logo

AXLOQ VA QADRIYATLAR FALSAFASI (ETIKA)

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

66.365234375 KB
AXLOQ VA QADRIYATLAR FALSAFASI (ETIKA )
Reja:
1.“Etika” fanining predmeti, mohiyati va tuzilmasi. 
2. XXI asrda global etosfera (axloqiy muhit)ni yaratishning zaruriyati. 
3.   Etikaning   kategoriyalari,   tamoyillari,   me'yorlarining   shaxs   va   jamiyat
munosabatlarida namoyon bo'lishi. 
4. Ixtiyor erkinligi va axloqiy tanlov. 
   AxloqShunoslik bir necha ming yillik tarixga ega bo’lgan qadimiy fan. U bizda
«Ilmi ravish», «Ilmi axloq», «Axloq ilmi», «Odobnoma» singari nomlar bilan atab
kelingan.  Ovro’pada   esa   «Etika»   nomi   bilan   mashhur,  biz   ham   yaqin-yaqingacha
Shu   atamani   qo’llar   edik.   U   dastlab   manzildoshlik,   yashash   joyi,   keyinchalik   esa
odat,   fe’l,   fikrlash   tarzi   singari   ma’nolarni   anglatgan;   yunoncha   «ethos»   so’zidan
olingan. 
Uni birinchi bo’lib yunon faylasufi Arastu ilmiy muomalaga kiritgan. Arastu
fanlarni   tasnif   qilarkan,   ularni   uch   guruhga   bo’ladi:   nazariy,   amaliy   va   ijodiy.
Birinchi   guruhga   falsafa,   matematika   va   fizikani;   ikkinchi   guruhga   etika   va
siyosatni;   uchinchi   guruhga   esa   san’at,   hunarmandchilik   va   amaliy   fanlarni
kiritadi. Shunday qilib, qadimgi yunonlar axloq haqidagi ta’limotni fan darajasiga
ko’targanlar va «Etika» (ta ethika) deb ataganlar.
Biroq bizda milliy-mintaqaviy axloqiy qadriyatlarimizning, dastlabki  axloqiy
g’oyalarning   vujudga   kelishi   qadimgi   yunonlar   yashagan   davrdan   o’nlab   asrlar
avval   ro’y   bergan.   Ajdodlarimizning   eng   ko’hna   e’tiqodiy-axloqiy   kitobi   -
«Avesto» buning yorqin dalilidir. Shu sababli endilikda bu fanni ham ilmiy-tarixiy,
ham zamonaviy-hayotiy talablar nuqtayi nazaridan «AxloqShunoslik» deb atashni
maqsadga muvofiq deb bildik.
AxloqShunoslik axloqning kelib chiqishi va mohiyatini, kishining jamiyatdagi
axloqiy   munosabatlarini   o’rganadi.   «Axloq«   so’zi   arabchadan   olingan   bo’lib,
insonning muomala va ruhiy xususiyatlari majmuini, fe’lini, tabiatini anglatadigan
«xulq» so’zining ko’plik shaklidir. «Axloq« iborasi ikki xil ma’noga ega: umumiy
tushuncha   sifatida   u   fanning   predmetini   anglatsa,   muayyan   tushuncha   sifatida
inson   fe’l-atvori   va   xatti-harakatining   eng   qamrovli   qismini   bildiradi.   Axloqni
umumiy   tushuncha   sifatida   olib,   uni   doira   shaklida   aks   ettiradigan   bo’lsak,
doiraning   eng   kichik   qismini   odob,   undan   kattaroq   qismini   -   xulq,   eng   qamrovli
qismini axloq egallaydi.
Odob   -   inson haqida yoqimli taassurot uyg’otadigan, lekin jamoa, jamiyat va
insoniyat   hayotida   burilish   yasaydigan   darajada   muhim   ahamiyatga   ega bo’lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o’z ichiga
oladi.
Xulq   -   oila,   jamoa,   mahalla-ko’y   miqyosida   ahamiyatli   bo’lgan,   ammo
jamiyat   va   insoniyat   hayotiga   sezilarli   ta’sir   ko’rsatmaydigan   yoqimli   insoniy
xatti-harakatlarning majmui.
Axloq   -   jamiyat,   zamon,   ba’zan   umumbashariy   ahamiyatga   ega,   insoniyat
tarixi   uchun   namuna   bo’la   oladigan   ijobiy   xatti-harakatlar   yig’indisi,   insoniy
kamolot darajasini belgilovchi ma’naviy hodisa.
Bu   fikrlarimizni   misollar   orqali   tuShuntirishga   harakat   qilamiz.   Deylik,
metroda   yoshgina   yigit,   talaba   hamma   qatori   o’tiribdi.   Navbatdagi   bekatdan   bir
keksa kishi chiqib, uning ro’parasida tik turib qoldi. Agar talaba darhol: «O’tiring,
otaxon!»   deb   joy   bo’shatsa,   u   chiroyli   a’mol   qilgan   bo’ladi   va   bu   a’moli   bilan
atrofdagilarda yaxshi kayfiyat uyg’otadi; chetdan qarab turganlar unga ich-ichidan
minnatdorchilik   bildirib:   «Baraka   topgur,   odobli   yigitcha   ekan»,   deb   qo’yadilar.
Aksincha, talaba yo teskari qarab olsa, yoki o’zini mudraganga solib, qariyaga joy
bo’shatmasa,   g’ashimiz   keladi,   ko’nglimizdan:   «Buncha   beodob,   surbet   ekan!»
degan fikr o’tadi, xullas, u bizda yoqimsiz taassurot uyg’otadi. Lekin, ayni paytda,
talabaning   qariyaga   joy   bo’shatgani   yoki   bo’shatmagani   oqibatida   vagondagi
yo’lovchilar   hayotida   darhol   biror-bir   ijobiymi,   salbiymi   -   muhim   o’zgarish   ro’y
bermaydi.
Xulqqa   quyidagicha   misol   keltirish   mumkin:   mahallamizdagi   oila
boshliqlaridan   biri   imkon   boricha   qo’ni-qo’shnilarning   barcha   ma’rakalarida
xizmatda turadi, qo’lidan kelgan yordamini hech kimdan ayamaydi, ochiqko’ngil,
ochiqqo’l,   doimo   o’z   bilimini   oshirib   borishga   intiladi,   tirishqoq,   oila   a’zolariga
mehribon   va   h.k.   Unday   odamni   biz   xushxulq   inson   deymiz   va   unga
mahallamizning   namunasi   sifatida   qaraymiz.   Bordi-yu,   aksincha   bo’lsa,   u   qo’ni-
qo’shnilar bilan qo’pol muomala qilsa, to’y-ma’rakalarda janjal ko’tarsa, sal gapga
o’dag’aylab,   musht   o’qtalsa,   ichib   kelib,   oilada   xotin-bolalarini   urib,   haqoratlasa,
uni badxulq deymiz. Uning badxulqliligidan oilasi, tevarak-atrofdagi ba’zi shaxslar
jabr   ko’radi,   mahalladagilarning   tinchi   buziladi,   lekin   xatti-harakatlari   jamiyat ijtimoiy   hayotiga   yoki   insoniyat   tarixiga   biror-bir   ko’zga   tashlanadigan   ta’sir
o’tkazmaydi.
Biroq,   bu   fikrlardan   odob   va   xulqning   jamiyatdagi   roli   u   qadar   ahamiyatli
emas   ekan,   degan   xulosa   chiqmasligi   kerak;   fuqarolar   orasida   odoblilik   va
xushxulqlilikning   keng   yoyilishi   jamiyat   axloqiy   hayotigagina   emas,   balki
butunisicha   ijtimoiy   taraqqiyotga   ham   ijobiy   ta’sir   ko’rsatadi.   Bu   ta’sir   tufayli
garchand   jamiyat   birdaniga   yuksalib   ketmasa-da,   asta-sekinlik   bilan,   muntazam
ravishda yaxshilanib, ravnaq topib boradi. 
Axloqqa   kelsak,   masala   o’ta   jiddiy   mohiyat   kasb   etadi:   deylik,   bir   tuman
yoxud   viloyat   prokurori   o’zi   mas’ul   hududda   doimo   qonun   ustuvorligini
ta’minlash uchun intiladi, adolat qaror topishini ko’zlab ish yuritadi, lozim bo’lsa,
hokimning   noqonuniy   farmoyishlariga   qarshi   chiqib,   ularning   bekor   qilinishiga
erishadi; oddiy fuqaro nazdida nafaqat o’z kasbini e’zozlovchi shaxs, balki haqiqiy
huquq posboni, adolatli tuzum timsoli tarzida gavdalanadi; u-umrini millat, Vatan
va inson manfaatiga bag’ishlagan yuksak axloq egasi; u, o’zi yashayotgan jamiyat
uchun   namuna   bo’laroq,   o’sha   jamiyatning   yanada   taraqqiy   topishiga   xizmat
qiladi. Agar mazkur prokuror, aksincha, qonun himoyachisi degan nomi bo’laturib,
o’zi   qonunni   buzsa,   shaxsiy   manfaati   yo’lida   oqni   qora,   qorani   oq   deb   tursa,   u
axloqsizlik   qilgan   bo’ladi:   oddiy   fuqaro   nazdida   birgina   kishi-prokuror-amaldor
emas,   balki   butun   jamiyat   adolatsiz   ekan,   degan   tasavvur   uyg’onadi.   Bunday
tasavvurlarning   muntazam   kuchayib   borishi   esa   oxir-oqibat   o’sha   jamiyat   yoki
tuzumni tanazzulga olib keladi.
Albatta,   har   uchala   axloqiy   hodisa   va   ularning   ziddi   nisbiylikka   ega.
CHunonchi, hozirgina misol keltirganimiz prokurorning axloqsizligi darajasi bilan
o’z   yakka   hukmronligi   yo’lida   millionlab   begunoh   insonlarni   o’limga   mahkum
etgan   Lenin,   Stalin,   Hitler,   Pol   Pot   singari   shaxslar   axloqsizligi   orasida   farq   bor:
agar prokurorning axloqsizligi bir millat yoki mamlakat uchun zarar qilsa, totalitar
tuzum   hukmdorlari   xatti-harakatlari   umumbashariy   miqyosdagi   fojealarga   olib
keladi. Bu o’rinda Shuni alohida ta’kidlash joizki, axloqiy tarbiya natijasida odoblilik
-   xushxulqlilikka,   xushxulqlilik-yuksak   axloqiylikka   aylangani   kabi,   axloqiy
tarbiya   yo’lga   qo’yilmagan   joyda   muayyan   shaxs,   vaqti   kelib,   odobsizlikdan-
badxulqlilikka, badxulqlilikdan-axloqsizlikka o’tishi mumkin.
Shunday   qilib,   axloqShunoslik   mazkur   uch   axloqiy   hodisani   bir-biri   bilan
uzviylikda   va   nisbiylikda   o’rganadi.   Ana   Shu   uch   axloqiy   hodisaning
umumlashmasini, ya’ni mazkur  fanimizning predmeti  bo’lgan umumiy tushuncha
sifatidagi axloqni quyidagicha ta’riflash mumkin:
Axloq-barcha   odamlar   uchun   birdek   taalluqli   hisoblangan,   ijtimoiy   talablar
hamda   ehtiyojlarning   munosabatlar   shaklidagi   ko’rinishidan   iborat   bo’lgan,
insonga berilgan ixtiyor erkinligining xatti-harakatlar jarayonida ichki iroda kuchi
tomonidan oqilona cheklanishini taqozo etuvchi ma’naviy hodisa.
Shuningdek,   atoqli   faylasuf   Erkin   Yusupovning:   «Umuman,   axloq   ijtimoiy
munosabatlar   zaminida   alohida   shaxs   sifatida   mavjud   bo’lgan   insonlarning   o’z-
o’zini idora qilish shakllari va me’yori, o’zaro muloqot va munosabatlarda ularga
xos   bo’lgan   ma’naviy   kamolot   darajasining   namoyon   bo’lishidir»-degan   ta’rifi
ham diqqatga sazovor. 1
        AxloqShunoslikda   inson   xatti–harakatining   ikki   qutbi   –   axloqiylik   bilan
axloqsizlik   holatlari   tahlil   va   tadqiq   etiladi.   Axloqiylik   –   fazilatlarda,   axloqsizlik
esa illatlarda namoyon bo’ladi. Bu ikki qutb – tushuncha kun–tun, oq–qora singari
bir–birini   inkor   va   ayni   paytda,   taqozo   etgani   holda   mavjuddir.   Zero,   fazilat,
Arastudan   tortib   Ibn   Sinogacha   bo’lgan   qadimgi   faylasuflar   ta’kidlaganlaridek,
ikki   illat   oralig’ida   ro’y   beradi.   Boshqacha   qilib   aytganda,   fazilat   ikki   manfiylik
o’rtalig’ida   yuzaga   keladigan   musbat   hodisadir.   CHunonchi,   adolat   –   zulm   bilan
mazlumlikning,   saxiylik   –   isrofgarchilik   bilan   baxillikning,   iffat   –   qizg’anchiqlik
bilan rujuning o’rtalig’i sifatida voqe bo’ladi.
Fazilat va illat Shunday yirik hamda qamrovli atamalarki, ularning har biri o’z
ichiga bir necha emas, o’nlab emas, balki yuzlab tushunchalarni oladi. Shu jihatdan
axloqShunoslik barcha falsafiy fanlar ichida tushunchalarining ko’pligi va xilma–
1
  Юсупов Э.  Инсон камолотининг маънавий асослари.  Т., Университет, 1998, 38-б. xilligi   bilan   alohida   ajralib   turadi.   Ularni   avvalgi   ilmiy–uslubiy   adabiyotlarda,
xususan,   lug’atlarda   axloqShunoslik   mezoniy   tushunchalari   yoxud   kategoriyalari,
axloqiy   mezoniy   tushunchalar,   axloqiy   tamoyillar,   axloqiy   me’yorlar,   axloqiy
munosabatlar, axloqiy hissiyotlar singari guruhlarga bo’lib taqdim etilgan. Bunday
«maydalashtirish»,   bizningcha,   shart   emas.   CHunki   u,   birinchidan,   tizimni
murakkablashtiradi,   ikkinchidan,   muayyanlikdan   yiroqlashtiradi,   uchinchidan,
tushunchalar   bilan   hissiyotlarni,   me’yorlar   bilan   tamoyillarni   farqlashda
chalkashliklarga olib keladi, ularni rosmana idrok qilishda qiyinchiliklar tug’diradi.
Zero,   fan   mazmunini   taqdim   etishdagi   har   qanday   murakkablashtirishlar,
chalkashliklar,   tabiiyki,   tushunmovchilikni   keltirib   chiqaradi.   Natijada   mazmun
mo’ljallangan «o’z egasiga» risoladagidek yetib bormaydi.
Shu sababli axloqShunoslik fanida qo’llaniladigan barcha tushunchalarni uch
guruhga   bo’lishni   maqsadga   muvofiq   deb   o’ylaymiz.   Bularning   birinchisi   –
axloqiy   bilish   bilan   real   hayot   o’rtasidagi   eng   muhim   aloqa   va   munosabatlarni
in’ikos ettiruvchi, axloq ilmining mezonini ifodalovchi tushunchalardir; ularni biz
axloqShunoslikning   mezoniy   tushunchalari   yoxud   kategoriyalari   sifatida   olib
qaraymiz. Nisbatan qamrovli ikkinchi guruh tushunchalarini – axloqiy tamoyillar,
uchinchi   guruhni   esa   axloqiy   me’yorlar   deb   taqdim   etamiz.   Birinchi   guruh
tushunchalari   umumlashtiruvchilik,   mushtaraklik   xususiyatiga   ega,   ular   faqat
nazariyaga taalluqli. Ikkinchi va uchinchi guruh tushunchalari esa amaliy axloqqa
tegishli   bo’lib,   nisbatan   muayyan,   tor   qamrovga   ega;   ular   birinchi   guruh   uchun
«moddiy asos» vazifasini o’taydilar.
Shu   o’rinda   «tushuncha»   atamasining   mohiyatiga   nazar   tashlashni   joiz   deb
o’ylaymiz.   Avvalroq   biz   axloqiy   hissiyotlarning   axloqiy   onglash   uchun   ma’lum
ma’noda material ekani to’g’risida birrov to’xtalib o’tgan edik. Bu haqda mumtoz
faylasuflar   ham   e’tiborga   sazovor   fikr   bildirganlar.   CHunonchi,   buyuk   ingliz
mutafakkiri   Jon   Lokk,   tushunchada   nimaiki   bor   ekan,   u   bundan   avval   hissiyotda
mavjud   bo’lgan,   deb   ta’kidlaydi.   «Tabiat   qonuni   borasidagi   tajribalar»   asarida   u
Shunday deb yozadi: «Agar hissiyotdan aqlga narsalar qiyofasi yetkazib berilmasa,
u   holda   tafakkur   uchun   hech   qanday   material   berilmagan   bo’ladi   va   aql   bilishni taraqqiy   ettirishi   borasida   me’mor   bino   qurishda   tosh,   yog’och,   qum   va   hokazo
qurilish materiallarisiz qanchalik ish qila olsa, xuddi Shuncha ish bajara biladi». 2
Aqlni   ideallashtirish,   hissiyotni   ikkinchi   darajali   omil   sifatida   talqin   etish,
Lokk   va   unga   o’xshash   ba’zi   mutafakkirlar   fikrlarini   hisobga   olmaslik,   afsuski,
keyingi   davrlarda   ayniqsa   kuchaydi.   Hegel   singari   faylasuflar   esa   butun   borliqni
mantiqiylashtirish   yo’lidan   bordilar.   Lekin   XIX   asrning   ikkinchi   yarmidan   keyin
G’arb   allomalari   bu   yo’lning   ko’p   jihatdan   Yanglish   ekanini   anglay   boshladilar.
XX   asr   mutafakkiri,   ruhiy   tahlil   falsafasidagi   Yangi   froydchilik   oqimining   atoqli
namoyandalaridan   biri   Karl   Yung   Tibet   mayyitlar   kitobi   –   «Bardo   Tyodol»ga
yozgan   sharhida   Shunday   deydi:   «G’arb   kishisi,   «psixologik»   («ruhiy»)   so’zini
eshitganida,   uning   uchun   u   «bor–yo’g’i   psixologik»   tarzida   jaranglaydi.   Uning
uchun   «psixe»   –   qalb   qandaydir,   achinarli   darajada   kichik,   e’tiborga   noloyiq,
shaxsiy, sub’ektiv va h.k. Shu sababli «ruh» (qalb) o’rniga «aql» so’zini ishlatishni
ma’qul ko’radi...». Boshqa bir o’rinda barcha metafizik mulohazalar uchun ijodiy
zamin aynan ana Shu qalb ekanini, ong esa qalbning ko’zga ko’rinmas in’ikosidan
iboratligini   ta’kidlaydi.   Darhaqiqat,   «yurak   va   aql»,   «hissiyot   va   ong»   bahsida
G’arb,   ayniqsa,   XX   asrda,   so’zsiz,   birinchilikni   aqlga,   ongga   beradi.   Yuqoridagi
kabi   fikrlar   istisnoli   hollardir.   Shu   bois   axloqShunoslik   nuqtayi   nazaridan
muhabbat   haqida   gap   ketsa,   uni   hissiyot   deb,  yana   buning   ustiga,   ta’riflash   qiyin
bo’lgan   tuyg’u,   deb   ataydilar   va   uni   tushuncha   tarzida   olib   qarashdan
cho’chiydilar. Vaholanki, muhabbat aynan axloqiy hissiyot va axloqShunoslikning
bosh mezoniy tushunchasidir.
    Muhabbat   bosh   mezoniy   tushuncha   sifatida   deyarli   barcha   asosiy
tushunchalarda   va   tamoyillarda   o’z   «hissa»siga   ega.   Shu   jihatdan   atoqli
tasavvufShunos   Najmiddin   Komilov:   «Juda   ko’p   irfoniy   tushuncha–istilohlarning
sharhi muhabbatga borib taqaladi», – der ekan, ayni haqiqatni aytadi. Na ezgulikni,
na yaxshilikni, na vatanparvarlikni, na insonparvarlikni muhabbatsiz tasavvur etib
bo’lmaydi.   O’tgan   boblarning   ba’zilarida   biz   bu   tushunchaning   mohiyati,   turlari
haqidagi   Ilohiy   Og’ustin,   Imom   G’azzoliy   ,   Erix   Fromm   singari   mutafakkirlar
2
  Локк Ж.  Сочинения в 3 т. Т.3 М., «Мысль», 1988. С. 21. fikrlarini   keltirgan   edik.   Qo’shimcha   qilib   Shuni   aytish   mumkinki,   muhabbat   –
insoniy mohiyatning erkin tarzda namoyon bo’lishidir, u zo’ravonlik yoki zo’rma–
zo’rakilik   bilan   chiqisha   olmaydigan   hodisa.   U   me’yorlar,   an’analar,   qonunlarga
bo’ysunmaydi,   lekin   yuksak   axloqiylik   ifodasi   tarzida   insonga   ulkan   mas’uliyat
yuklaydi, uni jasoratga chorlaydi, u – insonni tash–qi va transtendental olam bilan
bog’laydigan, uni yolg’izlikdan olib chiqadigan buyuk kuch. 
