logo

Ilmiy tadqiqot mavzularini asoslash metodologiyasi va Ilmiy tadqiqotda axboro izlash va qayta ishlash.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

40.7138671875 KB
Ilmiy tadqiqot mavzularini asoslash metodologiyasi va Ilmiy tadqiqotda
axboro izlash va qayta ishlash .
Reja
 
1. Ilmiy yo’nalish, uning strukturasi va ilmiy muammo, unga qo’yiladigan
uslubiy hamda me’yoriy talablar 
2. Ilmiy tadqiqot mavzusi va samaradorligini baholash 
3. Ilmiy tadqiqot ishlarini asosiy bosqichlari 
4. Ilmiy axborot tushunchasi , axborotni izlash va o’rganish 
5. Fakt tushunchasi va tadqiqotda faktlar va ilmiy adabiyot bilan ishlash 
 
  1.   Ilmiy yo’nalish, uning strukturasi va ilmiy muammo, unga qo’yiladigan
uslubiy hamda me’yoriy talablar 
Hozirgi   zamon   fan   murakkab   tizimlar,   unsurlar   va   ko’p   bosqichli   faoliyat
turlari   kompleksini   tashkil   qilib,  uning   yadrosi   bo’lgan   ilmiy   tadqiqotni   o’zi   ham
bir qator strukturaviy epistemologik (bilishga doir) birliklarga bo’linadi. Xususan,
ilmiy   tadqiqotda   yo’nalish,   maqsadli   dasturiy   izlanish   kompleksi,   muammo   va
mavzuni farqlaydilar. 
Ilmiy   yo’nalish   fannnig   ma’lum   tarmog’ida   ilmiy   jamoa   tomonidan   olib
borilayotgan,   biron-bir   yirik   fundamental   yoki   nazariy-texnologik   muammoni   xal
etishga   bag’ishlangan   ilmiy   tadqiqot   sohasidir.   Fanda   sohaviy   bo’linish   nisbatan
mustaqil   ilmiy   izlanish   tarmoqlarini   hosil   bo’lishiga   olib   keladi.   Masalan
psixologiyada   umumiy   psixologiya,   amaliy   psixologiya,   muxandislik
psixologiyasi, yoshlar psixologiyasi va boshqalar. 
Fanning   tarmoqlarga   bo’linishi   asosida   tadqiqot   predmeti   doirasidagi   yangi
o’rganilmagan   masalalarni   kiritish,   olingan   natijalarni   esa   amaliyotga   keng   tatbiq
qilish zaruriyati yotadi. Fan tarmoqlarida kadrlar, ilmiy va texnologik imkoniyatlar
birlashtiriladi,   yig’ilgan   potensial   shaxobchalanib   borayotgan   ilmiy   yo’nalishlarni
rivojlantirish uchun taqsimlanadi.  
Ilmiy yo’nalish ilmiy jamoa va ilmiy maktablar faoliyati sohasidir. Bu soha
o’zini ma’lum dasturiy va tematik (bir-biri bilan bog’langan mavzular «daraxtiga»)
yo’naltirilganligi bilan ajralib turadi. Masalan, matematikada topologik tadqiqotlar
yo’nalishi,   fizikada   qattiq   jismlar   strukturasini   tadqiq   qilish   yo’nalishi,
psixologiyada   yoshlar   psixologiyasini   o’rganish   yo’nalishi,   Markaziy   Osiyo
tarixida 
Qadimgi Xorazm sivilizasiyasini tadqiq qilish yo’nalishi va boshqalar. 
Ilmiy yo’nalishning strukturaviy birliklari – bu kompleks tadqiqot dasturlari,
muammolar, mavzular va masalalardir. 
Kompleks   tadqiqot   dasturi   bir   maqsad   atrofida   birlashtirilgan   tarmoqlararo
nazariy  va  ilmiy  –  texnologik  tadqiqotlar,  tavsiyalar  va   amaliy  choralar  tizimidir.
Murakkab   ijtimoiy   va   ilmiy   muammolarni   hal   qilish   maqsadida   turli   sohalarda ishlaydigan   mutaxassislar   ishtirokida   kompleks   tadqiqot   dasturi   ishlab   chiqiladi,
uni amalga oshirishda bir qancha ilmiy muassasalar va jamoalar jalb qilinadi.  
Xususan,   biron   –   bir   shahardagi   ekologik   vaziyatni   xar   tomonlama   tadqiq
qilish   va   zarur   tadbir-choralarni   rejalashtirish,   shahar   transporti   va
kommunikasiyasi   tizimini   takomillashtirish,   mintaqaviy   ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish rejasini ishlab chiqish kabi masalalar va tadbirlar tizimi tarmoqlararo
tadqiqot dasturi turkumiga kiradi. 
Ilmiy   muammo-izlanishning   katta   sohasini   qamrab   olgan   va   samarali
istiqbolga   ega   bo’lgan   murakkab   masaladir.   Muammoni   qo’yishda   quyidagi
savolga javob berish kerak: «Nimani o’rganish kerak, nima   tadqiq qilinmagan?».
Javob   berish   jarayonida   bizda   ma’lum   bilim   hosil   bo’ladi.   Demak,   muammo   biz
bilmagan   narsa   haqidagi   bilim,   bilish   shakli   ekan.   Tavsiflangan   ilmiy   muammo
tadqiqotni maqsad tomon yo’naltiradi. 
Muammoni  muammoli  vaziyat  vujudga keltiradi. Vaziyat  shundan  iboratki,
tadqiqot   davomida  oldin  ma’lum  bo’lmagan  xodisa   haqida  axborot  (fakt)  olinadi,
lekin mavjud nazariya (g’oya, ta’limot) uning mohiyatini tushuntirib bera olmaydi.
Aytaylik, meteorologik kuzatishlar  sayyoramizda  iqlimni  o’zgarayotganligi, freon
tuynugini   kengayib   borayotganligi   haqida   ma’lumotlar   bermoqda.   Ayni   paytda
bunday   o’zgarishlar   mohiyati   va   qonuniyatlarini   tushuntirib   beradigan   nazariya
hali   ishlab   chiqilgan   emas.   To’g’ri,   bu   masalada   bir-biridan   jiddiy   farq   qiladigan
farazlar, nazariy yondashuvlar yo’q emas. 
Muammoli vaziyat oldingi bilish bilan tushuntirilmagan yangi fakt o’rtasida
ziddiyat borligini natijasidir. Ziddiyatni hal qilish uchun muammoni qo’yish, unga
oid masalalarni belgilab olish kerak. 
Ilmiy   muammoni   qo’yish   vaqtida   uni   xar   tomonlama   tavsiflashga   to’g’ri
keladi.   Ilmiy   muammoni   tavsiflash   –   bu   bosh   masalani   ajratib   olish,   tadqiqot
predmeti  bo’yicha ham  o’rganlmagan masalalarni  aniqlash, kutilayotgan natija va
izlanish istiqbolini belgilab olishdan iboratdir. 
Muammoni tavsiflashda bir qator me’yoriy talablarga rioya qilinadi. Shakliy
(stilistik) me’yorlar:  -   qaytarish   va   tavtologiyalarga   yo’l   qo’ymaslik,   ko’p   ma’noli   atamalarni
ishlatmaslik; 
-shartli belgilar birligini saqlash; 
-nostandart belgi va birliklarni ishlatmaslik. 
Muammo mazmuniga oid me’yorlar: 
-hukm va mulohazalarni chin bo’lishi; 
-muammoni aniq va ravshan ifodalash; 
-muammodan   masala   va   savollarni   keltirib   chiqarishda   izchillik   talabiga
rioya qilish; 
-tatbiq qilinayotgan vositalar va usullarni tadqiqot maqsadi va natijasiga mos
kelishi. 
Qayd   etilgan   me’yoriy   talablarga   rioya   qilgan   holda   ilmiy   muammoni
tavsiflash, matnda bayon qilish uning sifat ko’rsatkichlari va ahamiyatini oshiradi,
mantiqiy va nazariy asoslanganlik darajasini ko’taradi.  
Yana   bir   muhim   metodologik   masala   muammoni   ishlanganlik   darajasini
aniqlashdir.   Ayrim   ma’lumotlarga   ko’ra   ixtiro   qilinganlik   haqida   yuborilgan
talabnomalarni 40-50% u yoki bu darajada hal qilingan masalalarni takrorlaydilar.
Fanda yakka tartibda ishlaydigan tadqiqotchilar orasida ishlangan mavzuni tanlab,
takrorlash   hodisasiga   yo’l   qo’yadigan   izlanuvchilar   oz   emas.   Odatda   ish   yaxshi,
yuqori   saviyada   tashkil   qilingan   ilmiy   jamoalarda   bunday   kamchiliklar   deyarli
uchramaydi. 
2.   Ilmiy tadqiqot mavzusi va samaradorligini baholash 
Muammoning   tarkibiy   qismini   ilmiy   tadqiqot   mavzusi   tashkil   qiladi.
Mavzular orqali ilmiy muammo masalalarga bo’linib ketadi. 
Mavzuni   o’zi   nima?   Mavzu   ilmiy   tadqiqotning   ma’lum   sohasini   qamrab
oladigan,   bir-butun   mazmunga   ega   bo’lgan   masaladir.   Ilmiy   muammo   izlanish
darajasi va miqyosiga qarab bir qator mavzular va masalalarga bo’linib ketar ekan,
har   bir   tadqiqotchi   oldida   mavzuni   tanlash   vaziyati   paydo   bo’ladi.   Bunda izlanuvchi   birinchi   navbatda   e’tiborini   mavzuni   dolzarbligi,   yangiligi,   naqadar
unda qiziqish o’yg’otganligi kabi xislatlarga qaratishi kerak.  
Mavzuni   tanlash   masalasiga   batafsilroq   to’xtaladigan   bo’lsak,   quyidagi
metodologik qoidalarga rioya qilish kerak. 
1. Mavzuni dolzarbligi, ya’ni uning nazariy va amaliy ahamiyati zamon
talabiga   mos   kelishini,   ijtimoiy   va   ilmiy   vazifalarni   bajarishga   qaratilganlik
darajasini aniqlash lozim. 
2. Mavzuni   yangiligi.   Mavzuda   mujassamlangan   masala,   masalani
biron-bir tomoni umuman ishlanmagan bo’ladi, bunday vaziyatda izlanish obyekti
va   predmeti,   ishlatiladigan   usul,   vosita,   ma’lumotlar   bazasi,   olingan   natija   ham
yangiligi bilan ajralib turadi. 
3. Mavzu   ilmiy   jamoa   olib   borayotgan   tadqiqot   yo’nalishiga   mos
kelishi   lozim.   Shu   bilan   birga   fanda   ilmiy   maktab   yoki   yo’nalishlar
monopologiyasiga yo’l qo’ymaslik kerak. Monopoliya holati g’oyalar raqobatiga
g’ov bo’ladi, nazariy va uslubiy ko’pxillikka yo’l qo’ymaydi. 
4. Mavzuning   muhim   xislatini   ilmiy   tadqiqot   natijalarini   ishlab
chiqarishga,   fanga,   o’quv   jarayoniga   tezlik   bilan   tatbiq   qilish   imkoniyati   tashkil
qiladi. 
5. Mavzu ahamiyati muhim me’yoriy ko’rsatkich sifatida ilmiy tadqiqot
salohiyati darajasini namoyish etadi.  
6. Tadqiqot   mavzusi   dolzarbligi,   yangiligi   va   ahamiyatining   obyektiv
ko’rsatkichini   jiddiy   jurnallarda   muammo   yo’nalishi   bo’yicha   chop   etilgan
maqolalar sonidan ham bilish mumkin. 
7. Mavzuni   ahamiyati,   dolzarbligi   va   istiqbolini   belgilashda   ekspert
baholash   usuliga   murojaat   qiladilar.   Ekspertlar   (7-10   kishi)   ballar   shkalasidan
foydalanib,   qo’yilgan   muammo   ahamiyati,   yangiligi,   tatbiq   qilinishi
koeffisiyentini chiqarish yo’li bilan mavzuni baholaydilar.  Tadqiqot muammosi va tanlangan mavzu salohiyatini oshiradigan omil ilmiy
baxs, muhokama va tanqiddir. 
Baxs jarayonida hal etilmagan masalalar ochilib qoladi, sayoz, ahamiyati yo’q
muammo   tadqiqot   doirasidan   chiqariladi   (va   aksincha,   izlanish   sohasiga
kiritilmaydi), tadqiqot energeyasi samarali natijaga yo’naltiriladi. 
Mavzu   samaradorligini   baholash.   Mavzuni   muhim   tomonini   olingan
natijalarni ishlab chiqarishga tatbiq qilish tezligi va ko’lami tashkil qiladi. Mavzuni
bu xislati tadqiqot samaradorligini belgilaydi. 
Tadqiqot   mavzusining   samaradorligi   bir   qator   iqtisodiy,   ijtimoiy   va   ilmiy
ko’rsatkichlarda   ifodalanadi.   Mavzu   tanlangandayoq   bo’lajak   izlanishning
dolzarbligi,   asoslanganligi,   ijtimoiy,   nazariy,   amaliy   (texnologik)   ahamiyati
hisobga olinishi kerak. 
Tanlangan mavzu samaradorligi birinchi navbatda olingan natijaning ijtimoiy
ishlab   chiqarish   (korxona   va   muassasalarda)   va   iste’mol   qilish   (o’quv   jarayoni,
tadqiqot   va   axborot   resurs   markazlari)   sohalarida   qo’llanilishi   miqyosi   bilan
o’lchanadi. Qo’lga kiritilgan natija qanchalik keng va ko’p miqyosda tadbiq qilinsa
uning samaradorligi shunchalik yuqori bo’ladi. 
Iqtisodchilar   mavzu   va   olingan   natija   samaradorligini   aniqlovchi   formulani
ishlab chiqishgan. 
                                             Rn  In
 
