logo

Fan falsafasi va metodologiyasini predmeti

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

25.150390625 KB
Fan falsafasi va metodologiyasini predmeti
Reja: 
1. Fan ilmiy tadqiqot obyekti va falsafiy tahlil predmeti sifatida.
2. Fanning metodologik va falsafiy muammolari: xarakteri va tasnifi. 
3. Fan falsafasi va metodologiyasi: yo’nalish va nazariy bilish tarmog’i
sifatida.
4. Fan falsafasi va metodologiyasini dolzarb muammolari. Fan   inson   faoliyatini   shunday   bir   jabhasidirki,   unda   insonni   taraqqiy
etishiga qaratilgan ma’naviy-ilmiy, nazariy, uslubiy qadriyatlar yaratildi. Fan
yaratiladigan   ma’naviy   qadriyatlar   insonni   bilishga,   ijtimoiy   va   texnologik
o’zgarishga,   olam   tasviri   va   dunyoqarashini   shakillantirishga   qaratilgan
ehtiyojlarini qondirdi.
Mana   shunday   muhim   ijtimoiy   vazifani   bajargani   bois:   fanni
xususiyati,   taraqqiy   etish   qonuniyatlarini,   ijtimoiy   taraqqiyotga
ko’rsatayotgan ta’sirini o’rganish ehtiyoji va talabi kuchayadi.
Gnoseologik   ehtiyoj   orbitasiga   kirib   kelgan   fan   bilish   obyektiga
aylanadi. 
Fanni  obyekti  sifatida  olib  qarashni  anatologik  asosi  bu  uni  jamiyatda
ijtimoiy institut sifatida mavjul bo’lishdir. Tadqiqot obyekti bo’lgan fan ko’p
jihatlarga   –   obyektiv   subyektiv,   ijtimoiy,   ma’naviy,   gnoseologik
xususiyatlariga ega. Shu bois fanni o’rgatishga qaratilgan yondoshuvlar ham
xilma-xil   bo’ladi,   predmet   sifatida   o’nlab   fan   tarmoqlarida   tomonidan
o’rganiladi.   Bunda   fan   tarixi,  fan  sosiologiyasi,   falsafasi   va   metodologiyasi,
fan etikasi va boshqa fan tarmoqlarini ko’rsatish mumkin. 
Fanni   fan   o’rganar   ekan,   demak   fan   o’zini-o’zi   o’rganishi   mumkin,
o’rganadi ham. 
Fanni o’rganishni shakllari va darajalari ko’p xildir:
Nazariy,   uslubiy,   tarixiy,   falsafiy,   madaniy,   sosiologik,   psixologik   va
boshqalar. 
Fan   falsafiy   tahlil   predmeti   sifatida   o’ziga   xos   tomonlariga,
xususiyatlariga ega. 
Falsafiy   tahlil   fanni   mohiyati,   uni   borligi,   taraqqiyti   qonunlari,   inson
muammosi bilan aloqadorligini tadqiqot qilishga qaratilgan. 
Fanni falsafiy tahlil faktlarga, boshqa fanni o’rganuvchi yo’nalishlarini
natijalariga tayanadi. Lekin   eng   muxim   fan   falsafasi   va   metodologiyasi   fanni   falsafiy
muammolarini inson va jamiyat bilan bog’lab tadqiqot qiladi.
Fanning metodologik va falsafiy muammolari.
Xarakteri va tasnifi.
Falsafa,   olam,   inson,   insonni   olamga   bo’lgan   munosabati   va   ularni
masalalari   bilan   qiziqadi.   Fan   muammosi   bilan   falsafa   qiziqar   ekan,   uni
mohiyatini,   inson   faoliyati   tizimidagi   o’rni,   olamni   bilish   va   o’rganishdan
fanning miqiyosi va xususiyati, inson muammolarini hal qilishda fanni o’rni
va xissasi, fanni ma’naviyatini boshqa sohalari bilan aloqasi va o’zaro ta’siri
fanni genezisi va taraqqiyoti muammolarini tadqiqot qiladi. 
Fanni bu xislatlarini fanni o’rganuvchi boshqa bilim tarmoqlari chuqur
tadqiqot qila olmaydi. 
