logo

URUG‘NING UNIB CHIQISHI VA O‘SIMTANING RIVOJLANISHI.

Yuklangan vaqt:

29.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

34.912109375 KB
MAVZU: URUG‘NING UNIB CHIQISHI VA O‘SIMTANING
RIVOJLANISHI.
Reja:
1. Urug‘ning unib chiqishi.
2. O‘simtaning rivojlanishi . Murtak .   Murtak,   urug‘lanish   sodir   bo‘lgandan   so‘ng,   zigotadan   hosil
bo‘ladi.   Uning   hujayralari   diploid   xromosomali   yadroga   ega.   Murtak   yangi
o‘simlikning boshlang‘ichi, u deyarli meristema to‘qimasidan tashkil topgan.
Gulli o‘simliklarning yetilgan murtagi morfologik jihatdan boshlang‘ich
novda, ildiz va bitta yoki ikkita urug‘palladan iborat bo‘lib, ular yosh sporofit
o‘simlikning   birinchi   barglari   hisoblanadi.   Urug‘   unib   chiqqanda   ikkita
bargsimon yashil palla (g‘o‘za, loviya) hosil qiluvchi   o‘simliklar ikki pallali
o‘simliklar,   deb   ataladi.   Murtaklari   bir   urug‘   pallali   o‘simliklar   bir   pallali
o‘simliklar deb ataladi (bug‘doy, sholi va boshqalar).
Boshlang‘ich   novda   va   ildizning   apikal   qismida   meristema   to‘qimalari
joylashgan.   Meristema   hujayralari   fiziologik   jihatdan   yosh   va   bo‘linish
xususiyatiga   ega.   Murtak   poyacha,   boshlang‘ich   novdaning   o‘sish   nuqtasi
joylashgan   meristema   hujayralaridan   pastrokda,   bo‘rtma   shaklida   bo‘ladi.
Ba’zan novdaning apeksida, urug‘pallalardan keyin barglarning boshlang‘ich
bo‘rtmalari   (murtak   kurtaklari)   hosil   bo‘ladi.   Murtak   o‘qining
urug‘pallalardan   ildiz   bo‘g‘izigacha   bo‘lgan   qismi   gipokotil   (yunon.   gipo   -
ostki, pastki qism, kotileodon - urug‘palla) deb ataladi. 
Urug‘palla   bilan   birinchi   kurtak   oralig‘i   epikotil   (yunon.   epi   -   us t ida)
deb ataladi.  
Ochiqurug‘li   (ninabargli)larning   urug‘ida   o‘ntagacha   urug‘pallalari
bo‘ladi. Ularning murtagi gipokotil va   kurtakcha hamda kichkina ildizchadan
iborat.   Kurtakchada   o‘sish   nuqtasi   va   o‘nta   ingichka   urug‘pallalar   mavjud.
Kurtak   o‘sganda   bu   urug‘pallalar   dastlabki   o‘nta   ipsimon,   ninabarglarga
aylanadi.
E ndosperm   -   oziq   moddali   to‘qima   bo‘lib,   o‘simlikning   urug‘ida
rivojlanadi.   Endosperm   qo‘shaloq   urug‘lanish   natijasida   murtak   xaltasining
diploidli markaziy hujayrasidan hosil bo‘ladi va triploid hujayralardan iborat.
Demak,   urug‘ning   murtagi   va   endospermi   bir-biridan   keskin   farq   qiladi. Ba’zi   o‘simliklarda   masalan,   birpallalilardan   bug‘doy,   piyoz,   lola,   piyozgul
va boshqalarda urug‘   murtagi shu darajada kichik bo‘ladiki, urug‘ning deyarli
butun   ichki   qismini   endosperm   (oqsil)   egallaydi.   Bu   xildagi   urug‘lar
endospermli urug‘lar deb ataladi.
Endospermli   urug‘lar   ko‘pincha   birpallalilar   ( bug‘doy doshlar,
piyozdoshlar),   ikkipallali   o‘simliklardan   ituzumdoshdar,   zira doshlar,
sutlamadoshlar (kanakunjut)da uchraydi.
