logo

Davlatchilik tushunchasi va uning kelib chiqishi to’g’risidagi yondashuvlar. O’zbekistonda qadimgi davlatchilikning turlari va boshqaruv shakli.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

43.8232421875 KB
Davlatchilik tushunchasi va uning kelib chiqishi  to’g’risidagi yondashuvlar.
O ’zbekistonda qadimgi davlatchilikning turlari va boshqaruv shakli.
Reja:
1. “O’zbekiston davlatchiligi tarixi” fanining predmeti va uni   o’rganishning
ahamiyati .
2. Davlatchilik tushunchasi. «Avesto» kitobida qadimiy davlatchilik tarixiga 
oid ma’lumotlar.
3. Davlatning kelib chiqishiga sivilazasiyaviy nuqtai nazardan yondashish 
to’g’risida
4. Davlatning kelib chiqishi to’g’risidagi nazariyalar turlari to’g’risida.  O’zbekiston   davlatchiligi     tarixi   fani :-Predmeti   mamlakatimiz   hududida
eng   qadimgi   davrlardan   boshlab   hozirgi   kunga   qadar   kechgan   ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy   va   madaniy   jarayonlar   yaxlitlik,   uzviylik   va   o’zaro   aloqadorlikda
o’rganiladi
 Obyekti-mamlakatimiz   hududida   kechgan   ijtimoiy-siyosiy,   iqtisodiy,
madaniy   jarayonlar;ishlab   chiqarish   kuchlari   va   vositalarining   takomillashib
borishi;til   va   yozuv,   ilm-fan   va   madaniyatning   rivojlanishi;davlat   boshqaruv
shakllari   va   evolyusiyasi;etnik   jarayonlar,   urf-odat   va   rasm-rusumlar;diplomatiya
va   elchilik   aloqalari;sulolalar,   tarixiy   geografiya;milliy   ozodlik   harakatlari;din,
mafkura va turli g’oyalar;buyuk tarixiy shaxslar, davlat arboblari va boshqalar
O’zbekiston   davlatchiligi     tarixi   fanining   maqsad   va   vazifalari.
O’zbekiston   davlatchiligi   tarixi   fanining   asosiy   maqsadi   davlatni   boshqarish
sohasidagi   tarixiy   tajribani   o’rganish   orqali   malakali   tarixchi,   arxivshunos
kadrlarni   tayyorlashda   o’z   ifodasini   topadi.   Ushbu   maqsadni   amalga   oshirishda
quyidagi vazifalarni yechish talab etiladi: 
- davlat   muassasalarining   paydo   bo’lish   va   rivojlanish   bosqichlarini   tadqiq
etish;
- davlat muassasalari tuzilishi hamda faoliyatini o’rganish;
- davlat muassasalarining huquq va majburiyatlari, vazifalarini yoritish;
- zamonaviy   davlat   muassasalari   tizimini   takomillashtirishning   vosita   va
yo’llarini tushuntirish.
O’zbekiston   davlatchiligi   tarixi   fani   boshqa   fanlarga   o’xshash   holda   o’ziga
tegishli ijtimoiy munosabatlar tizimini o’rganish va tartibga solish nazariy-amaliy
qoida-tartiblar tizimiga ega. Tarixiy fanlar tizimining alohida sohasi sifatida ushbu
fan   davlatning   vazifalarini   bajarish   uchun   tashkil   etilgan   muassasalar   tarixi,
faoliyati   va   ijtimoiy   munosabatlarni   o’rgatishni   qamrab   oluvchi   o’z   predmetiga
ega.
Shuningdek,   jahon   sivilizasiyasining   ajralmas   qismi   bo’lgan   qadimgi
O’zbekiston   davlatchiligi,   davlat   muassasalari   va   boshqaruvi   masalalarini   har
tomonlama tadqiq etish ham mazkur fanning asosiy maqsadlaridan hisoblanadi. O’zbekiston   davlatchiligi   tarixi   fani   bo’yicha   davlat   muassasalari   tarixini
tizimli   va   xronologik   ketma-ketlikda   vujudga   kelishini,   yuzaga   kelishining
ijtimoiy-iqtisodiy   omillarini,   ular   vakolatlari,   vazifalari,   majburiyatlari,   tashkiliy-
huquqiy   jihatlari,   faoliyat   yo’nalishlari,   ma’lum   bir   davlat   muassasasi
vakolatlarining boshqasiga o’tkazilishi sabablarini yoritib beradi.
O’zbekiston   davlatchiligi   tarixi   fani   bilimlarini   tarixchi,   arxivshunos
mutaxassis   bo’lib   shakllanadigan   talabalar   uchun   zaruriy   bo’lgan   bilimlarni   o’z
ichiga oladi. 
O’zbekiston   davlatchiligi   tarixi   fani   bilimlariga   ega   bo’lishlik
tadqiqotchilarning ilmiy tadqiqot faoliyatlari uchun zaruriy bo’lgan ma’lumotlarni
davlat arxivlaridan oson qidirib topish imkonini beradi. Ma’lumki, davlat arxivida
materiallar   ma’lum   bir   davlat   muassasasi   faoliyati   bilan   bog’liq   holda   tizimli
ravishda fondlarda saqlanadi. 
Arxivlarda faoliyat olib boradigan xodimlar uchun turli arxiv ishlariyuritishda
ya’ni   hujjat   materiallarini   jamlash   yoki   fond   tashkil   etishda,   ularning
qimmatliligini   ekspertiza   qilishda,   tizimlashtirish   va   klassifikasiyalashda,   nashr
etish   uchun   ma’lumotlarni   saralashda   O’zbekistonning   davlat   muassasalari   tarixi
kursini o’rganish muhim sanaladi. 
“O’zbekiston     davlatchiligi   tarixi”   fanining   metodologik
tamoy illari: Tarixiylik   tamoyili   deganda   ijtimoiy,   siyosiy,   iqtisodiy   va   madaniy
jarayonlarni   tarixiy   jihatdan   davriy   ketma-ketlikda,   o’zaro   aloqadorlikda,   yaxlit
tarixiy   jarayon   sifatida,   o’rganilayotgan   zamon   ruhi,   axloqiy   va   huquqiy
me’yorlari, hayot mezonlari nuqtai nazaridan talqin qilish va sharhlash tushuniladi.
Xolislik   tamoyili   o’rganilayotgan   tarixiy   jarayonlar   xolis   va   betaraf
o’rganilishini,   voqyea   va   hodisalarni   biror   g’oya   yoki   mafkura   nuqtai   nazaridan
sharhlamaslikni, tarixiy jarayonlarni qanday bo’lsa shundayligicha qabul qilish va
o’rganishni,   yutuqlar   bilan   birga   yo’l   qo’yilgan   kamchiliklardan   ham   ko’z
yummaslikni,   tarixni   bayon   qilishda   ehtiroslarga   berilib   ketmaslikni,
tadqiqotchining g’oyaviy, siyosiy, mafkuraviy, diniy qarashlari, milliy mansubligi
ustunlik   qilmasligini,   bir   yoqlamalikka   yo’l   qo’ymaslikni,   voqyealarni   tahlil qilishda   bugungi   kun   nuqtai   nazaridan   yondashmaslikni,   manbalarga   tanqidiy
munosabatda bo’lib, boshqa zamondosh manbalar bilan tasdiqlangan dalillargagina
tayanishni,   dalillarni   soxtalashtirmaslikni,   ertak   va   afsona   elementlaridan   xoli
bo’lishni anglatadi. 
