logo

GLOBALLASHUV TUSHUNCHASI, MOHIYATI, JAMIYAT HAYOTIDA NAMOYON BO„LISH XUSUSIYATLARI. GLOBALLASHUVNING NAZARIY ASOSLARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

46.3076171875 KB
GLOBALLASHUV TUSHUNCHASI, MOHIYATI, JAMIYAT HAYOTIDA
NAMOYON BO„LISH XUSUSIYATLARI.  GLOBALLASHUVNING
NAZARIY ASOSLARI
Reja:
1. Globallashuv tushunchasi.
2. Globallashuvning asosiy xususiyatlari va namoyon bo ’lish yo’llari.
3. Globallashuv amalga oshishining turli xil vositalari.
4. Globallashuv to ’lqinlari, davrlari.
5. Globallashuv universallashuv j arayonida sifatida.
6. Globallashuv fenomen sifatida. Globallashuv (globalizatsiya) - lotincha  ―glob  so’zidan olingan bo’lib, aynan‖
uni   ―dumaloqlashuv ,   ―kurralashuv   deb   tarjima   qilish   mumkin.   Yer   sharining,	
‖ ‖
Yer kurrasining fan- texnika yutuqlari tufayli insoniyat ixtiyoridagi xuddi bir butun
sharga,   kurraga   aylanishini   tushuntirish   uchun   ishlatiladi.   ―Global   tushunchasi	
‖
lug’aviy   ma'nosi   nuqtai   nazaridan   fransuz   tilida   ―umumiy ,   lotin   tilida   esa	
‖
―globus -Yer shari  ma'nolarini bildiradi. Demak, globalizm tushunchasi ana shu	
‖ ‖
ikki  ma'noda ham  bevosita  insoniyat  hayoti  va taqdiri  bilan bog’liq bo’lgan   katta
muammolarni,   ―sayyoraviy ,   ―dunyoviy   muammolarni,   global   taraqqiyot	
‖ ‖
istiqbollarini o’ziga  qamrab oladi.
Globallashuv   atamasi   birinchi   bor   1960   yil   Giddins   tomonidan
foydalanilgan 1
.   Bu   atama   XX   asrning   90-yillarigicha   deyarli   foydalanilmagan.
1985   yilga   kelib   amerikalik   sotsiolog   R.   Robertson   «globallashuv»   atamasiga
tushuncha   bergan 2
.   Globalizatsiya   atamasi   birinchi   bo’lib   iqtisodchi   olimlar
tomonidan   1981   yildan   beri   qo’llanilib   kelingan.   Ammo   bu   so’zning   to’liq
ma‘nosi,   konsepsiyasi   1990   yilning   yarmida   amerikalik   olim   CHarlz   Taz   Rassel
tomonidan to’liq ochib berilgan.
―Globallashuv  atamasi dastlab amerikalik olim T.Levitt tomonidan 1983 yili	
‖
«Garvard   biznes   rev`yu»   jurnalida   chop   qilgan   maqolasida   qo`llangan.   T.Levitt
yirik   transmilliy   korporatsiyalar   ishlab   chiqaradigan   turli-tuman   mahsulot
bozorlarining   birlashuv   jarayonlarini   ―globallashuv   deb   atagan3	
‖ 3
.   Mazkur   ta
rifda globallashuv  jarayonining iqtisodiy tamonlariga   etibor berilgan. O`z davrida
frantsuz   faylasufi   Rene   Dekart   ―Tushunchalar   ma   nosini   aniqlashtiring   va   bu
insoniyatning yarmini adashishdan saqlaydi  - deb yozgan edi. Ayni shu ma noda	
‖
dastlab biz ―globallashuv  tushunchasining istilohiy manosini izohlashga harakat	
‖
qilamiz. Bu so’zga  quyidagicha tarif berish mumkin: Globallashuv - Jahon xo’jaligi
1
  Шахрай С.М. Глобализация в современном мире: политико-правовые аспекты.  –  СПб : Фонд поддержки 
науки и  образования в области правоохранительной деятельности «Университет»,2004.С.6
2
  Что такая глобализация? По сайту   http://www.univer.omsk.su/omsk/socstuds/glob/index.html
3
  Umar о v B. Gl о ballashuv ziddiyatlari. – T.: Ma`naviyat, 2006. 8-b rivojlanishining   ob‘ektiv   jarayoni   bo’lib,   juda   ko’p   ijobiy   xususiyatlarga   egadir:
bular   asosan   turli   mamlakatlar   xo’jaligining   o’zaro   aloqasi,   xorijiy   sarmoyalarni
jalb qilish, ilm - fan texnika texnalogiya yutuqlari almashuvini   tezlashishni hamda
davlatlarni   ilmiy   texnikaviy   taraqqiyotiga   ko’maklashuv   bilan   tasdiqlanadi.
Globallashuv — butunjahon iqtisodiy siyosiy, madaniy integratsiya va unifikatsiya
(bir birga yaqinlashuv) jarayonidir. Asosiy xususiyatlari xalqaro mehnat taqsimoti,
kapital, ishchi  kuchi  va  ishlab chiqarish resurlarining erkin harakati, qonunchilik,
iqtisodiy   va   texnologik   jarayonlarni   standartlashtirish,   shuningdek,   turli
mamlakatlarning madaniyatining qo’shilish va yaqinlashuvidir. Bu ob‘ektiv jarayon
bo’lib   jamiyatning   barcha   sohalarini   qamrab   oluvchi   tizimli   xususiyatga   ega. 4
Globallashuvga   qarshi   harakatlar   ham   mavjud   bo’lib,   ular   globallashuv   natijasida
yuzaga   keladigan   va   kelayotgan   muammolarni   oqibati   salbiy   deb   e‘tirof   etishadi.
Bunday   tashkilot,   uyushma,   harakatlarga   Green,   AntiDaos   kabi   bir   necha
antiglobilistlarni kiritish mumkin. Globallashuv  bosqichiga mintaqalashuv bosqichini
bosib o ’tish lozim.
Vaholanki,   globallashuv   yaxlit   jarayonlarni   o`z   ichiga   qamrab   oladi.
A.Ochildievning   ta`kidlashicha,   ―...eng   umumiy   ma`noda,   globallashuv,   bir
tomondan, muayyan hodisa, jarayonning   barcha  mintaqalar,  davlatlar  va   butun  Er
yuzini   qamrab   olganini,   ikkinchi   tomondan,   ularning   insoniyat   taqdiriga   dahldor
ekanini anglatadi‖ 5[2]
. V.I.Danilov-Danil`yan esa ―Globallashuv ko`proq  mantiqdan
emas, balki tarixiy paradigmadan kelib chiqqan so`zdir. Globallashuv jihatlarining
o`zaro   aloqadorligini   aniq   va   ravshan   tahlili   mavjud   emas	
‖ 6[3]
,   -   deb   yozgan   edi.
YUqoridagi   ta`riflardan   ko`rinadiki,   globallashuv   jarayoni   o`zining   murakkabligi
va   serqirraligi   bilan   alohida   ajralib   turadi.   SHuning   uchun   ham   S.Otamuratov
―...globallashuv   tushunchasi   haqidagi   qarashlar   turli-tumanligicha   davom   etib
kelmoqda.   Bu   tabiiy   hol.   CHunki   uning   makon   va   zamonda   sodir   bo`lish
xususiyatlari   turlicha   bo`lib   dunyoning   o`zgarishiga   o`tkazayotgan   ta`sirida   ham
yangi- yangi   imkoniyatlari   namoyon   bo`lmoqda	
‖ 7[4]
.   1980-1990   yillar   bo‘sag‘asida
―globallashtirish  	
‖ tushunchasi yangi talqinga ega bo‘ldi: asli yaponiyalik keyinroq
4
  Глобализация  ru.wikipedia.org  сайтидан олиниб таржима қилинди (таржима Усманов М.) amerikalik mashhur iqtisodchi K.Ome ta'riflab bergan mazkur atamaning ommaga
tushunarli   bo‘lgan   ifodasidan   jahon   xo‘jaligi   rivojlanishining   nisbatan   yangi
qirralari   va   tavsiflari,   uning   dastlabki   taraqqiyot   bosqichlaridan   farqlanuvchi
hozirgi holatini ko‘rsatish uchun tatbiq eta boshladilar.
Proffesor A. Katsovich globallashtirish jarayonini tasvirli yoritilishi va jahon
xo ‘jaligining   yangi   tavsiflari   yuzaga   kelishi:   ―Globallashtirish   chegaralar   orqali
iqtisodiy,   siyosiy,   ijtimoiy   va   madaniy   aloqalarni   intensifikatsiya   qilish   orqali
aniqlanishi   mumkin.   Globallashtirish   –   bu   erkin   savdo   to‘g‘risidagi   bitimlar
uyg‘unligi,   jahonni   yagona   va   o‘ta   raqobatli   bozorga   aylantirgan   Internet   hamda
moliyaviy bozorlarning birlashishidir , degan taklifni kiritadi‖ 8
.
Jahon   olimlari   tomonidan   olib   borilayotgan   ilmiy   tadqiqot-larda
«Globallashuv»   tushunchasiga   turli   ta‘riflar   berilmoqda   va   unga   turli   qarashlar   va
munosabatlarni   bildirish   davom   etib   kel- moqda.   Lekin   uning   er   kurrasining   bir
butunligini ifodalash va barcha soqalarning «yagonaligini»  ta‘minlash jarayoni, omili
si-fatida qarash umumiy qarashlardan ustuvor bo’lib kelmoqda. Jum-ladan, rus  olimi I.
Burikova   globallashuvni   jarayon   sifatida   qaraydi   va   olimlar   tomonidan   unga
nisbatan qarashlarni umum-lashtirib, uning uchta asosiy jihatini ko’rsatadi:
Bilim jiqatlari - globallashuv jarayoni haqida nimalar ma ‘-lumligi.
Emotsional - bu ma ‘lumotga qanday yondoshuv zarurligi.
Axloqiy - nima qilish kerak ekanligi. 5
Uning   ta ‘kidlashicha,   Sankt-Peterburg   Universitetining   siyo-siy   psixologiya
fakulteti   psixologlari   globallashuvni   jaxrnda   siyosiy   qokimiyatning   yangi   shakli
sifatida   tushunadilar.   Bu   siyo-siy   hokimiyat   yangi   shakllarining   instrumentlari
quyidagilardir:
informatsion globallashuv - informatsiya soh_asidagi o ’zgarishlar;
iqtisodiy globallashuv - iqtisodiy soqadagi o ’zgarishlar;
mintaqaviy globallashuv - hududlar va chegaralar sohasidagi o ’zgarishlar;
demografik   globallashuv   -   globallashuvning   asosiy   instru-menti   bo ’lib,
insondagi barcha asosiy  o’zgarshdlarni o’ziga qamrab oluvchi o’zgarishlardir.
5
  Оchildiev A. Glоballashuv va mafkuraviy jarayonlar. – T.: Muharrir nashriyoti, 2009. 64 b. SHuningdek, muallif ularning har birining o ’ziga xos xususi-yatlari haqida batafsil
fikr  yuritgan.  6
YAna  bir   rus  olimi  L.E.  Grininning  fikricha,   «Globallashuv  -mintaqalar   va
umuman   jahonning   integratsiyasi   va   yaqinlashuvining   natijasidir» 7
.   U   globallashuvga
jarayon sifatida qaraydi va unga   quyidagi ta ‘rifni beradi. «Globallashuv - bu jarayon,
uning nati-jasida dunyo o’zining barcha sub‘ektlariga   yanada   aloqador   va   yana   qam
bog’liq bo’ladi» 8
.
Rus   olimlaridan   yana   biri   professor   A.G.   Kosichenko   qam   glo-ballashuvga
jarayon sifatida qaraydi. U shunday yozadi:  «Globalla-shuv ko’p o’lchamli jarayon, u
o’z   ta‘sir   doirasiga   gurli   usul   va   vositalar   bilan   barcha   soqalarni   qamrab   oladi».
Ayni   paytda   uning   fikricha,   «iqtisodiyotning   o’ziga   xos  qukmronlik  ta‘siri  bugun
ja-h_on hayotining barcha sohalarida namoyon bo’lmoqda».'
