logo

DARYO HAVZASINING SUV BALANSI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

506.9521484375 KB
DARYO   HAVZASINING   SUV   BALANSI
Reja :  
1.  Yer kurrasida quruqlik va suvning taqsimlanishi
2.   Yer kurrasida va materiklar ichida namlikning aylanishi
3.   Yer kurrasining suv muvozanati Yer   sirtining   okeanlar   va   dengizlar   suvlari   bilan   qoplangan   yuzasi
umumiy   nom   bilan   Dunyo   okeani   deb   ataladi.   U   planetamizning   suv   qobig‘i
bo‘lgan   gidrosfe raning   ajralmas   va   asosiy   qismidir.   Gidrosfera   Dunyo
okeanidan   tashqari,   yuqorida   aytilgandek,   quruqlikdagi   suvlar daryolar,   ko‘llar
va   muzliklardan,   atmosferadagi   suv   bug‘laridan,   tuproqdagi   namlikdan,
shuningdek, yer osti suvlaridan tashkil topgan.
Yer   kurrasi   umumiy   maydoni   (510   mln.km 2
)ning   361   mln.km 2
  yoki   71
foizini Dunyo okeani egallagan, quruqliklar yuzasi esa 149 mln.km 2
  yoki uning
29   foizini   tashkil   etadi.   Quruqlikdagi   barcha   ichki   suv   havzalarining   yig‘indi
maydoni   uning   umumiy   maydonining   3   foizidan   kamrog‘ini,   muzliklar   esa
taxminan 10 foizini tashkil etadi.
Yer  kurrasida   quruqlik va  suv  yuzalari   notekis   taqsimlangan:   quruqlikning
katta   qismi   shimoliy   yarim   sharda   bo‘lib,   uning   yuzasi   39   foizni   tashkil   etadi:
janubiy   yarim   sharda   esa   quruqlik   bor   yo‘g‘i   19   foizni   egallagan.   Bunday
taqsimlanish   atmosferaning   umumiy   sirkulyatsiyasiga   va   suvning   tabiatda
aylanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Gidrosferaning   turli   qismlarida   suv   miqdorining   taqsimlanishi
to‘g‘risidagi   ma’lumotlardan   ko‘rinib   turibdiki,   Yer   kurrasidagi   suvning
umumiy hajmi 1 mlrd 386 mln.km 3
 dan ortiq. Bundan 1 mlrd 338 mln.km 3
 qismi
Dunyo okeanida, 234 mln.km 3
-Yer po‘stida, 26 mln.km 3
-muzliklarda, 176 ming
km 3
ko‘llarda,   2,1   ming   km 3
  esa   daryolardadir   (1 jadval).   Yerdagi   suvning
umumiy   hajmi   taxminan   hisoblangan,   chunki   yer   osti   suvlarining   miqdori   hali
unchalik aniq baholangan emas.
Yer   kurrasidagi   chuchuk   suvlarning   umumiy   zahirasi   35   mln.km 3
  deb
baholanadi   (Yerdagi   umumiy   suv   hajmining   2,3   foizi),   uning   68   foizidan
ko‘prog‘i Antarktida va Grenlandiya muzliklarida va 30 foizi yer osti suvlaridan
iboratdir.   Hozirgi   paytda   foydalanish   uchun   mumkin   bo‘lgan   chuchuk   suvlar
miqdori Yerdagi umumiy suv hajmining taxminan 0,3 foizini tashkil etadi.
