Etika Etika fanining predmeti va jamiyat xayotidagi axamiyati
Etika: "Etika" fanining predmeti va jamiyat xayotidagi axamiyati Reja: 1.»Etika" fanining predmeti, moxiyati va tuzilmasi. 2.Gedonizm va evdomonezm ta’limotining axlokiy axamiyati. 3. Axlokning paydo bulishiga oid diniy,ilmiy karashlar tasnifi XXI asrda global etosfera (axlokiy muxitni ) yaratish zaruriyati 4.Etikaning kategoriyalari, tamoyillari, me’yorlarnning shaxs va jamiyat munosabatlarida namoyon bulishi. 5.Ixtiyor erkinligi va axlokiy tanlov
. Odam odam bilan tirik. Bu ko‘xna haqiqat. Ammo har bir odam o‘zi bir olam bo‘lib yaralgan, hech kim hech qachon birovga aynan o‘xshamaydi. Shu sababli ham bizlarning xohish va ehtiyojlarimiz, orzu va umidlarimiz, yaxhilik va yomonlik haqidagi, baxt va muhabbat haqidagi fikrlarimiz turlichadir. Bunday har xillik bizning niyat va istaklarimizning ba’zan ro‘yobga chiqmasligiga sabab bo‘ladi va o‘zimizni omadsizdek, baxtsizdek xis etamiz va bizga e’tibor bilan qarashlariga ehtiyoj sezamiz. Bu ehtiyoj qondirilmas ekan, biz o‘zimizni odamlar ichida ham begonadek his qila boshlaymiz, o‘zimizga va jamiyatga tashvishlar orttirib boraveramiz. Odam jamiyatda yashab turib, jamiyatdan xoli bo‘la olmaydi. Bu xol kishining hamma ishiga, jumladan, uning etikaiy qiyofasiga ham bevosita o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, uning yurish-turishiga nisbatan muayyan tarbiyaviy-ma’naviy talablar qo‘yadi. Odamlarga baho berganda, uni yoshidan, kasbidan, mutaxassisligidan, darajasidan qat’iy nazar etikali yoki etikasiz ekan, tarbiyali yoki tarbiyasiz ekan, ziyoli ekan, o‘qigan bo‘lsa ham, uqmagan ekan, olim bo‘lish oson- u, odam bo‘lish qiyin ekan deb baho beramiz. Bunda biz kishilarning ma’naviy qiyofasini, xulq-atvorini, yaxshi yoki yomon xatti-harakatini ifodalagan bo‘lamiz. Qarangki, har bir odam bir olam bo‘lsa ham, u takrorlanmas noyob, o‘ziga xos bir mo‘jiza bo‘lgan taqdirda ham bir o‘zi yashay olmaydi, baxtli ham, baxtsiz ham bo‘la olmaydi. Shunday ekan, odam o‘z mohiyati bilan, tabiati bilan jamiyat bilan chambarchas bog‘liq, jamoa bo‘lib yashaydi, tirikchilik qiladi, jamiyatdan oladi, jamiyatga beradi; qancha olib-berishi esa uning aql-idrokiga, vijdoni- irodasiga, imoniyu-e’tiqodiga, turmush tarziga, ma’naviyati-tarbiyasiga bog‘liqdir. Etika, xulq-atvor haqidagi etika fani bu xususda bahs yuritadi, ta’limot yaratadi. «Men, - deydi Prezidentimiz Islom Karimov, - Abdulla Avloniyning «Tarbiya biz uchun yo hayot – yo momot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir», degan fikrini ko‘p mushohada qilaman. Buyuk ma’rifatparvarning bu so‘zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda biz uchun ham shunchalik, balki undan ham ko‘ra muhim va dolzarbdir.
