logo

30-yillar tanqidchiligining o’ziga xos tamoyillari haqida

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

29.5732421875 KB
30-yillar tanqidchiligining o’ziga xos tamoyillari haqida
Reja:
1.  30-yillar tanqidchiligida  “Sarob” romani atrofidagi bahslar.
2.   Adabiy   tanqidchilikda   ijodiy   faollik   va   realizm   estetikasini   egallash   yo’lidagi
izlanishlar.
3.  Otajon Hoshim haoyoti va adabiy-tanqidiy qarashlari
4.  Oybekning “Abdulla Qodiriyning ijodiy yo‘li” tadqiqoti haqida. Mavzuga oid qisqacha annotatsiya
30-yillarning   ikkinchi   yarmiga   kelib   o’zbek   adabiy   tanqidchiligi   ham
faollasha   boshladi.   Oybekning   «Abdulla   Qodiriy   ijodi»   (1934)   monografiyasi   bu
yo’ldagi   ilk   va   muvaffaqiyatli   qadamlardan   biri   bo’ldi.   Bu   asarda   A.Qodiriyning
yozuvchilik   mahorati batafsil  ochib berildi. 30-yillarda o’zbek adabiyotshunosligi
tomonidan   erishilgan   yutuqlardan   biri   «O’n   besh   yil   ichida   o’zbek   adabiyoti»
(1939)   ilmiy   to’plam   holidagi   kitobidir.   Bu   to’plamga   kirgan   maqolalar   ichida
Olim   Sharafiddinov   va   S.Husaynlarning   «O’zbek   adabiyoti»,   H.Yoqubovning
«O’zbek   sovet   poeziyasi   15   yil   ichida»,   Yusuf   Sultonovning   «O’zbek   sovet
prozasi»,   S.Husaynning   «O’zbek   sovet   dramaturgiyamizga   umumiy   bir   qarash».
Sh.Sulaymon va G’.Karimovlarning «Bolalar adabiyoti to’g’risida», M.Afzalov va
B.Karimovlarning «O’zbek folklari» nomli chinakkam tadqiqot ishlari mavjud edi.
Unda, o’zbek adabiyotining taraqqiyot yo’llari ancha mukammal ochib berildi.
Adabiy   tanqid   badiiy   adabiyotda   zamondosh   obrazini   qanday
yaratayotganligiga.  xususan,   ularning  nuqsoniga  alohida  etibor   bera   boshladi. 20-
yillarning birinchi yarmida "inqilob" mavzuidagi asarlar   yaxshi kutib olingan bo‘lsa,
20-yillarning   ikkinchi   yarmidan   etiboran   obrazlar   to‘laqonligi,   yozuvchilar   o‘z
qaxramonlarining   ichki   dunyosini,   ruhiyatini   tasvirlayotirmi   degan   savollar   qo‘yila
boshlandi. 
Uygun   "O‘z   xatolarimiz   ustida   o‘rganamiz"   maqolasida   o‘z   ijodiga   tanqidiy
ko‘z   yugurtiradi   va   malum   xulosalarga   kelganini   bayon   etadi.   Bunday   dalillar   adabiy
tanqidning   sifat   ustida   ham,   asarning   badiiy   yuksakligi   ustida   ham   jiddiy   izlana
boshlaganini ko‘rsatadi. Shunday intilishlar tufayli 20-yillarning oxirlariga kelib, xususan,
30- yillarning   boshlarida   adabiyotda   hayotga   yaqin   bo‘lish   istagi   avj   oldi.   Birin-ketinlik
bilan   "Dilbar-davr   qizi",   "Baxtlar   vodiysi",   "Temirchi   Jo‘ra",   "Ko‘kan",   "Jontemir"   kabi
zamonaviy   asarlar   yaratila   boshlandi.   Biroq   bu   davrda   ularga   qarshi   tanqidiy   maqolalar
emas,   balki   javobiya   xarakteridagi   asarlar   yozish   ananasi   yuzaga   keldi:   Cho‘lponning
"Buzilgan   o‘lkaga" sheriga G‘ayratiy "Tuzalgan o‘lkaga" sheri  bilan javob   qaytardi.
