logo

Iqtisod sotsiologiyasi

Yuklangan vaqt:

24.12.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

83.318359375 KB
Iqt i sod sot si ol ogi y asi  
Mundari j a:
Ki ri sh..................................................................................................................................................
I  BOB. IQTI SOD SOTSIOLOGI Y A SI N I N G N A ZA RI Y  
A SOSLA RI ...........................................................
1.1.I qt isod sot si ol ogi y asi  f ani ni ng predm et i  v av azi f al ari .............................................................
1.2.Sot si ol ogi y a  v a  iqt i sod  f anl ari ning boshqa  fanl a r bil an  al oqasi ...........................................
1.3.Mak s Weber, K arl  Mark  v a  boshqa ol i ml a rni ng iqt isod sot si ol ogi y asi ga qo‘shgan hi ssasi  
II  BOB.I QTI SOD VA  IJ TI MOI Y  TUZI LMA N I N G O‘ZA RO 
BOG‘LI QLIGI ................................................
2. 1.I qt i sodi y  fa oli y at  v a sot si al  
st ruk t ural ar.................................................................................
2.2. Iqt i sodi y  x ul q   v a  sot si al  m e’y orl ar............................................................................................
II I  BOB. BOZOR V A  SOSI A L I N STI TUTLA R O‘RTA SI DA GI  
ALOQA .....................................................
3.1.Bozor t ahl il i ga sot si ol ogi k  y ondashuv l arni  
sha k ll ant i ri sh .....................................................
 
3.2.Bozor iqt i sodi y ot i  sharoi t i da  doim i y  m uam m ol a rni  x al  qil i sh v a resursl a rdan  sam arali  
foy dal anish..................................................................................................................................
I V  BOB.O‘ZBEK I STON  SHA ROI TI DA  I QTI SOD SOSIOLOGI Y A SI .................................................
4.1.O` zbеk ist onni ng hozi rgi  sot si al  t araqqi y ot i  v a  o` si sh hol at i ............................................
4.2.O‘zbek i st on Respubl i k asi da  x ufy ona iqt isodi y ot  k o‘l am i .....................................................
4.3.Raqam l i  iqt i sodi y  t izim ni ng O‘zbek ist onda  ri v oj i ..................................................................
X ul osa................................................................................................................... ........................
                                                                                                                Ki ri sh
Iqtisodiy sotsiologiya – iqtisodiy faoliyatni ijtimoiy jarayonlar va 
tuzilmalar bilan bog‘liq holda o‘rganadigan sotsiologiyaning maxsus 
sohasi. Bu fan iqtisodiy jarayonlarning ijtimoiy omillar, munosabatlar, 
me’yorlar, qadriyatlar va tuzilmalarga qanday bog‘liqligini tahlil qiladi.
Asosiy maqsadi:
Iqtisodiy tizimlarning ijtimoiy xususiyatlarini o‘rganish va iqtisodiy 
xatti-harakatlar ortidagi ijtimoiy motivatsiyalarni tushunish.
Asosiy mavzular:
1. Bozor munosabatlari va ijtimoiy tuzilmalar: Bozorlar qanday qilib 
ijtimoiy tarmoqlar va madaniy qadriyatlar orqali shakllanishi va 
rivojlanishi.
2. Kapitalizm va uning sotsiologik tahlili: Kapitalizmning rivoji va uning 
ijtimoiy oqibatlari. 3. Mehnat va bandlik: Mehnat bozorining sotsiologik tahlili, ijtimoiy 
tabaqalanish va bandlik muammolari.
4. Qaror qabul qilish: Iqtisodiy qarorlarning ijtimoiy va madaniy 
jihatlari.
5. Rivojlanish va modernizatsiya: Iqtisodiy rivojlanish jarayonlarining 
ijtimoiy shart-sharoitlari.
Muhim nazariyalar:
Maks Veberning iqtisodiy sotsiologiyasi: Diniy e’tiqodlar, madaniyat va
iqtisodiy rivojlanish o‘rtasidagi aloqalar.
Karl Polanyining "o‘rnatilganlik" nazariyasi: Iqtisodiy faoliyatning 
ijtimoiy tizimlarga o‘rnatilganligini ta’kidlaydi.
Marksistik iqtisodiy sotsiologiya: Ijtimoiy tabaqalar, sinflar va iqtisodiy 
hayotning ijtimoiy oqibatlari.
Amaliy ahamiyati:
Iqtisodiy sotsiologiya iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda, ish o‘rinlarini
yaratishda va iqtisodiy tenglikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Bu 
fan, shuningdek, korporativ madaniyat, iste’molchilar xatti-harakatlari
va ijtimoiy farovonlikni tahlil qilish uchun ham qo‘llaniladi.Sotsiologiya
atamasi bugungi mulohazakor o‘quvchi uchun tanish iboraga  aylanib 
ulgurdi. Birinchidan, u oliy ta’limga ixtisoslashgan barcha 
muassasalarda  o‘qitilmoqda. Ikkinchidan esa mavjud OAV, xususan 
Internet saytlarining aksariyat  qismida “sotsiologik tadqiqot 
natijalariga ko‘ra”, degan jumla bilan o‘ziga xos  “sotsial reklama”  vazifasini o‘taydigan bo‘ldi. Shuningdek, sotsiologik bilimlarni 
1
boyitishda ijtimoiy-gumanitar fanlar va tabiiy fanlarning ma’lum 
nazariya va  uslubiyotlaridan faol foydalanish imkoniyati mavjudligi 
bugun sir emas. Mutaxassislar sotsiologiyaning tadqiqot ob’ekti – 
murakkab jarayon, ya’ni  kishilik jamiyatiga qaratilganligini e’tirof qilar 
ekanlar, unda mavjud jamiyatning  sotsial tuzilmasi, taraqqiyot 
qonuniyatlari insonlarning xulq atvorlarini tadqiq  etadilar. XX asrning
so‘nggi 20 yilligida ijtimoiy hayotda jamiyatdagi sotsial  muammolar, 
ularning kelib chiqishi, oldini olish va bartaraf etish chora tadbirlari  
to‘g‘risida ko‘plab ilmiy konferensiya va seminarlar o‘tkaziladigan 
bo‘lindi. Ularning  natijalariga tayanib tabiiyki akademik kitoblar ham 
chop etildi va bu jarayon xanuz  davom etib kelmoqda. Rus amerika 
sotsiologi Pitirim Sorokin ta’kidlaganidek  “insoniyat XXI asrda sotsial 
muammolar girdobi bilan to‘qnash keladi”. Zamonaviy  jamiyatda 
nega “oilalarda ajralishlar sodir bo‘ladi?”, “ishsizlikni qay yo‘sinda  
bartaraf qilish mumkin?”, “diniy va milliy nizolarning sababi nimada?”, 
“insonlarning xulq atvorini boshqarish mumkinmi?” qabilidagi o‘nlab va balki 
yuzlab  sotsial masalalar o‘z echimini topilishini kutib yotadi. 
Sotsiolgiya fanining vujudga kelish tarixiga e’tibor qaratilsa, u sotsial 
falsafa  negizida o‘zining ilk rivojini topganini kuzatish mumkin. 
Yuqorida ilgari surilgan  muammoli jumboqlar antik davr faylasuflari 
Platon va Aristotelning Xitoy va hind  falsafiy ta’limotlarida o‘rta asr 
sharq falsafa ilmida ham tafakkur nuqtai-nazaridan  talqin etilgan. 
Jumladan, musulmon dunyosida Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ibn  Xaldun,
1
 Социологические проблемы изучения общественного мнения. Учебно-методический 
комплекс. Составитель Д.  
соц.н., проф. Л.Н. Вдовиченко. Ответственный редактор Д.ф.н., чл.-корр. РАН, проф. Ж.Т. 
Тощенко.  
Российский государственный гуманитарный университет, 2010. С Ibn Batuta, Bobur asarlarida sotsiologik bilimlarga turtki bergan 
tayanch  mulohazalar ilgari surilgan. O‘rta asrlar Yevropasida Gobbs, 
Dekart, Russo, Volter,  
Monteske kabi mutafakkirlarning ijtimoiy hayot va kishilar xulq atvoriga oid 
ahloqiy, estetik ruhdagi qarashlarni ham sotsial bilimlarni takomillashuviga o‘z 
hissasini  qo‘shdi. Sotsial hodisalarga nisbatan amaliy yondashib, uni faqat dalillar 
asosida  baholash lozim, deb hisoblagan fransuz mutafakkiri O.Kont sotsiologiya 
sohasining  asoschisi sifatida e’tirof qilindi. Shuningdek, u birinchi bo‘lib mazkur 
atamani fanga  yangi yo‘nalish sifatida kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Nazariy 
sotsiologiyaning yanada  takomillashuviga Yevropalik mumtoz nazariyotchilardan 
G.Spenser, G.Tard,  G.Lebon, M.Veber va E.Dyurkgeymlarning hissasi beqiyos, ular 
o‘z asarlarida  protestantlikning kapitalizmdan ajralishi natijasida tafakkurdagi 
o‘zgarish, shu  vaqtdagi tabiiy fanlardagi qo‘lga kiritilgan va misli ko‘rilmagan 
kashfiyotlar, hamda  kapitalistik munosabatlarda foyda olishning inson xulq-
atvoriga o‘tkazayotgan sotsial  munosabatlar, harkatchanlik va jarayonlarni tahlil 
etadilar. 
Iqtisodiyot nazariyasini o'rganish, iqtisodiy jarayonlaming tub 
mohiyatini to ‘g‘ri tushunish ko‘p jihatdan uni o‘rganuvchilarning 
ma’lum 
nazariy va uslubiy bilim bilan qurollanishiga bog‘liq. Shuning uchun 
ham mazkur mavzu insoniyat jamiyati taraqqiyotining asosi bo‘lgan 
iqtisodiyot tushunchasini, uning oldida turgan vazifalarni, uzoq davr 
davomida iqtisodiy bilimlaming shakllanishi va iqtisodiyot nazariyasi 
fanining vujudga kelishini qisqacha tavsiflash bilan boshlanadi. 
Iqtisodiyot  nazariyasi fanidagi asosiy oqimlar va nazariyalaming umumiy bayoni 
qisqacha beriladi. Bu yerda iqtisodiyot va uning bosh masalasi, 
iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti, vazifalari va boshqa iqtisodiy 
fanlar 
ichida tutgan o ‘mini ko'rsatib berish bilan birga iqtisodiy qonunlar va 
kategoriyalar hamda ularning amal qilish mexanizmini yoritib berishga
alohida o‘rin beriladi. Shuningdek iqtisodiy jarayonlami ilmiy bilish 
usullarining mazmunini ochib berishga hamda Mamlakatimiz 
Prezidenti 
Sh.Mirziyoyev m a’ruzalarini va 0 ‘zbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasini o'rganishning ilmiy 
uslubiy ahamiyatiga alohida e’tibor qaratiladi.
Iqtisodiy sotsiologiya - iqtisodiyotning ijtimoiy aspеktlarini 
o`rganadigan fandir. Iqtisodiy sotsiologiya muammolari turli sohalar 
mutaxassislari tomonidan  o`rganiladi, matbuot va ommaviy axborot 
vositalari xodimlari tomonidan  shuningdеk, mеhnatning xo`jalik 
yuritishni barcha sohalari xodimlari tomonidan  o`rganib chiqiladigan 
fandir. Iqtisodiy sotsiologiya ijtimoiy-iqtisodiy jarayon sifatida  hamda 
jamiyatning iqtisodiy sohasini, uning ijtimoiy institutlar bilan 
aloqalarini  qamrab oladi. Ijtimoiy-iqtisodiy aspеktlar jamiyat 
hayotining alohida va aniq bir  
ko`rinishlarini bir-biriga to`g`ri kеlishining muvofiqligini o`z ichiga oladi. 
Ijtimoiyiqtisodiy   munosabatlar, ijtimoiy jarayonlar va hodisalarning tuzilishi va 
mеxanizmi    iqtisodiy aspеktlarning ijtimoiy aspеktlarga ta'siri yoki 
iqtisodiy omillarning ijtimoiy  holatidir.   Iqtisodiy sotsiologiyaning maqsadi - bu ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tadqiq 
qilish va ularni tartibga solish hamda boshqarish, prognozlashtirish, 
rеjalashtirish  bo`yicha tavsiyalar ishlab chiqarishdan iborat bo`lib, ular 
jamiyat va jamoaning  faoliyat yuritishini, shu asosda ularning manfaatlarini 
yanada to`laroq ro`yobga  chiqarish 
hamda maqbul tarzda uyg`unlashtirib olib borishdan iborat
Iqtisodiy bilimlar – talabalarni faol hayotiy yondashuvga ega bo‘lgan fuqorolar 
sifatida shakllantirishning zaruriy shartidir. Iqtisodiy bilimlar qanchalik chuqur 
bo‘lsa, har 
qanday yo‘nalishdagi mutaxassisning reytingi shunchalik 
yuqori bo‘ladi.Haqiqiy dalillarga asoslanadigan “Iqtisodiyot nazariyasi” fani 
dunyoda sodir bo‘layotgan iqtisodiy jarayonlarning barcha murakkabliklarni 
tushunishga yordam beradi. “Iqtisodiyot nazariyasi” jahon iqtisodiyot fani, uning 
oldingi va hozirgi zamon iqtisodiy maktablari yutuqlaridan foydalanadi va jahon 
mamlakatlari va jumladan O‘zbekistonning 
iqtisodiy va ijtimoiy siyosatini o‘rganadi.
Mazkur darslikda iqtisodiy jarayonlar va munosabatlarni o‘rganishning 
umumnazariy jihatlari jadvallar va rasmlar yordamida, ularni funksional tahmin 
qilish bilan 
to‘ldirib borilgan.  Bu esa iqtisodiy hodisalar va jarayonlarning mohiyatini ilmiy 
tarzda tushunish imkonini beradi.
Hozirgi kunda haramaga m a’iumki, insonlar yashashlari, siyosat, san’at, adabiyot, fan, m a’rifat, madaniyat hamda ta’Iim bilan shug‘ullanishlari 
uchun hayotiy ne’matlami iste’mol qilishlari va kiyinishlari  2
kerak. Shuning uchun har bir shaxs, o'zining kundalik hayotida bir 
qancha muammolarga, ya’ni hayotiy ehtiyojlari-kiyim-kechak, oziqovqat, uy-ro‘zg‘or
buyumlariga ega bo'lish, bilim olish kabi ehtiyojlar 
uchun zarur bo‘lgan pul daromadlarini qayerdan, nima hisobiga topish 
kerak degan muammolarga duch keladi.
Bu muammolami yechish va o‘z ehtiyojlarini qondirish maqsadida 
Jashilar turli yo‘nalishlarda, sohalarda faoliyat ko‘rsatadilar. Demak, 
insonning turli faoliyatlari ichida eng asosiysi, insoniyatning yashashi va 
uning kamol topishini ta’minlaydigani moddiy va m a’naviy ne’matlar 
ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan iqtisodiy 
faoliyatdir .
                                        
