ZARAFSHON VODIYSI SHAROITIDA JUMRATSIMON CHAKANDANING SUV ALMASHINUV XUSUSIYATLARI



![agrotexnologiyasi” yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish kabi
bir qator masalalar yuqorida keltirilgan qarorlarda belgilandi [1; 2].
O‘zbekistonda dorivor o‘simliklarning 700 dan ortiq turi mavjud.
Shulardan tabiiy sharoitda o‘sadigan va madaniylashtirilgan 120 ga yaqin
o‘simlik turlaridan ilmiy va xalq tabobatida foydalaniladi. Hozirgi davrda
tibbiyotda qo‘llaniladigan dori-darmonlarning qariyib 40-47 % o‘simlik
xomashyolaridan olinadi. O‘simliklar murakkab tuzilishiga ega bo‘lgan jonli
tabiiy kimyoviy laboratoriya bo‘lib, oddiy noorganik modalardan murakkab
organik moddalar yoki birikmalarni yaratish qobiliyatiga ega.
Biz ish olib borayotgan o‘simliklardan biri bo‘lgan c hakanda o‘simligi
ham dorivor o‘simliklar qatoriga kirib, XIX asrda veterinariya sohasida keng
ishlatilgan, greklar bu o simlikni barglarini va yosh novdalarini otlarniʻ
oziqlanishida ishlatganlar. Qadimgi Gretsiyada bu mevaga qiziq nom
berishgan: “ yaltiroq ot ” – hatto eng nimjon jonivorlar ham chakandadan
iste’mol qilgandan so‘ng, sog‘lom va baquvvat bo‘lib, ularning terisi esa
yaltirashni boshlagan. Kasallangan otlar chakanda ta siri natijasida sog yishi
ʼ ʻ
tezlashgan. Bu ularning immunitetini oshishi asosida amalga oshgan.
Chakanda mevalari Sibirda qadim zamonlardan beri ishlatilgan. Nemis
qomusiy olimi, tabiatshunos, sayohatchi P.S.Pallas chakanda mevasini
tasvirlab, uning nordonligi haqida yozgan. Chakanda mevalarini aholi ko p
ʻ
miqdorda iste mol qilib, ulardan qiyom, murabbo va boshqa mahsulotlar
ʼ
tayyorlaganlar. Hozirgi vaqtda chakanda mevalari Mongoliyada ham keng
qo llaniladi. Bu yerda chakanda mevalaridan oziqa mahsulotlar va chakanda
ʻ
yog i tayyorlanadi. Chakanda mevalarini Sibir xalqi ham keng ishlatadi.
ʻ
Chakanda yashil-kumush rangli barglari va chiroyli rangli mevalari
orqali manzarali o simlik bo lib hisoblanadi. Chakanda mevalari uzoq vaqt
ʻ ʻ
mobaynida daraxtlarda saqlanganligi sababli manzarali bog dorchilikda ham
ʻ
qo llaniladi.
ʻ Chakanda tirik devor bo lib ham ishlatiladi. Yog ochidan ʻ ʻ
ko pgina mayda qurilish materiallar tayyorlanadi. Chakandaning yog ochi
ʻ ʻ
4](/data/documents/17a81707-c7a5-4500-9c1c-dd391ab25fa4/page_4.png)



![1. ADABIYOTLAR TAHLILI
1.1. Chakanda turkumining qisqacha o‘rganilish tarixi
XIX asrning oxirlari XX asr boshlarida chakanda Rossiyaning ko‘pgina
botanika bog‘lari kolleksiyalarida o‘stirila boshlagan. Chakandani manzarali
buta sifatida ko‘kalamzorlashtirish maqsadlarida madaniylashtirish ishlarini
Sankt-Peterburg botanika bog‘i boshlab bergan. Chakanda ko‘chatlari va
urug‘lari tog‘li Oltoydan ketirilgan bo‘lib, ular yetishtirgan ko‘chatlar
bog‘bonlar orasida tez tarqalgan. XX asr boshlarida chakandaga rezavor mevali
o‘simlik sifatida qiziqish ortdi, chunki chakanda Sibr sovuqlariga bardosh bera
olgan o‘simlik edi.
Chakanda Rossiyaning yevropa qismi – Moskva, Voronej, Peterburgda
ko‘chatzorlarda o‘stirildi va ommalashtirildi. Chakanda bilan taniqli botanik
I.V. Michurin ham qiziqqan, turli geografik hududlardan olingan urug‘larni ekib
ko‘chat yetishtirishni yo‘lga qo‘ygan. Uning tajribalarida Germaniyadan olingan
urug‘lar asosida yetishtirilgan ko‘chatlar birinchi qish sovuqlaridan zararlangan
bo‘lsa, Sibirdan olingan urug‘lardan yetishtirilgan chakanda ko‘chatlari sovuqqa
bardoshligi bilan ajralib turgan [13;17;26;103].
O‘tgan asrning 20-yillarida P.I.Shemelin Baykalbo‘yi tabiiy
chakanzorlarida shirin mevali shaklini ajratib olgan. 1940 yilda Irkutsk tayanch
punktida 3 ta chakanda shakli tanlandi, Yu.G.Leonova tomonidan Minusinsk
tajriba dalasida chakandaning tanlash yo‘li bilan 2 navi yaratildi va ularga
“ Скороспелка ” va “ Кукуруза ”, deb nom berildi. Chakanda o‘simligini
seleksiya obyekti sifatida o‘rganish 1933-1934 yillarda Oltoy o‘lkasidagi Katun
daryosi vodiysidagi chakandazorlar tadqiq etildi va istiqbolli shakllari ajratildi,
ularning urug‘lari terib ko‘chatzorga ekildi. Tog‘li Oltoy bog‘dorchilik tayanch
punktida yetishtirilgan ushbu urug‘ ko‘chatlar bog‘larni himoyalovchi
ixotazorlarga ekildi. Keyinchalik ushbu ko‘chatlar hosilga kirgach, ular orasida
yirik mevali eng sara shakllar tanlab olindi va ular asosida “ Дар Катуни ”,
“ Новост Алтая ”, “ Золотой початок ” kabi navlar yaratildi. Shunday qilib,
8](/data/documents/17a81707-c7a5-4500-9c1c-dd391ab25fa4/page_8.png)
![chakandaning ilk seleksioneri deb M.А.Lisavenkoni hisoblash mumkin. Olimlar
tomonidan olib borilgan izlanishlar asosida chakanda mevasining tarkibida
chakanda moyi va biologik faol moddalarni mavjudligi ushbu o ‘simlikka
bo‘lgan qiziqishni ortishiga olib keldi [53].
2001-yilda Krasnoyarsk chakandasini biokimyoviy tadqiq etildi va 100 ml
meva sharbatida 91,5 g suv, 3,36 g qandlar, 2,5 g olma va vino kislotasi,
urug‘larida 6,54 % suv, 24,38 % azotli birikmalar, 12,13 % moy, 14,90 %
pentozan, 9,37 % oshlovchi moddalar va 31,37 % klechatka mavjudligini
aniqladi. Bundan tashqari chakanda mevasi vitaminlarga (ayniqsa C vitaminiga)
boyligi ma lum bo‘ldi. Shunday qilib, chakandadan muhim polivitamin o‘simlikʼ
sifatida oziq – ovqat va farmatsevtika sanoati uchun xom-ashyo sifatida
foydalanish imkoniyatlari yaratildi [18].
XX asrning 40-yillaridan boshlab, chakandani har tomonlama keng ilmiy
o‘rganish davri boshlandi. Chakandani har tomonlama tadqiq etishda Rossiya
vitamin instituti (A.F.Yevtushenko, V.V.Malinkovskiy, A.A.Devyatnin,
L.O.Shnaydman – chakanda resurslari va biokimyosi), Oltoy tibbiyot instituti
(I.I.Matulis, G.G. Yurova, J.V. Shirshova), Oltoy bog‘dorchilik tajriba stansiyasi
biokimyo laboratoriyasi (Ye.Ye.Shishkina), Ural o‘rmon texnika instituti
biologik faol birikmalar laboratoriyasi, (L.I.Vigorov, A.Ya.Tribunskaya), Biysk
vitamin zavodining laboratoriyasi (V.O.Kazansev, M.P.Glushnev) kabi ilmiy
muassasalar ishtirok etdilar, ularda chakandaning qimmatli shakllarini tanlash,
navlar yaratish, dorivorlik xususiyatlarini o‘rganish va ularni o‘stirish
agrotexnikasini ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlari o‘tkazildi
[43;46;55;58;64;73;92;95].
Ushbu davrda Oltoydagi Katun daryosi quyi oqimida tabiiy
chakandazorlar genofondi o‘rganildi, 1949 yilda dunyoda birinchi marta
chakanda mevasidan chakanda moyi olishga ixtisoslashgan Biysk vitamin
zavodi ishga tushdi va u hozirda ham faoliyat yuritmoqda.
1950-yilda 21 ta chakanda shakllari qimmatli xo‘jalik belgilariga ko‘ra
9](/data/documents/17a81707-c7a5-4500-9c1c-dd391ab25fa4/page_9.png)
![tanlab olindi, ularning mevalari tarkibi biokimyoviy o‘rganilgandan so‘ng ular
orasidan 5 istiqbolli shakl ajratib olindi. 1956-1959 yillar mobaynida o‘tkazilgan
tanlash ishlari natijasida “ Витаминная ” va “Масличная” navlari yaratildi [26].