2006   yilda   «Globallashuv»   tushunchasi   va   uning   turli   sohalarga
o’tkazayotgan   ta‘si-rini   aniqlashga   bag’ishlangan   jahonning   etakchi   olimlari
qamkor-ligida «Globalistika mejdunarodnsh mejdissiplinarnsh ensik-lopedicheskiy
slovar»   tayyorlanib   e‘lon   qilindi.   Unda   globalla-shuv   tushunchasiga   olimlar
turlicha   ta‘rif   berganlar   va   uning   ta‘-sir   doirasini   aniqlashga   qarakat   qilingan.
Jumladan,   amerikalik   olim   T.Fridman   bu   qaqda   shunday   ta‘kidlaydi:
«Globallashuv   -   bu   «sovuq   urush   tizimini»   almashtirgan   yangi   tizim» 10
.   Keltiril-
gan   fikrdan   ko’rinib   turibdiki,   iqtisodiyotda   kechayotgan   globalla-shuv   jamiyat,
mamlakat va xalqlar qayotining barcha soqalariga o’zi-ning ta‘sirini o’tkazmoqda.
SHuning bilan  birga  uni  o’z davrida  jahonni  larzaga  solgan  va  butun insoniyatga
xavf tug’dirgan «sovuq urush» bilan tenglashtirgan mualliflar qam bor. Haqiqatdan
qam, yuqorida mualliflar tomonidan ilgari surilayotgan fikrlarda glo-ballashuvning
iqtisodiyotga,   siyosatga   va   jahon   miqyosidagi   jarayon-larga   o’tkazayotgan   ta‘siri
keng   qamrovli   ekanligi   ko’rsatib   berilgan.   Ayniqsa   uning   iqtisodiyotga
o’tkazayotgan   ta‘siriga   asosiy   e‘ti-bor   berilganligini   ta‘kidlash   lozim.   Haqiqatan
qam   iqtisodiyot-dan   manfaatdor   bo’lmagan   insonning   o’zi   yo’q.   U   inson   h.ayot
6
  Danil оv-Danilyan V.I.Ustоychivоe razvitie-prоblema vijivaniya chelоveka//.Nauka.Оbshestvо.CHelоvek.-M.,2004. 
-143 s.
7
  Оtamuratоv S. Glоballashuv va millat. – T., YAngi asr avlоdi, 2008. – 13 b. kechiri-shining moddiy asosini tashkil qiladi. SHuning uchun qam iqtiso-diyotdagi
globallashuv   milliy   ma‘naviyatda   ham   o’z   ifodasini   topa-di.   Afsuski,   yuqorida
mualliflar   tomonidan   bildirilgan   fikr-lardan   ko’rinib   turibdiki,   globallashuvning
milliy  ma‘naviyatga o’tkazayotgan  salbiy   ta‘siri   e‘tibordan   chetda   qoldirilgan.   Bu
ja-rayonda   iqtisodiy   globallashuv   milliy   ma‘naviyatning   globallashu-vida   vosita
vazifasini bajaradi. Ana shu muqim jiqat muallif-lar e‘tiboridan chetda qolganligini
ko’rish   mumkin.   SHuning   bi-lan   birga   T.   Fridmanning   globallashuvning   «sovuq
urush»   siyosati   bilan  tenglashtirilganligi   zamirida   ham   katta  ma‘no  bor.  Haqiqat-
dan ham bugun u butun insoniyat, ayniqsa uning oliy qadriyatlari-dan biri bo’lgan
millatlar   taqdiriga   solayotgan   tahdidini   «sovuq   urush»   siyosatiga   tenglashtirish
mumkin.   Respublikamizda   qam   tadq-   iqotchilarimiz   tomonidan   globallashuv
jarayonini   o’rganishga   bo’lgan   qiziqish   ortib   bormoqda.   Hali   bu   masalaga
bag’ishlangan fundamental tadqiqotlar e‘lon qilinmagan bo’lsa qam bir qator ilmiy
jiqatdan pishiq bo’lgan maqolalar e‘lon qilinganligini ta‘kidlash lozim. Jumladan,
«Globallashuv   ziddiyatlari»,   «Ada-biyotida   globallashuv   jarayoni»,   «Xalqaro
globallashuvning  chuqurlashuvi » va boshqa maqolalarda uning ba‘zi bir jiqatlariga
to’la-qonli   ta‘rif   keltiriladi.   Aytish   joizki,   mazkur   maqolalarda   ham
«Globallashuv» jarayon sifatida talqin etilganligini ko’rish mumkin.
Bundan   tashqari,   globallashuvni   turli   soqalarda   sodir   bo ’layot-gan
integratsiyalashuvning   natijasi   sifatida   qarashlar   ustuvorlik   qiladi.   Bunday   qarash
mazmunini   dunyo   mamlakatlari   o ’rtasidagi   iqtisodiy   aloqalarning   tabiiy   ravishda
mustaqkamlanib   borishi   va   ularning   o’zaro   integratsiyalashuvi   natijasi   sifatida,
sub‘ek-tiv   omillar   ta‘siri,   ya‘ni   katta   iqtisodiy   saloqiyatga   ega   bo’lgan
davlatlarning   kam   taraqqiy   qilgan   mamlakatlarning   resurslari-ni   turli   yo’l   va
vositalar   bilan   qo’lga   kiritish   maqsadida   amalga   oshirilayotgan   tadbirlarning
natijasi  sifatida qarashlar  ham  mavjud. Xullas, globallashuv  tushunchasi  qaqidagi
qarashlar   tur-li-tumanligicha   davom   etib   kelmoqda.   Bu   tabiiy   qol.   CHunki   uning
makon   va   zamonda   sodir   bo’lish   xususiyatlari   turlicha   bo’lib   dunyo-ning
o’zgarishiga   o’tkazayotgan   ta‘sirida   qam   yangi-yangi   imkoniyat-lari   namoyon
bo’lmoqda. «Globallashuv»   tushunchasiga   mualliflar   tomonidan   yuqorida   il-gari
surilayotgan   turli   fikrlarga  qo’shilish   mumkin.   CHunki   qar   bir   muallif   uning   turli
sohalariga   o’tkazayotgan   ta‘sirini   turlicha   ta-fakkur   qiladi   va   uni   turlicha   talqin
etadi. Boz   ustiga  globalla-shuvning  o’tkazayotgan  ta‘sir   doirasi  bepoyon  va  keng
qamrovli   ham-dir.   SHu   ma‘noda   mualliflar   tomonidan   ilgari   surilayotgan   fikr-lar
qanchalik   turli-tuman   bo’lsa,   uning   turli   xususiyatlari   va   in-soniyat,   millat,
mamlakat,   jahon   miqyosida   o’tkazayotgan   ta‘sirini   o’rganishning   imkoniyatlari
shunchalik   kengayib boradi. Avvalo «globallashuv» tushunchasiga  ta‘rif  berishda,
unga haqiqatan  ham  kengroq va chuqurroq yondoshmoq  kerak bo’ladi.  Jumladan,
yuqorida   berilayotgan   ta‘riflarning   aksariyat   ko’pchiligida   «globallashuv»
tushunchasiga   yaqin   bo’lgan   «internatsionallashuv»   (baynalminalla- shuv)   va
«integratsiyalashuv»   tushunchalari   o’rtasidagi   munosabatlar   e‘tibordan   chetda
qolib   kelmoqda.   YA‘ni   nega   «Globallashuv»   tu-shuncha   sifatida   ommaviylashib
ketmoqda yoki «internatsionalla-shuv» va «integratsiyalashuv» tushunchalari unga
nisbatan kam qo’lla-nilmoqda  degan savolga javob ochiq qolib kelmoqda.
Aslida,   «Globallashuv»ning   asl   mohiyati   va   uning   barcha   soha-larga
o’tkazayotgan   ta‘sir   doirasini   bilish   uchun   uni   yuqorida   kel-tirilayotgan   ikkala
tushuncha   bilan   solishtirish   maqsadga muvofiq-dir. CHunki  ular  o’rtasida  ma‘lum
o’xshashlik mavjud. Ayni paytda ular o’z yo’nalishi, maqsadi va funksiyalari bilan
o’zaro farqlanadi. SHuning bilan birga ularning tushuncha  sifatida ilmiy iste‘-molga
kirish   davrlari   o’rtasida   ham   farklar   mavjud.   Ayniqsa,   «in- ternatsionallashuv»
sobiq   sho’rolar   qukmronligi   sharoitida   eng   ko’p   qo’llaniladigan   tushunchaga
aylangan edi. Uni millatlarning o’za-ro qo’shilib ketishiga olib keladigan ijobiy omil
sifatida   baqo- lashdan   tortib,   oila,   turmush,   milliy   madaniyatlarning   yagona   ma-
daniyatga   aylanishigacha   bo’lgan   barcha   soqalarda   sobiq   KPSSning
«internatsionallashtirish»   borasida   olib   borgan   zo’ravonlik   siyo- satini   aqolidan
yashirish maqsadida qo’llanilib kelinar edi.
Lekin   bu   aslida   internatsionallashuv   jarayoni   bo ’lmagan   edi,   degan   gap
emas, balki  bu   erda uni   jirkanch  manfaat  va  maqsadlarni   amalga  oshirish  yo’lida
qo’llanilib kelinganligi qaqida so’z bor-moqda. YAna   yuqoridagi   tushunchalar   taxliliga   qaytib   shuni   aloqida   ta ‘-kidlash
lozimki,   bugun   bir   qator   olimlar   globallashuv   jarayon   sifatida   insoniyat
taraqqiyotining   barcha   bosqichlarida   amal   qil-gan,   degan   fikrlarni   qam   ilgari
surmoqdalar. Hatto qadim dunyo xalqlari o’rtasidagi madaniy aloqalarning yuzaga
kelishi   va   ri-vojlanish   jarayonlarini   «globallashuv»   bilan   bog’lash   to’g’risida- gi
fikrlar qam uchraydi. Jumladan, yuqorida tilga olingan maqo-lada Muqammadjon
Xolbekov:   «Moziyga   qaytaylik.   Miloddan   ol-dingi   IV   asrda   yunon   sarkardasi
Aleksandr   Makedonskiy   butun   Osiyoni   qurol   kuchi   bilan   zabt   qilib,   aslida   yarim
dunyoni birlash-tirmoqchi, qudratli davlat barpo etmoqchi bo’lgan va shu tariqa in-
soniyat tarixida globallashuv jarayonning boshlab bergan. YOki   mi-loddan oldingi
I   asrda   Rim   imperatori   YUliy   Sezar   qam   xuddi   shunday   yo’l   tutib,   butun
Ovro’poni   ishg’ol   qilgan   va   qudratli   impe-riya   sarqadlarini   kengaytirgan.   Ta‘bir
joiz   bo’lsa,   insoniyat  ta-rixida zo’ravonlik bilan bo’lsa-da, ikkinchi  globallashuvga
asos sol-gan»,14 deb yozadi.   O’rta  asrlarda (1U-X1\0,  X1U-XUP,   XVIII, XIX   va
XX  asrlarda qam globallashuv jarayonining sodir bo’lganligini ko’ramiz. Insoniyat
tarixiy   taraqqiyoti   bosqichlarida   sodir   bo’lgan   turli   «birlashtirishlar»,
«sivilizatsiyalar»,   «ma‘rifatchilik»   qarakatlari   globallashuv   jarayonini   yuzaga
keltirgan.
Adolat   yuzasidan   aloqida   ta ‘kidlash   lozimki,   muallif   maqola-ni   juda
qiziqarli   tarzda   aniq   faktlar   asosida   yozgan   va   ushbu   ma-qolaga   munozara
yuritishga   arziydigan   material   sifatida   qarash   noto’g’ri   bo’lmaydi.   Ana   shunday
munozaraga   arziydigan   fikrlar-dan   biri   globallashuvning   eramizdan   avvalgi   IV
asrda   boshlangan-ligi   va   adabiyot   bugungacha   bo’lgan   davrda   o’z   boshidan
globallashuv-ni   kechirish   natijasida   taraqqiy   qilganligi   qaqida   ilgari   surilayotgan
fikrdir. Bu erda
bizni   munozaraga   tortayotgan   fikr   glo-ballashuvning   boshlangan   davri
adabiyotni ma ‘rifatning global-lashuvi ta‘sirida rivojlanayotganligidir.