1 jadval
2 Gidrosferaning tarkibiy qismlari
va ulardagi suv hajmi
Gidrosfera qismlari Suv hajmi
10 3
 km 3 Umumiy
hajmga nisbatan
% hisobida Chuchuk suvlar
hajmiga nisbatan
% hisobida
Dunyo okeani
Yer osti suvlari (gravitatsion va 
kapillyar)
Chuchuk yer osti suvlari 
Muzliklar
Asriy muzloq mintaqadagi yer 
osti muzlari
Ko‘llar
Tuproqdagi namlik 
Atmosferadagi namlik (suv 
bug‘lari)
Botqoqliklar
Daryolar 1338000
23400
10530
24000
300
176
16,5
12,9
11,5
2,1 96,5
1,70
0,75
1,73
0,022
0,013
0,0012
0,0017
0,0008
0,0002 -
-
30,06
68,70
0,86
0,25
0,047
-
0,033
0,006
Hammasi: 1386000 100 100
2. Yer kurrasida va materiklar ichida namlikning aylanishi
Quyosh   nurlari   ta’sirida   Dunyo   okeani,   daryolar,   ko‘llar,   botqoqliklar,
muzliklar yuzasidan, o‘simliklardan va Yer sirtining boshqa qismlaridan har yili
520   ming   km 3
  (1015   mm)   suv   bug‘ga   aylanadi.   Suv   bug‘lari   gravitatsiya
kuchlari   ta’sirida   yuqoriga   ko‘tariladi   va   kondensatsiya   jarayonida   to‘yinib,
og‘irlik kuchlari tufayli  yog‘in  sifatida yana Yer sirtiga tushadi.
Atmosferadagi namlikning asosiy manbai okeanlar va dengizlar yuzasidan
bo‘ladigan   bug‘lanishdir.   U   Yer   kurrasi   yuzasidan   bo‘ladigan   umumiy
bug‘lanishning   86,5   foizini   tashkil   etadi.   Shu   miqdorning   ko‘p   qismi   bevosita
3 yana   okeanlar   va   dengizlar   yuzasiga   atmosfera   yog‘ini   ko‘rinishida   qaytib
tushadi. Bu  kichik suv aylanishi  deb ataladi.
Namlikning   qolgan   qismi   materiklar   tomon   harakatlanadi   va   ular   Yer
yuzasi   bilan   murakkab   aloqada   bo‘ladi   (7 rasm).   Okean   va   quruqlik   yuzasidan
suvning bug‘lanishi, suv bug‘ining okeanlar ustidan o‘tishi va materiklar ichiga
kirib   borishi,   ularning   kondensatsiyalanishi   hamda   yog‘in   sochin   tarzida   yer
sirtiga   tushishi,   shuningdek,   materiklardan   suvning   daryolar   ko‘rinishida   oqib
ketishi   kabi   jarayonlar   tabiatning   ayrim   komponentlari   orasida   suv
almashinishini   ta’minlaydi.   Bu   bir   butun   jarayon   bo‘lib,   iqlim   hosil   qiluvchi
juda   muhim   omil   hisoblanadi.   Dunyo   okeani   bilan   quruqlik   o‘rtasidagi   suv   va
issiqlik almashinuvi, shu jarayon orqali amalga oshadi.
Suvning tabiatda aylanishi tufayli materiklarga suv keladi va bu suv bilan
tuproq,   o‘simlik,   hayvonot   olamining   ehtiyojlari   ta’minlanadi,   jilg‘alar,   soylar,
daryolar va ko‘llar suvga to‘ladi.
Okean   yuzasidan   bo‘lgan   bug‘lanish,   kondensatsiya   va   okeanga
tushadigan   yog‘indan   iborat   kichik   aylanishdan   tashqari   suvning   yana   ikki   xil
aylanishi alohida olingan   materik doirasidagi  va  katta, ya’ni butun Yer kurrasi
miqyosidagi aylanma harakati farq qiladi.
Suvning   materik   doirasidagi   aylanishi   unga   chetdan   namlik   kelishi,
yog‘in sochinlar, atmosfera oqimi, ya’ni namlikning chekka hududlardan materik
ichkarisiga olib borilishi, bug‘lanish va daryo oqimidan tashkil topadi.
Suvning   katta   aylanishi   ham   materiklardagi,   ham   okeanlardagi   suvning
barcha   turdagi   aylanishini   o‘z   ichiga   oladi.   Quruqlikdan   daryo   oqimi
ko‘rinishida   okeanlarga   yoki   ular   bilan   tutash   bo‘lgan   dengizlarga   qaytib
tushgan   suv   katta   suv   aylanishi   jarayonini   tugallaydi.   Shunday   qilib,   Dunyo
okeani,   atmosferadagi   namlik   va   quruqlik   suvlari   yagona   tizim   sifatida   o‘zaro
bog‘langandir.