Manbalar bilan asoslanganlik tamoyili:  bayon qilinayotgan tarixiy jarayon,
keltirilayotgan   har   qanday   faktlar   chinakam   ilmiy   va   asl   manbalarga   asoslangan
bo’lmog’i   lozim.   Manbadagi   xabarning   haqiqatga   qanchalik   to’g’ri   kelishi
manbaga   zamondosh   bo’lgan   boshqa   manbalar   ma’lumotlari   bilan,   agar   ular
mavjud   bo’lmasa   arxeologiya,   numizmatika   singari   yordamchi   tarix   fanlari
ma’lumotlari bilan qiyoslash orqali aniqlanadi. 
Mintaqa   va   jahon   tarixi   bilan   bog’liqligi   tamoyili :   har   bir   xalqning   tarixi
alohida ahamiyatga ega bo’lishi bilan birga ular umuminsoniyat tarixining ajralmas
va uzviy tarkibiy qismini tashkil etadi. O’zbekiston tarixini umumjahon tarixining
bir   bo’lagi,   ajralmas   va   muhim   tarkibiy   qismi   sifatida   o’rganish   maqsadga
muvofiqdir.
Milliy   qadriyatlar,   xalq   an’analari,   urf-odatlari,   diniy   e’tiqodlar,   turli
ijtimoiy   tabaqalar   manfaatlari   va   tarixiy-madaniy   taraqqiyot   nuqtai   nazaridan
yondashish tamoyili: har bir tarixiy voqyea va hodisani  o’rganishda milliy hamda
mahalliy   xususiyatlar,   ya’ni   har   bir   millat   va   elatning   tili,   dini,   yashash   hududi,
ishlab   chiqarish   va   boshqaruvni   tashkil   etish   usuli,   ruhiyati,   urf-odatlari,   rasm-
rusum va an’analari va marosimlarini o’rganilayotgan davr axloqi nuqtai nazaridan
to’la anglagan va har tomonlama hisobga olgan holda munosabatda bo’lish nazarda
tutiladi.
O’zbekiston davlatchiligi  tarixiga oid asosiy yozma manbalar:
• Avesto
Qadimgi Eron va Hind manbalari
• Xvaday namak
• Abulqosim Firdavsiy «Shohnoma»
• «Mahobharata» Yunon va Rim manbalari:
• Xeradot «Tarix»
• Kvint Kursiy Ruf «Buyuk Iskandar tarixi»
• Arrian Flaviy «Iskandarning yurishlari»
• Pompey Trog «Filipp tarixi»
• Gay Pliniy Sekund «Oddiy tarix»
• Polibiy «Umumiy tarix»
• Strabon «Geografiya»
• Ptolomey Klavdiy «Geografiya»
Xitoy manbalari:
• Sima Syan «Shi Szi» - («Tarixiy esdaliklar»)
• Byan Gu «Syan Xan shu» - («Avvalgi xan sulolasining tarixi»)
• Li Yan-shou «Bey shu» («Shimoliy sulolalar tarixi»)
• Fan Xua «Xou Xan shu» («Keyingi xan sulolasi tarixi»)
IX-XII asr arab tilidagi manbalar:
• Muhammad Muso al Xorazmiy «Kitob at-tarix» - («Tarix kitobi»)
• Madoiniy   Abluhasan   Ali   ibn   Muhammad   «Kitob   al   mag’oziy»   («Urushlar
haqida kitob»)
• Al-Ya’qubiy «Kitob al buldon» («Mamlakatlar haqida kitob»)
• Balazuriy «Kitob futuh al-buldon» («mamlakatlarni zabt etilishi»)
• At-Tabariy   «Tarixi   ar-rusul   va-muluk»   («Payg’ambarlar   va   podshohlar
tarixi»)
• Abu Rayhon Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» («Osor ul-
boqiya an al-qurun an-holiya»)
• Muhammad Qoshg’oriy «Devonu lug’at at-turk» («Turkiy so’zlar lug’ati»)
XIII-XIV asr fors tilidagi manbalar:
• Narshaxiy «Buxoro tarixi»
• Nizomiddin Shomiy «Zafarnoma»
• Sharafuddin Ali Yazdiy «Zafarnoma» • Muhammad   Tarag’ay   mirzo   Ulug’bek   «To’rt   ulus   tarixi»   («Tarixi   arba’
ulus»)
O’ zbektilidagimanbalar :
• Yusuf   Xos   Xojib   Bolasog’uniy   «Qutadg’u   bilik»   («Saodatga   yo’llovchi
bilim»)
• «Temur Tuzuklari»
• Zahiriddin Muhammad Bobur «Boburnoma» («Vaqoyi’»)
• Muhammad Solih «Shayboniynoma» va boshqalar
O’zbekiston davlatchiligi tarixifanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi.
Umumiy   tarix   fanlari   yordamida   jahon   davlatchiligi   evolyusiyasi,   davlat
muassasalari tizimi, ularning vazifalari to’g’risida ma’lumotlarga ega bo’ladi.
Yuridik   fanlar   davlat   va   huquq   asoslari   tushunchasi,   davlat   shakllarini
o’rganishda   yordam   bersa,   ijtimoiy-siyosiy   fanlar   davlat   va   fuqarolar   o’rtasidagi
munosabatlarini tushunish va taqqoslash orqali ilmiy-nazariy xulosalar chiqarishga
asos bo’ladi.
Maxsus   tarix   fanlari,   jumladan   tarixiy   xronologiya,   gerldika,   sfragistika
arxivshunoslik bilan ham chambarchas bog’liq.
Xronologiya tarixiy fanlarning rivojlanishi natijasida vaqtni o’rganadigan fan
sifatida   XVI   asrda   vujudga   keldi.   Xronologiya   ilm   sifatida   Qadimgi   Bobil,   Misr,
Yunoniston   va   Rimda   shakllangan.   O’rta   asrlarda   xronologiyaning   rivojlanishiga
Markaziy Osiyolik olimlar ham o’z hissalarini qo’shganlar.
Xronologiya   –   yordamchi   tarix   fanlaridan   biri   bo’lib,   u   vaqt   to’g’risidagi
fandir.   Xronologiya   so’zi   yunoncha   so’z   bo’lib,   “xronos”   –   vaqt,   “logos”–   fan,
ya’ni   vaqtni   o’rganish   haqidagi   fan   deganidir.   Xronologiya   vaqtlarni   o’rganish,
hisoblash   haqidagi   fan   sifatida   ikki   qismga   bo’linadi,   bular   astronomik
(matematik)   xronologiya   va   tarixiy   xronologiyadir.   Astronomik   xronologiyaning
vazifasi   –   osmon   jismlarining   siljishi   to’g’risidagi   aniq   astronomik   davrlarning
vaqtini   aytib   berishdir.   Tarixiy   xronologiya   tarixiy   taraqqiyot   davomida   vaqtni hisoblash   tizimini   o’rganadi,   ularning   o’zaro   bog’liqligini,   vaqtlarni   bir   hisob
sistemasidan ikkinchisiga aylantirish uslublarini ishlab chiqadi.
