logo

BIOLOGIK KURASH USULI, RIVOJLANISHI BIOTSENOZDAGI ORGANIZMLARNI O’ZARO MUNOSABATLARI.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

29.4375 KB
BIOLOGIK  KURASH USULI, RIVOJLANISHI  BIOTSENOZDAGI
ORGANIZMLARNI O’ZARO MUNOSABATLARI.
 
R e  j a :
1. Mayda jonivorlarning biotsenozda o’zaro bog’liqligiga ta’siri.
2. O’simliklarni biologik usulda himoya qilishning umumiy ta’rifi.
3.  O’zbekistonda biologik usulning hozirgi ahvoli va kelajagi.
          4. O’simliklarni biologik himoya qilish faninint maqsadi va vazifalari.
          5. Biologik himoyaga hissa qo’shgan olimlar. “Venn  diagrammasi”  metodi.
Metodning   maqsadi:   2   va   3   jihatlarni   hamda   umumiy   tomonlarini
solishtirish   yoki   taqqoslash   yoki   qarama-qarshi   qo’yish   uchun   qo’llaniladi.
Tizimli   fikrlash,   solishtirish,   taqqoslash,   tahlil   qilish   ko’nikmalarini
rivojlantiradi.
Texnologiyani   amalga oshirish tartibi:     Diagramma Venna tuzish
qoidasi   bilan   tanishadilar.   Alohida/kichik   gurhlarda   diagramma   Vennani
tuzadilar   va   kesishmaydigan   joylarni     (x)   to’ldiradilar .   Juftliklarga
birlashadilar,   o’zlarining   diagrammalarini   taqqoslaydilar   va   to’ldiradilar.
Doiralarni   kesishuvchi   joyida,   ikki/uch   doiralar   uchun   umumiy   bo’lgan,
ma’lumotlar ro’yxatini tuzadi.  
                    Namuna.   Venn   diagrammasidaan   foydalanib   zararli   organizmlarga
qarshi kurash usullarini farqini o’rganish.
                                     Biopreparatlar 
ekologik toza
Biopreparatlar   
o’simlik  kasalliklariga 
qarshi  samarali  ta’sir 
ko’rsatadi
Biopreparatlar tanlab 
tasir etadi Kimyoviy va 
biologik 
preparat-lar 
o’simlik 
kasalliklarig
a qarshi 
ta’sir 
ko’rsatadi Kimyoviy 
preparatlarning 
narxi qimmati 
Kimyoviy 
preparatlari 
o’simlik 
kasalliklariga 
qarshi  tez  ta’sir 
ko’rsatadi.
Kimyoviy 
prepartlarning
spektri keng Qishloq   xo’jalik   ekinlari   zararkunandalariga   qarshi   yirtqichlik   bilan
tabiatda hayot kechiruvchi mayda jonivorlarni qo’llash bizning eramizni 900
va   1200   yillarga   to’g’ri   keladi.   Bu   paytlarda   tsitrus   ekinlardagi
zararkunandalardan   shiralarga   qarshi   yirtqich   chumolilardan   foydalanilgan.
Keyinchalik   kishilik   jamiyati   taraqqiyotida     yirtqich   qo’ng’iz
koktsinellidlarning   ahamiyati   nakadar   katta   zkanligi   sekin-asta   sezila
boshladi.   Bu   qo’ng’izlar   o’zining   hasharotlarga   ayniqsa   shiralarga   ta’siri
kuchli   bo’laganligi   sababli   Angliyaliklar   bu   foydali   hasharotga   Xudoning
qo’ng’izi Frantsiyaliklar Xudo yuborgan qo’ng’izi, keyinchalik Angiyaliklar
xudoning   qushi   deb   nom   berganlar.   1762   yili   Mairik   orollarida   ko’plab
tarqalgan qizil chigirtkaga qarshi kurashish uchun Hindistondan Hind mayna
qushini   olib   kelib   tarqatilgan.   1873   yilda   Frantsiyada   tarqalgan   o’zumning
Filloksera qurtiga qarshi AQSHdan yirtqich kana olib kelib tarqatilgan.  1883
yilida   Angliyadan,   AQSHga   sholgom   oq   kapalagi   qurtiga   qarshi   biologik
usulda   kurash   olib   borish   maqsadida   tabiatda   tekinxo’rlik   bilan   hayot
kechiruvchi   Apanteles   keyinchalik   Avstraliyadan   Itseriy   qurtiga   qarshi
yirtqich qo’ng’iz Rodeliya olib kelib foydalanilgan.
