logo

DARYO OQIMINING HOSIL BO‘LISH XUSUSIYATLARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

35.7548828125 KB
DARYO OQIMINING HOSIL BO‘LISH XUSUSIYATLARI
Reja:
1. Iqlimiy omillarning oqim hosil bo‘lishiga ta’siri.
2. Daryo havzasi relefining oqim hosil bo‘lishiga ta’siri.
3. Tuproq qoplamining oqim hosil bo‘lishiga ta’siri
4. O‘simlik qoplamining oqim hosil bo‘lishiga ta’siri.
5. Inson xo‘jalik  faoliyatining daryo oqimiga ta’siri. Daryo   oqimi   yomg‘ir   suvlari   hamda   tog‘lardagi   qor   va   muzlikning   erishi
hisobiga   hosil   bo‘ladi.   Har   ikki   holda   ham   hosil   bo‘lgan   suvning   bir   qismi
bug‘lanadi,   faqat   qolgan   qismigina   oqimning   hosil   bo‘lishida   ishtirok   etadi.
¨mg‘irning   yog‘ishi   yoki   qor   va   muzliklarning   erishi   jadalligi,   yer   ostiga
shimilishi   hamda   bug‘lanishning   birgalikdagi   jadalligidan   katta   bo‘lgandagina
oqim hosil bo‘ladi.
Daryo   oqimining   hosil   bo‘lishi   juda   murakkab   jarayon   bo‘lib,   uning   hosil
bo‘lishiga quyidagi tabiiy-georafik omillar ta’sir etadi:
 havzaning iqlim sharoiti;
 havzaning relefi;
 havzaning tuproq sharoiti;
 havzaning o‘simlik qoplami;
 havzaning geologik tuzulishi;
 havzada ko‘llar, botqoqliklar va muzliklarning mavjudligi.
Sanab   o‘tilgan   omillar,   faqat   oqimning   hosil   bo‘lishi   va   uning   umumiy
miqdoriga ta’sir ko‘rsatibgina qolmaydi. Bu omillar daryo oqimining yil ichida va
shuninngdek hududlar bo‘ylab taqsimlanishiga ham ta’sir qiladi.
U yoki bu omilning daryo oqimiga bo‘lgan ta’sirini alohida ajratib ko‘rsatish
va uni tekshirish juda qiyin vazifadir. Chunki bu omillarning hammasi birgalikda
harakat qiladi, ko‘pchilik hollarda esa bir-birlari bilan bog‘langandir.
Iqlimiy omillarning oqim hosil bo‘lishiga ta’siri.
Ma’lumki,   iqlimiy omillar   deganda atmosfera yog‘inlari, havoning harorati,
havo   namligi,   shamol   kabilar   tushuniladi.   Shu   omillardan   qaysi   birining   oqimga
hal   etuvchi   va   bevosta   ta’sir   etishini   bilish   uchun   daryo   havzasining   suv
muvozanati tenglamasiga murojat etaylik. Ma’lumki, u quyidagi ko‘rinishga ega:
X
0 =U
0 +Z
0 yoki U
0 =X
0 -Z
0
bu yerda: X
0 -havzaga yog‘adigan o‘rtacha ko‘p yillik yog‘in miqdori, Z
0 -havzada
bo‘ladigan   bug‘lanishning   o‘rtacha   ko‘p   yillik   miqdori,   U
0 -daryo   oqimining
o‘rtacha ko‘p yillik miqdori. Shu tenglamalardan ko‘rinib turibdiki, iqlimning daryo oqimiga ta’sir etuvchi
asosiy elementlari atmosfera yog‘inlari va bug‘lanishdir.
Bir   xil   tabiiy   sharoitda   daryo   havzasiga   qancha   ko‘p   yog‘in   yog‘sa,   oqim
shuncha   ko‘p   miqdorda   hosil   bo‘ladi.   Ular   orasidagi   bog‘liqlikni   analitik
ko‘rinishda quyidagicha ifodalash mumkin:
U
0  =  f(X
0 ).
