logo

Urushdan keyingi yillarda O‘zbekistonning iqtisodiy hayoti (1946-1950 yy)

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

26.0771484375 KB
Urushdan keyingi yillarda O‘zbekistonning iqtisodiy hayoti (1946-
1950  yy )
Reja
1. Urushdan keyingi yillarda O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayoti
2. Urushdan keyingi yillarda iqtisodiy hayot
3. Madaniy hayot Ikkinchi   jahon   urushi   O‘zbekistonga   katta   iqtisodiy   va   insoniy   talafotlar
etkazdi.   O‘ zbekist o n   i q tisodiyoti   fashizm   bilan   bo‘lgan   urush   yillarida
SSSRning front orti minta q asiga aylangan edi.
Urush   yillari   va   undan   keyingi   dastlabki   o‘n   yilliklarda   O‘zbekiston
Kompartiyasi   Markaziy   Komitetining   birinchi   sekretari   lavozimida   1937-
1950   yillarda   Usmon   YUsupovich   YUsupov,   1950-1955   yillarda   Aminjon
Ermatovich Niyozov,   1955-1957 yillarda   Nuriddin Akramovich   Muhitdinov,
1957-1959 yillarda   Sobir Kamolovich Kamolov,   1959-1983 yillarda   SHarof
Rashidovich Rashidov  faoliyat  ko‘rsatdi.
Urushdan so‘ng, fashist bosqinchilaridan ozod qilingan SSSRning  g‘arbiy
tumanlaridan   farkli   o‘laroq,   O‘zbekistonning   iqtisodiy   vazifasi   xalq
xo‘jaligini   tinch   hayotga   moslashtirish   va   sovet   iqtisodi   uchun   juda   muhim
omil bo‘lgan respublikada paxtachilikni qayta tiklashdan iborat bo‘ldi.
Paxtachilikni   qayta   tiklash   va   rivojlantirish   masalasiga   urush   tugamasdan
avvalroq alohida e’tibor qaratilgan edi. VKP(b) MKning 1944 yil 6 martdagi
«O‘zbekiston   Kompartiyasi   Markaziy   Komiteti   ishi   haqida»gi   qarorida
respublika   siyosiy   rahbariyati   paxtachilik   ishining   holati   bo‘yicha   qat’iy
tanqid   qilindi.   Bu   hujjatda   «O‘zbekiston   Kompartiyasi   Markaziy   Komiteti
O‘zbekiston   mamlakatning   asosiy   paxta   bazasi   ekanligi   xaqida   unutganligi,
paxta   masalasiga   etarlicha   baho   bermaganligi   va   bu   holat   oxirgi   yillarda
paxtachilikning keskin pasayishiga asosiy sabab bo‘lganligi haqida» ko‘rsatib
o‘tilgan   edi.   SHunday   qilib,   Markaz   respublikaga   uning   «baynalmilal
vazifasi»   haqida   eslatdi   va   O‘zbekiston   siyosiy   rahbariyatiga   paxtachilik
rivoji   uchun   etarlicha   e’tibor   qaratmagani   haqida   kat’iy   ravishda   ko‘rsatma
bergan   holda,   qisqa   muddat   ichida   paxtachilik   rivojini   ta’minlashni   talab
qildi.
Mazkur   ko‘rsatma,   urush   yillarida   O‘zbekistonning   moddiy   va   mehnat
resurslari   maksimal   tarzda   front   ehtiyojlarini   ta’minlashga   qaratilgan   bir paytda   aytilgan   bo‘lib,   bu   vaqtda   respublika   frontni   qurol-yarog‘,   aslaha-
anjomlari va oziq-ovqat bilan uzluksiz ta’minlayotgan edi.
1945   yil   14   iyulda   urush   tugashi   bilan,   mazmuni   jihatidan   boshqa
hujjatlarni   takrorlaydigan   hujjat,   ya’ni   «O‘zbekistonda   paxtachilikni   qayta
tiklash va rivojlantirish bo‘yicha choralar haqida»gi SSSR XKS va VKP (b)
MKning qo‘shma qarori qabul qilindi. Unda Moskva yana respubli ka siyosiy
rahbarlaridan   «kelajakda   paxtachilikni   yanada   rivojlantirishni   ta’minlash»ni
talab qildi.
1945 yil sentyabrda bo‘lib o‘tgan  O‘zbekiston Kompartiyasi MKning  XII
plenumi   esa,   o‘z   navbatida,   Markazning   shu   qaroriga   tayangan   holda,
favqulodda   holatda   respublikaning   barcha   partiya   va   sovet   tashkilotlaridan
hukumat   markaziy   organlari   qarorlarini   amalga   oshirish   bo‘yicha   «zudlik
bilan amaliy ishlarni tashkillashtirish»ni talab qildi.
Biroz   fursat   o‘tgach,   «1947   yilda   paxtachilikni   boshqarish   bo‘yicha
O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va O‘zbekiston SSR Ministrlar
Sovetining   xatolari   haqidagi»   SSSR   Ministrlar   Soveti   va   VKP(b)   MKning
1948   yil   3   fevralda   qabul   qilgan   qarorida,   O‘zbekiston   rahbariyati   Moskva
tomonidan navbatdagi jiddiy tanqidga uchradi. Paxta tayyorlash rejasi haddan
tashqari   ko‘pligi   natijasida   O‘zbekiston   1947   yilda   365   000   tonna   paxta
xomashyosini etkazib berolmadi. Respublika siyosiy rahbariyati O‘zbekiston
Kompartiyasi   MKning   XVII   plenumida   Markazning   qattiq   siquvi   ostida
O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va O‘zbekiston SSR Mi nistrlar
Soveti   paxtachilikni   rivojlantirish   va   boshqarish   bo‘yicha   o‘z   ishida   «bir
qator   xatolarga   yo‘l   qo‘yganliklarini   va   topshirilgan   vazifalarni   bajarishni
uddalay   olmaganligi   natijasida   1947   yilda   paxta   tayyorlashni   barbod
qilgani»ni tan olishga majbur bo‘ldi.