Fanni   o’rganuvchi   maxsus   fanlar   uni   juz’iy   xususiyatlarini   ma’lum
tarixiy   intervalda   namoyon   bo’ladigan   xislatlarini   konkret   ilmiy   usullarga
tayanib   o’rganadi,   fan   tarmoqlarini   evolyusiyasini,   taraqqiyotini   ichki   va
tashqi   omillarini,   harakatlantiruvchi   kuchlarini   ma’lum   sivilizasiya   va
madaniyat darajasida tahlil qiladilar.
Falsafa   esa   fanni   borligi   va   mohiyatini   insonni   olamga   bo’lgan
munosabati va inson muammosi nuqtai nazarda tutib* tadqiqot qiladi. 
Fan metodologiyasi va metodologiya tushunchalari.
Metodologiya  borliqni bilish  va o’zlashtirish  usullari haqidagi falsafiy
ta’limotdir.
Fan   metodologiyasi   ilmiy   bilishda   qilinadigan   usullar,   tamoyillar   va
yondashuvlarni   mohiyatini,   turlari   va   ko’rinishlarini,   bilish   jarayonini
darajalari va bosqichlarini, fanlarda sodir bo’layotgan uslubiy o’zgarishlarni,
paradigmalarni almashinuvini o’rganadi.
Bu nima uchun kerak? Shu tadqiqotlar tufayli ham o’zini o’zi o’rganadi, o’zini holatiga baho
beradi, mohiyatini tahlil qiladi, shu jumladan diagnoz qo’yib boradi.
Bu ishni metodologiya ko’rinishidagi nazariy tafakkur bajaradi. Estetik
ong, diniy, huquqiy ong va boshqalar fanga baho berishlari mumkin, lekin bu
baholar uni mohiyati va istiqbolini ochib bera olmaydi. 
Ekkleziast mnogo znaniy prinosit mnogi pecheri
(ko’p bilim g’am-g’ussani ko’paytiradi)
fan metodologiyasi ser sh a hobchali va ko’p bosqichli nazariy faoliyat sohasi
bo’lib, u - konkret tadqiqot olib borish metodologiyasi.  
- alohida fan tarmog’i, metodologiyasi, - ayrim ilmiy bilish sohasi 
     (tabiiy, texnik va ijtimoiy - gumanitar fanlar) metodologiyasi, 
-  umumiy fan metodologiyasi jabhalaridan iboratdir.
Miqyosi   va   predmeti   jihatidan   turli   bosqichda   turgan   metodologik
tadqiqot   sohalarini   birlashtiruvchi   umumiy   tomon   bu   ilmiy   bilish   uslublari,
qoidalari   va   tamoyillarini   aniqlash,   ilmiy   faoliyatning   yo’nalishi   va   amalga
oshirish vositalarini tahlil qilishdir.
Juz’iy   metodologik   tekshirish   sohasidan   fan   metodologiyasi
muammolari darajasiga ko’tarilganda falsafiy refleksiya va dunyoqarashning
roli, ta’siri kuchayadi.
Bu   esa   metodologiya   va   dunyoqarashning   o’zaro   munosabati
muammosini keltirib chiqaradi.
Albatta,   bular,   o’rtasidagi   aloqadorlik   bor,   buni   ko’pchilik   olimlar   va
faylasuflar tan oladilar. Lekin gap, nazipiy* - g’oyaviy va falsafiy qadriyatlar
qayta   ko’rib   chiqilayotgan   bir   davrda,   bunday   aloqadorlikning   me’yori   va
xususiyatini aniqlashdir.
Sho’rolar   zamonida   fan   metodologiyasi   dunyoqarashga   bo’ysunishi
kerak, metodologiya dunyoqarashning bir qismi degan fikr uqtirilgan. Ilmiy – falsafiy,   ma’orif   va   ma’rifat   tizimlari   orqali   bu   fikr   afkori   omma   ongiga
singdirildi.
Natijada   fan   metodologiyasi   bilim   tarmog’i   sifatida   dialektiv,
materializm   tamoyillariga   bo’ysundirildi,   uning   predmeti   va   vazifalari
maksistik dunyoqarash tushunchalari bilan chegaralandi.
Bu hol fan metodologiyasining ijodiy imkoniyatlarini ma’lum jihatdan
cheklab qo’ydi, aqidaparastlik xislatini kuchaytirib yubordi.
To’g’ri,   fan   metodologiyasi   bilan   dunyoqarash   o’rtasidagi
aloqadorlikni inkor qilib bo’lmaydi.