Agar   muallifning   fikriga   qo ’shiladigan   bo’lsak,   adabiyot,   san‘-at   va
xalqlarning bir-biriga tabiiy ta‘sir o’tkazish jarayonida o’zaro boyishni o’zida ifoda
ettiruvchi   baynalminallashuvning   o’rni   qaerda   qoladi?   YOki   bugun   jahonda   bir qator  yuksak  taraqqiy qil-gan mamlakatlarning barcha imkoniyatlarini ishga solib
barcha   xal-qlar   uchun   umumiy   bo’lgan   ommaviy   madaniyatni   shakllantirishga
bo’lgan   qarakatlarini   qam   ijobiy   baholash   kerakmi?   Ular   adabiyot,   san‘at,
ommaviy axborot vositalari, kompyuter, internet va uyali telefon kabi zamonaviy
vositalar   bilan   yoshlar   ongi   hamda   qalbi-ni   «zabt»   etish   yo’lida   olib   borayotgan
siyosatlariga   qanday   qara-moq   kerak?   Bu   qo’yilayotgan   savollarga   javob   mazkur
kitobning   uchin-chi   paragrafida   so’z   boradi   va   yana   yuqorida   fikr   yuritilayotgan
glo-ballashuvning   boshlanish   davri   va   tushunchalar   mazmuni   xususida   fikr
yuritiladi.
Globallashuvning   boshlanish   davri   bo ’yicha   g’arb   olimlari   qam   turli
fikrlarni   ilgari   surib   kelmoqdalar.   Jumladan,   R.   Kobden   va   J.   Brayt   kabi   olimlar
globallashuv to’lqinlarini mamlakat-lar o’rtasida erkin savdoning amalga oshuvi va
uning natijasida iqtisodiyotdagi  o’sish  bilan bog’laydilar  qamda  uning boshlanish
davrini XIX va XX asr bilan chegaralaydilar. Ularning fikricha, Britaniya o’zining
dengiz,   industriya   va   moliyaviy   qudrati   bilan   globallashuv   to’lqinining   birinchi
bosqichi kafolati bo’lgan. Ular globallashuvning ikkinchi bosqichi yoki tiklanishini
1970   yillar-ning   oxirlarida   informatika   va   telekomunikatsiyada   sodir   bo’lgan
inqiloblar asosida boshlanganligini ta‘kidlaydilar.  15
Keltirilganlardan   ko ’rinib   turibdiki,   globallashuv   erkin   sav-doning
boshlanishi   va   uning   natijasida   iqtisodiyotdagi   taraqqi-yot,   informatika   va
telekomunikatsiya taraqqiyotida sodir bo’lgan  in-qiloblar bilan bog’liqdir.
Xullas,   globallashuv   tushunchasi   va   uning   boshlanish   davri   qaqida   turli
fikrlar ilgari surilishi davom etmoqda. Endi glo-ballashuvning internatsionallashuv
va integratsialashuv tushuncha-lari bilan munosabatlari ustida to ’xtalamiz.
Falsafa   qrmusiy   lug ’atida   «Internatsionalizm,   baynalmialchi-lik   (lotlSHer   -
aro,   payop   - xalq)   -   turli   millat,   irqdagi   kishi-larning   xalqaro   birdamligini
ifodalovchi   tushuncha.   Bu   tushuncha   K.   Marks   tomonidan   o’ylab   topilmagan,   u
tomonidan   fikrga   kiri-tilmagan,   faqat   sobiq   ittifoq   davrida   mutloqlashtirilgan
edi...» 16
  degan   ma‘lumot   keltiriladi.   To’g’ri,   «internatsionalizm»   insoni- yatning
ongli   faoliyati   boshlanibdiki,   u   tabiiy   jarayon   sifatida   kechib   kelmoqda.   Ammo uning xuddi   shunday nomlanishi har doim ham bo’lgan edi degan fikrga qo’shilib
bo’lmaydi.  Aslida,  uning il-miy iste‘molga  kirib  kelishi  ishchilar  sinfi   tomonidan
burjua-ziyaga   qarshi   kurashdagi   yakdillikni   vujudga   keltirish   mafkurasi   bilan
bog’liqdir.
«Integratsiya»   tushunchasiga   esa   falsafa   qisqacha   izoqli   lug’ati-da
quyidagicha   ta‘rif   keltiriladi:   «Integratsiya   (lotin,   1p1e8eg   -to’la,   butun,
buzulmagan, butunlik) - umumiyat, birlikka erishishga yo’naltirilgan jarayon yoki
faoliyat natijasi» |7
dir. Falsafa qomu-siy lug’atida «Integratsiya» (lotincha t1e§eg -
butun):   1)   ayrim   qism   va   elementlarni   bir   butunga   birlashtirish;   2)   turli
mamlakatlar-ning birlashmalari, tor doiradagi iqtisodiy-siyosiy guruqlar qo’shilishi
degan ta‘riflar uchraydi. Integratsiyaning shakllari ilmiy, siyosiy, madaniy, xalqaro
va qokazo turlarga bulib o’rgani-ladi. |8
Keltirilganlardan   ko ’rinib   turibdiki,   bu   tushunchalarga   ta‘-rif   berishda   qatto
lug’atlarda  qam turli qarashlar mavjud.
Xullas,   globallashuv   tushunchasi   va   uning   qolgan   tushunchalarga   nisbati,
jarayon   sifatidagi   o ’rnini   ularga   aniqlik   kiritish   yo’li   bilan   bilib   olish   qamon   o’z
echimini topmagan.
YUqorida   ta ‘kidlanganidek,   aksariyat   ko’pchilik   falsafiy   va   si-yosiy
tadqiqotlarda   globallashuv   XIX   asrning   oxiri   va   XX   asrning   boshlarida   kirib
kelganligi   haqidagi   g’oyalar   ilgari   surilmoqda.   Ularga   qo’shilgan   qolda   shuni
aloqida ta‘kidlash lozimki, xuddi ana shu davrda insoniyat aql-zakovati yuksakka
ko’tarilish jarayoni sodir bo’ldi. Natijada insonlar, millatlar, xalqlar va mamlakat-
larni   o’zaro   majburiy   ravishda   bir-biriga   bog’lab   qo’yish,   dunyoda   sodir
bo’layotgan   turli   soqalardagi   yangiliklar,   kashfiyotlarni   da-qiqalar   doirasida
ommalashtirishga   xizmat   qiladigan   aloqa   vo-sitalari   -   kompyuter,   internet,   uyali
telefon va boshqalar xizmat ko’rsata  boshladi. Buning natijasida dunyodagi barcha
mamlakatlar-ning iqtisodiy jiqatdan yaqinlashuvi  tezlashdi. Bu jarayon qaqida turli
soqalar bo’yicha juda ko’plab misollar keltirish mumkin. Ammo eng asosiysi unda
emas,  balki  globallashuv  jarayon sifatida jahon taraqqiyotining barcha bosqichlari
uchun   xosmi   yoki   yo’qmi   de-gan   savolga   aniq   javob   topishdir.   Fikrimizcha,   u jarayon   sifatida   to   XX   asrning   o’rtalarigacha   «integratsiya»ning   «harakati»   va
uning   ustuvor   ta‘sirida   real   hayotda   «ilg’ab»   olinmagan.   Integratsiya   in-
soniyatning   ongli   faoliyati   boshlanibdiki,   doimo   amal   qilib   kelgan.   Insonlarning
bir-birlariga talpinib yashashlari, ularning o’z tajribalarini almashishi, bir- birlariga
yordam ko’rsatishlari va o’zaro do’stona munosabatlari, ularning o’rtasidagi o’zaro
integ- ratsiyalashuv (yaqinlashuv) jarayonlarning amal qilishni ta‘minla-gan. Bu bir
tomondan tabiiy  kechgan bo’lsa, ikkinchi tomondan har bir sub‘ekt uchun umumiy
taraqqiyotning hayotiy zaruriyati sifati-da namoyon bo’lib kelgan. Uchinchidan zsa
integratsiyalashuvda   tomon-larning   o’zaro   manfaatdorligi   ham   mavjud   bo’lgan.
YA‘ni   undan   bir   tomon   emas,   balki   bu   jarayonda   qatnashgan   barcha   tomonlar
manfa-at ko’rganlar.
Globallashuv   sharoitida   tashqi   aloqalar,   xalqaro   iqtisodiy   munosabatlar
rivojlanib,   har   bir   shaxsning   ma`naviyati   va   intellektual   salohiyatiga   yangicha
talablar   qo`ymoqda.   O`z   navbatida,   O`zbekiston   Respublikasi   xalqaro
munosabatlarning to`laqonli a zosi va uning ajralmas qismi hisoblanadi. SHuning
uchun ham bugungi kunda mamlakatimizda yuksak ma`naviyatli, yuqori bilimli va
xalqaro   talablarga   mos   keladigan   mutaxassislarni   tayyorlashga   alohida   e`tibor
berilmoqda. Mamlakatimizda bunday mutaxassislarga bo`lgan talab kelajakda ham
oshib   boradi.   SHu   bois   yuksak   ma   naviyatli   shaxsni   tarbiyalash,   ularni   xalqaro
mezonlar asosida tayyorlash ustuvor vazifalardan biriga aylanib bormoqda.
Globallashuv   -   bu   butun   jahon   iqtisodiy   siyosiy,   madaniy   integratsiya   va
unifikatsiyalashuv (bir-birga yaqinlashuv) jarayonidir. Asosiy xususiyatlari xalqaro
mehnat   taqsimoti,   kapital,   ishchi   kuchi   va   ishlab   chiqarish   resurslarining   erkin
harakati,   qonunchilik,   iqtisodiy   va   texnologik   jarayonlarni   standartlashtirish,
shuningdek,   turli   mamlakatlarning   madaniyatining   qo`shilish   va   yaqinlashuvidir.
Bu   obyektiv   jarayon   bo`lib   jamiyatning   barcha   sohalarini   qamrab   oluvchi   tizimli
xususiyatga ega. Zero biz A.Toynbi ta biri bilan aytganda,   insoniyat, umumiy uy ,‖ ‖
―umumiy taqdir» va umumiy tashvishlar  bilan yashashga  kiririshayotgan 9[
5], bir
so`z   bilan   aytganda   globallashuv   deb   atalayotgan   jarayonlar   sodir   bo`layotgan
zamonda yashamoqdamiz. SHunday   ekan,   milliy   mafkurani   takomillashtirish   masalasi   ham   endilikda
nafaqat milliy, balki global xarakter ham kasb etadi. Lekin, globallashuv jarayoni
N.Jo`raev1 0[6]
  to`g`ri   qayd   etganiday,   hozircha   faqat   qandaydir   mavhum   ijobiy
jihatlari   bilangina   emas,   balki   ko`proq   ―hozirgi   davr   global   muammolari ni‖
vujudga   keltirgani   bilan   xarakterlidir.   Ko`pchilik   mutafakkirlar   bu   davrni   xatto
global   kriziz   (bo`xron)   davri   deb   atamoqdalar.   ―XX   asr   krizisni   kuchli  his etish
bilan boshlangan edi va shu hissiyot bilan poyoniga etdi ,	
‖ 11[7]
 - deb yozadi, masalan,
rus   faylasufi   S.I.Dudnik.   Darhaqiqat,   globallashuv   zamonaviy   jamiyatga   ko`plab
ijobiy jihatlar olib kirish bilan birga, insoniyat taraqqiyotidagi shunday pallani ham
o`zida aks ettiryaptiki, endilikda dunyo xalqlari vujudga kelayotgan muammolarga
qarshi yolg`iz kurasha olmaydi, ularni birgalikda hal qilish mumkin.
