logo

Ijtimoiy va siyosiy hayotni demokratlashtirish. Milliy o’ziga xoslikning o’sishi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

103.5 KB
Ijtimoiy va siyosiy hayotni demokratlashtirish.  Milliy o’ziga
xoslikning o’sishi
Reja:
1.XX   asrning   80-yillari   oxirlarida   O’zbekistonning   ijtimoiy-iqtisodiy
ahvoli.
2. “Paxta ishi”, “O’zbeklar ishi”ning yuzaga kelishi va uning oqibatlari.
3. Farg’ona voqealarini kelib chiqishining sabablari va oqibatlari.
1 1.XX asrni 80-yillari oxirlarida O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy 
ahvoli.
Sovet   davrida   O‘zbekiston   xom-   ashyo   y etkazib   beruvchi   hududligicha
qolib   ketdi.   Ishlab   chiqarishga   e’tibor   qaratilmadi.   Pax ta   yakkahokimligi
o‘rnatildi.   Sobiq   sovet   davlatining   markaziga   xom-ashyoni   ko‘proq   etkazib
berish   maqsadida   cho‘l   zonalariga   ham   paxta   ekila   boshlandi.   Bu   esa
Markaziy   Osiyoda   ekologik   muammolarni,   birinchi   navbatda   Orol   fojeasini
keltirib chiqardi.
Uzoq   yilllar   davomida   qishloq   xo`jaligini   ekstensiv     rivojlantirilishi,
paxtachilikka   аsosiy   e`t i bor   qaratilishi   mamlakatdagi   ijtimoiy-iqtisodiy   va
ekogologik   vaziyatni   yana   keskinlashtirdi.   Buning   ustiga   markazning
ko`rsatmalari   asosida   paxta   ekin   maydonlari   doimiy   ravishda   kengaytirilib,
g`alla   maydonlari   esa   qisartirilib   borildi.   Masalan,   1985-yilda   paxta
maydonlari   1989,8   ming   gegtarni   tashkil   qilgan   bo`lsa,1986-yil   bu
ko`rsatgich   2054,0   gegtarga   yetkazildi.   G`alla   maydonlari   muttasil   ravishda
kamaytirilib borildi. Bunday nomutanosiblik chetdan don sotib olish hajmini
yanada oshirdi. Paxta yakka hokimligi oqibatida respublika iqtisodiyoti xom-
ashyo   yetkazib   beradigan   iqtisodiyotga   aylanib   qoldi.   Bu   respublikada
shundoq   ham   og`ir   holatda   bo`lgan   ijtimoiy–iqtisodiy   vaziyatni   yanada
keskinlashtirdi.   Markazning   paxtachlikni   jadal   rivojlantirish   siyosati
oqibatida   ko`plab   suv   omborlari   qurilishi,   sug’oriladigan   yer   hajmining
kengayib   suv   isrofgarchiligiga   yo`l   qo`yilishi   natijasida   ekogologik   vaziyat
keskinlashdi.   Amudaryo,  Sirdaryo  daryolaridan   Orol   dengiziga   qo`yiladigan
suv  nihoyatda  kamayib  ketdi.Orol  fojiasi  ro`y  berdi.  Oqibatda  dengiz  1969-
yildagi   holatiga   nisbatan   1990-yilda   14,5   metrga   pasaydi,   suvning   hajmi
54%ga   qisqarib,   dengiz   743   km   kub   suv   yo’qotdi.1989-yilga   kelib   uning
zaminida ikkita bir biridan ajralgan ko`l paydo bo`lgan. Orol dengizi o`zining
2 Respublika   xalq   xo`jaligida   baliq   mahsulotlar   yetishtirishdagi   yetakchi
o`rinini   yo`qotdi.   Mutaxassislarning   ma`lumotlariga   qaraganda   dengiz
atrofidan buronlar ko`tarilishi natijasida yiliga 50-70 ming tonnagacha chang
va   tuz   ko`tarilgan.   Zaharli   tuzlar   nafaqat   Orol   havzasida   balki   Yevropa
hamda Osiyoning turli mamlakatlariga tarqalgani kuzatilgan.
Respublikada   ekologik   vaziyatning   keskinlashuvi,   jumaladan   ichimlik
suvi bilan ta`minlanishi yamonligi, suvdagi minerallashuvning o’sishi, dengiz
tubidan   katta   miqdorda   ko`tarilayotgan   chang   ,   tuz   va   minerallarning   atrof-
muhitni   zaharlashi   oqibatida   dengiz   havzasi   qishloq   aholisining   87   foizi
yuqumli   kasalliklarga   chalinganligi,   hamda   bolalar   o`lim   darajasi   baland
ekanligi   aniqlangan.   Jumlada   ,   O`zbekistonda   1985-yilda   har   1000   nafar
chaqaloqdan   46,2   foizi   o`lgan.   Bu   ko`rsatgich   Qoraqalpog`iston
Respublikasida   62,5,   Surxondaryo   viloyatida   55,2,   Xorazm   viloyatida   50,4
foizni   tashkil   qildi.   Ammo   O`zbekistondagi   og`ir   ekologik   vaziyat,   Orol
dengizi   hududi   aholisining   salomatlik   darajasini   pasayib   borayotganligi,
mazkaziy siyosiy rahbariyatni tashvishga solmadi.
O`tgan   asrning   80-yillariga   kelib   faqat   xom-ashyo   yetkazib   berishga
asoslangan,   qoloq   va   mo`rt   iqtisodiyotga   ega   bo`lgan   O`zbekiston   asosiy
iqtisodiy   va   ijtimoiy   ko`rsatkichlar   bo`yicha   sobiq   ittifoqdagi   o`rtacha
ko`satgichdan   ancha   orqada   bo`lib,   mamlakatda   oxirgi   o`rinlarga   tushib
qolgan edi. Jumladan, aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish
ittifoqdosh   respublikalar   orasida   12-o`rinni,   daromad   darajasi   hamda   asosiy
turdagi mahsulotlarni iste`mol qilish jihatidan 2,5 borabar, qishloq xo`jaligida
esa 2 borabar, orqada edi.
Xalq   boqimandachilik   va   befarqlikka   o‘rgatildi,   faolligi   susayib   bordi.
Milliy   g‘urur   tushunchalariga   zarba   berildi.   Barcha   sohalarda   davlat
hukmronligining   o‘rnatilishi   egasizlik   va   o‘zibo‘larlikka   olib   keldi.   Xalq
3 ijodkorligiga   yo‘l   qo‘yilmadi.   Vazifalar   faqat   buyruq   asosida   belgilandi.
Ziyolilarning   qirib   tashlanishi,   yoxud   iskanjaga   olinishi   milliy   poklanish
jarayonini pasaytirdi. Sovet davlatining beshafqat jazolovchi mashinasi xalq
ko‘nglida   qo‘rquv   va   umidsizlik   uyg‘otdi.Yurtimizda   ruslashtirish   siyosati
kuchaydi va Davlat tili rus tili deb belgilandi.
O‘zbek   xalqi   ham   sovet   davlatida   yashovchi   boshqa   xalqlar   qatorida
iskanjada   ushlanib,   dunyo   miqyosida   ro‘y   berayotgan   taraqqiyot   va
integratsiyadan   uzib   qo‘yildi.O‘zbek   xalqining   tarixi,   buyuk   ajdodlari
hayotining   xolisona   o‘rganilishiga   ataylab   to‘siqlar   o‘rnatildi.   Bu   borada
maxsus   qarorlar   qabul   qilindi.   Islom   dini   va   milliy   bayramlarning   yo‘q
qilinishi ma’naviy bo‘shliq kelib chiqishiga zamin yaratdi.
«Qayta   qurish»   siyosati   va   uning   barbod   bo'Iishi   Markazdagi   rahbarlar
hamon   sotsializm   «afzallik»laridan   foydalanib,   jamiyatni   «qayta   qurish»ga,
sotsializmni   yaxshilashga   umid   bog'lar   edi.   Ammo   ular   mamlakatni
sotsializmning   o'zi,   u   yaratgan   totalitar   siyosiy,   iqtisodiy   tuzum   inqirozga
olib kelganligini pay-qamagan edi.
