logo

Suvda o’ynaladigan harakatli o’yinlar

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

56.6396484375 KB
Suvda o’ynaladigan harakatli o’yinlar.  
Reja
1. Suvda o’ynaladigan harakatli o’yinlar.  
2. Ishlab chiqarishda kasbiy amaliy tayyorgarlik.  
3. Jismoniy sifatlarni tarbiyalash metodikasi.  
4. Kichik yoshdagi bolalarga beiladigan harakatli o’yinlar.  
5. Harakatlarni va jismoniy sifatlarni tarbiyalashdagi qat’iy tartiblashtirilgan
mashq uslubi.  
1 Suvda   о   ‘tkaziladigan   о   yinlar:   «Suvda   quvlashmachoq»,   «Tez   suzish»,   «Suv
ostida suzish», «Qurbaqa va laylak», «Cho’rtan baliq».
Suvda   o   ‘tkaziladigan   musobaqalar   ham   alohida   diqqatga   sazovordir.   Suv
mashqlaridan biri bo'lgan g‘owoslik juda qadimiy kasblardan biri bo‘lib, devonda
suv   bahslarining   ikki   turi   uchraydi:   birinchisi   —   suvda   cho‘milish,   sho‘ng‘ish,
suvdan suzib o‘tish, suv kechish, suvda quvlashmoq. suvga biron narsani, masalan,
suvda   cho‘kmaydigan   yog‘och,   biror   ashyoni   tashlamoq;   ikkinchisi   —   ermak,
ko‘ngil   ochish   mashg'ulotlari   ma’nosidagi   o‘yinJardir.   Bular.   suv   yoki   sut
simirmoq,   suv   ustida   yalpoq   toshni   kim   o‘zarga   otmoq,   ya’ni   babslashmoq.
Hozirgi   paytda   bolalar   buni   «qaymoq»   o‘yini   deb   o‘ynashadi.   O'yinda   toshning
suvga necha marta tegib sakrab «qaymoq» hosil qilishini e’tiborga olinadi va kim
ko‘p   «qaymoq»   hosil   qilsa,   o'sha   g'oiib   sanaladi.   Devonda   bolalar   o‘yinlarining
turi ko‘p uchraydi. Ularning ba’zilari yo‘l-yo‘lakay sanab o ‘tilgan bo‘Isa, ba’zi-bir
o‘yinlar tafsiloti bilan keltirilgan. Masalan: bolalaming qorong‘ida kelib «kurgon»
olishlari — «Ko‘ragumi» deyilsa, bir to ‘daning ikkinchi to‘dani chaqqonlik bilan
asir olishlari «Bandol» deb atalgan. Shuningdek, «Jangli-mangli» degan o‘yin turi
ham   bor.   Oshiq   o‘yini,   to‘p   o‘yini,   cho‘pon   bolalar   o'yinlari,   chillak   o'yinlari,
qizlarning   arg‘imchoq   o‘yifilari   ham   birma-bir   sanab   octilgan.   0‘sha   davrdagi
ko‘pgina   o‘yinlar   bolalaming   hozirgi   davrdagi   o‘yinlarini   eslatadi.   Masalan,
«0‘tish-o‘tish»   deb   atalgan   o‘yin   «Kesak   kuydi»,   «Darra   soldi»,   «Musht   ketdi»
o‘yinlariga   o‘xshab   ketadi.   Amudaryo   va   Sirdaryo   sohillarida,   Orol   etaklarida,
shuningdek,   yaqin   joylardagi   soylar,   anhorlar,   hovuzlar   va   ko‘l   bo‘ylarida
bolalaming   «Muguz-muguz»   nomli   qadimiy   o‘yini   o‘ynalgan.   Devonda
«Oqsuyak»   o'yini   misol   tariqasida   keltiriladi.   Alisher   Navoiy   ham   o‘zinmg
«Mahbub   ul-qulub»   asarida   «Oqsuyak»   o‘yinining   ta’riflni   beradi.   Mahmud
Qoshg‘ariy   devoni   XI   asrda   bitilgan   bo‘lsa,   Alisher   Navoiyning   «Mahbub   ul-
qulub» asari  XV  asrda  yozilgan. Hozirgi  paytda  ham   bolalar  «Oqsuyak»  o‘yinini
xuddi   o‘sha   qoida  asosida  o‘ynaydilar.  «Oqsuyak»  o‘yini   nafaqat   0  ‘rta  Osiyoda,
balki   yer   kurrasining   ko‘p   joylarida   keng   tarqalgan.   Bu   o‘yinni   Yevropaning
2 Skandinaviya   mamlakatlari   xalqlari   etnografiyasiga   oid   adabiyotlarda   o‘qish
mumkin.   Hattoki,   ushbu   о ‘vin   Avstraliyada   ham   uchraydi.   Aslida,   xalq   o‘yinlari
hech qachon chegara bilmaydi. Aksincha, o‘yin!ar xalqlar, elatlar orasidagi o‘zaro
do‘stlik,   qon-qardoshlik   rishtalarini   mustahkamlash   uchun   xizmat   qiladi.  
2. Ishlab chiqarishda kasbiy amaliy tayyorgarlik.  
Jismoniy   tarbiya   tizimining   asosiy   tamoyili   jismoniy   madaniyat   va   sportning
kishilar   mehnati   va   mudofaa   faoliyati   bilan   aloqasi   hisoblanadi.   Amaliyotda
jismoniy   madaniyat   va   sportdan   mehnatni   ilmiy   tashkil   qilishda   (MIT),   kasbiy-
amaliy   jismoniy   tayyorgarlik   (KAJT)   va   harbiy-amaliy   jismoniy   tayyorgarlik
(HÀJT) deb ataladigan shakllardan foydalaniladi.
Kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik quyidagi vazifalarni hal qilishga qaratilgan: 
—   o‘quvchilarning   mehnat   operatsiyalarini   muvaffaqiyatli   bajarishlari   uchun
ularga zarur jismoniy sifatlar to‘g‘risida, kasb haqida amaliy bilimlarni o‘rgatish;
—   o‘quvchilarda   bo‘lajak   mutaxassislikning   ishlab   chiqarish   mehnatiga   ta’sir
ko‘rsatadigan harakat, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish; 
— ularda jismoniy va ruhiy sifatlarni tarbiyalashga, mehnat operatsiyalarini hamda
kasbni tez o‘zlashtirishga ta’sir ko‘rsatish;
— ishlab chiqarishda toliqishning oldini olish, kuchlarni tez va to‘liq tiklash uchun
faol dam olish vositalaridan foydalanishga o‘rgatish; 
—   hayot   faoliyati,   mehnat   operatsiyasi   jarayonida   kuch,   tezkorlik,   chidamlilik,
chaqqonlik   va   egiluvchanlikni   oshira   borib,   ishlayotganlar   o‘rtasida   ishlab
chiqarish shikastlanishining oldini olish.
O‘rta   maxsus   o‘quv   muassasalarining   jismoniy   tarbiya   dasturida   o‘quvchilarni
KAJTning   nazariy   asoslari   bilan   tanishtirish   ko‘zda   tutilgan.   Chunonchi,   ularni
3 ayrim   kasbiy-amaliy   jismoniy   mashqlarga   o‘rgatish,   asosiy   jismoniy   sifatlarni
o‘zida   tarbiyalash   hamda   ularni   kasbiy-amaliy   sport   turlari   bo‘yicha   oddiy
musobaqalarda qatnashishga tayyorlash shular jumlasidandir. 
KAJTning vazifalarini  tushunishda  kerakli  bilim, ko‘nikma va malakani egallash,
ularni amaliyotda samarali qo‘llash, mutaxassislarning mehnat sharoitlarini oqilona
tahlil qilish, ularning jismoniy tayyorgarligiga bo‘lgan talablarini o‘rganish muhim
hisoblanadi.
Mutaxassislar   mehnat   sharoiti   va   ularning   jismoniy   tayyorgarligiga
qo‘yiladigan talablar  
Har   xil   mehnat   turlariga   tavsif   berganda   uning   jismoniy   og‘irligi   va   asab-ruhiy
tizimga   ko‘rsatgan   ta’siriga   e’tibor   qaratiladi.   Mehnatning   jismoniy   og‘irligi
deganda   ish   vaqtida   jismoniy   zo‘r   berish   hajmining   yig‘indisi   tushuniladi.
Mehnatning   asabruhiy   zo‘riqishi   deb   ish   bajarish   paytidagi   emotsional   yuklama
darajasiga   aytiladi.   Mehnatning   asab-ruhiy   zo‘riqishi   aqliy   va   jismoniy   turlarga
ajratiladi. Mehnatning bu ikki asosiy turi uchinchi — aralash mehnat turini keltirib
chiqaradi.
Jismoniy   og‘ir   mehnatga   kon   qazuvchi   va   po‘lat   quyuvchilarning   kasblarini
namuna   qilib   ko‘rsatish   mumkin.   Bu   mehnat   faoliyati   zamirida   sezilarli   muskul
zo‘riqishi   yotadi.   Og‘ir   jismoniy   mehnat   turiga,   shuningdek,   yengil   atletika,
velopoyga, og‘ir atletika, chang‘i sporti va boshqalar ham kirishi mumkin. 
Aqliy   mehnat   turiga   hisobchi   xodimlar,   EHM   operatorlari   va   dastur   tuzuvchilar,
olimlar,   ijodkor   kishilar   va   boshqalarning   mehnatini   kiritish   mumkin.   Shunga
qaramay   ularning   faoliyatida   to‘liq   yoki   qisman   jismoniy   mehnat   komponenti
ishtirok etadi.