Xt
Bu yerda Rn – kutalayotgan natija koeffisiyenti 
In – iqtisodiy natija 
Xt – tadqiqot uchun ketgan xarajat 
Iqtisodiy ko’rsatkich tanlangan mavzu istiqbolini belgilaydigan muhim talabdir. 
Lekin fundamental va nazariy izlanish sohalarida, masalan: 
-matematikada biron-bir algebraik yoki topologik teoremani isbotlash; 
-fizikada elementar zarrachalarni guruhlashtirish va tasniflash masalasi; 
-biologiyada populyasiyasion evolyusiya nazariyasi;  -adabiyotshunoslikda badiiy usulni o’rganish muammosi; 
-sosiologiyada ijtimoiy xarakatchanlik dinamikasi masalalari va boshqalarda   
        
iqtisodiy natija koeffisiyenti  ko’rsatkichi  yetarli emas, u faqat taxminiy mulohaza
shaklini   olishi   mumkin.   Shu   bois,   yuqorida   qayd   etilgan   ekspertli   baholash
usulidan foydalanadilar.  
Ekspertli baholovchilar sifatida yo’nalish bo’yicha tan olingan yirik mutaxassislar
faoliyat ko’rsatib, ular mavzu va kutilayotgan natija samaradorligini aniqlaydilar. 
 