O‘zbekiston   partiya   tashkilotining   mazkur   plenumi   qarorlarida   reja
bajarilmagani   uchun   barcha   mas’uliyat   respublika   mahalliy   rahbariyatiga yuklatilgan   edi.   Qarorda   «SSSR   XKS,   VKP(b)   MQ   qarorida   kamchiliklar
«mutlaqo   to‘g‘ri   ko‘rsatilgan»   deb   ta’kidlanib,   respublika   siyosiy
rahbariyatining   «asosiy   xatosi   umumdavlat   manfaatini   mahalliy   masalalar
foydasiga  esdan  chiqargan  deb  hisoblandi,  bu   esa   kolxozlar   va   kolxozchilar
diqqatini davlat rejasida ko‘zda tutilmagan boshqa ishlarga, ya’ni CHorjo‘y -
Qo‘ng‘irot   temir   yo‘lining   qurilishiga   va   paxtachilikka   ziyon   etkazuvchi
boshqa   qurilishlarga   jalb   qilingan   hamda   paxtachilik   uchun   mo‘ljallangan
ko‘p   miqdordagi   kuch   va   mablag‘lar   boshqa   maqsadlarga   ishlatilgan»,   deb
ko‘rsatilgan.
Mazkur dalilning bilvosita tahlili shunga guvohlik beradiki, u O‘zbekiston
qishloq xo‘jaligida nafaqat paxtachilik monopoliyasini o‘rnatish tendensiyasi
haqida,   balki   Markaz   va   O‘zbekiston   o‘rtasidagi   o‘zaro   munosabatlarning
haqiqiy   jihatlarini   ham   ochib   beradi   hamda   respublikaning   real   huquqiy
maqomini ko‘rsatadi. Ushbu fakt O‘zbekiston rahbariyatining mustaqil qaror
qilish   huquqlari   kay   darajada   cheklanganligi   hamda   respublika   iqtisodiyoti
Moskvaning   strategik   manfaatlariga   to‘la   bo‘ysunganligining   aniq   dalilidir.
Bunday   sharoitda   O‘zbekiston   va   uning   rahbariyati,   hattoki   SSSR   va
O‘zbekiston   SSR   Konstitutsiyalarida   belgilab   berilgan   vakolatlar   doirasida
ham   respublika   iqtisodiyotining   ayrim   hayotiy   muhim   bo‘lgan   masalalari
bo‘yicha   mustaqil   siyosatni   amalga   oshira   olmaganlar.   O‘zbekiston
iqtisodiyotining   rivoji,   birinchi   navbatda,   respublikaning   ijtimoiy   -   iqtisodiy
manfaatlarini   orqaga   surgan   holda,   Markazning   strategik   manfaatlariga
muvofiq bo‘lishi shart edi.
SHunday   qilib,   urushdan   keyingi   davrda   sovet   hukumatining   bu   qarorlari
va   uning   respublika   siyosiy   rahbariyatiga   bosim   ostida   qabul   qildirgan
boshqa qarorlari O‘zbekistondagi qishloq xo‘jaligi rivojining tendensiyasini,
keyinchalik   butun   respublika   iqtisodiyotida,   qishloq   xo‘jaligida   pax tachilik
monopoliyasini mustahkamladi. Qishlok xo‘jaligining rivoji bo‘yicha O‘zbekiston uchun Moskva o‘rnatgan
vazifalar   kontekstida,   sovet   hukumati   paxtachilik   rivojini   yanada   ko‘proq
talab kilgan. SHunday qilib to‘rt yilda (1949 - 1952 yillar) respublikada paxta
ekin   maydonini   100   -   130   ming   gektarga   kengaytirish   va   paxta   hosilini   har
gektardan 25 sentnergacha ko‘tarish mo‘ljallangan.
Bu   yo‘nalishda   kelajakda   yanada   «ulkan   vazifalar»   qo‘yilgan   bo‘lib,
«...O‘zbekistonda   kelajakda   paxtachilik   rivoji   uchun   sharoitlarni   yaratish
bo‘yicha   barcha   zaruriy   choralarni   amalga   oshirish,   keyingi   yillarda   paxta
ekish   maydonlarini   200   -   250   ming   gektarga   kengaytirish   va   paxta
hosildorligini   gektaridan   o‘rtacha   hisobda   30   sentnerdan   kam   bo‘lmagan
holda ko‘tarishga erishish ko‘zda tutilgan edi».
Lekin   Markaz   respublikaning   iqtisodiy,   insoniy   va   moddiy   manbalari
cheklanganligini   hisobga   olmadi.   Paxtachilikni   rivojlantirish   bo‘yicha
O‘zbekiston oldida haddan tashkari baland bo‘lgan reja qo‘yilishi natijasida,
1949   va   1950   yillarda   reja   topshiriqlari   bajarilmadi.   O‘zbekiston   to‘rtinchi
besh   yillikda   (1946   -   1950   yillar)   paxtachilikka   ajratilgan   maydon   148   000
gektarga   ko‘paydi,   respublikaning   tabiiy   va   insoniy   resurslarini   shafqatsiz
ishlatish,   ya’ni   ekstensiv   omil   hisobiga   paxtaning   yalpi   miqdori   shu   davrda
1948 yilga nisbatan 51 foizga oshdi.