Globallashuvning   salbiy   oqibatlari   asosan,   quyidagi   sohalarda   namoyon
bo`lmoqda: ekologiya, sog`liqni saqlash, demografik, resurslar, axloq, oila, ta`lim-
tarbiya,   ma`naviy,   dunyoqarash   va   boshqalar   shular   jumlasidandir.   Ayni   shu
ma`noda   bugungi   kunda   eng   yangi   fani   sinergetika   ham   shu   krizis   holatini
ifodalash   uchun   ―global   bifurkatsiya   nuqtasi   degan   maxsus   yangi   tushunchani	
‖
kiritgani,   ―katastrofalar   nazariyasi ni   ishlab   chiqqani   bejiz   emas.   CHunki	
‖
S.P.Kapitsa,   S.P.Kurdyumov,   G.G.Malinetskiy   ta`kidlaganlaridek,   ―Olimlar
siyosatchilarning   qo`liga   butun  Planetadagi   hayotni   bir   emas,   birnecha   necha   bor
yo`q   qilish   quvvatiga   ega   bo`la   oladigan   qurollarni   tutqazdilar,   vaholanki,
kelajakda ularni qanday yo`qotish va nima qilish   mumkinligini aniqlashga harakat
qilmadilar...,   ular   energiyaning   yangi   manba`larini   kashf   etdilar   va   emoqdalar,
shuning   bilan   birga   radioaktiv   chiqindilar   va   yadroviy   terrorizmdan   qutulishday
juda jiddiy muammolarini ham vujudga keltirdilar..., ular odamlarga antibiotiklarni
sovg`a   qildilar,   ayni   paytda,   zararli   mikroorganizmlarning   tabiiy   tanlanish
jarayonini kuchaytirdilar.	
‖ 12[8]
Oksford   universiteti   direktori,   professor   Nik   Bostrom   bu   ishlarning   salbiy
oqibatlari   haqida   o`ylab   ko`rilmayotgani   haqida   shunday   deydi:   ―Texnologik
progressning  tezlashuvi   tufayli   insoniyat   hozir   o`z   taraqqiyotining  keskin   burilish
nuqtasga   katta   tezlik   bilan   yaqinlashib   kelayotgan   bo`lishining   ehtimoli   katta. Insoniyatga   yaxshi   tanish   bo`lib   qolgan   yadroviy   xavfu   xatar   yoniga   endilikda
nanotizimlar   va   mashina   intellekti   kabi   sohalarning   jadal   rivojlana   boshlagan
texnologiyalari   misli   ko`rilmagan   o`z   imkoniyatlari   va   xatarlari   bilan
qo`shilmoqda. Bizning kelajagimiz, agar u bor bo`lsa, bizning ana shu jarayonlarga
munosabatimizga   bog`liq.   Hamon   biz   jadal   rivojlanayotgan   texnologiyalarga
bog`liq   ekanmiz,   insoniyat   jamiyatidan   ―post-insoniyat   (keyingi   insoniyat)‖
jamiyatiga   o`tish   dinamikasini   yaxshi   anglab   etishimiz   kerak.   Ayniqsa   tuzoq
qaerda   joylashganini,   muqarrar   o`limga   olib   borishi   mumkin   bo`lgan   yo`llarni
payqay bilishimiz   zarur. ‖ 13[9]
Bir necha yillik tadqiqotlari natijasida A.CHumakov  ―Globallashuv ijtimoiy
hayotning   barcha   sohalarning,   ma`naviy   qadriyatlar,   dunyoqarash   yo`nalishlarini
universallashuviga olib kelishi bilan birga, an`anaviylik, o`ziga xoslik va madaniy
xilma-xillikni   saqlashni   istisno   qilmaydi	
‖ 14[10]
,   -   degan   xulosaga   keladi.   Bunday
davrda   shaxs   murakkab   ijtimoiy   muhit   sharoitida   faoliyat   ko`rsatishga   majburdir.
Inson   yashayotgan   zaminining,   tinch   va   barqaror   kechirayotgan   hayotining
mohiyatini   to`la   anglashi,   qadrlashi,   ya`ni   ijtimoiy   muhitning   obyekti   sifatida
namoyon   bo`lishi   kerak.   Globallashuv   jarayonining   hayotimizga   tobora   tez   va
chuqur   kirib   kelayotganining   asosiy   sabablari   xususida   Prezidentimiz   I.Karimov
ta`kidlaganlaridek   ―...shuni   obyektiv   tan   olish   kerak   –   bugungi   kunda   har   qaysi
davlatning   taraqqiyoti   va   ravnaqi   nafaqat   yaqin   va   uzoq   qo`shnilar,   balki   jahon
miqyosida   boshqa   mintaqa   va   hududlar   bilan   shunday   chambarchas   bog`lanib
borayaptiki,   biron   mamlakatning   bu   jarayondan   chetda   turishi   ijobiy   natijalarga
olib kelmasligini tushunish, anglash qiyin emas	
‖ 15[11]
.
Global   miqyosdagi   muammolar   ilmiy   munozaralar   predmeti   sifatida   XX
asrning   60-70   yillarida   jahon   hamjamiyatida   jiddiy   qiziqish   uyg`otgan.   1930
yillarda   E.Lerua,   Teyyar   de   SHarden   va   V.I.Vernadskiylarning   nazariyalarida
insoniyat   hamjamiyatning   global   mohiyati   va   uning   Erdagi   yashash   tarixi   uchun
mas`uldir,   degan   fikrlar   ilgari   surilgan.   Keyinchalik   bu   masalaga   e`tibor   bir
muncha   susaygani   tashlanadi.   1970-80   yillarga   kelib   mazkur   masalaga   oid
tadqiqotlar   jonlanganligi   bizga   ma   lum.   Bugungi   kunda   globallashuv   jaryonining jadallashuvi o`zaro aloqadorlik va o`zaro ta sir dialektikasi qonunlari asosida ilm-
fan,   madaniyat   taraqqiyotiga   ta   sir   o`tkazmoqdaki,   bu   o`z   navbatida   yoshlardagi
ijtimoiy   mas`ullik   jarayoni   zamonaviy   ilm-fan   yutuqlari,   texnika- texnologiya,
xalqaro   axborot   almashinuvining   jadal   rivoji   bilan   o`zaro   aloqadorlikda   yuzaga
keladi.
Hozirgi   kunda   ―globalistika   termini   zamonaviy   fan   tilining   ajralmas‖
qismidir, ammo   uning manosi haqida hanuz turlicha fikrlar bildirilmoqda. Bazilar
bu   yangi   fan,   u   hali   shakllanish   jarayonida,   deb   aytsalar,   boshqalar   ilmiy   bilish
integratsiyasi   natijasi,   deb   bilib,   o`ziga   xos   fanlararo   tadqiqotlar   sohasi,   deb   tan
olmoqda16 [12]
.
Globallashuv   jarayoni   kuchayib   borayotgan   hozirgi   dunyoda   davlatning
raqobat   shartlariga   tez   moslashuvi   uning   muvaffaqiyatli   va   barqaror
rivojlanishining   asosiy   ustunligi   -talim   tizimining   holati   bilan   aniqlanadigan,
shaxsni  manaviy  rivojlantirish  imkoniyatlari   mavjudligi  bilan  bog`liq. Davlatning
bugungi   va   istiqbolidagi   barqaror   iqtisodiy   o`sishini   taminlovchi   omillar   aynan
t a l i m   sohasi   rivojlanishiga   bevosita   bog`liq.   SHu   sababli   mustaqillikning   ilk
yillaridanoq   iqtisodiyotni   tubdan   isloh   qilish   jarayonida   ta`lim   sohasida   jahonda
munosib   o`rinni   egallashga   qaratilgan   yangi   uzluksiz   ta   lim   tizimini   yaratish   va
rivojlantirish   ustuvor   vazifa   sifatida   belgilandi.   Bu   borada   alohida   ahamiyat   kasb
etadigan siyosiy globallashuv davlatlarning siyosiy tuzilishini, xalqlar va mintaqalar
o`rtasidagi   siyosiy   aloqalarning   kengayishini,   o`zaro   bog`liqligini   ifodalaydi   va
oxir-oqibat,   ularning   unifikatsiyalashuviga   olib   keladi.   Bunda   o`ziga   xos   siyosiy
munosabatlar   ko`lamiga   ko`ra   global   va   barcha   davlatlarning   ichki   tuzilishi   bir
tarmoqqa ulanib ketishi kuzatiladi. Bu jarayonda milliy davlatchilik suverenitetiga
xavf   tug`dirishi   mumkin   bo`lgan   bir   qancha   holatlar   mavjud.   Ular   qatoriga
quyidagilarni kiritish mumkin:
Birinchidan,   jahon   siyosiy   sahnasida   transmilliy   korporatsiyalar,   nodavlat
hamda   xalqaro   tashkilotlar,   xalqaro   kapital   kabi   yangi   qudratli   siyosiy   subyektlar
shakllanmoqda.   Ular   siyosatning   an`anaviy   subyekti   —   milliy   davlatchilik
suverenitetining ikkinchi darajaga tushib qolishiga sabab bo`lmoqda. Ikkinchidan,   globallashuv   xalqaro   huquq   asoslariga   sezilarli   ravishda   ta`sir
etyapti.   Bu   esa   davlatlarning   o`z   hududida   huquqiy   suverenitetidan   qisman
ayrilishiga olib kelmoqda. Natijada milliy davlatlarning nafaqat tashqi, balki ichki
siyosiy   masalalarini   mustaqil   echish   imkoniyatlari   chegaralanmoqda.   Ma`lum   bir
davlatning ichki siyosatini tashkil etadigan muammo (ichki ixtilof, siyosiy kurash,
saylov   jarayonlari   va   boshqalar)   bugungi   kunga   kelib,   global   ahamiyat   kasb   etib
boshqa davlatlarning manfaatlariga ham daxldor bo`lib qolmoqda.
Uchinchidan, kishilar ongida davlatchilik suvereniteti asosini tashkil etuvchi
hududiy   omil   globallashuv   samarasi   o`laroq,   o`zining   an`anaviy   ahamiyatini
yo`qotmoqda   va   tabiiy   ravishda   davlat   hokimiyati   mavqeiga   ham   putur   etmoqda.
Boshqacha aytganda, milliy chegaralar tobora  shaffoflashib bormoqda.
To`rtinchidan, butun dunyo bo`ylab bir qator g`arb davlatlari rahnamoligida
"demokratiyalashuv"   jarayoni   jadallashmoqda   va   buning   natijasida   ayrim
davlatlarning   o`ziga   xos   demokratik   taraqqiyotiga   chetdan   kuchli   ta`sir
o`tkazilyapti.   YA`ni,   bu   jarayondan   o` z   manfaatlari   yo`lida   foydalanishga
urinayotgan   globalizm   g`oyasi   asoschilari   boshqa   mamlakatlarning   siyosiy
boshqaruv tizimini o` z  qo`llariga olishga urinmoqdalar. Misol uchun, MDHga a zo
bir   qator   davlatlarda   2005   yilda   yuz   bergan   "inqiloblar",   siyosiy   globallashuv
mahsuli   bo`lib,   ushbu   jarayon   asoratlarining   qanchalar   xavfli   ekanligidan   darak
beradi.   Ushbu   voqealar   shundan   dalolat   beradiki,   yuksak   taraqqiy   etgan
mamlakatlar   boshqa   davlatlarning   suvereniteti   va   ichki   ishlariga   aralashmaslik
printsipini   pardalangan   shaklda   buzmoqda.   Bunda   siyosiy   globallashuv
jarayonining   yana   bir   mahsuli   –   nodavlat   tashkilotlarning   resurslari   va   nufuzidan
tashkiliy   niqob   sifatida   foydalanish   dunyo   bo`ylab   keng   tarqalmoqda.   Ayni   shu
ma`noda   A.V.Buzgalin   ―Globallashuv   siyosatga   ta`siri   kuchli   bo`lib,   havfsizlik
va   iqtisod   sohasida   davlatlarning   bir-biriga   tobeligini   kuchaytirib,   har   birining
jahon   sahnasidagi   ustuvor   jihatlarining   chuqur   o`zgarishiga   olib   keladi.   Tashqi
siyosiy   vositalar   arsenaliga   boshqacha   nuqtai   nazardan   qarashga   majbur   qilib,
jahon   siyosatining tadrijiylashish jarayonining tezlashib ketishiga olib keladi‖ 17[13]
, -
deb yozadi. Globallashuv   fenomeni   obyektiv   va   ochiq   ekanligini   hisobga   olinsa   uning
turli   muqobillarda  namoyon bo`lishi   tabiiy tus  oladi. SHunday  ekan  globallashuv
jarayonining   biror-bir   aspektini   mutlaqlashtirib,   unga   mutlaq   ijobiy   yoki   mutlaq
salbiy   jarayon   sifatida   qarash   nojoizdir.   O`z   navbatida   nemis   sotsiolog   olimi
U.Bek  ―SHubhasiz, globalizatsiya eng ko`p qo`llaniluvchi va eng ko`p suiste`mol
qilinuvchi va eng kam o`rganilgan, ehtimol tushunarsiz mavhum, siyosiy   jihatdan
samarali so`zdir (bahs-munozarada kuchli qurol, shior)‖ 18[14]
, - deb yozadi.
