   va   omillari   hududning   turistik
potensialini   belgilaydi,   bu   esa   hudud   turizmining   rivojlanishida   muhim   ahamiyat
kasb   etadi.   Turizm   taraqqiyotini   quyidagi   bir   qator   omillar   bilan   belgilash
maqsadga   muvofiqligini   ko‘rsatib   berish   dissertatsiya   ishiga   qo`yilgan   asosiy
g`oya hisoblanadi.
Mavzu   bo`yicha   adabiyotlar   tahlili:   Mazkur   fanni   rivojlantirishning
ko‘pgina   muhim   nazariy   va   amaliy   muammolari   bilan   xorijiy   davlatlaridan
R.Davidson,   U.Ziltener,     O.Martin,     H.Pechlaner,   R.Blanshar,   A.Mariotti,
N.Leiper,   I.G.Kohl,   Corneliu   Iatu,   MDH   davlatlarida   A.YU.Aleksandrova,
N.N.Baranskiy,   YU.A.Vedenin,   S.R.Erdavletov,   P.N.Zachinyaev,   I.I.Pirojnik,
YU.D.Dmitrevskiy,   N.S.Mironenko,   M.B.Birjakov,   I.T.Tverdoxlebov,
D.V.Nikolaenko,   N.S.Falkovich   kabi   olimlar   o‘z   ilmiy   tadqiqotlarida   turizm
sohasini yanada takomillashtirishga  oid takliflarni ishlab chiqqanlar. 
O‘zbekistonda   ham   turizm   geografiyasining   ayrim   muammolari   bo‘yicha
A.A.Rafiqov,   A.S.Soliev,   A.N.Nigmatov,   S.B.Abbasov,   SH.A.Azimov,
A.Z.Zokirov,   M.Hoshimov,   R.Xayitboev,   N.T.SHamuratova,   X.M.Mamatqulov,
I . S . Tuxliev,   K . B . Urazov,   M.R.Usmonov,   N.E.Ibodullaev,   SH.T.YAkubjonova,
R.Usmanova ,   SH.G‘.SHomurodova,   B . SH . Safarov,   N . S . Ibragimov,
SH.A.Xolmurodov   va   O‘.B.Badalov   kabi   olimlar   tomonidan   Toshkent,
4 Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Xorazm, Jizzax viloyatlari va Farg‘ona vodiysi
misolida   turizmning   iqtisodiyotga   ta’siri,   ekoturizm,   agroturizm   masalalari   ancha
keng yoritilgan.
Tadqiqotda   qo`llanilgan   usullar: Tadqiqotda   geografik   taqqoslash,   tarixiy-
geografik, kartografik, statistik, laboratoriya, ekspeditsiya, tayanch-nuqtalar hamda
GIS metodlaridan foydalanildi.
Tadqiqot   natijalarining   nazariy   va   amaliy   ahamiyati:   Tadqiqot
natijalarining ilmiy ahamiyati dissertatsiyadagi ilmiy-nazariy xulosalar, tavsiyalar,
kartografik   va   boshqa   birlamchi   materiallar,   Samarqand   viloyati   turistik   sohasini
kompleks   baholash,   turizm   infratuzilmasini   yanada   yaxshilash   bo‘yicha   metodik
yondashuvlarni takomillashtirilganligi bilan izohlanadi. 
Tadqiqot   natijalarining   amaliy   ahamiyati   Samarqand   viloyati   turistik
sohasini   kompleks   rivojlantirishda   tabiiy,   madaniy   turizm   va   rekreatsiya
resurslaridan   oqilona   foydalanishga,   yangi   turistik   marshrutlar   ishlab   chiqishga
hamda turizm infratuzilmasini  takomillashtirishga xizmat qiladi.
Tadqiqotning   ilmiy   yangiligi:   Samarqand   viloyati   turistik   resurslari
baholangan.   Olingan   natijalar   va   baholash   ishlari   asosida   turli   masshtabli   turistik
kartalar yaratilganligi dissertatsiya ishining ilmiy yangiligi hisoblanadi.
Dissertatsiya  tarkibining  qisqacha  tavsifi:   Dissertatsiya   ishi  kirish,  uchta
bob,   xulosa   va   foydalanilgan   adabiyotlar   ro`yxatidan   iborat.   Kirish   qismida
dissertatsiya   ishining   dolzarbligi,   tadqiqot   ob`ekti,   prtedmeti,   maqsadi   va
vazifalari,   tadqiqot   asosiy   masalalari,   qo`yilgan   g`oya,   adabiyotlar   tahlili,
tadqiqotda  qo`llanililgan  usullar,  tadqiqotning  nazariy  va  amaliy  ahamiyati,   ilmiy
yangiliklari   bayon   qilingan.   Dissertatsiyaning   birinchi   bobida   turizmni   tadqiq
qilishning ilmiy-metodik masalalari yoritib berilgan.
Ikkinchi   bobida   asosiy   e’tibor   GAT   texnologiyalari   negizida   viloyat
turizmini   baholash,   tahlil   qilish   hamda   uni   takomillashtirish   va   kartalshtirish
asoslarini   ishlab   chiqish   masalalariga   qaratilgan.   Turizmni   kartografik   ta’minlash
usullarini takomillashtirish masalalari uch i nchi bobda yoritilgan.
5 I BOB.   TURIZMNI KARTAGA OLISHNING NAZARIY-
METODOLOGIK ASOSLARI
§ 1.1.   O‘zbekistonda turizm turlari o‘rganish ob’ekti sifatida
Jahon   iqtisodiyoti   turizm   sohasining   istiqboli,   uning   ijtimoiy-iqtisodiy
ahamiyati  va rivojlanishining  amaliy hamda nazariy-metodologik jihatlarini  ilmiy
jihatdan   tadqiq   etish   zaruriyatini   ko‘rsatmoqda.   Bu   borada   ko‘pchilik   olimlar
tomonidan   olib   borilgan   tadqiqotlarda   “turizm”   mohiyatini   yoritib   berishga
ahamiyat   qaratilgan.   Ammo,   turizm   hanuzgacha   yagona   tushuncha   sifatida
qaralmay,   me’yoriy   hujjatlar   va   alohida   tadqiqotchilar   tomonidan   turlicha
izohlanmoqda.   Taniqli   olim   Koxen,   turizm   bo‘yicha   tadqiqotlar   qanchalik   ko‘p
bo‘lsa,   “turizm”   tushunchasiga   deyarli   shunchalik   ko‘p   ta’riflar   keltiriladi,   degan
edi   [99;   10-11   p.].   Darhaqiqat,   turizm   haqida   turli   tadqiqotchilar   tomonidan
turlicha izohlar keltirilgan. 
Masalan,   M.B.Birjakovning   fikriga   ko‘ra,   “turizm   -   bu:   birinchidan,
turizmning   aniq   maqsadlar   asosida   turistlar   tomonidan   amalga   oshiriladigan
sayohatlarning   o‘ziga   xos   ommabop   shakli,   ya’ni   turistning   faoliyat   shakli;
ikkinchidan,  ushbu   sayohatlarni   tashkil   etish   va   amalga   oshirish   bo‘yicha   turistik
faoliyatdir.   Turistik   faoliyat   esa   turizm   industriyasi   va   unga   aloqador   tarmoq
korxonalari   tomonidan   amalga   oshiriladi”   [5 5 ;   21-22   s .].   V.Azar   turizmni   aholi
migratsiyasining   bir   shakli   deb  hisoblab,   yashash   va   ish   joyi   o‘zgarmagan  holda,
bir davlat doirasida bir viloyatdan boshqasiga, yoki bir davlatdan boshqa davlatga
vaqtinchalik   o‘tish   deb   tushuntiradi   [52;   16-17   s.].   A.YU.Aleksandrova   esa
turizmni   xo‘jalik   faoliyatining   (rekreatsion   xo‘jalik)   bir   tarmog‘i   sifatida
fuqarolarning   madaniy   yuksalishi,   ijtimoiy-iqtisodiy   qiziqishlar   va   davlatning
iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda muhim vosita deb izohlagan   [53; 12-13 s.].
Bundan   tashqari,   ushbu   soha   amaliyotida   V.Xunsiker,   K.Krapfning
“turizmning   bosh   nazariyasi”   ta’rifi   keng   tarqalgan.   Unga   ko‘ra   turizm   -
insonlarning ko‘chishlari va o‘z yashash joylaridan tashqarida to‘xtashlari natijasi
bo‘lib,   toki   ushbu   to‘xtagan   manzillari   doimiy   yashash   joyiga   aylanmagunga
6 hamda   daromad   olish   bilan   bog‘liq   bo‘lmagunga   qadar   ushbu   hodisalar   va   ular
bilan   bog‘liq   munosabatlar   majmui   hisoblanadi   [ 68;   41-42   s.] .   SHuningdek,
M.N.Dmitriev   fikricha   “turizm   -   bu   iste’molchilarning   maxsus   kategoriyasi
(turistlarning)   ehtiyojlarini   qondiruvchi   hamda   ishlab   chiqarish   va   noishlab
chiqarish sohasi  tarmoqlar tashkilotlaridan iborat milliy ho‘jalikning tarmoqlararo
majmuasidir”; deb ta’rif bergan.  [ 58; 26-27 s. ].
O‘zbekiston   Respublikasining   2019   yilda   qabul   qilingan   “turizm
to‘g‘risidagi”   gi   qonunida   turizm   –   jismoniy   shaxsning   vaqtincha   bo‘lish
mamlakatidagi   manbalardan   daromad   olish   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   faoliyat   bilan
shug‘ullanmagan holda doimiy yashash joyidan jo‘nab ketishi (sayohat qilishi) deb
izoh berilgan [1].
O‘zbekistonlik   tadqiqotchilar   tomonidan   ham   turizmga   turlicha   izohlar
keltirgan.   Binobarin,   M.T.Alimova   turizm   -   bu   elementlari   o‘zaro   poliierarxik
aloqalar va munosabatlar  tizimi  orqali bog‘langan, pirovard natijalarga erishishda
bevosita   tashrif   buyuruvchilarning   ishtiroki   bilan   tavsiflanadigan,   tarmoqlararo
majmuaning   ko‘p   qirrali   funksional   tuzilmasi   negizida   shakllanadigan   hamda
tashqi   muhit   o‘zgarishiga   yuqori   ta’sirchanlikka   ega   ochiq   murakkab   ijtimoiy-
iqtisodiy tizimdir, deb ta’rif beradi  [16; 80 b.] .
Bugungi   kunda   soha   mutaxasislari   tomonidan   keltirilgan   ta’riflarda
turizmning ko‘p qirrali, turli-tuman ko‘rinishdagi tushuncha sifatida e’tirof etilishi:
“turizm bir paytning o‘zida faoliyat shakli, milliy iqtisodiyot tarmog‘i, rekreatsiya
ko‘rinishi, dam olish usuli bo‘lishi bilan bir qatorda san’at, ilm-fan hamda biznes
hisoblanadi”, degan izohlarda ham o‘z aksini topmoqda [88; 16- 17 s., 14; 56-57 s.,
51; 11-13 s. ].
Turizm   inson   hayoti,   uning   ish   va   hordig‘ini   tashkil   etish,   shuningdek,
jamiyatning   ijtimoiy   rivojlanishiga   katta   ta’sir   ko‘rsatadi.   SHu   nuqtai   nazardan,
turizm   bir   qator   siyosiy,   iqtisodiy   va   madaniy   vazifalarni   bajaradigan,   alohida
shaxs va butun jamiyat darajasidagi insonlarning sayohati yoki safari bilan bog‘liq
bo‘lgan inson ho‘jalik faoliyati sohasidir [19; 16-17 s.]. 
7 Turizm   tushunchasi   mohiyatini   turlicha   tahlil   qilish,   uning   vazifalari   va
mazmuni turistik faoliyatning juda turli - tuman ekanligini ko‘rsatadi, shu sababli,
turizmni   turlari   va   shakllari   bo‘yicha   tasniflash   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.
Turizmni   tasniflash   uning   turli   shakllarini   kartografik   ta’minlash   xususiyatlarini
aniqlash imkonini beradi. 
MDH   va   O‘zbekiston   olimlari   G.YU.Aleksandrova,   M.B.Birjakov,
M.P.Krachilo,   A.A.Lyubitseva,   YU.S.Putrik,   V.V.Sveshnikov,   S.R.Erdavletov,
A.Soliev,   I.Tuxliev,   Q.X.Abduraxmonov,   M.R.   Usmonov,   M.R.Boltabaev   va
boshqalar   funksionalligi   (sayohat   maqsadlari)   turistik   faoliyatning   asosiy   turi,
sayohat   uslubi,   mavsumiyligi,   turistik   guruhlar   tarkibi,   sayohat   davomiyligi,
turistik yuk xususiyati, tashkil etish shakllari, hududning qamrab olinishi, hududiy
xususiyatlari,   tashkil   etilganlik   darajasi,   turistik   xizmatlar   sotish   va   to‘lash
prinsiplari,   sayohat   vaqtida   joylashish   vositalaridan   foydalanish,   sayyohlar   soni,
xizmat   ko‘rsatish   darajasi,   turizmda   qo‘llaniladigan   joy   turlari   va   boshqa
xususiyatlar bo‘yicha turizmni tasniflashni taklif qiladi.
Olib   borilgan   maqsadli   izlanishlar   natijasida   yuqorida   nomlari   keltirilgan
olimlar   tomonidan   berilgan   turizmni   tasniflash   xususiyatlarini   e’tiborga   olgan
xolda   hamda   tizimli   yondoshuvga   asoslanib,   yangi   turistik   faoliyatning   asosiy
yo‘nalishlarini aks ettiradigan va kartografik ta’minlashda uning ehtiyojlarini ochib
beradigan mezonlar bo‘yicha turizm tasnifi ishlab chiqildi.
Turizmni   tasniflash   asosiy   4ta   -   hududiy   resursli,   tanishuv,   rekreatsion,
iqtisodiy   bo‘g‘inlarga   bo‘lindi,   bo‘g‘inlar   o‘z   navbatida   o‘zaro   bir   -   biri   bilan
bog‘liq xolda qismlarga ajratildi [31;   1713-1720 p.].
Qismlar quyidagicha izohlanadi:
-   tashkil   etilganlik   darajasiga   ko‘ra:   rejali   (tashkil   etilgan),   tashabbuskor
(tashkil   etilgan,   tashkil   etilmagan).   Rejali   turizm   muayyan   yo‘nalish   va   jadvalli
yo‘llanma   asosida   guruhlar   va   alohida   sayyohlarning   qat’iy   belgilangan   turistik
sayohatini nazarda tutadi. 
Tashabbuskorlik   turizmi   –   turizm   tashkilotchilari   ishtirokisiz   ixtiyoriy
asosda havaskor faoliyat sifatida qaraladi. 
8 -   tashkil   etilganlik   shakli:   individual   (1-5   kishi),   guruh   bo‘lib   (6   va   undan
ortiq).   Bunda   bir   marshrut   bo‘yicha   birgalikda   sayohatga   chiqadigan   sayyohlar
soni   asosiy   omil   hisoblanadi.   Guruhli   sayohatlar   ishtirokchilar   qiziqishlari
doirasida   tashkil   etiladi.   Individual   va   guruhli   turizmni   ta’minlaydigan   turistik
kartalar o‘zaro farqlanmaydi;
-   turistlarning   yoshi   bo‘yicha:   bolalar,   yoshlar,   o‘rta   yoshlilar,   keksalar
kabilarga   ajratiladi.   Bolalar   turizmi   uchun   turistik   kartalar   ko‘rgazmaliligi,   tasvir
yorqinligi,   diqqatni   tortishi   va   kartografik   tasvirning   aniqligi   va   batafsilligi   bilan
farqlanishi   shart,   chunki   yosh   sayyohlarda   kartalar   bilan   ishlash   ko‘nikmasi
shakllanmagan.  Y o shlar  turizmi  kartalarida rekreatsion  va  tanishuv  ob’ektlari  aks
ettirilib, yoshlar talabiga javob berishi lozim. Keksalarga mo‘ljallangan kartalarda
asosiy   e’tibor   birinchidan,   madaniy-tarixiy   meros   ob’ektlariga,   ikkinchidan,
turistik infratuzilma ob’ektlari va transportiga qaratilishi zarur;
-sayyohlarning   ijtimoiy   daraja   bo‘yicha:   yolg‘iz,   oilaviy,   bolali   oilalarga
ajratiladi.   Turli   ijtimoiy   darajadagi   sayyohlar   uchun   turistik   kartalarda   sayyohlar
guruhlarining   o‘ziga   xos   jihatlari   hisobga   olinishi   va   har   biriga   mos   keladigan
ob’ektlarni aks ettirish shart;
-turistik   oqimlarning   harakati   bo‘yicha:   muntazam   (yil   bo‘yi),   mavsumiy
(qishgi,   yozgi,   mavsumlararo).   Muntazam   turizm   deganda   yil   bo‘yi   turistik
mintaqa   va   markazlarga   bir   me’yorda   tashrif   buyurishni   anglatadi.   Ushbu   turizm
uchun   yaratiladigan   karta,   planlarda   shahar   va   alohida   turistik   ob’ektlar   aniq
tasvirlangan   bo‘lishi   zarur.   Fasllarga   qarab   mavsumiy   turizm   uchun   umumiy
turistik   kartalar   va   turizmning   aktiv   turli   ko‘rinishlari   (qishda   –   chang‘i,   yozda-
yayov yurish, velosiped, kemada sayr va boshqa.) uchun kartalar qo‘l keladi;
-sayohat   davomiyligi:   dam   olish   kunlari,   qisqa,   o‘rtacha   va   uzoq   muddatli
turizm.   Dam   olish   kunlari   turizmi   (1-3   kun)   eng   ommaviy   turizm   shakli   bo‘lib,
uning   asosiy   vazifasi   faol   dam   olish   va   hudud   bilan   tanishishdir.   Qisqa   muddatli
(4-10 kun) - ko‘ngilochar tadbirlar va bir martalik milliy bayramlar.Uzoq muddatli
turizm   (29-91   kunlar)   -   inson   salomatligi,   uning   kayfiyati,   ruhiy   holatiga
9 samaraliroq   ta’sir   ko‘rsatadi.   Bunda   turistik   kartalar   hududning   masshtabi   va
qamrovi bilan belgilanadi;
-turistik faoliyat turi: ekskursiya, safar, turistik o‘lkashunoslik, o‘quv-mashq
yig‘ini,   sportga   yo‘naltirilgan,   ovchilik,   baliqchilik,   rezavor   meva   yig‘ish   kabi
tadbirlarni qamrab oladi. Ushbu turizm turi uchun yaratilgan kartografik asarlarda
turizm   ob’ektlari   batafsil   aks   ettirilib,   hududda   joylashgan   obidalar,   xalq
hunarmandchiligi   va   an’analarning   tarqalish   joylari   va   boshqalar   to‘g‘risida
ma’lumotlar   ifodalanadi.   Sportga   yo‘naltirishda   hudud   doirasida   mashg‘ulot   va
musobaqalar   o‘tkazishni   nazarda   tutadi.   Unda   relef   tasviri   va   tuproq   hamda
o‘simliklarga   alohida   e’tibor   berish   talab   etiladi.   Ovchilik   va   baliqchilik,   ov
xo‘jaliklari   chegaralari,   baliq   ovlash   joylari,   ovchilar   va   baliqchilarning   tunash
joylari,   ovlanadigan   hayvonlarning   tarqalish   hududi   kartografik   aks   ettirilishi
lozim;
-   sayyohlarni   joylashtirish   vositalari:   mehmonxonali   (mehmonxonalar,
pansionat, motellar), mehmonxonasiz (turistik bazalar, kempinglar, xususiy uylar,
chodirlar) nazarda tutiladi.
-   sayyohlar   tomonidan   foydalaniladigan   harakat   vositalari   va   transport
turlariga   ko‘ra:   yayov,   chang‘i,   tog‘   chang‘isi,   kema,   ot,   velosiped,   mototsikl,
avtomobil,  avtobus,   temir   yo‘l,  aviatsiya   hamda   aralash   vositalar   kiradi.   CHang‘i
turizmi   tunab   qolish   joyini   ilgaridan   tashkil   etishni   talab   qiladi.   Kartografik
asarlarda  qor   qatlami  (qalinligi,  saqlanib  turish  davomiyligi), suv  havzalari   holati
(muzlash muddati va davomiyligi, muz qatlami qalinligi), chang‘ida uchish uchun
qulay   hamda   xavfli   burilishlar,   qor   ko‘chish   xavfi   bo‘lgan   hududlar,   turistik
infratuzilma  ob’ektlari  haqida  ma’lumotni   aks  ettiriladi.  O‘zbekistonda  ot  turizmi
biroz ekzotik xarakterga, ega shu sababli kartografik asarlarda turistik inftratuzilma
ob’ektlaridan   tashqari,   turistik   to‘xtash   joylarida   otlarni   parvarishlash   imkoniyati
va sharoitini aks ettirishi lozim;
-   sayohatning   asosiy   maqsadi   bo‘yicha:   tanishuv   turizmida   (ekskursiya,
ta’lim,   etnografik,   madaniy-ko‘ngilochar),   sport,   rekreatsion   -   sog‘lomlashtirish,
kurort-davolanish,  ekoturizm, yashil, festival, ilmiy, diniy, o‘tmishni  yodga olish,
10 sanoat   turlari   aks  ettiriladi.  Ta’lim   turizmini  o‘quv  dasturining  muayyan  mavzusi
bo‘yicha tarixiy-madaniy, arxeologik, me’moriy va boshqa obidalar bilan tanishish
qamrab oladi. Unga turli tabiiy (botanik, zoologik, geologik, gidrogeologik, tarixiy
va   b.)   ob’ektlarni   ilmiy   jihatdan   namoyish   etish   imkoniyatini   beradigan   tabiiy
komplekslar   muvofiqdir.   Etnografik   turizm   (kantri)   alohida   xalqlarning
madaniyati,   ularning   hayot   tarzi,   folklor,   xalq   ijodiyoti   va   hunarmandchiligi,
me’morchilik   va   boshqalar   bilan   tanishishni   o‘z   ichiga   oladi   hamda   unga   mos
keladigan mavzuli kartografik asarlarni talab qiladi. 
Madaniy-ko‘ngilochar   turizmi   teatr,   fotogalereya,   muzey   va   boshqalarga
tashrif   buyurish   maqsadidagi   turistik   sayohatni   o‘z   ichiga   oladi.   Bu   esa   o‘z
navbatida turistik servis ob’ektlari haqidagi batafsil ma’lumotlarni plan, kartalarda
tasvirlashni taqozo etadi. 
Sog‘inch (etnik) (o‘tmishni yodga olish) turizmiga o‘z ajdodlari o‘tmishi va
kelib   chiqishi   bilan   bog‘liq   joylarga,   tug‘ilgan   yurtiga,   bolaligi   o‘tgan   joylarga
sayohat   qilish,   qarindoshlarni   va   olamdan   o‘tgan   yaqinlar   qabrini   ziyorat   qilish
kiradi.   Turizmning   ushbu   turi   shaharlarning   kompleks   turistik   karta   va   planlar in i
yaratishni ko‘zda tutadi;
-   rekreatsion tabiiy resurslar va joy turlari: tekislik, tog‘lik, suvli, speologik;
shahar, qishloqlarni o‘z ichiga oladi. 
Tekislik   turizmi   tekis   maydonlarda,   tog‘   etagi   yoki   3000   m   balandlikdagi
kichik tog‘ hududlarida tashkil etilsa (piyoda, velosiped, chang‘i va boshqa.), tog‘
turizmi esa tog‘dagi to‘siqlar, dovondan oshish, qoyali joylar, qiyalik, muzliklarni
oshib o‘tishni (alpnizm, tog‘likda yayov yurish, tog‘ chang‘isi va boshqa.) nazarda
tutiladi. Suv turizmi suv havzalari, ko‘l, dengizlardagi sayohatni o‘z ichiga oladi;
-   sayyohlarning   yuk   xarakteri   va   faollik   darajasi   ko‘ra:   bu   ikki   aktiv   va
passiv   turlarga   bo‘linadi.   Turizmning   aktiv   ko‘rinishi da   tezkor   harakatlanish
vositalari,   jumladan,   piyoda,   chang‘i,   velosiped,   ot   kabi   vositalar   bilan   sayohatni
amalga   oshiradi .   Passiv   turizm   b utun   sayohat   davomida   transport   vositalaridan
foydalani lib   avtobus,   temir   yo‘l,   aviatsi ya   kabi   transport   vositalari dan
11 foydalaniladi .  Turizmning ushbu turida kartografik asarlarlar mazmun mohiyatidan
kelib chiqib tuziladi;
-   marshrut   turi:   chiziqli,   aylan m a,   radial   turlarga   ajratiladi .   CHiziqli   va
aylan m a   marshrut lar uchun kartografik asarlarlar   da marshrut ning o‘ziga xosligini
talab.   Radial   marshrut lar da   esa   sayyohlar   joylashadigan   turistik   baza   va   uning
atrof idagi  ob’ekt lar aks ettirilishi lozim . 