Ko‘pgina   o‘simliklarda,   aksincha,   murtak   o‘sib,   endospermni
o‘zlashtirib   yuboradi   va   endosperm   urug‘   po‘sti   ostida   bir   necha   qator
hujayralar   shaklida   qoladi   (masalan,   bodom,   yoki   butunlay   qolmaydi
( burchoq doshlar,   karamd oshlar,   qovoqdoshlar,   ra’no doshlar   va   hokazoda).
Bu   xildagi   urug‘lar   endospermsiz   urug‘lar   deb   ataladi .   Endospermsiz
urug‘larning   urug‘   po‘sti   ostida   yirik   urug‘pallalari   bo‘lib,   ularning
to‘qimalarida oziq   moddalar to‘planadi (qovoq, loviya, va boshqa lar ).
Murtak   endospermni   o‘zlashtirib   yuborgan   hollarda,   uning   vazifasi
birmuncha   o‘zgaradi   va   (ko‘pincha   urug‘pallalari   g‘amlagan)   oziq
moddalarni   to‘play   boshlaydi.   Bundan   tashqari   g‘amlagan   oziq   moddalar
perisperm   (yunon.   peri   -   atrof;   sperma   -   urug‘)da   ham   to‘planadi.   Bunday
urug‘larga   qora   murch,   lavlagi   va   boshqalar   misol   bo‘la   oladi.   Perisperm
urug‘   po‘sti   ostida   joylashgan   bo‘lib,   urug‘kurtakning   nusellusidan
rivojlanadi. Bunday urug‘larda murtak juda   ham kichkina bo‘ladi, uni hamma
tomondan g‘amlovchi to‘qima   o‘rab oladi. 
Endosperm   va   perisperm   murtakka   taqalib   turgani   uchun   urug‘
o‘sayotgan   vaqtda,   murtak   ulardagi   barcha   oziq   moddalarni   so‘rib   oladi.
Binobarin,   endosperm   va   perispermdagi   oziq   moddalar   -   murtakning
dastlabki ozig‘i va   uning rivojlanishi uchun asosiy zamindir.
E ndosperm   kimyoviy   tuzilishi   jihatidan   unsimon   yoki   yog‘simon
bo‘lishi   mumkin.   Unsimon   endosperm   hujayralarida   ikkilamchi   kraxmal donachalari,   yog‘simon   endosperm   hujayralarida   esa   yog‘   tomchilari
to‘planadi. Bundan   tashqari urug‘larda oqsil va fitin (fosforli birikmalar) ham
uchraydi.   Fitin   urug‘ning   unishidagi   modda   almashinuvini   tezlashtiradi.
Oqsil,   aleyron   (yunon.   aleyron   -   un)   donachalari   shaklida   bo‘lib,
endospermning tashqi yupqa qavatini tashkil   etadi (bug‘doy, arpa va boshqa
shu   kabi   donlar).   Ko‘pchilik   o‘simliklarda   urug‘   shu   qadar   suvsizlanadiki,
ular juda   ham qattiq, shishasimon va hatgo toshsimon bo‘lib qoladi   (masalan,
finik palmasi).
Yog‘simon   endospermli   urug‘lar   (kungaboqar,   zig‘ir,   yong‘oq   va
boshqalar)   g‘amlovchi   oziq   moddalar   ichida   quvvat   jihatidan   boshqa
urug‘larga   nisbatan   ustunlik   qiladi.   Urug‘   unayotganda   murtak   endosperm
moddalarini   o‘zlashtiradi   va   shundan   so‘ng   uning   hujayralari   yemiriladi.
Endosperm   va   perisperm   funksiyalari   jihatidan   bir   xil,   lekin   morfologik
jihatidan turli xil kelib chiqishga ega: ya’ni ular bir-biriga analogdir.
Urug‘ning unib chiqishi va o‘simtaning rivojlanishi.
Urug‘   pishib   yetilishi   uchun   ma’lum   jarayonlarni   o‘tashi   kerak,   ya’ni
vaqg talab etiladi. Bu, juda ko‘p tashqi va ichki omillarga bog‘liqsir. Tashqi
(ekologik)   omillar   ichida   eng   muhimi:   suv,   havo   (kislorod)   va   haroratdir.