4 Texnika   taraqqiyoti   bilan   og‘ir   ishlab   chiqarish   mehnati   ko‘proq   har   xil
mexanizmlar zimmasiga yuklatilmoqda, insonga esa aksariyat hollarda boshqarish
va   nazorat   qilish   vazifasi   qolyapti.   Ishlab   chiqarish   avtomatlashgani   sari   inson
mehnati jarayonida jismoniy yuklama doimiy ravishda kamayib bormoqda. Biroq
hali   ham   yordamchi   ishchilar,   boshqaruvchilar,   montajchilar,   jihozlarni
ta’mirlovchilarning   jismoniy   mehnat   hissasi   yetarlicha   yuqori.   Shunga   qaramay,
avtomatika, robot  texnikasining  rivoji  inson  ruhiy zo‘riqishi  barqarorligini, ishlab
chiqarishning ilgarilashi to‘g‘risidagi katta axborot oqimini o‘rganishni, tez qabul
qilishni talab qilmoqda. 
Bajariladigan   jismoniy   ishning   hajmi   va   quvvatini   hisoblashda   har   xil   o‘lchov
birligi   qo‘llaniladi:   ko‘tariladigan   yuk   massasi,   bosib   o‘tilgan   yo‘l,   ishga
sarflangan   vaqt   va   boshqalar.   Inson   bajargan   ishni   aniqlashning   aniq   va   ilmiy
asoslangan   maxsus   usullari,   uning   ish   qobiliyatiga   yarasha   tavsiyalar   berilgan   va
joriy qilingan. Buning uchun YQT yoki tomir urish ko‘rsatkichlari yig‘indisi vaqt
birligida organizmning kislorod iste’mol qilishi va butun ish davrida mazkur ishga
sarflanadigan energiya
(kkal),   KDJ   va   boshqalarda   o‘lchanadi.   Ushbu   metodlar   yordamida   olingan
natijalar   jismoniy   mehnatning   og‘irligi   to‘g‘risida   xulosa   chiqarish   imkonini
beradi. Bajarilgan mehnat shartli ravishda juda yengil, yengil, o‘rtacha og‘irlikda,
og‘ir   va   o‘ta   og‘ir   ishlarga   bo‘linadi.   Masalan,   juda   yengil   mehnat   umumiy   va
sutkalik   energiya  sarfini   talab   qiladi,  bu   asosiy   modda   almashuvining   (2300  kkal
atrofida)   o‘rtacha   miqdoridan  oshadi,   YUT   esa   oshmaydi,   odatda,   bir   daqiqada   u
80   zarbadan   yuqorini   tashkil   qiladi.   Bundan   farqli   o‘laroq,   juda   og‘ir   jismoniy
mehnat   sutkalik  energiya  sarfini  4000  dan  6000  kkal  gacha,   ayrim  holatlarda  esa
bundan   ham   yuqori   bo‘lishini   talab   etadi.   Bunday   paytlarda   YUT   eng   ko‘p
miqdorda bo‘ladi, ya’ni bir daqiqada 180–200 zarbaga yetadi. Bunday ishni yaxshi
mashq qilgan kishilargina bajarishlari mumkin, o‘shanda ham uzoq vaqt davomida
emas. 
5 Jismoniy   mehnatning   og‘irligini   o‘lchash   yoki   baholash   nisbatan   yengil   bo‘lsa,
aqliy  mehnatning   emotsional-ruhiy   zo‘riqishini   o‘lchash   va  tasniflash   hiyla   og‘ir.
Bu   o‘rinda   ishlab   chiqarishning   borishi   to‘g‘risidagi   katta   axborot   oqimini,   ya’ni
jismoniy   ishni   o‘lchash   paytida   foydalaniladigan   fikrlash   usullarini   qo‘llab
bo‘lmaydi.   Buni   faqat   YUT   ni   o‘lchash   orqali   bilish   mumkin.   Misol   uchun
uchuvchi-sinovchi yangi samolyotda bir soatlik uchishda 3 kg dan 4 kg gacha vazn
yo‘qotadi, uning yurak urishi keskinlashib, bir daqiqada 200 zarbaga yetadi. Og‘ir
jismoniy mehnat paytlarida ham bunday holat yuz bermaydi.
Mehnatning aralash turlari —bu (zamonaviy ishlab chiqarishda ko‘pchilikni tashkil
qiladi)   inson   organizmiga   jismoniy   og‘irlik   yoki   asab-ruhiy   zo‘riqish   ta’sir
ko‘rsatishi   bilan   bog‘liq   bo‘lib,   unga,   ko‘pincha,   o‘rta   bo‘g‘indagi   mutaxassislar
hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar bilim yurtlari o‘quvchilari mehnati kiradi. 
Mutaxassislar   mehnat   sharoiti   va   ular   boshdan   kechiradigan   zo‘riqishlarga   bir
qator misollar keltiramiz.
Yer   ostida   ishlaydiganlar   mehnati.   Uzoq   vaqt   joyidan   siljishlar   va   majburiy
holatlarda   (bukilib,   o‘tirib,   tizzalab,   yotib)   mehnat   operatsiyalarini   bajarishda,
quyosh   nuri   va   kislorodning   yetishmasligida,   nafas   olishdagi   qiyinchilik   va
havoning gazlashganligi, yorug‘likning pastligida, shuningdek, katta hajmdagi turli
axborotlarda kuzatiladi. 
Charchoq,   ko‘pincha,   og‘ir   jismoniy   mehnat   va   uning   asab   zo‘riqishiga   ko‘ra
paydo   bo‘ladi,   shuningdek,   diskomfort   sharoit,   ya’ni   changga   to‘lalik,   yuqori
namlik   va   hokazolar   tufayli   ham   yuz   beradi.   Bunday   mehnat   ishchilardan
mustahkam sog‘liq, yuqori darajadagi umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikni
talab qiladi.
Ilmiy   texnika   inqilobi   yer   ostida   ishlovchilarning   mehnat   sharoitini   tubdan
o‘zgartirib   yubordi.   Qazib   olib   uni   tashqariga   chiqaruvchi   texnika   va   transport
mehnatidagi   jismoniy   qiyinchiliklarni   sezilarli   kamaytirdi,   qisman   yer   ostida
6 bo‘lish   paytidagi   diskomfort   sharoitni   bartaraf   qildi.   Natijada   o‘rta   bo‘g‘indagi
mutaxassislar   ishida   asab-ruhiy   zo‘riqish   nisbatan   kamaydi.  
Qishloq   xo‘jaligidagi   mutaxassislarga:   agronomlar,   zootexniklar   va   boshqalar
mehnati kiradi. Ish kunining uzunligi va dam olishning yetishmasligi, doimiy faol
harakat,   yil   davomidagi   umumiy   ish   va   harakat   yuklamasidagi   mavsumiy
nomutanosiblik, aralash ish, manzildan manzilga siljishda piyoda yurishdan, otdan,
mototsikldan,   avtoulovdan   foydalanish,   tayanch-harakat   apparatiga   tushadigan
katta   yuklama,   sezilarli   jismoniy   va   ish   kuni   oxiriga   borib   aqliy-emotsional
charchash ularga xos xususiyatlardir. 
Bu   kabi   mutaxassislardan   mehnat   va   dam   olish   tartibi   haqida,   turli   mashina   va
mexanizmlardan foydalanish paytida xavfsizlik texnikasi to‘g‘risida, chiniqishning
asosiy   usullari   haqida,   quyi   bo‘g‘inlarning   mehnat   usullari   o‘zgarishi   to‘g‘risida,
ishlovchilarning   faol   dam   olishlari   uchun   jismoniy   madaniyat   va   sport
vositalaridan   foydalanish   haqida   bilimga   ega   bo‘lish,   turmush   sharoitini
ko‘ngildagidek tashkil q
Quyish   sexlari,   domna   va   prokat   ishlab   chiqarish   mutaxassislari.   Ular
xomashyoni   tayyorlash,   metallarni   silliqlash,   ularni   qoliðga   solish   va   kesib,
tozalash   operatsiyalarini   atrofni   o‘rab   turgan   havo   haroratining   keskin   o‘zgarishi
paytida,   har   xil   shovqin   va   umumiy   tebranishlar   sharoitida   bajaradilar.   Bu   kasb
egalari   texnologik   jarayonni   vizual   va   instrumental   kuzatib,   mashina   va
agregatlarda ishlaydilar. 
Shu   bois,   ushbu   kasb   egalari   quyidagi   sifatlarni   o‘zlarida   tarkib   toptirgan
bo‘lishlari kerak:

chaqqonlikning yuqori darajasi, yaxshi rivojlangan muvoza-natni saqlash va
7 vestibulyar   turg‘unlik,   atrofni   o‘rab   turgan   havo   haroratining   keskin
o‘zgarishiga chidashni; 

irodaviy sifatlarning yuqori darajasi — jasurlik, jasorat, qat’iyatlikni; 

yurak qon-tomir va nafas olish hamda asab tiziminingyaxshi holatini. 
Zamonaviy   domna   va   prokat   ishlab   chiqarishining   mexanizatsiyalashtirilishi   va
avtomatlashtirilishi   ishchilar   va   muhandistexnik   xodimlarning   mehnatini
yengillashtirdi. 
Kemada   suzuvchilar   tarkibidagi   ishchilarning   jismoniy   mehnati   ham
avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashning o‘sishi bilan kamaymoqda.