O’simliklarni   biologik   usulda   himoya   qilish   yuzasidan   birinchi   ilmiy
tadqiqot   ishlari   Rossiyada   1879   yilda   I.I.   Mechinkov   tomonidan   olib
borilgan,   bunda   hasharotlarga   qarshi   mikroorganizmlardan   foydalanish
maqsad   qilib   olingan   1886   yilda   I.I.Krasilchik   dunyoda   birinchi   bo’lib
bug’doy   yoki   un   mitasiga   qarshi   kurashda   kuk   muskardin   zamburug’ini
ko’paytirish   usllarini   ishlab   chikdi.   SHu   muddat   mobaynida   Rossiyada
I.I.Mechinkov,   T.F.Gameloi   Frantsiyada   zsa   Lun   Pasterlar   birinchilardan
bo’lib   issiqqonli   kemiruvchilarga   qarshi   kurashda   kasallik   tarqatuvchi
zamburug’larni   ishlatish   yuzasidan   katta   tajriba   olib   borib   yaxshi   natija
oldilar. Keyinchalik   rus   olimlaridan   I.N.   SHei ы roi,   N.I.   Kurdiyumoi.   I.A.
TSorchinskiy   va   boshqalar   hasharotlarga   qarshi   tabiiy   qo’shandalar-
entomofaglardan  foydalanish   yuzasidan    va   tabiiy   qo’shandalari  bir  xo’jalik
yoki   tumandan   ikkinchi   tumanga   olib   borib,   zararkunandalarga   qarshi
biologik usulda qarshi kurashish yuzasidan katta tajriba olib bordilar.
Jumladan,   1903   yilda   rus   olimi   Vasilei   bug’doydagi   zararli   xasva
tuxumining   tekinxo’r   telenominni   bir   tumandan   olib   ikkinchi   bir   tumanga
tarqatish   va   olma   qurti   kapalagi   tuxumining   tekinxo’ri   trixogrammani   bir
tumandan olib ikkinchi bir tumanga tarqatish yuzasidan ilmiy izlanishlar olib
bordilar,   bu   ishni   1911   yilda   Rodetsskiy   amalga   oshirdi   va   yaxshi   natija
olishga erishdi. O’simliklarni biologik usulda himoya qilish yuzasidan ilmiy-
tadqiqot ishlari Rossiya o’simliklarni  himoya qilish yuzasidan ilmiy tadqiqot
instituti   tashkil   etilgandan   keyin     muntazam   raiishda   olib   borish   yo’lga
qo’yildi.