2
 Социологические проблемы изучения общественного мнения. Учебно-методический 
комплекс. Составитель Д.  
соц.н., проф. Л.Н. Вдовиченко. Ответственный редактор Д.ф.н., чл.-корр. РАН, проф. Ж.Т. 
Тощенко.  
Российский государственный гуманитарный университет, 2010. С 14.                                 I.BOB. IQTISOD SOTSIOLOGIY A SIN IN G N A ZA RIY  A SOSLA RI
1.1.Iqt i sod sot siol ogiy asi  fa ni ni ng predm et i  v a v a zi fa l ari
Iqtisodiy-sotsiologik muammolar turli ixtisos tahlilchilari va mеhnat  
tarmoqlarining mutaxassislari tomonidan o`rganilmoqda. Bu muammo muhim  
ahamiyatga ega bo`lganligi uchun ham batafsil ilmiy tadqiqotlar olib borishni 
talab  etadi.  
Iqtisodiy sotsiologiya – iqtisodiyotning ijtimoiy jihatlarini o`rganuvchi fan.
Sotsiologiya inson sotsiumini «hamma yеrda va har qayеrda» o`rganadi: 
oila va  turmushda, ekologiya va muloqotda, davlat va huquqda, ta'lim, 
madaniyat va  tarbiyada. Odam iqtisodiy munosabatlarga kirsa, iqtisodiy 
faoliyat bilan shug`ullansa,  iqtisodiy muammolarni o`zida sеzsa, yoki 
biron-bir iqtisodiy holatga  kirib qolsa, u holda sotsiologiya ham uning 
orqasidan iqtisodiy muhitga kirib boradi.  
«Inson iqtisodda» tushunchasi ancha kеng tasavvur tug`diradi, har xil 
variantdagi ijtimoiy va iqtisodiy holatlar nisbatini aks ettiradi.   Iqtisod inson uchun ishlaydi va rivojlanadi. Ehtiyojlar bilan bog`liq 
bo`lmagan  iqtisodiy maqsadlar mavjud emas. Iqtisod shu ehtiyojlarni 
qondirish nuqtai nazardan  baholanadi. Shuningdеk, inson o`zi uchun 
o`z kuchi bilan iqtisodiyotni bunyod etadi. Iqtisodiyotga madaniyat, 
ruhiyat va insonning kayfiyati ham ta'sir etishi  mumkin. Ular uning 
holatini, turini va ayrim holda aniq o`rnini bеlgilaydi.  Iqtisodiyotda bilim 
va tajriba kabi dunyoqarash ham muhimdir. Shuni ta'kidlash  kеrakki, 
iqtisodiyot ham insonga ta'sir o`tkazish qobiliyatiga ega. Iqtisodiyot o`z  
ta'siri bilan inson madaniyati, ruhiyati va kayfiyatini xam bеlgilaydi. 
Iqtisodiyotning  to`g`ridan-to`g`ri ta'sirini individlar, guruhlar va butun 
jamiyatning hayot tarzida ko`rish mumkin.  
Iqtisodiyot - bu odamlarning ma'naviy tinchligi yoki noxushligini bеlgilab
bеradigan omil. Shunday holatlar bo`ladiki, boshqaruvchilar birinchi 
navbatda inson to`g`risida o`ylab va unga bor e'tiborini qaratib, atayin 
yoki tasodifan muhim  iqtisodiy natijalarga erishadilar.  
Ikkinchi holatda esa boshqaruvchilar iqtisodni birlamchi narsa sifatida 
ko`rib,  o`z e'tiborini iqtisodiy vazifalarning yеchimiga qaratib, shu 
jarayonda muammolarni  hal qiladi, insonning o`ziga ham yordam 
bеradi.  
Uchinchi holatda esa birinchi, ikkinchi tamoyillar ishlamaydi, iqtisodiy  
maqsadlar insonga ziyon kеltiradi. Insonga yo`nalish bilan 
iqtisodiyotga yo`nalish  orasida kеlishuv yo`q, ularni bir-biriga qo`shish
mumkin emas, ulardan birortasini  tanlash esa fan va har kungi hayot 
uchun muammodir.  
Iqtisodiyot odamlarni yakka va guruhiy aloqalarga majbur qiladi va 
ular  o`rtasida munosabatlarning o`ziga xos turlarini vujudga kеltiradi. Guruhlar  o`rtasidagi kеlishuv va nizolar birinchi galda iqtisodiy 
tomondan paydo bo`ladi.  Iqtisodiyot - ko`p maxsus fanlarning 
prеdmеti va obyekti bo`lganligi sababli:  «Qanday qilib iqtisodiyot va 
iqtisodiy sotsiologiya bir-biri bilan birga yashamog`i  kеrak», - dеgan 
qonuniy savol tug`iladi. Javob sifatida quyidagi holatlarni kеltirish  
mumkin:  
1. Iqtisodiyot - bu ijtimoiy hayotning maxsus muhiti, uning 
muammolari bilan  iqtisodiy fanlar shug`ullanadi.  
2. Iqtisodiyotda ijtimoiy holatlar ko`p. Ular sotsiologiyaning ijtimoiy fan 
sifatida muammoligini bеlgilaydi. Sotsiologiya iqtisodiyotdagi ijtimoiy 
holatlarga  nisbatan o`z nazariyasiga, tahlil usullariga, muammolarni 
yеchish huquqiga ega.  
3. Iqtisodiy fanlar va iqtisodiy sotsiologiya muammolari chеklangan 
xaraktеrga  egaligi nuqtai nazaridan, ular orasida g`oyaviy farqlar mavjud. 
Iqtisodiy fanlar  obyektiv, moddiy dunyoqarashga ega bo`lsa, iqtisodiy 
sotsiologiya - ma'naviy va  ruhiy dunyoqarashga ega.  
4. Ko`p holatlarda iqtisodiy fanlar, sotsiologiyaga qaraganda aniq 
fanlar dеb  hisoblanadi, lеkin bu noto`g`ri; ko`p holatlarda iqtisodiy fanlar 
faqat mantiqiy  nazariyaga ega bo`lishi mumkin, sotsiologiya esa aniq 
tadqiqot va faktlarga  asoslanadi. 
Jamiyatning iqtisodiy muhitida sotsiologiya fanining «o`z savollari,  
muammolari» mavjud, lеkin bu o`rinda maxsus iqtisodiy fanlar bilan 
bo`lgan o`zaro  munosabatda muomala va aniq chеgara bеlgilanishi 
shart.  Iqtisodiy sotsiologiya fan sifatida o`z tizimiga ega bo`lib, bo`lim va  
yo`nalishlardan iborat. Jumladan:  
- mеhnat sotsiologiyasi, kasb va mashg`ulot sotsiologiyasi;  
- mulkiy munosabatlarning taqsimlanish sotsiologiyasi;  
- tashkilotlar sotsiologiyasi;  
- boshqaruv sotsiologiyasi. 
Har bir fan o`ziga xos bo`lgan katеgoriyalardan foydalanganligi sababli o`z  
funksiyalarini bajaradi va fan sifatida yashaydi. Ular quyidagicha: shaxs, 
guruh,  munosabatlar, xulq-atvor va faoliyat, ong.  
Shaxs - bu mustaqil fikrlovchi va harakat qiluvchi individdir. Shaxslar 
ongli  yoki ongsiz ravishda, muhim maqsadga yo`naltirilgan, ixtiyoriy, 
majburiy yoki  boshqaruv asosida, qarorlarni bajarishi natijasida haqiqiy 
va shartli guruhlarni tashkil  etadilar. Bir tomondan guruhning hamma 
tavsiyanomalarini uni tashkil etadigan  shaxslarning o`ziga xos 
xususiyatlari bеlgilaydi; boshqa tomondan – guruhning o`zi  uni tashkil 
etadigan shaxslarning xususiyatlarini bеlgilaydi. Unga esa maxsus 
guruhiy tafakkur va xulq-atvor xos. Shaxsning faoliyati va xulqi doimiy 
munosabatlar  tizimiga kiritilgan, unga bo`ysunadi, ular bilan o`lchanadi 
yoki rag`batlantiriladi. O`z  navbatida munosabatlar doimo xulq va 
faoliyat orqali vujudga kеladi.  Inson ongi shaxs va guruh tarzida doimo 
ularning munosabatlariga «bardosh  bеradi, tushunadi», fikrlash orqali 
ularni tartibga soladi, lеkin o`zi ham ular yordami  va ta'sirida 
shakllanadi. Birinchi Prеzidеnt Islom Karimov ushbu masalada alohida  
to`xtalib o`tib, “Aholini ish bilan ta'minlash muammolarini hal qilishda 
ham jiddiy  sifat o`zgarishlari ko`zga tashlanmoqda. Biz uchun o`ta  dolzarb bo`lgan bu masalani  yеchishda kichik biznеs va xususiy 
tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bilan birga,  xizmat ko`rsatish sohasi va 
kasanachilikning turli shakllarini kеng joriy etish, qishloq  joylarda  
chorvachilikni rivojlantirishni rag`batlantirishga alohida ahamiyat  
bеrilmoqda. Albatta, ish o`rinlari sonini ko`paytirishda xizmat ko`rsatish 
va sеrvis sohasini rivojlantirish va kеngaytirish muhim o`rin tutadi”1 –
dеya ta'kidlab o`tgan.  Iqtisodiy muhitda individ va guruh, munosabatlar,
xulq-atvor, faoliyat, shaxs ongi  orasidagi turli-tuman aloqalarni kuzatish 
mumkin. Iqtisodiy muhitni o`z nuqtai  nazaridan o`rganib, iqtisodiy 
sotsiologiya fani ma'lum qonuniyatlarni o`rganish va  bilishga intiladi. 
Iqtisodiyotda murakkab inson omilini qanday qilib amaliyotda  hisobga 
olinishi va unumli ishlatishning aniq yo`nalishlarini ko`rsatib bеrish 
mumkin.  Sotsium umuman «Broun harakatiga» o`xshatiladi, ya'ni 
tartibsiz, yakka va  guruh, harakatlar, his-tuyg`ular, xohishlar va fikrlar 
sifatida, ularda hеch qanday  tamoyillar yo`q va bo`lishi ham mumkin 
emas dеyishadi. Lеkin haqiqatda bu unday  emas, chunki ijtimoiy 
qonuniyatlar mavjud. Ayrimlari juda oddiy va ularning ta'sirini  har kuni 
amaliyotda ko`ramiz. Boshqalari esa murakkab, ular uzoq muddat ichida
tadqiqot va amaliyot asosida faqatgina tasdiqlanadi, shartli xaraktеrga 
ega bo`lib,  aniq holat bilan bog`langan va ma'lum sharoitda 
harakatlanadi.  
Oddiy va murakkab, ijtimoiy qonuniyatlar tamoyili iqtisodiy qonunlarga 
ham  bo`ysunadi. Iqtisodchilar (nazariyachi va amaliyotchilar) faqat o`z 
muhitining aniq va  oddiy arifmеtik tamoyiliga asoslangan qonunlarni 
ifodalab bеrishlari mumkin.  Qolgan murakkab holatlarda esa iqtisodiy  qonunlar, ular bilan bog`liq bo`lgan  iqtisodiy qonuniyatlarga o`xshab, 
«xira» va «mavhum». Ko`p iqtisodiy qonunlarning  murakkabligi inson 
omilining murakkabligi bilan izohlanadi. Bir xil iqtisodiy  jarayonlar har xil
holatlarda murakkab yoki oddiy bo`lishi mumkin. Ularning  murakkab 
yoki oddiyligi «inson omili»ning faolligiga bog`liq.  
Inson bir vaqtning o`zida bir-biriga ham o`xshaydi, ham bir-biridan 
farqlanadi.  Shuning uchun, ayrim holatlarda iqtisodiy qarorlarni qabul 
qilishda odamlarning xulqini oldindan yеngil va xatosiz aytish mumkin, 
boshqa holatlarda esa qarorlarni qabul qilishda xulqni bеlgilaydigan 
ko`pgina shaxsiy, individual jihatlarni  hisobga olish lozim. Masalan, ko`p 
holatlarda shaxsning o`zi buyruq asosida undan  qanday xulq-atvorni 
talab etsa, o`zini shunday tutadi, dеb hisoblashadi. Aslida esa,  xulqqa 
shaxsiy inson omilining quyidagi turlari ta'sir etadi: 
- iqtisodiy tartibning ma'lum jihatlariga nisbatan erkinlikka 
intilish;  - rag`batlantirish sifatida taklif qilinadigan qandaydir 
qadriyatlarga intilmaslik va ba'zi jihatlar oldida qo`rquvga 
bеrilmaslik;  
- «o`z sinfi» va «o`z ahvoli» mе'yoriga qaramasdan, hayotning 
umuminsoniy prinsiplari va shaxsiy yakkaligi uchun harakatlar;  
- guruh, u yoki bu shaxs uchun axborotning ommaviyligi, 
soddaligi tushunarliligi; axborot va uning xususiyatlari;  
- ta'lim va madaniyat; guruhiy ongning va jipslikning mavjudligi 
yoki yo`qligi;  - yеtakchilik xaraktеri;  
- ma'muriy buyruqlarni sеzish, tirishqoqlik, hokimiyatga va boshqaruv 
apparatiga munosabatlar ruhiyati;   - kayfiyat;  
- inеrsiya.  
Inson omili to`g`risida so`z borganda, uning obyektiv (bеrilgan holatda  
umuminsoniy xususiyatga ega hamma odamlar shunday harakat 
qiladilar) va  subyektiv (bеrilgan holatda hamma odam bir xil harakat 
qilmaydi, sababi – shaxsiy  xususiyatlar) turlari farqlanadi. «Nima uchun 
iqtisodiyotni sotsiologiya nuqtai  nazaridan o`rganish kеrak va uning 
amaliy ahamiyati nimada» Bu savolga javob  bеrish uchun iqtisodiy 
sotsiologiya fanining funksiyalarini ajratish lozim:  
1. Iqtisodiy. Haqiqatda nazariya ishlab chiqqan mеtodikasi, iqtisodiysotsiologik 
tadqiqotlar, odamlar faoliyati va ma'lum iqtisodiy tartibning munosabatlar  
ko`rsatkichlarini yaxshilashga qodir iqtisodiy sotsiologiya fani quyidagilarni  
o`rganadi:  
- iqtisodiy muammolarni yеchadigan va iqtisodiy masalalarni 
bajarishga imkon bеradigan ijtimoiy rеzеrv va rеsurslarni;  
- inson uchun ma'qul, «tabiiy», maksimal samaraga ega 
iqtisodiy tartibga  asoslangan ijtimoiy tamoyillarni (iqtisodiy 
samaradorlik, ijtimoiy maqbullik);  - ijtimoiy chеklashlar va 
tavakkallarni, ularni e'tiborga olmaslik iqtisodiy tartibni bеqaror, 
nizoli, ko`p yashamaydigan ahvolga olib kеladi. 
2. Faqat unumdorlik, foyda, samaradorlik tushunchalarini turkumlarga  ajratish 
dеgan fikrga kеlish mutlaqo noto`g`ri. Fan iqtisodiyotni inson uchun  maksimal 
ravishda to`g`ri kеlishi nuqtai nazaridan o`rganadi. Uni odamlarning  faoliyat va 
munosabatlar iqtisodiy tizimida ruhiy, maishiy qulayligi va ijtimoiy shartsharoitlari, 
imkoniyatlari qiziqtiradi. Fanning asosiy vazifasi – iqtisodiy hayotga   munosabat.  Odamni potеntsial yoki haqiqiy ishchi, mutaxassis, boshqaruvchi,  iqtisodiy 
faoliyatning subyekti sifatida har xil holatlarga, rollarga moslashishi.  Odam – 
nafaqat iqtisodiyotda «kapital» yoki «ishlab chiqarish komponеnti,  balki uning 
qadri ham hisobga olinadi. Iqtisodiyot ijtimoiy hayotning barcha  muhitlaridan o`tib
kеtadi va har bir shaxsni «iqtisodiy shaxsga» aylantiradi; ongli  «iqtisodiy shaxs» 
bo`lishi uchun unga yordam bеrishi kеrak. Bu iqtisodiy sotsiologiya  faniga 
univеrsal ta'lim fanining xaraktеrini singdiradi. Inson omili to`g`risidagi  bilimlar 
juda muhim. Lеkin bu bilimlar qachon va qaysi sharoit amaliyotda foydali va  bizga 
yordam bеradi. Birinchidan, ular yеtarli darajada ko`p bo`lishi shart.  Ikkinchidan, 
ularni ma'lum bir tartibda qatorlashtirish lozim. Buning uchun  uzoq muddat 
davomida bilimlar nafaqat aniq ishlab chiqilishi, balki tartibga ham  solinishi lozim. 
Har bir sub'yеktga «o`zining» bilim tartibi zarur.  Uchinchidan, ko`p narsa insonning
o`ziga ham bog`liq, ya'ni uning  qobiliyatiga, sotsiologik va ruhiy g`oyalarni o`z 
hayotida, ishida qo`llash xohishiga  ham bog`liqdir.  
To`rtinchidan, tasodif va baxtli hodisalarning ahamiyati katta. 
Oldindan  qayеrda, qachon va qanday bilimning ishlatilishini aytib 
bo`lmaydi. Har bir paydo  bo`lgan g`oya to`satdan muhim va kеrakli 
bo`lib qolishi mumkin. Iqtisodiy sotsiologiya ijtimoiy va iqtisodiy 
hodisalarni o‘rganishda ko‘plab fanlar bilan uzviy bog‘liqdir. Quyida 
iqtisod sotsiologiyasining boshqa fanlar bilan aloqasi 
keltiriladi:Iqtisodiy sotsiologiya iqtisodiyotning asosiy 
konsepsiyalarini o‘z ichiga oladi, lekin ular ustida ijtimoiy ta'sirlar va 
jarayonlar nuqtayi nazaridan ishlaydi.Masalan, iqtisod sotsiologiyasi 
bozorlar, iste'molchi xulq-atvori va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi 
munosabatlarni ijtimoiy struktura va madaniy kontekstda 
tushuntiradi.. Sotsiologiya.Iqtisodiy sotsiologiya sotsiologiyaning bir  bo‘limi sifatida iqtisodiy jarayonlarni ijtimoiy tizimlarning bir qismi 
sifatida o‘rganadi Ijtimoiy tarmoqlar, sotsial kapital va ijtimoiy 
normalarni iqtisodiy faoliyatdagi ahamiyatini tahlil qiladi.Falsafa 
iqtisodiy sotsiologiyaga qadriyatlar, axloqiy tamoyillar va insonning 
iqtisodiy faoliyatga nisbatan nuqtayi nazarini tushunishda yordam 
beradi.Masalan, iqtisodiy faoliyatni ijtimoiy adolat va tenglik nuqtayi 
nazaridan  baholash  Tarix Iqtisodiy sotsiologiya tarixiy hodisalarni, 
iqtisodiy tizimlarning rivojlanishini va jamiyatning iqtisodiy faoliyatga 
ta’sirini o‘rganadi.Masalan, industrial jamiyatlar shakllanishi yoki 
bozor tizimlarining rivojlanishini tahlil qilishda tarixiy metodlardan 
Psixologiya Psixologiya iqtisodiy xulq-atvorni, motivatsiyani va qaror 
qabul qilish jarayonlarini chuqurroq tushunishga yordam 
beradi.Masalan, iste’molchilar va investorlarning qarorlarida 
psixologik omillarni o‘rganish. Geografi dalarni ijtimoiy jarayonlar 
bilan bog‘liq holda o‘rganadi.Masalan, iqtisodiy klasterlarning 
shakllanishi.Huquqshunoslik.Huquqiy tizimlar iqtisodiy faoliyatni 
boshqaruvchi qoidalarni belgilaydi.Iqtisodiy sotsiologiya qonunchilik 
va iqtisodiy faoliyatning o‘zaro ta’sirini o‘rganadi.Politologiya Siyosiy 
tizimlar va siyosiy institutlar iqtisodiy qarorlarni 
shakllantiradi.Iqtisodiy sotsiologiya siyosiy kuchlar va iqtisodiy 
jarayonlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni tahlil qiladi.. Madaniyatshunosli 
Madaniyat iqtisodiy xulq-atvorga katta ta’sir ko‘rsatadi.Iqtisodiy 
sotsiologiya madaniy qadriyatlar, an’analar va iqtisodiy faoliyat 
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni o‘rganad Iqtisodiy sotsiologiya turli
3
fanlarning yondashuvlarini uyg‘unlashtirgan holda iqtisodiy va 
3
 Аристотель. Политика. — М., 2002. — С. 105. 
4 Пальмиери М. О гражданской жизни // Антология мировой философии. Возрождение. — 
Минск, 2001. — С.   ijtimoiy jarayonlarni chuqurroq tushunishga yordam beradi. Bu 
fanlar o‘rtasidagi bog‘liqlik iqtisodiy faoliyatni kengroq va ko‘p qirrali 
tahlil qilish imkonini beradi.Masalan, iste’molchilar va investorlarning
qarorlarida psixologik omillarni o‘rganish. 6. Geografiya Iqtisodiy 
faoliyatning hududiy taqsimlanishi, shahar va qishloq xo‘jaligi rivoji 
kabi masalalarni ijtimoiy jarayonlar bilan bog‘liq holda o‘rganadi.
                                  1.2.Sot si ol ogi y a  v a  i qt isod  fa nl ari ni ng boshqa  
fa nl a r bi l a n al oqa si  
Ijtimoiy va gumanitar fanlar tizimida sotsiologiya alohida o‘rinni 
egallaydi. Bu  bir nechta holatlar bilan belgilanadi: 
1) U jamiyat haqidagi, uning hodisalari va jarayonlari haqidagi fan hissiyosatshunэ
2) o‘z ichiga umumiy sotsiologik nazariyalarni yoki hamma gumanitar va  ijtimoiy 
fanlarning nazariya va metodologiyasi hisoblangan jamiyat nazariyasini  oladi; 
3) U jamiyat va inson hayotiy faoliyatining turli tomonlarini 
o‘rgatuvchi  ijtimoiy gumanitar va sotsial sohani o‘z ichiga oladi. Ya’ni,
sotsiologiya - hayotning  u yoki bu sohasini tadqiq etuvchi 
qonuniyatlarni oladi; 
4) Inson va uning faoliyati, texnik va uslubiy jihatdan ishlab 
chiqilgan  sotsiologik tadqiqotlar, gumanitar va ijtimoiy fanlar 
tomonidan o‘rganiladi va zarur  hisoblanadi. 
Falsafa, iqtisodiyot, tarix, siyosatshunoslik, psixologiya fanlari  
sotsiologiyaning shakllanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Sotsiologiyaning
256. falsafa bilan uzviy aloqasi shunda ko‘rinadiki, umumsotsiologik 
nazariyalar va amaliy sotsiologik tadqiqotlar ma’lum metodologik  
asosga tayanadilar. Shunday asosni esa falsafa fani yaratadi. Sotsiologiya
falsafaga  nisbatan mustaqillikni shunga asoslanib e’lon qiladi-ki, u o‘z 
oldiga ijtimoiy  muammolarni voqelikni ilmiy, anglash usuli asosida hal 
etish vazifasini qo‘yadi. Sotsiologiya statistika fani bilan ham mustahkam 
aloqada rivojlanadi. Bu ikki  fanning o‘zaro aloqalari shu qadar yaqinki, 
sotsiologiyaning rivojlanishi statistik  yondashuvlarsiz tasavvur qilish 
qiyin. Sotsiologiya shuningdek, iqtisodiy nazariya,  boshqaruv nazariyasi, 
tarix, pedagogika, huquqshunoslik, siyosatshunoslik kabi fanlar  bilan 
ham mustahkam aloqada rivojlanadi. 
Yuqorida keltirilgan fikrlardan xulosa qilib aytish mumkinki, 
sotsiologiya  ijtimoiy birliklar, tashkilotlar, jarayonlar va 
munosabatlarning yuzaga kelishi, funksionallashuvi va rivojlanishi 
qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir. Jamiyatning rivojlanib borishi 
bilan sotsiologiyaning mazmuni ham yanada  boyib, rivojlanib 
boradi. Yangi mazmundagi ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab  
chiqarish munosabatlari taraqqiy qilib borishi, sotsiologiyaning 
o‘rganish obyekt o‘zgarib borishi bilan uning o‘zi ham rivojlanib 
boradi. Tadqiqot usullari esa yanada  mukammallashadi. 
Sotsiologiya milliy mafkurani shakllantirish, yaratish jarayonida alohida 
o‘rin  tutadi. Eskirib qolgan dunyoqarash, eskicha moddiy va ma’naviy 
munosabatlar o‘z  o‘rnini yangisiga osonlikcha bo‘shatib bermaydi. 
Buning uchun ma’lum vaqt kerak.  Sotsiologiya shu vaqt davomida 
ma’naviyatda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni  aniqlashga va ilmiy asosga  ega bo‘lgan tadbirlar ishlab chiqishga xizmat qiladi. Fanda struktura 
tushunchasi. Struktura bu fandagi asosiy elementlar  ularning 
joylashishi munosabati va tartibidir. Struktura bevosita fanning 
rivojlanish  darajasi va uning elementlariga bog‘liqdir. Fanning rivojlanib
borishi davrida uning  elementlari bir tizimga to‘planib, bu sistema 
orqali esa bilimlarni tashkil qilish  vositaligi tayinlanadi. Buning 
natijasida esa nazariy, metodologik, metodik va boshqa  elementlar 
o‘rganilayotgan voqelikni (reallikni) yaxlit ko‘rinishda aks ettiradilar.  
Sotsiologiyaning strukturasini har xil tahlil qilish mumkin. Ayniqsa, bu 
strukturani  aniqlash nazariy sotsiologiya, metodologiya va empirik 
tadqiqotni ajratib olishlik  bilan ko‘pincha yuzaga keladi. 
Lekin bu sotsiologiyaning komponentlarini ajratib olish umumiyroq 
manoga ega, natijada esa fanning murakkab va har xil ko‘rinishga ega 
bo‘lgan strukturasining mazmuni kashf etilmaydi. Shuning uchun 
to‘laroq va har tomonlama hususiyatga ega  bo‘lish bilangina 
sotsiologiyani strukturasini ko‘rsatib berish lozim. Sotsiologiya  
strukturasida fundamental va amaliy yo‘nalishlarni, nazariy va empirik 
tadqiqotlarni, maxsus va tarmoq sohalarni ajratib ko‘rsatish darkor. Ular
bir-birlari bilan juda  murakkab o‘zaro dialektik aloqodorlar. Ayrim 
hollarda bir-birlariga qo‘shilib  ketadilar, boshqa holatlarda esa bir-
birlarin inkor qiladilar. Tadqiqotimiz ilmiy, teran  bo‘lishligi uchun 
sotsiologiya strukturasini bu elementlarini alohida tahlil qillib chiqishga 
harakat qilamiz. Fundamental sotsiotsiologiya. 
Fundamental sotsiologiya boshqa  elementlardan o‘zinig hal qilayotgan 
muammolarining darajasi va ahamiyati bilan  farq qiladi. Fundamental  sotsiologiya mohiyatidan muammolar, abstraksiyannng (mavxumlik) oliy 
darajasi bilan shug‘ullanib, sotsial olamning taraqiyoti va borligi  uchun zarur 
bo‘lgan umumiy qonun va qonuniyatlari izlash bilan faoliyat ko‘rsatadi.  
Fanning asosini ijodiy ishlashning uchta asosiy aspektini ajratib ko‘rsatish  
mumkin. Birinchisi, ontologik, ya’ni sotsial voqelikni mohiyati masalalarini 
yanada  aniqroq aytadigan bo‘lsak sotsiologiya obyektni, uning faoliyat 
ko‘rsatish shakllarini  tahlil qilib o‘rganadi. Ma’lumki, sotsial dunyo murakkab 
ko‘p qatlamlik, dinamik va  o‘zgaruvchanlik hususiyatiga egadir. Ontologiya 
borliq haqidagi ta’limot sifatida  falsafada vujudga keladi va ushbu fanning 
bosh mavzusi hisoblanadi. Nafaqat  bilishning shakl va metodlarini qayta ko‘rib
chiqish ehtiyoji paydo bo‘ldi va yana  sotsiologiyaning obyektni mohiyati, 
bilishning darajalari va mezonlarini ham qayta  ishlash zaruriyati tug‘ildi. 
Ontologik muammo masalalarini sotsiologiyadagi barcha  nazariy yo’nalish 
vakillari o‘zlaricha hal qilishga harakat qilganlar. 
Ayniqsa, sotsiologik muammoga ekzistensional va fenomenologik maktablar  
chuqur e’tibor bilan qaraydilar. Lekin realistik yo‘nalish vakillari tomonidan ham 
bu muammoga kengroq e’tibor beradilar. Sotsial reallik insonlarning 
mustahkam o‘zaro  harakati yangilanayotgan strukturaning natijasi sifatida 
tushuniladigan sinflar,  jarayonlar va interpretatsiyadir. 
Realistik yo‘nalish reallikni har hil darajasi, tabaqasini ajratib tahlil qildiki,  bular 
shunday jabhalardir real, aktual va empiriklikdir. Bu intilishlar esa metodologik 
munosabat sifatida juda muhimdir. Reallikning ushbu jabhalari orasidagi o‘zaro 
borliqlik ularning sotsial voqelikni shakllantirishdagi o‘rni va ahamiyatining tashkil  
etilishi ushbu yo‘nalishning beqiyos xizmatidir.  Fundamental sotsiologiya nafaqat nazariy asoslarni ishlab chiqish bilan  
shug‘ullanadi, binobarin bilishning umumsotsiologik fundamental 
prinsiplarini ham  keng ma’noda ishlab chiqadi. Sotsiologik bilishning 
mohiyati vazifalari, bilimlarning  obyektivligi, u yoki bu prinsip va 
yondoshishlarni qo‘llash ham fundamental  sotsiologiya muammolari 
majmuasiga taalluqlidir. 
Fundamental sotsiologiyaning maqsadi — bu sotsial olamning to‘liq 
tasvirini yaratashdir va bu sotsial olamning taraqqiyot manbai va 
shakllarini aniqlashdir. Ilk  bor fundamental nazariyalar tabiiy fanlar 
taraqqiyotiga tayangan, ayniqsa biologiya  va fizikaga. Sotsiologiya 
fanining asoschilari huddi shu fanlarning eksperimental va  empirik 
negizga o‘xshagan negiz asosida yangi sotsial fanni yaratishmoqchi 
bo‘ldilar.  XIX asrning ikkinchi yarmidagi yo‘nalishlar —pozitivizm, 
naturalizm va psixologizm sotsial hayotning doimiy harakatlanuvchi 
mexanizmini kashf etish,  sotsiologiyada empirik metodni yaratish 
uchun o‘z kuch-g‘ayratlarini birlashtiradilar. Nazariy va amaliy 
sotsiologiya. Sotsial voqelikning pozitivistik ruhidagi  ko‘rinishi o‘rniga 
struktur-funksional, empirik ko‘rinishlari yuzaga keldi. Bu  yo‘nalishlar 
sotsiologiyaning o‘z asosini, mustaqilligini izlashga katta ta’sir ko‘rsatdi.  
Ammo empirizm nafaqat fundamental nazariya ahamiyatini, balki 
nazariyani o‘zini  ham butkul inkor qila boshladi. Buning natijasida esa 
sotsiologiya o‘zining yaxlitligini yo‘qota boshlab, ijtimoiy hayotning har 
hil yo‘nalishlarini alohida-alohida  tahlil qiladigan fanga aylana boshladi.
Lekin XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab sotsiologiya o‘zining umumnazariy 
muammolariga qaytishni boshladi, shuningdek metodologik  tadqiqotlarning 
ahamiyati ko‘p osha boshladi. Bu jarayonlar esa sotsiologlarni  filosofiyaga qayta  murojaat qilishga majbur qildi. Buning natijasida esa ekzestensial, fenomenologik 
yo‘nalishlar paydo bo‘ldilar. Ular esa sotsiologiyaning asosini, yangi 
metanazariyasini yaratishga harakat qila boshladilar hozirda bu tendensiya  
kuchayyapti. 
Fundamental sotsiologiya rivojining ikkinchi muhim tushunchasi bu 
sotsial  jarayonlarning markaziy omili sifatida sub’ektga murojaat qilish 
bilan belgilanadi.  Shunday qilib, fundamental sotsiologiya bu nazariyadir,
u fanning strukturasi,  mazmuni, kategoriyasi va metodlarini o‘rganadigan
umumsotsiologik muammoni  tadqiq qiladi. Shuning uchun fundamental 
tadqiqotlarning roli beqiyosdir,  funksiyalari esa xilma-xildir. Quyidagi 
funksiyalarni ajratib ko’rsatish mumkin:  
dunyoqarash, metodologik, 
integratsiyalashtiruvchi, evristik va  
hokozolar.  
Dunyoqarash funksiyasi bevosita borliq va ong, insonning mohiyati kabi 
dolzarb  muammolari bilan bog‘liqdir. Chunki bu muammolar sotsiologiya 
fanining predmeti  va ob’ekt yadrosini tashkil etadi. Bu muammolarni hal 
qilish jarayonida sotsiologiya  filosofiya bilan juda faol o‘zaro muloqot va 
dialektik aloqada bo‘ladi va sotsial olam  haqida ilmiy tasavvur yaratadilar.
Umumsotsiologik nazariya negizida sotsiologiyaning umumiy 
metodologiyasi  ishlab chiqiladi. Sotsiologiya fani tizimida amaliy 
tadqiqotlar paydo bo‘ldi va rivojlanayapti. Amaliy sotsiologiya 
tadqiqotlar fundamental sotsiologiyadan o‘zining  strukturasi, mazmuni 
va maqsadi bilan farq qiladi. Amaliy sotsiologiyaning hususiyati shundan
iboratki, u orqali jamiyatning har bir sohasi uchun kerakli bo‘lgan   nazariy va empirik tadqiqotlarni natijalarini qo‘llash uslublari va 
vositalari joriy  etiladi. Amaliy sotsiologiya XX asr boshlarida tashkil 
topgan empirik tadqiqotlar  negizida shaklandi va rivojlandi.  
Empirik va amaliy tadqiqotlarni tenglashtirishning yana bir sababi 
shundaki,  empirik tadqiqotlar sotsial amaliyotga olib chiqadigan vosita 
hisoblangan. Binobarin  bu masalaga bunday yondoshish uning 
mohiyatini to‘g‘ri tushunishga halaqit beradi.  Empirik tadqiqotlarning 
vazifasi bu kuzatish, eksperiment, hujjatlarni o‘rganish va  so‘rov 
metodlari orqali sotsial jarayonlar haqida faktlar va empirik ma’lumotlar
yig‘ishdir. Empirik tadqiqotlar natijalaridan ham amaliy maqsadlarda 
ham nazariy  bilimlar rivoji uchun foydalanish mumkin. 
Amaliy tadqiqotlar tizimida ham nazariy, ham empirik bilimlar mavjud 
bo‘lib,  ular amaliy tadqiqotlarni ijtimoiy hayotni turli sohalari faoliyatini 
takomillashtirish  uchun amaliy tavsiyanomalariga aylantiradi. 
Boshqaruv sistemasini elementi sifatida amaliy tadqiqotlar fanning 
ijtimoiy funksiyalarini bajara borib, uning natija va  yutuqlarini amaliy 
faoliyatga aylantiradi, o‘zining amaliy yo‘nalishiga qarab ayrim  hollarda 
amaliy tadqiqotlar ilmiy tadqiqotlar bilan qarama-qarshilik 
munosabatida  bo‘ladi. Shunday qilib, amaliy sotsiologiya nafaqat 
tayyor bilimlarni ishlatadi, balki  yangi nazariy va metodologik bilimlarni 
ham shakllantiradi.  
Amaliy sotsiologiya ilmiy bo‘limning amaliy effektivligi masalalarini hal 
qila  turib fundamental tadqiqotlarni rivojiga stimul berish uchun yangi 
muammolarni  o‘rtaga qo‘yadi. Amaliy tadqiqotlar ilmiy faoliyatning 
alohida bir turi sifatida  faqatgina nazariy va metodologik muammolarni  hal qilmasdan protsedura va metodik  muammolarni ham yechishga 
intiladi. Amaliy sotsiologiya taraqqiyotini belgilab  beradigan bu omil 
ijtimoiy-siyosiy holatdir, chunki sotsial amaliyotning  
muammolarini belgilab, hal qilib berish bu sotsial buyurtmadir, har hil 
konkrettarixiy sharoitlarda har turli xil muammolar oldingi o‘ringa chiqishi mumkin.
Ilk bor  ishlab chiqarishni tashkil etish, shaxsning ijtimoiylashuvi, og‘ishma xulq-
atvor, urbanizatsiya va jamiyatni stabillashtirish muammolarini yechish uchun 
sotsial  buyurtmalar berilgan. 
Sotsiologiyada maxsus va tarmoq yo‘nalishlar. Amaliy tadqiqotlar tarmoq 
yo‘nalishlarini shakllantiradi. Bu yo‘nalishlarning orasida deviant xulq-
atvor  sotsiologiyasi, shahar sotsiologiyasi, industrial sotsiologiyalar 
ko‘proq taraqqiy etgan.  Inson o‘limi muammosini o‘rganadigan—
nekrosotsiologiya, sotsialdiagnostikalar tarmoq yo‘nalishlari orasida eng 
yangilari hisoblanadi. Maxsus nazariyalar  sotsiologiyaning obyektni 
muhim tomonlarini o‘rganadi. sotsial struktura nazariyasi,  o‘zaro tasir 
nazariyasi, institutlar nazariyasi va hokozolar maxsus sohalar sifatida  
shakllandilar. Maxsus nazariya yoki o‘rta daraja nazariyasi tushunchasini 
fanga R. Merton joriy etgan. O‘rta daraja nazariyasi sotsial tizimlarning 
umumiy nazariyasini  sotsial hatti-xarakatning tashkil etilishning 
umumiyligiga maxsus kuzatilayotgan  turlari bilan bog‘lashi kerak. Bu 
nazariyalar mavhum tushunchalardan foydalanadilar,  lekin ular 
ko‘pincha faktlar bilan bog‘liqdirlar va bitirish tadqiqotlar asosida  
shakllanadilar. Shuningdek, xususiy nazariyalarni ham ajratib ko‘rsatish mumkin va
ular sotsial jarayonlar quyidagi empirik ma’lumotlar bilan ko‘proq bog‘langanlar.  Bunday nazariyalar deb ko‘yidagilarni aytamiz: referent guruhlar 
nazariyasi, kichik  guruhlar nazariyasi va boshqalar. Bu nazariyalar 
inson fe’l-atvorining mustahkam  mexanizmlarini har xil sharoit va 
holatlarda ko‘rinishni aniqlashga harakat qiladilar.  Nafaqat axloqli 
nazariyalar balki faoliyatning turli hil turlari nazariyalari: mehnat  
munosabatlari, qadriyatli moslashni shakllantirish, tashkil qilish va 
boshqarish. Sotsiologiyaning rivojlanish jarayonida sekin-asta maxsus 
va tarmoq  yo‘nalishlar vujudga kela boshladilar. 
Xo‘sh, maxsus va tarmoq yo‘nalishlarning o‘zi nima ma’noga ega? 
Maxsus  deb institutsional sotsiologiyani, shaxs sotsiologiyasini guruh, 
jamiyat, sotsial harakat  
va sotsial munosabatlar sotsiologiyasini e’tirof etamiz. Bundan tashqari 
yana  shakllanib bo‘lgan deb taraqqiyot sotsiologiyasi, o‘zaro harakat, 
sotsial struktura va  boshqalarni ajratib ko‘rsatishimiz mumkin. 
Institutsional sotsiologiya o‘zaro  harakatning mustahkam shakllarini 
tadqiq qiladi.  
Taraqqiyot sotsiologiyasi jamiyat taraqqiyotining manbasi shakli, 
yo‘nalishlari  va uning tarkibiy qismlarini o‘rganadi. Sotsial harakat 
nazariyasi esa insonning sotsial faoliyatini sabablari, turlari va 
ahamiyatini aniqlashga harakat qiladi. Nima  uchun bularni bir maxsus 
yo‘nalishlar deb ataymiz, vaholanki sotsial institutlar, shaxs  va guruhlar,
sotsial munosabatlar va jarayonlar boshqa fanlar tomonidan ham  
o‘rganiladiki gap shundaki, sotsiologiya hodisalarni yaxlit ijtimoiy 
struktura element  sifatida tadqiq qiladi, binobarin xuddi shu vaqtda 
boshqa ijtimoiy fanlar institutlarni,  munosabatlarni va guruhlarni 
o‘zlarining predmetidan kelib chiqib, o‘z sohalari   doirasida o‘rganadilar, masalan, siyosatshunoslik siyosatda, psixologiya 
sevgiemotsional sohada, yuridik fanlar huquq sohasida va hokozo.  
Ushbu fanlardan o‘laroq sotsiologiyaning vazifasi — bu sotsial 
munosabatlar,  sotsial institutlar, sotsial harakatlarning umumiy 
nazariyasini yaratishdir. O‘z  navbatida bu masalalarni o‘rganish uchun 
sotsiologiya boshqa fanlarning  tadqiqotlariga ham tayanishi kerak. 
Jamiyat taraqqiyotiga taalluqli ushbu  muammolarni yechish masalasi 
ko‘ndalang qo‘yilar ekan, sotsiologiya tomonidan  boshqa ijtimoiy fanlar 
uchun metodologik ahamiyatga eta bo‘lgan nazariya yaratiladi.  
Haqiqatdan ham ijtimoiy hodisalarning qaysi biri o‘rganilmagan, ular 
institutsional, sotsial munosabatlar va harakatlar shakllari, shaxs, guruh 
xarakteri va tafakkur tarzi nuqtai nazaridan tadqiq qilinadi. 
Maxsus yo‘nalishlar fanining markaziy qismini tashkil qiladi, chunki u 
o‘zini  tadqiqotning boshqa barcha yo‘nalishlar: fundamental, tarmog‘i 
empirik  yo‘nalishlarni mujassamlashtirgan bo‘ladi. Maxsus 
yo‘nalishlardan tashqari  sotsiologiyada yana tarmoq yo‘nalishlari 
quyidagilar; shahar sotsiologiyasi, sanoat  sotsiologiyasi, oila 
sotsiologiyasi, deviant xulq-atvor sotsiologiyasi, jamoatchilik fikri  
sotsiologiyani shakllangan. Keng rivojlangan ushbu yo‘nalishlar ijtimoiy 
hayotni ma’lum bir tomonlari, har xil tizimchalar, tafakkurning ma’lum bir
elementini  
o‘rganish natijasida vujudga keldilar. eng rivojlangan yo‘nalishlar bu—
deviant xulqatvor sotsiologiyasi, industrial sotsiologiyasi, jamoatchilik fikri-
sotsiologiyasi. Bu  yo‘nalishlar XIX asr oxiri, XX asr boshlarida vujudga 
keldi.   Masalan, deviant xulq-atvor sotsiologiyasining asoschisi E. Dyurkgeym 
hisoblanadi. Ilk bor u deviant xulq-atvorning turi bo‘lmish o‘z-o‘zini 
o‘ldirish  muammosini tahlil qildi, bunda o‘z-o‘zini o‘ldirishni psixologik 
patalogiya emas,  balki sotsial hodisa deb e’tirof etdi. Lekin ko‘pgina 
tarmoq yo‘nalishlar XX asrning  birinchi choragida, Amerikada empirik 
tadqiqotlar negizida shakllana boshlandi. Bu  vaqtda jamoatchilik fikri, 
sanoat sotsiologiyalarining markazlari vujudga kela  boshladi. Tarmoq 
yo‘nalishlar empirik tadqiqotlarning keng qamrovli amaliyotining  
negizida shakllana boshladi, lekin ular sotsiologiyaning boshqa 
yo‘nalishlari bilan  ham bog‘liqdir.
Tarixda birinchi iqtisodiy fanlar ilmiy maktabiga davo  qilgan 1615-yilda
tashkil topgan siyosiy iqtisod hisoblanadi. Siyosiy iqtisod fani vujudga 
kelishi kapitalizm   i netilishig   ravishda tushunish va asoslashda 
ifodalanadi. Turli iqtisodiy oqimlar namoyondalari siyosiy iqtisodga 
turlicha  yondoshadilar. Jumladan, merkantelistlar asosan muomala 
sohasiga e’tibor berganlar. Ular siyosiy iqtisodda asosan  savdo balansi
o‘rganuvchi fan sifatida qaraganlar. Savdoda  tashqariga Tovar 
chiqarishni olib kirishga nisbatan ustun bo‘lishini o‘rganganlar, 
fiziokrat olimlari siyosiy iqtisod  predmetining asosiy mohiyatini 
qishloq xo‘jaligida “sof  mahsulotni” tashkil topishida ko‘rganlar.  
Sinfiy siyosiy iqtisod vakillari U.Petti, A.Smit va D.Rikardo siyosiy 
iqtisodni boylikni kelib chiqishi, uni ishlab   chiqarish va jamg‘arish fani sifatida ko‘rganlar. Kapitalizmni tanqid qiluvchi mayda 
burjuaziya vakillari (Sismondi,  
Prudon) siyosiy iqtisod fanining vazifasini boylikni manbaini o‘rganishda emas, 
balki uni asoslangan teng ravishda  
taqsimlashda ko‘rganlar. Marksistik siyosiy iqtisod vazifasini ishlab chiqarish 
munosabatlarini, iqtisodiy qonunlarni, ijtimoiy ishlab chiqarishni tartibga solish,
taqsimot,  almashuv va iste’molda o‘rganuvchi fan sifatida qaraydilar.  XX 
asrning 20-yillarida Marksning ilmiy qarashlari  sovet iqtisodchilarini siyosiy 
iqtisodga faqat kapitalistik  
Tovar munosabatlarini o‘rganuvchi fan deb qarashlari asosida uni tashkil 
topishi va tugatilishi bilan siyosiy iqtisodni  tugatilishini ifoda etadi deb 
hisoblaydilar. Oktabr inqilobini  1917-yilda amalga oshishi kapitalizmni 
yemirilishi siyosiy  
iqtisod fanini ham o‘z mohiyatini yoqotadi deb R.Gilferding, R.Lyksemburg, 
N.Buxarin va boshqalar hisoblagan.   4
V.I.Lenin kapitalizmni o‘rganish bilan siyosiy iqtisod  
tugamaydi deb hisoblagan. Sovet iqtisodchilari 
tomonidan  
siyosiy iqtisod fani tor va keng manoda XX asrning 30-yillaridan boshlab 
o‘rganila boshlangan. Tor ma’noda kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarini 
o‘rganish kengaymoqda uni turli ko‘rinishdagi munosabatlarni ijtimoiy  
jamiyatdagi o‘rnini o‘rganishda ifodalanadi.  
4
 Социологические проблемы изучения общественного мнения. Учебно-методический 
комплекс. Составитель Д.  
соц.н., проф. Л.Н. Вдовиченко. Ответственный редактор Д.ф.н., чл.-корр. РАН, проф. Ж.Т. 
Тощенко.  
Российский государственный гуманитарный университет, 2010. С 11. Iqtisodiy fan tarixi bilan qisqacha tanishgandan so‘ng,  uning predmetiga ta’rif 
berish mumkin. Lekin quyidagilarga alohida e’tibor berish kerak. Birinchidan, 
iqtisodiyot  
jamiyat hayotini zarur bo‘lgan moddiy ne’matlar va xizmatlar bilan 
ta’minlovchi xo‘jalik tarmoqlarining yig‘indisidir. Ikkinchidan, iqtisodiyotning
vujudga kelishi va  rivojlantirilishi insonlarning ehtiyojlari bilan bog‘liqdir.  
Biz bilamizki, extiyojlarning qondirilishi yanada yuqoriroq ehtiyojlarning paydo 
bo‘lishiga olib keladi. Uchinchidan, jamiyat hayotida asosiy soha iqtisodiy sohadir, 
chunki  
uning rivojlanish darajasi inson hayotining boshqa sohalarining mavjud bo‘lishi va 
rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘ladi.  
Iqtisodiyot nazariyasining kurtaklari qadimgi davrlardayoq shakllangan. Qadimgi
davrlardayoq buyuk faylasuf  olimlar boylik manbaini tahlil qilishga harakat 
qilganlar.  
Aristotel’ boylik manbaini xo‘jalik yuritish san’ati deb bilgan. Merkantilistlar esa 
boylik manbai savdo deb tushunganlar. Fiziokratlar esa boylik manbaini tabiat 
bilan bog‘laganlar. Kapitalizm rivojlanishi bilan iqtisodiyot nazariyasi  fani fan 
sifatida shakllandi.  
Klassik iqtisod maktabi vakillari esa boylik 
manbaini  ishlab chiqarish, taqsimlash, almashish
va iste’molda deb  
bilganlar. Ayrim iqtisodchilar siyosiy iqtisod jamiyat rivojlanishining har xil 
bosqichlarida moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va  iste’mol qilish  jarayonlaridan tarkib topadigan insonlar o‘rtasidagi 
munosabatlarni o‘rganadi, deb ta’kidlaydilar.  
Hozirgi bozor iqtisodiyoti munosabatlarining shakllanishi davrida MDH 
davlatlari iqtisodchi olimlarining bu  fan predmetiga bergan ta’riflari ham 
diqqatga sazovordir.  
Masalan, «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida bu fan predmeti tejamli xo‘jalik 
yuritish tizimining tarkibiy evolyutsiyasini, haqiqiy boylikni va jamyatning ayrim 
a’zolari va  guruhlarining farovonligi, iqtisodiy o‘sishning omillari va  
qonuniyatlarini o‘rganadi» , deb ko‘rsatilgan, yoki bu fan «predmeti 
cheklangan resurslar dunyosida ne’matlarni  ishlab chiqarishdagi 
kishilarning xulq-atvori va uni boshqarishni o‘rganadi»1 , deyilgan.  
Siyosiy iqtisod fani bilan birga 1902-yilda iqtisodchi  
A.Marshall birinchi marotaba “Ekonomiks” kursi bo‘yicha “Kembridj” universitetida 
o‘qigan. 
A.Marshall fikricha  
“Ekonomiks” fani insonlar tomonidan kamyob resurslardan foydalanish fani deb 
hisoblaydi. K.F. 
Makkonel va  
S.L. Bry fikricha “Ekonomiks” fani kamyob resurslardan  
tovarlar va xizmatlar ko‘rsatish asosida moddiy iste’molni ta’minlashdan 
iborat. Ekonomiks tovarlarni qiymatini  emas balki uning narxini tahlil qilish 
bilan shug‘illanadi.  “Ekonomiks” darsligida, birinchidan, cheklangan  
resurslar dunyosida moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish,   taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida insonlarning xatti–
harakatlari, o‘zini to‘tishi tadqiq etiladi.  
Ikkinchidan, insonning moddiy ehtiyojlarini yuqori darajada qondirish maqsadida 
chegaralangan resurslardan  
samarali foydalanishni o‘rganadi deb ta’rif beriladi. Yuqoridagilardan kelib 
chiqqan holda fanga quyidagicha ta’rif  berish mumkin. Iqtisodiyot nazariyasi 
insonning cheksiz  ehtiyojlarini yuqori darajada qondirish uchun, cheklangan 
iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish yo‘llarini  
tanlash sharoitida kishilik jamiyatining rivojlanish qonuni va 
qonuniyatlarini o‘rganadi. Shuningdek, iqtisodiyot  nazariyasi iqtisodiy 
tizimlar evolyutsiyasi, milliy boylik va  
jamiyat farovonligini oshirish manbalari va harakatga keltiruvchi kuchlarni tahlil 
etishni ham o‘z ichiga oladi. Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy xodisalar va 
jarayonlarni,  moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqarish ularni  
taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonidagi qtisodiy munosabatlarni 
o‘rganadi va ular o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish uslublarini 
o‘rgatadi. Iqtisodiyot nazariyasi fani barcha iqtisodiy fanlarning  poydevori va davlat
iqtisodiy siyosatining ilmiy asosi hisoblanadi.  
Iqtisodiyot nazariyasining rivojlanishi integratsiya va  differensiyasi yo‘li bilan 
amalga oshadi. Iqtisodiyot nazariyasining rivojlanishi natijasida tarmoqlar iqtisodi 
fanlari  ajralib chiqqan. Iqtisodni tahlil qilishning darajasiga qarab  
iqtisodiy fanlar tarmoq (sanoat iqtisodiyoti, qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti, savdo
va transport iqtisodiyoti va h.k.) va  maxsus (moliya, statistika, mehnat  iqtisodiyoti hamda  mintaqaviy, jahon iqtisodi) iqtisodiy fanlarga ajratiladi.  
Fanlarni amaliyotda qo‘llanishiga qarab fundamental va  amaliy iqtisodiyotga 
ajratadilar. Statistika fanining vujudga  kelishida ham iqtisodiyot 
nazariyasining ahamiyatini aytib  o‘tish mumkin. Hozirgi vaqtda fundamental 
tadqiqotlarni  olib borishda iqtisodiy-matematik usullarni qo‘llashning  roli 
oshib borayotganligini ta’kidlash lozim.  
Iqtisodiyot nazariyasi rivojlanib borishining davlat  
«iqtisodiy siyosatiga ta’sirini aytib o‘tish bilan birga, mamlakatda olib borilayotgan 
siyosat, 
O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisida qabul qilinayotgan qaror 
va hujjatlar,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarining ham
iqtisodiyot nazariyasi rivojlanishiga ta’sirini ta’kidlash  
zarur. Iqtisodiyot nazariyasi fani milliy iqtisodiyotni rivojlanishini nazariy jihatdan 
o‘rganishni mavjud bo‘lgan iqtisodiy holatni rivojlanish raqamlarini tahlil qilish 
asosida  
tegishli nazariy xulosalarni ishlab chiqish asosida iqtisodiyotni amaliy jihatdan 
rivojlanishini belgilab beradi.  
Iqtisodiyot nazariyasi jamiyat a’zolarini iqtisodiy rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan 
g‘oyaviy fikrlash, iqtisodiyotni  
rivojlantirilishi uchun zarur bo‘lgan g‘oyalarni insonlarda shakllantirishda muhim 
rol o‘ynaydi. Iqtisodiyot nazariyasi xar bir iqtisodiy tizimni tashkil topishi, ularni bir-
birlaridan farqlqrini, mohiyatlarini nazariy va amaliy jihatdan farqlanishini va 
ularning salbiy va ijobiy tomonlarini  o‘rganishga yordam beradi.   Iqtisodiyot nazariyasi jamiyatda bo‘ladigan 
iqtisodiy  hodisa va jarayonlarni o‘rganish asosida 
bunday holatlarni  
kelib chiqish sabablarini nazariy jihatdan iqtisodiy-ijtimoiy tahlil qilish asosida 
ularni bartaraf etish uchun zarur  bo‘lgan chora va tadbirlarni ishlab chiqadi. 
Amaliyotda esa  ularni amalga oshirish bo‘yicha kerakli iqtisodiy-ijtimoiy  
tadbirlar ishlab chiqiladi va amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. 
Jamiyatni rivojlanishi doimiy ravishda takrorlanib turishi va bu jarayon yildan 
yilga kengaytirilgan  takror ishlab chiqarish holatida takrorlanib borishi zarur.  
Buning asosiy sababi aholining ko‘payib borishi va ularning iqtisodiy-ijtimoiy 
turmus darajalarini o‘sib borishi  
hisoblanadi. Yil davomida ishlab chiqarilgan mahsulot yalpi ijtimoiy mahsulot 
(YaMM) bo‘lib u yalpi ichki mahsulotga ham (YaIM) bo‘linadi. Yalpi ichki 
mahsulot asosan mamlakatni ichki resurslari asosida ishlab chiqarilgan 
mahsulot  hisoblanadi. Yalpi ichki mahsulotni mohiyati uni mamlakat  
talabni qanchalik qanoatlantirishini bilish va qanday choralar ko‘rishni 
ta’minlaydi. Bir yil davomida ishlab chiqarilgan mahsulot ishlab chiqarisini, 
uni taqsimlashni, almashuvini va iste’molini o‘z ichiga oladi. Yalpi milliy 
mahsulotni  yaratish bilan bog‘liq bo‘lgan bu bosqichlar o‘rtasida zarur  
bo‘lgan nisbatlar iqtisodiy va natural (mahsulot) holatida  talab va taklif 
darajasida bo‘lsagina iqtisodiyot inqirozsiz  
va barqaror hamda samarali rivojlanishi mumkin. Iqtisodiyot nazariyasi fani 
quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:   – bilish vazifasi – iqtisodiyot nazariyasi raqam va dalillarni keltirish bilan 
chegaralanib qolmay, ularni nazariy  va ilmiy jihatdan chuqur tahlil qilib, 
jamiyatning rivojlanish qonuniyatlarini ochib beradi;  
– amaliy vazifalari – iqtisodiy nazariya xo‘jalik yuritishning eng qulay 
qoidalari va uslublarini ishlab chiqish,  davlatning iqtisodiy siyosatini ilmiy 
asoslab berishdir;  
– tarbiyaviy vazifasi – har xil ishlab chiqarish usullarining yutuq va 
kamchiliklarini aniqlashdan iborat.  
– metodologik vazifasi – boshqa aniq iqtisodiy fanlar  
uchun manba bo‘lib hisoblanadi. Bularga tarmoqlar iqtisodi: sanoat iqtisodi, 
qurilish iqtisodi fanlari va maxsus iqtisodiy fanlar (mehnat iqtisodi, moliya, 
statistika va boshqalar) kiradi.
XX asrning 30-yillarida iqtisodiy tafakkur o‘zining rivojlanishida yangi bosqichga 
o‘tdi. Unga ingliz iqtisodchisi. Djon Meynard Keyns (1886-1943) asos soldi. U 
iqtisodiy nazariyada makroiqtisodiy yo‘nalishning asoschisidir. U cheklangan 
resurslardan depressiya davrida ishlab chiqarish quvvatlaridan yetarli 
foydalanilmaganligi sababli ishsizliklar kelib chiqadi, deb hisoblangan. U tartibga 
solinuvchi kapitalizm nazariyasini asoslab berdi. Tartibga  solinuvchi kapitalizm 
nazariyasi bilan bog‘liq amaliy tadbirlarni ishlab chiqqan. Ulardan AQSH prezidenti 
F.Ruzvelt o‘z vaqtida foydalangan. Dj.M.Keyns daromad, investitsiya va iste’mollar 
vazifalarining dinamikasi hamda multiplaktsion samara bilan bog‘liq bo‘lgan 
g‘oyalarni rivojlantirdi.  Iqtisodiy o‘sishning keynscha modeli R.Xarrod, A.Xansen va 
P.Samuelson (1915) tomonidan rivojlantirildi. Shuningdek bir qator iqtisodchi  olimJar iqtisodiyot nazariyasi darsliklarida bu fanning predmeti bo‘yicha bir-biriga 
yaqin bo'lgan ta’riflar berib o‘tganlar, shu jumladan M.N.Chepurin, E.A.Kiseleva 
«Iqtisodiyot nazariyasi kishilaming iqtisodiy xatti-harakatini, ya’ni ularning moddiy 
va noraoddiy ne’matlami ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol 
qilish bilan bog‘liq harakatlarini o‘rganadi»,S.S.Nosova «Ishlab chiqaruvchi 
kuchlaming erishilgan darajasi asosida moddiy ne’mat va xizmatlami ishlab 
chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish bo‘yicha kishilar o‘rtasida 
vujudga keluvchi ishlab chiqarish munosabatlarining yig‘indisi», G.P.Juravleva, V.I. 
Vidyapin «Umumiy iqtisodiyot nazariyasi ijtimoiy fan boMib, u cheklangan resurslar
sharoitida ehtiyojlami qondirish maqsadida moddiy ne’matlami ishlab chiqarish, 
ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarida kishilar va guruhlaming 
xatti-harakatini o‘rganadi», V.D.Kamayev «Boylik va resurslaming cheklanganligi, 
ulardan samarali foy«_alanish bilan yaxlit holdagi ishlab chiqarish munosabatlari 
tizimini, ishlab chiqaruvchi hamda iste’molchi sifatidagi insonning xattiharakatini 
o‘rganadi», D.D.Moskvin «Ishlab chiqarish munosabatlarini va ularning ishlab 
chiqarish kuchlari bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganadi», E.F.Borisov «Ne’matlar va 
xizmatlami ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilishda tarkib 
topuvchi kishilar o'rtasidagi munosabatlami o‘rganadi».
    