Dengizchilar   mehnati   va   turmushida   yetishmayotgan   harakat   faolligi   jismoniy
mashqlarga   katta   e’tiborni   talab   qiladi.   Shuning   uchun   dengizchilarga   suzish,
sho‘ng‘ish, suvga sakrash, eshkak eshish va boshqalar bilan ko‘proq shug‘ullanish
zarur   bo‘ladi.   Chaqqonlik   va   harakat   koordinatsiyasi,   tezkorlik   va   sezgirlik
harakati,   ya’ni   reaksiyalar   aniqligi,   chayqalishga   chidamlilik,   o‘zgaruvchan   iqlim
va   haddan   tashqari   issiqlikka   moslashish   kabi   zaruriy   jismoniy   sifatlar
dengizchilarda   tarkib   topgan   bo‘lishi   kerak.   Fuqarolik   aviatsiya   xizmati
mutaxassislarining mehnat sharoiti ham   o‘ziga xosdir. Mexanik va radistlar yil
davomida   ochiq   havoda   har   xil   ob-havo   sharoitida   ishlaydilar.   Ularning   barcha
faoliyati,   asosan,   15   metr   balandlikda,   chegaralangan   tayanch   maydonida
(narvonda) o‘tadi. Ishchi holati bir xil va noqulay (cho‘kka tushib o‘tirib, bukilgan
holatda, qo‘llari yuqoriga ko‘tarilgan va hokazo), uzoq vaqt zo‘riqish bilan o‘tadi.
Smena davomida muhandislar, texnik xodimlar, rahbarlar ko‘p yuradilar. Shuning
uchun   ularning   mehnat   sharoiti   har   tomonlama   jismoniy   tayyorgarlikni,   asosiy
muskul   guruhlari   kuchini,   ayniqsa,   maxsus   chidamlilikni,   uzoq   vaqt   davomida
o‘ziga  xos  ishlarni   bajara  olish  ko‘nikmasini,  egiluvchanlikni   talab  qiladi.   Elektr
8 tarmoqlarida   ishlovchilar   mehnati.   Bu   kasb   egalaridan   yuqori   darajadagi
jismoniy   va   ruhiy   tayyorgarlik   talab   etiladi.   Shuningdek,   yuqoriga   tirmashib
chiqish, chegaralangan tayanch maydoni bo‘ylab siljish, yuklarni olib o‘tish, o‘zini
o‘zi   muhofaza   qilish,   chidamlilik,   kuch,   chaqqonlik,   aniq   harakat   koordinatsiyasi
va reaksiyasiga, jasurlik, vestibulyar barqarorlik, o‘zgaruvchan ob-havo sharoitida
ishlash   malakasiga   ham   ega   bo‘lishi   lozim.   Ko‘p   yillik   amaliyot   va   o‘tkazilgan
sinovlarning   ko‘rsatishicha,   energiya   tarmoqlarida   ishlovchilar   yuqori   kasbiy
salohiyatga erishishlari uchun alpinizm, gimnastika, sport o‘yinlari, yakka kurash,
og‘ir atletika bilan doimiy shug‘ullanib turishlari kasbiyamaliy samara beradi. ABT
(avtomatik   boshqarish   tizimi),   EHM   mutaxassislarining   mehnati   o‘ziga   xos
bo‘lib, ular  turli  jihozlar  yordamida ishlarni  uzoq vaqt  kuzatish va nazorat ishlari
katta oqimida axborotlarni  qayta ishlash  va murakkab bo‘lgan harakatlarni tez va
aniq   hamda   sezilarli   darajada   emotsional-irodaviy   zo‘r   berish   bilan   bajarishlari
lozim.   Kasblar   orasida   doimiy   qo‘l   barmoqlari   zo‘riqishi   bilan   ishlaydigan
hisoblash   mashinasi   operatorlari,   pianinochi,   tikuvchi,   telegrafchilar   bor.   Bunday
kasb   vakillarining   barmoqlari   doimiy   zo‘riqish   bilan   ishlashi   natijasida   qo‘l
muskullarida, panja va barmoq bo‘g‘inlarida og‘riq paydo bo‘ladi. Bunday holatlar
yuz   bermasligi   uchun   ishonchli   vosita   o‘zini   o‘zi   uqalash,   maxsus   jismoniy
tayyorgarlik   hisoblanadi.   Ular   chidamlilik,   egiluvchanlik   va   barmoqlar
harakatchanligining   rivojlanishiga,   inson   ish   qobiliyatining   oshishiga   ta’sir
ko‘rsatadi.
O‘rta   maxsus   ta’lim   muassasalari   o‘quvchilari   —   bo‘lajak   texniklar,   operatorlar,
pedagoglar,  tibbiyot  hamshiralari  va  boshqa  kasb   egalari   —  KAJTning  asoslarini
hamda   jamoa   bilan   mashg‘ulotlarni   uyushtirishni   bilishlari   muhimdir.  
O‘quvchi   va   ishlovchilarning   kasbiy-amaliy   jismoniy   tayyorgarligini   tashkil
qilish shakllari  
O‘quvchi va ishlovchilarning KAJT vazifalarini hal qilish uchun nazariy va amaliy
mashg‘ulotlar olib boriladi.
9 Nazariy mashg‘ulotlar suhbatlar, turli mavzuga doir kechalar va adabiy manbalarni
mustaqil   o‘rganish   shaklida   o‘tkaziladi.   Tegishli   kasb   mutaxassislarining   mehnat
sharoiti   o‘rganiladi,   ularning   psixofiziologik   tayyorgarligiga   ishlab   chiqarish
jismoniy   tarbiyasining   roli,   shuningdek,   ishlovchilarga   KAJTning   ijobiy   ta’siri
tushuntiriladi   va   muayyan   talablar   qo‘yiladi.   Mutaxassis   uchun   kasbiy   muhim
bo‘lgan jismoniy sifatlarga alohida e’tibor qaratiladi. 
Amaliy mashg‘ulotlar har xil shakllarda o‘tkaziladi: KAJT bo‘yicha maxsus o‘quv
mashg‘ulotlari, kasbiy-amaliy maqsad qo‘yilgan ommaviy sport tadbirlari; kasbiy-
amaliy   jismoniy   mashqlar   va   maxsus-amaliy   sport   turlari,   individual   mustaqil
mashg‘ulotlar   kasb   xususiyatlariga   moslashtirilgan   holda   ishlab   chiqarish
gimnastikasi   (badantarbiya   pauzalari)   tashkil   qilinadi. KAJB   bo‘yicha   maxsus
o‘quv mashg‘ulotlarida o‘quvchilar ko‘nikma va malakalar hosil qiladilar, kasbga
doir   zarur   jismoniy   sifatlarni   takomillashtiradilar.   Masalan,   qishloq   xo‘jaligi
kollejlarida   o‘quvchilar   otni   parvarish   qilishga   o‘rgatiladi   va   ularda   otda   yurish
malakasi hosil qilinadi. Bir qator kollejlarda KAJT bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari
uchun   maxsus   maydon   yoki   shaharchalar,   maxsus   trenajor   qurilmalari   bilan
jihozlangan zallar qurilgan. Masalan, qurilish kollejlarida, balandlikda ishlaydigan
montajchilar   tayyorlashda   ularga   mo‘ljallab   muvozanat   saqlashni   o‘rgatish
maqsadida   yotqizilgan   to‘sinli   inshoot   o‘rnatiladi.   Osma   tebranib   turadigan   sport
snaryadlari keng qo‘llanadi. O‘t o‘chirish texnik kollejida maxsus to‘siq chiziqlari
chizilib,   turli   jihozlar   o‘rnatiladi.   Masalan,   tog‘-kon   kollejlari   o‘quvchilari   uchun
kontrol mashq turlari ishlab chiqilgan. 
1.
Kross (poyga)—1500 m dan 3000 m gacha. 
2.
Marsh-brosok—6 km. 
3.
Suzish: vaqt hisobga olinmaydi—100 m dan 500 m gacha. 
10 4.
O‘tirib-turish: ikki oyoqda — 100 dan 350 martagacha,bir oyoqda — 15 dan
150 martagacha. 
5.
Ko‘krakdan   shtangani   siltab   ko‘tarish.   Variantlari:   tik   turib,tizzada   turib,
chalqancha yotib 1—2 dan 8—10 martagacha.   (Shtanganing og‘irligi gavda
vaznining 45—80% ini tashkil etishi kerak.) 
6.
Qo‘llarga tayanib yotib, uni bukib-yozish. Oyoqlarnigimnastika skameykasi
ustiga qo‘yib,20 dan 40 martagacha bukib yozish. 
7.
Chalqancha   yotgan   holatdan   gavdani   30   dan   90   martagachako‘tarib-
tushirish. 
8.
16   kg   li   toshni   gimnastika   skameykasidan   oshirib   o‘tkazishva   teskarisi,
tizzalarda turgan holatda toshni u yoqdan bu yoqqa 1 daqiqa ichida kim tez
o‘tkazish. 
9.
Yarimbukilgan qo‘llarda yotib tayanish (50 dan 110 soniyagacha). 
10.
Oyoqlarni   yelka   kengligida   qo‘yib,   yuzni   yuqorigaqaratib,   qo‘llarni   bosh
orqasiga qo‘yib 35 dan 85 soniyagacha gavdani yotiq holatda ushlash; yuzni
pastga   qaratib,   80   dan   130   soniyagacha   5   kg   li   to‘ldirma   to‘pni   qo‘llarni
to‘g‘ri qilib ushlash. 
11.
Gimnastika   skameykasi   ustida   yurish   va   o‘tirib-turish(10   dan   35
martagacha). 
12.
15–20 m ga o‘tirib yurish; oyoq yordamisiz 10—15 m ga qo‘llarga tayanib
11 yotib   siljish   —   bukilib   yurish.   5   –10   m   ga   tosh   ko‘tarib   yugurish   (22—26
soniyada). 
13.
10   m   ga   tizzalarga   tayanib   emaklash:   yon   tomonga   —   10   m;   yerbag‘irlab
sudralib — 10 m; 5 dan 15 kg gacha yuk bilan yurish (20—24 soniya.) 
14.
30 m ga 7,5—10 soniyada o‘tirib tez yurish. 
