logo

1925-1985-yillarda Qoraqalpoqlar

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

32.9013671875 KB
1925-1985 -yillarda Qoraqalpoqlar
Reja:
1. 1925-1945 yillarda Qoraqalpog‘istonning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli
2. 1946-1989 yillarda Qoraqalpog‘istonning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti
 3.  Qoraqalpog‘istonning sovet hokimiyati yillaridagi madaniy
hayoti 1925   yil   1 2 - 1 9   fevralda   To‘rtko‘lda   bo‘lib   o‘tgan   Qoraqalpog‘iston
avtonom   Sovetlarining   I   Ta’sis   s’ezdida   «Qoraqalpog‘iston   avtonom
oblastini   tashkil   etish   to‘g‘risida   deklaratsiya»   qabul   qilindi.   Unda
Qoraqalpog‘iston   avtonom   oblasti   Qozog‘iston   ASSR   tarkibida   bo‘lishi
ta’kidlab   o‘tildi.   Allayor   Do‘stnazarov   Qoraqalpog‘iston   avtonom   oblasti
partiya   komitet i   mas’ul   sekretari   qilib   saylandi.   Oradan   ko‘p   o‘tmay,   bu
lavozimda Abu Qudabaev va Pyotr Varlamov faoliyat ko‘rsatdi.
Qoraqalpog‘iston 1925 - 1932 yillarda Qozog‘iston ASSR va 1932 - 1936
yillarda RSFSR tarkibida bo‘lgan. Qoraqalpog‘iston ASSR 1936 yil dekabrda
O‘zbekiston SSR tarkibiga kiritildi.
Qoraqalpog‘iston   avtonom   oblastidagi   voqealar   bilan   bir   vaqtda,   1925
yilning   13   fevralida   bo‘lib   o‘tgan   RKP(b)ning   Qozog‘iston   O‘lka   komiteti
byurosi   majlisida,   «Qoraqalpog‘istonni   tashkillashtirish   borasidagi   haqiqiy
ishlarning ahvolini to‘g‘ri tushunib etmaslik oqibatida vujudga kelgan kuchli
milliy   ziddiyat   g‘ayritabiiy   hodisa   hisoblanishi»   ta’kidlandi.   SHu   bois
I.Bekimbetov   va   A.Do‘stnazarovlar   Qoraqalpog‘iston   oblast   Tashkiliy
byurosi tarkibidan chiqarildi.
Qoraqalpog‘iston   avtonom   oblastining   Qozog‘iston   ASSR   tarkibiga
kiritilishi   1925   yilning   11   mayida   bo‘lib   o‘tgan   Butunrossiya   Sovetlarining
XII   s’ezdida   tasdiqlandi.   Biroq   Qoraqalpog‘iston   avtonom   oblastining
vakolatlari   doirasi   chegaralangan   bo‘lib,   amalda   ular   deyarli   hech   qanday
huquqqa ega emas edi. SHunday bo‘lsa-da, qoraqalpoq xalqining iqtisodiy va
madaniy   rivoji   uchun   muayyan   sharoit   yaratildi.   Qoraqalpog‘iston   avtonom
oblasti   rahbarlari   (A.Qudabaev,   A.Do‘stnazarov   va   boshqalar)   o‘z   davriga
qattiq «bog‘lanib» qolgan edilar, ularning ish uslubi O‘rta Osiyodagi milliy-
hududiy   chegaralanish   sharoitida   kutilmaganda   ro‘y   beradigan   tor   doiradagi
partiyaviy vazifalarni bajarishga qaratilgan edi. «Qoraqalpog‘iston   avtonom   oblasti   to‘g‘risidagi   Nizom»   (1926   yil   1
noyabr)ga   muvofiq,   oblast.   To‘rtko‘l,   CHimboy,   Xo‘jayli,   Qo‘ng‘irotdan
iborat to‘rtta okrugga bo‘lindi.
Qoraqalpog‘istondagi   siyosiy-iqtisodiy   iqlimning   keskin   o‘zgarishi
P.I.Varlamovning 1927 yilning 26 oktyabrida oblast partiya tashkiloti mas’ ul
kotibi lavozimiga kelishi bilan uzviy bog‘liq edi. VKP(b) Qozog‘iston O‘lka
komitetinint   P.I.   Varlamov   nomiga   yozilgan   xatida   kimlar   bilan   kurashish
kerakligi   haqida   to‘g‘ridan-to‘g‘ri   unga   quyidagi   ko‘rsatma   berilgan:
«Qoraqalpog‘iston   AOda   boylarning   va   ruhoniylarning   ta’siri   kuch li.   SHu
bois boy va eshonlarning asosiy kuchi ularning er va suvdan foydalanishdagi
imtiyozida   bo‘lib,   ular   bilan   zaruriy   islohotlarni   o‘tkazish   orqali   kurashish
kerak».   1927   yilda   davlat   hokimiyati   «apparatini   mustahkamlash   va
sog‘lomlashtirish»   maqsadida   Qozog‘iston   O‘lka   komitetidan
Qoraqalpog‘istonga 68 nafar mas’ul xodim etib keldi.
P.Varlamov boshchiligidagi Markaz emissarlari Qoraqalpog‘iston avtonom
oblasti   davlat   apparatini   «tozalash»   jarayonida   uning   «ruhan   aksilinqilobchi
yot,   jinoyatchi   va   yaroqsiz   unsurlar   bilan   haddan   tashqari   to‘ldirib
yuborilganligini,   ular   xizmatchilar   umumiy   sonining   20   foizini   tashkil
etgan»ligini   aniqladi.   VKP(b)   partiya   komiteti   va   Qozog‘iston   ASSR   MIK
Prezidiumining   a’zolari   U.Bekimbetov,   F.Matkarimov,   tuman   muassasalari
rahbarlari   G.Abdullaev,   I.Jilqiboev,   YU.   Matyokubov,   Tokmambetov,
Qurbonboev,   Eshimbetov,   Boboniyozov   va   boshqalar   saidvaqqosovchilik
bilan   bog‘liq   ekanlikda   ayblandi,   ularga   «o‘ng   og‘machilik»   yorlig‘i
yopishtirildi. Boylarga sherik bo‘lgani, ijtimoiy kelib chiqishini yashirgani va
ishdagi   sinfiy   yo‘lni   xaspo‘shlagani   uchun   Kegayli   rayon   partiya   komiteti
(ray kom) kotibi S.Eltezerov, Qipchoq revkom kotibi Boybozorov, Qo‘ng‘irot
ray kom   kotibi   Isamov,   CHimboy   raykom   kotibi   Tojiboev,   Qipchoq   rayon
ijroiya   komiteti   Ro‘ziboev,   Qorao‘zak   rayon   ijroiya   komiteti   raisining o‘rinbosari   Beknazarov   va   boshqalar   ishdan   olinib,   partiyadan   o‘chirildi   va
sudga berildi. «Partiya va hukumat yo‘lini buzganligi uchun» (bu holat g‘alla
tayyorlash   va   ekish   kampaniyalari   vaqtida   boylarni   himoya   qilishda
ifodalangan)   birinchi   toifa   bo‘yicha   prokuror   o‘rinbosari   K.Irmonov,   sobiq
prokuror   X.YUsupov,   oblast   sudining   sobiq   raisi   SH.Urumboev   va   boshqa
yot unsurlardan tozalandi.
Qoraqalpog‘istondagi iqtisodiy  hayotga nazar tashlaydigan  bo‘lsak, 1925-
1926   yillarda   oblastda   16   ta   sanoat   korxonasi   ishlagan   bo‘lib,   shulardan   14
tasi   davlatga   qarashli   va   2   tasi   xususiy   zavodlar   edi.   1926   -   1927   yil larda
oblastda  ishlab   chiqarilgan  jami  sanoat   mahsuloti   5489  rublni  tashkil   etgan.
1927-1928   yillarda   mahalliy   sanoatni   rivojlantirish   uchun   110   000   rubl
mablag‘   ajratilgan.   Oziq-ovqat   sanoati   rivojiga   alohida   e’tibor   qaratilgan.
Qoraqalpog‘iston   sharoitida   paxtachilik,   chorvachilik,   uzumchilik   uchun
ularning   xomashyo   bazasi   tashkil   qilingan.   Uchsoy,   Mo‘ynoq,   Urga,
Qozoqdaryo kabi joylarda ov bilan baliqchilik yanada rivojlantirildi.