Bu   institutning   asosiy   vazifasi   shundan   iborat   ediki,
zararkunandalarning   tabiiy   qo’shandalarini   bir   mamlakatdan   ikkinchi   bir
mamlakatga   olib   kelib,   ularni   shu   iqlim   sharoitiga   o’rgatish   yo’li   bilan
hasharotlarga qarshi tarqatish va bo’lar ichidan eng yuqori samara beradigan
foydali   hasharotlarni   –   entomofaglarni   tanlab   olib,   ulardan   biologik   usulda
foydalanishni   eng   asosiy   maqsad   qilib   olingan.   Jumladan   qon   shirasiga   va
komstok   qurtiga   qarshi   qo’llash   maqsadida   afelinus,   rodeliya,   kriptolemus
kabi   entomofaglarni   olib   kelinib   tarqatila   boshladi.   Bug’doy   zararkunandasi
zararli   xasvaning   tuxumiga   qarshi   telenomin,   ko’zgi   tunlam,   g’o’za   tunlami
va boshqa tunlamlarning kapalaklari qo’ygan tuxumga qarshi ishlatish uchun
trixogrammalarni   chet   mamlakatlardan   keltirib   biologik   usulda   ishlatish,
kasalliklarni   bartaraf   etishda   yangi   mikroorganizmlar   yaratish   hamda
mikrobiologik   preparatlar   ishlab   chiqarish   va   ulardan   biologik   usulda
foydalanish yuzasidan katta ilmiy ishlar olib borildi. O’simliklarni   biologik   usulda   himoya   qilish   sohasida   N.F.Maer
biologik laboratoriyasining ilmiy xodimlaridan N.A.Telenga, A.A.Alekseyei,
I.A.SHepetilnikova   va   boshqalar,   mikrobiometod   laboratoriyasining   mudiri
I.P.Pospeloi   o’zining   ilmiy   xodimlari   A.A.Eilakova,   O.I.SHiyetsova,   N.S.
Fedorinchik   va   boshqalar   bilan   birga   hamkorlikda   ish   olib   borishib   o’zoq
yillar mobaynida biologik usulni ilmiy asosda   ishlab chiqish borasida katta
ilmiy   izlanishlar   olib   bordilar   va   Moldova   Respublikasida   (sobiq   bo’tun
ittifoq)   hozirgi   Moldova   Respublikasi   o’simliklarni   biologik   usulda   himoya
qilish   ilmiy   tadqiqot   instituti   tashkil   etilishi   Rossiyada   va   O’rta   Osiyo
respublikalarida   hamda   boshqa   mamlakatlarda   o’simliklarni   biologik   usulda
himoya   qilish   sohasida   yangi   laboratoriyalar   va   bo’limlar   tashkil   qilindi.
Jumladan   bizning   mamlakatimizda   ham   qishloq   xo’jalik   ekinlari
zararkunandalari   va   kasalliklariga   qarshi   kurashda   biologik   usulni   qo’llash
borasida   katta   ijobiy   ishlar   qilindi.   1975   yildan   boshlab   1982   yillargacha
O’zbekistonda   g’o’zani   kemiruvchi   zararkunandalardan   himoya   qilishda
qariyib   2,2   million   gektar   yerda   biologik   usul   qo’llanilgan   bo’lsa     shundan
1million   gektariga   faqat   tuxumxo’r   trixogramma   qo’yib   yuborilgan   bo’lsa,
hozirgi   kunda   o’rtacha   3,5-4   mln.   gektar   yerda   g’o’zadagi   kemiruvchi
zararkunandalarga   qarshi   biologik   usulda   bajarilmokda,   shundan   2-2,5   mln.
gektariga   faqat   trixogramma   va   brakon   kabi   foydali   hasharotlarni
laboratoriya   sharoitida   ko’paytirib   ular   yordamida   qarshi   kurashilmokda.
SHuni   alohida   ta’kidlash   lozimki,   urushdan   keyingi   yillarda   akademik   S.N.
