IQLIMIY OMILLAR VA ULARNING DARYO OQIMIGA TA’SIRINI BAHOLASH
IQLIMIY OMILLAR VA ULARNING DARYO OQIMIGA TA’SIRINI BAHOLASH Reja: 1. Meteorologik elementlarning daryo oqimiga ta’siri 2. Atmosfera yog`inlarining balandlik bo`yicha taqsimlanishi 3. Yomg`ir jala yog`inlari va oqimning
Ma’lumki, atmosfera yog‘inlari oqimning hosil bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatuvchi iqlimiy omillar orasida asosiysi bo‘lib hisoblanadi. Buni biz daryo havzasining suv muvozanati ifodasidan ham ko‘rishimiz mumkin: U 0 X 0 -Z 0 . Ko‘rinib turibdiki, bir xil tabiiy sharoitda daryo havzasiga qancha ko‘p yog‘in ¸g‘sa, oqim shuncha ko‘p miqdorda hosil bo‘ladi. Ushbu mavzu yog‘inning maydon bo‘yicha va yil davomida mavsumlar aro taqsimlanishini o‘rganishga bag‘ishlangan. Atmosfera yog‘inlari meteorologik element bo‘lib, u bir qancha shart- sharoitlarga bog‘liq. Uning yer shari bo‘yicha taqsimlanishi birinchi navbatda havoning haroratiga bog‘liqdir. Bizga ma’lumki, havoning harorati ekvatordan qutbga qarab pasayib boradi. Shu bilan birga bug‘lanish ham kamayib boradi, havoning namligi ham kamayadi. Yog‘inning ko‘p miqdorda yog‘ishi uchun yetarlicha issiqlik bo‘lishi kerak, shu sababga ko‘ra ekvatorda eng ko‘p miqdorda yog‘in yog‘adi. Lekin bu qonuniyat ba’zi bir sharoitlarning ta’sirida buzilishi mumkin. Masalan, atmosferadagi sinoptik jaryonlar , va ayniqsa reliefning ta’sirida. Joyning relyefi tuzilishi yog‘inning miqdoriga, uning vaqt va makon bo‘yicha taqsimlanishiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa tog‘li o‘lkalarda relief yog‘inga ta’sir etuvchi asosiy omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. Tog‘larda balandlikning ortishi bilan iqlim, tuproq strukturasi, o‘simliklar turi kabilar ham o‘zgarib boradi, yog‘in-sochin miqdori ortib boradi. Reliefning yog‘inning taqsimlanishiga ta’sirini ko‘pgina iqlimshunos olimlar o‘rganganlar. Jumladan, B.D. Zaykov (Kavkaz tog‘lari), Shpilman (Alp tog‘lari), V.L. Shul’s, O.A. Drozdov, M.I. Getker (O‘rta Osiyotog‘lari) bu borada izlanish ishlari olib borganlar. Hamma tog‘tizmalari uchun deyarli bir xil qonuniyat (tendensiyaa) kuzatilgan. Masalan, M.I. Getker, O.A. Drozdovlarning ishlariga binoan avvalo qandaydir balandlikkacha, balandlikning ortishi bilan X ortib boradi (5000 m gacha), so‘ngra uning kamayishi kuzatiladi, > 5000 m da X ning kamayishi, bu balandlikda issiqlik energiyasining kamayishi, yani kondensatsiya bo‘lishi uchun haroratning yetishmasligidir.
Orqa Ili Olotovi tizmasi bo‘yicha quyidagi holatni kuzatish mumkin: Stansiya H abs ,m X,mm Alma-Ati, aeroport 674 443 Alma-Ati, observat 848 570 Alma-Ati, Medeo 1529 896 Alma-Ati “Gorelünik” 2254 923 Muzliklar 4000 800 Jadvaldan ko‘rinib turibdiki joyning absolyut balandligi ortishi bilan bir yilda yog‘adigan yog‘in miqdorining yig‘indisi ortadi, lekin 4000 m balandlikda esa kamayishi kuzatiladi. Yog‘in miqdorining balandlik bo‘yicha taqsimlanish grafigi giyetografik egri chiziq deb ataladi. yog‘in gradiyenti har 100 m balandlikda yog‘in ortishini miqdorining ko‘rsatadi, mm/100 m. Shuni eslatib o‘tish joizki, tog‘li o‘lkaning orografik tuzilishi juda murakkab, shu sababli yuqorida aytilgan qonuniyat, yani balandlikning ortishi bilan yog‘inning ortishi, ba’zida buziladi. Bunga sabab, tog‘ tizmalarining nam havo massalarining yo‘nalishiga qanday holatda joylashganligiga (oriyentiratsiya, ekspozitsiya) bog‘liq bo‘ladi. Masalan: Hisor, Farg‘ona, Turkiston, Qoratepa va hokazo tog‘ tizmalarining janubi-g‘arbiy yonbag’irlari nam havo massalarining yo‘nalishiga ro‘para joylashganligi sababli namlikni deyarli 80-100 % ushlab qoladi. Natijada shu yonbag‘irlardan to‘yinuvchi daryolar (Kofirnihon, Surxondaryo, Qoradaryo kabilar) sersuv bo‘lib, ayniqsa ularning nisbiy suvliligi yuqori bo‘ladi (23,5;14,8; 9,2 l/sek,km 2 ). Nam havo yo‘nalishiga noqulay, teskari joylashgan tog‘ tizmalari, yonbag’irlari esa