1926   yilda   Qoraqalpog‘istonda   4   516   nafar   hunarmand   bo‘lib,   ulardan   2
753 nafari baliq ovlovchi va ovchi, 214 nafari metallga ishlov beruvchi, 204
nafari   ko‘nchi,   316   nafari   to‘quvchi   va   tikuvchi,   152   nafari   oshpaz   va
qandolatpaz,   56   nafari   yog‘ochga   ishlov   beruvchi   duradgor   va   boshqalar
bo‘lgan.
1927-1928   yillarda   Orol   davlat   baliqchilik   trest i   tashkil   etildi.   Baliqchilik
sanoati   mahsulot   ishlab   chiqarish   hajmi   bo‘yicha   paxta   tozalashdan   keyingi
ikkinchi  o‘rinda,  ishchilar bandligi  bo‘yicha  birinchi  o‘rinda  turgan.
YUklarning   aksariyat   q ismi   CHorjo‘y   temir   yo‘l   stansiyasiga   Amudaryo
or q ali   etkazilgan.   Bu   yo‘l   uzo q   va   q immat   hisoblangan.   1926-1927   yillarda
619 km masofaga ega  CHimboy-Qizil O‘rda yo‘li q urildi.
1928   yilning   aprelida   q ishlo q   xo‘jaligini   kollektivlashtirish   harakati
boshlanib,   qishloq   xo‘jaligi   artellari   va   TOZlar   shaklidagi   13   ta   kolxozni vujudga keltirishga muvaffaq bo‘lindi. Ular u qadar katta bo‘lmay, har birida
6 - 10 nafar a’zo bo‘lib, umumiy soni 28 - 40 kishigacha etgan.
1928   yilning   iyun   oyi   boshlarida   Qozog‘iston   O‘lka   komiteti   kotibi
F.I.Goloshchekin   Qoraqalpog‘istonga   tashrif   buyurib,   boylar   va   ruhoniylar
bilan   kurashish   borasidagi   shart-sharoitlarga   alohida   e’tibor   qaratdi.   1928
yilning   17   avgustida   Qozog‘iston   MIKning   «Boylar   er   egaligidagi   mol-
mulklarni   musodara   qilish   to‘g‘risidagi   Dekret»   sinfiy   kurashning
kuchayishini   qonuniylashtirdi:   dastlab   Xo‘jayli,   CHimboy,   To‘rtko‘ldagi,
so‘ngra   viloyatning   boshqa   rayonlaridagi   boylar   va   ruhoniylarning   erlari
tortib olindi. Ularni yangi tashkil topayotgan jamoa xo‘jaliklariga topshirish
natijasida boylar va eshonlar 20 ming desyatina er maydonidan ajraldilar.
1929 yilning  1 1  avgustida Qozog‘iston O‘lka komiteti paxtakor rayonlarda
kolxoz   qurilishi   ishini   jadallashtirishga   oid   qaror   qabul   qilib,
Qoraqalpog‘iston   AO   partiya   komitetiga   amaliy   tadbirlarni   ishlab   chiqish
bo‘yicha   topshiriq   berdi.   Tekshiruv   natijalariga   ko‘ra,   oblast   apparatining
ayrim   xodimlari   o‘tkazayotgan   «o‘ng   og‘machilik»   oqibatida   kolxozlar
tuzish to‘xtatib turilganligi aniqlandi. 1929 yil mobaynida 18 ta yangi kolxoz
tashkil etilib, bunday jamoa xo‘jaliklarining umumiy soni 32 taga etkazildi.
1929 yilning  1 fevralidan  OGPU  (Birlashgan  davlat  siyosiy boshqarmasi)
xodimlari   barcha   rayonlarga   safarbar   qilindi.   Ularga   biror-bir   shubha
uyg‘otadigan,   kollektivlashtirishni   amalga   oshirishga   faol   qarshilik   qilishi
mumkin   bo‘lgan   shaxslarni   aniqlash   va   shu   orqali   «OGPU   yo‘nalishi
bo‘yicha bunday toifadagi shaxslarni aniqlashga kirishish va ularga nisbatan
jinoiy ish rasmiylashtirib, ularni er islohoti (kollektivlashtirish) boshlanishiga
qadar Qoraqalpog‘istondan badarg‘a qilish hamda ular ishini 1929 yilning 1
iyuniga  qadar  rasmiylashtirish»   topshirig‘i  berildi.  Qisqa  vaqt  ichida  OGPU
xodimlari tomonidan faqatgina CHimboy va To‘rtko‘l rayonlaridan 516 nafar
xonadon boshliqlari shubhali shaxslar sifatida aniqlandi. Kollektivlashtirish   aholi   sabr-kosasini   to‘ldirib   yubordi,   oxir-oqibat   bu
«aksilinqilobiy   guruhlar»   deb   atalmish   turli   guruhlarning   paydo   bo‘lishiga
sabab   bo‘ldi.   Ularni   Qurbonniyaz   Xolniyazov   (Biybozor),   Fozil   Xo‘ja
Ahmetov   (Qalandarxona),   Kutum   Kultemirov   (Sarkol),   Niyaz   Fayzullin
(SHobboz),   Ustabek   YUsupov   (SHimam),   Qurbonboy   Ayteke   (Qipchoq,
CHimboy,   Taxtako‘pir),   Mambetov,   Qurbanov,   To‘ra   SHayx   (Xorazm)
kabilar boshqardi.
1929   yilning   27   sentyabr   -   7   oktyabrida   Qoraqalpog‘istonning   shimoliy
hududlarida   A.Ismetullaev,   K.Nurullaev,   B.Nurimovlar   rahbarligida   xalq
qo‘zg‘oloni   ro‘y   berdi   va   bu   qo‘zg‘olon   tez   orada   butun   oblast   hududini
qamrab oldi. Qo‘zg‘olonga «sovet hokimiyatining og‘ir soliqlar bilan xalqni
xonavayron qilayotgani, aybsiz odamlarni hibsga olayotgani va islom dinini
ta’qib   ostiga   olingani»   sabab   bo‘ldi.   Qo‘zg‘olonchilar   27   sentyabrda
Taxtako‘pir   ovuliga   hujum   qilib,   VKP(b)   raykomi,   rayijrokomi,   rayon
komsomoli,   «Qo‘shchi»  uyushmasi  binolarini,  xalq  sudi   va   xalq  tergovchisi
binosini, ra yon moliya bo‘limini vayron qilishdi hamda bu erlardagi «jinoiy
ish»   jildlari,   oylik   maosh   varaqalari,   soliq   hujjatlari   yoqib   yuborildi.
Qozog‘iston   o‘lka   komiteti   bu   harakatlarni   siyosiy   xarakter   kasb   etgan   va
«mehnatkash   omma   qiziqishlariga   qarshi   qaratilgan   hamda   mohiyatan
aksilinqilobiy bosqinchilik jinoyati» deb baholadi.
Qoraqalpog‘istonda   bu   davrda   sovet   hokimiyati   tomonidan   uzluksiz
tozalash   ishlari   olib   borildi:   oblast   partiya   tashkilotidan   50   nafar   mas’ul
xodim   tozalandi,   rayon   va   ovul   sovetlarining   75   foiz   xodimi   ishdan
bo‘shatildi, 230 kishi partiya safidan chiqarildi. 1929 yil yanvaridan 1930 yil
may oyiga qadar Qoraqalpog‘iston avtonom oblasti bo‘yicha 142 kishi o‘lim
jazosiga hukm qilinib, 29 kishi boshqa mintaqalarga badarg‘a qilindi.
Ruhoniylar   va   milliy   ziyolilarga   qarshi   zulmkorlik   siyosati   amalga
oshirilib,   Inoyat   eshon   Baxauatdinov,   Xalil   oxun   Atauliev,   Paxratdin   eshon Munaydarov,   Karimberdi   oxun   Nurullaev,   S.Agaydarov   kabilar   qatag‘on
qilindi.
24   martda   Qoraqalpog‘iston   oblast   partiya   komiteti   «kollektivlashtirish
sur’atlari   shak-shubxasiz   bo‘rttirib   ko‘rsatilib,   uni   o‘tkazishda   mutlaqo
noto‘g‘ri,   umuman   mumkin   bo‘lmagan   va   aniq   jinoiy   hisoblangan   uslublar
qo‘llanilgan»ligini e’tirof etishga majbur bo‘ldi. Kolxozlar ommaviy ravishda
tushkunlik   holatiga   tushib,   1930   yil   may   oyida   ularning   soni   23   foizgacha
kamayib ketdi: oblastda 12079 ta xo‘jalikdan iborat 210 ta kolxoz koldi.