Muhabbatning   ob’ekti   doimo   go’zallik,   manfaatsiz   go’zallik.   U   –   Allohmi,
Vatanmi, yormi – muhabbat egasiga undan–da go’zalroq narsa yo’q. Ayni paytda
bir   ob’ektni   sevgan   kishi   boshqa   ob’ektlarni   ham   sevishi   tabiiy.   Deylik,   yorga
bo’lgan   haqiqiy   muhabbat   Vatanga,   insoniyatga   muhabbatni   inkor   etmaydi,
aksincha,   barqaror   qiladi.  Zero,  «o’z–o’zicha»,   «yakka»,  «xudbin»  muhabbatning
bo’lishi   mumkin   emas.   Inson   o’zi   o’zgaga   aylanganida,   o’zgani   o’ziga   aylantira
olganida   haqiqiy   muhabbat   egasi   hisoblanadi.   Mana   Shu   ob’ekt   bilan   sub’ekt
orasidagi   farqning   «yo’qolishi»   eng   buyuk,   eng   mukammal   lazzatdir.   Buni
mavlono Fuzuliy nihoyatda go’zal qilib, bir baytda Shunday ifodalaydi:
Ishqdir ul, nasha’i komilkim, andandir mudom 
Mayda tashviri  h arorat, nayda ta’siri sado
Komil   nash’a,   komil   lazzatga   faqat   komil   insongina   erisha   oladi.   Demak,
muhabbat inson axloqiy hayotining cho’qqisi, komillik belgisidir. Shu bois haqiqiy
muhabbat   egalari   yoshlar   tomonidan   doimo   axloqiy   ideal   tarzida   qabul   qilinadi:
Farhod   va   SHirin,   Romeo   va   Juletta,   Otabek,   Kumush   va   h.k.   Shunday   qilib,
muhabbatni   shaxs   erkinligining   axloqiy   zarurat   sifatidagi   o’ziga   xos   ko’rinishi,
baxtga eriShuvning asosiy omili deyish mumkin.
Ta’kidlash   lozimki,  muhabbat   –   oliy   tuyg’u,   Shu  ma’noda   u  oliy  tushuncha.
Lekin   uni   tuban,   quyi   narsa–hodisalarga   nisbatan   ham   qo’llash   hollari   uchrab
turadi.   CHunonchi,   Fromm   singari   g’arblik   mutafakkirlar,   ba’zi   rus   faylasuflari
muhabbat   tushunchasini   o’likka   (nekrofil),   mol–dunyoga,   pulga   nisbatan
qo’llaydilar.   Ularga   nisbatan   «o’chlik»,   «ruju»,   «hirs»   singari   tushunchalarni
qo’llash ma’qul emasmikan? Muhabbat   ham,   axloqShunoslikdagi   ko’pgina   tushunchalardek,   «juftlik»
xususiyatiga   ega,   uning   ziddi   –   nafrat.   Nafrat   tushunchasi,   albatta,   muhabbat
singari keng qamrovli emas. U aksil muhabbat tarzida namoyon bo’ladi, ob’ektdan
chetlashishni, undan begonalashishni taqozo etadi. Hazar, jirkanch hissi nafratning
kundalik   turmushdagi   tor,   «mayda»   ko’rinishidir.   Nafratning   ularga   nisbatan
«yirikligi» uning ijtimoiy hodisa sifatida mavjudligidir.
Ayni   paytda,   nafrat   g’azabdan   keskin   farq   qiladi.   U,   g’azabga   o’xshab,   o’z
ob’ektini   yo’qotishga   intilmaydi,   undan   faqat   yuz   buradi.   Uni   muhabbat   egasida
o’z   muhabbati   ob’ektiga   nisbatan   tashqi   bir   kuchning   noinsoniy,   adolatsiz,
noinsoflarcha   munosabati   tufayli   o’sha   kuchga   qarshi   qo’zg’aladigan   hissiyot
deyish   mumkin.   U   davomiylik   tabiatiga   ega,   g’azab   kabi   o’tkinchi   hodisa   emas.
Agar   g’azabning   asosida   inson   fe’lining   salbiy   holati   –   oniy   badjahllilik   yotsa,
nafrat   uchun   chuqur   o’ylab   qabul   qilingan   uzil–kesil   qaror   yotadi.   Ko’rinishdan
nafrat kishida yoqimsiz taassurot  uyg’otsa–da, ko’p hollarda u illat emas, axloqiy
fazilat sifatida insonning vijdonliligidan, botiniy jasoratidan dalolatdir.
Shu   o’rinda   buyuk   fransuz   yozuvchisi   Emil   Zolyaning   «Nima   menda   nafrat
uyg’otadi» degan estetikaga doir kitobiga yozgan so’zboshisidan olingan quyidagi
fikrni keltirish maqsadga muvofiq:
«Nafrat – muqaddas. Nafrat bu – kuchli va qudratli yuraklarning noroziligi, bu
–   o’rtamiyonalik   va   pastkashliklardan   qahrlanadigan   odamlarning   jangovar
jirkanchi.   Nafratlanmoq   –   sevmoq   degani,   o’zida   otashin   va   mardona   qalbni   his
qilmoq, nimaiki sharmandalik va nodonlik bo’lsa, o’shanga nisbatan chuqur hazar
tuyg’usini tuymoq degani.
Nafrat yengillik beradi, nafrat adolat o’rnatadi, nafrat yuksaltiradi» 3
Nafratdan   tashqari   yana   rashk   tushunchasi   borki,   u   –   ijtimoiy   hodisa   emas,
ko’p hollarda jinsiy muhabbat bilan yonma–yon keladi. Ma’lumki, muhabbat egasi
o’z   sevgisini   va   sevgilisini   qizg’anib,   asrab   qolishga   harakat   qiladi.   Ana   Shu
qizg’anish   hissi   me’yoridan   oshib   ketganda   rashkka   aylanadi.   Rashk   esa,   uni
qanchalik   ta’rif–tavsif   qilmaylik,   me’yorning   buzilishi,   illat.   CHunki   uning
3
  Золя Э . Собрание сочинений в 26 томах. Т.   24 .  М., ИХЛ, 1966. С. 7.  mohiyati   xudbinlikka   borib   taqaladi:   muhabbat   egasi   muhabbat   lazzatiga   noil
bo’lgani   holda   uning   iztirobidan   qochishga   intiladi;   o’zi   chekishi   lozim   bo’lgan
iztirobni   o’z   muhabbat   ob’ektiga   o’tkazishga   harakat   qiladi.   Natijada   ba’zan
iztirobni   yo’qotishga   intilish   muhabbat   ob’ektining   o’zini   yo’q   qilishga,   fojeaga
olib keladi.
  Asosiy tushunchalar orasidagi yana bir juftlik – ezgulik va yovuzlik; ezgulik
axloqShunoslikdagi   eng   muhim   kategoriyalardan.   U   inson   faoliyatining   asl
mohiyatini   anglatadi   –   Tangri   irodasining   inson   qalbidagi   tajassumi   sifatida
namoyon bo’ladi. «Ezgu o’y, ezgu so’z, ezgu a’mol» uchligi «Avesto» dan tortib,
barcha muqaddas kitoblarda yetakchi o’rinni egallashi ham Shundan.
Ezgulik   –   insonga   eng   kuchli   ma’naviy   lazzat   bag’ishlaydigan,   uni   ijtimoiy
shaxsga   aylantirib,   haqiqiy   baxtga   olib   boruvchi   fazilat;   shaxsni   komillikka,
jamiyatni   esa   yuksak   taraqqiyotga   yetkazuvchi   yuksak   qadriyat.   U   insonning
axloqiy   faoliyati   tufayli   muayyanlashadi,   yuzaga   chiqadi.   Uni   sinfiylik   yoxud
partiyaviylik   qobig’iga   o’rash   mumkin   emas.   CHunonchi,   «sinfiy   dushmanni»,
ya’ni   biror   bir   shaxsni   yoki   guruhni   faqat   boshqa   sinfga   mansub   bo’lgani   uchun
jisman   yo’qotish,   qanchalik   bo’yab–bejalmasin,   ezgulik   bo’lolmaydi.   U   tom
ma’nodagi   yovuzlikdir.   Totalitar   tuzumlar   mafkurasida   ezgulikni   bunday   talqin
etishning noilmiyligi, soxtaligi hozirgi kunda hammaga ayon.
Ezgulik   va   uning   ziddi   yovuzlik   odatiy,   kundalik   hayot   mezonlari   bilan
o’lchanmaydi, ular ham muhabbat singari qamrovli va ijtimoiylik xususiyatiga ega.
Ezgulikning   axloqiy   ideal   bilan   bog’liqligi   Shundan.   Shu   tufayli   u   amaliyotda
qahramonlik,   vatanparvarlik,   insonparvarlik,   jasurlik   singari   tamoyillarni   o’z
ichiga oladi.
Shuni   ham   aytish   kerakki,   muhabbat   va   nafrat   juftlik   tushunchasida   nafrat
muhabbatni inkor etmay, aksincha, uning barqarorligidan dalolat bersa, ezgulik va
yovuzlik   juftligida   har   ikki   tushuncha   bir–birini   tamomila   inkor   etadi.   Nafaqat
inkor   etadi,   balki   ular   orasida   hayot–mamot   kurashi   ketadi   va   bu   kurash   abadiy
kurash sifatida, olamni harakatga keltiruvchi kuch tarzida namoyon bo’ladi. Lekin, ayni   paytda   ular   orasida   muayyan   tarzdagi   dialektik   aloqadorlik   bor:   ular   hech
qachon bir–biridan mutlaq alohida holda voqe bo’lolmaydi.
Ezgulik   va   yovuzlikning   yana   bir   o’ziga   xos   tomoni   Shundaki,   bu   juftlik
tushuncha   inson   faoliyatini   baholash   xususiyatiga   ega.   Uni   odam   bolasining
ulug’ligi   va   tubanligini   o’lchaydigan   muqaddas   tarozuga   o’xshatish   mumkin.
Insonning   komilligi,   jamiyatning   takomilga   erishgan–erishmagani   Shu   mezon
bilan   o’lchanadi.   Chunonchi,   Lenin,   Stalin,   Hitler,   Pol   Potlarni   yovuz   insonlar,
sobiq sho’rolar ittifoqini esa jamiyat sifatida «Yovuzlik saltanati» deb baholanishi
buning yorqin misolidir.
Yaxshilik va yomonlik.  Ezgulik va yovuzlik haqida gap borganida, yaxshilik
va yomonlik nima, bu ikki juftlik mazmunan bir emasmi, degan savol tug’iladi. Bu
tabiiy.  Chunki   hozirgacha   bizga  ma’lum   o’zbek   tilidagi   barcha   axloqShunoslikka
doir adabiyotlarda ezgulik va yovuzlik mezoniy tushunchalar sirasiga kiritilmagan,
u   bor–yo’g’i   yaxshilik   va   yomonlikning   sinonimi   tarzida   taqdim   etib   kelingan.
To’g’ri,   yaxshilik   tushunchasining   ko’pgina   unsurlari   ezgulikdan,   ezgulikning
ba’zi   unsurlari   yaxshilikdan   joy   olishini   inkor   qilish   mumkin   emas.   Ularning
ziddida   ham   Shunday   «singishib   ketish»   mavjud.   Lekin   bunday   dalillar   aslo
mazkur ikki juftlikni aynanlashtirishga asos bo’la olmaydi.
Bu   ikki   juftlik   tushunchalar   orasida   qat’iy   farq   mavjud:   ezgulik,   yuqorida
aytganimizdek,  ijtimoiylik xususiyatiga  ega,  yaxshilik  esa  unday  emas.  Yaxshilik
asosan   shaxsning   odobiga,   xulqiga   bog’liq   bo’lgan   ijobiy   hodisa.   Zero,   unda
mardlik,   ochiqko’ngillilik,   halollik   singari   axloqiy   me’yorlar   tajassum   topadi.
Biroq   unga   asos   bo’lgan   amaliy   xatti–harakatlar   qahramonlik,   jasorat,
vatanparvarlik kabi tamoyillar darajasiga ko’tarila olmaydi. Misol tariqasida buyuk
shoirimiz   Alisher   Navoiyning   faoliyatini   olaylik.   U   surunkasiga   ijodiy   mehnatga
umrini   bag’ishladi,   xalqi   uchun,   xalqlar   uchun   «Xazoyin   ul–maoniy»dek,
«Xamsa»dek   buyuk   asarlar   yaratdi.   Bu   –   ezgulik,   u   ma’lum   ma’noda   abadiylik
xususiyatiga   ega,   chunki   Navoiy   asarlari   millionlab   odamlarga   yuzlab   yillar
mobaynida zavq–shavq ulashib, ularni komillikka chorlab kelmoqda. Ayni paytda,
Navoiyning o’zi bevosita ko’plab yaxshiliklar qildi – muhtoj odamlarga qarz berdi, bergan   qarzlaridan   kechib   yubordi   va   h.k.   Uning   bu   yaxshiliklari   ajoyib   ijobiy
hodisa   bo’lgani   holda,   o’tkinchilik   tabiatiga   ega,   Shuningdek,   istisnoli   hollarda
namoyon bo’luvchi qahramonlik ham, buyuk jasorat ham emas. 
  Demak,   ezgulik   asosan   bilvosita   amalga   oshiriladigan,   uzoqni   ko’zlovchi,
kelajakka   ham   mo’ljallangan,   ya’ni   strategik   ahamiyatga   molik   axloqiy   xatti–
harakatlar   majmui;   yaxshilik   esa,   odatda,   bevosita   Shu   kun   uchun   dolzarblik
xususiyatiga   ega,   ya’ni   taktikaviy   axloqiy   faoliyatdir.   Shunday   qilib,   yaxshilikni
yirik ijtimoiy hodisa – ezgulik bilan aynanlashtirish to’g’ri emas.
Bu   ikki   juftlikning   yana   bir   farqli   tomoni   Shundaki,   voqe   bo’lgan   ezgulik
hech   qachon   to’g’ridan–to’g’ri   yovuzlikka   aylanmaydi,   yovuzlik   esa   har   qanday
zamonda,   har   qanday   sharoitda   ham   yovuzlik   bo’lib   qolaveradi.   Yaxshilik   va
yomonlikda esa bunday emas: biror ob’ektga qilingan yaxshilik boshqa bir ob’ekt
uchun   yoki   yaxshilik   qilgan   sub’ekt   uchun   yomonlikka   aylanishi   mumkin.
Mashhur o’zbek xalq ertaklaridan biridagi ovchilar quvib kelayotgan bo’rini qopga
yashirib,   qutqarib   qolgan   dehqonning   holatini   bunga   misol   sifatida   keltirish
mumkin:   bo’ri   o’ziga   yaxshilik   qilib,   o’limdan   qutqargan   odamni   yemoqchi
bo’ladi, xayriyatki, tulki dehqonning joniga oro kiradi.
Xullas,   muayyan   ijtimoiy   cheklanganligiga   qaramay,   yaxshilik   va   yomonlik
qamrovli mezoniy tushunchalardan.
Adolat.   Axloq s hunoslikning   yana   bir   asosiy   tushunchasi   –   adolat.   Uning
ezgulik   va   yovuzlik   hamda   yaxshilik   va   yomonlikdan   asosiy   farqi   Shundaki,
adolatning   o’zi   biror–bir   qadriyatni   anglatmaydi,   lekin   qadriyatlar   orasidagi
nisbatni   belgilaydi,   ularni   baholash   maqomiga   ega.   Shu   bois   unda   jamiyatni
tartibga   soluvchilik   xususiyati   bor;   unda   ham   axloqiy,   ham   huquqiy   talablar
mujassamlashgan. Uni ma’lum ma’noda axloq sohasidagi miqdor o’lchovchi ham
deyish  mumkin:  u  talab bilan  taqdirlashni  o’lchab  turadigan  tarozidir.  Adolat  bor
joyda ijtimoiy jabrga, beboshlikka yo’l yo’q.
Ma’lumki,   axloqdagi   eng   oddiy,   ibtidoiy   fazilatlar,   chunonchi,   mehribonlik,
shafqat, muruvvat hayvonlarda ham mavjud. Lekin hayvonlarda ular o’z guruhiga,
eng   avvalo,   o’z   zurriyotiga   qaratilgan   bo’ladi.   Odamzod   esa   o’ziga   qondosh– qarindosh   bo’lmagan   o’zgalarga   –   qavmdoshlariga   ham   ushbu   hissiyotlarni
namoyish etadi. Shunday qilib, axloqning ba’zi unsurlari hayvonlarda ham mavjud,
faqat ular insondagidek aqlga emas, tabiiyyatga asoslangan.  Buni  adolat  mezoniy
tushunchasida   yaqqol   ko’rish   mumkin.   Albatta,   hayvonlar   uni   tushuncha   sifatida
anglamaydilar,   lekin   u   tabiiyyat   tarzida   hayvonlar   xatti–harakatida   namoyon
bo’ladi.   Masalan,   Afrika   savannalarida   yoki   changalzorlarida   qurg’oqchilik
mavsumida   hayvonlarning   suvloqdagi   xatti–harakatini   olib   ko’raylik.   Unday
paytda   suvloq   hududida   vahshiy   hayvonlar,   qanchalik   och   bo’lmasin,   o’z   o’lja!
lariga   tashlanmaydilar:   adolat   yuzasidan   ularning   ham   chan–qoqlarini
qondirishlariga   yo’l   qo’yib   beradilar   –   barcha   hayvonlar   bir–birlari   tomonidan
tashna   jonzotlar   sifatida   qabul   qilinadi.   Biroq   suvloqdan   ma’lum   masofa   nariga
o’tilgach,   yana   o’sha   hayot   –   kushanda   va   o’ljaning   yashash   uchun   kurashi
boshlanadi.   Demak,   adolatning   ibtidoiy   ko’rinishini   hayvonlarda   ham   uchratish
mumkin   ekan.   Qizig’i   Shundaki,   u   yakka   holda   emas,   ko’pchilik   hayvonlar   –
tashna   jonzotlar   jamoasida   ro’y   beradi.   Bu   hodisa   adolat   tushunchasining
ijtimoiylik   xususiyatiga   xos   ba’zi   holatlar   insoniyat   jamiyatidan   ham   ibtidoiyroq
ekanini, uning tarixi yanada qadimiyroqligini ko’rsatadi.
Adolatning mezoniylik xususiyati, ayniqsa, huquqda darhol ko’zga tashlanadi.
Huquq   vazirligining   hatto   adliya   vazirligi   deb   atalishi,   jinoyatga   yarasha   jazoni
belgilovchi, hukm chiqaruvchi idoralarning odil sud degan nomlar bilan yuritilishi
buning dalilidir. Lekin adolatni faqat huquqiy tushuncha sifatida talqin etish to’g’ri
emas.   U,   yuqorida   aytganimizdek,   keng   qamrovli   axloqiy   tushuncha.   U   nafaqat
fuqarolar   orasidagi   munosabatlarni,   balki   davlat   bilan   xalq,   jamiyat   bilan   shaxs
o’rtasidagi   aloqalar   mezonini   ham   o’z   ichiga   oladi.   Xalq   orasida   ming   yillar
mobaynida odil podsho idealining yashab kelgani bejiz emas.
Deyarli   bir   yarim   asr   mobaynida   adolatsizlikni,   milliy   kamsitishni,   milliy
iftixor   hissining   oyoqosti   qilinishini,   begona   irodaning   zo’rlab   qabul   qildirilishi
kabi   holatlarni   boshdan   kechirgan   xalqimiz,   endilikda   mustaqillikka   erishib,
adolatli   fuqarolik   jamiyati   tuzishga   kirishdi.   Adolat   bugungi   kunda   bizning mustaqil,   kelajagi   buyuk   davlatimizning   mohiyatini   anglatuvchi   tushunchaga
aylanib bormoqda.
