Daryolarning maksimal suv sarflari va ularni hisoblash
Daryolarning maksimal suv sarflari va ularni hisoblash Reja: 1. Maksimal suv sarflarini gidrometrik ma’lumotlar bo‘lganda hisoblash usullari 2. Suv sarflarining maksimal qiymatlarini gidrometrik ma’lumotlar bo‘lmaganda hisoblash usullari 3. O‘rta Osiyo daryo havzalarida erigan qor suvlari hisobiga shakllangan maksimal suv sarflari
Agar yillik suv sarflari qatori yetarlicha uzun (n>30) bo‘lsa, Q max,p ga tegishli elementlarni hisoblashda xuddi oqim me’yorini hisoblash kabi ehtimollar nazariyasi usullaridan foydalaniladi. Bunda ta’minlanish egri chizig‘ini hosil qilish uchun zarur bo‘lgan elementlar ( ) larni hisoblashimiz kerak. Maksimal suv sarflarini hisoblashniing o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lib, ular quydagilardan iborat: 1) ta’minlanish egri chizig‘i iloji boricha genetik jihatdan bir xil bo‘lgan maksimal suv sarflarining qiymatlari uchun tuziladi; 2) Q max,p ni hisoblashda uning aniqligini oshirish uchun tarixiy maksimal suv sarflarini e’tiborga olish tavsiya qilinadi; 3) Q max,p ni hisoblashda kafillik tuzatmasi kiritiladi. Bu xususiyatlarga alohida to‘xtalib o‘tamiz. Q max,p genetik ya’ni kelib chiqish jihatidan quyidagilardan iborat: a) yomg‘ir suvlaridan kelib chiqqan Q max ; b) erigan qor va muzlik suvlaridan hosil bo‘lgan Q max ; v) aralash suvlar, ya’ni erigan qor va muz suvlari ustiga jadal yoqqan yomg‘ir suvlari qo‘shiladi. Maksimal suv sarflarini qanday suvlar hisobiga shakillanganligini bilish uchun quyidagicha izlanish olib boriladi. Buning uchun Q max bilan o‘rtacha sutkali suv sarflari orasida bog‘lanish grafigi chiziladi. Agar Q max f(Q o‘rt.s. ) bog‘lanishda nuqtalar zich joylashgan bo‘lsa, ya’ni bog‘lanish koeffitsiyenti 0,7 dan katta bo‘lsa, unda Q max erigan qor va muzlik suvlari hisobiga shakllangan deb qabul qilinadi. Va aksincha nuqtalar tarqoq bo‘lib, bog‘langanlik sust yoki umuman bo‘lmasa, Q max yomg‘ir suvlari hisobiga shakllangan deb olinadi. Agar aralash suvlar hisobiga shakllangan bo‘lsa, ta’minlanish egri chizig‘i elementlarini hisoblash uchun kompozitsiya usuli ishlatiladi. Bu holda R quyidagicha hisoblanadi: R R 1 R 2 -0,01R 1 R 2 , bunda R 1 -qor suvlari hisobiga shakllangan Q max ning ta’minlanganligi; R 2 -yomg‘ir suvlari hisobiga Q max ning
ta’minlanganligi. Moboda, qor suvlari ustiga yomg‘ir suvlari qo‘shilsa, R 0,01R 1 R 2 ifoda bilan aniqlanadi. Assimetriya koeffitsiyentlari (S smax ) quyidagicha qabul qilinadi: a) erigan qor suvlari hisobiga shakllangan tekislik daryolari uchun S smax 2C vmax ; b) yomg‘ir va aralash suvlar hisobiga shakllangan tekislik daryolari uchun S smax 3 4 C vmax ; v) tog‘ hududi daryolari uchun S smax 4C vmax . Q max ni hisoblashda muntazam ravishda kuzatilgan (gidrometrik) qatordan tashqari tarixiy suv sathilarini ham ishlatish tavsiya qilinadi. Bunday ma’lumotlar arxiv materiallarini o‘rganish orqali aniqlanadi va qo‘shimcha ravishda suv sarflari egri chiziqlari N f (Q) bog‘lanish grafiklaridan foydalaniladi. Tarixiy suv sathi qiymatiga to‘g‘ri keluvchi Q max miqdori N f (Q) egri chizig‘ini ekstropolyatsiya qilib aniqlanadi. Q max,N ni aniqlaganimizdan keyin Kritskiy-Menkel ifodalari yordamida tiklangan “N” qator uchun Q max hisoblanadi. Hisob ikkita holat uchun olib boriladi: 1) tarixiy Q max kuzatilgan qatordan tashqarida joylashgan holat uchun quyidagicha aniqlanadi: . Tarixiy (Q Nmax ) maksimum haqiqiy kuzatilgan n qatorga kiruvchi Q nmax qiymatidaan kichik bo‘lsa, unda quyidagi ifoda yordamida hisoblanadi: . Gidrotexnik inshootlarning xalq xo‘jaligidagi ahamiyatiga hamda to‘g‘on orqali suv o‘tkazish qobiliyatiga qarab ular sinflarga bo‘linadi. I-sinf inshooti R 0,001-0,1% bo‘lib, N 10000 yil va N 1000 da bir marta kuzatiladigan suv sarflari qiymati hisobga olinadi. II-sinf inshooti R 1-2 % ; N 100-50 yil. III- sinf inshooti R 2-3 % ; N 50-33 yil. IV- sinf inshooti R 5 % . N 20 yil. Bundan tashqari Q max hisoblaganda kafillik tuzatmasi kiritiladi, uning qiymati LenGIDEP ifodasi yordamida aniqlanadi.