Biroq bu bog‘liqlik hamma vaqt ham bo‘lavermaydi. Chunki oqim miqdoriga
faqat yog‘inning oz va ko‘p bo‘lishi ta’sir ko‘rsatibgina qolmasdan, balki uning yil
ichida taqsimlanishi  harakteri ham muhim o‘rin tutadi. Masalan, yog‘inning ko‘p
qismi yilning sovuq davrilarida yog‘sa, u vaqtda uning ancha qismi oqim sifatida
daryoga kelib qo‘shiladi, ya’ni daryo oqimi bilan yog‘in o‘rtasida yetarli darajada
bog‘liqlik bo‘ladi. Agar yog‘inning asosiy qismi yilning issiq fasllarida yog‘sa, u
vaqtda yog‘inning katta qismi bug‘lanishga va yer ostiga shimilishga sarf bo‘ladi.
¨g‘inning qolgan qismigina oqimni hosil bo‘lishida qatnashadi.
Yuqorida   aytib   o‘tilganidek,   daryo   oqimiga   bevosita   ta’sir   ko‘rsatuvchi
ikkinchi   iqlimiy   omil-bu   bug‘lanishdir .   Bu   yerda   shu   narsani   hisobga   olish
zarurki, bug‘lanish havo haroratiga bog‘liq bo‘lish bilan birga u ma’lum darajada
yog‘in miqdoriga ham bog‘liq bo‘ladi.
Yuqorida   aytilganlardan   shunday   hulosa   chiqadiki,   daryo   oqimining   asosiy
iqlimiy omillaridan bo‘lgan yog‘in va bug‘lanishni alohida tekshirib bo‘lmas ekan.
Huddi   shu   kabi   oqim   hosil   bo‘lishida   qolgan   iqlimiy   omillar   (havo   namligi,
shamol va boshqalar) ham bir-biriga bog‘liq holda doimiy ta’sir etib turadi. 
Daryo havzasi relefining oqim hosil bo‘lishiga ta’siri.
Daryo   oqimining   hosil   bo‘lishiga   havza   relefi   bevosita   va   bilvosita   ta’sir
etishi   mumkin.   Relefning   oqimga   bevosita   ta’siri   havzaning   nishabligi   orqali
ifodalanadi.   Agar   havzaning   nishabligi   katta   bo‘lsa,   oqim   jadal   suratda   hosil
bo‘lib, uning daryo o‘zaniga oqib kelish vaqti qisqaradi. Shu bilan birga yer ostiga
shimilish   va   bug‘lanishga   ham   kam   miqdorda   miqdorda   suv   sarflanadi.
Havzaning,   yonbag‘irlarining   nishabligi   nisbatan   kichik   bo‘lganda   esa   yuqorida
bayon qilinganlarning aksi kuzatiladi. Havza relefining oqim hosil bo‘lishiga bilvosita ta’siri juda kattadir. Bu ta’sir
suv   muvozanatining   asosiy   elementlari   bo‘lgan   yog‘in-sochin,   bug‘lanish.   yer
ostiga shimilish va havzada to‘planadigan suv miqdori orqali seziladi.
Suv   muvozanati   elementlariga   va   ular   orqali   daryo   oqimiga   balandlik
mintaqalari   juda   katta   ta’sir   ko‘rsatadi.   Ortiqcha   va   yetarli   darajadagi   namlikka
ega   bo‘lgan   tekislik   hududlarida   balandlikning   uncha   katta   bo‘lmagan   o‘zgarishi
ham   yog‘in   miqdoriga   va   daryo   oqimiga   sezilarli   ta’sir   ko‘rsatadi.   Masalan,
Valday tepaliklarida (dengiz sathidan 200-300 m) yillik yog‘in miqdori 700mm ga
yetsa, u bilan yonma-yon joylashgan xududlarda  550mm yog‘in yog‘adi.
