logo

KO‘LLARI, SUV OMBORLARI VA YEROSTI SUVLARI

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

3600.21875 KB
KO‘LLARI, SUV 
OMBORLARI VA YEROSTI 
SUVLARI  •
O‘zbekistonda ko‘llar hududi bo‘yicha notekis taqsimlangan.Ularning 
aksariyati kichik ko‘llar bo‘lib, ko‘proq daryo vodiylari bo‘ylab 
joylashgan. Ko‘llar paydo bo‘lishi jihatidan xilma-xildir. Tog‘lardagi 
ko‘llar tektonik, to‘siq (to‘g‘on) va morena ko‘llar, tekislikdagilari esa 
qoldiq ko‘llar yoki zovur-drenaj suvlarining to‘planishidan vujudga 
kelgan. O‘zbekistondagi tektonik yo‘l bilan vujudga kelgan eng katta 
ko‘l Orol ko‘lidir.  •
Respublikamizning tekislik qismidagi asosiy ko‘llari Orol, 
Mirzacho‘ldagi Arnasoy, Aydarko‘l, Tuzkon, Zarafshon daryosining 
quyi oqimidagi Dengizko‘l, Qoraqir,  Sho‘rko‘l, Farg‘ona vodiysidagi 
Axsikentko‘l, Damko‘l, Quyi Amudaryodagi Sariqamish, Sudochye, 
Ulug‘sho‘rko‘l va boshqalar. Bu ko‘llar kichik bo‘lib, ular suv 
yuzasining maydoni bir necha yuz gektardan bir km3 gachani tashkil 
etadi. Arnasoy ko`l Aydarko`l Dengizko`l •
O‘zbekistonda sun’iy suv havzalari — suv omborlari ham ko‘p. 
Ularning eng muhimlari Tuyamo‘yin, Chordara, Chorvoq, 
Kattaqo‘rg‘on, Tuyabo‘g‘iz va boshqalardir. Bu suv omborlari, asosan, 
daryo suv rejimini tartibga solib, bahorgi, qishki, kuzgi suvlarni 
to‘plab, yozda ekin dalalariga berish maqsadida qurilgan Chorvoq suv ombori Chordara suv ombori •
Respublikamizda yerosti suvlari — 
grunt (sizot suvlari),artezian 
(qatlamlar orasidagi) suvlaridan va 
mineral suvlardan iborat. Artezian 
suvlari ko‘pincha toza va chuchuk 
bo‘ladi. •
Grunt suvlari yer betiga yaqin joylashgan paytda buloq bo‘lib 
oqib chiqadi yoki quduq qazib olinadi. Grunt suvlari 
yog‘inlar, daryo, ariq, ko‘l, suv omborlarining suvi yerga 
shimilishidan hosil bo‘ladi.     •
Qatlamlar orasidagi suv ancha chuqurda joylashgan bo‘lib,bosimli va 
bosimsiz bo‘ladi. Qatlamlar orasidagi suv ko‘proq botiqlarda 
to‘planadi va bosim ostida bo‘lganligi sababli otilib chiqadi. Bunday 
suvlar artezian suvlari deyiladi.Qatlamlar orasidagi suv grunt suviga 
qaraganda toza, chuchuk va tiniq bo‘ladi.  •
Paleozoy va mezozoy davr yotqiziqlari orasidagi 1500—3000 m  
chuqurliklarda issiq mineral suvlar joylashgan.Bu suvlarning harorati +40 
+70°C ga yetadi. Bu suvlar tarkibida turli xil minerallar (karbonat kislota, 
vodorod sulfid, yod, brom, litiy, bariy va h. k.) bor. So‘nggi yillarda 
O‘zbekistonda 60 dan ortiq shifobaxsh mineral suv manbayi aniqlandi. 
Bularning eng muhimlari Toshkent, Chortoq,Farg‘ona, Chimyon, 
Jayronxona, Oltiariq va boshqa mineral suvlaridir.

KO‘LLARI, SUV OMBORLARI VA YEROSTI SUVLARI

• O‘zbekistonda ko‘llar hududi bo‘yicha notekis taqsimlangan.Ularning aksariyati kichik ko‘llar bo‘lib, ko‘proq daryo vodiylari bo‘ylab joylashgan. Ko‘llar paydo bo‘lishi jihatidan xilma-xildir. Tog‘lardagi ko‘llar tektonik, to‘siq (to‘g‘on) va morena ko‘llar, tekislikdagilari esa qoldiq ko‘llar yoki zovur-drenaj suvlarining to‘planishidan vujudga kelgan. O‘zbekistondagi tektonik yo‘l bilan vujudga kelgan eng katta ko‘l Orol ko‘lidir.

• Respublikamizning tekislik qismidagi asosiy ko‘llari Orol, Mirzacho‘ldagi Arnasoy, Aydarko‘l, Tuzkon, Zarafshon daryosining quyi oqimidagi Dengizko‘l, Qoraqir, Sho‘rko‘l, Farg‘ona vodiysidagi Axsikentko‘l, Damko‘l, Quyi Amudaryodagi Sariqamish, Sudochye, Ulug‘sho‘rko‘l va boshqalar. Bu ko‘llar kichik bo‘lib, ular suv yuzasining maydoni bir necha yuz gektardan bir km3 gachani tashkil etadi.

Arnasoy ko`l