XX asrning 60-yillari ikkinchi yarmida Amudaryoning quyi qismida jadal
sur’atlar bilan sholichilik rivojlantirildi. Navbati bilan 9 ta maxsus sholichilik
sovxozi   tashkil   etilib,   1970   yilda   90   mln.   rubldan   ziyod   ka pital   mablag‘
o‘zlashtirildi,   24   ming   gektarlik   sholi   muhandisligi   tizimi   qurildi.   Qo‘riq,
avval   cho‘l   bo‘lib   yotgan   joylarda   o‘tish   yo‘llari   asfaltlangan,   shinam   va
obod qo‘rg‘oncha (posyolka)lar qad rostladi.
1977   yilda   74   ming   ga   sug‘oriladigan   erlar   sholichilik   bilan   band   qilinib,
14   ta   ixtisoslashtirilgan   sholichilik   sovxozlari   tashkil   etilib,   ular   tomonidan
1978   yilda   225   ming   tonna   sholi   xomashyosi   ishlab   chiqarildi.   Markaziy
hokimiyat   o‘rtacha   yillik   sholi   xomashyosini   1   mln.   tonnaga   etkazish
bo‘yicha tadbir ishlab chiqdi.
1964   yildan   1968   yilgacha   bo‘lgan   oraliqda   qishloq   joylaridan
Qoraqalpog‘iston   shaharlariga   31608   kishi   ko‘chib   keldi.   Bu   paytda
Qoraqalpog‘iston aholisining 68 foizini qishloq aholisi tashkil qilib, ularning
aksariyati hali pasportlashtirish tizimiga jalb qilinmagan edi.
Tabiiy-iqtisodiy   zonalar   bo‘yicha   aholi   o‘sishidagi   bunday   xilma-xillik
qishloq   aholisining   respublika   ichidagi   migratsiyasidan   darak   berar   edi.
SHimoliy   zona,   ayniqsa,   chap   qirg‘oqdagi   aholi   tez   sur’atlar   bilan   o‘sib
borardi.   Ushbu   rayonlarda   iqtisodiyot   rivojining   jadal   odimlashi   CHorjo‘y-
Qo‘ng‘irot   temir   yo‘lining   qurilishi,   ulkan   gaz   quvurlarining,   yirik   sanoat korxonalarining   ishga   tushirilishi   bilan   bog‘liq   edi.   SHimoldagi   Nukus,
Taxiatosh,   Xo‘jayli,   Qo‘ng‘irotda   yangi   sanoat   korxonalarining   paydo
bo‘lishi   qishloq   aholisining   shaharlarga   oqib   kelishini   tezlashtirdi.   Dengiz
bo‘yi   zonasidagi   aholi   nufusining   bir   qadar   kamayishiga   Orol   dengizi
rayonlarida baliq ovlanishining qisqarishi ham sabab bo‘ldi.
Janubiy   tabiiy-iqtisodiy   zonada   anchagina   salmoqli   mehnat   resurslari
mavjud   edi.   Janubiy   zonaning   mehnatga   layoqatli   qishloq   aholisi   boshqa
joylarga   deyarli   ko‘chib   o‘tmadi.   Bu   qishloq   xo‘jaligi   ishlab   chiqarishini
yuritish   va   aholi   yashashi   uchun   tabiiy-iqlim   sharoitining   shimoliy   zonaga
nisbatan qulayligi bilan izohlanardi.
O‘zbekiston   Kompartiyasi   Qoraqalpog‘iston   oblast   partiya   komiteti
birinchi   sekretarlari   bo‘lib   1952-1956   yillarda   Arzi   Mahmudov,   1956-1963
yillarda   Nosir   Mahmudov,   1963-1984   yillarda   Qallibek   Kamolov,   1984   -
1989 yillarda Kakimbek Salikov faoliyat ko‘rsatdi.
Deyarli o‘ttiz yil davomida hal qilinmay kelayotgan xutor tizimini bartaraf
etish,   aholini   kolxoz   va   sovxoz   qo‘rg‘onlariga   ko‘chirib   o‘tkazish   vazifasi
hali-hanuz   o‘z   echimini   topmagan   edi.   Rejalashtirilgan   549   ta   istiqbolli
qo‘rg‘onlar   (posyolkalar)dan   1986   yilga   kelib   birortasining   qurilishi   to‘la
kompleksda yakunlanmagan edi.
1973   yilda   sara   urug‘   va   beda   uni   (kukuni)   ish lab   chiqarish   bo‘yicha
SHumanay   va   Taxtako‘pir   rayonlarida   ixtisoslashgan   xo‘jaliklar   tashkil
etildi. Davlat bir sentner urug‘lik uchun 400 -500 rubl pul to‘ladi. 1975 yilga
kelib   mazkur   xo‘jaliklarning   har   biri   400   -   500   tonna   sara   urug‘   va   15-16
sentnerdan   beda   uni   (kukuni)   etkazib   berishi   rejalashtirildi.   Ammo,   bu
xo‘jaliklar   rejalashtirilgan   darajaga   chiqmadi.   Gap   shunda   ediki,   sovxozlar
tresta   xo‘jaliklarga   shunday   rejalar   berardiki,   ular   bir   vaqtning   o‘zida
paxtachilik,   chorvachilik   va   bedachilik   bilan   ham   shug‘ullanishi   kerak   edi. SHunday   qilib,   vaqtincha   katta   daromad   keltirgan   ixtisoslashish   jarayoni
qisqa muddatli yutuqlardan so‘ng o‘z intihosini topdi.
Qoraqalpog‘iston   paxtachilik   kompleksi   o‘ziga   xos   xususiyatlarga   ega
bo‘lib, bu, avvalambor, iqlim sharoitlariga bog‘liq edi. Dunyo bo‘yicha paxta
ekishning eng shimoliy chizig‘i shu erdan o‘tardi. Ikkinchi bir o‘ziga xoslik -
respublika   ichidagi   iqlimning   xilma-xilligi   edi.   Respublika   sug‘orma
dehqonchiligi   turli   geografik   kengliklarni   egallagan   bo‘lib,   shimoldagi   Orol
bo‘yidan to janubidagi To‘yamo‘yin darasigacha bo‘lgan masofa 500 km ni
tashkil   etardi.   Ekinlar   janubdan   shimolga   qa rab   har   10   km   da   gektaridan   1
sentnerdan   kamayardi.   Janubdagi   va   shimoldagi   paxtakor   rayonlarning
o‘rtasidagi   masofa 210 km ni tashkil etib, ular orasidagi   hosildorlik   tavofuti
o‘rtacha  20 sentnerdan oshardi.
Qoraqalpog‘istonning eng shimoliy paxta ekiladigan chizi g‘ ida 5 ta rayon:
Taxtako‘pir,   Qorao‘zak,   CHimboy,   Qo‘ng‘irot,   Leninobod   rayonlari
joylashgan. Bu rayonlardagi 39 ming gektar yoki ekin maydonining 32 foizi
paxta ekini bilan band   bo‘lib,   ushbu rayonlarning yalpi   hosildorlik bo‘yicha
solishtirma ulushi 21foizga teng edi.
Vaholanki, Qoraqalpog‘istondagi   paxta ekiladigan maydonlarni shimoldan
janubga   ko‘chirish   imkoni bor edi. 1977 yili   qo‘riq   erlarda   Ellikqal’a   rayoni
tashkil   etildi.   1979   yilda   bu   erda   12   000   gektar   erga   paxta   ekildi.
«Janubqoraqalpoqsuvqurilish»   va   «Qirqqizsovxozqurilish»   trestlari   yangi
1980   yilda   Nukusda   O‘zbekiston   FAning   sayyor   sessiyasi   o‘tkazilib,   unda
yaqin   kelajakdagi   (1981-1985   y.)   va   uzoq   istiqboldagi   (1986-2000   y.)
Orolbo‘yi muammolari ko‘rib chiqildi. Ilmiy tavsiyalar qabul qilindi. Ammo,
hujjatlarda qabul qilingan ko‘plab qarorlar bajarilmay qoldi.
Amudaryo   quyilish   joyidagi   tabiiy   irmoqlarni   tozalash   va   ta’mirlash,
sug‘orish   tarmoqlarini   qurish,   suv   yoqalarini   chuchuk   suv   bilan   ta’minlash
Qoraqalpog‘istonda   300-350   gektar   maydonga   ega   yirik   agrosanoat kompleksini tashkil etishning imkonini berardi. Bu respublika shimolida yirik
oziq-ovqat   bazasini   yaratishga   zamin   yaratib,   go‘sht-sut   yo‘nalishida
chorvachilikni,   shuningdek,   sabzavotchilik,   polizchilik,   bog‘dorchilik   va
uzumchilik salmog‘ini ham ancha oshirgan bo‘lar edi.