1987-   yildagi   mavjud   siyosiy   tuzumni   va   iqtisodiyotga   partiyaviy
rahbarlikni   saqlab   qolgan   holda   xo'jalik   mexanizmini   isloh   qilish   yo'lidagi
urinish   ham   samara   bermadi.   Iqtisodiy   islohotlar   tez   orada   qotib   qolgan
ijtimoiy-siyosiy tizimga urilib barbod bo'Idi, hech qanday samara bermadi.
1980-   yillarning   oxirlarida   siyosiy   tizimni   isloh   qilishga,   birinchi
navbatda   KPSS(Sovet   Ittifoqi   kommunistik   partiyasi)ning   siyosiy   va
mafkuraviy   hukmronligini   cheklashga,   davlat   va   xo'jalik   organlarini
kompartiya   hukmronligidan   chiqarishga,   xalq   deputatlari   sovetining   to'la
hokimiyatini   ta'minlashga   urinish   bo'Idi.   Ammo   bu   sa'y-harakatlar   ham
behuda ketdi.
4 To'g'ri,   jamiyatni   demokratlashtirish,   oshkoralik,   turli   xil   fikrlar
bildirishga imkon berish tomon ijobiy qadamlar qo'yildi. Matbuotda, radio va
televidenieda   turli   xil   fikr-mulohazalar   erkin   yoziladigan,   gapiriladigan
bo'Idi.
2. Turg‘unlik   yillaridagi   qatag‘onlik.   “O‘zbeklar   ishi”,   ”Paxta   ishi”
deb nom olgan jarayonla r .
Turg‘unlik   yillarida   O‘zbekistonda   xalqni   chalg‘itish   maqsadida   “paxta
ishi”, “o‘zbeklar ishi” degan bahonalar o‘ylab topildi. Natijada, 80-yillarning
o‘rtalaridan   O‘zbekistonda   qonunsizlik,   yashirin   qatag‘onlik   harakatlari
kuchaydi .
Sobiq SSSR prokuraturasi, Xavfsizlik komiteti tashabbusi bilan bir necha
tergov   guruhlari   tuzildi .1983-1989   yillarda   T.Gdlyan   va   N.Ivanovlar
rahbarligida   tuzilgan   tergov   guruhlari   respublika   huquqni   muhofaza   qilish
organlari bilan hamkorlikda O‘zbekistonda paxta etishtirishda qo‘shib yozish
bilan bog‘liq 800 dan oshiq tergov ishlari olib bordilar.Shu ishlar bo‘yicha 5
ming kishi qamoqqa olindi, ularning 600 dan oshig‘i rahbar xodimlar, 10 tasi
sotsialistik mehnat qahramonlari edilar. 
Qamoqa   olinganlarning   ko‘pchiligi   qonunga   xilof   ravishda   sudsiz,
belgilanganidan oshiq muddatlarda qamoqxonalarda ushlab turildi.Bu o‘zbek
xalqining   mavjud   tuzumga   nisbatan   ishonchsizligini,   rahbar   xodimlar   va
huquq-tartibot   organlariga   nisbatan   noroziligini   kuchaytirdi.   O‘zbekistonda
qo‘pol tarzda inson huquqlari poymol etildi. 
Qatag‘onlik   siyosatining   oqibatida   xususiy   mulk,   asriy   an’analar   yo‘q
qilindi.   Davlat   hukmronligi,   partiya   yakka   hokimligi   o‘rnatildi.Sovet
tuzumiga   qarshi   bo‘lgan   xalqning   ilg‘or   qatlamlarini   davlat   boshqaruviga
yaqinlashtirmaslik   siyosati   olib   borildi.Hukumatga   xalaqit   bermasligi   uchun
ziyolilar   tag-tomiri   bilan   yo‘qotildi.Har   qanday   yo‘l   bilan   sovet   davlatining
5 kuch   qudratini   saqlab   turish   asosiy   maqsad   edi.Ilg‘or   g‘oyalar
yo‘qotildi.Ko‘zga ko‘ringan olimlar, shoir va davlat arboblari shafqatsiz yo‘q
qilingan.Milliy   g‘urur   va   o‘zlikni   anglash   g‘oyalarini   ildizi   bilan   quritishga
intilgan.Xalqlarning   tili,   dini   va   asriy   an’analariga   tajovuz   qilingan.Diniy
qadriyatlar   toptalgan.Pirovard   natijada   yagona   sovet   xalqini   tashkil   etishga
harakat   bo‘ldi.   Fikrlash,   so‘z   va   e’tiqod   erkinligi   cheklangan.Sovet   xalqini
boshqa   xalqlardan   ajratib   iskanjada   ushlangan,   zo‘rlik   orqali   kamchiliklar
yashirilgan.
Ma’muriy-siyosiy biqiqlik .
1980-yillarning   boshlarida   sovet   siyosiy   tizimi,   xo‘jalik   yuritish   usuli
o‘zining   rivojlanish   imkoniyatlarini   batamom   tugatdi.   Ma’muriy-siyosiy
biqiqlik   kuchaydi,   jamiyat   a’zolari   mehnat   intizomi   pasaydi,   loqaydlik,
befarqlik   kuchaydi.   80-yillar   o‘rtalarida   sovet   jamiyatida   «qayta   qurish»
boshlandi.Qayta qurish haqida M. S. Gorbachev KPSS MK ning aprel (1985
yil)   plenumida   taklif   kiritdi.   U nda   m ahsulot   ishlab   chiqarish   uchun   2   marta
ko‘p   tabiiy   resurslar,   energiya,   inson   mehnati   sarf   etilishi,   temir,   po‘lat,
stanoklar   ishlab   chiqarish   bo‘yicha   dunyoda   1-o‘rinni   egallashiga
qaramasdan   mamlakatda   raqobatbardosh   mahsulotlar   ishlab   chiqarishning
yo‘lga qo‘yilmaganligi qayd etildi.
80-yillarning   o‘rtalarida   SSSRning   ijtimoiy-siyosiy,   iqtisodiy,   ma’naviy
hayotida   inqirozli   vaziyatning   yanada   keskinlashuvi   ro‘y   bera   boshladi.
Qayta   qurish   konsepsiyasi   cheklangan   bo‘lib,   u   SSSRni   taraqqiyotini
ta’minlay   olmas   edi.   Qayta   qurish   yillarida   O‘zbekistonda   ijtimoiy-siyosiy
hayot   yomonlashdi.   Respublikada   milliy   urf-odatlar,   an’analar,   qadriyatlar
toptaldi,   buning   oqibatida   xalq   orasida   loqaydlik,   ishonchsizlik   va   norozilik
kuchaydi.   Farg‘ona   fojeasi   yuz   berdi .   Milliy   o‘zlikni   anglash
boshlandi. O‘zbek   tiliga   davlat   tili   maqomini   berilishi,   paxta
6 yakkahokimligini   tugatilishi,   ekologik   holatni   sog‘lomlashtirilishi
O‘zbekistonda dolzarb masala sifatida ko‘tarildi.
Iqtisodiyotda turg‘unlikning chuqurlashuvi
O‘zbekistonning   1985-1991-yillardagi   iqtisodiy   holati   sovetlar
hukmronligi davrining bevosita va mantiqiy davomini o‘zida ifodaladi . 1985 -
yil   aprelidan   so‘ng   markaziy   iqtisodiy   organlarni   qaytadan   tuzish,   bank
tizimini   qayta   qurish   siyosatini   ishlab   chiqish   yuzasidan   chora-tadbirlar
amalga oshirildi. 
SSSRda   etishtiriladigan   paxtaning   65%,   pillaning   60%   dan   ortig‘i,
kanopning   80-90%,   qazib   olinadigan   oltin,   simob,   volframning   salmoqli
miqdori   O‘zbekistonda   ishlab   chiqarilardi.   O‘zbekiston   aholisini   tabiiy   gaz
bilan ta’minlash miqyosi 20% ga yaqinini tashkil etdi, xolos.Paxtaning atigi
10% O‘zbekistonda qayta ishlanardi. 1981-1985 yillarda yalpi  ichki  mahsulot
3,4% ortgan bo‘lsa, 1986-1990 yillarda bu 2,2%ni tashkil etdi. 80-yillarning
o‘rtalaridan   milliy   daromad   ishlab   chiqarish   bo‘yicha   O‘zbekiston   boshqa
respublikalardan   ortda   qoldi.Iqtisodiy   islohotlar   1987   yil dan   e’lon
qilindi.1986-1987   yillarda   iqtisodiyotni   barqarorlashtirish   bo‘yicha   birorta
samarali   yo‘l   izlanmadi.   1990   yilgacha   qayta   qurishning   maqsadi   sun’iy
«rejali bozor» tizimini tashkil qilishdan iborat bo‘lib qolaverdi.