3.   Ilmiy tadqiqot ishlarini asosiy bosqichlari 
  Ilmiy tadqiqot ishi ma’lum tizimli tartibda amalga oshiriladi. Bu tartib qo’yilgan
maqsad   va   ish   rejasini   tuzishdan   olingan   natijalarni   rasmiylashtirishgacha   o’tgan
vaqtda sodir bo’ladigan faoliyat bosqichlarini o’z ichiga oladi.  
Dastlab ilmiy muammoni ko’rib chiqish jarayonida tadqiqot mavzusi belgilanadi. 
Mavzuga   oid   masalalar   ajratib   olinadi,   o’rganish   lozim   bo’lgan   manbalar
aniqlanadi.  
Ilmiy   tadqiqot   boshlang’ich   bosqichini   muhim   qismi   mavzuni   nazariy,   ilmiy   va
ijtimoiy   ahamiyatini   ko’rsatish,   asoslab   berish   tashkil   qiladi.   Tadqiqotni
dolzarbligi,   yangiligi   va   ahamiyatini   asoslash   ma’lum   strukturaga   ega.   Bunda
mavzu   predmetini   tadqiq   qilish   sabablari   ko’rsatiladi,   ishlanganlik   darajasi   va
oldingi   tadqiqotchilar   tomonidan   erishilgan   natijalar,   adabiyot   va   manbalar
aniqlanadi.   Yechilmagan   masalalar   va   muammolarga,   ularning   asoslanganligi,
adabiyotlar tahliliga alohida e’tibor beriladi.  
Shundan keyin tadqiqot maqsadi va vazifalar batafsil belgilanadi. Bunda manbalar
bibliografiyasi,   ularning   annotasiyasi   tuziladi.   Shu   bilan   birga   muammoni
ishlanganlik darajasini qiyoslab ko’rsatadigan referet yozish maqsadga muvofiqdir.
Bular   asosiy   nazariy   tadqiqot   olib   borishga   yordam   beradigan   boshlang’ich
ishlardir.   Boshlang’ich   tadqiqot   ishi   tarkibiga   izlanish   faoliyati   rejasini   tuzish
kiradi.   Ishni   rejalashtirish   mohiyati   shundan   iboratki,   izlanuvchi   tadqiqot   oldiga qo’yilgan bosh maqsadni bir qator strukturaviy vazifa va tadbirlar sxemasini tuzish
orqali konkretlashtiradi. 
Tadqiqot   maqsadini   amalga   oshirish   rejasini   tuzishda   2   ta   ro’yxatga   ega   bo’lish
kerak: 
1. Quyilgan   vazifalarni   bajarish   uchun   kerak   bo’ladigan   barcha
ishlar, tadbirlar ro’yxati; 
2. Bajariladigan barcha ishlarni  bir-biri  bilan bog’laydigan aloqalar,
ularni ketma-ketligini ifodalaydigan kalendar muddatlari ro’yxati. 
Mazkur   ro’yxatlarga   asoslangan   holda   tuzilgan   reja   samarali   faoliyat   dasturi
sifatida xizmat qiladi. 
Shuni   aytish   kerakki,   ilmiy   tadqiqot   bosqichlarini   konkret   soni   izlanish   turi   va
xarakteriga   qarab   o’zgarishi,   farqlanishi   mumkin.   Biz   ilmiy   tadqiqot   ishlari
bosqichlarini standart modelini keltiramiz. 
1. Tanlangan   tadqiqot   mavzusini   asoslash,   masalalarni   belgilash.   Tadqiqotga
doir   adabiyotlar   va   manbalar   bilan   tanishish,   mavzu   dolzarbligi   va   yangiligini
asoslash.   Ilmiy   tadqiqotni   kalendar   rejasini   tuzish,   mavzu   bo’yicha   kutilayotgan
natija, uning samaradorligini belgilash. 
2. Empirik   tadqiqotlarni   bajarish,   faktlar   va   ma’lumotlarni   yig’ish,   ularni
o’rganish,   kerakli   vositalar   va   asbob-uskunalarni   tayyorlash,   obyektni   o’rganish
usullarini belgilash. 
3. Tajribaviy   tadqiqotlarni   amalga   oshirish,   eksperimentni   o’tkazish,
materiallarni yig’ish va tasniflash. 
4. Tadqiqot   obyekti   xossalarini   ifodalayligan   modellarni   ishlab   chiqish,
olingan   natijalarni   matematik,   kompyuterli   va   tahliliy   qayta   ishlashni   amalga
oshirish. 
5. Olingan   ma’lumotlar   va   faktlar   asosida   obyektning   asosiy   xossalarini
nazariy   talqinini   berish,   yangi   ochilgan   xossalar,   doimiyliklar,   funksional qiymatlarni tushuntirish, obyektni bir butun tavsifi va nazariyasini ishlab chiqish.
Bu bosqich fanda ixtiro yoki kashfiyot bilan yakunlanadi. 
6. Tadqiqotga   yakun   yasash,   olingan   natijalarni   rasmiylashtirish.   Tadqiqotni
batafsil   tavsiflaydigan   ilmiy   xisobotni   yozish,   taqrizdan   o’tkazish.   Olingan
natijalarni   amaliyotga   tatbiq   qilish   yo’llari   va   shakllarini   belgilash,   ularning
iqtisodiy,   ijtimoiy   va   ilmiy   samaradorligini   baholash.   Shu   ishlar   bajarilgandan
keyin   yutuq   va   natijalarni   e’lon   qilish   maqsadida   maqolalar,   risolalar   va
monografiyalar yoziladi, ilmiy nashrlarda chop etiladi.  
Demak   ilmiy   tadqiqotlar   tuzilmasi   va   mantig’ini   quyidagicha   belgilaymiz:   1
bosqich.   Tadqiqot   muammosi   bilan   umumiy   tanishish   asosida   uning   dolzarbligi,
o’rganilganlik   darajasi   asoslanadi;   tadqiqot   mavzusi,   obekti   va   predmeti
aniqlanadi; tadqiqotning umumiy va oraliq maqsadlari, ular bilan bog’liq vazifalar
shakllantiriladi. 
2   bosqich.   Tadqiqotning   ilk   ilmiy   konsepsiyasi   (metodologiyasi),   uning   borishini
belgilovchi tayanch nazariy qoidalar va ko’zda tutilgan natijalar 
(mo’ljallar)   hamda   tadqiqiy   yondashuvlar   tanlanadi.   3   bosqich.   Tadqiqotning
nazariy tuzilishi va chinligini isbotlashi lo- zim bo’lgan amaliy faraz ilgari suriladi.
4 bosqich. Tadqiqot metodlari tanlanadi; tadqiqot predmetining dast- labki holatini
aniqlash   maqsadida   ta’kidlovchi   ilmiy-tajriba   o’tkaziladi.   5   bosqich.
Shakllantiruvchi ilmiy-tajriba tashkil yetiladi va o’tkazi- ladi. 
6 bosqich.  Tadqiqot  natijalari  tahlil  qilinadi,  izohlanadi  va  
rasmiy- lashtiriladi. 
7 bosqich.  Amaliy  tavsiyalar  ishlab  chiqiladi. 
    Ilmiy   tadqiqot   ishlarini   asosiy   bosqichlarini   tavsiflash   shuni   ko’rsatadiki,   fan
sohasidagi   mehnat   murakkab   struktura   va   jarayonlar   ketma-ketligini   bildiradigan
faoliyatatdir.   Bularni   barchasi   asosiy   maqsadga   –   amaliyotga   tadbiq   qilishga,
texnika   va   texnologiyalar   ishlab   chiqishga   zamin   bo’ladigan   yangi   tushunchalar,
g’oyalar   va   nazariyalarni   ishlab   chiqish,   innovasion   texnologiyalarni   yaratishga
bo’ysundirilgan.   
4.   Ilmiy axborot tushunchasi , axborotni izlash va o’rganish 
Obyektni   kuzatishdan   olingan   birlamchi   mushohadali   axborot   matnda   qayd
qilingandan keyin ikkilamchi yozilgan axborotga aylanadi. Keyinchalik bu axborot
tahlil   qilinadi,   tadqiqot   jarayonida   qayta   ishlab   chiqilgan,   mavjud   nazariy
tasavvurlar doirasida umumlashtiriladi. Olingan yangi natija kompyuter saytlariga
o’tkaziladi,   ilmiy   nashrlarda   chop   etiladi.   Axborot   tizimiga   o’tkazilgan   tadqiqot
natijalari ilmiy axborotga aylanadi.  
Faoliyatni   qaysi   turi   bo’lmasin,   barchasi   axborot   qabul   qilish   va   qayta
ishlashga   asoslangan.   Insoniyat,   u   bunyod   etgan   ijtimoiy   tuzilmalar   axborot
manbalari   va   oqimlari   bilan   o’ralgan.   Demak,   biz   o’zimiz   yaratgan   axborot
olamida   yashaymiz.   Bu   olamni   biosfera,   neosfera   va   texnosferadan   farq   qilish
uchun «informosfera» deb ataydilar. 
Axborotni   o’zi   nima?   Kibernetika   fani   asoschisi   N.Viner   axborot   materiya
ham   emas,   energiya   ham   emas,   axborot   bu   axborotdir,   degan   edi.   Bu   ta’rif
axborotni  o’ziga xos  xodisa ekanligiga  ishora qiladi  xolos, lekin bu o’ziga xoslik
nimadan iborat bo’lishini  ko’rsatmaydi. 
Tadqiqotlar shuni  ko’rsatadiki, axborot mohiyatan o’z-o’zini tashkil  qiluvchi
tizimlarning   (jonzot,   inson,   jamiyat,   ijtimoiy   tuzilmalar   va   boshqalar)   funksional
xossasi,   ya’ni   faoliyat   ko’rsatish   vositasi   bo’lib,   shu   xossa   orqali   tizimlarda
harakat, o’zgarish, o’zaro ta’sir, o’z-o’zini tiklash, aloqa va muloqot qilish amalga
oshiriladi. 