Globallashuv   jarayonida   axborot   olishning   tezlashuvi,   shuningdek,   internet
orqali   uzatiladigan   turli   yangiliklarni   ijobiy   va   salbiy   jihatlarini   tahlil   qilish
masalalarini e`tibordan chetda qoldirmaslikni taqozo etadi. Masalan, globallashuv
haqida   1998   yilda   Nobel   mukofotini   olgan   Portugaliyalik   yozuvchi   J.Saramagu:
―Men antiglobalistik harakatlar tarafdoriman. CHunki menga   hozir sayyoramizda
keskin   tezlikda   shakllanayotgan   tartib,   nizom   yoqmaydi   -   degan   bo`lsa,   J.Soros	
‖
―globallashuvning   shuncha   kamchiliklariga   qaramay,   men   uning   rashkchi
tarafdoriman.   Men   uni   qo`llab-quvvatlashim   sababi   nafaqat   u   beradigan
qo`shimcha  boyliklar, balki u odamlarga berishi  mumkin bo`lgan erkinlik sababli
hamdir	
‖ 19[15]
, - deb yozadi.
Umuman   olganda,   globallashuv   murakkab   va   serqirra   jarayon   bo`lib,   uni
turli   mamlakatlar   hayotiga   o`tkazayotgan   ta`siri   ham   turlicha.   Bu   hol   dunyo
mamlakatlarining iqtisodiy, ma`naviy salohiyatlari  va siyosati  qanday ekani  bilan
bog`liq.   Dunyoda   yuz   berayotgan   shiddatli   jarayonlarning   har   bir   mamlakatga
o`tkazayotgan salbiy ta`sirini kamaytirish va ijobiy ta`sirini kuchaytirish, davlatlar
kelajagini belgilab beruvchi asosiy omil bulib qolmoqda.
Globallashuvning   asosiy   ko`rinishlari,   tendentsiyalari   va   oqibatlari
tevaragidagi   munozaralar   so`ngi   yillarda   nafaqat   jonlandi,   balki   qizg`in   tus
olmoqda. Bugun nafaqat bir davlatda,  balki butun dunyoda bir-biriga qarshi kurash
olib   borayotgan   "globalistlar"   va   "anti   globalistlar"ga   ajraldi.   Ayrim   olimlar
globalizatsiyani farovon turmush, tanlash huquqi va yanada ko`prok erkinlik, ya`ni
ko`chib   yurish,   to`liq   axborot   olish,   ko`proq   xaq   to`lanadigan   joyda   ishlash,   eng
yaxshi universitetlarda ta`lim olish erkinligi bilan bog`lasalar, boshqalar uchun esa globallashuv insoniyatga tahdid soluvchi, global isish, atrof muhitning ifloslanishi,
nazoratsiz   migratsiya   omillarining   vujudga   kelishi,   ishsizlarning   ko`payishi,
an`anaviy   qadriyatlarga   putur   etishi   kabi   muammolarni   tug`diruvchi   jarayon
sifatida   baholamoqdalar.   Bizning   nazarimizda,   globallashuv,   eng   avvalo,
taraqqiyot   sur`atlarining   tezlashuvi   orqali   butun   insoniyat   yalpi   Er   shari   taqdirini
birlashtirayotgan   siyosiy,   iqtisodiy,   ijtimoiy,   ma`naviy-axloqiy,   madaniy-ruhiy
hodisa   sifatida   o`zini   namoyon   etayotgan   bir   paytda,   uning   yaxlit   mohiyatining
ijtimoiy-falsafiy jihatdan tadqiq   etishni taqozo etmoqda. Ayni shu nuqtai-nazardan
qaraganda,   globallashuv   odamlar   orasida   ma`lum   bir   universal   va   umumhajmli
aloqani o`rnatishni nazarda tutadi.
Globallashuv tushunchasi uning ma`no mazmuni va insoniyat taraqqiyotdagi
o`rni   masalasiga   qiziqish   ortib   bormoqda.   Globallashuv   jarayoni   er   yuzidagi
mamlakat   va   xalqlarni   shu   darajada   uzviy   bog`lab   qo`ymoqdaki   bu   ni   bashariyat
tarixida   shu   paytga   qadar   hech   qaysi   vosita   amalga   oshira   olmagan.   Bu   jarayon
shunchalik   kuchayib   bormoqdaki   hozirdanoq   dunyoning   biron   bir   hududi   uning
ta`siridan   hali   qolayotgani   yo`q.   O`tgan   asrning   oxirlarida   paydo   bo`lgan
globallashuv   atamasi   jahon   mamlakatlari   iqtisodiy   va   ma`naviy   hayotining   yalpi
umumlashib   borayotganini   ifoda   etar   edi.   Globallashuv   shunday   jarayonni   undan
chetga turaman degan mamlakatlar uning ta`siriga ko`proq uchrab qolishi mumkin.
Bunday   g`ayri   ixtiyoriy   ta`sir   esa   ko`pincha   salbiy   oqibatlarga   olib   kelmoqda.
Mustaqillik   davrida   mamlakatlarimiz   olimlari   o`tkazgan   va   o`tkazayotgan
tadqiqotlar tahlili bu sohadagi ishlar endigina boshlanayotganidan darak  beradi.
Globallashuvga   berilgan   ta`riflar   juda   ko`p   lekin   uning   xususiyatlarini
to`laroq   qamrab   olagani,   bizningcha   frantsuz   tadqiqotchisi   B.   Bandi   bergan
ta`rifdir. Unga globallashuv jarayonining uch o`lchovli ekaniga urg`u beriladi.
Globallashuv - muttasil davom etadigan tarixiy jarayon.
Globallashuv - jahonning gomogollashuvi va universallashuvi jarayoni
Globallashuv - milliy chegaralarning yuvilib ketish jarayoni.
Bu ta`rifga keltirilgan globallashuv o`lchovlarining har  o`lchashga nisbatan
ham   muayyan   e`rozlar   bildirishi   mumkin.   Lekin   jahonda   yuz   berayotgan jarayonlarni   kuzatsak   ularning   har   o`lchovi   ham   unda   mavjud   ekanini   ko`ramiz.
Globallashuv   tarafdorlari   globalistlar   deb   ataladi.   Ular   orasida   davlat   arboblari
siyosatdonlar, sanoatchi va biznesmenlar ko`proq uchraydi.
Rossiyada   bo`lib   o`tgan   Aksilgloballashuv   sektorlari   anjumanidagi
ma`ruzasi   A.   Parshovil   fikricha   globallashuvnnig   asosiy   mazmuni   boshqa
mamlakatlarga ishlab chiqarilgan.
O`tgan   asrning   oxirlarida   paydo   bo`lgan   "globallashuv"   atamasi   jahon
mamlakatlari   iqtisodiy   va   moliyaviy   hayotining   yalpi   umumlashib   borayotganini
ifoda etar  edi. Bugungi  kunga kelib esa  u keng qamrovli  tushunchaga  aylandi. U
davlatlar   va   xalqlar   hayotining   barcha   sohalarida   yalpi   umumlashuv   jarayonini
anglatmoqda.   Garchand   globallashuv   jarayoni   birdaniga   paydo   bo`lib   qolmagan,
balki   inson   yaralgan   paytdan  boshlab   sodda   va  tabiiy   shaklda   davom   etib  kelgan
bo`lsada,   hozirgi   vaktda   insonning   o`z   manfaatlari   yo`lida   tabiiy   rivojlanish
jarayoniga zo`ravonlarcha aralashuvi natijasida shiddatli ravishda tezlashib ketdi.
Albatta,   bir   tomondan   qaraganda,   bu   jarayonning   ijobiy   jihatlari   ham   yo`q
emas. Chunonchi, ko`pgina mamlakatlarga fan-texnika, texnologiya yutuklarining
jadal   kirib   kelishi   globallashuv   tufayli.   Bu   esa   ularning   iqtisodiy   hayoti   rivojiga,
xalqlar   turmush   darajasining   ortishiga   ijobiy   ta`sir   ko`rsatmoqda.   Shu   tariqa
bashariyatning umumiy intellektual salo-hiyati yuksalishiga yordam bermoqda.
Ikkinchi   tomondan,   globallashuvning   salbiy   oqibatlari   ham   ko`zga   yaqqol
tashlanmoqda.   Jumladan,   rivojlangan   va   rivojlanayotgan   mamlakatlar   o`rtasida
iktisodiy   tafovutlarning   kuchayishi,   ayniqsa,   zamonaviy   telekommunikatsiya,
komp`yuter,   internet   vositalari   orkali   biron   bir   hududga   xos   milliy-ma`naviy
qadriyatlarni o`zga xalqlarga singdirish va shu yo`l  bilan jahonda nafaqat iktisodiy,
balki milliy-ma`naviy hukmronlikni o`rnatishga urinish hollari ham   kuzatilmoqda.
Bu jarayon XXI asrga kelib XX asrdagiga Karaganda ham keng qamrov kasb etdi,
ta`sir   imkoniyatinm   oshirdi,   eng   yomoni,   ko`pgina   rivojlangan   mamlakatlar
jahonda iqtisodiy   integratsiyani kuchaytirish,   fan-texnika, texnologiya, ta`lim   sohasida
rivojlanayotgan
mamlakatlarga   yordam   berish,   demokratik   qadriyatlarni   keng   yoyish bahonasida   milliy-ma`naviy   ta`sir   o`tkazishga   harakat   qilmokda.   SHu   jihatdan
qaraganda,   globallashuv   jarayoni   endigina   rivojlanish   yo`liga   kirgan   yoki
rivojlanayotgan mamlakatlardan ko`ra yuksak taraqqiy etgan   davlatlar manfaati uchun
ko`proq   xizmat   qilmoqda.   Qudratli   davlatlar,   ulkan   imkoniyatlariga   tayangan
holda, kam taraqkiy qilgan mamlakatlarning moddiy resurslarini o`zlashtirmokda,
bozorlarini   egallamokda.   Bu   esa   iktisodiy   zaif   mamlakatlarning   taraqqiyot
borasida   mustaqil   yo`l   tutish   imkoniyatlarini   cheklab   ko`yayotir.   CHunki   ishlab
chiqarishni   tashkil   kilish   va   amalga   oshirish   uchun   zarur   texnika,   texnologiya
hamda   ilmiy   ishlanmalar   rivojlanayotgan   mamlakatlarning   o`zida   tayyorlanmay,
chetdan   olib  kelinmoqda.   SHu  tariqa  rivojlanayotgan   mamlakatlar yuksak taraqqiy
etgan mamlakatlarga bog`lanib qolishga,   J
  yana ham aniqrog`i, qaramlikka mahkum
bo`layotir.   Boshqacha   aytganda,   globallashuv   bosqinchilikning   yangi   bir   shaklini
boshlab bermoqda.
Siyosiy   fandagi   modernizatsiya,   vesternizatsiya,   universalizatsiya   kabi
globalizatsiya   ham   universal   definitsiyaga   ega   emas.   Bu   fenomen   olimlar   va   fan
arboblari   tomonidan   turlicha   talqin   etiladi.   SHunga   qaramasdan   ular   mohiyatan
yagona   mazmunni   anglatadi,   ya`ni   globallashuv   frantsuzcha   «umumiy»   degan
ma`noni   anglatib,   butun   insoniyat   hamjamiyatining   o`zaro   iqtisodiy,   siyosiy,
ijtimoy va madaniy aloqalarini qamrovchi jarayon sifatida talqin etiladi.
Ilmiy   adabiyotda   globalizatsiya   jarayoni   haqida   dastlab   amerikalik   olimlar
fikr   yuritishgan   deb   qabul   qilingan.   «Globalizatsiya»   terminini   birinchi   bo`lib
T.Livettu   o`zining   1983   yilda   nashr   etilgan   «Garvard   biznes   rev`yu»   maqolasida
qo`llagan   bo`lib,   unda   globallashuv   yirik   transmilliy   korporatsiyalar   tomonidan
ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qo`shilish fenomeni sifatida qaralgan.