15.
20 m ga 10 kg li to‘ldirma to‘p bilan o‘tirib yurish. Qo‘llarga tayanib, 20 m
ga   oyoq   yordamisiz   emaklash.   Cho‘qqayib   o‘tirib,   20   m   ga   (27—44
soniyada) orqa bilan oldinga siljish. 
Ishlab   chiqarishda   ishlaydiganlar   uchun   KAJT   bo‘yicha   o‘quv   mashg‘ulotlari
o‘tkazishga   ko‘proq   e’tibor   qaratilmoqda,   ko‘pgina   sanoat   korxonalarida
salomatlik sexlari yaratilgan, salomatlikni tiklash markazlari, reabilitatsiya va faol
dam   olish   hamda   apparatli   massaj   seansini   qo‘llash,   funksional   musiqa   eshitish
xonalari tashkil qilinmoqda. 
Ko‘pchilik   o‘rta   maxsus   ta’lim   muassasalarida   KAJT   bo‘yicha   ommaviy   sport
tadbirlari   o‘tkazilmoqda.   Bu   tadbirlarning   kasbiy-amaliy   yo‘nalishi   kollejlararo
spartakiadalar   maqomini   olgan.   Musobaqa   dasturiga   alohida   kasbiy-amaliy
jismoniy mashqlar, maxsus amaliy sport turlari kiritilgan. Har bir o‘quvchi KAJT
bo‘yicha musobaqalarda qatnashib nafaqat yuqori shaxsiy natijaga erishishi, balki
o‘z guruhi, kursi, bo‘limi, kolleji sharafini munosib himoya qilishi lozim.
KAJT bo‘yicha musobaqa dasturiga quyidagi mashqlar kiritilgan. 
1.
Bir   oyoqni   yerga   tekkizmay   oldinga   uzatib,   boshqasi   bilano‘tirib-turish.
Chap, o‘ng qo‘llar oldinga („to‘pponcha“ qilib) uzatilgan holda. 
12 2.
Oyoqlar   gimnastika   skameykasi   ustida,   gavdani   to‘g‘ritutib,   yerga   tayanib
qo‘llarni bukish va yozish. 
3.
Toshni   gimnastika   skameykasidan   oshirib,   bir   gal   utomonga,   bir   gal   bu
tomonga   olib   qo‘yish.   Tizzalarda   turib,   toshlarni   o‘ng   va   chapga   olib
qo‘yish. 
Mashq   bir   daqiqa   mobaynida   bajariladi.   Bunda   toshning   o‘rindiq   orqali   necha
marta olib o‘tilgani hisobga olinadi. 
1.
Estafeta 3½2 m. 
a.
o‘tirib 5—8 kg to‘ldirma to‘p bilan siljish, to‘p bukilgan 
qo‘llarda, ko‘krak oldida; 
a.
qo‘llarga to‘g‘ri tayanib yotib, oyoq yordamisiz siljish; 
d) orqaga tayanib yotib, oldinga siljish. 
Musobaqa g‘oliblari ko‘pkurash turlari bo‘yicha aniqlanadi. (birinchi o‘ringa — 1
ochko, ikkinchi o‘ringa — 2 va hokazo).
Ishlab   chiqarishda   ishlovchilar   uchun   ommaviy   sport   tadbirlari   kasbiy-amaliy
maqsad   asosida   belgilanadi   va   keng   ko‘lamda   o‘tkaziladi.  Alohida   kasbiy-amaliy
jismoniy mashqlar sayohat va uchrashuvlar dasturiga, salomatlik va sport kunlari,
13 korxona   va   tashkilotlarning   an’anaviy   spartakiadalari,   „Alpomish“,   „Barchinoy“
maxsus testlari bo‘yicha brigada, sex va uchastkalar musobaqalariga kiritiladi. 
O‘quvchilarning   KAJT   individual   dasturida   mashg‘ulotning   maqsadi   aniq
ifodalanadi,   qulay   vositalar   belgilanadi.   Bunday   vositalar   maxsus   amaliy   sport
turlarining   alohida   unsurlari,   buyumlarsiz   jismoniy   mashqlar,   buyumlar,
espanderlar,   trenajor   va   boshqalar   bilan   bajarilishi,   shuningdek,   ularga   suv   va
chiniqish muolajalarini ham kiritish mumkin. Kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik
ko‘nikma va malakasini tezroq egallash maqsadida yaqin sport inshootida, istirohat
bog‘ida, o‘rmonlarda mustaqil ravishda shug‘ullanish ham yordam beradi.
Demak, mehnatni ilmiy tashkil qilish bo‘lajak xalq xo‘jaligi mutaxassislari oldiga
muhim   vazifalarni   qo‘yadi:   kasbiy   bilimlarni,   ko‘nikma   va   malakalarni   tez   va
mustahkam   o‘zlashtirish;   kelajakdagi   mehnatga   tayyorgarlikni   yanada   oshirish;
kasbiy zarur jismoniy va axloqiy sifatlarni oshirish; barcha a’zolarni chiniqtirish —
organizmni   issiq   va   sovuqqa,   ayrim   mehnat   sharoitiga   xos   bo‘lgan   zararli
ta’sirlarga   qarshiligini   oshirish.   Bu   vazifalar   sizning   qiziqishingiz   va   faol
qatnashishingiz,   jismoniy   tarbiyaga,   va   xususan,   KAJTga   ongli   munosabatda
bo‘lganingizdagina   muvaffaqiyatli   hal   etilishi   mumkin.   Siz   o‘qishni   tugatib
egallagan kasbingiz bo‘yicha ishga kelasiz. Qo‘yilgan vazifalarni hal qilishda sizga
jismoniy tarbiya sohasida olgan bilim, ko‘nikma va malakalaringiz yordam beradi. 
3.   Jismoniy   sifatlarni   tarbiyalash   metodikasi.     Jismoniy   sifatlarning   asosiy
belgilari  
Ijtimoiy-madaniy turmush sharoitlar, jismoniy mehnat va sportda jismoniy sifatlar
tushunchasi bir-biri bilan bevosita bog’langan. Ya'ni har kungi yurish-turish, o'quv
jarayoni   va   jismoniy   mehnatda   “chaqqon”,   “yengil”,   “abjir”,   “zo'r”,   “kuchli”,
“botir-jasur”,   “bardoshli-chidamli”   kabi   xalq   iboralari   ko'p   uchraydi.   Ularning
mazmunida   fanda   qo'llaniladigan   “chidamlilik”,   “kuchlilik”,   “egiluvchanlik”,
“chaqqonlik”   kabi   iboralar   jismoniy   sifatlar   deb   tushuniladi.   Bular   o'z   navbatida
14 “jismoniy   tayyorgarlik”,   “jismoniy   rivojlanish”,   “maxsus   jismoniy   tayyorgarlik”,
“sport   mahorati”,   “sport   shakli”   kabi   iboralar   va   tushunchalar   bilan
mujassamlashgan.   Ularning   eng   muhim   belgilari   haqida   ba'zi   fikr-mulohazalar
yuritish   mumkin   bo'ladi.
Chidamlilik belgilari  
Insonlarning   amaliy   faol   harakatlari,   shuningdek,   jismoniy   sifatlar   tana   (gavda)
a'zolarining   funktsiyalari   (faoliyati)   bilan   bevosita   bog’liqdir.   Ya'ni   barcha   faol
harakatlar inson tanasining tez harakat qilishini, ya'ni nafas olish, yurak urishi, qon
aylanishi,   ichki   a'zolarda   moddalarning   hazm   bo'lishi,   almashishini   ta'minlaydi.
Shu   asosda   juda   ko'p   biologik,   kimyoviy   va   fiziologik   o'zgarishlar   sodir   bo'ladi.
Bunday   faol   harakatlar   negizida   chidamlilikka   doir   mashqlar   alohida   o'rin   tutadi.
Chidamlilik   deganda,   ijtimoiy   turmush   sharoiti,   jismoniy   tarbiya   darslari,   sport
mashg’ulotlari  (trenirovka)  hamda sport musobaqalarida uchraydigan katta-kichik
qiyinchiliklarga   bardosh   berish,   chidash   va   uni   yengish   jarayonlari   tushuniladi.
Tabiiyki, bunday ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyatlar o'z-o'zidan paydo bo'lmaydi yoki
tug’ma   omil   emas.   Chidamlilik   belgilari   va   sifatlari   juda   ko'p   mashqlarni
takrorlash,   uzoq   vaqtlar   mashq   bo'lishini   talab   etadi.   Chidamlilikda   nafas   olish,
nafasni   ichda   saqlab   turish,   mushaklar   va   barcha   bo'g’inlarning   og’ir-yengil
harakatlarni bajarishga odatlanishi ustuvor turadi. Chidamlilik belgilari va sifatlar
ko'proq   quyidagi   faol   harakatlarda   uchraydi   va   belgilanadi.   1   Yengil   atletikaning
qisqa,   o'rta   va   ayniqsa   uzoq   masofalarga   (10-20   km.   va   undan   ortiq)   yugurish
jarayonlarida   nafas   olishning   qiyinlashishi,   oyoqlar   va   qo'llarning   charchashi,
holsizlanishi   sodir   bo'ladi.  Bu   qiyinchiliklarga  chidash   uchun  juda   ko'p   yugurish,
mashq qilish lozim bo'ladi. Bu sifatlarni tarbiyalashda suvda suzish, piyoda yurish
sayohatlari bilan qo'shimcha shug’ullanish tavsiya etiladi.
