logo

“Parazitizmning kelib chiqishi”

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

25.90625 KB
“Parazitizmning kelib chiqishi”
REJA:
1.  “Parazit-xo’jayin” tizimida ektoparazitizmning kelib chiqishi.
2.  Endoparazitizmning kelib chiqishi.
3.  Qon parazitizmining kelib chiqishi. Parazitizmning kelib chiqishi
Turli-tuman   hayvonlar   orasida   uchraydigan   parazitizm   hodisasi   turli   xil
yo’llar   bilan   kelib   chiqqan.   Hatto   bir   shakldagi   parazitizm   hodisasining   kelib
chiqishi   ham   turli   yo’llar   bilan   amalga   oshishi   mumkin.   Bunday     yo’llar   qanday
ko’rinish   va   jarayonda   bo’lmasin,   oqibatda   erkin   yashovchi   organizmining
oziqlanish   usuli   va   yashash   joyining   o’zgarishi   hamda   har   xil   turlarga   mansub
bo’lgan   ikkita   organizmlardan   iborat   “ parazit-xo’jayin ”   tizimini   paydo   bo’lishi
bilan ifodalanadi. 
1. Ektoparazitizmning kelib chiqishi
Aksariyat ektoparazitlar yirtqichlardan kelib chiqqan. Bundan oldinroq tilga
olingan   zuluklar   va   qandalalarning   yirtqichlik   bilan   oziqlanish   usulidan
ektoparazitga   o’tib   borganligini   ko’rgan   edik.   Yirtqichlikdan   ektoparazitizmga
o’tib   borish   jarayonini   bo’g’imoyoqlilar   turlari   orasida   ham   ko’rish   mumkin.
Masalan,   chivinlar,   iskaptoparlar,   qon   so’ruvchi   pashshalar,   yirtqichlardan   juda
kam farq qiladi. Ularning parazit bo’lishi uchun xo’jayin hisobidan oziqlanishi va
unda   joylashib   olishi   uchun   ko’proq   vaqt   talab   qilinadi.   Uzoqroq   vaqt   davomida
xo’jayin   bilan   bog’langanlik   darajasini   ayrim   kanalar   (masalan,   Ixodes )   misolida
aytish   mumkin.   Burgalarda   esa   xo’jayin   bilan   yanada   yaqinroq   va   ko’proq   vaqt
bog’langanlik   darajasini   ko’rish   mumkin,   chunki   uning   lichinkasi   va   g’umbagi
tashqi   muhitda,   erkin   hayot   kechiradigan   bo’lsa,   imagosi   esa   hayotini   asosiy
qismini   yoki   ko’proq   qismini   xo’jayin   tanasida   o’tkazadi.   Ana   shunga   o’xshash
vaqtinchalik yoki  ko’proq vaqt  davomida xo’jayin bilan bog’langan  parazitlardan
doimiy   parazitlar   kelib   chiqishi   uchun   juda   yaqin   qoladi.   Masalan,   bitlarni   o’z
tuxumlarini   chetga   emas,   balki   xo’jayin   tanasiga   qo’yishini   ko’rsatish   mumkin.
Ektoparazitlarni ushbu   yo’l  bilan kelib chiqishida ularning quruqlikda yashovchi
umurtqali   hayvonlar   bilan   aloqasini   juda   yaqin   munosabatda   bo’lishi   intila
borishiga bilan bog’lash mumkin. Bunday   yaqin munosabatda bo’lish imkoniyati
birinchi   navbatda   umurtqali   hayvonlarning   inlari,   uyalari   va   boshqa   yashash
joylariga turli-tuman bug’imoyoqlilarni ham yashashga moslasha borishi bilan ham
bog’lash   mumkin.   Bunday     sharoit   va   imkoniyat   dastlab   ayrim   bo’g’imoyoqli hayvon   turlarini   oziqlanishga   chorlasa,   keyinchalik   uning   tanasiga   uzoqroq
o’rnashib   olishga   moslashtira   boradi.   Ushbu   yo’l   bilan   ektoparazit   kanalar
(Argasidae oilasi  ayrim turlari, qo’tir kanalari, patxo’r kanalar), tivitxo’rlar ayrim
qandalalar,   burgalar,   qon   so’ruvchi   pashshalar   va   boshqa   bir   qator
bo’g’imoyoqlilar kelib chiqqan.
Tivitxo’rlar   (Mallophaga)   haqida   shuni   aytish   mumkinki,   ular   dastlab
hayvon   va   o’simlik   qoldiqlari   bilan   oziqlanuvchi   ajdodlaridan   kelib   chiqqan   deb
hisoblash   mumkin.   Shuning   uchun   ham   ular   avval   qushlar   inida   joylashib,   u
yerdagi organik qoldiqlar bilan oziqlangan. Keyinchalik esa u yerdan qush tanasiga
o’tib,   o’rnashib,   qush   terisadigi   bo’rtib   chiqqan   o’lik   shox   moddasi   bilan
oziqlanadigan   bo’lgan.   Bunday   vaqtda   ayrim   tivitxo’rlar,   masalan,   Physostomum
qayta   qon   bilan   oziqlanishga   o’tgan,   ayrimlari   esa   masalan,   saqoqush   (birqazon)
tivitxo’ri   T etrophthalmus   parlar   orasidan   tumshug’i   ostidagi   katta   xalta   ichiga
kirib, qon so’rib oshiqlanishiga moslashadi. Tuxum qo’yish uchun esa parazit og’iz
orqali tashqariga chiqib xo’jayinining parlari orasiga o’rnashadi. 
Ayrim   bo’g’imoyoqlilar,   masalan   iksod   kanalari,   qiziltana   lichinkalari,
ko’pgina   qushqanotlilar   va   boshqa   shu   kabi   uya   va   inlarda   yashamaydigan
guruhlar   ochiq   biotop   bilan   bog’liq   bo’lgan   hayvonlar   (reptiliyalar,   tuyoqlilar,
ayrim   yirtqichlar)   ga   hujum   qilish   orqali   asta-sekin   ektoparazitizmga   moslasha
borgan. 