Biroq   adabiy   tanqid   bunday   asarlarni   chetlab   o‘ta   boshladi.   Faqat   milliy   istiqlol
g‘alabasidan so‘ng bunday hodisalarga xolisona  baho berildi. O‘zbek   adabiy   tanqidida   janriy   izlanishlarga   munosabat.   XX   asr   boshlarida
adabiyot yangi janriy izlanishlar davriga kirdi. Mavjud  turli-tuman tashkilotlar bir-biriga
o‘xshamagan   uslub   va   estetik   dasturlarga   ega   edi.   Partiyaning,   sovet   davlatining
adabiyotga   buyruq   berishi   hali   urfga   kirmagan   edi.   Poetik   ijod   hali   ustuvor
ananaligicha   davom   etardi,   shoirlar   ananaviy   aruzdan   kengroq   foydalanishar,   biroq
"inqilobiy"   ruhni   berish   yangi   vazn,   yangi   shakllar   izlashni   ehtiyojga   aylantirayotgani
tobora chuqurroq sezilmoqda edi. Ana   shu ehtiyoj xalq ijodiga xos barmoq va sarbast
vaznlarida jangovor   shijoatkorlikka davat etuvchi asarlar (marshlar, qo‘shiqlar, ashulalar)
yaratishga   sabab   bo‘ldi.   Bunda   Nozim   Hikmat   va   V.Mayakovskiy   o‘rnagi   v a
ijodining tasiri muhim rol o‘ynay boshladi.  Adabiy jarayondaga bunday izlanishlar
adabiy   tanqid   etiboridan   chetda   qolmadi.   Arabnejad   (A.Alaviya)   "Bizda   shakl
masalasi va Nozim  Hikmat" maqolasida xuddi shu masalalarga to‘xtaladi: "Aruz va
hijo   vazni"   ohista   oqar   vaznlar   bo‘lib,   yangi   hayotdagi   surat   va   harakatni   bera
olishga   qodir   emasdur"-deb   yozarkan,   sarbast   sherlarning   afzalligani   takidlaydi.
Homil   Yoqubov   esa   "Oybek   va   uning   sherlari"   maqolasida   shoirning   ijodiy
o‘sayotganligini tahlil qilarkan, uning  etiborini yangi shakllarga qaratadi.
Mirtemir erkin sherni "nozimona she’r" deb ataydi. Erkin she’r   ancha   murakkab
san’at   bo‘lib,   uni   o‘zlashtirish   oson   kechmadi.   Aslida   o‘zbek   sheriyatini   yangi
ohang   va   vaznga   ko‘chirish   harakati   Fitrat   va   Cho‘lpon   ijodida   XX   asrning   10-
yillaridayoq   boshlangan   bo‘lib,   30-yillardagi   adabiyotning   mafkuraviylashtirila
borishi   sharoitida   yangicha   mohiyat   kasb   eta   bordi.   Shu   zaylda   sarbast
G‘.G‘ulomning   "Dinamo",   H.Olimjonning   "Ko‘klam",   Shokir   Sulaymonning   "Erk
kuylari",   Mirtemirning   "Ashulalar   qo‘ynida"   kabi   ilk   sheriy   to‘plamlarida   o‘zbek
she’riyatida   inqilob   va   sho‘ro   tuzumini   alqovchi   mazmunga   sug‘orilgan   holda
namoyon bo‘la bordi. Adabiy tanqid bu jarayonga madad berdi, Mirtemir sochma
she’rlar   yozishga   jazm   etdi.   Hatto "Sochma shoirning tuyg‘u va fikrlari to‘lqinlanib,
toshib   ketgan   vaqtda   yoziladi",   -   deya   unga   muhabbatini   izhor   etgan   edi.   Qolaversa,
o‘sha   davrda   sochmani   minbar   adabiyoti   deb   ataganlar.   Lekin   sochmadagi   hamma
sherlar   yuksak   g‘oyaviy-badiiy   saviyada   bo‘lavermagani   yosh   tanqidchi   Yunus   Latif
tomonidan ilg‘angan edi. Bu   davrda   adabiy   tanqid   nasr   rivojiga   ham   sezilarli   tasir   ko‘rsatdi.   XX   asr
boshlarida A.Qodiriy, A.Fitrat, S.Ayniy, 20-30- yillarda esa H.Shams, Zarif Bashir, Ziyo
Said,   G‘.G‘ulom,   Sh.Sulaymon,   G‘ayratiy,   H.Olimjon,   Sobir   Abdulla,   Cho‘lponlar
hikoya yoza boshlagan  edilar.
A.Sadiy   hikoyachilikda   A.Qodiriy   ijodi   sermahsulligini   takidlaydi.   U   tahlil
jarayonida   u   yoki   bu   janr   tabiatiga   to‘xtalishga,   jumladan,   hikoyaning   xususiyatlari
haqida nazariy mulohazalar  bildirishga intiladi.
Abdurauf   Fitrat   esa   "Adabiyot   qoidalari"   nazariy   asarini   shu   masalalarga
bag‘ishlasa,   Olim   Sharafiddinov(Ayn),   Sotti   Husaynlar   o‘rni-o‘rni   bilan   o‘z
maqolalarida   hikoya,   povest   janrlariga   xos   xususiyatlarga oid qimmatli fikrlarni aytib
o‘tadilar.
O‘zbek adabiyotida roman janrining paydo bo‘lishi A.Qodiriy, Hamza , Mirmuhsin
Shermuhammed   nomlari   bilan   bog‘liq.   Roman   nazariyasiga   oid   ilk   nazariy
mulohazalar esa A.Sa’diyning "Amaliy ham  nazariy adabiyot  darslari”  va  Fitratning
"Adabiyot     qoidalari"   asarlarida   uchraydi.   Ayniqsa,   S.Xusayn   "O‘tkan   kunlar"ni
tahlil   qilish   jarayonida   janr   sifatida   romanning   boshqa   adabiy   janrlardan   farqini
tushuntirishga   harakat qiladi.