Geraldika   gerblar   va   ular   haqidagi   bilimlar   tizimidir.   Geraldika   atamasi
lotincha   “heraldus”   –   jarchi   so’zidan   kelib   chiqqan.   Polyakcha   “herb”,   nemischa
“erbo”   atamalari   meros   va   merosxo’r   ma’nolarida   qo’llanilgan.   Gerb     biron   bir
mamlakat   yoki   hududning   siyosiy   va   tarixiy   xarakterdagi   g’oyalari   majmuasini,
o’ziga   xos   tabiiy   va   xo’jalik   xususiyatlari,   tabaqaviy   tavofutlarini,   tarixiy   shaxs,
uning xonadoni, oilasi, qaysi  urug’ yoki  qavmga mansubligi hamda nasl-nasabini
ifodalovchi alohida ramziy belgidir.
Geraldika moddiy madaniyat yodgorliklarini: gerb, tamg’a, muhr, nishonlarni
hamda   gerbli   va   ramzli   yozma   manbalarni   o’rganadi,   milliy   an’analar,   ijtimoiy
xususiyatlar, mamlakatlararo iqtisodiy va madaniy aloqalarni o’rganishga yordam
beradi.   Fanning   asosiy   vazifasi   belgilangan   obyektga   qarab   tarixiy   manbalarni
o’rganish,   tadqiq     etish   va   ular   orqali   ma’lum   bir   davrning   siyosiy,   ijtimoiy,
iqtisodiy   ahvolini   ochib   berish,   hukmdorlar,   sulolalar,   shaxslar,   voqyealarni
davrlashtirishdan iborat. 
Genealogiya   (yunoncha   genealogiya   –shajara)   tarix   faning   yordamchi
sohalaridan   biri   bo’lib,   tarixiy   shaxs,   uning   urug’-aymog’i,   nasl-nasabi,   oilasi,
xonadon vakillari va ularning kelib chiqishi, qon-qarindoshlik munosabatlari, nasl-
nasab   zanjiridagi   o’rnini   o’rganadi.     Uning   amaliy   sohasi   shajaralar   yoki
nasabnomalar tuzishdir.Numizmatika tanga pullarni o’rganuvchi va tadqiq etuvchi
fan sohasi hisoblanadi.“Numizmatika” so’zi grekcha “nomisma” – ya’ni  tanga pul
yoki   chaqa   degan   ma’noni   anglatadi.   Tangashunoslik   oltin,   kumush   va   misdan
ishlangan metall pullarni o’rganish haqidagi fandir. Ushbu sohaga bundan tashqari
yana   qog’oz   pullarni   o’rganish   (bonistika)   va   orden,   medal   hamda   shu   xildagi
esdalik tamg’alarini (znachoklar) florestika) o’rganish ham kiradi.
“Numizmatika”   atamasi   o’rta   asrdan   e’tiboran   tanga  pullar   haqidagi   fanning
nomi   sifatida   ishlatila   boshlandi.   U   tanga   va   qog’oz   pullarning,   orden   va
medallarning   yuzaga   kelish   tarixini   o’rganadi.   Turli   davrlarda   hukmdorlar   o’z
nomidan   pul   zarb   qildirganlar,   bu   tanga   pullar   davlatning   chegarasini,   iqtisodiy birligini, bozordagi qiymatini belgilaydi. Har bir hukmdorning zarb qildirgan tanga
pullarida   hukmdorning   tasviri   yoxud   hukmron   sulola   yoki   davlat   ramzi   bo’lgan
gerblar   o’z   aksini   topgan.   Tanga   pullar   boshqa   manbalarga   qaraganda   alohida
informativ hamda qimmatli tarixiy dalillar berishi bilan ajralib turadi.Sfragistika –
hujjatlarga   qo’yilgan   muhrlar   orqali   uning   qaysi   davlat,   idora   yoki   mansabdor
shaxsga tegishliligini aniqlashda yordam beradi.
“Arxiv”   atamasi   lotincha   “arxivum”   so’zidan   olingan   bo’lib,   o’zbek   tilida
“mahkama”,   “muassasa”   degan   ma’noni   anglatadi.   Lekin   bu   so’z   hozirgi   kunda
boshqacha ma’noda qo’llaniladi. Arxiv deganda biz odatda hujjatlar saqlanadigan
muassasasani   tushunamiz.   Ayni   paytda   biron-bir   tashkilot   yoki   jismoniy   shaxslar
qo’lida   to’planadigan   hujjatlar   majmuiga   nisbatan   ham   “arxiv”   atamasi
qo’llaniladi. Arxivshunoslik – bu arxivlar faoliyatining nazariy, huquqiy va uslubiy
masalalarini   hal   etishga   qaratilgan   fandir.   U   arxivlar   faoliyati   bilan   barcha
muammolarni   kompleks   tarzda   o’rganadi.   Umuman   olganda   O’zbekiston
davlatchiligi  tarixini o’rganishni bir qator fanlar bilan bog’liq ravishda olib borish
hamda   olgan   nazariy   bilimlarini   amaliyotda   muassasalar   faoliyati
takomillashtirishda qo’llash joizdir.
1.Ilk   davlatchilik   tarixi   bo’yicha   tadqiqotlar   olib   boruvchi   aksariyat
olimlarning   e’tirof   etishicha,   O’rta   Osiyoda   ilk   davlatchilik   asoslarini   bronza
(mil.avv.   III-II   m.y.)   davridagi   sug’orma   dehqonchilikning   rivojlanishi   va
ixtisoslashgan   hunarmandchilik   xo’jaliklari   tashkil   etgan   edi.Shuningdek   ilk
davlatchilikning tarixiy ildizlari faqat ichki sabablargagina bog’liq bo’lmay, balki
qadimgi   Sharqdagi   yuksak   darajada   rivojlangan   an’anaviy   tarixiy-madaniy
aloqalarga ham bog’liq bo’lgan. 
Arxeologik   tadqiqotlar   natijasida   topilgan   yuqori   sifatli   moddiy   madaniyat
buyumlari o’zaro aloqalardagi mavjud texnologik va iqtisodiy ta’sirni ko’rsatadi.
Tadqiqotlar  shuni  ko’rsatadiki,  yuzlab ming  yilliklarni  o’z  ichiga    qamragan
insoniyat tarixida dastlabki davlatlarning paydo bo’lishi –nisbatan ancha kech yuz
bergan   jarayondir.   Davlatchilik   tarixi   insoniyat   sivilizasiyasining   so’nggi   5   ming yili bilan bog’lanadi. Ilk davlatlar o’z rivojlanish bosqichlarida turli xususiyatlar va
tarixiy   qonuniyatlariga   ega   bo’lib,   ilk   davlatlar   xo’jalikning   ishlab   chiqaruvchi
shakllari   –   dehqonchilik,   chorvachilik   va   hunarmandchilik   qayerda   oldinroq
rivojlangan   bo’lsa,   o’sha   yerda   paydo   bo’lgan.   Xo’jalik   ishlab   chiqaruvchi
shakllarning   taraqqiyoti   aholi   joylashuvi,hududlarning   kengayishi   va   tashqi
aloqalarning   rivojlanishiga   olibkelgan.   Shu   tariqa   aholining   aralash   joylashuvi
jarayoni   boshlanib,bir   hududda   turli   urug’   vakillari   yashaydigan   bo’lgan,   ya’ni
qarindosh-urug’chilik   jamoasi   o’rniga   hududiy   qo’shnilchilik   jamoalari   paydo
bo’lgan.