Ayrim hollarda ektoparazitizm hodisasi o’troq hayot kechirish tarzidan kelib
chiqadi.   Ushbu   yo’l   bilan   kelib   chiqqan   ektoparazitlarga   birinchi   navbatda
Trichodina   guruhiga   kiruvchi   to’garak   kiprikli   infuzoriyalarni   kiritish   mumkin,
chunki   ushbu   infuzoriyalar   ajdodlarining   deyarli   barchasi   o’troq   yashovchi
bo’lgan.   Buning   ustiga   ularning   anchagina   turlari   suv   tubiga   emas,   balki   tirik
organizmlar   tanasiga  o’rnashib  olib  hayot  kechiruvchilar  bo’lgan. Xuddi   shunday
usulda   suv   hayvonlari   tanasiga   mo’ylov   oyoqli   qisqichbaqasimonlar   ( Cirripedia )
turkumi vakillari ham yopishib hayot kechirgan. Ularning ayrim turlari (Coronulo
balaenarum) hatto, kitlarning terisiga chuqur o’rnashib olishga ham moslashgan. To’g’ri   ichkali   yirtqich   turbellariyalardan   (Rhabdocoela)   ehtimol
monogenoidlar   (Monogenoidea)   kelib   chiqqandir,   chunki   ular   ko’p   hollarda
baliqlarning   ektoparazitlari   bo’lib,   jabralarda,   so’zgich   qanotlarida   va   terisida
yashaydi.   Gyrodactylus   avlodining   ayrim   turlari,   xo’jayin   terisining   ajratgan
shilimshiq moddalari bilan oziqlansa, ba’zi turlari (Dactylogyrus vastator) epiteliy
bilan   bir   qatorda   xo’jayin   qonini   ham   so’radi,   hatto   Diclybothriidae,
Hexabothriidae  avlodlarining turlari faqat xo’jayin qoni bilan oziqlanadi.
Aslida   Monogenoidea   sinfidagi   chuvalchanglarda   ektoparazitizm   hodisasi
qanday   kelib   chiqqanligi   masalasini   kiprikli   chuvalchanglarning   uncha   katta
bo’lmagan   Temnocephala   turkumi   vakillari   orqali   bilish   mumkin.   Ushbu   juda
mayda   chuvalchanglar   krab   va   qilichdumlilarning   tanasiga   o’rnashib,   oladi.
Ularning   gavdasining   oldingi   o’chida   barmoqsimon   o’simta   yoki   paypaslagich,
orqa   uchida   so’rg’ich   bo’ladi.   Xo’jayin   tanasidan   ular   faqat   boshpana   sifatida
foydalanadi,   oziqlanishi   esa   yirtqichlik   bilan   bo’lib   xo’jayin   tanasida   o’rmalab
yuruvchi mayda hayvonlar hisobida amalga oshadi.
Ektoparazitizmning   kelib   chiqishida   yirtiqlik   bilan   oziqlanuvchi   mayda
organizmlarning polifag xususiyatdan monofagiya xususiyatiga o’tib borishi bilan
ham tushuntirish mumkin. Masalan,  Diptera  turkumidagi ayrim chivinlar faqat qon
so’rish bilan oziqlanmaydi. Ular ba’zan o’simlik shirasi bilan ham kun kechiradi.
Lekin   ayrim   turlari,   masalan,   sese   qon   so’rish   bilan   tirikchilik   qiladi.   Ushbu
turkumning   uchinchi   bir   guruhi   ( Ornithomya,   Hippobosca )   xo’jayin   tanasiga
o’rnashib olishi mumkin yoki uni tashlab, xuddi o’sha turning boshqa individi yoki
boshqa   yaqinroq   turga   o’rnashib   parazitlik   qiladi.   Nihoyat   qon   so’ruvchi   qo’sh
qanotlilardan   Stenopteryx   hirumdinis,   Melophagus   ovinus   kabilar   qaldirg’och,
qo’y  kabi  hayvonlarni   o’zlariga  xo’jayin  qilib ular  tanasida   uzoq    vaqt  davomida
ektoparazit sifatida yashaydi.
Quruqlik   umurtqali   hayvonlarining   ektoparazitlari   ayrim
bo’g’imoyoqlilarning   lichinkalari   bo’lishi   mumkin.   Bunday   lichinkalar   nekrofag
oziqlanishdan   tirik   organizmning   to’qimalari   hisobidan   oziqlanishga   o’tishi   bilan
ifodalanadi.   Masalan,   Calliphora   va   Lucilia     lichinkalari   o’lgan   hayvon   go’shti bilan oziqlanadi, lekin ba’zan odam yarasiga tushib qolsa fakultativ parazit sifatida
yashashi mumkin. Ushbu hasharotlar ba’zan sog’lom qo’ylar juniga tuxum quyadi.
Tuxumdan chiqqan lichinkalar esa qo’yning terisini teshib, uning to’qimalari bilan
oziqlanishga ham o’tadi.
2. Endoparazitizmning kelib chiqishi
Endoparazitizmning   kelib   chiqishi   ustida   mulohaza   yuritilar   ekan,   uni   eng
avvlo ektoparazitlik bilan hayot kechiruvchi organizmlar bo’lganligini e’tirof qilish
lozim.
Ushbu   fikrni   isbotlash   uchun   Trichodina   avlodiga   kiruvchi   parazit
infuzoriyalarni   ko’pgina   turlarini   ko’rsatish   mumkin.   Aslida   bu   avlod   turlari
baliqlarning ektoparazitlari sifatida ularning jabralari, terisi va so’zgich qanotlarida
yashaydi.   Lekin   birqator   turlari   ( Trichodina   urinaria,   T.   renicola,   T.   albourni )
olabo’g’a, qora cho’rtan va ukleya kabi baliqlarining siydik pufagi, siydik yo’li va
tuxum yo’llarida endoparazitlik  qilib yashaydi. Ushbu turlarning ektoparazitlikdan
endoparazitlikka   o’tishi   ma’lum   bir   qulayliklar   va   sabablarga   bog’liq   bo’lish
ehtimoli   bor.   Gap   shundaki,   baliqlarning   jabralari   bilan   ajratish   organlari
funksional jihatdan bir-biriga ancha yaqin ya’ni jabra orqali ham, buyraklari orqali
ham   ammiak   va   mochevina   ajratiladi.   Jabradan   buyrakka,   undan   tuxum   yo’liga
o’tish unchalik qiyin bo’lmay qoladi. Ushbu jarayonni amalga oshganligini tasdig’i
sifatida shuni qayd qilish mumkinki, skat balig’ini tuxum yo’llarida endoparazitlik
qiluvchi   Trichodina   oviducti   uning   siydik   pufagida   ham   bemalol   yashash
qobiliyatini yo’qotmagan.
Ektoparazitning   endoparazitga   o’tish   mumkinligini   baqa   ko’p   so’rg’ichlisi
Polystoma integerrimum   misolida ham isbotlash mumkin. Keltirilgan misollardan
shu   narsani   alohida   qayd   qilish   mumkinki   ko’p   hollarda   (trixodinalar   misolida)
parazit   o’zining  aktiv   harakati   va   faoliyati   tufayli   xo’jayin   tanasining   yangi   qism
va organlarini egallab, yashash tarzini o’zgartsa, ayrim hollarda (baqa ko’p so’rilisi
misolida) xo’jayinning metamorfoz bilan rivojlanishi va ma’lum organning (itbaliq jabrasi)   reduksiyasi   parazitni   oldingi   yashash   joyidan   mahrum   qilib   xo’jayin
tanasidan yangi yashash joyini izlab topishga majbur qiladi. 