Barcha navlar 1960-yillarda Oltoy o‘lkasida keng tarqaldi, keyinchalik
Kemerevo, Novosibirsk viloyatlarida h am o‘stirila boshlandi. Ushbu chakanda
navlari nafaqat yirik mevali, balki deyarli tikonsizligi bilan, yuqori miqdordagi
qand moddasi va C vitamini bilan ajralib turadilar. 1958-yilda Oltoy
bog‘dorchilik tajriba stansiyasida chakandaning turli geografik zonalarda
o‘suvchi shakllarini ya’ni chakandaning oltoy, daur, sayan, O‘rta Osiyo
populyatsiyasi vakillari orasida duragaylar olish maqsadida chatishtirish ishlari
olib borildi. Ushbu duragaylar mevalarida yuqori miqdorda moy va karotin
hamda uzun meva bandiga ega ekanligi bilan ajralib turadi [23;95].
1963-yilda Novosibirsk meva-bog‘dorchilik stansiyasida chakandaning
Oltoy navlarini o‘rmon va o‘rmon-dasht zonalarida o‘stirish bo‘yicha tajribalar
o‘tkazildi. Moskva viloyatida Butunittifoq vitamin institutining Voronsov
eksperimental bazasida 1945-yilda Oltoyda terilgan urug‘lar asosida
yetishtirilgan ko‘chatlar asosida chakandazor barpo etildi, lekin ko‘pchilik
ko‘chatlar qurib qoldi. Shunday qilib, hozirgacha Oltoylik seleksionerlar
tomonidan chakandaning jami 19 ta yirik mevali va elita navlari yaratilgan
bo‘lib ular keng ommalashtirilgan. Rossiyaning Tuva Respublikasi hududidagi
tabiiy chakandazorlar Tuva qishloq xo‘jaligi tajriba stansiyasi xodimlari
tomonidan o‘rganilgan. Chakandaning Tuva shakllari sovuqqa chidamliligi va
tez pisharligi bilan ajralib turadi [43;55;61].
Chakandaning Baykalorti populyatsiyasidan qimmatli xo‘jalik belgilariga
ega shakllarni tanlash ishlari Buryat meva bog‘dorchilik tajriba stansiyasi
tomonidan amalga oshirildi va yuqori hosildor shakllari vegetativ usulda
ko‘paytirildi va ko‘chatlar “O блепиховие ” ixtisoslashgan xo‘jalikka berildi.
Nijniy Novgorod qishloq xo‘jalik akademiyasi ham chakandani sovuqqa
chidamli navlarini yaratish borasida tajribalar o‘tkazdilar. Buning uchun Tunkin
10](/data/documents/17a81707-c7a5-4500-9c1c-dd391ab25fa4/page_10.png)
![vodiysidagi Irkut daryosi bo‘ylaridagi tabiiy butazorlardan tayyorlangan
urug‘lar asosida ko‘chatlar yetishtirilgan. Ko‘chatlar orasida chakandaning 4 ta
elita navlari yaratildi. Sibirning turli geografik zonalarida chakanda
populyatsiyalarini o‘rganish va qimmatli xo‘jalik belgilariga ega butalarini
tanlash ishlari Sobiq Butunittifoq vitamin institutida amalga oshirildi. [55].
Chakandani o‘rganish bo‘yicha Botanika bog‘lari ham salmoqli ilmiy
tadqiqot ishlarini amalga oshirdilar. Moskva universiteti Botanika bog‘ida
G‘arbiy Yevropadan keltirilgan hamda Sibir regionlari va Mongoliya
Respublikasidan keltirilgan chakanda navlari va shakllari asosida kolleksiya
yaratildi. Kavkaz va O‘rta Osiyo populyatsiyalaridan tayyorlangan urug‘lar
asosida yetishtirilgan ko‘chatlarning sovuqqa chidamsizligi ma’lum bo‘ldi
hamda chakandaning 20 ta elita shakllar tanlangan va 6 navi yaratildi [93].
Chakanda mevalarini biokimyoviy tarkibi bilan D.K.Shapiro rahbarligida
ilmiy xodimlar sermahsul tadqiqotlar o‘tkazdilar. Chakandani g‘arbga qadar
surilishi undagi chakanda moyini kamayishiga olib kelgan bo‘lsa, aksincha
ularda C vitamini va karotin miqdori ortgan. Shunday qilib, hozirgi paytda
chakanda seleksiyasi bilan shug‘ullanayotgan eng yirik ilmiy muassasa –
akademik M.A. Lisavenko nomidagi Sibir bog‘dorchiligi ilmiy tadqiqot instituti
hisoblanadi. Ushbu institutda 300 xil chakanda namunasi bo‘lib, ular 11 ta
ekologik – geografik populyatsiyalarga tegishlidir. Seleksiya ishlarida
chakandaning katun, chulishman, chuy, sayan, daur, tyanshan, yutland va
kaliningrad populyatsiyasi vakillaridan foydalanilgan [90].
Qozog‘istonda chakandaning eng sara shakllarini tanlash ishlari bilan
Olmaota, Janubiy va Sharqiy Qozog‘iston viloyatlari hududlaridagi tabiiy
chakandazorlardan qimmatli “ Зайсан -1”, “ Зайсан -2”, “ Зайсан -3” kabi yirik
mevali shakllar ajratib olingan hamda chakandani tashqi ekologik 15 ta
omillarga chidamli shakllari va ularni yetishtirish agrotexnikasi masalalari
o‘rganilgan [13;14].
G ‘ arbiy Pomir tog ‘ lari sharoitlaridagi chakandani biomorfologik va
11](/data/documents/17a81707-c7a5-4500-9c1c-dd391ab25fa4/page_11.png)
![biokimyoviy xususiyatlari olimlar tomonidan o ‘ rganilgan . Ularning
ma lumotlariga ko ra, chakandaning Vanch, Bartang, Panj, Gunt, Shoxdaryoʼ ʼ
daryolarining yuqori oqimida 2 ming gektarga yaqin tabiiy chakandazorlari
mavjud bo‘lib, ular boy genofondga ega va ularda qimmatli mevalar terish
mumkin. Ushbu hududda chakandaning 11 ta qimmatli shakllari tanlangan va
biokimyoviy tahlil etilgan [27] .
Qirg‘iziston Respublikasida Issiqko‘l da va Chu daryosi vodiysida
tarqalgan tabiiy chakandazorlar resurslarini va ularning genofon dini o‘rganilgan
[75].
O‘zbekistonda tabiiy chakandazorlar asosan G‘arbiy Tyan-Shan va Pomir
Oloy tog‘ tizimidagi tog‘ daryolari vodiylarida mavjud. Chakandaning eng yirik
turli yoshdagi butazorlari Zarafshon daryosi o‘rta oqimida 150 gektarga yaqin
bo‘lib, uning 60 gektari Zarafshon milliy tabiat bog‘ida joylashgan. V.А.Savkin
Zarafshon Milliy tabiat bog‘ hududidagi chakandazorlarni tadqiq etgan va u
tomonidan 12 ta qimmatli shakllar tanlagan hamda ularni morfologik tomondan
o‘rgangan. Zarafshon populyatsiyasidagi chakandaning turli rangdagi
shakllarning mevalarini biokimyoviy tahliliga ko‘ra, barcha rangdagi (sariq,
olovrang, qizil) chakanda mevalarining tarkibidagi moy miqdori 20,3-26,6 %
ekanligini ko‘rsatgan. Faqatgina qizil chakanda mevalari karotinga boyligi (22,2
mg %) ma lum bo‘lgan. Chakanda moyi asosan palmitin va palmitolein
ʼ
kislotalardan iborat ekanligini biokimyoviy tahlillar isbotlangan [38;39;41].
O‘zbekiston janubida o‘sadigan chakanda asosan namlik bilan
ta minlangan daryo bo‘yi qum shag‘alli substratlarda keng tarqalgan bo‘lib,
ʼ
Zarafshon daryo vodiysida chakanda jiyda – chakanda, tol – jiyda chakanda,
turli o‘tlar – chakanda o‘simlik formatsiyalarini yuzaga keltirgan. Zarafshon
milliy tabiat bog‘ida chakanda o‘sib turgan to‘qayzorlar 370 ga (gektar) bo‘lib,
ulardan 50-55 t (tonna) biologik meva zahirasi mavjud. Sanoat ahamiyatiga ega
chakandazorlar (150 ga) Qoradaryo chap qirg‘og‘ida (Zarafshonning chap
irmog‘i) Samarqand viloyatining Daxbed qo‘rg‘onidan Juma shaxobchasiga
12](/data/documents/17a81707-c7a5-4500-9c1c-dd391ab25fa4/page_12.png)
![qadar joylashgan.
Surxondaryo viloyatida Surxondaryo daryosi va uning irmoqlarida, Uzun
o‘rmon xo‘jaligi, To‘polang daryosi havzasida 12 gektar, Miraki o‘rmon
xo‘jaligida Oqsuv daryosi havzasida 20 gektar chakanda o‘sib turgan to‘qayzor
borligi aniqlangan. Shunday qilib, O‘zbekistonda jami 1000 gektarga yaqin
chakandazor mavjud deb hisoblash mumkin [75].
Qoradaryo havzasida Qorateri qishlog‘idan 5-6 km masofada 60 km 2
maydonda urug‘chi butalardan iborat senopopulyatsiya joylashgan. Chakanda
Kumushkent, Chashma, Qorasoy, Qorateri, Daxbed qishloqlari yaqinida ham
ko‘plab o‘sishi qayd etilgan [40].
M.Tirkasheva [92] Turkiston tog‘ tizmasi Ko‘kjarsoyning irmog‘i
Oqchanqansoyning o‘ng qirg‘og‘ida 1200-1300 m balandlikda Ko‘kjar
qishlog‘idan 3-4 km shimoli-g‘arbda joylashgan turli o‘tli-na matakli-ʼ
chakandazor o‘simlik assotsiatsiyasi haqida ma lumot beragan. 1753-yilda K.
