axborot tex asosiy tusguncha
Reja: 1. Axborot texnologiyasi tushunchasi. 2. Axborot texnologiyasining asosiy tavsifi. 3. Axborot texnologiyasining asosiy elementlari. 4. Axborot texnologiyalari taraqqiy etishining asosiy bosqichlari va rivojlanish tendensiyasi .
Axborot texnologiyasi tushunchasi. Texnologiyalar. “Texnologiya” grekcha so`z bo`lib mohirlik, ustalik, biror ishni uddalay olishni anglatadi. Bu ma`lum bir jarayonga nisbatan qo`llanilgan. Jarayon deganda esa maqsadga erishishga yo`naltirilgan xatti-harakatlar majmui tushunilgan. Ushbu jarayon inson tomonidan tanlangan strategiya bilan belgilanadi va turli xildagi vositalar, usullar yordamida amalga oshiriladi. Umumiy hollarda texnologiya deganda, mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida amalga oshiriladigan xomashyo, material yoki yarim tayyor mahsulot shakli, xususiyati, holatining o`zgarishi, uni qayta ishlash, tayyorlash usullarining majmui tushuniladi. Bu biror bir ishni yuqori darajada uddalash deganidir. Axborot texnologiyalari to`g`risida gap ketganda, material sifati ham, mahsulot sifatida ham axborot ishtirok etadi. Biroq bu obyekt, jarayon yoki hodisa to`g`risidagi sifat jihatidan yangi ma`lumot bo`ladi. Texnologiya xodimning axborot bilan ishlash usuli va uslubi hamda texnik vositalar orqali namoyon bo`ladi. Axborot texnologiyasi – obyektning (axborot mahsulotining) holati, jarayon yoki voqeaning yangi xususiyati to`g`risida axborot olish uchun ma`lumotlarni yig`ish, qayta ishlash va uzatish vositalari va usullari majmuidan foydalaniladigan jarayondir. Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasining maqsadi – inson yoki tizimning ehtiyojini qondiruvchi mahsulot ishlab chiqarish sanaladi. Axborot texnologiyasining maqsadi esa – axborot ishlab chiqarish bo`lib, uni tahlil etish va uning asosida biror bir harakatga qo`l urish uchun tegishli qaror qabul qilish . Axborotlarni yig`ish, uzatish, to`plash, saqlash, taqdim etish va foydalanish uslublari va usullari tizimi axborot texnologiyasi deb yuritiladi. Axborot texnologiyasi avtomatlashgan va an`anaviy (qog`oz) ko`rinishija amalga oshiriladi. Avtomatlashtirish hajmi va texnik vositalardan foydalanish turi aniq bir texnologiyaning mohiyatiga bog`liq .
Avtomatlashtirish – bu inson ish faoliyatini mashina va mexanizmlar bilan almashtirish demakdir. U texnik, iashkiliy va iqtisodiy mazmundagi hatti- harakatlar hamda tadbirlar kompleksidan iborat bo`ladi, ishlab chiqarish jarayoni, boshqaruv jarayonining u yoki bu ishini amalga oshirishda inson ishtirokini qisman yoki butunlay cheklash imkonini beradi. Moddiy va axborot texnologiyasining asosiy komponentlarini qiyoslash 1- jadvalda berilgan. 1-жадвал. Маҳсулот ишлаб чиқариш учун технология компонентлари Моддий маҳсулот Ахборот маҳсулоти Хом ашё ва материаллар тайёрлаш Маълумотлар ёки бошланғич ахборотни йиғиш Моддий маҳсулот ишлаб чиқариш Маълумотларни қайта ишлаш ва якуний ахборотга эга бўлиш Истеъмолчиларга ишлаб чиқарилган маҳсулотни сотиш Унинг асосида қарор қабул қилиш учун якуний ахборотлар узатиш Axborot texnologiyasining asosiy tavsifi. Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasi (AAT) – boshqaruv vqazifalarini hal etish uchun tizimli tashkil etilgan axborot jarayonlarini amalga oshirish usul va vositalari majmuidir. U hisoblash texnikasi va aloqa vositalaridan foydalaniladigan rivojlangan dasturiy ta`minotni qo`llash bazasida bajariladi. Axborot texnologiyasining amalga oshirishdagi texnik vositalarning asosiy qisini kompyuter texnikasi tashkil etgan uchun axborot texnologiyasi, ayniqsa zamonaviy axborot texnologiyasi deganda kompyuter axborot texnologiyasi tushuniladi. Zamonaviy axborot texnologiyasi (ZAT) (kompyuter axborot texnologiyasi) – shaxsiy kompyuter va telekommunikatsiya vositalaridan foydalanuvchi uchun qulay “interfeys”li axborot texnologiyasidir. Ma`lum bir turdagi kompyuter uchun