Bu   jamoalar   vakillari   alohida   qishloqlar,   ekinzorlar   va   sug’orish   tarmoqlari
bilan   chegaralangan   bo’lib,   ular   to’la   o’zlashtirilgan   va   doimiy   xo’jalik   hamda
ishlab   chiqarish   maqsadlarida   foydalanib   kelingan   voha-tumanlarda   yashaganlar.
Ular   o’z   ichki   va   tashqi   munosabatlarida   kelib   chiqadigan   muammolarni   hal
qilishda   birlashishga   harakat   qilganlar.   Jamoalardagi   ishlab   chiqarish   va   ijtimoiy
mehnat   taqsimoti,   tashqi   harbiy   bosqinlardan   himoyalanish,diniy   urf-odatlarni
bajarish kabi masalalar ijtimoiy mansablar hamda boshqaruvning paydo bo’lishiga
asos solgan.
Eng   mo’tabar,   qadimgi   qo’lyozmamiz   “Avesto”ning   yaratilganiga   3000   yil
bo’lyapti. Bu nodir kitob bundan XXX asr muqaddam ikki daryo oralig’ida, mana
shu   zaminda   umrguzaronlik   qilgan   ajdodlarimizning   biz   avlodlariga   qoldirgan
ma’naviy,   tarixiy   merosidir.   “Avesto”   ayni   zamonda   bu   qadim   o’lkada   buyuk
davlat, buyuk ma’naviyat, buyuk madaniyat bo’lganidan guvohlik beruvchi tarixiy
hujjatdirki, uni hyech kim inkor etolmaydi. 
I. A. Karimov
Avesto» kitobida qadimiy davlatchilik tarixiga oid ma’lumotlar:
 Avesto - Zardushtiylik dinining muqaddas kitobidir; 
 U «qat’iy qonunlar» degan ma’noni anglatadi; 
 Bu   dinning   g’arbdagi   nomi   -   zaroastrizm,   arablar   otashparastlar
deyishgan;   Bu   dinning   payg’ambari-Zaratushtra,   u   buyuk   munajjim   sifatida
g’arbda shuxrat qozongan; 
 Zardushtiylikda   ezgulik,   adolat,   tenglik,   rahm-shafqat   va   barcha
insoniy fazilatlar targ’ib etiladi;
 Unda   yaxshi   fikr,   yaxshi   so’z,   yaxshi   amal,   ya’ni   kishining   o’ylagan
fikri, aytgan so’zi, qilgan ishi bir-biriga muvofiq bo’lgandagina u haqiqiy baxt
saodatga erishadi – degan g’oya yotadi;
 Zardushtiylik   dinining   xudolari:   Axuramazda   (ezgulik   xudosi),
Axrimon   (yovuzlik   xudosi),   Xumo   –   Semurg’-Farna   (baxt   va   tole’   xudosi),
Mitra   (yorug’lik   va   quyosh   xudosi),   Anaxita   (hosildorlik   va   farovonlik
xudosi);
 Zardushtiylar asosan olov, quyosh, yer va yulduzlarga topinishgan;
 U 17 ming qora mol terisiga zarxal harflar bilan bitilgan.
 « Avesto»da jami 16 mamlakat sanab o’tilgan
 Katta Xorazm (mil.avv. VII asr)
 Qadimgi Baqtriya (mil.avv. VII asr)
 Marg’iyona (m.a. VII asr)
Miloddan avvalgi  VII – VI  asrlarda Vatanimiz hududida shakllangan ilk
davlat tuzilmalari
Katta Xorazm
Amudaryo quyi havzasidan Turkmaniston janubiga qadar; Shuningdek,
O’rta   Osiyoning   Markaziy   tumanlarini   o’ziga   birlashtirgan  O’rta   Osiyoning
keng hududlarini o’z nazoratida tutgan qabilalar konfederasiyasi
Qadimgi Baqtriya
O’zbekiston janubi. Janubiy-sharqiy O’rta Osiyoning katta hududlarini,
jumladan, hozirgi Surxondaryo, qisman Zarafshon, Amudaryo yuqori oqimi,
shuningdek,     Afg’oniston   shimolini   o’z   nazoratida   tutgan   qabilalar
konfederasiyasi
Ilk davlatlar paydo bo’lishi arafasida
O’rta Osiyo jamiyati  Ma’muriy hududiy boshqaruv:
 oila  –  nmana
 urug’ jamoasi  –  vis
 qabila  –  zantu
 viloyat  –  dahyu
 hukmdor  -  kavi:        
 Ijtimoiy tabaqalar:
 Qohinlar
 Harbiylar
 Dehqonlar
 Chorvadorlar
 Hunarmandlar
2.Davlatning kelib chiqishiga sivilazasiyaviy nuqtai nazardan yondashish
to’g’risida
Davlatchilikning   rivojlanish   tarixi   to’g’risida   so’z   borganda,   odatda,
«davlatning tipi» kategoriyasidan foydalaniladi.
Davpatiing   tipi   -   bu   muayyan,   qoidaga   ko’ra,   davlatlarning   tarixiy
shartlangan guruhiga xos bo’lgan umumiy belgilar jamidir.
Sho’rolar   davrida   yuridik   fanda   jamiyat   va   lavlat   rivojlanishi   tarixiga
yondashuvning   fakat davlat va huqukning markscha-lenincha nazariyasi  doirasida
ishlab chiqilgan  formaiiyali yondashuvidan  foydalanilar edi.
Ushbu   yondashuvga   muvofiq   davlatning   tipi   sinfiy   jamiyatning   iktisodiy
tuzumi,   unga   muvofiq   keluvchi   sinfiy   tuzilma,   uning   sinfiy   mohiyati   bilan
belgilanar edi.
Formasiyali yondashuvning asosiy nuqsonlari:
 birtchidan,   davlatchilikning   tarixiy   rivojlanishini   davlatning   bir   tarixiy
tipining   boshkasi   bilan   mexanik   almashishi   deb   talkin   qiluvchi   bir   tomonlamalik
bo’lib, bu tarixning davlat rivojlanishi yo’llari va shakllarining ko’p xilliligi, ushbu rivojlanishning   siklligiga,   davlatlar   tiplari   o’zgarganda   jarayonlarning   kaytishi
ehtimoliga muvofiq kelmaydi;
 ikkinchilan,   besh   formasiyali   sxemaning   nomuqobilligi     va   butunjaxon
ko’lamida   davlatning   quldorchilik,feodal,   burjua   va   sosialistik   tiplarining   xato
ravishda  universallashtirilishi  hisoblanadi. Davlatchilik tarixi ko’p variantlilidir va
hamma vakt ham uning uchun chizilgan sxemaga «tushavermaydi»;
 uchinchidan,  ishlab chiqarishning Osiyocha usuli inkor qilinadi;
 turtinchidan,   ma’naviy omillar (madaniy, milliy, diniy, va boshka omillar)
yetarlicha baxolanmaydi hamda davlatchilik rivojlanishida va uning tipologiyasida
jamiyat   ma’naviy,   madaniy   hayogining   axamiyati   kamsitiladi,   uni   antagonistik
sinflar   manfaatini   aks   ettiruvchi   g’oyalar,   tasavvurlar   va   kadriyatlar   bilan
cheklaydi;
 beshinchidan,   davlatchilikning   sosialistik   tipini   tarixan   so’nggi   va   oliy
tarixiy   tip   deb   biladi.   Davlat   rivojlanishi   amaliyoti   davlatning   «o’lishi»
to’g’risidagi utopik konsepsiyani fosh kilib tashladi.