ʼ
Linney Hippophae L turkumiga faqatgina 1 turni – jumratsimon chakanda
(Hippophae rhamnoides) turini kiritgan.
Xulosa qilib aytganda, chakanda o‘simligi dastavval rezavor meva sifatida
qiziqish uyg‘otgan bo‘lsada, keyinchalik shirin mevali shakllari aniqlanib, ularni
sovuq iqlim sharoitiga bardoshliligi o‘rganilgan. So‘ngra ularning har xil
shakllari asosida olimlar tomonidan bir qancha navlari yaratilgan. Shu vaqt
davomida chakanda mevalarining biokimyosi o‘rganildi va ularni yetishtirish
uchun ixtisoslashgan xo‘jaliklar tashkil etilgan. Respublikamizda ham chakanda
o‘simligi ustida bir qancha ishlar amalga oshirilgan. Yuqorida keltirib o‘tilgan
barcha ishlarda faqat bir narsa, ya’ni chakandaning dorivor o‘simlik sifatida
yetishtirish maqsad qilib olingan edi.
1.2 Chakandaning tavsifi, tarqalishi va ishlatilishi
K. Servettas (1909) jiydadoshlar (Elaeagnaceae) oilasiga bag‘ishlangan
monografiyasida turkumga kiruvchi 3 kenja tur haqida ma’lumot keltiradi:
13](/data/documents/17a81707-c7a5-4500-9c1c-dd391ab25fa4/page_13.png)

![Pokistonda, Hindistonda, Nepalda, Butanda, Xitoyda, Mongoliyada, Markaziy
Osiyoda, Baykal bo‘yida, Oltoy o‘lkasida, Rossiyaning Tuva, Buryat
Respublikalarining daryo vodiylarida tabiiy holda o‘sadi. Qolgan ikki tur Nepal,
Butan davlatlarida Tibet yassitog‘ligida, Hippophae salicifolia 1800-3600 m
balandliklarda, Hippophae tibetana 3600-4200 m balandliklarda o‘sadi
[3;5;100;102;107].
Markaziy Osiyoda, shu jumladan O‘zbekistonda jumratsimon chakanda
(Hippophae rhamnoides) turi tabiiy tarqalgan. Ushbu tur rezavor mevali o‘simlik
sifatida keng ommalashtirish uchun yaroqlidir, tabiatda u buta yoki 10-15 m
balandlikdagi daraxt ko‘rinishida o‘sadi. Jumratsimon chakandaning yirik
daraxtlari Xitoy provinsiyasi uchraydi, bu yer da 18 m balandlikkacha o‘sgan
chakanda daraxtlari mavjud [90; 93].
MDH davlatlarida chakandaning 4 ta iqlimtipini ajratish mumkin:
- Sibir iqlimtipi – Baykalbo‘yi Sayan-Oltoy tog‘li hududi va Qozog‘iston
Oltoyida uchraydigan populyatsiyalarni qamrab olgan. Ular uchun qisqa
vegetatsiya davri va o‘ta sovuqqa bardoshlik xususiyatlarini mavjudligidir.
- Markaziy Osiyo iqlimtipi – geografik joylashuvi keskin o‘zgaruvchi
relyefga bog‘liq murakkab bo‘lib, dengiz sathidan turli balandliklarda turli
ekotiplar yuzaga keltirgan. Ularga kseromorf belgilar (mayda barglar, tikonlar
mavjudligi) xosdir.
- Kavkaz iqlimtipi – Shimoliy Kavkaz va Kavkaz ortida turli ekologik
sharoitlarda o‘sib turli populyatsiyalar yuzaga keltirgan. Ularga yirik bargli va
baland (6-12 m) chakanda populyatsiyalari kiradi. Qurg‘oqchil sharoitlarda
(shimoliy Ozarbayjon) kuchli rivojlangan kseromorf belgilarga ega chakanda
populyatsiyalari shakllangan.
- Boltiqbo‘yi iqlimtipi – Boltiq dengizining Janubiy qismida Kaliningrad
viloyati hududida saqlanib qolgan chakanda populyatsiyasidir. Ushbu
populyatsiya pleystotsen geologik davridan saqlanib qolgan relikt hisoblanadi.
Muzlik davrida ushbu populyatsiya sovuq ta’sirida tabiiy tanlanish oqibatida
15](/data/documents/17a81707-c7a5-4500-9c1c-dd391ab25fa4/page_15.png)
![past bo‘yli va sovuqqa bardoshli shakllarni yuzaga keltirgan, morfologik
jihatdan chakandaning karpat populyatsiyasidagi butalariga o‘xshashdir
[19;31;47;51;93].
Jumratsimon chakanda bargini to‘kuvchi, kuchli shoxlanuvchi buta,
ba’zan 10-12 m balandlikka ega kichik daraxtdir. Chakanda shamol orqali
changlanuvchi ikkiuyli o‘simlik. Changchi daraxtlarda mayda gulbargsiz
boshoqqa yig‘ilgan gullarga ega bo‘lsa, urug‘chi daraxtlarda novda qo‘ltiqlarida
2-14 dona bo‘lib urug‘ chi gullar joylashgan. Kurtak bo‘rtib ochilgach, ular
novdaning quyi qismida joylashib rivojlanadi. Kurtak tangachasi gul organlarini
bahorgi sovuqlarda samarali himoyalaydi, shuning uchun chakanda har yili mo‘l
hosil beradi. Urug‘ ko‘chatlar hosilga kirgach, kurtaklar ko‘rinishiga qarab
jinsini ajratish mumkin. Changchi butalar yo‘g‘on, yaxshi rivojlangan shox-
shabbaga egadir.
Chakanda mevasi – bir urug‘li rezavor meva og‘irligi 0,3-0,8 g, sariq,
olovrang, ba’zan to‘q qizil rangda. Chakandazorlarda 6-10 % changchi butalarni
bo‘lishi urug‘chi butalarni normal changlanishi uchun yetarli hisoblanadi, lekin
tabiatda changchi butalar ko‘p uchraydi. Chakanda novdalari rangi qo‘ng‘ir-
yashil, sariq-qo‘ng‘ir, to‘q-qo‘ng‘ir rangda bo‘lib birinchi 3-5 yillikda
monopodial shoxlansa, keyinchalik simpodial shoxlanish kuzatiladi. Novdalar 1-
7 sm uzunlikdagi tikanlar bilan qoplangan va ular meva terish jarayoninida
noqulaylik keltiradi. Chakandaning ko‘pgina Oltoy navlari tikansizdir. Tikanlar
ko‘rinishi o‘zgargan novdachalardir, ularda avval barglar bo‘lishi va keyinchalik
bo‘lsa to‘kilib ketishi kuzatiladi.
Barglari uzun, lantsetsimon 2-8 sm uzunlikda 2-9 mm kenglikda, yuqori
qismi to‘mtoq, asosi ponasimon, barg yonlari sezilarli pastga qaragan. Barglari
kulrang-yashil, yorqin tangachalar bilan qoplangan pastki qismi kumushsimon-
oq, yulduzli charmsimon tangachalar bilan qoplangan. Barg og‘izchalari
bargning quyi tomonida joylashgan va qalin tangachalar ostida yashiringan.
Chakandaning gullashi aprelning 2-3 dekadalariga to‘g‘ri keladi, urug‘chi
16](/data/documents/17a81707-c7a5-4500-9c1c-dd391ab25fa4/page_16.png)
![butalarda 7-11 kun, changchi butalarda 5-10 kun davom etadi. Chakandaning
tabiatda 38-94 % o‘simliklar har yili hosil beradi. Tabiatda ba’zan bir uyli
chakanda namunalari ham uchrab turadi, bu holat ko‘proq keskin iqlim
o‘zgaruvchanligi oqibatida yuzaga keladi. Chakanda mevasi avgust-sentabrda
pishib yetiladi va dekabr-yanvar oylariga qadar saqlanadi. Urug‘i yaltiroq, silliq,
jigar rangda, tuxumsimon-cho‘zinchoq bo‘lib, uzunasiga botiqli chizig‘i bor.
Uzunligi 4-7 mm, eni 2-3 mm, 1000 ta urug‘ining og‘irligi 11-18 g atrofida [18].
MDH mamlakatlarida chakanda areali bir-biridan uzilib qolgan, ya’ni bir-
biridan geografik chegaralangan populyatsiyalar yuzaga keltirgan. Chakanda o‘z
areali doirasida turli balandliklarda ham tarqalgan: Kavkazda 1000-2500
metrgacha, Karpat tog‘larida 3800 metrgacha, Markaziy Osiyoda
4200-metrgacha, Tibetda-4700 metrgacha balandliklarda o‘sadi. Bu kabi keng
arealga ega bo‘lib, turli-tuman ekologik sharoitlarda o‘sishga moslashganligi
chakandani o‘ta plastik o‘simlik ekanligini ko‘rsatadi. Shu bilan chakandaga
yuqori polimorflik xususiyatlari xosdir.
Chakanda yorug‘sevar o‘simliklar toifasiga kiradi, shuning uchun u
o‘rmonosti o‘simligi sifatida uchramaydi. Chakanda ochiq, boshqa o‘rmon
o‘simliklaridan holi maydonlarda toza chakandazorlar yuzaga keltiradi.