Paxtachilik   ekstensiv   tarzda   rivojlanishi   jarayonida   hamda   paxtachilikka
ajratilgan   maydonlar   shiddatli   ravishda   ko‘payishi   natijasida   oddiy   insonlar
jabrlangan,   ya’ni   paxta   maydonlarini   ko‘paytirish,   ma’muriy   tartibda
kolxozchilarning   shaxsiy   er   mulklarini   va   ularning   uy   xo‘jaliklarini
qisqartirish   hisobidan   amalga   oshirilgan,   bu   esa   o‘zbek   xalkining   fojiasiga
aylandi.   Bunga   Uychi   rayonidagi   Mamad   qishloq   soveti   Andreev   nomli
kolxoz   a’zosi   Aymaxon   Atabaevaning   so‘zlarini   isbot   sifatida   keltiramiz:
«1949 yil bahor fasli edi, men dalada ishlab turgan vaqtda, kolxoz brigadiri
71   nafar   kolxozchi   bilan   birgalikda   er   maydonimda   o‘sayotgan   mevali daraxtlarni   kesib,   uchastkamning   devorlarini   buzayotganligi   haqida   menga
xa bar keldi, ketmonimni tashlab qishloqka yugurib kelganimda, bu harakatlar
kolxoz   rahbariyatining   ruxsati   bo‘yicha   amalga   oshirilayotgani   ma’lum
bo‘ldi.   Men   ustimdan   kerosin   quydim   va   o‘zimni   yoqib   yubormoqchi
bo‘ldim,   lekin   onam   bunga   yo‘l   ko‘ymadi.   SHundan   so‘ng   meni   qishloq
sovetiga   olib   borishdi,   keyin   esa   ko‘riqchi   bilan   Uychiga   jo‘natishdi.
Tekshiruv ishlarini  olib borishdi va meni 12 kun  hibsda  ushlab turishdi. Uyga
q aytganimdan   so‘ng   kolxozda   ko‘p   ishladim   va   300   mehnat   kuni   bo‘yicha
ishlarni bajardim».
Haddan   tashqari   og‘ir   bo‘lgan   reja   topshiriqlarini   bajarmagan   insonlarga
nisbatan   ko‘llanilgan   qatag‘on   choralari   haqida   ko‘plab   dalillar   mavjud.
Masalan,   Pskent   tumanidagi   Lenin   nomli   kolxozda,   birinchi   besh   yillik
natijalari to‘g‘risidagi partiya majlisida, paxta yig‘ini bo‘yicha tegishli jadval
bajarilmagani   va   brigadalarda   intizom   yo‘qligi   uchun   12-brigada   brigadiri
Oripov   ishdan   bo‘shatilsin   va   jinoiy   javobgarlikka   tortilsin,   VKP(b)   a’zosi
SHoyusupovga   shaxsiy   varaqasiga   kiritgan   holda,   qat’iy   xayfsan   e’lon
qilinsin, deb qaror chiqarilgan.
Oddiy   insonlar   ustidan   shu   usuldagi   jazolarni   qo‘llash,   ular   huquqlarini
cheklash   va   shaxsiy   mulklarini   musodara   qilish   O‘zbekistonda   bu   davrda
ham   oddiy   holga   aylangan   edi.   Mazkur   dalillarda   oddiy   insonlar   va
dehqonlarning, o‘zbek qishloqlarining dardi va butun fojiasi aks ettirilgan.
Sovet iqtisodiy tizimi va kolxoz qurilishining nuqsonlaridan biri shundaki,
paxta   xomashyosini   topshirish   bo‘yicha   reja   topshirig‘ini   bajarish
to‘g‘risidagi   hisobotlarda   rayon   va   kolxoz   rahbarlari   davlatni   aldashga   ham
uringanlar.   CHunki   kolxozlar   belgilangan   topshiriqni   bajarish   uchun   real
moddiy   imkoniyatga   ega   emas   edi.   Kolxoz   raislari,   brigadirlar   va   oddiy
kolxozchilar reja topshiriqlarini bajarmaganliklari uchun juda qat’iy ravishda
jazolangan.   Ko‘p   hollarda   ular   jinoiy   javobgarlikka   ham   tortilardi.   Keyingi davr   uchun   xos   hisoblangan   paxta   va   boshqa   qishloq   xo‘jalik   ekinlari
maydonlarini yashirish va qo‘shib yozishlar Stalin terrori davrida ham keng
tus olgan edi. Manbalarga ko‘ra, 1950 yil oktyabr oyida Andijon viloyatining
Dzerjinskiy   nomidagi   kolxozda   240,7   gektar   paxta,   58,34   gek tar   sholi   va
198,34   gektar   beda,   shuningdek,   52,14   gektar   boshqa   madaniy   ekin
maydonlari   yashirilganligi   aniqlangan.   SHu   kolxozda   «paxta   hosildorligi
sun’iy   ravishda   ko‘tarilganligi,   kontraktatsiyadan   paxta   ekinlarini   yashirish,
mukofotlar   uchun   davlat   mablag‘larini   katta   miqdorda   noqonuniy   ravishda
o‘zlashtirish   va   qishloq   xo‘jalik   ilg‘orlariga   beriladigan   davlat   mukofoti
uchun soxta materiallarni taqdim qilish holatlari ham aniqlangan edi».