80-yillarning   ikkinchi   yarmida   O‘zbekiston   iqtisodiyotiga   jiddiy   salbiy
ta’sir   etgan   holatlardan   biri   -   1984-1989   yillardagi   qatag‘onlar,   «desant»lar,
«Paxta ishi» oqibatlari bo‘ldi.1990 -   yil o‘rtalaridan boshlab O‘zbekistonning
yangi rahbariyati respublikani chuqur iqtisodiy inqirozdan olib chiqish uchun
jiddiy harakat boshladi.
3. Farg’ona voqealarini kelib chiqishining sabablari va oqibatlari.
  M.S.Gorbachyov hokimiyati davrida (1985—1991) qatag’onga uchragan,
zo’rlab   ko’chirilgan   xalqlar   taqdiri   masalalari   yuzasidan   bir   qator
7 komissiyalar   tashkil   etilgan   bo’lsa-da,   aslida   vaziyat   deyarli   o’zgarishsiz
qolaverdi.   Bir   necha   o’n   yillar   davomida   yechilmay,   turg’un   holda   qolib
kelgan muammolar millatlararo munosabatlar zamirida ham o’z aksini topdi.
O’zbekistonda   bu   holatni   «Farg’ona   voqealari»   va   boshqa   voqealar
jarayonida ko’rish mumkin bo’ladi.
O’zbekiston   Prezidenti   I.A.Karimov   Farg’ona   fojialari   haqida   shunday
degan   edi:   «Farg’onadagi   voqealar   va   undan   keyingilar   turli   millat   kishilari
o’rtasida   ishonchsizlik   tug’dirdi.   Bularning   hammasini   kimlar   boshladi?
Imonim   komilki,   ushbu   voqea-hodisalarning   markazi   respublikadan
tashqaridadir.   Bozor   munosabatlariga   o’tish   davrida   ittifoqdosh
respublikalarning   ahvoli   tang   bo’lishi   kimlargadir   juda   zarur.   Ana   shunday
vaziyatda   istalgan   payt-da   ularning   ichki   ishlariga   aralashish   va   masalani
xohlagan tarafga qarab hal etish mumkin bo’ladi» 1
.
  1989- yilning may-iyun oylarida Farg'onada fojiali voqealar sodir bo'ldi.
45   yil   muqaddam   Stalin   bedodligi   natijasida   o'z   yeridan   badarg'a   qilingan
mesxeti turklarini o'zbek xalqi o'z bag'riga olgan, ularga mehribonlik qilgan
edi. Tub joy aholi bilan mesxeti turklari o'zaro qardoshlik rishtalarini bog'lab,
inoq yashardilar.
Biroq 1989-yil 20-mayda Quvasoyda mahalliy aholi bilan mesxeti turklari
guruhlari   o'rtasida   mushtlashuv   sodir   bo'ldi.   Respublika   rahbariyatining
voqeani   to'g'ri   baholay   olmaganligi   va   tezkorlik   bilan   zarur   choralar
ko'rmaganligi   oqibatida   vaziyat   murakkablashdi   va   etnik   mojaroga   aylanib,
qon   to'kilishiga   olib   keldi.   3   iyun   kuni   kechqurun   Toshloqda,   so'ng
Marg'ilonning   mesxeti   turklari   zich   yashaydigan   «Komsomol»   suv   xo'jaligi
quruvchilari   posyolkasida   ur-yiqit,   uylarga   o't   qo'yish,   qotillik,   vaxshiylik
sodir   bo'ldi.   Keyingi   kunlarda   beboshlik   harakatlari   Farg'ona   shahri,   uning
1
  YUnusova X. O’zbekistonda millatlaro munosabatlar va ma’naviy jarayonlar. T., 2009. 130-bet.
8 atrofiga   tarqaldi.   Olomon   tomonidan   sanoat   korxonalariga,   temir   yo'l
stansiyasiga, aloqa uzeliga, militsiya binosiga hujum qilindi. Boshboshdoqlik
partiya va sovetlarga qarshi tus olib bordi. Ana shunday favqulodda vaziyatda
respublika   hukumat   komissiyasi   tuzildi.   4-iyundan   boshlab   komendantlik
soati joriy etildi. Farg'onaga shoshilinch ravishda SSSR ichki ishlar vaziriigi
ichki   qo'shinlarining   13   ming   kishilik   bo'linmasi   keltirildi.   Ur-yiqit   7-   iyun
kuni yana takrorlandi va tez orada Qo'qon shahriga, Rishton, O'zbekiston va
Kirov (hozirgi Beshariq) tumanlariga tarqaldi. 8- iyunda Qo'qonda aholining
tinch   namoyishi   SSSR   ichki   ishlar   vaziriigi   qo'shinlari   tomonidan   o'qqa
tutildi,   50   dan   ortiq   kishi   halok   bo'ldi,   200   dan   ortig'i   yarador   qilindi.
Ommaviy   tus   olgan   tartibsizlik,   ur-yiqitlar   natijasida   jami   103   kishi   halok
bo'ldi.   1011   kishi   jarohatlandi   va   mayib   bo'ldi.   SSSR   ichki   ishlar   vaziriigi
ichki   qo'shinlarining   137   xizmatchisi,   110   militsiya   xodimi   yarador   bo'ldi,
militsiya  xodimlaridan  biri  vafot  etdi.  757  ta  uy,  27  ta davlat  binosi,  275  ta
avtotransport vositasi yondirildi va talon-taroj qilindi.
Voqealarning   keng   miqyosda   va   fojiali   tus   olganligi   sababli   sovet   va
ma'muriy   organlar   mesxeti   turklarini   Farg'onadagi   harbiy  qism   poligonidagi
lagerga   hamda   Tojikistonning   Leninobod   viloyati   Asht   tumanidagi
Novgarzon   posyolkasiga   shoshilinch   ko'chirildi.   Minglab   odamlarni   bunday
lagerlarda   uzoq   saqlab   bo'lmas   edi.   Shuning   uchun   16.282   kishi   Farg'ona
viloyatidan   Rossiyaning   Smolensk,   Orlovsk,   Kursk,   Belgorod   va   Voronej
viloyatlariga ko'chirib olib borib joylashtirildi.
Farg'ona fojiasining sabablari, uni harakatga keltirgan kuchlar kimlar edi?
O'zbekiston   Kompartiyasi   MQning   1989-yil   23-iyunda   bo'lgan   XIV
Plenumida Farg'ona fojiasi bilan bog'liq masalalarni o'rganish uchun maxsus
komissiyasi tuzildi. Komissiyaning O'zbekiston Kompartiyasi MQning 1989-
9 yil 29-iyulda bo'lgan XV Plenumi tomonidan ma'qullangan axborotida fojiani
keltirib chiqargan sabablar ochib berildi.
Farg'ona   viloyati,   shahar,   tuman   partiya   va   sovet   tashkilotla-rining,
huquqni   himoya   qilish   organlarining   tashkilotchilik,   siyosiy   ishidagi   jiddiy
xatolar   fojiali   voqealarga   sabab   bo'ldi.   Ular   viloyatdagi   keskin   ijtimoiy,
siyosiy   vaziyatni   kuchayishi   xavfini   o'z   vaqtida   anglab   yetmadilar,
millatlararo   adovatni   keltirib   chiqarishga   uringan   ekstremistlarga,   poraga
sotilganlarga o'z vaqtida zarba berolmadilar.
Farg'ona   viloyatida   o'n   yillar   davomida   ijtimoiy-iqtisodiy   keskinlik   ortib
bordi. Xo'jalik strukturasi buzilgan, tarmoqlar xom-ashyo yetishtirish, yarim
fabrikatlar   ishlab   chiqarishga   moslashib   qolgan   edi,   ishsizlar   soni   tobora
oshib borar, odamlarni, yoshlarni ish bilan ta'minlash tadbirlari ko'rilmasdi.