     1.3.Ma k s Weber, K a rl  Ma rk  v a  boshqa  ol i m l arni ng iqt i sod sot si ol ogi y a si ga  
qo‘shga n hissa si      
Lambеr Adolf Jak Kеtlе (1796-1874) - bеlgiyalik olim, ijtimoiy statistikaning  
klassiklaridan biri. U birinchilardan bo`lib, sotsiologiyaning aniq matеmatik fan   sifatidagi ijtimoiy-iqtisodiy nazariyaning ilmiy farazlaridan matеmatik ta'riflashlarga
va intеrprеtatsiyalarga o`tish g`oyasini e'lon qilgan. «Ijtimoiy fizika» tеrminini  
Lambеr Kеtlе faol qo`llagan.  
Olim birinchi bo`lib shaxs va aholining co`poq mеtodikasini ishlab chiqdi. 
Ilmiy jamoalarda ular katta aks-sadoga duch kеldi, chunki so`roqlar juda ommabop
edi.  
Sotsiologiya fanining aniqlashtirish g`oyasi asosida ijtimoiy arifmеtika,  
ijtimoiy gigiеna, ma'naviy statistika, sotsiografiya va boshqa shunga o`xshash 
yo`nalishlari paydo bo`la boshladi. O`zining «matеmatik qiziqishlari» bilan mashhur
bo`lgan olim nazariy sotsiolog dеb hisoblanadi.  
Gеrbеrt Spеnsеr (1820-1903) - ingliz faylasufi va sotsiolog olimi. U o`z  
ishlarini ijtimoiy rivojlanish va ijtimoiy evolyutsiya savollariga qaratgan. 
Gеrbеrt  Spеnsеr ijtimoiy darvinizmning ochiq tashviqotchisidir. Ijtimoiy 
kurash va  raqobatlashish to`g`risidagi g`oyalari raqobatning «toza 
iqtisodiy» nazariyalari orqali  hisobga olingan. Ijtimoiy kurash va 
raqobatlashish - bu ham rivojlanishning, ham  vayronalikning omillari. 
Ular jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy farqlanishning asosiy manbalari ham 
hisoblanadi. Spеnsеr ta'limotiga muvofiq, g`oliblar mulkdorlar sinfini  
tashkil etadi.  
Ijtimoiy-iqtisodiy tizim xususiyatlari va tarixiy bosqichlar tahlili natijasida  
G.Spеnsеr qiziqarli g`oyalarni ifoda etgan. Ijtimoiy ishlab chiqarishning 
tashkil etish  xaraktеriga va taqsimlanishiga ko`ra u «sanoatli» va «harbiy» 
jamiyat turlarini  ajratgan va chuqur tahlil qilib chiqqan.   Olimning muhim yutug`i - ijtimoiy muammolarni maxsus va batafsil  
o`rganishga asos solgan organik nazariyasidir. Masalan, olim 
tomonidan biologik  organizmlar va insoniy jamoalar orasidagi birli va 
farqlar, tashkil etishga ta'sir  etadigan asosiy omillar, tashkilotda 
erkinlik muammosi va boshqalari o`rganilgan.  Uning ijtimoiy tashkil 
etilgan tizimlarning bo`linishi haqidagi mеtodologik jadvali  alohida 
e'tiborga molik.  
Karl Marks (1818-1883) - nеmis faylasufi va iqtisodchisi. Olim  
nazariyasining sotsiologik mazmuni shu jihatdan ahamiyatliki, XIX asrdagi
ijtimoiy  fikrlovchilar bu nazariyaga yondashar yoki marksizmga nisbatan 
oppozitsiyada bo`lar  edi. K.Marksning g`oyalariga ko`ra, odamlar 
o`rtasida munosabat va xulq-atvorning  obyektiv qonunlari bor. Odamlar 
bu qonunlarni o`rganadi va qo`llaydi. Obyektiv kuchlar subyektivlarga 
qaraganda kuchli, lеkin subyektiv kuchlar obyektivlarni  o`zgartirishi 
mumkin.  
Iqtisodiyot - odamlar ruhiyatini va mafkurasini bеlgilaydigan jamiyat 
omili.  Inson jamiyatsiz yashashi mumkin emas va ijtimoiy 
muammolarni asosiy yеchish  yo`li – odamlar orasidagi 
munosabatlarni takomillashtirish. 
Jamiyatda ikkita asosiy sinf mavjud – kapital egalari (burjuaziya va 
yollangan  ishchilar (prolеtariat), ularning qiziqishlari har xil bo`lganligi 
uchun, natijada  iqtisodiy tizimning parchalanib kеtishiga sababchi 
bo`ladi.  
Ijtimoiy ongning asosini, olimning fikri bo`yicha, mafkura tashkil etadi.  
Mafkura har xil ijtimoiy va iqtisodiy sinflarning qiziqishlarini aks ettiradi. K.Marks  
obyektiv qonunlarning fеnomеnini absolyutlashtirgan, lеkin insonning fеnomеnini   еtarli darajada baholamagan. K.Marksning iqtisodiy obyektivizmini va Z.Frеydning  
ijtimoiy-ruhiy subyektivizmi bilan birlashtirsa, to`g`ri ijtimoiy-iqtisodiy nazariya  
kеlib chiqadi. («frеydo-marksizm» g`oyasi).  
Pеr Jozеf Prudon (1890-1865) – frantsuz iqtisodchisi va sotsiologi. 
K.Marks  davridagi antimarksizmning yaqqol namoyondasi. 
U.Godvinning anarxizm  g`oyalarini ilmiy nazariya darajasigacha 
rivojlantirdi. Prudonning fikricha, qanchalik  
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning subyektlari erkinroq bo`lsa, shunchalik 
ijtimoiyiqtisodiy ehtimolliroq bo`ladi. Ziddiyatlarning manbaini, u xususiy 
mulkchilikda,  odamlarning iqtisodiy faoliyatining erkinligida emas, balki davlatning
tugashida dеb  bilar edi.  
Olim mayda xususiy mulkchilikni yirigiga qaraganda afzal ko`rar edi. 
Uning  fikricha, mayda xususiy mulkchilik iqtisodiy tarafdan 
samaradorliroq va jamiyatdagi  boyliknig ijtimoiy muammosini 
yaxshiroq еchadi. Mayda ishlab chiqaruvchilar  (tadbirkorlar) erkinroq, 
shuning uchun ularda nizo uchun sabablar ham bo`ladi, dеb  hisoblar 
edi.  
Prudon fikricha, mayda burjuaziya tuzumi mеhnat tamoyiliga, ya'ni  
odamlarning daromadlari faqat mеhnatiga asosan bo`lishi lozim.  
Iqtisodiy-sotsiologik nuqtai nazardan Prudonning «yaxshi va yomon 
taraflar»  rеformistik nazariyasi juda qiziqarli. Prudon tanqidiy iqtisodchi va 
sotsiolog hamda  ijtimoiy rеformizmning tarafdori edi.  
Emil Dyurkgеy (1858-1917) - frantsuz sotsiologi, mеhnat taqsimoti  
sotsiologik nazariyasining muallifi. U tomonidan jamiyatning 
ijtimoiy-kasbiy  tuzilishi, ijtimoiy diffеrеntsiatsiya va mеhnat  taqsimoti orasidagi nisbati, ijtimoiy  diffеrеntsiatsiyaning asosiy 
mеxanizmlari ishlab chiqilgan. 
Xo`jalikning va ishlab chiqarish rivojining muhim sharti - inson taraqqiyoti,  
uning madaniyati va bilimlarining oshirilishi. Tarbiyasiz ijtimoiy-iqtisodiy  
jarayonning rivoji bo`lishi mumkin emas. A.Dyurkgеym odam 
qobiliyatiga,  ehtiyojiga, mеhnat munosibligiga alohida ahamiyat bеrgan.
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda u asosiy rolni xususiy mulkchilik, raqobat, 
erkin  tadbirkorlikka emas, balki odamlarning birdamligiga, 
uyushqoqligiga,  jipslashganligiga, ijtimoiy munosabatlarning 
madaniyatiga, mikro  
- 
va  makrodarajalardagi mеhnatning ijtimoiy tashkil etilishiga qaratgan.  
Torstеyn Vеblеn (1857-1929) - amеrikalik iqtisodchi va sotsiolog. U 
birinchi  marta iqtisodiyotning ijtimoiy-madaniy omillarini kuzatgan. 
Ishlab chiqarish  taraqqiyotining asosiy ziddiyati odamlarning ruhiyati va
madaniyatini bugungi kunga  
javob bеradigan tеxnikaning yangi shakllaridan orqada qolishi hisoblanadi. 
Ijtimoiyiqtisodiy tizimda ikkita asosiy ijtimoiy rypyh bor: sanoatchilar va 
biznеsmеnlar.  Biznеsmеnlar - bu ortiqcha odamlar va iqtisodiyotdagi butun 
hokimlikni  sanoatchilarga, ishlab chiqarish tashkilotchilariga bеrish kеrak, dеgan 
g`oyani ilgari  suradi.  
Torstеyn Vеblеn birinchi bo`lib tadbirkorning batafsil ijtimoiy shaklini 
ishlab  chiqqan. Olimning ijtimoiy-iqtisodiy nazariyasining xususiyati - 
ijtimoiy-iqtisodiy  institutlarning tahlili, institutsionalizm usuli va 
g`oyasining tashviqotchisi. U  iqtisodiy sotsiologiya fanini iqtisodiyotdagi 
xulq-atvor, ong, insoniy  munosabatlarning da'vati to`g`risidagi fan dеb  hisoblagan. T.Vеblеn o`zini sotsialist  dеb hisoblamagan va o`zi ham 
sotsialist bo`lmagan.  
Djon R.Kommons (1862-1945) — amеrikalik iqtisodchi va sotsiolog,  
institutsionalizm tarafdori. O`z sotsiologik tahlilini u dav'at, xulq-atvor, 
munosabat,  ong tushunchalarida tahlil qilgan.  
Ijtimoiy-iqtisodiy dalillarni Kommons uchta tеkislikda o`rganishni 
tavsiya  etgan: tadbirkorlik bitimi (bozor) - ma'muriyatchilik - taqsimot
munosabatlari. Bu  esa, iqtisodiy sitsiologiyaning kеlgusi rivoji uchun 
mеtodologik jadval bo`lib qoldi.  
Kommons ta'limotining xususiyati - inson va munosabatlarning guruhiy tahlili. 
U iqtisodiy xulq-atvorning aniq ijtimoiy tamoyillarini ifodalab bеrgan, ya'ni umumiy 
ommabop tushunchalardan aniq tushunchalarga o`tgan. Shuningdеk, olimning 
AQSh  ishchi sinfining tarixi, sanoat jamiyati bo`yicha fundamеntal asarlari bor.  
Gеorg Zimmеl (1858-1918) - nеmis faylasufi, iqtisodchi, sotsiolog, rasmiy  ravishda 
iqtisodiy sotsiologiya fani bo`yicha klassik dеb hisoblanadi.  
G.Zimmеl iqtisodiy sotsiolog sifatida ishchi kuchi, aqliy va jismoniy 
mеhnat  orasidagi farqlar, iqtisodiy hayotda ijtimoiy guruh 
muammolarini o`rgangan. U ayrim  nazariyalarga qarshi bo`lib, 
murakkab mеhnatni jismoniy mеhnatga qaraganda  yuqoriroq 
baholagan. Hap tomonlama bu g`oyani asoslab, u jamiyatdagi ishchilar  
sinfi va boshqa sinflar orasidagi munosabatlarning yangi nazariyasini 
yaratdi.  G.Zimmеlning asosiy «Pul psixologiyasi» («Pul falsafasi») asarida 
insonning  va jamiyatning hayotida pul ahamiyatini chuqur ijtimoiy-
psixologik tahlili, shaxsga  va insoniy munosabatlarga, ijtimoiy tartibga va
madaniyatga bo`lgan pulning ta'siri  o`rganib chiqilgan.   Vеrnеr Zombart (1863-1941) - nеmis iqtisodchisi va sotsiolog, iqtisodiy 
fanda «tashkillangan kapitalizm» nazariyotchisi sifatida mashhur. 
V.Zombart  iqtisodiy xulq-atvor psixologiyasini, jamiyatdagi asosiy 
sifatlarning hayot tarzini  chuqur o`rgangan. Ayniqsa, iqtisodiy 
sotsiologiya fani uchun uning iqtisodiyot va  sotsiologiya orasidagi 
munosabatlar muammosini yеchish yo`nalishlari muhimdir.  Maks 
Vеbеr (1864-l920) - nеmis sotsiologi, XIX asr sotsiologiyasining obro`li  
shaxslaridan biri (K.Marks bilan bir qatorda). Uning ilmiy ijodida 
ijtimoiy  tashkilotlar nazariyasi alohida o`rin olgan. Olim 
tashkilotlarning ratsional turini  asoslab bеrgan, guruhlar va individlar 
faoliyatida va munosabatlarida rag`bat va  nazorat mеxanizmlarini 
ko`rsatgan. Bu g`oya amaliy sotsiologiyaning kеlgusi  rivojida muhim 
mеtodologik asos bo`ldi. M.Vеbеr xo`jalik hayoti tahlilini  sotsiologiya 
fanining asosiy sharti dеb hisoblar edi (eng yirik asari – «Xo`jalik va  
jamiyat»).  
Olimning iqtisodiy-sotsiologik nazariyasining xususiyati - ijtimoiy 
madaniy  omillarning ahamiyatini tan olish. U kapitalizmning rivojida 
xristianlikning  ahamiyatini va uning ta'sirida insonning ishchi, mulkdor 
sifatida rеjali bo`lish, tеjab  harj qilish, mеhnatsеvarlik, halollik 
sifatlarining shakllanishini targ`ibot qilgan. M.Vеbеrning muhim 
yutuqlaridan biri - iqtisodiyot nuqtai nazaridan ijtimoiy  nizolarning tahlili
hisoblanadi. Iqtisodiy xulq-atvorga ijtimoiy xulq-atvorning  ratsional turi 
sifatida qaragan. Olim sanoatning yirik empirik tadqiqotlarini o`tkazgan  
va bunday tadqiqotlarning mеtodikasi rivojiga o`z hissasini qo`shgan.  
Moris Xalbvaks (1877-1945). Sotsiologiyaning ko`p amali va nazariy  
muammolari ustida ishlagan, industriya jarayonini chuqur o`rgangan. U  faol  amaliyotchi va empirik sotsiologik tadqiqotlarning targ`ibotchisi 
sifatida mashhur.  Uning ilmiy ijodining asosiy yutug`i - ijtimoiy-iqtisodiy 
guruhlarning, sinflarning,  daromadlarning va mulkiy munosabatlarning 
tahlili hisoblanadi.  
XX asrning birinchi yarmiga Elton Meyo (1880-1949), Yozеf  
A.Shumpеtеr(1883-1950), Jorj Fridman (1902-1977), Pitеr Drakеr (1909 
yilda  tug`ilgan) ilmiy ijodi daxldor. Bu olimlar amaliy mеhnat 
sotsiologiyasini va mеhnat  munosabatlarini o`rganishga o`z hissasini 
qo`shgan.  
Amaliy sotsiologiyaning ommabopligi nazariy iqtisodiy rivojini 
istisno  qilmaydi. XX asrning o`rtalarida «frankfurt maktabi» paydo 
bo`ldi. Uning  namoyondalari - Maks Xorkxaymеr (1895-1973), 
Gеrbеrt Markuzе (1898-1979),  Erix Fromm (1900-1980). Ular 
fanning klassik davridagi ko`p ijtimoiy-iqtisodiy  muammolariga 
«qaytdilar», lеkin ularning tahlilida zamonaviy yondoshishlar  
ko`rinadi.  
Urushdan kеyin iqtisodiy sotsiologiya fani sobiq sovеt davlatida ham faol 
rivojlanadi. Olimlar ijtimoiy-iqtisodiy hayotning xususiy savollari bo`yicha 
ko`p  qiziqarli tadqiqotlar o`tkazishdi, lеkin bu tadqiqotlarni o`tkazish 
sharoitlari juda qiyin  
edi. Qiyinchiligi ta'lim tizimida tеgishli fanlarning yo`qligidan, har bir ijtimoiy 
ma'lumotning sobiq sovеt davrida siyosiy yo`naltirilganligi, ifodalanganligidan kеlib 
chiqqan. Bu esa, o`z navbatida, sotsiologiya fanining rivojida «tеzligini  
yo`qotishiga», fundamеntal nazariy dasturlar va asarlarning еtishmasligiga,   mavjudlarining esa bugungi talablariga javob bеrmasligiga olib kеldi.  Sotsiologiya 
fanining rеabilitatsiyasi, uning rivojlanishi shuni ko`rsatadiki,  
jamiyat oldinmi, kеyinmi, lеkin chuqur o`z-o`zini bilish bilan shug`ullana boshlaydi, 
chunki usiz fan yashay olmaydi, shuningdеk, o`zining ichki va tashqi  yo`nalishlarida
ma'lum bir yutuqlarga erisha olmaydi
  