 Hozirgi   vaktda   davlatlar   tipologiyasiga   sivilizasiyaviy   yondashuv   tobora
katta rol  o’ynamoqda.
Sivilizasiyaviy yondashuv asosida  «sivilizasiya»  (lotincha - civilis fukarolik)
tushunchasi   turadi.   Ushbu   tushunchaning   o’zi   turlicha   tavsiflanadi . «Sivilizasiya»
atamasi   ko’proq   umuman   madaniyatning   sinonimi   sifatida   ko’llaniladi   hamda
odamlar   turmushi   va   faoliyatini   tashkil   etishning   tiplari   va   shakllarida,   ularning
o’zaro   munosabatparida,   shuningdek   ular   tomonidan   yaratiladigan   moddiy   va
ma’naviy   sadriyatlarda   ifodalanadigan   jamiyat   tarakqiyotining   tarixan   muayyan
darajasini,insonning ijodiy kuchlari va qobiliyatlarini anglatadi
Zamonaviy   nuktai   nazardan   qaraganda   davlatlar   tipologiyasiga   davlatchilik
mavjud   bo’lishining   tashqi   xususiyatlariga   emas,   balki   ichki   xususiyatlariga
asoslangan   sivilizasiyaviy   yondashuv   qimmatliroq   tuyuladi.   Davlat   bu
hokimiyatning tashkil etilishidir, shu sababli, har xil davlatlar xususiyatlarini tahlil
kilganda   diqqat   e’tiborni   eng   avvalo   davlat   hokimiyatining   shakllanishi,
tegashliliti, amalga oshirilishi jixatlariga qaratish zarurdir. Bunday nuktai nazardan davlatlar   tipologiyasiga   sivilizasiyaviy   yondashuvda   davlat   va   shaxs   nisbati
tasniflashga asos kilib olinadi.
Binobarin,   sivilizasiyaviy   yondashuvning   formasiyali   yondashuvdan
asosiy   farki   jamiyat   va   davlatchilik   rivojlanishini   insonning   o’z   faoliyati
kadriyatlari   va   maqsadlari   to’g’risidagi   tasavvurlari   orqali   ochib   beri щ dan
iboratdir.«Sivilizasiya»   tushunchasi   yordamida   tarixni   o’rganish   asoslari   ingliz
tarixchisi   A.J.Toynbi   (1889-1975 yy.)  tomonidan 1934-1961 yillarda chop etilgan
o’n   ikki   jildlik   «Tarixni   anglash»   («AStudyofHistory»)   asaridaishlab   chikilgan.
Muallif   sivilizasiyalar   farkini   eng   avvalo   tafakkur   tarzida   ko’radi.   U   madaniy
element   o’zida   «sivilizasiyaning   qalbi,   qoni,   limfasi,   mohiyati»ni   ifodalashi
to’g’risidagi   qoidani   asosladi.   Toynbining   fikricha,   sivilizasiya   geografik,   milliy,
liniy   belgilar   va   boshqa   belgilarning   umumiyligi   bilan   farq   kiluvchi   jamiyatning
tor va mahalliy holatidir. U ularga bog’liq ravishda jahon tarixida 21 sivilizasiyani
ajratib ko’rsatdi.
Davlatning shakllanishi'- uzoq davom etadigan jarayondir. Bu jarayon har xil
xalklarda turli yo’llar bilan bordi.
• Birinchidan,   davlatlar   paydo   bo’lishining   osiyocha   ishlab   chikarish   usuliga
asoslangan   «Sharq   yo’li»   bo’lib,   unda   iktisodiyotning   asosini   irrigasiya
dehqonchiligi tashkil etgan;
• yer va irrigasiya inshootlari davlatning mulki bo’lgan;dehqonchilik jamoasi
jamiyatning   birlamchi   yacheykasi   edi;   aholining   katta   qismini   safarbar   etish
zaruriyati prinsipial boshqaruvchilar tabaqasini taqozo etgan
• Ishlab   chikarishning   osiyocha   usuli   miloddan   avvalgi     ming   yillikdan
milodiy   I   asrgacha   yirik   daryolar   vodiylarida   joylashgan   Misr,   Bobil,   Xitoy,
Xindiston kabi mamlakatlarda yoyilgan.
Davlat   tuzilmasining   ikkinchi   «Yevropacha   yo’li»   Yevropa
hududida .miloddan avvalgi U asrdan boshlab milodiySh asrgacha kadimgi yunon
polislarida  mavjud   bo’lgan.   Ularda  xususiy   mulkchilik  shakllanishi,.   tufayli   kelib
chikdan jamiyatning ijtimoiy mulkiy tabakalanishuvi jarayoni (sinflar shakllanishi
jarayoni) asosiy omil bo’ldi. • Davlat   paydo   bo’lishining   ushbu   yo’li   Fridrix   Engelsning   «Oila,   xususiy
mulk va davlatning kelib chikishi» asarida batafsil yoritilgan.
• T.V.Kashanina   davlat   paydo   bo’lishining   ikki   yo’lini   ajratib   ko’rsatib,
«Sharq   yo’li»ni   «davlat-hokimiyat»,   «Yevropa   yo’li»ni   esa   «davlat-mulkchilik»
yo’li deb ataydi.
Demak,   davlatning   kelib   chikishiga   sivilizasiyaviy   yondashuvning   uch
muxim prinsipini ajratib ko’rsatish imkonini beradi:
• birinchidan,   davlatlarning   mohiyata   kuchlarning   real   mavjud   nisbati   bilan
emas,   balki   tarixiy   jarayon   davomida   jamlangan   va   madaniyat   doirasida   dunyo,
kadriyatlar,   xulq-atvor   namunalari,   o’tmishning   tarixiy   tajribasi   to’g’risidagi
tasavvurlar bilan belgilanadi;
• ikkinchidan,   davlat   hokimiyati   siyosat   dunyosining   markaziy   hodisasi
sifatida ayni  vaktda  madaniyat   olamining  bir   qismi   sifatida karalishi   mumkin, bu
boshka   jihatlar   bilan   birgalikda   davlat   hokimiyati   bilan   nufuz,   axlok,,   qadriyatli
yo’nalishlar aloqasini ochib berish imkonini beradi;
• uchinchidan,   vakt   va   makonda  madaniyatlarning   xilma-xilligi   nima   uchun
bir xil sharoitlarga muvsf щ   kelgan davlatning ayrim tiplari boshka sharoitlarda uz
rivojlanishida   to’xtab   krlganligini   tushunish   imkonini   beradi.   Bunda   milliy
madaniyatlarning   o’ziga   xosligi   va   milliy   xarakter   belgilari   va   boshkalar   alohida
axamiyatga ega bo’ladi.