Kadrlar tanlash, munosib ish bilan ta'minlash ishlari buzilgan, poraxo'rlik,
xizmat mavqeyini suiste'mol qilish avj olgan edi.Ana shunday keskinlikdan,
respublikada   ijtimoiy-siyosiy   beqarorlikni   keltirib   chiqarishdan   manfaatdor
siyosiy kuchlar allaqachon ishlab chiqilgan, puxta tayyorgarlik ko'rilgan reja
asosida   jg'vogarona   harakat   qildilar,   olomonga   oldindan   tayyorlangan
varaqalar tarqatdilar.
Farg'onada   sodir   bo'lgan   siyosiy   ig'vogarlik   Tbilisi,   Tog'li   Qorabog',
Bokuda   tashkil   etilgan   ig'vogarliklardan   biri   edi.   Keyinchalik,   1990-   yil
fevral-mart oylarida Bo'ka va Parkent, 1990-yil iyunda O'sh va O'zganda ham
shunday   urinishlar   bo'ldi.   Yovuz   kuchlar   o'z   maqsadiga   erisha   olmadilar.
O'zbekistonning   yangi   rahbariyati   tomonidan   ko'rilgan   chora-tadbirlar
natijasida keskinlik bartaraf qilindi.
O’zbekistonda  bu  fojialarni  tekshirish  uchun  1989 - yil  23 -   iyunda  tashkil
etilgan   komissiya   xulosalarida   esa   Farg’onada   yuz   bergan   voqealar   yoshlar
o’rtasida kelib chiqqan mojarolarning tasodifiy natijasi emas, balki ijtimoiy,
10 iqtisodiy   ildizlarga   ega   bo’lganligi   ta’kidlandi,   uning   sabablari   qatorida
partiya   tashkilotlarining   aholi   o’rtasida   keng   ko’lamda   tarbiyaviy,   tashkiliy
ishlar   olib   bormagani,   xalqlar   do’stligini   mustahkamlashga   e’tibor
bermagani,   ma’muriy   organlar   xodimlari   esa   sarosimaga   tushib,   mojar o
boshlangan   birinchi   kundanoq   janjalning   oldini   olish   uchun   chora-tadbirlar
ko’rmagani   ko’rsatildi.   SHuningdek,   nizolar   mahalliy   millat   o’rtasida
kuchaygan   «ashaddiy   millatchilik»   kayfiyatining   natijasi   bo’lib,   bu
respublikada   yashayotgan   xalqlarni   bir-biriga   qarama-qarshi   qo’yishga
qaratilgani   ham   qayd   qilib   o’tilgani   holda,   «vodiyda   turk   mesxetilari   xatti-
harakatlariga   nisbatan   ancha   befar ql iklar   bo’lgani,   ular   orasidagi   ayrim
shaxslar   Gruziya   SSRning   janubiy   rayonlariga   tezroq   qaytish   muammosini
hal   etish   maqsadida   vaziyatni   keskinlashtirishga   uringani,   bu   esa   vaziyatni
ancha   chigallashtirib   yuborgani»  
ko’rsatib   o’tiladi.   S h ubhasiz,   bu   xulosa
tarixiy   haqiqatga   birmuncha   mos   kelsa-da,   mesxeti   turklari   o’z   talablaridan
«kelib   chiqqan   mojarolar»da   O’zbekiston   rahbariyati,   O’zbekiston   SSR
Prokuraturasi,   Ichki   ishlar   vazirligini   mojarolarning   oldini   ololmaganlikda
ayblash markazning yordami hamma vaqt kerak bo’lishini «isbotlab» qo’yish
uchun qulay imkoniyat ham edi.
1989 -   yil   15 -   iyunda   respublika   partiya   xo’jaligi   faollari   yig’ilishida
harbiy   mashq   zonasiga   joylashgan   mesxeti   turklarini   boshqa   yerlarga
ko’chirish   masalasi   ko’rib   chiqildi.   SSSR   Ministrlar   Sovetining   Raisi
N.I.Rijkov   ma’ruzasida   «Farg’ona   yaqinidagi   qochoqlar   lagerida
yashayotgan turk millatiga mansub grajdanlarga, ularning oila a’zolariga agar
ixtiyor   qilsalar,   Rossiyaning   noqoratuproq   rayonlariga   jo’nab   ketish
imkoniyati berilganligi» va bu «vaqtincha tadbir» ekanligi, ko’chirish uchun
zarur bo’lgan barcha choralar boshlangani ta’kidlab o’tildi.
11 XX  asr   90-yillariga   kelib   jahon   va   sobiq   Ittifoqdagi   o‘zgarishlar,   hamda
yuzaga kelgan vaziyat o‘zbek xalqining mustaqillik uchun bo‘lgan kurashini
tezlashtirib   yubordi.   Mana   shunday   jarayonda   o‘zbek   xalqiga   munosib
yo‘lboshchi   zarur   edi.   1989-yil   23-iyun   kuni   bo'lib   o'tgan   O'zbekiston
Kompartiyasi   MQning   XIV   Plenumida   Islom   Abdug'aniyevich   Karimov
O'zbekiston Kompartiyasi MQning birinchi kotibi etib saylandi. I.A.Karimov
boshliq yangi rahbariyat tomonidan o'zbek xalqining milliy o'zligini anglashi
kuchayib   borayotganligi   birinchi   bor   etirof   etildi.   Xalqning   shon-shuhrati,
qadr-qimmatini   himoya   qilish,   milliy   mustaqillikka   erishish   tomon   yo'l
olindi.
Respublikada   kadrlarni   tanlash,   joy-joyiga   qo'yish   va   tarbiyalash
masalalarida   milliy   manfaatdorlik   ustivorligi   ta'minlandi.   Markazdan
yuborilgan «kadrlar desanti» o'z mavqeyini yo'qotdi. Anishev, Ogarek, Satin
va boshqa «kazo-kazolar» respublikadan chiqarib yuborildi. Mahalliy kadrlar
rahbarlik   lavozimlariga   ko'tarildi.Kadrlar   siyosatidagi   jiddiy   ijobiy   o'zgarish
shundan   iborat   bo'ldiki   endi   O'zbekistonda   partiya,   sovet,   davlat,   huquqni
himoya   qilish   organlarining   boshliqlarini   Moskva   orqali   hal   qilish,   Moskva
belgilagan xodimlarni ko'tarish amaliyotiga chek qo'yildi, bu masalalarni hal
qilishni respublika rahbariyati o'z qo'Iiga oldi.
Bu vaziyatni teran anglagan rahbarning jasorati bo'lib, siyosiy mutelikdan
qutilish tomon tashlangan muhim qadam bo'ldi.O'zbekistonda adolatni tiklash
chora-tadbirlari   ko'rildi,   to'qib   chiqarilgan   «o'zbek   ishi»,   «paxta   ishi»ga
tamomila   chek   qo’yildi.   Bu   bilan   bog'liq   ishlar   qayta   ko'rildi,   aybsiz
qamalgan minglab kishilar oqlandi, o'z oilasiga qaytdi, adolat tiklandi.
XX   asrning   80   –   yillari   oxir lariga   kelib   SSSRning   parchalanishi   real
obektiv   haqiqatga   aylanib   qoldi.   Bu   jarayonni   о‘zbek   tiliga   davlat   tili
maqomi   berilishi   ayniqsa   tezlatib   yubordi.   1989 -   yil   21 -   oktabrda
12 О‘zbekiston   Oliy   Sovetining   XI   sessiyasi   «О‘zbekiston   SSRning   davlat   tili
haqida»gi   Qonunni   qabul   qildi.   О‘zbek   tili   davlat   tili   deb   e’lon   qilindi.   Ish
yuritish   sekin   –   asta   о‘zbek   tiliga   о‘tkazila   boshlandi,   uni   о‘rganishni
yaxshilash yuzasidan aniq chora – tadbirlar belgilandi. Ayni vaqtda rus tilini
va respublikada yashovchi boshqa xalqlarning tillarini о‘rganish uchun shart
–   sharoitlar   yaratilishi   lozim   edi,   tilni   о‘rganishning   ixtiyoriyligi   va   uni
tanlash   huquqi   qonunda   belgilab   qо‘yildi.   Bu   qonunning   qabul   qilinishi
о‘zbek   xalqi,   shu   xalq   milliy   о‘z - о‘zini   anglashining   о‘sishi,   respublikada
millatlararo hamjihatlikning saqlanib qolishi uchun juda katta ahamiyatga ega
bо‘ldi.   Davlat   tili   haqidagi   qonun   qabul   qilinganidan   sо‘ng   milliy   о‘zlikni
anglash,   milliy   davlatchilikni   tiklash   yо‘lida   respublikada   yana   bir   tarixiy
ahamiyatga ega bо‘lgan muhim siyosiy qadam qо‘yildi. 