Shafqat.   Shafqat   istilohi   xozirgacha   axloqShunoslikka   doir   asosiy   o’quv
adabiyotlarda   va   ilmiy   tadqiqotlarda   asosiy   mezoniy   tushuncha   sifatida   taqdim
etilmaydi. Vaholanki   shafqatning  ildizi  inson  shaxsiga   bo’lgan  muhabbatga  borib
taqaladi,   u   ham   muhabbat   kabi   qamrovli   hissiyot.   Agar   muhabbat   mehrga
asoslansa, shafqat muruvvat bilan bog’liq. Lekin u ayni paytda muruvvatdan jiddiy
farq   qiladi.   Muruvvat   bir   insonning   ko’p   xollarda   o’ziga   aloqasi   yo’q   boshqa   bir
insonga   achinish   hissi   orqali   yordamga   qo’l   cho’zishi   bo’lsa,   shafqat   kishining
o’ziga   aloqador   odamga,   aybdor,   gunohkor,   ijtimoiy,   iqtisodiy   va   huquqiy
jazolanishga loyiq kimsaga kechirimlilik orqali insonparvarlik ko’rsatishdir.
SHafqat   hissi   shafqatga   muhtoj   kishi   o’rniga   xayolan   o’zini   qo’yib   fikr
yuritish   orqali   vujudga   keladigan,   o’zga   bir   inson   iztiroblarini   yengillatishga
qaratilgan   axloqiy   hodisa.   Masalan:   ro’zg’orinni   zo’rg’a   tebrayotgan
qo’shningizning   kasbiy   xizmat   yuzasidan   ham,   biror   bir   jamiyatga   a’zoligi
jihatidan   ham,   biznesdagi   hamkorlik   masalasida   ham   sizga   aloqasi   yo’q,
Shuningdek,   u   sizga   do’st   yoki   dushman   sifatida   ham   aloqador   emas.   Siz   unga
ehson   qilib,   og’ir   sharoitdan   chiqib   olishiga   iqtisodiy   yordam   berdingiz,   bu   –
muruvvat.   Boshqa   bir   holatda,   deylik   jang   maydonida   sizga   butunlay   begona,
buning ustiga safdoshingizga  o’ldirgan dushman askarini  mag’lub qildingiz. Endi
oldingizda   ikki   yo’l   bor:   xohlasangiz,   uni   o’ldirishingiz,   o’ch   olib   g’azabingizni
bosishingiz,   xohlasangiz,   g’azabingizni   bosib,   u   dushman,   lekin   men   kabi   odam,
uni   ham   menga   o’xshab   bu   maydonga   jang   qilish   uchun   yuborganlar,   uni
o’ldirganim bilan biror ulkan o’zgarish ro’y bermaydi, deb asir olgansiz, hayotini
saqlab   qolgansiz,   bu   –   shafqat.   G’azab   insondagi   hayvoniy   xislat   bo’lsa,   shafqat
insoniylik belgilaridan biridir.
Demak,   muruvvat   agar   sizning   oldingizda   burchli   bo’lmagan   kimsaga
ko’rsatgan   yordamingiz   bo’lsa,   shafqat   esa   oldingizda   javobgar,   jazoga   loyiq
odamni, uning insoniy huquqini va tabiatini hisobga olib, kechirishdir. Jahon   axloqShunosligida,   jumladan   bizda   ham,   yuqorida   aytganimizdek,
shafqat asosiy tushunchalar sirasiga kiritilmagan. Vaholanki, adolat, insonparvarlik
aynan   ana   Shu   hissiyot   bilan   bog’liq.   Buni   birinchi   bo’lib   olmon   faylasufi   Artur
S h openhauer anglab yetdi. U shafqat hissini ahloqning asosi, shafqat tushunchasini
axloqShunoslikning   asosiy   tushunchasi   deb   ataydi.   Uning   nazdida   shafqat
universal   tabiatiga   ega   u,   insonning   na   faqat   insonga,   balki   hayvonga   bo’lgan
munosabatida   ham   namoyon   bo’ladi,   zero   xayvonga   beshafqatlilik   qilgan   odam
insonga shafqatli bo’lmaydi.
Shafqat   tushunchasining   ahamiyati   –   inson   hayotini   oliy  qadriyat   deb  e’tirof
qilish,   uning   yashashga   bo’lgan   huquqini   himoyaga   olish   hozirgi   sharoitda   yana
ham     dolzarblik   kasb   etmoqda.   Bu   bir   tomondan,   ikkinchi   tomondan,   diniy
aqidaparastlik,   ekstremistik   g’oyalar   va   mafkuraviy   kurashlar   beshafqatlikka
asoslanganligini   hisobga   olsak,   shafqat   tushunchasining   ahamiyati   yanada   ortib
borayotganligi   uchun   ham   bugungi   kunda   jahon   axloqShunosligi   shafqat
tushunchasini   SHopenhauer   aytganidek,   ahloqni   asosi   sifatida   tahlil,   talqin   va
targ’ib qilmog’i lozim. Uning XXI asr jamiyati uchun eng   muhim axloqiy xodisa
ekanligi e’tirof etish zamon talabidir.
Yana   bir   muhim   mezoniy   tushuncha   –   burch.   Burch,   mohiyatan,   jamiyat,
davlat   va   shaxslarga   nisbatan   muayyan   individdagi   munosabat,   ular   oldidagi
majburiyat.   U,   yuqorida   aytganimizdek,   vijdon,   e’tiqod,   mas’uliyat   kabi
tushunchalar bilan mustahkam bog’liq. Umuman, hayotda insonning har bir xatti–
harakati zamirida burch tushunchasi – burchga sadoqat yoki xiyonat yotadi.
Burchning insonlik burchi, musulmonlik burchi, nasroniylik burchi, fuqarolik
burchi,   otalik   burchi,   onalik   burchi,   farzandlik   burchi   singari   keng   qamrovli,
barcha   davrlar   uchun   umumiy   bo’lgan   tushunchalari   ham,   jurnalistlik   burchi,
shifokorlik burchi, olimlik burchi kabi kasbiy odob doirasidagi tushunchalari ham
mavjud.
Burch   tushunchasining   o’ziga   xos   jihatlaridan   yana   biri   –   uning   vaqt   va
jamiyatda   muayyanlashish   xususiyati.   Chunonchi,   bir   tuzum   yo   jamiyatda   ijobiy
hisoblangan   burch   talablari   ikkinchi   bir   tuzum   yoki   jamiyat   uchun   salbiy   ma’no kasb etishi  mumkin. Sobiq sho’rolar  fuqarosining o’sha  davr–dagi  mavjud tuzum
oldidagi burchi hozirgi kunda o’ta salbiy hodisa sifatida baholanishi bunga yorqin
misol bo’la oladi.
Harbiylashgan va o’ta mafkuraviylashgan, ya’ni, yagona mafkura hukmronlik
qilgan   jamiyatlarda   esa   burch   omma   hamda   shaxs   hayotida   fojeiy   hodisaga
aylanadi. O’ta ustalik bilan yo’lga qo’yilgan targ’ibot natijasida bunday jamiyatlar
a’zolarining   ko’pchiligi   oqni   –   qora,   qorani   –   oq   deb   qabul   qiladilar.   Buni
umumbashariy   va   milliy   qadriyatlarni   oyoqosti   qilgan   beshafqat   sho’rolar
sotsializmi   yoki   fashistlarning   milliy   sotsializmi   yaqqol   isbotlab   berdi.   Yuz
minglab, hatto  millionlab  odamlar  aldandilar, keyinchalik,  uzoq  yillar   mobaynida
vijdon   azobida   yashadilar.   Demak,   jamiyat   qurilishida   totalitarchilikka   yo’l
qo’yilishi  o’sha jamiyat a’zolari  tomonidan burchning noto’g’ri  tuShunilishiga va
buning   oqibatida   ba’zi   hollarda   beixtiyor,   omilik   tufayli,   ba’zan   esa   ixtiyoriy–
majburiy tarzda yuz beradigan ommaviy axloqsizlikka olib keladi. 
Shunday   holatlar   ham   bo’ladiki,   unda   burch   shaxsning   ko’pgina   mayl–
istaklariga  qarshi  hodisaga   aylanadi:  uni  huzur–halovatdan,  turmush  lazzatlaridan
mahrum   etadi.   Masalan,   Furqat   mustamlakachilar   mafkurasiga   xizmat   qilganida,
uning hayoti rohat–farog’atda kechishi mumkin edi. Lekin u Vatan oldidagi, millat
oldidagi   burchni   deb   muhojirlikning   og’ir   qismatiga   duchor   bo’ldi:   uni
mustamlakachilar,   avval   aytganimizdek,   mamlakat   hududidan   chiqarib   yuborib,
qayta kiritmadilar. Furqat xorijda vafot etdi.
Ba’zan   burch   tufayli   odamlar   o’z   sevgisidan,   jon–dilidan   sevgan   kishisidan,
hatto   aka–ukasi,   opa–singlisi   yoki   farzandidan   kechishga   ham   majbur   bo’ladilar.
Xullas,   burch   axloqShunoslik   mezoniy   tushunchalari   ichidagi   eng   «qattiqqo’l»,
eng «shafqatsizi».
Vijdon.   AxloqShunoslikning   nihoyatda   ta’sir   doirasi   keng   tushunchalaridan
biri   vijdondir.   Vijdon   –   Zigmund   Froyd   ta’biri   bilan   aytganda,   a’lo   men ,   men
ustidan   nazorat   o’rnatib,   uni   boshqarib   turuvchi   ikkinchi   bir,   yuqori   darajadagi
men.   Agar   uyat   hissi   insonning   tashqi,   jamiyatga   bog’liqligidan   kelib   chiqsa,
vijdon   uning   ichki   o’z–o’ziga   bog’liqligini   namoyon   etadi.   Bu   ichki   bog’liqlik tashqi   bog’liqlikka   nisbatan   teran   va   doimiydir:   uyat   ma’lum   bir   vaqt   ichida
odamning o’z nojo’ya harakati tufayli yuzaga kelgan o’ng’aysizligi bo’lsa, vijdon
azobi,   bu   –   oddiy   o’ng’aysizlik   emas,   balki   qalbdagi,   odamdagi   odamiylikka
e’tiqodning faryodi, talabi; uni qondirmas ekansiz, hech qachon azob to’xtamaydi.
Uyat   bilan   vijdonni,   Shu   bois,   dengizdagi   muz   tog’iga   –   aysbergga   o’xshatish
mumkin: yuzaga uyat tarzida chiqib turgan qismi teranlikdagi qismidan yuz, balki
ming barobar kichik.
Vijdon   ham   axloqShunoslikning   boshqa   ba’zi   asosiy   tushunchalari   kabi
baholash xususiyatiga ega. Lekin bu baholash hech qachon ob’ektga qaratilmaydi,
u   sub’ektning   xatti–harakatlarini   baholaydi,   ya’ni   unda   sub’ekt   o’zi   uchun   ichki
ob’ekt  vazifasini   o’taydi.  Ba’zan   jamiyat   talablari   bilan   vijdon  o’rtasida  ixtiloflar
chiqishi mumkin. Bunda vijdon emas, jamiyat talablarining o’tkinchilik xususiyati,
ma’lum   ma’noda   eskirganligi   aybdordir.   Zero,   vijdon   ko’zga   ko’rinmas,   lekin
ulkan va mutlaq aybsiz axloqiy hodisadir.
Ko’pincha vijdon tushunchasi o’rnida imon iborasini uchratish mumkin. Imon
aslida   diniy   tushuncha.   Lekin   hayotda   vijdon   tushunchasining   sinonimi   tarzida
ishlatiladi.   Masalan,   kimnidir   birov   «imonli   odam»   deganida,   uning
musulmonlikka   imon   keltirgan–keltirmagani   haqida   o’ylab   o’tirmaydi,   buning
ustiga,   u   odam   musulmon   emas,   nasroniy   bo’lishi   ham   mumkin.   CHunki   gap   bu
yerda   o’sha   odamning   dindorligi   haqida   emas,   balki   vijdonli,   halol,   rostgo’y
ekanligi to’g’risida ketyapti. Shu ma’noda vijdon bilan imonni egizak tushunchalar
deyish   mumkin.   Diniy   e’tiqodlarga   munosabatlarning   rasmiy   tilda   «vijdon
erkinligi»   deb   atalishi   ham   ular   orasidagi   chambarchas   bog’liqlikdan   dalolat
beradi.
Afsuski,   odatda,   ko’pchilik   adabiyotlarda   vijdon   mezoniy   tushunchasiga
«sub’ektiv» hodisa tarzida qarab, adolat, burch, nomus singari tushunchalarni unga
qaraganda   ijtimoiy   ahamiyatliroq   deb   baholash,   ularni   «to’rga   chiqarish»   hollari
tez–tez   uchrab   turadi.   Vaholanki,   vijdonsiz   odamdan   hech   qachon   adolatni   ham,
burchga   sadoqatni   ham,   or–nomusni   ham   kutish   mumkin   emas.   Vijdonli odamlargina   haqiqiy   erkin,   demokratik   fuqarolik   jamiyatini   yarata   oladilar.   Zero,
vijdon, eng avvalo, o’zgalarga nisbatan burch va mas’uliyatni taqozo etadi.
Nomus.   Asosiy   tushunchalardan   yana   biri   –   nomus.   Nomus   tushunchasi   bir
tomondan,   burch   bilan   bog’liq   bo’lsa,   ikkinchi   jihatdan,   qadr–qimmat
tushunchasiga   aloqador.   Zero,   nomus   mohiyatan   shaxsning   o’z   qadr–qimmatini
anglab   yetishi,   Shu   qadr–qimmatning   jamiyat   tomonidan   tan   olinishi   yoki
olinmasligiga nisbatan bo’ladigan munosabati bilan belgilanadi.
Biroq, bu – nomus qadr–qimmat tushunchasi bilan bir xil ma’noga ega, degani
emas.   Chunki   qadr–qimmat   shaxsdan   o’zining   boshqa   odamlarga   nisbatan
kamsitilmasligini,   atrofdagilardan   barcha   insonning   teng   huquqliligi   tamoyilini
o’ziga nisbatan qo’llashlarini talab qiladi. Nomus esa o’z qadr–qimmatini bilishdan
tashqari, har bir shaxsning jamiyatda alohida, o’ziga xos tarzda egallagan mavqei
va Shu mavqeni dog’ tushirmay saqlash–saqlamasligi bilan bog’liq. Bu mavqe esa,
Shubhasiz, o’sha shaxsning ijtimoiy hayotdagi o’rni, kasbi, yoshi va unga nisbatan
beriladigan axloqiy daraja bilan muayyanlashadi. Masalan, uyingizda bir kun kelib
oddiy   ishlarni   bajarib   ketadigan   mardikor   bilan   nomi   ketgan   mashhur   binokor–
ustaning,   bosh   vazir   bilan   kotibaning,   bobo   bilan   nabiraning   nomusni   tushunishi
bir   xil   emas.   Shu   ma’noda   qadr–qimmatni   nomus   tushunchasining   dastlabki
bosqichi, ibtidosi deb aytish mumkin.
Gohida nomusni or tushunchasi bilan chalkashtirish hollari ham uchrab turadi.
Lekin,   aslida,   nomusga   nisbatan   or   ancha   tor   qamrovdagi,   nisbatan   zalvorsiz
tushuncha.   CHunonchi,   oriyatli   odam   deganda,   o’z   so’zining   ustidan   chiqadigan,
sadaqa   tarzida   qilingan   muruvvatlardan   baland   turadigan   shaxs   tuShuniladi.   Beor
odam – o’z sha’niga aytilgan gaplarga parvo qilmay, ishini bajarib ketaveradigan,
aytilgan–aytilmagan   joylarga   suqilib   kiraveradigan   surbetnamo   kishi.   Nomusning
esa toshi og’ir – ijtimoiylik xususiyatiga ega, keng qamrovli. Nomus yo’lida inson
hatto   o’z   hayotidan   kechishi   mumkin,   odamlar   o’z   nomusi,   oila   nomusi,   millat
nomusi   deb   kurashadilar.   Bu   haqda   ko’plab   badiiy   asarlar,   pand–o’gitlar
yaratilgan. Mehnat,   sport   singari   sohalarda   jamoa   nomusi   ham   alohida   ahamiyatga   ega;
unda   nomus   obro’   tushunchasi   bilan   bog’lanib   ketadi.   Bularning   hammasi   o’zini
hurmat qilish, o’ziga nisbatan atrofdagilarning hurmat–izzatini yo’qotmaslik uchun
o’z–o’zini nazorat qilish hissidan kelib chiqadi.
Qadr–qimmat.   Qadr–qimmat   tushunchasi   inson   o’z   qadrini,   bu   dunyoda
uning   hayoti   oliy   qadriyat   ekanligini,   o’z   shaxsi   oldida   o’zi   ma’sul   ekanligini
anglashi   uchun   xizmat   qiladigan   hissiyot.   U   nomus,   g’urur   tushunchalari   bilan
bog’liq,   bir   tomondan   insonning   o’z   qadrini   har   qanday   holatda   ham     yerga
urmasligini   taqozo   etadi.   Masalan,   iste’dodli,   vijdonli,   ziyoli   odam   biror   bir
shaxsiy ishini hal qilishi uchun nokas boyvachchaga yoki to’pos rahbarga yalinsa,
garchand o’z maqsadiga yetsa ham, bu o’zi tomonidan o’z qadrini yerga urishdir.
Pirovard natijada o’zini kamsitilgan his qiladi, bundan afsus bilan yashaydi.
Qadr–qimmatning   yana   bir   jixati   –   insonning   boshqalar   yoki   jamiyat
tomonidan kamsitilishi  bilan bog’liq. Bunda kishining hayotida egallagan haqiqiy
o’rinni atayin tan olmaslik, boshqa birov, guruh yoki jamiyat tomonidan ko’ra–bila
turib,   uni   chetga   surib   qo’yish   va   Shu   orqali   uni   iztirobga   solish   kabi   usullarni
qo’llaniladi.   Bunday   usullar   ma’naviy   saviyasi   past   odamlar   orqali,   qonunlari
ishlamaydigan   totalitar   va   avtoritar   boshqaruv   hukmronlik   qilgan   jamiyatda   ro’y
beradi. Bunga misol tarzida Abdulla Qodiriy, CHo’lpon kabi buyuk siymolarning
qamashga,   otishga   hukm   etilishini   yoki   iste’dodli   ziyolilarga   atayn   unvonlar
bermaslik, iloji boricha ular nomini xalqqa yetkazmaslikka harakat qilish hollarini
keltirishimiz   mumkin.   Faqat   bugina   emas,   sho’rolar   tuzumida   «sovet   xalqi»   deb
atalgan   millionlab   fuqarolarning   qadr–qimmati   oyoqosti   qilindi:   ular   ochlikka,
surgunlarga,   konsentratsion   lagerlar   azoblariga   mahkum   etildilar,   qiynoqlarga
solindilar.   Bularning   hammasi   faqat   iqtisodiy   qiyinchiliklar   oqibati   emas,   balki
mustabid   tuzum   tomonidan   inson   g’ururini   oyoqosti   qilib,   uni   qo’rqoq,
bo’ysunuvchi   jonzotga   aylantirish   uchun   olib   borilgan   mash’um   siyosat   edi.
Chunki g’ururini  yo’qotgan kishida qadr–qimmat hissi o’ladi, u haqiqat, adolat va
insoniy   huquqlar   tantanasi   uchun   kurashdan   o’zini   olib   qochadi.   Zotan,   qadr– qimmat   insoniy   g’ururning   jamiyatdagi   ijtimoiy–axloqiy   munosabatlarda   in’ikos
etish shaklidir.
Lekin   g’urur   me’yorida   bo’lishi   kerak,   ya’ni   kishining   asl   qadr–qimmatiga
mos   kelishi   lozim.   G’ururdagi   me’yorning   buzilishi   kishini   kibrga   olib   keladi:   u
o’zining   va   boshqalarning   qadr–qimmati   to’g’risida   noto’g’ri   tasavvurga   ega
bo’lgani   uchun   kibrlanadi,   manmanlikka   beriladi.   Kibrli   kishi   o’zini   zo’r   deb
biladi.   Bu   Shunchaki   ro’y   bermaydi.   Aslida   u   o’z   qadr–qimmatining
boshqalarnikidan   past   ekanligi   tufayli   uni   sun’iy   ko’tarishga   harakat   qiladi,
ma’naviy bo’shliqni boshqalarga past nazar bilan qarash orqali to’ldirishga intiladi,
bu   yo’lda   yolg’on   va   maqtanchoqlikdan   toymaydi.   Pirovard   natijada   u
atrofdagilardan ajralib qoladi, o’zgalarning nafratiga sozovor bo’ladi, asl  o’zligini
topolmagan axloqsiz kimsaga aylanadi. Shu bois doimo insonning «o’z o’rnini» –
qadr–qimmatini   real   bilishi,   o’zgalargagina   emas,   birinchi   navbatda   o’ziga   baho
bera  olishi   muhimdir.   Xullas,   qadr–qimmat   –  insonning   o’zi,  o’zgalar   va   jamiyat
tomonidan oliy qadriyat sifatida e’tirof etilishi, uning ma’naviy huquqlarining tan
olinishidir.