Endoparazitizmning kelib chiqishini ayrim hollarda parazitning yoki ma’lum
bir   erkin   yashovchi   organizmning   tuxum   qo’yish   odati   (instinkti)   ning   o’zgarishi
orqali   amalga   oshishi   mumkin.   Urg’ochi   individ   o’z   tuxumlarini   turli-tuman
organik   chirindilarga   qo’yish   o’rniga   hayvonlar   tanasidagi   yaralarga   qo’yadi.   Bu
yerda   lichinkalarning   rivojlanishi   uchun   sharoit   qulayroq   bo’lganligi   sababli   ular
orasida nobud bo’lishning keskin kamayishi hamda oqibatda odat yoki xususiyatga
aylanib boradi. Bu xususiyat yana tuxumlarni xo’jayin organizmidagi tashqi muhit
bilan   bevosita   bog’lovchi   bo’shliqlar   va   yo’llarga,   jumladan   og’iz   burun,   quloq,
orqa   chiqaruv   teshigi   kabi   joylarga   qo’yishga   ham   moslashtira   borishiga   olib
keladi. Masalan,  volfart  pashshasi  ( Wohlfahrtia magnifica ) o’z lichinkalarini  turli
hayvonlarni tanasidagi yaralarga, burun bo’shlig’i, quloq, og’izga qo’yadi. Ushbu
lichinkalarning   ayrimlari   xo’jayinining   ichki   organlariga,   ya’ni   jag’lar   oralig’iga,
va   peshona   bo’shlig’iga,   o’tib,   endoparazitlar   kabi   hayot   kechiradi.   Shunday
hollarni so’nalarning lichinkalarida ham ko’rish mumkin.
Lekin   ichki   parazitlar   hisoblanuvchi   ichak   sistemasining   parazitlari
birlamchi   kelib   chiqish   xususiyatiga   ega,   ya’ni   erkin   yashovchi   organizmlarning
tuxumlari   yoki   tinch   o’tuvchi   bosqichlari   tasodifiy   holatda   ma’lum   bir
organizmning   ichagiga   tushib   qolishi   yo’li   bilan   endoparazitizm   xususiyati
shakllanaborgan. Bu masala bilan Dobell (Dobell,1919) batafsil qiziqib, odamning
najaslarini tekshirganda, unda 12 turga mansub bo’lgan amyobalar va xivchinlilar
tez-tez uchrab turishini aniqlagan. Ushbu turlarning sistalari odamning ovqat hazm
qilish sistemasidan tranzit yo’l bilan o’tadi va ayrim hollarda tashqariga chiqarilish
oldidan ichakda sistadan chiqib, saprofitlar singari najas bilan oziqlanadi. Ma’lum
bir erkin yashovchi guruh yoki tur uchun tranzit holda o’tish evolyusiya jarayonida
bir   necha   bor   takrorlanadigan   bo’lsa,   bu   xususiyat   zaruriy   belgiga   aylana   boradi.
Hamma   gap   shundaki   ichak   bo’shlig’i   yashash   makoni   va   oziqa   manbai   sifatida
juda   qulay   joy   hisoblanadi.   Ovqat   hazm   qilish   sistemasiga   tasodifan   tushib, endoparazitlarga   aylanib   borish   jarayonini   nematodalar   orasida   ko’plab   uchratish
mumkin.
Nematodalar   sinfining   juda   ko’p   turlari   suv   yoki   tuproqda   erkin   hayot
kechirishadi.  Ushbu   chuvalchanglarni   tuxumlari  va  lichinkalari  aksariyat   hollarda
juda mayda (1-2 mm) bo’lib, ko’p hollarda oziqa yoki suv bilan xar xil hayvonlarni
ovqat   hazm   qilish   sistemasiga   tushadi.   Bu   joyda   ularning   halok   bo’lishi   ehtimoli
juda   ko’pdir.   Bordiyu   tirik   qolsa   ham,   ular   o’zgarishsiz   yana   tashqi   muhitga
chiqariladi.   Bunday   tasodifiy   xollarning   bir   necha   bor   takrorlanishi   fakultativ
parazitizmning   shakllanishiga   olib   boradi.   Ushbu   holni   Rhabditidae   oilasining
ayrim turlarida, masalan, Aloionema appendiculatum da ko’rish mumkin. U tashqi
muhitda   erkin   hayot   kechiradi,   lekin   lichinkasi   Arion   shilliq   qurti   ichagiga
tasodifan   tushsa,   unda   ma’lum   vaqt   yashab,   oziqlanib,   rivojlanadi,   lekin   jinsiy
voyaga yetmaydi. Buning  uchun u ichakni  tashlab,  tashqi  muhitga chiqishi  lozim
bo’ladi,   lekin   yangi   bir   xususiyatni   paydo   qiladi.   Gap   shundaki   tuproqda   erkin
yashab   voyaga   yetgan   lichinkalardan   hosil   bo’lgan   urg’ochi   nematoda   30-40
tagacha tuxum qiladigan bo’lsa, shilliq qurt ichagida tasodifan tushib yashagan va
tashqi   muhitga   chiqqan   lichinkadan   hosil   bo’lgan   urg’ochi   nematoda   500-600
tagacha   (15   baravar   ko’p)   tuxum   qo’yadigan   bo’ladi.   Bu   tuxumlardan   paydo
bo’lgan va rivojlangan yangi avlod esa yana kam tuxum beradigan bo’ladi.
Rhabditidae   oilasining   Strongyloides     avlodi   o’z   evolyusiyasida   ichakda
parazitlik   bilan   hayot   kechirish   xususiyatini   yanada   chuqurlashtiradi,   ya’ni
nematodaning   u   yoki   bu   bosqichi   parazitlik   bilan   o’tishi   lozim   bo’ladi.
