A.P. Chexovning “Garov” hikoyasi tahlili
A.P. Chexovning “Garov” hikoyasi tahlili Reja: 1.A.P Chexovning ,,Garov'' hikoyasi haqida. 2.Garov hikoyasida obraz portretini chizish mahorati. 3.Garov hikoyasidagi personajlar xarakteri. 4.Xulosa. 1
Rus adibi A. P. Chexov dunyo hikoyachiligiga katta hissa qo‘shgan ijodkorlardan biri sanaladi. Uning hikoyalari qisqaigi, real hayotiy voqealarga asoslangani, shuningdek, o‘ziga xos badiiy uslubi bilan ajralib turadi. A. P. Chexov o‘z hikoyalarida ulkan tarixiy yoki favqulodda jahonshumul hodisalar- ni qalamga olmaydi. Balki oddiy rus odamlari qatnashgan, bir tomondan juda sodda ko‘ringan voqealarni qiziqarli ba yon qiladi; unga mahorat bilan badiiy bo‘yoq beradi. Jumladan, adibning mashhur hikoyalaridan biri bo‘lgan «Garov» hikoyasi bankir va yosh huquqshunosning qatl hukmi bilan qamoq jazosi borasidagi ziddiyati asosiga qurilgan. Hikoyada hayotning mazmuni, yoshlik faslining qadri, mol-dunyoning nimaga zarurligiga urg‘u beriladi. Hayot hamma vaqt go‘zal, ayniqsa, saodatli va fayzli umr har qanday odamning orzusidir. Bunday hayot tarzi uchun faqat cheksiz boylikning o‘zigina yetarli emas. Bunday umr uchun dunyoning hamma turdagi kerakli-keraksiz minglab kitoblarini o‘qish ham kamlik qiladi. Muhimi – uqish. O‘qilgan kitoblar ijtimoiy hayot va inson umri bilan bog‘lanishi, har qanday odamni kamolot cho‘qqisiga olib chiqishi, shuningdek, umr mazmunini teranroq anglashga yordam berishi lozim. Aks holda, bunday ta’lim va tahsil hayotdan uzilgan bo‘ladi. Shu ma’noda hikoyadagi bayonga ko‘ra bankirni hamisha boyliklaridan ajralib qolish xavfi ta’qib qiladi. Garov o‘ynashning o‘zi bema’nilik emasmi? Boshidayoq bankirni shu savol qiynaydi. Savolga o‘zicha javob ham topadi: «G‘irt bema’nilik bu. Bu narsa kamina tomonidan badavlat kishining shunchaki to‘qlikka sho‘xligi bo‘lsa, huquqshunos tomonidan – pulga o‘chlik, boylikka hirs qo‘yish, tamom-vassalom...» – deb mulohaza yuritadi. Oradan yillar o‘tgan sari uning boyliklari kamayib, hatto qarzga botadi. Shunda o‘z boyliklari, xususan, ikki million pulini asrab qolish uchun qamoqda o‘tirgan huquqshunosni qatl etishni niyat qiladi. «Har holda, yashamoq – o‘limdan afzalroq» degan fikrini isbotlash va garovga qo‘yilgan pul chun o‘zini o‘n besh yillik hibsga mahkum etgan yosh huquqshunos qirq yoshga yetganida hayot mazmunni o‘zicha, o‘z qarichi bilan o‘lchab ko‘radi. Ma’lum bir xulosalarga keladi. 2
Shu xulosalarini mahbus qog‘ozga tushiradi. Bankir qamoqxonaga kirib, ozib-to‘zib qolgan va pinakka ketgan mahbus yonida shu maktubni ko‘radi. Bu mulohazalari davo-mida bir necha marta kitoblarni tilga olib: «Endi kamina o‘zimni sizlar ning barchangizdan har jihatdan komil va yetuk ekanligimga ishonch hosil qilmoqdaman...» – deb ta’kidlaydi. Dunyoning noz-u ne’matlarini o‘tkinchi sanaydi, faqat mol-dunyogina insonni baxtli-saodatli qilmasligini anglab yetadi. Shuning