                                 II BOB.I QTISOD V A  IJ TIMOI Y   TUZILMA N IN G O‘ZA RO 
BOG‘LIQLIGI
                                2.1.Iqt i sodiy  faol iy a t  v a sot si al  st ruk t ura l ar  Iqtisodiy faoliyat jamiyatning ehtiyojlarini qondirish uchun resurslarni ishlab 
chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarini qamrab oladi. Bu jarayonlar 
sotsial struktura bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, iqtisodiy faoliyatning turli 
ko‘rinishlarini shakllantiradi:
1. Ishlab chiqarish faoliyati:
Resurslarni moddiy va nomoddiy mahsulotlarga aylantirish.
Qishloq xo‘jaligi, sanoat va xizmat ko‘rsatish kabi tarmoqlarda amalga oshiriladi.
2. Taqsimlash faoliyati:
Resurslar va daromadlarni jamiyat a’zolari o‘rtasida qanday taqsimlanishi. 5
Taqsimot egalik huquqi, bozor mexanizmlari yoki davlat siyosati orqali tartibga 
solinadi.
3. Iste’mol faoliyati:
Inson ehtiyojlarini qondirish uchun tovar va xizmatlardan foydalanish.
Iste’mol jamiyatdagi tabaqalanish va daromad farqlari bilan uzviy bog‘liq
Sotsial struktura va tabaqalanish tushunchalari
Sotsial struktura — bu jamiyatning ijtimoiy tashkil etilishi, unda guruhlar, tabaqalar
va qatlamlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar mavjud.
Sotsial tabaqalanish shakllari:
1. Iqtisodiy tabaqalanish:
5
  Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va 
choralari /  
I.A. Karimov. Toshkent: “O’zbekiston”, 2009. -56b. 24-25-betlar. Jamiyat a’zolarining boylik, daromad va mulk jihatidan farqlanishi.
Oliy, o‘rta va quyi tabaqalar shakllanadi.
2. Professional tabaqalanish:
Odamlarning kasbga asoslangan ijtimoiy o‘rni.
Yuqori darajadagi kasblar (shifokorlar, olimlar) va oddiy kasblar (dehqonlar, 
ishchilar) o‘rtasidagi farq iqtisodiy imkoniyatlarni belgilaydi.
3. Madaniy tabaqalanish:
Ta’lim darajasi, urf-odatlar va qadriyatlar asosida farqlanish.
Bu tabaqalanish iqtisodiy faoliyatni boshqarishda muhim o‘rin tutadi
Iqtisodiy faoliyat va sotsial strukturalarning o‘zaro ta’siri
Iqtisodiy faoliyat va sotsial strukturalar bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi va jamiyatni 
rivojlantiruvchi omillar sifatida namoyon bo‘ladi.
Iqtisodiy faoliyat sotsial strukturalarni shakllantiradi:
1. Jamiyatdagi tabaqalanishning kuchayishi:
Masalan, sanoat inqilobi davrida fabrikalar va ishlab chiqarish vositalariga egalik 
jamiyatda yangi sinfiy tabaqalarni (kapitalistlar va ishchilar) yuzaga keltirdi.
2. Sotsial rollarning o‘zgarishi:
Postindustrial jamiyatlarda texnologiyalar va xizmatlar rivojlanishi natijasida yuqori
malakali ishchilarga talab oshdi. Bu yangi professional tabaqalarni shakllantirdi. 3. Urbanizatsiya:
Qishloq xo‘jaligidan sanoat va xizmat sohalariga o‘tish odamlarni shaharlarga 
ko‘chishga majbur qildi, bu esa yangi sotsial tuzilmalarni yaratdi.
Sotsial strukturalar iqtisodiy faoliyatga ta’sir ko‘rsatadi:
1. Tengsizlikning iqtisodga ta’siri:
Tabaqalanish  iqtisodiy  resurslarga  teng  imkoniyat  yaratmaydi. 
Masalan,  kambag‘al tabaqalarning ta’lim va sog‘liqni saqlashdan cheklangan 
foydalanishi ularning iqtisodiy imkoniyatlarini pasaytiradi.
2. Sotsial tarmoqlar:
Jamiyatdagi aloqalar va ishonch iqtisodiy faoliyatni qulaylashtiradi. Masalan, 
ijtimoiy tarmoqlar orqali kredit olish yoki ish topish jarayoni soddalashadi.
3. Jinsiy va etnik bo‘linishlar:
Ko‘plab jamiyatlarda ayollar va etnik ozchilik guruhlar iqtisodiy imkoniyatlardan 
kamroq foydalanadi, bu esa iqtisodiy faoliyatni cheklaydi.
Nazariy yondashuvlar
Karl Marksning yondashuvi:
Marks jamiyatni ishlab chiqarish vositalariga egalik asosida ikki asosiy sinfga 
ajratdi:
Burjuaziya: Kapital va ishlab chiqarish vositalariga egalik qiladi.
Proletariat: Ishchi kuchi orqali daromad oladi. Sinfiy kurash iqtisodiy faoliyatning asosiy harakatlantiruvchi kuchi sifatida 
qaraladi Maks Veberning yondashuvi:
Veber iqtisodiy sinflar bilan bir qatorda maqom va partiyalarni ham e’tiborga oldi.
Jamiyatdagi ijtimoiy rollar va maqomlar iqtisodiy faoliyatni tartibga soluvchi muhim
omillardan biri hisoblanadi.
Emil Dyurkgeymning yondashuvi:
Dyurkgeym ijtimoiy mehnat taqsimotini jamiyatning asosiy mexanizmi sifatida 
ko‘rgan.
Uning fikricha, ijtimoiy birlik iqtisodiy hamkorlik va mehnat taqsimoti orqali 
ta’minlanadi.
Amaliy misollar
1. Kapitalizmda tabaqalanish:
AQShda 20-asrda sotsial tabaqalanishning kuchayishi jamiyatdagi iqtisodiy o‘sish 
bilan birga keldi. Yirik korporatsiyalar ishlab chiqarishni qo‘lga olgan holda, 
ishchilar tabaqasining kengayishiga olib keldi.
2. Kambag‘allik va iqtisodiy faoliyat:
Afrika va Janubiy Osiyodagi ko‘plab mamlakatlarda iqtisodiy resurslarning tengsiz 
taqsimlanishi sababli kambag‘al tabaqalar ta’lim va sog‘liqni saqlashdan foydalana 
olmaydi, bu esa iqtisodiy rivojlanishni sekinlashtiradi.
3. Sotsial kapitalning kuchi: Skandinaviya mamlakatlarida yuqori ishonch va teng imkoniyatlarga asoslangan 
sotsial strukturalar iqtisodiy barqarorlikni ta’minlaydi
                                               