Falsafiy   dunyoqarash   metodologik   tafakkurga   umumiy   yo’nalish
beradi,   uning   qoida   va   tamoyillarini   tahlil   qilish   uchun   zarur   bo’lgan
tushunchalarni shakllantiradi.
Ayni   paytda   metodologik   tamoyillar   dunyoqarashning   elementlari
bo’lgan   falsafiy   tasavvurlarning   sintezini   amalga   oshirishda,   ilmiy   bilish
sohasida   qo’lga   kiritilgan   yutuqlarni   umumlashtirishda,   ularning   falsafiy
ahamiyati va jihatlarini ochib berishda muhim rol’ o’ynaydilar.
Fan   metodologiyasi   va   dunyoqarash   o’rtasidagi   munosabat   har   doim
mutanosib xarakterga ega bo’lavermaydi. 
"Aslida   metodologiya   va   dunyoqarash   o’rtasidagi   munosabat,   -   deb   yozadi
M.N.   Abdullayeva   ularni   bir-biriga   nisbatan   ta’siri   murakkab   va   ziddiyatli
jarayondir.
Qayd   qilingan   ziddiyatning   ko’rinishlaridan   biri   bu   fan
metodologiyasida   sodir   bo’layotgan   o’zgarishlar   bilan   fan   va   amaliyot
talablariga   javob   bermay   qolgan,   aqidaparastlik   xislati   saqlangan
dunyoqarash o’rtasidagi qarama-qarshilikdir.
Bunday  holatning  aksi  ham  bo’lishi  mumkin.  Ya’ni,  dogmatik  andaza
shaklini   olgan   nazariy   tafakkur   tamoyillari   dunyoqarashining   o’zini aqidaparastlik mazmuniga ega bo’lgan nazariy g’oyaviy xosilaga aylantirishi
mumkin.
Fan   falsafasi   metodologiyasi:   yo’nalish   va   nazariy   bilish   tarmog’i
sifatida
Fan   falsafasi   va   metodologiyasi   -   falsafiy   tadqiqotlar   yo’nalishiga
kiradi.   Maqomi   jihatidan   fan   falsafasi   va   metodologiyasi   falsafiy   bilim
tarmog’i, falsafiy fandir.
Bu   fan   asrni   oxiri   XX   asr   boshlarida   metodologik   tadqiqotlarni
salohiyat va miqyosi oshib borishi sharoitida shakllanadi.
Bu   esa   o’z   navbatida   ijtimoiy   hayotda   fanni   roli   va   ta’sirini   kuchayib
borganligini aksidir.
Fan   falsafasi   va   metodologiyasi   tadqiqotlar   yo’nalishi   sifatida   F.
Bekonni, R.Dekartni ijodlari davridan boshlab shakllana bordi.
Yangi  zamonda  fan  va  falsafa  o’rtasidagi  farqni,  anglash   metodologik
muammolarni o’rtaga tashlashni kuchaytirdi.
Nazariy bilim tarmog’i sifatida fan falsafasi va metodologiyasi hozirgi
zamin   fanida   sodir   bo’layotgan   fan   va   o’zgarishlarni   tahlil   qiladi,   yangi
paydo   bo’layotgan   fan   va   texnologiya   sohalarini   falsafiy   va   uslubiy
umumlashtirishga yordam beradi.
Ya’ni   fan,   nazariy   tafakkurda   o’zini   o’zi   tadqiqot   qilish   ehtiyoji
nihoyatda kuchayib ketdi.
Yana bir omil yoki sabab: asrga qadam tashlayotgan ko’pchilik fanlarni
paradigmalari o’zgarmoqda.
Ko’p   ijtimoiy   -   gumanitar   fanlar,   shu   jumladan   bizdagi   falsafada   bir
paradigma   bormoqda,   boshqasi,   yangisi   istiqlol   ruhi   bilan   oziqlanayotgan
paradigma shakllanmoqda.
Tabiiyki,   paradigmalar   almashayotgan   davrda   fan   falsafasi   va
metodologiyasini roli nihoyatda ortib boradi.   4.Fan falsafasi va metodologiyasini dolzarb muammolari
1.   Ijtimoiy   -   gumanitar   fanlar   paradigmasi   (ijtimoiy   -   iqtisodiy
o’zgarishlar ta’sirida) yangilanmoqda.