2.   Kurash,   boks,   shtanga,   qo'l   kuchini   sinash   kabi   sport   turlarida   mushaklar
harakati   (dinamik   holat)   yoki   harakatsiz   (statistik   holat)   ushlab   turish   (shtanga
ko'krakda   tutish)   mashqlarida   tana   a'zolari   (mushak,   bo'g’in,   nafasni   saqlash,
15 chiqarish   va   h.k.)   zo'riqadi.   Natijada   nafas   olish   tezlashishi,   qon   tomirlari-yurak
urishi   kuchayishi   kabi   fiziologik   jarayonlar   yuzaga   keladi.   Ayniqsa,   qo'llar,   elka,
bel   va   natijasida   yuqoridagi   faoliyatlar   yengil   o'tishini   yoki   ularga   chidash
imkoniyatlari   yaratiladi.3.   Suvda   suzish,   futbol   o'yini   (90   daqiqa   davomida
yugurish,   to'p   surish)   va   boshqa   sport   turlarida   ham   u   yoki   bu   darajada   toliqishi
tabiiydir. Ularni yengish va bardosh berish uchun har bir shug’ullanuvchi ko'proq
mashq   bo'lishini   talab   etiladi.   O'quvchi   yoshlar   va   talabalar   jismoniy   tarbiya
darslarida   (yengil   atletika,   gimnastika,   kurash   va   h.k.)   charchashi,   toliqishi
tabiiydir.   Chunki   ko'pchilik   yoshlarda   jismoniy   tayyorgarlik   va   maxsus
tayyorgarlik   jihatlari   to'la   yetishmaydi.   Shu   sababdan   eng   avvalo,   jismoniy
rivojlanish   va   maxsus   jismoniy   tayyorgarliklarga   ega   bo'lishi   lozimdir.  
Kuchlilik belgilari  
Kuchlilik-jismoniy sifatlarning asosi (otasi) hisoblanadi. Chunki uning qo'llanilish
va bajarilish xususiyatlar, turlari barcha amaliy harakat faoliyatlarda, shuningdek,
barcha   sport   turlarida   o'ziga   xos   yo'l   bilan   qo'llaniladi   va   zaruriyati,   ehtiyoji
tug’iladi.   Sport   sohasida   kuchlilik   asosan   shtanga,   kurash,   boks,   qo'l   kuchini
sinash,   tosh   (gir)   ko'tarishda   qo'llaniladi.   Yuqorida   ta'kidlangan   sport   turlarida
mushaklarning   tortish,   cho'zish,   itarish,   urish,   saqlab   turish   (shtanga)   va   h.k.
harakatlari orqali amalga oshiriladi.Bunda har bir sport turining xususiyati, texnik-
taktik   jihatdan   harakatlarni   bajarishda   sekin,   tez   va   tez-kuch   sifatlar   ishlatiladi.
Mushaklarning   kuchi   (dinomometriya,   stanometriya)   va   harakat   tezligi
(sekundomer,   komppyuter   va   h.k.)   asosiy   o'rinda   turadi,   ular   maxsus   asboblar
orqali o'lchanadi.Harakat tezligi (suzish, yugurish, to'pni urish, tepish va h.k.) kuch
bilan bog’liq bo'lishi  mumkin. Ya'ni  suzish, yugurish, to'pni  darvozaga zarb-kuch
bilan   tepishda   texnik-taktik   harakatlar,   tezlik   va   kuchlar   bir-biri   bilan   bog’lanib
ketadi.Turnikda   qo'llarga   osilib   tortilishda   kuch   va   bajarish   usuli   (texnik)   o'zaro
bog’liqdir.   Ya'ni   elka,   bo'yin   va   boshini   yuqoriga   ko'tarishda   tezlik,   oyoqlarni
to’g’ri tutgan holda oldinga ozroq ko'tarish qo'llarda tortilishiga qulaylik tuqdiradi.
16 Demak, kuchli  bo'lish  uchun tezlik sifatlarni  ham  egallash  lozim  bo'ladi.Ijtimoiy-
madaniy turmush sharoitimizda kuch ko'p ishlatiladi, masalan:
•   to'la   qopni   (50-70   kg)   ulovlarga   (ot,   eshak,   mashina)   ko'tarib   ortish   yoki   uni
tushirish. Bundan qo'llar, bel, oyoqlarda kuch bo'lishi lozim. Bu faoliyatni bajarish
texnikasi ham turli xil bo'lishi mumkin. Ya'ni ikki qo'lda ko'tarish yoki quchoqlab
olib ko'tarish; 
•   qishloq   sharoitlarda   kurash   va   ko'pkari   (uloq)   o'yinlarida   “polvon”   (kuchli)   va
chovondoz-polvon (yengil-kuchli) iboralari qadimdan buyon ishlatilib kelinadi. Bu
fazilat   va   jismoniy   sifatga   (kuchli)   ega   bo'lish   uchun   ular   ko'p   yillar   davomida
mashqlar qiladi. Unda turli xil vositalar va usullardan foydalaniladi.
Xulosa shundaki, kuchli-polvon-chovondoz bo'lish uchun tug’ma qobiliyatlar ham
bo'lishi   kerak   va   ularni   tinimsiz   mashq   qilish   bilan   rivojlantirish   lozimdir.  
Egiluvchichanlik belgilar  
Egiluvchanlik   belgisi   va   sifati   ijtimoiy-turmush,   mehnat   va   sportda   muhim
ahamiyatga egadir. Chunki har qanday amaliy harakat faoliyatlarda har tomonlama
egilish,   bukilish,   o'tirib-turish,   yotish,   kerilish,   do'mbaloq   oshish   kabi   faol
harakatlar   bajarilishi   tabiiydir.   Bu   belgilar   hamda   jismoniy   sifatlarni   bajarishda
mushaklar, paylarning yumshoqligi, qayishqoqligi, bo'g’inlar egiluvchanligi asosiy
o'rinda  turadi.  Misol  tariqasida  quyidagi  turlar,  sifatlarni  ko'z   oldiga  keltirishning
o'zi kifoyadir, ya'ni:
• gimnastika  (erkin mashqlar), badiiy  gimnastika,  akrobatika, sinxron  suzish  (suv
osti   nafis   gimnastikasi)   va   boshqa   mashqlarda   tezlik,   kuchlilik   sifatlar   bilan
egiluvchanlik holatlar mujassamlashib ketgan; 
17 •   shtanga   ko'tarishda   tizzalarga   turish,   shtangani   ko'krakda   saqlash   (tirsaklar
bukilishi),   kurashdagi   turli   xil   olishuvlar,   elkadan   oshirib   yiqilishdagi   holatlarda
egiluvchanlik xususiyatlar katta ahamiyatga egadir.
•   Boshqa   sport   turlarida   ham   o'zlariga   xos   egiluvchanlik   harakatlar   mavjud.
Jismoniy   sifatlarni   tarbiyalashda   trenajyor   mashqlari,   akrobatika,   gimnastika,
suvda suzish kabi turlardan maqsadli foydalaniladi. 
O'quvchi-yoshlar   va   talabalar   ham   jismoniy   tarbiya   darslarida   gimnastika,
akrobatika,   kurash   elementlarini   bajarishga   odatlanishi   va   hayotda   uchraydigan
turli-tuman   harakatlarda   egiluvchanlik   xususiyatlaridan   maqsadli   foydalanishni
o'rganishlari   lozim.   Xulosa   qilib   aytganda   egiluvchanlik   mashqlari   mushaklar,
ularning   tolalarini   harakatlantirishda,   ayniqsa,   umurtqa   pog’onalari,   gavdadagi
barcha bo'qinlarning harakatchanligini ta'minlashda xizmat qilishi bilan o'ziga xos
sifatlarga   egadir.
Chaqqonlik belgilari  
Chaqqonlik-tezlik,   epchillik,   abjirlik   kabi   jismoniy   sifat   belgilarining
mujassamlashishidir. Bunda mushak harakatlari va asab tolalari muhim vazifalarni
bajaradi.   O'z   navbatida   esa   bo'g’inlarda   suyaklarga   tutashgan   paylar,   mushak
tolalarining mustahkam bo'lishi, suyaklarni tutib turishda xizmat qiladi chunki, tez
harakat qilishda bo'g’inlarning bo'shashi, cho'zilishi natijasida suyaklar o'z joyidan
qo'zqalishi,   chiqib   ketishi   mumkin.   Bunday   holatlar   yuz   bermasligi   uchun
mushaklarni   kuch,   egilish   va   chidash   yo'llari   bilan   tezlik,   chaqqonlikda   ham
tarbiyalash,   chiniqtirish,   mustahkamlash   amalga   oshiriladi.   Chaqqonlik   belgisi   va
sifatini tarbiyalashda juda ko'p xilma-xil mashqlar ishlatiladi. Ular nafas olish, qon
aylanish,   yurak   urishi   tizimlarini   tezlashtirish,   chiniqtirish   bilan   birgalikda   tana
(gavda)   a'zolarining   harakat   birligini   (kuch,   egilish,   chidash,   tez)
ta'minlaydi.Masalan:   30,60,   100   m   masofalardagi   vaqtga   yugurish   o'quvchi-
yoshlar,   talabalar   va   sportchilardan   o'ta   chaqqonlik,   tezlikni   talab   etadi.   Yoki
balandlikdan (130, 140, 150 sm) tez va oson sakrab o'tishda chaqqonlik, epchillik
18 kabi sifatlar ancha ustun turadi.Chaqqon belgilari (abjir, tez, yengil va h.k.) futbol,
basketbol,   voleybol,   tennis   kabi   sport   o'yinlarida   ko'proq   namoyon   bo'ladi.   Ya'ni
to'pni raqibdan aldab olish, uni zudlik bilan sherigi yoki darvoza tomon yuritish, 3-
4   kishini   aldab   o'tib,   to'pni   darvozaga   tepib   yoki   bosh,   ko'krak,   elka   bilan   urib
kiritish.   Bunday   holatlar   basketbolda   to'pni   yuritish,   savatga   tushirishda   hamda
voleybolda   yerga   tushay   degan   to'pni   etib   olib,   uni   sherigiga   uzatish,   to'pni   to'r
ustidan   zarb   bilan   urib   raqiblar   maydoniga   tushirish   kabi   murakkab   harakatlarda
ko'rish   mumkin   bo'ladi.Xulosa   qilganda,   Chaqqonlik   sport   turlarining   barchasida
qo'llanuvchi   eng   muhim   jismoniy   sifatlardan   biridir.Umuman   aytganda   jismoniy
sifatlar   turmush   sharoit   va   ayniqsa   sportda   eng   zaruriy   omillardan   biri   bo'lib
hisoblanadi.