Ko‘rilgan   sxema   juda   soddalashtirilgan,   amalda   esa   bu   hodisa   ancha
murakkabdir.   Chunki   Yer   kurrasi   yuzasidagi   suvning   bir   qismi   umumiy   suv
4 aylanishi   jarayonidan   chiqib   ketishi   (masalan,   tog‘   jinslarini   gidratatsiyalashda
qatnashishi),   bir   qismi   esa,   aksincha,   yer   qa’ridan   chiqib,   aylanma   harakat
jarayonida qatnasha boshlashi mumkin.
Yer   sirtining   quruqlik   qismida   hosil   bo‘lgan   daryo   suvlarining   bir   qismi
okeanlar
5 va   dengizlarga   quyilsa,   bir   qismi   materiklar   ichida   qoladi.   Quruqlik
yuzasining katta qismi (78 foizi) Dunyo okeaniga tomon qiya bo‘lib, u yerda hosil
bo‘lgan   daryo   oqimi   okeanlarga   kelib   tushadi.   Quruqlikning   bu   qismi   okeanga
tutash   yoki   chekka oqimli hududlar   deb ataladi. Daryolari suvi bevosita okeanga
kelib tushmaydigan hududlar   ichki oqimli hududlar   yoki   berk   (okeanga nisbatan)
hududlar   deb nomlanadi.
Yer   kurrasida   chekka   oqimli   hududlar   117   mln.km 2
  ni,   ichki   oqimli   (berk)
hududlar esa 32 mln.km 2
 ni tashkil etadi. Eng katta ichki (berk) oqimli hududlarga
Orol Kaspiy   havzasi,   Afrikadagi   Chad   ko‘li   havzasi,   Sahroi   Kabir,   Arabiston   va
Markaziy Avstraliya cho‘llari misol bo‘ladi.
3. Yer kurrasining suv muvozanati
Yuqorida gidrosferada mavjud bo‘lgan umumiy suv hajmi 1,386  10 9 
km 3
 ga
teng   ekanligi   qayd   etildi.   Lekin,   tabiatdagi   yillik   suv   aylanish   jarayonida   uning
nisbatan   juda   kam   qismi,   ya’ni   518600   km 3
  yoki   umumiy   suv   hajmining   0,037
foizi ishtirok etadi.
Dunyo okeani suvi sathining doimiyligini e’tiborga olib, ayni geologik davr
uchun   gidrosferadagi   suv   zahirasini   hamda   suv   aylanish   jarayonida   ishtirok
etadigan   suv   hajmini   o‘zgarmas   deb   hisoblash   mumkin.   Natijada   Yer   kurrasida
namlik   aylanishi   jarayonida   iishtirok   etayotgan   kirim   (atmosfera   yog‘inlari)   va
chiqim (bug‘lanish) qismlari   o‘rtasida   ma’lum tenglik muvozanat mavjud bo‘ladi.
Ushbu   tenglik   (balans)ni   Yer   kurrasi   va   uning   ayrim   qismlari   (Dunyo   okeani,
chekka   oqimli   hudud,   ichki   oqimli   hudud)   uchun   suv   muvozanati   tenglamalari
ko‘rinishida ifodalash mumkin.