Turistik faoliyatni tashkil etishni yanada takomillashtirish muayyan darajada
sayohatchilar   uchun   qiziqish   uyg‘otadigan   ob’ekt   va   hodisalar   haqida   to‘liq,
zamonaviy   va   ishonchli   kartografik   ma’lumotga   bog‘liq.   Viloyat   hududi,   uning
tarixi,   tabiati,   aholisi,   madaniyati,   ijtimoiy-iqtisodiy   taraqqiyoti,   turizm   ob’ektlari
va  turizm   infratuzilmasi,   turizm   omillari   haqida   ma’lumotlar   aks   ettirilishi   uchun
tizimli kartaga olish zarurligini ko‘rsatadi.
Jamiyatda   shakllangan   sharoitlar   kompleksi   va   omillari   hududning   turistik
potensialini   belgilaydi,   bu   esa   hudud   turizmining   rivojlanishida   muhim   ahamiyat
kasb   etadi.   Turizm   taraqqiyotini   quyidagi   bir   qator   omillar   bilan   belgilash
maqsadga muvofiqdir:
-   geografik   jihatdan   -   tabiiy   va   iqtisodiy-geografik   o‘rni   hamda   hududning
geosiyosiy vaziyati;
-   iqtisodiy jihatdan mamlakatning rivojlanishi, urbanizatsiya darajasi, xizmat
ko‘rsatish sifati, narx-navo, transport tarmog‘i taraqqiyoti, turistik xizmatlar taklifi
hajmi;
-   ijtimoiy holati - mamlakat aholisining madaniy-ma’rifiy darajasi;
-   demografik nuqtai nazardan - mamlakat aholisining yosh tarkibi va bandlik
darajasi,   shahar   va   qishloq   aholisi   soniga   ahamiyat   qaratiladi.   SHunga   ko‘ra
turistik tashkilotlar zaruriy xizmat kompleksini shakllantiradi;
-   siyosiy   tomondan   -   hududlarda   o‘zaro   nizolarning   bo‘lmasligi,   aholining
demokratik darajasi, davlatlararo tashqi siyosiy aloqalar inobatga olinadi;
-   ekologik   jihatdan   -   sayyohlarning   muntazam   tashrifi   hududda   turistik
xizmatlarni   amalga   oshirish   hajmi   va   shakllariga   atrof-muhitning   ta’siri,   turistik
hududlarning ekologik vaziyati o‘rganiladi [55; 40-45 s., 83; 60-66 b.];
12 -   resurslilik   darajasida   -   tabiiy   va   madaniy-tarixiy   resurs larning   soni   va
sifati. Ushbu omil sayohat joyini tanlashda asosiy o‘rinni egallaydi va shu sababli
alohida  e ’tiborni talab qiladi   [ 19; 20-24 b. ].
Turizm   taraqqiyotini   yuqorida   sanab   o‘tilgan   omillar   bilan   bir   qatorda
turistik   resurslarning   xususiyatlari   ham   aniqlaydi.   Ular   quyidagilarni   o‘z   ichiga
oladi:
-   davlat xo‘jaligi yoki shaxsiy mulk ob’ektlaridan foydalanish asosida taklif
qilinadigan yoki taklif qilinishi mumkin bo‘lgan [1];
-   sayyohning   turli   talablariga   javob   beradigan   tabiiy-sog‘lomlashtirish,
tarixiy-madaniy, tanishuv va ijtimoiy-maishiy resurslar kompleksining mavjudligi
[15; 80b., 47; 45 b., 60; 78-82 s.];
-   turizm   maqsadida   yoki   inson   talablariga   javob   beradigan   tabiiy-iqlimiy,
ijtimoiy-madaniy,   tarixiy,   me’moriy   va   arxeologik,   ilmiy   va   sanoat,   tomoshabop,
ibodat va boshqalar [55; 40-44 c., 56; 78-84 b.];
-   tabiiy   va   tarixiy-madaniy   komplekslar   elementlari   bilan,   zamonaviy
rekreatsiya   talablari   tizimi   va   texnik-iqtisodiy   imkoniyatlarda   rekreatsion-turistik
iste’mol   uchun   turistik   xizmatlar   kompleksini   ishlab   chiqish,   ushbu   hududning
tabiiy-iqlimiy,   tarixiy-madaniy   va   ijtimoiy-iqtisodiy   sharoitlar   va   resurslar
maqsadli ob’ektlari hisoblanadi [19; 30-34 s., 75; 60-66 b.] ;
-   o‘ziga xoslik, tarixi, qadriyatlari, estetik jozibadorligi va sog‘lomlashtirish
ahamiyati kabi sifatlari tufayli geografik muhit komponenti va antropogen faoliyat
ob’ektlari   turizmning   turlicha   shakllari   va   turlarini   tashkil   etishda   qo‘llanilishi
mumkin [67; 60-66 s., 60; 76-82 s., 75; 60-66 b.].
Turistik resurslarga butunlik, dinamiklik, hajmlilik, barqarorlik, ishonchlilik,
jozibalilik,   noyoblik,   ommabopligi,   potensial   zahira,   tarixiy,   badiiy   yoki   tabiiy
qiymati, sog‘lomlashtirish ahamiyati xos bo‘lishi lozim[83; 80-86 b.].
Turizm resurslari bo‘yicha tasniflashda esa MDH va respublikamiz olimlari
V.I.Azar,   YU.D.Dmitrevskiy,   N.S.Mironenko,   I.T.Tverdoxlebov ,   M.B.Birjakov,
V.S.Senin,   T.T.Xristov,   A.D.CHudnovskiy,   A.A.Beydik,   O.O.Lyubitseva,
I.M.YAkovenko,   S.R.Erdavletov,   A.Soliev,   I.S. Tuxliev,   M.Q.Pardaev,
13 M.T.Alieva,   M.R.Usmonov,   N.Ibodullaev   va   boshqalar   tomonidan   quyidagicha
izohlar keltirilgan tabiiy, tabiiy-iqlimiy, tabiiy-texnik, sog‘lomlashtirish, o‘rganish,
ijtimoiy-tarixiy,   tarixiy-madaniy,   ijtimoiy-madaniy,   me’moriy,   ijtimoiy-maishiy,
ijtimoiy-iqtisodiy va boshqalarga ajratgan.
Maqsadli  olib borilgan izlanishlar  hamda adabiyotlar  tahlili  negizida  ushbu
tadqiqot   ishida   asosiy   e’tibor   turizm   maqsadlari   uchun   kartografik   asarlarlarda
to‘rtta turdagi turistik resurslarni aks ettirish zarurati aniqlandi: 
-   tabiiy-ko‘p maqsadli shifobaxsh va sog‘lomlashtirish omillarining hududiy
birligi;   geologik   qiziqarli   ob’ektlar,   manzarali   landshaftlar,   relef,   iqlim,   suv
resurslari,   o‘simlik   va   hayvonot   olami,   tabiiy-qo‘riqxona   fondi   va   noyob   tabiiy
ob’ektlar;
-   biomadaniy – dendroparklar, xiyobonlar, bog‘  park  san’ati obidalari va h.;
-   tarixiy-madaniy   –   davlat   va   xalq   rivojlanishi   jarayonida   shakllangan
moddiy   va   ma’naviy   madaniyat   obidalari,   ularga   tarixiy,   me’moriy,   madaniy,
arxeologik,   etnografik   ob’ektlar   (muzey,   ko‘rgazma,   teatr,   an’anaviy
hunarmandchilik xalq ijodiyoti obidalari va h.) kiradi;
-   ijtimoiy -iqtisodiy   –   turi zm   sanoat i   ob’ektlari   (sayyohlarni   joylashtirishga
qaratilgan   mehmonxonalar   va   boshqa   ob’ektlar,   transport   vositalari;   ish,
sog‘lomlashtirish,   sport   va   boshqa   maqsadli   ob’ektlar;   turistik   faoliyatni   amalga
oshiradigan   tashkilotlar,   shunigdek,   ekskur s iya   va   tarjimonlar   xizmatini
ko‘rsatuvchi   tashkilotlar;   umumiy   ovqatlanish   ob’ektlari;   muhandislik   va   aloqa
ob’ektlari ,   shu   jumladan,   telekommunikatsion   aloqalar)   hamda   turizm   va
rekreatsiya  talabarini ta’minlaydigan moddiy ishlab chiqarishning bir qismi.
Turizm resurslarini tasniflash asosida t uri zm  faoliyat i ning har bir turi uchun
turistik  resurs larning yaroqliligi quyidagi ko‘rsatgichlar bo‘yicha baholanadi: 
-   funk s ional lik   darajasi   bo‘yicha   -   turizm   va   rekreatsiya   uchun   tabiiy
sharoitlarning   qulayligi   (iqlimiy,   gidrologik,   orografik,   geobatanik ,   zoologik ),
t i b b iy-yuqumli   kasalliklarning   yo‘qligi,   siyosiy   vaziyatning   barqarorligi,   harbiy
nizolarning yo‘qligi;
14 -   psixologik-estetik   jixatdan   o‘ziga   xoslik,   estetik   go‘zallik   va   tabiiy   yoki
madaniy   landshaft   ohangdorligi   (manzarani   ko‘rish   imkoniyati,   bo‘yoqlar
gammasi,   diqqatni   tortuvchi   e lementlar   mavjudligi,   shakllar   boyligi   va
ohangdorligi,  e kzotiklik darajasi), umumiy manzaralilik;
-   e kologik   tomndan   landshaft,   suv   havzalari,   atmosfera   havosi,   o‘simlik   va
hayvonot olamiga ta’siri ,  texnogen ifloslanish darajasi;
-   tabiatni   muhofaza   qilish   bo‘yicha   landshaftning   barqarorligi   yoki   tashqi
ko‘rinishini sayyohlar va dam oluvchilarning muayyan soni hisobiga saqlab qolish
imkoniyati, turistik xizmatning alohida ob’ektlar ning  qurilishi;
-   xo‘jalik   ishlari   bo‘yicha   rekreatsiya   infratuzilmasining   rivojlanishi,
e nergiya bilan ta’minlanganligi, turizm daromadining hududiy byudjetdagi hissasi
ko‘rib chiqiladi .
Turistik   poten s ial   rekreatsion -turistik   rayon larning   shakllanishi   va
rivojlanishiga   turizmni   tashkil   etish   uchun   mos   funk s ional   va   hududiy   ch ega ra
sifatida ta’sir qiladi va mauyyan tabiiy, biomadaniy va tarixiy-madaniy  resurs larga
ega  bo‘ladi .
§ 1.2.   Samarqand viloyatining  turi zm  resurslar ini kartografik tadqiq
qilish
Samarqand   viloyatida   turizmning   rivojlanishi   aholining   yashash   sharoitini
yaxshilash, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish, valyuta zahirasini to‘ldirish, davlat
va jahon miqyosida viloyat nufuzini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Hududning   tabiiy-rekreatsion   va   tarixiy-madaniy   resurs   potensiali   turizm
sohasi   taraqqiyotida   muhim   omillar   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Turizm   taraqqiyoti
viloyatda transport, savdo, aloqa, qurilish, qishloq xo‘jaligi kabi tarmoqlar rivojiga
ham   katta   ta’sir   qiladi   va   iqtisodiyotning   shakllanishida   ham   istiqbolli
yo‘nalishlarini belgilab beradi. 
Maqsadli olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki Samarqand viloyatining
turistik resurslarni o‘rganish bo‘yicha bir qancha olimlar A.Soliev,   M.R.Usmonov,
M.T.Alimova,   N.Ibodullaev,   M.A.Xoshimov,   A.Raxmatullaev,   B.X.Turaev,
Z.I.Usmonova   va   boshqalar   tomonidan   olib   borilgan   ilmiy   izlanishlarda   asosiy
15 e’tibor  turizm  resurslarini   o‘rganishga  qaratilgan  bo‘lib, turizm  maqsadlari  uchun
tizimli kartaga olish masalalariga qisman yoritilgan. 
Turizm   maqsadlari   uchun   tizimli   kartaga   olishda   dastlab   hududning
geografik  o‘rni,  tabiiy  sharoiti,  iqlimi,  turizm  resurslari  potensiali   tadqiq  qilinishi
lozim. 
Samarqand   viloyati   hududi   shimolda   Nurota   tog‘lari   (Oqtog‘,   Qoratog‘,
G‘o‘bdin), janubda Zarafshon tog‘ tizmalari (CHaqilkalon, Qoratepa, Ziyovuddin,
Zirabuloq) bilan chegaralanadi. Bu tog‘lar shimol va janub tomondan o‘rta qismiga
qarab qiyalanib, sharqdan g‘arbga 800-350 metrgacha pasayib boradi. Viloyatning
markaziy   qismidan   Zarafshon   daryosi   oqib   o‘tadi,   u   hududni   bir   nechta
terassalarga  ajratadi. Viloyatning  tabiiy sharoiti,  er  usti   tuzilishi,  janub va  shimol
hamda shimoli-sharq tomonlarini tog‘ va tog‘oldi tekisliklaridan iborat [44; 48-50
b.].
Mintaqa   iqlimi   keskin-kontinental.   Rekreatsion   faoliyatiga   ta’sir   qiladigan
asosiy   iqlim   tasnifiga  havo   harorati,   yog‘ingarchilik  hajmi,   shamolning   tezligi   va
yo‘nalishi  kiradi. YAnvarda o‘rtacha harorat  0°   C   dan. -2.1°   C , iyulda esa +25 +
26 °   C   teng bo‘ladi. Qishi yumshoq tekislik qismida mutloq minumum -30° C ga
etadi. Yoz issiq va jazirama bo‘lib, Quyoshning yoritilishi 2877   soatga teng. Yillik
yog‘ingarchilik   miqdori   viloyatning   tog‘lik   va   tekislik   qismida   turlicha:   g‘arbiy
qismida 300-450 mm, sharqiy va janubi-sharqiy qismlarida o‘rtacha 650-850 mm
ga   etadi.   Viloyatga   asosan   yil   davomida   shimoli-sharq   tomondan   shamol   esib
turadi   [44;   48-50  b.].  Tadqiqot   natijalari  asosida   Samarqand viloyatining turistik-
rekreatsion iqlimiy rayonlashtirish kartasi yaratildi (1.2.1-ilova).
Qadim   o‘tmish   sivilizatsiyalari   yaratgan   madaniy   yodgorliklar   va   tarixiy
obidalar   hozirda   insoniyatning   ma’naviy   ozuqa   oladigan   manbaiga   aylangan-ki,
boy   madaniy-tarixiy   o‘tmishga   ega   va   ularni   asrab   kelayotgan   mamlakatlarda
turizm   sanoati   milliy   iqtisodiyotning   asosiy   daromad   keltiruvchi   tarmog‘iga
aylanib   ulgurgan.   O‘zbekiston   ana   shunday   jahon   sivilizatsiyasi   rivojlanishiga
ulkan   hissa   qo‘shgan   va   ota-bobolar   me’rosini   asrab   kelgan   sanoqli   mamlakatlar
qatoriga   kiradi,   buni   tashrif   buyurayotgan   sayyohlar   sonining   yildan-yilga   ortib
16 borayotganligidan   ham   ko‘rsa   bo‘ladi.   Respublikamizda   Samarqand,   Buxoro,
Xorazm,   Farg‘ona,   Toshkent   va   Qashqadaryo   viloyatlari   boy   tarixiy-madaniy   va
tarixiy-ilmiy   turistik   salohiyatga   ega   markazlar   sifatida   gavdalanadi.   Jumladan,
Samarqand   viloyati   tarixiy   va   madaniy   yodgorliklariga   boy.   Viloyatdagi   tarixiy
yodgorliklar mamlakatimiz tarixida ma’lum o‘rin tutib, hozirda turli tarixiy shahar
va   qishloqlar   obidalar   sifatida   saqlanmoqda.   Xarobalar,   madrasa,   maqbara   va
minoralarda saqlanib qolgan qadim tarixning nafasini his etish mumkin [30; 82-84
r.].
Samarqand   viloyatida   “Davlat   muhofazasi   ro‘yxatlari”   ga   kiritilgan   372   ta
madaniy meros ob’ektlari mavjud bo‘lib, shundan 42 ta tarixiy obida va muqaddas
ziyoratgohlar,   267   ta   arxeologik   manzilgohlar,   63   ta   monumental   yodgorliklar
hisoblanadi   [35;   25   b.].   SHuningdek   viloyatda   tabiiy   va   antropogen   harakterdagi
turli   davrlar,   sivilizatsiyalar   va   dinlarga   tegishli   1501   ta   arxeologiya,   806   ta
me’morchilik   yodgorliklari,   25   ta   alohida   diqqatga   sazovor   joylar,   100   dan   ortiq
monumental   san’at   ob’ektlari   davlat   ro‘yxatiga   olingan.   Bular,   budda   diniga
mansub topilmalar, Iskandar Zulqarnayn yurishlari, arablar istilochiligi, mo‘g‘ullar
bosqini, Amir Temur va temuriylar imperiyasi hamda rus istilosi davridagi bino va
inshootlar   va   boshqa   davrlardan   dalolat   beruvchi   sayyohlik   ob’ektlarini   tashkil
etadi.  Bundan   tashqari   viloyatda   291  me’moriy,   1452  arxeologik,   36  tarixiy,  188
monumental   san’at   va   haykaltaroshlik   yodgorliklari   mavjud   [63;   156-160   b.,   86;
120-128   s.].   SHu   o‘rinda   Samarqand   shaxrining   ham   turistik   salohiyatini   alohida
ta’kidlash joiz, shaharning o‘zida 100 ga yaqin diniy ziyoratgohlar, din ulamolari
va shayx,  vali  darajasidagi  kishilar  qabrlari  hamda  masjid, madrasalari, xonqalari
mavjud [49; 108-110 b.]. 
Viloyatning   bir   qator   tumanlarida   qadimiy   noyob   daraxtlar   hanuzgacha
saqlanib   qolingan.   Ular   qatoriga   Urgut   tumanidagi   yuqori   CHor   CHinor   (1020
yillik), Kattaqo‘rg‘on tumani Qoradaryo qishlog‘idagi chinor (565 yillik), Nurobod
tumani Tim qishlog‘idagi archa 1000 yillik, Jomboy tumani Xolvoyi qishlog‘idagi
ming   yillik   archalar   va   Dexqonobod   qishlog‘idagi   500   yillik   chinorlarni   kiritish
mumkin [48; 25 b.].
17 Viloyatning   tog‘   va   tog‘   oldi   hududlarida   beqiyos   shifobaxsh   buloqlar
joylashgan.   Ular   o‘zining   ekologik   jihatidan   tozaligi,   xilma-xil   kimyoviy
elementlarga   boyligi   bilan   ajralib   turadi.   Bunday   buloqlar   joylashgan   hududlar
o‘zlarining davolash va salomatlikni tiklash xususiyatlariga ega bo‘lgan manzarali
tabiati, qulay iqlim sharoitlari, mineral suvlari hamda boshqa shart-sharoitlari bilan
ajralib   turadi.   Bu   tabiiy   sihatgoxlar   viloyatning   Urgut,   Samarqand,   Nurobod,
Qo‘shrobod   va   boshqa   tumanlarning   tog‘   va   tog‘oldi   hududlarida   joylashgan
bo‘lib, ulardan turizm maqsadlarida foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Olib   borilgan   izlanishlar   natijasi   shuni   ko‘rsatdiki,   hozirgi   kunga   qadar
viloyatda   mavjud   turizm   resurslaridan   sayyohlik   va   rekreatsiya   maqsadlarida
foydalanishda   kamchiliklar   ko‘zga   tashlanmoqda.   Masalan,   mintaqada   kelgan
sayyohlar   uchun   alohida   turistik,   etnografik,   ekoturistik,   agroekoturistik   kabi
marshrutlar   yaxshi   yo‘lga   qo‘yilmagan.   Viloyatning   ekoturizm   va   ov   turizmini
rivojlantirish   imkoniyatlari   katta,   yaqin   kelajakda   bu   o‘lkada   ekologik   va   ov
turizmining   o‘sishi   kuzatiladi.   CHo‘l   va   chalacho‘l   hududlari   hamda   tog‘
mintaqalarida   o‘ziga   xos   hayvonot   va   o‘simlik   dunyosi   shakllangan.   Viloyatning
Kattaqo‘rg‘on,   Payariq,   Nurobod,   Ishtixon   tumanlarida   ov   xo‘jaliklari   tashkil
qilingan. 
Ushbu hududlarga o‘simlik va hayvonot dunyosiga qiziquvchi ekoturizm va
ov   turizmi   ishqivozlari   uchun   yangi   turistik   marshrutlar   tashkil   qilish   lozim.
Bundan   tashqari   Urgut,   Oqdaryo,   Bulung‘ur,   Jomboy,   Narpay,   Qo‘shrabod
tumanlarida erkin ov qilinadigan hududlar mavjud. Bu joylarda o‘ziga xos turistik
infratuzilmani   yaratish   nafaqat   mahalliy,   balki   chet   ellik   sayyohlarni   ham
qiziqtiradi.   SHuningdek   hududlarda   30   ga   yaqin   yangi   istiqbolli   ob’ektlar,
jumladan,   Bulung‘ur   tumani   hududida   Amir   Temur   bobomiz   tomonidan   qurilgan
ko‘prik, Xo‘ja Hofiz maqbarasi hamda ilohiy hovuz bor. Ularga o‘ziga xos turistik
marshrutlarni tashkil qilish maqsadga muvofiqdir.
Bugungi   kunda   mamlakatimiz   rahbari   tomonidan   tarixiy-madaniy,   eko   va
agro,   gastronomik,   ekstremal   va   boshqa   turistik   yo‘nalishlarni   rivojlantirishga
alohida   e’tibor   qaratilmoqda.   “O‘zbekiston   noyob   bir   mamlakat   bo‘lib,   uning
18 hududida eng qadimgi tamaddun va madaniyatlar yuzaga kelgan, rivojlangan, o‘z
jozibadorligi   jihatidan   dunyodagi   dam   olish   va   sayohatlar   uchun   eng   yaxshi
maskanlardan qolishmaydigan ulkan turizm salohiyatiga ega” mamlakatdir [6].
Davlatimiz rahbarining «2018-2019 yillarda Samarqand viloyatida turizmni
yanada   rivojlantirishga   doir   qo‘shimcha   chora-tadbirlar   to‘g‘risida»gi   qarori
ijrosini ta’minlash maqsadida «2018-2019 yillarda Samarqand viloyatida turizmni
yanada   rivojlantirish,   xorijiy   va   mahalliy   turistlar   oqimini   ko‘paytirish,   yangi
infratuzilma   ob’ektlarini   barpo   etishga   doir   qo‘shimcha   chora-tadbirlar   dasturi»
qabul   qilindi   [7],   Bu   qaror   ijrosini   ta’minlash   uchun   ushbu   tadqiqot   ishida
maqsadli   olib   borilgan   izlanishlar   natijasida   yaratiladigan   turizm   tizimli   kartalari
dasturiy amal bo‘lib xizmat qiladi.
Haqiqatdan   ham   yurtimiz   diniy   turizm   yo‘nalishida   katta   salohiyatga   ega.
Diniy   turizm-turizmning   eng   qadimiy   tarmoqlaridan   biri   bo‘lib,   diniy   bayramlar
vaqtida   yoki   ziyorat   qilish   maqsadida   kishilarning   muqaddas   qadamjoylar,
shaharlar,   qabriston   va   aziz   sanalgan   maskanlarga   tashrif   buyurishidir.   Diniy
turizmda   maqsadlariga   qarab   bir   necha   sayohat   turlarini   uyushtirish   mumkin:
ziyorat   (ibodat   qilish   maqsadida   muqaddas   joylarga   tashrif   buyurish);   tanishuv
sayohatlari   (diniy   madaniyat,   din   tarixi,   diniy   yodgorliklar   bilan   tanishish);   ilmiy
sayohatlar   (diniy   masalalar   va   muammolar   bilan   shug‘ullanuvchi   olimlar,
tarixchilar, dindorlar sayohati) va boshqalar.
Musulmonlar ziyorat qilishi lozim bo‘lgan bir qancha islom dini va ta’limoti
vakillari,   silsilai   oliyga   mansub   avliyolar   hamda   boshqa   ulug‘   zotlarning
maqbaralari   Samarqandda   joylashgan.   Xususan,   Qur’oni   karimdan   keyingi
ikkinchi   muqaddas   kitob,   xadis   ilmi   sultoni   Imom   Buxoriy,   dunyodagi   eng   katta
kalom   maktablaridan   biri   Motrudiya   asoschisi   Imom   Motrudiy,   silsilai   oliyga
mansub   Xo‘ja   Ahrori   Valiy,   payg‘ambarimizning   amakivachchasi   Qusam   ibn
Abbos   va   boshqa   ulug‘   zotlar   maqbaralari   shular   jumlasidandir.   Ushbu
ziyoratgohlar   sayyohlar   eng ko‘p tashrif  buyuradigan  qadamjolar  hisoblanadi.  Bu
borada   viloyatda   katta   tayyorgarlik   ishlari   olib   borilmoqda.   Xususan,   Imom
Buxoriy   majmuasida   katta   miqdordagi   ziyoratchilarni   qabul   qilishga   tayyorgarlik
19 ishlari allaqachon boshlab yuborilgan. Ziyoratchilarni  qabul qilish uchun majmua
atrofida   40   gektar   maydonda   musulmonchilik   talablari   va   "halol"   standartlariga
asosan   30   ga   yaqin   mehmonxona   komplekslari,   ovqatlanish   shoxobchalari,   dam
olish   maskanlari,   xiyobon,   bog‘lar   va   boshqa   zaruriy   infratuzilma   inshootlari
qurilmoqda.