Maymunlarning   ichagida   parazitlik   qiluvchi   strongiloidesning   Ateles   geoffroyi
kenja   turini   lichinkasi   ichakka   tushsa,   nafaqat   o’sadi,   balki   yana   partenogenetik
urg’ochiga   aylanib,   ko’paya   boshlaydi.   Uning   qo’ygan   tuxumlari   tashqariga
chiqariladi. Tashqi muhitda tuxumlardan chiqqan rabditsimon lichinkalardan erkin
yashovchi urg’ochi va erkak individlar yetishadi.  Ushbu individlarning qo’shilishi
va paydo bo’lgan filyariyasimon lichinkalar yana parazitlik bilan hayot kechirishi
lozim   bo’ladi.   Ushbu   turning   hayot   siklida   parazitlik   bilan   hayot   kechirish
xususiyati   bilan   birga   avlodlarning   gallanish   jarayoni   ham   paydo   bo’lmoqda. Strongiloidesning   maymunda   parazitlik   qiluvchi   boshqa   bir   necha   turi   (Pithecus
resus)   esa   dastlab   yuqorida   bayon   qilingan   siklni   boshdan   kechiradi,   lekin
partenogenetik   urg’ochisidan   hosil   bo’lgan   lichinkalardan   ayrim   jinsli   (erkak   va
urg’ochi) individlar hosil bo’lmasdan, balki to’g’ridan to’g’ri yana parazitlik bilan
hayot   kechiruvchi   partenogenetik   urg’ochini   hosil   qiladi.   Ushbu   siklda   ikki
avlodning   gallanish   kuzatilmaydi,   chunki   erkin   yashovchi   avlod   umuman   paydo
bo’lmaydi.
Strongiloidesning odamlarda parazitlik qiluvchi  kenja turida (Strongyloides
tip   Homo)   partenogenetik   urg’ochi   hosil   bo’lish   bosqichi   yo’qoladi   va   faqat
urg’ochi   va   erkak   jinslar   hosil   bo’luvchi   ayrim   jinsli   parazitlik   bilan   yashovchi
bosqichi   qoladi. Ushbu  turning hayot   sikli   atrof-muhit   omillariga  bog’liq  bo’ladi.
Issiq   va   nam   iqlim   sharoitida   ichakda   tuxumdan   chiqqan   lichinkalar   tashqariga
chiqariladi. Tashqarida lichinkalardan erkin yashovchi urg’ochi va erkak individlar
rivojlanadi.   Ular   rabditsimon   va   filyariyasimon   lichinkalar   hosil   qiladi.   Ushbu
lichinkalar   odamga   og’iz   yoki   terisi   orqali   o’tib   oladi.   Ushbu   siklda   avlodlar
gallanishi saqlanib qoladi. Lekin nisbatan past haroratli sharoitda erkin yashovchi
arim   jinsli   avlod   hosil   qilish   bosqichi   umuman   bo’lmaydi   va   faqat   ayrim   jinsli
parazitlik   qiluvchi   bosqichi   qoladi.   Tashqi   muhitda   esa   rabditsimon   lichinkalar
filyariyasimon   lichinkalarga   aylanib,   odam   tanasiga   yuqadigan   bo’ladi.   Umuman
evolyusion   jarayonning   ushbu   bosqichida   faqat   rabdit   lichinkalari   erkin   hayot
kechirishga moslashgan bo’ladi, qolgan barcha bosqichlar ichakda parazitlik qiladi.
Ko’pgina   endoparazit   nematodalarning   parazitlikka   moslanishini   keyingi
evolyusiyasi turlicha yo’llar bilan amalga oshgan va uning barcha  shakllarida ham
erkin  yashovchi  lichinkalik  bosqichining  qisqarib  borishi   bilan  namoyon  bo’lgan.
Masalan,   bir   qator   nematoda   oilalarida   (Ascaridae,   Trichocephalidae)   xo’jayin
tanasidan     tashqariga   chiqqan     tuxum   ichida   lichinka   shakllanadiyu,   lekin   uning
ichidan     tashqi  muhitga chiqmaydi, erkin hayot kechirmaydi ham, balki xo’jayin
tanasiga tushishini kutadi. Shunday bo’lsa ham tuxumning tashqi muhitga chiqishi
zarurdir,   chunki   uning   ichida   lichinkaning   rivojlanishi   uchun   atmosfera   xavosi
kerak   bo’ladi.   Tashqariga   chiqarilgan   tuxumlar   shu   ondayoq   boshqa   aynan shunday   qulay   xo’jayin   tanasiga   tushsa   ham   lichinka   shakllanmaydi   va   bunday
tuxum nobud bo’ladi.
Ayrim hollarda tuxumning tashqi muhitga chiqishiga ehtiyoj qolmasa, uning
shakllanishi va rivojlanishi xo’jayin tanasida amalga oshadi. Bunday vaqtda parazit
doimiy   endoparazitga   aylanadi,   masalan,     Trichinella.     Bunday   parazit   turning
biologik xususiyatlarida yangi belgilar paydo bo’ladi, ya’ni uning bir xo’jayindan
ikkinchi   xo’jayinga   o’tish   mexanizmi   o’ziga   xos   bo’ladi.   Agarda   bu   mexanizm
amalga oshmasa parazit o’z hayotini davom ettira olmaydi.
3. Qon parazitizmining kelib chiqishi
Qon   parazitizmi   endoparazitizmning   o’ziga   xos   shakli   hisoblanadi.   Ushbu
shakldagi  parazitizm  ichak  parazitlarining qonga o’tib, u yerda  qayta parazitlarga
aylanib   borganligi   barcha   mutaxassislar   tomonidan     tan   olingan.   Lekin   bunday
parazitlar   qonga   o’tgungacha   qanday   holatda   birlamchi   parazitlar   bo’lganligi
masalasi   bo’yicha   ayrim   kelishmovchiliklar   mavjuddir   va   bu   sohada   ikki   hil
mulohaza bayon qilingan.
Bir   guruh   tadqiqotchilar   fikriga   binoan   umurtqalilarning   qon   parazitlari
dastlab   umurtqasizlarning     ichak   parazitlari   bo’lgan   va   bunday   xo’jayinlarni
umurtqali hayvonlarning qonini so’rishga moslasha borishi tufayli   ulardagi ichak
parazitlari   ham   yangi   xo’jayinga   o’tib,   yangi   muhitga,   umurtqalilarning   qon
suyuqligi   ichida   yashashga   moslashib   boradi.   Ushbu   parazitlar   doimiy   ravishda
umurtqalilardan   yana   umurtqasizlarga   o’tib,   ichakda   yashashga   moslashgan.
Shunday   usul   bilan   parazitlar   qon   xujayrasi   yoki   qon   suyuqligi   ichida   va   ichak
bo’shlig’ida   birday   bemalol   yashashga   moslashgan   bo’lgan.   Ushbu   mulohazaga
qarshi   Minchin   (1912)   umurtqali   hayvonlarning   qon   parazitlari   dastlab   o’sha
xo’jayinining   ichak   parazitlari   sifatida   hayot   kechirgan   degan   fikrni   bildiradi.