Sovet rahbarlik-ma’muriy boshqaruvining nuqsonlaridan biri, bu partiya va
sovet   rahbarlari   aksariyat   hollarda   real   imkoniyatlar   bilan   hisoblashmas
edilar,   ular   uchun   joylarda   muammolarni   hal   qilish   emas,   balki   bajarilgan
ishlar   haqida   hisobot   berish   muhim   edi.   Masalan,   respublika   rahbariyati
tomonidan   Qoraqalpog‘iston   ASSR   viloyat   byurosi   keskin   tanqid   qilingan,
ijro   uchun   qabul   qilingan   qarorlar   partiya   va   sovet   xizmatchilarining
mas’uliyatini oshirishga imkon bermagan hamda obkom byurosi o‘z qarorlari
bilan   ko‘pincha   real   bo‘lmagan   va   bajarish   qiyin   bo‘lgan   muddatlarni
ko‘rsatib   o‘tganligi   ta’kidlangan.   1950   yil   23   avgustda   O‘zbekiston   SSR
Ministrlar   Soveti   va   O‘zbekiston   Kompartiyasi   Markaziy   Komiteti   VKP(b)
MKning   «1950   yil   paxta   xomashyosini   yig‘ish   va   tayyorlashni
tashkillashtirish   haqida»gi   qarorini   muhokama   qilgan   holda,
Qoraqalpog‘iston   ASSR   viloyat   byurosi   qishloq   xo‘jaligining   Paxtachilik
ministrligiga, Paxta tayyorlash trestiga, rayonlar ijroiya qo‘mitalari raislari va
rayon partiya qo‘mitasi (raykom) sekretarlariga 1950 yil 25 avgustgacha har
bir   kolxozning   tashkiliy   ishlar   holatini,   kolxozlarning   moddiy-texnika
vositalarini   tayyor lash   masalalarini,   tayyorlov   punktlarining,   paxta   tozalash
zavodlarining   paxta   yig‘imiga   tayyorgarligini,   ularni   kolxoz   majlislarida muhokama   qilgan   holda   tekshirish   kabi   bir   qator   yirik   tadbirlarni   o‘tkazish
vazifasi yuklatildi. Obkom partiyasining byurosiga, bu qaror tadbirlarini ikki
kunda   bajarish   imkoniyati   yo‘qligi   kunday   ravshan   edi,   binobarin,   bu   qaror
obkomda   «muddat   tugagan»dan   keyin   1950  yil   28  avgustda  yuborilgan  edi,
shunday bo‘lsa-da, u qabul qilingan va imzolangan. Bunday hodisalar sovet
davri   uchun   shunchalik   keng   tarqalgan   oddiy   hol   ediki,   O‘zbekistondagi
byurokratik   rahbariyat   keyinchalik   ham   undan   voz   kechishni   istamadi.
Boshqa   obkomlarda,   ayniqsa,   rayon   partiya   qo‘mitalarida   ham   shunga
o‘xshash holatlar mavjud edi.
Markazning   siyosiy   rahbariyati   tomonidan   1950   yilda   kolxozlarni
yiriklashtirish   va   ularni   mutaxassis   kadrlar   bilan   ta’minlash   siyosati
boshlangan.   Bu   siyosat   Ittifoq   hukumatining   «kolxozlarni   tashkiliy   jihatdan
mustahkamlash   uchun   favqulodda   ahamiyatga   ega   bo‘lgan»   qarori   sifatida
taqdim qilingan. Markazning fikri bo‘yicha, «mayda kolxozlarning iqtisodiy
imkoniyati   katta   xo‘jaliklarga   nisbatan   cheklangan.   Katta   kolxozlarda
o‘g‘itlash   ishlari   yanada   samaraliroq,   mehnatni   tashkillashtirish   ishlari
yanada   unumliroq   bo‘lishi   mumkin,   demak   tovar   mahsulotlarini   ko‘proq
berishi mumkin» degan fikr olg‘a surilgan.
Kolxozlarni   yiriklashtirish   siyosati   natijasida   1951   yilda   O‘zbekistonda
avval   mavjud   bo‘lgan   6399   ta   kichik   kolxozlar   o‘rniga   3067   ta   yirik
kolxozlar   tashkil   qilindi,   shulardan   2798   ta   kolxoz   paxtachilik   bilan
shug‘ullangan.   Kolxozlarda   ekin   maydonlari   sezilarli   darajada   ko‘paydi.
Agar avval o‘rtacha hisobda bitta kolxozga 378 ga er maydoni to‘g‘ri kelsa,
shu   jumladan   189   ga   paxta   ekini   uchun,   endi   esa   har   bitta   kolxozga   o‘rta
hisobda   777   ga   er   maydoni   to‘g‘ri   kelar   edi,   shulardan   374   ga   er   maydoni
paxta ekini uchun ajratilgan. Har bitta kolxozda dehqon xo‘jaliklari ko‘paydi. Kolxozlar birlashmasidan
avval   respublika   bo‘yicha   bitta   kolxozda   o‘rtacha   hisobda   98   ta   xo‘jalik
bo‘lgan, birlashgandan so‘ng esa 270 ta xo‘jalik mavjud bo‘ldi.
Agar shu siyosat viloyatlar kesimida ko‘rib chiqilsa, unda Andijon viloyati
quyidagi   ko‘rinishda   bo‘lgan:   526   ta   kolxozdan   birlashgandan   so‘ng   260   ta
kolxoz qolgan. 1949 yilda shu viloyat uchun er fondi 350-400 ga er maydoni
va   paxta   ekiniga   250-300   ga   biriktirilgan   bo‘lsa,   endi   esa   birlashtirilgandan
so‘ng   paxta   ekini   uchun   kolxoz   o‘rtacha   550-600   ga   er   maydoniga   ega
bo‘lgan, ya’ni u ikki marta ko‘paygan.
Kolxozlarni   birlashtirish   siyosatini   amalga   oshirish   jarayonida   jiddiy
xatolarga   yo‘l   qo‘yilgan,   ular   esa   yangi   kolxozlar   faoliyatida   salbiy
oqibatlarga olib kelgan.
