logo

TURK TILI ARXAIZMLARI VA ULARNING SEMANTIK TADQIQI (“TURKCHA SO’ZLIK”KA KIRGAN SO’ZLAR MISOLIDA)

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

357.5 KB
TURK  TILI  ARXAIZMLARI VA  ULARNING  SEMANTIK  TADQIQI
(“TURKCHA SO’ZLIK”KA  KIRGAN  SO’ZLAR  MISOLIDA)
M U N D A R I J A
KIRISH …………………………………………………………………….
I BOB.  TURK  TILI  LEKSIKASIDA ARXAIZMLARNING O‘RNI ….
1.1. Turk tilining  lug‘at tarkibida gi  arxaizmlar   …………………..…....
1.1.1. Sof turkcha arxaizmlar…………………………………………….
1.1.2. Turk tiliga o‘zlashgan arxaik leksika..............................................
1.1.3. Arxaizmlarning  tarixiy so‘zlar bilan o‘zaro munosabati ……….
1.2. Arxaizmlarning  grammatik xususiyatlari   …………... ......................
II   BOB.   TURK   TILI DAGI   ARXAIZMLARINING   SEMANTIK
XUSUSIYATLARI   ……… ……………………………………………….
2.1. Turk tilidagi arxaizmlarnin g  ma’no qirralari  .………………… ….
2.2. Arxaizmlarning badiiy asarlar leksikasida tutgan o‘rni ………… ..
XULOSA………………………………………………………… …………
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR   ….....................…... .................. KIRISH
Har qaysi xalq      milliy qadriyatlarini o`z maqsad – muddaolari, shu bilan
birrga,   umumbashariy   taraqqiyot   yutuqlari   asosida   rivojlantirib,   ma`naviy
dunyosini   yuksaltirib   borishga   intilar   ekan,   bu   borada   tarixiy   xotira   masalasi
alohida   ahamiyat   kasb   etadi.   Ya`ni   tarixiy   xotira   tuyg`usi   to`laqonli   ravishda
tiklangan,   xalq   bosib   o`tgan   yo`l   o`zining   barcha   muvaffaqiyat   va   zafarlari,
yo`qotish   va   qurbonlari,   quvonch   va   istiroblari   bilan   xolis   va   haqqoniy
o`rganilgan taqdirdagina chinakam tarix bo`ladi.
Biz   bu   masalaga   ana   shunday   ilmiy   asosda   yondashib,   qadimiy
tariximizni   o`rganish   va   baho   berishda   unung   biror–bir     davri   yoki   jabhasini
e`tibordan chetda qoldirmaslikka harakat qildik. Jumladan, mustamlakachilik va
sovet   davridagi   ommaviy   qatag`onlar   paytida   zulm   va   zo`ravonlik   qurboni
bo`lgan,   istiqlol   yo`lida   jon   fido   etgan   ajdodlarimizning   hurmati   va   xotirasini
joyiga   qo`yish,   ularning     el-yurt   ozodligi   yo`lidagi   ishlari,   qoldirgan   merosini
izlash   va   o`rganishni   aynan   ana   shunday   ma`naviy   negizda   yo`lga
qo`yganimizni qayd etish zarur.
El-yurtimiz taqdiriga daxldor bo`lgan tarixiy adolatni tiklash, xalqimiz va
millatimizning   yaqin   o`tmishidagi   yopiq   sahifalarni   to`la   ochib   berish,   shu
tarixdan   saboq   chiqarib,   bugungi   va   kelajak   hayotimizga   ongli   qarashni
shakllantirish,   begunoh   qurbon   bo`lgan   insonlar   xotirasini   abadiylashtirish   biz
uchun ham qarz, ham farz edi.
Buyuk sivilizatsiya va madaniyat beshigi bo`lgan, ko`hna va hayratomuz
tarixni   o`zida   mujassam   etgan   Vatanimizdagi     bebaho   yodgorliklar,   osori
atiqalar haqida   so`z yuritar ekanmiz, shu zaminda yashayotgan barcha insonlar
ularni   avvalo   xalqimiz   dahosining   yorqin   na`munasi,   ta`bir   joiz   bo`lsa,   unung
yuksak   ma`naviyatiga qo`yilgan muazzam haykallar deb qabul qiladi.
          