Garvard   biznes   maktabi   maslahatchisi   yapon   Kenichi   Omae   o`zining   1990
yilda   nashr   etilgan   «CHegarasiz   dunyo»   asarida   ushbu   terminga   kengroq   ta`rif
beradi.   Uning   fikricha,   kishilar,   firmalar   va   bozorlarning   ahamiyati   tobora   oshib,
davlatning   nufuzi   qisqarib   boradi.   Globallashuv   erasida   barcha   xalqlar   va
jarayonlar   global   bozorning   ta`siriga   tushadi,   an`anaviy   davlat   esa   o`zining
tabiiyligini   yo`qotib   biznesdagi   hamkor   sifatida   yaroqsiz   bo`lib   qoladi.   Xalqaro iqtisodiy sahnada asosiy harakatlanuvchi subyektlar sifatida global firmalar qoladi.
M.YU.CHernavskiyning   fikricha,   ushbu   fenomen   uch   xil   ma`noda
tushunilishi   mumkin.   Birinchidan,   kishilar,   davlatlar   va   madaniyatlar   o`rtasidagi
o`zaro   aloqalar   hududining   kengayib   borishi   sifatidagi   tarixiy   jarayon   sifatida.
Ikkinchidan,   dunyoning   siyosiy-iqtisodiy   va   madaniy   bir   xillikka   tomon   harakati
sifatidagi   umumiylik   va   gomogenizatsiya   jarayonlarining   kuchayishi   natijasida
ro`y beradigan dunyoning universallashuvi  sifatida. Uchinchidan, o`zaro iqtisodiy
munosabatlar sohasida milliy chegaralarning shaffoflashib borishi sifatida. 20[148]
SHuningdek,   M.YU.CHernavskiy   globalizatsiya   hodisasini   modernizatsiya
mahsuli   sifatida   qaraydi.   Uning   fikricha,   Sovet   Ittifoqining   «amerikanizatsiya»
loyihasiga   qarshi   qo`llagan   modernizatsiya   loyihasi   keyinchalik   globalizatsiya
nomini   oldi.   Boshqacha   aytganda,   globalizatsiya   sotsialistik   modernizatsiya
loyihasi inqirozining qonuniy oqibatidir.
YAna bir rus olimi Rossiya strategik tadqiqotlar markazi rahbari o`rinbosari,
tarix fanlari doktori Mixail Muntyanning fikricha, globalizatsiya hodisasiga ilmiy
jihatdan   aniq   va   mazmunli   qarash   asosan   globallashuv   jarayonini   fan   texnika
inqilobining   informatsion   bosqichi   va   uning   dunyo   iqtisodiy,   moliyaviy,
telekommunikatsion,   transport   tizimlari   rivojiga   real   ta`siri   bilan   bog`lovchi
olimlarning ishlarida uchraydi.
Ular   globallashuv   tushunchasini   jamiyatning   informatsion   bosqichdagi
xalqaro   rivojlanishning   asosiy   yo`nalishi   sifatida   taqdim   etadilar.   Ularning
fikricha, Internet va butun dunyoni qamrab olgan turli xil transmilliy tashkilotlar,
korporatsiyalar   va   harakatlar   globallashuv   jarayonining   ramziy   timsollari
hisoblanadi.
YAna   bir   o`rinda   globallashuvning   quyidagi   ta`rifi   keltiriladi:
«Globallashuv-mavjud global  jarayonlarni  boshqarish  maqsadida davlatlarning va
xalqaro tashkilotlarning keng qamrovli aloqalari va hamkorliklari tizimidir».
SHu   o`rinda   ta`kidlash   lozimki,   globallashuv   va   global   rivojlanish
tushunchalari   bir-biridan   farq   qiladi,   zero   global   rivojlanish   butun   dunyo
miqyosida   sodir   bo`layotgan,   inson   faoliyati   natijasida   ro`y   berayotgan   va insoniyat   taraqqiyoti   uchun   tizimli   ahamiyatga   ega   bo`lgan   siyosiy,   iqtisodiy,
ijtimoiy, madaniy, ekologik, informatsion, psixologik o`zgarishlar majmuasidir.
YUqoridagilardan   ko`rinib   turibdiki,   globallashuv   jarayoni   ko`p   qirrali   va
xilma-xil ta`rifli hodisadir.
Globallashuv   erkin   xalqaro   savdo   gimnining   «muallifi»   hisoblanadi.
Globallashgan   iqtisod   butun   dunyoda   farovonlik   darajasini   oshirish,   shuningdek,
ijtimoiy   sohadagi   muammolarni   likvidatsiya   etishda   eng   samaralidir.   Xattoki,
atrof-muhitni   muhofaza   qilish   borasida   ham   erkin   savdo   tufayli   ijobiy  natijalarga
erishish   mumkin,   chunki   kuchli   raqobat   bosimi   resurslarga   ehtiyotkorona
munosabatni shakllantiradi va tabiat bilan munosabatda oqilonalikka majbur etadi.
Eng asosiysi bu jarayon shaxs rivojlanishiga olib keladi. Sababi texnologiya yangi
turlarining   kirib   kelishi,   ishlab   chiqarish   usul   va   vositalarining   takomillashishi
intellektual   jihatdan   salohiyatli   kadrlarga   ehtiyojni   vujudga   keltiradi.   Natijada
kishilarda yangiliklarni o`zlashtirish va intellektual salohiyatni oshirishga etarlicha
impul`s beriladi. Kuchli raqobat ularni o`z-o`zlarini takomillashtirishga va mavjud
sharoitga   moslashishga   majbur   etadi.   Nihoyat   bu   butun   jamiyatda   intelektning
yuksalishiga olib keladi.
Bundan   tashqari   globallashuvning   demokratizatsiya,   informatizatsiya   kabi
jarayonlari   jamiyat   rivojida   alohida   ahamiyatga   ega.   Jumladan,   demokratizatsiya
jarayonida   sotsiumning   elementlari   ierarxiyasida   jiddiy   o`zgarishlar   ro`y   beradi.
Ushbu ierarxiya quyidagicha strukturaga ega bo`ladi: shaxs-jamiyat-davlat. Bunda
davlat   shaxs   va   jamiyat   manfaatlarini   ta`minlovchi   instrument   vazifasini   o`taydi.
Jahon   arenasida   o`z   nufuziga   ega   bo`lishni   istagan   har   qanday   davlat   ushbu
ierarxiyaga amal qilishi lozim.
Informatizatsiya jarayoni ham shaxs rivojida muhim ahamiyatga ega. Bunda
shaxs o`zining axborotga bo`lgan ehtiyojini etarli darajada qondiradi. SHuningdek
u   ham   informatsiya   resursiga   ega   bo`ladi,   ham   dunyoqarashini   zamonaviy   talab
darajasida shakllantiradi.
Ammo  yuqoridagi   ijobiy   xususiyatlariga   qaramasdan   globallashuv   hodisasi
uchinchi   dunyoda   negativ   qabul   qilinadi.   Jumladan,   AQSH   professori   (asli afrikalik) Dennis Brutusning fikricha, globalizatsiya  «profits before people», ya`ni
«foyda   insondan   muhim»   printsipi   asosida   harakat   qilmoqda.   Uning   bahosiga
ko`ra, globalizatsiyaning tarqalishi bilan ijtimoiy hayotda inson qadri yo`qoldi, pul
axloq ustidan hukmronlik o`rnatdi 21[149]
Professor   Mbeki   globalizatsiya   jarayonini   antidemokratiya   maqsadidagi
biznes deb ataydi. Uning fikricha globalizatsiya kelishi bilan biznesning moliyaviy
shaffofligi   to`liq   yo`qoldi   va   oylik   maoshlar   qisqardi.   U   o`zi   bilan   g`arb
qulchiligining yangi shaklini olib keldi. Bunday   qulchilikning xarakterli xususiyati
shundaki, unda  «xo`jayin» shaxssizlashadi. 22[150]
YAna   bir   antiglobalist,   Kairdagi   Amerika   universiteti   professori   Arui
Mafele   globallashuvni   «Butun   dunyo   kapitalistlari   birlashing!»   shiori   ostida   ro`y
berayotganligini   ta`kidlaydi.   Uning   fikricha,   globallashuv   tabiiy   jarayon   emas,
balki   u   siyosiy   boshqariladi.   Globallashuvning   asosiy   raqibi-   bu   milliy
oppozitsiyadir. 23[151]
Albatta   globallashuv   jarayonining   salbiy   oqibatlaridan   ko`z   yumib
bo`lmaydi. Ayniqsa  uning madaniy standartizatsiya, informatizatsiya va qadriyatiy
universalizatsiya   jarayonlari   milliy   identifikatsiya   krizisini   keltirib   chiqaradi.
Ammo   bunday   salbiy   holatlarni   oldini   olishning   samarali   yo`li   bu-   ushbu
jarayonning faqatgina ta`sir obyekti emas, balki subyektti ham bo`lishdir. Bugungi
kunda   ayrim   davlatlarni   hisobga   olmaganda   dunyoning   deyarli   barcha
mamlakatlari   globallashuvning   obyekti   hisoblanadi.   Masalan,   YAponiya   ushbu
jarayonning ham obyekti, ham subyekti. U globallashuvning obyekti sifatida G`arb
qadriyatlarini   o`zlashtirib,   subyekt   sifatida   ularni   adaptatsiyalashgan   ko`rinishda
Osiyoning   boshqa   mamlakatlariga   taqdim   etmoqda. 24[152]  
Globallashuv   davr
taqazosi, rivojlanishning ayni damdagi tabiiy qonuniyati. Undan voz kechish yoki
boshqacha yo`ldan rivojlanish mumkin emas.
Bugungi   kunda   globallashuv   atamasi   shunchalik   mashhur   bo`lib
ketganganki,   uni   XXI   asr   mahsuli   desak   mubolag`a   bo`lmaydi.   SHu   o`rinda,
izohlash uchun xilma-xil yondashuvlar, nazariyalar, paradigmalar ishlab chiqilgan
bo`lib,   ularning   hammasini   sharhlab   quyidagi   xulosaga   kelish   mumkin: globallashuv   halqlar,   mamlakatlar   transformatsiyasi,   insoniyatning   bir   butunlikka
integratsiyasini   keltirib   chiqaradi.   SHu   ma`noda,   muayyan   jamiyat   o`zidan   etuk
deb hisoblagan boshqa jamiyatning mafkura, qarashlar, ilmiy-texnikaviy, madaniy
yutuqlarni   o`zlashtirishi   globallashuv   ta`siri   ostida   bo`ladi.   SHu   borada,   kimdir
buni   jahonning   yangi   tarkibi   shakllanishida   xalqlarning   yaqinlashuviga,   iqtisodiy
farovonlikka   ijobiy   ta`sir   etadi,   deb   (K.Omae,   P.Draker,   T.Piters,   S.Reysmit,
S.Xantington va b.) hisoblasa, boshqalar (Z.Bauman, N.V.Zagladin, F.Fukuyamo,
G.P.Martin,   X.SHuman,   M.G.Delyagin,   V.I.Dobren`kov   va   b.)   globallashuv
milliylikning   yo`qolishi,   bir   mamlakatning   boshqa   yirik   ilmiy   salohiyatga   ega
bo`lgan davlatlarga qaramligini oshiradi deb qaraydilar.
SHu   asnoda   nafaqat   oddiy   o`quvchi,   balki   o`z   mustaqil   mushohada-
mulohazasiga   ega   bo`lgan   odamlarda   ham   globallashuv   jarayoni   ta`sirida
jahonning   yangi   tarkibi   yoki   bo`lmasa   millatlarning   totuvligini   ta`minlovchi
madaniyati, ma`naviyati qanday bo`lishi to`g`risida gumon-shubhalar, ikkilanishlar
paydo bo`lishi tabiiy.
Bundan   tashqari,   globallashuv   masalasiga   oid   zamonaviy   bahslar   ushbu
muammoni   yanada   chigallashtirib   yubormoqda   hamda   yangi   muqobil   g`oya,
nazariyalarning paydo bo`lishiga turtki bermoqda. Jumladan,  ―Frantsuz olimi Jak
Le Dyumgi quyidagi yondashuvlarni ishlab chiqadi:
Liberal   yondashuv.   Globallashuv   faqatgina   obyektiv   jarayon   emas,   foydali
fenomen sifatida iqtisodiy, ijtimoiy samaradorlikka olib keladi;
Madaniy   yondashuv.   Milliy   madaniyatlar   inqirozi   tarixiy   jamiyatlar
to`qnashuvi,  ―chatishgan madaniyat  ning paydo bo`lishi‖ ‖ 25[153]
.