Miyonbuzruk   Solihov   esa   o‘zbek   adabiyotida   romanchilik   tajribasi   -
yo‘qligini   takidlab,   "O‘tkan   kunlar i
ni   original   asar   deb   hisoblaydi.   Aslida   esa
chindan   ham   "O‘tkan   kunlar"   o‘zbek   adabiyotida,   Yevropada   tushunilganidek,
haqiqiy   realistik   roman   bunyodga   kelganining   dalili   edi.   Adabiy   tanqidda   shu
haqiqatning   tasdiq   topishi   uning   estetik   jihatdan   ancha   balog‘atga   yetganinn
ko‘rsatadi.
Dramaturgiyaning   tug‘ilishi   va   rivoji   masalasi   ham   adabiy   tanqidning
e’tiboridan chetda qolmadi. Dramaturgiya rivojining ilk  bosqichida "og‘zaki tanqid"
(jonli   tanqidiy   amaliyot)   asosiy   rol   o‘ynadi   va   u   ko‘pincha   tashkiliy   shakllarda,
aytaylik, u yoki bu asarni  o‘qib   muhokama  etish  va  repertuarni   komissiyalar  orqali
qabul   qilish   jarayonida   ro‘yobga   chiqdi.   Shu   tariqa   teatr   tanqidchiligi   shakllana   bordi.
Ammo   e’lon   qilingan   maqola   va   taqrizlarning   ko‘pchiligi   teatr   sanati   masalalariga   va
aktyorlar mahorati tahliliga bag‘ishlangan bo‘lib,  ular orasida spektaklning g‘oyaviy- badiiy qimmatini, zamonaviy hayot  bilan aloqasi va tarbiyaviy ahamiyatini chuqur ochib
beradiganlari hali ye tarli emas edi. Jumladan, "Ch.O‘g‘li" imzoli tanqidchi "Teatr asarlari
janrning jon tomiridir. Yaxshi va nafis teatr adabiyotiga ega  bo‘lmasak, teatrdan sira
foydalana olmaymiz",-deb yoesa, boshqa bir   maqolada operetta, balet sanati to‘g‘risida
ham ayrim mulohazalar  bildirilgan edi.
Teatr tanqidchiligi o‘zbek teatrining yuksalishida katta rol   o‘ynadi. 20-yillarning
oxiri   30-yillarning   boshlarida   K.Yashin,   N.Safarov,   Ziyo   Said,   Sobir   Abdulla,
U.Ismoilov, Z.Fatxullin kabi yosh   dramaturglar badiiy ijod sohasida ko‘rinib qoldilar.
Adabiy   tanqid   o‘z   vaqtida   ularning   paydo   bo‘lishini   tabriklash   bilan   birga   mavjud
nuqsonlarini ko‘rsatishga harakat qildi va ijodiy yuksalishlariga  jiddiy ta’sir ko‘rsatdi.
O‘zbek adabiyotshunosligida mumtoz merosga munosabatda ikki asosiy   yo‘nalish
mavjud   edi:   1)   vulgar   sotsiologik   ruhdagi   qarashlar   yo‘nalishi   bo‘lib,   bu   holat
J.Boybulatov, Oltoy,Z.Bashir, 3.Said, Yu. Latif   singari adabiyotchilar chiqishlarida
ko‘p   uchraydi;   2)   marifiy-ilmiy   yo‘nalish   -   bunday   tamoyildagi   professional
tanqidchi   va   adabiyotshunoslar,   shuningdek,   tanqid   bilan   shug‘ullanuvchi
yozuvchilar   orasida   Fitrat,     A.Sadiy.     A.Majidiy,   Ayn,   S.Ayniy,   L.Olimiy,
O.Xoshim, Botu kabi ijodkorlar bor edi.
Ilmiy   izlanishlar   yo‘lidan   borgan   Fitrat,   A.Sadiy,   A.Majidiy,   To‘g‘rul,
O.Hoshim,   L.Olimiy   kabi   tanqidchilarning   maqolalari,   adabiyotshunoslikka   oid
tekshirishlari   merosga   to‘g‘ri   yondashishga   intilishning   adabiy   tanqiddagi
namunalari edi. Bu   jihatdan L. Olimiyning "Nodira", A.Majidiyning "Shoir Miriy"
kabi maqolalari ayricha e’tiborga loyiq.