Chakanda tabiiy o‘suvchi maydonlarda neytral tuproqlarni va yengil qumoq,
toshloq tuproqlarda o‘sishni ma’qul ko‘radi. Daryo vodiylarida, ko‘l va dengiz
qirg‘oqlarida qumli, shag‘alli yotqiziqlar mavjud tuproqlarda, turli qalinlikda
shag‘alli qumli tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Shu bilan ushbu substratlar yaxshigina
tabiiy drenajga egaligini ham ta’kidlash lozimdir.
Chakanda Markaziy Osiyoning yarim sahro va sho‘rlangan yerlarida
(Issiqko‘l atrofi, Chu daryosi vodiysi, Zarafshon daryosi quyi oqimi) o‘sishi
uning sho‘rga chidamli o‘simlik turi ekanligini ham ko‘rsatadi. Chakanda
sovuqqa bardoshli o‘simlikdir, u -50 0
C gacha sovuqlarga chidaydi. Uning gul
kurtaklari -44,8 0
C haroratgacha, gullari -2 0
C haroratgacha chidashi qayd
etilgan. 1978-1979 yillarda Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyatida 10 kun
17](/data/documents/17a81707-c7a5-4500-9c1c-dd391ab25fa4/page_17.png)
![mobaynida -43 0
C gacha harorat qayd etilgan va ushbu sovuqlardan chakanda
zararlanmasdan chiqqan. Chakandaning ayniqsa sibir populyatsiyasi o‘simliklari
sovuqlarga bardoshli ekanligi bilan ajralib turadi. Chakandaning eng shimoliy
butazorlari Norvegiyaning shimoliy-g‘arbiy hududlarida o‘sishi qayd etilgan, bu
og‘ir sharoitlarda chakanda yer bag‘irlab o‘suvchi shakllarni yuzaga keltirgan.
Markaziy Osiyoda chakanda Tyan-Shan va Pomir-Oloy tog‘ tizimida
daryo vodiylari bo‘ylab butazorlar yuzaga keltirgan. Uning eng yirik kompakt
massivlari Issiqko‘l atroflarida, Qizil-Ungur daryosi vodiysida, Norin daryosi
vodiysida, Zarafshon daryosi vodiysida, G‘arbiy Pomirda Vang, Bartang, Vaxsh,
Panj daryolari vodiylarida tarqalgan. Oltoyda Katun, Bashkaus daryolari
vodiylarida joylashgan chakandazorlar boy genofondga ega, ular asosida
chakandaning ko‘plab yangi navlari yaratilgan [4;5;14;20;26;41;47;58;95;107].
Xulosa qilib aytganda, jumratsimon chakanda turning 9 ta kenja turi
mavjud bo‘lib, hozirgi kunda bizning hududda 1 ta kenja turi jumratsimon
chakanda uchrar ekan. Chakandaning iqlim sharoitiga moslashishiga ko‘ra 4 ta
iqlimtipiga bo‘linar ekan. Yerning sho‘rlanishini kamaytiradigan o‘simlik
sifatida qarash mumkin ekan.
1.3 Zarafshon milliy tabiat bog‘idagi chakandazorlarning holati
Zarafshon vodiysi - qadimiy maskan hisoblanadi. Azaldan G‘arb va Sharq
o‘rtasida ko‘prik sifatida xizmat qilgan vodiy qadim tarixga ega. Tarixiy
manbalarda Zarafshon nomi XVII asr boshidan boshlab tilga olingan. Dastlab
Politimit nomi bilan antik davr tarixchilari Arrian, Kursiy Ruf, Strabon
asarlarida keltirilgan. Politimit Zarafshonning qadimiy nomi emas, balki
yunonlar tomonidan berilgan nomdir. Arrian Politimit Keng “hududni
sug‘oradigan va qumliklarga kirib yuqolib ketadigan daryo” deb yozadi.
Politimitning uzunligi xususida gapirib, u Fessoliyadagi Peniya daryosidan katta
ekanligini aytadi, Kvint Kursiy Ruf Politimitning yuqori oqimiga oid ba’zi
tafsilotlarnigina keltiradi. U daryoning tor o‘zani to‘g‘risida yozib, bunday
18](/data/documents/17a81707-c7a5-4500-9c1c-dd391ab25fa4/page_18.png)
![deydi: bu daryo qum ichiga kirib, yer tagiga yo‘qoladi. Daryo suvining shovqini
yer tagidan oqish yo‘nalishini ko‘rsatib turardi, biroq shunday katta daryo
tagidagi tuproq namni butunlay bug‘lantirmaydi [33].
Zarafshon milliy tabiat bog‘i, 1975-yilda Samarqand viloyatining janubiy-
sharqida, Zarafshon daryosining o‘ng qirg‘og‘i bo‘ylab tashkil etilgan. Uning
maydon 2000 gektardan ortiq yerni egallaydi. Bog‘ hududi, tor chiziq kabi daryo
bo‘ylab, 46 km. uzunlikda yoyilgan. Bog‘ tashkil etishdan asosiy maqsad noyob
florani inson qo‘li tegmagan holda saqlab qolish bo‘lgan. Hududining
kichikligiga qaramay, bu erda to‘qaydan tashqari, tol, terak, yulg‘un, chakanda,
qamish, qizilmiya, sup urgi, jiyda va boshqa ko‘p mevali daraxtlar ham o‘sadi.
Zarafshon milliy tabiat bog‘i – chakanda o‘simligi tog‘li hududda emas,
tekislikda o‘sadigan yagona joydir.
Zarafshon milliy tabiat bog‘ida 1986-yilning ma’lumotiga ko‘ra,
chakandazorlar 60 gektar maydonni egallagan. Keyinchalik yillarda suv yetarli
darajada bo‘lishi sababli Zarafshon daryosi bo‘yida yosh chakandazorlar paydo
bo‘lishi kuzatilgan. Hozirgi kunga kelib chakandazorlarga suv yetarli bo‘lmay
ularning sathi kamayib bormoqda. Suvning kamashishiga asosiy omil bu
antropagen ta’sir hisoblanib kelinmoqda [8]. Insonlar Zarafshon daryosining
suvidan notog‘ri foydalanishlari natijasida o‘ s imliklar uchun suv yetishmay
ko‘plab chakanda o‘simliklarining qurib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Bu
o‘simlik asosan ildizi va urug‘lari orqali ko‘payib yangidan-yangi to‘plamlarni
hosil qilgan.
Asosan, bu yerda chakanda daryo bo‘yida, yorug‘li joylarda, qumli
tuproqlarda o‘sadi. Bu yerda qalin chakandazorlarni ham uchratish mumkin. Bu
chakandazorlarda o‘simliklarning polimorfizmi yaxshi shakllanganligini
kuzatdik. Umuman, milliy bog‘da chakandalar asosan buta shaklida yoki daraxt
shaklida ham uchrab, uning uzunligi to 8 metrgacha yetadi. Chakanda
poyalarida ikki xil tikanlar uchraydi, ular o‘simlikni hayvonlardan himoya
qiladi. Ularning miqdori va uzunligi chakandaning o‘sish sharoiti, iqlim va
19](/data/documents/17a81707-c7a5-4500-9c1c-dd391ab25fa4/page_19.png)

![hajmi, indeksi, og‘irligi va ta’mi bilan farq qiladi. Poyalarining uzunligi ham
har xil bo‘ladi.
Zarafshon milliy tabiat bog‘i 7 ta maydonchaga ajratilgan bo‘lib, ularning
uchunchi va to‘rtinchisida chakandazorlar ko‘p miqdorda uchraydi. Qolgan
maydonlarda suv yetishmasligi tufayli tuplar soni juda kam bo‘lib, tuplar
yakka-yakka holda uchradi. Biz chakandazorlarni tasvirlash mobaynida asosiy
e’tiborni uning mevalariga qaratdik. Bog‘ da chakanda mevalarining shakli
asosan ovalsimon va silindrsimon bo‘ladi, kamroq sharsimon bo‘lib, eng ko‘p
tarqalgani ovalsimon shakllardir.
Mevasining kattaligi bo‘yicha ham eng ko‘p tarqalgani bu o‘rtacha
mevalilari, rangi esa sariq-qizg‘ich rangda. Chakandazorlarni tasvirlash
mobaynida tikanlik darajasiga katta e’tibor berildi. Daryo bo‘yida kam tikanli
shakllar uchrashi, quruq joylarda chakandaning tikanlari ko‘p miqdorda
bo‘lganligi sezilarli ravishda ko‘ rinib turadi. [18].
Xulosa qilib aytganda, chakanda o‘simligi ildizi va urug‘i orqali tez
ko‘payib yangidan – yangi to‘plamlarni hosil qilar ekan, lekin Zarafshon
daryosining suvi yillar davomida kamayib borishi mavjud chakandazorlarning
to‘plamining qisqarishiga sabab bo‘lib bormoqda.
1.4 Chakanda o‘simligiga abiotik omillarning ta’siri
Atrof-muhit sharoitiga munosabati. C hakanda tabiiy o‘sishi joylari -
tog‘ daryolari, oqimlar, tekisliklardagi daryolar, ko‘llar va dengiz sohillarining
qirg‘oqlarida o‘sishga moslashgan. Bu yashash joylari asrlar davomida
chakanda uchun tashqi muhit sharoitlariga xos talablarni ishlab chiqdi. Ko‘pgina
tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, chakanda urug‘lari qushlar va suv bilan
ko‘chiriladi. Ko‘pincha o‘simliklardan butunlay mahrum bo‘lgan shag‘al yoki
qumli qumloqlarga yetib borgan urug‘lar tezda o‘sib chiqadi va chakanda
populyatsiyasiga olib keladi.