2   
Mavzuning   dolzarbligi.   Tilshunoslikda   leksik   qatlamlar   va   ularning   til
lug‘at   tarkibida   tutgan   o‘rni,   leksik   birliklar   semantikasi   bilan   bog‘liq
masalalarning   tadqiq   etilishi   murakkab   yo‘nalishlardan   sanaladi.   Mazkur
bitiruv-malakaviy   ishi   turk   tilidagi   arxaik   leksikaning   ilmiy   o‘rganilishiga
bag‘ishlangan   bo‘lib,   unda   hozirgi   zamon   turk   tilidagi   lug‘atlardan   joy   olgan
arxaizmlar   semantik   nuqtai   nazardan   ko‘rib   chiqiladi.   Mavzuning   dolzarbligi
shundaki, hozirgi zamon turk tilini o‘rganishda arxaik so‘zlarni bilish va ushbu
leksik   qatlamni   o‘xshash   birliklardan   farqlay   olish   ba’zi   qiyinchiliklarning
yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda. Turk tilining leksikologiyasi  kursida arhaik
leksikani   tarixiy   leksikadan   farqlash   va   o‘xshash   jihatlarini   aniqlash   qator
qiyinchchiliklar   tug‘dirmoqda.   Undan   tashqari,   turk   tilining   izohli   lug‘ati   va
o‘zbekcha-turkcha,   turkcha-o‘zbekcha   lug‘atlarda   berilgan   so‘zlarning   ba’zi
ma’nolari   eskirganligi   yoki   tarixiy   leksikaga   aylanganligi   chuqur   ilmiy
tadqiqotlar   olib   borilishini   taqozo   etadi.   Ana   shu   muammolarga   qisman   javob
berish   maqsadida   boshlagan   bitiruv   malakaviy   ishimiz   hozirgi   kunda   turk   tili
leksikologiyasini   o‘rganishda   dolzarb   mavzu   sifatida   baholanishi   mumkin   deb
o‘ylaymiz.  
Mavzuning   o‘rganilganligi.   Tilshunoslikda   arxaizmlarni   o‘rganish
sohasida ancha ish amalga oshirilganligi hammaga ma’lum. Ilmiy adabiyotlarda
arxaizmlar   tilning   boshqa   qatlamlari   bilan   birga   olib   ko‘rib   chiqilgan   va   ba’zi
o‘rinlarda   muayyan   fikrlar   bayon   etilgan.   Turk   tilining   leksikologiyasi,
semantikasiga   oid   o‘quv   va   ilmiy   adabiyotlarda,   amalga   oshirilgan   ba’zi   ilmiy
ihlarda arxaizmlar ustida qisqacha to‘xtab o‘tilgan 1
. 
1
  İnan Abdülkadir, Makaleler ve İncelemeler, Ankara,  1987
3 Turkcha arxaizmlar va ularning o‘ziga xosliklari borasida Yevropa fanida 2
va   rus   tilshunosligida 3
  qiziqarli   tadqiqotlar   amalga   oshirilgan.   Mazkur   mavzu
turkiy   xalqlarning   tarixi,   madaniyati,   ma’naviy   qadriyatlari   va   urf-odatlarini
saqlab   qolish   ma’nosida   ham   doimo   dunyo   fanining   diqqat   markazida   turgan
deyish   mumkin.   Turkcha   arxaizmlarni   Turkiyada   nashr   etilgan   ensiklopedik
lug‘atlarda ham ko‘rish mumkin. 4
Ushbu   BMIni   tayyorlash   jarayonida   o‘zbek   va   turk   tillaridagi
arxaizmlarning   leksik-grammatik   xususiyatlariga   oid   turk   va   o‘zbek   tillarida
nashr etilgan ilmiy va tanqidiy adabiyotlar, risolalar, maqolalar material sifatida
to‘plandi   va   ko‘rib   chiqildi.   Shuningdek,   XX   asrning   so‘nggi   yillari   va   XXI
asrning   boshlarida   nashr   etilgan   ba’zi   ilmiy   ishlardagi   mavzu   bilan   bog‘liq
fikrlardan foydalanildi. Ularda ko‘tarilgan ilmiy muammolarga, qolaversa, ilmiy
ishni   yozish   tartibiga   alohida   e’tibor   berildi.   Tadqiqot   jarayonida   arxaizmlar
tahlil va qiyos etilar ekan, o‘zbek 5
  va turk 6
  tillaridagi turli xil lug‘atlardan keng
foydalanildi. 
Ishning maqsad va vazifalari.  Ishdan asosiy maqsad, turk tilidagi arxaik
qatlamni   o‘rganish,   bu   bilan   bakalavrlik   darajasida   bitiruv-malakaviy   ishni
himoyaga   taqdim   etishdir.   Belgilangan   maqsadga   erishish   uchun   quyidagi
vazifalarni bajarish lozim bo‘ladi:
- turk tilining leksik qatlamlarini sanab o‘tish;
2
  Roux,   J.   Paul,   Altay   Türklerinde   Ölüm   (Türkçeye   çeviren     Aykut   Kazancıgil),
İstanbul, 1999; Connerton, Paul, Toplumlar Nasıl Anımsar (Türkçeye çeviren Alaeddin
Şener), İstanbul, 1999. 
3
  Рахманова   Л.   И.,   Суздальцева   В.Н.     Современн ый   русский   язык,   учебное
пособие.   М о сква,   1997,   82-87   Линг вистический   энциклопедический   словарь,
Москва, «Большая Российская энциклопедия»,  2002  
4
  Devellioğlu   Ferit,   Osmanlıca-Türkçe   Ansiklopedik   Lugat.   Ankara,   1993.
Diktonnaire Larousse, Ansiklopedik Sözlük, Milliyet Gaz-si Yayını, 1993-199 4, C.  1- 5,
5
  Ўзбек   тилининг   изоҳли   луғати.   1-2-   жилдлар,   М.,   «Русский   язык»,   1981;
Ҳотамов   Н.,   Саримсоқов   Б.,   Адабиётшунослик   терминларининг   русча-ўзбекча
изоҳли луғати, Тошкент, “Ўқитувчи”, 1983.
6
  Türkçe   Sözlük,   TDK,   9.   Baskı,   1.-2.   Ciltler,   Ankara,   1998 ;   Büyük   Rusça-Türkçe
Sözlük,   Moskva,   «Russkiy   yazik»,   Multilingual,   İstanbul,   1995 ;   Büyük   Türkçe-Rusça
Sözlük, Moskva, «Russkiy yazik», 1977, Multilingual, İstanbul, 1994 ; 
4 - turk  tili  leksikasida arxaizmlarning o‘rnini aniqlash; 
- turk   tilining   lug‘at   tarkibida   arxaizmlar ning   taxminiy   miqdorini
belgilash;
- arxaizmlarning  tarixiy so‘zlar bilan o‘zaro munosabati ni belgilash;
- turk tilidagi arxaizmlarining semantik xususiyatlari haqida so‘z yuritish;
- turk tilidagi arxaizmlarda sinonimlik munosabatlarini ta’kidlash;
- turk tilidagi arxaizmlarinin turli ma’no qirralarini aniqlash;
- arxaizmlarning badiiy asarlar leksikasida tutgan o‘rnini belgilash;
Ishning ilmiy yangiligi.  Chet tillarini o‘rganishga talab kundan kun ortib
borayotgan   bir   paytda   boshqa   tillarning   leksik   qatlamini   ham   izchil   o‘rganish,
o‘z   ona  tiliga   qiyoslab,  o‘xshash   va  farqli  tomonlarini  aniqlash  muhimdir.  Shu
nuqtai   nazardan,   turk   tili   arxaik   leksikasini   bakalavrlik   bitiruv-malakaviy   ishi
darajasida o‘rganish ishning yangiligini belgilaydi. 
Ishning   amaliy   ahamiyati .   Ushbu   bitiruv-malakaviy   ishini   tayyorlash
natijasida   ega   bo‘lingan   ma’lumotlarni   akademik   litseylarda   turk   tilini   o‘qitish
jarayonida   ma’ruza   sifatida   qo‘llash,   arxaik   shakllarning   tilni   o‘rganishda
qanchalik   muhim   ekanligini   o‘quvchilarga   material   shaklida   yetkazish,
to‘plangan arxaizmlar va eskirgan so‘zlarning kichik lug‘atini tuzish mumkin.
BMIning tuzilishi va hajmi.  Mazkur bitiruv-malakaviy ishi, kirish, ikkita
bob,   xulosa,   foydalanilgan   adabiyotlar   ro‘yxati   va   ilovalardan   iborat.   BMIning
hajmi 4 4  bet.
5 I BOB.  TURK  TILI  LEKSIKASIDA ARXAIZMLARNING O‘RNI
1.1. Turk tilining  lug‘at tarkibida arxaizmlar 
Jamiyat to ` xtovsiz rivojlanib boradi. Yillar o‘tishi bilan mehnat qurollari,
kiyim-kechak,   uy   jihozlarining   yangi   nusxalari   paydo   bo‘ladi,   eskilarining
ba‘zilari  ishlatilmaydigan bo‘lib qoladi, natijada ularni  ifodalovchi  so‘zlar ham
bora-bora juda kam qo‘llanadi yoki iste ’ moldan chiqib ketadi. Masalan, qadimgi
turkiy   qatlamga   tegishli   ashu   (qizil   tuproq),   ashuq   (temir   qalpoq,   dubulg‘a),
aqru   (sekin)   kabi   so‘zlar   eskirgan   so‘zlardir.   Demak,   qadimda   nutqda   faol
qo‘llanilgan,   bugun   esa   kundalik   hayotda   ishlatilmay   qolgan   so‘zlar   eskirgan
so ‘ zlar  deb atalar ekan. 
Tilshunoslikda   eskirgan   so‘zlar   ikki   guruhga   ajratiladi:   tarixiy   so‘zlar;
arxaik so‘zlar.
1) tarixiy   so‘zlar   –   hozirda   mavjud   bo‘lmagan   narsa   hodisalarning
iste‘moldan   butunlay   chiqib   ketgan   nomlaridir;   bunda   so‘z   o‘zi   ifodalagan
tushuncha   bilan   birgalikda   eskiradi:   o`nboshi   (onbaşı),   ellikboshi   (ellibaşı),
kanizak (cariye), olampanoh (hünkâr), eshik og`ası (has oda başı), xalfa (kalfa)
kabi.
2) arxaik   so‘zlar   –   hozirda   mavjud   bo‘lmagan   narsa-hodisalarning
iste‘moldan   butunlay   chiqib   ketgan   nomlaridir;   bunda   so‘z   eskiradi,   lekin
tushuncha   eskirmaydi,   boshqa   so‘z   bilan   ifodalanadigan   bo‘lib   qoladi,   bunday
so‘zlar   iste‘moldan   chiqish   arafasida   turgan,   hozirgi   tilda   sinonimi   bo‘lgan
so‘zlardir.   Agar   buni   ona   tilimizda   ifodalaydigan   bo‘lsak,   qavs   ichida   hozirgi
tildagi sinonimlari berilgan: rayon (tuman), ekspress (tezyurar), oblast (viloyat),
6 vrach   (shifokor),   xirurg   (jarroh),   injener   (muhandis),   redaktor   (muharrir),
redaksiya (tahririyat), ulus (xalq), bitik (yozuv) va h.
Endi   bevosita   atamalarga   keladigan   bo‘lsak,   o‘zbek   tilining   izohli
lug‘atida   arxaizm   atamasi   va   sifat   turkumiga   oid   arxaik   so‘ziga   quyidagicha
izoh berilgan: “ Arxaizm   (yunonchadan rus tili orqali o‘zbek tiliga o‘zlashgan)-
lingv.   Eskirgan,   iste’moldan   chiqib   qolgan   so‘z,   ibora,   grammatik   forma.
Arxaik   (rus   tilida:   arxaichniy,   arxaicheskiy)   -   Eskirgan,   iste’moldan   qolgan.
Arxaik so‘z. Arxaik ibora” 7
.
Turk   tilining   izohli   lug‘atida   esa   arkaizm   (arxaizm)   atamasi   va   arkaik
(arxaik)   so‘ziga   mana   bunday   izoh   beriladi   (tarjimasi):   “ Arxaizm
(fransuzchadan   turk   tiliga   o‘zlashgan   (archaisme)     atamasi   1.   so‘zlashuv   va
yozuv   tilida   iste’moldan   qolgan   eskirgan   so‘z   yoki   ibora.   2.   juda   qadim
zamonlardan qolib ketgan bir shakl, bir narsaning xossasi” 8
. 
Birgina   Kâh   nala,   kâh   mıh a   (Goh   nahalga,   goh   -   mixga)   va   uning
muqobili   bo‘lgan   kâh   nala   döğür ,   kâh   mıh a   (Goh  nahalga   uradi,   goh  mixga)
idiomasi   misolida   bir   necha   eskirgan   so‘zni   ko‘rishimiz   mumkin   (ajratib
ko‘rsatilgan).     
Tilga   taraqqiyot   taqozosi   bilan   yangi   so‘zlar   kirib   borar   ekan   (masalan,
yevropa   tillaridan   kirib   kelayotgan   avizo   –   hisob-kitob   operatsiyasi;   bilanço   –
narsalarning o‘zaro muvofiq salmog‘i; biznes – foyda orttirishga qaratilgan ish;
biznesmen (işhadami so‘ziga sinonim sifatida baravar qo‘llanilmoqda) – biznes
bilan   shug‘ullanuvchi   shaxs;   broker   –   rasmiy   dallol;   bütçe–   kirim-   chiqim
hisobi;   viza-   o‘zga   mamlakatlarga     kirishga   beriladigan   ruxsatnoma;
deklarasyon – deklaratsiya),  ba’zi so‘z va tushunchalar eskirib boraveradi. 
Hozirgi   turk   tilshunosligida,   turk   tilining   izohli   va   ensiklopedik
lug‘atlarida   eskirgan   so‘z,   atama   va   tushunchalar   sifatida   berilgan   leksik
birliklarning   salmoqli   qismi   arab   tilidan   o‘zlashgan.   Buning   asosiy   sababi
Usmonli   davrida   XIV   asrdan   boshlab   XX   asrning   o‘rtalariga   qadar   Usmonli
7
  Ўзбек тилининг изоҳли луғати, 1-жилд, М., «Русский язык», 1981, 55-б.
8
  Türkçe Sözlük, TDK, 9. Baskı, 1.-2. Ciltler, Ankara, 1998 ; S. 133-134
7 turkchasi   gurkirab   rivojlangan   va   barcha   sohani   qamrab   olgan.   Tabiiyki,
Usmonli   turkchasi   arab   va   fors   tillarining   sinteziga   o‘xshagan   murakkab   tilga
aylanib   qolgan   edi.   Lekin   Usmonli   saltanatining   yemirilishi,   Turkiya
Respublikasining  dunyoviy davlat  sifatida barpo etilishi  va mustaqilligining ilk
yillaridanoq   o‘tkazilgan   tub   islohatlar   jarayonida,   ya’ni   XX   asrning   30-50
yillaridan boshlab turk tili “tozalana” boshladi.
Shuni   ta’kidlash   kerak,   bugungi   turk   tili,   tarixdan   umumturkiy   tilning
o‘g‘uz  lahjasi   o‘g‘uz-saljuq  kichik  guruhiga  mansub.  Turk  tili  X  –  XI   asrlarda
O‘rta   Osiyodan   Onado‘lu   yarim   oro li ga   ko‘chgan   va   XII   asrda   Saljuqiylar
davlati,  XIV   asr ning  boshlaridan   Usmoniylar   İmperiyasini   barpo   etgan   o‘g‘uz-
sal juq qa bilalari tilining ko‘p asrlik taraqqiyoti natijasida yuzaga kelgan. 
O‘shanda yangi turk leksikasi, yozuvda keng qo‘llanib kelayotgan arxaizm -
larning   o‘rnini   egallashi   va   yangi   tushunchalarni   ifodalash   uchun   vosita   bo‘lishi
kerak   edi.   Ta’kidlanganidek,   respublika   davrida   turk   ti li   leksikasi   va
atamashunosligini   qayta   yaratish,   tilni   usmonlicha   va   ajnabiy   tillardan   o‘zlashib
qolgan   begona   unsurlardan   tozalash   (özleşme)   yo‘li   bilan   umum milliy   adabiy   til
me’yorlarini ishlab chiqishga kiri shil di. Bunda turk tili va qardosh turkiy tillarning
ichki   zahi ra laridan   keng   ko‘lamda   foydalanildi.   Birinchi   navbatda,   XIII   asrdan
keyingi   turk   yozma   adabiy   yodgorliklari da gi   genetik   turkiy   leksika   asos   olindi.
Agar   bu   jarayonni   uchga   bo‘ladigan   bo‘l sak,   bulardan   birinchisi,   neologizmlar
sifatida   olingan   faol   arxaik   leksi ka ning   bir   qismi   zamonaviy   turk   adabiy   tilining
lug‘at   tarkibiga   kiritildi   va   ular   arabcha,   forscha   so‘zlarning   muqobillari   sifatida
tildan o‘rin oldi. Ma sa lan:   konuk   (ar. misafir) ‘mehmon’,   tanık   (ar. şahit) ‘guvoh,
shohid‘,   oran   (ar.   nispet)   ‘nisbat’,   kez   (ar.   defa)   ‘kez,   marta’,   sonuç   (ar.   netice)
‘natija’ va h. Ikkinchisi, turk tilining lahja va shevalariga xos qator so‘zlar lug‘ at
tar ki bi ga kiritildi. Masa lan:  çömçe  ‘yog‘och qoshiq; kichik cho‘mich’,  divlek  ‘pish -
ma gan qovun’,   çekel   ‘kichik omoch’ va h. Uchinchisi, so‘z yara tish ning samarali
8 usuli - sof turkiy affikslar yordamida va boshqa yo‘llar bilan yangi leksik birliklar
yuzaga   kel tirildi.   Masalan:   gözlük   ‘ko‘zoynak’,   öğretmen   ‘o‘qituvchi’,   bakan
‘vazir’,  yüzyıl  ‘asr, yuz yil’,  anayasa  ‘konstitutsiya’ kabi.
Bugungi   kunga   kelib   hozirgi   zamon   turk   adabiy   tili   to‘la   shakllandi   va
turk   tilining   uslubiy   va   atamashunoslik   tizimlari   me’yorlashtiril moq da.   Lekin
shuncha   samarali   ishlar   olib   borilayotganiga   qaramay,   til ning   ba’zi   vazifadosh
uslublarida, ayniqsa, professional  uslublarda – tib biyot, hu quq shu noslik, harbiy
va ilm-fanning boshqa sohalarida ho zir gi zamon turk ti li ga xos so‘z va atamalar,
baynalminal   atamalar   bilan   parallel   shakl da   juda   ko‘p   ar xaik   arabcha-forscha
so‘z   va   atamalarning   ham   qo‘l lanilayotgani   ma’lum.   Masalan,   turkcha   yuridik
sohada juda ko‘p so‘z, tushunchalar va atamalar arabchadan o‘zlashgan:   beraat
etmek   -   sudlanuvchini   sud   zalidan   ozodlikka   chiqarmoq,   fırar   etmek   -   qamoq
jazosidan qochmoq, vekalet – vakolatnoma, makbuz – tilxat (kvitansiya) va b.    
Sanab  o‘tilgan  dalil  va   xususlarning  hisobga   olinishi   hozirgi  za mon  turk
tilidagi so‘z turkumlarini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
1. 1. Sof turkcha arxaizmlar
BMIni  tayyorlash  uchun   material  to‘plash,  lug‘at  ustida   ish  olib  borish
jarayonida   turk   tilidagi   arxaizmlarning   katta   qismi   sof   turkiy   so‘z,   tushuncha
va   atamalar   emasligi,   ularning   yuz   yillar   ilgari   arabcha,   forscha   va   boshqa
tillardan   o‘zlashganligi   ma’lum   bo‘ldi:   ashu   (qizil   tuproq),   ashuq   (temir
qalpoq,   dubulg‘a),   aqru   (sekin),   çömçe   (yog‘och   qoshiq;   kichik   cho‘mich),
divlek  (pish ma gan qovun),  çekel  (kichik omoch) va h.
O`zbekcha  to‘y  so‘zining  turkchadagi  muqobili   toy  va  düğün  so‘zlaridir.
Düğün  so‘zi  toy (to‘y)  so‘zining sinonimi bo‘lib, izohli lug‘atda unga  “ ziyofat,
xursandchilik, taom tortiladigan ko‘ngil ochar tadbir” deya izoh berilgan:   “ Ve
tamam kırk gün kırk gece toy ,   düğün edip almış oğluna ” 9
  – Va shundan keyin
qirq kechayu qirq kunduz to‘y-tomosha berib, (qizni) o‘g‘liga olib beribdi .  Toy
9
  Türkçe Sözlük, TDK, 9. Baskı, 1.-2. Ciltler, Ankara, 1998 , s. 2242. 
9 so‘zi   turk   tilida   eskirgan   hisoblanib,   ko‘proq   ko‘tarinki   uslubda,   og‘zaki   va
badiiy   nutqda   düğün   so‘zining   sinonimi   sifatida   qo‘llaniladi.   Toy   (to‘y)   turk
tilida   sunnat to‘yi, bazm   ma’nosida qo‘llanadi,   düğün   so‘zi esa ko‘proq   nikoh
to‘yi   ma’nosida   keladi.   Düğün   –   t o‘y.   1.   uylanish   munosabati   bilan
o‘tkaziladigan   marosim,   tantana,   o‘yin-kulgi.   Bir   gün,   araba   ile
Merdivenköyü’nde   bir   köy   düğününe   gidi lecekti. 10
    Üstelik   teyzem   de   köşkte
düğün hazırlıklarına başlamış.   11
 2.  sunnat to‘yi ( sünnet düğünü ).
I slomdan   oldingi   davrda   janoza   marosimi   turklarda   yog   (yog)   yoki   yug
(yug)   deb   nomlangan.   Bu   so‘z   Mahmud   Qoshg‘ariyning   “Devonu   lug‘ot-it
turk”   asarida   “o‘lik  ko‘milgandan   keyin   uch  yoki   yetti   kun   ichida  beriladigan
taom”,   yoglamak   (yoglamak)   esa   «vafot   etgan   kishini   yodlab,   aholiga   taom
tarqatish»   ma’nolarini   bersa-da,   so‘zlarning   tagida   “taom   tanovul   qilish”
an’anasi   bo‘lgan   janoza     ma’rakalarining   umumiy   nomi   sifatida
qo‘llanilganligi     ma’lum.   Bu   marosimning   markaziy   nuqtasi   bo‘lgan   “taom
tanovul   qilish”   an’anasi   esa   islomiyatdan   ilgarigi   amallarning   bir   ko‘rinishi
sifatida namoyon bo‘ladi. 
Islom dini qabul qilingandan keyin esa islomdan oldingi davr an’ana va
e’tiqodlarining asosiy qismi islomiy xarakter kasb etib davom ettirilgan 12
.   Yug
(yug)   marosimlarining asosiy maqsadi marhum xotirasini yod qilib,   osh berish
edi.   Shu   bilan   birga   bunday   marosimlar   marhum   xotirasi   uchun   qilingan
tomosha   (namoyish)larni   ham   o‘z   ichiga   olar   edi.   Qolaversa,   yug   (yug)
marosimlarida yig‘i, yuzni yulish, sochni qirqish, ot choptirish kabi urf-odatlar
bunga   misol   bo‘la   oladi.   Umuman,   turkiy   xalqlarda   belgilangan   kunlarda   osh
berish   (taom   tortish)   an’anasining   islomdan   oldingi   davrga   tegishli   marosim
bo‘lganligini ta’kidlash joiz. Osh (yog) berish marosimi hozirgi paytda qozoq,
qirg‘iz,   qrim   tatarlari,   qumiq,   avar,   no‘g‘ay   va   ozarbayjonlarda   ham   bo‘lgan
an’analardan.
10
  Güntekin R. N., Çalıkuşu, roman, İstanbul, 39. Baskı, S.  52
11
  Güntekin R. N., Çalıkuşu, roman, İstanbul, 39. Baskı, S.  60
12
  İnan Abdülkadir, Makaleler ve İncelemeler, Ankara,  1987, s.465
10 Qadimgi   turkcha   matnlar,   shuningdek,   badiiy  adabiyot da  uchrab   turadigan
naşi,   birle,   tek,   sa rı,   içre,   ara,   içeri,   dışarı,   özge   kabi   so‘zlarni   ham   ko‘makchi
sifatida namoyon bo`lishi mumkin. 
Sof t urk cha arxaizmlarning yirik qismini ot  va sifat  turkumiga oid so‘zlar
tashkil etadi. Ular otdan ot va sifat   yasovchi qo`shimchalar   vositasida yasalgan.
Masalan,   -l (-ıl, il) ,   eski turkcha   –sıl (-sil)   qo‘shimchasi   vositasida   yaşıl   (yangi
shakli   yeşil),   kızıl   ( yangi   shakli   kırmızı )   sifatlari   yasalgan .     Yeşil   (eski   nomi
yaşıl)   yaş, ya’ni    « yosh », «yangi unib chiqqan» ma’nosidagi o‘zakka, yasovchi
qo‘shilishi   natijasida   yasalgan.   Yoki   bo‘lmasa,   hozirgi   turk   tilidagi   kırmızı
sifatining eskirgan shakli   kızıl   hisoblanadi. Lekin   qizil     eskirgan so‘z bo‘lishiga
qaramay, hozirgi tilda bo‘yoqli, ko‘tarinki uslubda keng qo‘llanadi:  kızıl bayrak,
kırmızı kan  kabi.  Hozirgi turk tilidagi  başka  so‘zining eskirgan shakli  özge  so‘z i
bo‘lib, ushbu so‘z  qadimgi turkiy tildan saqlanib qolgan  –ge  ( -ka )  qo‘shimchasi
yordamida yasalgan. Hozirgi turk tilidagi  kışla  (kazarma, barak),  yayla  (yaylov)
so‘zlari ni   yasagan   qadimgi   turkiy   -la   (-le)   qo‘shimchasi   (eskirgan   kışlag
(qishloq,   qishlanadigan   joy) ,   yaylag   (qo‘y-qo‘zilar   yoyilib,   o‘tlab   yuratigan
kenglik, joy)  so‘zlari ni yasagan. Eski  la-g  qo‘shimchasi   ke yinchalik qisqar ib,  - la
qo‘shimchasi ga aylangan va fe’ldan ot yasalgan.
Turk  tilida   bir   necha   rang   nomi   eskirgan   hisoblanadi.   Masalan   ak,  kara
ranglari   ko`chma   ma’noda   qo`llanadi.   Ularning   o`rniga   arab   va   fors   tillaridan
o`zlashgan  beyaz  va  siyah  sifatlari faol ishlatilmoqda. Misollar: 
      İsteyenin  bir  yüzü   kara , vermeyenin  iki   yüzü   kara   (so`raganning  bir  yuzi
qora,   bermaganning   ikki   yuzi   qora) .   Bu   maqoldagi   kara   so`zini   siyah   deb
o`zgartirsa, maqol o`z ta’sirini yo`qotadi.   Ak   akça kara   gün içindir (Oq aqcha
qora   kun   uchun) .   Bu   maqoldagi   akça   so`zi   ham   eskirgan   so`zdir:   Akça sının
kıymetini   bilmeyen   ödünç   versin   (Aqchasining   qadrini   bilmagan   birovga   qarz
bersin)  va hok.
      Shuningdek,   hozirgi   turk   tilidagi   cıvıl,   şırıl,   parıl,   pırıl   kabi   tabiat
hodisalariga   taqlid   so‘zlari   qadimgi   turkchada   faol   bo‘lgan,   hozirda
11 esa   eskirgan     inal,   tükel   so‘zlari ni   yasagan   sifat   yasovchi   -l
qo‘shimchasi  vositasida yasalgan. Ushbu qo‘shimcha birgina  ışık so`zi
asosida  ışı-l  so‘zini yasagan. 
Xozirgi   turk   tilidagi   gör-enek,   gel-enek   so`zlarni   yasashda   qo`llanilgan
fe’ldan   ot   yasovchi   -anak   (-enek)   qo‘shimchasi   qadimda   sağ-anak,   değ-enek
(değnek), yığ-anak, tak-anak  so‘zlarini yasaganligi   ma`lum . Misollar:
Beşme   –   turkcha:   1)   Har   bir   qatori   alohida     besh   xil   rangli,   yo`l-yo`l   bir
turdagi  mato; 2) Chig‘iriqchi dastgohining to‘nka qismi. 13
Çakır  – sharob 14
 
Çapar   –   1)   Pochtachi,   uloq;   2)   terisi,   tuklari   va   ko`zlari,   bo`yovchi
moddalari   (pigmentlari)   yo`qligi   tufayli   rangsiz   bo`lgan   (inson   yoki   hayvon)
oqimtir, albinos. 3) Çiçek bozuğu yüz 15
 
Çapmak, -ar   (-i.   – 1) Chopmoq;   Atını çaparak gitti. 2) (-e)   Akın etmek,
yugurmoq:   “Yağı başar, uğru çapar, tek başıma barınamam, ölürüm.”   – M. Ş.
Esendal.   16
 