Biz yuqorida ko’rib o’tganlarimiz – asosiy mezoniy tushunchalarning barchasi
baholash   tabiatiga   ega.   Yana   qator   muhim   axloqiy   tushunchalar   borki,   ular   o’z
yechimini   talab   qilishi   bilan,   ya’ni   muammolik   xususiyati   bilan   ajralib   turadi.
Ideal, baxt, hayotning ma’nosi singari tushunchalar Shular jumlasidandir.
Biz yuqorida ko’rib o’tganlarimiz – asosiy mezoniy tushunchalarning barchasi
baholash   tabiatiga   ega.   Yana   qator   muhim   axloqiy   tushunchalar   borki,   ular   o’z
yechimini   talab   qilishi   bilan,   ya’ni   muammolik   xususiyati   bilan   ajralib   turadi.
Ideal, baxt, hayotning ma’nosi singari tushunchalar Shular jumlasidandir.
Ideal.   Bir   qaraganda,   idealda   ham   baholash   xususiyati   mavjuddek   tuyuladi.
Lekin aslida u qiyoslashga asoslanadi. Antiqa tomoni Shundaki, idealda nomavjud,
xayoldagi   insonga   voqelikdagi   real,   mavjud   inson,   hayotdagi   hodisalar
qiyoslanadi,   ya’ni   bor   narsa   yo’q   narsa   bilan   o’lchanadi.   Zero,   ideal   hayotda
mavjud bo’lishi mumkin emas – bu hammaga ayon gap. Buning ustiga, ideal, yirik
ma’noda, hozirgi zamonda ham, kelajakda ham bo’lmaydi, uning mavjudlik sharti – o’tgan zamon. Shunday qilib, idealga intilish shaxsning o’z zamonasidagi odatiy
sharoitga  sig’maslik,  uni  tezroq  kengaytirish  uchun   qilingan  xatti–harakatidir.  Bu
xatti–harakat   uchun   namunani   inson,   hozirgina   aytganimizdek,   kelajakdan
topolmaydi, chunki namuna tarixiylikni, tajribaviylikni talab etadi; axloqiy idealga
aylangan shaxs tarixiy tajribadagina mavjud bo’ladi va muayyan zamonga kelib, u
ma’lum   ma’noda   mubolag’aviy   hamda   afsonaviy   ta’rif–tavsif   bilan   boyitiladi,
ya’ni   ideallashtiriladi.   Bunga   ideal   odil   podsho   No’shiravon,   odil   yoki   ideal
sahovat   egasi,   jo’mard   inson   Hotam   Taiy   Yamaniy   siymolari   yorqin   misol   bo’la
oladi.
Inson   ideal   sari   intiladi,   o’z   hayotini   unga   qiyoslaydi,   unga   taqlid   qiladi.   U
inson   hayotidagi   eng   oliy   axloqiy   talabki,   uning   bajarilishi   shaxsni   komillikka
yetkazadi.   Albatta,   hayotda   bunga   to’la   erishib   bo’lmaydi,   lekin   inson   ana   Shu
komillikni o’ziga namuna bilib, idealga intilib yashashi jarayonida nisbiy–hayotiy
komillikni qo’lga kiritadi.
Dunyoviy   ideal   bilan,   aniqrog’i,   ijtimoiy–axloqiy   ideal   bilan   diniy   ideal,   bir
qaraganda,   o’xshashdek   ko’rinsa–da,   aslida   keskin   farq   qiladi.   Chunonchi,
musulmonlar   uchun   –  Muhammad   alayhissalom,   nasroniylar   uchun  –   hazrati   Iso,
yahudo dinidagilar uchun – hazrati Muso ideal hisoblanadi. Ular ideal sifatida hech
qachon   o’zgarmaydi,   boqiy.   Ijtimoiy–axloqiy   ideallar   esa   o’zgarishi   mumkin   va
ko’p   hollarda   o’zgarib   turadi.   Masalan,   sho’rolar   davrida   o’sha   tuzum   asoschisi
Lenin   –  eng   yuksak   axloqiy   ideal   sifatida   talqin  etilardi   va  ko’pchilik  tomonidan
Shunday   qabul   qilinardi.   Hozir   esa   «Kuch   –   adolatda!»   degan   shiorni   hayotining
ma’nosi deb bilgan buyuk ajdodimiz Amir Temur ko’pchilik tomonidan ijtimoiy–
axloqiy ideal, adolatli davlat rahbarining namunaviy timsoli tarzida qabul qilinadi.
Demak,   muayyan   tuzum   talablaridan   va   jamiyat   ravnaqidan   kelib   chiqqan   holda,
ijtimoiy–axloqiy ideallar o’zgarishi mumkin. 
Biroq har bir tuzumning umri umumiy tarixiy jarayonda nisbatan qisqa vaqtni
o’z   ichiga   oladi.   Yolg’on,   ko’zbo’yamachilik   va   zo’ravonlikka   asoslangan   tuzum
esa   uzoq   muddat   yashay   olmaydi.   CHunki   zimdan   axloqiylikni   inkor   etgan
siyosatning   bir   kunmas   bir   kun   albatta   asl   basharasi   ochiladi.   Shu   bois   faoliyati niqoblangan   axloqsizlikdan   iborat   bo’lgan   Lenin,   Stalin,   Hitler   kabi   ijtimoiy
ideallarning umri uzoq bo’lmadi – aldangan ko’pchilik qisqa vaqt mobaynidagina
ularni ideal deb bildi.
Bunday   salbiy   hodisalarga   qaramay,   ideal,   umuman,   jamiyatda,   shaxs
hayotida   ijobiy   hodisa.   U   insoniyat   tarixida   yorug’   mayoq   vazifasini   o’tab
kelmoqda,   bundan   keyin   ham   uning   asosiy   vazifasi   Shunday   bo’lib   qolajak.
CHunki idealda har bir inson o’z baxtining hissiyotli ifodasini ko’radi, hayotining
ma’nosini unga qarab intilishda deb biladi.  
H ayotning   ma’nosi.   Mashhur   alloma   Majididdin   Xavofiy,   yashash   uchun
ovqatlanurlar, ovqatlanish uchun yashamaslar, degan hikmatni ko’p takrorlar ekan.
Xo’sh,   aslida   inson   nima   uchun   yashaydi?   Yashashdan   maqsad   nima?   Inson
hayotining ma’nosi nimada?
Har bir inson o’z umri mobaynida ana Shu savollarga javob topishga urinadi
va hayotining ma’nosini o’ziga xos tarzda tuShunadi. Shu bois hayotning ma’nosi
axloqShunoslikning ancha murakkab tushunchalaridan hisoblanadi.
Avvalo   Shuni   aytish   joizki,   hayotning   ma’nosini   yashashdan   maqsad   degan
tushuncha   bilan   qorishtirib   yuborish   hollari   ko’p   uchraydi.   Vaholanki,   ularni
aynanlashtirish mumkin emas, chunki hayotning ma’nosi  maqsadga nisbatan juda
qamrovli tushuncha, o’z ichiga o’nlab, balki yuzlab maqsadlarni oladi, aniqrog’i, u
muayyan   maqsadlar   tizimidan   tashkil   topadi.   Shu   bois   kimningdir   biror–bir   ezgu
maqsadi amalga oshmay qolsa, uning hayotini «ma’nosiz» deb bo’lmaydi.
Ba’zan hayot «ma’nosiz» kechishi  ham mumkin. Bunda kishidagi  maqsadlar
o’tkinchi,   mayda,   yuksak   orzu–intilishlardan   yiroq,   hayvoniy,   tuban,   hatto   yovuz
bo’lishi   mumkin.   Mazkur   kishi   –   «hayot   egasi»ning   bunday   tabiati   jamiyat
erishgan   axloqiy   daraja   bilan   baholanadi.   Zero,   kimdir   o’z   hayoti   ma’nosini
qanday   yo’l   bilan   bo’lmasin   boy–badavlat,   to’kin–sochin   yashashda   deb
tuShunadi:   harom–xarishning   farqiga   borib   o’tirmaydi,   birovning   haqidan
qo’rqmaydi yoki qanday vositalar bilan bo’lmasin, martabaga erishishni o’z oldiga
hayotiy   maqsad   qilib   qo’yadi,   faqat   «yulsam»   deydi.   Boshqa   birov   esa,   qonunni buzmaydi, lekin o’zgalarga qayishishni xayoliga ham keltirmaydi, hech kim bilan
ishi bo’lmaydi, faqat «o’z qobig’ida» yashashni afzal ko’radi.
Yana   bir   toifa   odamlar   borki,   ular   hayotining   ma’nosini   eng   yuksak
qadriyatlar bilan bog’laydilar va jamiyatda yuksak axloq egasi, go’zallik oShuftasi,
e’tiqodi   but   kimsalar   sifatida   e’tibor   qozonadilar.   Ular   oliy   ideallarga   intilib,
fidoyilarcha   umr   kechiradilar.   Hayotining   ma’nosini   o’zidan   keyin   qoldiradigan
«ikkinchi   umr»da   ko’radilar.   Har   bir   jamiyatning   taraqqiy   topishi   yoki   tanazzuli
hayotning   ma’nosini   ana   Shu   tarzda   tuShunuvchilarning   ko’pligi   yoki   kamligi
natijasida   ro’y   beradi,   bir   so’z   bilan   aytganda,   bunday   tom   ma’noda   «elim   deb,
yurtim   deb   yonib   yashaydigan»   odamlar   yuksak   axloqli,   demokratik,   erkin
jamiyatning ustunlaridir.
Biz   yuqorida   ko’rib   chiqqan   toifalar   ikki   umumiy   ijtimoiy–ma’naviy
guruhning   biriga,   ta’bir   joiz   bo’lsa,   shartli   ravishda   dunyoviy   deb   ataladigan
qismiga mansub.
Ikkinchi   guruhni   esa   e’tiqodiy–diniy   deb   nomlash   mumkin.   Bu   guruh
hayotning   ma’nosini   Xudoni   topishda,   Unga   yetishishda   deb   biladi.   Bunda   goho
cherkov yoki shariat aqidalari orqali emas, balki muhabbat vositasida ham Xudoga
murojaat   qiladilar.   Masalan,   buyuk   rus   mutafakkiri   va   yozuvchisi,   pravoslav
cherkovidan   ronda   qilingan   Lev   Tolstoy   hayotning   ma’nosini   quyidagicha
tuShunadi:   «Men   faqat   Xudoga   ishongan   onlarimdagina   haqiqiy   yashaganimni
esladim... Xudoni tanish va yashash degani  bir xil gap, Xudo hayot demakdir», –
deb yozadi u o’zining mashhur «Iqrornoma» asarida. 4
O’z   hayotining   ma’nosini   Xudoga   yetishish   uchun   harakatda   deb   bilgan
Tolstoy   ayni   paytda   bu   harakatni   dunyoviy   muammolarning   hal   qilinishi   bilan
bog’laydi.   Xuddi   Shunday   holatni   biz   avval   ham   bir   necha   bor   misol   qilib
keltirganimiz   buyuk   mutasavvif   bobokalonimiz   Alisher   Navoiy   shaxsida   ham
ko’rish   mumkin.   Gap   Shundaki,   har   ikki   alloma   o’zlari   tanlagan   tariqatlar   orqali
Xudoga yetishishga intiladilar, ulardagi Xudoga bo’lgan ilohiy ishq U yaratgan har
bir   jonzotga,   har   bir   giyohga,   eng   avvalo,   insonga   muhabbat   sifatida   namoyon
4
  Толстой Л.Н.  Собрание сочинений в 22 т. Т. 16.  М., ИХЛ, 1983. С. 151. bo’ladi,   ya’ni   ular   hayotida   diniylik   dunyoviylikni   inkor   etmaydi.   Shu   nuqtayi
nazardan   qaraganda,   ba’zi   ekstremistchi   guruhlar   mafkurachilarining   «dinni
dunyoviylikdan tozalash» haqidagi safsatalari ulardagi hokimiyatni qo’lga olishga
intilishdan   boshqa   narsa   emas,   mohiyatan   dinga   aloqasi   yo’q,   xudbinlikning
niqoblangan   ko’rinishi,   xolos.   Zero,   Alloh   u   dunyoda   jannatiy   bo’lish   uchun   o’z
bandalariga bu dunyoda go’zal yashashni, chiroyli a’mollar qilishni buyuradi. 
Ko’rib   o’tganimizdan   ma’lum   bo’lyaptiki,   hayotning   ma’nosini   tushunishda
har   ikki   ijtimoiy–ma’naviy   guruhda   ham   turli   qarashlar   mavjud.   Lekin   ular   bir
masalada yakdil: ular hayotning ma’nosi o’z manfaatlarini o’zgalar manfaati bilan
bog’lab, oliy qadriyatlar va yuksak aqidalarni ichki shior qilib yashashdadir, degan
axloqiy qoidaga binoan umr kechiradilar.
Baxt.  Hayotning ma’nosi ideal bilan bog’liq bo’lgani kabi baxt atamasini ham
hayotning ma’nosi tushunchasidan ajratib olingan holda tahlil etish mumkin emas.
Zero, baxt inson o’z hayoti ma’nosini qay darajada tuShungani va Shu ma’nodan
umri mobaynida qoniqish hosil qilib borishidan iboratdir. Har bir insonda qoniqish
hissi   undagi   maqsadlarning   takomilga   yetganidagina   ro’y   beradi.   Faqat   bu
takomilga yetish jarayoni bir umr davom etadi. Shu ma’noda buyuk ajdodimiz Abu
Nasr   Forobiy:   «Baxt   –   har   bir   inson   intiladigan   maqsad,   zotan   u   muayyan
komillikdir», – deganida ko’p jihatdan haq edi.
Faqat bu qoniqish ham davomiylik tabiatiga ega ekanini unutmaslik lozim, uni
lazzat   bilan   aynanlashtirish   to’g’ri   emas.   Lazzat   oniylik   xususiyatiga   ega,   o’zini
faqat jarayondagina namoyon etadigan hodisa va u moddiy hayotdagi real, ammo
o’tkinchi   ehtiyojlardan   kelib   chiqadi.   Masalan,   gastronomik   yoki   shahvoniy
lazzatni   olib   ko’raylik:   deylik,   siz   kabobni   xush   ko’rasiz   va   lazzatlanib   yeya
boshlaysiz, lekin bir oz muddat o’tgach, to’yasiz, boshqa yegingiz kelmay qoladi;
shahvoniy   lazzat   ham   Shunday.   Baxt   esa   ma’naviy   ehtiyoj   bilan   bog’liq,   unda
maqsadlarga birin–ketin erisha borish, qoniqish jarayoni, boya aytganimizdek, bir
umr to’xtamaydi va doimo lazzat va zavqni o’z ichiga oladi.
Baxt   garchand,   orzu   kabi   idealning   hissiy–ehtirosli   shakli   sifatida   ko’zga
tashlansa-da,   aslida   undan   farqli   o’laroq,   shaxsning   intilishini   emas,   Shu intilishning ro’yobini anglatadi. Har bir intilishning ro’yobga chiqishi esa muayyan
tayyorgarlikni va kurashni taqozo etadi. Buyuk shoirimiz G’afur G’ulomning:
Taqdirni qo’l bilan yaratur odam,
G’ oyibdan kelajak baxt bir afsona, –
degan hikmatli satrlari Shu jihatdan diqqatga sazovor.
Baxt   haqida   gap   ketganda,   albatta,   omad   to’g’risida   to’xtalib   o’tish   lozim.
Omad   ham   lazzatga   o’xshash   oniylik   tabiatiga   ega.   Lekin   bu   oniylikda
lazzatdagidek   takrorlanish   xususiyati   yo’q:   odamga   omad   hayoti   mobaynida
kamdan–kam   kulib   boqadi.   Omadning   ana   Shu   jihati   haqida   qrim–tatarlarning
qadimgi   asotiri   bor.   Unga   ko’ra,   Omad   ma’buda   ekan,   kunlardan   birida   uning
o’g’li Yerni tomosha qilaman deb osmondan tushibdi–yu, qaytib chiqmabdi. Shu–
Shu Omad Yerga tushib, hanuz bolasini qidirarmish. Ma’budaning yuzi yo’q, faqat
qoq   miyasi   ustida   bittagina   ko’zi   bor   ekan.   Shu   bois   u   to’g’ri   kelgan   o’tkinchini
tutib   olib,   o’g’limmikan   deb,   balandga   ko’tarib,   ko’ziga   olib   borib   qararkan   va
o’g’li   emasligiga   ishonch   hosil   qilgach,   osmonu   falakdan   pastga   qaratib   itqitib
yuborarkan.   Omad   o’z   qo’liga   tushganlarning   hammasiga   Shunday   munosabatda
bo’lar ekan.
Darhaqiqat, mazkur asotirda omadning o’tkinchilik mohiyati juda chiroyli va
majoziy   ochib   berilgan;   bir   umr   omadli   odam   yo’q,   omad   –   tasodif,   baxt   –
zaruriyat;   omad –  istisnoli,  baxt  –  qonuniy hodisa.  Omad  –  shaxsning  bir  zumlik
holatini   aks   ettiradi,   baxt   esa   inson   nimaga   erishmog’i   lozim,   degan   savolga   bir
umr mobaynidagi amaliy javobdir.
Baxtni   tushunish   har   bir   davrda,   ma’lum   tarixiy   sharoitda   millat,   shaxs   va
jamiyatning taraqqiyot darajasiga qarab, turlicha muayyanlashish xususiyatiga ega.
Ya’ni, ideal kabi uning ham tabiati o’zgaruvchan. AxloqShunoslikda baxt mezoniy
tushunchasini   alohida   o’rganadigan   an’anaviy   evdeymonchilik   deb   ataladigan
yunoncha «eudaimonja» (baxt) so’zidan olingan yo’nalish mavjud.
O’lim   va   o’lmaslik .   O’lim   va   o’lmaslik   ahloqShunoslikdagi   eng     murakkab
tushunchalar. Avvalo Shuni aytish kerakki, o’lim Shu paytgacha ahloqiy tushuncha
sifatida   «rasmiy»   olib   qaralmagan.   Vaxolanki   uni   eng   katta   yovuzlik,   eng   ulkan baxtsizlik tarzida talqin etish odat tusiga kirgan. Mantiqan olib qaralganda, ezgulik
va baxtning ziddi bo’lgan bu tushuncha axloqqa taaluqli, ya’ni illatdir. Zero o’lim
oliy qadriyat bo’lmish inson hayotini kesib qo’yadi, uning ezguliklar, yaxshiliklar
qilishga   bo’lgan   imkoniyatini   yo’qqa   chiqaradi.   Masalan,   Ibn   Sino,   juda
bo’lmaganda,   yana   o’n   yil   yashaganida,   67   yoshga   kirganida   qanchadan–qancha
ezgu   ishlar   qilgan,   falsafa,   tibbiyot   va   badiiy   adabiyot   sohasida   ko’plab   buyuk
asarlar   yaratgan   bo’lur   edi.   O’lim   uni,   u   orqali   bizni   ham   ana   Shu   ma’naviy
ezguliklaridan mahrum   qildi. Demak, o’lim, faqat biologik yoki tabiiy tushuncha
emas,   uning   mohiyati   ahloqiylik   bilan   chambaras   bog’liq.   To’g’ri,   o’lim   –   haq.
Lekin bu yerda o’limning turlari mavjudligini unutmaslik lozim.
O’limning   birinchi   turi,   bu   tabiiy,   tashqi   tabiat   va   inson   ichki   tabiati   bilan
bog’liq   o’lim. U ikki xil bo’ladi: birinchisi – odatiy o’lim, u qarilik tufayli, inson
a’zolarining hayotni davom ettirishga yaroqsizligi tufayli ro’y beradi. Ikkinchisi –
halokat, u biror bir tabiiy ofat, yoki tasodiflar tufayli voqe bo’ladigan o’lim.
Ikkinchi   turdagi   o’lim   –   jamiyat   bilan   bog’liq,   u   ham   ikki   xil   bo’ladi.
Birinchisi – majburiy o’lim, u odatda jazo shaklida amalga oshiriladi. Ikkinchi xili
– bu dunyodagi  azob–uqubatlardan, ular  hoh ruhiy, hoh jismoniy bo’lsin, qutilib,
uyqu   bilan   mangu   orom   olish   uchun   ixtiyoriy   tarzda   amalga   oshiriladigan   o’lim,
totli o’lim yoki evtanaziya deb ataladi. Ayni ana Shu ikkinchi turdagi o’lim ahloq
bilan bog’liq. CHunonchi ikkinchi turdagi o’limning birinchi xili – ulkan yovuzlik
hisoblanadi.   Shunga   ko’ra,   o’lim   jazosi   yovuzlikka   qarshi   yovuzlik   ko’rsatishdir.
