DARYOLAR YILLIK OQIMINING O‘ZGARUVCHANLIGI
DARYOLAR YILLIK OQIMINING O‘ZGARUVCHANLIGI Reja: 1. Yillik oqimning o‘zgaruvchanligini belgilovchi omillar 2. Gidrometrik ma’lumotlar bo‘lmaganda oqim me’yorini hisoblash.
Suv xo‘jaligi maqsadlarida daryolardan foydalanishda daryoning o‘rtacha ko‘p yillik miqdori-oqim meyori haqida ma’lumotga ega bo‘lish yetarli emas. Bunda ko‘p suvli va kam suvli yillardagi oqim miqdorini, ularning takrorlanish darajasini bilish ham lozim. Daryo oqimi yildan-yilga o‘zgarib turadigan kattalik. Oqimning o‘zgarishi iqlimga jumladan yog‘in-sochin miqdoriga, absolyut balandlikka, daryoning to‘yinish manbaiga bog‘liq bo‘ladi. Ma’ruzada shu muammolar yoritiladi. Yillik oqimning o‘zgaruvchanligini belgilovchi omillar. Gidrologiyadan bizga ma’lumki, bir yil uchun daryo havzasining suv muvozanati tenglamasi U = X - Z U` ko‘rinishiga ega. Bu tenglamada “U”-havzadagi namlik zaxirasining o‘zgarishini ko‘rsatadi va u quyidagilardan tashkil topadi: a) ochiq hajmlarda suv zahirasining o‘zgarishi-”S” (suv); b) qor va muzlik zahiralarining o‘zgarishi -”Q”; v) aeratsiya qatlamida namlikning o‘zgarishi -”A”; g) yer osti suvlarining o‘zgarishi -”E”. Shunday qilib, (1) tenglamani quyidagi ko‘rinishda chiqamiz: U = X -Z (S=A=E). Agar suv muvozanati tenglamasini kalendar yil emas, balki gidrologik yil uchun tuzsak undagi “S” va “A” hadlar 0 ga intiladi, natijada (2) tenglama quyidagicha yoziladi: U = X -Z (Q=E). Shunday qilib, (3) tenglamadan ko‘rinib turibdiki, ma’lum yilning oqimi shu yilda kuzatiladigan yog‘in-sochin miqdoriga, bug‘lanishga sarflanadigan namlik miqdoriga, qor va muzliklardagi namlikning o‘zgarishiga bog‘liq bo‘ladi. Tog‘li hududlarda oqimning o‘zgaruvchanligiga absolyut balandlik ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, Markaziy Osiyo daryo oqimining o‘zgaruvchanligiga ta’sir qiluvchi omillar M.E.Oldekop, L.K. Davidov, V.L.Shults kabi gidrolog olimlar tomonidan o‘rganilgan.
Gidrologik hisoblashlar olib borishda oqim yildan-yilga tebranishi ikki nuqtai-nazardan qaraladi. 1) oqimning xronologik o‘zgarishini, tebranishning umumiy xarak-terini belgilovchi qonuniyatlarni o‘rganish orqali; 2) oqimning tebranish amplitudasini belgilovchi qonuniyatlarni o‘rganish orqali. Jumladan, V.L. Shults Markaziy Osiyo daryolari oqimining tebranish amplitudasini “a” koeffitsiyent orqali izohlaydi: a = , alohida yil oqimi; -oqim meyori, -oqimning o‘rtacha kvadratik cheklanishi. V.L.Shults “a” koeffitsiyentni nisbiy suvlilik koeffitsiyenti deb ataydi va O‘rta Osiyo daryolari bo‘yicha “a” koeffitsiyentni hisoblash natijasida ma’lum xulosalarga keladi: 1) kam suvli va ko‘p suvli yillarning guruh bo‘lib kelishi quyidagi jadvaldan ko‘rinadi. Kuzatish ehtimoli Ko‘p suvli yil ketidan O‘rta suvli yil ketidan Kam suvli yil ketidan ko‘p suvli O‘rta suvli kam suvli ko‘p suvli o‘rta suvli kam suvli ko‘p suvli o‘rta suvli kam suvli 0,57 0,34 0,09 0,23 0,52 0,27 0,16 0,28 0,62 Jadvaldan ko ‘ rinib turibdiki , haqiqatdan ham ko ‘ p suvli yil ketidan ko ‘ p suvli yilning kelishi 0,57 (57 %) bo ‘ ls a , o ‘ rta suvli yilning kelishi 34 %, kam suvli yilning kelishi atigi -9 % ni tashkil qiladi . 2) yillik oqimning tebranishi sinxronli yoki asinxronli kuzatilishi masalasi. V.L. Shults bu masalani Markaziy Osiyo hududidagi 34 ta daryo oqimining tebranishini o‘rganib chiqib, quyidagi xulosaga keladi: a) surunkasiga hamma daryolarda sinxronli tebranish deyarli kuzatilmaydi; b) hatto ekstremal yillarda ham (1965, 1974-kam suvli, 1969, 1980-ko‘p suvli) surunkasiga hamma daryolarda sinxronli tebranish kuzatilmagan.