Alimuhammedov   rahbarligida   B.P.Adashkevich,   Z.K.Odilov,
O.SH.Hamroyev   kabi   yirik   olimlar     Respublikamizda   biologik   usulni   keng
joriy   qilishda   jonbozlik   ko’rsatib   ish   olib   borgan   ijodiy   ishlari   natijasida
mamlakatimizda hasharotlarga qarshi biologik uyg’unlashtirilgan usulni keng
joriy   qilish   bilan   birga   atrof   muhitni   ifloslanishi   oldini   olishda   muhim
ahamiyat kasb etmokda. SHuni   alohida   e’tirof   etish   kerakki,   hozirgi   paytda   Respublikamizda
g’o’za,   bug’doy   va   boshqa   ekinlarni   zararkunandalar,   kasalliklar   hamda
begona   o’tlardan   himoya   qilishga   katta   e’tibor   berilyapti,   chunki
o’simliklarni,   zararkunanda   kasallikka   begona   o’tlardan   o’z   vaqtida   himoya
qilish   ekinlardan   mo’l   va   yuqori   sifatli   mahsulot   yetishtirishda   asosiy
omillardan   biri   zkanligini   hisobga   olib,   2000   yilning   31   avgustida
O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   I.A.Karimov   «Qishloq   xo’jalik
o’simliklarini   zararkunandalar,   kasalliklar   va   begona   o’tlardan   himoya
qilish» №116-P raqamli maxsus qonun qabo’l qildi. Bu qonunni O’zbekiston
Respublikasi   Oliy   Majlisi   tomonidan   2000   yil   31   aigust   №117-P     raqami
bilan   tasdiklandi   va   ushbu   qonunni   kuchga   kiritilishiga   ruxsat   etildi.
O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   tomonidan   qabo’l   qilingan   ushbu
qonunning   maqsadi   «Qishloq   xo’jalik   o’simliklarini   zararkunandalar,
kasalliklar va begona o’tlardan himoya qilish vositalarining inson sog’ligiga,
atrof   tabiiy   muhitga   zararli   ta’sirini   oldini   olish   bilan   biologik   bo’lgan
munosabatlarni   tartibga   solishdan   iborat»   bo’lib,   asosan   qishloq   xo’jalik
ekinlarini   zararkunandalar,   kasalliklar   va   begona   o’tlardan   himoya   qilishda
biologik uygunlashtirilgan usulni keng joriy etilishiga qaratilgan.
Tabiatda   mayda   jonivorlar   foydali   va   zararlilari   bir-biridan
ajratilmagan  holda  jamoa  shaklida  aralash   hayot  kechirishadi.  Hayvonlar  va
o’simliklarning   va   mayda   jonivorlarning   bir-xil   sharoitda   birgalikda   hayot
kechirishi tarixiy mujassamlangan guruh bo’lib, biotsenozni tashkil qiladi.
Jonivorlarning   biotsenozda   o’zaro   aloqasi   juda   murakkab   bo’lib,
turlararo   yoki   biotsinetik   aloqadordir,   aloqadorlikning   asosiy   formalaridan
biri bu simbioz, yirtqichli, tekinxo’rlik va antibiozdir.
SIMBIOZ-bu   har   xil   turdagi   hasharotlarning   o’zaro   hamkorlikka
yashashiga   simbioz   deb   ataladi.   Hasharotlarning   simbiotik   usulda   hayot kechirishida   ularning   o’zaro   munosabatda   bo’lishi   foreziya,   mutalizm,
kommensalizm bilan farqlanadi.
Foreziya   -   bu   bir   hasharotning   ikkinchi   bir   hasharotga   yopishib   olib
harakatlanishi   va   o’zi   uchun   oziqa   bor   joyga   borishi   va   u   yerda   boshqa
hasharotning   tuxumi   yoki   qurtlari   bilan   ovqatlanishidir.   Masalan   gulni
changlatuvchi   qo’ng’izlar   tuxumini   gulga   kuyadi,   tuxumdan   chiqqan
chunalchangsimon   qurtlar   asal   ari   gulni   nektarini   olgani   yoki   changlatgani
gulga kunganida asalariga yopishib keladi va uni   asalari o’z uyasiga kuyadi
bu   qurt   asalarini   tuxumi   va   uni   to’plagan   asli   bilan   ovqat lanib   hayot
kechiradi.
