Suv omborlari va ularni ahamiyati. O’zbekistondagi suv omborlari


Mavzu: Suv omborlari va ularni ahamiyati. O’zbekistondagi suv omborlari. Reja: Kirish. 1.1 Suv omborlari haqida umumiy ma‘lumotlar 2 Suv omborlari geografiyasi 3 Suv omborlari turlari, 2.1. Suv omborlarining asosiy ko’rsatkichlari. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Amaliy qism. Daryolarning muolloq oqiziqlari va oqimini baholash.
Suv omborlari xaqida umumiy ma‘lumotlar. Ma‘lumki, daryolardagi suv miqdori yil davomida mavsumidan, mavsumga va u yildan bu yilga o’zgarib turadi. Yer yuzidagi, ayniqsa, O’rta Osiyo kabi arid iqlimli xududlardagi ba‘zi bir daryo va soylarning suv miqdori yil davomida shu qadar notekis va noqulay taqsimlanganki, oqibatda milliard – milliard metr kub suv xalq xujaligiga hech qanday foyda keltirmasdan behuda oqib ketadi. Ayrim paytlarda, masalan toshqin va tulinsuv davrlarida tulib – toshib oqib, katta zarar keltiradi. O’lkamiz sharoitida, qishloq xujaligida suvga bo’lgan talab ortgan mavsumlarda esa bunday daryo va soylarda suv keskin kamayib ketadi , ayrim hollarda butunlay qurib qoladi. Mana shunday sharoitda daryo va soylar suvidan tula va samarali foydalanish hamda toshqinlarni oldini olish maqsadida ularning oqim rejimini boshkarib turish zarur. Bu muammoni daryolarda sun‘iy ko’llar – suv omborlari barpo etish yuli bilan hal etish mumkin. Suv omborlari qurish o’lkamiz kabi qurg’okchilik hamda qishlok xujaligi sug’orishga asoslangan xududlarda ayniqsa zarurdir. Ko’pchilik suv omborlarini qurishda ekinzorlarni suv bilan ta‘minlashdan tashqari, ulardan gidroenergetika, baliqchilikni rivojlantirish, yirik sanoat korxonalari va shahar suv ta‘minotini yaxshilash maqsadida foydalanish ham nazarda tutiladi. 2 Suv omborlari geografiyasi. Daryolardagi suv va energiya boyliklari (resurslari)dan tularoq foydalanish maqsadida Yer kurrasida juda ko’p suv omborlari qurilgan. Dunyodagi eng yirik suv ombori Viktoriya – Nil daryosida qurilgan Ouen – Fols (Viktoriya) suv ombori bulib, Keniya, Tanzaniya, Uganda davlatlari xududida joylashgan. Uning suv sig’imi 205 km3 (Viktoriya ko’li bilan qushib hisoblanganda) bulib, Nil daryosi oqimini yillararo boshqarishga muljallangan. Rossiya xududida joylashgan Bratsk (Angara daryosi), Krasnoyarsk (Yenisey daryosi), Kuybishev (Volga), Buxtarma (Irtish) kabi suv omborlari nafakat mazkur mamlakat xududida balki butun Yevrosiy materigida ham eng yirik suv omborlari xisoblanadi. Tarixiy ma‘lumotlarga ko’ra Orta Osiyo davlatlari xududida kichik suv omborlari – hovuzlar eski eraning oxiri va yangi eraning boshlaridayoq qurilgan. Ularni