1990   yil   23   martda   О‘zbekiston   Kompartiyasi   Markaziy   Komitetining
Plenumida   respublika   siyosiy   tizimi   tо‘g‘risidagi   masala   kо‘rib   chiqildi.
Unda   О‘zbekistonda   hokimiyatning   Prezidentlik   boshqaruvi   shakliga   о‘tishi
respublika   suvereniteti   va   davlatchiligida   mohiyatan   yangi   bosqich   ekanligi
ta’kidlandi.
1990 yil 24 mart kuni О‘zbekiston SSR Oliy Sovetining XII chaqiriq 1 –
sessiyasi SSSR doirasida birinchi bо‘lgan siyosiy hujjatni —  «О‘zbekistonda
Prezidentlik   boshqaruvi   ta’sis   etish   tо‘g‘risida» gi   qarorni   qabul   qildi   va
О‘zbekiston   Kompartiyasi   MK   birinchi   kotibi   Islom   Abdug‘aniyevich
Karimov  О‘zbekiston  SSR  Prezidenti  etib  saylandi.  Shu  tariqa,   О‘zbekiston
—   SSSR   respublikalari   ichida   birinchi   bо‘lib   о‘zining   milliy   huquqiy   va
demokratik davlatiga mustahkam zamin yaratdi.
О‘zbekistonning   mustaqillikka   erishishida   qо‘yilgan   navbatdagi   muhim
qadamlardan biri bu – 1990 yil 20 iyunda respublika Oliy Soveti tomonidan
«Mustaqillik Deklaratsiyasi» ni qabul qilinishi edi. Mazkur hujjat О‘zbekiston
13 qonunlarining  Ittifoq qonunlaridan ustuvorligini ta’minladi.  Shu bilan  birga,
«Mustaqillik   Deklaratsiyasi»   О‘zbekistonning   1991   yil   31   avgustga   qadar
mavjud   bо‘lgan   boshqaruv,   huquqiy   faoliyatini   ta’minladi,   barcha   sohada
mustaqil siyosat olib borish imkonini berdi. Deklaratsiyada har bir millatning
о‘z   taqdirini   о‘zi   belgilash   huquqidan   kelib   chiqqan   holda,   xalqaro   huquq
qoidalariga,   umumbashariy   qadriyatlariga   va   demokratiya   tamoyillariga
asoslanib О‘zbekiston SSRning davlat suvereniteti e’lon qilindi. 
Deklaratsiyaning   qabul   qilinishi   bilan   О‘zbekistonda   respublikaning   iq -
tisodiy   va   siyosiy   h ayotiga   doir   masalalar   musta qil   tarzda   hal   q ilina
boshlandi. 
Shunday   bir   tarixiy   sharoitda   sobiq   SSSRdagi   siyosiy   vaziyat
keskinlashib   bordi.   XX   asrning   90   –   yillari   boshlarida   Ittifoq   tarkibidagi
kо‘pchilik   respublikalar   mavjud   vaziyatni   о‘zgartirishni   talab   qilisha
boshladi.   1990   yil   bahorida   Sovet   Sotsialistik   Respublikalari   hisoblangan
Boltiqbо‘yidagi   Litva   (11   mart),   Latviya   (4   mayda),   Estoniya   (8   may),
keyinroq Gruziya (oktabr) va Ozarbayjon (1991 yil fevral) Ittifoq tarkibidan
chiqqanligini e’lon qildi. Bu  holat SSSRning  davlat butunligiga jiddiy ta’sir
kо‘rsatdi. 
1991   yil   aprelda   Kiyevda   Ukraina,   Rossiya,   Belorus,   О‘zbekiston,
Qozog‘iston   respublikalari   rahbarlarining   uchrashuvi   bо‘ldi.   Uchrashuvda
mustaqil   respublikalar   manfaatlariga   mos   keladigan   Ittifoq   shartnomasini
tuzishga yondashish yо‘llari ishlab chiqildi va tegishli bayonot imzolandi. Bu
hujjatni   Qirg‘iziston,   Tojikiston,   Turkmaniston   Respublikalari   ham
imzolashga rozilik bildirdi. Markaz yon berishga majbur bо‘ldi. 
1991 yilga kelib О‘zbekistonda respublikaning davlat mustaqilligiga doir
mutlaqo yangi davlat ramzlari tayyorlash va qabul qilish borasida dadil ishlar
14 qilina   boshlandi.   1991   yil   15   fevralda   О‘zbekiston   Oliy   Kengashi
«О‘zbekistonning davlat ramzlari tо‘g‘risida»  maxsus qaror qabul qildi.
О‘zbekistonning   о‘z   suvereniteti   uchun   kurashi,   avvalo,   respublikada
qabul qilingan har bir qonunning mazmuni va mohiyati jihatidan sobiq Ittifoq
qonunlaridan   tubdan   farq   qilishida,   bundan   tashqari,   har   bir   qonun
avvalgidek   Ittifoq   qonuniga   moslashtirib   emas,   balki   respublika   manfaati
ifoda etilganligi bilan ajralib tura boshladi. Xususan, 1991 yilning 22 iyo’lida
О‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumining   «О‘zbekiston SSR hududida
joylashgan   Ittifoqqa   bо‘ysunuvchi   davlat   korxonalari,   muassasalari   va
tashkilotlarini О‘zbekiston SSRning huquqiy tobeligiga о‘tkazish»  tо‘g‘risida
qabul   qilgan   qarori   ham   О‘zbekiston   SSR   Prezidenti   I.A.   Karimov,
О‘zbekiston   SSR   Oliy   Kengashi   va   hukumati   О‘zbekistonning   siyosiy   –
iqtisodiy   mustaqilligi,   uning   milliy   suvereniteti   uchun   dadil   qadamlar
tashlaganligining isboti  edi .
1991   yilning   aprel   oyiga   kelib,   Markaz   о‘zining   ta’sir   doirasini   saqlab
qolish   maqsadida   mustaqil   davlatlar   ittifoqini   tuzishga   intildi.   1991   yil
aprelda   Novo   –   Ogoryovoda   SSSR   Prezidenti   M.S.   Gorbachevning   9
respublika   rahbarlari   bilan   uchrashuvi   bо‘ldi.   Ishtirokchilar   tomonidan
«Mamlakatdagi   vaziyatni   barqarorlashtirish   va   tanglikni   bartaraf   etishga
doir   kechiktirib   bо‘lmaydigan   choralar   tо‘g‘risida»   qо‘shma   Bayonot
imzolandi.   Bu   hujjat   «9   +   1»   (9   respublika   +   Markaz)   degan   nomni   oldi.
Uning   mazmuni   markazning   yon   berganini,   Kiyevda   bildirilgan   fikr   –
mulohazalarga rozi bо‘lganini kо‘rsatadi. 
1991 yil 3 iyunda Novo – Ogoryovoda SSSR Oliy Soveti vakillari bilan
Respublika   rahbarlari   о‘rtasida   uchrashuv   bо‘ldi.   Uchrashuvda   Mustaqil
davlatlar ittifoqi (MDI) tuzish masalasi muhokama qilindi. Mulk, til va yangi
shartnomani   tasdiqlash   tartibi   tо‘g‘risida   keskin   munozara   bо‘ldi.
15 Uchrashuvda   ishtirokchilarning   fikr   –   mulohazalari   asosan   inobatga   olingan
«Mustaqil   davlatlar   ittifoqi   tо‘g‘risida   shartnoma»   loyihasi   ishlab   chiqildi.
Loyiha barcha Respublikalar Oliy Sovetlariga muhokama uchun jо‘natildi. 
Mazkur shartnoma loyihasi О‘zbekiston Oliy Sovetida 1991 yil 14 iyunda
muhokama   qilindi.   Kengash   Federatsiya   tamoyillari   asosida   Mustaqil
Davlatlar   Ittifoqini   tuzish   tarafdori   ekanligini   bildirdi.   Shu   bilan   birga   u
Respublikalar vakolatlarini yanada kengaytirishga doir takliflarni ilgari surdi.