Bu haqda keyinroq bafurja to’xtalamiz.
Ixtiyoriy o’lim, aytilganidek, ba’zan ruhiy iztiroblar orqali hayotda o’z o’rnini
topa olmaganligi, o’zi uchun eng ulug’ hisoblangan maqsadiga erisha bilmaganligi
natijasida ro’y beradi. Bunday holat goho ommaviy tus olishi ham mumkin, o’tgan
asr 80 yillarining ikkini yarmida sobiq totalitar rejim iskanjasidagi  O’zbekistonda
ayollar orasida o’zlarini yoqib yuborish xolatlari ko’plab yuz berdi. Yuzlab ayollar
(asosan   kolxozchilar)   og’ir   jismoniy   mehnat,   quvonchsiz   shaxsiy   hayot,   reaksion
urf–odatlar,  turmushdagi   yetishmovchiliklar   tufayli   hayotdan   ko’z  yumdilar.  Ular
ixtiyoriy   o’limni   qabul   qildilar.   Bunday   o’lim   aslida   yashashni   istamaslik   emas, balki aksincha, SHopenenhauer aytganidek, yashash istagi tufayli yuz beradi, ya’ni
o’zini   o’ldirayotgan   odam   yashashni   istaydi,   faqat   o’zi   yashayotgan   hayotdagi
shart   sharoitdan,   jamiyat   qoidalaridan   norozi,   hayotni   emas,   anna   Shu   noinsoniy
sharoitni   tark   etish   maqsadda   Shunday   qiladi,   kimlargadir   yoki   jamiyatga
achiqma–achchiq hayotdan ko’z yumadi.
Ixtiyoriy   o’limning   ikkinchisi   ko’proq   inson   salomatligini   yo’qotishi,   kuchli
jismoniy   og’riqlardan   xalos   bo’lishga   intilishi,   yuqorida   aytilganidek,   o’limni
mangu   orom,   totli   abadiyat   sifatida   qabul   qilishi   bilan   izohlanadi.   Bunday   o’lim
ko’pincha   tibbiyot   odobi   masalalari   bilan   bog’liq.   Masalan,   surunkali   jismoniy
og’riq   natjasida,   faqat   kuchli   narkotik   dorilar   bilan   uyquga   ketadigan   og’ir
ahvoldagi bemor, oxir–oqibat bir – ikki oydanmi, bir–ikki yildan keyinmi, baribir,
o’limga   maxkumligini   his   etgach,   tibbiyot   xodimidan   o’zini   dori   dozasini
kuchaytirish  orqali  o’ldirib qo’ya qolishni  iltimos  qiladi. Tibbiyot  xodimi  qanday
qaror   qabul   qilishi   kerak?   Bemorni   o’ldirish   orqali   og’ir   azoblardan   qutqarish
axloqiylikka   kiradimi   yoki   axloqsizlikkami?   Bu   muammolar   hali   uzil–kesil   hal
etilgan emas. Bundan tashqari. har ikki holatdagi o’limda o’z xohishi bilan o’limni
barvaqt istagan, Xudo bergan umrni o’zi qisqartirishga ahd qilgan odam ahloqlimi
yoki ahloqsizmi?
Axloqiy tamoyillar
Asosiy  mezoniy tushunchalar  – kategoriyalar  singari  axloqiy tamoyillar  ham
axloqiy   anglash   shakllaridan   hisoblanadi.   Ularda   axloqiy   talab   nisbatan   umumiy
tarzda   ko’zga   tashlanadi.   Ular   jamiyat   tomonidan   shaxsga   qo’yiladigan   talab
shaklida namoyon bo’lib, insonning axloqiy mohiyatini, uning hayoti mazmunini,
odamlar   bilan   o’zaro   aloqalaridagi   asosiy   jihatlarni   belgilab   beradi.   Natijada
tamoyillar,   inson   xatti–harakatining   umumiy   yo’nalishini   ko’rsatgan   holda,
ko’pgina axloqiy me’yorlar uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Insonparvarlik.   Axloqiy   tamoyillarning   eng   qadimiy   va   eng   muhimlaridan
biri   –   insonparvarlik.   U   –   insonning   yuksak   ijtimoiy   vazifasini   belgilaydigan   va
barqaror   etadigan   g’oyalar,   qarashlar   va   e’tiqodlar   majmui,   shaxs   erki,   qadr–
qimmati,   uning   baxtli   bo’lish   huquqini   talab   etish   imkonining   mavjudligiga yengilmas   ishonch.   Insonparvarlik   tamoyilini   dastlab   Ovro’pa   Uyg’onish
mutafakkirlari ilgari surganlar, degan fikr mavjud. Aslida, insonparvarlik dastavval
Sharqda   o’rtaga   tashlangan,   insoniylik,   insonparvarlik   degan   ma’noni   bildiruvchi
«namlulu»   so’zi   bundan   3–4   ming   yillar   avvalgi   Qadimgi   Somir   giltaxtalarida
uchraydi. 
Umumjahoniy   dinlarning   hammasida   ham   insonparvarlik   g’oyalari   ustuvor
hisoblanadi.   CHunonchi,   musulmon   manoqiblarida   turli   variantlarda   uchraydigan
mashhur   rivoyat   bor.   Rivoyat   qilinishicha,   Xudoga   yetishgan   odamning
xonadoniga   yemak   so’rab   bir   majusiy   kiradi.   Mezbon,   unga   musulmon   bo’lsang,
qorningni   to’ydiraman,   bo’lmasa   yo’q,   deydi.   Majusiy   ko’nmay   chiqib   ketadi.
Shunda   Xudodan,   nega   unga   taom   bermading,   degan   nido   keladi.   Mezbon,   u
kofirlikdan   kechmagani   uchun   shunday   qildim,   deb   javob   beradi.   Shunda   Tangri
mezbonga,   kofir   bo’lsa   ham,   axir   mening   bandam–ku,   inson–ku,   deb   tezda   uni
qaytarib kelib, qornini to’ydirishni buyuradi.
Demak,   insonparvarlikning   ibtidosi   Tangridan   va   har   bir   inson   boshqalarga
mehr–muhabbat, muruvvat bilan munosabat qilmog’i lozim. Zero, Hadisi sharifda
«Odamlarga rahmli bo’lmagan kishiga Allohning ham rahmi kelmaydi», deyiladi.
Ushbu hadis so’zlariga mos misolni nasroniylikda ham uchratish mumkin. Buyuk
rus   faylasuf   yozuvchisi   F.Dostoevskiyning   «Aka–uka   Karamazovlar»   romanida
«Bir   bosh   piyoz»   degan   bob   bor.   Unda   roman   qahramonlaridan   biri   Grushenka
tilidan Shunday rivoyat keltiriladi:
Qadimda   bir   johil   kampir   bo’lgan   ekan,   o’libdi–yu,   o’lganidan   so’ng   undan
biror–bir   yaxshilik   qolmabdi;   shaytonlar   uni   olovli   ko’lga   irg’itishibdi.   O’ng
farishta o’ylab qolibdi: qani endi kampirning biror–bir fazilatini topsa–yu, Xudoga
yetkazsa!   Shunda   kampirning   tomorqadan   bir   bosh   piyozni   yulib   olib,   gadoy
ayolga sadaqa qilganini eslabdi–da, uni Xudoga aytibdi. Xudo Shunda farishtaga:
bor, o’sha bir bosh ko’k piyozni olib, uzat, agar unga osilib ko’ldan chiqsa, kampir
jannatga kirsin, mayli, agar piyoz uzilib ketsa, o’sha yerda qoladi, debdi. Farishta
kampirga   piyozni   uzatibdi   va   kampir   osilib   chiqa   boshlabdi,   endi   qutulib   chiqay
deganda, qarasa, boshqa gunohkorlar ham uning ketidan chumoliday osilib ko’ldan chiqib   boryapti.   Badfe’l   kampir   ularni   tepib   pastga   tushirishga   urinib:   «Senlarni
emas, meni tortib chiqaryapti, piyoz senlarniki emas, meniki», debdi. Shu gaplarni
aytib bo’lar–bo’lmas piyoz uzilib ketibdi va kampir hozirgacha o’sha olovli ko’lda
azob chekar emish.
Misollardan   ko’rinadiki,   insonparvarlik   –   umuminsoniy   qadriyatlar   sirasiga
kiradi. Shu sababli uni sho’rolar davrida sinfiylik nuqtayi nazaridan soxtalashtirish
muvaffaqiyatsizlikka   uchradi,   proletar   diktaturasi   va   totalitar   sotsialistik   tuzum
hamda   ular   ijodkorlarining   insonparvarligi   haqidagi   afsonalar   juda   qisqa   umr
ko’rdi.   Sotsializm   mafkurachilarining   bu   boradagi   sa’y–harakatlari   o’sha
davrlardayoq   noilmiyligi,   yolg’onga   sug’orilganligi   bilan   kishilarning   g’ashini
keltirgan edi. Bunday insonparvarlikni xalq qabul qilmaydi. CHunki u aynan o’ta
mavhum   «xalq»   tushunchasiga   qaratilgan,   vaholanki,   insonparvarlik   markazida
muayyan   shaxs   turmog’i   lozim.   Har   bir   shaxs   insoniy   huquqlarini   ta’minlash
uchun   kurashish   –   mana,   insonparvarlikning   asosiy   vazifasi.   Bu   borada
umumbashariy ma’naviy qadriyatlarni ustuvor deb bilgan bizning davlatimiz ham
mamlakat   ichkarisida,   ham   dunyo   miqyosida   ko’zga   ko’rinarli   ishlar   qilmoqda.
Zero, biz qurayotgan erkin fuqarolik jamiyati nafaqat  insonga mehr–muhabbat va
izzat–hurmat   ko’rsatishni   asosiy   tamoyil   qilib   olgan,   balki   shaxsning   har
tomonlama   kamol   topishi   uchun   zarur   bo’lgan   haqiqiy   insoniy   shart–sharoitlarni
yaratishni ham o’z oldiga oliy maqsad qilib qo’ygan.
Erkparvarlik.   Agar   insonparvarlik   tamoyili   shaxsning   barcha   insoniy   haq–
huquqlari himoyasida tursa, ya’ni ancha keng qamrovli va umumiy intilish bo’lsa,
erkparvarlik   tamoyili   uning   ma’lum   ma’noda   muayyanlashgan   bir   qismi
hisoblanadi.   Erkparvarlik   insonning   eng   oliy   huquqi   –   erkin,   ozod   yashash
huquqini himoya qilishi  bilan muhimdir. Zero, erksiz inson – asir, erksiz millat –
qul,   erksiz   mamlakat   –   mustamlaka.   Erkparvarlik,   avvalo,   o’z   millati,   o’z   Vatani
erki uchun, qolaversa, boshqa millatlar va vatanlar erki uchun kurashni hayotining
maqsadi qilib qo’ygan insonlar tamoyilidir.
Erkparvar   inson   qullikning,   mutelikning   har   qanday   ko’rinishini   inkor   etishi
barobarida   inson   huquqlarining   tom   ma’nodagi   jangchisiga   ham   aylanadi.   Bu jangchi   bir   tomondan,   har   bir   shaxsning   so’z   erkinligi,   o’z   fikrini   erkin   bayon
qilishi,   saylash   huquqi,   vijdon   erkinligi   uchun   kurashadi,   ikkinchi   tomondan,
butun–butun millatlar erki masalasini o’rtaga tashlar ekan, ma’lum ma’noda milliy
ozodlik harakatlari uchun ham turtki beradi.
Odatda,   erkparvar   shaxslar   muayyan   davrning   qahramonlariga   aylanadilar.
Zero,   ular   o’zgalar   erki   uchun   o’z   erkini,   o’z   hayotini   qurbon   qilishdan   ham
cho’chimaydilar.   Buning   yorqin   misoli   buyuk   ingliz   mumtoz   shoiri   Jorj   Bayron
siymosidir.   U   ingliz   bo’laturib,   o’z   vatani   Angliyada   Irlandiya   ozodligi,   irlandlar
erki   uchun   kurashdi:   hayrat   va   nafratga   uchradi,   Vatanni   tark   etishga   majbur
bo’ldi.   O’z   yurtida   erk   uchun   kurashish   baxtidan   mahrum   bo’lgan   shoir   o’zga
vatanlar erki uchun kurashga otlandi va Italiyani Avstriya istibdodidan ozod qilish
harakatining rahbarlaridan biriga aylandi. Bu haqda u Shunday deb yozgan edi:
Erk uchun Vatanda qilolmasang jang,
Sen qo’shni vatanlar erki deb kurash;
Tut Yunon, Rumoning tu g’ ini tarang,
Boshingni tika bil erk uchun sarkash!
Ezgulik yo’lida bo’lsang qa h ramon,
Sen inson erki deb kurashsang azot,
Bir kuni, sirtmoqdan gar qolsang omon,
Jo’mard deb alqagay seni odamzo d !
Italiyadagi   ozodlik   harakati   mag’lubiyatga   uchragach,   Bayron   Qadim
Yunonistonni   Turkiya   zulmidan   ozod   qilish   uchun   kurashdi.   U   Yunonistonda,
botqoqlik  yonidagi   Missolungi   shahrida  og’ir  bezgakdan   vafot   etdi.  Uning  o’limi
ham   istibdodga   qarshi   shiorga   aylandi .   Benazir   shoir,   Yunonistonning   ozod
qilingan qismi general–gubernatori, erksevar qo’mondon va ulug’ inson xotirasiga
yunon xalqi yigirma bir kun qora kiyib, motam tutdi. Hamma cherkovlarda Bayron
haqqiga ibodat qilindi.Darhaqiqat, erkparvarlik tamoyilini hayotining ma’nosi deb
bilgan insonlarning ma’naviy umri boqiy, ular kelajak avlodlar uchun ideal bo’lib
qoladilar.  Ayni   paytda,   bu   tamoyil   keng   ijtimoiy–siyosiy   ma’noda   ham   qo’llaniladi.
Buni   erkparvar   davlatlar   faoliyatida   ko’rish   mumkin.   Shuni   ham   aytish   kerakki,
erkparvarlik   tamoyilidan   bir   oz   bo’lsa – da,   o’z   manfaatlari   yo’lida   foydalanishga,
Shu   orqali   siyosiy   obro’   olishga   intilish   hollari,   afsuski,   uchrab   turadi.   Ba’zi
davlatlar   tomonidan   o’zga   mamlakatlar   ichki   ishlariga   aralashish   uchun
erkparvarlikni  niqob qilib ish  ko’rishga  urinishlar  ham  yo’q emas.  Biroq ,   bunday
siyosiy   qallobliklar   jahon   jamoatchiligi   tomonidan   darhol   ilg’ab   olinadi   va   fosh
etiladi.   Zero,   erkparvarlik   eng   avvalo   shaffoflik   darajasidagi   poklikni,   halollikni
talab qiladi, ozginagina dog’ni ham ko’tara olmaydi.
Vatanparvarlik.   Eng   ma’lum   va   mashhur   tamoyil,   bu   –   vatanparvarlik.   U
insonning   o’z   Vataniga   muhabbatini,   uni   asrab–avaylashga   bo’lgan   ishtiyoqini
anglatuvchi   axloqiy   tushuncha.   Uni   ko’pincha   Vatan   dushmanlariga   qarshi
ma’naviy–mafkuraviy qurol sifatidagina talqin etadilar. Aslida esa bu tamoyilning
qamrovi   ancha   keng   –   u   insonparvarlikning   nisbatan   muayyanlashgan   shakli.   U,
eng avvalo, o’z vatandoshlari erkini asrash uchun kurash, inson ozodligi yo’lidagi
xatti–harakatlardir.   Vatan   himoyasi,   bu   –   inson   himoyasi,   millat   himoyasi.   Lekin
bu   himoya,   yuqorida   aytganimizdek,   faqat   jang   maydonida   emas,   balki   barcha
sohalarda   ham   namoyon   bo’lishi   mumkin.   Har   jabhada   Vatan   erishgan
muvaffaqiyatlardan   quvonch,   muvaffaqiyatsizliklardan   qayg’u   hissini   tuyush,
Vatan bilan g’ururlanish, uning har bir qarich yeriga, binosining har bir g’ishtiga,
qadimiy   obidalariga,   ilm–fan   va   san’atdagi   yutuqlariga   mehr   bilan   qarash,   ularni
ko’z qorachig’idek asrab–avaylash bular hammasi vatanparvarlikdir.
Vatanparvarlik   tamoyili   Vatan   tushunchasini   fidoyilarcha   idrok   etish,
muayyan   hudud   va   xalqqa   muhabbat   hissi   singari   omillar   bilan   bog’liq.   Zotan,
ma’lum   bir   mamlakat   fuqarosi   o’sha   mamlakatdagi   asosiy   etnik   guruh   vakili
bo’lmasligi   ham   mumkin.   Turli   shart–sharoit   taqozosi   bilan   boshqa   bir   hududga,
mamlakatga kelib ,   qolib ketgan fuqarolar, o’z tarixiy vatanidan olisda tug’ilganlar
kam   emas.   Ularning   ko’pchiligida   «tarixiy   Vatan»   tushunchasi   xayoliy   bir
qo’msash,   shirin   g’ussa,   o’tkinchi   intilish   tarzida   ifoda   topadi.   Aslida   esa   bu   –
mazkur   Vatanga   muhabbat   emas,   balki   o’z   ajdodlariga,   olis   xotiraga   hurmatdan, ekzotik   hissiyotlardan   kelib   chiqadi;   haqiqiy   muhabbat   esa,   sharoit   har   ikki
Vatandan   birini   tanlashni   taqozo   etganda,   hozir   yashab   turgan   Vatani   va
vatandoshlariga nisbatangina mavjud ekani aniq–ravshan ayon bo’ladi.
Mazkur holatni ajoyib gurji yozuvchisi Nodar Dumbadze o’zining «Hellados»
hikoyasida   g’oyatda   jonli   tasvirlab   bergan:   Suxumining   Venetsian   ko’chasida
Yanguli   ismli   yunon   bola   otasi   bilan   birga   yashaydi.   Uning   chap   ko’ksida
«Hellados» (Ellada) degan sanchma yozuv bor, u bu bilan faxrlanib yuradi. Lekin,
vaqt   kelib,   yunonlarga   tarixiy   vatanlariga   qaytishga   ruxsat   berilganida,   Yanguli
ketishni istamaydi. Otasi qattiq kaltaklab, majbur qiladi. Do’sti Jamol undan nega
otang   bilan   birga   ketmoqchimassan,   deb   so’raganida   Yanguli   Shunday   javob
beradi: 
  «Qandoq   tuShuntirsamikin...   –   deya   gap   boshladi   u   ni h oyat.   –   Onam   yo’q,
h atto   eslolmayman   h am.   Otam   uzzukun   tomorqada   yoki   tirikchilik   tashvishida...
Men   ko’chada,   Venetsian   ko’chasida   katta   bo’ldim...   Mening   Vatanim,   mening
Elladam    bu – Suxumi, ko’cha, CHalbash...
–   Bu   nima   bo’lmasa?   –   Men   Yangulining   ko’kragini   ochib   baland   ovozda
o’qidim: Hellados.
– Bu – naqsh, Jamol. Vatan – ichkariroqda, naqd yurakning o’zida! – Yanguli
qo’lini ko’ksiga qo’ydi. 
O’pkam to’lib, tomo g’ imga achchiq bir narsa qadaldi, unga yana bir nimalar
demoqchi   edim–u,   ammo   Yanguli   eshagini   no’xtasidan   yetaklab,   h ovlidan   chiqib
ketdi». 
Otasi   zo’rlab,   kaltaklab   kemada   olib   ketishiga   qaramay,   Yanguli   o’z   asl
Vatanidan   ketishni   istamaydi,   o’zini   dengizga   tashlab,   Vatani   bag’rida   halok
bo’ladi. Buni yozuvchi Shunday tasvirlaydi:
«Oradan bir kun o’tib, Kelasuri daryosining quyilish joyida dengiz to’lqinlari
bir   bolaning   jasadini   so h ilga   chiqarib   tashlabdi.   To’ g’ riro g’ i,   uni   keksa
baliqchilar   suvdan   tortib   olib,   qumga   yotqizishibdi.   So’ng   murdaning   kimligini
aniqlash  uchun Shu  atrofda  o’ynab  yurgan  bolalarni   chaqirishibdi.  Mar h umning
basharasi  Shu qadar  dabdala bo’lib ketgan ekanki,  uni   h ech kim tanimabdi. Uni men   tanidim.   CHap   to’shining   ustidagi   «Hellados»   degan   se h rli   yozuvni
ko’rgandan   keyin   tanidim.   Nafasimni   ichimga   yutgancha   so h ildan,   so’ng   temir
yo’l   bo’ylab,   keyin   Venetsian   ko’chasidan   to’xtovsiz   yugurib,   telbalarcha   uyga
otilib kirdim.