Xayt va Langbeyn AQSH hududidagi daryolarning oqim tebranishini o‘rganib chiqib, deyarli yuqorida keltirilgan xulosaga kelishdi. yani 1915-16 yili ekstremal ko‘p suvli davrda jami daryolarning faqat 46,3 % da suv ko‘p bo‘lgan, lekin 1933 kam suvli yilda esa 90,3 % daryolarda suv kam kelgan. Oqimning yildan yilga tebranish qonuniyatlari, uning sabablari ko‘pchilik gidrolog-olimlarni qiziqtirib kelgan va bu borada turli xil izlanishlar olib borilgan. A.V. Shnitnikovning G’arbiy Sibir va Shimoliy Qozog‘iston daryolari oqimini va ko‘llar suv sathini mumkin qadar uzun davr uchun tebranishini tahlil qilib, tebranish siklli bo‘lishini va bu sikl o‘z ichiga 41-47 yilni olganini ko‘rsatib o‘tdi. Shu bilan birga oqimning siklli tebranishi meteoelementlar (X,t h ) ning tebranishiga mos tushganligini tasdiqladi. Duglas Reyn va Neman daryolari oqimini 150 yillik davri uchun tebranishini tahlil qilish natijasida tebranish siklli ekanligini tasdiqlab o‘tdi. N.V. Hamdanova chirchiq daryosi oqimining tebranishini quyoshning aktivliligiga bog‘liq holda o‘rganadi, ya’ni U=f (P w ). Bu ifodada P w -Volf sonlari bo‘lib, u quyoshdagi dog‘larning maydonini bildiradi va oqimga tug‘ri proportsionaldir. Shunday qilib chirchiq daryosi oqimi tebranishida 11 yillik sikl ko‘zga yaqqol ko‘rinib turibdi. Oqimning yildan-yilga o‘zgaruvchanligini ifodalovchi mezon sifatida o‘zgaruvchanlik koeffitsiyenti (C v ) qabul qilingan. Uni miqdoriy baholash ehtimollar nazariyasi qonuniyatlari asosida olib boriladi. 2. Gidrometrik ma’lumotlar bo‘lmaganda oqim me’yorini hisoblash. Gidrometrik ma’lumotlar bo‘lmaganda oqim meyorini hisoblash quyidagi usullar yordamida olib boriladi: Kuzatish stvorlari oralig‘ida interpolyatsiya o‘tkazish usuli bilan; Oqim izochiziqlari xaritalari yordamida; Suv muvozanati tenglamasi yordamida; Empirik ifodalar yordamida.
Birinchi usul buyicha oqim meyorini aniqlash nisbatan sodda bo‘lib, u ma’lum daryo uzunligi bo‘yicha bir nechta kuzatish stvorlari bo‘lgandagina ishlatiladi. Masalan, Q 1 va Q 2 stvorlar orasidagi -hisoblash stvori uchun oqim meyorini aniqlash kerak. Buning uchun Q 1 va Q 2 stvorlar oralig‘ida Q 0 ni interpolyatsiya usuli bilan aniqlaymiz. Oqim izochiziqlari xaritalari yordamida oqim meyorini aniqlash. Hozirgi vaqtda quruqlikning alohida hududlari uchun oqim meyori yoki o‘rtacha ko‘p yillik oqim xaritalari mavjud. Oqim xaritalari tuzish uchun ko‘pincha oqim moduli (M 0 , l sek km 2 ) yoki oqim qalinligi (U I , mm) ishlatiladi. Jumladan DGI tomonidan tavsiya qilingan oqim xaritalari oqim modullarida ifodalangan bo‘lib, o‘rtacha ko‘p yillik qiymatga asoslangan. DGIning bu xaritalari oqim meyorini kuzatishlar olib borilmagan holda aniqlash uchun asos bo‘lib hisoblanadi. Agar oqim meyorini aniqlaydigan daryo havzasi ikkala qo‘shni izochiziqlar orasida, yoki bo‘lmasa izochiziqlar kesishgan joyda joylashgan bo‘lsa, bu holda avvalo daryo havzasining og‘irlik markazi (O.M.) topilib, so‘ngra izochiziqlar orasida interpolyatsiya yordamida oqim meyori aniqlanadi. Agar oqim izochiziqlari hisoblanadigan daryo havzasini notekis kesib o‘tsa, u holda oqim meyori quyidagi ifodadan aniqlanadi: M 0 = , bu yerda: M i -qo‘shni izochiziqlar orasidagi oqim modulining o‘rtacha qiymati; f i - izochiziqlar havzasida ko‘llar ko‘p bo‘lsa, oqim meyorini aniqlashda ko‘llilik darajasini hisobga olish kerak: M 0 = M k (1-f k )Q , bu yerda: Mk-xaritadan olingan oqim moduli qiymati; f k -ko‘llarning maydoni yoki ko‘llilik darajasi, ulushda olinadi; X-yog‘inning ko‘p yillik o‘rtacha qiymati, mm; E-ko‘llar yuzasida bug‘lanishning o‘rtacha yillik qiymati, mm.