Tog‘li   hududlarda   daryo   havzasining   suv   muvozanati   elementlari   balandlik
bo‘yicha  keskin o‘zgaradi. Yillik yog‘in miqdori  (tog‘  tizimining o‘rniga bog‘liq
holda) ma’lum balandlikkacha ortib boradi, shundan so‘ng balandlik ortib borishi
bilan   yog‘in   miqdori   kamaya   boradi.   Masalan,   Iliorti   Olatovining   shimoliy   yon
bag‘irlarida   yog‘in   miqdori   2250m   balandlikkacha   ortsa,   Jung‘or   Olatovida   bu
balandlik 3200-3400m ni tashkil etadi.
¨g‘in   miqdoriga   yonbag‘irlarning   nam   havo   oqimi   yo‘nalishiga   nisbatan
joylashishi  katta ta’sir  ko‘rsatadi. Masalan,  Hisor  tog‘  tizmasining janubi-g‘arbiy
yon   bag‘irlariga   yiliga   1500-2000mm   yog‘in   yog‘sa,   Pomir   tog‘ining   ichki
hududlarida yillik yog‘in miqdori atigi 400-600 mm ni tashkil etadi.
Balandlikning ortishi yog‘in turiga ham ta’sir etadi, balandlikka mos ravishda
yog‘inning   umumiy   miqdoriga   nisbatan   qorning   hissasi   ortib   boradi.   Bu   esa   o‘z
navbatida oqim koeffitsiyentining o‘sishiga olib keladi. 
Umuman   tog‘li   o‘lkalarning   gidrologik   sharoitida   relefning   ahamiyati
nihoyatda kattadir. Relef gidrologik xodisalarga, shu jumladan oqim hosil bo‘lish
jarayoniga   ko‘pincha   bevosita   emas,   balki   tabiiy-geografik,   ayniqsa,   iqlimiy
omillar orqali ta’sir etadi.
Tuproq qoplamining oqim hosil bo‘lishiga ta’siri
Har qanday daryo havzasi  yuzasining ma’lum qismi  tuproq bilan qoplangan
bo‘ladi.  Tuproq qoplamining  oqim  hosil   bo‘lishiga  ta’siri   uning  suv  shimilish  va
shimilgan   suvni   o‘zida   ushlab   tura   olish   imkoniyati   bilan   harakterlanadi.   Tuproq qoplamining shu xususiyatiga bog‘liq holda yer osti va yuza oqimlar miqdori ham
turlicha bo‘ladi.
Tuproq qoplamining suv shimish qobiliyati, uning tabiiy-mexanik va tabiiy-
kimyoviy   xususiyatlariga   bog‘liqdir.   Tuproq   zarrachalarining   o‘lchamlari   qancha
katta   bo‘lsa,   u   shuncha   ko‘p   miqdordagi   suvni   shimadi.   Masalan,   qumli   tuproq,
loy   tuproqqa   nisbatan   5-10   marta   ko‘p   suvni   shimadi.   Natijada   birinchi   turdagi
tuproqlar   ko‘p   tarqalgan   havzalarda   daryo   oqimining   asosiy   qismini   yer   osti
suvlari tashkil etadi. 
Tuproq   qoplamining   oqimning   hosil   bo‘lishiga   ta’siri   haqida   gap   ketganda
havzadagi   haydalgan   yerlar   maydonlariga   ham   e’tibor   berish   kerak.   Ayrim
kuzatishlar   va   ilmiy   tadqiqot   ishlari   natijalarining   ko‘rsatishicha     haydalgan
yerlarda   haydalmagan   maydonga   nisbatan   oqim   40-80%   miqdorda   kam   hosil
bo‘ladi.
O‘simlik qoplamining oqim hosil bo‘lishiga ta’siri.