Mutualizm-bu   shunday   simbiozki,   bunda   bir   jonivor   ikkinchi   ikkinchi
bir   jonivorni   bir   joydan   ikkinchi   joyga   ko’chirib   olib   borib   kuyadi   va   uni
chiqargan   chiqindisi   bilan   u   ovqatlanib   hayot   kechiradi.Bu   sariq   chumoli
bilan   shiralar   o’rtasidagi   o’zaro   munosabat   bo’lib,   chumoli   shirani   tashib
o’simlikning   yosh   bargiga   olib   borib   kuyadi,   shira   yosh   bargni   so’rib
oziqlanadi va shira chiqargan shirali chiqindi bilan chumoli hayot kechiradi.
Hasharotlar   o’rtasida   o’zaro   munosabatlardan   biri   bu   yirtqichlikdir.
Bunda bir hasharot yirtqichlik bilan ikkinchi hasharotning tuxumini va yosh
qurtini yeb kuyadi. Masalan, xon qizi qo’ng’izi shiralarni yeb tugatadi. O’zini
avlodini   o’zi   yeb   quyishi   konnibalizm   deb   ataladi,   bu   asosan   oltinko’zlarda
hamda ko’sak qurtlarida sodir bo’ladi, katta yoshdagi qurtlar kichik yoshdagi
qurtlarni yeb tugatadi.
Hasharotlar   ichida   o’zaro   hamkorlik   va   o’zaro   munosabat   bu
tekinxo’rlikdir.   Tekinxo’rlik   bir   jonivor   hisobiga     ikkinchi   bir   jonivorning
hayot   kechirishidir.   Jumladan   trixogrammaning   avlodi   ko’sak   qurtining
tuxumi hisobiga hayot kechiradi.
Tekinxo’rlik quyidagilarga bo’linadi: E ndotekinxo’rlik-trixogramma   qo’ygan   tuxum   ko’sak   qurti   tuxumi
ichida hayot kechiradi va oddiy trixogramma uchib chiqadi.
E kzotekinxo’rlik zararkunandaning tanasi ustidagi yaralarida joylashib
olib   uni   shirasi   bilan   hayot   kechiradi.   Masalan,   afis   koliforniya   qolqondori
teknxo’rlik qiladi.
Birlamchi   va   yuqori   tekinxo’rlik   bir   jonivor   ikkinchi   bir   jonivor
hisobiga   hayot   kechirishi   birlamchi   tekinxo’rlik   deyilsa,   anashu   jonivorning
yana bir turdagi jonivor hisobiga hayot kechirishi zsa yuqori tekinxo’rlik deb
ataladi.
Bir   hasharot   tekinxo’rlik   qilish   uchun   ikkinchi   bir   hasharotga   o’z
tuxumini   qo’ysa   anashu   tuxumga   boshqa   bir   hasharotning   tuxum   quyishiga
kleptoparazitizm yoki ugirlik tekinxo’rlik deb ataladi.
Bir   jonivor   bilan   ikkinchi   bir   jonivorlar   o’rtasida   antogonistik   hodisa
ruy   beradi,   natijada   bir   organizm   chiqargan   modda   bilan   ikkinchi   jonivor
halok bo’ladi, bu hodisaga antibioz deb ataladi. SHu tariqa mayda jonivorlar
o’rtasida   o’zaro     aloqadorlik-bog’lanish   mavjud   bo’lib,   buning   natijasida
tabiatdagi   munozanat  saqlanib   turadi,  tabiatdagi  bunday  munozanat  bo’zilsa
madaniy o’simliklarni zararli hasharotlar kuchli zararlashi natijasida paxta va
boshqa ekinlar hosildorligiga putur yetkaziladi.
O’simlikni   biologik   usulda   himoya   qilish   fani   hasharotlar   o’rtasida
o’zaro munosabatlarning formalarini va o’zaro aloqadorlikning ilmiy hamda
amaliy tomonlarini, biologik vositalardan zararli hasharotlarga qarshi kurash
usullarini o’rgatuvchi maxsus fandir. Foydalanilgan adabiyotlar
1. Kimsanboyev   X.X.,   Yo’ldoshev   A.   va   boshqalar   -   O’simliklarni
kimyoviy himoya qilish. Darslik - T.: “O’qituvchi”, 1997.-280 b.