Mavjud   vaziyat   sovet   iqtisodiyoti   xalq   xo‘jaligi   kompleksini   belgilangan
holat   darajasiga   ko‘tarish   uchun   respublika   xalq   xo‘jaligi   kompleksidagi
ishlab   chiqarishni   yuqori   darajaga   olib   chiqishda   aynan   yangiliklarni   joriy
qilishni   talab   etardi.   SHu   munosabat   bilan   1986   yilning   17   martida   Markaz
tomonidan   «Qoraqalpog‘iston   ASSRning   iqtisodiy   va   ijtimoiy   taraqqiyotini
jadallashtirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida»gi   qaror   qabul   qilinib,   unda   o‘lka
xalq   xo‘jaligini   rivojlantirishning   1986-1990   yillarga   mo‘ljallangan   rejasi
ko‘rib   chiqildi.   Ammo   bu   karor   bir   yoqlama   bo‘lib,   u,   asosan,   ishlab
chiqarishning xomashyo olib chiqib ketish bilan bog‘liq xarakteriga ega edi.
Ittifoq   hukumatining   o‘lkada   iqtisodiy   islohotlar   o‘tkazishdagi   xatosi   bu
yillarda   boshlangan   O‘zbekiston   va   Qoraqalpog‘iston   xalqlarini   badnom
qilish   va   yomonotliq   qilish   maqsadida   «paxta   ishi»   deb   nom   olgan   kampa -
niya paytida yanada chuqurlashdi. SHu yillarda birgina Qoraqalpog‘istonning
o‘zidan 133 nafar kishi tergov qilindi.
1960 yilda Orol havzasidagi ekin maydonlarining hajmi 5,12 mln. gektarni
tashkil etdi. Bir yilda Amudaryo va Sirdaryodan suv chiqarish 50 km kubga
etdi.   SHunday   bo‘lsa-da,   1960   yilga   qadar   Orol   dengizi   sathi   nisbatan
barqaror ahvolda edi.
Tarix hali-hanuz bir avlod ko‘z o‘ngida er yuzidan 6 mln. gektar sahnga va
69 m chuqurlikka ega dengiz yo‘q bo‘lib ketib, uning o‘rnida mudhish, qum-
tuz   cho‘li   hosil   bo‘lganligini   bilmaydi.   Orolbo‘yi   1985   yilga   kelib   uch   xil
juda   o‘tkir   muammolar:   iqlimning   quruqlashishi,   erlarning   sho‘rlanishi
hamda   ichimlik   va   sug‘orish   suvlarining   yomonlashishiga   duch   keldi.   Agar
60-yillarda Orol dengizi 450 ming sentnergacha ov baliqlarini bergan bo‘lsa, 1985 yilga kelib Orol ko‘llaridan tutilgan baliq, miqdori 20 ming sentnerdan
oshmadi.   Orolbo‘yi   shahar   va   qishloqlarida   daraxtlar   quriy   boshladi,
xiyobonlar yo‘q bo‘ldi, bog‘lar halokatga uchradi.
1960   yilda   Orol   dengiziga   quyiladigan   suvning   yillik   hajmi   63   km   kubni
tashkil   etdi.   1978   yildan   Sirdaryo   umuman   dengizga   suv   quymay   qo‘ydi.
Amudaryo   suvi   ham   Orolga   bormas   edi.   Daryo   suvlarining   dengizga
quyilmay, sug‘orishga sarflanishi natijasida Orol dengizining sathi 13 metrga
tushib   ketdi.   1975   yildan   to   1981   yilgacha   kosmosdan   olingan   tasvirlarda
yirik tuz-chang to‘zonlari 200 - 450 km masofagacha yoyilgani aks ettirilgan.
Qoraqalpog‘istonning   1945-1991   yillardagi   sanoati   va   qishloq
xo‘jaligidagi   ahvoli   tahlil   etilar   ekan,   o‘lka   xalqlari   taqdiriga   u   yoki   bu
darajada   ta’sir   etgan   tub   burilish   nuqtalari:   1952   yil   -   urushdan   keyingi
jarohatlarni  davolashni,  Bosh   turkman  kanali  qurilishi  bilan  bog‘liq  umidlar
va ko‘tarinkilikni; 1956 yil - ijtimoiy yangilanish jarayonining boshlanishini;
1965   yil   -   iqtisodiy   islohotlar   va   yangi   xo‘jalik   mexanizmini   yaratishga
urinishni;   1982   yil   -   Oziq-ovqat   dasturini;   1985   yil   -   qayta   qurishning
ijtimoiy dasturlarini alohida ta’kidlab ko‘rsatish mumkin.
Biroq   Markazning   kamsituvchi   iqtisodiy   siyosatidan   O‘zbekiston   va
Qoraqalpog‘iston   hammadan   ham   ko‘p   jabr   ko‘rdi.   Qoraqalpog‘iston   jiddiy
iqtisodiy salohiyatga ega emas edi, shu bois ham bu erda qishlok xo‘jaligi va
xomashyo   mahsulotlarini   qayta   ishlash   sanoati   jadal   rivojlandi.   Bu   esa
aholining,   ayniqsa,   qishlok   aholisining   ijtimoiy   ahvoliga   salbiy   ta’sir
ko‘rsatdi.
Ta’lim.   Qoraqalpog‘iston   hududida   sovet   hokimiyati   o‘rnatilgach,   ta’lim
tizimi ham yangidan tashkil qilina boshlandi. 1918 yil 30 iyunda Amudaryo
bo‘limi xalq ta’limi bo‘limi tashkil etildi. Nukus, Nazarxon, CHimboy, Biy-
Bazor,   SHayx-Abboz,   Saribiy   va   boshqa   joylarda   470   nafar   bolani   qamrab
olgan   8   ta   boshlang‘ich   maktab   ochildi.   1919   yilning   iyunida   To‘rtko‘l shahrida savodsizlikni tugatish maktabi (likbez) ochilib, unda 420 kishi savod
chiqardi.
1922 yilga kelib 19 ta maktab va 9 ta bolalar uyi mavjud edi. Boshlan g‘ ich
ta’lim   ishini   tashkil   qilishda   X.Mazitov,   E.Kojurov,   YU.Axmetov,
X.Salimo v ,   K.Avezov   va   boshqalar   bosh-qosh   bo‘ldilar.   Ular   maktab
bolalarini   arab   imlosiga   o‘rgatib,   ularga   tushunarli   bo‘lgan   xalq   tilida
darsliklar yaratishdi. S.Majitov isloh qilingan arab yozuvi asosida qoraqalpoq
birinchi   «Alifbo»sini,   «O‘quv   kitobi»ni   va   «Kattalar   uchun   savod»
darsliklarini tuzdi.
Hamza   Hakimzoda   Niyoziy   tashabbusi   bilan   XXSRning   Qozoq-
Qoraqalpoq muxtor viloyatidagi Xo‘jayli internatida boshlang‘ich ta’lim olib
borildi.   Kattalar   uchun   (60   kishi)   savodsizlikni   tugatish   maktabining   kechki
kurslari ochildi hamda xarbiylar uchun maktab tashkil etildi.
1927   yilning   1   avgustidan   Qoraqalpog‘istonda   lotin   alifbosi   joriy   etilib,
kechki   kurslar   ochildi.   Turli   to‘garaklar   va   ko‘maklashish   bo‘yicha
komitetlar   vujudga   keltirilib,   «Erkin   karakalpak»   («Erkin   qoraqalpoq»)
gazetasi   sahifalarida   yangi   alifboning   ahamiyati   keng   yoritib   borildi.   1929
yildan   maktablarda   S.Majitov   tomonidan   rus   tilida   yozilgan   lotin
grafikasidagi   «Qoraqalpoq   alifbosi»,   «Qoraqalpoq   tili   bo‘yicha
darslik»,»Qoraqalpoq   tili   grammatikasi»   kabi   darsliklardan   foydalana
boshlandi. Natijada eski yozuvdagi adabiy yodgorliklar millatning ma’naviy
iste’molidan tashqarida qoldi.