Kuzatishlar   shundan   dalolat   beradiki,   20-yillardayoq   ulug‘   mutafakkir   Alisher
Navoiy   ijodiy   merosini   to‘plash,   o‘rganish,   nashr   etish,   boshqa   tillarga   o‘girish
o‘ziga   xos   ko‘lamdorlik   kasb   eta   boshlagan   edi.   Bunda   nafaqat   o‘zbek,   balki
ozarbayjon,   turkman,   rus   va   boshqa   adabiyotshunoslar   ham   salmoqli   hissa   qo‘sha
boshlagan edilar. Jumladan,   Abdurauf Fitrat ilk bor shoirning forsiy ijodiga etiborni
qaratib,   "Navoiyning   forsiy   shoirlig‘i   va   uning   forsiy   devoni   to‘g‘risida"   maqolasini
yaratgan bo‘lsa, "Muhokamatul-lug‘atayn"ning turkmancha  tarjimasi 1925 yilda "Amir Alisher Navoiy" nomi ostida  Turkmanistonda nashr etildi. Kitob kirish so‘z, shoirning
qisqacha  tarjimon holi va izohlar bilan ta’minlagan edi.
Navoiy merosini chuqurroq o‘rgangan, ilmiy jihatdan jiddiy ishlardan biri - 1928 yili
Leningradda rus tilida bosilib chiqqan   "Mir-Ali-sher" kitobi sharqshunoslikda sezilarli iz
qoldirdi. Undan  A.N.Samoylovich, Ye.E.Bertels, A.A.Romaskevich va V.V.Bartold kabi
iste’dodli   olimlarning   maqolalari   o‘rin   olgan.   Ayiiqsa,   Ye.E.   Bertelsning   maqolasi
Navoiy   ijodining   mustaqil   adabiy   hodisaligi   va   originalligini   dalillar   bilan   isbot
etganligi tufayli muhim  ilmiy qimmatga ega edi. Tajribali sharqshunoslar  o‘tmishni
yaxshi   bilmay   turib,   hozirgi   zamonni   baholash   mumkin   emasligini,   binobarin,
madaniyatlar, adabiyotlar o‘zaro aloqasi va hamkorligi ularning bir   butunligi mohiyatini
belgilashini   ko‘rsatdilar.   Shu   tariqa   o‘zbek,   rus   va   boshqa   qardosh   xalqlarning
sharqshunoslari tashabbusi bilan  navoiyshunoslikning ilk namunalari yuzaga kelgan edi.
Mumtoz   merosdan   foydalanish   kerakmi   yoki   kerak   emas?   degan   masalada
vulgarizatorlik   usulini   tanlaganlardan   biri   J.Boybo‘latov   bo‘lib,   uning   merosga   o‘ta
nigilistik   munosabati,   hatto   uni   haqorat   qilish   darajasiga   borishi   "O‘zbek   adabiyoti
namunalari"   majmuasini   baholashida   ravshan   ko‘rinadi.   U   "Namunalar"ni   tuzgan
Fitratni ham,  unga so‘zboshi yozgan O.Hoshimni ham bo‘ralab so‘kishdan toymaydi.
Uning “O‘zbek adabiyoti va chig‘atoychilik" maqolasi boshdan oxirigacha mumtoz
i jodkor   ijodiyotini   qoralashdan   iborat.   Jumladan,   u   yozadi:   "..   Qisqasi,   chig‘atoy
nafis adabiyoti mazmun jihatdan tasavvuflik bilan, shakl jihatdan arab ham forslik
bilan   sug‘orilgandir,   Chig‘atoy   shoirlari-bu   mutasavvuflardan,   xayolparastlardan,
simvolistlardan   va   boshqalardan   o‘zbek   proletar   adabiyoti   uchun   qanday   bo‘lsa
ham bir narsa olishimiz shubhalidir" 1
.
  J.   Boybulatov   maqolalaridagi   bunday   asoslanmagan   ayblarga   javob
bermaslik   mumkin   emas   edi.   O.Hoshim   "Adabiy   meros   va   chig‘atoy   adabiyoti"
sarlavhasi   ostida   ikki   maqola   yozib,   u   bilan   munozaraga   kirishsa-da,   o‘sha   davr
mafkurasi   tazyiqidan   qutula   olmaydi.   Va   yozadi:   "Jadid   adabiyoti   o‘zbek
burjuaziyasi  adabiyotidir. Jadid adabiyoti   o‘zbek burjuaziyasining fikrini va uning
boshdan   kechirgan   holatlarini   aks   etadir.   Uning   uchun   ishlaydir,   kuladir,
1
  Қаранг: Ўзбек совет адабий танқиди тарихи. Б. 140. yig‘laydir'' 2
.   Sirasini   aytganda.   bu   "stalinchilik"   siyosatining   qoliplari   asosida
berilgan   baho   edi.   Otajon   Hoshim   keyinchalik   mumtoz   adabiyotni   baholashda
avval   yo‘l   qo‘ygan   shu   xatolarini   tuzatishga   harakat   qiladiki,   bu   haqiqiy
tanqidchilarga   xos   fazilat   edi.   U   merosdan   foydalanishning   bir   necha   bosqichlari
borligini,   uni   diqqat   bilan   o‘rganish   zarurligini   ta’kidlaydi.   "Chig‘atoy   adabiyoti
ko‘p   badiiy   namunalar   bergandir,   bu   adabiyotning   bir   qancha   san’atkor   shoirlari
bor"ligini   e’tirof   qiladi.   Lutfiy,   Navoiy   va   boshqa   so‘z   ustalari   she’rlaridan
misollar   keltirib,   badiiy   mahorat   masalalariga   to‘xtaladi.   Uning   fikriga   ko‘ra,
"hozirgi   proletar   shoirlarining   kamchiligi   ham   shu   tomonda",   ya’ni   mahoratning
yetishmasligida.   O‘z   fikrini   yaxshiroq   tushuntirish   va   qanday   qilib   badiiy   yetuk
asarlar   yaratish   sanatini   egallash   mumkinligini   uqtirish   niyatida
V.Mayakovskiyning   "She’rni   qanday   yozish   kerak?"   nomli   kitobidan   misollar
keltiradi.