Davlatning kelib chiqishi to’g’risidagi nazariyalar turlari to’g’risida.
Barcha   davrlar   va   xalqlar   uchun   yagona   bo’lgan   davlatlarning   hosil   bo’lishi
qonuniyatlari   to’g’risidagi   ma-salani   davlatning   paydo   bo’lishi   sabablari
to’g’risidagi  masala bilan aralashgirib yubormaslik kerak. Ushbu masalada davlat
va huquqning kelib chiqishining ko’plab nazariyalari mavjud. Ilmiy qarashlarning
bunday   plyuralizmi   jamiyat   rivojlanishining   tarixiy   xususiyatlari,   dunyoning   u
yoki bu mintaqalarining o’ziga xosligi,ular o’z oldiga qo’ygan vazifalar va boshqa
sabablar   bilan   belgilanadi.   Jumladan,   teologiya   nazariyasi   davlatlar   kelib
chiqishini   ilohiylik   bilan   bog’laydi   va   «shohlik   ham   xudodan»dir   degan   tezisni
mahkam ushlaydi va himoya qiladi. Ushbu   nazariyaga   baho   berganda   ko’plab   birlamchi   shahar-davlatlarga   xos
bo’lgan   hokimiyatning   ilohiy   so’z   bilan   yoritilishi   unga   obro’-e’tibor   keltirar   va
so’zsiz majburiyat yuklar edi.
  U   o’rta   asrlarda   juda   keng   yoyilganligi   tasodifiy   emas   (F.Akvinsiy).   XVI -
XSh   asrlarda   teologiya   nazariyasidan   monarxning   cheksiz   hokimiyatini   asoslash
uchun   foydalanishar   edi.   Fransiyada   qirol   absolyutizmi   tarafdorlari   esa,   masalan
Jozef de Mestr,  uni XGX asr boshida qatgiq turib himoya qildilar. 
Mazkur   nazariya   ayrim   hozirgi   zamon   olimlarining   asarlarida   o’ziga   xos
rivojlangiriddi.   Ular   neolit   inkilobining   chegaralovchi   ahamiyatini   e’tirof   etgan
holda   o’zlashgiruvchi   iktisodiyotga   o’tish   ilohiy   asosga   egadir,   deb   chiqdilar.
Teologlarning   fikricha,   fan   insoniyat   tarixidagi   ushbu   sifat   burilishining   anik,
tabiiy   sabablarini   aniqlamagan,   uning   liniy   asosi   esa   Bibliya   va   Qur’ondayoq
mavjuddir.
Patriarxal   nazariya   davlatning   paydo   bo’lishini   bevosita   oiladan   o’sib
chiqqan deb qaraydi, monarx hokimiyatini otaning oila a’zolari ustidan hokimligi
belgilab beradi. Teologiya nazariyasi kabi patriarxal nazariya
ham   podsho,   monarx   hokimiyatining   cheklanmaganligini   asoslashga
yo’naltirilgan   edi,   biroq   ushbu   xrkimiyatning   manbaini   nafaqat   uning   kelib
chikishining ilohiyligida, balki oilada oila boshlig’i, patriarxning
cheklanmagan hokimiyati mavjud bo’lgan shakllarida ham ko’rdi.
UshbuUshbu   nazariya   Gresiyada   tug’ildi,   dastlab   Aristotel   asarlarida
asoslandi,   biroq   o’z   rivojlanishini   XVII   asrda   ingliz   R.Filmerning   «Siyosat»
asarida topdi.
Cheklanmagan   kirollik   hokimiyati   tarafdori   bo’lgan   R.Filmer   Bibliyaga
tayangan holda, uning fikricha, Odam Ota xudodan hokimiyatni o’z qo’liga olgan,
so’ngra   bu   hrkimiyatni   o’zining   katta   o’g’li   -   patriarxga,   u   esa   o’z   avlodlariga   -
qirollarga bergan.
Patrimonial   nazariya   vakillari   (A.Galler,   XK   asrda   yashagan   fransuz   olimi)
davlat   yerga   mulkchilik   huquqidan   kelib   chiqkan   deb   hisoblashadi (patrimonimum).   Yerga   egalik   kilish   xukz/kidan   hokimiyat   bevosita   u   yerda
yashovchi odamlarga yoyiladi. Feodal syuzerenitet mana shu tarzda asoslanadi.
XUP-XUSh   asrlarda   keng   yoyilgan   davlatning   kelib   chikishi   tug’risidagi
shartnomaviy nazariyaga kapa rol tegishlidir. Gollashshyada XVII asrda G.Grosiy,
Angliyada   J.Lokk   va   .Gobss,   Fransiyada   XUSh   asrda   J.J.Russo,   D.Didro,
Sh.L.Monteskye16   ushbu   nazariya   tarafdori   bo’ldilar.Rossiyada   inkilobchi
demokrat   A.Radishchev   (1749-1802)shartnomaviy   nazariya   vakili   edi.   U   davlat
hokimiyati xalqka tegishlidir, u tomonidan monarxga berilgan va xalqning nazorati
ostida   bo’lishi   kerak   der   edi.   Odamlar   davlatga   kirar   ekan   o’zlarining   tabiiy
erkinligini yo’kotmaydilar, balki cheklaydilar xolos. U mana shundan kelib chiqib,
agar monarx hokimiyatni suiiste’mol qilsa va o’zboshimchalikka yo’l ko’ysa, xalq
ko’zg’olon   ko’tarishi   va   inkilobiy   yo’l   bilan   monarxii   ag’darib   tashlashga   hakli
ekanligini keltirib chiqardi.
Kuch   ishpatish   nazariyasi   (Ye.Dyuring,   L.Gumplovich,   K.Kautskiy).Uning
tarafdorlari davlat  kuchsiz va himoyasiz kabilalarning kuchli va uyushgan kabilar
tomonidan   bosib   olinishi   yo’li   bilan   kuch   ishlatish   natijasida   paydo   bo’lgan
deydilar. L.Gumplovichning fikricha, aynan kabilalarda,ularning o’zaro kurashida
«biz   davlatning   hakikatda   o’zagini,   bosh,   asosiy   kismini   qabilalarda   z’tirof
ztishimiz mumkin. Qabilalar asta-sekin sinflarga va tabakalarga aylanadilar. Ushbu
qabilalardan   davlat   tashkil   etiladi.   Ular   va   fakat   ular   davlatning
o’tmishdoshlaridir»   K.Kautskiy   jamiyatning   keyinchalik   tarakdayoti   davomida
davlat   yalpi   uyg’unlik   vositasiga   aylanishini   va   ham   kuchli,   ham   kuchsizlarning
yalpi   farovonligini   ta’minlovchi   va   himoya   qiluvchi   organga   aylanishini   isbot
kilishga urindi. Nazariya nasistlar Germaniyasi tomonidan rasmiy mafkura sifatida
qabul qilindi
Irrigasiya   nazariyasi   nemis   olimi   K.Vittfogel   nomi   bilan   bog’likdir.   Uning
«Sharqiy   despotizm»   asarida   davlatlarning   paydo   bo’lishi,   ularning   birlamchi
despotik   shakllari   sharqiy   agrar   viloyatlarda   ulkan   irrigasiya   inshootlari   kurilishi
bilan   bog’lanadi.   Ushbu   zaruriyat   jamiyatni   asoratga   soluvchi   «menejerial- byurokratik sinf» hosil bo’lishiga olib keladi. K.Vittfogel despotizmni «gidravlik»
yoki «agromenejerial» sivilizasiya deb ataydi.