–  H a, nima bo’ldi?!! – Xolamning kapalagi uchib ketdi. 
– Nina xola... Yanguli qaytib keldi...
So’ng   xolamning   oldida   cho’kkalab,   oyoqlarini   quchoqlab   yi g’ lab
yubordim...».
Demak,   vatanparvarlik   tamoyili   xayoliy   tuyg’uga   emas,   balki   muayyan
zamonga, muayyan vatandosh–insonlarga bo’lgan muhabbatga asoslangan axloqiy
xatti–harakatlar   jamuljamidir.   Shu   jihatdan   qaraganda,   mamlakatimizdagi   barcha
millatlar   tengligini   e’tirof   etuvchi,   millatidan   qat’i   nazar,   hammamiz   bir   Vatan
farzandlari ekanimizni ta’kidlovchi Konstitutsiyamizning ana Shunday demokratik
tamoyillarga   asoslanishi,   yuksak   axloqiy   zaminga   egaligi   e’tibor   va   e’zozga
loyiqdir.
Hozirgi   paytda   yoshlarimizda   vatanparvarlik   tuyg’usini   tarbiyalash,   ularni
Vatan ma’nosini  teran anglab yetishga o’rgatish, vatanparvarlik – yuksak axloqiy
tamoyil ekanini tuShuntirish axloqShunoslikning dolzarb vazifasi hisoblanadi.
Millatparvarlik.   Yana   bir   muhim   axloqiy   tamoyil,   bu   –millatparvarlik.   U,
ma’lum   ma’noda,   vatanparvarlik   tamoyilining   yanada   muayyanlashgan   shakli.
Zero,   millatni   sevish   keng   ma’noda   Vatanni   sevish   degani.   Vatansiz   millatning
bo’lishi   yoki   rasmana   erkin   va   baxtli   yashashi   mumkin   emas.Shu   o’rinda
millatparvarlikni   millatchilik   bilan   qorishtirib   yubormaslik   to’g’risida   qisqacha
to’xtalib   o’tmoq   lozim.   Millatchilik   o’z   millatini   ajratib   olib,   unga   buyuklik
maqomini berishga intilish bo’lsa, millatparvarlik, boshqalarni kamsitmagan holda,
o’z millati ravnaqi uchun kurashish, bu yo’lda, lozim bo’lsa, o’z hayotini ham fido
qilish   demakdir.   U   insonparvarlik   bilan   ham   chambarchas   bog’liq.   CHunki   o’z
millatini   chin   dildan   sevmagan   odam   hech   qachon   boshqa   millatlarni   seva
olmaydi. Asl   millatparvar   –   milliy   o’zligini   anglab   yetgan   inson.   U   o’z   millati   bilan
faxrlanadi,   o’z   millati   bilan   butun   jahonning   faxrlanishini   istaydi.   CHunonchi,
Navoiy do’ppi bilan to’n kiygan o’zbekni har qanday shoh jamolidan afzal ko’radi:
Sho h u toju xil’atekim, men tomosho qil g’ ali
O’zbakim boshida qalpoq, egnida shirdo g’ i bas.
Lekin  Navoiy  Shu  faxrlanishi,  g’ururlanishi   barobarida  o’zgalarga  kibr  bilan
qaragan emas,   aksincha,  o’zga til   vakili  bo’lmish  Jomiyga  bag’oyat   hurmat–izzat
ko’rsatib, unga, pirim, deb qo’l bergan.
Millatparvarlik   tamoyili   asosida   milliy   g’oya   yotadi,   u   millatni   sevish
amaliyotining – millatparvarlikning ilmiy–nazariy asosi sifatida maydonga chiqadi.
Milliy   g’oyaning   zamonaviy,   biz   tanlagan   ko’rinishini,   uning   mafkuraviy
jihatlarini   Islom   Karimov   Shunday   ta’riflaydi:   «Milliy   mafkuramiz   har   qanday
millatchilik   va   Shunga   o’xshash   unsurlardan,   boshqa   elat   va   xalqlarni
mensimaslik,   ularni   kamsitish   kayfiyati   va   qarashlaridan   mutlaqo   xoli   bo’lib,
qo’shni   davlat   va   xalqlar,   umuman,   jahon   hamjamiyatida,   xalqaro   maydonda
o’zimizga   munosib   hurmat   va   izzat   qozonishda   poydevor   va   rahnamo   bo’lishi
darkor».
Uning   ikkinchi   jihati   esa   mana   bunday   talqin   etiladi:   «Milliy   g’oya   birinchi
navbatda   yosh   avlodimizni   vatanparvarlik,   el–yurtga   sadoqat   yo’lida   tarbiyalash,
ularning   qalbiga   insonparvarlik   va   odamiylik   fazilatlarini   payvand   qilishdek
olijanob ishlarimizda madadkor bo’lishi zarur». 
Asl   millatparvar   ana   Shunday   bo’lishi   kerak.   Asl   millatparvar   insonlarning
umri   millatning   umri   kabi   mangudir.   Millat   yo’lida   o’z   jonini   tikkan   Munavvar
qori,   Behbudiy,   Fitrat,   Abdulla   Qodiriy,   CHo’lpon   singari   minglab   fidoyilarni
xalqimiz hech qachon unutmaydi.  
Fidoyilik.   Ma’lumki,   inson   muayyan   mamlakat   va   jamiyatdagi   qoidalarni,
huquqiy   me’yorlarni   buzmay   yashashi   mumkin.   Rasmiy–huquqiy   idoralar   va
tuzilmalar tomonidan bunday odam rosmana, jamiyat uchun xavf tug’dirmaydigan
shaxs hisoblanadi. Lekin bunday odam axloqsiz bo’lishi, huquq bilan hisoblashgan
holda   axloqni   tan   olmasligi   mumkin.   Boshqacha   qilib   aytganda,   u   o’z mamlakatidagi   jinoyat   kodeksini   e’tirof   etishi   barobarida,   qalbidagi   vijdon
qonunlari   bilan   hisoblashmaydi,   jinoiy   jazodan   qo’rqadi–yu,   vijdon   azobini
bilmaydi.
Shu fikrlarni endi misolda ko’raylik. Deylik, kuz kunlaridan birida O’rdadagi
Anhor   bo’ylab   shoshib   ketayotgan   odam   suvga   cho’kayotgan,   yordamga   muhtoj
kishini ko’rdi. Lekin darhol o’zini suvga otib, uni qutqarmadi. CHunki birinchidan,
cho’kayotgan   u   emas,   ikkinchidan,   egnidagi   kostyum–shim   suvga   tushsa   rasvo
bo’ladi,   uchinchidan,   uning   vaqti   yo’q,   foydali   bir   ish   yuzasidan   uchraShuvga
ketyapti, to’rtinchidan, suv sovuq, shamollab qolishi  mumkin, beshinchidan, axir,
bu   odamning   cho’kishiga   u   sababchi   emas–ku!   Shunday   qilib,   bir   odam   cho’kib
ketdi, ikkinchi bir odam, buni ko’ra–bila turib, o’z yo’lida davom etaverdi. Buning
uchun   uni   qamamaydilar   ham,   jarimaga   tutmaydilar   ham,   u   haqda   faqat,   qanday
beshafqat, vijdonsiz odam ekan, deb fikr bildiriladi, xolos.
Endi   boshqa   bir   o’tkinchini   tasavvur   qiling:   u   Shu   zahoti   o’zini   suvga   otib,
cho’kayotgan   odamni   qutqardi,   dastlabki   yordamni   ko’rsatdi   va   taksiga   xarajat
qilib, uyiga qaytdi: kiyim–bosh shalabbo, kattagina foydadan qoldi, besh–olti kun
shamollab,   dori–darmonga   ham   mablag’   sarfladi.   Lekin   u   bunga   achinmaydi.
Voqeani   eslaganida   afsuslanmaydi,   balki   o’z   xatti–harakatidan   qoniqish   tuyib,
jilmayib qo’yadi, hatto bu xotirlash unga ruh beradi. 
Bu   hodisada   biz   ikki   xil   tamoyil   bilan   harakat   qilgan   ikki   kishini   ko’rib
turibmiz:  birinchisi  – xudbin, ikkinchisi  – fidoyi inson. Garchand, qonun birinchi
kishini xudbinligi uchun jazolamagani barobarida ikkinchi kishiga fidoyiligi uchun
alohida   imtiyoz   bermasa–da,   jamiyat,   mahalla–ko’y,   odamlar   ularga   ikki   xil
munosabatda   bo’ladilar:   xudbinlikdan   ijirg’anib,   nafratlanadilar,   fidoyilikdan
hayratlanib, minnatdorchilik bildiradilar.
Ziyolilik.   Ziyolilik   tamoyili   hozir   biz   anglaydigan   tushuncha   ma’nosida
nisbatan   uzoq   tarixga   ega   emas.   U   jadidchilik   harakati   bilan   birga   yuzaga   keldi
desak, xato qilmagan bo’lamiz. Lekin bu tamoyilning inson faoliyatidagi dastlabki
unsurlari   O’rta   asrlar   va   undan   keyingi   davrlardagi   ma’rifatparvarlar   hayotida
shakllanganini   e’tirof   etmoq   lozim.   Ya’ni,   u   insoniyat   jamiyatidagi   madaniy   va intellektual – aqliy taraqqiyot bilan bog’liq. Shu bois uni inson paydo bo’lganidan
ancha   keyin   vujudga   kelgan   axloqiy   hodisa   deb   talqin   etish   maqsadga   muvofiq.
XX   asr   allomalaridan   biri,   buyuk   olmon   faylasufi,   «Frankfurt   maktabi»ning
namoyandasi   Teodor   Adorno   Ikkinchi   jahon   urushidagi   genotsiddan   so’ng,
ziyolilik – axloqiy kategoriya, degan fikrga kelganida mutlaqo haq edi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, ziyolilik axloqiy tushuncha – tamoyil sifatida
murakkab   va   ko’pyoqlamalik   tabiatiga   ega.   Ba’zilar   ziyolilik   deganda   oliy
ma’lumotli   kishiga   xos   bo’lgan   fazilatni   tuShunadilar.   Vaholanki,   ziyolilik
tamoyili tabaqa yoki guruhga mansublik ma’nolarini anglatmaydi. Oddiy fermer –
dehqon ham,  haydovchi   ham, farrosh  ham   ziyolilik tamoyili  bilan  ish  ko’rishi   va
atrofdagilar   tomonidan:   «Ha,   falonchimi,   juda   ajoyib,   ziyoli   odam–da»,   degan
yuksak   ijtimoiy   bahoga   loyiq   bo’lishlari   mumkin.   Bunda   u   odamning   kasbidan
qat’i   nazar,   ham   bilim,   ham   fahm–farosat,   ham   oliy   maqsadlar   egasi   ekani
tuShuniladi.   Shunday   qilib,   ziyolilik   asosida   insonning   ma’naviy–ma’rifiy
yuksakligi,   qalbidagi   ichki   nur,   atrofni   ham   nurlantira   oladigan   ziyosi   bilan
belgilanadigan xatti–harakatlar yotadi.
Ziyolilik   tamoyiliga   hukmron–ma’muriy   doiralar   va   xalq   tomonidan   o’ziga
xos   munosabatlar   mavjud.   CHunonchi,   birinchi   toifadagilar   ko’p   hollarda
ziyolilikka   umumiy   tarzda   ijobiy   munosabatda   bo’ladilar,   lekin   masala   muayyan
ziyoli   shaxslarga   borib   taqalganda,   manfaatlar   to’qnaShuvi   ro’y   beradi:   ziyolilar
hukmronlar   toifasini   ziyolilik   tamoyili   asosida   yashashi   va   ish   yuritishini   talab
qiladi,  bu  esa   ularga,  tabiiyki,  yoqmaydi,  buni  hokimiyat   ishlariga  aralashish  deb
ijirg’anadilar, turli bahonalar topib, zimdan ziyolilarga qarshi kurashadilar. Bunga
Lev   Tolstoydek   buyuk,   pokiza   insonning   cherkov   tomonidan   la’natlanishi   yoki
norasmiy   Turkiston   Ligasining   rahbari,   istiqlol   fidoyisi,   mard   sarkarda,   haqiqiy
ziyoli,   chor   armiyasi   general–mayori   Jo’rabek   Qalandarqori   o’g’liga   suiqasd
uyushtirilishi – Qorasuvdagi o’z yozgi bog’ida sirli ravishda o’ldirilishi hodisalari
yaqqol   misol   bo’la   oladi.   Mustamlakachilikka   va   totalitar   tuzumlarga   asoslangan
mamlakatlarda   ziyolilik   tamoyiliga   sodiq   kishilar   to’g’ridan–to’g’ri,   ochiq
qatag’on   qilinadilar.   Bunga   misol   qilib,   Fitrat,   Qodiriy,   CHo’lpon   kabi   jadidlarni va   Stalin–Hitler   konslagerlarida   halok   bo’lgan   minglab   ziyolilarni   keltirish
mumkin.
Me h natsevarlik.   Inson   barcha   mavjudotlar   ichida   xatti–harakatlarining,
faoliyatlarining ko’pligi va xilma–xilligi bilan ajralib turadi. Mehnat ana Shu xatti–
harakatlarning aniq maqsadga yo’naltirilgan qismidir. To’g’ri, mehnatga o’xshash
xatti–harakatlarni   qaldirg’ochning   in   qurishida   ham,   polaponiga   baliq   tutib
keltirayotgan   chorloqda   ham,   yer   kavlayotgan   yumronqoziqda   ham   ko’rishimiz
mumkin.   Lekin   bu   xatti–harakatlar   savqi’   tabiiy   –   tabiiyyatga   (instinktga)
asoslangan. Inson mehnati esa, aql vositasida amalga oshadi, u o’zi, yaqinlari, o’z
jamiyati   va   kelajak   avlodning   yaxshi   yashashi   uchun   mehnat   qiladi.   Shu   sababli
mehnatni   sevgan   odam   ijtimoiy–iqtisodiy   sharoit   risoladagidek   yo’lga   qo’yilgan
jamiyatda   o’z   ehtiyojlarini   qondirib,   farovon   yashashga   muyassar   bo’la   oladi,
ishyoqmas   odam   esa   aksincha,   har   qanday   sharoitda   ham   hech   qachon   biri   ikki
bo’lmaydi.   Bundan   tashqari,   mehnatsevar   inson   jamiyat   a’zolari   tomonidan
e’zozlangani barobarida, dangasa odam ijobiy shaxs sifatida qabul qilinmaydi. 
Mehnatsevarlik   tamoyili   mehnat   jarayonida   shaxsning   o’z–o’zini   namoyish
etishiga,  o’zligini   ro’yobga  chiqarishiga,  o’zgalar   bilan  munosabatlar   o’rnatishiga
imkon yaratuvchi  axloqiy fazilatdir. U insondan halollikni, intizomni, ishtiyoq va
intilishni   talab   etadi,   mehnatga   nisbatan   sub’ektiv   tarzdagi   ijobiy   munosabatni
taqozo qiladi.
Ma’lumki,   mehnatdan   maqsad   –   ehtiyojni   qondirish.   Lekin   bu   ehtiyojni
qondirishning   qay   tarzda,   qanday   ma’naviy–ruhiy   sharoitda   amalga   oShuvi
muhim.   Faqat   tor   manfaatparastlik   nuqtayi   nazaridan   mehnat   qilish,   tinimsiz
tirishib–tirmashish, mehnatga pul topish vositasi sifatidagina munosabatda bo’lish,
tabiiyki,   kishiga   ma’naviy   qoniqish,   huzur   baxsh   etmaydi:   bunday   «tinib–
tinchimas»   odamda   xushomadgo’ylik,   torlik,   asabiylik,   nolish   singari   holatlar
ko’zga   tashlanadi.   O’z   kasbini   yoki   mehnat   sohasini   sevib   mehnat   qilgan   odam
majburiylik emas, ixtiyoriylik asosida  ish ko’radi, mehnatining natijasigina emas,
balki   mehnat   jarayonining   o’zi   ham   unga   quvonch,   qoniqish   bag’ishlaydi.   Zero,
bunday   hollarda   mehnatsevarlik   zamirida   o’z   manfaati   bilan   birgalikda   Vatanga, xalqqa,   yaqinlariga   xizmat   qilishdek   olijanob   maqsadlar   yotadi;   ana   Shunday
maqsadlar insonni «chumolilik» doirasidan kenglikka va yuksaklikka olib chiqadi.
Tinchlikparvarlik.   Bu   axloqiy   tamoyil   ham   insoniyat   hayotida   muhim
ahamiyatga   ega.   CHunonchi,   tinchlikparvarlik   urushning,   qon   to’kishning   har
qanday   ko’rinishini   inkor   etadi,   oddiy   tinchliksevar   shaxsning   tinch–totuv
yashashga   bo’lgan   ijobiy   munosabati   bilangina   chegaralanib   qolmaydi,   balki
dushmanlik va tajovuzkorlikka qarshi kurashni, zarba berishni taqozo etadi. Unda
tinchlik haqida chiroyli gaplar aytish, yig’inlarda ma’ruzalar qilish emas, balki faol
xatti–harakat,   uyushtiruvchilik,   tashkilotchilik   birinchi   darajali   zaruriy   faoliyat
hisoblanadi. 
Tinchlikparvarlar   fidoyi   insonlardir.   Ularning   ana   Shu   fidoyilarcha   xatti–
harakatlari   pirovard   natijada   har   bir   inson   hayotiga   takrorlanmas   noyob   qadriyat
sifatida   qarashga,   har   bir   fuqaro   qadrini,   har   bir   davlat   suverenitetini,   har   bir
millatning   o’z   hayot   tarziga   monand   yashash   huquqini   muqaddas   deb   tan
olinishiga   olib   keladi,   mamlakatlararo   jamoat   tartibini   saqlashga,   avlodlar
ravnaqiga,   tarixiy–madaniy   hamkorlikka,   millatlar   va   turli   ijtimoiy   guruhlar
orasida o’zaro tushunishning qaror topishiga xizmat qiladi. 
Jo’mardlik.   Jo’mardlik   tamoyili   esa   Sharqda   qadimdan   mavjud.   Ovro’pada
uni   altruizm   nomi   bilan   Ogyust   Kont   ilmiy   muomalaga   kiritganini   aytib   o’tgan
edik.   U   –   kishidagi   o’z   qavmdoshiga   achinish   hissidan,   unga   baxt   va   farovonlik
tilash   tuyg’usidan   kelib   chiqadi,   mohiyatan   beminnat   xayriyaga   asoslanadi.   O’z
manfaatidan o’zga manfaatini ustun qo’yib, «o’z og’zidagini o’zga og’ziga tutib»
yashash jo’mard insonning hayot tarziga aylanadi. Bu – oddiy xayriya emas, balki
muhtojlikning   har   qanday   ko’rinishiga   qarshi   o’ziga   xos   kurashdir.   Ammo   bu
kurash   insonparvarlik,   vatanparvarlikdagi   singari   qat’iy   jamiyat   yoki   jamoaning
axloqiy–me’yoriy   talablaridan   kelib   chiqmaydi,   u   faqat   va   faqat   xususiylik
tabiatiga   ega,   har   bir   shaxsning   erkin   ixtiyori   bilan   bog’liq   axloqiy   tamoyil.
CHunonchi,   biror   kishi   tomonidan   insonparvarlik   yoki   vatanparvarlik   talablarini
bajarmaslik   boshqalarda   unga   nisbatan   nafrat   hissini   uyg’otadi,   jo’mardlik
ko’rsatmagan   odam   esa   bunday   ma’naviy   javobgarlikka   tortilmaydi.   Zero, jo’mardlik mohiyatan «oddiy odamlik qobig’idan chiqa bilish», ilohiylik sifatlariga
ega bo’lib borish demakdir, bu esa hammaga ham nasib etavermaydi. 
Bundan   tashqari,   bizning   milliy   axloqShunosligimizda   o’zbekchilik,
me h mondo’stlik   kabi   tamoyillar   mavjud.   Ular   millatimizning   eng   yaxshi
an’analariga   sadoqat   tuyg’usidan   kelib   chiqadi   va   o’zbek   kishisiga   xos   bag’ri
kenglik,   do’stga,   mehmonga   borini   bag’ishlashdek   xususiyatlarni   o’zida
mujassamlashtiradi. 
Axloqiy me’yorlar
Inson   hayotida   axloqiy   me’yorlar   ham   katta   ahamiyatga   ega.   Ular
tamoyillarga   nisbatan   ancha   sodda,   umumlashmagan,   tor   qamrovli.   Ularni
kundalik   hayotimizda   muayyan   axloqiy   fazilatlarni   aks   ettirgan   tushunchalar   va
tamoyillarning   amalga   oshish   murvatlari   ham   deyish   mumkin,   ular   axloqiy
talablarning   eng   oddiy,   lekin   keng   tarqalgan   shakli   sifatida   ro’yobga   chiqadi.