A.Sadiy 1934  yili  nashr   etilgan "O‘zbek  burjua adabiyoti   (XIX   va XX asr)"
darsligida merosga to‘g‘ri yondashib, uning zarur tomonlarini  o‘rganish lozimligini
uqtiradi.
"Qizil qalam" tashkiloti ham adabiy merosni tashviq qilishda malum ishlarni
amalga oshirdi.
Qisqasi,   uzoq  yillar   davomida  Navoiy,  Mashrab,   Turdi,  Muqimiy  va  boshqa
ijodkorlarni   "hozirgi   zamon   kemasidan"   uloqtirib   tashlamoqchi   bo‘lganlar   kam
emas edi. Nigilizm tasirida b o‘lgan yoshlar mumtoz ijodkorlarga mensimaslik nazari
bilan  qarab, ulardan o‘rganish o‘rniga mustaqil yo‘l tutmoqchi bo‘ldilar.
O‘tmish       tajribalarini     qadrlamaslik     kasali     XX   asrning   30- yillari   birinchi
yarmigacha   davom   etgan   bo‘lsa-da,   adabiy   tanqid   bu   masalani   ijobiy   hal   qilgan
edi.   Tanqidchilar   adabiy   merosning   ahamiyatini,   hayotdagi   rolini   to‘g‘ri
tushuntirdilar,
Xulosa   shuki,   XX   asr   boshlaridagi   yosh   adabiy   tanqid   adabiy-tarixiy
jarayonda   faol   rol   o‘ynaydi.   Adabiyot   rivojiga   oid   ko‘pgina   asosiy   masalalarni
ko‘tardi,   adabiy   hodisalar,   yozuvchi   asarlariga   ba’zan   noto‘g‘ri,   lekin   asosiy
2
  Ўша асар. Б.141. hollarda   to‘g‘ri   baho   berishga   intildi.   Bu   davrdagi   adabiy   tanqidga   xos   muhim
xususiyat   shunda   ko‘rinadiki,   u   markscha-lenincha   adabiy   tanqidga   aylana   bordi,
mafkuraviylashdi.   Ammo   adabiy   tanqid   mustaqil   fan   sifatida   rivojlanib,
qorishiklikdan   qutula   boshladi.   O.Xoshim,   Olim   Sharafiddinov,   R.Majidiy,
S.Husayn   va   ulardan   keyin   o‘z   faoliyatini   boshlagan   H.Yoqubov,   Sh.Sulaymon,
Yu.Latif,   Yu.Sulton   singari   professional   tanqidchi   va   adabiyotshunoslar   yetisha
borishadi.
Tanqidchilik va adabiyotshunoslikning alohida kasb sifatida namoyon bo‘lishi
yoki   badiiy   ijod   turi   sifatida   ajralib,   o‘z   qonun   va   tamoyillari   asosida   rivojlanish
jarayoniga kira borishi - o‘sha davr   madaniy hayotining katta yutug‘i bo‘ldi. Ayni
choqda tanqidchilik bilan  shug‘ullangan yozuvchilar - Fitrat, Cho‘lpon, A.Qodiriy,
H.Olimjon,   Oybek,   Uyg‘un,   G‘.G‘ulom,   Ziyo   Said,   M.   Shayxzodalarning
maqolalari,   taqrizlari   ham   adabiy   tanqidning   saviyasi   o‘sishiga   jiddiy   ta’sir
ko‘rsatdi. Adabiy tanqidda badiiy asar  tahlilida shakl  va mazmun birligiga diqqat
qilish   fazilati   namoyon   bo‘la   boshladi.   Avvallari   muayyan   asar   mavzui   va
syujetigina aytilib, badiiy shakl ko‘pincha tilga  olinmasa, endi tanqidiy asarlarning
ko‘pchiligida   g‘oyaviy   mazmun   qatorida   kompozitsiya,   stil,   tasviriy   -vositalar
birlikda baholanadigan bo‘ldi. Badiiy tilga oid munozaralar uyushtirilib turildi.
Tanqid   tafakkurni   shakllantiruvchi   vasitalardan   biri   bo‘lib   qoldi,   chunki
maqola va  taqrizlar  ko‘pchilikda qiziqish  uyg‘otadigan   bo‘ldi. Tanqid badiiy asar
yaratishda   maslahatchi,   ijodiy   hamkor   bo‘la   boshladi.   Ijodkorlarning   izlanishlari,
yangi janrlarni zabt etishdagi urinishlari qo‘llab-quvvatlandi.