yaxshi namlanmaydi, ulardan to‘yinadigan daryolarning oqim moduli kichik bo‘ladi. Masalan, Norin daryosi, uning irmoqlari baland (H>4000 m ham uchraydi) tog‘tizmalaridan boshlanishiga qaramasdan, ularning oqim moduli atigi 7,1 l/,sek km 2 ni tashkil qiladi. Relief tuzilishi faqat yog‘in-sochin miqdoriga ta’sir ko‘rsatibgina qolmay, balki yog‘inning yil ichida fasllar bo‘yicha taqsimlanishiga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Masalan, O‘rta Osiyo hududida uning tog‘li qismida yog‘in oylar bo‘yicha nisbatan tekis taqsimlanadi, tog‘ tizmalarining ichki qismlarida esa, yog‘inning ko‘p qismi yozgi oylarda kuzatiladi (Masalan, Issiqko‘l havzasi). Bundan tashqari relief yog‘inning qay holatda (qor, yomg‘ir) yog‘ishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Balandlikning ortishi bilan yog‘inning qor shaklida yog‘ishi ortib boradi va 4500 m dan katta balandliklarda esa faqat qattiq holatda yog‘adi. Bizga ma’lumki, Markaziy Osiyo darrolarini suv bilan ta’minlaydigan manba kuz-qish fasllarida tog‘ tizmalarida to‘plangan qor qatlamidir. Shu sababga ko‘ra Markaziy Osiyo daryolarining suvliligini bashorat qilish uchun to‘plangan qattiq yog‘inlar miqdorini bilishimiz kerak bo‘ladi. Qor holatda yoqqan yog‘inning yillik yog‘inga nisbatan ulushi (% da) quyidagi jadvalda berilgan. Stansiya N,m XII-II VI-VIII qor yomg‘ir Ziagli 137 32,5 6,2 17,6 82,4 Toshkent 479 38,9 3,0 23,9 76,1 Chorbog‘ 982 39,5 4,3 29,5 70,5 Chotqol 1938 33,7 10,7 64,8 35,2 Norin 2048 12,5 36,3 33,5 66,5 Tyan-Shan 3672 5,1 56,5 76,1 23,9 Fedchenko 4169 30,2 15,2 97,9 2,1 Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, eng pastda joylashgan Ziagli stansiyasi bo‘yicha yillik yog‘inning 17,6 %i qor shaklida va 82,4 %i yomg‘ir ko‘rinishida yog‘sa, Fedchenko stansiyasi bo‘yicha esa 97,7 % qor, atigi 2,1 % yomg‘ir tariqasida kuzatiladi. Yomg`irlar, Jala Yog`inlar Yer sharidagi ko‘pchilik daryolarasosan yomg‘ir suvlari hisobiga to‘yinadilar. Lekin bizning mamlakatimizdagi daryolarasosan qor suvlari hisobiga to‘yinadi. yomg‘ir yerga tushgani hamono suvning tabiatda aylanishi jarayoniga qo‘shilib ketadi. Qor esa past haroratda yoqqanligi sababli, u to‘planib qoladi. Daryolarimiz asosan qor hisobiga to‘yinishi bilan birga ularda toshqinlarning bo‘lib turishida
yomg‘ir suvlarining hissasi katta. yomg‘irgarchilik asosan bahor va kuzda kuzatiladi. Bahorda qor qatlami jadal ravishda eriyotgan vaqtda, uning ustiga yana yomg‘ir yoki jala yog‘sa, albatta selning hosil qilishi haqiqatdan uzoq emas. Oqim hosil qilishi nuqtai-nazaridan jala yog‘inning quyidagi xususiyatlari mavjud: 1. Kuzatilish muddati davomida yog‘in miqdori-X, mm; 2. Yog‘nning yog‘ish tezligi- , mm/min; 3. Yog‘inning davom etish vaqti - T, min, soat; 4. Yog‘inning egallagan yog‘ish maydoni - F, km 2 . Shuni aytib o‘tish kerakki, daryo suvlarining loyqaligini tashkil qilishda yomg‘ir va jalalarning ahamiyati nihoyatda kattadir. Faqat bahor fasli (III, IV, V) da yillik loyqaning 70-95 %i oqib o‘tadi. Yog‘inning yog‘ish tezligi ham, uning miqdori ham vaqt birligida o‘zgarib turadi. Demak, ularning ikkalasi ham vaqt funksiyasi hisoblanadi. Buni quyidagi misolda ko‘ramiz. 13 iyul 1931 y Mias daryosi havzasida kuzatilga yomg‘ir: Vaqt soat 6 6 6 6 6 6 6 6 minut 0,0 0,5 10 15 20 25 30 35 Vaqt intervalida yoqqan yog‘in miqdori 0,0 0,3 0,7 1,5 1,9 1,2 5,4 4,3 yomg‘ir yig‘indisi 0,0 0,3 1,0 2,5 4,4 5,6 11,0 15,3 yog‘ish tezligi 0,0 0,06 0,14 0,30 0,39 0,24 1,08 0,86 Jala deb qisqa vaqt davomida katta tezlik bilan yog‘adigan yomg‘irga aytiladi. Shundan ko‘rinib turibdiki, jala tushunchasi shartli tushuncha ekan. A.I. Voyeykov ta’rifiga ko‘ra Rossiya bo‘yicha jala deb yog‘ish jadalligi 0,5 mm min ga teng va undan katta bo‘lgan yomg‘irga aytiladi. Boshqa mamlakatlar uchun bu kattalik boshqa qiymatlarga ega, jumladan Rossiya (Voyeykov) - i > 0,5 mm/min; Shvesariya (Rigenbax) - i > 0,34 mm/min;