Lekin ba’zan xar xil sabablar  asosida, ular asta-sekin qonga o’tib, u yerda o’zlari
uchun qulayroq yashash joyi va tarqalishi imkoniyatiga ega bo’lgandan keyingina,
doimiy ravishda yashab qolgan. Shuning bilan birga   bunday parazitlar   umurtqali
hayvonlarning ichagida  yashay  olish  qobiliyatini  yo’qotib, uning  o’rniga ikkinchi xususiyat     sifatida  umurtqasiz  hayvonlarning  ichagida  yashash   qobiliyatini  paydo
qilgan
Keltirilgan mulohazalarning ikkalasi ham to’g’ri va haqiqatga juda yaqindir,
chunki turli guruhlarga mansub bo’lgan qon parazitlari turlicha yo’llar bilan kelib
chiqqandir.   Mulohazalarning   tasdig’i   sifatida   birinchi   navbatda   sporalilarning
ayrim   turlarini   qon   parazitlariga   aylanish   jarayonini   tahlil   qilib   o’tish   mumkin.
Ular   eng   avvalo   umurtqali   havonlarning   ichak   paraziti   bo’lgan.   Masalan,
Koksidiyalar   (Coccidida)   turkumining   Eimeriidea   kenja   turkumi   vakillari
ichakning   epiteliy   kavati   parazitlari   bo’lgan.   Eymeriyaning   ko’pgina   turlari,
masalan,   quyonlarning   ichak   epiteliysi   xujayralarida   yashovchi   Eimeria
intestinalis,   E.   perforans,       E.   piriformis,   tovuqlar   ichagida   parazitlik   qiluvchi
E.acervulina,   E.   mitis     va   boshqalar   hayot   siklining   barcha   bosqichlarini
(shizogoniya,   gametogoniya,   zigota   hosil   qilish,   oosistaning   hosil   bo’lishi)   ichak
epiteliysida   amalga   oshiradi.   Ammo   ayrim   hollarda   konsidiyalarning   ayrim
bosqichlari ichak devorining ancha ichki qismlariga, xususan biriktiruvchi to’qima
ichiga   kirib   oladi.   Masalan,   quyonlarda   uchraydigan   E.   media,   E.   irressidua,   E.
coecicola   kabi   turlarining   gamontlari   ichak   epiteliysida   o’z   rivojlanishini
boshlaydi,   lekin   uning   davomi   ichak   vorsinkalarining   biriktiruvchi   to’qimalarida
amalga oshadi.   E. magna   turida esa nafaqat gamontlar, hatto shizogoniya jarayoni
ham   epiteliy   ostida   sodir   bo’ladi.   Tovuqlarda   parazitlik   qiluvchi   E.   tenella   turida
ikkinchi   avlod   shizontlari   subepitelial   joyda   hosil   bo’lishi   mumkin,   lekin   uning
gamontlari   esa   ichak   epiteliysida   bo’ladi.   Koksidiyaning   turli   bosqichlarini
biriktiruvchi   to’qimada   uchrashining   asosiy   sababi   shuki,   koksidiyalar   bilan
zararlangan epiteliy hujayralari epiteliy qavati ostiga itariladi va shu holatda ham u
joyda parazitlar o’z hayot siklini davom ettiraveradi. Shu joyda oosista ham hosil
bo’lishi   mumkin,   lekin   sporalar   hosil   bo’lishi   amalga   oshmaydi.   Buning   uchun
oosista tashqi muhitga chiqarilishi kerak. Lekin koksidiyalar orasida shunday turlar
ham   mavjudki   (baliqlar   koksidiyasi   Eimeria   subepithehyeialis,   itlar   koksidiyasi-
Isospora bigemina va boshqalar   ) biriktiruvchi  to’qimada ham  oosistalar  yetishib, sporalar   hosil   qiladi   va   so’ngra   tashqi   muhitga   chiqadi   hamda   yangi   xo’jayinga
yuqadi. 
Keltirilgan   dalillardan   ko’rinib   turibdiki,   turli   koksidiyalarning   turli   xil
bosqichlarining   (shizont,   gamont,   oosista)   biriktiruvchi   to’qima   qavatiga   kirib
borishi  amalga  oshmoqda.  Shunday  bo’lsa  ham   hosil    bo’lgan oosistalarda   tashqi
muhitda, xo’jayin organizmidan tashqarida yashovchanlik qobiliyati  saqlanmoqda
va yangi xo’jayinga yuqishining yangi, boshqacha yo’li ham shakllanmagan.
Ichak   parazitlarining   qon   parazitlariga   aylanish   evolyusiyasi   ushbu
parazitlarning   hayot   siklida   yangi   xususiyatning,   ya’ni   qon   so’ruvchi   yuqtiruvchi
umurtqasiz   hayvonning   qo’shilishi   bilan   borgan.   Bu   sohada   kaltakesaklarda
parazitlik   qiluvchi   Schellackia   bolivari   koksidiyasining   hayot   siklini   ko’rsatish
mumkin.   Ushbu   koksidiyaning   hayot   sikli   sporozoitlarning   kaltakesak   ichagiga
passiv holda tushishidan boshlanadi. Sporozoit ichak epiteliysiga kirib shizogoniya
usulida   ko’payishini   boshlaydi.   Bir   necha   marta   shizogoniya   ko’payishdan   keyin
dastlabki   erkaklik   va   urg’ochilik   gamontlar   (jinsiy   hujayralar,   ya’ni   mikro   va
makrogamontlar)   hosil   bo’ladi.   Mikrogamontlar   epitelial   hujayralar   ichida   hosil
bo’lsa,   makrogamontlar   epiteliy   ostiga   o’tib,   biriktiruvchi   to’qima   hujayralarida
makrogametaga   aylandi.   Mikrogamontlar   mikrogametalarga   aylangandan   so’ng,
subepitelial   qavatga   o’tib,   biriktiruvchi   to’qima   hujayralaridagi   makrogametani
urug’lantiradi.   Hosil   bo’lgan   zigota   rivojlanib,   yoriladi   va   undan   chiqqan
sporozoitlar   biriktiruvchi   to’qimaga   kelgan   kapillyar   qon   tomirlaridagi   qonga
o’tadi va eritrositlari ichiga kirib oladi. Eritrosit ichidagi sporozont rivojlanmaydi,
balki   qon   bilan   birga   boshqa   vaqtinchalik   parazit   hisoblanuvchi   L iponyssus
saurarum     kanasi ichagiga o’tishi lozim bo’ladi, kana kaltakesak qonini so’rganda
qon   bilan   birga   sporozoitlar   kana   ichagiga   tushadi.   Ichakda   qon   hazm   bo’ladi,
sporozoitlar   esa   epitelial   hujayralar   ichida   qoladi.   Bu   kana   kaltakesak   tomonidan
yeyilishi   mumkin.  Kaltakesak  ichagida  kana  hazm   bo’ladi,  sporozoitlar  esa   ichak
epiteliylari ichiga kirib, shizogoniya usulida ko’payishini boshlaydi. Shunday qilib,
ushbu   misolda   parazitning   hayot   siklida   va   morfologiyasida   bir   qator   jiddiy
o’zgarishlarni   amalga   oshishini   ko’rish   mumkin.   Bu   o’zgarish   birinchi   navbatda parazitning ichak devoridan uzilib, eritrositlar ichiga kirib yashashga  o’tganligida
namoyon bo’ladi. Lekin parazitlarning eritrosit   ichidagi hayoti ko’p cho’zilmaydi.