Bugungi   kunda   har   bir   davlatning   ijtimoiy-iqtisodiy   jihatdan
mustaqilligining ta’minlanishi, rivojlanish imkoniyatlarining darajasini ham aynan
turizm tizimi belgilaydi. Mavjud tushunchalarni maqsadli  to‘plash va ilmiy tatqiq
etish asosida turizm sohasi uchun tizimli kartalar yaratish zarurligini ko‘rsatdi.
Turizm   maqsadlari   uchun   tizimli   kartalar   yaratish   tushunchasini   –   bu
ma’lum   tabiiy   yoki   ma’muriy   hududdagi   tabiiy   va   madaniy   meros   ob’ektlari
boyliklarni, hodisa va voqealarni, ma’lumotlarni bir tizimga solish, – deb tushunish
lozim.
SHuni alohida ta’kidlash lozimki, kartografik tadqiqotlar asosida Samarqand
viloyatida   turizmning   kelgusida   rivojlanishining   dastlabki   bosqichlari   aniqlandi
(1.2.1-rasm).
Samarqand   viloyatida   tabiat   muhofazasi,   sog‘lomlashtirish,   rekreatsiya
maqsadlariga mo‘ljallangan erlar  82 ga, shundan sug‘oriladigan erlar  6 ga tashkil
qiladi.   Bundan   tashqari   tarixiy-madaniy   ahamiyatga   molik   erlar   399   ga   tashkil
qiladi   [103].   Biroq,   hozirgi   paytda   turizmni   rivojlantirishda   viloyatimizdagi
mavjud   imkoniyatlaridan   samarali   foydalanishda   kamchiliklar   ko‘zga
tashlanmoqda. 
Aholining   sog‘lomlashishga   bo‘lgan   ehtiyoji,   hududning   boy   rekreatsion
potensiali,   turli   turizm   va   rekreatsiya   turlarining   ko‘payishi   tufayli   Samarqand
viloyati   sayyohlarni   qabul   qilish   va   xizmat   ko‘rsatish   uchun   O‘zbekistonning
etakchi viloyatiga aylanadi.
20 Tadqiqot   ishining   avvalgi   bo‘limlarida   turizm   resurslarini   kartografik
tadqiq   qilish   masalalari   yoritilgan   edi.   Ushbu   bo‘limda   esa   turizm   kartalarni
tasniflashga   ahamiyat   qaratiladi.   Turizm   kartalarni   tasniflash   deganda,   biror   bir
xususiyatlar   asosida   tartibga   solingan   kartalar   tizimi   tushuniladi.   Kartalarni
tasniflash ma’lumotlarni to‘plash va inventarizatsiya qilish, ro‘yxat va kataloglarni
tuzish,   kartalarni   ma’lum   bir   tizimga   solish,   turizm   kartografik   ma’lumotlar
bazasini   yaratish   va   kartografik   axborot-ma’lumot   tizimini   yaratish   uchun   zarur
bo‘ladi.
Izlanishlar hamda adabiyotlar sharhi shuni ko‘rsatdiki, kartalarni tasniflash
uchun   asos   sifatida   kartaning   aniq,   ma’lum   bir   xususiyati   tanlanadi:   masshtabi,
mavzusi,   yaratish   davri,   nashr   davri   va   h.k.   Lekin,   bunda   har   qanday   tasniflash
ma’lum bir talablarni qoniqtirishi lozim. ular quyidagicha izohlandi:
-kartalar turi muhim xususiyatlar bo‘yicha ajratilishi;
-tasniflash   ketma-ket   bo‘lishi,   ya’ni   muntazam   umumiydan   xususiyga
o‘tishi;
-har bir bo‘linish bosqichida tasniflashning faqat bitta asosi tanlanilishi;
-tasniflash to‘liq bo‘lishi, uning alohida qismlari kartalarni butunlay qamrab
olishi;
-tasniflash   zaxirali   bo‘lishi   kerak,   ya’ni   yana   paydo   bo‘ladigan   kartalar
turlarini o‘z ichiga olishi lozim [54; 90-94 s., 81; 10-14 s.].
Turizm kartografik asarlari - bu turizmni shakllantirish yoki joyni aniqlash,
aholining   o‘rganish   va   rekreatsion   ehtiyojini   qondirishga   qaratilgan   makon   va
voqelikning namunaviy modelidir. 
Turistik   kartalar,   aholining   o‘rganish   va   rekreatsion   ehtiyojini   qondirishga
qaratilgan   va   hududning   mavjud   turistik   resurslari   haqida   zarur   ma’lumotnomali
kartalar  - ijtimoiy soha  mavzuli  kartalarining bir turi  sifatida o‘rganiladi. Turistik
kartalar   seriyasi   aynan   shu   yoki   umumiy   belgilarga   ega   boshqa   hududning   turli
mavzuli   stolga   qo‘yiladigan   yoki   devoriy   turistik   kartalarning   tizimli   kompleksi
sifatida   belgilanadi.   Turizm   maqsadlari   uchun   kartografik   asarlarlarning   o‘ziga
xosligi turizmning turlari va shakllari turfa xilligi, ko‘p sohaliligi bilan izohlanadi.
21 SHu   sababli,   turizm   maqsadlari   uchun   kartalar,   planlar   va   atlaslar   tasnifi   muhim
ahamiyat kasb etadi. 
Ko‘plab   olimlar   R.Atoyan,   A.S.Vasmut,   V.S.Drago,   L.M.Vasilev   ,
V.P.Ershov,   E.M.Pospelov,   F.Severinov,   O.K.Suvorov   va   boshqalar   o‘z
tadqiqotlarida   aynan   turizm   kartalarini   tasniflaganlar.   Ushbu   mualliflar   turistik
kartalarni quyidagi xususiyatlar bo‘yicha guruhlarga ajratishgan: 
-   asosiy   mazmunni   ifodalash   bo‘yicha   -   tarmoqli,   marshrut-tomosha,
marshrut, avtomobil, suv, shaharlar planlari;
-   mazmuni   xususiyatiga   ko‘ra   -   ommabop,   ilmiy-ommabop,   ilmiy-
ma’lumotnomali, turizmni hududiy tashkil etish;
-   belgilar   kompleksi   -   (mazmuni,   masshtabi,   maqsadi,   hududiy   qamrovi)
negizida tomosha, marshrut, shaharlar chizma-plani;
-   masshtabi bo‘yicha - yirik, o‘rta va mayda masshtabli;
-   hududiy qamroviga ko‘ra - hududning obzor kartalari, turistik marshrutlar
sxemalari,   shahar   planlari,   shaharlarning   dam   olish   joylari,   alohida   turistik   va
kurort mintaqalari kartalari, turistik bazalar atrofi; yirik, o‘rta va kichik mintaqalar,
marshrut   karta   sxemalari,   alohida   turistik   ob’ektlar   chizmasi;   obzor   (dunyo
bozorida   turistik   xizmatlar,   submintaqalar,   qit’alar,   alohida   davlat   va   viloyatlar,
ma’muriy-hududiy,   tabiiy-geografik   va   urbanizatsiyalashgan   hududlar,   alohida
ob’ektlar   yoki   hududiy   hamda   mavzuli   xususiyatlar   bo‘yicha   ularni
guruhlashtirish);
-   maqsadi   bo‘yicha   -   tashkillashtirilgan   sayyohlar   uchun,   tashabbuskor
sayyohlar   uchun;   tadqiqotchilar,   loyihachilar   va   turizm   tashkilotchilari   va
ommaviy  talabga   javob   berish   uchun;   obzor   kartalar,  shahar   planlari,  marshrutlar
sxemalari   (avtobus,   aviatsiya,   temir   yo‘llar),   marshrut   sxemalari   (piyoda,   ot,
velosiped, chang‘i), speleokartalar, relef kartalar;
-   qo‘llash sohasi yuzasidan - o‘rganish, yo‘nalish, reklama, suvenirli;
-   amaliy yo‘nalishi borasida - fundamental, operativ;
-   turistik marshrut davomiyligi bo‘yicha - bir-uch kunlik, dam olish kunlari,
uzoq vaqtli sayohat uchun kartalar;
22 -   turizm   turi   bo‘yicha   -   aviatsiya,   temir   yo‘llar,   dengiz,   daryo,   avtomobil,
velosiped,   ot,   chang‘i,   tog‘   chang‘isi,   piyoda,   baydarka   va   turizmning   boshqa
turlari uchun kartalar;
-   mushaklar kuchi va transport vositalaridan foydalanish aktivligi bo‘yicha –
aktiv - harakatli (piyoda, chang‘i, tog‘ chang‘isi, suv, velosiped), ekstremal (tog‘li
-   piyoda,   alpinizm,   qoyaga   chiqish,   speleoturizm,   juda   uzoq   masofaga   sayohat),
aktiv   -   boshqariladigan   (avtomototurizm,   ot   va   izvoshda),   passiv   (ekskursion,
kruiz);
-   sayohat   maqsadiga   ko‘ra   sog‘lomlashtirish   -   sport,   o‘rganish   (umumiy
o‘lkashunoslik,   ma’naviy,   ekologik,   etnografik,   tarixiy-me’moriy   va   b.),   ilmiy-
izlanish,   diniy,   ziyorat,   biznes-savdo,   ko‘rgazma-yarmarka,   havaskor
mashg‘ulotlar   (ovchilik,   baliqchilik,   qo‘ziqorin   terish   va   b.),   sport-tomosha,
rekreatsiya, davolanish - sog‘lomlashtirish, savdo va h.k.;
YUqorida   nomlari   keltirilgan   olimlar   turizm   kartalarini   tasniflash   bilan   bir
qatorda atlaslarni ham quyidagicha guruhlashtirganlar: 
-   kartografik   mazmuni   va   prinsiplari   bo‘yicha   –   ilmiy   -   axborot,   ilmiy   -
ommabop, obzor, reklama - targ‘ibot, suvenirli;
-   mohiyati bo‘yicha - umumiy va mavzuli turlarga ajratilgan.
YUqorida keltirilgan turistik kartalar va atlaslar tasnifi tahlili ular zamonaviy
kartografiyaning   ilmiy   holati,   tasniflash   prinsiplari,   planlar   turlari   va   shakllari,
barcha turistlar kategoriyalari uchun karta va atlaslarga mos kelmasligi aniqlandi.
Turistik   kartografik   asarlarga   bo‘lgan   talablar,   kartografik   asarlarni   nashr
etishi   texnologiyalari,   ichki   va   tashqi   turizmning   rivojlanishi   uchun   turistik
kartalarning   ana’naviy   tasnifidan   keskin   farq   qiladigan   zamonaviy   turizm
talablariga   javob   beradigan   GAT   (geografik   axborot   tizimlari)   texnologiyalarga
asoslangan xolda yangi tasnifini ishlab chiqish zarurligini ko‘rsatadi.
Ushbu ishlab chiqiladigan turistik kartalarning umumiy va xususiy tasniflash
piravardi turizmni kartografik ta’minlash talablarga muvofiq, barcha turli-mintaqa
turistik   kartalari,   planlari   va   atlaslarini   yaratish   va   turizm   resurslarini   kartalarda
23 aks   ettiriladigan   ma’lumotlarning   ishonchliligi   hamda   to‘liqligini   ta’minlashga
imkon yaratadi (1.3.1-rasm).
Turizm   kartografik   asarlari   umumiy   tasnifga   ko‘ra   turizm   talabi   karta   va
planlarini quyidagicha tasniflash zarurligini ko‘rsatadi: 
-   turistik   planlar   -   masshtabi   (1:   500,   1:   1000,   1:   2000,   1:   5000),   yirik
masshtabli   kartalar   (1:   200   000   va   undan   yirik),   o‘rta   masshtabli   (1:   200000
1:   1000000 gacha), mayda masshtabli (1:   1000000 dan kichik)
-   hududiy qamroviga ko‘ra -  planlar,  shaharlar  turistik kartalari  va  planlari,
alohida mintaqa, davlat, qit’a, dunyo turistik kartalari;
1.1-rasm. Turizm kartalari tasnifi 
( izoh: turizm kartalari tasnifi muallif tomonidan ishlab chiqilgan )
-   mazmunining sintezlik darajasiga ko‘ra - analitik (turistik mahsulot alohida
tomonlarining aniq tasnifini aks ettiradi), kompleks (turistik faoliyat ob’ektlari va
subektlari   xususiyatlarini   aks   ettirib,   mintaqada   turizmning   to‘liq   tasvirini
ko‘rsatadi),   sintetik   (eng   ahamiyatli   ko‘rsatgichlar-tabiiy,   biomadaniy,   tarixiy-
24 madaniy,   ijtimoiy-iqtisodiy   turistik   resurslar,   turistik   oqim,   manzara   barqarorligi
va boshqalar mavjudligini va turizm rivojlanishi uchun resurslardan foydalanishni
tasniflaydi);
-   amaliy   yo‘nalishiga   ko‘ra   -   inventarizatsion,   baholash   (hududning   turistik
potensialini baholanishi, turistik faoliyat subektlarini ko‘rsatish va tizimlashtirish),
muammoli   (rekreatsion-turistik   kompleksning   optimal   faoliyatiga   to‘sqinlik
qiladigan   muammolarni   to‘g‘ri   aks   ettirishga   e’tibor   qaratiladi),   tavsiya   berish
(turizmning   makon-zamonda   rivojlanishini   optimallashtirish   bo‘yicha   takliflarni
ishlab   chiqishga   qaratilgan),   prognozlash   (turizm   rivojlanishi   yo‘nalishlari   va
tendensiyalari   tahlili   asosida   rekreatsion-turistik   kompleks   faoliyati   natijalarini
tasvirlaydi);
-   nashr tili bo‘yicha o‘zbek, xorijiy va bir nechta tillarda;
-   foydalanish   uslubiga   ko‘ra   -   devoriy,   yig‘ma,   matnli   (yo‘l   ko‘rsatgich
kartalar va boshqa matnli nashrlar kartalari);
-   tayyorlash   uslubi   bo‘yicha   -   qo‘lyozmali,   poligrafik,   fotografik,
kompyuterli, elektron, multimediyali;
-   kartalarning   funksional   imkoniyatlari   bo‘yicha   -   statictik,   interfaol,
dinamik va boshqalar.
Turizm   kartografik   asarlarlarining   o‘ziga   xosligi   yuzasidan   xususiy
tasniflash quyidagicha izohlanadi:
-   mazmuniga   ko‘ra   -   turizm   ob’ektlari   (turistik   mahsulot   tuzilmasi,
xususiyati   va   xossalari),   subektlari   (turistik   faoliyatni   amalga   oshirishda   yuzaga
keladigan   ishtirokchilar   munosabatini   ifodalaydi),   subektlari   va   ob’ektlari   o‘zaro
bog‘liqligi   (resurslardan   foydalanish,   uning   yo‘nalishi,   bahosi,   sababi,   natijasi
muammolarini aks ettiradi);
-   mavzusining   qamrovligi   bo‘yicha   -   obzor   (sayohat   hududi,   marshrut,
hordiq   yoki   ekskursiya   joyi   bilan   umumiy   tanishishga   qaratilgan),   marshrut
planlari   va   yirik   masshtabli   kartalar   (marshrut   bo‘yicha   manzarani   yoki   kichik
hududni tasvirlaydigan), sport (sportga yo‘naltirish uchun mo‘ljallangan), tarmoqli
(me’morchilik, adabiyot, yodgoliklar va boshqalar kabi turli mavzular);
25 -   maqsadiga   ko‘ra   -   amaliy   (sayohat,   turistik   yig‘in,   musobaqalarga
tayyorgarlik va o‘tkazishda qo‘llaniladi), xizmat ko‘rsatish (turistik tashkilotlarda,
davlat   ma’muriyati   boshqaruvi   va   boshqalarda   foydalaniladi),   reklama
(sayyohlarni   u   yoki   bu   ob’ektlarga   tashrif   buyurishga   da’vat   etish   va   turistik
mahsulotni reklama qilish uchun mo‘ljallangan);
-   foydalanuvchilar  kategoriyasiga binoan - sayyohlar va turizm  tashkilotlari
uchun turizm planlari, kartalari bolalar, yoshlar, o‘rta yoshlilar, keksalar (o‘rganish
yoki   rekreatsion   turizm   ob’ektlari   va   axborotni   uzatish   kabi   mazmun   elementlari
bilan   farqlanadi);   yolg‘iz,   oilali,   bolali   oilalar   uchun   mo‘ljaldangan   (kartografik
asarlarlar mazmuni yo‘nalishi bilan farqlanadi);
- tasvirlash imkoniyatiga ko‘ra - planli, panoramali, istiqbolli;
-   turistik   faoliyat   turi   bo‘yicha   -   ekskursiyalar,   aktiv   va   passiv   turizmning
har   bir   turi   uchun   plan   va   kartalar   (piyoda,   kema,   velosiped,   avtomobil   va
boshqalar),   ovchilik   va   baliqchilik,   sportga   yo‘naltirish,   turistik-o‘lkashunoslik
ekspeditsiyalari, o‘quv-tayyorgarlik yig‘inlari;
-   kartografik   ko‘rinishi   bo‘yicha   an’anaviy   (qog‘oz),   elekron   (magnit   va
optik tashuvchilarda) va boshqalar (shisha, chinni, mato va boshqalar). SHu tariqa
turizm karta va planlari tasniflanadi [27; 219-222 b.].
Turistik   atlaslari   ham   o‘z   navbatida   tasniflanadi.   Bizning   fikrimizcha,
turistik   atlas   -   bu   yagona   dastur   bo‘yicha   tayyorlangan   va   sayyohlarning   keng
doirasi,   shuningdek,   turizm   va   ekskursiya   tashkilotchilari,   turizm   va   rekreatsiya
sohasida   tadqiqot   olib   boruvchilar,   turistik   faoliyatni   boshqarish   organlari
xodimlari   uchun   mo‘ljallangan   turistik   plan   va   kartalarining   tizimlashgan
majmuasidir. 
Turistik atlaslar quyidagi belgilar bo‘yicha tasniflanadi: 
-   hududiy  qamrovi   yuzasidan   -   shahar,   mintaqa,  davlat,   qit’a   yoki   ularning
yirik qismlari, jahon;
- mazmuni bo‘yicha - kompleks, tarmoqli;
- maqsadiga ko‘ra - ma’lumotnomali, ommabop, suvenirli;
26 -   tayyorlanish   uslubiga   ko‘ra   -   qo‘lyozmali,   poligrafik,   kompyuterli,
elektron, multimediyali;
-   kartalarning   funksional   imkoniyatlari   bo‘yicha   -   statictik,   interfaol,
dinamik;
-   kartografik   ko‘rinishi   bo‘yicha   -   an’anaviy   (qog‘oz),   elektron   (magnit   va
optik tashivchilarda)
-   qo‘llanish   shakli   va   uslubiga   ko‘ra   -   devoriy,   yig‘ma,   kitob   shaklida,
cho‘ntakga sig‘adigan shaklda ;
- tili bo‘yicha – o‘zbek va xorijiy tillarda izohlandi.
Tadqiqot  natijasida   ushbu  ishlab   chiqilgan  tasniflash   borasida  turizm   talabi
uchun kartografik asarlarlarni tayyorlash uslubini takomillashtirish, shartli belgilar
tizimini   ishlab   chiqish,   shuningdek,   turizm   maqsadlari   uchun   kartografik   asarlar
mintaqaviy tizimini yaratishga yagona yondashuvni aniqlashda yordam beradi. 
27 II-BOB. TURIZM TURLARI VA ULARNI KARTOGRAFIK TA’MINLASH
§ 2 . 1. Turizm plan va kartalarning geodezik, matematik va geografik
asoslari hamda mazmun - mohiyati
Tadqiqot   ishining   yuqori   bobida   asosiy   e’tibor   turizmni   kartaga   olish
bo‘yicha   plan,   karta   va   atlaslar   tizimini   yaratish   tamoyillari   hamda   turizm
maqsadlari   uchun   tizimlashni   ilmiy   asoslashga   qaratilgan   edi.   Mazkur   bobning
ushbu   bo‘limi   esa   turizm   plan   va   kartalarning   geodezik,   matematik   va   geografik
asoslari hamda mazmun - mohiyatini ishlab chiqishga bag‘ishlanadi. 
Yirik masshtabli  turizm karta va planlarni tuzishda bajariladigan geodezik
ishlar juda muhim masalalardan biri hisoblanadi.   Geodezik ishlar  umumdavlat  va
mahalliy   koordinata   sistemalarida   bajariladi.   Mahalliy   koordinata   sistemalarida
bajariladigan   geodezik   ishlar   umumdavlat   koordinata   sistemasi   bilan   ishonchli
bog‘langan bo‘lishi kerak.
Turizm   plan   va   kartalarni   yaratish   uchun,   avval,   shu   joyda   geodezik
s’yomka   usullarining   biri   bilan   gorizontal   yoki   vertikal   s’yomka   ishlari   olib
boriladi.   S’yomka   natijalarining   to‘g‘ri   va   ishonchli   bo‘lishi   uchun   ularni   ilmiy
asoslab, bir sistemada olib borish kerak.
Turizm   planlari   topografik   s’yomkalar   yoki   kartada   (1:   500   masshtabdan
tashqari)   topografik   s’yomkalar   materiallari   asosida,   qoida   tariqasida,   1:   5000,   1:
2000, 1: 1000 va 1: 500 masshtablarda tuziladi [64, 65, 87.].
Topografik   s’yomkalar   usullari   ko‘p   turizm   uchun   quyidagi   asosiylarini
keltirish mumkin:
- stereotopografik;
- taxeometrik, teodolit va  GPS  s’yomkalari.
Topografik s’yomka mahalliy va shartli koordinata sistemalarida bajariladi,
biroq   shartli   koordinata   sistemasi   mahalliy   koordinata   sistemasiga   o‘tish   kaliti
bilan ta’minlangan bo‘lishi shart[ 66, 71, 73, 82.].
Turizm plani masshtabi bo‘yicha tafsilotlarning mazmunini aniq va ravshan
ko‘rsatib   berishi,   shu   bilan   birga   fazoviy   ko‘rinishni   va   turizm   planining
28 o‘qilishini, turizm infratuzilma ob’ektlari va boshqalarni ko‘rsatgichli  tasvirlashni
talab qilinadi.
O‘zbekistonda   1995   yildan   boshlab   geodezik   to‘r   barpo   etishda   GPS
texnologiyadan   keng   foydalanilmoqda   [72.] .   Tadqiqot   jarayonida   zamonaviy
geodezik GPS priyomniklari orqali turistik ob’ektlar  tadqiq qilish imkoni mavjud
(2.1-rasm).
2 .1-rasm. Afrosiyob arxeologik yodgorligi plani fragmenti
Turizm   maqsadlari   uchun   katografik   asarlar   tizimini   ishlab   chiqish
yaratilagan   kartalarning   maqsadi,   vazifasi   hamda   tarkibiga   qarab   qo‘llaniladigan
kartografik   tasvirlash   usullari,   proeksiyalar   hamda   zarur   masshtabni   belgilash
orqali amalga oshiriladi [70; 41-46 b.]. 
Maqsadli   olib   borilgan   tadqiqotlardan   hamda   mavzuga   oid   adabiyotlar
taxlilidan   ma’lum   bo‘ldiki   turistik   plan   va   kartalar   mazmuni   asosiy   elementlarini
tanlash   va   asoslash   usullari   to‘liq   ishlab   chiqilmaganligi   aniqlandi.   Bu   borada
turistik   kartalarni   yaratish   usullari   bo‘yicha   qo‘pgina   olimlar   N.N.Baranskiy,
K.A.Saliщev,   A.M.Berlyant,   YU.S.Bilich,   A.S.Vasmut   va   boshqalar   o‘z
tadqiqotlarida   qisman   yondoshganlar.   YUqorida   nomlari   zikr   etilgan   olimlarning
tadqiqotlarida   asosiy   e’tibor   kartaga   olish   bo‘yicha   fundamental   ishlar,   ya’ni,
matematik asosni ishlab chiqish bo‘yicha umumiy tavsiyalarga qaratilgan. Turistik
29 kartalar   va   planlarning   masshtabi,   mazmun   moxiyatini   ishlab   chiqish,
generalizatsiya qilish bosqichlarini asoslash bilan cheklanilgan.
Barcha   mavzuli   kartalarda   ma’lumotlarni   batafsil   hamda   to‘liq   tasvirlashda
dastavval   masshtab   tanlanadi.   Masshtab   tanlash   turizm   maqsadlari   uchun
kartografik   asarlar   tizimini   loyihalashda   asosiy   masalalaridan   biri   bo‘lib,   turistik
sayohat uchun muhim bo‘lgan mazmun mufassaligi, aniqligi, omma o‘qilishi, karta
formati va qo‘llanish vazifalariga bog‘liq [39; 198-199 b.]. 