Qoraqalpog‘istonda   «Hujum»   siyosatini   olib   borish   jarayonida   mahalliy
shart-sharoitlar,   xotin-qizlarning   hayot   tarzi,   an’ana   va   urf-odatlari   hisobga
olinmadi. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, bu siyosat faqatgina paranji yoki
chopon-jegde   yopinib   yurishdan,   balki   umuman   xotin-qizlarning   ahvolini
o‘zgartirishga ham qaratilgan edi. Qoraqalpog‘istonda xotin-qizlar paranji va
chachvon   o‘rniga   chopon   va   jegde   kiyishgan.   «Hujum»   kampaniyasi Qoraqalpog‘istonda   O‘zbekistonda   olib   borilgan   siyosatdan   boshqacharoq
shaklda   yuz   bergan.   Bu   jarayon   Qoraqalpog‘istonda   1929   -   1931   yillarda
amalga   oshirilgan.   1929   yil   bahorigacha   Qoraqalpog‘istonda   olib   borilgan
madaniy-ma’rifiy   ishlar,   asosan,   qalin   va   ko‘p   xotinlikka   qarshi   kurashga
yo‘naltirilib, bu ayollarni ozodlikka chiqarishning muhim yo‘li hisoblangan.
Qoraqalpog‘istonda   pedagogika,   qishloq   xo‘jaligi,   moliya   texnikumlari
faoliyat   yuritib,   ularda   A.A.YAkovlev,   S.A.SHaytir   (Moskva),
R.G.Adigamov,   YA.SH.   YAkupova   (Ufa),   A.D.   O‘razaeva   (Toshkent)   kabi
chetdan kelgan mutaxassislar ta’lim berdi. Mazkur o‘rta ta’lim muassasasini
bitirib   chiqqanlar   orasidan   Qoraqalpog‘istonning   P.Seitov,   K.Aimbetov,
T.Bekimbetov,   K.Ubaydullaev,   J.Oymirzaev,   N.Sagitov,   S.Kamolov,
M.Nurmuhamedov   kabi   taniqli   jamoat   arboblari,   yozuvchilari   va   olimlari
etishib chiqdi.
1934   yilning   1   sentyabrida   q ora q alpo q   tili   va   adabiyoti   hamda   fizika-
matematika   bo‘limlaridan   iborat   O‘qituvchilar   instituti ochildi.   O‘qituvchilar
instituti   118   nafar   qoraqalpoq   tili   va   67   nafar   rus   tili   muallimini,   80   nafar
fizika va matematika hamda 27 nafar tarix o‘qituvchisini tayyorladi.
1938   yilga   kelib   Qoraqalpog‘istondagi   boshlang‘ich   maktablar   soni   641
taga etib, ularda 73 000 nafar o‘quvchi qamrab olingan edi. O‘quvchilarga 2
mingdan ziyod o‘qituvchi ta’lim berardi. O‘qituvchilar institutidagi talabalar
soni   65   nafardan   125   kishiga,   pedagogika   texnikumidagi   o‘quvchilar   soni
230   nafardan   350   kishiga,   pedagogika   ishchi   fakultetidagilar   soni   250
nafardan   270   kishiga,   boshlang‘ich   maktab   o‘qituvchilarini   tayyorlash
kurslaridagilar   soni   100   nafardan   250   kishiga,   o‘qituvchilarni   qayta   tay -
yorlash bo‘yicha tinglovchilar soni 150 nafardan 200 nafarga etdi. Sohadagi
taqchillikni bartaraf etish uchun boshqa respublikalardan yana 150 kishi taklif
qilingan. Qoraqalpoq,   qozoq   va   o‘zbek   maktablarida   rus   tilining   majburiy   joriy
qilinishi (1938 yil) qoraqalpoq alifbosining rus grafikasiga o‘tkazilishi bilan
qo‘shib   olib   borildi.   1940   yilning   1   sentyabridan   boshlab   barcha   turdagi
kichik   sinflarda   rus   grafikasiga   asoslangan   qoraqalpoq   alifbosi   asosida
darslar o‘tiladigan bo‘ldi.
Qoraqalpog‘istonda chorvachilik, veterinariya, mexanizatsiya va irrigatsiya
sohalari bo‘yicha o‘rta bo‘g‘in mutaxassis kadrlari deyarli tayyorlanmas edi.
Vaholanki,   QQ   ASSRda   chorvachilik   paxtadan   so‘ng   qishloq   xo‘jaligining
muhim tarmog‘i sanalardi.
1976 yil sentyabrda pedagogika instituti bazasida Nukus davlat universitet i
( h ozirgi Berda q  nomidagi  Qoraqalpoq  davlat universitet i ) tashkil topdi. 1976-
1985 yillar davomida universitet 19 ta   soha bo‘yicha   5214 na far mutaxassis
chi q ardi.   1990   yilda   Nukus   pedagogika   instituti   yangidan   tashkil   etildi.   XX
asrning 80-yillari oxirida avtonom respublikada 25 ta texnikum, 45 ta   kasb-
hunar  bilim yurti faoliyat yuritgan.
Fan.   Ilmiy   tadqiqot   ishlarining   mu h imligiga   asosiy   e’tiborni   q aratgan
Qoraqalpog‘iston   hukumati   1931   yilning   12   avgustida   To‘rtko‘l   shahrida
Qoraqalpoq   kompleks   ilmiy   tadqiqot   institutini   tashkil   etdi.   To‘rtko‘lda
institutning   ochilishi   katta   ahamiyat   kasb   etgan   edi,   chunki   u   o‘sha   davrda
Xorazm   vo h asidagi   birinchi   va   yagona   ilmiy   tadqiqot   instituti   edi.   Institut -
ning   birinchi   direktori   etib   N.A.Gnedenko,   ilmiy   kotib   etib   N.A.Baskakov
tayinlandi. Institut   o‘z   oldiga Qoraqalpog‘iston ASSR   iqtisodi   va madaniyati
rivoji uchun xizmat   qiladigan   dolzarb   yo‘nalishlardagi   vazifalarni ba jarishni
maqsad qilib qo‘ygan edi. 1932 yilda SSSR FA Qoraqalpog‘istonga tarkibida
geoximiya,   agroiqtisodiyot,   geobotanika,   qum-sahro,   geologiya-raz vedka,
etnografiya   va   tarixiy-bibliografiya   sohalariga   oid   otryadlar   bo‘lgan
kompleks   ekspeditsiyani   yubordi.   Ekspeditsiya   tomonidan   hali foydalanilmayotgan   boy   tabiiy,   xo‘jalik   va   madaniy   resurslar   mavjudligi
aniqlandi.
Qoraqalpog‘istondagi   ishlab   chiqaruvchi   kuchlarni   o‘rganish   bo‘yicha
birinchi   ilmiy   konferensiya   (1933   yil   18-25   mart,   Leningrad)   ishida   olimlar
o‘z   e’tiborini   o‘lkani   o‘rganish   bo‘yicha   kelgusidagi   ishlarning   mintaqa
iqtisodi va madaniyati rivoji uchun ko‘maklashishiga qaratdilar. P.P.Ivanov,
A.N.Samoylovich,   N.N.Palmov,   A.I.Ponomarev   kabi   olimlarning   ilmiy
ishlari   Qoraqalpog‘iston   xalqlari   madaniy   merosini   saqlashga   bo‘lgan
qiziqishning   yanada   ortishiga   yordam   berdi.   1935   yilda   rus   tilida
«Qoraqalpog‘iston  tarixi  bo‘yicha  materiallar» nashr etildi.
1937  yilda  SSSR  FAning  Tarix  va  moddiy  madaniyat  instituti  tomonidan
SP.Tolsto v   rahbarligida   Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi tashkil
etildi.   Ekspeditsiya   Xorazm   va   unga   yondosh   bo‘lgan   Orolbo‘yi   dasht
viloyatlari   tarixining   turli   davrlariga   -   paleolit   davri   manzilgo h laridan   to
so‘nggi o‘rta   asrlarigacha   bo‘lgan q al’alar,   shaharlar   va   qishloqlarga   oid 650
dan   ziyod   arxeologik   ob’ektlarni   kashf   etdi   va   o‘rgandi.   Ekspeditsiyaning
Qoraqalpoq   etnografik   otryadi   esa   respublikaning   barcha   tumanlarida,
avvallari   qoraqalpoqlar   yashagan   Sirdaryoning   quyi   hududlarida,   Jonadaryo
va   Quvondaryo   havzalarida   tarixiy-etnografik   tadqiqotlarni   amalga   oshirdi.