                                                  2.2. Iqt i sodiy  x ul q v a  sot si a l  m e’y orl ar
1. Iqtisodiy xulq tushunchasi
Iqtisodiy xulq — odamlar iqtisodiy faoliyat davomida resurslarni taqsimlash, ishlab 
chiqarish va iste’mol qilish borasida qiladigan qaror va harakatlari majmuasidir. Bu 
xulq sotsial muhit, iqtisodiy tizim va individual maqsadlar ta’sirida shakllanadi.
Iqtisodiy xulqning asosiy omillari
1. Motivatsiya:
Odamlar o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun iqtisodiy faoliyatni amalga oshiradi.
Bu ehtiyojlar fiziologik (oziq-ovqat, boshpana) va ijtimoiy (mavqe, obro‘) bo‘lishi 
mumkin.
2. Cheklangan resurslar:
Resurslarning chegaraliligi odamlarni muqobil variantlarni tanlashga majbur qiladi.
Masalan, iste’molchi daromadini qanday tovar yoki xizmatga sarflashini tanlaydi.
3. Risk va noaniqlik:
Iqtisodiy faoliyat risklarni o‘z ichiga oladi (masalan, investitsiya muvaffaqiyati
Odamlar o‘z qarorlarini noaniqlik sharoitida amalga oshiradi. 2. Sotsial me’yorlar va ularning iqtisodiy faoliyatdagi o‘rni
Sotsial me’yorlar — jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor qoidalari bo‘lib, ular 
iqtisodiy faoliyatga ham sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu me’yorlar 
odamlarning iqtisodiy qarorlar qabul qilish uslubini cheklaydi yoki yo‘naltiradi.
Sotsial me’yorlarning iqtisodiy faoliyatga ta’siri:
1. Adolat tamoyili:
Soliq siyosati yoki daromadni qayta taqsimlashda adolatni ta’minlash talab etiladi.
Masalan, boylardan yuqori soliq olish va uni kambag‘allarga yo‘naltirish.
2. Ishonch va hamkorlik:
Bozor iqtisodiyoti ishtirokchilari o‘rtasidagi ishonch savdo va investitsiya 
jarayonlarini tezlashtiradi.
Masalan, o‘zaro hamkorlik asosidagi bank kreditlari.
3. Jamoaviy manfaatlar ustuvorligi
Ekologik qonunlar iqtisodiy faoliyatni jamiyat foydasi uchun cheklashi mumkin.
Masalan, ishlab chiqarishda zararli chiqindilarni kamaytirish talablariga rioya qilish.
3. Iqtisodiy xulq va sotsial me’yorlarning o‘zaro ta’siri
1. Me’yorlar iqtisodiy xulqni tartibga soladi:
Soliq to‘lash majburiyati qonuniy me’yorlar asosida tartibga solinadi
Axloqiy qadriyatlar adolatli savdo va halollikni rag‘batlantiradi.
2. Iqtisodiy xulq me’yorlarni shakllantiradi: Yangi iqtisodiy texnologiyalar va innovatsiyalar yangi ijtimoiy me’yorlarni yaratadi.
Masalan, onlayn savdo va elektron to‘lovlar sotsial me’yorlar bo‘yicha yangicha 
xulq-atvorni talab qiladi.
3. Me’yorlarni buzish iqtisodiy oqibatlarga olib keladi:
Korruptsiya yoki qonunlarni buzish iqtisodiy inqirozga sabab bo‘lishi mumkin.
Masalan, davlat mablag‘larining noto‘g‘ri taqsimlanishi iqtisodiy tengsizlikni 
kuchaytiradi.
4. Nazariy yondashuvlar bo‘yicha tahlil
Karl Marksning yondashuvi:
Marks iqtisodiy xulq va me’yorlarni ishlab chiqarish tizimining mahsuli sifatida 
ko‘radi.
U iqtisodiy faoliyatni boshqaruvchi sotsial me’yorlar sinfiy kurash orqali 
shakllanadi, deb hisoblaydi.
Maks Veberning yondashuvi:
Veber iqtisodiy xulqni madaniy qadriyatlar va diniy e’tiqodlar bilan bog‘laydi.
Uning "protestant etikasi" nazariyasida aytilishicha, diniy axloq kapitalistik 
jamiyatlarning iqtisodiy rivojlanishiga sabab bo‘lgan.
Emil Dyurkgeymning yondashuvi: Dyurkgeym ijtimoiy birlik va me’yorlarni iqtisodiy tizimning barqarorligi uchun 
asosiy omil deb biladi.
Uning fikricha, mehnat taqsimoti jamiyatni birlashtiruvchi mexanizm sifatida 
ishlaydi.
Qiziqish nazariyalari:Psixologik yondashuvlar iste’molchilar va ishlab 
chiqaruvchilarning qarorlariga motivatsiya va hissiyotlar ta’sirini o‘rganadi.
5. Amaliy misollar
1. Soliq madaniyati va iqtisodiy xulq:
Skandinaviya davlatlarida yuqori soliqlar qabul qilinadi, chunki u yerda ijtimoiy 
adolat va davlatga ishonch yuqori.
Korruptsiyaga moyil mamlakatlarda esa soliqlardan qochish keng tarqalgan.
2. Sotsial me’yorlar va iste’mol:
Yaponiyada sotsial me’yorlar isrofgarchilikni qoralaydi, bu esa tejamkor iste’mol 
madaniyatini shakllantirgan.
AQShda esa individualizm iste’molchilarni ko‘proq xarid qilishga undaydi.
3. Ekologik iqtisodiyot:
Evropa mamlakatlarida ekologik me’yorlarga rioya qilish (masalan, uglerod 
chiqindilarini kamaytirish) iqtisodiy xulqning muhim qismiga aylangan.
4. Tadbirkorlik va ishonch: Xitoyda ijtimoiy aloqalar ("guanxi") sotsial me’yorlar sifatida iqtisodiy xulqni 
boshqaradi.
                                     II I BOB. BOZOR V A  SOSIA L IN STITUTLA R O‘ RTA SIDA GI 
A LOQA
3.1.Bozor t a hl i l i ga  sot si ol ogi k  y ondashuv la rni  sha k ll a nt i rish Tashkilot - bu yagona mеhnat sharoitida, maqsadga yo`naltirilgan, mеhnat  
mazmunida tashkil topgan odamlar birlashmasi. Tashkilotlarga odamlar mеhnat  
faoliyati olib borish uchun birlashadilar. Yakka tartibdagi faoliyatdan tashkilotdagi  
faoliyat afzalroq, chunki:  
- uyushgan faoliyat foydaliroq;  
- raqobat qobiliyatiga ega;  
- samarali;  
- egiluvchan, tеxnika va tеxnologiya yangiliklariga tеzroq javob bеradi.  Tashkilot 
tushunchasining o`zi tartibga solingan, «qurilgan» birlashma 
ma'nosini anglatadi. Tashkilotlar xilma-xil bo`lib, ularning ijtimoiy shakllari 
quyidagicha: 
1. Oilaviy. Oilaviy tashkilotlarda qarindosh-urug`chilik aloqalari bilan mеhnat  
chambarchas bog`lanib kеtadi. Bu holat odamlar orasidagi ijtimoiy-
iqtisodiy  
munosabatlarni,  mulk  va  daromad  taqsimlash  huquqlarini 
еngillashtirali. Aloqalar  
esa, ishdan tashqari vaqtda ham bo`lavеradi, ayniqsa, tashqi muhitga nisbatan 
ishonch  va jipslanish darajalari juda yuqori bo`ladi.  
2. Rasmiy. Tashkilot a'zolari orasida qarindosh-urug`chilik aloqalari  
bo`lmaydi. Bunday tashkilot erkin fuqarolar orasidagi shartnoma asosida paydo   bo`lgan birlashmadir. Rasmiy tashkilot ichidagi munosabatlar rasmiy, ishga 
aloqador  
asosda quriladi. Hamma shaxsiy manfaatlar tashkilot tashqarisida qoladi.  
Tashkilotning ijtimoiy shakllari: ixtiyoriy va ixtiyorsiz. Ular orasidagi farqlar  
juda murakkab va noaniq. Hozirgi sharoitda hamma tashkilotlar ixtiyoriy 
hisoblanadi. 
Tashkilot nafaqat odamlardan iborat, balki bu ijtimoiy tizimga oid qirralar  
majmuasidir. Ijtimoiy-mеhnat qirra.  
Tashkilotning eng oddiy bеlgisi shundaki, odamlar uning ichida bir-biriga  
ta'sirini o`tkazadi, bir maqsadga qaratilgan mеhnat kuchlari bilan almashadilar.  
Tashkilot bunday holatda ma'lum maqsadga xizmat qiluvchi mashinaga o`xshab  
kеtadi.  Odamlar muloqotda bir-biri bilan yaxshi bo`lishsa, ularning tashkiloti 
salmoqli, fayzli, o`zlari ham yaxshi va inoq bo`ladilar. Odamlar - yagona harakat  
qatnashchilari, harakati jamoa hissiyotiga asoslangan bo`lib, ular yagona guruh  
tarzida ishlab chiqarish maydoniga chiqadilar.  
Ijtimoiy-kasbiy qirra.  
Tashkilotda yakka tartibdagi shaxslargina bir-biriga ta'sir o`tkazmaydi.  
Tashkilot a'zolari tajriba, malakaga ega bo`lib, mafkura nuqtai nazaridan har xildir.  
Ijtimoiy tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, tashkilotlarni o`rganishda birinchi   navbatda, ularning malaka-kasb tarkibi o`rganiladi. Shuningdеk, har xil 
tashkilotlarda  
ta'lim darajasi ham har xildir. Bir xil tashkilotlarda xodimlar orasida ma'lum bir 
kasb  
turi ko`p bo`lsa, boshqalarda u yakkadir. Ayrim tashkilotlarda odamlarga nisbatan  
oddiy malaka-kasb tarkibi mavjud bo`lsa, boshqalarda ancha murakkab. 
Xodimlarning malakaviy va kasbiy farqlari ba'zan tashkilotdagi ijtimoiy 
muhitiga, shaxslararo ijtimoiy munosabatlariga ancha ta'sir o`tkazishi mumkin. 
Ijtimoiy – iqtisodiy qirra.  
Bu tizimga oid qirra ancha murakkab hisoblanadi va uni yuqorida aytib o`tgan  
tizimlarga oid qirralar bilan solishtirilsa, ijtimoiy-iqtisodiy qirra ulardan ancha  
ustunroq. Tashkilot a'zolari bir-biridan ish haqi, mulk huquqlari, mеhnat 
sharoitlari,  ish joyi kafolatining ijtimoiy himoyalanishi bilan farqlanadi.  
Ishlab chiqarish jarayoni boshlangan vaqtidayoq, odamlarda juda ko`p turli  
qiziqishlar, o`zaro talablar paydo bo`ladi. Ijtimoiy-iqtisodiy qiziqishlar, ularning  
yеchimi nuqtai nazaridan - bu mеhnat jarayonida bir-biriga ta'siridan ham  
murakkabroq holatdir. 
Tashkilotning asosiy ziddiyati - bir vaqt ichida ikkita katta va qaramaqarshi  
munosabat turlarining mavjudligi, bu ham bo`lsa, taqsimot va o`zaro ta'sirdir.  
Taqsimot  munosabatlari  korxona,  tashkilot  miqyosida  o`z xususiyatlariga 
ega.   Makrodaraja bilan solishtirsak, tashkilotning taqsimot munosabatlari o`z  
psixologiyasiga ega: unda ham moddiy nе'matlarni, ham ijtimoiy maqomlarni  
individlar o`zaro taqsimlashadi. Taqsimlash nafaqat ma'muriy yo`l bilan, balki  
mеhnat jamoasi yеtarli jipslashgan bo`lsa, uning fikri asosida ham o`tkaziladi.  
Ijtimoiy-dеmografik qirra.  
Tashkilotning – muhim bir tavsifnomalaridan biri – uning jinsiy va yoshiga  
nisbatan tarkibi. Bu bеlgi bo`yicha hamma tashkilotlar har xil. Lеkin ayrim  
tashkilotlarda ko`proq ayollar ishlaydi, boshqalarida esa - erkaklar, uchinchilarida – 
ikkala jins vakillari bir xil bo`lishi mumkin, ba'zi tashkilotlarda - yoshlar ko`proq  
ishlaydi, boshqalarida – yoshi katta odamlar, uchinchilarida - hamma yoshdagi  
xodimlarni ko`rish mumkin. Ko`p tashkilotlarda xodimlarning jinsiy va yosh  
jihatidan tarkibi juda murakkab ya'ni, tashkilotning ko`p xususiyatlari uning 
tarkibiga  bog`liq.  
Xodimlarning jinsiy va yosh jihatdan xususiyatlari mеhnat taqsimotini  
bеlgilaydi,  ular  tashkilotning  ijtimoiy  iqlimiga,  odamlarning 
munosabatiga, ish boshqarilishiga, tashkiliy tizimiga, taqsimlanishiga ta'sir etadi, 
moddiy nе'matlarning  taqsimlanishiga ta'sir etadi.  
Ijtimoiy - madaniy qirra.  
Har bir tashkilot o`z ichki madaniyatiga ega. Ichki madaniyatni quyidagilar  
bеlgilaydi:   - an'analar, urf-odatlar va birgalashib kamol topgan jamoaning tafakkur  
stеrеotiplari;  
- jamoaning o`ziga xos malaka, kasb, iqtisodiy va ijtimoiy tajribalar va  
jamoaning xotirasi;  
- paydo bo`lgan muammolarga, har xil holatlarga tashkilotning munosabati va  
bularning yеchimini topishda jamoaning imkoniyat darajadagi qobiliyati.  Ijtimoiy – 
ruhiy qirra.  
Tashkilot — bu ijtimoiy ruhiy holatlarning murakkab dunyosi. Ular yo 
kasbiyiqtisodiy  munosabatlar  asosida  maqomini  topadi,  yoki 
odamlarning o`ziga xos  munosabatlariga ko`proq ta'sir etadi.  
Tashkilot ishlab chiqarish uchun barpo etiladi. Shu vaqt ichida tashkilot  
bеvosita bir qator ijtimoiy funksiyalarni ham bajaradi. Bu funksiyalar inson xulqiga  
ham ta'sir etadi. Shuning uchun bu funksiyalarni rеal dеb hisoblasa bo`ladi.  
Funksiyalarning asosiy mazmuni quyidagicha:  
Ijtimoiy-iqtisodiy funksiya. Har bir tashkilot o`z bandligini boshqaradi. Inson  
manfaatini ko`zlagan holda, uni yoqtirgan mеhnat turi bilan ta'minlaydi. Bu 
funksiya 
nafaqat daromadga еtishish, balki uning taqsimlanish va kafolat funksiyasini ham  
bajaradi.   Ijtimoiy-siyosiy funksiya. Tashkilot mеhnat jamoasi sifatida siyosiy hayotning  
mustaqil subyekti ham bo`lishi mumkin. Tashkilot a'zolari siyosiy hayotda faol  
qatnashishlari kеrak.  
Ijtimoiy maqom funksiyasi. Hap bir inson uchun jamiyatda tutgan o`rni katta  
ahamiyatta ega. Uni esa tashkilot bеlgilaydi. Nima uchunh Chunki insonning  
lavozimi,  daromadi,  mеhnat  unumdorligi,  mеhnatidan  qoniqishi 
ishlayotgan  
tashkilotiga bog`liq. O`sha tashkilot o`ziga qanchalik tinch bo`lsa, o`z xodimiga ijobiy
yondoshsa, ko`rsatkichlariga qarab tеz-tеz lavozimdanlavozimga ko`tarib  
baholasa, uning mеhnat samaradorligi shunchalik yuqori bo`ladi. Ijtimoiy 
tomondan  
esa, inson taqdiriga tashkilotning obyektiv va subyektiv omillari ta'sir etadi.  
Ijtimoiy muhofaza funksiyasi. Har bir korxona, tashkilot o`zining ma'lum bir  
shaxsiga, muammolar paydo bo`lgan holatda, ozmi-ko`pmi yordam bеrish  
qobiliyatiga ega. Yordam ko`rsatish - tashkilotning majburiyati emas. Tashkilot  
ijtimoiy muhofazalash funksiyasini bajarishi yoki bajarmasligi uning iqtisodiy  
imkoniyatlariga, an'analariga, mafkurasiga, ijtimoiy iqtisodiy muhitiga, ijtimoiy 
himoyalashning obyekti – shaxs obro`siga ham bog`liqdir. Ayrim holatlarda hamma narsani ma'muriyat fikri, ayrim holatlarda - tashkilot oddiy a'zolarining fikri hal 
etadi.  
Ijtimoiy himoyalashning asosiy shakllari - ma'muriy va hay'at yig`ilishi.  
Ijtimoiy mansublik funksiyasi. Insonning tabiiy ehtiyojlaridan biri - boshqa  
odamlar bilan birligi va biron-bir jamiyatga mansublik. Tashkilot ijtimoiy mansublik 
nuqtai nazardan o`zining kamchilik va afzalliklariga ega. Bir tomondan, oilaga,  
qarindosh-urug`larga nisbatan u ancha uzoq, boshqa tomondan esa - ijtimoiy  
munosabatlar nuqtai nazaridan u ta'sirli va kuchliroq.  
Ijtimoiy tartibga kеltirish funksiyasi. Tashkilot mеhnat jamoasi sifatida  
xodimlarning xulqini tartibga soladi va bu ishni, o`zining iqtisodiy qiziqishini  
inobatga olgan holda bajaradi.  
Ijtimoiylashtirish funksiyasi. Odam tashkilotga biron bir tajriba orttirish  
maqsadida kеladi. U shu еrda ijtimoiy munosabatlar murakkab jarayonini, ijtimoiy  
nizo, tartib, mе'yorlar dеgan hodisalarning ahamiyatini bilib oladi. Tashkilotda 
inson  o`z ijtimoiy xulqini takomillashtiradi.  
Bu ijtimoiy tajriba tashkilot chеgarasidan tashqariga ham tarqaladi. Aloqa  
funksiyasi. Aloqalar inson uchun katta ahamiyatga ega. O`zaro aloqalar tashkilotda 
yangi tanishlar orttirishga yordam bеradi. Tashkilotdan tashqaridagi aloqalar  
еtishmasligini xodimlar ko`pincha o`z ish joyida qoplashadi. Nafaqat tashkilot 
odam   uchun ahamiyatga ega bo`lishi, balki odam ham tashkilot uchun ahamiyatga ega  
bo`lishi mumkin. Bu еrda gap tashkilotning tashkil bo`lishida va uning faoliyatida  
insonning roli to`g`risida boradi.  
Bunday faoliyatning ikki turi bor: passiv va faol.  
Faoliyatning birinchi turi bo`yicha, tashkilotning shakllanishida inson passiv  
faoliyat ko`rsatadi yoki qatnashmaydi. U tashkilotga kеlganda, uning tarkibini  
bеrilgan dеb qabul qiladi. Shaxsning asosiy vazifasi - bu oldindan bеrilgan tarkibni  
o`rganish va o`z faoliyatida qo`llash.  
Faoliyatning ikkinchi turida inson tashkilotning shakllanishida faol ravishda  
qatnashadi, uning tarkibiga va holatiga o`z ta'sirini o`tkazadi.  
Dеmak, odamlar tashkilotda o`z ta'sirini o`tkazish nuqtai nazaridan .
                                  3.2.Bozor iqt isodi y ot i  sha roi t i da  doi m i y  m ua m m ol arni   xa l  
qi l ish v a  resursl arda n sa m ara l i  foy dal a nish
  