2. Xo’jaev   SH.T.,   Xolmurodov   E.A.   -   “Entomologiya,   o’simliklarni
zararkunandalardan   uyg’unlashgan   himoya   qilish,   qishlok   xo’jalik
ekinlarini   himoya   qilish   va   agrotoksikologiya   asoslari”.   Darslik   -
Toshkent, “Fan” nashriyoti, 2009.-396 b.
3. Xasanov   B.O.   va   boshqalar   “G’o’zani   zararkunanda   kasallik   va
begona   o’tlardan   himoya   qilish”.   Darslik-   “Universitet”   nashriyoti,
Toshkent. 2002.-379 b.
4. O’ zbekiston   Respublikasi   q ishlo q   x o’ ja l igida   ishlatish   uchun
ruxsat   etilgan   pestitsidlar   va   agroximikatlar   r o’ yxati.   “ O ’ simliklar
himoyasi   va   karantini ” jurnali ilovasi. Toshkent, 2013.-335 b.
5. YAxontov   V.V.   -   O’rta   Osiyoda   qishloq   ekinlarining   va
mahsulotlarining   zararkunandalarini   va   ularga   qarshi   kurash.   Darslik-
T., 1962. -186 b.
6. Vasilev V.II., Livshits I.Z.- Vrediteli plodov ы x kultur 2-e izd. 
Uchebnik.-M.: «Kolos», 1984,-190 b.
7. Kimsanboyev X.X. va bosh q alar. -   G’o’ zaning zararkunandalariga
q arshi uy g’ unlashgan kurash choralari. Ma’ruza matni. T., 1994.-196 b.
8. K i msa n boyev   X.X.,   Boltaev   B.S.,   Sulaymonov   B.A.   -   Bo g’
za rarkuna n dalar g a   q arshi   uy g’ unla shg an   kurash   choralari.   O’q uv
qo’ llanma  T oshkent. 1998,- 168 b.

BIOLOGIK KURASH USULI, RIVOJLANISHI BIOTSENOZDAGI ORGANIZMLARNI O’ZARO MUNOSABATLARI. R e j a : 1. Mayda jonivorlarning biotsenozda o’zaro bog’liqligiga ta’siri. 2. O’simliklarni biologik usulda himoya qilishning umumiy ta’rifi. 3. O’zbekistonda biologik usulning hozirgi ahvoli va kelajagi. 4. O’simliklarni biologik himoya qilish faninint maqsadi va vazifalari. 5. Biologik himoyaga hissa qo’shgan olimlar.