T.A.Jdanko,   B.V.Andrianov,   M.V.Sazonova,   K.L.Zadixina,   N.P.Lobacheva,
S.K.Kamolov,   R.K.Kosbergenov,   U.X.SHalekenov   singari   tadqiqotchilar
qoraqalpoq   xalqi   tarixiy   an’analarini   biladigan   odamlardan   qoraqalpoq
urug‘lari,   ularning   kelib   chiqishi   va   tarkibi,   qoraqalpoqlarning   Amudaryo
deltasiga   o‘tishi   va   undan   avvalgi   harakat   yo‘nalishlari   haqidagi   ko‘plab
og‘zaki rivoyatlarni so‘zma-so‘z yozib oldilar.
O‘zbekiston   FAning   sayyor   sessiyasi   (1945   yil   9 - 1 2   oktyabr,   Nukus)
jahonshumul   ahamiyatga   molik   qadimiy   irrigatsiya   (sug‘orish)   inshootlarini
saqlash   bo‘yicha   choralar   ko‘rish   masalasini   ilgari   surdi.   Sessiya   ishida Qoraqalpog‘iston   hududidagi   moddiy   madaniyat   yodgorliklarini   har
tomonlama   keng   ko‘lamda   o‘rganish   ham   taklif   qilindi.   Qoraqalpoq   xalq
og‘zaki   ijodi   namunalarini   yozib   olishni   kuchaytirish   va   xalq   dostonlari
namunalaridan iborat to‘plamni nashrga tayyorlash vazifasi ham qo‘yildi.
Qoraqalpog‘istonda   Dehqonchilik   instituti   (CHimboy   shahrida),
O‘zbekiston   sholichilik   instituti   filiali,   O‘zbekiston   pedagogika   fanlari
instituti   filiali,   O‘zbekiston   teri-tanosil   kasalliklari   instituti   filiali,
SANIIRIning   Qoraqalpog‘iston   bo‘limi,   Onkologiya   va   radiologiya   institu ti
filiali, CHorvachilik instituti filiallari faoliyat yuritdi.
1959   yil   25   iyulda   O‘zbekiston   hukumati   Qoraqalpog‘istonning   xalq
xo‘jaligi   va   madaniyati   sohalari   bo‘yicha   ilmiy   tadqiqot   ishlaridagi
vazifalarning   kengaytirilishini   hisobga   olib,   O‘zSSR   Fanlar   akademiyasi
Qoraqalpog‘iston   kompleks   instituti   bazasida   o‘z   filialini   tashkil   etdi.
Qoraqalpog‘iston   filialining   raisi   etib   akademik   M.K.Nurmuhamedov
tayinlandi.   1960-1970   yillarda   O‘zSSR   FA   Qoraqalpog‘iston   filiali
S.K.Kamolov   rahbarligida   Quyi   Amudaryo   va   Orol   dengizi   janubidagi,
Ustyurt   pasttekisligi   va   SHimoli-G‘arbiy   Qizilqum   tabiiy   resurslarini,   QQ
ASSR   hududida   yashayotgan   xalqlar   tarixini,   iqtisodi   va   madaniyatini
o‘rganuvchi   kompleks   ilmiy   markazni   o‘zida   mujassam   etgan   edi.   Olimlar
Orol   dengizida   yuz   berayotgan   ekologik   xavf   haqida   turli   darajadagi
idoralarga   bong   ura   boshlagan   edilar.   Ko‘pchilik   nafaqat   tabiiy   boyliklarni
o‘rganish,   balki   ularni   asrab-avaylash   haqida   ham   gapira   boshlagan   edi.
Ammo   olimlarning   hayqiriqlari   byurokratlarning   kabinetlaridagi   sansalorlik
girdobida   g‘arq   bo‘lib   ketdi.   SHunday   bir   paytda   Markazdan
Qoraqalpog‘iston manfaatlariga javob bermaydigan tadqiqotlar uchun yangi-
yangi mavzular kelib turardi.
Qoraqalpog‘iston   oliy   o‘quv   yurtlarida   fanga   katta   e’tibor   qaratilib,
universitet   olimlari   tomonidan   1976   yildan   to   1984   yilgacha   65   ta   mono - grafiya  va  risola,  13  ta  ilmiy  ishlar  to‘plami,  67  ta  darslik  va  o‘quv-uslubiy
qo‘llanmalar nashr etildi. 1960 yildan 1985 yilgacha 26 nafar fan doktori va
324 nafar fan nomzodi tayyorlandi.
Qoraqalpog‘iston   o‘lkasida   tibbiyot   ishlari   uch   muassasa   tomonidan:
Nukus   o‘latga   qarshi   stansiyasi,   O‘zbekiston   teri-tanosil   kasalliklari
institutining   Qoraqalpog‘iston   filiali   hamda   Toshkent   onkologiya   va
radiologiya   ins tituti   filiali   orqali   amalga   oshirilar   edi.   1986   yil   Nukusda
CH.Abdirov   rahbarligida   O‘zSSR   Sog‘liqni   saqlash   ministrligining
eksperimental va klinik meditsina ilmiy tekshirish instituti tashkil etildi.
Qoraqalpoq   olimlaridan   M.K.Nurmuhamedov,   S.K.Kamolov,
CH.Abdirovlarning   O‘zSSR   FA   akademigi,   YA.M.Dosumov,   I.T.Sagitov,
J.Bazarbaev,   A.Baxievlarning   O‘zSSR   FA   muxbir-a’zosi   etib   saylanishi
qoraqalpoq fanida muhim voqelik bo‘ldi.
Adabiyot va san’at.   Berdaq, Ajiniyaz, Kunxoja an’analari davom ettirilib,
XX   asrning   20-yillarida   A.Dabilov,   S.Majitov,   A.Musaev,   S.Nurimbetov
kabi xalq shoirlarining ijodi rivoj topdi.
Qoraqalpog‘istonning   musiqaviy   hayotida   baxshi   va   jirovlar   muhim   o‘rin
tutadi.   Ular   dostonchilik   an’analari   va   an’anaviy   musiqa   madaniyatining
ijodkorlari,   saqlovchilari   va   davomchilari   bo‘lib   qoldilar.   Nurabilla
Karajanov,   Erpolat   Ramberdiev,   Qurbanboy   Tajibaev,   Ogiz   Niyazov,
K.Kayratdinov   kabi   ijrochi-jirovlar,   Janabay   Toreev,   Japak   SHamuratov,
Esjan   Kospolatov,   G.Tleumuratov,   A.Qayratdinov   kabi   baxshilar   katta
shuhrat topishdi.
1925 yilda tashkil etilgan birinchi qoraqalpoq milliy truppasi «Tang nuri»
(«Tong nuri») Qoraqalpog‘iston davlat teatri uchun asos bo‘lib xizmat qildi.
1934   yilda   Teatr   san’ati   instituti   (Moskva)da   Qoraqalpog‘istondan   33   nafar
kishi ta’lim  olgan  edi. 1930   yillar   oxiriga   kelib   q ora q alpo q   adabiyotida   N.Davqoraevning
«Partizanlar»,   M . Daribaevning   «Mingdan   biri»,   A.SHamuratovning   «Eski
maktabda» povestlari yangi janrdagi ijod namunasi sifatida paydo   bo‘ldi. Bu
davrdagi   A.Begimovning   «Birinchi   qadam»,   K.Ermanovning   «O‘tgan
kunlarda»   asarlarini   roman   janridagi   dastlabki   tajribalar   sirasiga   kiritish
mumkin.   A.Matyakubovning   «Ko‘knorichi»,   J.Oymirzaevning
«Zararkunandalar»,   «To‘yda»   kabi   komediyalarida   dolzarb   mavzular
ko‘tarilib,   bu   sahna   asarlari   tomoshabinlar   tomonidan   iliq   kutib   olindi.
A.SHomuratova,   YU.Mamutov,   R.Seitov,   YU.SHaripov,   G.SHirazieva,
SH.Utemuratov kabi sahna ustalari etishib chiqdi.
XX asrning  50-yillaridagi  adabiy muhitda yangi  avlod  shoir,  yozuvchi  va
dramaturglari:   I.YUsupov,   T.Jumamuratov,   T.Qaipbergenov,   X.Turimbetov,
B.Qaipnazarov,   X.Seitov,   T.Najimov,   S.Xojaniyazov   kabilar   ijod   qildilar.
1960-1970   yillar   barcha   janrlarning   misli   ko‘rilmagan   darajada   o‘sishi   va
boyishi   bilan   xarakterlanib,   bu   davrda   T.Jumamuratov,   I.YUsupov,
G.Seytnazarovlarning   she’rlari   va   poemalari,   S.Xojaniyazov,   P.Tlegenov,
K.Rahmonovlarning   pesalari,   X.Seitov,   A.Bekimbetov,   K.Sultanov
kabilarning   roman   va   qissalari   dunyo   yuzini   ko‘rdi.   T.Qaipbergenovning
«Qoraqalpoq dostoni», «Mamanbiy haqida rivoyat», «Baxtsizlar» trilogiyasi
paydo bo‘ldi.