Unda   parazit   faol   yashamaydi   va   o’smaydi.   Balki   parazitning   eritrosit   ichidagi
bosqich faqat bir xujayindan (kaltakesakdan) ikkinchi xo’jayiniga (kanaga) o’tishi
uchun qo’laylik tug’diradi va parazit ikkala xujayinda ham ichagidagi hujayralarda
yashaydi. Parazitning eritrositlarga kirib olishi, uchun o’z-o’zidan ma’lumki, oraliq
xo’jayin kana bo’lishi kerak. Parazitning morfologiyasidagi o’zgarishni esa, uning
sporalarini   qobig’ini   yo’qolishida   ko’rish   mumkin.   Gap   shundaki,   parazit   o’z
hayoti   jarayonida   biron-bir   bosqichini   ham   tashqi   muhitda   o’tkazmaydi.   Bu   esa
sporaning himoyalanishi uchun tashqi qobiq o’z funksiyasini yo’qotgan bo’ladi.
Qon   parazitizmini   kelib   chiqish   jarayonini   chuqurlashib   borishini
L ankesterella   minima   koksidiyasi   hayot   siklida   ko’rish   mumkin.   U   baqa
parazitidir.   Nyollerning   (1920)   ko’zatishlariga   binoan   parazitning   sporozoitlari
ichakka   tushgandan   keyin,   u   epitelial   va   subepitelial   qavatlardan   o’tib,   ichak
kapillyarlariga,   undan   turli   organlardan   qon   tomirlarning   endotelial   hujayralari
ichiga   kirib,   shizogoniya   usulida   ko’payib   merozoitlarni   hosil   qiladi.   Ushbu
merozoitlar   qon   orqali   yangi   endotelial   hujayralarni   zararlaydi   va   yana   jinssiz
jarayonni   boshidan   kechiradi.   Bir   necha   marta   shizogoniya   yo’li   bilan
ko’paygandan   keyin   merozoitlar   yangi   endoteliy   hujayralari   ichiga   kirib
gamontlarni hosil qiladi, ulardan esa jinsiy hujayralar rivojlanib, o’zaro qo’shilib,
zigota   hosil   qiladi,   zigota   po’stga   o’ralib   oosistani   hosil   qiladi.   Oosistada
to’g’ridan-to’g’ri   ko’p   sondagi   sporozoitlar   shakllanadi.   Ular   oosistadan   chiqib,
qonga   o’tib   eritrositlarni   ichiga   kirib   oladi.   Sporozoitlar   boshqa   xo’jayin   (zuluk)
tanasiga   o’tmaguncha   eritrosit   ichida   o’zgarishsiz   qolaveradi.   Hemiclepsis
marginata   zulugiga   o’tib   qolsa,   uning   ichak   epiteliysi   hujayralariga   joylashadi.
Schellackia   sporozoitlari   singari   Lankesterella   sporozoitlari   ham   zuluk   ichida
o’zgarmaydi,   balki   bunday   zuluk   baqa   tomonidan   yeyilishi   kerak.   Shundan
keyingina   parazit   o’z   hayot   siklini   qayta   boshidan   o’tkazadi.   Aytganlarga   binoan
Lankesterella   ning   hayot   siklining   barcha   bosqichlari   endoteliy   hujayralari   ichida
o’tadi   va   faqatgina   sporozoitlar   eritrositlar   ichiga   kiradi.   Qon   parazitizmining keyingi   evolyusiyasi   parazitlarning   faqat   sporozoitlarigina   emas,   balki   ulardan
oldinroq o’tuvchi bosqichlari ham eritrositlar ichiga kirib olish hollari ham amalga
oshishini   ko’rish   mumkin.   Bunday   paytda   parazitlarning   endoteliy   hujayralari
ichida bo’lish vaqti esa qisqarib boradi.
Qon   parazitlarining   (Haemosporidia)   ba’zi   guruhlardan   (Haemoproteus)
endoteliy   tomirlarining   hujayralari   ichidagi   rivoji   gametasitlar   hosil   qilishgacha
davom   etadi,   ya’ni   bunda   sporozoit-shizogoniya-merozoit-gametosit     o’tib,   oxiri
gametositlar   eritrositlar   ichiga   kirib   oladi.   Plasmodium   avlodi   vakillarida   esa
eritrositlar   ichida   nafaqat   gamontlar,   balki   yana   ko’p   marta   shizogoniya   usulida
ko’payuvchi shizontlar ham hosil bo’ladi.
Yuqorida   qayd   qilingan   misollar   shundan   dalolat   bermoqdaki   dastlabki
haqiqiy   ichak   epiteliysida   yashovchi   eymeriya   koksidiyalari   subepitelial
parazitlarga aylangan. Keyin ayrim guruh vakillarining ichak epiteliysidan ajralgan
sporozoitlar   eritrositlar   ichiga   qisqa   vaqtda   kirib   oladi.   Ba’zan   esa   ichak
epiteliysidan   o’zilib,   endoteliy   tomirlariga   joylashib,   rivojlanishini   o’tadi,   lekin
sporozoit bosqichi  eritrosit ichida amalga oshadi. Nihoyat qon parazitlari turkumi
vakillari misolida esa parazitlarning endoteliydan o’zilib, gamont va shizontlarning
eritrositlar ichiga o’tib olishi tufayli haqiqiy qon parazitlarining shakllanishiga olib
keladi.   Lekin   ushbu   parazitlarning   yangi   umurtqali   hayvonga   o’tishi   uchun
gametositlar   o’zi   yetarli   emas,   balki   ular   rivojlanishini   davom   ettirib,   yangi
sporozoitlarga   aylanishi   kerak   bo’ladi.   Ushbu     jarayon   qon   so’ruvchi
bo’g’imoyoqlilar   tanasida   amalga   oshadigan   bo’ladi.   Nihoyat   qon   so’ruvchi
hayvon   umurtqali   hayvon   bilan   yaqin   munosabatda   bo’lganda   (qon   so’ruish
jarayoni)   sporozoitlar   yangi   xo’jayinga   o’tishi   va   hayot   siklini   davom   ettirish
imkoniga   ega   bo’ladi.   Qon   parazitlarining   bir   xo’jayindan   (qon   so’ruvchi
bo’g’imoyoqlidan) ikkinchi xo’jayiniga (umurtqali hayvon yoki odamga) o’tishi va
hayot   siklini   qon   ichida   (eritrositlarda)   davom   ettirishga   moslashganligini
Haemosporidia  turkumi vakillarida ko’rish mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar
 
1. Abduraxmanov G.M., Lopatan I.K., Ismailov Sh.I. Osnovo’ zoologii i 
zoogeografii. Uchebnik dlya studentov vo’sshix pedagogicheskix uchebno’x 
zavedeniy. M., Izdatelskiy tsentr «Akademiya» 2001.