Mintaqaviy   tizimli   kartaga   olish   turistik   plan,   karta   va   atlaslarni   o‘zaro
birlashtirish hamda ularning birligiga erishish maqsadida masshtab qatorini ishlab
chiqish lozimligini ko‘rsatdi. 
Masshtab   qatorini   loyihalashda   kartaga   olinadigan   hudud   maydoni   va
shakliga, plan, karta va atlaslardan foydalanish tasnifiga hamda mavzusiga alohida
e’tibor qaratish zarur. Ular quyidagicha izoxlanadi:
-   umumgeografik va mavzuli elementlari darajasi; 
-   xususiy,   maxalliy,   submintaqa   va   mintaqaviy   miqyosda   kartografik
hududiy birliklari; 
-   umumgeografik   mazmuni   va   mavzusi   bo‘yicha.   Aks   ettirish   uslublari
hamda   matematik   va   geografik   asosini   ishlab   chiqish   uchun   mo‘ljallangan
topografik kartalar masshtabidan foydalanish qulayligi va ko‘rgazmaliligi inobatga
olinadi.  Boshlang‘ich   axborot   mavjudligi   va  mufassalligi,   turistik   kartaga   olishda
zamonaviy uslub va texnologiyalardan foydalanish imkoniyati va boshqa omillarga
ahamiyat qaratiladi [18; 164-171 s.].
Mintaqani tizimli kartaga olish uchun masshtab optimal tizimini asoslashda
har   bir   masshtabni   shakllantiruvchi   omil   va   turistik   mavzudagi   kartografik
asarlarga bo‘lgan talablar o‘rganildi. Olib borilgan izlanishlardan ma’lum bo‘ldiki,
turizm maqsadlari uchun plan, karta va atlaslarni yaratishda quyidagi masshtablar
qatori   eng   maqbul   variant   sifatida   qabul   qilindi.   Masshtablar   qatori   quyidagicha
izohlandi [28; 317-319 r.]:
•   1:   2   000   va   undan   yirik   –   alohida   turistik-ekskursion   va   turistik
infratuzilma ob’ektlari planlari uchun;
30 •   1: 5 000 - 1:25 000 – sport turizmi plan va kartalari uchun;
•   1: 5 000 - 1:25 000 – shahar va boshqa aholi yashash punktlari kompleks
turistik plan va kartalari uchun;
•   1:50 000 -1: 200 000 – turizmning aktiv turlari marshrut kartalari uchun;
•   1: 200 000 - 1: 1 000 000 – turizmning passiv turlari kartalari uchun;
•   1: 200 000 - 1: 500 000 – mintaqaning kompleks turistik kartalari uchun;
  1:50 000 - 1: 500 000 – mintaqa yoki uning alohida qismlari kompleks va
tarmoq turistik kartalari seriyalari uchun;
•   1:30   000   -   1:   300   000   -   1:   1   000   000   -   1:   3   000   000   –   mintaqaning
kompleks turistik atlasi uchun;
•   1: 5 000 - 1: 100 000 - 1: 200 000 - 1: 1 000 000 – yosh sayyohlar atlasi
uchun;
•   1:25   000   –   shahar   GAT   turizm   resurs   potensiali   kartasi   uchun   asosiy
masshtab sifatida;
•   1:   200   000   –   mintaqa   GAT   turizm   resurs   potensiali   kartasi   uchun   asosiy
masshtab sifatida tanlangan (3.1.1-ilova).
Turizm maqsadlari uchun turistik kartografik asarlar ham o‘z navbatida uch
turga,   ya’ni   devoriy,   stol   ustida   foydalaniladigan   kartalar   hamda   topografik
kartalarga ajratiladi   [ 76; 64-68 s. ] . Mazkur kartografik asarlarni yaratishda Gauss-
Kryugerning   teng   burchakli   ko‘ndalang   silindrik   proeksiyasi   eng   maqbuli   deb
topildi.   Turizm   kartografik   asarlarini   tuzishda   dastavval   geodezik   asos   yaratib
olinadi   [ 43;   37-43   s. ] .   Ushbu   yaratilgan   asos   boshqa   turli   mavzudagi   kartalar
uchun ham hizmat qiladi.
Turizm kartalar tizimini yaratishda masshtablar qatori ishlab chiqilgani kabi,
ularning   kartografik,   geografik   asosi   bo‘lgan   mazmun   mohiyatiga   alohida
ahamiyat   qaratish   zarur   [28;   317-319   r.].   Turizm   maqsadlari   uchun   kartografik
asarlar   elementlarini   tanlab   olishni   ilmiy   asoslash   kartaga   olinadigan   turistik
resurslar tuzilishini aks ettirishga tizimli yondashuvni ta’minlaydi (2.2-rasm).
Bunda   turizm   uchun   2   va   3   o‘lchamli   modelni   yaratishda   kartografik
ko‘rsatgichlarini   mufassal   o‘rganish,   turli   turistik   kartalarda   yaqin   joylashgan
31 ob’ektlarni   ajratish,   ma’lumotning   juda   ko‘pligi   yoki   kamligi   bo‘yicha
generalizatsiya talablariga amal qilishni talab etadi [57; 112-116 s.]. 
Mintaqaning   plan,   karta   va   atlaslarning   asosiy   xususiyatlaridan   biri   -
umumgeografik va mazmun elementlarini maksimal darajada aniqlash hisoblanadi.
Batafsillik bilan aks ettirilgan kartografik asarlarda sayyohlar notanish joyda yo‘lni
aniq topishi, marshrutni to‘g‘ri belgilashi, tunash joylari va joylashish ob’ektlarini
tanlashi, sayohat davrida xavfsiz harakatlanishni ta’minlashda qulayliklar yaratishi
lozim.
YUqorida   sanab   o‘tilgan   talablarga   yirik   masshtabli   topografik   kartalar
javob   beradi,   ular   mohiyati   jixatidan   turistik   kartalarning   geografik   asoslarini
yaratishda qo‘llaniladi. 
Turistik   kartalar   uchun   umumgeografik   elementlarni   tanlab   olish
yaratiladigan   karta   masshtabiga   bog‘liq.   Mintaqaviy   tizim   kartografik   asarlari
masshtabi,   maqsadi,   mavzusi,   kartografik   uyg‘unligi,   ma’lumotni   taqdim   etish
usuli va vositalari bo‘yicha farqlanadi. Ushbu farqlanish natijasida umumgeografik
elementlar tanlovi ham o‘zgaradi [23; 44-53 s.]. 
2 .2-rasm. Turizm maqsadlari uchun kartografik asarlarning mintaqaviy tizimi
tarkibi
32 Kartalar   turli   maqsadlar   uchun   tuzilishiga   qaramasdan,   geografik   asoslarda
albatta   ma’muriy   chegara   va   hududi,   aholi   yashash   punktlari,   aloqa   yo‘llari,
gidrografiya,   ba’zi   hollarda   o‘simlik-tuproq   qatlami,   relefi   va   boshqa   ob’ektlar
tasvirlanadi.   Turistlar   uchun   qulaylik   yaratish   maqsadida   alohida   ahamiyatga   ega
bo‘lgan,   lekin   karta   masshtabida   aks   ettirilmaydigan   ob’ektlar   masshtabsiz
tasvirlanishi maqsadga muvofiqdir [22; 116-120 s., 42; 481-489 s.].
Kartalarning  geografik  asosini  shakllantirishda  ma’muriy-hududiy bo‘linish
respublika,   viloyat,   tumanlar   chegaralarining   aks   ettirilishi,   rekreatsion   zonalar,
qo‘riqxona   hududlari,   ovchilik   uchun   mo‘ljallangan   zonalarni   tasvirlashda   bir   xil
kartografik belgilardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Turizm   kartalarida   aholi   yashash   punktlari   asosiy   elementlardan   biri
hisoblanadi. 
Turistik   kartalarda   (ayniqsa,   turizmning   velosiped,   mototsikl,   avtomobil
turlari   uchun)   aloqa   yo‘llarini   ushbu   masshtabga   xos,   temir   yo‘llar   va   avtomobil
yo‘llariga   ajratilgan   holda   batafsil   va   to‘liq   aks   ettiriladi.   Avtomobil   yo‘llari   esa,
o‘z   navbatida,   avtomagistral,   mukammal   qoplamali,   qattiq   qoplamali,   o‘rmon   va
dala yo‘llariga bo‘linadi [43;  37-43 s.]. Temir  yo‘llarni  oraliq va oxirgi  bekatlari,
vokzallar, ularning nomlari bilan beriladi. Avtobus yo‘llari tarmog‘i tasnifi uchun
yo‘llarning   evropacha,   davlatlararo   va   milliy   raqamlash,   oraliq   masofani
ko‘rsatish, yo‘nalishlarini, avtobekatlarni ifodalash alohida ahamiyat kasb etadi. 
Gidrografik   ob’ektlar   kartografik   tasvirning   boshqa   elementlari   bilan
bog‘langan   bo‘lib,   geografik   landshaftning   asosiy   elementi   hisoblanadi.   Turistik
kartalarda   gidrografik   ob’ektlar   dengizlar,   ko‘llar,   sun’iy   suv   havzalari,   daryolar,
tabiiy va sun’iy suv chashmalari,  mineral  buloqlarni  aniq va ishonchi  aks ettirish
lozim.   Daryolarni   belgilashda   sohil   chizig‘i,   dengiz   tubi,   oqimlar,   suv   turizmi
uchun   xavfli   bo‘lgan   holat   va   ob’ektlarga   e’tibor   berish   zarur.   Turizm   va
rekreatsiya uchun mos keladigan tabiiy suv havzalari hajmi ham ifodalanishi kerak
[76; 72-76 s.]. 
Turistik kartalarda sathi  pasaygan 20 metrdan keng daryolarning (muayyan
masshtabdagi   topografik   kartalar   uchun   mavjud   daryolar   shartli   belgilarida),
33 nomlari va oqim yo‘nalishi, suv tarmoqlari, to‘siqlari, ko‘priklar, turizmning kema
turiga xos yo‘nalishlar g‘ovlari, daryoning dinamik tasnifi, daryo tubi xususiyati va
sathi   kabilar   aks   ettiriladi   [40;   32-38   s.].   Tabiiy   buloqlar,   mineral   suv   buloqlari
tasviri   yirik   masshtabli   turistik   kartalarni   loyihalashtirishda   zarur   ob’ekt
hisoblanadi. 
Bunday   ko‘ngilochar   tadbirlarni   o‘tkazishga   boy   bo‘lgan   gidrografik
ob’ektlarni   o‘rta   va   mayda   masshtabli   turistik   kartalarda   ham   tasvirlash   zarur.
Turistik mavzudagi plan va kartalar geografik asosi o‘simlik-grunt qoplami o‘rmon
massivlari   (bargli,   ignabargli,   aralash),   daraxtzorlar,   bog‘   va   mevazorlar,   qishloq
xo‘jaligi   erlari,   botqoqlar,   qumliklar   bilan   belgilangan   [50;   38-43   s.].   O‘simlik-
grunt qoplamining u yoki bu ob’ektlarini ifodalashda ularning turistik, rekreatsiya
va   qo‘riqlash   ahamiyati,   ko‘maklashuvchi   yoki   to‘sqinlik   qiluvchi   omillarga
munosabati, antropogen ta’sir va boshqa tasniflar e’tiborga olinadi. 
Tekislikdan   iborat   mintaqalar   uchun   yaratilgan   turistik   kartalarning
geografik asosida relef albatta berilishi kerak. Tog‘li mintaqalar turistik kartalarida
esa   relefni   tasvirlash   majburiy   hisoblanadi.   Relef   xarakteri   gorizontal,   alohida
elementlar   esa   (varonkalar,   karnizlar,   dovonlar   va   boshqa.)   masshtabdan   tashqari
shartli   belgilar   bilan   ko‘rsatiladi.   Relef   tasvirining   mufassalligi   harakat
xavfsizligini ta’minlashda qo‘l keladi [28; 317-319 r.]. 
Turizm maqsadlari  uchun kartografik asarlar tizimiga kiradigan planlarning
optimal   vazifasini   asoslashda   geografik   asosni   umumgeografik   elementlarini
tanlab olish mintaqaviy tizimli kartaga olish tamoyillariga binoan amalga oshiriladi
[38; 303-309 s.].
Turistik kartografik asarlar mintaqaviy tizimlarini loyihalashning eng muhim
bosqichlaridan   biri   -   planlar,   kartalar,   karta   va   atlaslar   seriyasini   mazmun
mohiyatini ishlab chiqishdir, uning alohida elementlarini aniqlashda hudud turistik
resurslari   kompleksi   va   tizimli   turistik   kartografiya   ko‘rsatgichlari   orasida
munosabatni   amalga   oshiruvchi   tuzilma-grafik   modeldan   foydalanish   tavsiya
etiladi.   Bu   masala   4   bobda   “Tadqiqot   ob’ekti   sifatida   Samarqand   shahri   va
viloyatini tizimli kartaga olish”da batafsil va aniq ko‘rib chiqiladi. 
34 Samarqand   shahri   va   viloyatini   tizimli   kartaga   olishda   mazmuni   va
mohiyatini   to‘liq   ko‘rsatishda   asosiy   karta,   qirqim   karta   illyustratsiya,   jadval,
matn,   turistik   planlar,   kartalar   va   atlaslar   formati   birligi,   ulardan   foydalanish
qulayligi   va   komponovkasi   ijodiy   jarayon   hisoblangan   tuzilmaga   bog‘liq.   O‘z
navbatida   bunday   kartalar   to‘plami   uning   maqsadi,   mazmuni,   proeksiyasi,
masshtabi,   egallagan   maydoni,   kartaga   olish,   qirqim   karta   o‘lchami,   kartalardan
foydalanish tasnifi legenda to‘liqligi va mufassalligiga bog‘liq. Turizm maqsadlari
uchun   topografik   asarlar   mintaqaviy   tizimini   tashkil   etadigan   planlar,   kartalar,
karta   va   atlas   seriyalari,   shu   belgilar   bo‘yicha   farqlanadi   va   shu   sababli   bir   xil,
yagona   tuzilmaga   ega   bo‘lmaydi.   Uning   o‘ziga   xosligi,   birinchidan,   kartadan
foydalanishda aniqlanadi. 
Qo‘shimcha   elementlarning   kichik   hajmga   ega   kartografik   tasvir   e’tiborini
turistik   kartalarning   asosiy   mohiyatiga   qaratadi.   Aksariyat   hollarda   kartaning
yonida oddiy legenda, ba’zan tabiiy landshaftlar, tarixiy obidalar va shu kabilarni
aks   ettiradigan   rangli   fotosuratlar   joylashtiriladi.   Orqa   tomonida   odatda   o‘yma
kartalar,   qo‘shimcha   ma’no   va   matnli   izohlar   beriladi.   Matnni   joylashtirish
variantlari   juda   xilma-xil,   ba’zida   matn   yonidagi   rasm,   fotosurat   yoki   boshqa
tasvirni izohlaydi. 
35 § - 2 .2. Turizm-GAT ma’lumotlar bazasini yaratish
Turizm   sohasini   rivojlantirish   hamda   uni   jaxon   talablariga   mos   ravishda
shakllantirishda dastavval turizm GAT ma’lumotlar bazasini shakllantirish muhim
masalalardan hisoblanadi. 
Turli   mavzudagi   kartalar   qanday   vazifani   bajarishidan   qatiy   nazar,
yaratilishi   hamda   biron   bir   masalani   xal   etishda   asosiy   omilni   ma’lumot   tashkil
qiladi [32; 52-59 s.]
Tadqiqot yuzasidan olib borilayotgan turizm ma’lumotlar bazasini  yaratish,
ularga  oid  ma’lumotlarni  to‘plash,   ularni   boshqarish,  yangilab  borish  va  tarqatish
jarayonlari asosan Microsoft SQL Server dasturi orqali amalga oshirildi[74; 40-44
s.]. Mazkur ma’lumotlar bazasini yaratish quyidagi etaplarni tashkil qiladi:
-   madaniy   meros   ob’ektlarning   geografik   o‘rnini   bildiradigan   geofazoviy
ma’lumotlar koordinatalarini kiritish (koordinata va boshqalar);
-   madaniy   meros   ob’ektlarning   hususiyatlarini   bildiradigan   sonli   va   sifatli
ko‘rsatkichlarni kiritish (atribut ma’lumotlar);
-   ushbu yuqoridagi ikki xil ma’lumotlar (geofazoviy va atributlar) orasidagi
o‘zaro munosabatlarni o‘rnatish;
-   turistik   madaniy   meros   ob’ektlarning   koordinatalari   bilan   ifodalovchi
kartografik ma’lumotlar kompyuter xotirasiga kiritilib, keyin ular qayta ishlanadi.
Turizm   ma’lumotlar   bazasini   yaratishda   ko‘plab   dastur   turlaridan
foydalaniladi.   Ushbu   dasturlarda   o‘zgarishlarni   aniqlash   va   ularni   o‘zaro
taqqoslash   qulay   bo‘lganligi   sababli   mazkur   turizm   ma’lumotlar   bazasi   asosan
Microsoft Access va Microsoft SQL Server dasturlaridan keng foydalanildi.
Ma’lumotlar   bazasini   yaratishda   davlat   statistika   qo‘mitasi   ma’lumotlari,
stat.uz   internet   ma’lumotlarni   hamda   Samarqand   viloyati   turizmni   rivojlantirish
xududiy   bo‘limi   ma’lumotlaridan   keng   foydalanildi.   Mazkur   ma’lumotlarni
tizmlashda   jadvallar   usuliga   alohida   ahamiyat   qaratildi.   Jadvallar   oldindan   ishlab
chiqilgan va ular bir-biri bilan bog‘liq tuzilmaga xos shakllantirildi. Bu dasturlarni
ishlab   chiqarishda   asosan   Visual   Basic   tilidan   foydalanib,   Microsoft   SQL
ma’lumotlar bazasi yaratildi.
36 SQL   Server   arxitekturasida   serverli   qism   ko‘zda   tutilgan   bo‘lib,
ma’lumotlarni   chiqarib   tashlash,   cheklash,   mijozlar   tomonidan   ma’lumotlardan
foydalanish,   shuningdek,   xavfsizlikni   ta’minlash   imkonini   beradi.   Masalan,   SQL
Server   so‘rovlarni   mijoz   kompyuterlaridan   oladi,   ularni   server   kompyuterda
bajaradi, keyin faqat so‘ralgan ma’lumotlarni qaytaradi. SHunday qilib, 10 mingta
yozuvlarni o‘z ichiga oladigan jadvallardan bitta yozuvni chiqarib tashlash  uchun
serverga   komanda   uzatiladi,   serverli   dasturiy   ta’minot   ushbu   komandani   bajaradi
va mijozga faqat qidiriladigan yozuv qaytariladi. 
Yangi texnologiyalar asosida karta va ulardagi ma’lumotlardan samaraliroq
foydalanib,   an’nanaviy   qog‘ozli   planlar,   karta   va   atlaslarga   elektron   va   Web-
kartografik asarlar qo‘shimcha tarzda qo‘shilib turistik sohaga mavzuli kartografik
mahsulotlarni kengaytirish imkonini bermoqda (2.3-rasm).
Kompyuter   texnologiyalari   taraqqiyotining   zamonaviy   darajasi   grafik
muharrirlar,   geoaxborot   tizimlari   va   multimediya   texnologiyalari   yordamida
turistik kartografik asarlardan foydalanish, o‘zgartirish va tezkor  xulosa chiqarish
imkonini   bermoqda   [61;   110-116   s.,   62;   45-50   b.].   Tadqiqot   davomida   taxliliy
ishlar   ntijasi   shuni   ko‘rsatdiki,   ko‘pgina   tadqiqotchilar   tomonidan   yaratilgan
ma’lumotlar   bazasi   asosan   GAT   dasturlari   uchun   mo‘ljallanganligi   aniqlandi.
Mazkur   yaratilgan   turizm   ma’lumotlar   bazasidan   esa   turli   grafik   hamda   GAT
dasturlarida kartalarni tuzishda foydalaniladi.
Turizm   karta   va   atalaslarini   yaratishda   illyustrativ   grafik   taxrilovchi
dasturlar turistik mavzuli kartografik asarlarni sifatli darajada yaratilishi an’anaviy
kartaga   olish   tamoyillari   va   kompyuter   garfikasi   dizayni   turli   vositalari
imkoniyatlariga asoslanadi. 
Hozirda dastur ta’minoti bozorida illyustrativ grafika paketining ikki guruhi
taqdim etilgan:
 vektor   grafikasi   dasturlari   (Corel   DRAW,   Adobe   Illustrator,
Macromedia FreeHand);
 axborot   bilan   ishlaydigan   rastr   grafikasi   muharrirlar   (Adobe
PhotoShop, Corel PHOTO-PAINT) [37; 102-106 s., 84; 107-110 b.].
37 2. 3 -rasm. Turizmni kartaga olishda ma’lumotlar bazasidan foydalanish
imkoniyatlari
O‘tkazilgan   tadqiqotlar   natijasida,   vektor   grafika   dasturlari   kartografik
tasvirlar   bilan   shifr   bosqichidan   tortib,   elektron   yoki   qog‘oz   variantdagi   tayyor
shakli bilan ishlash imkonini beradi.
Grafik   muharrirlarning   ikkinchi   guruhi   manzarali   landshaft   fotoreal
tasvirlari,   turizm   va   ekskursiya,   turistik   infratuzilma   ob’ektlari   haqidagi
ma’lumotlarni qayta ishlash va aks ettirishda tavsiya etiladi. 
Turistik   kartografik   asarlar   yaratishda   funksional   imkoniyatlari   bo‘yicha
farqlanadigan   vektor   grafikasining   turli   dasturlarini   qo‘llash   mumkin,   Masalan,
FreeHand vektor muharriri.
38 2.4-rasm. Turistik ob’ektlarning qatlamlarda ifodalanishi
FreeHand   vektor   muharriri-yuqori   sifatli   illyustrativ   grafika   ishi   uchun
universal   grafik   muharrirdir.   Kartografik   ishlab   chiqarishda   dastur   kartografik
asarlarni   jihozlash   uchun   qo‘llaniladi   [103].   Paketning   o‘ziga   xos   xususiyati
shundaki,   u  ko‘p  varaqli   dizayn  va   juda   katta  hajmli   illyustratsiyalar   bilan   ishlay
oladi, yirik formatli kartografik asarlarni yaratish va jihozlashda muhim axamiyat
39 kasb   etadi.   Kartografiyada   qo‘llaniladigan   belgilar   uchun   shartli   izohlar
kutubxonasi mavjud bo‘lib, shaxsiy badiiy belgilar yaratish imkoniga ega; turistik
mavzuli   kartografik   asarlarni   bezatish   uchun   asboblar   majmuasi   mavjud   bo‘lib,
rastr   grafika   formatlarida   fotosuratlarni   kiritish   imkoniga   ega   PANTON
(kartografik   mahsulotlarda   qo‘llaniladigan   evropa   ranglar   standarti)   ranglar
kutubxonasi qo‘llaniladi [21; 3-13 s.].
Macromedia   FreeHand   paketida   kartalarni   jixozlashda   quyidagilar   ko‘p
qo‘llaniladi: turli vektor va rastr formatlarda fayllar importi va eksporti; ob’ektlar
bilan   mantiqiy   munosabatlar   (ob’ektlar   kesishgan   viloyatlarni   bo‘lish,   bir
ob’ektdan   boshqasini   qirqib   olish,   ob’ektlarni   bo‘laklash   va   boshqa.);   grafik
elementar figuralarni  o‘chirish (nuqta, chiziq, poligon)  va shartli  belgilar  yaratish
uchun   ularni   guruhlashtirish;   chiziqli   ob’ektlar   bilan,   shu   jumladan,   figurali
chiziqlar   yaratish   bilan   bog‘liq   vazifalar;   kartograf   tomonidan   aniqlanadigan
standart   palitra   yoki   ranglar   majmuasidan   foydalanib   rang   bilan   jihozlash;
tasvirning alohida qatlamlari bilan ishlash, o‘zaro guruh ob’ektlarini almashtirish;
katta formatli kartografik asarni nashr qilishi uchun bir nechta standart varaqlarga
ajratish   lozim.   Bunda   ma’lumotlar   o‘z   navbatida   qatlamlarda   ifodalanadi   (2.4-
rasm)  
FreeHand   vektor   muharriri   bilan   ishlaganda,   uning   kamchiliklari:   olingan
(skanerlangan   yoki   vektor)   tasvir   proeksiyasini   o‘zgartirish   imkonsizligi,   vektor
tasvirning   alohida   qatlamlarini   umumlashtirish,   kartalarda   aks   ettirilgan
ob’ektlarga   bog‘liq   turizm   taraqqiyoti   resurslari   va   shartlari   haqida   zarur
ma’lumotning yo‘qligi va natijada turizm va turistik infratuzilma ob’ektlari tahlili,
maqsadlari, qidiruvining yo‘qligini unutmaslik zarur. 