Daryo   havzasidagi   o‘simlik   qoplamining   oqim   hosil   bo‘lishiga   ta’siri
quyidagi ko‘rinishlarda o‘z ifodasini topadi:
1) o‘simlik qoplami atmosfera yog‘inlarining bir qismini o‘zida ushlab qoladi
va bu bilan yog‘inning yanada ko‘proq qismining bug‘lanishiga imkon beradi.;
2) o‘simlik qoplami ildizlari yordamida   doimiy ravishda tuproqdan ma’lum
miqdordagi namlikni olib, o‘z tanasi orqali bug‘latib turadi (transpiratsiya);
3) o‘simlik qoplami o‘z tanasi bilan tuproq yuzasini to‘sadi, uni isib ketishiga
yo‘l qo‘ymaydi va natijada bug‘lanish miqdorini kamaytiradi;
4)   o‘simlik   qoplami   yer   yuzasi   g‘adir-budirligini   orttiradi,   bu   esa   yuzada
suvning   oqish   tezligini   kamaytirib,   ko‘p   miqdordagi   suvning   yer   ostiga
shimilishiga imkon beradi;
5)   o‘simlik   qoplami,   ayniqsa   o‘rmonlar   yer   sirtidagi   qorning   erishini
sekinlashtiradi va bu bilan yer ostiga shimilishni kuchaytiradi;
6)   o‘simlik   qoplami   tuproqning   tabiiy   hususiyatlarini   keskin   o‘zgartirib
yuboradi; 7) ayrim olimlarning kuzatishicha o‘rmon bilan qoplangan maydonlarda yon
atrofga nisbatan yog‘in miqdori ko‘proq bo‘ladi.
Demak, o‘simlik qoplamining oqim hosil bo‘lishiga ta’siri yog‘in, bug‘lanish,
yer ostiga shimilish miqdorinig o‘zgarishida seziladi. 
Yuqorida   sanab   o‘tilganlardan   ko‘rinib   turibdiki,   o‘simlik   qoplami   ayrim
hollarda oqimning ko‘payishiga sabab bo‘lsa, ayrim hollarda esa buning aksidir.
Daryo havzasi geologik tuzilishining oqim hosil bo‘lishiga ta’siri.
Daryolar   to‘yinishida   ishtirok   etadigan   yer   osti   suvlarining   to‘planishi   va
sarflanishi sharoiti havzaning geologik tuzilishiga bog‘liqdir. Shu bilan bir qatorda
tog‘   jinslarining   litologik   tarkibi ,   suv   o‘tkazmas   qatlamlarning   joylashish
chuqurligi   oqim   hosil   bo‘lishiga,   uning   miqdoriga   hamda   yil   ichida
taqsimlanishiga ta’sir etadigan jiddiy omillardan hisoblanadi.
Ma’lumki,   suvni   yaxshi   o‘tkazadigan   tog‘   jinslaridan   iborat   qatlamlar   ko‘p
miqdordagi   suvni   o‘ziga   shimib   oladi.  Bunday   sharoitda   ular   nam   to‘plagichlar
vazifasini o‘tab , yil davomida daryolarning yer osti suvlari bilan tekis to‘yinishini
ta’minlaydi.
Karst   hodisalari   keng   tarqalgan   hududlarda   daryo   havzasi   geologik
tuzilishining   oqim   hosil   bo‘lishiga   ta’siri   yanada   yaqqol   seziladi.   Bunday
maydonlarda   daryolar   deyarli   uchramaydi,   chunki   yog‘inning   asosiy   qismi   yer
ostiga shimilib, natijada yuza oqim hosil bo‘lmaydi. 
Ko‘llar, botqoqliklar va muzliklarning oqim hosil bo‘lishiga ta’siri.
Daryo   havzasida   mavjud   bo‘lgan   ko‘llar,   botqoqliklar   ma’lum   darajada
oqimni   boshqarib,   uning   yil   ichida   nisbatan   tekis   taqsimlanishiga   sabab   bo‘ladi,
havzadagi ko‘llar ta’sirida kam suvli davrda oqim nisbatan ko‘p bo‘lib, to‘lin suv
davrida esa oqim ko‘lsiz daryolarga nisbatan kam bo‘ladi.