2.   A buladze K.I. i dr. Parazitologiya i invazionno’e bolezni selskoxozyaystvenno’x 
jivotno’x.   Uchebnik d lya studentov VUZov po spetsialnosti "Veterinariya". M., 
1990.
3 .   Akbaev M.Sh. i dr. Parazitologiya i invazionno’e bolezni jivotno’x. Uchebnik 
dlya studentov VUZov po spetsialnosti «Veterinariya». M. KOLOS, 2000.
4. Biologiya. Bolshoy entsiklopedicheskiy slovar. Nauchnoe izdatelstvo "Bolshaya 
Rossiyskaya entsiklopediya". M. 1998.
5. Burdelev T.E. i dr. Osnovo’ veterinarii. Uchebnik. M.,1978.
6.   Genis D.E. Meditsinskaya parazitologiya. M. 1991.

“Parazitizmning kelib chiqishi” REJA: 1. “Parazit-xo’jayin” tizimida ektoparazitizmning kelib chiqishi. 2. Endoparazitizmning kelib chiqishi. 3. Qon parazitizmining kelib chiqishi.

Parazitizmning kelib chiqishi Turli-tuman hayvonlar orasida uchraydigan parazitizm hodisasi turli xil yo’llar bilan kelib chiqqan. Hatto bir shakldagi parazitizm hodisasining kelib chiqishi ham turli yo’llar bilan amalga oshishi mumkin. Bunday yo’llar qanday ko’rinish va jarayonda bo’lmasin, oqibatda erkin yashovchi organizmining oziqlanish usuli va yashash joyining o’zgarishi hamda har xil turlarga mansub bo’lgan ikkita organizmlardan iborat “ parazit-xo’jayin ” tizimini paydo bo’lishi bilan ifodalanadi. 1. Ektoparazitizmning kelib chiqishi Aksariyat ektoparazitlar yirtqichlardan kelib chiqqan. Bundan oldinroq tilga olingan zuluklar va qandalalarning yirtqichlik bilan oziqlanish usulidan ektoparazitga o’tib borganligini ko’rgan edik. Yirtqichlikdan ektoparazitizmga o’tib borish jarayonini bo’g’imoyoqlilar turlari orasida ham ko’rish mumkin. Masalan, chivinlar, iskaptoparlar, qon so’ruvchi pashshalar, yirtqichlardan juda kam farq qiladi. Ularning parazit bo’lishi uchun xo’jayin hisobidan oziqlanishi va unda joylashib olishi uchun ko’proq vaqt talab qilinadi. Uzoqroq vaqt davomida xo’jayin bilan bog’langanlik darajasini ayrim kanalar (masalan, Ixodes ) misolida aytish mumkin. Burgalarda esa xo’jayin bilan yanada yaqinroq va ko’proq vaqt bog’langanlik darajasini ko’rish mumkin, chunki uning lichinkasi va g’umbagi tashqi muhitda, erkin hayot kechiradigan bo’lsa, imagosi esa hayotini asosiy qismini yoki ko’proq qismini xo’jayin tanasida o’tkazadi. Ana shunga o’xshash vaqtinchalik yoki ko’proq vaqt davomida xo’jayin bilan bog’langan parazitlardan doimiy parazitlar kelib chiqishi uchun juda yaqin qoladi. Masalan, bitlarni o’z tuxumlarini chetga emas, balki xo’jayin tanasiga qo’yishini ko’rsatish mumkin. Ektoparazitlarni ushbu yo’l bilan kelib chiqishida ularning quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlar bilan aloqasini juda yaqin munosabatda bo’lishi intila borishiga bilan bog’lash mumkin. Bunday yaqin munosabatda bo’lish imkoniyati birinchi navbatda umurtqali hayvonlarning inlari, uyalari va boshqa yashash joylariga turli-tuman bug’imoyoqlilarni ham yashashga moslasha borishi bilan ham bog’lash mumkin. Bunday sharoit va imkoniyat dastlab ayrim bo’g’imoyoqli

hayvon turlarini oziqlanishga chorlasa, keyinchalik uning tanasiga uzoqroq o’rnashib olishga moslashtira boradi. Ushbu yo’l bilan ektoparazit kanalar (Argasidae oilasi ayrim turlari, qo’tir kanalari, patxo’r kanalar), tivitxo’rlar ayrim qandalalar, burgalar, qon so’ruvchi pashshalar va boshqa bir qator bo’g’imoyoqlilar kelib chiqqan. Tivitxo’rlar (Mallophaga) haqida shuni aytish mumkinki, ular dastlab hayvon va o’simlik qoldiqlari bilan oziqlanuvchi ajdodlaridan kelib chiqqan deb hisoblash mumkin. Shuning uchun ham ular avval qushlar inida joylashib, u yerdagi organik qoldiqlar bilan oziqlangan. Keyinchalik esa u yerdan qush tanasiga o’tib, o’rnashib, qush terisadigi bo’rtib chiqqan o’lik shox moddasi bilan oziqlanadigan bo’lgan. Bunday vaqtda ayrim tivitxo’rlar, masalan, Physostomum qayta qon bilan oziqlanishga o’tgan, ayrimlari esa masalan, saqoqush (birqazon) tivitxo’ri T etrophthalmus parlar orasidan tumshug’i ostidagi katta xalta ichiga kirib, qon so’rib oshiqlanishiga moslashadi. Tuxum qo’yish uchun esa parazit og’iz orqali tashqariga chiqib xo’jayinining parlari orasiga o’rnashadi. Ayrim bo’g’imoyoqlilar, masalan iksod kanalari, qiziltana lichinkalari, ko’pgina qushqanotlilar va boshqa shu kabi uya va inlarda yashamaydigan guruhlar ochiq biotop bilan bog’liq bo’lgan hayvonlar (reptiliyalar, tuyoqlilar, ayrim yirtqichlar) ga hujum qilish orqali asta-sekin ektoparazitizmga moslasha borgan. Ayrim hollarda ektoparazitizm hodisasi o’troq hayot kechirish tarzidan kelib chiqadi. Ushbu yo’l bilan kelib chiqqan ektoparazitlarga birinchi navbatda Trichodina guruhiga kiruvchi to’garak kiprikli infuzoriyalarni kiritish mumkin, chunki ushbu infuzoriyalar ajdodlarining deyarli barchasi o’troq yashovchi bo’lgan. Buning ustiga ularning anchagina turlari suv tubiga emas, balki tirik organizmlar tanasiga o’rnashib olib hayot kechiruvchilar bo’lgan. Xuddi shunday usulda suv hayvonlari tanasiga mo’ylov oyoqli qisqichbaqasimonlar ( Cirripedia ) turkumi vakillari ham yopishib hayot kechirgan. Ularning ayrim turlari (Coronulo balaenarum) hatto, kitlarning terisiga chuqur o’rnashib olishga ham moslashgan.