Turli mulkchilik egaligiga asoslangan huquqiy va iqtisodiy jihatdan ishlab chiqarish 
jarayonini tashkil etish va  ishlab chiqarish sub’ektlarini iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan  
samarali rivojlanib borishini ta’minlashi, ishlab chiqarish  sub’ektlariga zarur 
bo‘lgan bozor infratuzilmasini tashkil  etish bilan bog‘liq.  
Respublikamizda bozor iqtisodiyotini rivojlanib borishi faqat ichki bozor talablarini 
e’tiborga olib rivojlanishi   mamlakatimizni iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlanishining o‘zi bizni 
qanoatlantirmaydi balki, bizni iqtisodiy  rivojlanib borish jarayoni jahon xo‘jaligiga 
kirib borishini  ta’minlashi zarur. 
Jahon xo‘jaligiga milliy iqtisodiyotimizni ishlab chiqarilayotgan xomashyo, ishlab 
chiqarish vositalari texnika  va texnologiyalari bilan ishlab chiqarilayotgan 
innovatsion  
mahsulotlar bilan kirib borishi lozim. Buning uchun hozirgi zamon talablariga javob
beraoladigan bozor infratuzilmasiga ega bo‘lishi lozim.  Bozor infratuzilmasi deb bu
davlat va tijorat shakllari  asosida bozor munosabatlarini samarali tashkil etish 
bilan  
shug‘ullanuvchi sub’ektlar Yeg‘indisidir. Bozor infratuzilmalar uch yo‘nalishda 
bo‘ladi. Bular quyidagi bozor infratuzilmalariga bo‘linadi:  
- tovarlar bozori infratuzilmasi – u tovarlar birjalari  korxonalar ishlab 
chiqargan tovarlarni ko‘tara va chakana  
narxlarda, auktsion turli yo‘nalishdagi tovarlar markazlarida, valyuta birjada, 
tovarlarni sug‘urta kompaniyalarda va  fondlarda amalga oshiriladi;  
- moliyaviy bozor infratuzilmasi – fondlardan, valyuta birjalaridan, banklar 
turlaridan, sug‘urta kompaniyalar  va fondlardan tashkil topgan;  
- mehnat bozori infratuzilmasi – mehnat birjasi, bandlik xizmatlari, kadrlarni 
qayta tayyorlash, ishchi kuchlari  migratsiyalash faoliyatlarini tartibga solishni o‘z 
ichiga  oladi.  
Hozirgi davrda ishchi kuchlari migratsiyasi qonuniy  
ravishda ikki mamlakat o‘rtasida tuzilgan mehnat resurslari migratsiyasiga va 
noqonuniy asosda mehnat resurslarini o‘zlarini ish bilan ta’minlash maqsadida  xorijiy mamlakatlarga ish joylarini qidirib chiqish shaklida amalga  oshiriladi. Bozor 
infratuzilmasining asosiy vazifalari bozor  iqtisodiyotini barqaror va samarali 
rivojlanishini ta’minlashdan iborat.  Bozor infratuzilmalari sub’ektlari yordamida 
ishlab  
chiqarish va iste’mol sub’ektlari o‘rtasida tashkil topadigan iqtisodiyijtimoiy 
munosabatlarni talab va taklif darajasida tashkil etish asosida bozorda 
qatnashuvchi sub’ektlar o‘rtasida tashkil topadigan iqtisodiy – ijtimoiy 
munosabatlarni ichki va tashqi ta’sir etuvchi omillarni e’tiborga  olish asosida ishlab
chiqarishni rivojlantirish va iste’mol  bozorini zarur bo‘lgan arzon sifatli iste’mol 
mahsulotlari  bilan to‘yintirish.  
Bozor iqtisodiyoti infratuzilmasi doimiy ravishla ichki  
va tashqi omillar ta’sirida takomillashib boradi. Bozor infratuzilmalarini        
  tashkil 
topishini doimiy ravishda nazorat       
qilib borish va tegishli uni sifatini oshirib borish 
zarur.           
Quyida bozor infratuzilmalari tashkil etish elementlarini ko‘rish mumkin:    
          