Jismoniy   sifatlarni   tarbiyalash   va   ta'minlashda   maxsus   jismoniy   tayyorgarliklar
muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan: qishki sport turlarida (futbol, suvda suzish,
sport   o'yinlari,   qishki   sport   turlari   va   h.k.)   maxsus   jismoniy   tayyorgarlik   usullari
ko'proq   qo'llaniladi.   Ya'ni   musobaqalar   nihoyasiga   etgach,   qisqa   tayyorgarlik
jarayonlarida   maxsus   jismoniy   mashqlardan   (gimnastika,   akrobatika,   shtanga,
suvda   suzish,   trenajyor   mashqlari   va   h.k.)   maqsadli   foydalanadi   va   jismoniy
tayyorgarlik, sport mahoratlarni ta'minlaydi. Bunday holatlar boshqa sport turlarida
ham   o'ziga   xos   ravishda   qo'llaniladi.Xulosa   qilib   aytilsa,   jismoniy   madaniyat   va
sport   harakatida   jismoniy   tayyorgarliklar   (umumiy   va   maxsus)   asosan
shug’ullanuvchilarning   jismoniy   sifatlarini   (chidam,   kuch,   egiluvchanlik,
chaqqonlikva   h.k.)   tarbiyalash,   ular   orqali   mahorat   ortirishga   qaratiladi.O'quv
yurtlari,   maktabgacha   tarbiya   muassasalari   va   ishlab   chiqarishda   qo'llaniladigan
jismoniy   tarbiya   vositalari,   o'tkaziladigan   ommaviy   jismoniy   tarbiya-sport
tadbirlari aholining, ayniqsa, o'quvchi yoshlarning jismoniy barkamol bo'lishlarida
xizmat   qiladi.   Shu   asosda   iqtidorli   yoshlarning   umumiy   va   maxsus   jismoniy
tayyorgarliklarini   tarbiyalash   yo'li   bilan   ularni   sportga   safarbar   etishda   maqsadli
foydalaniladi.   Bu   jihatlarni   talabalar   mukammal   rivishda   egallashlari   lozimdir.  
19 Jismoniy tarbiyada sportning o'rni  
Sport jismoniy tarbiyaning eng yuqori cho'qqisi va asosiy omili hisoblanadi. Sport
bilan   shug’ullanuvchilardan   yuqori   malaka,   mahorat   talab   etish   bilan   birga,   tana
(gavda)   a'zolarining   mukammal   rivojlanishi   va   murakkab   harakatlarni   bajarishga
tayyorlaydi. Shu asosda u shug’ullanuvchilarning ma'lum darajadagi faoliyatlarini
yakunlashga (razryad talablari, chempion, rekord va h.k.) asos bo'ladi.Sport turlari
o'zining   mazmuni,   qoidalari   va   texnik-taktik   jihatlari   bilan   bir-biridan   jiddiy   farq
qilsa-da,   sportchilarning   jismoniy   sifatlari   u   yoki   bu   darajada   etarli   bo'lishini
taqozo   etadi.   Jismoniy   tarbiya   tizimida   sport   katta   o'rin   egallamoqda.   Barcha
bolalarning   ilk   jismoniy   mashqlari   mazmunida   yurish,   yugurish,   sakrash,
uloqtirish, muvozanat saqlash, to'p o'yinlari orqali kurash va boshqa juda ko'p sport
elementlari   o'z   ifodasini   topgan.   O'quv   yurtlaridagi   “Jismoniy   tarbiya”   dasturida
yengil   atletika,   gimnastika,   futbol,   voleybol,   basketbol,   qo'l   to'pi,   suzish,   kurash,
xalq   milliy   harakatli   o'yinlari   o'z   o'rniga   ega.   Bu   turlar   o'ta   yuqori   sport   talablari
(klassifikatsiya)   darajasida   bo'lmasa-da,   u   jismoniy   tarbiya   vositasi   sifatida   o'z
talablari,   me'yorlari,   miqdorlariga   (me'yoriy   asoslar)   ega.   Bu   talablar   jismoniy
tarbiya   nazariyasi   va   amaliyoti   asosida   ishlab   chiqilib,   qonunlashtirilgan,   ya'ni
dasturga   kiritilgan.   Davlat   ta'lim   standartlari   (1999)   asosida   tasdiqlangan   va
amalda   qo'llanilayotgan   “jismoniy   tarbiya”   dasturi   o'quvchi-yoshlar   va
talabalarning   umumiy   jismoniy   tayyorgarligini   ta'minlash   bilangina   chegaralanib
qolmaydi. Uning mazmunidagi sport turlari elementlari iqtidorli yoshlarni haqiqiy
sportga   (mashg’ulotlar,   musobaqalar)   safarbar   etmoqda.   Shu   sababdan   “Umid
nihollari”,   “Barkamol   avlod”,   “Universiada”   kabi   nufuzli   sport   musobaqalari   eng
avvalo, o'quv yurtlaridan boshlanib, ularning yakuni Respublika miqiyosidagi katta
sport   bayramlari   bilan   nihoyasiga   etadi.   Bunday   ulkan   musobaqalarda   yuqori
natijaga erishgan sportchi yoshlar Respublika terma jamoalariga jalb etilib, maxsus
tayyorgarlik va mahorat yo'llaridan o'tadi. Iqtidorli sportchilar esa Osiyo va Jahon
miqiyosidagi   eng   yirik   sport   musobaqalarida   qatnashishga   muyassar   bo'lmoqda.
20 Xullas,   sport   jismoniy   tarbiyaning   asosiy   vositasi,   jismoniy   tayyorgarlik   va   sport
mahoratini   oshirish   maktabi   hisoblanadi.   Bu   esa   O'zbekiston   shuhratini   jahonga
tanishtirish va yanada kengaytirishda xizmat qilmoqda. Shu sababdan O'zbekiston
sportini   yuqori   pog’onalarga   baland   ko'tarish   yo'lida   katta   tadbirlar   amalga
oshirilmoqda.   Bunda   Respublika   hukumati   bevosita   g’amho'rlik
qilmoqda.“O'zbekiston   Bolalar   sportini   rivojlantirish   jamg’armasini   tuzish
to’g’risida”gi   prezidentning   farmoni   (24   oktyabr   2002   y.)   va   shu   asosda   qabul
qilingan   hukumat   qarori   (30   oktyabr   2002   y.)   barcha   tuman   va   shaharlarda   sport
maktablarining   ish   faoliyatini   qayta   ko'rib   chiqish   va   ularni   zarur   sharoitlar   bilan
ta'minlash   yo'lida   ishlar   qizg’in   bormoqda.   Bu   muhim   va   o'ta   ma'suliyatli
tadbirning   negizida   yurtimizda   jismoniy   tarbiya   tizimini   takomillashtirish   va
sportni   ommalashtirish   bilan   bir   qatorda   uni   yuqori   cho'qqilarga   ko'tarishga
qaratilgan,   talabalar   qanday   kasb-hunar   egallamasin   va   qaysi   tarmoqda   kelajakda
mehnat   faoliyatlarini   yuritmasin   aholi   o'rtasida   jismoniy   tarbiya   va   sportning
rivojlanishiga   o'z   hissalarini   qo'shish   yo'l-yo'riqlarini   egallashlari   zarurdir.  
4.   Kichik   yoshdagi   bolalarga   beiladigan   harakatli   o’yinlar.  
Mazkur yoshdagi bolalarga mos xarakatli o‘yinlar jismoniy tarbiya darsining asosi
xisoblanadi.   Shuning   uchun   maktab   dasturida   o‘yinlar   boshqa   materiallarga
nisbatan   ko‘proq   o‘rin   oladi.   Buning   sababi   shuki,   dasto‘rga   kiritilgan   xar   xil
jismoniy   mashqlarni   bolalar   turli   o‘yinlar   vositasida   osonroq   idrok   qiladilar   va
o‘zlashtiradilar.   Masalan,   ularga   yugurib   kelib   uzunlikka   sakrashni   o‘rgatish
bo‘yicha aloxida mashg‘ulot o‘tkazilsa, o‘qituvchi qo‘ygan vazifa amalga oshmay
qolishi   mumkin.   Chunki   mashqni   tushuntirish,   amalda   kursatish,   bajarish   va
qanday   bajarilganini   aniqlash,   xatolarni   tuzatish   va   xokazolar   bolalar   uchun
zerikarli   bo‘ladi.   Agar   bu   ishda   "Buri   zovur   ichida"   o‘yiniidan   foydalansa,
maqsadga   osongina   erishiladi.   III-IV   sinflarda   xarakatli   o‘yinlarning   asosan
darsning asosiy  va yakunlovchi qismida o‘tkazish tavsiya etiladi, chunki dasturda
darsning   kirish   qismida   saf   mashqlarini   o‘tkazish   belgilangan.   O‘yinlarda
yugurish,   sakrash,   uloqtirish   yoki   irg‘itish   kabi   harakatlar   bajarilishiga   aloxida
21 e'tibor   berish   lozim.   Bu   yoshdagi   bolalar   bilan   asosan   oddiy   va   o‘rtacha
murakkablikdagi   o‘yinlar   o‘tkaziladi.   Agar   bolalar   yetarli   tayyorlangan   bo‘lsa,
yanada   murakkabroq,   ya'ni   komandalarga   bo‘linib   ijro   etiladigan   o‘yinlarni   xam
o‘tkazish mumkin. Bolalar bu o‘yinlarda "Bir qishi xamma uchun, hamma bir qishi
uchun"   prinsipi   bo‘yicha   birgalikda   harakat   qiliishni   o‘rganadilar.   Bu   xol   butun
jamoaning,   komandadagi   barcha   ishtirokchilarining   ma'suliyatini   orttiradi.