Bundan   tashqari,   mayda   urug‘larning   unishi   (ayniqsa   begona   va   yovvoyi
o‘tlar)   uchun   yorug‘lik   ham   kerak   bo‘ladi.   Yetilgan   urug‘lar,   odatda,   juda
ham quruq bo‘ladi. Ularning nisbiy namligi 5-20% ni tashkil etadi. Shuning
uchun   ham   urug‘lar   zarur   bo‘lgan   suvni   o‘zlashtirib   olmaguncha   una
olmaydi.   Suvning   shimilishi   natijasida   urug‘   bo‘rtadi.   Uning   tarkibida
mavjud   bo‘lgan   fermentlarning   faoliyati   oshadi,   nafas   olishi   tezlashadi   va
oziq moddalar parchalanadi. Poliribosomalarning faoliyatida oqsil va boshqa
moddalar   sintez   qilinadi.   Murtak   qaytadan   bo‘linadi,   hujayralar   cho‘ziladi.
Buning uchun suv va oziq moddalar to‘xtovsiz talab etiladi. Urug‘   unishining   dastlabki   davrlarida   anaerob   sharoitda,   keyinchalik
urug‘   po‘sti   yorilganda,   so‘ng   aerob   sharoitda   nafas   oladi.   Agar   shu   vaqtda
tuproqda   nam   mo‘l   bo‘lsa,   urug‘ning   nafas   olishi   qiyinlashadi,   chunki
kislorod
miqdori   yetishmasligi   sababli   urug‘   unmasdan   qoladi.   Ko‘pchilik   urug‘lar
unib chiqishi uchun har xil darajadagi haroratni talab etadi. Lekin har bir tur
o‘simlikning   o‘z   minimum   (eng   oz,),   optimum   (eng   yaxshi,   qulay)   va
maksimum   (eng   baland,   yuqori)   darajadagi   harorat   chegarasi   bo‘ladi.   Ko‘p
o‘simliklar   uchun   haroratning   eng   past   (minimum)   chegarasi   0+5°S,   eng
baland   (maksimum)   +45,   +48°S,   o‘rtacha   (optimum)   +25,   +30°S   atrofida
bo‘ladi.
Ba’zi urug‘lar tashqi barcha shart-sharoitlar qulay   bo‘lgan taqdirda ham
unmaydi.   Bunday   urug‘lar   tinim   davridagi   yoki   uyqudagi   urug‘lar   deb
ataladi.   Tinim   davridagi   yoki   uyqudagi   urug‘lar   ekzogen,   yoki   endogen   va
murakkab,   ya’ni   ham   ekzogen   ham   endogen   bo‘lishi   mumkin.   Ekzogen
tinimdagi   urug‘   po‘sti   juda   ham   qattiq   bo‘lib,   o‘zidan   suv   va   havoni
o‘tkazmaydi  (masalan, danakli mevalarning urug‘lari, qashqarbeda,  akatsiya
va   boshqa   o‘simlik   urug‘lari).   Endogen   urug‘larning   murtagi   sekin
rivojlanadi   (jenshen).   Bu   xildagi   urug‘larning   murtagi   bir   yoki   ikki,   uch   yil
davomida   yetilishi   mumkin.   Buning   sababi   ko‘p,   ammo,   eng   muhimi
shundaki, ko‘pincha murtak fiziologik jihatdan hali to‘liq yetilmagan bo‘lib,
urug‘   po‘sti   esa   suvni,   ba’zan   hatto   kislorodni   ham   o‘tkazmaydi.   Ana
shunday   fiziologik   jihatdan   yetilmagan   urug‘lar   unishi   uchun   bir   qator
murakkab   fermentativ   va   biokimyoviy   jarayonlarni   o‘tashi   shart.   Shunda
urug‘   keyinroq   pishib   yetiladi.   Iqlimi   mo‘tadil   mintaqalarda   uncha   sovuq
bo‘lmagan qish davri mana shu jarayonlarning o‘tishi uchun imkon yaratadi.
Natijada   yetilish   uchun   talab   qilinadigan   qo‘shimcha   vaqt,   urug‘ning   qish
payti   (noqulay   sharoit)da   unishining   oldini   oladi.   Ayniqsa,   sovuq   iqlimda o‘suvchi   o‘simliklarning   hayoti   uchun   tinim   davri   katta   ahamiyatga   ega,
chunki   bu   urug‘larni   har   qanday   sharoitda   unishdan   saqlaydi   va   ularni
keyingi hayotchanligini ta’minlaydi.