Tenglamalarda kirim qismi elementlari sifatida Dunyo okeani yuzasiga (X
o ),
quruqlikning   chekka   oqimli   hududiga   (X
ch ),   quruqlikning   ichki   oqimli   (berk)
hududiga   (X
i )   va   nihoyat   butun   Yer   kurrasi   sirtiga   (X
er )   yog‘adigan   yillik   yog‘in
miqdorlarini hisobga olish zarur. Shularga mos ravishda Dunyo okeani yuzasidan
(Z
o ), quruqlikning chekka oqimli hududidan (Z
ch ), quruqlikning ichki (berk) oqimli
hududidan  (Z
i )   va   ularning   yig‘indisi Yer   kurrasi   yuzasidan   (Z
er )   bo‘ladigan   yillik
bug‘lanish   miqdorlari   tenglamalarning   chiqim   qismini   tashkil   etadi.   Suv   muvo -
6 zanati   tenglamalarida   quruqlikdan   Dunyo   okeaniga   yoki   u   bilan   tutash   bo‘lgan
dengizlarga daryolar keltirib quyadigan yillik oqim miqdori ham hisobga olinadi.
Kirim   va   chiqim   qismlarining   qabul   qilingan   belgilashlariga   asosan   suv
muvozanati   tenglamalarini   dastlab   Yer   sirtining   ayrim   qismlari   uchun   ko‘raylik.
Dunyo okeani uchun u quyidagicha ifodalanadi:
Z
o  = X
o  +U
ch  .
Chekka oqimli hudud uchun:
Z
ch  = X
ch U
ch  ,
ichki oqimli hudud uchun esa
Z
i  = X
i
ko‘rinishida yoziladi.
Yuqorida keltirilgan tenglamalarning yig‘indisi butun Yer kurrasi uchun suv
muvozanatini ifodalaydi:
Z
o  + Z
ch  + Z
i  = X
o  + X
ch  + X
i     yoki
Z
yer  = X
yer .
Yuqorida   qayd   etilgan   suv   muvozanati   tenglamalari   faqat   ko‘p   yillik   davr
oralig‘i   uchun   to‘g‘ri   bo‘ladi.   Chunki   bunda   quruq   kelgan   yillar   atmosfera
yog‘inlari ko‘p bo‘lgan yillar bilan tenglashadi.
Yer   kurrasi   va   uning   ayrim   qismlari   uchun   suv   muvozanati   tenglamalarida
qatnashuvchi elementlarning miqdoriy qiymatlari 2 jadvalda keltirilgan.
2 jadval 
Yer kurrasi va uning ayrim qismlari suv muvozanati tenglamalari
elementlarining miqdoriy qiymatlari
Yer kurrasi qismlari Maydoni,
mln .km 2 Yog‘in Bug‘lanish Oqim
ming
km 3 mm ming
km 3 mm ming
km 3 mm
7 Dunyo okeani 
Quruqlikning chekka oqimli 
qismi
 Quruqlikning ichki oqimli 
qismi
 Quruqliklar
Yer kurrasi 361
119
30
149
510 458
110
9
119
577 1270
924
300
800
1130 505
63
9
72
577 1400
529
300
485
1130 47
47
-
47
- 130
395
-
315
-
2 jadvaldagi ma’lumotlar "Mirovoy vodnoiy balans i vodnoie resursi Zemli"
(Leningrad,   Gidrometeoizdat,   1974   g.)   kitobidan   olingan   bo‘lib,   ancha
munozaralidir.   Masalan,   P.   Xaggetning   "Geografiya sintez   sovremennix   znaniy"
(Nyu York,   London,   1975)   monografiyasida   Dunyo   okeani   yuzasidan   bo‘ladigan
bug‘lanish miqdori 336 ming km 3
  ga teng. Ushbu kitobda Yer kurrasining boshqa
qismlari   uchun   keltirilgan   ma’lumotlar   ham   2 jadvaldagi   raqamlardan   keskin   farq
qiladi.
8 ADABIYOTLAR
1. Gandin   L.S.   Kogan   R.L.   Statisticheskiye   metodi   interpretatsii
meteorologicheskix dannix. -L.: GMI, 1976.
2. Gruza G.V., Reytenbax R.G. Statistika i analiz gidrometeorologicheskix
dannix. -L., GMI, 1982.
3. Gandin   L.S.,   Danovich   A.M.   i     dr.   Praktikum   po   chislennim   metodam
prognoza pogodi. -L.: GMI, 1978.      