uchun puldan ixtiyoriy ravishda voz kechadi; o‘z xohishiga ko‘ra oxirgi muddatda qamoqxonadan atayin qochib, garov shartini buzadi. Huquqshunos yozgan maktub bankirga ham ta’sir ko‘rsatadi; u o‘zidan o‘zi nafratlanadi. A. P. Chexovning ushbu «Garov» hikoyasi inson umri, erkin hayot, mutolaa, kitobning foydasi, olingan ilmning hayotga tatbiqi, kamolotning darajasi va boshqa hayotiy masalalar haqida fikrlashga undaydi. Ayni damda, hikoya mazmuni, bankir va huquqshunosning qilmishlariga sharqona odob- axloq mezonlari bilan qaralganda, ikki dunyo saodati degan tushuncha o‘rtaga qalqib chiqadi. Bir qarashda, mahbus o‘z-o‘zini tarbiyalagan, komillikka erishgan va ruhan tozalangan inson sifatida ko‘rinadi. Biroq inson zoti bu dunyoni deb u dunyoni esdan chiqarmasligi hamda u dunyoni deb bu dunyodan kechmasligi lozim. Hikoya shunday muhim hayotiy masalada ham ogohlikka chorlaydi. Umr yelga sovurilmasligi kerak. Shu ma’noda hikoya noo‘rin bahs- munozaraning oqibati, xususan, garov ikki inson taqdirini boshqa o‘zanga solganligi haqida saboq beradi. Anton Chexovning “Garov” hikoyasi o’zida inson hayotining ma’nosi tushunchasini aks ettiradi. Asar 1888-yilda, yozuvchining o’limidan olti yil avval yozilganidan ham hikoya o’zida Chexovning hayot haqidagi kechinmalarini mujassam qilganini anglash mushkul emas. Muallif boy bankir va yosh yurist o’rtasida tuzilgan bitim haqida hikoya qiladi. Bitimning mazmuni – dunyo lazatlaridan, insonlar bilan aloqadan voz kechish – umuman olganda, yosh yigitning o’n besh yil davomida atrof-muhitdan uzilib yashashi. 3
Kelishilgan shartlar bajarilgan holatda, bankir yigitga ikki million to’lashi kerak bo’ladi. Bu shartga hammaning ham ko’nishga jur’ati yetmasligi aniq. Bahsning mavzusi ham bankirning insonlar taqdirini hal qilishga qodirman deb o’ylashiga ishora qiladi. Ulkan boylikka ega bo’lgani tufayli u yigit garovga rozi bo’lgan taqdirda ham uzoq bardosh bera olmasligiga amin edi. O’n besh yildan so’ng boyning ongida nimadir o’zgardimi? Yo’q. Uni hamon faqatgina boyligi qiziqtiradi, xatto buning uchun o’n besh yil quyosh nurini ko’rmagan yigitni o’ldirishga(!) ham tayyor. Ikkinchi qahramonga kelsak, Uning hayotga, umuman, hamma narsaga bo’lgan qarashlari o’zgardi. Avvaliga zerikish va yolg’izlikdan qiynaldi. Ammo, kitoblarning turfa xillari bilan tanishib borar ekan, aytish mumkinki, u bir necha sarguzashtlarga boy umrlarni yashab o’tdi. Venetsiyalik taniqli dramaturg Karlo Goldoni aytganidek, “qo’lida yaxshi kitobi bor inson hech qachon yolg’iz bo’lmaydi”. U haqiqiy donishmandga aylandi va dunyoning o’tkinchi hoyu- havaslaridan yuz o’girdi. Oxir-oqibat o’z yutug’idan voz kechgan yigit, bu qarori orqali insonning boylikka o’chligiga nisbatan o’z nafratini izxor etdi. Yosh yurist bunchalik uzoq yillar davomida sog’lom fikrlash qobiliyatidan ayrilishi mumkin edi, lekin ozodlikda bo’lsa ham, bankir shunday holatga