Qoraqalpoq   rassomlarining   ijodiy   izlanishlari   san’atkorlar,
folklorshunoslar,   yozuvchilar   va,   ayniqsa,   respublika   uchun   yangi   bo‘lgan
musiqa shakllarini belgilovchi folklor mavzularini o‘zlarining birinchi opero-
simfonik   asarlari   bilan   tanilgan   Qoraqalpog‘iston   bastakorlarining   ijodlari
bilan hamohang bo‘ldi.
Qoraqalpoq   xalqi   musiqiy   merosiga   evropa   va   rus   sovet   musiqasidagi
uyg‘unlik,   ohang,   mazmun   qarama-qarshi   turardi.   Qoraqalpoq   musiqasi
qoraqalpoq   folklori   va   professional   musiqa   san’atidagi   o‘zaro   ta’sirni o‘zlashtirish yo‘lida edi. Zamonaviy ifoda vositalarini milliy elementlar bilan
sintezlashtirishga   bo‘lgan   harakat   keksa   va   o‘rta   avlod   kompozitorlari:
J.SHamuratov,   A.Halimov,   A.Sultanov,   X.Turdiqulov,   N.Muhammeddinov,
G.Demesinov,   R.Sultanov,   S.Jiengaliev,   D.Djanabaeva   ijodida   yaxshi
natijalar   berdi.   Mafkuraviy   to‘siqlarga   qaramay   qoraqalpoq   xalqi   musiqa
madaniyatidagi eng yaxshi namunalar yaratildi.
SHunday   bo‘lsa-da,   Qoraqalpog‘iston   musiqa   tarixi   hayotining   sovet
davridagi qismi ancha ziddiyatli sanaladi. Bir tomondan, Qoraqalpog‘istonda
dunyo   musiqa   san’atining   ko‘plab   janrlarini   o‘ziga   qamrab   olgan   yangi
shakldagi   musiqa   madaniyati   tiklandi.   Kompozitorlar   va   xalq   musiqa
ijodiyoti   vakillarining   yangi   yo‘nalish   va   maktablari   vujudga   keldi.   Boshqa
tomon dan,   musiqa   asarlarining   mafkuraviy   talqini   va,   umuman   olganda,
musiqa san’ati sohasidagi amaliy qadamlar ko‘p jihatdan jiddiy o‘zgarishlarni
boshidan kechirdi.
Sovet  davri  o‘zi bilan  noma’lum  bo‘lgan musiqiy tushunchalarning  butun
bir   tizimini:   kompozitor,   evropacha   shakl   va   janrlar,   musiqa   ta’limining
yangicha   tamoyillari,   teatr   va   konsert   faoliyatining   zamonaviy   turlari,
ommaviy   madaniyat   vositalari   va   boshqalarni   olib   keldi.   Bu   davr   madaniy
qurilishga   bo‘lgan   rahbarlikning   o‘ta   markazlashuvi   oqibatida   ro‘y   bergan
an’anaviy   qo‘shiqchilik   madaniyatidagi   ijtimoiy   ahamiyatning   tushkunligi
bilan   ajralib   turadi.   Rasmiy   hokimiyat   milliy   qo‘shiqchilik   san’ati
ehtiyojlariga bepisand munosabatda bo‘lib keldi.
Biroq turli qiyinchiliklarga qaramay, Qoraqalpog‘iston musiqa madaniyati
rivojlanib   bordi.   Davlat   filarmoniyasi,   dramatik   va   havaskor   teatrlar,
dutorchilar ansambli tuzildi, san’at o‘n kunliklari (dekadalari) o‘tkazildi.
Ma’naviy   hayot.   Sovet   davrida   bolsheviklar   hokimiyatining   islom   dini
arboblari   bilan   munosabatlari   oson   kechmadi.   YAngi   hokimiyatning
qatag‘onlik   siyosati   biror   yil   ham   to‘xtamadi.   Er-suv   tadbirlari   paytida Qoraqum   eshon,   Xalqobod   eshon   kabilarning   erlari   tortib   olindi.   Masjid   va
madrasalar   buzib   tashlandi.   1928   -   1930   yillarda   boylar   va   islom   dini
ruhoniylarining   mol-mulklari   musodara   qilinib,   o‘zlari   Qoraqalpog‘iston
hududidan   badarg‘a   qilindi.   Arab   imlosidagi   ko‘plab   kitob   va   q o‘lyozmalar
yo‘q qilindi.  Adabiyotlar
1.
Karimov   I.A. O’zbekiston – bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li. Toshkent.
«O’zbekiston», 1993.
2.
Karimov   I.A. O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li. Asarlar. 1 jild. Toshkent. 
«O’zbekiston», 1996.
3.
Karimov   I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida...  Toshkent. «O’zbekiston», 1997.
4.
Karimov   I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. Toshkent. «O’zbekiston», 1998.
5.
Karimov   I.A. Barkamol avlod orzusi.  Toshkent. «O’zbekiston», 1999.
6.
Karimov   I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda.  Toshkent. «O’zbekiston», 1999.
7.
Karimov   I.A. O’zbekiston demokratik islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida. O’z R 1 
chaqiriq Oliy Kengashining VI-sessiyasida so’zlagan ma’ruzasi. T., 1996.
8.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Toshkent. «O’zbekiston», 1992.
9.
N.   Jo’rayev. Prezident Vatan va millat timsoli.  «Muloqot», 1-son 2000 yil.
10.
Vatan tuyg’usi. Toshkent. «O’zbekiston», 1996.
11.
Davlat, jamiyat, oila va yoshlar tarbiyasi muammolari.  Toshkent. «O’zbekiston», 1997.

1925-1985 -yillarda Qoraqalpoqlar Reja: 1. 1925-1945 yillarda Qoraqalpog‘istonning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli 2. 1946-1989 yillarda Qoraqalpog‘istonning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti 3. Qoraqalpog‘istonning sovet hokimiyati yillaridagi madaniy hayoti

1925 yil 1 2 - 1 9 fevralda To‘rtko‘lda bo‘lib o‘tgan Qoraqalpog‘iston avtonom Sovetlarining I Ta’sis s’ezdida «Qoraqalpog‘iston avtonom oblastini tashkil etish to‘g‘risida deklaratsiya» qabul qilindi. Unda Qoraqalpog‘iston avtonom oblasti Qozog‘iston ASSR tarkibida bo‘lishi ta’kidlab o‘tildi. Allayor Do‘stnazarov Qoraqalpog‘iston avtonom oblasti partiya komitet i mas’ul sekretari qilib saylandi. Oradan ko‘p o‘tmay, bu lavozimda Abu Qudabaev va Pyotr Varlamov faoliyat ko‘rsatdi. Qoraqalpog‘iston 1925 - 1932 yillarda Qozog‘iston ASSR va 1932 - 1936 yillarda RSFSR tarkibida bo‘lgan. Qoraqalpog‘iston ASSR 1936 yil dekabrda O‘zbekiston SSR tarkibiga kiritildi. Qoraqalpog‘iston avtonom oblastidagi voqealar bilan bir vaqtda, 1925 yilning 13 fevralida bo‘lib o‘tgan RKP(b)ning Qozog‘iston O‘lka komiteti byurosi majlisida, «Qoraqalpog‘istonni tashkillashtirish borasidagi haqiqiy ishlarning ahvolini to‘g‘ri tushunib etmaslik oqibatida vujudga kelgan kuchli milliy ziddiyat g‘ayritabiiy hodisa hisoblanishi» ta’kidlandi. SHu bois I.Bekimbetov va A.Do‘stnazarovlar Qoraqalpog‘iston oblast Tashkiliy byurosi tarkibidan chiqarildi. Qoraqalpog‘iston avtonom oblastining Qozog‘iston ASSR tarkibiga kiritilishi 1925 yilning 11 mayida bo‘lib o‘tgan Butunrossiya Sovetlarining XII s’ezdida tasdiqlandi. Biroq Qoraqalpog‘iston avtonom oblastining vakolatlari doirasi chegaralangan bo‘lib, amalda ular deyarli hech qanday huquqqa ega emas edi. SHunday bo‘lsa-da, qoraqalpoq xalqining iqtisodiy va madaniy rivoji uchun muayyan sharoit yaratildi. Qoraqalpog‘iston avtonom oblasti rahbarlari (A.Qudabaev, A.Do‘stnazarov va boshqalar) o‘z davriga qattiq «bog‘lanib» qolgan edilar, ularning ish uslubi O‘rta Osiyodagi milliy- hududiy chegaralanish sharoitida kutilmaganda ro‘y beradigan tor doiradagi partiyaviy vazifalarni bajarishga qaratilgan edi.