Ba’zi urug‘lar tinim davrini qushlarning yoki sutemizuvchilarning ovqat
hazm qilish organlarida o‘taydi. Bu, ularning bir tomondan keng tarqalishini,
ikkinchidan   urug‘ning   unishini   tezlashtiradi.   Suv   va   havoni   yaxshi
o‘tkazmaydigan   qatgiq   po‘stli   urug‘larning   (qashqarbeda,   akatsiya,   yantoq,
lagoxilus,   ko‘kparang   va   boshqalarning)   unib   chiqishini   tezlashtirish   uchun
ularning qobig‘i sun’iy yo‘llar bilan yumshatiladi. Bu usulga   skarifikatsiya
(lot.   skarifikare   -   tirnamoq)   deb   ataladi.   Bu   urug‘larni   qum   yoki   jilvir
shishada   aralashtirilib   ishqalash   yo‘li   bilan   bajariladi.   Bu   chora   urug‘
murtagiga suv va havo o‘tishini osonlashtiradi va nafas olishini yaxshilaydi.
Qishloq xo‘jaligida po‘sti qatgiq daraxt, buta (shumtol, zarang, akatsiya, nok,
olma,   armug‘on   va   hokazo)   hamda   ko‘pgina   foydali   yovvoyi   o‘simliklar
(lagoxilus-ko‘kparang,   qatron,   izen,   taran   va   boshqalar)   urug‘larining   unib
chiqishini tezlashtirish uchun ular nam qum orasida 20 - 25 sm chuqurliqda O
+6°S   haroratda   bir   yoki   bir   necha   oy   davomida   saqlanadi.   Bu   usulga
stratifikatsiya   (lot.   stratum   -   to‘shama,   qatlam;   fasers   -   bajarmoq)   deb
ataladi.
Cho‘llarda   o‘simliklarning   urug‘   po‘stida   (shuvoq,   tuyaqorin,   itsig‘ek,
lagoxilus-ko‘kparang va boshqalar) unishni   to‘xtatuvchi modda ingibitor (lot.
ingibe — to‘xtatish) bo‘ladi. Bu modda yomg‘ir, qor suvlari tomonidan yuvib
yuborilsa, shundan keyin urug‘i una boshlaydi. Urug‘ning unib   chiqish tezligi
va   unish   qobiliyatini   saqlab   qolish   xususiyatiga   qarab   o‘simliklar   quyidagi
guruhlarga bo‘linadi:
1.   Uzoq   davom   etuvchi   chuqur   tinimdagi   (uyqudagi)   urug‘lar.   Bunday
urug‘lar   bir,   ikki   yoki   undan   ham   ko‘p   yillar   mobaynida   unish   qobiliyatini
saqlab   qoladi.   Ularga   ko‘pgina   daraxt   va   o‘tchil   o‘simliklar   kiradi.   Ayniqsa begona   o‘tlarning urug‘lari tuprokda juda ko‘p (10, 40 va undan   ham ziyod)
yillar   davomida   unish   qobiliyatini   saqlaydi.   Shuning   uchun   ham   begona
o‘tlarga   qarshi   kurashish   qiyin   (masalan,   shumg‘iya,   sariq   pechak   va
boshqalar).
2.   Pishib   to‘kilgandan   keyin   birdaniga   yoki   bir   oz   vaqt   o‘tgandan
(ko‘pincha   qishlab   bo‘lgandan)   keyin   unadigan   urug‘lar.   Ammo   ular   ham
ko‘p   vaqt   ichida   unish   xususiyatini   saqlab   qolishi   (7 - 12 - 18   yil)   mumkin.
Bularga   boshoqli   madaniy   o‘simliklar,   poliz   ekinlari,   cho‘l,   adir,   tog‘   va
yaylovda o‘suvchi o‘simliklar kiradi.