Okka   – ar. 1283 gramlik og`irlik o`lchov  birligi;  400 dirham  bir  okkaga
teng bo`lgan.  “Beş okka şekeri tam on gün idare ettik.”-  A. Gündüz. (Besh okka
shakarni   rosa   o`n   kunga   yetkazdik).   “Yarım   okka   et,   onun   elinde   bir   kurban
kadar bereketli.”  – Y. Z. Ortaç. (Yarim okka go`sht, uning qo`lida bir qurbonlik
qadar barakali edi).   
Ölçek  – 3) To`rt okkaga teng bo`lgan og`irlik  o`lchovi. 
Ön   bilim   –   Diniy   ishonchga   ko`ra   Yartaganning   kelajakdagi   hamma
narsani oldindan bilishi.   
Örcin  – Ipdan qilingan narvon (zinapoya). 
Öşür  – aşar, ondalıki. Mahsulotning o`ndan bir qismi. 
13
 Türkçe Sözlük, TDK, Ankara, 1998, S. 277
14
 Türkçe sözlük. TDK. Ankara, 1998. S. 424
15
 Türkçe sözlük. TDK. Ankara, 1998. S. 436
16
 Türkçe sözlük. TDK. Ankara, 1998. S. 436
12 1.2. Turk tiliga o‘zlashgan arxaik leksika
Arxaizmlar   ustida   olib   borgan   tadqiqot   jarayonida   hozirgi   turk
tilshunosligida,   turkcha   izohli   va  ensiklopedik   lug‘atlarida   eskirgan   so‘z,   atama
va   tushunchalar   sifatida   berilgan   leksik   birliklarning   katta   qismi   arab   tilidan
o‘zlashgan   ekanligiga   ishonch   hosil   qilindi.   Buning   asosiy   sababi   esa,
nazarimizda, usmoniylar davlati hukm surgan davrda, ya’ni XIV asr boshidan XX
asrning   ilk   yillariga   qadar   Usmonli   turkchasi   gurkirab   rivojlangani   va   barcha
sohani   qamrab   olganligi   hisoblanadi.   Chunki,   yuqorida   ham   ta’kidlangani
singari, Usmonli turkchasi arab va fors tillarining sinteziga o‘xshagan murakkab
tilga aylanib qolgan edi.
Turk tilining izohli lug`atidan joy olgan aniq misollarga murojaat qilaylik.
Тurk tilidagi  resim (ar. resm)   so‘zi hozirgi tildagi arabchadan o`zlashgan   örf   va
adet  so‘zlarining sinonimi bo‘lib, hozirgi turk tilning eskirgan so‘z lar zahirasida
turadi. Jonli nutqda ushbu so‘z deyarli qo‘llanilmaydi. Uni badiiy asarlardagina
uchratish   mumkin.   Ushbu   so‘zning   merasim   (marosim)   shakli   ( resim   so‘zi
o`zagi asosida yasalgan) nutqdagi faol so‘zlardan biri hisoblanadi. Turk tilining
izohli va ensiklopedik lug‘atlarida ushbu so‘zga “1. marosim; 2. urf-odat” deb
izoh berilgan. 17
 O‘zbek tilida esa, aksincha.  Rasm  so‘zi nutqda  urf-odat, an’ana
so‘zlarining sinonimi sifatida qo‘llanib kelinmoqda. 
Xuddi shu mazmundagi turkiy tilga arabchadan o‘zlashgan yana bir so‘z
teamül  (ar.  tea : mül )  dir.   U hozirgi turk tilida eskirgan va kam qo‘llanadigan
so‘z   bo‘lsa-da,   badiiy   adabiyotda   odat   va   urf   so‘zlarining   sinonimi   sifatida
uchrashi   mumkin.   Ma’nosi:   “Bir   joyda   qadimdan   davom   etib   kelgan   x atti-
harakat,   munosabat   (odat)”.   Ushbu   so‘z   yordamida   turk   tilida   teamül   hukuku
iborasi   yasalgan   (ma’nosi:   urf   odatlarga   asoslangan   huquq;   urf-odat
darajasiga yetib kelmagan, yozma shaklda belgilab qo‘yilmagan huquq) . 18
 
17
   Diktonnaire Larousse, Ansiklopedik Sözlük, Milliyet Gaz-si Yayını, 1993-199 4, 
C. 5, S.  2004
18
  T ürkçe Sözlük, TDK, 9. Baskı, 1.-2. Ciltler, Ankara, 1998 , s. 2160
13 O‘zbek   tilila   rasm   so`zi   ham   taomil   so`zi   ham   eskirgan   so`z   emas.
O`zbek   tilining   izohli   lug‘atda   taomil   so‘ziga   quyidagicha   izoh   beriladi:
“Taomil – biror jamiyatda odat hukmiga kirgan tartib-qoida,” 19
 rasm, tradisiya
(an’ana), urf-odat, udum so‘zlarining sinonimi:   eski taomil, yangi taomil   kabi.
To‘yning   to‘ri   aziz   mehmonlarga   ataladi.   Urf-odatimiz,   taomilimiz   shunday
(M.   Nazarov.   Cho‘lni   yashnatganlar).   To‘y   kunlari   ichkarida   samovarni
ko‘pincha erkak kishi qaynatishi eskidan taomil bo‘lib qolgan  (Oybek. Qutlug‘
qon).
O‘zbek   tiliga   arab   tilidan   o‘zlashgan   va   odat,   urf   (urf-odat),   taomil   yoki
udum   so‘zlarining ma’nodoshi bo‘lgan   an’ana   so‘zi (ar.   a’nane ) turk tilida ham
an’ane     shaklida   lug‘atlarga   kiritilgan   va   eskirgan   so‘z   sifatida   belgilab
qo‘yilgan. Uni ko‘proq badiiy va tarixiy  asarlarda uchratish mumkin  (Böyle ufak
kasabalarda,   öteden   beri   arisokratik   bir   an’ane   vardı.   –   E.   E.   Talu 20
  – Ana
shunday   shaharchalarda   unchalik   serhasham   bo‘lmasa-da,   oqsuyaklarga   xos
an’analar bor edi) .    An’ane   so‘zi eskirgan so‘z hisoblansa-da, undan turk tilida
bir   necha   shakl   yasalgan:   an’aneci,   (an’analarga   sodiq),   an’anecilik
(an’anachilik), an’anesiz (an’analarga sodiqlik), an’anevi (an’anaviy, an’anaga
asoslangan)  kabi.
Turk   tilida   eskirib   qolgan,   o‘zbek   tilida   esa   qadimdan   bugungacha
qo‘llanib   kelayotgan   an’ana   so‘zining   hozirgi   turk   tilidagi   muqobili   gelenek
so‘zidir.   Gelmek   (kelmoq)   fe’li   o‘zagidan   yasalgan   gelenek   so‘zi   (gel   –   gelen   -
gelenek) keng ma’noda bir avloddan keyingilariga o‘tib  kelgan bilim, ma’lumot,
e’tiqod,   hayot   tarzi,   qisqacha,   ma’naviy   madaniyat   ma’nolarini   beradi.   Tor
ma’noda   esa   gelenek   (an’ana)   nasllardan   nasllarga   o‘tib   kelayotgan,   bir
jamiyatda muqaddas deb hisoblangan muhim nuqtai nazarlardir.
Arab tilidan o‘zlashgan  beşeriyet  so‘ziga –çi turkcha yasovchisi qo‘shilishi
natijasida yasalgan  beşeriyetçi   so‘zi va unga –lik yasovchisi qo‘shilishi natijasida
19
  Ўзбек тилнинг изоҳли луғати, 2 томли, Москва, “Рус тили” нашриёти, 2-том, 
1981, 121-б.
20
   T ürkçe Sözlük, TDK, 9. Baskı, 1 .  Cilt, Ankara, 1998 , s. 106
14 yasalgan hozirgi turk tilida eskirgan so‘z bo‘lib, “bashariyat tarafdori, gumanist,
insonparvar   (kishi)”,   “bashariyatchilik   ishi,   gummanizm,   insonparvarlik”
ma’nosida qo‘llaniladi. 21
  Misollar: 
Cerh   – 1) Yaralash;  2) (biror fikr, ishonch yoki da`vo uchun) Chiritish. 22
Ushbu   so‘z   asosida   arab   tilida   ceriha   (yara)   so‘zi   yasalgan   “O   zaman   vecd   ile
secde  eder   varsa   taşım   \  Her  cerihamdan,  ilahi, boşanıp  kanlı   yaşım” 23
  –  M.  A.
Ersoy.   Eskirgan   cer   hocası   birikmasining   ma’nosi   “qishloq   joylarida   imomlik
qilib, pul va oziq-ovqat to‘playdigan madrasa o‘quvchisi. 24
 
Ceride  – 1) gazeta; 2) qayd daftari. 25
  
Cerrar  – 1) o‘ziga jalb qiluvchi, tortuvchi; 2) Zo‘rlik bilan pul undiruvchi
odam; 3) Urush qurol-yarog‘lari bilan jihozlangan armiya  4) Tilanchi. 26
 
Ceste   – “Oz-oz”, “qism-qism”  ma`nosida   ceste ceste   takrorida keladigan
so`z :  Borcunuzu ceste ceste ödersiniz. 27
 
Cızgara   –   To`planib   turkcha   musiqa   ijro   etilayotganda   foydalaniladigan
bir   kamonli   cholg`u   asbobining   turi   “Saz   takımında   cızgara   denilen   ensiz,
dikdörtgen bir kemanla santur da yer alır” 28
Cirim   – 1)  Hajm,   o‘ lchov: Ateş olsa  cirmi kadar  yer  yakar  ( Olov bo‘lsa,
bir   parchagina   joyni   yoqa   oladi,   ya’ni   qo‘lidan   hech   ish   kelmaydi )   2)   Miqdor,
yig‘indi,  bo`lim : “ Şunun şurasında alacağımız bir lira. Adam başına ne düşer ki?
Hiç   vermese   ne   olur   yani?   Aramızda   cirmini   paylaşırız   gider ”   –   B.   R.
Eyuboğlu. 29
Cüda   –   judo   (judo:   judo   bo‘lmoq,   judo   etmoq)   forschadan   turk   tiliga
o‘zlashgan bo‘lib, “boshpana, ota uyi kabi sevimli narsalardan   ayrilgan, uzoqda
bo‘lgan” ma’nosini ifodalaydi.   Cüda etmek –   ajratmoq, ayirmoq: “Canı  cananı
21
 Türkçe Sözlük, TDK, Ankara, 1998, S. 276
22
 Türkçe Sözlük, TDK, Ankara, 1998, S. 298
23
 Türkçe Sözlük, TDK, Ankara, 1998, S. 298
24
 Türkçe Sözlük, TDK, Ankara, 1998, S. 298
25
 Türkçe Sözlük, TDK, Ankara, 1998, S. 298
26
 Türkçe Sözlük, TDK, Ankara, 1998, S. 298
27
 Türkçe Sözlük, TDK, Ankara, 1998, S. 299
28
 Türkçe Sözlük, TDK, Ankara, 1998, S. 405
29
 Türkçe Sözlük, TDK, Ankara, 1998, S. 411
15 bütün varımı alsın  da Hüda / Etmesin tek vatanımdan beni dünyada cüda” 30
 – M.
A. Ersoy.
Cülus   –   arab   tilidan   o‘zlashgan   so‘z     bo‘lib,   hukmdorlik   taxtiga   chiqish,
taxtga o`tirish . 31
 
Perçem   – 1) Boshlaridagi sochlarini olgan osamlarning tepasida qolsirgan
bir  tutam  soch.  2)  Yol:   At  perçemi.   3)  Kokil:   “Selma alnına düşen bir  perçemi
eliyle kaldırıyor.”  – S. İlhan.  (Selma peshonasiga turshgan bir tutam sochni qo`li
bilan oldi).    
Peren  – Hulkar yulduzi.
Perestiş   –   topinish,   sig`inish,   (birini)   sig`inib   sevish;   perestiş   etmek
sevmoq.   “Küçük   hanıma   bütün   ruhumla   perestiş   ediyorum.”   –   Ö.   Seyfettin.
(Kichik xonimni butun vujudim bilan sevaman).
Perestişkâr  – taparcasına seven, tapınan.
Rahne   –   teshik,   yoriq.   “Bir   taraftan   aylık   taksidi   bütçesinde   büyük   bir
rahne   açan   bu   borcu   senelerce   ödeye   ödeye   bitirememiş.”   –   A.   Ş.   Hisar.   (Bir
tomondan oylik qismlari oila byujetida katta bir teshik ochgan bu qarzdan yillar
davomida to`lay to`lay qutulolmadi).
Raks –  1) Raqs:  “Danstan çekilen herkes durup bu iki genç, boylu ve canlı
vücudun   raksını   seyrediyordu.”   –   H.   E.   Adıvar.   (O`ynashdan   tortingan   hamma
to`xtab,   bu   ikki   yoshning   sarvqomat   va   jo`shqin   vujudining   raqsini   tomosha
qilardi.)    
Ram   –   Bo`ysungan,   o`zini   birovning   amrida   qoldirgan;   ram   etmek
bo`ysundirmoq,   itoat   ettirmoq;   “İlk   defa   huzuruna   çıkan   herhangi   bir   kadını
derhâl  sersemletiyor,  iradesini  elinden alıp kendine ram  ediveriyordu.”   – E. E.
Talu. (Ilk marotaba oldiga chiqqan har qanday ayolni shu zahotiyoq sarson qilar,
irodasini o`zidan olib, o`ziga rom etardi)   ram olmak  bo`ysunmoq, itoat etmoq.
30
 Türkçe Sözlük, TDK, Ankara, 1998, S. 416
31
 Türkçe sözlük. TDK. Ankara, 1998. S. 416
16 Cönk  – 1) katta yelkanli kema 32
Çarka   –   is.   tar.   esk.   Usmonlilarda   xxxx   vazifasi.   (Türkçe   sözlük.   TDK.
Ankara, 1998. 439- s) 
Çarşaf  –  esk.  Oldinlari ayollar foydalanadigan va doshi bilan o`raladigan,
pardali, etakli ko`chaga kiyiladigan kiyim:  “Yatağında oturdu; alnında toplanan
ter   damlalarını   çarşafının   ucuyla   sildi.”   –   H.   E.   Adıvar.   “Çabucak   yatak
odasına koştu, çarşafını giydi.”  – P. Safa.   33
  