Bozor iqtisodiyotini rivojlantirib borishni ta’minlashda    
    
ishlab chiqarish ijtimoiy xizmat qilish jarayonini talablar        
    
asosida rivojlantirishni tashkil etishning asosiy tuzilmalaridan biri tijorat        
   
banklarini tashkil etish va rivojlantirish       
hisoblanadi. Bunga talab bo‘lishiga asosiy sabab tadbirkorlik faoliyatlari        
   
bilan 
shug‘ullanishni istagan har bir sub’ekt        
har doim o‘zida Yetarli mablag‘lari 
bo‘lmasligi mumkin. U          
bankdan kredit olib ishlab chiqarishni tashkil qila oladi.          
Bozor iqtisodiyotini rivojlantirishda birjalarning roli       
katta. Shuning uchun tovar, 
xomashyo, fond, valyuta va           mehnat birjalari respublikada tashkil etildi. Ishlab chiqarish jarayoni        
   
hozirgi 
davrda rivojlanishni kommunikatsiya      
vositalari  
–  
telefon,  
telefaks,  
uyali  
telefon  
aloqalari,  
transport  
  shahobchalari, reklama
va ommaviy axborot vositalari, soliq va bojxona         
   
tizimi, konsalting, injenereng 
xizmat      
ko‘rsatish kompaniyalari.     
Konsalting kompaniyalari iqtisodiy va huquqiy masalalar yuzasidan       
   
maslahatlar 
beruvchi mutaxassislar xizmatidir va audit komppaniyalari       
   
o‘z faoliyatlarini 
tashkil etish      
va ana shu xizmatlarni talab darajasida olib borsalar, bozor iqtisodiyoti          
   