Ikkinchi tomondan ko‘llar yuzasidan bo‘ladigan bug‘lanish hisobiga umumiy
oqim   miqdori   kamayadi.   Oqimning   kamayish   miqdori,   birinchidan,   ko‘llarning
suv   yuzasi   maydoniga,   so‘ngra   esa   shu   xududda   suv   yuzasidan   va   quruqlikdan
bo‘ladigan   bug‘lanish   farqiga   bog‘liqdir.   Suv   yuzasi   maydoni   va   bug‘lanishlar farqi qancha katta bo‘lsa, bug‘lanishga shuncha ko‘p miqdorda suv sarf bo‘ladi va
binobarin daryo oqimi miqdori ham shuncha kamayadi.
Markaziy Osiyo davlatlari hududida ko‘llar yuzasidan bo‘ladigan bug‘lanish
hisobiga   oqimning   kamayishi   nihoyatda   sezilarlidir.   Masalan,   A.A.Sokolov
hisobiga ko‘ra mazkur hududda ko‘llar yuzasi umumiy maydonga nisbatan 1% ni
tashkil   etganda   ko‘lsiz   havzalarga   nisbatan   oqimning   70-80   foyizi   bug‘lanishga
sarflanadi [6].
Botqoqliklar   haqida   ham   yuqoridagi   kabi   fikrlarni   bildirish   mumkin.
Ularning daryo oqimiga ta’siri, ayniqsa shimoliy hududlarda sezilarlidir.
Daryo havzalarida muzliklarning mavjudligi oqimning yil ichida va  yillararo
taqsimlanishiga   sezilarli   darajada   ta’sir   qiladi.   Masalan,   Markaziy   Osiyo
hududidagi   muzliklar  hisobidan   to‘yinadigan   daryolar   (Zarafshon,  Norin,  Vaxsh)
oqimining asosiy qismi iyul-sentyabr oylariga to‘g‘ri keladi. Shu davrdagi  issiqlik
muvozanati   esa   u   yildan   bu   yilga   kam   o‘zgaradi,   binobarin   oqim   miqdori   ham
yildan yilga kam o‘zgaradi.
Inson xo‘jalik  faoliyatining daryo oqimiga ta’siri.
Inson   ho‘jalik   faoliyatining   daryo   oqimiga   ta’siri   juda   qadimga   borib
taqaladi, lekin bu ta’sir avvallari keng miqyosda bo‘lmagani uchun uncha sezilarli
bo‘lmagan.
Asrimizning   o‘rtasidan   boshlab   esa   insonning   tabiatga   ta’siri   juda   kuchaya
bordi.   Jumladan,   inson   ho‘jalik   faoliyatining   daryo   oqimiga   ta’siri   quyidagi
ko‘rinishlarda o‘z aksini topadi:
1.Suv omborlari, suv elektr stansiyalari  (GESlar), selxonalar qurish;
2. Daryo oqimini havzalararo qayta taqsimlash;
3. Sug‘oriladigan yerlar maydonini kengaytirish;
4. Daryo havzasidagi botqoqlik yerlarni quritish;
5.   Daryolar   suv   to‘playdigan   yirik   maydonlarda     agrotexnika   tadbirlarini
o‘tkazish;
6. Yirik shaharlar va aholi punktlarini suv bilan ta’minlash; 7. Yirik sanoat korxonalari (qog‘oz ishlab chiqaruvchi, kimyo, metallurgiya,
to‘qimachilikni suv bilan ta’minlash va hokazo.
Yuqorida   sanab   o‘tilgan   omillar   daryo   oqimining   miqdoriga   ham,   sifatiga
ham   salbiy   ta’sir   ko‘rsatadi.   Bugungi   kunda   ana   shu   ta’sirni   har   tomonlama
o‘rganish   va   uni   miqdoriy   jihatdan   baholash   gidrologiya   fanining   asosiy
muammolaridan biri hisoblanadi. ADABIYOTLAR
1. Gandin   L.S.   Kogan   R.L.   Statisticheskiye   metodi   interpretatsii
meteorologicheskix dannix. -L.: GMI, 1976.
2. Gruza G.V., Reytenbax R.G. Statistika i analiz gidrometeorologicheskix
dannix. -L., GMI, 1982.