4. Belov P.N Chislennie metodi prognoza pogodi. –L. GMI, 1975. 
5. Panovskiy   G.A.,   Brayer.   Statisticheskiye   metodi   v   meteorologii.   –L.
GMI, 1972. 
6. Grigorev   V.I.   Avtomatizirovannaya   obrabotka   gidrometeorologicheskoy
informatsii. –L. GMI, 1979.
9

DARYO HAVZASINING SUV BALANSI Reja : 1. Yer kurrasida quruqlik va suvning taqsimlanishi 2. Yer kurrasida va materiklar ichida namlikning aylanishi 3. Yer kurrasining suv muvozanati

Yer sirtining okeanlar va dengizlar suvlari bilan qoplangan yuzasi umumiy nom bilan Dunyo okeani deb ataladi. U planetamizning suv qobig‘i bo‘lgan gidrosfe raning ajralmas va asosiy qismidir. Gidrosfera Dunyo okeanidan tashqari, yuqorida aytilgandek, quruqlikdagi suvlar daryolar, ko‘llar va muzliklardan, atmosferadagi suv bug‘laridan, tuproqdagi namlikdan, shuningdek, yer osti suvlaridan tashkil topgan. Yer kurrasi umumiy maydoni (510 mln.km 2 )ning 361 mln.km 2 yoki 71 foizini Dunyo okeani egallagan, quruqliklar yuzasi esa 149 mln.km 2 yoki uning 29 foizini tashkil etadi. Quruqlikdagi barcha ichki suv havzalarining yig‘indi maydoni uning umumiy maydonining 3 foizidan kamrog‘ini, muzliklar esa taxminan 10 foizini tashkil etadi. Yer kurrasida quruqlik va suv yuzalari notekis taqsimlangan: quruqlikning katta qismi shimoliy yarim sharda bo‘lib, uning yuzasi 39 foizni tashkil etadi: janubiy yarim sharda esa quruqlik bor yo‘g‘i 19 foizni egallagan. Bunday taqsimlanish atmosferaning umumiy sirkulyatsiyasiga va suvning tabiatda aylanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Gidrosferaning turli qismlarida suv miqdorining taqsimlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, Yer kurrasidagi suvning umumiy hajmi 1 mlrd 386 mln.km 3 dan ortiq. Bundan 1 mlrd 338 mln.km 3 qismi Dunyo okeanida, 234 mln.km 3 -Yer po‘stida, 26 mln.km 3 -muzliklarda, 176 ming km 3 ko‘llarda, 2,1 ming km 3 esa daryolardadir (1 jadval). Yerdagi suvning umumiy hajmi taxminan hisoblangan, chunki yer osti suvlarining miqdori hali unchalik aniq baholangan emas. Yer kurrasidagi chuchuk suvlarning umumiy zahirasi 35 mln.km 3 deb baholanadi (Yerdagi umumiy suv hajmining 2,3 foizi), uning 68 foizidan ko‘prog‘i Antarktida va Grenlandiya muzliklarida va 30 foizi yer osti suvlaridan iboratdir. Hozirgi paytda foydalanish uchun mumkin bo‘lgan chuchuk suvlar miqdori Yerdagi umumiy suv hajmining taxminan 0,3 foizini tashkil etadi. 1 jadval 2

Gidrosferaning tarkibiy qismlari va ulardagi suv hajmi Gidrosfera qismlari Suv hajmi 10 3 km 3 Umumiy hajmga nisbatan % hisobida Chuchuk suvlar hajmiga nisbatan % hisobida Dunyo okeani Yer osti suvlari (gravitatsion va kapillyar) Chuchuk yer osti suvlari Muzliklar Asriy muzloq mintaqadagi yer osti muzlari Ko‘llar Tuproqdagi namlik Atmosferadagi namlik (suv bug‘lari) Botqoqliklar Daryolar 1338000 23400 10530 24000 300 176 16,5 12,9 11,5 2,1 96,5 1,70 0,75 1,73 0,022 0,013 0,0012 0,0017 0,0008 0,0002 - - 30,06 68,70 0,86 0,25 0,047 - 