qurishdan maqsad kichik soylar suvini tuplab so’ng undan sug’orish ishlarida foydalanish bulgan. X-X11 asrlarga kelib ancha yirik suv omborlari qurilgan. Ulardan biri X asrda barpo etilgan Xonbandi suv omboridir. Bu suv ombori Pasttog’ darasining (Jizzax viloyati, Forish tumani) eng tor joyida qurilgan bulib, tug’onning balandligi 15 m dan ortiq bo’lgan hamda 1,5 mln. m3 dan kuproq suvni sig’dira olgan. O’rta asrlarda (XVI asr) qurilgan yirik suv omborlaridan biri Samarqand viloyati Okchob qishlog’i yaqinida barpo etilgan Abdullaxonbandi suv omboridir. Olimlar tomonidan tuplangan arxeologik ma‘lumotlar shu narsadan darak beradiki har ikki suv omborlarining tug’oni aniq hisob-kitob boyicha, oldindan tayyorlangan maxsus loyihalar asosida barpo etilgan. X1X asrning ikkinchi yarmiga kelib, Rossiya imperiyasi O’rta Osiyo yerlaridan yanada ko’proq boylik olish maqsadida irrigatsiya shoxobchalarini ta‘mirlash va yangilarini qurishga alohida e‘tibor berdi. 1910-1911 yillarda Turkmaniston xududidagi Mug’rob daryosida Murg’ob va Yultutan suv omborlari qurildi. Daryo suvidan yanada unumliroq foydalanish maqsadida O’rta Osiyo davlatlari xududida keyingi yillarda bir qancha suv omborlari loyixalandi va qurildi. 3. Suv omborlarining turlari. Suvni tuplab, undan kelgusida foydalanishga imkon beradigan inshot suv ombori buladi. Suv omborlari umumiy ko’rinishi, suvni to’plash shart-sharoitlari, to’gnning qurilishi usullari buyicha xilma-xildir. Ana shu belgilari buyicha ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: yopiq suv omborlari; ochiq suv omborlari. Yopiq suv omborlariga suv saqlanadigan katta-kichik idishlar, rezervuarlar kiradi. Bunday suv omborlari temirdan, temir – betondan, tosh va boshqa materiallardan quriladi. Ular oqimni kunlar, xafta, oy ba‘zan mavsumlar buyicha boshqarishga muljallanadi. O’lkamizda juda qadimdan mavjud bulgan sardoblarni ham ana shunday suv omborlari tiriga kiritish mumkin.
Ochiq suv omborlari ikki xil buladi: Dambali suv omborlari; Tug’onli suv omborlari. Dambali suv omborlari quyidagi kurinishlarda uchraydi: a) bir tomonlama damba , nishab joyda seldan saqlash maqsadida quriladi; b) gir aylanma damba, gorizontal joyda quriladi; v) yarim kovlangan damba, suv ombori suv sig’imini kattalashtirish maqsadida quriladi. Yuqorida qayd etilgan suv omborlaridan turli maqsadlarda foydalanish mumkin va shunga bog’lik holda vazifalari ham turlicha buladi. Ma‘lumki, ko’pchilik hollarda suv omborlari daryolar vodiyiga tug’on qurish yuli bilan barpo etiladi. Bu xildagi suv omborlari eng ko’p tarqalgan va xalq xujaligida ularning ahamiyati juda katta. Suv omborlarining tug’onlari vazifasiga ko’ra ikki turga bulinadi: a) suv sathini kutarishga muljallangan tug’onlar. Ular energetika, suv transporti, daryo yoki kanaldan suv olish maqsadlarida quriladi; b) suvni to’plash va daryo oqimini boshkarish maqsadida qurilgan tug’onlar. Xozirgi kunda yagona maqsadda tug’on qurish kam uchraydi. Ko’pchilik tug’onlar majmuali – kompleks maqsadlarni ko’zlab quriladi. 4. Suv omborlarining asosiy ko’rsatkichlari. Suv omborlarining ko’rsatkichlari (parametlari) ikki yunalishda belgilanadi: suv omborining o’lchamlarini xarakterlaydigan parametrlar: suv omboridan foydalanish rejimini aniqlaydigan parametrlar: Birinchi turdagi, ya‘ni suv omborlarining o’lchamlarini xarakterlaydigan parametrlar quyidagilardan iborat: a) me‘yoriy dimlanish sathi (MDS);