Yuqorida   sanab   o‘tilgan   imkoniyat   va   kamchiliklarni   hisobga   olgan   holda,
ushbu   dastur   mahsuloti   nashr   originalini   jihozlash   bosqichida   kartografik
kompyuter grafikasi masalasini sifatli va samarali hal qilishda, illyustratsiya bilan
nashrgacha   ishlash   va   poligrafik   nashrga   kartalarni   tayyorlashda   foydalanish
tavsiya etiladi. 
40 GATning   asosiy   vazifasi   alohida   apparat-dastur   majmuasi   sifatida
koordinatsion   ma’lumotlarni   to‘plash,   qayta   ishlash,   aks   ettirish   va   tarqatishni,
elektron kartalar, atlaslar va boshqa kartografik asarlarni yaratish va foydalanishni
ta’minlaydi [20; 16-17 b.].
Turizm uchun geoaxborot tizimlari-turizm va turistik infratuzilma ob’ektlari
haqida   ma’lumotni   aniqlash,   turistik-rekreatsion   potensialni   baholash,   turistik
marshrutlarni   ishlab   chiqish   va   boshqa   ishlar   majmuasini   ta’minlash   maqsadida
GAT dasturlarini samarali qo‘llash sohasidir. 
Turizm   maqsadlari   uchun   tizimli   kartaga   olishda   GAT-texnologiyalarni
qo‘llash quyidagilarni ta’minlaydi:
-   raqamli   kartalar   va   ma’lumotlar   bazasi   asosida   mavzuli   kartaga   olishni
rivojlantirish, natijada karta tuzish ishlarini avtomatlashtirishning yuqori darajasiga
erishish;
-   mintaqani turistik-rekreatsion resurslari va turistik infratuzilma ob’ektlarini
kartografik ta’minlashda zamonaviy holatni aks ettirirish va tahlil qilishga tizimli
yondoshish; 
-   ushbu   mavzuli   kartografik   asarlarni   yaratish   va   foydalanish   jarayonini
birlashtirish imkonini beradigan turistik kartografiya interfaolligi va interaktivligi;
-   kartografik, matnli, illyustrativ, tovushli axborot turlarini birga olib borish,
3D modellarni yaratish imkoniyati  [ 26; 106-109 b. ] .
Turizmni kartografik tadqiq qilishda qo‘llaniladigan GAT dasturlaridan yana
biri MapInfo dasturidir.
MapInfo   turli   mavzuli   kartalarni   yaratish,   boshqarish   va   tahlil   qilishda
qo‘llaniladi,   ularda   oddiy   PK   foydalanuvchisi   nuqtai   nazaridan   ma’lumotlar
bazasida   mavjud   materiallarni   baholash,   tahlil   qilish   va   qayta   ishlash   natijalari
qayd   etiladi   [79;   62-68   b.].   Uning   imkoniyatlari   juda   keng,   o‘zining   asosida
nafaqat   kartografik   asarlar,   balki   MapBasic   maxsus   dastur   tili   tufayli   mazmunan
yo‘naltirilgan   geoaxborot   tizimlarni   yaratish   imkonini   beradi.   Uning   yordamida
Visual   Basic   S ++
  muhitida   yaratilgan   modullarni   dasturga   ulash,   interfeysni
qo‘shish,   ma’lumot   tizimini   ishlab   chiqish,   boshqa   dasturlar   bilan   munosabat
41 o‘rnatish,  ya’ni  yakuniy  foydalanuvchi  geoaxborot  tizimini   to‘liq yaratish  imkoni
mavjud [77; 62-68 b.]. 
Ushbu   dastur   mahsulotlarida   elektron   kartalar   bilan   ishlashda   quyidagi
imkoniyatlar yuzaga keladi (2.5-rasm). 
Ma’lumotlar   bazasi   asosida   elektron   kartalar   bilan   ishlash   quyidagicha
izohlandi:
-   axborotni o‘rganish, yangilash va o‘zgartirish, turli talablarni shakllantirish
va   zarur   ma’lumotlarni   olish,   kartografik   asarlar   va   axborot   bazalari   asosida
boshqa   turistik   mavzuli   yangi   kartalarni   ishlab   chiqish   imkonini   beradigan
interfaollik;
2. 5 -rasm .  Ma’lumotlar bazasi asosida elektron kartalar bilan ishlash
-   masshtab   o‘lchamidan   foydalanish,   karta   bilan   ishlashni   engillashtirib,
umumgeografik   va   mazmun   mohiyatni   o‘zgartirishga   imkon   beradigan   alohida
mavzularni kiritish yoki chiqarish;
42 -   avtomatik   masshtab   belgilash   ushbu   qismda   monitorda   karta   tasvirini
kattalashtirish yoki kichraytirish imkoniyati avtomatik bajariladi;
-   tanlov   imkoniyati,   rangli   varaq,   chiziq,   tahrirlash   va   kartografik   tasvir
uslublarini   amalga   oshirish   (belgi,   areal,   harakatdagi   chiziqlar,   kartogramma   va
b.q.),   badiiy   belgilarni   yaratish   tufayli   kartografik   mahsulot   original   dizayni
yaratiladi; 
-   tahlil va modellashtirish, shu jumladan, zarur ma’lumot, turizm va turistik
infratuzilma ob’ektlarini alohida mezonlar bo‘yicha ma’lumotlar bazasidan izlash,
atributiv   ma’lumotlarda   joyni   aniqlash   va   aksincha,   optimal   yo‘nalishni   tanlash,
relef   modelini   yaratish   va   qayta   ishlash,   balandlik   interpolyasiyasi,   ko‘rinish
ko‘rinmaslik aniqlanadi;
-   rekreatsion   faoliyat   sayyohlar,   turizm   va   tashkilotchilarining   turfa
talablarini   qondirish   uchun   turli   ma’lumotlardan   foydalanish   natijasida   keng
imkoniyatlar yaratadi;
-   komponovkani   loyihalash,   karta-kirqimlar,   legendalarni   tahrirlash   va
joylashtirish,   masshtab   tanlash,   nomni   belgilash,   ramka   ichki   tomonini   jihozlash,
ramka tashqi tomonini jihozlash va boshqalar amalga oshiriladi;
-   atributiv   jadvallarning   umumgeografik   va   mazmuni,   mohiyati   bilan   mos
masshtabda   kartani   yoki   uning   alohida   qismlarini,   rastr   tasvirlarni,   matnlarni,
atributiv jadvallarni nashr qiladi.
Turizm   maqsadlari   uchun   geoaxborot   tizimi   faoliyatining   zaruriy   sharti
axborotli   ma’lumotlar   bazasining   mavjudligidir.   Ma’lumotlar   axborot   bazasining
to‘liqligi darajasi GATda yaratilgan u yoki bu loyihadan foydalanishga katta ta’sir
ko‘rsatadi [91; 120-128 r.]. 
Turizm   maqsadlari   uchun   mintaqaviy   tizimli   kartaga   olishda   ma’lumotlar
bazasi  deganda  mintaqada  turizm   taraqqiyoti  shartlari  va  resurslari  haqida  tartibli
ma’lumotlar   majmuasi,   raqamli   shaklda   berilgan   turizm   va   turistik   infratuzilma
ob’ektlari haqidagi ma’lumotlarni nazarda tutamiz. 
Turizm   maqsadlari   uchun   mintaqaviy   tizimli   kartaga   olishda   ma’lumotlar
bazasi quyidagi axborotga ega bo‘lishi lozim:
43 -   turizmni   istiqboldagi   kartaga   olish   ishlarini   bajarishda   karta   mazmun
mohiyatini  tashkil   qiladigan  vektor   yoki  rastr  shakldagi   kartografiya  resurslari   va
kartografik asarlar, muayyan hudud yoki uning qismlarining raqamli topografik va
turistik  kartalari,  yirik  va  o‘rta masshtabdagi  aholi   yashash  punktlari  va  hududlar
planlari;
-   kartada yoki planda muayyan ob’ektga bog‘langan hududiy ma’lumotlar va
atributiv   ma’lumotlar   bazasini   tashkil   etadigan   semantik   axborotga   turizm   va
turistik infratuzilma ob’ektlari haqidagi jadvalli ma’lumotlar, ob’ekt uchun zaruriy
ma’lumotlarga esa uning turi, shakli, nomi, manzili, telefon raqami kiradi. Ob’ekt
guruhlariga   ko‘ra   qo‘shimcha   ma’lumot   ularning   har   biri   uchun   xos   bo‘lgan
shaklga   ega   bo‘lishi   kerak.   Masalan,   turistik   marshrutlar   uchun   qo‘shimcha
ma’lumotga   turizm   turi,   murakkablik   kategoriyasi   yoki   darajasi,   sayohat   kunlari,
marshrutlar, ekskursion ob’ektlar kiradi;
-   *bpm,   *jpeg   rastr   formatlarda   turizm   va   turistik   infratuzilma   ob’ektlari
grafik tasviri, tabiiy landshaftlari, muzey ekspozitsiyalari va boshqalar;
-   ob’ektlarning   grafik   tasviriga   havola   qilingan   mashhur   turistik-ekskursion
va turistik sanoat ob’ektlari, turistik marshrutlar ta’rifi berilgan matn fragmentlari;
-   turistik marshrutlar yodgorliklarining video tasvirlari va ovozli tavsiflarini
o‘z ichiga olgan multimediya elementlari. 
GATda   yaratilgan   elektron   kartalar   bilan   ishlashda   muayyan   ko‘nikmalar
talab   qilinadi.   Multimediyali   texnologiyalar   barcha   axborotni   o‘zida   jamlaydigan
kartografik asarlar ommabopligini multimediyali texnologiyalar ta’minlaydi. 
Turizm   maqsadlari   uchun   kartografik   axborot-ma’lumot   tizimi
foydalanuvchisi   ular   bilan   eng   qulay   uslubda-   tasavvur   bo‘yicha   tanishish
imkoniga   ega   bo‘lgan   holda   giperaloqalar   yordamida   turli   ma’lumotlarni   tashkil
etishning imkoni mavjud (vektor, rastr, atributiv ma’lumotlar bazasi, matnli, audio,
video, animatsiya) [76; 42-49 r.].
Turizm maqsadlari uchun kartografik axborot-ma’lumot tizimiga geoaxborot
tizimida   ishlab   chiqilgan   va   bog‘langan   elementlar,   foydalanuvchining   dastur
qobig‘ini o‘z ichiga oladi. U boshqa dasturiy vositalarsiz tizimni boshqarish, ya’ni
44 turistik   yo‘nalishli   kartografik   ma’lumotni   aks   ettirish   va   GATda   ommalashgan
masshtab   tanlash   vositalari,   mazmun   qatlam   bilan   ishlash,   masofani   o‘lchash,
kartalarda   ob’ektlar   va   ular   haqida   ma’lumotni   izlash,   qo‘shimcha   foydalanuvchi
uchun zarur ob’ektlarni kiritish yordamida u bilan ishlash imkonini beradi.
§ 2 .3. Turizm kartalarini yaratish usullari va dizaynini takomillashtirish
Ushbu   bo‘lim   turizm   kartografiyasining   kartografik,   geografik   asoslarini
tayyorlash   va   uning   tamoyillariga   tayangan   holda   turizm   kartografik   tizimlarini,
jumladan,   turizm   kartografik   asarlarini   yaratish   usullari   hamda   dizaynini   ishlab
chiqishga bag‘ishlanadi.
Tadqiqot   davomida   turizm   kartografik   asarlarini   yaratish   usullarini   ishlab
chiqishda   GAT   texnologiyalarining   imkoniyatlari   hamda   masofadan   zondlash
materiallaridan etarlicha foydalanildi. 
Turizm   kartalarini   yaratish   bo‘yicha   to‘rtta   boshqichdan   iborat   usullar
takomillashtirildi.   Bunda   asosiy   e’tibor   GAT   texnologiyalari   hamda   masofadan
zondlash materiallaridan foydanishga qaratildi ( 2 . 6 -rasm).
Bunday   kartalarning   mohiyati,   ularda   aks   ettirilishi   mumkin   bo‘lgan
mavzularning rangbarangligi, turli yoshdagi iste’molchilarning keng doirasi, uning
mazmuni va jihozlanishi ustida ko‘p ishlashni talab qilmoqda.
Turizm   kartalarining   mazmuni   ma’lumotlarni   etarlicha   to‘la   aks   ettirib
ortiqcha   ma’lumotlarsiz   tasvirlanishi   lozim.   Karta   sayyohlar   tomonidan   yaxshi
o‘qiladigan, ifodali va chiroyli jihozlangan bo‘lishi shart. Bunday talablarga javob
beradigan   kartalar   sayyohlar   uchun   legendaga   kamroq   murojat   qilish   imkonini
beradi. Kartografik  asarlarning  chiroyli  jihozlanishi   esa nafosatli   ta’sir bilan bir
qatorda turizm maqsadlari uchun turizmning reklamasi ham hisoblanadi.  
45 1- Bosqich
Distansion ma’lumotlar 
to’plamiMintaqa bo’yicha yirik 
masshtabli topo kartalar 
to’planadi Matn va jadvalli 
ma’lumotlar to’planadi
2- Bosqich
Topografik kartalar 
skanerlanadi Masofadan olingan 
ma’lumotlar grafik 
dasturlarda qayta ishlanadi Matnli va raqamli 
ma’lumotlar  Microsoft Excel 
dasturiga kiritiladi  
3 - Bosqich
Masofadan olingan 
suratlar  GIS Panorama  va  
FhotoMOD  dasturlarida 
deshifrovka qilinadi TAYYORGARLIK BOSQICHI
Olingan kartografik 
ma’lumotlar  Mapinfo  va  
ArcGIS  dasturlarda 
topoasoslarga bog’lanadi To’plangan ma’lumotlar  
Microsoft Excel  dasturida 
qayta kiritiladi
4- Bosqich
Mapinfo  va  ArcGIS 
dasturlarida loyihalash 
uchun asos tayyorlash Tayyor bo’lgan 
topoasosga turistik 
kartalarni joylashtirish Ishlab chiqilgan turistik 
kartalarni   mutaxassislarga 
taqdim etishМАЪЛУМОТЛАРНИ КОМПЬЮТЕРГА КИРИТИШ 
TO’PLANGAN MATERIALLARNI QAYTA ISHLASH ,  GAT 
DASTURINI TANLASH
TURISTIK KARTALARNI YARATISHBirinchi   tayyorgarlik   bosqichida   izlanish   olib   borilayotgan   mintaqa
bo‘yicha   1:10   000,   1:30   000,   1:50   000   hamda   100   000   masshtabli   topografik
kartalar,   uchuvchisiz   apparatlardan   olingan   distansion   suratlar   to‘planadi,   turizm
ob’ektlari mavzulariga oid matn va jadval ma’lumotlari olinadi.
2.6-rasm. Turizm kartalarini yaratish usullari
Ikkinchi,   kompyuter   xotirasiga   kiritish   bosqichida   1:10   000,   1:30   000,
1:50   000   hamda   100   000   masshtabli   topografik   kartalar   skanerlanadi   va   Adobe
Photoshop   dasturida   topoasoslar   GAT   ga   tayyorlanadi.   Masofadan   olingan
suratlar   topoasosga   bog‘lanadi   hamda   kompyuter   xotirasiga   Adobe   Photoshop
46                     dasturida   qayta   ishlash   asosida   kiritiladi.   Mintaqaviy   turizmga   oid   matn
to‘plamlari   tizimlanadi   va   Microsoft   Word   dasturida   kompyuter   xotirasida
saqlanadi.   Mavzu   bo‘yicha   maqsadli   to‘plangan   jadvallar   ham   tizimlanadi   va
Microsoft Excel dasturi asosida  kompyuter  xotirasiga yuklanadi.
Uchinchi,   to‘plangan   materiallarni   qayta   ishlash,   GAT   dasturlarini
tanlash va ularning bazasini yaratish bosqichida  Adobe Photoshop  dasturida
GAT   ga   tayyorlangan   topoasoslar   Mapinfo   va   ArcGIS   dasturida   qayta   ishlanadi.
Masofadan   olingan   suratlar   esa   GIS   Panorama   va   FhotoMOD   dasturlari
yordamida   deshivrofka   qilinadi   va   topoasoslarga   bog‘lanadi   [96;   220-228   r.,   93;
84-88   r.].   Mavzu   bo‘yicha   to‘plangan   matnlar,   qayta   ishlangan   topoasoslar   va
masofadan   olingan   suratlar   hamda   aniqlangan   yangi   materiallar   asosida
to‘ldiriladi.   To‘ldirilgan   matn   ma’lumotlari   esa   jadval   shaklida   tizimlanadi   va
Microsoft   Excel   dasturi   asosida   kompyuter   xotirasiga   yangi   variant   shaklida
qayta kiritiladi.
So‘nggi, yakuniy turizm kartalarini yaratish bosqichida   asosiy masala
ishlab chiqilgan turizm ma’lumotlar bazasiga tayangan holda turizm kartalarini
yaratish va ularni taqdim etishni tashkil qiladi.
SHunday   qilib,   turizm   kartalari   xo‘jalik   ob’ekti   yoki   boshqa   ob’ektlarning
muayyan   turini   geografik   joylashuvi,   huquqiy   maqomi,   miqdor,   sifat   tafsilotlari
va  bahosi  to‘g‘risidagi   yangilanib turiladigan  ma’lumotlar  va  hujjatlar  tizimidan
iborat bo‘ladi. 
YUqorida   keltirilgan   usul   bo‘yicha   kartalarining   legendasi   va
umumgeografik elementlar shartli belgilari sayyohlik xizmatlari talablariga mos va
kartalardan   foydalanuvchilar   imkoniyatlarini   hisobga   olgan   holda   tuzildi.   Sanab
o‘tilgan omillarni hisobga olib bir qancha turistik kartalarni ishlab chiqish nazarda
tutilgan. Ushbu kartalarni ishlab chiish keyingi bobda batavsil beriladi.
Kartografik   asarlarni   badiiy   bezatishni   ishlab   chiqishda   mashhur   kartograf
olimlar I.P.Zarutsskaya, P.A.Skvorsov, K.Bocharovlar tasvirlash usullarini tanlash
va   nazariyasini   ishlab   chiqishda   -   A.F.Aslanikashvili,   M.Baranskiy,
V.S.Preobrajenskiy,   K.A.Salishevlar   o‘z   hissalarini   qo‘shishgan.   Turistik
47 kartografik  asarlarning   nazariy  va   amaliy  dizaynini   ishlab   chiqishda   R.V.Atoyan,
A.A.Beydik,   S.Vasmut,   A.L.Smirnova,   D.YU.SHirokov,   N.V.Kurteva,
A.S.Sudakov,   E.E.SHiryaev,   E.E.Markova   va   boshqalar   alohida   faoliyat
yuritishgan.
Turizm   maqsadlari   uchun   kartografik   asarlarni   nostandart   kompozitsiyaga
xos   ravishda   rasmiylashtirish   lozim.   Bunday   kartografik   asarlar   kartaga
olinayotgan   hududning   landshafti,   tarixiy   va   madaniy   meroslarning   turfa   xilligi
bilan ajralib turishi zarur. 
Dizayn   maqsadi   badiiy   usul   va   uslublarni   qo‘llash   ma’nosini   bildiradi.
Bunda kartografik belgilar tizimidan samarali foydalanib komponovka shakllanadi.
Kartografik   mahsulotning   tashqi   ko‘rinishi   dizaynini   ishlab   chiqish,   albatta,
kompyuter   grafikasi   texnologiyasini   qo‘llash   orqali   iste’molchilarning   keng
doirasiga   mo‘ljallangan   kartografik   mahsulot   estetik   qiymatini   shakllantiriladi.
Turli   tasviriy   vositalardan   foydalanib,   hududiy   o‘ziga   xoslik   va   jozibadorlik
umumiy kompozitsiyasida aks ettirishdir [94; 112-118 r.]. 
Turistik   mavzuli   kartografik   asarlar   dizaynini   loyihalash   va   ishlab   chiqish
muhandislik   psixologiyasi,   texnik   estetika,   semiotika   kabi   fanlarning   nazariy
asoslariga tayanishi talab etiladi. CHunki kartografik mahsulot sifatini baholashda
sayyohlar   uning   foydaliligidan   tashqari,   texnik   va   texnologik   mukammaligi,
ergonomikligi, qo‘llanish qulayligi hamda badiiy sifati va estetik qiymatiga e’tibor
qaratishadi   [17;   24   s.].   Karta   bilan   ishlashning   maqsadi   va   sharti   uning   tashqi
ko‘rinishi, o‘ziga xosligi va individualligiga ta’sir ko‘rsatadi. 
Iste’molchilarning   keng   doirasiga   mo‘ljallangan   kartalar   orasida   turizm
maqsadlari   uchun   yaratilgan   kartografik   asarlarning   tasvirlash   uslullari   o‘rtasida
katta farq mavjud. Ba’zi olimlar kartografik tasvir (belgili, badiiy, rasm) vositalari
doirasida   aynan   bir   sinf   obektlari   uchun   yagona   shartli   belgilardan   foydalanish
zarur   deb   hisoblashadi   [23;   44-53   s.].   Boshqa   olimlar   esa   badiiy   bezakni   zaruriy
yagona  shartli  belgilardan  foydalanish  zarur   deb  qarashmaydi,  chunki  ular  o‘ziga
xos   grafik   qarorlarni   ijodiy   izlash   uchun   katta   imkoniyatlar   deb   fikr   bildirishadi
[17; 24 s.].
48 Maqsadli   olib   borilgan   tadqiqot   davomida   turizm   maqsadlari   uchun
kartografik   asarlarni   yaratishda   o‘ziga   xos   bo‘lgan   shartli   belgilar   tizimi   ishlab
chiqish zarurligini ko‘rsatdi. Ushbu yaratilgan shartli belgilar tizimi aynan turizm
uchun   yaratiladigan   kartografik   asarlarda   qo‘llanilishi   maqsadga   muvofiqligini
ta’kidlash joiz. Mazkur shartli belgilar tizimini ishlab chiqishda bu borada tadqiqot
olib borgan olimlarning ishlari taxlil qilindi.
Turizm  maqsadlari  uchun  kartografik asarlarni   shartli  belgilarini  loyihalash
asosiy tamoyillari quyidagilar:
-   belgilash   va   tasvirlashda   urg‘u   prinsipiga   asoslanish,   ya’ni   eng   muhim
ma’lumotni hajmi, rangi va shrifti bilan ajratish zarur;
-   belgilash   grafik   qaror   birligida   ko‘rinadigan   grafik   umumiylik   orqali
uzatiladigan semantik umumiylik (aloqa) ga binoan ajratilishi kerak;
-   loyihalanadigan belgilar  tizimida differensiya tamoyiliga asoslanish  zarur,
ya’ni semantik umumiylikka ega har bir belgilar guruhi aniq grafik tuzilmaga ega
bo‘lishi   shart,   belgilarga   ega   shakl   boshqa   guruhlardan   oson   farqlanadi   va   oson
eslab qolinadi; 
-   assotsiatsion va stereotip tamoyillaridan foydalanish; shartli belgilar va ular
aks ettiradigan joy ob’ektlari orasida barqaror assotsiyasion, shuningdek, muayyan
belgilarga stereotip javobni hisobga olish zarur;
-   turli   xollarda   begilarni   baholash   uchun   kartada   tasvirlanayotgan
ob’ektlarning holatini  hisobga olmasdan  belgilarni  loyihalashning imkoni  mavjud
emas [41; 184-187 b.];
-   belgilar   hajmi   (minimal   va   maksimal),   kartadagi   tasvirlar   hajmi   farqini
optimallashtirish [17; 24 s].
Turistik mavzudagi kartografik asarlar va adabiyotlarni tahlil qilib biz turizm
maqsadlari uchun kartografik asarlar shartli belgilar tizimini loyihalashda bir qator
qoidalarni ishlab chiqdik:
-   turizm maqsadlari uchun kartografik asarlar mintaqaviy tizimini yaratishda
unifikatsiya qilingan kartografik tasvirlash usullari: belgilar, sifatli va miqdorli fon,
49 chiziqli   belgilar,   harakatdagi   belgilar,   areallar,   nuqtalar,   kartogrammalar   va
kartodiagrammalar usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi;
-   shartli   belgilar   tizimi   kartografik   asarlarning   umumgeografik   va   mazmun
elementlarini to‘liq aks ettirilishi shart;
-   shartli   belgilar   tizimi   jonliligi,   o‘qilishi,   ko‘rgazmaliligi,   badiiyligi
tamoyillariga mos kelishi va bir vaqtning o‘zida, kartografik mahsulot iqtisodiyot
talablarini   va   belgilarni   zamonaviy   texnologik   ifodalash   imkoniyatini   hisobga
olishi shart;
-   turistik resurslar shartli belgilar rasmlari maxsus kartografik ko‘nikmalarga
ega   bo‘lmagan   iste’molchilarning   keng   doirasi   tushunishiga   mo‘ljallanishi   kerak.