0,033 0,006 Hammasi: 1386000 100 100 2. Yer kurrasida va materiklar ichida namlikning aylanishi Quyosh nurlari ta’sirida Dunyo okeani, daryolar, ko‘llar, botqoqliklar, muzliklar yuzasidan, o‘simliklardan va Yer sirtining boshqa qismlaridan har yili 520 ming km 3 (1015 mm) suv bug‘ga aylanadi. Suv bug‘lari gravitatsiya kuchlari ta’sirida yuqoriga ko‘tariladi va kondensatsiya jarayonida to‘yinib, og‘irlik kuchlari tufayli yog‘in sifatida yana Yer sirtiga tushadi. Atmosferadagi namlikning asosiy manbai okeanlar va dengizlar yuzasidan bo‘ladigan bug‘lanishdir. U Yer kurrasi yuzasidan bo‘ladigan umumiy bug‘lanishning 86,5 foizini tashkil etadi. Shu miqdorning ko‘p qismi bevosita 3

yana okeanlar va dengizlar yuzasiga atmosfera yog‘ini ko‘rinishida qaytib tushadi. Bu kichik suv aylanishi deb ataladi. Namlikning qolgan qismi materiklar tomon harakatlanadi va ular Yer yuzasi bilan murakkab aloqada bo‘ladi (7 rasm). Okean va quruqlik yuzasidan suvning bug‘lanishi, suv bug‘ining okeanlar ustidan o‘tishi va materiklar ichiga kirib borishi, ularning kondensatsiyalanishi hamda yog‘in sochin tarzida yer sirtiga tushishi, shuningdek, materiklardan suvning daryolar ko‘rinishida oqib ketishi kabi jarayonlar tabiatning ayrim komponentlari orasida suv almashinishini ta’minlaydi. Bu bir butun jarayon bo‘lib, iqlim hosil qiluvchi juda muhim omil hisoblanadi. Dunyo okeani bilan quruqlik o‘rtasidagi suv va issiqlik almashinuvi, shu jarayon orqali amalga oshadi. Suvning tabiatda aylanishi tufayli materiklarga suv keladi va bu suv bilan tuproq, o‘simlik, hayvonot olamining ehtiyojlari ta’minlanadi, jilg‘alar, soylar, daryolar va ko‘llar suvga to‘ladi. Okean yuzasidan bo‘lgan bug‘lanish, kondensatsiya va okeanga tushadigan yog‘indan iborat kichik aylanishdan tashqari suvning yana ikki xil aylanishi alohida olingan materik doirasidagi va katta, ya’ni butun Yer kurrasi miqyosidagi aylanma harakati farq qiladi. Suvning materik doirasidagi aylanishi unga chetdan namlik kelishi, yog‘in sochinlar, atmosfera oqimi, ya’ni namlikning chekka hududlardan materik ichkarisiga olib borilishi, bug‘lanish va daryo oqimidan tashkil topadi. Suvning katta aylanishi ham materiklardagi, ham okeanlardagi suvning barcha turdagi aylanishini o‘z ichiga oladi. Quruqlikdan daryo oqimi ko‘rinishida okeanlarga yoki ular bilan tutash bo‘lgan dengizlarga qaytib tushgan suv katta suv aylanishi jarayonini tugallaydi. Shunday qilib, Dunyo okeani, atmosferadagi namlik va quruqlik suvlari yagona tizim sifatida o‘zaro bog‘langandir. Ko‘rilgan sxema juda soddalashtirilgan, amalda esa bu hodisa ancha murakkabdir. Chunki Yer kurrasi yuzasidagi suvning bir qismi umumiy suv 4

aylanishi jarayonidan chiqib ketishi (masalan, tog‘ jinslarini gidratatsiyalashda qatnashishi), bir qismi esa, aksincha, yer qa’ridan chiqib, aylanma harakat jarayonida qatnasha boshlashi mumkin. Yer sirtining quruqlik qismida hosil bo‘lgan daryo suvlarining bir qismi okeanlar 5