3. Gandin   L.S.,   Danovich   A.M.   i     dr.   Praktikum   po   chislennim   metodam
prognoza pogodi. -L.: GMI, 1978.      
4. Belov P.N Chislennie metodi prognoza pogodi. –L. GMI, 1975. 
5. Panovskiy   G.A.,   Brayer.   Statisticheskiye   metodi   v   meteorologii.   –L.
GMI, 1972. 
6. Grigorev   V.I.   Avtomatizirovannaya   obrabotka   gidrometeorologicheskoy
informatsii. –L. GMI, 1979.

DARYO OQIMINING HOSIL BO‘LISH XUSUSIYATLARI Reja: 1. Iqlimiy omillarning oqim hosil bo‘lishiga ta’siri. 2. Daryo havzasi relefining oqim hosil bo‘lishiga ta’siri. 3. Tuproq qoplamining oqim hosil bo‘lishiga ta’siri 4. O‘simlik qoplamining oqim hosil bo‘lishiga ta’siri. 5. Inson xo‘jalik faoliyatining daryo oqimiga ta’siri.

Daryo oqimi yomg‘ir suvlari hamda tog‘lardagi qor va muzlikning erishi hisobiga hosil bo‘ladi. Har ikki holda ham hosil bo‘lgan suvning bir qismi bug‘lanadi, faqat qolgan qismigina oqimning hosil bo‘lishida ishtirok etadi. ¨mg‘irning yog‘ishi yoki qor va muzliklarning erishi jadalligi, yer ostiga shimilishi hamda bug‘lanishning birgalikdagi jadalligidan katta bo‘lgandagina oqim hosil bo‘ladi. Daryo oqimining hosil bo‘lishi juda murakkab jarayon bo‘lib, uning hosil bo‘lishiga quyidagi tabiiy-georafik omillar ta’sir etadi:  havzaning iqlim sharoiti;  havzaning relefi;  havzaning tuproq sharoiti;  havzaning o‘simlik qoplami;  havzaning geologik tuzulishi;  havzada ko‘llar, botqoqliklar va muzliklarning mavjudligi. Sanab o‘tilgan omillar, faqat oqimning hosil bo‘lishi va uning umumiy miqdoriga ta’sir ko‘rsatibgina qolmaydi. Bu omillar daryo oqimining yil ichida va shuninngdek hududlar bo‘ylab taqsimlanishiga ham ta’sir qiladi. U yoki bu omilning daryo oqimiga bo‘lgan ta’sirini alohida ajratib ko‘rsatish va uni tekshirish juda qiyin vazifadir. Chunki bu omillarning hammasi birgalikda harakat qiladi, ko‘pchilik hollarda esa bir-birlari bilan bog‘langandir. Iqlimiy omillarning oqim hosil bo‘lishiga ta’siri. Ma’lumki, iqlimiy omillar deganda atmosfera yog‘inlari, havoning harorati, havo namligi, shamol kabilar tushuniladi. Shu omillardan qaysi birining oqimga hal etuvchi va bevosta ta’sir etishini bilish uchun daryo havzasining suv muvozanati tenglamasiga murojat etaylik. Ma’lumki, u quyidagi ko‘rinishga ega: X 0 =U 0 +Z 0 yoki U 0 =X 0 -Z 0 bu yerda: X 0 -havzaga yog‘adigan o‘rtacha ko‘p yillik yog‘in miqdori, Z 0 -havzada bo‘ladigan bug‘lanishning o‘rtacha ko‘p yillik miqdori, U 0 -daryo oqimining o‘rtacha ko‘p yillik miqdori.