Toshkent   viloyati   kolxozlari   birlashtirilganda   shoshqaloqlik   holatlari
yuzaga   kelgan,   barcha   partiya   tashkilotlarida   kolxozlar   bilan   zaruriy
tayyorgarchilik   va   tushuntirish   ishlari   olib   borilmagan.   Kolxozlarni
birlashtirishni  tashkil  qilish  vazifasi  tayyorlanmagan  va  mutaxassislikka  ega
bo‘lmagan   shaxslarga   yuklatilgan.   YUqori   CHirchiq   rayonida   mayda
kolxozlar birlashtirilganda bu ishlar har tomonlama o‘rganilmaganligi tufayli
katta   xatolarga   yo‘l   qo‘yilgan.   Raislar   saylanganda   birlashgan   kolxoz   raisi
xo‘jalikka   rahbarlik   qilishi   uchun   mexanizatsiyani,   agrotexnikani   va
gidrotexnikani bilishi lozim ekanligi xisobga olinmagan.
Oqqo‘rg‘on   rayonida   esa   vaziyat   undan   ham   og‘ir   edi.   Rayonda   20   ta
birlashgan kolxoz raislaridan bittasi ham hech bo‘lmaganda o‘rta ma’lumotga
ega bo‘lmagan.
Andijon   viloyatida   ham   kolxozlarni   yiriklashtirishda   xatoliklarga   yo‘l
qo‘yilgan edi. Viloyat rahbarlari kolxozlarni yiriklashtirishda haddan tashqari
shoshqaloqlik   qilgan   holda,   ba’zi   kolxozlarni   farqlamasdan   turib
birlashtirishgan. Rayon partiya qo‘mitalari va rayon ijroiya qo‘mitalarining kolxoz raislarini
tanlashda   formal   yondoshganligi   natijasida   77   ta   qishloq   xo‘jalik   artelining
raislari   savodsiz   va   kam   savodli   edi.   Kolxoz   raisi   muovinlarining   66   foizi
kam savodsiz yoki butunlay savodsiz edi.
Agar   O‘zbekistonning   boshqa   viloyatlari   bo‘yicha   tayinlangan   kolxoz
raislarining ma’lumot darajasi ko‘rib chiqilsa, o‘xshash omillarni Samarkand,
Buxoro, Xorazm kabi viloyatlarda ham kuzatish mumkin.
Kolxozlarni   yiriklashtirish   siyosati   nafaqat   iqtisodiy   xarakterga   ega
bo‘lgan,   balki   siyosiy-mafkuraviy   maqsadlarni   ham   ko‘zlagan   edi.
Kolxozlarning   partiya   tashkilotlarida   ular   birlashtirilgandan   keyin   jiddiy
o‘zgarishlar   ro‘y   berdi.   5130   ta   mayda   kolxoz   tashkilotlari   o‘rniga,
respublikada   2977   ta   yanada   yirikroq   kolxoz   tashkilotlari   tuzildi.   Agar
birlashtirishdan avval 872 ta kolxozda partiya tashkilotlari bo‘lmagan bo‘lsa,
birlashtirilgandan   so‘ng   esa,   faqat   32   ta   kolxozda   partiya   tashkilotlari
tuzilmagan.
SHunday   qilib,   sovet   hukumati   joylardagi   partiya   organlari   orqali
kolxozlar   va   kolxozchilar   faoliyati   ustidan   to‘la   va   qat’iy   nazoratni
o‘rnatishga   intilgan.   Ushbu   dalillar   O‘zbekistonda   kolxoz   qurilishida
siyosiylashtirish jarayonining yanada kuchayishi haqida guvohlik beradi.
O‘zbekistonda bu davrda xomashyo sohasi jadal sur’atlar bilan rivojlandi.
SHunday   tendensiyani   O‘zbekiston   iqtisodiyotining   keyingi   rivojlanishi
uchun xos bo‘lgan quyidagi misollarda ko‘rish mumkin: 1947 yilga nisbatan
1949   yilda   neftni   qazib   olish   30   foizga   ko‘paydi,   ko‘mirni   qazib   olish   2,5
barobarga   oshdi,   elektr   quvvatini   ishlab   chiqarish   25   foizga,   mi neral
o‘g‘itlarni ishlab chiqarish 32 foizga, po‘lat ishlab chiqarish 41 foizga oshdi.
Respublika   sanoatining   rivojlanishiga   xos   bo‘lgan   bunday   tenden siya
O‘zbekiston   iqtisodiyotining   xomashyo   xarakterida   ekanligini   yanada
mustahkamlab bordi. Respublika   rahbariyati   tomonidan   «O‘zbekistonda   yaratilgan
mashinasozlik   sanoatining   asosiy   vazifasi,   bu   paxtachilikning   kompleks
mexanizatsiyasi, irrigatsiya-meliorativ ishlar va qishloq xo‘jaligining boshqa
sohalari uchun zarur bo‘lgan mashinalarni keng miqyosda ishlab chiqarishni
tashkil   qilish   hisoblanadi»,   deb   ta’kidlandi.   SHuning   uchun,   respublika
sanoat   korxonalari   direktorlari   oldiga   1949   yilda   mashinasozlik   zavodlarida
mahsulot   ishlab   chiqarishni   30   foizga   oshirishga   erishish   vazifasi   qo‘yilgan
edi.
Ushbu   dalillar   sanoatni,   umuman,   O‘zbekiston   iqtisodiyotini
rivojlantirishning   umumiy   tendensiyasi   haqida   yaqqol   dalolat   beradi.
Respublika iqtisodiyoti va sanoatining o‘sishi mazkur davrda va undan keyin
ham,   birinchi   navbatda,   paxtachilik   va   xomashyo   sanoatining   rivojlanishi
bilan   uzviy   bog‘lab   qo‘yildi.   Markaz   bosimi   ostida   iqtisodiyotda   birinchi
o‘rinda   xomashyo   sohasini   rivojlantirish   tendensiyasi   kuchaygan   hamda
paxta   monopoliyasi   o‘rnatilgan   bo‘lsa-da,   O‘zbekiston   xalqining   ijtimoiy
hayoti 1950 - 1960 yillarda asta-sekin yaxshilanib bordi. Masalan, kolxozlar
daromadi  1953  yilga  nisbatan  1958  yilda  kariyb  3  mlrd.  rublga  oshdi.  1957
yilda bir ish kuniga to‘langan mehnat haqi 14 rubl 65 tiyinga to‘g‘ri kelgan,
1953 yil da esa, u atiga 8 rubl 62 tiyin bo‘lgan edi.