Ko‘chatlar juda tez o‘sadi, shuning uchun ular hatto o‘sishda o‘t-
21](/data/documents/17a81707-c7a5-4500-9c1c-dd391ab25fa4/page_21.png)


![bo‘lgan [33].
2000-2002 yillarda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, agar
namlik va issiqlik almashinuvi yuqori bo‘lsa, chakandaning vegitatsiya davri
uncha yaxshi o‘tmaydi, hattoki, hosiliga ham ta’sir qilar ekan. 2006-2008 yillar
davomida noqoratuproqda namlikni kamayishi sabab chakanda hosilning
kamayishiga olib kelishini, buning uchun belgilangan miqdorda sug‘orish
ishlarini olib borish ustida tajribalar o‘tkazildi [10].
2020-2021 yillarda olib borilgan tadqiqotlarda chakanda ko‘chatlarini
ildiz olish qobiliyati, suv saqlash hamda turgor qobiliyatiga stimulyatorni
ta’sirini o‘rganish asos qilib olindi. Natijada chakandaning ildiz otish qobiliyati
“ Ориново ” navida 95,4 %, “ Алтайская ” navida 94,3 %, “ Этна ” navida 92,1 %
“ Елизавета ” navida 90,6 % ekanligi, eng kam ko‘rsatgich esa “A вгустина ”
navida 80,3 va 70,0% ekanligi aniqlangan. “ Эссел ” navida suv saqlash
qobiliyati yuqori ekanligi (77,8 %), suv yo‘qotishi 22,2 % aniqlangan bo‘lsa,
“ Елизавета ” navida esa suv yo‘qotish qobiliyati 28,5 dan 28,8 % gacha ekanligi
aniqlangan [11].
Issiq-Ko‘l hududining Cho‘pon Ota hamda Ottuk punktlarida o‘suvchi
jumratsimon chakandaning bargida transpiratsiya jadalligi va suv saqlash hamda
suv taqchilligi o‘rganib chiqilganda, bu hududlarda bir-biridan farq qiladigan
ko‘rsatgichlar aniqlagan. Cho‘pon Otada taranspiratsiya jadalligi 10600 mg/g/s
bo‘lsa, Ottuk punkitida o‘suvchi chakanda bargining transpiratsiya jadalligi
6000 mg/g/s ekanligi aniqlangan. Bunday bo‘lishiga sabab sifatida Cho‘pon Ota
hududi dam olish maskani sanalib antropogen faktorlar ko‘rsatilib o‘tilgan.
Huddi shu kabi suv taqchilligi va suv saqlash qobiliyati ham bu ikkala hududda
katta farq qilgan. Natijada Issiq-Ko‘l hududida chakandaning siqib chiqarilishi
tabiat balansi buzilishiga olib keladi degan xulosani olimlar berishgan [21].
S.V.Marichyev (2022) chakandada suv rejimi ustida ish olib borib shuni
aniqladiki, 2012-yilning yoz davrida yog‘ingarchilik bo‘lmaganligi sabab,
tuproqning 20-30 mm qatlamida namgarchilik kamayib ketganligi chakandaning
24](/data/documents/17a81707-c7a5-4500-9c1c-dd391ab25fa4/page_24.png)
![rivojlanishida oz bo‘lsada salbiy holatlar uchraganligini aniqladi. 2013-yilning
iyun oyi quruq kelganligi sabab 450 m/ga miqdorda sug‘orish ishlari olib
borilgan, natijada chakanda o‘simligida yana rivojlanish jadalligi tezlashgani
kuzatilgan [11] .
Haroratga nisbatan munosabat. Chakandaning kurtaklari gullashni
boshlash uchun samarali harorat miqdori talab qilinadi. O‘simliklar o‘sishi 12 0
C
atrofida o‘rtacha kunlik havo haroratida chakanda gullash tugaganidan ko‘p
o‘tmay boshlanadi. Intensiv o‘sish 17-20 0
C haroratda sodir bo‘ladi.
Chakandaning qish chidamliligi uning kelib chiqishiga bog‘liq. Past haroratiga
eng katta chidamlilik yuqorida keltirib o‘tilgandek, Sibir populyatsiyalari bilan
tavsiflanadi va ulardan ajratilgan navlar va shakllar -35, -40 0
C ga qadar sovuqqa
chidamli bo‘ladi. Erkak tuplari, odatda, urg‘ochi tuplariga qaraganda
chidamliligi past bo‘ladi, bu holat ularni qattiq qishlarda ko‘proq zarar
ko‘rishiga olib keladi.
Chakanda harorat rejimiga juda talabchan. O‘rtacha 5-7 0
C havo
haroratida vegetatsiya boshlanadi. Havo 10-15 0
C haroratda gullaydi.
Mevasining pishishi davrida samarali harorat miqdorining yig‘indisi turli xil
navlarda 1443 0
С dan 1752 0
C gacha farq qiladi. Vegetatsiya davrining harorat
rejimi hosildorlikka sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Lujsk GSU (150 km Janubiy) va Sosnovada joylashgan S.P.Surina
tomorqasida hamda Pavlov tajriba stansiyasida “ Дар Катуни ” va “ Новест
Алтая ” navlaridaning hosildorligini taqqoslash amalga oshirildi.
Lujskiy tumanida may-avgust oylarida samarali harorat miqdori
Pavlovskga nisbatan 10 0
C dan va Sosnovoga nisbatan 20 0
Cdan yuqori edi.
Tuproq sharoitlari, namlik rejimi va agrotexnika texnikasi taxminan bir xil edi.
Bu esa hosilning asosiy farqi issiqlik birikmasidan kelib chiqqan deb taxmin
qilish imkonini berdi. Bir o‘simlikdan uch yil davomida olingan maksimal
hosilni solishtirilganda, Pavlovskda va Sosnovoda navbati bilan navlar bo‘yicha
quydagi natijalarni ko‘rish mumkin: “ Дар Катуни ” 25, 11 va 6 kg, va “ Новест
25](/data/documents/17a81707-c7a5-4500-9c1c-dd391ab25fa4/page_25.png)
![Алтая ” 10, 7, 5 kg. Shunday qilib, vegetatsiya davrining issiqlik ta’minoti
o‘simliklarning potentsial samaradorligini amalga oshirishda muhim rol
o‘ynaydi [73;83].
Biokimyogar mutaxassislarning fikriga ko‘ra, iyun-iyul oylarida havo
haroratining oshishi chakanda maevasida moy va shakarni to‘planishini oshirsa,
sovuq va yomg‘irli havoda askorbin kislotasini to‘planishiga olib kelar ekan.
Ural, G‘arbiy Sibir, Oltoy, Baykalorti kabi hududlarda qattiq sovuq sharoitida
chakandani muvaffaqiyatli o‘sishi sovuqqa chidamli o‘simlik ekanligidan
dalolat beradi. O‘simliklarning qishki chidamliligi, ya’ni qish davrida
o‘simliklar uchun hosil bo‘lgan salbiy omillar majmuasiga ularning qarshiligi
Rossiyaning noqoratuproq hududda chakanda yetishtirishda muhim ahamiyatga
ega. Bu nafaqat past haroratga chidamlilikni, balki ayniqsa, yosh o‘simliklarda
tez-tez qayd etilgan isish qarshiligini ham o‘z ichiga oladi. Bug‘lanish, birinchi
navbatda, muzlagan tuproqda qor yog‘ishi bilan chakanda ildiz tizimining faol
qismiga ta’sir qiladi.
Chakandaning to‘qima va organlarining sovuqqa chidamliligi noyabr-
dekabr oylarida chuqur tinim davrida boshqa mevali o‘simliklarga nisbatan
yuqori hisoblanadi. Bu davrda chakanda harorat -50 0
C ga tushganda ham hech
qanday talofatsiz hayotchanligini saqlab qoladi. Qish o‘rtalarida erish jarayoni
kurtaklarning sovuqqa chidamliligining pasayishiga olib keladi, ayniqsa erkak
o‘simliklarda, bu ularning rivojlanishining yuqori darajasi bilan bog‘liq. Yanvar
- mart oylarida o‘simlikni tinim davrida erkak o‘simliklar uchun muhim harorat
-30, -35 0
C hisoblansa, urg‘ochi tuplar uchun -45 0
C atrofida bo‘ladi.
Leningrad viloyatida yilning eng sovuq oyi o‘rtacha oylik havo harorati -
8,3 0
C bo‘lgan fevral hisoblanadi. Qish mavsumida o‘rtacha kunlik minimal
harorat -32°C o‘rtacha har 10 yilda bir marta kuzatiladi va mutlaq minimal
harorat ehtimoli -43 0
C har 100 yilda 2 martadan qaytarilishi aniqlangan.
Pavlov tajriba stansiyasida 1977-yildan 1987-yilgacha bo‘lgan davr
o‘rganilganda oddiy qishlarda o‘simliklar zarar ko‘rmaganligi, o‘rtacha ko‘p
26](/data/documents/17a81707-c7a5-4500-9c1c-dd391ab25fa4/page_26.png)

![“ Владимирка ”, “ Лубимица M ихалев ”, “ Золотой початок ” ,
“ Поливитаминная ” va “B-32 ”
- 2 -guruhga o‘simlikning bir yillik novdalarida mavjud bo‘lgan kurtaklari
nobud bo‘lgan, shoxlanish esa ko‘pyillik shoxlardagi birlamchi kurtaklarning
hisobidan vujudga kelgan va gullash jarayoni kuzatilmagan navlar: “ Новест
A лтайя , “ Витаминная ”, “O билная ”, “ Превосходная ”, “ Янтарная ”,
“ Золотистая Сибири ” va o‘simlikning ko‘proq erkaklik tuplari.