SHu   sababli,   shartli   belgilar   tizimi   tasvirning   ommapoblik   va   tushunarlilik
maqsadlariga   javob   berishi   shart.   Buning   uchun   aksariyat   hollarda   tekis   yoki
hajmli ko‘rgazmali, tabiiy va rasmli  tasviriy vositalar, geografik asos jihozlanishi
uchun   topografik   kartalar   umumiy   shartli   belgilari   qo‘llanishi   lozim.   SHu   bilan
birgalikda,   o‘quvchilarning   kartografik   savodxonligini   oshirish,   kartografik   tilini
o‘rgatish muammosi tug‘iladi;
-   shartli   belgilar   izohi   qisqa   bo‘lib,   unda   faqatgina   belgining   umumiy
ma’nosi,   yoki   marshrut   ta’rifi,   turizm   yoki   o‘nga   xos   matnli   turistik   sanoat
ob’ektlaridan   iborat   keng   ma’noli   holatlar,   unda   murakkab   ilmiy   atamalarsiz,
oddiy   tilda   izohlash;   kartografik   asarlar   bilan   ishlash   sharti   va   tasnifi,   axborotni
qabul   qilish   psixofiziologik   imkoniyatini   (sayohat   hududi   bilan   tanishish,
marshrutni   ishlab   chiqish,   safar   uyushtirish,   turistik   slyot   va   musobaqalar
o‘tkazish,   turistik   biznesni   tashkil   etish,   sayohatga   sayyohlarni   jalb   qilish   va
boshqa)   hisobga   olish   zarur.   Ushbu   omillarning   ta’siri   belgilarning   optimal
hajmini,   ko‘rinishini,   chiziqlar   yo‘g‘onligi,   fon   rangi   to‘qligi,   ko‘rish
xussusiyatlarini   hisobga   olgan   holda   shtrix   va   fon   belgilari   rangi   ratsionalligida
ko‘rinadi;
-   ko‘rgazmalilik,   kartalar   o‘qilishi   va   undan   axborot   olishni   oshirishda
muhim   omil   bo‘lgan   rangli   gamma,   tasvirlash   vositalari   imkoniyatlarini
kengaytirish  kartografik asarlarni  bezatish  umumiy tamoyillariga;  turistik  kartalar
50 uchun   kartografik   ishlab   chiqarishda   shakllangan   an’analarda;   turistik   ob’ektlar
haqida potensial  foydalanuvchilar  taassurotiga  binoan;  mahalliy miqyosdan butun
dunyo   darajasigacha   turistik   resurslarni   aks   ettirishda   rang   intensivligining
oshishiga; kartaning estetik xususiyatlari oshishiga mos kelishi kerak [25; 232-235
b.]. 
Turistik   planlar,   karta   va   atlaslar   bezaklarning   nostandartligi,   takrorlanmas
kompozitsiyalar   soni   bilan   farqlanadi.   Ushbu   turdagi   kartalarni   bezashda   cheksiz
topqirlik,   original   kompozitsiya   yaratishda   kartografik   dizayn   yuzaga   chiqadi,
tabiat go‘zalligi, turistik ob’ektlar va marshrut, tuman, aholi yashash punktlarining
diqqatga sazovor joylari aks ettiriladi. 
Turistik   kartografik   asarlarning   badiiy   individual   tashqi   bezagi   hudud
konfiguratsiyasi,   landshaftlari,   tarixiy   va   madaniy   yodgorliklari   bilan   bog‘liq.
Barcha   turistik   kartalarni   tasvir   ranglari,   badiiyligi,   jozibadorligi   va   oddiyligi
orqali ifodalanadigan umumiy bezak uslubi birlashtiradi. 
Tashqi   bezak   predmeti   –   bu   old   tomonida   kartografik   tasvirli   muqova   va
orqa tomonida qo‘shimcha mazmun kiritilgan varaqdir  [25;  232-235 b.]. Muqova
bezagiga   nomlar   kompozitsion   tuzilishi,   badiiy   rasmlar,   tasvirlar   va   rangli
panoramalar   kiradi.   Muqovani   bezatishdan   maqsad   kartaning   ko‘rimliligini
ta’minlash,   shunigdek,   tabiiy-hududiy   o‘ziga   xoslik   va   aniqlik   umumiy
kompozitsiyasini   aks   ettirishdir.   Bu   holatda   ishni   kartograf   o‘zining   turli
kompozitsion   qarorlari   va   tasviriy   vosita   birikmalari   yordamida   amalga   oshiradi.
Aksariyat muqovalarda ko‘p planli tasvirdan foydalaniladi.
YUqoridagilarni   tahlil   qilgan   holda,   kartografik   asarlar   dizayni   rivojlanishi
yo‘nalishlari orasida quyidagilar belgilandi (2.7-rasm).
51 2 .7 -rasm. Turistik kartalar shartli belgilari tizimi
-ko‘rgazmali bu shartli belgilar qatorida plan, karta va atlaslar seriyasi ishlab
chiqishda ko‘rgazmali shartli belgilari tizimidan foydalaniladi. Ko‘rgazmali shartli
belgilar yordamida barcha turizm ob’ektlari aks ettiriladi.
-illyustratsiyalar   mazkur   belgilar   yordamida   turistik   ob’ektlarning   asasiy
qo‘shimcha ma’lumotlari yoritiladi. 
-rangli   fotosuratlar   ushbu   tizimdan   asosan   yosh   sayyohlar   uchun
mo‘ljallangan turistik karta va planlarni bezatishda foydalaniladi.
-rangni   qabul   qilish   va   anglash   nazariyasi   asosida   asosiy   tasviriy   vositalar
kabi ranglardan; eng ko‘zga ko‘ringan bezak kartografik tasvirning o‘zi va turistik
karta va atlaslar muqovasini rasmiylashtirishda foydalaniladi. 
-matnlar va izohlovchi yozuvlar mazkur tizimdan mantli ma’lumotlarni aks
ettirishda ularning o‘lchovi bo‘yicha kartografik shriftlar sinchiklab tanlab olinadi.
-potensial   turistik   kartalar   foydalanuvchilari   tomonidan   kartografik   tilni
anglash xususiyatlari beriladi. 
-kompozitsion   tuzilishi   ushbu   tizimda   turistik   plan,   karta,   karta   seriyalari,
atlaslar   badiiy   loyihasi   milliy   memorchiligimizni   inobatga   olgan   xolda   turizm
maqsadlari uchun kartografik asarlar dizaynni ishlab chiqiladi.
52 -kompyuter   texnologiyalari   karta   va   atlaslarni   yaratishda   dizayn   ishlari
kompyuter   texnologiyalari   imkoniyatlaridan   etarlicha   foydalaniladi.   Tasviriy
san’at tamoyillari qo‘llaniladigan turizm kartalari fan va san’at sintezi hisoblanadi.
Biroq   buni   tasviriy   vositalarni   turizm   kartalarining   ommaviy   ko‘rinishiga
ko‘chirish   kabi   qaramaslik   kerak.   San’at   vositasidan   dizaynga   o‘tish   badiy
konstruksiyalash  jarayonida  amalga  oshiriladi. Bunda  kompozitsional  tafakkur  va
ijodiy   yondoshuvning   oddiy   emasligi   turizm   uchun   yangi   kartografik   asarlarni
yaratish asosi bo‘lib xizmat qiladi.
53 3-BOB.  ZAMONAVIY TURISTIK KARTA VA ATLASLAR YARATISH
YO’LLARI HAMDA ULARNI LOYIHALASHTIRISH
§ 3 . 1 . Zamonaviy turizm kartalarini yaratishda GAT texnologiyalari  va
masofadan zondlash materiallaridan foydalanish yo‘llari
Tadqiqot   ishining   ushbu   qismida   zamonaviy   turizm   kartografik   asarlarini
yaratishda   geografik   axborot   tizimlari   (GAT)   va   masofadan   zondlash
materiallaridan   (MZM)   foydalanish   masalalariga   ahamiyat   qaratiladi.   Barcha
mavzudagi   karta   va   planlarni   yaratish,   yangilash   hamda   ular   asosida   turli
izlanishlarni   olib   borishda   GAT   texnologiyalari,   masofadan   zondlash   materiallari
muhim ahamiyat kasb etadi. 
Masofadan   zondlash   meteriallaridan   foydalanish   turizm   sohasini
rivojlantirish   hamda   turli   analitik,   matematik,   kartografik,   fotogrammetrik
taxlillarni o‘tkazishda qo‘l keladi [66; 68-75 b.].
Olib   borilgan   tadqiqotlar   natijasi   shuni   ko‘rsatdiki,   zamonaviy   turizmni
shakllantirishda   bu   ikki   asosiy   texnologiya   -   GAT   texnologiyalari   hamda   MZM
bilan   bog‘lash   zarurligi   aniqlandi.   GAT   texnologiyalarini   geografiya,   o‘rmon
xo‘jaligi,   shaharsozlik   va   atrof-muhitni   o‘rganish   kabi   ko‘plab   fanlarda
qo‘llanilgani kabi MZM ham foydalaniladi [72; 214-218 b.].
Bunday sohalarni o‘rganish esa zamonaviy turizmni rivojlantirishning asosiy
omillaridan biri hisoblanadi. SHu bois ham tadqiqot davomida bu ikki yo‘nalishni
bir biri bilan o‘zaro bog‘lab tadqiq qilish zarurligi aniqlandi (2.8-rasm).
Turizmni   geograf   olimlar,   iqtisodchilar,   antropologlar   va   arxeologlar   katta
qiziqish   bilan   o‘rganib   kelishgan.   Hozirda   ko‘plab   mahalliy   va   mintaqaviy
turizmni   rivojlantirish   GAT   va   MZM   tizimlari   faoliyatiga   tegishli   bo‘lgan   katta
hajmdagi  ma’lumotlarni  boshqarish,  ularni  tahlil  qilish va taqdim  etishda  optimal
vosita   sifatida   keng   omma   tomonidan   tan   olingan.   SHunday   qilib,   zamonaviy
turizmni  rejalashtirish, jaxon talablariga mos ravishda mustahkamlashni  MZM va
GAT dasturlarisiz amalga oshirib bo‘lmaydi. 
54 2 . 8 -rasm. Zamonaviy turizm kartalarini shakllantirish sxemasi
Izoh: Viloyat turizm va madaniy me’ros boshqarmasi ma’lumoti
Zamonaviy   turizmni   shakllantirishda   birinchi   bosqichida   masofadan
zondlash   materiallaridan   foydalaniladi.   Bunda   dastavval   MZM   ma’lumotlari
deshifrovka qilinib joyning fotosxemasi Adobe Photoshop dasturidan foydalangan
holda   tuziladi   [46;   78-86   s.].   Buning   uchun   grafik   dasturlarda   tasvirlar   kerakli
o‘lchamlarda   kesib   olinib   standartlashtirildi   hamda   kerakli   formatlarda   saqlandi.
So‘ngra   fotosxema   topografik   asosning   masshtabiga   qarab   GAT   Panorama
dasturida   klassifikator   asosida   topografik   trapetsiya   bilan   bog‘landi   va
transformatsiya qilinib rekreatsion hududning ortofotoplani xosil qilindi. 
YAratilgan   ortofotoplan   Ranorama   dasturi   yordamida   qatlamlar   asosida
raqamlanadi  [ 66; 40-44 b. ] . Bunda MZM asosan raqamlangan materiallar Landsat-
7   apparatida   olingan   va   internet   tarmog‘iga   jaoylashtirilgan   materiallardan
foydalanildi (2 .10 -rasm). 
55 2 .10 -rasm. A-mozayka, V-fotosxema, S-ortofotoplan,  D -raqamli model
Masofadan   zondlash   materiallarini   qayta   ishlashda   eng   maqbul   dastur
sifatida   ArcGIS   qabul   qilindi.   Adobe   Photoshop   grafik   dasturda   suratlar   qayta
ishlangandan   so‘ng   ular   ArcGIS   dasturiga   yuklanadi.   Bunda   dastlab   dastur   ishga
tushirilada   so‘ngra   qayta   ishlangan   suratlar   yuklanadi.   Buning   uchun   dastur
yuklangach “Sozdat”-polzovatelskuyu kartu tanlanadi ( 2.11 -rasm).
2.11 -rasm. ArcGIS dasturida trapetsiya yaratish
Ushbu   trapetsiyani   yaratishda   kartalar   nomenklaturasi   asosida   tanlangan
xudud   belgilanadi   va   trapetsiya   xosil   qilinadi.   Dasturga   rastli   surat   yuklangach
xosil bo‘lgan trapetsiyaga koordinata asosida transformatsiya qilinadi  (2.12 -rasm ) .
Dasturda rastrli tasvir koordinatalariga bog‘langach dastlab asosiy ob’ektlar
so‘ngra qolgan ob’ektlar qatlamlar asosida raqamlanadi.
56 Masofadan zondlash materiallaridan foydalanib yaratilgan modellar negizida
turizm faoliyati uchun tegishli joylarni aniqlash atrof-muhitga ta’sir qiluvchi salbiy
oqibatlarni   oldini   olish   imkonini   beradi   [95;   450-458   r.].   SHu   kabi   bir   qator
individual mezonlarni o‘rganish, ularga nisbiy ahamiyatlilik darajalarini belgilash
va   eng   maqbul   joyni   aniqlash   uchun   modellarni   analitik,   kartografik   hamda
matematik taxlil qilish asosida erishiladi. 
2.12 -rasm.  ArcGIS  dasturida rastrni transformatsiya qilish
Masafadan zondlash materiallaridan hududning raqamli modelini yaratishda
Landsat -7 kosmik kema yordamida olingan va internet tarmog‘iga joylashtirilgan
suratlarni   Google   Earth   dasturi   yordamida   olindi.   Ular   maxsus,   yuqorida
keltirilgan   dasturlar   asosida   qayta   ishlandi   va   xuduning   1:   1   000   000   masshtabli
raqamli modeli yaratildi ( 2.13 -rasm).
Tadqiqot  davomida  olingan  natijalar  asosida  turistik  va  rekreatsion  sharoiti
nuqtai nazardan hudud 4 ta darajaga ajratish lozimligi aniqlandi.
Turizmni   rivojlantirish   va   turistik   va   rekreatsion   tadbirlarni   to‘g‘ri
taqsimlashda   juda   qulay,   qulay,   o‘rtacha   qulay,   qisman   qulay   darajali   mezonlari
belgilandi.   Barcha   mezonlarga   muvofiqlik   tadqiqotida   ularning   nisbiy
ahamiyatliligini   ko‘rsatadigan   “daraja”   berildi.   Ushbu   darajalar   1   dan   4   gacha
57 bo‘lgan   qiymatlar   sifatida   belgilandi,   bunda   1   yuqori   darajadagi   va   4   past
darajadagi   ahamiyatni   aks   ettiradi.  Masalan,   dastavval   tabiiy   sharoiti   va   ekologik
xolatiga   ahamiyat   qaratiladi.   Turizm   resurslar   potensiali,   turizm   infratuzilma
ob’ektlarning   joylashuvi,   yo‘l   tarmoqlari   mezonlari   bo‘yicha   milliy
avtomagistrallar va mahalliy yo‘llarga nisbatan shakllantirildi.
2.13 -rasm. Samarqand viloyatining sayyohlik imkoniyatlari bo‘yicha raqamli
modeli
Zamonaviy   turizm   kartalarini   shakllanishi   bo‘yicha   ArcGIS   dasturidan
foydalanishda   maxsus   skanirlar   yordamida   kompyuter   xotirasiga   kiritilgan
qog‘ozli kartalarni raqamlashga asosiy e’tibor qaratiladi.
ArcGIS   dasturida   ishni   boshlash   uchun   ishchi   papka   yaratiladi   va   uni
ArcCatalogga bog‘lanadi [94; 10-20 r.].
a)   buning   uchun   dastlab   ArcCatalog   ishga   tushiriladi.   ArcCatalogni   ishga
tushirish: Pusk - Programmы - ArcGIS - ArcCatalog orqali amalga oshiriladi;
b ) u mumiy diskda shaxsiy ish papka  yaratiladi  (papkalar guruhidan) ;
58 c )   ya ratilgan   papka   ochiladi,   buni   unga   bog‘lanish   deb   ataymiz   (shaxsiy
ulanish yo‘li mavjud) .
SHaxsiy   papka   yaratilgach   personal   ma’lumotlar   bazasi   shakllantiriladi.
Buning uchun katalog qatoridan yaratilgan papkaning ustiga sichqonchaning o‘ng
tugmachasi bosiladi. Keyin  Novыy - Personalnaya baza geodannыx tanlanadi .
Geografik   axborot   tizimlarida   ma’lumotlarni   piramidalar   ko‘rinishida
tasvirlash   faqat   ma’lum   o‘lchamlardagi   axborotlarni   ko‘rsata   oladi,   bu   esa   rastrli
ma’lumotlarni   ifodalashni   tezlashtirishi   mumkin.   Piramida   qatlamlaridan
foydalanganda   ma’lumotlarning   past   razresheniyalisi   (tasvirlarning   tiniqlik
darajasi)   bir   muncha   tezroq   yuklanadi.   YUqori   razresheniyadagi   rasmlar
yiriklashtirilganda   ulardagi   ma’lumotlar   aniq   ko‘rinadi;   ishlash   unumdorligi
oldingiday   saqlanib   qolinadi;   faqat   monitordagi   tasvir   maydoni   kichrayadi.
Ma’lumotlar   bazasi   serveri   tasvirlarning   eng   mos   variantini   foydalanuvchiga
tavsiya   etuvchi   ma’lumotlardan   foydalanish   darajasiga   qarab   avtomatik   tarzda
tanlaydi.
Geoma’lumotlar   bazasi   fayllarida   saqlangan   rastrli   ma’lumotlar   bir-biridan
farqlanadi.   Piramidali   qatlam   bo‘lmasa,   u   holda   rastrli   ma’lumotlarni   diskdan
o‘qish   kerak   hamda   ularning   hajmini   kichraytirish   lozim.   Bunday   holat   tasvirni
qayta ishlash deb nomlanadi va bu jarayon ArcGIS dasturini qayta ishga tushirish
bilan amalga oshiriladi [97; 12-20 r.]. Rastrli ma’lumotlarni piramida qatlamlarida
aks   ettirish   uchun   bir   marta   tayanch   nuqtalar   orqali   ro‘yxatga   (transformatsiya)
olinadi;   ro‘yxatga   olingandan   keyin   rastrli   tasvirdan   vektorli   tasvirlarni   hosil
qilishda   asos   sifatida   foydalaniladi   [100;   102-108   r.].   Rastrli   tasvir   ma’lumotlari
qanchalik   katta   bo‘lsa,   mutaxassisdan   piramidalarni   qayta   hosil   qilishda   shuncha
ko‘p vaqt talab etadi. Lekin bu jarayon keyingi ishlarimizni tezlashtirishga imkon
beradi.
Ob’ektlarni  raqamlash  uchun qatlamlar  sinfini  yaratish.  a)  yaratilgan papka
ustiga sichqonchani o‘ng tugmasini bosib Personalnoy baze geodannыx -  Novыy -
Klass prostranstvennыx ob’ektov   tanlanadi .
59 b)   So‘ngra   tanlangan   qatlamda   ob’ekt   turi   tanlanadi,   misol   uchun   aloqa
yo‘llari va uning turi (chiziqli - lineynыy) belgilanadi.
s )   b u   e rda   kerakli   koordinata   tizimini   tanlab   olish   zarur.   Buning   uchun,
Novaya - Proeksii  - KT (koordinata tizimi):  Mercator   tanlanadi .
Mercator   ochilgan   ro‘yhatdan   KT:   Geographic   Coordinate   Systems   —
World — WGS 1984.prj proeksiya tanlanadi.
d )   keyin j adval tuzil adi, bunda har bir ob’ektga alohida nom beriladi .
Oldingi bajarilgan yo‘l tarmog‘iga bog‘lash uchun jadval tuziladi.
Rasmga e’tibor bering, bu erda jadvalda qator maydon mavjud OBJECTID
va   SHAPE.   Ularning   davomiga   uchinchi   qatorni   qo‘shish   lozim,   Imya   polya   da
ob’ekt   nomi   kiritiladi   (misol   uchun   ko‘cha   nomlari),   agar   ma’lumotlar   matnli
bo‘lsa, u holda Text tanlanadi va ko‘cha nomi yoziladi.
End   geodata   bazasida   aloqa   yo‘llari   uchun   ob’ekt   (aloqa   yo‘llari   chiziqli
inshoot hisoblanadi) va ob’ekt turi tanlanadi. 
SHunday   ketma-ketlik   bo‘yicha   ob’ektlar   “shape”   fayllari   yaratilib,
raqamlash olib boriladi. Aloqa yo‘llari va temir yo‘llar;
Yo‘l   tarmoqlarini   ham   ikki   turda   tasvirlash   mumkin,   avtomobil   va   temir
yo‘llar   chiziqli   shaklda   tasvirlansa,   tunnellar,   ko‘priklar   hamda   temir   yo‘l
stansiyalari maydonli shaklda aks ettiriladi.
a) chiziqli ob’ektlar;
b) maydonli ob’ektlar;
Gidrografiya   va   o‘simlik   qoplami.   ArcGIS   dasturida   chiziqli,   nuqtali   va
maydonli   geografik   ob’ektlar   to‘plami   bir   xil   atribut   hamda   bir   xil   proeksiya   va
koordinata tizimi asosida saqlanadi. Fazoviy bog‘langan (transformatsiya qilingan)
ma’lumotlar dastur bazasida,  shape fayllarda  shakllantirib boriladi. 
Fazoviy ma’lumotlar   turlariga  qarab  yagona  tartibda  birlashtiriladi  [78;  84-
92   b.].   Masalan,   avtomagistrallar,   ko‘chalar   va   boshqa   yo‘l   turlarini   “yo‘llar”
fazoviy   ob’ektlar   guruhiga   umumlashtiriladi.   Bundan   tashqari,   bazada
ob’ektlarning hususiyatlari, o‘lchamlari, izohlari ham sinflarda aks ettiriladi.
60 SHuning uchun ob’ektlarning turini bir-biridan ajratishni bilish lozim. Buni
quyida ko‘rib chiqamiz: 
 yo‘llar (ob’ektlarning chiziqli turi ga mansub );
 ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlar, tunnellar, maydonlar (poligonli);
 bino va inshootlar (poligon);
 hududlar (poligon);
 gidrografiya bu ob’ekt  ikki  turga bo‘linadi  daryo, kanal  va kollektorlar (chiziqli);
ko‘llar, suv omborlari va dengizlar maydonli tasvirlanadi (poligon va chiziqli);
 o‘ simlik qoplami (poligon);
 aholi yashash punktlari. Bu ob’ektlar ham ikki turga mansub bo‘lib, nuqtali hamda
maydonli turlarda aks ettiriladi (poligon va nuqtali).
SHu ketma - ketlikda  “ geodatabaza ”  shakllantirilib boriladi. 
Ob’ektlarni   turlarga   ajratishda   qulaylik   yaratish   uchun   oldingi   yaratilgan
qatlamda   sinflarga   bo‘lib   chiqilgan   bo‘lsa,   keyingi   qatlamga   uni   “import”
qilishimiz   mumkin.   Buning   uchun   import   bosilib ,   kerakli   turlar   tanlab   olinadi.
Dalee   tugmasi   bosiladi.   Oldingi   qatlamda   saralash   ishlari   bajarilmagan   bo‘lsa,
qaytadan ishni bajarish talab etiladi.
Atributdagi har bir maydon o‘z nomiga ega bo‘lishi lozim.
SHu   tariqa   barcha   kerakli   qatlamlar   yaratib   olinadi.   Qatlamlar   yaratilgach,
ular sinflarga birlashtirilib, topologiyasi tekshiriladi. 
61 2.14 -rasm. Samarqand viloyatining turizm va rekreatsiya uchun ekologik
holatini baholash kartasi
Olingan natijalar asosida Samarqand viloyatining t uristik va rekreatsion sayr
uchun   qulay   tabiiy   sharoitlar   kartasi   tuzildi.   Turizm   va   rekreatsiya   uchun   viloyat
hududini   juda   qulay   (turizm   va   rekreatsiya   sayohatning   barcha   turlari   uchun
tavsiya   qilinadi),   qulay   (avtoyo‘llar   atrofidagi   100   metr   masofada   qo‘ziqorin,
meva,   yong‘oq,   dorivor   o‘simliklar   yig‘ish   tavsiya   qilinadi),   o‘rtacha   qulay
(avtoyo‘llar   atrofidagi   100   metr   masofada   qo‘ziqorin,   meva,   yong‘oq,   dorivor
o‘simliklar   yig‘ish   tavsiya   qilinmaydi),   qisman   qulay   (uzoq   muddat   dam   olish,
avtoyo‘llar atrofidagi 100 metr masofada, o‘rmon chetida, daryo atrofida o‘simlik
yig‘ish   tavsiya   qilinmaydi)   turistik-rekreatsion   zonalari   haqida   ma’lumot   beradi
(2.14-rasm.).
62 §3. 2. Samarqand viloyati turistik atlasi loyihasi bo’yicha taklif: tarkibi,
mazmuni va asosiy kartalari ro‘yxati
Tadqiqot ishining  avvalgi  bo‘limida zamonaviy turizm  kartalarini  yaratishda
GAT texnologiyalari va masofadan zondlash materiallaridan foydalanish yo‘llariga
bag‘ishlangan   edi ,   ushbu   bo‘limda   esa   asosiy   e’tibor   Samarqand   viloyati   va
shahrining   turistik   atlasi   hamda   turizm   kartalarini   tizimli   yaratish   masalalariga
qaratiladi.