Psixologiya   nazariyasi   (DPetrajishiy19,   Z.Freyd,G.Tard)   davlatning   paydo
bo’lishini   insonning   psixikasi,   individning   jamoada   yashashga   ehtiyoji,
ko’rsatmalariga   kundalik   hayogda   amal   qilish   mumkin   bo’lgan   obro’li   kishilarni
izlashi, buyruk. berish va itoat etish istagi
bilan   izohlaydi.   Mazkur   nazariya   tarafdorlari   o’z   g’oyalarini   asoslash   uchun
inson   ongining   dohiylar,   liniy   va   siyosiy   arboblar,   qirollar   va   boshka
rahnomalarning   obro’-e’tiboriga   bog’liqligining   tarixiy   misollariga   havola
qiladilar.
Psixologiya   nazariyasi   (DPetrajishiy19,   Z.Freyd,   G.Tard)   davlatning   paydo
bo’lishini   insonning   psixikasi,   individning   jamoada   yashashga   ehtiyoji,
ko’rsatmalariga   kundalik   hayogda   amal   qilish   mumkin   bo’lgan   obro’li   kishilarni
izlashi,   buyruk.   berish   va   itoat   etish   istagi   bilan   izohlaydi.   Mazkur   nazariya
tarafdorlari   o’z   g’oyalarini   asoslash   uchun   inson   ongining   dohiylar,   diniy   va
siyosiy   arboblar,   qirollar   va   boshka   rahnomalarning   obro’-e’tiboriga
bog’liqligining tarixiy misollariga havola qiladilar.
Sinfiy   nazariyaga   muvofiq   {K.Marks,   F.Engels,   V.Lenin,   G.Plexanov20)
davlat   ijtimoiy-iktisodiy   munosabatlar   o’zgarishi,   ishlab   chiqarish   usuli
natijasidir,sinflar paydo bo’lishi va ular o’rtasida sinfiy kurashning keskinlashishi
yakunidir.   U   odamlarni   ezish,   bir   sinfning   boshqa   sinf   ustidan   hukmronligini
ko’llab-quvvatlash   vositasidir.   Biroq   sinflar   yo’qotilishi   bilan   davlat   ham
o’ladi.Davlatning kelib chiqishi haqidagi markscha nazariyaning asosiy qridalarini
nizoli, xato va hatto xayoliy koidalarning muayyan kombinasiyasi tashkil etadi. Manbalar va adabiyotlar 
1. Nizomulmulk. Siyosatnoma. – T.: Yangi asr avlodi, 2008.
2. Azamat   Ziyo.   O‘zbek   davlatchiligi   tarixi.   Eng   qadimgi   davrdan   Rossiya
bosqiniga qadar. – T.: Sharq, 2000.
3. Istoriya   gosudarstvennosti   Uzbekistana:   V   3-x   t.   /   Otv.   red.   E.V.   Rtveladze,
D.A. Alimova. – T.: Uzbekistan, 2009.
4. Sagdullaev   A.,   Aminov   B.B.,   Mavlonov   O‘.M.,   Norqulov   N.   O‘zbekiston
tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti. – T.: Akademiya, 2000.
5. O‘ zbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari / Mas’ul mu h arrirlar: D.A. Alimova,
E.V.Rtveladze. – T.: Shar q , 2001.
6. The   Modern   State:   Theories   and   Ideologies    .–   Edinburgh   University   Press ,
2007.
7. Rtveladze E. Sivilizvsii, gosudarstvo, kulturы Sentralnoy Azii.   Tashkent, 2005.
8. Sagdullaev   A.,   Mavlonov   O‘.   O‘zbekistonda   davlat   boshqaruvi   tarixi.–
Toshkent: Akademiya, 2006.
9. Eshov   B.J.   O‘zbekistonda   davlat   va   mahalliy   boshqaruv   tarixi.-   T.;   Yangi   asr
avlodi, 2012.
10. Eshov B.J. O‘zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi.- T.; Yangi asr avlodi,
2012.

Davlatchilik tushunchasi va uning kelib chiqishi to’g’risidagi yondashuvlar. O ’zbekistonda qadimgi davlatchilikning turlari va boshqaruv shakli. Reja: 1. “O’zbekiston davlatchiligi tarixi” fanining predmeti va uni o’rganishning ahamiyati . 2. Davlatchilik tushunchasi. «Avesto» kitobida qadimiy davlatchilik tarixiga oid ma’lumotlar. 3. Davlatning kelib chiqishiga sivilazasiyaviy nuqtai nazardan yondashish to’g’risida 4. Davlatning kelib chiqishi to’g’risidagi nazariyalar turlari to’g’risida.

 O’zbekiston davlatchiligi tarixi fani :-Predmeti mamlakatimiz hududida eng qadimgi davrlardan boshlab hozirgi kunga qadar kechgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlar yaxlitlik, uzviylik va o’zaro aloqadorlikda o’rganiladi  Obyekti-mamlakatimiz hududida kechgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy jarayonlar;ishlab chiqarish kuchlari va vositalarining takomillashib borishi;til va yozuv, ilm-fan va madaniyatning rivojlanishi;davlat boshqaruv shakllari va evolyusiyasi;etnik jarayonlar, urf-odat va rasm-rusumlar;diplomatiya va elchilik aloqalari;sulolalar, tarixiy geografiya;milliy ozodlik harakatlari;din, mafkura va turli g’oyalar;buyuk tarixiy shaxslar, davlat arboblari va boshqalar O’zbekiston davlatchiligi tarixi fanining maqsad va vazifalari. O’zbekiston davlatchiligi tarixi fanining asosiy maqsadi davlatni boshqarish sohasidagi tarixiy tajribani o’rganish orqali malakali tarixchi, arxivshunos kadrlarni tayyorlashda o’z ifodasini topadi. Ushbu maqsadni amalga oshirishda quyidagi vazifalarni yechish talab etiladi: - davlat muassasalarining paydo bo’lish va rivojlanish bosqichlarini tadqiq etish; - davlat muassasalari tuzilishi hamda faoliyatini o’rganish; - davlat muassasalarining huquq va majburiyatlari, vazifalarini yoritish; - zamonaviy davlat muassasalari tizimini takomillashtirishning vosita va yo’llarini tushuntirish. O’zbekiston davlatchiligi tarixi fani boshqa fanlarga o’xshash holda o’ziga tegishli ijtimoiy munosabatlar tizimini o’rganish va tartibga solish nazariy-amaliy qoida-tartiblar tizimiga ega. Tarixiy fanlar tizimining alohida sohasi sifatida ushbu fan davlatning vazifalarini bajarish uchun tashkil etilgan muassasalar tarixi, faoliyati va ijtimoiy munosabatlarni o’rgatishni qamrab oluvchi o’z predmetiga ega. Shuningdek, jahon sivilizasiyasining ajralmas qismi bo’lgan qadimgi O’zbekiston davlatchiligi, davlat muassasalari va boshqaruvi masalalarini har tomonlama tadqiq etish ham mazkur fanning asosiy maqsadlaridan hisoblanadi.