Umuman   olganda,   mazkur   davrda   O‘zbekistonning   ijtimoiy-iqtisodiy
xayotida quyidagi tendensiyani kuzatish mumkin.
Birinchidan,   Ikkinchi   jahon   urushi   tugaganidan   so‘ng,   Markaz
respublikaning   qishloq   xo‘jaligida   paxta   monopoliyasini   to‘la   o‘rnatish
maqsadida   O‘zbekistonda   paxtachilikni   rivojlantirishga   yana   ham   qat’iy
kirishdi.   Hatto   muammo   shu   darajagacha   borib   etdiki,   «1950   yilda   Usmon
YUsupovni O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi
lavozimidan   ozod   qilganlarida,   unga   qo‘yilgan   asosiy   ayblovlardan   biri
«paxtachilikka ajratilgan kuch va vositalarni mahalliy vazifalar foydasiga hal qilgan» ligida edi». Butun sovet davri tarixidagi kabi mazkur holatda ham «...
umumdavlat va mahalliy manfaatlar bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilgan edi».
Markaz manfaati har doimgidek, O‘zbekiston manfaatidan ustun qo‘yilgan va
o‘zbek   xalqining   milliy   manfaatiga,   uning   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanishi
masalalariga ikkilamchi bir ob’ekt sifatida yondashilar edi.
Ikkinchidan,   O‘zbekiston   sanoati   va   uning   rivoji,   birinchi   navbatda,
paxtachilikni   rivojlantirish   bilan   bog‘liq   edi.   SHunday   bulsa-da,   bir   qator
sanoat   korxonalari,   to‘qimachilik   korxonalari,   elektrostansiyalar   qurilgan,
lekin   sanoat   sohalarining   rivojlanishi   ham,   avvalo,   paxtachilik   bilan   bog‘lik
edi.
SHuningdek,   mazkur   davrda   O‘zbekistonning   ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishi  tendetsiyasini   ko‘rib   chiqadigan  bo‘lsak,   uning   e’tiborli   jihatlari
quyidagilardan iborat bo‘lgan: 1961 - 1965 yillarda respublika yalpi iqtisodiy
mahsulotining   o‘sishi   avvalgi   besh   yillikka   nisbatan   qariyb   7,1   foizga,
sanoatning   rivojlanishi   8,4   foizga,   qishloq   xo‘jaligining   yalpi   mahsuloti   4,0
foizga o‘sishi ta’minlangan bo‘lsa, maishiy xizmat ko‘rsatish sohasi esa 16,8
foizga   o‘sgan,   sanoatning   rivojlanishi   natijasida   respublikada   1945   -   1964
yillar   davomida   Bekobod,   Angren,   G‘azalkent,   Quvasoy,   Taxiatosh,
YAngiobod,   YAngier,   Navoiy,   SHahrisabz,   Mo‘ynoq   kabi   shaharlar   tashkil
qilindi.   Bu   esa,   o‘z   navbatida,   aholining   ijtimoiy   rivojlanishiga   ijobiy   ta’sir
ko‘rsatdi,   lekin,   ikkinchi   tomondan,   ushbu   shaharlarda   qurilgan   sanoat
korxonalari uchun ishchi va mutaxassislar, asosan, chetdan keltirildi. Natijada
O‘zbekistondagi   demografik   vaziyat   o‘zgarib,   yangi   tash kil   qilingan
shaharlar   aholisi   milliy   tarkibining   aksariyat   qismi   tub   xalqlarga   mansub
bo‘lmagan kishilar hisobiga ko‘payishi mazkur davrdagi ijtimoiy-demografik
rivojlanishning asosiy tendensiyalaridan biri edi.
YUqorida ta’kidlanganidek, O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi
paxta etishtirish bilan bog‘lab qo‘yilgan edi. Jumladan, XX asr 50-yillarining ikkinchi yarmida paxta va boshqa ekinlarni ekish uchun 300 ming gektar erni
o‘zlashtirish   zarur   edi.   Buning   uchun   34   ta   davlat   xo‘jaligi   va   34   ta   paxta
tozalash   zavodi   barpo   etilishi   mo‘ljallangan.   SHunday   qilib,   O‘zbekiston
SSRning paxta xomashyosini etkazib beruvchi respublikaga aylanishi yanada
kuchayib   bordi.   Paxta   etishtirish   nafaqat   ijtimoiy-iqtisodiy   hayotda,   balki
respublikaning ma’naviy turmushida ham o‘z aksini topdi. Toshkentda yangi
qurilgan   futbol   stadioniga   «Paxtakor»   nomi   berildi,   yangi   tashkil   qilingan
respublikaning   asosiy   futbol   komandasi   ham   shu   nom   bilan   ataldi.   1956   yil
13   avgustda   partiya   oliy   rahbariyati   va   sovet   hukumatining   taklifi   asosida
O‘zbekiston   SSR   Oliy   Soveti   Prezidiumi,   O‘zbekiston   Ministrlar   Soveti   va
O‘zbekiston   Kompartiyasi   Markaziy   Komitetining   qarori   asosida
«O‘zbekiston   SSR   hududida   paxta   bayramini   joriy   qilish   haqida»gi   qaror
qabul qilindi.
Aholining   ijtimoiy   hayoti   urushdan   keyingi   qiyinchiliklarga   qaramasdan
asta-sekin   yaxshilanib   bordi,   lekin   bular   O‘zbekistonning   moddiy   resurslari
va   inson   potensialini   Markaz   tomonidan   ayamasdan   ekspluatatsiya   qilish
hisobiga amalga oshirildi.