3.   Pishib   yetilgandan   so‘ng   qulay   sharoitda   darhol   unib   chiqadigan   va
noqulay   sharoitda   unish   qobiliyatini   tezda   yo‘qotadigan   urug‘lar.   Bularga:
tol,   terak,   sebarga   va   ko‘pgina   nam   iqlimli   tropik   o‘simliklar   misol   bo‘la
oladi.
4.   Pishib   yetilgandan   so‘ng,   ona   o‘simlikda   turgan   vaqtidayoq   una
boshlaydigan   urug‘lar.   Bunday   o‘simliklar   juda   ham   oz   uchraydi   va   tirik
tug‘ar   o‘simliklar   deb   ataladi.   Ko‘pincha   ayrim   o‘simliklarda   umuman
meva   yoki   urug‘   hosil   bo‘lmaydi,   ulardagi   gul   maydagina   novdachaga
aylanib,   uzilib   tushadi   va   o‘sib   yangi   o‘simlikni   hosil   qiladi   (kalanxoe,
rizofora, briofillum va boshqalar).
Yetilgan   urug‘   unishdan   oldin   albatta   bo‘rtishi,   ya’ni   ko‘p   miqdorda
suvni   shimishi   va   to‘qimalari   suvga   to‘yishi   zarur.   Odatda   urug‘ning   po‘sti
yoriladi.   Suvni   shimish   vaqgida   fermentlar   faoliyati   oshadi   va   bu   oziq
moddalarning erigan holga o‘xishiga murtakning meristema hujayralari ularni
osonlik   bilan   o‘zlashtirishiga   sababchi   bo‘ladi.   Masalan,   kraxmal   erigan
holatda   shakarga   aylanadi.   Bu   jarayonlarning   hammasi   uchun   zarur   bo‘lgan
energiya urug‘ning juda tez nafas olishidan hosil bo‘ladi. Murtakningurug‘pallalari,   ya’ni   (paleabarglari)   o‘zidan   endospermda
yoki perispermda o‘zgarishlar hosil qiladigan fermentlar ishlab chiqaradi. Bu
fermentlar “hazm qilish” hamda so‘rish vazifasini bajaradi. Bu jarayonni
kokos palmasining murtak va urug‘pallasining rivojlanishida ko‘rish mumkin
(49-rasm).   Uning   urug‘pallasi   juda   ham   o‘sib   ketadi   va   so‘rish   organi
gaustoriy   (lot.   gaus   -   tor   -   so‘rmoq,   so‘rg‘ich)ga   aylanib   murtak   orqali
oziqlanadi.   Kokos   palmasining   urug‘i   unishdan   oldin   yaxshi   yetilmagan
murtak poyacha va ildizlar hosil qilib, urug‘pallasi esa endosperm suyuk,ligi
ichida o‘sib uni shimib oziqlanadi.
Urug‘   unib   chiqayotganida   jadal   oziqlanish   natijasida   murtakda   barcha
organlar   tez   shakllanadi.   Po‘stning   yorilgan   joyidan   yoki   mikropilyar
teshikchadan   birinchi   bo‘lib   murtak   ildizchasi   chiqadi   va   u   yosh   o‘simtani
tuproqqa birikgirib, tashqi muhitdan suv va suvda erigan mineral moddalarni
o‘zlashtira   boshlaydi.   Shu   bilan   birga   gipokotil   ham   o‘sib   ildiz   uchini
tuproqqa   o‘rnashtiradi.   Oradan   bir   necha   kun   o‘tgandan   so‘ng   qovuzloqqa
o‘xshab   egilgan   gipokotil   urug‘   ustidagi   tuproqni   siljitadi.   Keyinchalik
gipokotil   to‘g‘rilanadi   va   urug‘pallani   va   ular   orasidagi   boshlang‘ich   novda
hamda   bargli   kurtakni   yer   ustiga   olib   chiqadi.   Quyosh   nuri   ta’sirida
urug‘palla   tarkibida   yashil   rang   beruvchi   xlorofill   paydo   bo‘ladm,   shundan
so‘ng   o‘simta   birinchi   assimilyatsiya   organiga   aylanadi.   Ikki   pallali
o‘simliklarda   nish   ikkita   pallabarglari   bila n   ye r   betiga   chiqadi.   (Masalan,
karamdoshlar ,   sho‘radoshlar,   ituzumdoshlar,   qoqio‘t doshlar,   zira doshlar,
gulxayridoshlar,   ra’nodoshlar   va   boshqalarda).   Ayrim   hollarda   pallabarglar
tuproq   orasida   qoladi   (masalan,   no‘xat,   yeryong‘oq,   burchoq,   olxo‘ri,   olcha
va boshqalarda).  Bunday   unish  yashirin unish  deb ataladi . Аdabiyotlar
1. Ашурметов   О.А.,   Қаршибоев   Ҳ.Қ.   Ўсимликлар   эмбриологияси.   Махсус   курсидан   ўқув
қўлланма. Гулистон, 2002. 68 б.