Shu tenglamalardan ko‘rinib turibdiki, iqlimning daryo oqimiga ta’sir etuvchi asosiy elementlari atmosfera yog‘inlari va bug‘lanishdir. Bir xil tabiiy sharoitda daryo havzasiga qancha ko‘p yog‘in yog‘sa, oqim shuncha ko‘p miqdorda hosil bo‘ladi. Ular orasidagi bog‘liqlikni analitik ko‘rinishda quyidagicha ifodalash mumkin: U 0 = f(X 0 ). Biroq bu bog‘liqlik hamma vaqt ham bo‘lavermaydi. Chunki oqim miqdoriga faqat yog‘inning oz va ko‘p bo‘lishi ta’sir ko‘rsatibgina qolmasdan, balki uning yil ichida taqsimlanishi harakteri ham muhim o‘rin tutadi. Masalan, yog‘inning ko‘p qismi yilning sovuq davrilarida yog‘sa, u vaqtda uning ancha qismi oqim sifatida daryoga kelib qo‘shiladi, ya’ni daryo oqimi bilan yog‘in o‘rtasida yetarli darajada bog‘liqlik bo‘ladi. Agar yog‘inning asosiy qismi yilning issiq fasllarida yog‘sa, u vaqtda yog‘inning katta qismi bug‘lanishga va yer ostiga shimilishga sarf bo‘ladi. ¨g‘inning qolgan qismigina oqimni hosil bo‘lishida qatnashadi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, daryo oqimiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi ikkinchi iqlimiy omil-bu bug‘lanishdir . Bu yerda shu narsani hisobga olish zarurki, bug‘lanish havo haroratiga bog‘liq bo‘lish bilan birga u ma’lum darajada yog‘in miqdoriga ham bog‘liq bo‘ladi. Yuqorida aytilganlardan shunday hulosa chiqadiki, daryo oqimining asosiy iqlimiy omillaridan bo‘lgan yog‘in va bug‘lanishni alohida tekshirib bo‘lmas ekan. Huddi shu kabi oqim hosil bo‘lishida qolgan iqlimiy omillar (havo namligi, shamol va boshqalar) ham bir-biriga bog‘liq holda doimiy ta’sir etib turadi. Daryo havzasi relefining oqim hosil bo‘lishiga ta’siri. Daryo oqimining hosil bo‘lishiga havza relefi bevosita va bilvosita ta’sir etishi mumkin. Relefning oqimga bevosita ta’siri havzaning nishabligi orqali ifodalanadi. Agar havzaning nishabligi katta bo‘lsa, oqim jadal suratda hosil bo‘lib, uning daryo o‘zaniga oqib kelish vaqti qisqaradi. Shu bilan birga yer ostiga shimilish va bug‘lanishga ham kam miqdorda miqdorda suv sarflanadi. Havzaning, yonbag‘irlarining nishabligi nisbatan kichik bo‘lganda esa yuqorida bayon qilinganlarning aksi kuzatiladi.

Havza relefining oqim hosil bo‘lishiga bilvosita ta’siri juda kattadir. Bu ta’sir suv muvozanatining asosiy elementlari bo‘lgan yog‘in-sochin, bug‘lanish. yer ostiga shimilish va havzada to‘planadigan suv miqdori orqali seziladi. Suv muvozanati elementlariga va ular orqali daryo oqimiga balandlik mintaqalari juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Ortiqcha va yetarli darajadagi namlikka ega bo‘lgan tekislik hududlarida balandlikning uncha katta bo‘lmagan o‘zgarishi ham yog‘in miqdoriga va daryo oqimiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, Valday tepaliklarida (dengiz sathidan 200-300 m) yillik yog‘in miqdori 700mm ga yetsa, u bilan yonma-yon joylashgan xududlarda 550mm yog‘in yog‘adi. Tog‘li hududlarda daryo havzasining suv muvozanati elementlari balandlik bo‘yicha keskin o‘zgaradi. Yillik yog‘in miqdori (tog‘ tizimining o‘rniga bog‘liq holda) ma’lum balandlikkacha ortib boradi, shundan so‘ng balandlik ortib borishi