O’z-o’zini   tashkillashtiradigan   tizimlar   uchta   fundamental   asos   –   moda,
energiya va axborotdan foydalanish orqali turli funksiya va amallarni bajaradilar. 
Jamiyatda   ishlab   chiqariladigan   axborotlar   majmuasi   ijtimoiy   axborot,   deb
ataladi. Ijtimoiy axborotni bir ko’rinishini ilmiy axborot tashkil qiladi. 
Fan   tizimida   qo’lga   kiritilgan   yangi   natijalar   matnda   qayd   qilinib,   ilmiy
nashrlarda   chop   etiladi,   aloqa   kanali   yoki   internetga   uzatilgandan   keyin   ilmiy
axborot aylanadi.  Axborot bilishni zaminida turadi. Axborotda bilim, aniqrog’i  uning mazmuni
ifodalanadi,  aloqa  kanalida  bir   subyektdan  boshqasiga   yetkaziladi.  Shunday  qilib,
aloqa  kanalida bilim   axborotga  aylanadi.  Muloqatni   ikkinchi  subyekti  iste’molchi
sifatida   axborotni   qabul   qiladi,   uni   o’qib,   anglab   bilimga   aylantiradi.     Ayrim
adabiyotlarda   «axborot»   va   «bilim»   tushunchalari   aynanlashtiriladi.   Vaholanki,
bilim   axborot   emas,   u   ongdagi   obrazlar,   tushunchalar   va   tasavvurlardan   iborat
bo’lib, nutqda, aloqa kanalida axborotni mazmuni bo’lib qoladi. 
Fanda ilmiy axborotni hosil qlish va iste’molchilarga uzatish ishlarini axborot
texnologiyasi   tizimlari   bajaradi.   Axborotni   qog’ozli   va   qog’ozsiz   vositalarda
saqlash va uzatish tizimlari mavjud.  
Hozirgi   vaqtda   qog’ozsiz   texnologiyalar   (kompyuter,   internet,   megafon,
fleshka   va   boshqalar)   axborotni   ishlab   chiqarish,   izlash   va   uzatishda   ustuvor
texnologik tizimga aylanmoqda.  
Axborotni   geometrik   progressifda   ko’payib   borayotgan,   shu   bois,   axborotni
joylashtirish, saqlash va izlash texnologiyalarini taraqqiy etishi sharoitida axborot
bilan   ishlash   ko’nikmasini   shakllantirish   aqliy   mehnat   sohiblari   uchun   muhim
ahamiyatni kasb etmoqda.  
Aytish   kerakki,   axborotlar   okeanida   kerakli   ma’lumotni   izlash   tizimi
murakkablashib   bormoqda.   Unga   oid   maxsus   bilish   yo’nalishi   –   informatika   esa
har tomonga tarmoqlanib ketayotgan texnologik bilimlar kompleksiga aylangan.  
Axborotni   izlash,   u   bilan   ishlashni   tashkil   qilishda   ba’zi   –   bir   uslubiy
qoidalarga e’tibor berish kerak. 
1. Hozirgi   zamon   axborot   texnologiyasi   tizimlarini   yaxshi   bilish,   ular
bilan ishlash uquviga ega bo’lish. 
2. Ilmiy-texnik axborot tizimlari to’g’risida aniq tasavvurni  hosil qilish. 
3. Mutaxassislik   bo’yicha   axborot   manbalirini   mumkin   qadar   to’liq
bilish.  4. Axborotni   izlashning   eng   oqilona   yo’lini   tanlash,   uni   qayta   ishlash
usuli va vositalarni o’ylab ko’rish, tayyorlash. 
5. Yordamchi   bibliografik   va   axborot   materiallaridan   foydalanish
uquviga ega bo’lish. 
Bugungi kunda tadqiqotchi ixtiyorida turli daraja va miqyosga ega bo’lgan axborot
texnologiyasi tizimlari va manbalari mavjud.  
Asosiylari quyidagilardan iborat: 
1. Ilmiy axborotni ishlab chiqarish va saqlash tizimi-ilmiy-texnik axborot
markazlari, ixtisoslashgan axborot resursi muassasalari. Bularda ilmiy
yutuqlar,   yangi   natijalar,   ixtirolar,   ilmiy   va   texnologik   loyihalar
axborot shakliga keltiriladi va saqlanadi. 
2. Axborot   mahsuloti   –   chop   etilgan,   resurs   markazlarida   to’plangan,
internet   saytlariga   o’tkazilgan   axborot   majmuasi   (ilmiy   hisobotlar,
to’plamlar, monografiyalar, loyihalar). 
3. Axborot   texnologiyasi   tizimlari.   Bu   soha   ilmiy   axborotlarni   tarqatish
bo’yicha   ixtisoslashgan   tizim   bo’lib,   uning   tarkibiga   zamonaviy
axborot   va   aloqa   texnologiyasiga   ega   bo’lgan   ilmiy   muassasalar,
axborot   resurslari,   nashriyot,   referativ   qaydnomalar   va   ekspress-
jurnallar kiradi. 
4. Ilmiy   axborot   kommunikasiyasi.   Turli   ilmiy   markazlar   internet   yoki
maxsus   aloqa   kanallari   orqali   muntazam   ilmiy   aloqalar   o’rnatadilar,
anjuman va masofaviy ilmiy muloqot o’tkaziladi. 
Axborotni   hujjatli   manbalari.   «Ilmiy   axborot   manbai»   deb   biron   –   bir
ma’lumot   mavjud   bo’lgan   hujjat   tushuniladi.   Hajjat   maqomiga   ega   bo’lgan
manbada ilmiy va amaliy faoliyatda foydalaniladigan ma’lumotlar saqlanadi. 
  Har   qanday   ilmiy   tadqiqot   muayyan   ilmiy   yo’nalish   bo’yicha   ilmiy
texnikaviy   axborotni   izlashdan   boshlanadi.   Adabiyotni   to’plash   va   tahlil   etish
uchun ilmiy texnikaviy axborot manbalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:  - kitob (darslik, o’quv qo’llanma, monografiya, broshyura)lar; 
- davriy   matbuot   (jurnallar,   byulletenlar,   institutlarning   ilmiy   ishlari,
ilmiy to’plamlar); 
- me’yoriy   hujjatlar   (standartlar,   andozalar,   texnikaviy   shartlar,
yo’riqnomalar, me’yoriy jadvallar, muvaqqat ko’rsatmalar va b.); 
- katalog va preyskurantlar; 
- patent hujjatlari; 
- ilmiy   tadqiqotlar   va   tajribaviy   konstruktorlik   ishlari   haqidagi
hisobotlar; 
- axborot   nashrlari   (ITI   to’plamlari,   analitik   sharhlar,   axborotli
varaqalar, ekspress axborot, ko’rgazmalarning prospektlari va b.); 
- xorijiy ilmiy-texnikaviy adabiyotlarning tarjimasi va asl nusxalari; 
- dissertasiyalar, avtoreferatlar; 
- ilmiy-texnikaviy   anjumanlar   va   ishlab   chiqarish   yig’ilishlarining
ilmiy-texnikaviy materiallari; 
- ikkilamchi   hujjatlar   (referativ   sharhlar,   bibliografik   kataloglar,
referativ jurnallar va b.). 
Sanab   o’tilgan   hujjatlar   ulkan   axborot   oqimini   hosil   qiladi,   uning   sur’ati
yildan-yilga   oshib   boradi.   Bunda   yuqorilama   va   quyilama   axborot   oqimi   bir-
biridan farqlanadi. 
Axborotning   yuqorilama   oqim i   ijrochilar   (ITI,   oliy   o’quv   yurtlari   va
boshq.)dan qayd etuvchi idoralar tomon yo’naladi,  quyilama oqim  esa bibliografik
sharhlar,   referativ   va   boshqa   ma’lumotlar   ko’rinishida   ijrochilarga   ularning
talabiga ko’ra yo’naltiriladi. 
Axborot   manbalarida   yangi   ilmiy   va   ilmiy-texnikaviy   ma’lumotlarning
keskin   sur’atda   o’sib   borishi   munosabati   bilan   axborotning   “eskirishi”   kuzatiladi.
Chet   el   tadqiqotchilarining   ma’lumotlariga   ko’ra,   axborot   qiymatining   pastga
tushib   ketish   jadalligi,  ya’ni   “eskirishi”   ro’znomalar   uchun   kuniga  10%,  jurnallar
uchun oyiga 10% va kitoblar uchun yiliga 10% ni tashkil qilar ekan. Shu sababdan axborotning   juda   katta   oqimida   aniq   mavzuning   yangi,   ilg’or   yechimlarini   topish
murakkab masala hisoblanadi. 
Zarur   axborotni   izlash   ijodiy   jarayon   bo’lib,   shundan   uni   avtomatlashtirish
va shakllantirishning murakkabligi kelib chiqadi. 
Axborotni   izlash   deganda   tanlangan   mavzu   ustida   tadqiqot   olib   borish
maqsadida zarur hujjatlarni qidirish bo’yicha harakatlarning yig’indisi  tushiniladi.
Bu   jarayon   qo’lda,   mexanik   ravishda   va   avtomatlashtirilgan   tarzda   amalga
oshirilishi mumkin. 
Axborotni   qo’lda   qidirish   oddiy   bibliografik   kartochkalar,   kartotekalar   va
bosma   ko’rsatkichlar   bo’yicha   olib   boriladi.   Mexanik   ravishda   axborot
tashuvchilar   bo’lib   perfokartalar   xizmat   qiladi.   Mexanizasiyalashtirilgan   tarzda
axborotni   qidirishda   hisob-perforasiya   mashinalari,   avtomatlashtirilgan   tarzda
qidirishda esa EHM yordamga chiqadi. Bugun internet — ilmiy tadqiqot manbaiga
aylangan, desak mubolag’a bo’lmaydi. 
 