2. Қаршибоев Ҳ.Қ., Ашурметов О.А. Ўсимликлар кўпайиш биологияси. Гулистон, 2003. 99 б.
3. Ашурметов   О.А.,   Бўриев   Х.Ч.   Репродуктивная   биология   представителей   семейства
Cucurbitaceae   Juss .  Ташкент: Фан, 2002. 154 с.
4. Баранов П.А. История эмбриологии растений. Изд-во АН . М.1957 .
5. Данжар П. Цитология растений и общая цитология. ИЛ.М.: 1954
6. Икромов М.И., Нормуродов Х.Н., Юлдашев А.С. Ботаника .  Т ошкент,  «Ўзбекистон» .  2002.  -  322
б .
7. Поддубная   –   Арнольд   В.А.   Цитоэмбриология   покрытосеменных   растений.   М.   Наука,   1976.   –
507 с .
8. Flowerin Plant Embroyology.   Nels R. Lersten. 2004 Blackwell Publishing USA
9. Umurzakova Z.I., Nomozova Z.B., Jalov X.H., Norqulov M.M. Botanika. O’simliklar morfologiyasi
va anatomiyasidan amaliy mashg’ulotlar.  O’quv qo’llanma – Самарқанд. СамДУ нашриёти. 2019. 136 б.

MAVZU: URUG‘NING UNIB CHIQISHI VA O‘SIMTANING RIVOJLANISHI. Reja: 1. Urug‘ning unib chiqishi. 2. O‘simtaning rivojlanishi .

Murtak . Murtak, urug‘lanish sodir bo‘lgandan so‘ng, zigotadan hosil bo‘ladi. Uning hujayralari diploid xromosomali yadroga ega. Murtak yangi o‘simlikning boshlang‘ichi, u deyarli meristema to‘qimasidan tashkil topgan. Gulli o‘simliklarning yetilgan murtagi morfologik jihatdan boshlang‘ich novda, ildiz va bitta yoki ikkita urug‘palladan iborat bo‘lib, ular yosh sporofit o‘simlikning birinchi barglari hisoblanadi. Urug‘ unib chiqqanda ikkita bargsimon yashil palla (g‘o‘za, loviya) hosil qiluvchi o‘simliklar ikki pallali o‘simliklar, deb ataladi. Murtaklari bir urug‘ pallali o‘simliklar bir pallali o‘simliklar deb ataladi (bug‘doy, sholi va boshqalar). Boshlang‘ich novda va ildizning apikal qismida meristema to‘qimalari joylashgan. Meristema hujayralari fiziologik jihatdan yosh va bo‘linish xususiyatiga ega. Murtak poyacha, boshlang‘ich novdaning o‘sish nuqtasi joylashgan meristema hujayralaridan pastrokda, bo‘rtma shaklida bo‘ladi. Ba’zan novdaning apeksida, urug‘pallalardan keyin barglarning boshlang‘ich bo‘rtmalari (murtak kurtaklari) hosil bo‘ladi. Murtak o‘qining urug‘pallalardan ildiz bo‘g‘izigacha bo‘lgan qismi gipokotil (yunon. gipo - ostki, pastki qism, kotileodon - urug‘palla) deb ataladi. Urug‘palla bilan birinchi kurtak oralig‘i epikotil (yunon. epi - us t ida) deb ataladi. Ochiqurug‘li (ninabargli)larning urug‘ida o‘ntagacha urug‘pallalari bo‘ladi. Ularning murtagi gipokotil va kurtakcha hamda kichkina ildizchadan iborat. Kurtakchada o‘sish nuqtasi va o‘nta ingichka urug‘pallalar mavjud. Kurtak o‘sganda bu urug‘pallalar dastlabki o‘nta ipsimon, ninabarglarga aylanadi. E ndosperm - oziq moddali to‘qima bo‘lib, o‘simlikning urug‘ida rivojlanadi. Endosperm qo‘shaloq urug‘lanish natijasida murtak xaltasining diploidli markaziy hujayrasidan hosil bo‘ladi va triploid hujayralardan iborat. Demak, urug‘ning murtagi va endospermi bir-biridan keskin farq qiladi.

