ZA’FARONNING O’SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGIGA MULCHALASH AGROTEXNOLOGIYASINING TA’SIRI
ZA’FARONNING O’SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGIGA MULCHALASH AGROTEXNOLOGIYASINING TA’SIRI MUNDARIJA Kirish .. ...................................................... ... ............. ... .......... . 3 I bob. Adabiyotlar ta hlili ............................. ...... ................... .... ....... 6 1. 1 . Za’faronning dorivor va oziq-ovqat o‘simligi sifatida ahamiyati hamda uning tarixi………………………………... 12 1.2. Dunyoda Za’faron etishtiradigan va o‘simlik xom - ashyosiga bo‘lgan talablar ............... .......... .................... 16 1.3. Za ’ faron sistematikasi................ ............ .................................. 21 I bob bo‘yicha xulosa .................................................. ........... 24 II bob . Tadqiqot olib borish sharoiti va uslubi ......... ....... .. . ............. 25 2. 1 . 2.2. Tadqiqot sharoitlari .............. . ...................................... ....... . .... Iqlimi ....................................................................... ........... . .... 25 26 2.3. Tuproqlari ........................................................... ..................... 27 2.4. Za’faron o‘simligi xarakteristikasi........................................... 28 II bob bo‘yicha xulosa .... ....................................... .. . ...... ... .... . 33 III bob. Tadqiqot natijalari ................ .............................................. ... 34 3. 1 . Mulchalashning Za ’ faron o‘simligini unib chiqishi, o‘sishi va rivojlanishiga ta’siri………………………………..……... 34 3. 2 . Za’faron o‘simligini o‘sishi va rivojlanishi (g‘unchalash fazasida) ....................... ................................................ ............ 35 3. 3 . Mulchalashning Za’faron o‘simligini gullash jadalligiga ta’siri ............................... ....... ...................... ...................... ...... 37 III bob bo‘yicha xulosa ....................................................... ... 39 X ulosa . ........................................................ . .................................. .. . . ....... 40 Adabiyotlar ro‘yxati ................................... .................. ...... ....... ... ........... 41 1
KIRISH Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi. Dunyoda aholi sonining ortishi dorivor, hushbo‘y-ziravor va oziq-ovqat o‘simliklar xom ashyosining xilma- xilligini ko‘paytirish hamda ulardan tabiiy dori darmon vositalari va yangi turdagi oziq - ovqat mahsulotlarini ishlab chiqishni taqozo etmoqda. Butunjahon Sog‘liqni Saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, mavjud dori-darmon vositalarining 60-65 % ini dorivor o‘simliklar xom-ashyolaridan olingan preparatlar tashkil etib, bugungi kunda jahonda dorivor, oziq-ovqatbop va hushbo‘y-ziravorlik hususiyatlarini saqlovchi o‘simliklarni tanlash, etishtirish, keng masshtabda plantatsiyalarini tashkil etish va ishlab chiqarishga jalb etishga alohida e’tibor berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. Mirziyoevning 2017 yil 24-25 fevral kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashriflari davrida istiqbolli loyiha, ya’ni respublikamiz iqlim va tuproq sharoitida dorivor va xushbo‘y hidli ziravorli kosmopolit o‘simlik Za’faron (Za’faron ) plantatsiyalarini tashkil etish tadbiri namoyish etildi. Mazkur loyiha asosida (Za’faron ) plantatsiyalarini barpo etish, farmatsevtika sanoati ehtiyojlarini ta’minlash va eksportbop dorivor o‘simliklarni ko‘paytirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida majlis qarori va unga asosan 2017 yil 21 avgustda Vazirlar Mahkamasida o‘tkazilgan №114 - yig‘ilish bayonining “Respublikamizda za’faron (Za’faron ) plantatsiyalarini barpo etish, farmatsevtika sanoati ehtiyojlarini ta’minlash va eksportbop dorivor o‘simliklarni ko‘paytirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi EDO-03/1-421 - sonli qarori bilan dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini tashkil etish uchun takliflar kiritish va dorivor o‘simliklar sohasida yangi ilmiy loyihalarni tayyorlash, amalga oshirish va tavsiyalar ishlab chiqish, doimiy ravishda dorivor o‘simliklarni o‘stirish va ko‘paytirish sohadagi ilmiy salohiyatni yuksaltirib borish, fan va ishlab chiqarish orasidagi integratsiyani yanada kuchaytirish belgilangan [5]. Mazkur qaror va boshqa meyoriy xujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash [1;2;3;4;5;6] maqsadida chet mamlakatlaridan Za’faron o‘simligi 2
piyozchalari keltirildi va ularni mahalliy sharoitga moslashtirish orqali medetsinada, kosmetikada va oziq-ovqat yo‘nalishlarida foydalanish uchun. Buning uchun respublikamizda mlum maydon ajratildi. SHuningdek, “Za’faron ilmiy tadqiqot markazi” tashkil etildi. Ushbu markazning asosiy maqsadi Za’faron o‘simligining respublikamiz tuproqlari sharoitida etishtirish agrotexnikasini ishlab chiqish edi. Bu borada mazkur markaz k o‘pgina yutuqlarga erishdi. Bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri Za’faron o‘simliginning oziq muhitiga reaksiyasini o‘rganishdir. Ayniqsa, sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarda tuproq tabiiy unumdorlik hisobiga qancha hosil olish mumkin. Bu borada ham izlanishlar olib borish lozim. CHunki, shunday qarashlar bor, Za’faron o‘simligini etishtirish uchun tuproq unumdorligi etarli degani emas. SHu tufayli Za’faron o‘simligini sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida tuproq tabiiy unmdorligi va turli o‘g‘it variantlarida tadqiq qilish maqsad qilindi. Ta dqiqot ob’ekti . Zarafshon vohasi sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlari, mulchalash materiallari - kuzgi bug‘doy somoni, yaltiroq polietilen plyonka, qoramol go’ngi va Za’faron o‘simligi. Ta dqiqotning predmeti. Mulchalash ta’sirida tuproqning asosiy xossalarining o‘zgarishi. Bundan tashqari Za’faron o‘simligining o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’sirini aniqlash tadqiqotning predmeti hisoblanadi. Ta dqiqotning ilmiy yangiligi: Zarafshon vohasi sug‘oriladigan o‘tloq tuproqlar sharoitida Za’faron o‘simligini yaltiroq poletilen plyonka, bug‘doy somoni va qoramol go’ngi yordamida mulchalab, tuproqning fizik, mexanik va suv xossalariga ta’siri birinchi marta o‘rganildi. Tadqiqotning maqsadi va vazifalari: Bajariladigan dissertatsiya ishining asosiy maqsadi: Mo‘lchalashning tuproq xossalari va Za’faron o‘simligining o‘sishi, rivojlanishi hamda hosildorligiga tasirini o‘rganishdan iborat. Tadqiqotning asosiy vazifalari qo‘yidagilardan iborat : 1. Tuproqdagi oziq moddalar miqdorini aniqlash; 2. Tuproqning unumdorligi va suv fizik xossalarini aniqlash; 3
3. Mulchalashning tuproqni namlik sig‘imiga ta’sirini aniqlash; 4. Mulchalashning tuproqni mikrobiologik xossalariga ta’sirini aniqlash; 5. Mulchalashni Za’faronning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’sirini aniqlash; Tadqiqotning amaliy ahamiyati : Zarafshon vohasi sug‘oriladigan o‘tloq tuproqlarida Za’faron o‘simligini etishtirish va har xil mulcha materiallar – plyoka, somon va go’ngning tuproq xossalariga hamda o‘simlik hosildorligiga ta’siri ilmiy- amaliy jihatdan asoslab berildi. Olingan natijalar bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi va ishlab chiqarishga joriy qilinadi. Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi. Dala tajribalari, tuproq va o‘simlik namunalarini olish, agrokimyoviy tahlillar, fenologik kuzatuvlar umumiy qabul qilingan uslubiy qo‘llanmalar asosida «Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari», tuproq va o‘simlik namunalarining kimyoviy tahlillari, «Metodika polevogo opыta», «Rukovodstvo po ximicheskomu analizu pochv» bo‘yicha amalga oshirilgan . Ish tuzilmasining tavsifi. Bitiruv malakaviy ishi 49 sahifada yozilgan bo‘lib, kirish, 3 ta bob xulosalar va ishlab chiqarishga tavsiya, 94 nomdagi foydalanilgan adabiyotlar ruyhati, 3 ta jadval, 2 ta rasmdan tashkil topgan. Kirish qismida Bitiruv malakaviy ishi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi , tadqiqot ob’ekti va predmeti, tadqiqotning maqsadi va vazifalari , ilmiy yangiligi , tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari , tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili) , tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi , tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati, ish tuzilmasining tavsifi yoritilgan. 1- bobda mavzuga oid adabiy manbalarning tahlili yoritilgan. 2-bobda t adqiqot o‘tkazilgan xudud ning tabiiy sharoitlari va tekshirish uslubi bayon etilgan. 3-bobda olingan natijalar va ularning tahlili keltirilgan. Olingan natijalar asosida xulosa va ishlab chiqarishga tavsiyalar berilgan. Bitiruv malakaviy ishida foydalanilgan adabiy manbalar a dabiyotlar ro‘yxatida keltirilgan. 4
I BOB. ADABI YOTLAR TAHLILI Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili). Sug‘oriladigan erlarda mineral o‘g‘itlar ta’sirida dorivor o‘simliklardan yuqori va sifatli hosil olish bo‘yicha keng qamrovli ilmiy–tadqiqot ishlari bajarilgan. Bunday tadqiqot xorijlik va respublikamiz olimlaridan J.Mey, N.Negbi, J.G.Baker, S.Meng, T.Rutten, F.R.Blattner, H.Kerndorff, E.Pasche, D.Harpke, S.N.Abramova, L.G.Zakalyabina, R.E.Levina, G.E.Kapinos I.V.Belolipov, L.L.Sedelnikova, S.N.Kudryashov, YU.M.Murdaxaev, B.E.Tuxtaev, A.B.Maxmudov, SH.SH.Xurramov va boshqalar tomonidan ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Lekin respublikamiz tuproqlarida mineral va organik o‘g‘itlarni tuproq va dorivor Za’faron o‘simligi hosiliga ta’sirini aniqlash, o‘g‘itlar samaradorligini oshirish, maqbul o‘g‘it me’yorlari va uni qo‘llashni ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar etarlicha amalga oshirilmagan. Sug'oriladigan tipik bo'z tuproqlar xossalariga mulchalashning ta'siri. Sug'oriladigan tipik bo'z tuproqlarni polietilen plyonka bilan mulchalashning umumiy fizik xossalariga, suv, issiqlik va oziq moddalar rejimlariga ta'sirini o'rganganlar. Tuproq zichligini pasayishi va tuproq g'ovakligining oshishi, harorat va namlikning oshishi hamda ozuq moddalarning ko'payishini aniqlaganlar. Mulchalab sug'orish usullarining tupoq harorati va ziroatlarning o'rtacha kunlik suv iste'moliga ta'siri. Tajriba maydoni tuprog'i o'tloqi-bo'z tuproqlar bo'lib mexanik tarkibiga ko'ra yengil qumoq, kuchsiz darajada sho'rlangan, sizot suvlari 2.0-2.5 m chuqurlikda joylashgan. Tajriba 18 variantdan ibotart bo'lib, 3 takrorlanishda olib borilgan va 3 yarusli qilib joylashtirilgan.tadqiqotlar qand lavlagining «Romanovskaya-032», soya va loviya o'simliklari ustida olib borildi. 1.06 da tuproqning 0-5-0-10 sm qatlamlarida qand lavlagining «Romanovskaya-032» navida tuproq harorati 0-5 sm qatlamida 28,5 C ga teng bo'lgan bo'lsa, 0-10 sm qatlamida 27,6 C ni ko'rsatmoqda. Demak, olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida qator oralarini plyonka bilan mulchalash 5