Axborotni   tarqatishda   internet   texnologiyalarning   quyidagicha   bir   qator
afzalliklari tufayli vujudga keldi: 
- aloqa kanallari orqali axborot uzatishning yuqori tezligi;  
- hujjatlarni   elektron   shaklda   saqlashning   nisbatan   (qog’oz   bilan
taqqoslaganda) arzonligi va qulayligi;  
- veb-texnologiyalardan   foydalangan   holda   axborot   resurslaridan
foydalanishning soddaligi va qulayligi;  
- ma’lumotlar   bazalarida   ma’lumot   qidirishning   qulayligi;     -   cheksiz
nusxa ko’chirish imkoniyati va boshqalar. 
Axborot   texnologiyalarining   rivojlanishi   bilan   ko’plab   davlatlar   rasmiy
bosma ommaviy axborot vositalarining elektron versiyasini nashr etishga murojaat
qilishdi.   Shu   bilan   birga,   bepul   elektron   nashr,   uning   kunning   istalgan   vaqtida
mavjudligi,   Internet   (ommaviy   kutubxonalar)ga   kirish   huquqiga   ega
bo’lmaganlarning   huquqlarini   ta’minlash,   bosma   va   elektron   ma’lumotlarning
identifikasiyasini kafolatlash asosiy prinsiplardir.  Shuningdek,   bir   qator   davlatlar   Internetda   davlat   hokimiyati   organlari
tomonidan   qabul   qilingan   hujjatlarga   kirishni   ta’minlaydilar   va   ko’pincha,   bu
nafaqat   o’zlarining   veb-saytlarining   rasmiy   organlar   tomonidan   olib   borilishini
ta’minlaydi, balki milliy vebsaytda ularning birlashtirilgan versiyasi mavjudligidan
ham   dalolat   beradi.   Qonun   hujjatlariga   kirish   faqat   normativ   matnlarni   nashr
etishga bag’ishlangan maxsus saytlarda jamlanadi. 
Odatda,   qog’oz   va   elektron   versiyalar   rasmiy   manbalar   hisoblanadi.   Shu
bilan   birga,   Vengriyaning   elektron   vositalari   orqali   ma’lumot   olish   erkinligi
to’g’risidagi   qonunga   binoan,   bu   tafovut   yuzaga   kelgan   taqdirda   aynan   bosma
(qog’oz) variant yetakchi hisoblanadi. 
Chet   el   tajribasini   o’rganish   hozirgi   paytda   Internetdagi   saytlarda   elektron
chop etish usuli an’anaviy — bosma usulni to’ldirishini ta’kidlash imkonini beradi.
Agar   ularning   haqiqiyligiga   shubha   tug’ilsa,   aksariyat   hollarda   qog’oz   versiyasi
ustunlikka   ega   bo’ladi.   Hujjatning   kuchga   kirishi   uchun   yetarli   bo’lgan   elektron
nashr tartib-qoidasi faqat bir nechta mamlakatlarda mavjud va juda ixtisoslashgan
yoki   individual   xarakterdagi   cheklangan   miqdordagi   hujjatlarga   nisbatan
qo’llaniladi. 
Internet   —   bu   axborotni   masofadan   turib   olish   va   uni   kompyuter
texnologiyalari va aloqa tizimlari yordamida vizualizasiya qilishning bir usuli. 
Insoniyat  birinchi marta Internetdan foydalanish bilan bog’liq holda deyarli
barcha   faoliyat   sohalarida   munosabatlarni   tartibga   solish   zarurati   bilan   duch
kelmoqda.   Ijtimoiy   hayotga   bunday   qisqa   tarixiy   davrda   ilm-fan   va   texnologiya
yutuqlari hyech qachon bunday darajada ta’sir ko’rsatmagan.  
Axborotni   samarali   tarzda   o’zlashtirish,   ya’ni   o’rganish,   eslab   qolish   va
tahlil etish uchun bir qator shartlar bajarilishi zarur: 
- maqsadni   aniqlab   olish .   Ushbu   psixologik   omil   fikrlashni
faollashtiradi, o’qilayotgan materialni aniq tushunishga va qabul qilishga yordam
beradi;  - ilhomlanish,   ruhlanish .   Bu   holat   ijodiy   yondashishning   asosini
tashkil qiladi, axborotni o’zlashtirish samarasini oshiradi; 
- diqqat-e’tiborni   bir   joyga   qaratish .   Ushbu   holat,   ayniqsa,   yangi,
qiyin va murakkab matnni o’qish jarayonida asosiy shart hisoblanadi. Materialni
to’liq o’zlashtirish uchun uni qayta-qayta o’qishga to’g’ri keladi; 
- to’g’ri   ish   rejimini   yaratish .   1-2   soatlik   aqliy   ishdan   so’ng   5-7
minutli   tanaffus   uyushtirish   tavsiya   etiladi,   bunda   jismoniy   mashqlar,   chuqur
nafas olish markaziy asab tizimini rag’batlantirib, ishlash qobiliyatini oshiradi. 
Hujjatli   ilmiy   axborot   birlamchi   va   ikkilamchi   manbalarda   mavjud   bo’ladi.
Birlamchi   hujjatli   manbalarda   yangi   ilmiy   va   maxsus   ma’lumotlar   saqlanadi,
ikkilamchi   manbalarda   esa   birlamchi   hujjatlarni   qayta   ishlashda   hosil   bo’lgan
ma’lumotlar   (masalan,   katalog,   lug’at,   tahliliy   umumlashtiruvchi   referativ
to’plamlar va boshqalar) qayd etiladi. 
Birlamchi hujjatli axborot manblari:  
Kitoblar, monografiyalar, darslik, o’quv qo’llanmalar. 
Davriy matbuot nashrlar – jurnallar, byulletenlar, ilmiy to’plamlar. 
Ilmiy   tadqiqotlar   va   tajribaviy   konstruktorlik   ishlar   haqidagi   hisobotlar.
Me’yoriy hujjatlar, standartlar, texnikaviy yo’riqnomalar, jadvallar. 
Ixtisoslashgan ilmiy-texnik katalog va preyskurantlar. 
Patent hujjatlari. 
Informasiyaviy nashrlar, ekspress-axborot. 
Xorijiy ilmiy-texnikaviy adabiyotlar, asl nusxalar va tarjimalar. 
Ilmiy anjuman materiallari. 
Ikkilamchi axborot manbalari. 
Qomusiy   va   ixtisoslashgan   lug’atlar.
Dissertasiya avtoreferatlari. 
Tahliliy   va   umumlashtiruvchi   referativ   to’plamlar.
Bibliografik kataloglar.  Axborotni   izlashni   bibliografik   manbalarni   tanlashdan   boshlash   kerak.
Odatda   bunday   ishni   tadqiqotning   konkret   vazifasiga   mos   kelishini,   hamda,
izlanish rejasini hisobga olgan holda, tizimli ravishda amalga oshiradilar. Tizimsiz,
noizchil izlanish har doim ko’p vaqtni oladi.  
Adabiyotni   izlash   qanday   tartibda   -   xronologik   yondashuv   asosidami   yoki
boshida   hozirgi dolzarb muammolarga bag’ishlangan adabiyotlarni ko’rib chiqib,
keyin oldinroq chop etilgan materiallarni tahlil zaruriyati mavjudligiga bog’liq. 
Axborot   manbalari,   turli   katalog   va   bibliografik   ko’rsatkichlarni   bilish   ish
rejasiga, konkret maqsadga to’g’ri keladigan adabiyotlarni izlash, ular bilan ishlash
sxemasini tuzib chiqishni osonlashtiradi. 
 