bilan yog‘in miqdori kamaya boradi. Masalan, Iliorti Olatovining shimoliy yon bag‘irlarida yog‘in miqdori 2250m balandlikkacha ortsa, Jung‘or Olatovida bu balandlik 3200-3400m ni tashkil etadi. ¨g‘in miqdoriga yonbag‘irlarning nam havo oqimi yo‘nalishiga nisbatan joylashishi katta ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, Hisor tog‘ tizmasining janubi-g‘arbiy yon bag‘irlariga yiliga 1500-2000mm yog‘in yog‘sa, Pomir tog‘ining ichki hududlarida yillik yog‘in miqdori atigi 400-600 mm ni tashkil etadi. Balandlikning ortishi yog‘in turiga ham ta’sir etadi, balandlikka mos ravishda yog‘inning umumiy miqdoriga nisbatan qorning hissasi ortib boradi. Bu esa o‘z navbatida oqim koeffitsiyentining o‘sishiga olib keladi. Umuman tog‘li o‘lkalarning gidrologik sharoitida relefning ahamiyati nihoyatda kattadir. Relef gidrologik xodisalarga, shu jumladan oqim hosil bo‘lish jarayoniga ko‘pincha bevosita emas, balki tabiiy-geografik, ayniqsa, iqlimiy omillar orqali ta’sir etadi. Tuproq qoplamining oqim hosil bo‘lishiga ta’siri Har qanday daryo havzasi yuzasining ma’lum qismi tuproq bilan qoplangan bo‘ladi. Tuproq qoplamining oqim hosil bo‘lishiga ta’siri uning suv shimilish va shimilgan suvni o‘zida ushlab tura olish imkoniyati bilan harakterlanadi. Tuproq

qoplamining shu xususiyatiga bog‘liq holda yer osti va yuza oqimlar miqdori ham turlicha bo‘ladi. Tuproq qoplamining suv shimish qobiliyati, uning tabiiy-mexanik va tabiiy- kimyoviy xususiyatlariga bog‘liqdir. Tuproq zarrachalarining o‘lchamlari qancha katta bo‘lsa, u shuncha ko‘p miqdordagi suvni shimadi. Masalan, qumli tuproq, loy tuproqqa nisbatan 5-10 marta ko‘p suvni shimadi. Natijada birinchi turdagi tuproqlar ko‘p tarqalgan havzalarda daryo oqimining asosiy qismini yer osti suvlari tashkil etadi. Tuproq qoplamining oqimning hosil bo‘lishiga ta’siri haqida gap ketganda havzadagi haydalgan yerlar maydonlariga ham e’tibor berish kerak. Ayrim kuzatishlar va ilmiy tadqiqot ishlari natijalarining ko‘rsatishicha haydalgan yerlarda haydalmagan maydonga nisbatan oqim 40-80% miqdorda kam hosil bo‘ladi. O‘simlik qoplamining oqim hosil bo‘lishiga ta’siri. Daryo havzasidagi o‘simlik qoplamining oqim hosil bo‘lishiga ta’siri quyidagi ko‘rinishlarda o‘z ifodasini topadi: 1) o‘simlik qoplami atmosfera yog‘inlarining bir qismini o‘zida ushlab qoladi va bu bilan yog‘inning yanada ko‘proq qismining bug‘lanishiga imkon beradi.; 2) o‘simlik qoplami ildizlari yordamida doimiy ravishda tuproqdan ma’lum miqdordagi namlikni olib, o‘z tanasi orqali bug‘latib turadi (transpiratsiya); 3) o‘simlik qoplami o‘z tanasi bilan tuproq yuzasini to‘sadi, uni isib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi va natijada bug‘lanish miqdorini kamaytiradi; 4) o‘simlik qoplami yer yuzasi g‘adir-budirligini orttiradi, bu esa yuzada suvning oqish tezligini kamaytirib, ko‘p miqdordagi suvning yer ostiga shimilishiga imkon beradi; 5) o‘simlik qoplami, ayniqsa o‘rmonlar yer sirtidagi qorning erishini sekinlashtiradi va bu bilan yer ostiga shimilishni kuchaytiradi; 6) o‘simlik qoplami tuproqning tabiiy hususiyatlarini keskin o‘zgartirib yuboradi;