Halollik,   rostgo’ylik,   hayolilik,   insoflilik,   xushmuomalalik,   boodoblik,   kamtarlik
singari me’yorlar ayniqsa diqqatga sazovor.
H alollik.   Halollik   vijdon,   adolat   va   burch   kabi   axloqShunoslik   mezoniy
tushunchalari   bilan   bog’liq,   insoning   o’zgaga   munosabati   o’ziga   munosabatidek
sof,   pokiza   bo’lishini   talab   qilidigan   axloqiy   me’yordir.   Dastavval   u   diniy
tushuncha sifatida vujudga  kelib, har bir musulmonning yemak–ichmagi, jinsiy va
iqtisodiy   xatti–harakatlari   sifatini   belgilab   beruvchi   shar’iy   me’yor   bo’lib   amal
qilgan,   uning   ziddi   –   harom   diniy   nuqtayi   nazardan   salbiy   hisoblangan   xatti–
harakatlarga nisbatan qo’llanilgan. M., bismil qilingan hayvon yo parranda go’shti
–   halol,   o’laksa   go’shti   –   harom,   nikohdagi   jinsiy   aloqa   –   halol,   zino   –   harom,
mehnat haqi – halol, o’g’rilik bilan topilgan mol – harom v.h.
Ko’rib o’tganimizdek, har bir diniy e’tiqodning asosida axloqiylik yotadi va u
ko’p   hollarda   ibodatdan   baland   qo’yilgan:   solih   bandalar,   «Qur’on»da
aytilganidek, eng avvalo go’zal axloq egalaridir. Shu boisdan keyinchalik halollik
nisbatan   tor   shar’iy   qobiqdan   chiqib,   asta–sekinlik   bilan   shaxs   hayotidagi   eng
qamrovli axloqiy me’yorga aylandi, teran ma’naviylik kasb etgani holda, kundalik
hayotdagi insoniylikni belgilaydigan umuminsoniy fazilat bo’lib qoldi. M., hozirgi kunda   ixtisoslashgan   mehnat   taqsimotining   takomillaShuvi,   ilm–fan
taraqqiyotining   yuksalishi   natijasida   biz   kasbiy   halollik,   ilmiy   halollik,   iqtisodiy
halollik v.b. haqida gapirishimiz mumkin.
Insoniyat   jamiyatida   haromlik   yoxud   nopoklikning   halollikka   nisbatan   kam
uchramasligi  doimo axloqShunoslarni tashvishga  solib kelgan. CHunonchi, imom
G’azzoliyning harom yeyish haqida to’xtalib, mana bunday deyishi bejiz emas:
«…Xohi   zulm   bilan   olingan   bo’lsin   (kuch   ishlatib,   xoinona   undirish   va
bosqinchilik–o’g’rilik   yo’llari   bilan   olish);   xoh   zavq   va   o’yin   yo’li   bilan   olinsin
(qimor   va   Shunga   o’xshash   narsalar   bilan   bo’lganiday);   xoh   hiyla   va   nayrang
yo’llari bilan olinsin (tovlamachilik va aldamchilik, tarozidan urish kabi); o’z moli
va   boyligini   harom   ishlarga   (ichkilikbozlik,   qimor,   fohishabozlik)   xarjlashi   –
hammasi harom yeyishga kiradi».
  Afsuski,   G’azzoliy   sanab   o’tgan   holatlarni   atrofimizda   ko’p   ko’ramiz.
CHunki   nopok   yo’l   tutish   oson,   lekin   halollikka   erishish   qiyin.   Buning   sababi
Shundaki. halollikning mavjudligi fidoyilik axloqiy tamoyili va rostgo’ylik axloqiy
me’yori   bilan   shartlanadi;   doimo   halollik   qilish   yoki   halol   yashashi   uchun   kishi
albatta nimalardandir kechishi, kimlargadir qarshi borishi, faqat rost gapirishi, so’z
bilan   ish   birligiga   erishishi   kerak.   Shu   bois   halol   inson   jamoatchilik   o’rtasida
obro’ga ega, hurmatga sazovor bo’ladi. Qaysi jamiyatda halol fuqarolar ko’paysa,
o’sha yerda baxt va farovonlik hukm suradi. 
Halollika   birinchi   bo’lib   to’xtalishimizning   sababi   Shundaki,
mustamlakachilik davrida, ayniqsa, sho’rolar  hukmronlik qilgan chorakam  bir  asr
vaqt mobaynida yolg’on, aldov, nopoklik, haromxo’rlik, munofiqlik singari illatlar
xalqimizga Shu qadar ustalik bilan singdirildiki, hozirgi paytda ko’pchilik odamlar
halollik, rostgo’ylik ustidan hatto kuladigan bo’lib qolganlar. So’z bilan ish birligi
yo’qolgan,   qog’ozdagi   chiroyli   gaplar   hayotga   to’g’ri   kelmaydi.   Lekin   bularning
hammasi,   afsuski,   odatiy   holdek   qabul   qilinadi.   Shu   bois   mustaqilligimizning
dastlabki   kunlaridanoq   bu   illatlarga   qarshi   kurash   boshlandi.   Hozirgi   kunda
davlatimiz   milliy–ma’naviy   qadriyatlarni   tiklashni,   odamlarni   halol,   insofli,
adolatli bo’lishga chaqirishni o’z ichki siyosatining muhim qismi deb bilgan holda ish   tutmoqda.   Zero,   ko’z   o’ngimizda   nopoklik   yolg’on,   aldov,   ikkiyuzlamachilik
nimaligini   deyarli   bilmaydigan   jamiyatlar,   millatlar   gullab–yashnamoqda.
Yaponiya,   Olmoniya,   Frantsiya,   AQSH,   Buyuk   Britaniya   singari   mamlakatlar
Shular jumlasidan. Shu o’rinda quyidagi misolni keltirib o’tish maqsadga muvofiq.
Rostgo’ylik.   Rostgo’ylik   yoki   to’g’ri   so’zlilik   insonning   haqiqatga   intilishi
bilan   bog’liq,   haqiqat   esa   doimo   sinfiylik–tabaqaviylik,   partiyaviylik–
mafkuraviylik   va   tarixiylik–davriylikdan   yuqori   turadi.   Haqiqatning   ifodaviy
shakllaridan   biri   rostgo’ylikdir.   Demak,   rostgo’ylik   –   insonning   keyinchalik   kasb
etgan     –   o’z   ongiga,   ruhiga   singdirgan,   ijtimoiy–hayotiy,   davriy–tajribaviy
xususiyat   emas,   balki   uning   mohiyatida   berilgan   fazilat.   M.,   yaqinda   tili   chiqqan
yosh go’dakni olaylik. U nima desangiz ishonadi, o’zi nimaiki desa – rost gapiradi
(«Aldagani   bola   yaxshi»   degan   maqolni   eslang).   Go’dakning   soddaligidan,
ishonuvchanligidan,   to’g’risini   aytishidan   biz   –   kattalar   kulamiz;   lekin   haqiqat
ustidan,   rostgo’ylik   ustidan   kulayotganimizni   o’ylab   ham   ko’rmaymiz.   Go’dak
kattarib,   «aqli   kirib»   borgani   sari   atrof–muhitda   yolg’on   mavjud   ekanligini,   rost
gapirsa yo kulgi bo’lishi, yo jazo olishi mumkinligini anglab yetadi va asta–sekin
yolg’onga   o’rgana   boshlaydi,   dastlabki   maishiy   yolg’on   ijtimoiy   bosqichga
ko’tariladi.   Endi   xususiy   yoki   guruhiy   manfaatdorlikni   ta’minlovchi   yolg’on
atrofdagi   voqelikning   hamrohiga   aylanadi.   Insonni   bu   yo’ldan   faqat   yuksak
ma’naviylik,   birinchi   galda   axloqiy   tarbiya   qutqaradi.   Ezgulik,   nomus,   or,   qadr–
qimmat,   insonparvarlik,   halollik,   insof   nima   ekanini   tuShunib   yetgan   kishigina
rostgo’y bo’la oladi.
Rostgo’ylik   oson   emas.   U   insondan   sabr–toqat,   matonat   va   jasoratni   talab
qiladi, rostgo’y inson qo’rquvdan forig’ bo’ladi, har qanday holatda ham vijdoniga
qarshi   bormaydi:   kimlarningdir   ko’ziga   qarab,   yaqinlarini   yoki   hamkasabalarini
xafa   qilishdan,   o’z   moddiy   manfaatdorligiga   zarar   yetkazishdan   cho’chmaydi.
To’g’ri,   bunday   munosabat   tufayli   rostgo’y   inson     aziyat   chekishi,   ta’na–
dashnomlarga   qolishi   mumkin.   Lekin   bularning   hammasi   bir   odamga   yoki
muayyan   guruhga   voqelikni   asl   holida   yetgazganligidan,   ularni   noto’g’ri   yo’lga solib yubormaganligidan qalbda paydo bo’lgan qoniqish hissi, xotirjamlik va orom
tufayli yuvilib ketadi, ichki bir quvonch unga baland ruh bag’ishlaydi.
Hayolilik.  Bu   me’yor xulqiy go’zallikning asosiy belgilaridan hisoblanadi. U,
garchand, bir  qarashda,  uyat  hissi  bilan o’xshash  bo’lsa–da,  aslida  o’zini  ko’proq
andisha   va   iboga   yaqin   fazilat   tarzida   namoyon   qiladi,   unda   axloqiy   mohiyat
estetik   xususiyat   –   nafosat   bilan   uyg’unlashib   ketadi.   Hayodan   odatda,   inson
qizaradi,   bu   qizarish,   ayniqsa   xotin–qizlarda   ichki   go’zallikning   yuzga   tepchib
chiqishiga   sabab   bo’ladi   va   alohida   bir   nafislikni,   mayinlikni   vujudga   keltiradi.
Insonning   o’zi   sodir   etgan   yoki   boshqalar   vositasida   amalga   oshirilgan
axloqiylikka zid xatti–harakatlardan noqulay vaziyatga tushishi, o’ng’aysizlanishi,
mulzam   bo’lishi   uyat   hissida   ham   mavjud.   Lekin   bu   holatlar   uyatda   ijtimoiylik
kasb   etgan   bo’ladi,   Shu   sababli   ular   xatti–harakat   sodir   qilingandan   so’ng   ham
davom   etadi   va   ko’p   hollarda   vijdon   azobiga   aylanadi.   Hayotda   esa   mazkur
holatlar sof ma’naviy tabiatga ega va vaqt doirasida cheklangan bo’lib, ular xatti–
harakat sodir etilayotgan paytdagina yuzaga chiqadi.
Sharq   donishmandlari,   xususan,   Abu   Lays   as–Samarqandiy,   G’azzoliy,
Navoiy   kabi   allomalar,   keyinroq   esa   Avloniy,   Fitrat   singari   jadid   mutafakkirlari,
hayoni   yuksak   axloqiy   qadriyat   sifatida   olib   qaraganlar,   uni   ikkiga   –   odamlar
oldidagi   hayoga   va   Alloh   oldidagi   hayoga   ajratganlar   hamda   nomusning   bir
ko’rinishi   deb   ta’riflaganlar.   CHunonchi,   «Hayo,   –   deb   yozadi   Abdulla   Avloniy
«Turkiy   guliston   yohud   axloq»   asarida,   –   dilni   ravshan   qiladurgan   bir   nurdirki,
inson   har   vaqt   Shul   ma’naviy   nurning   ziyosiga   muhtojdir…   Iffatning   pardasi,
vijdonning niqobi hayodir» 5
. 
Darhaqiqat,   hayolilik   kishining   ma’naviyatli,   ma’rifatli,   nomusli,   ochiq
ko’ngilli ekanini anglatadi, uning ziddi behayolik esa, aksincha, ma’naviyatsizlik,
nopoklikka moyillik, qalban qattiqlik kabi illatlar bilan xarakterlanadi.
Bugungi   kunda   hayolilik   alohida   ahamiyatga   ega.   Turli   tsivilizatsiyalarning
o’zaro   aloqalari,   ba’zan   esa   omuxtalaShuvi,   urbanizatsiya,   modaparastlik   singari
zamonaviy   hodisalar   o’zbek   oilasidagi   an’anaviy   hayolilikka   ma’lum   ma’noda
5
  Авлоний А.  Ўсон миллат. Т., «Шарқ», 1993, 98-б. salbiy   ta’sir   ko’rsatayotir,   ayniqsa   xotin–qizlar   va   yoshlarning   o’zini   tutishida,
muomalasida,  kiyinishida  bu ta’sirni  yaqqol   sezish   mumkin.  Shu sababli  oiladagi
va maktabdagi tarbiyada hayolilik xulqiy go’zallik,  nazokat; behayolik esa xulqiy
xunuklik va   qo’pollik ekanini uqdirish shaxs erkinligining doimo o’zgalar oldida
mas’uliyat   bilan   bog’liqligini   izchil   ravishda   tuShuntirib   borish   muhim
vazifalardan biri. 
Insoflilik.   Aflotun haqida gap borganida, uning adolatni davlatga xos fazilat,
degan   fikrini   keltirib   o’tgan   edik.   Darhaqiqat,   adolat   mohiyatan   davlatning
fuqaroga,   jamiyatning   shaxsga   nisbatan   munosabati   tarzida   namoyon   bo’ladi.
Bordi–yu,   o’zaro   adolatli   munosabatlar   haqida   gap   ketsa,   unda   odatda   yuksak
martabadagi   tarixiy   shaxsning   quyi   martabadagi   shaxsga   munosabati   nazarda
tutiladi.   Insof   esa   ana   Shu   adolatning   tor   qamrovli   xususiy   ko’rinishi   sifatida
namoyon   bo’ladi.   U   fuqarolar,   jamiyat   a’zolari   orasidagi   o’zaro   munosabatlar
me’yoridir.
Insoflilik ham halollik kabi vijdon tushunchasi bilan bog’liq, ma’lum ma’noda
halollikka o’xshab ketadi. Lekin bu yuzaki taassurot. CHunki halollik o’z haqi va
haqqini, ya’ni moddiy va ma’naviy huquqini o’zgalarning haqi va haqqiga xiyonat
qilmagan   holda   ajratib   yashashni   anglatadi.   Insoflilik   esa   ijobiylikda   halollikdan
ham   bir   qadam   olg’a   tashlangan   holatdir:   unda   kishi   o’z   halol   haqi   va   haqqidan
o’zganing   hisobiga   kechadi;   «o’zga»ning   sharoiti   o’zinikidan   nihoyatda   og’ir   va
yomon ekanini hisobga olib, o’z qonuniy haqi va haqqini yoki ularning bir qismini
ixtiyoriy ravishda o’zgaga beradi, muruvvat ko’rsatadi.
Misol tariqasida O’zbekiston Respublikasi  Prezidentining bir xatti–harakatini
olib ko’raylik: u xorijda nashr etilgan kitoblaridan biri uchun 30.000 AQSH dollari
miqdorida   berilgan   qalam   haqini   to’laligicha   mehribonlik   uyiga   o’tkazdi.
Vaholanki,   mazkur   qalam   haqi   uning   halol   aqliy   mehnati   tufayli   ishlab   topilgan
mablag’, unga hech kimning da’vo qilishga haqqi yo’q. Lekin u, o’zi va oilasining
ijtimoiy–iqtisodiy   ahvoli   Shu   30.000   dollarsiz   ham   risoladagidek   bo’lishi
mumkinligini,   mehribonlik   uyi   tarbiyalanuvchilari   va   tarbiyachilarining   sharoiti
esa   bu   darajada   emasligini   hisobga   olib,   muruvvat   ko’rsatdi:   o’zi   yoki   avlodi uchun   halol   jamg’arma   tarzida   olib   qo’yishi   mumkin   bo’lgan   mablag’dan,
insoflilik ko’rsatib, ixtiyoriy tarzda kechdi.
Bu  axloqiy xatti–harakatning  Prezidentlik  vakolati  doirasiga  mutlaqo aloqasi
yo’q; Islom Karimov uni xususiy kimsa, axloqli shaxs sifatida amalga oshirdi. Ana
Shu  insof   yuzasidan   qilingan  muruvvat  esa   halollikni   yana  bir  pog’ona  yuksakka
ko’tardi. Qani  endi  o’ziga to’q odamlar, xususan,  o’rta va quyi bo’g’in rahbarlari
ana   Shu   namunaga   iqtido   qilsalar!   Zero,   insoflilik   va   muruvvatlilik   axloqiy
me’yorlari jamiyat yetishtirgan moddiy boyliklarni uning a’zolari o’rtasida shaxsiy
tashabbus   asosida,   og’riqsiz,   huquqiy   holatlarni   poymol   qilmagan   holda   qayta
taqsimlanishiga, jamiyatning yanada farovonlaShuviga o’ziga xos hissa qo’shadi.
Xushfe’llilik,   shirinsuxanlilik,   kamtarinlik,   bosiqlik   singari   axloqiy   xatti–
harakatlar   me’yoriylik   nuqtayi   nazaridan   g’oyat   muhim.   CHunki   har   bir   jamiyat
darajasi   ma’lum   ma’noda   undagi   fuqarolar   muomala   madaniyatining   yuksakligi
bilan   ham   belgilanadi.   Zero,   xushfe’l,   shirinsuxan   inson   o’zining   har   bir
muvaffaqiyatsizligiga   fojea   sifatida   qaramaydi,   alam   yoki   g’azab   bilan   yomon
kayfiyatini   boshqalarga   o’tkazishga   intilmaydi;   atrofdagi   axloqiy   muhitni
buzmaydi.   Natijada   o’ziga   ham,   o’zgalarga   ham   ko’tarinki   kayfiyat,   turli–tuman
omadsizliklarning   o’tkinchiligini   anglatuvchi   hayotbaxsh   bir   umid   bag’ishlaydi.
Jamiyat   doimo   o’shanday   odamlarni   hurmat   qiladi   va   ulardan   o’rnak   olishga
intiladi. 
Xushfe’llilik, shirinsuxanlilik qay darajadadir ko’proq ixtiyor bilan, kishining
ma’lum   bir   insoniy   tabiatga   intilishi   bilan   bog’liq   bo’lsa,   bosiqlik,   kamtarinlik,
kamsuqumlik   aksincha,   ko’proq   iroda   kuchi   natijasida   yuzaga   keladi.   Zotan
insonning o’z g’azabini  bosa bilishi, noroziligini barvaqt bildirmasligi;  so’zlagisi,
biror–bir gap bilan o’zini ko’rsatgisi kelib qolganda o’sha xohish–ixtiyorni to’xtata
olishi   kuchli   irodani   talab   qiladi.   Shu   bois   muomalada   bosiq,   kamtarin,   «etti
o’lchab bir kesish» tamoyili asosida ish ko’rgan shaxslar oqil odamlar sanaladi va
ular jamiyatda ham namunaviylik maqomiga noil bo’ladilar. 
Ayni paytda ba’zi bir odamlar guruhi uchun me’yorga aylanib qolgan illatlar
ham   borki,   ular   haqida   to’xtalib   o’tmaslikning   iloji   yo’q.   Ular   ichidan   eng   keng yoyilgan,   ma’lum   ma’noda   yuqumli   ma’naviy   kasallikka   aylanib   borayotgan
ikkitasini – xudbinlik va Shuhratparastlikni ko’rib chiqaylik.
Xudbinlik.  U o’z individual ehtiyojlarini hamma narsadan yuqori qo’yadigan
axloqiy sifat, illatni anglatuvchi tushuncha; biror – bir insonning moddiy–maishiy
manfaatlarining   boshqalarnikidan   ustun   qo’yilishini   bildiruvchi
manfaatparastlikdan   va   o’z   shaxsini   mutlaqlashtirishiga   qaratilgan
shaxsiyatparastlikning ba’zi unsurlaridan iborat salbiy xatti–harakatlar majmuidir.
U   Sharqona   jo’mardlik   axloqiy   tamoyili   va   insoflilik   meyo’rining   aksi:   agar
jo’mardlik,   ko’rib   o’tganimizdek,   biror   shaxs,   jamoa   yoki   jamiyat   baxti,
farovonligi   yo’lida  kishining   hatto  o’ziga   eng  zarur  bo’lgan  narsalardan  ham  voz
kechishiga   tayyor   turishini     anglatsa,   xudbinlik   o’z   manfaatlari   yo’lida,   hech
kimni,   hech   bir   jamoani,   hech   qanday   jamiyatni   tan   olmaydigan   salbiy   me’yor
egasining bo’rtib ko’zga tashlanadigan xususiyati.