Ahiz  – ar.  ahz . - olmoq, qabul qilmoq
Akva    -  akva  1) baquvvat, sog`lom; 2) bir tür sırmalı va köstekli bıçak 34
:
“Beline akva adı verilen som sırmalı ve köstekli bir bıçak takan kızlar ağası…”
S. Birsel.
1.3. Arxaizmlarning  tarixiy so‘zlar bilan o‘zaro munosabati
B a’zi adabiyotlarda so‘zlarning eskilik va yangilik xususiyatiga ko‘ra ham
ikkiga bo‘linishi aytiladi:
1. Eskilik bo‘yog‘iga ega bo‘lgan so‘zlar;
2. Yangilik bo‘yog‘iga ega bo‘lgan so‘zlar.
Ana   shu   tasnifga   ko ` ra   eskilik   bo ‘ yog ‘ iga   ega   bo ‘ lgan   so ‘ zlar   ikkiga
ajratiladi :   Arxaizmlar   ( eskirgan   so ‘ zlar   -   eskimi ş   kelimeler )   –   hozirgi   kunda
mavjud   bo ‘ lgan   va   qo ‘ llanilayotgan   narsa ,   voqea - hodisalarning   eskirib   qolgan
nomlari :  g ü n  –  xalq ,  dilma ç –  terc ü man   kabi .  Istorizmlar   ( tarixiy   so ‘ zlar  –  tarihi
kelimeler )  –  bugungi   kunda   mavjud   bo ‘ lmagan ,  qo ‘ llanilmayotgan   narsa ,  voqea -
hodisalarning   tarixda   qolib   ketgan   nomlari :  kap ı kulu ,  k ö le ,  kad ı,  pa ş a ,  sadrazam
kabilar .
Arxaizm va istorizmlar quyidagi xususiyatlariga ko‘ra farqlanadi:
1. Arxaizmlar   bugungi   kunda   mavjud   bo‘lgan   narsa,   voqea-ho disani
bildirsa, istorizm - tarixiy voqea, narsa va hodisalarning nomini bildiradi.
32
 Türkçe Sözlük, TDK, Ankara, 1998, S. 413
33
 Türkçe sözlük. TDK. Ankara, 1998. S. 441
34
 Türkçe Sözlük, TDK, Ankara, 1998, S. 69
17 2. Arxaizmlarning   bugungi   kunda   sinonimlari   ishlatiladi,   isto rizm   esa
o‘tmish   voqeligining   nomi   bo‘lib,   hozirgi   kunda   ularning   o‘rnini   bosa   oluvchi
boshqa lug‘aviy birlik ishlatilmaydi.
Eskirgan   so‘zlar.   Kundalik   hayotda   ishlatilmaydigan   eskirgan   so`zlar
lug`atlardan   o`z   joyini   egallagan.   Jamiyat   taraqqiyoti,   madaniyatdagi
o`zgarishlar tilga o`z ta;sirini o`tkazmasdan qolmaydi. Davr o‘tishi bilan mehnat
qurollari,   kiyim-kechak,   uy   jihozlarining   yangi   nusxalari   paydo   bo‘ladi,
eskilarining ba‘zilari ishlatilmaydigan bo‘lib qoladi. Natijada ularni ifodalovchi
so‘zlar   ham   bora-bora   juda   kam   qo‘llanadigan   bo`lib   qoladi   yoki   umuman
iste’moldan   chiqib   ketadi.   Yana   misollarga   murojaat   qilamiz:   ashu   (qizil
tuproq),   ashuq   (temir   qalpoq,   dubulg‘a),   aqru   (sekin).   Eskirgan   so‘zlar   ikkita
guruhga ajratiladi:
Tarixiy   so‘zlar   –   hozirda   mavjud   bo‘lmagan   narsa   hodisalarning
iste‘moldan   butunlay   chiqib   ketgan   nomlaridir.   Bunda   so‘z   o‘zi   ifodalagan
tushuncha bilan birgalikda eskiradi.   Tarixiy so‘z  (istorizm) larga misollar:   Çar  –
( t sar   –   chor,   rus   podshosi)   Rossiya   imperatori   va   Bolgariya   qiroliga   berilgan
unvon.   Çariçe   – (tsaritsa – rus qirolichasi) - Rossiya imperatorining xotini yoki
ayol   imperatorga   berilgan   unvon.   Çareviç   –   ( t sarevich   –   chor   (podsho)ning
o‘g‘li)   -   Rossiya   imperatorining   o‘g‘li ;   Çarlık,   -ğı   is.   tar.   1)   Chor   bo`lish
vaziyati;   2)   Chor   boshqaruvidagi   davlat:   “Rusya`da   çarlık   devrilmişti.”   35
  –   T.
Buğra.   (Türkçe   sözlük.   TDK.   Ankara,   1998.   439-   s);   Çavuş   –   is   tar.   1)
Usmonlilar   davlat   tashkilotida   turli   vazifalarni   bajargan   xizmatchi.   2)   tar.
Usmonlilar   armiyasida   yuqori   mansabdagilarning   buyruqlarini   quyidagilarga
yetkazuvchi   vazifasini   bajaruvchi   odam;   36
  Misol:   Çarka   –   is.   tar.   esk.
Usmonlilarda saroy xodimining lavozimi, vazifasi. 37
 