To’g’ri ichkali yirtqich turbellariyalardan (Rhabdocoela) ehtimol monogenoidlar (Monogenoidea) kelib chiqqandir, chunki ular ko’p hollarda baliqlarning ektoparazitlari bo’lib, jabralarda, so’zgich qanotlarida va terisida yashaydi. Gyrodactylus avlodining ayrim turlari, xo’jayin terisining ajratgan shilimshiq moddalari bilan oziqlansa, ba’zi turlari (Dactylogyrus vastator) epiteliy bilan bir qatorda xo’jayin qonini ham so’radi, hatto Diclybothriidae, Hexabothriidae avlodlarining turlari faqat xo’jayin qoni bilan oziqlanadi. Aslida Monogenoidea sinfidagi chuvalchanglarda ektoparazitizm hodisasi qanday kelib chiqqanligi masalasini kiprikli chuvalchanglarning uncha katta bo’lmagan Temnocephala turkumi vakillari orqali bilish mumkin. Ushbu juda mayda chuvalchanglar krab va qilichdumlilarning tanasiga o’rnashib, oladi. Ularning gavdasining oldingi o’chida barmoqsimon o’simta yoki paypaslagich, orqa uchida so’rg’ich bo’ladi. Xo’jayin tanasidan ular faqat boshpana sifatida foydalanadi, oziqlanishi esa yirtqichlik bilan bo’lib xo’jayin tanasida o’rmalab yuruvchi mayda hayvonlar hisobida amalga oshadi. Ektoparazitizmning kelib chiqishida yirtiqlik bilan oziqlanuvchi mayda organizmlarning polifag xususiyatdan monofagiya xususiyatiga o’tib borishi bilan ham tushuntirish mumkin. Masalan, Diptera turkumidagi ayrim chivinlar faqat qon so’rish bilan oziqlanmaydi. Ular ba’zan o’simlik shirasi bilan ham kun kechiradi. Lekin ayrim turlari, masalan, sese qon so’rish bilan tirikchilik qiladi. Ushbu turkumning uchinchi bir guruhi ( Ornithomya, Hippobosca ) xo’jayin tanasiga o’rnashib olishi mumkin yoki uni tashlab, xuddi o’sha turning boshqa individi yoki boshqa yaqinroq turga o’rnashib parazitlik qiladi. Nihoyat qon so’ruvchi qo’sh qanotlilardan Stenopteryx hirumdinis, Melophagus ovinus kabilar qaldirg’och, qo’y kabi hayvonlarni o’zlariga xo’jayin qilib ular tanasida uzoq vaqt davomida ektoparazit sifatida yashaydi. Quruqlik umurtqali hayvonlarining ektoparazitlari ayrim bo’g’imoyoqlilarning lichinkalari bo’lishi mumkin. Bunday lichinkalar nekrofag oziqlanishdan tirik organizmning to’qimalari hisobidan oziqlanishga o’tishi bilan ifodalanadi. Masalan, Calliphora va Lucilia lichinkalari o’lgan hayvon go’shti

bilan oziqlanadi, lekin ba’zan odam yarasiga tushib qolsa fakultativ parazit sifatida yashashi mumkin. Ushbu hasharotlar ba’zan sog’lom qo’ylar juniga tuxum quyadi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar esa qo’yning terisini teshib, uning to’qimalari bilan oziqlanishga ham o’tadi. 2. Endoparazitizmning kelib chiqishi Endoparazitizmning kelib chiqishi ustida mulohaza yuritilar ekan, uni eng avvlo ektoparazitlik bilan hayot kechiruvchi organizmlar bo’lganligini e’tirof qilish lozim. Ushbu fikrni isbotlash uchun Trichodina avlodiga kiruvchi parazit infuzoriyalarni ko’pgina turlarini ko’rsatish mumkin. Aslida bu avlod turlari baliqlarning ektoparazitlari sifatida ularning jabralari, terisi va so’zgich qanotlarida yashaydi. Lekin birqator turlari ( Trichodina urinaria, T. renicola, T. albourni ) olabo’g’a, qora cho’rtan va ukleya kabi baliqlarining siydik pufagi, siydik yo’li va tuxum yo’llarida endoparazitlik qilib yashaydi. Ushbu turlarning ektoparazitlikdan endoparazitlikka o’tishi ma’lum bir qulayliklar va sabablarga bog’liq bo’lish ehtimoli bor. Gap shundaki, baliqlarning jabralari bilan ajratish organlari funksional jihatdan bir-biriga ancha yaqin ya’ni jabra orqali ham, buyraklari orqali ham ammiak va mochevina ajratiladi. Jabradan buyrakka, undan tuxum yo’liga o’tish unchalik qiyin bo’lmay qoladi. Ushbu jarayonni amalga oshganligini tasdig’i sifatida shuni qayd qilish mumkinki, skat balig’ini tuxum yo’llarida endoparazitlik qiluvchi Trichodina oviducti uning siydik pufagida ham bemalol yashash qobiliyatini yo’qotmagan. Ektoparazitning endoparazitga o’tish mumkinligini baqa ko’p so’rg’ichlisi Polystoma integerrimum misolida ham isbotlash mumkin. Keltirilgan misollardan shu narsani alohida qayd qilish mumkinki ko’p hollarda (trixodinalar misolida) parazit o’zining aktiv harakati va faoliyati tufayli xo’jayin tanasining yangi qism va organlarini egallab, yashash tarzini o’zgartsa, ayrim hollarda (baqa ko’p so’rilisi misolida) xo’jayinning metamorfoz bilan rivojlanishi va ma’lum organning (itbaliq