5.   Fakt tushunchasi va tadqiqotda faktlar va ilmiy adabiyot bilan ishlash 
 
Axborot   va   fakt   bir-biri   bilan   bog’langan.   Tadqiqotda   bu   bog’lanish   shu
darajaga boradiki, hatto ularni aynan ma’noda tushunadilar. Vaholanki, axborot va
fakt bir narsa emas. Faqat tadqiqot doirasiga kirgan axborot faktga aylanadi. Fakt
tadqiqot zaxirasi sifatida axborot majmuasidan ajratib olinadi. Bundan tashqari har
qanday   fakt   ham   ilmiy   fakt   bo’la   olmaydi.   Ilmiy   faktni   o’ziga   xos   sifat   belgilari
mavjud.  
Faktni o’zi nima? «Fakt» atamasi ikki ma’noda ishlatiladi. 
1. Haqiqatda sodir bo’lgan hodisa haqida ma’lumot. 
2. Xulosa   chiqarish   uchun   xizmat   qiladigan,   tajribada
tasdiqlangan xodisa xususida bildirilgan hukm. 
Fanda ishlatiladigan fakt tadqiqot obyekti haqidagi bilim bo’lib, birinchidan,
chin   gipotezani   olg’a   surish,   empirk   bilimlarni   umumlashtirishda   asos   bo’lib
xizmat   qiladi,   ikkinchidan,   nazariyaning   u   yoki   bu   qoidasini   tasdiqlovchi   hukm
rolini o’ynaydi. 
Shunday qilib, tadqiqot doirasiga kiritilgan fakt ilmiy fakt, deb ataladi. 
Ilmiy faktning qanday sifat belgilari, xususiyatlari mavjud?  Bular:  1. Yangiligi 
2. Ishonchli bo’lishi 
3. Aniqligi 
Ilmiy faktning yangiligi. Oldin ma’lum bo’lmagan hodisa, biron-bir  qiymat
(ko’rsatkich) haqida axborot beradigan ilmiy fakt yangi bilim beradi. 
Yangi ma’lumot beradigan fakt qayerdan paydo bo’ladi? Obyektni kuzatish
va tajribada  olingan ma’lumotlarni  oldin ma’lum  bo’lgan hodisa yoki  xislat  bilan
taqqoslash   natijasida   o’zida   yangilikni   saqlagan   fakt   aniqlanadi.   Yangi   ma’lumot
axborot ko’rinishida qayd qilingandan keyin u ilmiy faktga aylanadi. 
Ilmiy   faktlarni   ishonchli   bo’lishi,   unda   qayd   etilgan   hodisani   real
mavjudlgi,o’xshash   sharoit   va   vaziyatda   uni   takrorlash   mumkinligi   bilan
belgilanadi. 
O’tgan asrning boshlarida yapon bakteriologi Xideo Naguchi sariq bezgak kasalni
qo’zg’atadigan   mikroorganizmni   kashf   etganini   e’lon   qildi.   Bu   axborotni
sinchkovlik   bilan   tekshirishganda   fakt   va   shu   bilan   birga   Noguchi   da’vo   qilgan
kashfiyot   tasdiqlanmadi.   Aslida   organizmda   kasalni   filtrlovchi   virus   qo’zg’atar
ekan. 
Faktni   aniqligi.   Obyekt   haqida   to’liq,   batafsil   tasavvurga   ega   bo’lishda   faktni
aniqligi muhim rol o’ynaydi. 
Faktlarni   mumkin   qadar   aniq   bo’lishiga   tadqiqot   vositalari   va   usullarini
takomillashtirish, obyektning miqdoriy qiymati va sifat belgilarini to’la qayd etish
orqali erishadilar. Faktlar aniqligini baholashda «yorqin fakt», «mutlaqo ishonchli
fakt», «fundamental fakt» kabi iboralarni ishlatadilar. 
Faktlarni   to’plash   va   qayta   ishlash.   Faktlar   qanchalik   ko’p   to’plansa,   obyekt
shuncha konkret va har tomonlama tavsiflanadi, gipoteza yoki g’oya tasdiqlanadi.  
Faktlarni qayta ishlash jarayonida gipiteza, g’oya va nazariya asosini tashkil qilgan
empirik bilim hosil bo’ladi.  Statistik qiymatga ega bo’lgan faktlarda noaniqlik, xatolik uchrashishi mumkin. Bu
holda   ularni   hosil   bo’lishini   aniqlashga   va   kerakli   tuzatish   kiritishga   yordam
beradigan matematik usul ishlab chiqiladi. 
Faktlarni   tahlil   qilish   va   umumlashtirish   g’oya,   gipoteza   va   qoida   (xulosa,
aksioma)   ko’rinishiga   ega   bo’lgan   nazariy   bilimni   hosil   bo’lishiga   olib   keladi.
Keyingi tadqiqotlarda faktlarga shu nazariy bilim «ko’zi» bilan qaraydilar. 
Shunday   ham   bo’ldiki,   agarda   yangi   faktlar   mavjud   nazariya   tomonidan
tushuntirilmasa,   unda   ularning   mohiyatini   ochib   beradigan   nazariyani   ishlab
chiqishga to’g’ri keladi. 
Tadqiqot  obyekti  aniqlangandan   keyin  uni   o’rganishda,   faktlarni   yig’ish   va  qayta
ishlashda   usul,   xususan,   empirik   bilish   usullari   va   vositalarini   ahamiyati   ortib
boradi. 
Shu   bois,   ilmiy   tadqiqotda   samarali   usul   va   vositalarni   tanlash,   tayyorlash,   ular
bilan ishlash malakasiga katta e’tibor berish kerak. 
Axborot va faktlarni ma’lum qismi, ularni talqini adabiyotlarda, manbalarda qayd
qilingan.   Demak,   adabiyot   bilan   ishlash   uquvini   shakllantirish   tadqiqotchi   uchun
birinchi navbatda zarur bo’lgan talabdir. Adabiyotlar ichida eng muhim manba va
tadqiqot quroli kitobdir.  
Kitobni   o’qishga   kirishganda,   asarni   nomi,   muallifi,   nashriyot,   chop   etilgan   vaqt,
undagi   mundarija,   asar   kompozisiyasi,   annotasiyasi   tuziladi,   ilmiy   apparat,   eng
muhim   bo’limlari   aniqlanadi.   Shundan   keyin   uni   batafsil   tanqidiy   yondashuv
asosida o’qish,kitobda berilgan g’oyalarni o’rganish boshlanadi. 
Belgilangan   tartibda   kitob   bilan   ishlash   vaqtni   tejash,   u   haqda   umumiy   tasavvur
hosil qilish, asarni o’rganish yo’lini aniqlash imkoniyatini beradi. Ilmiy adabiyotni
o’qish  usuli  masalasida  2 ta yondashuv mavjud. 1.   Asar  mazmuni  bilan tez, ko’z
yugurtirish tarzida tanishib chiqish. 
Bunda   asarni   faktologik   va   nazariy   qiymati,   uni   naqadar   diqqat   bilan   o’rganish
zarurati borligi aniqlanadi.  2.   Matnni diqqat bilan o’qish, asosiy joylari yoki bo’limlarini konspekt qilish,
foydalanish uchun sitatalar tayyorlash,asarda ifodalangan g’oya mazmunini chuqur
anglash. Bu ishni shu darajaga yetkazish kerakki, muhokama qilinayotgan masala
bo’yicha   kitobxonni   fikrlari   asar   muallifi   fikrlariga   qo’shilib   bir   butun   bilim
tuzimini hosil bo’lishiga olib kelsin. 
O’qish   jarayonida   muallif   fikrining   izchilligi,keltirgan   isbotining   mantig’i,
g’oyasini   asoslaydigan   faktlarni   yetarli   bo’lishiga   alohida   e’tibor   qaratish   muhim
ijodiy samara beradi.  
 