1991   yil   iyul   oyining   oxirlarida   Novo   –   Ogoryovoda   yangi   shartnoma
loyihasini   uzil   –   kesil   tayorlash   uchun   Markaz   vakillari   va   Respublika
rahbarlarining   uchrashuvi   bо‘ldi.   Markazni   ham,   Respublikalar   rahbarlarini
ham   qanoatlantiradigan   «Mustaqil   Davlatlar   Ittifoqi   tо‘g‘risida   shartnoma»
loyihasi tayyorlandi. Ammo hamma rozi bо‘lgani holda   «Mustaqil Davlatlar
Ittifoqi   tо‘g‘risidagi   shartnoma» ni   imzolash   1991   yil   20   avgust   kuniga
qoldirildi. SSSR Prezidenti M.S. Gorbachev Qrimga dam olish uchun jо‘nab
ketdi.
Biroq   ittifoqning   kompartiya   va   markaziy   davlat   apparatidagi   bir   necha
nufuzli rahbarlar markazning yakka hokimligini cheklaydigan va kamida olti
respublikani Ittifoqdan chetda qoldiradigan bu shartnomaga qо‘shila olmadi.
Bu   rahbarlar   oliy   hokimiyat   mahkamalaridagi   asosiy   lavozimlarni   egallab
turar   edi.   Prezident   M.   Gorbachev   dam   olishga   ketganidan   foydalanib,   ular
1991   yil   18   avgust   kuni   tayyorlangan   va   19   avgustda   matbuotda   e’lon
qilingan   «Sovet   rahbariyatining   Bayonoti»da   M.S.   Gorbachevning
salomatligi yomonlashdi, shu sababli uning SSSR Prezidenti vazifalarini ijro
etish   imkoniyati   yо‘q,   degan   soxta   axborot   bilan   chiqdilar.   Bayonotda
Prezident   vakolatlari   vitse   –   prezident   G.I.   Yanayevga   о‘tkazilganligi   e’lon
qilindi.   Aslida   esa   Prezident   M.S.   Gorbachyov   sog‘   –   salomat   edi,   ammo
о‘zini   himoya   qila   olmadi.   Fitnachilar   noqonuniy   ravishda   uni   о‘z
16 vazifasidan chetlashtirdi va mamlakatdan, xalqdan, dunyodan ajratib, barcha
aloqa   vositalarini   uzib,   72   soat   qamal   qilib   qо‘ygan   edi.   Fitnachilar
tomonidan   mamlakatni   idora   qilish   uchun   SSSRda   Favqulodda   holat   davlat
qо‘mitasi (GKCHP) tuzildi.
1991   yil   18   avgustda   mamlakatda   favqulodda   holat   e’lon   qilindi.
Favqulodda   holat   davlat   qо‘mitasi   faoliyatiga   qarshi   B.N.   Yelsin   boshchilik
qildi. Uning farmoni bilan 1991 yil 22 avgustda KPSS faoliyati tо‘xtatiladi,
keyinchalik taqiqlab qо‘yiladi. Ammo KPSS Markaziy Qо‘mitasi joylardagi
partiya qо‘mitalaridan tо‘ntarishni qо‘llab – quvvatlashni talab qildi. Moskva
va   boshqa   bir   necha   yirik   shahar   kо‘chalariga   qо‘shinlar,   shu   jumladan
tanklar   kiritildi,   deyarli   barcha   markaziy   gazetalar   ta’qiqlab   qо‘yildi,
markaziy televideniyaning birinchi kanalidan boshqa barcha kanallari, deyarli
barcha radiostansiyalar ishi tо‘xtatildi. 
Shuni   ta’kidlash   lozimki,   mamlakat   aholisining   kо‘pchiligi   Favqulodda
holat   davlat   qо‘mitasidan   yuz   о‘girdi,   armiya   payt   poylash   pozitsiyasida
turdi.   20   avgustdayoq   qarshilik   markaziga   aylangan   RSFSR   Oliy   Kengashi
binosi   atrofida   barrikadalar   paydo   bо‘ldi,   ularda   о‘n   minglab   kishilar
himoyada   turdi.   Harbiy   bо‘linmalarning   bir   qismi   mudofaachilar   tarafiga
о‘tdi.   21   avgustda   fitnachilar   mag‘lubiyatga   uchradi,   22   avgustda   esa
Favqulodda   holat   davlat   qо‘mitasi   (GKCHP)   a’zolari   qamoqqa   olindi.
Shundan   sо‘ng   tо‘ntarishni   qо‘llab   –   quvvatlagan   KPSS   rahbariyati   bu
partiyaning   obrо‘sini   uzil   –   kesil   yerga   urdi.   Favqulodda   holat   davlat
qо‘mitasining   mag‘lubiyatidan   sо‘ng   mamlakatda   kommunizmga   qarshi
ommaviy   namoyishlar   bо‘lib   о‘tdi.   KPSSning   faoliyati   tо‘xtatib   qо‘yilgach,
partiyaning qariyb 15 million a’zosidan birontasi bu qarorga qarshi norozilik
bildirish   uchun   kо‘chaga   chiqmadi.   Bu,   mazkur   partiya   1991   yil   yozidagi
qiyofasida umri tugaganidan dalolat beruvchi ramziy holat edi.
17 Moskvada   fojiali   hodisalar   rо‘y   bergan   paytda   О‘zbekiston   birinchi
p rezidenti   I.A.   Karimov   rasmiy   safar   bilan   Hindistonda   edi.   U   1991   yil   19
avgustda   safardan   qaytib   keldi   va   shu   kuni   kechqurun   Toshkent   shahrining
faollari   bilan   uchrashib,   qat’iy   tarzda   О‘zbekiston   nuqtai   nazarini   ma’lum
qildi.   Respublika   rahbariyati   Markazdan   beriladigan   qonunga   xilof   bо‘lgan
har qanday kо‘rsatmalarni bajarishni man etdi. 20 avgustda О‘zbekiston SSR
Oliy   Kengashi   Rayosati   va   О‘zbekiston   SSR   Prezidenti   huzuridagi   Vazirlar
Mahkamasining   Qoraqalpog‘iston   Respublikasi,   viloyatlar   va   Toshkent
shahri   rahbarlari   ishtirokida   qо‘shma   majlisi   bо‘ldi.   Unda   fitna   munosabati
bilan   vujudga   kelgan   vaziyat   muhokama   qilinib,   О‘zbekistonning
mustaqillikka erishish yо‘li о‘zgarmasligi haqida Bayonot qabul qilindi.
1991   yil   21   avgust   kuni   О‘zbekiston   birinchi   p rezidenti   I.   Karimovning
Farmoni   bilan   Favqulodda   holat   davlat   qо‘mitasining   О‘zbekiston
Konstitusiyasi   hamda   qonunlariga   zid   keladigan   qarorlari   va   farmonlari
noqonuniy deb e’lon qilindi.
Islom   Karimov   Favqulodda   holat   Davlat   Qо‘mitasi   faoliyatiga   о‘z
munosabatini   bildirmagan,   qо‘rqoq   va   prinsipsiz   mavqeda   turgan   KPSS
Markaziy   Qо‘mitasi   Siyosiy   Byurosi   va   Kotibiyati   yuz   minglab
kommunistlarning   sha’ni   va   qadr   –   qimmatini   zarba   ostiga   qо‘yganini
qoraladi.   Buning   ustiga   respublika   kommunistlarini   chalg‘itishga   va   davlat
tо‘ntarishini   qо‘llab   –   quvvatlashga   majbur   qilishga   urinish   bо‘lganini
oshkora aytdi. I. Karimov bundan buyon KPSS Markaziy Qо‘mitasi Siyosiy
Byurosining   tarkibida   qola   olmasligi   tо‘g‘risida   bayonot   berdi.   Mazkur
bayonotni   О‘zbekiston   Kompartiyasi   Markaziy   Qо‘mitasi   byurosi   va
Markaziy nazorat komissiyasi rayosati ma’qulladi. 