Ba’zi o‘simliklarda masalan, birpallalilardan bug‘doy, piyoz, lola, piyozgul va boshqalarda urug‘ murtagi shu darajada kichik bo‘ladiki, urug‘ning deyarli butun ichki qismini endosperm (oqsil) egallaydi. Bu xildagi urug‘lar endospermli urug‘lar deb ataladi. Endospermli urug‘lar ko‘pincha birpallalilar ( bug‘doy doshlar, piyozdoshlar), ikkipallali o‘simliklardan ituzumdoshdar, zira doshlar, sutlamadoshlar (kanakunjut)da uchraydi. Ko‘pgina o‘simliklarda, aksincha, murtak o‘sib, endospermni o‘zlashtirib yuboradi va endosperm urug‘ po‘sti ostida bir necha qator hujayralar shaklida qoladi (masalan, bodom, yoki butunlay qolmaydi ( burchoq doshlar, karamd oshlar, qovoqdoshlar, ra’no doshlar va hokazoda). Bu xildagi urug‘lar endospermsiz urug‘lar deb ataladi . Endospermsiz urug‘larning urug‘ po‘sti ostida yirik urug‘pallalari bo‘lib, ularning to‘qimalarida oziq moddalar to‘planadi (qovoq, loviya, va boshqa lar ). Murtak endospermni o‘zlashtirib yuborgan hollarda, uning vazifasi birmuncha o‘zgaradi va (ko‘pincha urug‘pallalari g‘amlagan) oziq moddalarni to‘play boshlaydi. Bundan tashqari g‘amlagan oziq moddalar perisperm (yunon. peri - atrof; sperma - urug‘)da ham to‘planadi. Bunday urug‘larga qora murch, lavlagi va boshqalar misol bo‘la oladi. Perisperm urug‘ po‘sti ostida joylashgan bo‘lib, urug‘kurtakning nusellusidan rivojlanadi. Bunday urug‘larda murtak juda ham kichkina bo‘ladi, uni hamma tomondan g‘amlovchi to‘qima o‘rab oladi. Endosperm va perisperm murtakka taqalib turgani uchun urug‘ o‘sayotgan vaqtda, murtak ulardagi barcha oziq moddalarni so‘rib oladi. Binobarin, endosperm va perispermdagi oziq moddalar - murtakning dastlabki ozig‘i va uning rivojlanishi uchun asosiy zamindir. E ndosperm kimyoviy tuzilishi jihatidan unsimon yoki yog‘simon bo‘lishi mumkin. Unsimon endosperm hujayralarida ikkilamchi kraxmal

donachalari, yog‘simon endosperm hujayralarida esa yog‘ tomchilari to‘planadi. Bundan tashqari urug‘larda oqsil va fitin (fosforli birikmalar) ham uchraydi. Fitin urug‘ning unishidagi modda almashinuvini tezlashtiradi. Oqsil, aleyron (yunon. aleyron - un) donachalari shaklida bo‘lib, endospermning tashqi yupqa qavatini tashkil etadi (bug‘doy, arpa va boshqa shu kabi donlar). Ko‘pchilik o‘simliklarda urug‘ shu qadar suvsizlanadiki, ular juda ham qattiq, shishasimon va hatgo toshsimon bo‘lib qoladi (masalan, finik palmasi). Yog‘simon endospermli urug‘lar (kungaboqar, zig‘ir, yong‘oq va boshqalar) g‘amlovchi oziq moddalar ichida quvvat jihatidan boshqa urug‘larga nisbatan ustunlik qiladi. Urug‘ unayotganda murtak endosperm moddalarini o‘zlashtiradi va shundan so‘ng uning hujayralari yemiriladi. Endosperm va perisperm funksiyalari jihatidan bir xil, lekin morfologik jihatidan turli xil kelib chiqishga ega: ya’ni ular bir-biriga analogdir. Urug‘ning