Komandali   o‘yinlar   yetarli   darajada   chaqqonlik,   xozirjavoblik,   farosatlik   va
jismoniy   tayyorgarlikni   talab   qiladi   va   ayni   vaqtda   bu   xususiyatlarni
takomillashtiradi.   Jismoniy   tarbiya   darslari   ko‘pincha   turli   o‘yinlardan   iborat
bo‘ladi   va   ularga   gimnastika   xamda   sport   o‘yinlarining   asosiy   turlari   basketbol,
voleybol   va   xokazolar   xam   kiritiladi.   O‘qituvchi   xarakatli   o‘yinlar   yordamida
jismoniy   mashg‘ulotlarni   qiziqarli   o‘tqazadi   va   III-VI   sinf   o‘quvchilarida   turli
harakat   ko‘nikmalarini   xosil   qiladi.   III-VI   sinf   o‘quvchilari   xarakatli   o‘yinlarda
qatnashganlarida   ularning   harakatlari   faollashib,   tartibli   va   aniqroq   bo‘lib   boradi.
9-10  yoshli   bolalarning  o‘yinlari  birmuncha  murakkablashtiriladi.  Agar   o‘qtuvchi
o‘z oldiga o‘quvchilarda sportning biror turi bo‘yicha harakat ko‘nikmalarini xosil
qilish   vazifasini   qo‘ysa,   ayrim   darslar   shu   vazifani   bajarishda   yordam   beradigan
o‘yinlardan iborat bo‘lishi  mumkin. Shuni xam nazarda tutish xam kerakki, o‘yin
darslarinii   o‘tkazish   o‘quvchilardan   ayrim   o‘yin   harakatlarini   ko‘nikmalariga   ega
bo‘lishni talab qiladi. O‘yin darslarini xar o‘quv choragini oxirgi o‘n kunliklarida
o‘tkazish   maqsadga   muvoofiqdir.   Chunki   shunda   o‘qituvchiga   bolalar   qanday
harakat ko‘nikmalarini egallagani imkonini beradi. Xarakatli o‘yinlar III-VI sinflar
darsliklarida xam ancha keng o‘rin oladi. Bu sinflardagi xarakatli o‘yinlar jismoniy
tarbiya   darslarida   xosil   qilingan   harakat   ko‘nikmalarini   takomilashtirish   va
mustaxkamlash   uchun   xizmat   qiladi.   Darsning   asosiy   qismi   muayyan   vazifani
amalga   oshirishga   masalan,   basketbol   o‘yining   asosiy   elementlarini   o‘rgatishga
doir   o‘yin   materiallaridan   iborat   bo‘lsa,   uning   kirish   qismida   "To‘plar   poygasi"
singari   xarakatli   o‘yinlardan   foydalanish   mumkin.   Bunday   xollarda   darsning
asosiy qismiga "Ovchilar va o‘rdaklar", "Otishma" o‘yinlari kiritiladi. O‘yinlardan
foydalanishda   faqat   ularning   elementlari   kanchalik   tez   bajarilganini   emas,   balki
22 bajarilish   sifatlarini   xam   aloxida   xisobga   olish   zarur.  
5. Harakatlarni va jismoniy sifatlarni tarbiyalashdagi qat’iy tartiblashtirilgan
mashq uslubi.  
Rivojlanishning   o‘sib   borishida   uchta   fazani   ajratish   mumkin:   rivojlanish
darajasining ko‘tarilishi, nisbatan barqarorligi va inson jismoniy imkoniyatlarining
asta-sekin   pasayishi.   eng   jo‘shqin   rivojlanish   maktabgacha   va   kichik   maktab
yoshiga to‘g‘ri keladi hamda maktabda ta’lim olishning barcha davrlari mobaynida
davom etadi.
Jismoniy rivojlanish ob’ektiv biologik qonunlarga bo‘ysunadi. Bu qonunlardan eng
muhimi   muhit   va   organizm   rivojlanishining   birligi   qonunidir.   O‘qituvchi
bolalarning   dam   olishini   tashkillashtirishi,   mustaqil   ishlar   va   mehnatni,   o‘qish
sharoitini   hisobga   olishi   kerak.   Bularning   hammasi   bolalarning   jismoniy
rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadigan omillardir. 
Jismoniy rivojlanish uchun shart-sharoit yaratish iste’dodli bolalarni tanlab olishga
imkoniyat yaratadi. CHunki iste’dod nasldan-naslga o‘tadi. SHuning uchun yuqori
sport natijalariga har qanday o‘quvchi ham erisha olmaydi. Har bir shug‘ullanuvchi
maqsadga   yo‘naltirilgan   mashg‘ulotlarga   muntazam,   vijdonan   ishtirok   etish
sharoitida   o‘zining   jismonan   yaxshi   rivojlanishini   ta’minlashi   mumkin,   biroq
organizm   himoyasi   va   mehnatda   munosib   muvaffaqiyatlarga   erishish   uchun
sharoitlar   yaratish   zarur.   Bunday   rivojlanishga   erishish   uchun   “Jismoniy   tarbiya”
nomini olgan maxsus yo‘naltirilgan va tashkillashtirilgan faoliyatdan foydalaniladi.
23 1-chizma.   Jismoniy   tarbiya   maqsadga   muvofiq   yo‘naltirilgan   pedagogik   jarayon
bo‘lib,   harakat   ko‘nikma   va   malakalarini   shakllantirish   va   jismoniy   sifatlarni
rivojlantirishga qaratilgan.
Jismoniy   tarbiyaga   tegishli   o‘ziga   xos   vazifalardan   kelib   chiqib,   uning   jismoniy
ta’lim   berish   va   jismoniy   sifatlarni   tarbiyalash   kabi   ikki   tomonini   qarab   chiqish
mumkin. 
Jismoniy   ta’lim   o‘quvchilarning   muayyan   bilimlarni   egallashi,   jismoniy
mashqlarni bajarishi va ularni hayotga tatbiq eta olishini ko‘zda tutadi.
Jismoniy sifatlarni tarbiyalashga quyidagilar kiradi: kuch va tezkorlikda namoyon
bo‘lish   natijalarini   oshirish,   chidamlilik,   chaqqonlik   ko‘nikmalarini   yaxshilash.
24 YAgona   jarayonning   bu   tomonlari   o‘zaro   mustahkam   bog‘langan,   masalan,   agar
o‘quvchilar yugurish mashqlarini, ularning texnikasini o‘zlashtirish maqsadi  bilan
ko‘p   marta   takrorlasalar,   u   holda   bir   vaqtning   o‘zida   kuch,   tezkorlik,   chidamlilik
ham   tarbiyalanadi.   Ikkinchi   tomondan   yugurish   mashqlari   katta   tezlik   bilan
(tezlikni tarbiyalash uchun) ko‘p marta bajarilsa, bu texnikaning takomillashishiga
va mustahkamlanishiga ko‘maklashadi. 
Jismoniy mashqlarni bajarish jarayoni shug‘ullanuvchilarga nafaqat jismoniy, balki
ma’naviy   ta’sir   ham   ko‘rsatadi.   Buning   oqibatida   bu   jarayon   tarbiya   vazifalarini
echish uchun qulay sharoitlar yaratadi (1-chizma).
25 Adabiy o tlar
1. A.N.N о rmur о d о v.  Jism о niy tarbiya  T.,1998
2. T.Usm о nxo’jaev,  F.Xo’jaev.  1001  ў yin  T.,1990
3. A.V.Keneman, D.V.Xuxlaeva   Maktabgacha tarbiya yoshidagi b о lalarni 
jism о niy tarbiyalash nazariyasi va met о dikasi.  T.,1988
4. V.G.Frоlоv.  Sayrda jismоniy tarbiya mash g ’ulоtlar,  o ’yinlari va mash q lari.  T.,
O ’ q ituvchi 1990 y.