“Venn diagrammasi” metodi. Metodning maqsadi: 2 va 3 jihatlarni hamda umumiy tomonlarini solishtirish yoki taqqoslash yoki qarama-qarshi qo’yish uchun qo’llaniladi. Tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi. Texnologiyani amalga oshirish tartibi: Diagramma Venna tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida/kichik gurhlarda diagramma Vennani tuzadilar va kesishmaydigan joylarni (x) to’ldiradilar . Juftliklarga birlashadilar, o’zlarining diagrammalarini taqqoslaydilar va to’ldiradilar. Doiralarni kesishuvchi joyida, ikki/uch doiralar uchun umumiy bo’lgan, ma’lumotlar ro’yxatini tuzadi. Namuna. Venn diagrammasidaan foydalanib zararli organizmlarga qarshi kurash usullarini farqini o’rganish. Biopreparatlar ekologik toza Biopreparatlar o’simlik kasalliklariga qarshi samarali ta’sir ko’rsatadi Biopreparatlar tanlab tasir etadi Kimyoviy va biologik preparat-lar o’simlik kasalliklarig a qarshi ta’sir ko’rsatadi Kimyoviy preparatlarning narxi qimmati Kimyoviy preparatlari o’simlik kasalliklariga qarshi tez ta’sir ko’rsatadi. Kimyoviy prepartlarning spektri keng

Qishloq xo’jalik ekinlari zararkunandalariga qarshi yirtqichlik bilan tabiatda hayot kechiruvchi mayda jonivorlarni qo’llash bizning eramizni 900 va 1200 yillarga to’g’ri keladi. Bu paytlarda tsitrus ekinlardagi zararkunandalardan shiralarga qarshi yirtqich chumolilardan foydalanilgan. Keyinchalik kishilik jamiyati taraqqiyotida yirtqich qo’ng’iz koktsinellidlarning ahamiyati nakadar katta zkanligi sekin-asta sezila boshladi. Bu qo’ng’izlar o’zining hasharotlarga ayniqsa shiralarga ta’siri kuchli bo’laganligi sababli Angliyaliklar bu foydali hasharotga Xudoning qo’ng’izi Frantsiyaliklar Xudo yuborgan qo’ng’izi, keyinchalik Angiyaliklar xudoning qushi deb nom berganlar. 1762 yili Mairik orollarida ko’plab tarqalgan qizil chigirtkaga qarshi kurashish uchun Hindistondan Hind mayna qushini olib kelib tarqatilgan. 1873 yilda Frantsiyada tarqalgan o’zumning Filloksera qurtiga qarshi AQSHdan yirtqich kana olib kelib tarqatilgan. 1883 yilida Angliyadan, AQSHga sholgom oq kapalagi qurtiga qarshi biologik usulda kurash olib borish maqsadida tabiatda tekinxo’rlik bilan hayot kechiruvchi Apanteles keyinchalik Avstraliyadan Itseriy qurtiga qarshi yirtqich qo’ng’iz Rodeliya olib kelib foydalanilgan. O’simliklarni biologik usulda himoya qilish yuzasidan birinchi ilmiy tadqiqot ishlari Rossiyada 1879 yilda I.I. Mechinkov tomonidan olib borilgan, bunda hasharotlarga qarshi mikroorganizmlardan foydalanish maqsad qilib olingan 1886 yilda I.I.Krasilchik dunyoda birinchi bo’lib bug’doy yoki un mitasiga qarshi kurashda kuk muskardin zamburug’ini ko’paytirish usllarini ishlab chikdi. SHu muddat mobaynida Rossiyada I.I.Mechinkov, T.F.Gameloi Frantsiyada zsa Lun Pasterlar birinchilardan bo’lib issiqqonli kemiruvchilarga qarshi kurashda kasallik tarqatuvchi zamburug’larni ishlatish yuzasidan katta tajriba olib borib yaxshi natija oldilar.