unib chiqishi va o‘simtaning rivojlanishi. Urug‘ pishib yetilishi uchun ma’lum jarayonlarni o‘tashi kerak, ya’ni vaqg talab etiladi. Bu, juda ko‘p tashqi va ichki omillarga bog‘liqsir. Tashqi (ekologik) omillar ichida eng muhimi: suv, havo (kislorod) va haroratdir. Bundan tashqari, mayda urug‘larning unishi (ayniqsa begona va yovvoyi o‘tlar) uchun yorug‘lik ham kerak bo‘ladi. Yetilgan urug‘lar, odatda, juda ham quruq bo‘ladi. Ularning nisbiy namligi 5-20% ni tashkil etadi. Shuning uchun ham urug‘lar zarur bo‘lgan suvni o‘zlashtirib olmaguncha una olmaydi. Suvning shimilishi natijasida urug‘ bo‘rtadi. Uning tarkibida mavjud bo‘lgan fermentlarning faoliyati oshadi, nafas olishi tezlashadi va oziq moddalar parchalanadi. Poliribosomalarning faoliyatida oqsil va boshqa moddalar sintez qilinadi. Murtak qaytadan bo‘linadi, hujayralar cho‘ziladi. Buning uchun suv va oziq moddalar to‘xtovsiz talab etiladi.

Urug‘ unishining dastlabki davrlarida anaerob sharoitda, keyinchalik urug‘ po‘sti yorilganda, so‘ng aerob sharoitda nafas oladi. Agar shu vaqtda tuproqda nam mo‘l bo‘lsa, urug‘ning nafas olishi qiyinlashadi, chunki kislorod miqdori yetishmasligi sababli urug‘ unmasdan qoladi. Ko‘pchilik urug‘lar unib chiqishi uchun har xil darajadagi haroratni talab etadi. Lekin har bir tur o‘simlikning o‘z minimum (eng oz,), optimum (eng yaxshi, qulay) va maksimum (eng baland, yuqori) darajadagi harorat chegarasi bo‘ladi. Ko‘p o‘simliklar uchun haroratning eng past (minimum) chegarasi 0+5°S, eng baland (maksimum) +45, +48°S, o‘rtacha (optimum) +25, +30°S atrofida bo‘ladi. Ba’zi urug‘lar tashqi barcha shart-sharoitlar qulay bo‘lgan taqdirda ham unmaydi. Bunday urug‘lar tinim davridagi yoki uyqudagi urug‘lar deb ataladi. Tinim davridagi yoki uyqudagi urug‘lar ekzogen, yoki endogen va murakkab, ya’ni ham ekzogen ham endogen bo‘lishi mumkin. Ekzogen tinimdagi urug‘ po‘sti juda ham qattiq bo‘lib, o‘zidan suv va havoni o‘tkazmaydi (masalan, danakli mevalarning urug‘lari, qashqarbeda, akatsiya va boshqa o‘simlik urug‘lari). Endogen urug‘larning murtagi sekin rivojlanadi (jenshen). Bu xildagi urug‘larning murtagi bir yoki ikki, uch yil davomida yetilishi mumkin. Buning sababi ko‘p, ammo, eng muhimi shundaki, ko‘pincha murtak fiziologik jihatdan hali to‘liq yetilmagan bo‘lib, urug‘ po‘sti esa suvni, ba’zan hatto kislorodni ham o‘tkazmaydi. Ana shunday fiziologik jihatdan yetilmagan urug‘lar unishi uchun bir qator murakkab fermentativ va biokimyoviy jarayonlarni o‘tashi shart. Shunda urug‘ keyinroq pishib yetiladi. Iqlimi mo‘tadil mintaqalarda uncha sovuq bo‘lmagan qish davri mana shu jarayonlarning o‘tishi uchun imkon yaratadi. Natijada yetilish uchun talab qilinadigan qo‘shimcha vaqt, urug‘ning qish payti (noqulay sharoit)da unishining oldini oladi. Ayniqsa, sovuq iqlimda