YUqoridagi   yondashuvlardan   farqli   o`laroq   Golland   tadqiqotchisi
YA.N.Piters globallashuvni izohlashda quyidagi paradigmalar tipologiyasini taklif
etadi.
―TSivilizatsiyalar   to`qnashuvi.   Turli   madaniyatga   mansub   jamiyat
mamlakatlarining  konfrontatsiyasi;
―Makdonal`dlashuv .   Transmilliy   kompaniyalar   amalga   oshirayotgan	
‖
moderinizatsiya ostida   (vesternizatsiya,   evropeizatsiya,   amerikanizatsiya)   madaniyatlari
gegemonlashuvi.
―Gibridlashuv .   Halqaro   munosabatlar   ostida   umumiy,   aralash‖
madaniyatning paydo bo`lishi	
‖ 26[154]
.
SHunday   qilib,   globallashuv   ko`p   qirrali   jarayon   bo`lganligi   uchun   uni
sharhlashda   ancha   muammolarga   duch   kelamiz.   Buni   bartaraf   etish   maqsadida
jahonda   globallashuv   ta`siri   ostida   bo`layotgan   jarayonlarni   to`liq   va   mukammal
tahlil etib ko`rishga to`g`ri keladi.
Globallashuv davrlari
Ta`riflardan   birida   globallashuv   Er   kurrasi   bo`ylab   yoyilayotgan
kommunikatsiya   va   ayirboshlash   tarmoqlar   orqali   va   ular   tufayli   mintaqaviy
xo`jaliklar,   jamiyatlar   va   madaniyatlar   bir   biri   bilan  yaqinlashib,   bir  biriga  singib
ketganligini   ifoda   etadi,   deyiladi.   F.Tolipovning   ―global   taraqqiyot   deganda   biz
kishilar   hamjamiyatlarining   hayotiy   faoliyati   natijasida   jahon   miqyosida   sodir
bo`layotgan va butun insoniyat taraqqiyoti uchun tizimiy ahamiyatga ega siyosiy,
iqtisodiy,   ijtimoiy,   madaniy,   ekologik,   psixologik   o`zgarishlar   majmuini
tushunamiz	
‖ 27[131]
, degan ta`rifi  globallashuvning asosiy jihatlarini qamrab oladi, deb
hisoblaymiz.
Globallashuv   alomatlari   qadim   zamonlardan   beri   kuzatiladi.   Qadimgi   va
o`rta   asrlar   imperiyalari   tarix   qatlarida   qolib   qetgan   bo`lsa-da,   o`sha   davrlardagi
globallashuv tamoniga bo`lgan  siljishlar saqlanib qoldi. Bunga bir misol Ipak yo`li
bo`lsa,   boshqa   misol   sifatida   CHingizxon   imperiyasida   barpo   etgan   pochta
xizmatini  ko`rsatish  mumkin. Ammo xususiy, tor  ma`noda globallashuv, deb  eng
oxirgi   davr   yuritiladi.   Bugun   o ’zini   yorqin   namoyon   qilayotgan   globallashuv   bir
necha   asrlik   ildizlariga   ega.   XV-XVII   asrlardagi   geografik   kashfiyotlar   ko’plab
mamlakatlar   va   mintaqalarning   xalqaro   savdo   doirasiga   tortilishiga,   sanoat
revolyusiyasi   esa   umumiy   aloqalarning   yanada   kuchayuvi,   keng   qamrab   kasb
etishiga   iqtisodiy   zamin   yaratgan   edi.   Keyingi   davlarda   bunday   munosabatlar
yanada   chuqurlashib   bordi.   XX   asr   boshlariga   kelib   yangi   sifatiy   xarakter   kasb
etgan   va   ijtimoiy   xayotning   barcha   sohalarini   qamrab   olgan   mazkur   jarayon globallashuv   tushunchasi   orqali   ifodalana   boshlandi.   Jumladan,   globallashtirish
jarayonlari antik davrdan buyon yoki boshqa variantlarda, dastlabki jahon bozorlari
yoki   yaxlit   jahon   xo‘jaligi   yuzaga   kelgan   vaqtlardan   e'tiboran   rivojlanib
kelayotgani   to‘g‘risidagi   tasdiqni   ham   uchratish   mumkin.   Siyosiy   kon'yunktura
mahalliy   Markazi   direktori   V.Fedorov 28
  Globallashtirish   butun   dunyo   –   tarixiy
jarayon sifatida XVIII asr boshlaridan e'tiboran yuzaga kelgan deb hisoblaydi.
Umuman olganda, xalqlar va ularning davlat tuzilmalari o ’rtasida har doim
ma‘lum  aloqalar yuz berib kelgan. lekin ayrim olimlarning fikricha,   globallashuv buyuk
geografik
kashfiyotlar   natijasida   va   Yevropa   madaniyati   ta ‘sirida   xvi   asrdan
boshlangan.   kishilar   kemalarda   dunyoning   ko’p   joylariga   suzib   bora   boshlagan.
lekin bu jarayon ko’pchilikning hisoblashicha, xx asrda dunyoviy ko’lam kasb etib
o’z yakuniga yetgan. Agar uning birinchi davri   (xvi–xvii asrlar)da   mamlakatlar o’z-
o’zicha yetarli holatda bo’lgani uchun ular o’rtasidagi
jarayonlar kuchsiz kechgan, xix asrda esa dunyoviy yaxlitlikka erishilmagan
bo ’lsa-da,   davlatlar   o’zaro   keng   aloqalarga   kirishganki,   bularning   natijasi
globallashuvni   kuchaytirmasligi   mumkin   emasdi.   uchinchi   davr   –   xx   asrda   yuz
bergan   tarixiy   voqealar   1929–1933-yillardagi   jahon   iqtisodiy   krizisi,   ii   jahon
urushi,   davlatlar   valuta   aloqalaridagi   oltin   standartining   tanazzuli,   isroilning
qo’shni   arab   davlatlariga   navbatdagi   tajovuziga   javoban   neftga   boy   arab
davlatlarining   yoqilg’i   narxini   oshirgani   natijasida   1973–1974-yillardagi   inqiroz,
sovet   davlatining   barham   topishi,   «sotsialistik   hamdo’stlik»   mamlakatlarida   tinch
kechib, tuzum tabiatini o’zgartirgan voqealar va boshqalar globallashuv ko’lamini
yaqqol ko’rsatdi.
Globalizatsiya   19-asrining   60-yilaridan   boshlab   yonqin   namoyon   bo`ldi.
Boshqa   fikrlarga   ko`ra   globalizatsiya   19-asrning   oxirida   boshlanib,   o`tgan   asrning
oxirgi   choragida   glоbaliziruyushemsya   mire   //   Caucasus   and   Central   Asia   in   the
Globalization Process.  International  Conference/  12-13 May, 2003, Baku.  C. 169.
Ravshanrоq   bo`lishi   uchun   iqtisоdiy   glоballashuv   jihatlari   sifatida   teхnikaviy
glоballashuvni,   ijtimоiy   glоballashuv   dоirasida   huquqiy/aхlоqiy   va   diniy   va mazkur   barcha   sоhalarga   taalluqli   infоrmatsiоn   glоballashuvni   ko`rsatish   jоiz
bo`lur.   28
  Русский   предприниматель.   2002   г.,   январь,   стр.   28   jadallashdi. 29[132]
Globallashuv   transmamlakat   korporatsiyalarining   tez   sur`atlar   bilan   kengayishi
ortidan   xo`jaliklarning   ―o`sish-yo-o`lish   dinamikasini   ifoda   etuvchi   sistemik‖
tendentsiyaning   natijasidir,   degan   fikr   bildirilgan. 30[133]
  O`z   navbatida   bu   tendentsiya
trasmamlakat
korporatsiyalarning jadal o`sib borishi bilan bog`liqdir. Iqtisodiy kontekstda
globallashuv   tovarlar,   sarmoya,   xizmatlar   va   ishchi   kuchi   oqimini   osonlashritish
maqsadida   davlatlar   chegaralaridagi   to`siqlarni   bartaraf   qilish   yoki   sezilarli
darajada pasaytirishni anglatadi. Tor ma`nodagi globallashuv  savdo-sodiq, bevosita
chet   el  investitsiyalari,  kapital   oqimi,  migratsiya   orqali   mamlakatlar   xo`jaligining
bir   internatsional   xo`jalikka   intregrallashuvni   anglatadi.   Keng   ma`nodagi
globallashuvga   g`oyalar,   tillar   va   ommabop   madaniyatning   mamlakatlararo
almashinuvi hamroh bo`ladi.
O`zbekiston   globallashuv   jarayonidan   chetda   qolmadi.   Ipak   yo`lining   bir
necha   marshruti   hozirgi   O`zbekiston   eridan   o`tgan,   Samarqand   va   Buxoro   Ipak
yo`lidagi   yirik   savdo   markazlari   sifatida   jahonga   tanildi.   Hozirgi   O`zbekiston   eri
xalqaro   tijorat   yo`llarining   chorrahasi   sifatida   o`z   ahamiyatini   kech   o`rta
aslargacha   saqlab   keldi.   Ushbu   globallashuv   natijasi   o`laroq   Markaziy   Osiyo
erlarida   ma`naviy   sohada   diniy   tolerantlik,   ilm-fanga   charqoqlik   vujudga   kelgan,
islom diniy tafakkuri va grek falsafasi kirib kelgan bo`lsa, xo`jalikda ipakchilik va
paxtachilik rivojlandi, muayyan mahsulot ekport qilindi. Salbiy oqibatlar ham yo`q
emas edi   – ―miyalar sizib ketishining  ilk ko`rinishlari, yalpi ichki mahsulotning	
‖
bir qismi markazga to`lov sifatida olib ketilishi, masalan.
Rossiya   istilosi   bilan   globallashuv   jadallalashdi   va   boshqa   yo`nalish   oldi.
Turkiston oykumenasi deformatsiyaga uchradi. Iqtisodda paxtachilik va ipakchilik
ko`lami   oshgan,   temir   yo`llar   va   shular   asosida   paxtaga   dastlabki   ishlov   berish,
mexanik   ishlab   chiqarish   paydo   bo`lgan   bo`lsa,   turmush   tarziga   Yevropacha
unsurlar   kira   boshladi   va   ko`payib   bordi.   Ma`naviy   sohada   ta`lim   tizimini   isloh
qilish   g`oyalari,   yangi   usul   maktablari,   dramaturgiya   janri,   teatr   yuzaga   keldi. Siyosiy sohada konstitutsiyaviy monarxiya, imperiya tabaalarining millati, dinidan
qat`i   nazar   tenghuquqligi   g`oyalari   muhokama   qilina   boshladi. 31[134]
  Mustaqillik
O`zbekiston   uchun   oykumenani   kengaytirib   xalqaro   munosabatlarning   to`laqonli
qatnashchisiga   aylanishga   imkon   yaratdi,   respublika   BMTga,   ko`pchilik   xalqaro
shartnoma, konventsiya, ularga qo`shimcha protokollar va hokazolarga a`zo bo`ldi.
Xulosa   o`rnida   aytish   joizki,   globallashuv   jarayoni   zamonaviy   fenomen
sifatida o`z vazifasini  qanday yo`l bilan bo`lsa  ham ado etmoqda. Albatta, bunda
ba`zi   ma`lum   va   noma`lum   (globallashuv   bayroqdorlari   ham   deyish   mumkin)
kuchlar   bu   jarayonni   sun`iy   tezlashtirsalar   ham   yoki   manfaat   ko`rsalar   ham
yuqorida   keltirilgandek   millatlar   ma`naviyati,   mentaliteti,   o`zgarishi   yoki
mustahkamlanishi, o`ziga xosligini saqlab qolishi qaysidir ma`noda mamlakatning
o`ziga bog`liq bo`lib qoladi.