26

Suvda o’ynaladigan harakatli o’yinlar. Reja 1. Suvda o’ynaladigan harakatli o’yinlar. 2. Ishlab chiqarishda kasbiy amaliy tayyorgarlik. 3. Jismoniy sifatlarni tarbiyalash metodikasi. 4. Kichik yoshdagi bolalarga beiladigan harakatli o’yinlar. 5. Harakatlarni va jismoniy sifatlarni tarbiyalashdagi qat’iy tartiblashtirilgan mashq uslubi. 1

Suvda о ‘tkaziladigan о yinlar: «Suvda quvlashmachoq», «Tez suzish», «Suv ostida suzish», «Qurbaqa va laylak», «Cho’rtan baliq». Suvda o ‘tkaziladigan musobaqalar ham alohida diqqatga sazovordir. Suv mashqlaridan biri bo'lgan g‘owoslik juda qadimiy kasblardan biri bo‘lib, devonda suv bahslarining ikki turi uchraydi: birinchisi — suvda cho‘milish, sho‘ng‘ish, suvdan suzib o‘tish, suv kechish, suvda quvlashmoq. suvga biron narsani, masalan, suvda cho‘kmaydigan yog‘och, biror ashyoni tashlamoq; ikkinchisi — ermak, ko‘ngil ochish mashg'ulotlari ma’nosidagi o‘yinJardir. Bular. suv yoki sut simirmoq, suv ustida yalpoq toshni kim o‘zarga otmoq, ya’ni babslashmoq. Hozirgi paytda bolalar buni «qaymoq» o‘yini deb o‘ynashadi. O'yinda toshning suvga necha marta tegib sakrab «qaymoq» hosil qilishini e’tiborga olinadi va kim ko‘p «qaymoq» hosil qilsa, o'sha g'oiib sanaladi. Devonda bolalar o‘yinlarining turi ko‘p uchraydi. Ularning ba’zilari yo‘l-yo‘lakay sanab o ‘tilgan bo‘Isa, ba’zi-bir o‘yinlar tafsiloti bilan keltirilgan. Masalan: bolalaming qorong‘ida kelib «kurgon» olishlari — «Ko‘ragumi» deyilsa, bir to ‘daning ikkinchi to‘dani chaqqonlik bilan asir olishlari «Bandol» deb atalgan. Shuningdek, «Jangli-mangli» degan o‘yin turi ham bor. Oshiq o‘yini, to‘p o‘yini, cho‘pon bolalar o'yinlari, chillak o'yinlari, qizlarning arg‘imchoq o‘yifilari ham birma-bir sanab octilgan. 0‘sha davrdagi ko‘pgina o‘yinlar bolalaming hozirgi davrdagi o‘yinlarini eslatadi. Masalan, «0‘tish-o‘tish» deb atalgan o‘yin «Kesak kuydi», «Darra soldi», «Musht ketdi» o‘yinlariga o‘xshab ketadi. Amudaryo va Sirdaryo sohillarida, Orol etaklarida, shuningdek, yaqin joylardagi soylar, anhorlar, hovuzlar va ko‘l bo‘ylarida bolalaming «Muguz-muguz» nomli qadimiy o‘yini o‘ynalgan. Devonda «Oqsuyak» o'yini misol tariqasida keltiriladi. Alisher Navoiy ham o‘zinmg «Mahbub ul-qulub» asarida «Oqsuyak» o‘yinining ta’riflni beradi. Mahmud Qoshg‘ariy devoni XI asrda bitilgan bo‘lsa, Alisher Navoiyning «Mahbub ul- qulub» asari XV asrda yozilgan. Hozirgi paytda ham bolalar «Oqsuyak» o‘yinini xuddi o‘sha qoida asosida o‘ynaydilar. «Oqsuyak» o‘yini nafaqat 0 ‘rta Osiyoda, balki yer kurrasining ko‘p joylarida keng tarqalgan. Bu o‘yinni Yevropaning 2

Skandinaviya mamlakatlari xalqlari etnografiyasiga oid adabiyotlarda o‘qish mumkin. Hattoki, ushbu о ‘vin Avstraliyada ham uchraydi. Aslida, xalq o‘yinlari hech qachon chegara bilmaydi. Aksincha, o‘yin!ar xalqlar, elatlar orasidagi o‘zaro do‘stlik, qon-qardoshlik rishtalarini mustahkamlash uchun xizmat qiladi. 2. Ishlab chiqarishda kasbiy amaliy tayyorgarlik. Jismoniy tarbiya tizimining asosiy tamoyili jismoniy madaniyat va sportning kishilar mehnati va mudofaa faoliyati bilan aloqasi hisoblanadi. Amaliyotda jismoniy madaniyat va sportdan mehnatni ilmiy tashkil qilishda (MIT), kasbiy- amaliy jismoniy tayyorgarlik (KAJT) va harbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik (HÀJT) deb ataladigan shakllardan foydalaniladi. Kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik quyidagi vazifalarni hal qilishga qaratilgan: — o‘quvchilarning mehnat operatsiyalarini muvaffaqiyatli bajarishlari uchun ularga zarur jismoniy sifatlar to‘g‘risida, kasb haqida amaliy bilimlarni o‘rgatish; — o‘quvchilarda bo‘lajak mutaxassislikning ishlab chiqarish mehnatiga ta’sir ko‘rsatadigan harakat, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish; — ularda jismoniy va ruhiy sifatlarni tarbiyalashga, mehnat operatsiyalarini hamda kasbni tez o‘zlashtirishga ta’sir ko‘rsatish; — ishlab chiqarishda toliqishning oldini olish, kuchlarni tez va to‘liq tiklash uchun faol dam olish vositalaridan foydalanishga o‘rgatish; — hayot faoliyati, mehnat operatsiyasi jarayonida kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik va egiluvchanlikni oshira borib, ishlayotganlar o‘rtasida ishlab chiqarish shikastlanishining oldini olish. O‘rta maxsus o‘quv muassasalarining jismoniy tarbiya dasturida o‘quvchilarni KAJTning nazariy asoslari bilan tanishtirish ko‘zda tutilgan. Chunonchi, ularni 3

ayrim kasbiy-amaliy jismoniy mashqlarga o‘rgatish, asosiy jismoniy sifatlarni o‘zida tarbiyalash hamda ularni kasbiy-amaliy sport turlari bo‘yicha oddiy musobaqalarda qatnashishga tayyorlash shular jumlasidandir. KAJTning vazifalarini tushunishda kerakli bilim, ko‘nikma va malakani egallash, ularni amaliyotda samarali qo‘llash, mutaxassislarning mehnat sharoitlarini oqilona tahlil qilish, ularning jismoniy tayyorgarligiga bo‘lgan talablarini o‘rganish muhim hisoblanadi. Mutaxassislar mehnat sharoiti va ularning jismoniy tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablar Har xil mehnat turlariga tavsif berganda uning jismoniy og‘irligi va asab-ruhiy tizimga ko‘rsatgan ta’siriga e’tibor qaratiladi. Mehnatning jismoniy og‘irligi deganda ish vaqtida jismoniy zo‘r berish hajmining yig‘indisi tushuniladi. Mehnatning asabruhiy zo‘riqishi deb ish bajarish paytidagi emotsional yuklama darajasiga aytiladi. Mehnatning asab-ruhiy zo‘riqishi aqliy va jismoniy turlarga ajratiladi. Mehnatning bu ikki asosiy turi uchinchi — aralash mehnat turini keltirib chiqaradi. Jismoniy og‘ir mehnatga kon qazuvchi va po‘lat quyuvchilarning kasblarini namuna qilib ko‘rsatish mumkin. Bu mehnat faoliyati zamirida sezilarli muskul zo‘riqishi yotadi. Og‘ir jismoniy mehnat turiga, shuningdek, yengil atletika, velopoyga, og‘ir atletika, chang‘i sporti va boshqalar ham kirishi mumkin. Aqliy mehnat turiga hisobchi xodimlar, EHM operatorlari va dastur tuzuvchilar, olimlar, ijodkor kishilar va boshqalarning mehnatini kiritish mumkin. Shunga qaramay ularning faoliyatida to‘liq yoki qisman jismoniy mehnat komponenti ishtirok etadi. 4

Texnika taraqqiyoti bilan og‘ir ishlab chiqarish mehnati ko‘proq har xil mexanizmlar zimmasiga yuklatilmoqda, insonga esa aksariyat hollarda boshqarish va nazorat qilish vazifasi qolyapti. Ishlab chiqarish avtomatlashgani sari inson mehnati jarayonida jismoniy yuklama doimiy ravishda kamayib bormoqda. Biroq hali ham yordamchi ishchilar, boshqaruvchilar, montajchilar, jihozlarni ta’mirlovchilarning jismoniy mehnat hissasi yetarlicha yuqori. Shunga qaramay, avtomatika, robot texnikasining rivoji inson ruhiy zo‘riqishi barqarorligini, ishlab chiqarishning ilgarilashi to‘g‘risidagi katta axborot oqimini o‘rganishni, tez qabul qilishni talab qilmoqda. Bajariladigan jismoniy ishning hajmi va quvvatini hisoblashda har xil o‘lchov birligi qo‘llaniladi: ko‘tariladigan yuk massasi, bosib o‘tilgan yo‘l, ishga sarflangan vaqt va boshqalar. Inson bajargan ishni aniqlashning aniq va ilmiy asoslangan maxsus usullari, uning ish qobiliyatiga yarasha tavsiyalar berilgan va joriy qilingan. Buning uchun YQT yoki tomir urish ko‘rsatkichlari yig‘indisi vaqt birligida organizmning kislorod iste’mol qilishi va butun ish davrida mazkur ishga sarflanadigan energiya (kkal), KDJ va boshqalarda o‘lchanadi. Ushbu metodlar yordamida olingan natijalar jismoniy mehnatning og‘irligi to‘g‘risida xulosa chiqarish imkonini beradi. Bajarilgan mehnat shartli ravishda juda yengil, yengil, o‘rtacha og‘irlikda, og‘ir va o‘ta og‘ir ishlarga bo‘linadi. Masalan, juda yengil mehnat umumiy va sutkalik energiya sarfini talab qiladi, bu asosiy modda almashuvining (2300 kkal atrofida) o‘rtacha miqdoridan oshadi, YUT esa oshmaydi, odatda, bir daqiqada u 80 zarbadan yuqorini tashkil qiladi. Bundan farqli o‘laroq, juda og‘ir jismoniy mehnat sutkalik energiya sarfini 4000 dan 6000 kkal gacha, ayrim holatlarda esa bundan ham yuqori bo‘lishini talab etadi. Bunday paytlarda YUT eng ko‘p miqdorda bo‘ladi, ya’ni bir daqiqada 180–200 zarbaga yetadi. Bunday ishni yaxshi mashq qilgan kishilargina bajarishlari mumkin, o‘shanda ham uzoq vaqt davomida emas. 5