O’zbekiston davlatchiligi tarixi fani bo’yicha davlat muassasalari tarixini tizimli va xronologik ketma-ketlikda vujudga kelishini, yuzaga kelishining ijtimoiy-iqtisodiy omillarini, ular vakolatlari, vazifalari, majburiyatlari, tashkiliy- huquqiy jihatlari, faoliyat yo’nalishlari, ma’lum bir davlat muassasasi vakolatlarining boshqasiga o’tkazilishi sabablarini yoritib beradi. O’zbekiston davlatchiligi tarixi fani bilimlarini tarixchi, arxivshunos mutaxassis bo’lib shakllanadigan talabalar uchun zaruriy bo’lgan bilimlarni o’z ichiga oladi. O’zbekiston davlatchiligi tarixi fani bilimlariga ega bo’lishlik tadqiqotchilarning ilmiy tadqiqot faoliyatlari uchun zaruriy bo’lgan ma’lumotlarni davlat arxivlaridan oson qidirib topish imkonini beradi. Ma’lumki, davlat arxivida materiallar ma’lum bir davlat muassasasi faoliyati bilan bog’liq holda tizimli ravishda fondlarda saqlanadi. Arxivlarda faoliyat olib boradigan xodimlar uchun turli arxiv ishlariyuritishda ya’ni hujjat materiallarini jamlash yoki fond tashkil etishda, ularning qimmatliligini ekspertiza qilishda, tizimlashtirish va klassifikasiyalashda, nashr etish uchun ma’lumotlarni saralashda O’zbekistonning davlat muassasalari tarixi kursini o’rganish muhim sanaladi. “O’zbekiston davlatchiligi tarixi” fanining metodologik tamoy illari: Tarixiylik tamoyili deganda ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlarni tarixiy jihatdan davriy ketma-ketlikda, o’zaro aloqadorlikda, yaxlit tarixiy jarayon sifatida, o’rganilayotgan zamon ruhi, axloqiy va huquqiy me’yorlari, hayot mezonlari nuqtai nazaridan talqin qilish va sharhlash tushuniladi. Xolislik tamoyili o’rganilayotgan tarixiy jarayonlar xolis va betaraf o’rganilishini, voqyea va hodisalarni biror g’oya yoki mafkura nuqtai nazaridan sharhlamaslikni, tarixiy jarayonlarni qanday bo’lsa shundayligicha qabul qilish va o’rganishni, yutuqlar bilan birga yo’l qo’yilgan kamchiliklardan ham ko’z yummaslikni, tarixni bayon qilishda ehtiroslarga berilib ketmaslikni, tadqiqotchining g’oyaviy, siyosiy, mafkuraviy, diniy qarashlari, milliy mansubligi ustunlik qilmasligini, bir yoqlamalikka yo’l qo’ymaslikni, voqyealarni tahlil

qilishda bugungi kun nuqtai nazaridan yondashmaslikni, manbalarga tanqidiy munosabatda bo’lib, boshqa zamondosh manbalar bilan tasdiqlangan dalillargagina tayanishni, dalillarni soxtalashtirmaslikni, ertak va afsona elementlaridan xoli bo’lishni anglatadi. Manbalar bilan asoslanganlik tamoyili: bayon qilinayotgan tarixiy jarayon, keltirilayotgan har qanday faktlar chinakam ilmiy va asl manbalarga asoslangan bo’lmog’i lozim. Manbadagi xabarning haqiqatga qanchalik to’g’ri kelishi manbaga zamondosh bo’lgan boshqa manbalar ma’lumotlari bilan, agar ular mavjud bo’lmasa arxeologiya, numizmatika singari yordamchi tarix fanlari ma’lumotlari bilan qiyoslash orqali aniqlanadi. Mintaqa va jahon tarixi bilan bog’liqligi tamoyili : har bir xalqning tarixi alohida ahamiyatga ega bo’lishi bilan birga ular umuminsoniyat tarixining ajralmas va uzviy tarkibiy qismini tashkil etadi. O’zbekiston tarixini umumjahon tarixining bir bo’lagi, ajralmas va muhim tarkibiy qismi sifatida o’rganish maqsadga muvofiqdir. Milliy qadriyatlar, xalq an’analari, urf-odatlari, diniy e’tiqodlar, turli ijtimoiy tabaqalar manfaatlari va tarixiy-madaniy taraqqiyot nuqtai nazaridan yondashish tamoyili: har bir tarixiy voqyea va hodisani o’rganishda milliy hamda mahalliy xususiyatlar, ya’ni har bir millat va elatning tili, dini, yashash hududi, ishlab chiqarish va boshqaruvni tashkil etish usuli, ruhiyati, urf-odatlari, rasm- rusum va an’analari va marosimlarini o’rganilayotgan davr axloqi nuqtai nazaridan to’la anglagan va har tomonlama hisobga olgan holda munosabatda bo’lish nazarda tutiladi. O’zbekiston davlatchiligi tarixiga oid asosiy yozma manbalar: • Avesto Qadimgi Eron va Hind manbalari • Xvaday namak • Abulqosim Firdavsiy «Shohnoma» • «Mahobharata»

Yunon va Rim manbalari: • Xeradot «Tarix» • Kvint Kursiy Ruf «Buyuk Iskandar tarixi» • Arrian Flaviy «Iskandarning yurishlari» • Pompey Trog «Filipp tarixi» • Gay Pliniy Sekund «Oddiy tarix» • Polibiy «Umumiy tarix» • Strabon «Geografiya» • Ptolomey Klavdiy «Geografiya» Xitoy manbalari: • Sima Syan «Shi Szi» - («Tarixiy esdaliklar») • Byan Gu «Syan Xan shu» - («Avvalgi xan sulolasining tarixi») • Li Yan-shou «Bey shu» («Shimoliy sulolalar tarixi») • Fan Xua «Xou Xan shu» («Keyingi xan sulolasi tarixi») IX-XII asr arab tilidagi manbalar: • Muhammad Muso al Xorazmiy «Kitob at-tarix» - («Tarix kitobi») • Madoiniy Abluhasan Ali ibn Muhammad «Kitob al mag’oziy» («Urushlar haqida kitob») • Al-Ya’qubiy «Kitob al buldon» («Mamlakatlar haqida kitob») • Balazuriy «Kitob futuh al-buldon» («mamlakatlarni zabt etilishi») • At-Tabariy «Tarixi ar-rusul va-muluk» («Payg’ambarlar va podshohlar tarixi») • Abu Rayhon Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» («Osor ul- boqiya an al-qurun an-holiya») • Muhammad Qoshg’oriy «Devonu lug’at at-turk» («Turkiy so’zlar lug’ati») XIII-XIV asr fors tilidagi manbalar: • Narshaxiy «Buxoro tarixi» • Nizomiddin Shomiy «Zafarnoma» • Sharafuddin Ali Yazdiy «Zafarnoma»