Xulosa
- Fanning   muhim   bilish   irmog’ini   ilmiy   yo’nalish   tashkil   qiladi.   O’z
navbatida   ilmiy   yo’nalish   bilimlarni   sohaviy   tarmoqlarga   bo’linishidan
kelib chiqadi.  Fan____fan tarmoqlari _____ fan yo’nalishi. 
- Ilmiy yo’nalish ilmiy jamoa va ilmiy maktab shug’ullanadigan fan 
tarmog’ini   bir   sohasidir.   Ilmiy   yo’nalishni   o’zi   bir   qator   struturaviy   birliklardan
tashkil topgan. Bular: kompleks tadqiqot dasturi, muammo, mavzu, masala. 
- Ilmiy   muammo   ma’lum   izlanish   sohasini   qamrab   olgan,   samarali
istiqbolga ega bo’lgan murakkab masaladir. 
- Ilmiy   muammoni   manbai   tadqiqotda   vujudga   keladigan   muammoli
vaziyatdir.   Muammoli   vaziyat   yangi   fakt   va   uni   tushuntiraolmaydigan
nazariya yoki ta’limot o’rtasidagi ziddiyatdir. 
- Tadqiqotni   samarali   bo’lishi   ko’p   jihatdan   muammoni   me’yoriy
talablarga rioya qilgan holda tavsiflashga bog’liq. 
- Mavzuni   tanlash   murakkab   nazariy   va   metodologik   faoliyat   bo’lib,
uning   ma’lum   talablari   va   me’yoriy   ko’rsatkichlari   mavjud.   Dolzarbligi,
yangiligi, mantiqiy izchilligi, tatbiq qilish imkoniyati va boshqalar. 
- Mavzu   samaradorligini   baholash   ilmiy   tadqiqot   faoliyati
unumdorligini   oshirish,   bilish   va   amaliyotga   tatbiq   qilish   imkoniyatlarini
kuchaytirish uchun zarurdir.  - Ilmiy   tadqiqot   mavzusi   va   izlanish   natijalari   samaradorligini
baholashda   unumdorlik   koeffisiyenti   yetarli   bo’lmasa,   ekspertli   baholash
usulidan foydalanadilar. 
- Ilmiy tadqiqot ma’lum bosqichlar ketma-ketligidan iborat bo’lib, har
bir bosqichda rejada belgilangan tadbirlar amalga oshiriladi. Tadqiqotning
standart modeliga ko’ra izlanish 6 ta bosqichdan iborat. Ish reja tuzishdan
boshlanib,   olingan   natijalarni   rasmiylashtirish,   hisobot   yozish,   maqolaga
chop qilish bilan yakunlanadi. 
- Tadqiqotchi birlamchi va ikkilamchi shakllarda namoyon bo’ladigan
axborot   bilan   ishlaydi.   Kuzatishda   birlamchi   axborot,   matnda   tahlil   qilish
uchun keltirilgan ma’lumot ikkilamchi axborot shaklida hosil bo’ladi. 
- Axborot   har   qanday   o’z-o’zini   tashkillashtiradigan   tizimning   aloqa,
ta’sir   o’tkazish,   strukturani   tiklash   funksiyalarini   amalga   oshiradigan
xossadir.  Fan ham shunday tizim qatoriga kiradi. 
- Insoniyat   yaratgan   axborot   olamini   bitta   jabhasi   ilmiy   axborot
qatlamidir.  Ilmiy axborot tadqiqot faoliyatini quroli, vositasi, zaminidir. 
- Bilish axborotni qabul qilish va qayta ishlashga asoslanadi. Bilim va
axborot aynan emas, ular bir-biridan farq qiladi. 
- Axborot   bilan   ishlashni   uslubiy   qoidalari   mavjud:   1)   axborot   bilan
ishlash   uquvini   shakllantirish;   2)   axborot   tizimlari   to’g’risida   aniq
tasavvurga ega bo’lish; 3) axborot manbalarini mumkin qadar to’liq bilish
va boshqalar. 
- Tadqiqotchini   ixtiyorida   turli   xil   axborot   texnologiyasi   tizimlari   va
manbalari   mavjud.   Ulardan   foydalana   bilish   ilmiy   tadqiqot   faoliyati
samaradorligini oshiradi. 
- Axborot manbalaridan foydalanishda birlamchi va ikkilamchi hujjatli
axborot   manbalarini,   chop   etilgan   va   qo’lyozma   huquqiqa   bo’lgan
(hisobotlar, dissertasiya avtoriferatlari) ishlari farqlash kerak.  - Axborotni   izlashdan   oldin   bibliografik   manbalarni   aniqlashga,   uni
qanday   tartibda   o’rganish   va   axborot   bilan   ishlash   sxemasini   ishlab
chiqishga e’tibor berish lozim. 
- Faktlarni   tahlil   qilish,   olingan   bilimlarni   umumlashtirish   nazariy
qoida   va   xulosalarni   ishlab   chiqish,   nazariy   umumlashmalar   esa   faktlarga
yangicha yondashish, ularni yangicha talqin qilish imkoniyatini beradi. 
- Ilmiy   adabiyot   bilan   ishlashni   uslubiy   qoidalari   va   yondashuvlari
mavjud bo’lib, ularni bilish tadqiqotchi oldiga qo’yilgan muhim talablardan
biridir. 
- Ilmiy   asar   bilan   tanishishni   asar   haqidagi   ma’lumotlarni   (nomi,
muallifi,   chop   qilingan   joyi   va   vaqti,   annotasiyasi,   mundarijasi   va
boshqalar)   bilish,   u   bilan   ishlash   rejasi   va   shaklini   tuzib   chiqishdan
boshlash kerak.  Adabiyotlar
1. O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. -T.: “O’zbekiston”, 2019 
2. Karimov I.A. Yuqori malakali mutaxassislar taraqqiyot omili. T.: 1995. 
1. Mirziyoyev   Sh.M.   Buyuk   kelajagimizni   mard   va   olijanob   xalqimiz   bilan
birga quramiz. - Toshkent: ―O’zbekiston, 2017.-491 b. 
2. Alemasov V., Mamadaliyev Sh.O. «Ilmiy tadqiqot: metodologiya, metodika,
ijodiyot»   kursidan   katta   ilmiy   xodimlar-izlanuvchilar   va   mustaqil   izlanuvchilar
uchun   o’quv     qo’llanma.     –     T.:     O’zbekiston     Respublikasi     IIV     Akademiyasi,
2015. – 102 b.  
5.  Davronov Z., M.Primov “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” fanidan O’quv-uslubiy
majmua. – Toshkent: Moliya instituti. – 2014 y.
6.   Koxanovsiy V.P. Filosofiya i  metodologiya nauki. – Rostov  na Donu.:  Feniks,
1999.  – S 576.
7. Новиков А.М. Как работать над диссертацией / Пособие для аспирантов и
соискателей. – М.: Эгвес, 1-е изд. 1994, 2-е изд. 1997, 3-е изд. 1999.
8.   Новиков   А.М.,   Новиков   Д.А.   Методология   научного   исследования.   –   М.:
Либроком.2010. – 280 с.
9.Peregudov   L.V.,   Saidov   M.X.,   Aliqulov   D.Ye.   Ilmiy   ijod   metodologiyasi.   –
Toshkent: «Moliya» nashriyoti, 2002. 
10.   Saifnazarov   I.,   Muxtarov   A.,   Boboyev   A.   Iimiy   tadqiqot   metodologiyasi.
O’quv- uslubiy qo’llanma. -T.: TDIIJ, 2017. - 129 b.

Ilmiy tadqiqot mavzularini asoslash metodologiyasi va Ilmiy tadqiqotda axboro izlash va qayta ishlash . Reja 1. Ilmiy yo’nalish, uning strukturasi va ilmiy muammo, unga qo’yiladigan uslubiy hamda me’yoriy talablar 2. Ilmiy tadqiqot mavzusi va samaradorligini baholash 3. Ilmiy tadqiqot ishlarini asosiy bosqichlari 4. Ilmiy axborot tushunchasi , axborotni izlash va o’rganish 5. Fakt tushunchasi va tadqiqotda faktlar va ilmiy adabiyot bilan ishlash