- 3-guruhga 1986-1987 yilning qattiq qishida nobud bo‘lgan qishga
chidamliligi eng kam navlar kiritildi: “Гус-Хрусталний”, “Чуйский”,
“Великан”, “Самородок”, “Шербенка”.
Shunday qilib, hozirgi vaqtda Rossiyaning qora tuproq bo‘lmagan
shimoli-g‘arbiy hududlaridagi sharoitda eng yaxshi ammo qishga chidamliligi
yuqori bo‘lgan navlariga “Дар Катуни”, “Золотой початок”,
“Поливитаминная”, “Популярная”, “Владимирка” larni kiritish mumkin.
Ularni uy sharoitida tashkil qilingan bog‘larda yetishtirish orqali yillik hosilni
mo‘l-ko‘l bo‘lishiga olimlar kafolat beradilar [84].
Leningrad viloyatidagi chakanda navlarining sovuqqa chidamliligini
Buryatya meva-rezavormeva tajriba stansiyasi tomonidan olib borilayotgan
o‘ziga xos seleksiya shakllari bilan tavsiflash to‘g‘ri kelmaydi. U yerda
chakandaning tanlangan elita shakllari Buryatyaning janubi-g‘arbiy, Temnik,
Irkut, Selenga daryolarining vodiylaridan keltiriladi. Bu hududlarda yer juda
chuqur muzlash bilan bir qatorda qor va qorsiz qish keng tarqalgan.
Buryat chakanda ko‘chatlari 1976, 1979, 1983-yilarda Pavlov tajriba
stantsiyasiga olib kelingan va ekilgan. Leningrad viloyatida uni yetishtirish
uchun barcha urinishlar muvaffaqiyatsizlikka uchragan, uning sabablari
quydagicha deb taxmin qilish mumkin edi: bahorda o‘simliklarni ekish paytida
ular yaxshi ildiz otgan va vegetatsiya davrida yaxshi o‘sish kuzatilgan, ammo
ularning aksariyati ekishdan keyin birinchi qishda nobud bo‘lgan, qishlashdan
keyin yog‘ochligi qurib ketganga o‘xshardi, natijada kurtaklarning hech biri
28](/data/documents/17a81707-c7a5-4500-9c1c-dd391ab25fa4/page_28.png)
![uyg‘onmagan. Ayrim o‘simliklar osongina yerdan ko‘tarilgan, lekin ularning
ildizi tekshirilganda chiriganligi kuzatilgan. Tanlangan shakl “Я-10” ni 2 yil
saqlab qolishga muvaffaq bo‘lingan, lekin keyin u ham nobud bo‘lgan.
Buryat chakandasining nobud bo‘lish sababi, Leningrad viloyatining qish
davri sharoitlari bu shakllarning kelib chiqishi sharoitidan keskin farqlanganligi
deb xulosaga kelishgan. Ta’riflangan tajribaga asoslanib, havaskor bog‘bonlarga
buryat chakandasi navlarini qoratuproq bo‘lmaga hududida ekish tavsiya etildi.
Hududlarga ko‘p qor yog‘ishi bilan birga ko‘pincha ho‘l qor yog‘adi.
Noqoratuproq hududlarda chakanda o‘simligi uchun havfli holat bu qor bilan
qoplanish hisoblanadi. Ko‘p qor yog‘gan yillari chakanda shoxlarini ko‘p qor
qoplab qolishi sabab nozik shoxlar yukga bardosh bera olmaydi va sinib ketadi.
Qalin qor bilan qoplanishi meva beruvchi o‘simliklarga zarar keltirishi bilan
hatto yosh ko‘chatlarni nobud bo‘lishiga olib keladi .
Kuz – qish va qish - bahor davrlarida noqulay ekologik omillar kompleksi
sabab sibr va kaliningrad chakandasi yuqori sovuqqa chidamliligi bilan ajralib
turadi. Biroq, sibir chakandasi sovuqqa chidamliligi qishda qorning bir oz erishi
bilan kamayadi. Natijada, erkak shakllarining changlatish jarayoniga salbiy ta’sir
qilib, gul kurtaklari muzlaydi, bu esa hosildorlikni kamayishiga olib keladi [24].
Shu nuqtai nazardan, zararli abiotik omillarga qarshilik ko‘rsatish
potentsialini o‘rganish va yangi navlarni, chakanda shakllarini ishlab chiqarish
va ko‘paytirish hozirgi kunning eng muhim masalasi bo‘lib kelmoqda.
Olimlar tomonidan chakandani sovuq iqlim sharaoitiga moslashishini
o‘rganish tadqiqotlarida quydagilar e’tiborga olingan:
1) chakandani faollashtirilgan va tabiiy sharoit ostida sovuqqa
chidamliligini nazorat qilish orqali nav fondida umumiy baholash o‘tkazish;
2) tanlash uchun eng qishga chidamli navlarini tanlash.
Tadqiqot obyektlari sifatida 16 ta navlarining bir yillik novdalari va turli
xil ekologik va geografik kelib chiqishdan iborat bo‘lgan 9 ta chakandaning
shakllari, jumladan, biologiya fanlari doktori, professor V.T.Kondrashovaning
29](/data/documents/17a81707-c7a5-4500-9c1c-dd391ab25fa4/page_29.png)
![21 ta navi asos qilib olindi. 1999 yilning bahorida asosiy navlarni o‘rganish
maydonchasi belgilanib olindi, o‘simliklar 3,0 x 0,8 sxemasi bo‘yicha
joylashtirildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘rganilayotgan navlarning
ko‘pchiligida va chakanda shakllarining bir yillik novdasidagi kurtak va asosiy
to‘qimasi dekabr oyining (I komponent) o‘rtasida -25 0
C haroratda bir oz ya’ni
1 ballgacha muzlaganligi kuzatildi. II komponent dala sharoitida o‘rganildi.
Tadqiqot olib borilgan 2005-2006 yillar qishi o‘zining sovuq kunlari bilan
ajralib turdi va salbiy harorat miqdorining yig‘indisi 1196,1 0
C edi, fevral oyida
havo harorati -36,5 0
C ga tushib ketdi. Boltiqbo‘yi iqlimtipi navlaridan
“Желтоплодная”, “Кенигсбергская”, “Морячка”, “Балтика сурпризи” kabi
navlarida kurtaklarning zararlanishi kam kuzatildi (0,5-1,0 ball).
Soviq (-25 0
C) da bo‘lganda ularning kurtak va asosiy to‘qimalarning
barqarorligini saqlab qolish uchun sun’iy isitish +2 0
C (III komponent) gacha
olib borilganda, “Кенигсбергская” va erkak shakllari o‘zining hayotchanligini
saqlab qoldi. Ushbu harorat sabab “Дубовчанки”, “Желтоплодной”, “Золотого
ключка”, “Золотой коси”, “Морячки”, “Балтика сюрпризи” navlarining
asosiy to‘qimalarga zarar yetkanligi o‘simliklarning bir yillik novdalarida qayd
etiladi.
Sun’iy issiqlikdan (+2°C gacha) keyin sovuqqa bardoshlilikni tiklash
uchun -30 0
C gacha ushlab turilganda (IV komponent) o‘simliklar o‘rtacha
zararlangan bo‘lsada, “Кенигсбергская” navlarining o‘sishi qobiliyati
saqlanganligi aniqladi [24].
Shunday qilib, chakandaning tabiiy holatda o‘sadigan shakllari hamda
olimlar tomonidan shakllantirilgan navlari ustida olib borilgan tadqiqotlar shuni
ko‘rsatdiki, chakanda sovuqqa chidamliligi yuqori bo‘lgan o‘simlik ekan.
Yorug‘likka munosabat. Chakanda-yorug‘sevar o‘simlik hisoblanadi. Bu
soyaga toqat qilmaydi, baland daraxtlar va butalar tagida o‘smaydi. Yosh
o‘simliklar o‘simlik qoplamining raqobatiga bardosh bera olmaydi. Chakanda
rivojlanishning dastlabki bosqichlarida, agar u soyada bo‘lsa o‘sish va
30](/data/documents/17a81707-c7a5-4500-9c1c-dd391ab25fa4/page_30.png)
![rivojlanishi sekinlashganini sezish mumkin. Hayotning birinchi yilida parvarish
qilinmasdan qoldirilgan ko‘chatlar bir vegetatsiya davrida, begona o‘tlar bilan
qoplanganda uning o‘sishi sekinlashganligi tajribada isbotlangan.
O‘simlikka soyani ta’sirini quydagi misolda ko‘rish mumkin: Pavlov
tajriba stansiyasida chakanda ekilgan 2 qator kolleksiyani qalin soya beruvchi
material ostida quyosh botishidan oldin 15 soat ushlanib turilgan, natijada 7 yil
davomida ayni shu maydonchadagi chakandalarning ildiz hajmi va hosildorligi
shu navga kiruvchi soyada o‘smagan xillaridan orqada qolganligi aniqlangan.
Chakandaning yorug‘liksevarligi shu bilan tushuntiriladiki, buta tupning
chet qismida mevalarning hosil bo‘lishi tupning o‘rta qismiga nisbatan ko‘proq
ekanligi ko‘rish mumkin.
Chakandalar asosan chakalaklar hosil qilib o‘sadi. Bu chakalaklar tez
o‘sadigan daraxt turlari - tol, terak va boshqalar orasida paydo bo‘lsa ham
chakanda o‘simligining balandligidan o‘zib ketmaydi va unga soyasi ham
tegmaganligi sabab chakanda tez o‘sadi [32].
Shunday qilib, chakanda o‘simligi soya bo‘lmagan, yorug‘lik yaxshi
tushadigan joyda o‘sishi isbotlandi.