   Adabiyotlar
1.
Karimov   I.A. O’zbekiston – bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li. Toshkent.
«O’zbekiston», 1993.
2.
Karimov   I.A. O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li. Asarlar. 1 jild. Toshkent. 
«O’zbekiston», 1996.
3.
Karimov   I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida...  Toshkent. «O’zbekiston», 1997.
4.
Karimov   I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. Toshkent. «O’zbekiston», 1998.
5.
Karimov   I.A. Barkamol avlod orzusi.  Toshkent. «O’zbekiston», 1999.
6.
Karimov   I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda.  Toshkent. «O’zbekiston», 1999.
7.
Karimov   I.A. O’zbekiston demokratik islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida. O’z R 1 
chaqiriq Oliy Kengashining VI-sessiyasida so’zlagan ma’ruzasi. T., 1996.
8.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Toshkent. «O’zbekiston», 1992.
9.
N.   Jo’rayev. Prezident Vatan va millat timsoli.  «Muloqot», 1-son 2000 yil.
10.
Vatan tuyg’usi. Toshkent. «O’zbekiston», 1996.
11.
Davlat, jamiyat, oila va yoshlar tarbiyasi muammolari.  Toshkent. «O’zbekiston», 1997.

Urushdan keyingi yillarda O‘zbekistonning iqtisodiy hayoti (1946- 1950 yy ) Reja 1. Urushdan keyingi yillarda O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayoti 2. Urushdan keyingi yillarda iqtisodiy hayot 3. Madaniy hayot

Ikkinchi jahon urushi O‘zbekistonga katta iqtisodiy va insoniy talafotlar etkazdi. O‘ zbekist o n i q tisodiyoti fashizm bilan bo‘lgan urush yillarida SSSRning front orti minta q asiga aylangan edi. Urush yillari va undan keyingi dastlabki o‘n yilliklarda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari lavozimida 1937- 1950 yillarda Usmon YUsupovich YUsupov, 1950-1955 yillarda Aminjon Ermatovich Niyozov, 1955-1957 yillarda Nuriddin Akramovich Muhitdinov, 1957-1959 yillarda Sobir Kamolovich Kamolov, 1959-1983 yillarda SHarof Rashidovich Rashidov faoliyat ko‘rsatdi. Urushdan so‘ng, fashist bosqinchilaridan ozod qilingan SSSRning g‘arbiy tumanlaridan farkli o‘laroq, O‘zbekistonning iqtisodiy vazifasi xalq xo‘jaligini tinch hayotga moslashtirish va sovet iqtisodi uchun juda muhim omil bo‘lgan respublikada paxtachilikni qayta tiklashdan iborat bo‘ldi. Paxtachilikni qayta tiklash va rivojlantirish masalasiga urush tugamasdan avvalroq alohida e’tibor qaratilgan edi. VKP(b) MKning 1944 yil 6 martdagi «O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti ishi haqida»gi qarorida respublika siyosiy rahbariyati paxtachilik ishining holati bo‘yicha qat’iy tanqid qilindi. Bu hujjatda «O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti O‘zbekiston mamlakatning asosiy paxta bazasi ekanligi xaqida unutganligi, paxta masalasiga etarlicha baho bermaganligi va bu holat oxirgi yillarda paxtachilikning keskin pasayishiga asosiy sabab bo‘lganligi haqida» ko‘rsatib o‘tilgan edi. SHunday qilib, Markaz respublikaga uning «baynalmilal vazifasi» haqida eslatdi va O‘zbekiston siyosiy rahbariyatiga paxtachilik rivoji uchun etarlicha e’tibor qaratmagani haqida kat’iy ravishda ko‘rsatma bergan holda, qisqa muddat ichida paxtachilik rivojini ta’minlashni talab qildi. Mazkur ko‘rsatma, urush yillarida O‘zbekistonning moddiy va mehnat resurslari maksimal tarzda front ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgan bir

paytda aytilgan bo‘lib, bu vaqtda respublika frontni qurol-yarog‘, aslaha- anjomlari va oziq-ovqat bilan uzluksiz ta’minlayotgan edi. 1945 yil 14 iyulda urush tugashi bilan, mazmuni jihatidan boshqa hujjatlarni takrorlaydigan hujjat, ya’ni «O‘zbekistonda paxtachilikni qayta tiklash va rivojlantirish bo‘yicha choralar haqida»gi SSSR XKS va VKP (b) MKning qo‘shma qarori qabul qilindi. Unda Moskva yana respubli ka siyosiy rahbarlaridan «kelajakda paxtachilikni yanada rivojlantirishni ta’minlash»ni talab qildi. 1945 yil sentyabrda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Kompartiyasi MKning XII plenumi esa, o‘z navbatida, Markazning shu qaroriga tayangan holda, favqulodda holatda respublikaning barcha partiya va sovet tashkilotlaridan hukumat markaziy organlari qarorlarini amalga oshirish bo‘yicha «zudlik bilan amaliy ishlarni tashkillashtirish»ni talab qildi. Biroz fursat o‘tgach, «1947 yilda paxtachilikni boshqarish bo‘yicha O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining xatolari haqidagi» SSSR Ministrlar Soveti va VKP(b) MKning 1948 yil 3 fevralda qabul qilgan qarorida, O‘zbekiston rahbariyati Moskva tomonidan navbatdagi jiddiy tanqidga uchradi. Paxta tayyorlash rejasi haddan tashqari ko‘pligi natijasida O‘zbekiston 1947 yilda 365 000 tonna paxta xomashyosini etkazib berolmadi. Respublika siyosiy rahbariyati O‘zbekiston Kompartiyasi MKning XVII plenumida Markazning qattiq siquvi ostida O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va O‘zbekiston SSR Mi nistrlar Soveti paxtachilikni rivojlantirish va boshqarish bo‘yicha o‘z ishida «bir qator xatolarga yo‘l qo‘yganliklarini va topshirilgan vazifalarni bajarishni uddalay olmaganligi natijasida 1947 yilda paxta tayyorlashni barbod qilgani»ni tan olishga majbur bo‘ldi. O‘zbekiston partiya tashkilotining mazkur plenumi qarorlarida reja bajarilmagani uchun barcha mas’uliyat respublika mahalliy rahbariyatiga