«Qoraqalpog‘iston avtonom oblasti to‘g‘risidagi Nizom» (1926 yil 1 noyabr)ga muvofiq, oblast. To‘rtko‘l, CHimboy, Xo‘jayli, Qo‘ng‘irotdan iborat to‘rtta okrugga bo‘lindi. Qoraqalpog‘istondagi siyosiy-iqtisodiy iqlimning keskin o‘zgarishi P.I.Varlamovning 1927 yilning 26 oktyabrida oblast partiya tashkiloti mas’ ul kotibi lavozimiga kelishi bilan uzviy bog‘liq edi. VKP(b) Qozog‘iston O‘lka komitetinint P.I. Varlamov nomiga yozilgan xatida kimlar bilan kurashish kerakligi haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri unga quyidagi ko‘rsatma berilgan: «Qoraqalpog‘iston AOda boylarning va ruhoniylarning ta’siri kuch li. SHu bois boy va eshonlarning asosiy kuchi ularning er va suvdan foydalanishdagi imtiyozida bo‘lib, ular bilan zaruriy islohotlarni o‘tkazish orqali kurashish kerak». 1927 yilda davlat hokimiyati «apparatini mustahkamlash va sog‘lomlashtirish» maqsadida Qozog‘iston O‘lka komitetidan Qoraqalpog‘istonga 68 nafar mas’ul xodim etib keldi. P.Varlamov boshchiligidagi Markaz emissarlari Qoraqalpog‘iston avtonom oblasti davlat apparatini «tozalash» jarayonida uning «ruhan aksilinqilobchi yot, jinoyatchi va yaroqsiz unsurlar bilan haddan tashqari to‘ldirib yuborilganligini, ular xizmatchilar umumiy sonining 20 foizini tashkil etgan»ligini aniqladi. VKP(b) partiya komiteti va Qozog‘iston ASSR MIK Prezidiumining a’zolari U.Bekimbetov, F.Matkarimov, tuman muassasalari rahbarlari G.Abdullaev, I.Jilqiboev, YU. Matyokubov, Tokmambetov, Qurbonboev, Eshimbetov, Boboniyozov va boshqalar saidvaqqosovchilik bilan bog‘liq ekanlikda ayblandi, ularga «o‘ng og‘machilik» yorlig‘i yopishtirildi. Boylarga sherik bo‘lgani, ijtimoiy kelib chiqishini yashirgani va ishdagi sinfiy yo‘lni xaspo‘shlagani uchun Kegayli rayon partiya komiteti (ray kom) kotibi S.Eltezerov, Qipchoq revkom kotibi Boybozorov, Qo‘ng‘irot ray kom kotibi Isamov, CHimboy raykom kotibi Tojiboev, Qipchoq rayon ijroiya komiteti Ro‘ziboev, Qorao‘zak rayon ijroiya komiteti raisining

o‘rinbosari Beknazarov va boshqalar ishdan olinib, partiyadan o‘chirildi va sudga berildi. «Partiya va hukumat yo‘lini buzganligi uchun» (bu holat g‘alla tayyorlash va ekish kampaniyalari vaqtida boylarni himoya qilishda ifodalangan) birinchi toifa bo‘yicha prokuror o‘rinbosari K.Irmonov, sobiq prokuror X.YUsupov, oblast sudining sobiq raisi SH.Urumboev va boshqa yot unsurlardan tozalandi. Qoraqalpog‘istondagi iqtisodiy hayotga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 1925- 1926 yillarda oblastda 16 ta sanoat korxonasi ishlagan bo‘lib, shulardan 14 tasi davlatga qarashli va 2 tasi xususiy zavodlar edi. 1926 - 1927 yil larda oblastda ishlab chiqarilgan jami sanoat mahsuloti 5489 rublni tashkil etgan. 1927-1928 yillarda mahalliy sanoatni rivojlantirish uchun 110 000 rubl mablag‘ ajratilgan. Oziq-ovqat sanoati rivojiga alohida e’tibor qaratilgan. Qoraqalpog‘iston sharoitida paxtachilik, chorvachilik, uzumchilik uchun ularning xomashyo bazasi tashkil qilingan. Uchsoy, Mo‘ynoq, Urga, Qozoqdaryo kabi joylarda ov bilan baliqchilik yanada rivojlantirildi. 1926 yilda Qoraqalpog‘istonda 4 516 nafar hunarmand bo‘lib, ulardan 2 753 nafari baliq ovlovchi va ovchi, 214 nafari metallga ishlov beruvchi, 204 nafari ko‘nchi, 316 nafari to‘quvchi va tikuvchi, 152 nafari oshpaz va qandolatpaz, 56 nafari yog‘ochga ishlov beruvchi duradgor va boshqalar bo‘lgan. 1927-1928 yillarda Orol davlat baliqchilik trest i tashkil etildi. Baliqchilik sanoati mahsulot ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha paxta tozalashdan keyingi ikkinchi o‘rinda, ishchilar bandligi bo‘yicha birinchi o‘rinda turgan. YUklarning aksariyat q ismi CHorjo‘y temir yo‘l stansiyasiga Amudaryo or q ali etkazilgan. Bu yo‘l uzo q va q immat hisoblangan. 1926-1927 yillarda 619 km masofaga ega CHimboy-Qizil O‘rda yo‘li q urildi. 1928 yilning aprelida q ishlo q xo‘jaligini kollektivlashtirish harakati boshlanib, qishloq xo‘jaligi artellari va TOZlar shaklidagi 13 ta kolxozni

vujudga keltirishga muvaffaq bo‘lindi. Ular u qadar katta bo‘lmay, har birida 6 - 10 nafar a’zo bo‘lib, umumiy soni 28 - 40 kishigacha etgan. 1928 yilning iyun oyi boshlarida Qozog‘iston O‘lka komiteti kotibi F.I.Goloshchekin Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurib, boylar va ruhoniylar bilan kurashish borasidagi shart-sharoitlarga alohida e’tibor qaratdi. 1928 yilning 17 avgustida Qozog‘iston MIKning «Boylar er egaligidagi mol- mulklarni musodara qilish to‘g‘risidagi Dekret» sinfiy kurashning kuchayishini qonuniylashtirdi: dastlab Xo‘jayli, CHimboy, To‘rtko‘ldagi, so‘ngra viloyatning boshqa rayonlaridagi boylar va ruhoniylarning erlari tortib olindi. Ularni yangi tashkil topayotgan jamoa xo‘jaliklariga topshirish natijasida boylar va eshonlar 20 ming desyatina er maydonidan ajraldilar. 1929 yilning 1 1 avgustida Qozog‘iston O‘lka komiteti paxtakor rayonlarda kolxoz qurilishi ishini jadallashtirishga oid qaror qabul qilib, Qoraqalpog‘iston AO partiya komitetiga amaliy tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, oblast apparatining ayrim xodimlari o‘tkazayotgan «o‘ng og‘machilik» oqibatida kolxozlar tuzish to‘xtatib turilganligi aniqlandi. 1929 yil mobaynida 18 ta yangi kolxoz tashkil etilib, bunday jamoa xo‘jaliklarining umumiy soni 32 taga etkazildi. 1929 yilning 1 fevralidan OGPU (Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi) xodimlari barcha rayonlarga safarbar qilindi. Ularga biror-bir shubha uyg‘otadigan, kollektivlashtirishni amalga oshirishga faol qarshilik qilishi mumkin bo‘lgan shaxslarni aniqlash va shu orqali «OGPU yo‘nalishi bo‘yicha bunday toifadagi shaxslarni aniqlashga kirishish va ularga nisbatan jinoiy ish rasmiylashtirib, ularni er islohoti (kollektivlashtirish) boshlanishiga qadar Qoraqalpog‘istondan badarg‘a qilish hamda ular ishini 1929 yilning 1 iyuniga qadar rasmiylashtirish» topshirig‘i berildi. Qisqa vaqt ichida OGPU xodimlari tomonidan faqatgina CHimboy va To‘rtko‘l rayonlaridan 516 nafar xonadon boshliqlari shubhali shaxslar sifatida aniqlandi.