Masalan:   falsafa,   tarix,   iqtisodiy   nazariya   va   boshqalar.   Fan   falsafasi   va
metodologiyasi mana shu jarayonni lozim qilishga yordam berishi lozim.
2.   Fan   falsafasi   va   metodologiyasi   yo’nalishini   o’zi   ham,   uni
tushunchalari va tamoyillari yangilanishi lozim.
3.   Bizda   bu   yo’nalishni   o’ziga   xos   xususiyatlari   bor   milliy   istiqlol
g’oyasiga tayanish, bu g’oyasidan oziqa omili.
4.   G’arb   va   Sharq   fan   falsafasi   va   metodologiyasi   ishlab   chiqqan
g’oyalarni   o’zlashtirish,   shu   asosda   o’zimizni   original   konsepsiyalarimizni,
yondashuvlarimizni yaratish.
Yana   bir   m u x im   muammo   -   o’zini   predmeti.   Paradigmasi   va
mazmunini   o’zgartirayotgan   ijtimoiy   gumanitar   fanlarga   nazariy   va   uslubiy
zamin   sifatida   xizmat   qila   oladigan   yangi   tasavvurlar,   g’oyalar   va
tamoyillarga ishlab chiqish.
Buning   uchun   faylasuflar   milliy   g’oya   va   milliy   istiqlol   mafkurasini
ishlab   chiqish   faoliyatida   bevosita   qatnashishlari   lozim.   Xususan,
tariximizga,   Islom   Karimov   aytganlaridek   Bartol’dni   (***   asrni   II   yarmida
faoliyat ko’rsatgan, ko’zga ko’ringan rus tarixchisi) ko’zi bilan emas, milliy
g’oya   nuqtai   nazarda   turib   qaytadan   tahlil   qilib   chiqishimiz   lozim.   Bu   ishni
metodologik tomonini bevosita faylasuflar bajarishi kerak.
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR  RO‘YXATI :
1. O‘zbekiston   Respublikasining   Konstitutsiyasi.   –   Toshkent:
O‘zbekiston NMIU, 2017. – B. 74. 2. 2017 – 2021   yillarda   O‘zbekiston   Respublikasini   rivojlantirishning
beshta   ustuvor   yo‘nalishi   bo‘yicha   Harakatlar   strategiyasi .2017.   yil   7   fevral
(PF4947) .
3. To‘raev B.O. Tabiatshunoslik falsafasi.-T.:Tafakkur, 2010
4. T o‘ raev B.O. Abu Rayhon Beruniy. – T.: Tafakkur, 2010. – B. 96
5. To‘raev B.O. Ontologiya, gnoseologiya, logika va fan falsafasi 
muammolari. Tanlangan asarlar: I jild. O‘zMK nashriyoti, 2015. –B. 376.
6. To‘raev   B.   Hozirgi   zamon   tabiatshunoslik   konsepsiyasi.   –   T.:
Tafakkur. 2009. –B. 208
7. Turaev   B.O.   Sinergetika:   mohiyati,   qonuniyatlari   va   amaliyotda
namoyon bo‘lishi. Jamoaviy monografiya. – T.: Navro‘z, 2017. –B. 36 4 .
8. Qo‘shoqov Sh. Tabiatshunoslik falsafasi. S.:Samarqand; 2004.
9. Qo‘shoqov Sh.S. Tabiiy, texnik va ijtimoiy – gumanitar fanlarning
falsafiy muammolari.S.:SamDU, 2000.
10. Shermuxamedova  N.  Falsafa va  fan metodologiyasi.-T.: 
Universitet,  2005.
11.   Shermuxamedova   N.   Falsafa   va   fan   metodologiyasi    –   T.:   
Axborot texnologiyalari, 2008.
12. Shermuxamedova  N.A. Gnoseologiya –  bilish falsafasi. -
T.:“Noshir”,   2011.

Fan falsafasi va metodologiyasini predmeti Reja: 1. Fan ilmiy tadqiqot obyekti va falsafiy tahlil predmeti sifatida. 2. Fanning metodologik va falsafiy muammolari: xarakteri va tasnifi. 3. Fan falsafasi va metodologiyasi: yo’nalish va nazariy bilish tarmog’i sifatida. 4. Fan falsafasi va metodologiyasini dolzarb muammolari.