tushdi va odam o’ldirishga qaror qildi. Hikoya qisqa, sahifalari oz bo’lsada, muallifning fikrlari o’quvchining qalbida chuqur iz qoldiradi, kitoblarning hayotimizdagi o’rni to’g’risida fikrlashga undaydi. Bu hikoya adibning boshqa asarlaridan ancha farq qiladi. Chunki asarning boshlanishidan to tugagan paytigacha bo'lgan voqealar insonni o'ylantiradi, yurist obrazida o'zimizni qo'yib, uning o'rnida qanday yo'l tutushimiz kerakligi haqida bosh qotirishimiz majbur qiladi desam noto'g'ri bo'lmasa kerak. Ayniqsa asarning kulminatsion qismi ya'ni yuristning qochishi insonni yanada boshqotirmalar dunyosiga yetaklaydi. Nega axir, shuncha yillar davomida shu kunni kutmaganmidi? Nega 5 soat qolganda qochib ketdi? U qochgandan so'ng uning hayoti qanday bo'ladi ? Bir chaqasiz qanday yashaydi? Va eng asosiy 4
savol tug'iladi: O'zini anglab yetganda ham endi butun umri davomida o'zi kabi qola olarmikin ? Balkim uning tasavvuri kabi dunyo faqatgina chirkinliklardan iborat emasdir ? Inson shu o'ylar bilan o'zing ham hayotda qanday o'rindaligi va o'zing hayoti mohiyatini tushunishga harakat qiladi. Balki adibning eng asosiy niyati ham shundaydir. Har xil fikrlar inson miyasiga yog'ilib kelaveradi . Ammo ishonaman u hayotning unqur-chunqurlaridan o'tib, olg'a qadam bosgani sari yashash mohiyatini tushunib yetadi. U hayotida yana qanaqadir mazmun topa olishi mumkin. Qamoq jazosi orqali juda ko'p bilimga erishgan yurist bir insonni o'lim jazosidan qutqarib qoldi va bu orqali o'z jonini saqlab ham qoldi. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, ilmu-ma'rifat insonni doimo ezgulikka va yetuklikka chorlaydi. Ilm bizni go'zalliklarga shaydo qilguvchi va bu dunyoni gullab yashnatuvchi, olamga ziyo nurlarini taratuvchi shamchirog'imizdir. Shuni ham takidlash kerakki, har kimga hayoti mazmunini, bu hayotning siru-sinoatini anglab yetishiga ko'makdosh bo'lishimiz va jazo bilan kimnidir bunday baxtdan mosuvo qilmasligimiz joizdir. Xuddi bankir o'z hayoti mazmunini boylik bilan o'lchab o'zini o'zi o'limga hukm qilmoqchi bo'lgani kabi. Chexov bilan tanishgan ikkinchi asarim - Garov. Birinchi marta o qiganimda tasavvurimga sig dira olmaganman. Hajmi jihatidan kichik bo lsa-ʻ ʻ ʻ da o qib chiqqandan keyin anchagacha mag zini chaqib, fikr qilishga undaydi. ʻ ʻ Hikoyani tugatasiz, o qishga, ishga borasiz, yoki uyda ish bilan band bo lasiz ʻ ʻ lekin hayolingizdan "Garov" ketmaydi. Juda ko p savollarga javob izlaysiz. ʻ Nega? Nimaga? Nima uchun? Nega yurist hayotini garovga tikdi? Hikoyada qimorga o xshagan birja o yinlari, qimorlar, garovlar orqali ʻ ʻ XIX asrdagi rus nafaqat rus balki butun dunyoning ijtimoiy hayoti yoritib beriladi. Qiziqqon bankir va o zining nazariyasining haq ekanligini isbotlashga ʻ harakat qilgan yuristning umrbod qamoq yaxshimi yoki o lim jazosi kabi ʻ savollariga asoslangan garovi yurist hayotida juda katta o zgarishlarga sabab ʻ 5