GLOBALLASHUV TUSHUNCHASI, MOHIYATI, JAMIYAT HAYOTIDA NAMOYON BO„LISH XUSUSIYATLARI. GLOBALLASHUVNING NAZARIY ASOSLARI Reja: 1. Globallashuv tushunchasi. 2. Globallashuvning asosiy xususiyatlari va namoyon bo ’lish yo’llari. 3. Globallashuv amalga oshishining turli xil vositalari. 4. Globallashuv to ’lqinlari, davrlari. 5. Globallashuv universallashuv j arayonida sifatida. 6. Globallashuv fenomen sifatida.

Globallashuv (globalizatsiya) - lotincha ―glob so’zidan olingan bo’lib, aynan‖ uni ―dumaloqlashuv , ―kurralashuv deb tarjima qilish mumkin. Yer sharining, ‖ ‖ Yer kurrasining fan- texnika yutuqlari tufayli insoniyat ixtiyoridagi xuddi bir butun sharga, kurraga aylanishini tushuntirish uchun ishlatiladi. ―Global tushunchasi ‖ lug’aviy ma'nosi nuqtai nazaridan fransuz tilida ―umumiy , lotin tilida esa ‖ ―globus -Yer shari ma'nolarini bildiradi. Demak, globalizm tushunchasi ana shu ‖ ‖ ikki ma'noda ham bevosita insoniyat hayoti va taqdiri bilan bog’liq bo’lgan katta muammolarni, ―sayyoraviy , ―dunyoviy muammolarni, global taraqqiyot ‖ ‖ istiqbollarini o’ziga qamrab oladi. Globallashuv atamasi birinchi bor 1960 yil Giddins tomonidan foydalanilgan 1 . Bu atama XX asrning 90-yillarigicha deyarli foydalanilmagan. 1985 yilga kelib amerikalik sotsiolog R. Robertson «globallashuv» atamasiga tushuncha bergan 2 . Globalizatsiya atamasi birinchi bo’lib iqtisodchi olimlar tomonidan 1981 yildan beri qo’llanilib kelingan. Ammo bu so’zning to’liq ma‘nosi, konsepsiyasi 1990 yilning yarmida amerikalik olim CHarlz Taz Rassel tomonidan to’liq ochib berilgan. ―Globallashuv atamasi dastlab amerikalik olim T.Levitt tomonidan 1983 yili ‖ «Garvard biznes rev`yu» jurnalida chop qilgan maqolasida qo`llangan. T.Levitt yirik transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqaradigan turli-tuman mahsulot bozorlarining birlashuv jarayonlarini ―globallashuv deb atagan3 ‖ 3 . Mazkur ta rifda globallashuv jarayonining iqtisodiy tamonlariga etibor berilgan. O`z davrida frantsuz faylasufi Rene Dekart ―Tushunchalar ma nosini aniqlashtiring va bu insoniyatning yarmini adashishdan saqlaydi - deb yozgan edi. Ayni shu ma noda ‖ dastlab biz ―globallashuv tushunchasining istilohiy manosini izohlashga harakat ‖ qilamiz. Bu so’zga quyidagicha tarif berish mumkin: Globallashuv - Jahon xo’jaligi 1 Шахрай С.М. Глобализация в современном мире: политико-правовые аспекты. – СПб : Фонд поддержки науки и образования в области правоохранительной деятельности «Университет»,2004.С.6 2 Что такая глобализация? По сайту http://www.univer.omsk.su/omsk/socstuds/glob/index.html 3 Umar о v B. Gl о ballashuv ziddiyatlari. – T.: Ma`naviyat, 2006. 8-b

rivojlanishining ob‘ektiv jarayoni bo’lib, juda ko’p ijobiy xususiyatlarga egadir: bular asosan turli mamlakatlar xo’jaligining o’zaro aloqasi, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, ilm - fan texnika texnalogiya yutuqlari almashuvini tezlashishni hamda davlatlarni ilmiy texnikaviy taraqqiyotiga ko’maklashuv bilan tasdiqlanadi. Globallashuv — butunjahon iqtisodiy siyosiy, madaniy integratsiya va unifikatsiya (bir birga yaqinlashuv) jarayonidir. Asosiy xususiyatlari xalqaro mehnat taqsimoti, kapital, ishchi kuchi va ishlab chiqarish resurlarining erkin harakati, qonunchilik, iqtisodiy va texnologik jarayonlarni standartlashtirish, shuningdek, turli mamlakatlarning madaniyatining qo’shilish va yaqinlashuvidir. Bu ob‘ektiv jarayon bo’lib jamiyatning barcha sohalarini qamrab oluvchi tizimli xususiyatga ega. 4 Globallashuvga qarshi harakatlar ham mavjud bo’lib, ular globallashuv natijasida yuzaga keladigan va kelayotgan muammolarni oqibati salbiy deb e‘tirof etishadi. Bunday tashkilot, uyushma, harakatlarga Green, AntiDaos kabi bir necha antiglobilistlarni kiritish mumkin. Globallashuv bosqichiga mintaqalashuv bosqichini bosib o ’tish lozim. Vaholanki, globallashuv yaxlit jarayonlarni o`z ichiga qamrab oladi. A.Ochildievning ta`kidlashicha, ―...eng umumiy ma`noda, globallashuv, bir tomondan, muayyan hodisa, jarayonning barcha mintaqalar, davlatlar va butun Er yuzini qamrab olganini, ikkinchi tomondan, ularning insoniyat taqdiriga dahldor ekanini anglatadi‖ 5[2] . V.I.Danilov-Danil`yan esa ―Globallashuv ko`proq mantiqdan emas, balki tarixiy paradigmadan kelib chiqqan so`zdir. Globallashuv jihatlarining o`zaro aloqadorligini aniq va ravshan tahlili mavjud emas ‖ 6[3] , - deb yozgan edi. YUqoridagi ta`riflardan ko`rinadiki, globallashuv jarayoni o`zining murakkabligi va serqirraligi bilan alohida ajralib turadi. SHuning uchun ham S.Otamuratov ―...globallashuv tushunchasi haqidagi qarashlar turli-tumanligicha davom etib kelmoqda. Bu tabiiy hol. CHunki uning makon va zamonda sodir bo`lish xususiyatlari turlicha bo`lib dunyoning o`zgarishiga o`tkazayotgan ta`sirida ham yangi- yangi imkoniyatlari namoyon bo`lmoqda ‖ 7[4] . 1980-1990 yillar bo‘sag‘asida ―globallashtirish ‖ tushunchasi yangi talqinga ega bo‘ldi: asli yaponiyalik keyinroq 4 Глобализация ru.wikipedia.org сайтидан олиниб таржима қилинди (таржима Усманов М.)

amerikalik mashhur iqtisodchi K.Ome ta'riflab bergan mazkur atamaning ommaga tushunarli bo‘lgan ifodasidan jahon xo‘jaligi rivojlanishining nisbatan yangi qirralari va tavsiflari, uning dastlabki taraqqiyot bosqichlaridan farqlanuvchi hozirgi holatini ko‘rsatish uchun tatbiq eta boshladilar. Proffesor A. Katsovich globallashtirish jarayonini tasvirli yoritilishi va jahon xo ‘jaligining yangi tavsiflari yuzaga kelishi: ―Globallashtirish chegaralar orqali iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni intensifikatsiya qilish orqali aniqlanishi mumkin. Globallashtirish – bu erkin savdo to‘g‘risidagi bitimlar uyg‘unligi, jahonni yagona va o‘ta raqobatli bozorga aylantirgan Internet hamda moliyaviy bozorlarning birlashishidir , degan taklifni kiritadi‖ 8 . Jahon olimlari tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot-larda «Globallashuv» tushunchasiga turli ta‘riflar berilmoqda va unga turli qarashlar va munosabatlarni bildirish davom etib kel- moqda. Lekin uning er kurrasining bir butunligini ifodalash va barcha soqalarning «yagonaligini» ta‘minlash jarayoni, omili si-fatida qarash umumiy qarashlardan ustuvor bo’lib kelmoqda. Jum-ladan, rus olimi I. Burikova globallashuvni jarayon sifatida qaraydi va olimlar tomonidan unga nisbatan qarashlarni umum-lashtirib, uning uchta asosiy jihatini ko’rsatadi: Bilim jiqatlari - globallashuv jarayoni haqida nimalar ma ‘-lumligi. Emotsional - bu ma ‘lumotga qanday yondoshuv zarurligi. Axloqiy - nima qilish kerak ekanligi. 5 Uning ta ‘kidlashicha, Sankt-Peterburg Universitetining siyo-siy psixologiya fakulteti psixologlari globallashuvni jaxrnda siyosiy qokimiyatning yangi shakli sifatida tushunadilar. Bu siyo-siy hokimiyat yangi shakllarining instrumentlari quyidagilardir: informatsion globallashuv - informatsiya soh_asidagi o ’zgarishlar; iqtisodiy globallashuv - iqtisodiy soqadagi o ’zgarishlar; mintaqaviy globallashuv - hududlar va chegaralar sohasidagi o ’zgarishlar; demografik globallashuv - globallashuvning asosiy instru-menti bo ’lib, insondagi barcha asosiy o’zgarshdlarni o’ziga qamrab oluvchi o’zgarishlardir. 5 Оchildiev A. Glоballashuv va mafkuraviy jarayonlar. – T.: Muharrir nashriyoti, 2009. 64 b.

SHuningdek, muallif ularning har birining o ’ziga xos xususi-yatlari haqida batafsil fikr yuritgan. 6 YAna bir rus olimi L.E. Grininning fikricha, «Globallashuv -mintaqalar va umuman jahonning integratsiyasi va yaqinlashuvining natijasidir» 7 . U globallashuvga jarayon sifatida qaraydi va unga quyidagi ta ‘rifni beradi. «Globallashuv - bu jarayon, uning nati-jasida dunyo o’zining barcha sub‘ektlariga yanada aloqador va yana qam bog’liq bo’ladi» 8 . Rus olimlaridan yana biri professor A.G. Kosichenko qam glo-ballashuvga jarayon sifatida qaraydi. U shunday yozadi: «Globalla-shuv ko’p o’lchamli jarayon, u o’z ta‘sir doirasiga gurli usul va vositalar bilan barcha soqalarni qamrab oladi». Ayni paytda uning fikricha, «iqtisodiyotning o’ziga xos qukmronlik ta‘siri bugun ja-h_on hayotining barcha sohalarida namoyon bo’lmoqda».' 2006 yilda «Globallashuv» tushunchasi va uning turli sohalarga o’tkazayotgan ta‘si-rini aniqlashga bag’ishlangan jahonning etakchi olimlari qamkor-ligida «Globalistika mejdunarodnsh mejdissiplinarnsh ensik-lopedicheskiy slovar» tayyorlanib e‘lon qilindi. Unda globalla-shuv tushunchasiga olimlar turlicha ta‘rif berganlar va uning ta‘-sir doirasini aniqlashga qarakat qilingan. Jumladan, amerikalik olim T.Fridman bu qaqda shunday ta‘kidlaydi: «Globallashuv - bu «sovuq urush tizimini» almashtirgan yangi tizim» 10 . Keltiril- gan fikrdan ko’rinib turibdiki, iqtisodiyotda kechayotgan globalla-shuv jamiyat, mamlakat va xalqlar qayotining barcha soqalariga o’zi-ning ta‘sirini o’tkazmoqda. SHuning bilan birga uni o’z davrida jahonni larzaga solgan va butun insoniyatga xavf tug’dirgan «sovuq urush» bilan tenglashtirgan mualliflar qam bor. Haqiqatdan qam, yuqorida mualliflar tomonidan ilgari surilayotgan fikrlarda glo-ballashuvning iqtisodiyotga, siyosatga va jahon miqyosidagi jarayon-larga o’tkazayotgan ta‘siri keng qamrovli ekanligi ko’rsatib berilgan. Ayniqsa uning iqtisodiyotga o’tkazayotgan ta‘siriga asosiy e‘ti-bor berilganligini ta‘kidlash lozim. Haqiqatan qam iqtisodiyot-dan manfaatdor bo’lmagan insonning o’zi yo’q. U inson h.ayot 6 Danil оv-Danilyan V.I.Ustоychivоe razvitie-prоblema vijivaniya chelоveka//.Nauka.Оbshestvо.CHelоvek.-M.,2004. -143 s. 7 Оtamuratоv S. Glоballashuv va millat. – T., YAngi asr avlоdi, 2008. – 13 b.