Arxaik   so‘zlar   –   hozirda   mavjud   bo‘lmagan   narsa-hodisalarning
iste‘moldan   butunlay   chiqib   ketgan   nomlaridir;   bunda   so‘z   eskiradi,   lekin
35
 Türkçe Sözlük, TDK, Ankara, 1998, S. 439
36
 Türkçe Sözlük, TDK, Ankara, 1998, S. 447
37
  Türkçe sözlük. TDK. Ankara, 1998. S. 439
18 tushuncha   eskirmaydi,   boshqa   so‘z   bilan   ifodalanadigan   bo‘lib   qoladi,   bunday
so‘zlar   iste‘moldan   chiqish   arafasida   turgan,   hozirgi   tilda   sinonimi   bo‘lgan
so‘zlardir   (qavs   ichida   hozirgi   tildagi   sinonimlari   berilgan):   rayon   (tuman),
ekspress   (tezyurar),   oblast   (viloyat),   vrach   (shifokor),   xirurg   (jarroh),   injener
(muhandis), redaktor (muharrir), redaksiya (tahririyat), ulus (xalq), bitik (yozuv)
va h.
1.2. Arxaizmlarning  grammatik xususiyatlari
Arxaizmlar haqida gap borganda hozirgi turk tilidagi arxaik qo‘shimchalar
va   boshqa   grammatik   shakllarni   ham   unutmaslik   kerak.   Chunki   tilda   so‘zlar
eskirgani   kabi   qo‘shimchalar   ham   eskirishi   mumkin.   Masalan,   qadimgi   o‘zbek
tilida   tushum   kelishigining   –   (i)g,   –   (i)g‘   shakli,   jo‘nalish   kelishigining   –ra/ru
kabi   shakllari   mavjud   bo‘lgan,   shuningdek,   –   (i)n   qo‘shimchali   vosita   kelishigi
ham   bo‘lgan:   elig in   tutdi   –   qo‘li   bilan   ushladi.   Yoki   bo`lmasa,   tushum
kelishigining   unutilib   ketgan   va   hozirda   ba’zi   shevalarda   saqlanib   qolgan
qo‘shimchasi,   otga   egalik   qo‘shimchasidan   keyin   qo‘shiladigan   ( -n)
ayiruvchisini olib qaraydigan bo‘lsak, ushbu qo‘shimcha hozirgi turk tilida   – i (-
yi, -ni)   shakliga  ega.  Eski   turkchada  esa   -n   bo‘lgan:   eli-n  (öptü),   saçı-n (çekti),
yüzü-n   (açtı),   gözü-n   (süzdü)   kabi.   Bu   qo‘shim cha   badiiy   adabiyotda,   xu su san,
she’ri yatda uchraydi. 
Shuningdek,   otning fe’lga bir vosita ekanligini ko‘rsatadi va vosita, zamon
ma’no larini   ifodalovchi   Vasıta   hali   (vosita   shakli)   shaklining   qo‘shim cha si   ham
eski turkchada   -n  bo‘lgan, le kin bu eskirgan qo‘shimcha hozirgi zamon turk tilida
faqat   bir   necha   so‘z ga gina   qo‘shiladi   (undosh   tovush   bilan   tugagan   so‘zlarga   -ı-
ayiruvchi si   yordamida   qo‘shiladi)   va   zamonni   ifo dalaydi:   yaz-ı-n   (yozda),   kış-ı-n
(qishda), öğle-n (tush paytida), ansız-ı-n (to‘satdan)  kabi. Turk tili grammatikasida
bu   qo‘shimchani   - meksizin   (-maksızın)   ra vishdosh   qo‘shimchasi   shaklida
qolganligi   ham   ta’kidlanadi:   durmaksız-ı-n   (to‘xta mas dan),   görmeksizin
19 (ko‘rmasdan)  kabi. Ba’zan ushbu kelishik shaklida hech qanday vosita holati yo‘q -
ligini ko‘rish mumkin.  -n  qo‘shimchasi nutqda qo‘llanishdan chiqishi bilan uning
o‘r nini   ile   (bilan)   bog‘lovchisi   egallagan.   Hozirgi   vaqtda   ile   va   uning   alo hi da
kelishik   qo‘shimchasiga   aylangan   -le,   -la   shakllari   vosita   ma’nosini   ifo dalab
keladi:  dille (til bilan), gözle (ko‘z bilan), başla (bosh bilan)  kabi. 
Turk   tilshu nosligida   yo‘nalishni   ifodalovchi   kelishik   sifatida   olingan   va
hozirda  deyarli iste’moldan chiqqan  yön gösterme hali   (yo‘nalishni ko‘rsatuvchi
shakl;   direktif   hali)   qo‘shimchasi   hisoblangan   -re   (-ra)   va   -eri   (-arı)
qo‘shimchalari   ho zirgi   paytda   bir   nechta   turkcha   so‘zda   qo‘l la na di:   son-ra,   iç-
re,   üze-re   (üzre),   taş-ra   (dışarı),   dış-arı,   iç-eri   kabi.   Hozirgi   turk   tilida   ushbu
eskirgan   qo‘shimcha   o‘rniga   doğru   (sarı),   karşı   (qarshi,   qarab,   tomon,   sarı)
kabi   yo‘nalishni   ifodalovchi   yor dam chi   so‘zlar   qo‘llanadi:   eve   doğru ,   dağa
karşı , sabaha  karşı  kabi.
So‘zning  o‘zak  va  qo‘shimchalarıdagi  o‘zgarishlar  xususida   shuni   ay tish
kerakki, turk tilida so‘zning yasalish vaqti juda muhim. Chunki so‘z ning o‘zagi
ham, qo‘shimcha ham jonli unsurlar bo‘lib, ular vaqt o‘tishi bi lan o‘z shakli va
ma’nosini   o‘zgartirishi   mumkin.   Qolaversa,   tilda   qo‘l lan may   qol gan,   eskirgan
o‘zak   va   qo‘shimchalar   ham   talaygina.   Shu   bi lan   bir ga,   bir dan   ortiq   ma’noga
ega   bo‘lgan   o‘zak   va   qo‘shimchalarning   qay si   ma’noda   kelayotganini   yaxshi
bilish   kerak.   Chunki   so‘z   shun dan   kelib   chiqqan   holda   ma’no   kasb   etadi :   yaş
(yosh,   toza),   ya şar mak   (yasharmoq),   yaşlı   (keksa),   yaşlanmak   (keksaymoq,
qarimoq) kabi.  
Hozirgi turk tilida bog‘lovchi olmoshlar   (bağlama zamirleri)   deb nomlanib
kelayo tgan,  ikki   so‘zni   ko‘rsatish  ma’nosida  bog‘ lay digan  so‘zlar   eski  turk  tilida
faqat  kim   bog‘lovchi olmoshi ko‘rinishida qo‘l langan:  Sen  kim  gelesin meclise bir
yer mi bulunmaz? (Sen  ki  kelursan majlisga, joy topilmaydimi?) Öyle nara attı  kim
dağ taş yankılandı (Shunday na’ra tortdi   ki , tog‘u-tosh aks-sado berdi). Usmonli
20 turkchasidagi   kim   so‘roq olmoshi o‘z o‘rnini - ki   qo‘ shim cha siga bergan:   Bir söz
dedi canan  ki , keramet var içinde (Jonon bir so‘z aytdi ki , karomat bor ichida).
Otlar   bilan   birga   kelganda   predmetni   ko‘rsatish   yo‘li   bilan   aniq lash -
tiruvc
hi   va   unga   makon,   zamon   yoki   tasavvurda   uzoq-yaqinligiga   ko‘ra   bir
joyni belgilovchi ko‘rsatish  sifatlari  ( işaret sıfatları   yoki   gösterme  sıfatları -
bu,   şu,   o)   ning     eskirgan   shakllar   “Ol”   va   ”şol”   bo‘lib,   ular   eski   turkiy
matnlarda uchraydi. Adabiy tilda eskirgan deb qaraluvchi  ol şol < iş ol, iş-bu
< iş  bu   olmoshlari,   kopincha, ko‘rsatish  sifatlari   vazifasida  qo‘l la na di,  ya’ni
hozirgi turk tilidagi  ‘o’  ko‘rsatish sifati eski  ‘ol’  dan,  ‘şol’  ko‘r satish sifati esa
eski   ‘uş’   ko‘rsatish   ko‘makchisi   bilan   ‘ol’   olmoshining   birikuvidan   tashkil
topgan   ‘uşol’ dan   yuzaga   kelgan:   “Ol   mahkemenin   hűkműne   derler   mi
adalet?” 38
(Ul mahkamaning hukmiga derlarmi adolat) .
İşbu   ko‘rsatish sifati turk tilida kam qo‘llanadi. Bu so‘z   ‘bu’   sifatining
kuchaytirilgan   shakli   bo‘lib,   ‘uş’   va   ‘bu’ dan   yuzaga   kelgan.   Oldin   ‘ uşbu’,
keyinchalik   işbu   shakliga   kirgan.   Bu   ‘i’ lashuv   hodisasi   turk   tilidagi   ‘uşda’
ning  ‘işte’  (o‘zbekcha «mana»)ga aylanishi natijasida ro‘y bergan.
Ko‘rsatish   sifatlari   ko‘plik   qo‘shimchasi   olmaydi 39
.   Ular   asl   sifatlar
singari gapda kesim vazifasida keladi:  Me sele budur. Kitaplar şunlar. Anayol
oymuş  kabi.
-ik va -ili  qo‘shimchalari vositasida fe’ldan yasalgan otlar ham eskirgan
o‘t gan zamon sifatdoshlaridir. Ular ma’no jihatdan hozirgi turk ti li dagi passiv
(edilen)   sifatdoshlarga mos keladi  (kesilmiş, kesik, kesili; dikilmiş, dikili) . Le -
38
  Hozirgi   o‘zbek   tilidagi   ‘u’   kishilik   olmoshining   o‘zbek   klassik   adabiyoti
namunalaridagi  ‘ul’  shakliga tez-tez duch kelinadi  (“Ol mahkemenin hűkműne derler mi
adalet?” tarjimasi: “Ul mahkamaning hukmiga derlarmi adolat?”).  
39
  Turk   tilidagi   bunlar ,   şunlar   va   onlar   so‘zlari   ko‘rsatish   sifati   emas,   ko‘rsatish
olmoshi bo‘lgan  bu ,  şu  va  o  ning ko‘plik shakllaridir.
21 kin   bu   oxirgi   shakllar   turk   tilida   bo‘lishsiz   ko‘rinish larini   yo‘qotgan   va   ular
si fatdosh vazifasida rivojlanmay qolgan shakllar hisoblanadi.
Eski   turkchada   fe’lning   orttirma   nisbat   qo‘shimchasi   -it-   va   -ir-
bo‘lgan.   -it-   qo‘shimchasi   unli   bilan,   shuningdek,   r   va   l   so nor   undosh
tovushlar   bilan   tugagan   fe’l   negizlariga   qo‘shiladi.   Bunday   fe’l   negizlariga
qo‘shilganda   -it-   qo‘shimchasidan   -i-   unlisi tushib qoladi:   belir-t-mek, otur-t-
mak,   kısal-t-mak,   üşü-t-mek,   anla-t-mak   kabi.   Ba’zi   qattiq   undoshlar   bilan
tugagan   o‘zaklarga   ham   -it-   qo‘ shim cha si   qo‘shilishi   mumkin:   ak-ıt-mak,
kork-ut-mak   kabi.   Hozirgi   zamon   turk   tilida   9   xil   fe’l   tuslanishi   shaklidan   6
tasida   yuqori da   keltirilgan   shaxs   qo‘shimchalari   keladi:   gelir-im,   geliyorsun,
gelecek, gel miş-iz, gelmeli-siniz, gele-ler   kabi. 3-shaxs birlik shakli qo‘ shimcha
olmaydi   va   tugallangan   ma’no   kasb   etish   uchun   alohida   shaxs   qo‘ shimchasi
olishi lozim bo‘ladi.
1-shaxs   egalik   qo‘shimchasi   -im   bo‘lib,   Sharqiy   Onado‘luning   ba’zi
tumanlarida   -em   shaklida   qo‘llanadi   (bil-ür-em,   bil-miş-em,   bil-meli-y-em).
O‘tgan   zamon   va   istak   mayli,   1-shaxs,   ko‘plik   shakli   birlik   shaxs   qo‘shim -
chasi   o‘rniga   ko‘pincha   tushib   qoluvchi   -ik   qo‘shimchasi   qo‘shilib   yasa ladi:
bil-di-k,   bil-se-k   (eski   turkchada   bil-di-miz).   Sharqiy   Onado‘ludagi   ba’zi
tumanlarda 2-shaxs qo‘shimchasi  -sen  ki shi lik olmoshidir  (bil-ür-sen > bil-ir-
sin). -sin   fe’l tuslanishida, Onado‘lu sheva la rida fe’lning  2-shaxs o‘rniga - in
egalik qo‘shimchasi olganini ko‘ rish mumkin:   bil-iyo-n’, bil-miş-in’, bil-ece-
in’, bil-ir-in’  kabi.
2-shaxs ko‘plikda birlik  shakliga - iz   qo‘shimchasi  qo‘shiladi   (bil-di-n-
iz,   bil-se-n-iz).   Onado‘lu   shevalarida   ba’zan   birlik   qo‘shimchasi   tushishi
natijasida yuzaga kelgan  bil-di-z, bil-se-z  shakllariga duch kelish mumkin. 
Quyida   berilgan   qo‘shimchalar   aslida   egalik   qo‘shimchalari   bo‘lib,
vaqt o‘tishi bilan fe’l shaxs-son qo‘shimchalariga aylangan: Birlik: 1–shaxs:  -
22 m;   2 -shaxs: - n;   3 -shaxs:   (qo‘shimchasiz) .   Ko‘plik: 1–shaxs:   -k(e), -k(a);   2-
shaxs:   -niz   (-nız,   -nüz,   -nuz);   3-shaxs:   -ler   (-lar).   Ko‘plik   1-shaxs
qo‘shimchasi qadimgi turkchada kelishik qo‘ shim chasiga parallel holda - miz
(-mız,   -müz,   -muz)   shaklida   bo‘lgan.   Keyincha lik   uning   o‘rniga   - dük   (-duk)
sifatdoshi ta’sirida - k  (ke), - k  (ka) qo‘l la na boshlangan. Bugungi kunda fe’llar
1-shaxs ko‘plikda shu qo‘shim cha lar bi lan tuslanmoqda:  geldi-k, gelse-k  kabi.
Ko‘plik   1-shaxs   qo‘shimchasi   qadimgi   turkchada   kelishik   qo‘ shim -
chasiga parallel  holda - miz (-mız, -müz, -muz)   shaklida bo‘lgan. Keyincha lik
uning   o‘rniga   - dük   (-duk)   sifatdoshi   ta’sirida   - k   (ke),   - k   (ka)   qo‘l la na
boshlangan. Bugungi kunda fe’llar 1-shaxs ko‘plikda shu qo‘shim cha lar bi lan
tuslanmoqda:  geldi-k, gelse-k  kabi. 
2-shaxslardagi   - n-   turk   tilining   shevalarida   jarangsiz   - ng   shaklida
qo‘llanadi. Bu qo‘shimcha, ilgari faqat fe’l tuslanishidagina qo‘llanilgan. Ke yin -
chalik kelib chiqishiga ko‘ra shaxs-son qo‘shimchalari bilan tus lanadigan yana
bir   qo‘shimcha   olgan   va   ulardan   ba’ zi lari   boshqa   fe’l   qo‘shimchalariga   o‘z
ta’sirini ko‘rsatmoqda:  gelmiş-iz   o‘r niga  gelmiş-i-k   kabi. 
Yaqin   o‘tgan   zamon   (görülen   geçmiş   zaman)   turk   tilidagi   eng   eski
zamon   shakl la ridan   biri   bo‘lib,   ish-ha ra kat ning   nutq   vaqtidan   oldin
bajarilganligini   bil di radi.   Qadimgi   turkchada   yaqin   o‘t gan   zamon   shakli   bir
eski   sifatdoshga   ega lik   olmoshi   qo‘shimchasi   qo‘ shi lishi   orqali   yuzaga
kelgan:   bil-it-üm,   bil-it-ün.   Biroq   3-shaxs   qo‘shimchasi   si fatida   kelgan   –i
egalik qo‘shimchasi sifat dosh qo‘shimchasi bilan payvand lanib,  -it-i > -di  fe’l
shaklining negizi ni tashkil etgan qo‘shimcha sifatida olingan. Hozirgi zamon
turk tili da yaqin o‘tgan zamon shakli quyidagi ko‘rinishni olgan:  bil-di-m, bil-
di-n,   bil-di   kabi.   Bu   qo‘shimcha   turk   tilshunosligida   görülen   geçmiş   zaman
eki   (ko‘ ril gan   o‘tgan   zamon   qo‘ shim cha si)   deyiladi.   Shakl   nuqtai   nazaridan
23 xabar, za mon ma’nosida esa ya qin da gina bo‘lib o‘tgan, ko‘z bilan ko‘rilgan,
baja ri lishiga   guvoh   bo‘lingan   ish-harakatni   o‘t gan   zamonda   ifodalaydi.   Bu
za mon   shakli   Turkiyadagi   o‘rta   maktab   das turlarida   belirli   geçmiş   zaman
(bel gi li   (aniq)   o‘tgan   zamon)   yoki   soddalashtirilgan   holda   - di’li   geçmiş
zaman  deb ham yuritiladi. 
Qadimgi turk tilida fe’llarning buyruq mayli birlik 2-shaxsda  –gil (-gıl)
qo‘ shim chasi   olgan:   gel-gil,   ol-gil   kabi.   Hozirgi   paytda   –gil   (-gıl)   qo‘ shim -
chasi va   -ginen, -gınan   shakllari turk tilining shevalarida uchraydi:   al-gınan,
ver-ginen  kabi.
Turk   tilining   izohli   lug`atidan   o`rin   olgan   arxaizm   va   tarixiy
so`zlarning   kichik   bir   qismi   son   turkumiga   tegishli.   Masalan,   qadim gi   turk
tilida tartib son yasovchi affiks - inç  bo‘lgan  (űçűnç, sekizinç),  keyin chalik bu
affiks -i egalik qo‘shimchasi bilan uzaytirilib qo‘l lana boshlangan 40
.
Turk   tilidagi   eskirgan   grammatik   shakllarni   asosiy   yordamchi   fe’l
hisoblangan   İmek   fe’li   yoki   «   i   fe’li»   ( cevher   fiili)   yoki   ek   fiil   (qo‘shimcha
fe’l) larda   ham   kuzatish   mumkin.   Qadimgi   turk   tilida   er-mek ,   usmonli
turkchasida   i-mek ,   yangi   turkchada   esa   -mek   shakliga   kelib   qolgan,   o‘zagi
«erib», faqat tuslanish qo‘shimchasi shaklida saqlangan   imek   fe’li ma’nosiga
ko‘ra   holatni   ifodalaydi   va,   aso san,   ot   turkumiga   kiruvchi   so‘zlar   bilan
qo‘llanadi. Ushbu fe’lning o‘zagi hali ham og‘zaki va yozma nutqda ba’zi –
ba’ zi da   i-di,   i-miş,   i-se   kabi   fe’l   negizlarida   namoyon   bo‘lgani   uchun   uni   i-
mek   fe’li   deb   atashadi.   U   fe’llarga   qo‘shilganda   qo‘shma   fe’l   shakllari
yasaydi:  bilmiş idi, gelse idi  kabi. 
İmek   fe’lining   bo‘lishsiz   shakli   fe’lning   bo‘lishsiz   shakli   singari
imemek  emas,  değil  yordamchi so‘zi vositasida yasaladi:  güzel   değil-im, güzel
değil-di,   güzel   değil-miş,   güzel   değil-se   kabi.   Ta’kidlash   kerakki,   ushbu
fe’lning bo‘lishsiz shakli qadimgi turkcha da boshqa fe’llar singari  er-me-mek
40
  - inci   qo‘shimchasi   ba’zi   so‘zlarga   qo‘shilib   yangi   so‘zlar   yasaydi:   sonuncu,
kaçıncı .  Shu ningdek, turk tilida  birinci  tartib soni o‘rnida  ilk  sifati ham qo‘llanadi. 
24 bo‘lgan.   Faqat   sharqiy   turkchadagi   er-mez   x   er-mes   ga   mos   qadimgi   og‘uz
turkchasidagi  tegül  so‘zi (hozirgi o‘zbek tilida saqlangan  tugul  so‘zi) ma’lum.
Turk   tilshunosligida   İmek   fiili   deb   nomlangan   «i»   qo‘shimchasidan
so‘ngra   sifatdosh   qo‘shimchalaridan   faqat   -dük   qo‘shimchasi   keladi   va   qo -
liplashadi.   «i»   qo‘shimchasining   ravishdosh   shakli   i-   ken   bo‘lib,   eski   turk -
chada   er-gen,   keyinchalik   i-ken   bo‘lgan   va   hozirgi   za mon   turk   tilida   « i »
tushirilib   - ken   shakliga   kelgan:   oradayken,   gençken,   anneyken,   dü şünürken,
gi diyorken,   yapmaktayken   kabi.   “Çay   geçerken,   at   değişti ri lmez”   (Soydan
o‘ti la yot ganda   ot   almashtirilmaydi).   Ushbu   shakl   sin gar monizm   qoidasiga
bo‘ysunmaydi. 
 Hozirgi turk tilida imkoniyat fe’llarining tuslanmaydigan shakllari ham
uchraydi.   Bular   masdar   va   sifatdosh   shakllaridir:   Maksat   görüşebilmek
(Maqsad   ko‘risha   olmoq).   “Ne   mutlu   yapabilene”   (Buni   qila   olgan   qanday
baxtli). Verebileceğini vermiş (Bera olganichasini beribdi), Alabildiğin kadar
götür   (Olganingcha   olib   ket).   Imkoniyat   fe’llarining   bo‘lishsiz   shakli   ancha
qadimgi yordamchi fe’l (es ki turkcha u-mak fe’lning bo‘lishsiz shakli - u-ma-
mak   (kıl-a   umamak)   asosida   yuzaga   kelgan.   Keyinchalik   u-   unlisining
tushishi   natija sida   hozirda   qo‘llanayotgan   va   turkiy   singarmonizm   qonuniga
bo‘ysu nuv chi   ma-mak   (me-mek)   shakli   paydo   bo’lgan   va   hozirgacha   saq -
langan:   ge ze memek   (gezemiyorum),   kalkamamak   (kalkamadınız)   kabi.
Imkoniyat   fe’llarining   bo‘lishsiz   shakli   bo‘lishli   shaklga   parallel   o‘la roq
barcha   tuslanish   shakllari   va   fe’lning   vazifadosh   shakllari   qolipiga   kiradi:
Çok   insan   bunu   anlayamaz   (Ko‘p   odam   buni   tusuna   olmaydi).
Yapamayacağını   vaadetme   (Qo‘lingdan   kelmaydigan   ishni   va’da   berma).
“Bükemediğin eli öp” (atasözü) (“Buka olmagan qo‘lni o‘p”)  kabi. 
25 Ko‘makchi fe’llar   turk tilida   tezlik fiili   yoki   ivedilik fiili   deyiladi. Ko‘ -
mak chi fe’llar fe’l negiziga - i   (-ı, -ü, -u)  qo‘shimchasi va undan keyin  vermek
yor dam chi   fe’li   qo‘shilib   yasaladi:   al-ı-vermek,   çek-i-vermek,   gör-ü-vermek,
yaz-ı-vermek, ol-u-vermek  kabi. Ular ish-harakatning tezlik bilan, bir lahzada,
oson   amal ga   oshishi   yoki   oshirilishini   ifodalaydi:   “Doldur   doldur,   rakı   ver.
Sen   de   bir   tek   çakıver.   Dönerse   güzel   başın,   göğsüme   bırakıver”   (tűrkű).
Uning eski turk cha dagi shakli  tuta bermek, eti bermek  bo‘lgan va nutqda faol
qo‘llangan.   Tezlik   fe’llari   ham   imkoniyat   fe’llari   kabi   fe’lning   barcha
tuslanish shakl larini ola olsa-da, har qanday fe’l bilan bir ga qo‘llana olmaydi:
çıkarıverirsen,   çöküverdi,   anlatıverin,   atlayıver meliydiniz,   şaşırıv e rir sem,
görünüverince  va h.
Davomiylik   fe’llari   (sürek   fiilleri)   so‘zga   - e   ravishdosh   qo‘ shim -
chasidan keyin  durmak, kalmak, gör mek, gelmek  kabi yarim yordamchi fe’l lar
qo‘shilib   yasaladi:   yürüyedurmak,   ba ka kalmak,   isteyegörmek,   olagelmek
kabi.   Ular   ish-harakatning   surunkali   davom   etishi ni   ifodalaydi.   Bulardan
durmak   fe’li qadimgi turkchadan boshlab yarim yor dam chi fe’l bo‘lib, avval
turur,   keyinchalik   durur   hozirgi  zamon  turkchasida  esa   - dir   shaklini  yuzaga
keltirgan.   Ikkinchi   tomondan   esa   ish-harakat   ma’no si ni   olib,   davomiylik
fe’llarini yuzaga keltirgan:  Sen okuyadur (Sen oqiyatur). O söylenedursun (U
gapirib tursin) .
Taxmin   fe’llari   (yaklaşık   fiiller)   fe’l   negiziga   - e   ra vish dosh
qo‘shimchasi   va   undan   keyin   yazmak   yordamchi   fe’li   qo‘shib   ya sa ladi.
Yazmak   yordamchi   fe’li   qadimgi   turk   tilidagi   yanılmak   ma’nosida   qo‘l la -
nilgan bo‘lib, usmonli turk chasidan taxmin fe’llari yasashda qo‘llanilgan. Bu
fe’llar   bu gun gi   kunda   yuz   berishi   istalmagan   ish-ha ra katning   amalga
oshishiga bir ba hya qolgani, sal bo‘lmasa yuz berishi mum kinligini bildiradi
va yor dam chi fe’lga qo‘shib yoziladi:   düşeyazmak, yıkılayazmak, öleyazmak,
bo ğu la yaz mak, kaçırayazmak  kabi.
26 Taxmin fe’llari yozma nutqda ham qo‘llaniladi. U ko‘p roq turk tilining
shevalari   va   og‘zaki   nutqda   uchraydi:   “Şevkundan   od la ra   tutuşup
yanayazmışam”   (qo‘shiq) .   Ayağı   kayıp   düşeyazmış.   Üç   gün   susuz,   ekmek siz
kaldım, açtan öleyazdım  kabi.
Turk   tilidagi   eskirgan   grammatik   shakllarni   ravishdoshlarda   ham
kuzatish mumkin. Ravishdoshlarning bo‘lishsiz shakli ham - me  qo‘shimchasi
vositasida   yasaladi   (gitmeyebileceğim,   kalmayabi lir siniz ).   Bu   esa   shaxsning
imkonsizligini   emas,   ish-harakatni   bajarmaslik   imkoniyatiga   ega   ekanligini
ko‘rsatadi.
Eski turkchadan qolgan   -üben, -uban  qo‘shimchasi hozirgi turk tili dagi
-erek,   -arak   ravishdosh   qo‘shimchasining   vazifasini   bajargan:   gel-üben
(gelerek),   dur-uban   (durarak)   ka bi.   Bu   qo‘shimchani   o‘zbek   klassik
she’riyati   namunalarida   ham   uchratish   mumkin:   «Har   tuning   qadr   o‘l ubon ,
har kuning navro‘z o‘lsun»  (A. Navoiy).
-ince   payt ravishdoshi tugash, nihoyaga ye tish ma’nosida ancha eskirgan
va   hozirda   ishlatilmaydi.   Ma salan:   Bu   iyiliğini   ölünce   unutmam   (Bu   yax -
shiligingni o‘lguncha unutmayman).  Bu gapdagi  ölünce  ravish doshi hozirgi turk
tilida   ölünceye   dek;   ölünceye   kadar   shaklida   qo‘llaniladi.   Ushbu   ra vishdosh
nihoyaga yetish ma’nosida,   -guncha   shaklida o‘zbek tilida saq langan   (Bu yax -
shiligingni o‘lguncha unutmayman).  
Sharqiy Onado‘lu shevalarida - ende  ravishdosh qo‘shimchasi ham keng
qo‘l lanadi   (Yaz   gelende   çıkam   yayla   başına).   Bu   qo‘shimcha   ham   hozirgi
zamon   o‘zbek   va   ozarbayjon   tillarida   to’la   saqlangan   (Yoz   kel ganda
chiqaman yaylov boshiga).
27 -içek   (-ıcak)   ravishdosh   qo‘shimchasi   -ince   qo‘shimchasining   eskirib
qol gan   turidir.   Bu   qo‘shimcha   ham   hozirda   shevalarda   saqlangan:   al-ıcak,
gel-icek, bilme-y-icek.
-işin   (-ışın,   -üşün,   -uşun)   qo‘shimchasi   Onado‘lu   shevalarida   -ince
qo‘shimchasining o‘rnida qo‘llanadi:  gel-işin, başla-y-ışın.
Yuqorida   - ince   qo‘shimchali   ravishdoshlarning   eskirgan   tugash
ma’nosiga   ham   ega   ekani   ta’kidlandi:   ölünce   unutmamak,   doyunca   yemek,
gelince   hemen   aramak   kabi .   Turk   tilida   dek   va   kadar   ko‘makchilari   vo -
sitasida yasalgan birikmalar keng tarqalgan:  (Eve dek dinlenmedim - Uyga cha
dam   olmadim),   Bugüne   kadar   hiç   ha tırlamamışım   -   Bugungacha
eslamabman) .   Turk   tilining   shevalarida   de ğin   ko‘makchisiga   ham   duch
kelinadi  (Akşama değin evden çıkmadı – Oq shomgacha uydan chiq madi) . Bu
shakllardan uchtasi sinonim si fatida keng qo‘llanadi:   gel-inceye kadar = gel-
ene kadar = gel-esiye kadar.   Eng ko‘p qo‘llaniladigan - inceye   shakli   dek   va
değin  ko‘makchilari ham birikadi:  Hava açıncaya kadar yola çıkamam (Havo
ochilgunga qadar yo’lga çoqa olmayman). Siz gelinceye dek bekleyecek (Siz
kelgunga qadar kutadi)  kabi.
Harakat   nomlarida   shaxs   ma’nosi   bo‘lmagani   kabi,   zamon   ma’nosi   ham
yo‘q.  Masdarlar   (gelmek,   yapmak,   düşünmek)   egalik   va   bosh qa  shakl   yasovchi
qo‘shimchalar   olmaydi.   - mek   harakat   nomi   o‘r ni ga   -me   harakat   nomi   qo‘ -
shimchasi qo‘llanadi. Masalan, qadimgi turk cha da gi  yörimegüm, demege, et me gi
shakllari yangi turkchada yürümem, deme ye, etmeyi  ko‘rinishiga ega. 
Bog‘lovchi so‘zlar   (cümle başı edatları).   Sodda gaplarni ma’no jihatdan
bir-biriga   bog‘lab   ke luvchi   fakat,   lakin,   ancak,   yalnız,   ama   bog‘lovchi
so‘zlardan tashqari eskirgan  lik, velik, veli  kabi bog‘ lovchilar ham kiradi. 
Ba’zi ilmiy ma’lumotlarga ko`ra, qadimgi turk tilida yordam chi so‘zlar
deyarli bo‘lmagan, ular keyinchalik boshqa tillardan o‘zlashtirilgan yoki turk
28 tilidagi   ba’ zi   mustaqil   so‘zlarning   qoliplashuvi   natijasida   shakllangan   va
asrlar osha ularning soni ortib borgan.
Otdan yasalgan yordamchi so‘zlar guruhi ni eski va yangi shakl ya sov -
chi qo‘shimchalar yordamida yasalgan va ba’zi ravishlar tashkil etadi:   üzere,
sonra, yukarı, başka, yana, nispetle, önce  kabi.
Turk   tilida   qo‘llanib   kelayotgan   o‘nlab   bog‘lovchilar   sirasiga   “ eğer ”
ma’ nosini   ifodalovchi   şayet   va   qadimda   qo‘llanilgan   ger   bog‘lovchilarini,
“gerçi”   ma’nosini   ifodalovchi   vakıa,   her   ne   kadar   va   eski   egerçi   bog‘ -
lovchilarini,   “çünkü”   ma’nosini   ifodalovchi   çünkü,   zira   va   qadimgi   çün,   çü
bog‘ lov chilarini,   madem   ki,   madem   va   qadimgi   çünkim,   çün ki,   madam
bog‘lovchilarini,   natija   va   izohni   ifoda lov chi   meğer   (meger),   bina-enaleyh,
öyle ki,  oysa  ki, şöyleki,  nitekim,  halbuki, kaldı ki, üste lik, belki,  hatta, yani,
zaten,   bari,   hakeza,   bilhassa,   demek,   demek   ki,   öyleyse,   özellikle   bog‘ -
lovchilarini ham kiritish mumkin . 
Qadimgi   turkcha   matnlar,   shuningdek,   badiiy   adabiyot da   uchrab
turadigan   naşi, birle,  tek,  sa rı, içre,  ara, içeri,  dışarı,  özge   kabi so‘zlarni ham
ko‘makchi sifatida namoyon bo`lishi mumkin. 
Turk   tilidagi   eskirgan   so`z   yasovchi   qo`shimchalar.   Hozirgi   turk   tilini
eskirgan   so`z   yasovchi   qo`shimchalarni   o`rganmasdan   yaxshi   bilishning
imkoni     yo`q.   Shuni   hisobga   olib,   quyida   eskirgan   so`z   yasovchi
qo`shimchalarni sanab o`tishga to`g`ri keldi. 
Otdan ot yasovchi qo`shimchalar .  -l (-ıl, il)  qo‘shimchasi eski turkcha  –
sıl   (-sil)   qo‘shimchasidan   yuzaga   kelgan   va   rang,   tusni   ifodalaydi:   yeş-i-l