Maqsadli   olib   borilgan   tadqiqotlardan   hamda   mavzuga   oid   adabiyotlar
tahlilidan   ma’lum   bo‘ldiki,   MDH   olimlaridan   M.M.   Svatkov,   V.   Sveshnikov,
F.Severinov,   N.T.   Markova,   I.M.YAkovenko   va   boshqalar   o‘z   tadqiqotlarida
turistik  atlaslar   yaratish,  turizm   maqsadlari  uchun  yaratilgan kartalarning ro‘yxati
keltirilgan. 
Olib   borilgan   tadqiqotlar   natijasi   shuni   ko‘rsatdiki,   O‘zbekiston
viloyatlarining   turistik   atlaslari   loyihasi   yaratilmagan,   turizm   atlasi   mazmuni,
tarkibi,   kartalar   ro‘yxati,   maqsadi   va   amalga   oshirish   yo‘llari   hozirgi   vaqtda
tadqiqotlarda etarli darajada ishlab chiqilmagan.
Turistik   atlas   -   bu   yagona   dastur   bo‘yicha   tayyorlangan   turistik   plan   va
kartalarning   tizimlashgan   majmui   bo‘lib,   undan   sayyohlar,   turizm   va   ekskursiya
tashkilotchilari, turizm  va rekreatsiya sohasida ta’lim  olayotganlar, ilmiy tadqiqot
olib boruvchilar,  turistik  faoliyatni  boshqarish  organlari  xodimlari  foydalanishlari
mumkin.
Tadqiqot   natijasida   loyihasi   yaratilgan   turistik   atlasning   asosiy   maqsadi
turizm   sohasi   vakillarini   sayohat   turi,   rekreatsiya   hududi   va   mavsumini   tanlash
hamda   turizm   va   rekreatsiya   uchun   ekologik   xolatni   baholash   kabi   turli   taxliliy
ishlarni   o‘tkazish   bilan   bir   qatorda   tizimlashtirilgan   kartografik   va   geografik
informatsiyalar   bilan   ta’minlash   hisoblanadi.   Bu   informatsiyalardan   turizmning
istiqboldagi   rivojlanish   rejasini   yaratishda,   turistik   muassasalar   va   marshrutlar
joylashishini aniqlashda foydalaniladi.
63 Turistik atlas tuzishning eng muhim  sharti  - mintaqaviy turistik-rekreatsion
tizimlarini   kartada   ask   ettirishga   ilmiy   asoslangan   va   tarkib-mantiqiy   modelini
yaratishni ta’minlaydigan yondoshuvdir [80; 20-26 s.]. 
Turizmni   kartaga   olish   prinsiplari   negizida   tizimli   yondashuv   asosida   atlas
tarkibi,   uning   bo‘limlari   mohiyati   va   alohida   kartalar   yaratishning   ilmiy   asoslari
ishlab   chiqildi.   Turistik   atlasni   shakllantirshda   O‘zbekiston   geografik   atlasi,
Samarqand   va   boshqa   viloyatlar   o‘lkashunoslik   atlaslari   chuqur   o‘rganilib   taxlil
qilindi [85, 89, 90.].
Turistik atlas loyihasini yaratishda Samarqand viloyatida rivojlangan turizm
shakllari   va   turlari,   sayohat   va   ekskursiyani   tashkillashtirish   hamda   o‘tkazish
bosqichlari, turli iste’molchilar guruhi talablarini hisobga olish lozim. 
Atlasning mazmuni O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish qo‘mitasi va ta’lim
muassasalari   dasturi   asosida   tuziladi.   SHuningdek,   atlasni   yaratishda   o‘quv
qo‘llanmalar va ilgari nashr qilingan ilmiy ma’lumotnomali va o‘quv kartalari asos
sifatida olinishi zarur [69; 64-66 b., 80; 40-48 s.].
Turistik atlas kartalariga qo‘shimcha ravishda axborotlar: matnlar, jadvallar,
grafiklar, diagrammalar, profillar va boshqa ma’lumotlar asosida tuzilgan. Bundan
tashqari karta maqsadiga muvofiq rangli fotosuratlar berilishi ularning mazmunini
yanada boyitdi.
Turizm   atlasi   kartalarida   iqtisodiy   ko‘rsatgichlari   statistik   ma’lumotlar
asosida   yillar   va   davrlar   bo‘yicha   kartografik   usullar   yordamida   tasvirlandi.
Kartalarda   ko‘rsatkichlar   imkoniyat   darajasida   absolyut   ko‘rsatgichlarda   aks
ettirildi.   Turizm   atlasi   kartalari   rangli,   o‘quvchilar   uchun   sodda   o‘qilishi   qulay
bo‘lishi   zarur   [24;   44-46  s.,   36;   145-147   s.].  Atlasni   nashr     qilishda   10   dan   ortiq
ranglardan foydalanish maqsadga muvofiq, atlas formati 35   x   25 sm   da, Atlasning
hajmi kartalashtirilayotgan hudud va ma’umotlar miqdoriga bog‘liq. Turistik atlas
72 betdan iborat bo‘lib, atlas tarkibiga o‘quvchilarga tushunarli  va sodda bo‘lishi
uchun o‘quv kartalari ham kiritiladi.
Samarqand   turizm   atlasi   tarkibini   ishlab   chiqishda   quyidagi   xususiyatlarga
tayanildi:   tizimli   yondoshuv;   tarixiy   manbalarni   o‘rganish;   turizm   ob’ektlarini
64 guruxlashtirish;  MZM ma’lumotlari asosida modellashtirish;  GAT texnologilarida
raqamlashtirish;   statistik   tahlil;   geografik   tadqiq   qilish;   ekologik   baholash
masalariga alohida ahamiyat qaratildi. 
Turizm atlasining tarkibi asosiy 5 ta bo‘limda ifodalanib, ular kirish, tabiiy
sharoiti va tabiiy resurslari, ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti, Samarqand voliyati turistik
resurslari,   Samarqand   shahrining   turistik-ekskursiya   resurslarini   qamrab   olgan.
Samarqand viloyati turizm atlasining tarkibining shakllantirilishi (1-jadval) batafsil
kartalarning nomi, masshtabi to‘laligicha yoritilgan.
1-jadval. 
Samarqand viloyati turizm atlasi kartalari ro‘yhati va masshtabi
1 Titul varog‘i 
2 Taxlil ya’ni matn
3 Mundarija
4 O‘zbekiston   respublikasining   siyosiy-ma’muriy
kartasi 1: 3 500 000
5 Samarqand viloyatining siyosiy-ma’muriy kartasi  1: 1 000 000
6 Samarqand viloyatining tabiiy kartasi 1: 1 000 000
Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari
7 Relef kartasi 1: 1 000 000
8 Umumiqlim kartasi 1: 1 000 000
9 Gidrologik karta 1: 1 000 000
10 O‘simliklar kartasi 1: 1 000 000
11 Zoogeografik karta 1: 1 000 000
12 Tabiatni muhofaza qilish kartasi 1: 1 000 000
13 Ekologik karta 1: 1 000 000
Ijtimoiy-iqtisodiy sharoit kartalari
14 Aholi kartasi 1: 1 000 000
15 Sanoat kartasi 1: 1 000 000
16 Transport kartasi 1: 1 000 000
17 Qishloq ho‘jaligi kartasi 1: 1 000 000
18 Maktabgacha tarbiya va umumta’lim muassasalari 1: 1 000 000
19 O‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalari 1: 1 000 000
20 Sog‘liqni saqlash 1: 1 000 000
21 Madaniyat va sport 1: 1 000 000
65 22 Moddiy madaniy meros ob’ektlari 1: 1 000 000
Samarqand viloyatining turizm resurslari
23 Viloyatning turistik-rekreatsion potensiali (matn)
24 Turizm resurslari karta 1: 650 000
25 Obzor turizm karta 1: 650 000
26 Turizm reklama karta 1: 650 000
27 Ekoturizm karta 1: 1 000 000
28 Diniy turizm karta 1: 1 000 000
29 Ovchilik turizmi kartasi 1: 1 000 000
30 Turizm marshrutlari 1: 1 000 000
31 Tumanlardan viloyat markaziga qatnovchi avtobus
marshrutlari
(karta sxema) 1: 1 000 000
32 Turizm infratuzilma kartasi 1: 1 000 000
33 Kompleks turizm karta 1:  40 0 000
Samarqand shahrining turizm-ekskursiya resurslari
34 Samarqand shahrining turizm-ekskursiya potensiali
(matn)
35 Turizm-ekskursiya potensiali 1: 30 000
36 Obzor turizm karta 1: 30 000
37 Diniy turizm 1: 30 000
38 Turizm reklama karta 1: 30 000
39 Ekskursiya marshrutlari 1: 30 000
40 Sport turizmi kartasi 1: 30 000
41 Tramvay marshrutlari (karta sxema) 1: 30 000
42 Avtobus marshrutlari (karta sxema) 1: 30 000
43 Turizm infratuzilma kartasi 1: 30 000
44 Kompleks turizm karta 1: 20 000
Sport turizmi plan va kartalari
45 YOshlar bog‘i 1: 5 000
46 Alisher Navoiy bog‘i 1: 5 000
47 Zarafshon qo‘riqxonasi 1: 10 000
48 Suv sport kanali 1: 5 000
49 Piyoda yurish turizmi marshrutlari 1: 50 000
50 Velosipedda yurish marshrutlari 1: 200 000
51 Moddiy madaniy meros ob’ektlari marshrutlari 1: 650 000
66 Xulosa
Atlasning kirish qismida uning maqsadi, tarkibi, turizm  kartalarini tuzishda
qo‘llaniladigan   shartli   belgilar,   O‘zbekiston   respublikasining   siyosiy-ma’muriy
kartasi, Samarqand viloyatining siyosiy-ma’muriy kartasi, Samarqand viloyatining
tabiiy kartasi, Samarqand viloyati va shahrida sayohatni tashkil etish va o‘tkazish
jarayonida kartalardan foydalanish haqida matnli izohlar beriladi.
Tabiiy   sharoiti   va   tabiiy   resurslari   deb   nomlangan   birinchi   bo‘limida   relef
kartasi, iqlimi, gidrografiyasi, o‘simliklari, zoogeografik, tabiatni muhofaza qilish,
ekologik   kartalar   va   matnli   ma’lumotlar   hamda   atlas   kartalariga   ilova   qilinib
qo‘shimcha   manbalar,   diagrammalar,   grafiklar,   rasmlar,   tabiatning   qiziqarli
manzaralari,   shuningdek,   turli   xil   mavzudagi   fotosuratlar   kartani   bo‘sh   joylarini
to‘ldirish va mazmunan boyitish uchun joylashtiriladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy   sharoiti   nomli   ikkinchi   bo‘limida   aholi   kartasi,   sanoat
kartasi,   transport   kartasi,   qishloq   ho‘jaligi   kartasi,   maktabgacha   tarbiya   va
umumta’lim   muassasalari,   o‘rta   maxsus   va   oliy   ta’lim   muassasalari,   sog‘liqni
saqlash,   madaniyat   va   sport,   moddiy   madaniy   meros   ob’ektlari   hamda   atlas
kartalariga ilova qilinib qo‘shimcha manbalardan ham foydalaniladi.
Samarqand   viloyatining   turizm   resurslari   bo‘limida   Samarqand   viloyat
turizm   resurslari,   turizmning   obzor   kartasi,   turizm   reklamasi,   ekoturizm,   diniy
turizm,   ovchilik   turizmi,   turizm   marshrutlari,   tumanlardan   viloyat   markaziga
qatnovchi   avtobus   marshrutlari   (karta   sxema),   turizm   infratuzilmasi,   turizm
kompleks   kartalari   hamda   atlas   kartalariga   ilova   qilinib   qo‘shimcha   manbalar
yuqoridagi bo‘limlardagi kabi boyitib boriladi.
Samarqand   viloyat   turizm   resurslari   kartasi   tabiiy   va   madaniy   meros
obektlari,   rekreatsion   zonalar,   yashil,   qishloq   xo‘jaligi,   etnografik,   diniy   turizm
istiqbolli rivojlanishi hududlari, qo‘riqxonalar, madaniy-ko‘ngilochar muassasalar,
sayyohlar va hordiq oluvchilarni joylashtirish vositalari (turistik bazalar, dam olish
uylari   va   bazalari,   sanatoriyalar)   sayohat   tashkil   etish   bo‘yicha   muassasalar
(turistik agentliklar, turizm markazlari, viloyat va tuman yosh sayyohlar stansiyasi)
67 tasvirlangan. Kartani mazmunan boyitish uchun qiziqarli tarixiy-madaniy obidalar,
tabiat   ob’ektlari,   manzarali   landshaftlar   fotosuratlari,   shuningdek,   viloyatning
turizm va rekreatsiya resurslari haqida matn berilgan.
Ovchilik   turizmi   kartasida   o‘rmonzorlar   va   ov   xo‘jaliklari,   ov   qilinadigan
hayvonlar va qushlarning tarqalish areallari, ovchi va baliqchilarning tunash joylari
tasvirlanadi   [45;   13-15   s.].  Ushbu   kartani   yaratishda   Samarqand   viloyati   ovchilik
jamiyati   ma’lumotlaridan   foydalanildi   kartani   mazmunan   boyitish   uchun   ov
qilinadigan hayvon va qushlarning litsenziyali va ovlash ta’qiqlanadigan turlari va
baliqchilik taqvimi jadvallarda, shuningdek, baliq ovlash joyi va vaqtini belgilash,
ovchilik va baliqchilik qoidalari, joylari va muddatlari berildi.
Samarqand   shahrining   turizm-ekskursiya   resurslari   bo‘limida   Samarqand
shahrining turizm-ekskursiya potensiali, turizm obzor kartasi, diniy turizm, turizm
reklamasi,   ekskursiya   marshrutlari,   sport   turizmi,   tramvay   marshrutlari   (karta
sxema),   avtobus   marshrutlari   (karta   sxema),   turizm   infratuzilmasi,   turizm
kompleks   kartalari   ifodalanib   ularning   mazmunini   boyitishda   diagrammalar,
grafiklar,   rasmlar,   shuningdek,   turli   xil   mavzudagi   hamda   tarixiy   va   madaniy
yodgorliklar fotosuratlar joylashtirildi.
Samarqand   shahrining   turizm-ekskursiya   potensiali   kartasida   moddiy
madaniy meros ob’ektlari, atoqli kishilar xaykallari, motamsaro ona yodgorliklari,
yashil   zonalar   tasvirlandi.   Kartani   mazmunan   boyitish   uchun   Samarqandga   asos
solinishi   tarixi,   uning   rivojlanishi   va   zamonaviy   holati,   turizm-ekskursiya
potensiali   va   sayyohlarga   xizmat   ko‘rsatish   sohalari,   ekskursiya   marshrutlari
matnda berildi.
68 XULOSA
Bajarilgan tadqiqot asosida quyidagi asosiy xulosalar chiqarildi:
1. Tizimli yondoshuvga asoslanib turistik faoliyatning asosiy yo‘nalishlarini
aks   ettiradigan   va   kartografik   ta’minlashda   uning   ehtiyojlarini   ochib   beradigan
mezonlar bo‘yicha turizm tasnifini ishlab chiqarish zarurligi aniqlandi;
2.   Samarqand   viloyati   turistik   kartografik   asarlarining   mazmun   mohiyatini
shakllantirishda tabiiy, biomadaniy, tarixiy-madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy ob’ektlar
turistik resurslarning majmui ekanligi e’tirof etildi;
3.   Mavjud   turizm   kartalarining   tahlili   asosida   zamonaviy   turizmning
shakllari, turlari, sinfi, tipi, hududiy qamrovi, mazmuni, maqsadi va masshtabi kabi
guruhlarda tasniflash talab etilishi ko‘rsatib berildi;
4.   Turizm maqsadlari  uchun mintaqaviy tizimli  kartaga olishni  4 bosqichda
hususiy, maxalliy, submintaqa va mintaqaviy viloyat turizm kartalarini yaratishda
foydalanilgan   bo‘lib,   natijada,   kartografik   asarlarning   mintaqaviy   tizimi   turizm
sohasini axborot bilan ta’minlash samaradorligini oshiradi;
5.   Kartografik va zamonaviy metodlar asosida turizmni tizimli kartaga olish
tamoyillari   mintaqaning   kartografik   tizimini   yaratish   bilan   bir   qatorda   turizm
kartografiyasiga bo‘lgan talablarni shakllantirishda poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Bu   tamoyillar   negizida   kartalarning   turi,   vazifasi,   tuzilishi,   umumgeografik   va
mazmun   mohiyati,   masshtabi,   batafsillik   darajasi,   foydalanish   aniqligini   ilmiy
asoslashga zamin yaratildi;
6.   Maqsadli   olib   borilgan   tadqiqotlardan   ma’lum   bo‘ldiki,   turistik   plan,
karta,   atlaslarni   zamonaviy   GAT   texnologiyalari   negizida   yaratish   maqsadga
muvfiqligini ko‘rsatildi. Bunda tizimli karta va planlari sayyohlar, dam oluvchilar,
menejerlarni   zarur   ma’lumot   bilan   ta’minlashi   nuqtai   nazardan   amalga   oshirish
zarurati mavjudligini ko‘rsatadi.
7.   Olib   borilgan   izlanishlardan   ma’lum   bo‘ldiki,   turizm   maqsadlari   uchun
plan, karta va atlaslarni yaratishda tuzilgan masshtablar qatori eng maqbul variant
sifatida qilindi. Turizm kartalari uchun ishlab chiqilgan masshtablar qatori boshqa
69 mintaqaning shu yo‘nalishga oid karta va planlarini tizimlashda ham dasturli amal
bo‘lib xizmat qiladi.
8.   Tadqiqot   natijasida   to‘rtta   boshqichdan   iborat   turistik   kartalar   tuzish
usullari   takomillashtirildi.   GAT   texnologiyalari   hamda   masofadan   zondlash
materiallari asosida turizm kartalari ishlab chiqildi.
9.   Turizmni   tizimli   kartografik   ta’minlashda   GAT   texnologiyalari   hamda
masofadan zondlash materillarini (MZM) o‘zaro bir - biri bilan bog‘lash zarurligi
aniqlandi.   Bu   tizimni   birlashtirish   asosida   xududning   1:   1   000   000   masshtabli
sayyohlik imkoniyatlari kartasi hamda raqamli modelini yaratish imkonini berdi.
70 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. O‘zbekiston   Respublikasining   “Turizm   to‘g‘risida ”gi   qonuni,.-   Toshkent.,
O‘zbekiston, 2019.
2. O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   «O‘zbekiston   Respublikasini
yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947-
son Farmoni. 2017 yil 7 fevral.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi PF-5611-son
Farmoniga   1-ilova,   2019-2025   yillarda   O‘zbekiston   Respublikasida   turizm
sohasini rivojlantirish konsepsiyasi. 
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 maydagi PQ-3024-son
“O‘zbekiston   Respublikasi   Er   resurslari,   geodeziya,   kartografiya   va   davlat
kadastri  davlat  qo‘mitasi  faoliyatini  yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi Qarori. 
5. O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2017   yil   13   dekabr   kuni
“Davergedezkadastr”   davlat   qo‘mitasi   uning   tuzilmalari   faoliyatini
takomillashtirish bo‘yicha yig‘ilish majlis bayoni.
6. O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   Farmoni,   “O‘zbekiston
Respublikasining   turizm   sohasini   jadal   rivojlantirishni   ta’minlash   chora-
tadbirlari to‘g‘risida”. Xalq so‘zi, 2016 yil 7 dekabr, № 242 (6677).
7. O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   Farmoni   «2018-2019   yillarda
Samarqand   viloyatida   turizmni   yanada   rivojlantirishga   doir   qo‘shimcha
chora-tadbirlar   to‘g‘risida»gi   qarori   ijrosini   ta’minlash   maqsadida   «2018-
2019 yillarda Samarqand viloyatida turizmni yanada rivojlantirish, xorijiy va
mahalliy  turistlar   oqimini   ko‘paytirish,   yangi   infratuzilma   ob’ektlarini   barpo
etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi» qabul qilindi
8. Mirziyoev   SH.M.   Buyuk   kelajagimizni   mard   va   olijanob   xalqimiz   bilan
birga quramiz. -T.: O‘zbekiston, 2017. - 252 b.
9. Mirziyoev SH.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik
-   har   bir   rahbar   faoliyatining   kundalik   qoidasi   bo‘lishi   kerak.   -   T.:
O‘zbekiston, 2017. - 104 b.
71 10. Mirziyoev   SH.M.   Erkin   va   farovon   demokratik   O‘zbekiston   davlatini
birgalikda barpo etamiz. – T.: O‘zbekiston, 2016. – 56 b.
11. Mirziyoev   SH.M.   Qonun   ustuvorligi   va   inson   manfaatlarini   ta’minlash-yurt
taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi. – T.: O‘zbekiston, 2017. – 48 b.
12. Karimov I.A. Mamlakatimizni yanada obod etish va modernizatsiya qilishni
qat’iyat bilan davom ettirish yo‘lida. –T.: O‘zbekiston, 2013. – 57 b.
13. Karimov   I.A.   Ona   yurtimiz   baxtu   iqboli   va   buyuk   kelajagi   yo‘lida   xizmat
qilish – eng oliy saodatdir. –T.: O‘zbekiston, 2015. – 176 b.
14. Azar   V.I.   Turizm   –   fenomen   veka   //   Turizm,   praktika,   problema,
perspektivы. – M.: 2000.-№  1.-S.56-57.
15. Alieva M.T. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida turizm xizmatlari sohasini
boshqarishning   iqtisodiy   jihatlari   (O‘zbekiston   Respublikasi   misolida)   Iqt.
fan. dok. Ilmiy daraja olish uchun diss. avtoref. – Toshkent. 2017. 80 b.
16. Alimova   M.T.   Hududiy   turizm   bozorining   rivojlanish   xususiyatlari   va
tendensiyalari (Samarqand viloyati misolida). Iqt. fan. dok. Ilmiy daraja olish
uchun diss. avtoref. – Samarqand. 2017. 80 b
17. Atoyan R.V. Sovershenstvovanie  metodiki i  texnologii  sozdaniya turistskix
kart   i   razrabotka   ix   novыx   vidov:   avtoref.   Dis.   kand.   texn.   nauk:   05.24.03/
MIIGAiK.- - M.: 1989.-24 s.
18. Beydik   A.A.   Kartografirovaniya   i   kriterii   klassifikatsii   obщestvenno-
istoricheskix   rekreatsionno-turistskix   resursov   //   Problemы   neprerыvnogo
geograficheskogo obrazovaniya i kartografii: Sb.  Nauk.pr. -Vыp. 2.-Xarkov,
2001.-S. 164-171.
19. Beydik   A.A.   Rekreatsionno-turistskie   resurs ы   Ukrain ы .   Metodologiya   i
metodika   analiza,   terminologiya,   rayonirovanie:   Monografiya.   –   Kiev:
Vidavnichno-poligraficheskiy sentr «Kievskiy universitet», 2001.-395 s.
20. Berlyant A.M., Geoinformatsionnoe kartografirovanie. - M.: Astreya, 1997.
- 198 s.
72 21. Berlyant   A.   -   M.:   Semin   V.N.,   Sorokina   A.M.   Multimediyn ы e
kartograficheskie   proizvedeniya   //   Geoinformatika.   –   M.:   2000.-№   4.-S.   3-
13.
22. Volodchenko   A.,   Rudskiy   V.V.   Kompleksniy   atlas   goroda   (problemы
sozdaniya) // Geodeziya i kartografiya. –  M.:  1998. - № 5. – S. 44-46.
23. Gulmurodov F.E. Turistik kartografik asarlar dizaynini loyihalash va ishlab
chiqish   masalalari   //   O‘zbekiston   geografiya   jamiyati   axboroti.   Toshkent.,
2019. 55-jild.-B. 232-235.
24.   Gulmurodov   F.E.   Turizmni   kartografik   tadqiq   qilishda   zamonaviy   GIS
texnologiyalarining   ahamiyati   //   Me’morchilik   va   qurilish   muammolari
ilmiy - texnik jurnali. – Samarqand., 2019. (Maxsus son). – B. 106-109.
25.   Gulmurodov F.E., Safarov E.YU. Turizm kartalarini tasniflash masalalari //
O‘zbekiston   geografiya   jamiyati   axboroti.   -   Toshkent.,   2019.   55-jild.   -   B.
219-222. 
26.   Gulmurodov   F.E.,   Yarkulov   Z.R.,   Pulatov   A.S.   Mathematical   and
geographical basis and content development of tourism cards of Samarkand
region   //   International   Journal   of   Applied   Research   ISSN   (Online):   2394-
5869. India, 2020. Pr. 317-319.
27. Gulmurodov F.E. Problems of systematic maping of tourism in uzbekistan //
International   Journal   of   Innovations   In   Engineering   Research   and
Technology, ISSN: 2394-3696. India, 2020. Pr 146-149.
28. Gulmurodov   F.E.   Tourism-Recruitment   Health   Of   The   Samarkand   Area   //
Researcher  ISSN  (online)  1553-9865.  2019. 11(10). Pr. 82-84.