, bu yerda: -kafillik tuzatma qiymati; Yer-ta’minlanish egri chizig‘i ordinatasidagi o‘rtacha kvadratik xatolik, maxsus nomogrammadan S V va R,% larning qiymatiga qarab topiladi; a-daryoning gidrologik jihatdan o‘rganilganlik darajasini izohlovchi koeffitsiyent. Jumladan, yetarlicha yaxshi o‘rganilgan daryo uchun a 0,7, sust o‘rganilgan daryolar uchun a 1,5 deb qabul qilinadi. Kafillik tuzatmani aniqlaganimizdan keyin Q max P ni aniqlaymiz: Q max,P Q max,P Q max,P . Gidrometrik ma’lumotlar qisqa qator bo‘lganda Q max ni hisoblash uchun, avvalo, qatorni tiklab uzaytirishga harakat qilish kerak. Bizga ma’lumki gidrologik hisoblashning turli yo‘nalishlarida qisqa qatorni uzaytirish uchun o‘xshashlik usuli ishlatiladi. Bu usuldan biz yuqorida oqim me’yorini hisoblaganimizda fodalangan edik. Xuddi shu yo‘l bilan maksimal suv sarflari qisqa qatori ham uzaytiriladi, so‘ngra Kritskiy-Menkel ifodasidan foydalanib, maksimal suv sarfi aniqlanadi: , , bu yerda: -hisoblash stvori bo‘yicha uzun qatorga keltirilgan Q max larning o‘rtacha qiymati; -hisoblash stvorining qisqa qatori bo‘yicha Q max ning o‘rtacha qiymati; Q n max,a -analog bo‘yicha uzun qator uchun Q max larning o‘rtacha qiymati; Q n max,a -analog uchun qisqa qator bo‘yicha Q max ning o‘rtacha qiymati. 2. Suv sarflarining maksimal qiymatlarini gidrometrik ma’lumotlar bo‘lmaganda hisoblash usullari
Maksimal suv sarflarining eng katta qiymatlari to‘lin suv va toshqin suv davrlarbda kuzatiladi. Gidrotexnik inshootning eng katta suv sarfini o‘tkazishga mo‘ljallangan suv sarfini aniq hisoblash juda muhimdir. Agar maksimal suv sarfi miqdori va uning vaqt davomida qaytarilishi noto‘g‘ri hisoblansa, gidrotexnik inshootlarning buzilishiga olib keladi. Ikkinchi tomondan, Q max oshirib hisoblansa, inshootning narxini oshirib yuboradi. Ushbu mavzuda empirik ifodalar asosida maksimal suv sarflarini hisoblash yo‘llari ko‘rilgan. Suv xo‘jaligida gidrometrik nuqtai nazardan o‘rganilmagan daryolarda gidrotexnik inshootlarning qurilishi zarur bo‘lib qolishi amaliyotda tez-tez uchrab turadi. Bu masalani hal qilishda ko‘proq empirik ifodalardan foydalaniladi. Suv xo‘jaligi amaliyotida tekislik daryolarida erigan qor suvlari hisobiga shakllangan maksimal suv sarfini hisoblashda D.L.Sokolovskiy ifodasi keng qo‘llaniladi. U quyidagi ko‘rinishga ega: , bu ifodada: Ar-bahorgi maksimal oqimning moduli, mm/soat; G‘-daryo havzasiniing maydoni, km 2 ; n-bog‘lanishning burchak koeffitsiyenti; 1 -daryo havzasining ko‘llilik koeffitsenti; 2 -o‘rmon va botqoqliklar bilan qoplanganlik darajasini belgilovchi koeffitsiyent. Hozirgi vaqtda hisob maksimal suv sarfi (Q max,P ) ni aniqlash “Ukazaniya po opredeleniyu raschetnix gidrologichiskix harakteristik” (SN-435-72) da keltirilgan qator ifodalar bo‘yicha olib boriladi. Jumladan tog‘ daryolarining qor suvlari hisobiga shakllangan maksimal suv sarflarini hisoblash uchun quyidagi ifoda qo‘llaniladi: , bu yerda: Q max,P% -ehtimolligi R % dan oshgan hisob maksimal suv sarfi, m 3 s; h p - yuqoridagi ehtimollikdagi to‘lin suv davri oqimi, mm; G‘-jamlovchi stvorgacha suv yig‘ish maydoni, km 2 ; -havzaning ko‘lliligini izohlovchi koeffitsiyen; -