(yaş-ı-l), kız-ı-l.
29 -ka, -ge   qo‘shimchasi  qadimgi turkiy tildan  saqlanib  qolgan   baş-ka   va
öz-ge   so‘zlarida   ham da   dal-ga   (to‘lqin,   dolg‘a)   va   bölmek   fe’lidan   yasal gan
böl-ge  so‘zida keladi.
-la (-le)  qo‘shimchasi  kış-la  va  yay-la  so‘zlaridagina uchraydi (eskirgan
kış-la-g,   yay-la-g   so‘zlaridagi   la-g   qo‘shimchasining   ke yinchalik   qisqargan
shakli). - la   qo‘shimchasi aslida fe’l yasovchi qo‘shimcha bo‘lib, keyinchalik
ot yasovchiga aylangan.
-lık, (-lik, -luk, -lük)   qo‘shimchasi qadimdan joy, predmet, narsa, meh -
nat quroli, mav hum otlar va sifatlar yasab kelgan:  taş-lık, zeytin-lik, ağaç-lık,
orman-lık, gül-lük, boş-luk, kömür-lük, baş-lık, kulak-lık, burun-luk, göz-lük,
gece-lik,   kül-lük,   söz-lük,   genç-lik,   insan-lık   kabi.   -lik   otlari,   turk   adabiy
tilining milliylashuvida muhim aha miyat  kasb  etgan. Arabcha   –i   nisbiy  sifat
qo‘shimchasi   bilan   uni   otlashtir gan   -at   jins   qo‘shimchasining   birlashishi
natijasida   yuzaga   kelgan   –iyyat   ( – iyet)   qo‘shimchasi   bilan   yasal gan   otlar
(asabiyet,   insaniyet,   milliyet,   cin siyet)   turkcha   -   lik   qo‘shim chasiga   mos
keladi:   ziddiyet   =   zıtlık,   katiyet   =   kesinlik,   şahsiyet   =   kişilik   kabi.   -lik
qo‘shimchasi   ko‘proq   mavhum   otlar   yasaydi:   güzel-lik,   yakın-lık,   hasta-lık,
iyi-lik, aç-lık, durgun-luk, temiz-lik   kabi. Ushbu qo‘shimcha vosi tasida kasb-
hunar, mansab-lavozim nom lari ham yasaladi:  çoban-lık, doktor-lu k ,   muhtar-
lık, asker-lik, balıkçı-lık, bakan-lık, müdür-lük  kabi.
Sifat   yasovchi   qo`shimchalar .   -l   qo‘shimchasi   faqat   ışı-l   so‘zida
uchraydi.   Aslida   bu   ham   turk   tilidagi   cıvı-l,   şırı-l,   parı-l,   pırı-l   so‘zlari   ka bi
tabiat   hodisalariga   taqlid   bo‘lishi   mumkin.   Qadimgi   turkchada   ina-l,   tüke-l
so‘zlariga qo‘shilgan. 
30 Fe’ldan   ot   yaovchi   qo`shimchalar.   -anak   (-enek)   qo‘shimchasi   faqat
eskirgan  sağ-anak, gör-enek, gel-enek, değ-enek (değnek), yığ-anak, tak-anak
so‘zlarini yasagan.
II BOB. TURK TILI DAGI  ARXAIZMLARINING SEMANTIK
XUSUSIYATLARI 
2.1. Turk tilidagi arxaizmlarnin g  ma’no qirralari
Arxaizmlarning umumiy tilshunoslikdagi tadqiqi . Biz, bugungi kunda
dunyo   tilshunosligini   tilga   olganimizda,   rus   tilshunosligiga   urg‘u   beramiz.
Shuning   uchun   o‘rni   kelganda,   arxaizmlar   haqida   rus   tilshunoslari   nima
deyishganiga e’tibor qilish kerak bo‘ladi. 
Rossiyada   nashr   etilgan   “Lingvistik   ensiklopedik   lug‘at”da
(Lingvisticheskiy   ensiklopedicheskiy   slovar)   istorizm,   ya’ni   eskirgan   so‘zlarga
quyidagicha   ta’rif   berilgan:   “ Istorizm   (tarixiy   so‘z)lar   -   yo‘qolib   ketgan
realiyalarni   bildiruvchi   so‘z   yoki   turg‘un   birikmalar   (kravchiy,   tyaglo,
selovalnik). Tarixiy so‘zlar qadim zamonlarga tegishli bo‘lishi mumkin (zakup,
smerd),   unchalik   qadimiy   bo‘lmasligni   ham   mumkin   (likbez,   nepman,
prodrazvyorstka). Undan tashqari, istorizmlar ko‘pma’noli so‘zlarning bir necha
ma’nosidan   bittasi   ham   bo‘lishi   mumkin   (masalan,   turkiy   “yarlık”   so‘zi
“xonning   yozma   farmoni”   ma’nosida   ham   bo‘lishi   mumkin,   “etiketka”
ma’nosida   ham   qo‘llanilish   mumkin).   Tarixiy   so‘zlar   passiv   lug‘atga   tegishli
bo‘ladi,   lekin   arxaizmlardan   farqli   o‘laroq   aktiv   lug‘atda   sinonimlarga   ega
bo‘lmaydi .   O‘quv   va   ilmiy   adabiyotlarda   terminologik   ma’noda   qo‘llanadi,
badiiy adabiyotda esa tarixiy koloritni yaratish maqsadida  qo‘llanadi 41
Rus   olimlaridan   L.   I.   Raxmanova   va   V.   N.   Suzdaltsevalar   o‘zlarining
“Sovremenniy russkiy  yazik” nomli  kitoblarida eskirgan leksikaga quyidagicha
ta’rif   berishadi:   “Eskirgan   leksika   –   muayyan   tilda   so‘zlovchi   kishilarning
41
  Линг вистический энциклопедический словарь, Москва, «Большая Российская
энциклопедия»,  2002, с. 204
31 nutqlarida   qo‘llanuvchi,   ammo   ular   tomonidan   eskirgan   deb   qabul   qilinuvchi
so‘zlardir:   kavalergard,   laniti,   oniy,   oprichnik,   persti,   sey,   sodeystvo   va   h.
So‘zlarning   eskirib,   faol   nutqdan   chiqib   ketishining   sabablari   turlicha.   So‘zlar
eskirib,   qo‘llanish   sohasidan   chiqib   ketishi   mumkin,   qachonki,   ana   shu   so‘z
ifodalayotgan   shaxs,   predmet   yoki   hodisa   qo‘llanmay   qo‘yiladigan   bo‘lsa:
krinolin, piщal, sar, chinovnik  va h.
Turk   tilidagi   arxaik   leksikani   o‘zbek   va   rus   tilshunosligi   prinsiplariga   ko‘ra
ko‘rib   chiqish   ishimizni   osonlashtirganini   tan   olish   kerak   bo‘ladi.   Ma’lumki,
so‘z qaysidir sabablarga ko‘ra, ifodalanayotgan shaxs, predmet yoki hodisaning
boshqa   yangicha   nomi   eski   nomini   siqib   chiqarganda   ham   eskirib   qolishi
mumkin.   Masalan,   hozirgi   turk   tilidagi   bakan   (vazir),   başbakan   (bosh   vazir),
subay   (harbiy   unvonli   kishi,   ofitser)   so`zlari   usmonlicha   vezir,   sadrazam,   paşa
so`zlarini nutqdan siqib chiqargan. Lekin bulardan  paşa  so`zi og`zaki nutqda va
ba’zan uslubiy maqsadlarda  (boshliq, lashkarboshi  ma’nosida) qo`llanib turiladi.
Vezir, padişah, taht  so`zlari eski xalq maqollarida saqlanib qolgan va hozirgacha
o`z  qimmatini  yo`qotmagan:   Akıl   bir  vezirdir,   gönül  bir  padişah  (Aql   vazirdir,
ko`ngil   podshoh),   Gelin   taht   getirmiş,   çıkmış   kendisi   oturmuş   (Kelin   taxt
keltiribdi, ustiga o`zi çıqıb o`tirib olibdi)  va hok. 
Umumiy tilshunoslikda eskirgan so‘zlarning ikki xil turi ajratiladi:
1) i s t o r i z m   ( t a r i x i y   s o ‘ z ) l a r –   eskirgan   narsalar,   eskirib
qolgan hodisalarni ifodalovchi so‘zlar;
2) a r x a i z m l a r –   hozirda   ham   mavjud,   lekin   boshqacha   (yangicha)
ataladigan,   ya’ni   yangi   nomga   ega   bo‘lgan   predmetlar,   hodisalarni   ifodalovchi
eskirgan so‘zlar.
Turk   tilining   izohli   lug‘atlarida   tarixiy   so‘zlar   tar.   (tarihi)   deb,   eskirgan
so‘zlar esa  esk . (eskimiş) deb belgilab qo‘yiladi.
Aksincha,   arxaizmlar,   hozirgi   tilda   o‘z   sinonimlariga   ega   bo‘lib,   ular
yordamida   izohli   lug‘atlarda   ularning   ma’nolari   izohlanadi   ( esk.   (eskimiş) :
tenavul etmek  – 'edeb., esk.  yemek' kabi. Misollar: 
32 Ahit   –   arab   tilidan   o‘zlashgan,   hozirgi   zamon   turk   tilida   “ahd,   ont   va
shartnoma”   ma’nosida   qo‘llaniladi.   Qadimgi   turk   tilida   esa   bu   so`z   “davr,
zamon”   ma’nosiga   ega   bo`lgan. 42
  Xuddi   shuningdek,   Çavuş   –1)   Usmonlilar
davlat   tashkilotida   turli   vazifalarni   bajargan   xizmatchi.   2)   Usmonlilar
armiyasida   yuqori   mansabdagilarning   buyruqlarini   quyidagilarga   yetkazuvchi
vazifasini   bajaruvchi   odam;   43
  so‘zi   ham   ko‘p   yillar   tarixiy   so‘z   bo‘lib,   60-
yillarda   hozirgi   zamon   turk   armiyasida   xuddi   shunday   vazifadagi   ofiser
tushunchasi va lavozimining qaytishi munosabati bilan nutqqa kirib keldi.
Kundan-kun   rivojlanib   borayotgan   moda   dunyoning   ko‘p   tillariga
istorizmga   aylanib   qolgan   ba’zi   so‘zlarning   qaytadan   dunyoga   kelishiga   sabab
bo‘ldi. Masalan, unutilib ketgan   losini  (ilgari “badanga yopishib turadigan shim
turi,   Chor   Rossiyasining   ba’zi   polklarida   harbiy   xizmatchilar   kiygan   kiyim”
ma’nosida   qo‘llanilgan)   hozirgi   paytda   zamonaviy   moda   ketidan   quvuvchi
xotin-qizlarning libosiga aylangan. 
Shuningdek,   meyhane   (Usmoniylar   davrida   –   past   tabaqali   kishilar
maishat  qilib, may ichadigan  muassasa,  joy)  hozirgi  paytda yoshlarning jargon
tilida ayni o‘xshash joy - restoran, kafe ma’nosida qo‘llaniladi.
Bunga o‘xshash metaforik ma’noda so‘zlar gapiruvchi tilida eskirgan so‘z
sifatida   qabul   qilinmaydi.   Lug‘atlarda   ham   bunday   so‘zlar   yoniga   ( esk.
(eskimiş)   belgisi   qo‘yilmaydi.   Biroq   bunday   so‘zlarning   intuitiv   tarzda   his
qilinadigan   qarama-qarshi   ma’nosi   shaxs   yoki   predmetlarning   har   qanday
emotsionalno-baholash   nyuanslari   metaforalarni   yanada   yorqinroq   anglanishini
ta’minlaydi.   Eskirgan   so‘zlar   ko‘p   hollarda   turli   xil   nolisoniy   (ko‘pincha,
ijtimoiy) omillar ta’sirida “qayta dunyoga kelib” faol qo‘llanish sohasiga kiradi.
Ko‘pincha bunday jarayon tarixiy so‘zlar (istorizm)larda kechadi. Masalan,  ozan
so‘zi, uzoq davr  to‘g‘ri ma’noda qo‘llanilganda eskirgan so‘z , ko‘chma ma’noda
şair   (shoir)   so‘ziga   an’anaviy   poetik   yuqori   uslubiy   sinonim   sifatidagina
qo‘llanilgan ,  XX asrning 60- yillarida yana qaytadan keng qo‘llanila boshladi.
42
  Türkçe Sözlük, TDK, Ankara, 1998, S. 47
43
 Türkçe Sözlük, TDK, Ankara, 1998, S. 447
33 Ko‘pincha   so‘zlar,   to‘g‘ri   ma’noda   eskirgan   so‘z   hisoblanib,   tilda
umumiy   metaforalar   sifatida   qo‘llanilaveradi.   Masalan,   turk   tilida   mehnat
qilishni 
xohlamaydigan   kishi   a ğa   deb,   yugurdaklikka   moil   odamlar   ayak   takımı   deb
atalgan.
Turk   tilidagi   arxaizmlarda   sinonimlik   munosabatlari.   Sinonimik
munosabatlar   arxaizmlarda   h a m   uchraydi.   Bu   tabiiy   hol,   chunki   arxaizmlar
eskirgan   so‘zlar   bo‘lsa-da,   ularning   qaysidir   ma’noda   yoki   uslub   nuqtai
nazaridan   yangicha   shakllari   mavjud.   Masalan,   hozirgi   turkchad a
qo‘llanilayotgan  başka  so‘zining sinonimi qadimgi turkchadagi  özge  so‘zidir. 
Istorizm    lar   hozirgi   zamon   turk   tilida   sinonimlariga   ega   emas    .   Ularning
ma’nolarini   faqat   ensiklopedik   tasvir   yo‘li   bilangina   izohlab   berish   mumkin.
Aynan ana shunday tarzda ular izohli lug‘atlarda beriladi. Masalan:  has oda başı
(xos xona boshi)   –  'Usmonli sultonlarining saroylarida sultonning xos xonalariga
qarovchi,   ishonilgan   amaldorning   lavozimi,   hamda   ana   shu   unvonni   tashuvchi
shaxs;   zülfikâr –   'keng qilib ishlangan, ikki tomonlama kesadigan qilich, sovuq
qurol turi.
Arxaizmlar   turli   xususiyatlariga   ko‘ra   zamonaviy   sinonimlaridan   farq
qilishi   mumkin:   boshqacha   grammatik   tuzilishi,   boshqacha   ma’nosi,   umuman
farqli   morfem   tuzilishi   va   boshqalar.   Aynan   qaysi   xususiyat   eskirgan   so‘z   va
uning zamonaviy sinonimi orasidagi farqni tashkil qilayotganiga ko‘ra quyidagi
tur arxaizm guruhlari ajratiladi.
1.   L e k s i k - f o n e t i k   arxaizmlar   –   o‘zining   fonetik   qiyofasiga   ko‘ra
tovush yoki tovushlar birikmasi hozirgi talaffuzga xos bo‘lmaganso‘zlar:  ilimon
(limon), va b.   Bir tovush o‘rniga boshqasining talaffuz qilinishi va b.
2.   L e k s i k   v a   s o ‘ z   y a s a l i s h i   –   hozirgi   zamon   turk   tilidagi
muqobilidan   biror-bir   so‘z   yasalish   affikslari   bilan   farq   qiluvchi   arxaizmlar:
restoratsiya  (restoran) va b. 
3.   S o f   l e k s i k   arxaizmlar   –   tamoman   eskirgan   so‘zlar:   uçmak
34 (cennet), yumak (yıkamak) va h.
4.  G r a m m a t i k   arxaizmlar – so‘zning hozirgi tilda mavjud bo‘lmagan,
eskirgan   shakllari,   masalan,   atov   so‘zlar.   Shuningdek,   zamonaviy   tilda
boshqacha usulda yasaluvchi grammatik shakllar.
2. 2. Arxaizmlarning badiiy asarlar leksikasida tutgan o‘rni 
Badiiy   asarlarda   arxaizmlarning   o‘rni   beqiyos.   Xususan,   XX   asrning
ortalarigacha   yozilgan   turkcha   romanlarda   va   boshqa   janrdagi   tarixiy   asarlarda
eskirgan   so‘zlar   ko`p   uchraydi.   Masalan:   çarık   –   choriq.   Oshlanmagan   sigir
terisidan   tikilgan   va   teri   iplar   bilan   tang‘ib   bog‘lanadigan   oyoq   kiyim:   Tozla
örtülmüş çarıklarının eskiliği belli olmuyor”  – Ö. Seyfettin.  Çarıkçı  – choriqchi.
Soriq   tikuvchi   va   sotuvchi   kabi.   Ushbu   so`zni   qadimdan   aytib   kelinayotgan
turkcha maqol va iboralarda ham ko`p uchratish mumkin:   Ne çarığımız kaldı, ne
tezek   kokusu   (Na   chorig`imiz   qoldi,   na   tezak   hidi ,   ya’ni   ”hammasi   o`tib   ketdi,
o`tmishda   qoldi”);   Çarığı   ters   giymiş   (Chorig`ini   teskari   kiyib   olibdi,   ya’ni
”To`nini teskari kiyib olibdi”)  kabi .
Çelebi   –   1)   Bek:   Evliya   Çelebi.   2)   Bektoshi   va   Mavlavi   pirlardan   eng
kattalariga   beriladigan   unvon;   3)   Xristian   tijoratchi:   Çelebi,   tütün   mü
alacaksınız? 44
    Çubukluk   –   Xipchin   (cho‘p)   saqlanadigan   uzun   shkaf:
“Çubukların muhafaza edildiği yerlere çudukluk veya çubuk odası denirdi.”   45
  –
P. Safa.
Eskirgan   leksika   nutqqa   tantanavor   ohang   baxsh   etuvchi   vosita   sifatida
badiiy   adabiyotda   keng   qo‘llaniladi.   Masalan   taniqli   turk   adibi   Rashot   Nuri
Guntekinning   “Choliqushi”   romanida   bunday   vaziyatga   tez-tez   duch   kelish
mumkin:   " Ehemmiyetli   bir   keşif   yapmıştım " 46
  yoki   “ Fakat   nedense   bu
hediyelere   ehemmiyet   verdiğimi   ne   Kâmran’a,   ne   de   başkasına   göstermek
44
 Türkçe sözlük. TDK. Ankara, 1998. S. 456
45
 Türkçe Sözlük, TDK, Ankara, 1998, S. 506
46
  Güntekin R. N., Çalıkuşu, roman, İstanbul, 39. Baskı,  s.5
35 istiyordum ”   47
  Bu   ikki   jumlada   qo‘llanilgan,   usmoniylar   davrida   turk   tiliga
kirgan  ehemmiyetli   (muhim – sifat turkumi)   ehemmiyet   (ahamiyat – ot turkumi)
so‘zi hozirgi turk tilida faol nutqda qo‘llanilmaydi. Uning o‘rniga hozirgi turk
tilida  önemli   (muhim – sifat turkumi) va  önem   (ahamiyat – ot turkumi)  so‘zi 
qo‘llaniladi. 
Eskirgan   leksika   20-asrda   ijod   etgan   va   hozir   ham   ijod   etayotgan
ko‘pchilik yozuvchi va shoirlarning asarlarida ko‘p uchraydi.
Shu   narsa   qiziqki,   hozirgi   turk   tilida   eskirgan   so‘z   hisoblangan   leksik
birliklar hozirgi o‘zbek tilida hech qanday eskirgan so‘z  hisoblanmaydi, nutqda
juda faol qo‘llaniladi.
Shuni   ham   ta’kidlash   kerakki,   ba’zi   holatlarda   ifodaning   ko‘tarinkiligini
ta’minlash   maqsadida   hozirgi   nutqda   eskirgan   so‘zlar   siyosatchilar,   olimlar
tomonidan,   badiiy   adabiyotda   yozuvchilar   tomonidan   keng   qo‘llanadi.   Undan
tashqari, zamonaviy nutqda eskirgan so‘zlarning qo‘llanilishi oddiy, zamonaviy
so‘z   bilan   tasvirlanishi   mumkin   bo‘lgan   hodisaning   muhimligini   ta’kidlashga
yordam   beradi.   Masalan:   " Fakat   her   halde   altın   saçlı   ve   mavi   gözlü   olmadığı
muhakkaktı ” .   –   Faqat,   harholda,   oltin   sochli   va   moviy   ko‘zli   bo‘lmaganligshi
aniq   edi”   Ushbu   gapda   qo‘llanilgan   muhakkaktı   (aniq   edi)   so‘zini   zamonaviy
turkchadagi   kesindi   (aniq   edi)   deb   berish   mumkin   edi.   Lekin   muallif   uni   eski
arabcha  muhakkak so`zi bilan berib, ta’sirni yanada kuchaytirgan.
Arxaizmlar   saqlanib   qolgan   badiiy   matnlar   sirasiga   turk   xalq   maqollarini
ham   kiritish   mumkin.   Chunki   xalq   maqollari   ming   yillar   ilgari   paydo   bo‘lgan
ma’naviy   xazinadir.   Maqollarda   ifodalangan   xalq   falsafasi,   uning   o‘ziga
xosliklarini   aks   ettirgan   o‘gitlar   bugun   ham   dolzarbligini   yo‘qotmagan.   Faqat
maqollar   tarkibidagi   ayrim   so‘z   va   birikmalar   ular   paydo   bo‘lgan   davr,   ya’ni
qadimgi   turkiy   tilga   oiddir.   Misol   uchun   hozirgi   turk   tilida   arxaizm   bo‘lib
qolgan   al   so‘zini   faqat   badiiy   matlar,   maqol   va   matallar   tarkibida   uchratish
mumkin:   Al   ile   arslan   tutulur,   güç   ile   sıçan   tutulmaz     (Hiyla   bilan   arslon
tutiladi,   ammo   kuch   bilan   sichqon   tutilmas).   Bu   maqol   tarkibidagi   sıçan   so‘zi
47
  Güntekin R. N., Çalıkuşu, roman, İstanbul, 39. Baskı , s.40
36 ham   eskirgan   so‘z   hisoblanadi.   Chunki   hozirgi   turk   tilida   “sichqon”     fare
deyiladi.   Shuningdek,   Al   ile   güzellik   olmaz,   zor   ile   pazarlık   olmaz   maqoli
tarkibidagi   al   (ol)   so`zi   o`rnida   hozirgi   turk   tilida   kırmızı   so`zi   ishlatiladi   ( Ol
(qizil)   bilan   go`zallik   bo`lmas,   zo`ravon   bilan   tortishib   bo`lmas)   kabi.   Quyida
keltirilayotgan misollarda belgilangan so`zlar arxaik leksikaga oiddir:
Arı   eken   arı ,   darı   eken   darı   alır   (Toza   don   ekkan,   toza   don,   tariq   ekkan
tariq   oladi,   ya’ni   “nima   eksang   shuni   o`rasan”);   Ekmeğin   arı sını,   kömürün
iri sini,   odunun   kurusunu   marta   sakla   (Bug`doy   (non)ning   tozasini,   ko`mirning
yirigini, o`tinning qurug`ini mart oyiga saqla).
Hozirgi   turkchada   er   so`zi   faqat   eng   kichik   harbiy   unvon   (kichik   serjant)
sifatida   qo`llaniladi.   Maqollar   tarkibidagi   er   so`zi   esa   “erkak”,   “yigit”,   er
(koca)  va boshqa ma’nolarga ega:   Er  ekmeği - meydan ekmeği. / Baba ekmeği -
zindan   ekmeği   (ma’nosi:   erkak   kishi   topib   kelgan   non   ayoli   uchun   beminnat
nondir, ota esa bir umr qizni o`z uyida saqlab boqa olmaydi).  Er im  er  olsun da,
yatar   yerim   çalı   olsun   (Hozirgi   turkchaga   o`girganda   “Kocam   koca   olsun   da,
yatar yerim çalı olsun” – Erim er bolsin-u, yotar   joyim to`qayzor bo`lsin),   Er
olan ekmeğini taştan çıkarır (Erkak kishi nonini tosh orasidan chiqaradi),  Er siz
avrat , yularsız at (Ersiz xotin, jilovsiz ot)   va hok. Bu maqollardan o`zbek tilida
er so`zining tola saqlanib qolganligini ham ko`rish mumkin. 
 Bunday misollardan o`nlab keltirish mumkin:   Bir  dirhem  et bin ayıp örter
(Bir dirham go`sht ming aybni bekitadi);   Ağacı nem, insanı  gam  yıkar (Daraxtni
nam   insonni   g`am   yiqitadi);     Avrat   vardır,   arpadan   aş   eder;   avrat   vardır,
bulguru   keş   eder   (Xotin   bordir   arpadan   osh   pishiradi,   xotin   bordir   toza
guruchdan shovla pishirolmaydi).   Eşek ne anlar  hoşaf tan, suyunu içer,  dene sini
bırakır (Eshak kompotdan nimani tushunardi, suvini ichib, donini yemaydi).
Faydasız   kardeşten   yeğen,   çakmaksız   tüfek ten   söven   ( yeğ dir)   (Befoyda
ukadan jiyan, chaqmoqsiz miltiqdan so`yil yaxshi).
Güzellik on - dokuzu  don  (Go`zallik on bo`lsa, to`qqizi kiyim).
37 Çocuğu babanın   akça sıyla ananın   bohça sı okutur   (Bolani otaning aqchasi
bilan onaning bo‘xchasi o‘qitadi) .
Adam adamdır olmasa da  pul u, eşek eşektir atlas olsa  çul u  (Odam odamdir
bo‘lmasa ham puli, eshak eshakdir, atlasdan bo‘lsa ham juli) .
Bobning   xulosasi   sifatida   shuni   aytish   mumkin:   Badiiy   asarlar,   turk   xalq
maqollari va idiomalar, realiyalar   arxaizmlarning koni hisoblanadi. Ular badiiy
asarlarga rang, tus, joziba berishdan tashqari, tilning boy tarixini ham namoyish
etadi.  
38 XULOSA
Hozirgi   zamon   turk   tilidagi   lug‘atlardan   joy   olgan   arxaizmlar   semantik
nuqtai nazardan ko‘rib chiqilgan, leksik qatlamlarning til lug‘at tarkibida tutgan
o‘rni,   leksik   birliklar   semantikasi   bilan   bog‘liq   masalalar   tadqiqiga
bag‘ishlangan bitiruv ishi natijasida quyidagi xulosalarga kelindi:
- hozirgi   zamon   turk   tilini   o‘rganishda   arxaik   so‘zlarni   bilish   va   ushbu
leksik   qatlamni   o‘xshash   birliklardan   farqlay   olish   ba’zi   qiyinchiliklarning
yuzaga  kelishiga   sabab   bo‘lmoqda,  arhaik  leksikani   tarixiy  leksikadan  farqlash
va   o‘xshash   jihatlarini   aniqlash   qator   qiyinchchiliklar   tug‘dirmoqda.   Undan
tashqari,   turk   tilining   izohli   lug‘ati   va   o‘zbekcha-turkcha,   turkcha-o‘zbekcha
lug‘atlarda   berilgan   so‘zlarning   ba’zi   ma’nolari   eskirganligi   yoki   tarixiy
leksikaga   aylanganligi   chuqur   ilmiy   tadqiqotlar   olib   borilishini   taqozo   etadi.
Mazkur   muammolarga   qisman   javob   berish   maqsadida   boshlagan   bitiruv
malakaviy   ishi   hozirgi   kunda   turk   tili   leksikologiyasini   o‘rganishda   muhim
ahamiyat kasb etadi;
- arxaizmlar   tilning   boshqa   qatlamlari   bilan   birga   tilshunoslikning   turli
nuqtai nazarlaridan ko`rib chiqilgan, turk tilining leksikologiyasi, semantikasiga
oid   o‘quv   va   ilmiy   adabiyotlarda,   amalga   oshirilgan   ba’zi   ilmiy   ihlarda
arxaizmlar ustida qisqacha to‘xtab o‘tilgan;
- turkcha arxaizmlar va ularning o‘ziga xosliklari borasida yevropa, rus va
turk tilshunosligida qiziqarli tadqiqotlar amalga oshirilgan;
- turkcha   arxaizmlar   va   tarixiy   leksika   mavzusi   turkiy  xalqlarning  tarixi,
madaniyati,   ma’naviy   qadriyatlari   va   urf-odatlarini   saqlab   qolish   ma’nosida
dunyo fanining diqqat markazida turadi;
- ish   jarayonida   turk   tilidagi   arxaik   qatlam   o‘rganilib,   ularning   turk   tili
39 leksikasida tutgan o`rni va ahamiyati ta’kidlandi; 
- tilining   lug‘at   tarkibida   arxaizmlarning   taxminiy   miqdori ,   u larning
tarixiy so‘zlar bilan o‘zaro munosabati  belgilandi;
-  turkcha arxaizmlarining semantik xususiyatlari, sinonimlik munosabatlari,
turli ma’no qirralari aniqlandi;
- arxaizmlarning badiiy asarlar leksikasida tutgan o‘rnini belgila ndi ;
- chet   tilini   o‘rganishga   uni   ona   tiliga   qiyoslab,   o‘xshash   va   farqli
tomonlarini aniqlashning muhimligi ta’kidlandi;
- turk   tili   arxaik   leksikasini   bakalavrlimk   bitiruv-malakaviy   ishi
darajasida o‘rganish ishning yangiligini belgilaydi. 
- tadqiqot   natijasida   tarixiy   so‘zlar   va   arxaizmlar   orasidagi   o‘xshash   va
farqliliklar   ajratilib,   tarixiy   so‘zlartshtp   hozirda   mavjud   bo‘lmagan   narsa
hodisalarning   iste‘moldan   butunlay   chiqib   ketgan   nomlari,   bunda   so‘z   o‘zi
ifodalagan   tushuncha   bilan   birgalikda   eskirishi,   arxaik   so‘zlarning   esa   hozirda
mavjud   bo‘lmagan   narsa-hodisalarning   iste‘moldan   butunlay   chiqib   ketgan
nomlari  bo‘lib,  bunda  so‘z  eskirishi,   lekin  tushuncha  eskirmasligi,   boshqa   so‘z
bilan   ifodalanadigan   bo‘lib   qolishi,   bunday   so‘zlarning   iste‘moldan   chiqish
arafasida   turgan,   hozirgi   tilda   sinonimi   bo‘lgan   so‘zlar   ekanligi   alohida
ta’kidlandi;
- hozirgi   turk   tili ning   arxaik   qatlamini   sozlardan   tashqari   qo‘shimchalar
va  o`xshash  grammatik shakllar  ham tashkil etadi . Chunki tilda so‘zlar eskirgani
kabi qo‘shimchalar ham eskirishi mumkin. Bular jumlasiga ba’zi so’z yasovchi
va kelishik qo`shimchalari kiradi;
- tadqiqotda   hozirgi   turk   tilida   eskirgan   so‘z   hisoblangan   leksik
birliklarning   zamonaviy   o‘zbek   tilida   eskirgan   so‘z   emasligi,   nutqda   faol
qo‘llanib   kelinayotgani,   ba’zi   holatlarda   ifodaning   ko‘tarinkiligini   ta’minlash
maqsadida   hozirgi   nutqda   eskirgan   so‘zlar   qo‘llanilayotgani   uqtirishga   harakat
qilindi;
40 - BMIda  badiiy asarlarlarning  arxaizmlarning  koni  hisoblanishi,  ularning
badiiy   asarlarga   rang,   tus,   joziba   berishdan   tashqari,   tilning   boy   tarixini   ham
namoyish   etishi   ta’kidlab   o‘tildi.   Arxaizmlar   saqlanib   qolgan   badiiy   matnlar
sirasiga   turk   xalq   maqollarini   ham   kiritish   mumkin ligi,   xalq   maqollari   ming
yillar   ilgari   paydo   bo‘lgan   ma’naviy   xazina   sifatida   ularda   ifodalangan   xalq
falsafasi, uning o‘ziga xosliklarini aks ettirgan o‘gitlar bugun ham dolzarbligini
yo‘qotmaganligi,   maqollar   tarkibidagi   ayrim   so‘z   va   birikmalar   ular   paydo
bo‘lgan davr, ya’ni qadimgi turkiy tilga oidligiga alohida ahamiyat berildi$
Shuni   ham   alohida   ta’kidlash   kerakki,   tadqiqot   davomida   ega   bo‘lingan
ma’lumotlarni   akademik   litseylarda   turk   tilini   o‘qitish   jarayonida   ma’ruza
sifatida   qo‘llash,   arxaik   shakllarning   tilni   o‘rganishda   qanchalik   muhim
ekanligini   o‘quvchilarga   material   shaklida   yetkazish,   to‘plangan   arxaizmlar   va
eskirgan so‘zlarning kichik lug‘atini tuzish mumkin.
41                 FOYDALANILGAN    ADABIYOTLAR    RO`YXATI
                                         Prezident  asarlari
              1. I. A. Karimov     “Yuksak   ma`naviyat   -   yengilmas   kuch”     Toshkent
“Ma`naviyat”  2008
                               