yuklatilgan edi. Qarorda «SSSR XKS, VKP(b) MQ qarorida kamchiliklar «mutlaqo to‘g‘ri ko‘rsatilgan» deb ta’kidlanib, respublika siyosiy rahbariyatining «asosiy xatosi umumdavlat manfaatini mahalliy masalalar foydasiga esdan chiqargan deb hisoblandi, bu esa kolxozlar va kolxozchilar diqqatini davlat rejasida ko‘zda tutilmagan boshqa ishlarga, ya’ni CHorjo‘y - Qo‘ng‘irot temir yo‘lining qurilishiga va paxtachilikka ziyon etkazuvchi boshqa qurilishlarga jalb qilingan hamda paxtachilik uchun mo‘ljallangan ko‘p miqdordagi kuch va mablag‘lar boshqa maqsadlarga ishlatilgan», deb ko‘rsatilgan. Mazkur dalilning bilvosita tahlili shunga guvohlik beradiki, u O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida nafaqat paxtachilik monopoliyasini o‘rnatish tendensiyasi haqida, balki Markaz va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning haqiqiy jihatlarini ham ochib beradi hamda respublikaning real huquqiy maqomini ko‘rsatadi. Ushbu fakt O‘zbekiston rahbariyatining mustaqil qaror qilish huquqlari kay darajada cheklanganligi hamda respublika iqtisodiyoti Moskvaning strategik manfaatlariga to‘la bo‘ysunganligining aniq dalilidir. Bunday sharoitda O‘zbekiston va uning rahbariyati, hattoki SSSR va O‘zbekiston SSR Konstitutsiyalarida belgilab berilgan vakolatlar doirasida ham respublika iqtisodiyotining ayrim hayotiy muhim bo‘lgan masalalari bo‘yicha mustaqil siyosatni amalga oshira olmaganlar. O‘zbekiston iqtisodiyotining rivoji, birinchi navbatda, respublikaning ijtimoiy - iqtisodiy manfaatlarini orqaga surgan holda, Markazning strategik manfaatlariga muvofiq bo‘lishi shart edi. SHunday qilib, urushdan keyingi davrda sovet hukumatining bu qarorlari va uning respublika siyosiy rahbariyatiga bosim ostida qabul qildirgan boshqa qarorlari O‘zbekistondagi qishloq xo‘jaligi rivojining tendensiyasini, keyinchalik butun respublika iqtisodiyotida, qishloq xo‘jaligida pax tachilik monopoliyasini mustahkamladi.

Qishlok xo‘jaligining rivoji bo‘yicha O‘zbekiston uchun Moskva o‘rnatgan vazifalar kontekstida, sovet hukumati paxtachilik rivojini yanada ko‘proq talab kilgan. SHunday qilib to‘rt yilda (1949 - 1952 yillar) respublikada paxta ekin maydonini 100 - 130 ming gektarga kengaytirish va paxta hosilini har gektardan 25 sentnergacha ko‘tarish mo‘ljallangan. Bu yo‘nalishda kelajakda yanada «ulkan vazifalar» qo‘yilgan bo‘lib, «...O‘zbekistonda kelajakda paxtachilik rivoji uchun sharoitlarni yaratish bo‘yicha barcha zaruriy choralarni amalga oshirish, keyingi yillarda paxta ekish maydonlarini 200 - 250 ming gektarga kengaytirish va paxta hosildorligini gektaridan o‘rtacha hisobda 30 sentnerdan kam bo‘lmagan holda ko‘tarishga erishish ko‘zda tutilgan edi». Lekin Markaz respublikaning iqtisodiy, insoniy va moddiy manbalari cheklanganligini hisobga olmadi. Paxtachilikni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston oldida haddan tashkari baland bo‘lgan reja qo‘yilishi natijasida, 1949 va 1950 yillarda reja topshiriqlari bajarilmadi. O‘zbekiston to‘rtinchi besh yillikda (1946 - 1950 yillar) paxtachilikka ajratilgan maydon 148 000 gektarga ko‘paydi, respublikaning tabiiy va insoniy resurslarini shafqatsiz ishlatish, ya’ni ekstensiv omil hisobiga paxtaning yalpi miqdori shu davrda 1948 yilga nisbatan 51 foizga oshdi. Paxtachilik ekstensiv tarzda rivojlanishi jarayonida hamda paxtachilikka ajratilgan maydonlar shiddatli ravishda ko‘payishi natijasida oddiy insonlar jabrlangan, ya’ni paxta maydonlarini ko‘paytirish, ma’muriy tartibda kolxozchilarning shaxsiy er mulklarini va ularning uy xo‘jaliklarini qisqartirish hisobidan amalga oshirilgan, bu esa o‘zbek xalkining fojiasiga aylandi. Bunga Uychi rayonidagi Mamad qishloq soveti Andreev nomli kolxoz a’zosi Aymaxon Atabaevaning so‘zlarini isbot sifatida keltiramiz: «1949 yil bahor fasli edi, men dalada ishlab turgan vaqtda, kolxoz brigadiri 71 nafar kolxozchi bilan birgalikda er maydonimda o‘sayotgan mevali