Keyinchalik rus olimlaridan I.N. SHei ы roi, N.I. Kurdiyumoi. I.A. TSorchinskiy va boshqalar hasharotlarga qarshi tabiiy qo’shandalar- entomofaglardan foydalanish yuzasidan va tabiiy qo’shandalari bir xo’jalik yoki tumandan ikkinchi tumanga olib borib, zararkunandalarga qarshi biologik usulda qarshi kurashish yuzasidan katta tajriba olib bordilar. Jumladan, 1903 yilda rus olimi Vasilei bug’doydagi zararli xasva tuxumining tekinxo’r telenominni bir tumandan olib ikkinchi bir tumanga tarqatish va olma qurti kapalagi tuxumining tekinxo’ri trixogrammani bir tumandan olib ikkinchi bir tumanga tarqatish yuzasidan ilmiy izlanishlar olib bordilar, bu ishni 1911 yilda Rodetsskiy amalga oshirdi va yaxshi natija olishga erishdi. O’simliklarni biologik usulda himoya qilish yuzasidan ilmiy- tadqiqot ishlari Rossiya o’simliklarni himoya qilish yuzasidan ilmiy tadqiqot instituti tashkil etilgandan keyin muntazam raiishda olib borish yo’lga qo’yildi. Bu institutning asosiy vazifasi shundan iborat ediki, zararkunandalarning tabiiy qo’shandalarini bir mamlakatdan ikkinchi bir mamlakatga olib kelib, ularni shu iqlim sharoitiga o’rgatish yo’li bilan hasharotlarga qarshi tarqatish va bo’lar ichidan eng yuqori samara beradigan foydali hasharotlarni – entomofaglarni tanlab olib, ulardan biologik usulda foydalanishni eng asosiy maqsad qilib olingan. Jumladan qon shirasiga va komstok qurtiga qarshi qo’llash maqsadida afelinus, rodeliya, kriptolemus kabi entomofaglarni olib kelinib tarqatila boshladi. Bug’doy zararkunandasi zararli xasvaning tuxumiga qarshi telenomin, ko’zgi tunlam, g’o’za tunlami va boshqa tunlamlarning kapalaklari qo’ygan tuxumga qarshi ishlatish uchun trixogrammalarni chet mamlakatlardan keltirib biologik usulda ishlatish, kasalliklarni bartaraf etishda yangi mikroorganizmlar yaratish hamda mikrobiologik preparatlar ishlab chiqarish va ulardan biologik usulda foydalanish yuzasidan katta ilmiy ishlar olib borildi.

O’simliklarni biologik usulda himoya qilish sohasida N.F.Maer biologik laboratoriyasining ilmiy xodimlaridan N.A.Telenga, A.A.Alekseyei, I.A.SHepetilnikova va boshqalar, mikrobiometod laboratoriyasining mudiri I.P.Pospeloi o’zining ilmiy xodimlari A.A.Eilakova, O.I.SHiyetsova, N.S. Fedorinchik va boshqalar bilan birga hamkorlikda ish olib borishib o’zoq yillar mobaynida biologik usulni ilmiy asosda ishlab chiqish borasida katta ilmiy izlanishlar olib bordilar va Moldova Respublikasida (sobiq bo’tun ittifoq) hozirgi Moldova Respublikasi o’simliklarni biologik usulda himoya qilish ilmiy tadqiqot instituti tashkil etilishi Rossiyada va O’rta Osiyo respublikalarida hamda boshqa mamlakatlarda o’simliklarni biologik usulda himoya qilish sohasida yangi laboratoriyalar va bo’limlar tashkil qilindi. Jumladan bizning mamlakatimizda ham qishloq xo’jalik ekinlari zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashda biologik usulni qo’llash borasida katta ijobiy ishlar qilindi. 1975 yildan boshlab 1982 yillargacha O’zbekistonda g’o’zani kemiruvchi zararkunandalardan himoya qilishda qariyib 2,2 million gektar yerda biologik usul qo’llanilgan bo’lsa shundan 1million gektariga faqat tuxumxo’r trixogramma qo’yib yuborilgan bo’lsa, hozirgi kunda o’rtacha 3,5-4 mln. gektar yerda g’o’zadagi kemiruvchi zararkunandalarga qarshi biologik usulda bajarilmokda, shundan 2-2,5 mln. gektariga faqat trixogramma va brakon kabi foydali hasharotlarni laboratoriya sharoitida ko’paytirib ular yordamida qarshi kurashilmokda. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, urushdan keyingi yillarda akademik S.N. Alimuhammedov rahbarligida B.P.Adashkevich, Z.K.Odilov, O.SH.Hamroyev kabi yirik olimlar Respublikamizda biologik usulni keng joriy qilishda jonbozlik ko’rsatib ish olib borgan ijodiy ishlari natijasida mamlakatimizda hasharotlarga qarshi biologik uyg’unlashtirilgan usulni keng joriy qilish bilan birga atrof muhitni ifloslanishi oldini olishda muhim ahamiyat kasb etmokda.