Chunki ta’lim-tarbiya - ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini o‘zgartirmasdan turib, ongni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ongni, tafakkurni o‘zgartirmasdan turib esa biz ko‘zlagan oliy maqsad – ozod va obod jamiyatni barpo etib bo‘lmaydi». Abdulla Avloniy «Turkiy guliston yoxud etika» risolasini shunday boshlaydi: «Etika insonlarni yaxshilikka chaqirguvchi, yomonlikdan qaytarguvchi bir ilmdur. Yaxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va misollar ila bayon qiladurg‘on kitobni etika deyilur» 1 . Abdulla Avloniy fikrini davom ettirib bu muammoga chuqurroq yondoshadi: «Etika ilmini o‘qub, bilub amal qilgan kishilar o‘zining kim ekanini, janobi Haq na uchun xalq qilganini, yer yuzida nima ish qilmoq uchun yurganin bilur. Bir kishi o‘zidan xabardor bo‘lmasa, ilmini, ulamoni, yaxshi kishilarni, yaxshi narsalarni, yaxshi ishlarning qadrini qimmatini bilmas. O‘z aybini bilur, iqror qilub, tuzatmakki sa’y va qo‘shish qilgan kishi chin bahodir va pahlavon kishidur» 2 . Etika - ruscha – moral, lotincha «mores», «moralis» so‘zlaridan olingan bo‘lib, ma’nosi xulq, odat demakdir. Etika - ijtimoiy ongning muayyan shakli bo‘lib, kishilarning ijtimoiy va shaxsiy hayotida bir-birlariga bo‘lgan munosabatlarining, ya’ni xatti-harakat prinsiplari va normalarining yig‘indisidir. Etika so‘zi, tushunchasi ham arabcha bo‘lib, xulq so‘zining ko‘pligidir. Etika kishilarning fe’l-atvori, yurish-turishi, ularning ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi o‘zaro munosabatlarini tartibga solib turadi. Etika normalari jamiyat yoki muayyan guruh tomonidan shaxs fe’l-atvoriga qo‘yiladigan talabdir. Bu normalar shaxsning jamiyatga – Vatan, davlat, millat, guruhga munosabatini, shuningdek, shaxsning turmushdagi, ayrim kishilarga, kasbi-koriga, mutaxassisligiga, hatto o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatlardagi xatti-harakatni ham o‘z ichiga oladi. 1 Авлоний А. Туркий гулистон ёхуд ахлок. –Тошкент, 1992. 11-бет. 2 Уша китоб. 71-бет.
Kishilik jamiyatining ilk davrlarida etika normalari – yurish-turish qoidalari va odob prinsiplari kishilarning mehnat qilish jarayonida vujudga kelib, ularga rioya qilish urf-odatga, an’anaga aylanib boradi. Keyinchalik jamiyat, ijtimoiy hayot taraqqiy etib, aqliy mehnat jismoniy mehnatdan ajralgach, mehnat taqsimoti yuz bergach, odamlarning yurish-turish qoidalari, odam etikaining mohiyati haqidagi masalalar bir butun falsafiy bilimlar sistemasiga solinadi, ma’lum darajada mustaqil fanga aylanadi. Shu tariqa etika, ya’ni etika haqidagi ta’limot paydo bo‘ladi. Etika – grekcha-yunoncha «ethos» degan so‘zdan olingan bo‘lib, buning ma’nosi xulq-odat demakdir. Etika, ya’ni etika haqidagi fan, o‘zbek tilida hozirgi paytda etika fani deb ham yuritiladi. Lekin biz etika fani deb yuritishimizni ma’qul topdik. Sabab bu nom dunyoda yuritiladigan standartga mos keladi, deb o‘ylaymiz, garchi fanning nomlari qanday yo‘sinda yuritilmasin, uning mazmuniga putur yetmaydi, shakl mazmunni, mohiyatni tubdan o‘zgartirib yubormaydi, garchi ta’sir etsa ham. Etika odamlarning yurish-turishida, etikaida