Tuproqqa nisbatan munos abat. O‘simliklar yaxshi o‘sadi va kalsiy
tuzlariga boy bo‘lgan yengil, suv va nafas olish mumkin bo‘lgan unumdor
tuproqlarda meva beradi. Og‘ir loy tuproqlar faqat ekishdan keyin ishlatilishi
mumkin. Chakanda pH muhit 6,5-7 gacha bo‘lgan yumshoq qumli yoki qumli
tuproqlarni, shuningdek, qumloq tuproqlarni, gumusning yuqori miqdorini va
20 g tuproqda kamida 100 mg fosfor tuzlari bor bo‘lgan tuproqlarni afzal
ko‘radi. Tabiiy sharoitda, chakanda ozuqa moddalariga boy tuproqlarning
mexanik tarkibi bilan neytral (pH 6,5-7,5) yaqin atrof-muhitning reaksiyasi bilan
cheklangan. Chakanda o‘simligi madaniy sharoitida turli xil tuproqlarda
o‘stirildi: qoratuproq, bo‘ztuproq, kulrang o‘rmontuproq, karbonatga boy
tuproq, podzoltuproq, trof-o‘tloq, torf-botqoq hamda tuproqlarning turli mexanik
tarkibi: qumli, qumloq, loyliroq va hatto loyning barcha fraksiyalari.
31](/data/documents/17a81707-c7a5-4500-9c1c-dd391ab25fa4/page_31.png)

![[61].
Xulosa qilib aytganda, atrof-muhitning abiotik omillari bo‘lgan
namlikning yetishmasligi chakandaning rivojlanishiga salbiy ta’sir qilar ekan.
O‘simlikning yaxshi o‘sishi va rivojlanishi uchun sug‘orish ishlarini olib borish
lozim bo‘ladi. Chakandaning vegetatsiya davrining yaxshi o‘tishi uchun zarur
bo‘lgan harorat hamisha talab qilinar ekan. Chakanda yorug‘sevar o‘simlik
hisoblanadi, shu sabab o‘simlikni yetishtirishda yorug‘likni tushish darajasini
e’tiborga olish zarur. Chakandani pH ko‘rsatgichi 6,5-7 ga teng bo‘lgan kalsiy
va fosfor tuzlariga boy tuproqqa ekish maqsadga muvofiq.
33](/data/documents/17a81707-c7a5-4500-9c1c-dd391ab25fa4/page_33.png)












![Urug‘larning o‘rtacha uzunligi 3-3,5 mm, kengligi 1,5-2 mm. 1000 dona
urug larining og irli 8 g gacha. Urug‘ murtagi endosperm bilan birgalikdaʼ ʼ
mustahkam urug‘ po‘stlog‘i ostida joylashgan bo‘lib, urug‘ qobig‘i yaltiroq,
mustahkam va silliq bo‘lib, ishonchli himoya funksiyasini bajaradi. Urug‘larda
mevalarni hajmi 2,4-10 % [26].
Turli tabiiy tarqalish joylaridan chakanda urug‘lari va mevalarini
solishtirib o‘rganganda, boshqa morfologik belgilar asosida 4 mustaqil geografik
hududlar ajratgan – sibir, markaziy-o‘rtaosiyolik, kavkaz va g‘arbiyevropalik.
Sibir qismdan terilgan urug‘larning hajmi katta bo‘ladi, O‘rta Osiyodan terilgan
urug‘larni hajmi mayda bo‘lib, ularning parametrlari quyidagicha: uzunligi: 3,0-
3,7 mm, eni 1,9-2,1, qalinlgi 1-1,3 mm, 1000 urug‘ni og‘irligi 5, 4-8, 8 g [93].
Bizning tekshirishlarimiz O‘rta Osiyoda o‘sadigan chakanda urug‘lari
haqida bo‘lgan ma lumotlarni to‘ldiradi. Zarafshon populyatsiyasining urug‘lari
ʼ
juda mayda, qo‘ng‘ir rangda. Shakllari ovalsimon yoki uzunchoq-ellipssimon.
Chakanda ildizlari ipsimon, yumshoq, etli biroz popuksimon ildizlariga ega
bo‘lib, asosan tuproqning ustki qatlamlarida joylashadi va keng maydonda
tarqalib o‘sadi.
Ildizlarida azot o‘zlashtiruvchi bakteriyalar shakllanadi. Chakanda
butalari asosan 0,5-7 smli tikanlar bilan qoplangan bo‘lib, ular o‘simlikni o‘txo‘r
hayvonlardan himoyalaydi. Novdalarda tikanlarni soni va o lchamlari butaning
ʼ
o‘sib turgan joyi tuproq-iqlim sharoitlari va populyatsion shakliga bog‘liq
bo‘ladi. Tikanlar 2 xil tipda bo‘ladi: mayda tikanlarn 0,5 smgacha, asosan
mevali novdalarning uchki qismlarida shakllanadi, 2 tipdagi tikanlar 2-7 sm
uzunlikda bo‘lib, yillik novdalardagi kurtaklardan paydo bo‘ladi va xuddi yozgi
novdalar kabi o‘zgargan va kaltalashgan ko‘rinishga ega bo‘ladilar.
Yuqorida keltirilgan ma lumotlardan tashqari, Zarafshon milliy tabiat
ʼ
bog‘i sharoitida fenologik kuzatishlar ham o‘rganildi. Ma lumki, har bir o‘simlik
ʼ
bir joyda o‘sib, doimiy tashqi muhit o‘zgaradigan sharoitda (fasliy iqlim
o‘zgarilishi va u bilan bog‘liq bo‘lgan omillar) rivojlanadi va ularda evolyutsiya
46](/data/documents/17a81707-c7a5-4500-9c1c-dd391ab25fa4/page_46.png)



![bo‘lishiga olib kelar ekan.
5-rasm. Onalik (urug‘chi) o‘simlikning gullashi.
3.2 Jumratsimon chakanda o‘simligida transpiratsiya jadalligi
O‘simlikning anatomik va morfologik xususiyatlarga ko‘ra, olimlar
tomonidan olib borilgan hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, tuproqning
biokimyoviy, geografik strukturasi o‘simlikning tupining balandligiga, novda va
shoxlarning soniga, barg va gul kurtaklar soniga, barglarning hajmi va soniga,
gullarning to‘liq yetilganligiga, meva ta’mi kabi boshqa parametrik
ko‘rsatkichlariga katta ta’sir qiladi. Chakanda tuproqni azotga boyitib, tuproq
unumdorligini oshirar ekan. [32;64;99] .
O‘simliklarda muhim fiziologik jarayonlardan biri transperatsiya jarayoni
bo‘lib, transpiratsiya (lot. trans orasidan, oralab va spiro — nafas olaman, nafas
chiqaraman) — o simliklarning suv bug latishi hisoblanadi. O simlikningʻ ʻ ʻ
to xtovsiz nam olib turishiga yordam beradi, tuproqdan mineral tuzlarning kelib
ʻ
turishini ta minlaydi, to qimalar harorati, turgor darajasi va protoplazmaning
ʼ ʻ
tarangligini boshqarib turadi. Asosiy transpiratsiya organi barg bo lib, undagi
ʻ
mezofill hujayralari hujayralar oralig iga doim suv bug ini ajratib, so ngra uni
ʻ ʻ ʻ
barg og izchalari (og izcha transpiratsiyasi) yoki kutikula (kutikula
ʻ ʻ
50](/data/documents/17a81707-c7a5-4500-9c1c-dd391ab25fa4/page_50.png)








































ZARAFSHON VODIYSI SHAROITIDA JUMRATSIMON CHAKANDANING SUV ALMASHINUV XUSUSIYATLARI MUNDARIJA Kirish…………………………………………………………………... 3 1. ADABIYOTLAR TAHLILI 1.1 Chakanda turkumining qisqacha o‘rganilish tarixi…………………….. 9 1.2 Jumratsimon chakandaning tavsifi, tarqalishi va ishlatilishi…………... 14 1.3 Zarafshon milliy tabiat bog‘idagi chakandazorlarning holati…………. 19 1.4 Chakanda o‘simligiga abiotik omillar a’siri…………………………… 22 2. TADQIQOT SHAROITLARI, OBYEKTI VA USLUBLARI 2.1 Tadqiqot sharoitlari…………………………………………………….. 35 2.2 Tadqiqot obyekti……………………………………………………….. 39 2.3 Tadqiqot uslublari……………………………………………………… 41 3. TADQIQOT NATIJALARI 3.1 Zarafshon vodiysida o‘sadigan jumratsimon chakandaning biologik ususiytlari................................................................................. 45 3.2 Jumratsimon chakanda o‘simligida transpiratsiya jadalligi…………… 51 3.2 Jumratsimon chakanda o‘simligining barglarida suv saqlash qobiliyati ……………………………………………………… 60 3.3 Jumratsimon chakanda o‘simligida suv taqchilligi…………………… 66 Xulosa …………………………………………………………………. 74 Tavsiyalar …………………………………………………................... 75 Foydalanilgan adabiyotlar ………………………………………….... 78 Ilovalar ………………………………………………………………… 88 1
K irish Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-aprelda “Yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ- 4670 son hamda 2020-yil 26-noyabrda “ Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va va qayta ishlash, ularning urug‘chiligini yo‘lga qo‘yishni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirishga oid chora – tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4901 son qaror lar i qabul qilindi. Qabul qilingan q aror larda ixtisoslashtirilgan hududlarda dorivor o‘simliklarni yetishtirish, urug‘liklar va ko‘chatlar tayyorlash, bosqichma- bosqich zamonaviy dorivor o‘simliklar plantatsiyalari tashkil etish, dorivor o‘simliklarni yetishtirish va urug‘chiligini tashkil etishda ilg‘or ilm-fan yutuqlarini qo‘llash, respublikada so‘nggi yillarda dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, dorivor o‘simliklar yetishtiriladigan plantatsiyalar tashkil etish va ularni qayta ishlash borasida izchil islohotlar amalga oshirish, ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshirilgan dorivor o‘simliklarga doir ilmiy tadqiqotlar, yangi innovatsion ishlanmalar bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek, ularning tizimli ravishda yangilab borilishini ta’minlash, 2020/2021 o‘quv yili boshlangunga qadar Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda o‘quv dasturlari, darsliklar va qo‘llanmalarga dorivor o‘simliklar haqida ma’lumotlar kiritilishini ta’minlash, ta’lim muassasalarida fitobarlarni tashkil etish , Respublika hududlarida dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlashga doir ilmiy tadqiqotlarning yagona bazasini yaratish, xorijiy davlatlarning ilg‘or ilmiy ishlanmalarini o‘rganib borish, yetakchi ilmiy muassasalar bilan hamkorlik o‘rnatish hamda zamonaviy texnologiyalar, ilmiy ishlanmalarni respublikaga joriy etish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishni kuchaytirish, 2