1. Ilmiy yo’nalish, uning strukturasi va ilmiy muammo, unga qo’yiladigan uslubiy hamda me’yoriy talablar Hozirgi zamon fan murakkab tizimlar, unsurlar va ko’p bosqichli faoliyat turlari kompleksini tashkil qilib, uning yadrosi bo’lgan ilmiy tadqiqotni o’zi ham bir qator strukturaviy epistemologik (bilishga doir) birliklarga bo’linadi. Xususan, ilmiy tadqiqotda yo’nalish, maqsadli dasturiy izlanish kompleksi, muammo va mavzuni farqlaydilar. Ilmiy yo’nalish fannnig ma’lum tarmog’ida ilmiy jamoa tomonidan olib borilayotgan, biron-bir yirik fundamental yoki nazariy-texnologik muammoni xal etishga bag’ishlangan ilmiy tadqiqot sohasidir. Fanda sohaviy bo’linish nisbatan mustaqil ilmiy izlanish tarmoqlarini hosil bo’lishiga olib keladi. Masalan psixologiyada umumiy psixologiya, amaliy psixologiya, muxandislik psixologiyasi, yoshlar psixologiyasi va boshqalar. Fanning tarmoqlarga bo’linishi asosida tadqiqot predmeti doirasidagi yangi o’rganilmagan masalalarni kiritish, olingan natijalarni esa amaliyotga keng tatbiq qilish zaruriyati yotadi. Fan tarmoqlarida kadrlar, ilmiy va texnologik imkoniyatlar birlashtiriladi, yig’ilgan potensial shaxobchalanib borayotgan ilmiy yo’nalishlarni rivojlantirish uchun taqsimlanadi. Ilmiy yo’nalish ilmiy jamoa va ilmiy maktablar faoliyati sohasidir. Bu soha o’zini ma’lum dasturiy va tematik (bir-biri bilan bog’langan mavzular «daraxtiga») yo’naltirilganligi bilan ajralib turadi. Masalan, matematikada topologik tadqiqotlar yo’nalishi, fizikada qattiq jismlar strukturasini tadqiq qilish yo’nalishi, psixologiyada yoshlar psixologiyasini o’rganish yo’nalishi, Markaziy Osiyo tarixida Qadimgi Xorazm sivilizasiyasini tadqiq qilish yo’nalishi va boshqalar. Ilmiy yo’nalishning strukturaviy birliklari – bu kompleks tadqiqot dasturlari, muammolar, mavzular va masalalardir. Kompleks tadqiqot dasturi bir maqsad atrofida birlashtirilgan tarmoqlararo nazariy va ilmiy – texnologik tadqiqotlar, tavsiyalar va amaliy choralar tizimidir. Murakkab ijtimoiy va ilmiy muammolarni hal qilish maqsadida turli sohalarda

ishlaydigan mutaxassislar ishtirokida kompleks tadqiqot dasturi ishlab chiqiladi, uni amalga oshirishda bir qancha ilmiy muassasalar va jamoalar jalb qilinadi. Xususan, biron – bir shahardagi ekologik vaziyatni xar tomonlama tadqiq qilish va zarur tadbir-choralarni rejalashtirish, shahar transporti va kommunikasiyasi tizimini takomillashtirish, mintaqaviy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish rejasini ishlab chiqish kabi masalalar va tadbirlar tizimi tarmoqlararo tadqiqot dasturi turkumiga kiradi. Ilmiy muammo-izlanishning katta sohasini qamrab olgan va samarali istiqbolga ega bo’lgan murakkab masaladir. Muammoni qo’yishda quyidagi savolga javob berish kerak: «Nimani o’rganish kerak, nima tadqiq qilinmagan?». Javob berish jarayonida bizda ma’lum bilim hosil bo’ladi. Demak, muammo biz bilmagan narsa haqidagi bilim, bilish shakli ekan. Tavsiflangan ilmiy muammo tadqiqotni maqsad tomon yo’naltiradi. Muammoni muammoli vaziyat vujudga keltiradi. Vaziyat shundan iboratki, tadqiqot davomida oldin ma’lum bo’lmagan xodisa haqida axborot (fakt) olinadi, lekin mavjud nazariya (g’oya, ta’limot) uning mohiyatini tushuntirib bera olmaydi. Aytaylik, meteorologik kuzatishlar sayyoramizda iqlimni o’zgarayotganligi, freon tuynugini kengayib borayotganligi haqida ma’lumotlar bermoqda. Ayni paytda bunday o’zgarishlar mohiyati va qonuniyatlarini tushuntirib beradigan nazariya hali ishlab chiqilgan emas. To’g’ri, bu masalada bir-biridan jiddiy farq qiladigan farazlar, nazariy yondashuvlar yo’q emas. Muammoli vaziyat oldingi bilish bilan tushuntirilmagan yangi fakt o’rtasida ziddiyat borligini natijasidir. Ziddiyatni hal qilish uchun muammoni qo’yish, unga oid masalalarni belgilab olish kerak. Ilmiy muammoni qo’yish vaqtida uni xar tomonlama tavsiflashga to’g’ri keladi. Ilmiy muammoni tavsiflash – bu bosh masalani ajratib olish, tadqiqot predmeti bo’yicha ham o’rganlmagan masalalarni aniqlash, kutilayotgan natija va izlanish istiqbolini belgilab olishdan iboratdir. Muammoni tavsiflashda bir qator me’yoriy talablarga rioya qilinadi. Shakliy (stilistik) me’yorlar:

- qaytarish va tavtologiyalarga yo’l qo’ymaslik, ko’p ma’noli atamalarni ishlatmaslik; -shartli belgilar birligini saqlash; -nostandart belgi va birliklarni ishlatmaslik. Muammo mazmuniga oid me’yorlar: -hukm va mulohazalarni chin bo’lishi; -muammoni aniq va ravshan ifodalash; -muammodan masala va savollarni keltirib chiqarishda izchillik talabiga rioya qilish; -tatbiq qilinayotgan vositalar va usullarni tadqiqot maqsadi va natijasiga mos kelishi. Qayd etilgan me’yoriy talablarga rioya qilgan holda ilmiy muammoni tavsiflash, matnda bayon qilish uning sifat ko’rsatkichlari va ahamiyatini oshiradi, mantiqiy va nazariy asoslanganlik darajasini ko’taradi. Yana bir muhim metodologik masala muammoni ishlanganlik darajasini aniqlashdir. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra ixtiro qilinganlik haqida yuborilgan talabnomalarni 40-50% u yoki bu darajada hal qilingan masalalarni takrorlaydilar. Fanda yakka tartibda ishlaydigan tadqiqotchilar orasida ishlangan mavzuni tanlab, takrorlash hodisasiga yo’l qo’yadigan izlanuvchilar oz emas. Odatda ish yaxshi, yuqori saviyada tashkil qilingan ilmiy jamoalarda bunday kamchiliklar deyarli uchramaydi. 2. Ilmiy tadqiqot mavzusi va samaradorligini baholash Muammoning tarkibiy qismini ilmiy tadqiqot mavzusi tashkil qiladi. Mavzular orqali ilmiy muammo masalalarga bo’linib ketadi. Mavzuni o’zi nima? Mavzu ilmiy tadqiqotning ma’lum sohasini qamrab oladigan, bir-butun mazmunga ega bo’lgan masaladir. Ilmiy muammo izlanish darajasi va miqyosiga qarab bir qator mavzular va masalalarga bo’linib ketar ekan, har bir tadqiqotchi oldida mavzuni tanlash vaziyati paydo bo’ladi. Bunda

izlanuvchi birinchi navbatda e’tiborini mavzuni dolzarbligi, yangiligi, naqadar unda qiziqish o’yg’otganligi kabi xislatlarga qaratishi kerak. Mavzuni tanlash masalasiga batafsilroq to’xtaladigan bo’lsak, quyidagi metodologik qoidalarga rioya qilish kerak. 1. Mavzuni dolzarbligi, ya’ni uning nazariy va amaliy ahamiyati zamon talabiga mos kelishini, ijtimoiy va ilmiy vazifalarni bajarishga qaratilganlik darajasini aniqlash lozim. 2. Mavzuni yangiligi. Mavzuda mujassamlangan masala, masalani biron-bir tomoni umuman ishlanmagan bo’ladi, bunday vaziyatda izlanish obyekti va predmeti, ishlatiladigan usul, vosita, ma’lumotlar bazasi, olingan natija ham yangiligi bilan ajralib turadi. 3. Mavzu ilmiy jamoa olib borayotgan tadqiqot yo’nalishiga mos kelishi lozim. Shu bilan birga fanda ilmiy maktab yoki yo’nalishlar monopologiyasiga yo’l qo’ymaslik kerak. Monopoliya holati g’oyalar raqobatiga g’ov bo’ladi, nazariy va uslubiy ko’pxillikka yo’l qo’ymaydi. 4. Mavzuning muhim xislatini ilmiy tadqiqot natijalarini ishlab chiqarishga, fanga, o’quv jarayoniga tezlik bilan tatbiq qilish imkoniyati tashkil qiladi. 5. Mavzu ahamiyati muhim me’yoriy ko’rsatkich sifatida ilmiy tadqiqot salohiyati darajasini namoyish etadi. 6. Tadqiqot mavzusi dolzarbligi, yangiligi va ahamiyatining obyektiv ko’rsatkichini jiddiy jurnallarda muammo yo’nalishi bo’yicha chop etilgan maqolalar sonidan ham bilish mumkin. 7. Mavzuni ahamiyati, dolzarbligi va istiqbolini belgilashda ekspert baholash usuliga murojaat qiladilar. Ekspertlar (7-10 kishi) ballar shkalasidan foydalanib, qo’yilgan muammo ahamiyati, yangiligi, tatbiq qilinishi koeffisiyentini chiqarish yo’li bilan mavzuni baholaydilar.