Adabiy  tanqidning  shakllanishi   va  rivojida   yozuvchilarning  roli   katta  bo‘ldi.
Ular   o‘zlarining   adabiyotga   va   adabiy   merosga   aloqador   fikrlari   bilan   tanqidning
taraqqiyotiga   yordam   berdilar   va   matbuotda,   jumladan,     "Yangi     Farg‘ona"da
Hamza,     "Mushtum"da   A.Qodiriy   adabiyot   bo‘limlariga rahbarlik asnosida  adabiy
tanqidga   oid   asarlarga   keng   yo‘l   berdilar.   Natijada   o‘zbek   adabiy   tanqidchiligi
to‘xtovsiz o‘sib; adabiy- tarixiy jarayonda o‘z maqsadiga erisha bordi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Валихўжаев   Б .   Ўзбек   адабиётшунослиги   тарихи   ( X - X 1 X   асрлар ).   T.:
Ўзбекистон , 1993.
2. Назаров   Б.   ва   бошқалар .   Ўзбек   адабий   танқиди   тарихи .   T.   Чўлпон   НМИУ .
2012
3. Расулов А .  Танқид, тадқин, баҳолаш . T.:  Фан,  2006
4. Ўзбек адабий танқиди. Антология. Т.  TURON - IQBOL .  2011
5. Каримов Б. Абдулла Қодирий ва герменевтик тафаккур.Т.  Akademnashr .  2014.

30-yillar tanqidchiligining o’ziga xos tamoyillari haqida Reja: 1. 30-yillar tanqidchiligida “Sarob” romani atrofidagi bahslar. 2. Adabiy tanqidchilikda ijodiy faollik va realizm estetikasini egallash yo’lidagi izlanishlar. 3. Otajon Hoshim haoyoti va adabiy-tanqidiy qarashlari 4. Oybekning “Abdulla Qodiriyning ijodiy yo‘li” tadqiqoti haqida.

Mavzuga oid qisqacha annotatsiya 30-yillarning ikkinchi yarmiga kelib o’zbek adabiy tanqidchiligi ham faollasha boshladi. Oybekning «Abdulla Qodiriy ijodi» (1934) monografiyasi bu yo’ldagi ilk va muvaffaqiyatli qadamlardan biri bo’ldi. Bu asarda A.Qodiriyning yozuvchilik mahorati batafsil ochib berildi. 30-yillarda o’zbek adabiyotshunosligi tomonidan erishilgan yutuqlardan biri «O’n besh yil ichida o’zbek adabiyoti» (1939) ilmiy to’plam holidagi kitobidir. Bu to’plamga kirgan maqolalar ichida Olim Sharafiddinov va S.Husaynlarning «O’zbek adabiyoti», H.Yoqubovning «O’zbek sovet poeziyasi 15 yil ichida», Yusuf Sultonovning «O’zbek sovet prozasi», S.Husaynning «O’zbek sovet dramaturgiyamizga umumiy bir qarash». Sh.Sulaymon va G’.Karimovlarning «Bolalar adabiyoti to’g’risida», M.Afzalov va B.Karimovlarning «O’zbek folklari» nomli chinakkam tadqiqot ishlari mavjud edi. Unda, o’zbek adabiyotining taraqqiyot yo’llari ancha mukammal ochib berildi. Adabiy tanqid badiiy adabiyotda zamondosh obrazini qanday yaratayotganligiga. xususan, ularning nuqsoniga alohida etibor bera boshladi. 20- yillarning birinchi yarmida "inqilob" mavzuidagi asarlar yaxshi kutib olingan bo‘lsa, 20-yillarning ikkinchi yarmidan etiboran obrazlar to‘laqonligi, yozuvchilar o‘z qaxramonlarining ichki dunyosini, ruhiyatini tasvirlayotirmi degan savollar qo‘yila boshlandi. Uygun "O‘z xatolarimiz ustida o‘rganamiz" maqolasida o‘z ijodiga tanqidiy ko‘z yugurtiradi va malum xulosalarga kelganini bayon etadi. Bunday dalillar adabiy tanqidning sifat ustida ham, asarning badiiy yuksakligi ustida ham jiddiy izlana boshlaganini ko‘rsatadi. Shunday intilishlar tufayli 20-yillarning oxirlariga kelib, xususan, 30- yillarning boshlarida adabiyotda hayotga yaqin bo‘lish istagi avj oldi. Birin-ketinlik bilan "Dilbar-davr qizi", "Baxtlar vodiysi", "Temirchi Jo‘ra", "Ko‘kan", "Jontemir" kabi zamonaviy asarlar yaratila boshlandi. Biroq bu davrda ularga qarshi tanqidiy maqolalar emas, balki javobiya xarakteridagi asarlar yozish ananasi yuzaga keldi: Cho‘lponning "Buzilgan o‘lkaga" sheriga G‘ayratiy "Tuzalgan o‘lkaga" sheri bilan javob qaytardi. Biroq adabiy tanqid bunday asarlarni chetlab o‘ta boshladi. Faqat milliy istiqlol g‘alabasidan so‘ng bunday hodisalarga xolisona baho berildi.