Fan inson faoliyatini shunday bir jabhasidirki, unda insonni taraqqiy etishiga qaratilgan ma’naviy-ilmiy, nazariy, uslubiy qadriyatlar yaratildi. Fan yaratiladigan ma’naviy qadriyatlar insonni bilishga, ijtimoiy va texnologik o’zgarishga, olam tasviri va dunyoqarashini shakillantirishga qaratilgan ehtiyojlarini qondirdi. Mana shunday muhim ijtimoiy vazifani bajargani bois: fanni xususiyati, taraqqiy etish qonuniyatlarini, ijtimoiy taraqqiyotga ko’rsatayotgan ta’sirini o’rganish ehtiyoji va talabi kuchayadi. Gnoseologik ehtiyoj orbitasiga kirib kelgan fan bilish obyektiga aylanadi. Fanni obyekti sifatida olib qarashni anatologik asosi bu uni jamiyatda ijtimoiy institut sifatida mavjul bo’lishdir. Tadqiqot obyekti bo’lgan fan ko’p jihatlarga – obyektiv subyektiv, ijtimoiy, ma’naviy, gnoseologik xususiyatlariga ega. Shu bois fanni o’rgatishga qaratilgan yondoshuvlar ham xilma-xil bo’ladi, predmet sifatida o’nlab fan tarmoqlarida tomonidan o’rganiladi. Bunda fan tarixi, fan sosiologiyasi, falsafasi va metodologiyasi, fan etikasi va boshqa fan tarmoqlarini ko’rsatish mumkin. Fanni fan o’rganar ekan, demak fan o’zini-o’zi o’rganishi mumkin, o’rganadi ham. Fanni o’rganishni shakllari va darajalari ko’p xildir: Nazariy, uslubiy, tarixiy, falsafiy, madaniy, sosiologik, psixologik va boshqalar. Fan falsafiy tahlil predmeti sifatida o’ziga xos tomonlariga, xususiyatlariga ega. Falsafiy tahlil fanni mohiyati, uni borligi, taraqqiyti qonunlari, inson muammosi bilan aloqadorligini tadqiqot qilishga qaratilgan. Fanni falsafiy tahlil faktlarga, boshqa fanni o’rganuvchi yo’nalishlarini natijalariga tayanadi.

Lekin eng muxim fan falsafasi va metodologiyasi fanni falsafiy muammolarini inson va jamiyat bilan bog’lab tadqiqot qiladi. Fanning metodologik va falsafiy muammolari. Xarakteri va tasnifi. Falsafa, olam, inson, insonni olamga bo’lgan munosabati va ularni masalalari bilan qiziqadi. Fan muammosi bilan falsafa qiziqar ekan, uni mohiyatini, inson faoliyati tizimidagi o’rni, olamni bilish va o’rganishdan fanning miqiyosi va xususiyati, inson muammolarini hal qilishda fanni o’rni va xissasi, fanni ma’naviyatini boshqa sohalari bilan aloqasi va o’zaro ta’siri fanni genezisi va taraqqiyoti muammolarini tadqiqot qiladi. Fanni bu xislatlarini fanni o’rganuvchi boshqa bilim tarmoqlari chuqur tadqiqot qila olmaydi. Fanni o’rganuvchi maxsus fanlar uni juz’iy xususiyatlarini ma’lum tarixiy intervalda namoyon bo’ladigan xislatlarini konkret ilmiy usullarga tayanib o’rganadi, fan tarmoqlarini evolyusiyasini, taraqqiyotini ichki va tashqi omillarini, harakatlantiruvchi kuchlarini ma’lum sivilizasiya va madaniyat darajasida tahlil qiladilar. Falsafa esa fanni borligi va mohiyatini insonni olamga bo’lgan munosabati va inson muammosi nuqtai nazarda tutib* tadqiqot qiladi. Fan metodologiyasi va metodologiya tushunchalari. Metodologiya borliqni bilish va o’zlashtirish usullari haqidagi falsafiy ta’limotdir. Fan metodologiyasi ilmiy bilishda qilinadigan usullar, tamoyillar va yondashuvlarni mohiyatini, turlari va ko’rinishlarini, bilish jarayonini darajalari va bosqichlarini, fanlarda sodir bo’layotgan uslubiy o’zgarishlarni, paradigmalarni almashinuvini o’rganadi. Bu nima uchun kerak?