О‘zbekiston   birinchi   Prezidentining   1991   yil   25   avgustdagi   Farmoniga
binoan   Respublika   ichki   ishlar   vazirligi   va   Davlat   xavfsizligi   qо‘mitasi
18 qonuniy   ravishda   О‘zbekiston   tasarrufiga   olindi.   Respublika   hududida
joylashgan   SSSR   ichki   ishlar   vazirligining   ichki   qо‘shinlari   bevosita
О‘zbekiston   Prezidentiga   bо‘ysundirildi.   Respublika   ichki   ishlar   vazirligi,
Davlat xavfsizlik qо‘mitasi, prokuraturasi, adliya organlari, ichki qо‘shinlar,
Turkiston   harbiy   okrugi   qismlari   va   qо‘shilmalari   partiyadan   butunlay   xoli
qilindi.
O’zbekiston   Respublikasining   birinchi   prezidenti   I.   Karimov   Oliy
Kengash   sessiyasini   chaqirish   va   unda   O’zbekiston   mustaqilligi   haqida
Qonun   qabul   qilish   masalasini   keskin   qo`ydi.   Chunki   har   bir   milliy
respublikaning chinakam teng huquqliligi va mustaqilligi ta'minlangandagina
tanazzuldan   chiqish   mumkin   edi.   Buning   uchun   mustaqillik   yolidagi   barcha
to‘siglar olib tashlanishi, har bir respublika so`zda emas, balki amalda tenglar
orasida teng lozim edi. 
Ayni   shu   maqsadlarni   ko`zlab,   O’zbekistonOliy   Kengashining   XII
chaqiriq   navbatdan   tashqari   sessiyasi   1991-yil   31-avgustda   o`z   ishini
boshladi.   O`zbekistonning   mustaqil   davlat   deb   e'lon   qilinishida   mazkur
sessiya   katta   tarixiy   ahamiyat   kasb   etishini   alohida   ta'kidlash   lozim.   Unda
«O`zbekiston   Respublikasining   davlat   mustaqilligi   to`g`risida»gi   hamda
«O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i to'ggrisida»gi masalalar kun
tartibiga   qizg`in   muhokama   qilindi.   O’zbekistonRespublikasining   davlat
mustaqilligi   to`g`risida   birinchi   prezident   I.   Karimov   ma'ruzasi   tinglandi.   U
o`z   nutqida   1991-yil   o`rtalarida   markaziy   hukumat   olib   borayotgan   ichki
siyosatni   tahlil   19-21-avgust   kunlari   Moskvada   Favqulodda   Holat   Davlat
Komiteti   a'zolarining   fuqarolar   boshiga   azob-uqubatlar   solishga
intilishganini,   butun-butun   xalqlarning   ozodligini,   respublikalar
mustaqilligini yana kishanlamoqchi bo'lganliklarini ro`yi rost ochib tashladi.
Alg`ov-dalg`ovli   kunlarda   ham   O`zbekistonning   o`z   yo`li   va   maqsadi
19 borligini,   bu   xalq   manfaatiga   mos   yo'l   ekanligini,   qan-day   qilib   bo'lmasin,
undan   qaytmaslik   lozimligini   aytdi.   Shuningdek,   ma'ruzada   mustaqil
davlatlar maqomiga to`xtalib: «Bo`lajak Mustaqil davlatlar... erkin, mustaqil
va   teng   huquqli   bogib   qolishlari,   o'ziarining   milliy   davlat   tuzish,   tashqi
bozorga   chiqish,   o'zi   ma'qul   topgan   barcha   mamlakatlar   bilan   xalqaro
munosabat o`rnatish, diplomatik va konsullik alogalari masalalarini mustaqil
hal  etishlari  kerak.  Yana  ta'kidlab  aytaman,  bu  hech  kimning  buyrug'isiz  va
aralashuvisiz   mustaqil   amalga   oshirilishi   kerak.   Mana   shu   sharoitga,
sabablarga   asoslanib,   xalqimiz   xohish-irodasini   bajo   keltirib,   Oliy   Kengash
diqqatiga   faqat   bir   masalani   qo`ymoqchiman:   O`zbekistonning   mustaqilligi
haqidagi   Qonunni   muhokama   etish   va   uni   qabul   qilishni   taklif   etaman.   Bu
qonunda   qadimiy   va   yangilanayotgan   diyorimizda   istiqomat   qilayotgan
barcha   kishilarning   xohish-irodasi   o`z   ifodasini   topgan.   Xalqimizning   bu
ezgu   xohish-irodasi   biz   uchun   muqaddasdir»,   —   degan   fikr   bildirildi.   Oliy
Kengash   deputatlari   moddama-modda   muhokamadan   so`ng   «O`zbekiston
Respublikasining Davlat Mustaqilligi to`g`risida»gi qonunni qabul qildilar. 
So`ngra   Respublika   Davlat   Mustaqilligi   to`g`risidagi   Bayonot   qabul
qilindi.   O’zbekiston   SSRning   nomi   O’zbekiston   Respublikasi   deb
o`zgartirildi.   Mustaqillik   e'   lon   qilingan   kun   1-sentabr   1991-yildan   boshlab
milliy bayram va dam olish kuni, deb e'lon qilindi. O’zbekiston Respublikasi
mustaqilligi   haqidagi   bu   hujjatlar   o`zbek   xalqining   asriy   orzusi   ro`yobga
chiqqanligining huquqiy ifodasi bo'ldi. 
 
20 Adabiyotlar
1.
Karimov   I.A. O’zbekiston – bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li. Toshkent.
«O’zbekiston», 1993.
2.
Karimov   I.A. O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li. Asarlar. 1 jild. Toshkent. 
«O’zbekiston», 1996.
3.
Karimov   I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida...  Toshkent. «O’zbekiston», 1997.
4.
Karimov   I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. Toshkent. «O’zbekiston», 1998.
5.
Karimov   I.A. Barkamol avlod orzusi.  Toshkent. «O’zbekiston», 1999.
6.
Karimov   I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda.  Toshkent. «O’zbekiston», 1999.
7.
Karimov   I.A. O’zbekiston demokratik islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida. O’z R 1 
chaqiriq Oliy Kengashining VI-sessiyasida so’zlagan ma’ruzasi. T., 1996.
8.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Toshkent. «O’zbekiston», 1992.
9.
N.   Jo’rayev. Prezident Vatan va millat timsoli.  «Muloqot», 1-son 2000 yil.
10.
Vatan tuyg’usi. Toshkent. «O’zbekiston», 1996.
11.
Davlat, jamiyat, oila va yoshlar tarbiyasi muammolari.  Toshkent. «O’zbekiston», 1997.