                                O`zbek tilidagi adabiyotlar ro`yxati
                1.    Аскарова М ,   Абдурахмонов Г     ” Xo зирги     узбек тили   ”   Тошкент
1986
       2.   Хотамов   Н ,  Саримсоков   Б ,  Адабиёт   терминларининг   русча  -  узбекча
изохли   иугати ,  Тошкент , “ Укитувчи ”, 1983  
              4.     Sodikov   K,   Xamidov   X,   Xudoyberganova   Z,   Aminova   L   “Turk   tili”
Toshkent 2003  
       5.   Узбек   тилининг   изохли   лугати , 1-2-  жилдлар , « Русский   язык », 1981
              6.     Гуломов   А ,   Аскаров   М .   “Xo зирги   узбек   адабий   тили ”   Тошкент
1987 
                                 Rus tilidagi  adabiyo tlar  ro`yxati
              1.   Линг вистический   энциклопедический   словарь,   Москва,   «Большая
Российская энциклопедия»,  2002
2 .   Рахманова   Л.   И.,   Суздальцева   В.Н.   ,   Современн ый   русский   язык,
учебное пособие, М о сква, 1997
                         Turk tilidagi  adabiyotlar  ro`yxati
1.   Abdülkadir İnan, Makaleler ve İncelemeler, Ankara,  1987
2.     Büyük   Rusça-Türkçe   Sözlük,   Moskva,   «Russkiy   yazik»,   Multilingual,
İstanbul, 1995  
42 3.   Büyük   Türkçe-Rusça   Sözlük,   Moskva,   «Russkiy   yazik»,   1977,
Multilingual, İstanbul, 1994
4 . Devellıoğlu, Ferit, Osmanlıca-Türkçe Ansiklopedik Lugat, Ankara, 1993.
5 .   Diktonnaire   Larousse,   Ansiklopedik   Sözlük,   Milliyet   Gazetesi   Yayını,
1993-199 4
6 .  Güntekin R. N. ,  Çalıkuşu,  roman, İstanbul, 39. Baskı
7 .  İnan Abdülkadir, Makaleler ve İncelemeler, Ankara,  1987
10.   Roux,   J.   Paul,   Altay   Türklerinde   Ölüm   (Türkçeye   çeviren     Aykut
Kazancıgil), İstanbul, 1999; 
11. Connerton, Paul, Toplumlar Nasıl Anımsar (Türkçeye çeviren Alaeddin
Şener), İstanbul, 1999 
12.  Türkçe Sözlük, TDK, 9. Baskı, 1.-2. Ciltler, Ankara, 1998
   Internet  resurslar
    www.google.com.tr .
     www.ziyo.uz .
     www.tdk.com.tr.
43