Xudbinlikni   inson   shaxsining   o’ziga   bo’lgan   muhabbati   bilan
chaplashtirmaslik lozim. Biz Imom G’azzoliy muhabbatning besh turi haqida so’z
yuritib,   insonning   o’ziga,   o’zining   a’zolariga,   salomatligiga   bo’lgan   muhabbatini
birinchi   o’rniga   qo’yganini   yaxshi   bilamiz.   Uningcha,   bu   muhabbat   Alloh,   ota–
ona,   qarindosh–urug’,   do’st–birodar,   muhtoj–ehtiyojmandlar   xizmatida   bo’lishga
imkon   yaratuvchi   vosita   hisoblanadi.   Xudbinlik   esa   muhabbat   hissiga   emas,
nafsga,   hirsga,   rujuga   asoslanadi,   o’zini   adolatsizlik,   insofsizlik   va   berahmlik
xislatlarida   namoyon   etadi.   To’g’ri,   hammaning   ham   qo’lidan   jo’mardlik
kelavermaydi,   lekin   insonning   o’ziga   bo’lgan   muhabbati,   boshqalarning   ham
o’ziga   Shunday   muhabbati   borligini   inkor   etmasligi   kerak.   Shu   qoida   buzilgan
joydan xudbinlik boshlanadi.
Shu h ratparastlik.    Shuhratparastlik – shon–Shuhrat ketidan quvadigan va bu
yo’lda   har   qanday   axloqsizlikdan   qaytmaydigan   insonlar   toifasining   xususiyati.
Shuhratparast odam o’z nomining doimo  atrofdagilar va jamiyat diqkat markazida
turishiga,  mashhurlikka, shov–Shuvga, maqtovga  ichki  bir  tiyiqsiz ehtiyoj  sezadi.
Bu   ehtiyoj   oxir–oqibat   uni   jamiyatning   axloqiy   –   ijtimoiy   talablari   bilan   ham, individ   sifatidagi   o’z   biologik   va   ma’naviy–intelektual   imkoniyatlari   bilan   ham
mutlaqo hisoblashmaydigan ijtimoiy nafs bandasiga aylantirib qo’yadi.
Shuhratparastlikning axloqiy illat sifatidagi xatarli tomoni Shundaki, u ravnaq
topib   borish   xususiyatiga   ega:   dastavval   kishi   o’z   « men »ining   boshqa
« men »lardan   kam   bo’lmasligini   talab   qiladi,   keyin   asta–sekin   o’z   « men »ining
barcha « men »lardan baland turishini  xohlab qoladi va nima qilib bo’lsa ham Shu
xohishni amalga oshirishga intiladi. Natijada u  mavjud veqelikni, atrofdagilarning
o’ziga bo’lgan asl  munosabatini real baholay olmaydi; qaerda uni «ko’tar–ko’tar»
qilib   maqtashsa,   o’sha   yerga     o’zini   uradi,   hayotda   asl   insoniy   vazifasini
bajarishdan chalg’iydi, tuzatib bo’lmas  xatolarga yo’l  qo’yadi. Shuhratparastlikka
yorqin misol, umumbashariy timsol sifatida, odatda salkam 2,5 ming yildan buyon
Herostratning   nomi   keltiriladi:   u   abadiy   Shuhrat   qozonish   uchun   olamning   yetti
mu’jizasidan   biri   –   Efes   shahridagi   Artemida   ibodatxonasida   o’t   qo’ygan.   Uning
nomi hozirgacha taajjub, hayrat, ayni paytda nafrat va la’nat bilan tilga olinadi.
Shuhratparastlik   ham   xuddi   xudbinlik   kabi   zamonaviy   jamiyatda   avj   olgan
illatlardan   hisoblanadi.   Agar   xudbinlikning   keng   yoyilishiga   ma’lum   ma’noda
shaxs   erkinligining   qonuniy   muhofazasi,   ba’zi,   demokratik   tamoyillar   yo’l   ochib
bersa, Shuhratparastlik uchun zamonaviy ommaviy axborot vositalari ko’k chiroq
vazifasini   o’taydi:   Nitsshe   aytganidek,     hozirgi   paytda   har   qanday   kichkinagina
« men », yo’lini topib, sahnadan, sahifadan yoki ekrandan o’zi   haqida jahonga jar
solish   huquqiga   va   imkoniga   ega.   Matbuot   va   so’z   erkinligidan   «o’ziga   xos»
foydalanadigan,   «mashhurlar»   haqidagi   shov–Shuvlar   bilan   Shug’ullanadigan
o’nlab   gazetalar,   ko’rsatuv   va   eshittirishlar   Shuhratparastlarning   yomg’irdan
keyingi   qo’ziqorinlardek   paydo   bo’lishini   ta’minlamoqda.   Misol   tariqasida
ko’pchilik   ommaviy   axborot   vositalarida   aslida   horijiy   mualliflar   musiqalarini,
qo’shiqlarini   noqonuniy   o’zlashtirgani   –   o’g’irlagani   (plagiat)   uchun   jazolanishi
kerak   bo’lgan   Shuhratparast   «san’atkorlar»ning   ko’klarga   ko’tarilishini   keltirish
mumkin. Shuhratparstlikning bunday keng yoyilishiga qarshi faqat axloqiy tarbiya
vositasida   kurashish   qiyin,   Shu   sababli   ularga   nisbatan   axloqiy   yo’l   bilan   birga ichki   va  xalqaro  huquq  me’yorlaridan  ham   unumli   foydalangan   holda  ish  ko’rish
maqsadga muvofiqdir.            
Ixtiyor erkinligi va axloqiy tanlov
Ixtiyor   erkinligi   to’g’risida   fikr   yuritishdan   oldin   erkinlikning   o’zi   haqida
mulohaza   qilib   ko’rish   lozim   bo’ladi.   CHunki   «erkinlik»   atamasi   bir   tomondan,
sodda,   aniq   hammaga   tuShunarli   so’z,   ikkinchi   tomondan   esa   o’ta   murakkab,
tumanli, o’zgarib turuvchi tushuncha; u hammani, ayniqsa yoshlarni ohanrabodek
o’ziga   tortadi.   «Aslida   esa   tarixda   erkinlik   nomi   ostida   ko’p   ulug’   ishlar   amalga
oshirilgan,  lekin   aynan   Shu   nom   bilan   qanchadan–qancha   gunohlar   qilingan.   Har
bir   kishining   xayoliga   kelganida   yuragi   dukillab   urib   ketadigan   Shu   nom   bilan
qanchadan–qancha jinoyatu nodonliklar, ehtiros aldoviyu so’qirliklar o’zini bezadi
va   bezamoqda».   V.Vindelband   fikrini   davom   ettirib,   erkinlik   atamasining
mazmuni   siyosat   va   falsafa   olamida   hozirgacha   turli   xil   bo’lib   kelayotgannini,
«haqiqiy   erkinlik»   tushunchasi   esa   nimani   anglatishi   hali   ham   ayon   emasligini
aytib   o’tadi.   Bunday   «tuShunmovchiliklar»ning   sababi,   bizningcha,   Shundaki,
inson erkinligi hech qachon yolg’iz, alohida olingan erkinlik bo’lolmaydi, u, Sartr
aytganidek,   erkinliklar   ro’parasidagi   erkinlik.   Aynan   Shuning   uchun   ham   u   hech
qachon   mutlaqlik   kasb   etolmaydi,   uni   doim   zamon,   makon,   inson   va   narsalar
erkinligi   –   boshqa   erkinliklar   cheklab   turadi;   inson   butunlay   erkinlikka
erisholmaydi,   faqat   nimadandir,   qaysidir   bir   narsadangina   erkin,   ozod   bo’lishi
mumkin.   M.,   sport   musobaqalarida   universitet   sharafini   himoya   qilish   uchun
boshqa shaharga borgan talaba darslarga qatnashish majburiyatidan ozod qilingan,
lekin   u   darslarga   nisbatan   erkinlikka   ega   bo’lgani   holda,   butunlay   erkin   emas   –
sport   musobaqalarida   qatnashish   majburiyatini   olgan.   Shunday   qilib,   bir
erkinlikning   qo’lga   kiritilishi   ikkinchi   erkinlikdan   –   sport   musobaqalarida
qatnashmaslik erkinligidan voz kechishga olib keladi.  Foydalanilgan adabiyotlar
Asosiy adabiyotlar
A1. J.Ya.Yaxshilikov ,   N.E.Muhammadiyev.Falsafa:Darslik.-
Samarqand.2021.  – 712.
A2. Q.Nazarov   [va   boshq.].   Falsafa   asoslari   [Matn]:   o‘quv   qollanma   /   -
Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2018. - 380 b.
A3. Falsafa   asoslari .   (mas.   muh:   Q.Nazarov ).   -   Т :     O‘zbekiston,   2005.   -
384  б .
A4. Dinshunoslik.  O‘quv qollanma / - Toshkent:  ТИҚХММИ , 2019. - 338
b.  
A5 Emirova  Ye.,  Strelsova  A.  Vvedeniye   v  filosofiyu.  –  T.:   Universitet,
2008.
A6 Xaitov Sh. O ‘zbekiston falsafa tarixi. –T.: Noshir, 2011. – 560 bet. 
A7 Turayev   B.   Borliq   (falsafiy   tahlil).   –   Samarqand.:   Imom   Buxoriy
xalqaro ilmiy tadqiqot markazi, 2021. – 130 bet.
A8 Shermuxamedova N.A. Falsafa. O‘quv qollanma / - Toshkent. 2010. -
574 b.

AXLOQ VA QADRIYATLAR FALSAFASI (ETIKA ) Reja: 1.“Etika” fanining predmeti, mohiyati va tuzilmasi. 2. XXI asrda global etosfera (axloqiy muhit)ni yaratishning zaruriyati. 3. Etikaning kategoriyalari, tamoyillari, me'yorlarining shaxs va jamiyat munosabatlarida namoyon bo'lishi. 4. Ixtiyor erkinligi va axloqiy tanlov.

AxloqShunoslik bir necha ming yillik tarixga ega bo’lgan qadimiy fan. U bizda «Ilmi ravish», «Ilmi axloq», «Axloq ilmi», «Odobnoma» singari nomlar bilan atab kelingan. Ovro’pada esa «Etika» nomi bilan mashhur, biz ham yaqin-yaqingacha Shu atamani qo’llar edik. U dastlab manzildoshlik, yashash joyi, keyinchalik esa odat, fe’l, fikrlash tarzi singari ma’nolarni anglatgan; yunoncha «ethos» so’zidan olingan. Uni birinchi bo’lib yunon faylasufi Arastu ilmiy muomalaga kiritgan. Arastu fanlarni tasnif qilarkan, ularni uch guruhga bo’ladi: nazariy, amaliy va ijodiy. Birinchi guruhga falsafa, matematika va fizikani; ikkinchi guruhga etika va siyosatni; uchinchi guruhga esa san’at, hunarmandchilik va amaliy fanlarni kiritadi. Shunday qilib, qadimgi yunonlar axloq haqidagi ta’limotni fan darajasiga ko’targanlar va «Etika» (ta ethika) deb ataganlar. Biroq bizda milliy-mintaqaviy axloqiy qadriyatlarimizning, dastlabki axloqiy g’oyalarning vujudga kelishi qadimgi yunonlar yashagan davrdan o’nlab asrlar avval ro’y bergan. Ajdodlarimizning eng ko’hna e’tiqodiy-axloqiy kitobi - «Avesto» buning yorqin dalilidir. Shu sababli endilikda bu fanni ham ilmiy-tarixiy, ham zamonaviy-hayotiy talablar nuqtayi nazaridan «AxloqShunoslik» deb atashni maqsadga muvofiq deb bildik. AxloqShunoslik axloqning kelib chiqishi va mohiyatini, kishining jamiyatdagi axloqiy munosabatlarini o’rganadi. «Axloq« so’zi arabchadan olingan bo’lib, insonning muomala va ruhiy xususiyatlari majmuini, fe’lini, tabiatini anglatadigan «xulq» so’zining ko’plik shaklidir. «Axloq« iborasi ikki xil ma’noga ega: umumiy tushuncha sifatida u fanning predmetini anglatsa, muayyan tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xatti-harakatining eng qamrovli qismini bildiradi. Axloqni umumiy tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida aks ettiradigan bo’lsak, doiraning eng kichik qismini odob, undan kattaroq qismini - xulq, eng qamrovli qismini axloq egallaydi. Odob - inson haqida yoqimli taassurot uyg’otadigan, lekin jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida burilish yasaydigan darajada muhim ahamiyatga ega

bo’lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o’z ichiga oladi. Xulq - oila, jamoa, mahalla-ko’y miqyosida ahamiyatli bo’lgan, ammo jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta’sir ko’rsatmaydigan yoqimli insoniy xatti-harakatlarning majmui. Axloq - jamiyat, zamon, ba’zan umumbashariy ahamiyatga ega, insoniyat tarixi uchun namuna bo’la oladigan ijobiy xatti-harakatlar yig’indisi, insoniy kamolot darajasini belgilovchi ma’naviy hodisa. Bu fikrlarimizni misollar orqali tuShuntirishga harakat qilamiz. Deylik, metroda yoshgina yigit, talaba hamma qatori o’tiribdi. Navbatdagi bekatdan bir keksa kishi chiqib, uning ro’parasida tik turib qoldi. Agar talaba darhol: «O’tiring, otaxon!» deb joy bo’shatsa, u chiroyli a’mol qilgan bo’ladi va bu a’moli bilan atrofdagilarda yaxshi kayfiyat uyg’otadi; chetdan qarab turganlar unga ich-ichidan minnatdorchilik bildirib: «Baraka topgur, odobli yigitcha ekan», deb qo’yadilar. Aksincha, talaba yo teskari qarab olsa, yoki o’zini mudraganga solib, qariyaga joy bo’shatmasa, g’ashimiz keladi, ko’nglimizdan: «Buncha beodob, surbet ekan!» degan fikr o’tadi, xullas, u bizda yoqimsiz taassurot uyg’otadi. Lekin, ayni paytda, talabaning qariyaga joy bo’shatgani yoki bo’shatmagani oqibatida vagondagi yo’lovchilar hayotida darhol biror-bir ijobiymi, salbiymi - muhim o’zgarish ro’y bermaydi. Xulqqa quyidagicha misol keltirish mumkin: mahallamizdagi oila boshliqlaridan biri imkon boricha qo’ni-qo’shnilarning barcha ma’rakalarida xizmatda turadi, qo’lidan kelgan yordamini hech kimdan ayamaydi, ochiqko’ngil, ochiqqo’l, doimo o’z bilimini oshirib borishga intiladi, tirishqoq, oila a’zolariga mehribon va h.k. Unday odamni biz xushxulq inson deymiz va unga mahallamizning namunasi sifatida qaraymiz. Bordi-yu, aksincha bo’lsa, u qo’ni- qo’shnilar bilan qo’pol muomala qilsa, to’y-ma’rakalarda janjal ko’tarsa, sal gapga o’dag’aylab, musht o’qtalsa, ichib kelib, oilada xotin-bolalarini urib, haqoratlasa, uni badxulq deymiz. Uning badxulqliligidan oilasi, tevarak-atrofdagi ba’zi shaxslar jabr ko’radi, mahalladagilarning tinchi buziladi, lekin xatti-harakatlari jamiyat

ijtimoiy hayotiga yoki insoniyat tarixiga biror-bir ko’zga tashlanadigan ta’sir o’tkazmaydi. Biroq, bu fikrlardan odob va xulqning jamiyatdagi roli u qadar ahamiyatli emas ekan, degan xulosa chiqmasligi kerak; fuqarolar orasida odoblilik va xushxulqlilikning keng yoyilishi jamiyat axloqiy hayotigagina emas, balki butunisicha ijtimoiy taraqqiyotga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bu ta’sir tufayli garchand jamiyat birdaniga yuksalib ketmasa-da, asta-sekinlik bilan, muntazam ravishda yaxshilanib, ravnaq topib boradi. Axloqqa kelsak, masala o’ta jiddiy mohiyat kasb etadi: deylik, bir tuman yoxud viloyat prokurori o’zi mas’ul hududda doimo qonun ustuvorligini ta’minlash uchun intiladi, adolat qaror topishini ko’zlab ish yuritadi, lozim bo’lsa, hokimning noqonuniy farmoyishlariga qarshi chiqib, ularning bekor qilinishiga erishadi; oddiy fuqaro nazdida nafaqat o’z kasbini e’zozlovchi shaxs, balki haqiqiy huquq posboni, adolatli tuzum timsoli tarzida gavdalanadi; u-umrini millat, Vatan va inson manfaatiga bag’ishlagan yuksak axloq egasi; u, o’zi yashayotgan jamiyat uchun namuna bo’laroq, o’sha jamiyatning yanada taraqqiy topishiga xizmat qiladi. Agar mazkur prokuror, aksincha, qonun himoyachisi degan nomi bo’laturib, o’zi qonunni buzsa, shaxsiy manfaati yo’lida oqni qora, qorani oq deb tursa, u axloqsizlik qilgan bo’ladi: oddiy fuqaro nazdida birgina kishi-prokuror-amaldor emas, balki butun jamiyat adolatsiz ekan, degan tasavvur uyg’onadi. Bunday tasavvurlarning muntazam kuchayib borishi esa oxir-oqibat o’sha jamiyat yoki tuzumni tanazzulga olib keladi. Albatta, har uchala axloqiy hodisa va ularning ziddi nisbiylikka ega. CHunonchi, hozirgina misol keltirganimiz prokurorning axloqsizligi darajasi bilan o’z yakka hukmronligi yo’lida millionlab begunoh insonlarni o’limga mahkum etgan Lenin, Stalin, Hitler, Pol Pot singari shaxslar axloqsizligi orasida farq bor: agar prokurorning axloqsizligi bir millat yoki mamlakat uchun zarar qilsa, totalitar tuzum hukmdorlari xatti-harakatlari umumbashariy miqyosdagi fojealarga olib keladi.

Bu o’rinda Shuni alohida ta’kidlash joizki, axloqiy tarbiya natijasida odoblilik - xushxulqlilikka, xushxulqlilik-yuksak axloqiylikka aylangani kabi, axloqiy tarbiya yo’lga qo’yilmagan joyda muayyan shaxs, vaqti kelib, odobsizlikdan- badxulqlilikka, badxulqlilikdan-axloqsizlikka o’tishi mumkin. Shunday qilib, axloqShunoslik mazkur uch axloqiy hodisani bir-biri bilan uzviylikda va nisbiylikda o’rganadi. Ana Shu uch axloqiy hodisaning umumlashmasini, ya’ni mazkur fanimizning predmeti bo’lgan umumiy tushuncha sifatidagi axloqni quyidagicha ta’riflash mumkin: Axloq-barcha odamlar uchun birdek taalluqli hisoblangan, ijtimoiy talablar hamda ehtiyojlarning munosabatlar shaklidagi ko’rinishidan iborat bo’lgan, insonga berilgan ixtiyor erkinligining xatti-harakatlar jarayonida ichki iroda kuchi tomonidan oqilona cheklanishini taqozo etuvchi ma’naviy hodisa. Shuningdek, atoqli faylasuf Erkin Yusupovning: «Umuman, axloq ijtimoiy munosabatlar zaminida alohida shaxs sifatida mavjud bo’lgan insonlarning o’z- o’zini idora qilish shakllari va me’yori, o’zaro muloqot va munosabatlarda ularga xos bo’lgan ma’naviy kamolot darajasining namoyon bo’lishidir»-degan ta’rifi ham diqqatga sazovor. 1 AxloqShunoslikda inson xatti–harakatining ikki qutbi – axloqiylik bilan axloqsizlik holatlari tahlil va tadqiq etiladi. Axloqiylik – fazilatlarda, axloqsizlik esa illatlarda namoyon bo’ladi. Bu ikki qutb – tushuncha kun–tun, oq–qora singari bir–birini inkor va ayni paytda, taqozo etgani holda mavjuddir. Zero, fazilat, Arastudan tortib Ibn Sinogacha bo’lgan qadimgi faylasuflar ta’kidlaganlaridek, ikki illat oralig’ida ro’y beradi. Boshqacha qilib aytganda, fazilat ikki manfiylik o’rtalig’ida yuzaga keladigan musbat hodisadir. CHunonchi, adolat – zulm bilan mazlumlikning, saxiylik – isrofgarchilik bilan baxillikning, iffat – qizg’anchiqlik bilan rujuning o’rtalig’i sifatida voqe bo’ladi. Fazilat va illat Shunday yirik hamda qamrovli atamalarki, ularning har biri o’z ichiga bir necha emas, o’nlab emas, balki yuzlab tushunchalarni oladi. Shu jihatdan axloqShunoslik barcha falsafiy fanlar ichida tushunchalarining ko’pligi va xilma– 1 Юсупов Э. Инсон камолотининг маънавий асослари. Т., Университет, 1998, 38-б.