dorivor o‘simliklarni ilmiy asosda yetishtirish va qayta ishlash, ulardan oqilona foydalanishning yagona strategiyasini shakllantirish va amalga oshirish, respublika hududidagi yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklar areallarini o‘rganish va zaxiralarini aniqlash, mavjud bioresurslar genofondini saqlash, onalik plantatsiyalarini tashkil etish, urug‘lik materiallarini yetishtirish va tayyorlash, ko‘paytirish, kolleksion ko‘chatxonalar tashkil etish hamda ularning xomashyolarini qayta ishlash bilan bog‘liq ilmiy va amaliy tadqiqotlarni olib borish, dorivor o‘simliklarni muayyan tuproq-iqlim sharoitini hisobga olgan holda madaniy holda yetishtirishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish, tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olib, madaniy holda yetishtiriladigan dorivor o‘simliklarning agrotexnologik xaritalarini Qishloq xo‘jaligi vazirligi va O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi buyurtmasiga ko‘ra ishlab chiqish, dorivor o‘simliklar kimyoviy tarkibini o‘rganish, mahsulotini standartlash va sertifikatlash, dorivor o‘simliklarga bo‘lgan ichki va tashqi bozorlar talabini o‘rganish bo‘yicha marketing tadqiqotlarini o‘tkazish, dorivor o‘simliklar yetishtiruvchi va qayta ishlovchi fermer xo‘jaliklari, tashkilotlar va boshqa subyektlar rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirib borishga yo‘naltirilgan dasturlarni tayyorlash va o‘qitish tizimini tashkil etish, ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshirilgan dorivor o‘simliklarga doir ilmiy tadqiqotlar, yangi innovatsion ishlanmalar bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirsin, shuningdek, ularning tizimli ravishda yangilab borilishini ta’minlash, tibbiyotda va xalq tabobatida faol qo‘llaniladigan dorivor o‘simliklar kolleksiyasi uchastkasi va genbankini tashkil etish, respublika oliy ta’lim muassasalari biologiya yo‘nalishlarining 3- va 4-kurslari tahsil olayotgan iqtidorli talabalar tarkibidan alohida guruhlarda chuqurlashtirilgan o‘qitish amaliyotini yo‘lga qo‘yish, kadrlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib, barcha qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan kollej va texnikumlarda mutaxassisliklar klassifikatsiyasini inobatga olgan holda “Dorivor o‘simliklar yetishtirish 3
agrotexnologiyasi” yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish kabi bir qator masalalar yuqorida keltirilgan qarorlarda belgilandi [1; 2]. O‘zbekistonda dorivor o‘simliklarning 700 dan ortiq turi mavjud. Shulardan tabiiy sharoitda o‘sadigan va madaniylashtirilgan 120 ga yaqin o‘simlik turlaridan ilmiy va xalq tabobatida foydalaniladi. Hozirgi davrda tibbiyotda qo‘llaniladigan dori-darmonlarning qariyib 40-47 % o‘simlik xomashyolaridan olinadi. O‘simliklar murakkab tuzilishiga ega bo‘lgan jonli tabiiy kimyoviy laboratoriya bo‘lib, oddiy noorganik modalardan murakkab organik moddalar yoki birikmalarni yaratish qobiliyatiga ega. Biz ish olib borayotgan o‘simliklardan biri bo‘lgan c hakanda o‘simligi ham dorivor o‘simliklar qatoriga kirib, XIX asrda veterinariya sohasida keng ishlatilgan, greklar bu o simlikni barglarini va yosh novdalarini otlarniʻ oziqlanishida ishlatganlar. Qadimgi Gretsiyada bu mevaga qiziq nom berishgan: “ yaltiroq ot ” – hatto eng nimjon jonivorlar ham chakandadan iste’mol qilgandan so‘ng, sog‘lom va baquvvat bo‘lib, ularning terisi esa yaltirashni boshlagan. Kasallangan otlar chakanda ta siri natijasida sog yishi ʼ ʻ tezlashgan. Bu ularning immunitetini oshishi asosida amalga oshgan. Chakanda mevalari Sibirda qadim zamonlardan beri ishlatilgan. Nemis qomusiy olimi, tabiatshunos, sayohatchi P.S.Pallas chakanda mevasini tasvirlab, uning nordonligi haqida yozgan. Chakanda mevalarini aholi ko p ʻ miqdorda iste mol qilib, ulardan qiyom, murabbo va boshqa mahsulotlar ʼ tayyorlaganlar. Hozirgi vaqtda chakanda mevalari Mongoliyada ham keng qo llaniladi. Bu yerda chakanda mevalaridan oziqa mahsulotlar va chakanda ʻ yog i tayyorlanadi. Chakanda mevalarini Sibir xalqi ham keng ishlatadi. ʻ Chakanda yashil-kumush rangli barglari va chiroyli rangli mevalari orqali manzarali o simlik bo lib hisoblanadi. Chakanda mevalari uzoq vaqt ʻ ʻ mobaynida daraxtlarda saqlanganligi sababli manzarali bog dorchilikda ham ʻ qo llaniladi. ʻ Chakanda tirik devor bo lib ham ishlatiladi. Yog ochidan ʻ ʻ ko pgina mayda qurilish materiallar tayyorlanadi. Chakandaning yog ochi ʻ ʻ 4
qattiq, chiroyli bo ladi. Chakandaning yosh barglar va novdalaridan qoramtirʻ va mevalarining neytral suvli eritmasidan bo yoqlar tayyorlanadi, ular ʻ gazmollarni sariq va yashil ranglarga bo yaydi. ʻ Chakanda qadim zamonlardan buyon shifobaxsh o simlik sifatida ʻ ishlatilib kelinmoqda. Gretsiya, Xitoy, Rim, Mongoliya qadimgi xalq tabobatida chakanda o pka, jigar, oshqozon, suyak kasalliklarida ishlatilgan. ʻ Sibir sharoitida chakandadan dizenteriya, teri kasalliklari, revmatizmga qarshi shifobaxsh moddalar tayyorlagan. Ko pgina qadimiy tibbiy asarlarda ʻ chakanda o pka kasalliklarga qarshi ishlatilgan. Bundan tashqari chakanda ʻ preparatlari organizmlarda qon harakatlanishiga yordam berib, mevalari tomoq kasalliklariga ham davo hisoblanadi. Chakanda – kam kaloriyali o simlik bo lib, uning 100 gramm mevasi ʻ ʻ 30 kalloriya ajratadi. Mevlarining nordonligi 1,3 to 2,7 % gacha bo ladi. ʻ Chakanda mevalarida olma, shavel, yantar kislotalar uchraydi, ular yuqori fiziologik faollikga ega. Chakandaning ko pgina o rgangan navlarida shakar ʻ ʻ miqdori past bo lib, 3-6 % tashkil etadi. Chakanda mevalarining shifobaxsh ʻ xususiyatlari ularning tarkibiga yog bo lishi bilan bog liq. Chakanda yog i ʻ ʻ ʻ ʻ tarkibida ko p vitaminlar va boshqa biologik faol moddalar topilgan. Ularning ʻ miqdori 1 % dan to 18 % bo ladi. Chakanda yog ida vitaminlardan E, K, C, ʻ ʻ B 1, B 2, B 6, A bo ladi, yog qoldiqlari tarkibida stearin tabiatidagi moddalar ʻ ʻ topilgan – sitosterin, fosfolipidlar, xolinlar, karotin va boshqalar. Chakanda mevalarining tarkibida aminokislotalar ham uchraydi, masalan, alanin, fenilalanin, glutamin, sistein, leysin, lizin, arginin, serin, valin va boshqalar. Bundan tashqari mevalarda efir yog lar, mikro- va makroelementlar ham ʻ uchraydi. Chakanda mevalari tarkibida 15 mikroelementlar topilgan, ular temir, magniy, marganes, mis, bor, oltingugurt, xlor, alyuminiy, kremniy va boshqalar. Bundan tashqari mevalarning tarkibida 8 % yog topilgan, shu ʻ tufayli u juda yaxshi immunomodulyator va immunoprotektor bo lib ʻ hisoblanadi. Shunday qilib, chakanda organizmning tabiiy mahsulotlariga 5