21

Ijtimoiy va siyosiy hayotni demokratlashtirish. Milliy o’ziga xoslikning o’sishi Reja: 1.XX asrning 80-yillari oxirlarida O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli. 2. “Paxta ishi”, “O’zbeklar ishi”ning yuzaga kelishi va uning oqibatlari. 3. Farg’ona voqealarini kelib chiqishining sabablari va oqibatlari. 1

1.XX asrni 80-yillari oxirlarida O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli. Sovet davrida O‘zbekiston xom- ashyo y etkazib beruvchi hududligicha qolib ketdi. Ishlab chiqarishga e’tibor qaratilmadi. Pax ta yakkahokimligi o‘rnatildi. Sobiq sovet davlatining markaziga xom-ashyoni ko‘proq etkazib berish maqsadida cho‘l zonalariga ham paxta ekila boshlandi. Bu esa Markaziy Osiyoda ekologik muammolarni, birinchi navbatda Orol fojeasini keltirib chiqardi. Uzoq yilllar davomida qishloq xo`jaligini ekstensiv rivojlantirilishi, paxtachilikka аsosiy e`t i bor qaratilishi mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy va ekogologik vaziyatni yana keskinlashtirdi. Buning ustiga markazning ko`rsatmalari asosida paxta ekin maydonlari doimiy ravishda kengaytirilib, g`alla maydonlari esa qisartirilib borildi. Masalan, 1985-yilda paxta maydonlari 1989,8 ming gegtarni tashkil qilgan bo`lsa,1986-yil bu ko`rsatgich 2054,0 gegtarga yetkazildi. G`alla maydonlari muttasil ravishda kamaytirilib borildi. Bunday nomutanosiblik chetdan don sotib olish hajmini yanada oshirdi. Paxta yakka hokimligi oqibatida respublika iqtisodiyoti xom- ashyo yetkazib beradigan iqtisodiyotga aylanib qoldi. Bu respublikada shundoq ham og`ir holatda bo`lgan ijtimoiy–iqtisodiy vaziyatni yanada keskinlashtirdi. Markazning paxtachlikni jadal rivojlantirish siyosati oqibatida ko`plab suv omborlari qurilishi, sug’oriladigan yer hajmining kengayib suv isrofgarchiligiga yo`l qo`yilishi natijasida ekogologik vaziyat keskinlashdi. Amudaryo, Sirdaryo daryolaridan Orol dengiziga qo`yiladigan suv nihoyatda kamayib ketdi.Orol fojiasi ro`y berdi. Oqibatda dengiz 1969- yildagi holatiga nisbatan 1990-yilda 14,5 metrga pasaydi, suvning hajmi 54%ga qisqarib, dengiz 743 km kub suv yo’qotdi.1989-yilga kelib uning zaminida ikkita bir biridan ajralgan ko`l paydo bo`lgan. Orol dengizi o`zining 2

Respublika xalq xo`jaligida baliq mahsulotlar yetishtirishdagi yetakchi o`rinini yo`qotdi. Mutaxassislarning ma`lumotlariga qaraganda dengiz atrofidan buronlar ko`tarilishi natijasida yiliga 50-70 ming tonnagacha chang va tuz ko`tarilgan. Zaharli tuzlar nafaqat Orol havzasida balki Yevropa hamda Osiyoning turli mamlakatlariga tarqalgani kuzatilgan. Respublikada ekologik vaziyatning keskinlashuvi, jumaladan ichimlik suvi bilan ta`minlanishi yamonligi, suvdagi minerallashuvning o’sishi, dengiz tubidan katta miqdorda ko`tarilayotgan chang , tuz va minerallarning atrof- muhitni zaharlashi oqibatida dengiz havzasi qishloq aholisining 87 foizi yuqumli kasalliklarga chalinganligi, hamda bolalar o`lim darajasi baland ekanligi aniqlangan. Jumlada , O`zbekistonda 1985-yilda har 1000 nafar chaqaloqdan 46,2 foizi o`lgan. Bu ko`rsatgich Qoraqalpog`iston Respublikasida 62,5, Surxondaryo viloyatida 55,2, Xorazm viloyatida 50,4 foizni tashkil qildi. Ammo O`zbekistondagi og`ir ekologik vaziyat, Orol dengizi hududi aholisining salomatlik darajasini pasayib borayotganligi, mazkaziy siyosiy rahbariyatni tashvishga solmadi. O`tgan asrning 80-yillariga kelib faqat xom-ashyo yetkazib berishga asoslangan, qoloq va mo`rt iqtisodiyotga ega bo`lgan O`zbekiston asosiy iqtisodiy va ijtimoiy ko`rsatkichlar bo`yicha sobiq ittifoqdagi o`rtacha ko`satgichdan ancha orqada bo`lib, mamlakatda oxirgi o`rinlarga tushib qolgan edi. Jumladan, aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish ittifoqdosh respublikalar orasida 12-o`rinni, daromad darajasi hamda asosiy turdagi mahsulotlarni iste`mol qilish jihatidan 2,5 borabar, qishloq xo`jaligida esa 2 borabar, orqada edi. Xalq boqimandachilik va befarqlikka o‘rgatildi, faolligi susayib bordi. Milliy g‘urur tushunchalariga zarba berildi. Barcha sohalarda davlat hukmronligining o‘rnatilishi egasizlik va o‘zibo‘larlikka olib keldi. Xalq 3

ijodkorligiga yo‘l qo‘yilmadi. Vazifalar faqat buyruq asosida belgilandi. Ziyolilarning qirib tashlanishi, yoxud iskanjaga olinishi milliy poklanish jarayonini pasaytirdi. Sovet davlatining beshafqat jazolovchi mashinasi xalq ko‘nglida qo‘rquv va umidsizlik uyg‘otdi.Yurtimizda ruslashtirish siyosati kuchaydi va Davlat tili rus tili deb belgilandi. O‘zbek xalqi ham sovet davlatida yashovchi boshqa xalqlar qatorida iskanjada ushlanib, dunyo miqyosida ro‘y berayotgan taraqqiyot va integratsiyadan uzib qo‘yildi.O‘zbek xalqining tarixi, buyuk ajdodlari hayotining xolisona o‘rganilishiga ataylab to‘siqlar o‘rnatildi. Bu borada maxsus qarorlar qabul qilindi. Islom dini va milliy bayramlarning yo‘q qilinishi ma’naviy bo‘shliq kelib chiqishiga zamin yaratdi. «Qayta qurish» siyosati va uning barbod bo'Iishi Markazdagi rahbarlar hamon sotsializm «afzallik»laridan foydalanib, jamiyatni «qayta qurish»ga, sotsializmni yaxshilashga umid bog'lar edi. Ammo ular mamlakatni sotsializmning o'zi, u yaratgan totalitar siyosiy, iqtisodiy tuzum inqirozga olib kelganligini pay-qamagan edi. 1987- yildagi mavjud siyosiy tuzumni va iqtisodiyotga partiyaviy rahbarlikni saqlab qolgan holda xo'jalik mexanizmini isloh qilish yo'lidagi urinish ham samara bermadi. Iqtisodiy islohotlar tez orada qotib qolgan ijtimoiy-siyosiy tizimga urilib barbod bo'Idi, hech qanday samara bermadi. 1980- yillarning oxirlarida siyosiy tizimni isloh qilishga, birinchi navbatda KPSS(Sovet Ittifoqi kommunistik partiyasi)ning siyosiy va mafkuraviy hukmronligini cheklashga, davlat va xo'jalik organlarini kompartiya hukmronligidan chiqarishga, xalq deputatlari sovetining to'la hokimiyatini ta'minlashga urinish bo'Idi. Ammo bu sa'y-harakatlar ham behuda ketdi. 4

To'g'ri, jamiyatni demokratlashtirish, oshkoralik, turli xil fikrlar bildirishga imkon berish tomon ijobiy qadamlar qo'yildi. Matbuotda, radio va televidenieda turli xil fikr-mulohazalar erkin yoziladigan, gapiriladigan bo'Idi. 2. Turg‘unlik yillaridagi qatag‘onlik. “O‘zbeklar ishi”, ”Paxta ishi” deb nom olgan jarayonla r . Turg‘unlik yillarida O‘zbekistonda xalqni chalg‘itish maqsadida “paxta ishi”, “o‘zbeklar ishi” degan bahonalar o‘ylab topildi. Natijada, 80-yillarning o‘rtalaridan O‘zbekistonda qonunsizlik, yashirin qatag‘onlik harakatlari kuchaydi . Sobiq SSSR prokuraturasi, Xavfsizlik komiteti tashabbusi bilan bir necha tergov guruhlari tuzildi .1983-1989 yillarda T.Gdlyan va N.Ivanovlar rahbarligida tuzilgan tergov guruhlari respublika huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda O‘zbekistonda paxta etishtirishda qo‘shib yozish bilan bog‘liq 800 dan oshiq tergov ishlari olib bordilar.Shu ishlar bo‘yicha 5 ming kishi qamoqqa olindi, ularning 600 dan oshig‘i rahbar xodimlar, 10 tasi sotsialistik mehnat qahramonlari edilar. Qamoqa olinganlarning ko‘pchiligi qonunga xilof ravishda sudsiz, belgilanganidan oshiq muddatlarda qamoqxonalarda ushlab turildi.Bu o‘zbek xalqining mavjud tuzumga nisbatan ishonchsizligini, rahbar xodimlar va huquq-tartibot organlariga nisbatan noroziligini kuchaytirdi. O‘zbekistonda qo‘pol tarzda inson huquqlari poymol etildi. Qatag‘onlik siyosatining oqibatida xususiy mulk, asriy an’analar yo‘q qilindi. Davlat hukmronligi, partiya yakka hokimligi o‘rnatildi.Sovet tuzumiga qarshi bo‘lgan xalqning ilg‘or qatlamlarini davlat boshqaruviga yaqinlashtirmaslik siyosati olib borildi.Hukumatga xalaqit bermasligi uchun ziyolilar tag-tomiri bilan yo‘qotildi.Har qanday yo‘l bilan sovet davlatining 5