29. Gulmurodov   F.E .,   Pulatov   A.S.   Classification   of   tourism   by   purpose   of
cartography   //   ACADEMICIA:   An   International   Multidisciplinary   Research
Journal ISSN:2249-7137.  India, 2020. Pr. 1713-1720.
30. Evseev   A.V.,   Krasovskaya   T.   -   M.:Tikunov   V.S.   Primenenie   sredstv
geoinformatiki   dlya   otsenki   perspektiv   razvitiya   rekreatsii   na   arkticheskom
pobereje Rossii // Geoinformatika. –  M.:  1999. - № 1. – S. 52-59.
73 31. El’chaninov   A.I.,   Sveshnikov   V.V.   Turistskie   kartы   //   Kartograficheskaya
izuchennost Rossii (topograficheskie i tematicheskie kartы) / /  Pod red.  A.A.
Lyutogo i  N.N. Komedchikova. – M.:  In-t  geografii RAN, 1999. – S. 243-
267.
32. El’chaninov   A.I.,   Bronnikova   V.K.,   Lyut ы y   A.A.,   Sveshnikov   V.V.
Kartografirovanie   kul’turnogo   i   prirodnogo   naslediya-novoe   napravlenie
tematicheskoy   kartografii   v   Rossii   //   Dokl.     I   Vseros.   nauch.   konf.   po
kartografii   «Kartografiya   na   rubeji   t ы syacheletiy».   –   M. :   1997.   –   S.   281-
286.
33. Ibodullaev   N.E.   Turistik   resurslardan   foydalanish   samaradorligini   oshirish
imkoniyatlari   (Samarqand   viloyati   misolida).   Iqt.   fan.   nom.   ilmiy   darajasini
olish uchun diss. avtoref-S., 2010. 25 b.
34. Kirov   I.K.,   Anderson   V.N.   sozdanie   i   eksplutatsiya   elektronnogo
turisticheskogo   atlasa   g.   Odess ы   //   Mat.   Mejdunar.   nauch.-prakt.   konf.
«Kraevedenie i turizm: obrazovanie, vospitanie, stil jizni». - M.: Reforma. -
1998. - S. 145-147.
35. Lure   I.K.   Geoinformatsionnoe   kartografirovanie.   Metodы   geoinformatiki   i
sifrovoy obrabotki kosmicheskix snimkov.  – M.: KDU, 2008. - 226 s.
36. Markova   A.E.   Obщiy   Obzor   turisticheskoy   kartografii   Ukrainы   //
Turisticheskiy   kraevedcheskie   issledovaniya:   Mat.   III   Vseukr.   nauch.-prakt.
konf. «Turizm v Ukraine: ekonomika i kultura». - V ы p. 1. - CH.2. - M .: KM-
treyding. – M.:  1998. - S. 303-309.
37. Mirzaliev   T.,   Allanazarov   O.R.   Kartalarning   informatsion   sig‘imi
to‘g‘risida // O‘zbekiston milliy atlasini yaratishning ilmiy-uslubiy asoslari. –
T., 2009. –198-199 b.
38. Pastushkova   S.A.   Opыt   rekreatsionnogo   kartografirovaniya   severnыx
territoriy Rossii // Geodeziya i kartografiya. – 2000. - № 5 – S. 32-38.
39. Saidova S.R., Safarov E.YU., Sayidov A.K. Gidroekologik kartalarni 
tuzishda generalizatsiya jaryoni: an’anaviy va zamonaviylik //  O‘zbekiston 
Geografiya jamiyati axboroti, 43-jild – T., 2014. – 184-187 b.
40. Saliщev   K.A.   Prinsipы   i   zadachi   sistemnogo   kartografirovaniya   //
Sistemnogo   kartografirovaniya   prirodnыx   i   sotsialno-ekonomicheskix
kompleksov. – M.: 1978. – S. 481-489.
41. Severinov   V.F.   Kartograficheskiy   analiz   sferы   obslujivaniya   turizma   v
Ukraine // Vestnik geodezii i kartografii. –M.: 2001. - № 4. - S. 37-43.
74 42. Soliev   A.S.,   Usmonov   M.R.   Turizm   geografiyasi.   –   Samarqand:   SamDU,
2005. -131 b.
43. Sossa   R.I.   Kartografirovaniya   teritorii   Ukrainы   istoriya,   perspektiva,
naukovaya osnova.  Avtoref. dis. … dok. geogr. nauk – Kiev. , 2004 . –13-15 s.  
44. Topchilov   M.A.,   Poleщenkov   V.N.   Primenenie   kompyuternoy   grafiki   dlya
perspektivnogo   izobrajeniya   relefa   na   turistskix   kartax   //   Issledovaniya   v
oblasti geodezii, fotogrammetrii i kartografii.–M.: 1994.-S.78-86.
45. Usmonova   Z.I.   O‘zbekistonda   turistik-rekreatsion   xizmatlarni   rivojlantirish
xususiyatlari   va   tendensiyalari.   Iqt.fan   b.f.d.   (PhD).   ilmiy   darajasini   olish
uchun diss.avtoref. – Samarqand.2018. 45 b. 
46. Usmonov   M.R.   O‘zbekistonda   turizmni   rivojlantirishniing   mintaqaviy
xususiyatlari   (Samarqand   viloyati   misolida).   Geogr.   fan.   nom.   ilmiy   daraja
olish uchun diss. avtoref. – Toshkent.2003.-25 b.
47. Xoshimov SH. Buyuk ipak yo‘li, milliy mustaqillik, ma’naviy yuksalish va
xalqaro   aloqalar   //   Buyuk   Ipak   yo‘li:   geografiya,   turizm   ekologiya.   –
Samarqand, 1998. – B. 108-110.
48. YAkovenko   I.M.   Tipologiya   kart   rekreatsionnogo   prirodopolzovaniya   //
Vestnik geodezii i kartografii.– M.: 2003-№1 (28).- S.38-43.
49. Abduraxmonov K.X. Menejment turizma: uchebnoe posobie.-T.: filial FGBOU
VPO «REU im.  G.V.Plexanova» vg. Tashkente, 2013.-248 s. 
50. Azar V.I. Ekonomika i organizatsiya turizma. – M.: Ekonomika, 2003. - 332 s.
51. Aleksandrova   A.YU.   Mejdunarodnыy   turizm:   -   M.:Aspekt-Press,   2001.   –
464 s.
52. Berlyant A.M.  Kartografiya . - M.:  Aspekt   Press , 2002 -162  s .
53. Birjakov   M.B.   Vvedenie   v   turizm:   izd.   9-e,   pererab.i.   dop.   –   SPB.:
izdatelskiy dom «Gerda», 2007. - 576 s.
54. Boltabaev   M.R.,   Tuxliev   I.S.,   Safarov   B.SH.,   Abdu hamidov   S.A.
Turizm:nazariya va amaliyot. – Toshkent.: Barkamol fayz media, 2018.-400
b.
55. Bugaevskiy   L.M.,   Svetkov   V.YA.   Geoinformatsonn ы e   sistem ы .   –   M.:
Zlatoust, 2000.  – 223 s
56. Dmitrev   M.N.,   Zabaeva   M.N.,   Malыgina   E.N.   Ekonomika   turistskogo
rыnka.   Uchebnik-2-e izd., pererab. I dop. - M.: YUNITI-DANA, 2010. - 306
s.
57. Eliseevoy I.I. Ekonometrika: Uchebnik. /. – M.: Finansы i statistika, 2003. –
344 s.
58. Erdavletov S.R. Geografiya turizma.  -Almat ы .  2010.-309 s.
59. Zolotova   E.V .   Territorialn ы e   informatsionn ы e   sistem ы .   –M.:
Akademicheskiy Proekt , 2012.– 416 s.
75 60. G‘ulomova   L.X.,   Safarov   E.YU.,   Abdullaev   I.O‘.   Geoaxborot   tizimlari   va
texnologiyalari.(1-2-qism) – T.: Universitet, 2013. – 130 b.
61. Ibadullaev   N.M.,   Xamitov   M.X.,   Abduxamidov   S.A.,   Daminov   M.I.
Mintaqaviy turizm. O‘quv qo‘llanma. Samarqand. SamISI. 2018.-360 b.
62. Instruksiya   po   topograficheskoy   s’emke   v   masshtabe   1:5   000-1:500
(GKKINP-02-067-03), g. Tashkent, Goskomzemgeodezkadastr, 2003 g. 
63. Instruksiya   o   poryadke   kontrolya   i   priemki   topografo-geodezicheskix   i
kartograficheskix   rabot.   (GKKINP-17-065-03),   g.   Tashkent,
Goskomzemgeodezkadastr, 2003 g.
64. Kovalev  N.V. va  boshq.  Fotogrammetriya  va erni  masofadan  tadqiq  etish.  –
T.: TAQI, 2015. – 159 b.
65. Lyubitseva A.A. R ы nok turisticheskix uslug (geoprostranstvenn ы e aspekt ы ).
-  M .: «Alterpres», 2002.-436 s.
66. Meskon M.X., Alber M., Xedouri F. Osno v ы   menedjmenta: per.s angl.-M.:
Delo LTD, 1995.  126 s.
67. Mirzaliev   T.,   Safarov   E.YU.,   Egamberdiev   A.,   Qoraboev   J.S.   Atlas
kartografiyasi. – T.: Universitet, 2015 . – B. 156,
68. Mirzaliev   T.,   Musaev   I.M.,   Safarov   E.YU.   Ijtimoiy-iqtisodiy  kartografiya.   –
T.: YAngi asr avlodi, 2009. – 140 b.
69. Nazarov B. “Oliy geodeziya” darslik-T.: TAQI,  2010.- 390 b.
70. Oxunov   Z.D.   va   b.   Ma’lumotlarni   olish   va   integratsiyalash.   –   T.:Iqtisod   –
Moliya, 2016. – 306 b. 
71. Osnovnыe   polojeniya   o   postroenii   gosudarstvennoy   geodezicheskoy   seti
Respubliki   Uzbekistan   (Sputnikovaya   geodezicheskaya   set)   GKKINP-01-
039-01, Tashkent, 2003 g.
72. Pitenko   A.A.Neyrosetevoy   analiz   v   geoinformatsionn ы x   sistemax.   –K.:
Integratsiya, 2000 .  –  90 b.
73. Pardaev   M.Q.,   Atabaev   R.   Turistik   resurslarni   tahlil   qilish   va   baholash.   –
Samarqand, Sam ISI — 2006. – 137 b.
74. Raklov V.P. Kartografiya i GAT. Uchebnik. - M., 2002. -256 b.
75. Safarov   E.YU.,   Allanazarov   O.R.   va   boshq.   Kartografiya   va
geovizuallashtirish. – T.:Iqtisod – Moliya, 2016. – 171b.
76. Safarov   E.YU.   va   boshq.   Geoinformatsion   kartografiya.   –T.:   Universitet,
2012. – 180 b.
77. Safarov   E.YU.,   Musaev   I.M.,   Abdurahmonov   X.A.   Geografik   axborot
tizimlari. – T.: Noshir, 2012. – 152 b.
78. Svatkova T.G. Atlasnaya kartografiya: Uch. pos. – M.: Aspekt Press, 2002. –
203 s.
76 79. Severinov   V.F.   K   pitaniya   klassifikatsii   turisticheskix   kart   //
Geograficheskaya nauka i obrazovanie v Ukraine: Sb. nauk. pr. -  - M.: 2000.
- S. 82.
80. Toshpo‘latov S.A., Avchiev SH.Q., Kovalyov N.V. “Oliy geodeziya (Planli
tayanch to‘rlarni loyihalash va baholash)” O‘quv qo‘llanma.-T.: TAQI, 2003-
68 b.
81. Tuxliev   I.S . ,   Hayitboev   R.,   Ibodullaev   N.E.,   Amriddinova   R.S.   Turizm
asoslari: O‘quv qo‘llanma. - S.: SamISI, 2010- 247 b.
82. Tuxliev   I.S . ,   Amriddinova   R.S.,   Abduxamidov   S.A.,   Ablaqulov   A.A.
Turizmda geoaxborot tizimlari. O‘quv qo‘llanma. – S.: SamISI, 2018-252 b.
83. Turizm   karta.   Masshtab   1:1000000.   //   Samarqand   viloyati   o’lkashunoslik
atlasi. –Toshkent, 2016. –12 b.
84. Xoshimov M.A. Religiozn ы e pamyatniki Sentralnoy Azii.-Almat ы . SAGA,
2001. – 237 S.
85. SHNK   1.02.20-09.   «Obnovlenie   spetsialn ы x   topograficheskix   kart
masshtaba   1:10000   i   planov   masshtabov   1:5000,   1:2000,   1:1000,   1:500.
Svod pravil». 
86. CHudnovskiy   A.D.,   Jukova   M.A.   Upravlenie   industriey   turizma   Rossii   v
sovremennыx usloviyax: uchebnoe posobie – M.: KNORUS, 2007. 320 b.
87. O‘zbekiston Respublikasi geografik atlasi.- T.: O‘zbekiston, 2006.
88. O‘zbekiston   geografik   atlasi.   //   T.M.Mirzaliev   tahriri   ostida.   –   Toshkent:
DIK, 1999, -56 b.
89. Andy Mitchell. GIS analysis. –  ESRI (California) 2005 – 238p
90. Dimitrios   Asteriou   and   Stephen   G.   Hall.   Applied   econometrics.   A   modern
approach   using   Eviews   and   Microfit.   Revised   edition.   Palgrave   Macmillan,
New York, 2007. – 397r.
91. Christian Harder. Enterprise GIS for Energy Companies. .   ESRI (California)
1999 – 109p.
92. Cynthia   A.   Brewer.   Designing   better   MAPS.   –   .   ESRI   (California)   2005 .   –
203p
93. Gonzalez   R.   C.,   Woods   R.   E.   Digital   image   processing.   –   Pearson   India   ,
2012 .  – 954 p.
94. Thomas   M.   Lillesand,   Ralph   W.   Kiefer,   Jonathan   W.   Chipman.   Remote
sensing   and   image   interpretation.   Sexth   edition   –   Chaudhary   Press   (India),
2016. – 754 p.
95. Kang-tsung Chang. Introduction to Geographic Information Systems.  Fourth
edition. – McGraw Hill Edication (India) 2008. – 450 p.
96. Lo,   C.P.,   &   Yeung,   A.K.   (2007).   Concepts   and   techniques   of   geographic
information systems. Upper Saddle River, NJ: Prentice-Hall. 2nd ed., pp. 492 .
77 97. Mathieson   A.,   Wall   G.   Tourizm   Economic,   Phyzical   and   Sosial   Impact
Longmont Scientific and Technical, Singapore, 1989.  137 p. 
98. Michael Zeiler. – ESRI pres New York 1999 – 199p
99. Wolf   P.   R.Elements   of   photogrammetry:   –   McGraw   Hill   Edication   (India)
2014. – 562 p.
100. www.lex.uz   
101. Internet ma’lumotlari.
78

SAMARQAND VILOYATINING TURISTIK IMKONIYATLARINI BAHOLASH VA KARTALASHTIRISH KIRISH 4 I BOB. TURIZMNI KARTAGA OLISHNING NAZARIY- METODOLOGIK ASOSLARI § 1.1. O‘zbekistonda turizm turlari o‘rganish ob’ekti sifatida 9-17 §1.2. Samarqand viloyatining turi zm resurslar ini kartografik tadqiq qilish 18-30 II-BOB . TURIZM TURLARI VA ULARNI KARTOGRAFIK TA’MINLASH § 2 .1. Turizm plan va kartalarning geodezik, matematik va geografik asoslari hamda mazmun - mohiyati 31-38 § 2 .2. Turizm-GAT ma’lumotlar bazasini yaratish 39-47 § 2 .3. Turizm kartalarini yaratish usullari va dizaynini takomillashtirish 48-56 III-BOB ZAMONAVIY TURISTIK KART AVA ATLASLAR YARATISH YO’LLARI HAMDA ULARNI LOYIHALASHTIRISH §3.1. Zamonaviy turizm kartalarini yaratishda GAT texnologiyalari va masofadan zondlash materiallaridan foydalanish yo‘llari 57-65 §3.2 . Samarqand viloyati turistik atlasi loyihasi bo’yicha taklif: tarkibi, mazmuni va asosiy kartalar i ro‘yxati 66-71 XULOSA 72-73 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 74-81 1

KIRISH. Jahonda va uning turli mintaqalarida turizm jarayonlarini rivojlantirishda zamonaviy uslublar asosida yaratilgan tizimli kartalardan foydalanish etakchi o‘rinni egallamoqda. Dunyo miqyosida turizm sohasi uchun aniq ma’lumotli tizimli kartalarga bo‘lgan ehtiyojning ortishini hisobga olsak, zamonaviy texnologiyalardan foydalanib geografik ma’lumotlar bazasi asosida tizimli turistik kartalarni tuzishning yangi usullarini amaliyotga joriy etishni taqazo etadi. SHu jihatdan turizm maqsadlari uchun turistik resurslar va infratuzilma ob’ektlari haqidagi to‘liq, ishonchli va tezkor hamda oson qo‘lga kiritiladigan ma’lumotlar olishning kartografik usullarini joriy etish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Jahonda turizm sohasini tizimli kartaga olishda kartografik usullar va zamonaviy geoaxborot texnologiyalari yordamida ma’lumotlarni to‘plash, saqlash, ularni raqamli ko‘rinishga keltirish, tahlil qilish, qayta ishlash, turistik infratuzilma ob’ektlarini davlat kadastridan o‘tkazish, tabiiy, tarixiy-madaniy resurslarni baholash va inventarizatsiya qilish, turistik-rekreatsion zonalar, turistik marshrutlarini aniqlash va tadbiq etishning yangi ilmiy-texnikaviy echimlarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda . Bu borada, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni inobatga olgan holda turizm sohasini tizimli kartaga olishni ilmiy asoslarini takomillashtirishda geoaxborot tizim va kartografik ta’minlashning zamonaviy texnologiyalari va usullarini ishlab chiqishga qaratilgan tadqiqotlarga alohida e’tibor berilmoqda. Respublikamizda iqtisodiyotni, xususan, turizmni rivojlantirish, mamlakatimiz aholisini turistik talabini maksimal darajada qondirish, mintaqalarni kompleks rivojlantirishda ekologik muvozanat va madaniy merosni saqlash, turizm sohasini barqaror rivojlanishini ta’minlash, byudjetda turizm sohasidan keladigan daromadni muntazam oshirib borish, istiqbolli turizm markazlari tashkil qilish, ekskursiya ishini rivojlanish darajasini ko‘tarish, qishloq turizmini rivojlantirish, mintaqaviy turistik-rekreatsion faoliyatni axborot va reklama ta’minotini takomillashtirishga doir keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilib, muayyan natijalarga erishilmoqda. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada 2

rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida, jumladan « ...turizm sohalarida sun’iy yo‘ldosh qabul qilgichlardan foydalangan holda tezkor ma’lumot yig‘ish va elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishda foydalanish» 1 bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berilgan . Ushbu vazifalarni amalga oshirishda, jumladan, hududlarning turizm resurslari va infratuzilma ob’ektlarini kartografik ta’minlash va geografik axborot tizimlari (GAT) asosida mintaqaviy turizmni tizimli kartaga olishni ilmiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son « O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi PF- 5611-son « O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi PQ-3217-son « 2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarorida hamda mazkur faoliyatga doir boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda keltirilgan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya ishi muayyan darajada xizmat qiladi. Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi Turizm sohasini iqtisodiyotda tutgan o‘rni o‘ta yuqoriligi, uning rivojlanishi fonida dunyoning ko‘plab mamlakatlari yuqori daromadlar olayotganligida, xuddi shunday mamlakatimizda ham mazkur sohaga keng e’tibor qaratilayotganligida namoyon bo’ladi. Tadqiqot ob’ekti: Samarqand viloyatining turistik xususiyatlari sanaladi. Tadqiqot predmeti esa Samarqand viloyati bo‘yicha turizm sohasini baholash va kartalashtirishni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi. 1 Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son «Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha Harakatlar strategiyasi toʼgʼrisida» gi Farmoni. 3

Tadqiqot maqsadi: turistik mavzudagi kartalarning mintaqaviy tizimini yaratishning ilmiy va amaliy asoslarini GAT texnologiyalari yordamida ishlab chiqish va takomillashtirishdan iborat . Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari: tadqiqot oldiga qo`yilgan asosiy masalalar ishning maqsad va vazifalaridan kelib chiqadi. Dissertatasiya ishiga qo`yilgan bosh masala turistik faoliyatni tashkil etishni yanada takomillashtirish muayyan darajada sayohatchilar uchun qiziqish uyg‘otadigan ob’ekt va hodisalar haqida to‘liq, zamonaviy va ishonchli kartografik ma’lumotga bog‘liq. Viloyat hududi, uning tarixi, tabiati, aholisi, madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, turizm ob’ektlari va turizm infratuzilmasi, turizm omillari haqida ma’lumotlar aks ettirilishi uchun tizimli kartaga olish zarurligini ko‘rsatadi. Jamiyatda shakllangan sharoitlar kompleksi va omillari hududning turistik potensialini belgilaydi, bu esa hudud turizmining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Turizm taraqqiyotini quyidagi bir qator omillar bilan belgilash maqsadga muvofiqligini ko‘rsatib berish dissertatsiya ishiga qo`yilgan asosiy g`oya hisoblanadi. Mavzu bo`yicha adabiyotlar tahlili: Mazkur fanni rivojlantirishning ko‘pgina muhim nazariy va amaliy muammolari bilan xorijiy davlatlaridan R.Davidson, U.Ziltener, O.Martin, H.Pechlaner, R.Blanshar, A.Mariotti, N.Leiper, I.G.Kohl, Corneliu Iatu, MDH davlatlarida A.YU.Aleksandrova, N.N.Baranskiy, YU.A.Vedenin, S.R.Erdavletov, P.N.Zachinyaev, I.I.Pirojnik, YU.D.Dmitrevskiy, N.S.Mironenko, M.B.Birjakov, I.T.Tverdoxlebov, D.V.Nikolaenko, N.S.Falkovich kabi olimlar o‘z ilmiy tadqiqotlarida turizm sohasini yanada takomillashtirishga oid takliflarni ishlab chiqqanlar. O‘zbekistonda ham turizm geografiyasining ayrim muammolari bo‘yicha A.A.Rafiqov, A.S.Soliev, A.N.Nigmatov, S.B.Abbasov, SH.A.Azimov, A.Z.Zokirov, M.Hoshimov, R.Xayitboev, N.T.SHamuratova, X.M.Mamatqulov, I . S . Tuxliev, K . B . Urazov, M.R.Usmonov, N.E.Ibodullaev, SH.T.YAkubjonova, R.Usmanova , SH.G‘.SHomurodova, B . SH . Safarov, N . S . Ibragimov, SH.A.Xolmurodov va O‘.B.Badalov kabi olimlar tomonidan Toshkent, 4

Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Xorazm, Jizzax viloyatlari va Farg‘ona vodiysi misolida turizmning iqtisodiyotga ta’siri, ekoturizm, agroturizm masalalari ancha keng yoritilgan. Tadqiqotda qo`llanilgan usullar: Tadqiqotda geografik taqqoslash, tarixiy- geografik, kartografik, statistik, laboratoriya, ekspeditsiya, tayanch-nuqtalar hamda GIS metodlaridan foydalanildi. Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati dissertatsiyadagi ilmiy-nazariy xulosalar, tavsiyalar, kartografik va boshqa birlamchi materiallar, Samarqand viloyati turistik sohasini kompleks baholash, turizm infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha metodik yondashuvlarni takomillashtirilganligi bilan izohlanadi. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati Samarqand viloyati turistik sohasini kompleks rivojlantirishda tabiiy, madaniy turizm va rekreatsiya resurslaridan oqilona foydalanishga, yangi turistik marshrutlar ishlab chiqishga hamda turizm infratuzilmasini takomillashtirishga xizmat qiladi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Samarqand viloyati turistik resurslari baholangan. Olingan natijalar va baholash ishlari asosida turli masshtabli turistik kartalar yaratilganligi dissertatsiya ishining ilmiy yangiligi hisoblanadi. Dissertatsiya tarkibining qisqacha tavsifi: Dissertatsiya ishi kirish, uchta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat. Kirish qismida dissertatsiya ishining dolzarbligi, tadqiqot ob`ekti, prtedmeti, maqsadi va vazifalari, tadqiqot asosiy masalalari, qo`yilgan g`oya, adabiyotlar tahlili, tadqiqotda qo`llanililgan usullar, tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati, ilmiy yangiliklari bayon qilingan. Dissertatsiyaning birinchi bobida turizmni tadqiq qilishning ilmiy-metodik masalalari yoritib berilgan. Ikkinchi bobida asosiy e’tibor GAT texnologiyalari negizida viloyat turizmini baholash, tahlil qilish hamda uni takomillashtirish va kartalshtirish asoslarini ishlab chiqish masalalariga qaratilgan. Turizmni kartografik ta’minlash usullarini takomillashtirish masalalari uch i nchi bobda yoritilgan. 5