mo`ljallangan bir yoki bir necha o`zaro bog`liq dasturiy mahsulotlar zamonaviy axborot texnologiyalarining vositasi sanaladi. ZAT ning asosiy tavsifi 2-jadvalda keltirilgan. 2-jadval Zamonaviy axborot texnologiyalarining asosiy tavsifi Uslubiyot Asosiy belgisi Natija Axborotni qayta ishlashning asosiy yangi vositasi Boshqaruv texnologiyasiga “joylashish” Kommunikatsiyaning yangi texnologiyasi Yaxlit texnologik tizimlar Mutaxassislar va menejerlar vazifasining integratsiyalashuvi Axborotni qayta ishlash bo`yicha yangi texnologiya Maqsadga qaratilgan holda axborotni yaratish, uzatish, saqlash va aks ettirish Ijtimoiy muhit qonunchiligini hisobga olish Boshqaruv qarorlar qabul qilishning yangi texnologiyasi Axborot texnologiyasining asosiy elementlari . ZAT ning asosiy elementlari quyidagicha : - ma`lum bir vaqt davomida axborotni kiritish va qayta o`zgartirish; - tasvirni kiritish va unga ishlov berish; - signal axboroti paydo bo`lgan yerda uni qayta ishlash; - og`zaki axborotni qayta ishlash; - foydalanuvchining SHK bilan faol muloqoti ; - turli axborot tizimlarida mashinali modellashtirish; - axborot almashuvining tarmoq texnologiyasi (dialog yuritish, video va telekommunikatsiya, elektron pocha, vidioteka va x.z.); - taqsimlangan tarmoq tizimlarida ma`lumotlarni multiprotsessor asosida qayta ishlash;
- mahalliy, mintaqaviy va xalqaro tarmoqlar bo`yicha axborotni tezkor tarqatish. Axborot texnologiyasining bazaviy texnologiyasi bo`lib quyidagilar hisoblanadi : а ) texnik ta`minot texnologiyasi; б ) telekommunikatsiya texnologiyasi; в ) dasturiy ta`minot texnologiyasi. Bu texnologiyalar hisoblash tizimlari va tarmoqlari arxitekturasining aniq variantlari doirasida birgalikda harakat qiladi va birlashadi. Ularni ayrimlari axborot texnologiyasi rivojlanishida hal qiluvchi rol o`ynaydi . Axborot texnologiyalari taraqqiy etishining asosiy bosqichlari va rivojlanish tendensiyasi. XIX asrning ikkinchi yarmigachi “qo`l” axborot texnologiyasi rivojlangan bo`lib, uning asosini pero, siyohdon va buxgalteriya daftari tashkil etgan. Kommunikatsiya (aloqa) paket (rasiy xujjatlar solingan konvert) yuborish orqali amalga oshirilar edi. “Qo`l” axborot texnologiyasi o`rniga XIX asr oxirida “mexanik” texnologiya kirib keldi. Yozuv mashinasi, telefon, diktafonning kashf etilishi, jamoa pochtasi tizimining takomillashuvi – bular bari avvaliga axborotni qayta ishlash texnologiyasida, so`ng ish mahsuldorligida sezilarli o`zgarishlar yuz berishiga zamin bo`ldi. XX asrning 40 - 60–yillarida “elektr” texnologiyasi paydo bo`lib, u yechib almashtiriladigan elementlarga ega elektr yozuv mashinkalari, oddiy qog`ozdan foydalanuvchi nusxa ko`chirish mashinasi, portativ diktafonlardan iborat edi. 60-yillarning ikkinchi yarmidan esa “elektron (yoki kompyuter)” texnologiyasi yuzaga kela boshladi va axborotni shaklini emas, mazmunini o`zgartirishga urg`u berila boshlandi. Axborot texnologiyasining keyingi taraqqiyoti asosan kommunikatsiya vositalari bilan bog`liq.