O‘zbek adabiy tanqidida janriy izlanishlarga munosabat. XX asr boshlarida adabiyot yangi janriy izlanishlar davriga kirdi. Mavjud turli-tuman tashkilotlar bir-biriga o‘xshamagan uslub va estetik dasturlarga ega edi. Partiyaning, sovet davlatining adabiyotga buyruq berishi hali urfga kirmagan edi. Poetik ijod hali ustuvor ananaligicha davom etardi, shoirlar ananaviy aruzdan kengroq foydalanishar, biroq "inqilobiy" ruhni berish yangi vazn, yangi shakllar izlashni ehtiyojga aylantirayotgani tobora chuqurroq sezilmoqda edi. Ana shu ehtiyoj xalq ijodiga xos barmoq va sarbast vaznlarida jangovor shijoatkorlikka davat etuvchi asarlar (marshlar, qo‘shiqlar, ashulalar) yaratishga sabab bo‘ldi. Bunda Nozim Hikmat va V.Mayakovskiy o‘rnagi v a ijodining tasiri muhim rol o‘ynay boshladi. Adabiy jarayondaga bunday izlanishlar adabiy tanqid etiboridan chetda qolmadi. Arabnejad (A.Alaviya) "Bizda shakl masalasi va Nozim Hikmat" maqolasida xuddi shu masalalarga to‘xtaladi: "Aruz va hijo vazni" ohista oqar vaznlar bo‘lib, yangi hayotdagi surat va harakatni bera olishga qodir emasdur"-deb yozarkan, sarbast sherlarning afzalligani takidlaydi. Homil Yoqubov esa "Oybek va uning sherlari" maqolasida shoirning ijodiy o‘sayotganligini tahlil qilarkan, uning etiborini yangi shakllarga qaratadi. Mirtemir erkin sherni "nozimona she’r" deb ataydi. Erkin she’r ancha murakkab san’at bo‘lib, uni o‘zlashtirish oson kechmadi. Aslida o‘zbek sheriyatini yangi ohang va vaznga ko‘chirish harakati Fitrat va Cho‘lpon ijodida XX asrning 10- yillaridayoq boshlangan bo‘lib, 30-yillardagi adabiyotning mafkuraviylashtirila borishi sharoitida yangicha mohiyat kasb eta bordi. Shu zaylda sarbast G‘.G‘ulomning "Dinamo", H.Olimjonning "Ko‘klam", Shokir Sulaymonning "Erk kuylari", Mirtemirning "Ashulalar qo‘ynida" kabi ilk sheriy to‘plamlarida o‘zbek she’riyatida inqilob va sho‘ro tuzumini alqovchi mazmunga sug‘orilgan holda namoyon bo‘la bordi. Adabiy tanqid bu jarayonga madad berdi, Mirtemir sochma she’rlar yozishga jazm etdi. Hatto "Sochma shoirning tuyg‘u va fikrlari to‘lqinlanib, toshib ketgan vaqtda yoziladi", - deya unga muhabbatini izhor etgan edi. Qolaversa, o‘sha davrda sochmani minbar adabiyoti deb ataganlar. Lekin sochmadagi hamma sherlar yuksak g‘oyaviy-badiiy saviyada bo‘lavermagani yosh tanqidchi Yunus Latif tomonidan ilg‘angan edi.