TURK TILI ARXAIZMLARI VA ULARNING SEMANTIK TADQIQI (“TURKCHA SO’ZLIK”KA KIRGAN SO’ZLAR MISOLIDA) M U N D A R I J A KIRISH ……………………………………………………………………. I BOB. TURK TILI LEKSIKASIDA ARXAIZMLARNING O‘RNI …. 1.1. Turk tilining lug‘at tarkibida gi arxaizmlar …………………..….... 1.1.1. Sof turkcha arxaizmlar……………………………………………. 1.1.2. Turk tiliga o‘zlashgan arxaik leksika.............................................. 1.1.3. Arxaizmlarning tarixiy so‘zlar bilan o‘zaro munosabati ………. 1.2. Arxaizmlarning grammatik xususiyatlari …………... ...................... II BOB. TURK TILI DAGI ARXAIZMLARINING SEMANTIK XUSUSIYATLARI ……… ………………………………………………. 2.1. Turk tilidagi arxaizmlarnin g ma’no qirralari .………………… …. 2.2. Arxaizmlarning badiiy asarlar leksikasida tutgan o‘rni ………… .. XULOSA………………………………………………………… ………… FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ….....................…... ..................

KIRISH Har qaysi xalq milliy qadriyatlarini o`z maqsad – muddaolari, shu bilan birrga, umumbashariy taraqqiyot yutuqlari asosida rivojlantirib, ma`naviy dunyosini yuksaltirib borishga intilar ekan, bu borada tarixiy xotira masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Ya`ni tarixiy xotira tuyg`usi to`laqonli ravishda tiklangan, xalq bosib o`tgan yo`l o`zining barcha muvaffaqiyat va zafarlari, yo`qotish va qurbonlari, quvonch va istiroblari bilan xolis va haqqoniy o`rganilgan taqdirdagina chinakam tarix bo`ladi. Biz bu masalaga ana shunday ilmiy asosda yondashib, qadimiy tariximizni o`rganish va baho berishda unung biror–bir davri yoki jabhasini e`tibordan chetda qoldirmaslikka harakat qildik. Jumladan, mustamlakachilik va sovet davridagi ommaviy qatag`onlar paytida zulm va zo`ravonlik qurboni bo`lgan, istiqlol yo`lida jon fido etgan ajdodlarimizning hurmati va xotirasini joyiga qo`yish, ularning el-yurt ozodligi yo`lidagi ishlari, qoldirgan merosini izlash va o`rganishni aynan ana shunday ma`naviy negizda yo`lga qo`yganimizni qayd etish zarur. El-yurtimiz taqdiriga daxldor bo`lgan tarixiy adolatni tiklash, xalqimiz va millatimizning yaqin o`tmishidagi yopiq sahifalarni to`la ochib berish, shu tarixdan saboq chiqarib, bugungi va kelajak hayotimizga ongli qarashni shakllantirish, begunoh qurbon bo`lgan insonlar xotirasini abadiylashtirish biz uchun ham qarz, ham farz edi. Buyuk sivilizatsiya va madaniyat beshigi bo`lgan, ko`hna va hayratomuz tarixni o`zida mujassam etgan Vatanimizdagi bebaho yodgorliklar, osori atiqalar haqida so`z yuritar ekanmiz, shu zaminda yashayotgan barcha insonlar ularni avvalo xalqimiz dahosining yorqin na`munasi, ta`bir joiz bo`lsa, unung yuksak ma`naviyatiga qo`yilgan muazzam haykallar deb qabul qiladi. 2

Mavzuning dolzarbligi. Tilshunoslikda leksik qatlamlar va ularning til lug‘at tarkibida tutgan o‘rni, leksik birliklar semantikasi bilan bog‘liq masalalarning tadqiq etilishi murakkab yo‘nalishlardan sanaladi. Mazkur bitiruv-malakaviy ishi turk tilidagi arxaik leksikaning ilmiy o‘rganilishiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda hozirgi zamon turk tilidagi lug‘atlardan joy olgan arxaizmlar semantik nuqtai nazardan ko‘rib chiqiladi. Mavzuning dolzarbligi shundaki, hozirgi zamon turk tilini o‘rganishda arxaik so‘zlarni bilish va ushbu leksik qatlamni o‘xshash birliklardan farqlay olish ba’zi qiyinchiliklarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda. Turk tilining leksikologiyasi kursida arhaik leksikani tarixiy leksikadan farqlash va o‘xshash jihatlarini aniqlash qator qiyinchchiliklar tug‘dirmoqda. Undan tashqari, turk tilining izohli lug‘ati va o‘zbekcha-turkcha, turkcha-o‘zbekcha lug‘atlarda berilgan so‘zlarning ba’zi ma’nolari eskirganligi yoki tarixiy leksikaga aylanganligi chuqur ilmiy tadqiqotlar olib borilishini taqozo etadi. Ana shu muammolarga qisman javob berish maqsadida boshlagan bitiruv malakaviy ishimiz hozirgi kunda turk tili leksikologiyasini o‘rganishda dolzarb mavzu sifatida baholanishi mumkin deb o‘ylaymiz. Mavzuning o‘rganilganligi. Tilshunoslikda arxaizmlarni o‘rganish sohasida ancha ish amalga oshirilganligi hammaga ma’lum. Ilmiy adabiyotlarda arxaizmlar tilning boshqa qatlamlari bilan birga olib ko‘rib chiqilgan va ba’zi o‘rinlarda muayyan fikrlar bayon etilgan. Turk tilining leksikologiyasi, semantikasiga oid o‘quv va ilmiy adabiyotlarda, amalga oshirilgan ba’zi ilmiy ihlarda arxaizmlar ustida qisqacha to‘xtab o‘tilgan 1 . 1 İnan Abdülkadir, Makaleler ve İncelemeler, Ankara, 1987 3

Turkcha arxaizmlar va ularning o‘ziga xosliklari borasida Yevropa fanida 2 va rus tilshunosligida 3 qiziqarli tadqiqotlar amalga oshirilgan. Mazkur mavzu turkiy xalqlarning tarixi, madaniyati, ma’naviy qadriyatlari va urf-odatlarini saqlab qolish ma’nosida ham doimo dunyo fanining diqqat markazida turgan deyish mumkin. Turkcha arxaizmlarni Turkiyada nashr etilgan ensiklopedik lug‘atlarda ham ko‘rish mumkin. 4 Ushbu BMIni tayyorlash jarayonida o‘zbek va turk tillaridagi arxaizmlarning leksik-grammatik xususiyatlariga oid turk va o‘zbek tillarida nashr etilgan ilmiy va tanqidiy adabiyotlar, risolalar, maqolalar material sifatida to‘plandi va ko‘rib chiqildi. Shuningdek, XX asrning so‘nggi yillari va XXI asrning boshlarida nashr etilgan ba’zi ilmiy ishlardagi mavzu bilan bog‘liq fikrlardan foydalanildi. Ularda ko‘tarilgan ilmiy muammolarga, qolaversa, ilmiy ishni yozish tartibiga alohida e’tibor berildi. Tadqiqot jarayonida arxaizmlar tahlil va qiyos etilar ekan, o‘zbek 5 va turk 6 tillaridagi turli xil lug‘atlardan keng foydalanildi. Ishning maqsad va vazifalari. Ishdan asosiy maqsad, turk tilidagi arxaik qatlamni o‘rganish, bu bilan bakalavrlik darajasida bitiruv-malakaviy ishni himoyaga taqdim etishdir. Belgilangan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni bajarish lozim bo‘ladi: - turk tilining leksik qatlamlarini sanab o‘tish; 2 Roux, J. Paul, Altay Türklerinde Ölüm (Türkçeye çeviren Aykut Kazancıgil), İstanbul, 1999; Connerton, Paul, Toplumlar Nasıl Anımsar (Türkçeye çeviren Alaeddin Şener), İstanbul, 1999. 3 Рахманова Л. И., Суздальцева В.Н. Современн ый русский язык, учебное пособие. М о сква, 1997, 82-87 Линг вистический энциклопедический словарь, Москва, «Большая Российская энциклопедия», 2002 4 Devellioğlu Ferit, Osmanlıca-Türkçe Ansiklopedik Lugat. Ankara, 1993. Diktonnaire Larousse, Ansiklopedik Sözlük, Milliyet Gaz-si Yayını, 1993-199 4, C. 1- 5, 5 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 1-2- жилдлар, М., «Русский язык», 1981; Ҳотамов Н., Саримсоқов Б., Адабиётшунослик терминларининг русча-ўзбекча изоҳли луғати, Тошкент, “Ўқитувчи”, 1983. 6 Türkçe Sözlük, TDK, 9. Baskı, 1.-2. Ciltler, Ankara, 1998 ; Büyük Rusça-Türkçe Sözlük, Moskva, «Russkiy yazik», Multilingual, İstanbul, 1995 ; Büyük Türkçe-Rusça Sözlük, Moskva, «Russkiy yazik», 1977, Multilingual, İstanbul, 1994 ; 4

- turk tili leksikasida arxaizmlarning o‘rnini aniqlash; - turk tilining lug‘at tarkibida arxaizmlar ning taxminiy miqdorini belgilash; - arxaizmlarning tarixiy so‘zlar bilan o‘zaro munosabati ni belgilash; - turk tilidagi arxaizmlarining semantik xususiyatlari haqida so‘z yuritish; - turk tilidagi arxaizmlarda sinonimlik munosabatlarini ta’kidlash; - turk tilidagi arxaizmlarinin turli ma’no qirralarini aniqlash; - arxaizmlarning badiiy asarlar leksikasida tutgan o‘rnini belgilash; Ishning ilmiy yangiligi. Chet tillarini o‘rganishga talab kundan kun ortib borayotgan bir paytda boshqa tillarning leksik qatlamini ham izchil o‘rganish, o‘z ona tiliga qiyoslab, o‘xshash va farqli tomonlarini aniqlash muhimdir. Shu nuqtai nazardan, turk tili arxaik leksikasini bakalavrlik bitiruv-malakaviy ishi darajasida o‘rganish ishning yangiligini belgilaydi. Ishning amaliy ahamiyati . Ushbu bitiruv-malakaviy ishini tayyorlash natijasida ega bo‘lingan ma’lumotlarni akademik litseylarda turk tilini o‘qitish jarayonida ma’ruza sifatida qo‘llash, arxaik shakllarning tilni o‘rganishda qanchalik muhim ekanligini o‘quvchilarga material shaklida yetkazish, to‘plangan arxaizmlar va eskirgan so‘zlarning kichik lug‘atini tuzish mumkin. BMIning tuzilishi va hajmi. Mazkur bitiruv-malakaviy ishi, kirish, ikkita bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat. BMIning hajmi 4 4 bet. 5