tarixan o‘zgarib turadigan, rivoj topib, taraqqiy etib boradigan prinsiplarni, etikaiy norma, qoidalarni; etikaning manbai va kelib chiqishini, etikaiy kategoriyalarni ya’ni yaxshilik va yomonlik, or- nomus, vijdon kabi umumiy tushunchalarni, etikaiy e’tiqod, maslak va his- tuyg‘ularni izohlab beradi. Shuningdek, etikaning abadiy muammolari bo‘lgan – etikaiy bahoning mezoni nimada, etikada haqiqat bormi, etikaiy erkinlik nima, inson o‘z xatti-harakati uchun javobgarmi, mas’ulmi kabi savollarga javob axtaradi. Etika fan sifatida etikani, odob-xulqni, etikaiy munosabatlarni aks ettiribgina qolmay, balki odam intilishi lozim bo‘lgan maqsadni, ya’ni yuksak etikaiy g‘oyani, bu g‘oyani, ya’ni bizning pirovard strategik maqsadimiz bo‘lgan – ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot g‘oyasini amalga oshirmoq uchun qanday yashab, qanday harakat qilmoqlikni ma’nosi ochib beriladi, odamlarning yurish-turishi qanday degan savolgagina emas, balki qanday bo‘lishi kerak degan savolga ham
javob beradi. Shuning uchun ham etikaiy illatlar tanqid qilinadi, odamlarning xatti- harakatiga yuksak etikaiy g‘oya va maqsad nuqtai nazaridan qat’iy baho beriladi. Xulq, odob deganda iqtisodiy tuzum taqozosi bilan, turmush sharoitining alohida tarzidan, tradisiyalaridan, an’analaridan, urf-odatlaridan paydo bo‘lgan, biroq muntazam qarashlar, qoidalar, yo‘l-yo‘riqlar sistemasiga kirmagan munosabatlar xususiyati tushuniladi. Demak, xulq odamlarning amaliy xatti-harakatlari, odamlar o‘rtasidagi amaliy munosabatlar, etika ijtimoiy ong bilan bog‘liq bo‘lib, mazkur xatti-harakat prinsiplari va normalarining etika talablari shaklida ifodalab berilganidir, etika bo‘lsa etika prinsiplari va normalarining izohlab va asoslab berish demakdir, ya’ni etika haqidagi nazariyadir. Etika normalari passiv emas, balki ular ham jamiyat hayotida, ham shaxs turmushida faol ta’sir ko‘rsatadigan muhim faktordir. Ilg‘or, taraqqiyparvar etika normalarining ta’lim-tarbiyaga ta’siri ijobiy bo‘ladi, reaksion xulq normalarining ta’siri esa jamiyatda ham, shaxs tarbiyasida ham salbiy bo‘ladi. Ma’lumki, kishilik jamiyati doimo taraqqiyotda ekan, uning etikaiy. Ma’naviy qarashlari ham doimo o‘zgarib, rivojlanib, taraqqiy etib boradi. Yaxshilik va yomonlik haqidagi tushunchalar ham tarix davomida o‘zgarib keldi, avval infiylik, partiyaviylik nuqtai nazaridan qarab baho beriladi. Ibtidoiy jamoa tuzumi bilan bugungi jamiyatda tatbiq etiladigan etika tushunchalariga bir xil yondoshib bo‘lmaydi. Masalan, ilk ibtidoiy jamiyatda kasallarni, keksalarni o‘ldirib yeyish odat bo‘lgan, uyat hisoblanmagan. Shunday ekan, hamma ijtimoiy xodisalarga real yondoshilgandek, etikaiy xodisalarga ham konkret, dialektik, tarixiy yondoshmoq taqozo etiladi. Etika qadimda fizika va logika bilan birgalikda falsafaning uzviy uchinchi qismi hisoblanar edi. Keyinchalik Arastu birinchi bo‘lib «Etika» darsligini yozgach, u alohida falsafiy yo‘nalishdagi fan maqomini oldi. Etikaning boshqa falsafiy fanlardan farqi, o‘ziga xosligi shundaki, unda nazariya bilan amaliyotning, praktikaning omuxtaligidir, uyg‘unligidir.