Bu davrda adabiy tanqid nasr rivojiga ham sezilarli tasir ko‘rsatdi. XX asr boshlarida A.Qodiriy, A.Fitrat, S.Ayniy, 20-30- yillarda esa H.Shams, Zarif Bashir, Ziyo Said, G‘.G‘ulom, Sh.Sulaymon, G‘ayratiy, H.Olimjon, Sobir Abdulla, Cho‘lponlar hikoya yoza boshlagan edilar. A.Sadiy hikoyachilikda A.Qodiriy ijodi sermahsulligini takidlaydi. U tahlil jarayonida u yoki bu janr tabiatiga to‘xtalishga, jumladan, hikoyaning xususiyatlari haqida nazariy mulohazalar bildirishga intiladi. Abdurauf Fitrat esa "Adabiyot qoidalari" nazariy asarini shu masalalarga bag‘ishlasa, Olim Sharafiddinov(Ayn), Sotti Husaynlar o‘rni-o‘rni bilan o‘z maqolalarida hikoya, povest janrlariga xos xususiyatlarga oid qimmatli fikrlarni aytib o‘tadilar. O‘zbek adabiyotida roman janrining paydo bo‘lishi A.Qodiriy, Hamza , Mirmuhsin Shermuhammed nomlari bilan bog‘liq. Roman nazariyasiga oid ilk nazariy mulohazalar esa A.Sa’diyning "Amaliy ham nazariy adabiyot darslari” va Fitratning "Adabiyot qoidalari" asarlarida uchraydi. Ayniqsa, S.Xusayn "O‘tkan kunlar"ni tahlil qilish jarayonida janr sifatida romanning boshqa adabiy janrlardan farqini tushuntirishga harakat qiladi. Miyonbuzruk Solihov esa o‘zbek adabiyotida romanchilik tajribasi - yo‘qligini takidlab, "O‘tkan kunlar i ni original asar deb hisoblaydi. Aslida esa chindan ham "O‘tkan kunlar" o‘zbek adabiyotida, Yevropada tushunilganidek, haqiqiy realistik roman bunyodga kelganining dalili edi. Adabiy tanqidda shu haqiqatning tasdiq topishi uning estetik jihatdan ancha balog‘atga yetganinn ko‘rsatadi. Dramaturgiyaning tug‘ilishi va rivoji masalasi ham adabiy tanqidning e’tiboridan chetda qolmadi. Dramaturgiya rivojining ilk bosqichida "og‘zaki tanqid" (jonli tanqidiy amaliyot) asosiy rol o‘ynadi va u ko‘pincha tashkiliy shakllarda, aytaylik, u yoki bu asarni o‘qib muhokama etish va repertuarni komissiyalar orqali qabul qilish jarayonida ro‘yobga chiqdi. Shu tariqa teatr tanqidchiligi shakllana bordi. Ammo e’lon qilingan maqola va taqrizlarning ko‘pchiligi teatr sanati masalalariga va aktyorlar mahorati tahliliga bag‘ishlangan bo‘lib, ular orasida spektaklning g‘oyaviy-

badiiy qimmatini, zamonaviy hayot bilan aloqasi va tarbiyaviy ahamiyatini chuqur ochib beradiganlari hali ye tarli emas edi. Jumladan, "Ch.O‘g‘li" imzoli tanqidchi "Teatr asarlari janrning jon tomiridir. Yaxshi va nafis teatr adabiyotiga ega bo‘lmasak, teatrdan sira foydalana olmaymiz",-deb yoesa, boshqa bir maqolada operetta, balet sanati to‘g‘risida ham ayrim mulohazalar bildirilgan edi. Teatr tanqidchiligi o‘zbek teatrining yuksalishida katta rol o‘ynadi. 20-yillarning oxiri 30-yillarning boshlarida K.Yashin, N.Safarov, Ziyo Said, Sobir Abdulla, U.Ismoilov, Z.Fatxullin kabi yosh dramaturglar badiiy ijod sohasida ko‘rinib qoldilar. Adabiy tanqid o‘z vaqtida ularning paydo bo‘lishini tabriklash bilan birga mavjud nuqsonlarini ko‘rsatishga harakat qildi va ijodiy yuksalishlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. O‘zbek adabiyotshunosligida mumtoz merosga munosabatda ikki asosiy yo‘nalish mavjud edi: 1) vulgar sotsiologik ruhdagi qarashlar yo‘nalishi bo‘lib, bu holat J.Boybulatov, Oltoy,Z.Bashir, 3.Said, Yu. Latif singari adabiyotchilar chiqishlarida ko‘p uchraydi; 2) marifiy-ilmiy yo‘nalish - bunday tamoyildagi professional tanqidchi va adabiyotshunoslar, shuningdek, tanqid bilan shug‘ullanuvchi yozuvchilar orasida Fitrat, A.Sadiy. A.Majidiy, Ayn, S.Ayniy, L.Olimiy, O.Xoshim, Botu kabi ijodkorlar bor edi. Ilmiy izlanishlar yo‘lidan borgan Fitrat, A.Sadiy, A.Majidiy, To‘g‘rul, O.Hoshim, L.Olimiy kabi tanqidchilarning maqolalari, adabiyotshunoslikka oid tekshirishlari merosga to‘g‘ri yondashishga intilishning adabiy tanqiddagi namunalari edi. Bu jihatdan L. Olimiyning "Nodira", A.Majidiyning "Shoir Miriy" kabi maqolalari ayricha e’tiborga loyiq. Kuzatishlar shundan dalolat beradiki, 20-yillardayoq ulug‘ mutafakkir Alisher Navoiy ijodiy merosini to‘plash, o‘rganish, nashr etish, boshqa tillarga o‘girish o‘ziga xos ko‘lamdorlik kasb eta boshlagan edi. Bunda nafaqat o‘zbek, balki ozarbayjon, turkman, rus va boshqa adabiyotshunoslar ham salmoqli hissa qo‘sha boshlagan edilar. Jumladan, Abdurauf Fitrat ilk bor shoirning forsiy ijodiga etiborni qaratib, "Navoiyning forsiy shoirlig‘i va uning forsiy devoni to‘g‘risida" maqolasini yaratgan bo‘lsa, "Muhokamatul-lug‘atayn"ning turkmancha tarjimasi 1925 yilda "Amir