Shu tadqiqotlar tufayli ham o’zini o’zi o’rganadi, o’zini holatiga baho beradi, mohiyatini tahlil qiladi, shu jumladan diagnoz qo’yib boradi. Bu ishni metodologiya ko’rinishidagi nazariy tafakkur bajaradi. Estetik ong, diniy, huquqiy ong va boshqalar fanga baho berishlari mumkin, lekin bu baholar uni mohiyati va istiqbolini ochib bera olmaydi. Ekkleziast mnogo znaniy prinosit mnogi pecheri (ko’p bilim g’am-g’ussani ko’paytiradi) fan metodologiyasi ser sh a hobchali va ko’p bosqichli nazariy faoliyat sohasi bo’lib, u - konkret tadqiqot olib borish metodologiyasi. - alohida fan tarmog’i, metodologiyasi, - ayrim ilmiy bilish sohasi (tabiiy, texnik va ijtimoiy - gumanitar fanlar) metodologiyasi, - umumiy fan metodologiyasi jabhalaridan iboratdir. Miqyosi va predmeti jihatidan turli bosqichda turgan metodologik tadqiqot sohalarini birlashtiruvchi umumiy tomon bu ilmiy bilish uslublari, qoidalari va tamoyillarini aniqlash, ilmiy faoliyatning yo’nalishi va amalga oshirish vositalarini tahlil qilishdir. Juz’iy metodologik tekshirish sohasidan fan metodologiyasi muammolari darajasiga ko’tarilganda falsafiy refleksiya va dunyoqarashning roli, ta’siri kuchayadi. Bu esa metodologiya va dunyoqarashning o’zaro munosabati muammosini keltirib chiqaradi. Albatta, bular, o’rtasidagi aloqadorlik bor, buni ko’pchilik olimlar va faylasuflar tan oladilar. Lekin gap, nazipiy* - g’oyaviy va falsafiy qadriyatlar qayta ko’rib chiqilayotgan bir davrda, bunday aloqadorlikning me’yori va xususiyatini aniqlashdir. Sho’rolar zamonida fan metodologiyasi dunyoqarashga bo’ysunishi kerak, metodologiya dunyoqarashning bir qismi degan fikr uqtirilgan. Ilmiy –

falsafiy, ma’orif va ma’rifat tizimlari orqali bu fikr afkori omma ongiga singdirildi. Natijada fan metodologiyasi bilim tarmog’i sifatida dialektiv, materializm tamoyillariga bo’ysundirildi, uning predmeti va vazifalari maksistik dunyoqarash tushunchalari bilan chegaralandi. Bu hol fan metodologiyasining ijodiy imkoniyatlarini ma’lum jihatdan cheklab qo’ydi, aqidaparastlik xislatini kuchaytirib yubordi. To’g’ri, fan metodologiyasi bilan dunyoqarash o’rtasidagi aloqadorlikni inkor qilib bo’lmaydi. Falsafiy dunyoqarash metodologik tafakkurga umumiy yo’nalish beradi, uning qoida va tamoyillarini tahlil qilish uchun zarur bo’lgan tushunchalarni shakllantiradi. Ayni paytda metodologik tamoyillar dunyoqarashning elementlari bo’lgan falsafiy tasavvurlarning sintezini amalga oshirishda, ilmiy bilish sohasida qo’lga kiritilgan yutuqlarni umumlashtirishda, ularning falsafiy ahamiyati va jihatlarini ochib berishda muhim rol’ o’ynaydilar. Fan metodologiyasi va dunyoqarash o’rtasidagi munosabat har doim mutanosib xarakterga ega bo’lavermaydi. "Aslida metodologiya va dunyoqarash o’rtasidagi munosabat, - deb yozadi M.N. Abdullayeva ularni bir-biriga nisbatan ta’siri murakkab va ziddiyatli jarayondir. Qayd qilingan ziddiyatning ko’rinishlaridan biri bu fan metodologiyasida sodir bo’layotgan o’zgarishlar bilan fan va amaliyot talablariga javob bermay qolgan, aqidaparastlik xislati saqlangan dunyoqarash o’rtasidagi qarama-qarshilikdir. Bunday holatning aksi ham bo’lishi mumkin. Ya’ni, dogmatik andaza shaklini olgan nazariy tafakkur tamoyillari dunyoqarashining o’zini