belgilangan darjada rivojlanib borishiga zarur       
bo‘lgan sharoitlar vujudga keladi.         
Xulosa qilib aytish mumkinki, bozor iqtisodiyotini samarali, barqaror va innovatsion 
tarzda rivojlanib borishini  ta’minlovchi omillar doimiy ravishda bozor qonuni talab  
va taklif asosida o‘zgarib borishiga barcha uning sub’ektlari va davlat boshqaruvi 
muassasalari tomonidan qonun  va qarorlar asosida tartibga solib borilishi zarur. 
Chunki,  bozor iqtisodiyotida qatnashayotgan barcha sub’ektlar  
ob’ektiv ravishda o‘zaro bog‘liqlikda bo‘lishi, ishlab chiqarilayotgan yakka tartibdagi 
sub’ektlar yalpi mahsulotlari  mamlakat darajasida yalpi ichki mahsulotni ifoda 
etadi.  
Bozor iqtisodiyotini rivojlantirish o‘zining ijobiy va salbiy holatlariga ega. Bozor 
iqtisodiyotining ijobiy tomomnlari quyidagilardan tashkil topadi:  
Bozor iqtisodiyoti qonun talablari asosida ishlab chiqarishni tashkil topishi, ishlab 
chiqarish jarayonini rivojlantirishning asosiy omili bo‘lgan: ishlab chiqarishning 
moddiy  omillariga egalik va turli shakllarining tashkil topishi mulk   egalari tomonidan mulklarga egalikni tashkil topishi ulardan tejamkorlik asosida 
foydalanishga olib keladi. Ishlab  
chiqarish jarayonidan mulkdor sub’ektlarning ulardan samarali foydalanish 
darajalarini o‘sib borishini ta’minlaydi.  Bozor sharoitida barcha mulk egalari o‘zaro 
iqtisodiy  
munosabatlarga kirishadi va ular erkin ravshda turli mulklarga egalik qilishga 
kirishishlari mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish sub’ektlari bo‘lib
boshqa  
har qanday mulk sub’ektlari bilan tovar-pul munosabatlariga kiradilar. 
Ishlab chiqarilgan tovarlarga iste’mol narxlari  iste’mol bozorlarida erkin talab va 
taklif asosida tashkil  topadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida erkin raqobatga 
asoslangan ishlab chiqarish jarayonlarida band bo‘lgan ishlab  chiqarish kapitallar 
harakati ham erkin holatda bo‘ladi.  Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni 
erkin  raqobat asosida olib borilishi natijasida ishlab chiqarish  sub’ektlari 
olayotgan foydalari hisobiga ishlab chiqarish  
jarayonida yirik mulkdorlar ishlab chiqarish, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish 
kompaniyalari, aktsionerlar jamiyatlari,  aralsh qo‘shma mulk korxonalari yuzaga 
keladi.  Sanoat ishlab chiqarish jarayoni iqtisodiy mintaqalar  
darajasida rivojlanish doirasi kengayadi va aholini ish bilan bandlik o‘sib boradi. 
Bozor iqtisodiyoti asosida milliy  
iqtisodiyotni rivojlantirish bilan bog‘liq bozor munosabatlari ayrim kamchiliklardan 
holi emas. Bu kamchiliklar quyidagilardan iborat:  Bozor iqtisodiyoti ishlab 
chiqarish jarayoni iqtisodiy–   ijtimoiy munosabatlarni o‘zaro bog‘liqlikda talab darajasida talab va taklif qonuni 
asosida olib borilmaydi. Jamiyatni  rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy shart-
sharoit va  munosabatlarni talab darajasida faqat davlatni aralashuvi  va 
boshqaruvi darajasiga bog‘liq.  
Bozor iqtisodiyotining talab va taklif iqtisodiy qonunlar talablari asosida xususiy 
sub’ektlar tomonidan ishlab  
chiqarish jarayonini o‘sib borishi natijasida ishlab chiqarish sub’ektlari tomonidan 
olinayotgan foyda hissalarini  o‘sib borishi natijasida kichik ishlab chiqarish 
sub’ektlari  
bo‘lgan aktsionerlar jamiyati, kompaniyalar, monopoliyalarni yuzaga kelishi 
natijasida ishlab chiqarish tarmoqlar  
yo‘nalishida va tarmoqlararo korxonalar yo‘nalishidagi erkin raqobat o‘rniga 
monopolistik, olegopolistik raqobatlar  
yuzaga kelishi natijasida sof bozor iqtisodiyoti tizimi o‘rniga aralash bozor 
iqtisodiyoti tizimi tashkil topadi.
                    
                           IV  BOB.O‘ZBEK ISTON  SHA ROITIDA  I QTISOD SOSI OLOGIY A SI
                      4.1.O` zbеk i st onni ng hozirgi  sot si al  t a ra qqi y ot i  v a o` si sh 
hol a t i  
O`zbеkistonning hozirgi sotsial taraqqiyoti va o`sish holati 
Istiqlolimizning  fidokorona mеhnat bilan o`tgan 31 yili ortda qoldi. Bu 
yillar boy imkoniyatlarga  ega bo`lgan rеspublika va uning aholisini tang 
holatdan, moddiy, ma'naviy  inqirozdan chikarish, milliy davlatimiz 
poydеvorini qurish, iqtisodiyotimizni sifat  jihatdan yangi bosqichga 
ko`tarish yillari bo`ldi. 
Bundan tashqari, bu yillar O`zbеkistonni jahonga namoyon qilish, 
axborot  va iqtisodiy jihatdan chеtlashtirish hollariga barham bеrish, 
jahon hamjamiyatining  boshqa mamlakatlari qatorida tеng bo`lib olish
sari intilish yillari ham bo`ldi. Hayotning, jamiyatning asosiy 
tamoyillarini va davlatning ijtimoiy-siyosiy,  
iqtisodiy tuzilmalarini o`zida ifodalagan, umuminsoniy qadriyatlarga 
asoslangan,erkin dеmokratik kеlajakni aniq bеlgilab bеrgan asosiy Qonun- 
Konstitutsiya qabul  
qilindi. 
O`zbеkiston tanlab olgan yo`l — rеspublika va uning xalqining  manfaatlariga 
nihoyatda mos kеladigan, ijtimoiy jihatdan yo`naltirilgan bozor  iqtisodiyotini 
shakllantirishga qaratilgan iktisoddir. 
Chuqur o`zgarishlar bizning hayotimizga shiddat bilan kirib 
kеlayapti.  Sodir bo`layotgan tub siljishlar dunyoning hozirgi 
qiyofasini o`zgartirib  yubormoqda.  O`zbеkistonning davlat mustaqilligini amalda namoyon qiladigan va  
ro`yobga chiqaradigan tashkiliy tuzilmalarni shakllantirish jarayoni 
davom  etmoqda. Bank tizimi qayta tashkil qilinyapti. Mustaqil milliy 
aviakompaniya,  axborot agеntligi, kinokompaniya va boshqa 
umumdavlat xizmatlari ishlab turibdi. O`zbеk xalqining mustaqillikka 
bo`lgan intilishini jahon hamjamiyati,  xalqaro jamoatchilik ko`llab-
quvvatladi. Dunyodagi 165 mamlakat  O`zbеkistonning Davlat 
mustaqilligini tan oldi. 140 dan ziyod xorijiy  mamlakatlar bilan 
diplomatik munosabatlar o`rnatildi. 
Tarixda ilk bor, 1992 yilning 2 martida O`zbеkiston xalqaro 
hukuqning tеng  hukuqli subyekti sifatida Birlashgan Millatlar 
Tashkilotiga a'zo bo`ldi. Rеspublikani haqiqatan ham uning milliy 
manfaatlaridan kеlib chiqkan  holda, xalqning azaliy turmush tarzi,
an'analari, urf-odatlari va ko`nikmalarini,  mavjud bеqiyos tabiiy 
boyliklarini har tomonlama hisobga olish asosida  yuksaltirish 
amalda mumkin bo`lib qoldi. 
Hozir O`zbеkiston tarixiy chorrahada turibdi. Avvalo, O`zbеkiston  
Prеzidеnti Islom Karimov Rеspublikaning milliy, ijtimoiy-iqtisodiy va 
ma'naviy  kamol toptiruvchi o`z taraqkiyot yo`lini ishlab chiqqi. 
Rеspublikada hozir  yashab turganlarning takdirigina emas, balki 
ularning farzandlari, nabiralari,  kеlajak avlodlarning taqdiri ham 
shunga bog`lik bo`ladi. Rеspublikadagi gang  
holatlarni ayni paytda, tеzrok bartaraf etish, yakkahokimlik tizimining illatlarini 
batamom tugatish, rivojlangan madaniyatli mamlakatlar darajasiga chiqib olishi  
xam shu narsa bilan bеlgilanmoqda.   Barqaror bozor iqtisodiyoti, ochiq tashqi siyosatga asoslangan kuchli  
dеmokratik huqukiy davlat va fuqarolik jamiyatini barno etish pirovard 
maqsad  bo`lib qolmoqda. Shunday jamiyatgina O`zbеkiston xalqining 
munosib turmushini,  uning huquqlari, erkinligini kafolatlashi, milliy 
an'analar va madaniyatning qayta  tiklanishini, shaxs sifatida insonning 
ma'naviy-axloqiy kamol topishini ta'minlashi  mumkin. Jahon hamda 
o`zimizning amaliyotimizdan olingan barcha  
umuminsoniy va milliy qadriyatlarni, tajribalarni rad etmagan holda, o`z 
ijtimoiyiktisodiy, siyosiyhuquqiy tarakkiyot yo`limizni tanlab olish ishi 
rеspublikaning  qat'iy pozitsiyasidir. 
O`zbеkistonning chinakam mustaqillikka erishishdan iborat o`z yo`li  
aholining milliy-tarixiy turmush va tafakkur tarzidan, xalq an'analari va 
urfodatlaridan kеlib chiqadi. Chukur ildizi o`tmishdagi an'anaviy jamoa turmush  
tarziga borib taqaladigan jamoatchilik, mahalla asoslari O`zbеkistonga xosdir.  
Kattalarni hurmat qilish, oila va farzandlar to`g`risida g`amxo`rlik qilish, ochik  
ko`ngillilik, millatidan kat'i nazar odamlarga hayrixoxlik bilan munosabatda bo`lish, 
o`zgalar kulfatiga hamdard bo`lish hamda o`zaro yordam tuyg`usi  kishilar 
o`rtasidagi munosabatlarning mе'yori hisoblanadi. 
Ijtimoiy taraqqiyotning asoslari va yo`nalishlari xususida so`z borar 
ekan,  avvalo, huquqiy, iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy nеgizlarga alohida 
e'tibor bеrmoq  kеrak. Bu jarayonda davlatning alohida ahamiyati bor.
Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va tеxnikaviy rivojlanishiga g`amxo`rlik  
kiladi. 
O`zbеkiston Rеspublikasi siyosiy va iqtisodiy mustaqshshikni himoya 
qilish  imkonini bеradigan еtarli salohiyatga ega. Еr bag`rining g`oyat  qimmatli minеral  xom-ashyolarga boyligi chukur tarkibiy o`zgarishlarni 
amalga oshirish,  rеspublikaning jahon bozoriga chiqishini 
ta'minlaydigan tarmoqlarni rivojlantirish  imkonini bеrmoqda.
O`zbеkistonni yangilash va rivojlantirishning o`z yo`li 4 ta asosiy nеgizga  
asoslanadi. Bu nеgizlar: 
- umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; 
- xalqimizning ma'naviy mеrosini mustahkamlash va rivojlantirish; 
- insonning o`z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi; 
- vatanparvarlik. 
Davlat ramzlari - bayroq, tamg`a, madhiya O`zbеkiston xalqlarining shonsharafi, 
g`ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o`zida mujassamlashtiradi. Mana  shu 
ramzlarni e'zozlash - o`zining qadr-qimmatini, o`z mamlakatiga va shaxsan  o`ziga 
bo`lgan ishonchni mustahkamlash dеmakdir. Islohotlar stratеgiyasini  amalga 
oshirishda biz uchun quyidagilar uzluksiz ustuvor yo`nalishlar hisoblanadi: 
- ta'lim va madaniyatni rivojlantirish hamda isloh qilish; 
- aqliy va ma'naviy salohiyatni mustahkamlash; 
- aholini ijtimoiy himoya qilish. 
Chuqur islohotlarni amalga oshirish, bozor iqtisodiyotiga o`tish, 
birinchi  navbatda, kadrlar potеntsialiga, ularning kasb jihatdan 
tayyorgarligiga bog`liq  bo`ladi,  
"Moddiy islohotlar, iqtisodiy islohotlar - o`z yo`liga", -dеgan edi   Prеzidеntimiz Islom Karimov. - Ularni hal etish mumkin, xalqning 
ta'minotini  ham amallab turish mumkin. Ammo ma'naviy islohotlar - 
qullik va mutеlik  iskanjasidan ozod bo`lish, qaddini baland tutish, ota-
bobolarimizning udumlarini  tiklab, ularga munosib voris bo`lish — 
bundan og`irroq, bundan sharafliroq vazifa  yo`q bu dunyoda! shu 
boisdan hayotimizning boshqa sohalaridagi ahvol,  amalga 
oshirilayotgan isloxotlarimizning samaradorligi avvalo xalq  
ma'naviyatining tiklanishi, boy tarixiy mеrosimizning kеng o`rganilishi, 
an'nalarimizning saqlanishi madaniyat va san'at, fan va ta'lim rivoji 
bilan  bog`liqdir" . 
                                             
                     4.2.O‘zbek ist on Respubli k asi da  x ufy ona  i qt i sodiy ot  k o‘l a m i  
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligida 2019 yil 17  
sentyabrda ”O‘zbekistonda xufyona iqtisodiyot: baholash, sabablari va uni 
qisqartirish yo‘llari” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida O‘zbekistonda 
xufyona  iqtisodiyotning YaIMga nisbatan ulushi 40-50%ni tashkil etishi bayon 
qilindi. BMT  Taraqqiyot dasturi konsultantlari tomonidan o‘tkazilgan 
tadqiqotlar natijalari ham  ushbu davra suhbatida e’lon qilindi. O‘zbekistonda 
xufyona iqtisodiyot miqyosini  monetar usullar asosida, shuningdek, 
respublika hududlarida 700 dan ortiq korxonalar  va 30 nafar tadbirkor 
o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazish yo‘li bilan baholangan. Xufyona  iqtisodiyotning 
asosiy sabablari soliq turlarining, yig‘imlar, majburiy ajratmalar  sonining va 
ular miqdorining ko‘pligi ekanligi ta’kidlandi. Ushbu sabablarga  korxonalarda 
yetarli miqdorda mablag‘larning yo‘qligi , banklar bilan bo‘ladigan  hisob-
kitoblarni va to‘lovlarni amalga oshirishdagi, xizmat ko‘rsatish sifati, kredit   stavkalarining yuqoriligi bilan bog‘liq muammolar ham kiradi. Noiqtisodiy 
tavsifdagi  sabablarga tadbirkorlarning bilim va tajribalarining, raqobat, ishlab 
chiqarish  infratuzilmasining yetarli emasligi, biznesni tashkil etish va 
yuritishdagi ma’muriy  to‘siqlarning mavjudligi, korrupsiya va mulk huquqining
himoya qilinmaganligi  Kiradi BMT taraqqiyot dasturi loyihasi doirasida 
monetar yondashuv asosida  amalga oshirilgan hisob-kitob natijalariga ko‘ra, 
O‘zbekistonda “xufyona iqtisodiyot”  salmog‘i 46,4 foizni tashkil etadi.34 
Ayrim ekspertlarning fikricha, O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotning  
YaIMdagi hajmi 50 foiz atrofida. Agarda raqamlarga murojaat etadigan bo‘lsak, 
2019  yilda respublikamizda Davlat budjeti daromadlar qismi 102,6 trln so‘mni 
tashkil  qilmoqda. Yalpi ichki mahsulot qiymati 424 trln so‘m qilib belgilandi. 
Shunda  ekspertlar fikriga ko‘ra, yashirin iqtisodiyotning 50 foiz ulushi 212 
trln.so‘mni tashkil  etmoqda. Ushbu summadan yashirin iqtisodiyotning optimal 
hajmi 15%  (424*15%=64)ni chiqarib tashlanganda, 148 trln so‘m (212-64) mablag‘  
iqtisodiyotdan tashqarida aylanayotgani ma’lum bo‘ladi. Agarda biz ushbu  
mablag‘ning belgilangan tartibda qonuniy aylanmasiga erisha olsak, Davlat 
budjetiga  soliqlar to‘lanishi natijasida qo‘shimcha o‘rtacha 15-20 trln.so‘m (2,3 mlrd
AQSh  dollariga teng) mablag‘ tushirilishi mumkin. Bugungi kunda bitta umumta’lim
maktabini yangitdan qurish uchun o‘rtacha 5 mlrd so‘m mablag‘ sarflanadi. Demak,
bir yillik yashirin iqtisodiyot keltirayotgan zararga teng mablag‘ni 4 mingga yaqin  
umumta’lim maktablari qurish yoki aholi turmush sharoitlarini yanada yaxshilash  
uchun yo‘naltirish imkoni paydo bo‘ladi.l
O‘zbekistonda valyuta qora bozorini yo‘q qilish uchun noqonuniy valyuta 
qora  bozorlarini qonuniylashtirgan holda belgilangan intervallar 
doirasida bozor narxlarida  savdo qiluvchi valyuta ayirboshlash  shahobchalarini tashkil qilish darkor. Naqd  xorijiy valyutani bemalol 
rasmiy soliq to‘lab faoliyat yuritadigan xususiy  shahobchalarda 
almashtirish imkonini berish kerak. Shundan so‘ng yashirin savdo  
qilayotgan valyuta sotuvchilarni qattiq jazolash lozim. Davlat tomonidan 
naqd pulsiz  
savdo qilayotgan tadbirkorlarga imtiyoz preferensiyalar berish orqali 
qo‘llabquvvatlash mamlakatimiz iqtisodiyoti barqarorligini yanada ta’minlashda 
muhim  ahamiyat kasb etadi.  
Masalan, rivojlangan davlatlarda bugungi kunga kelib naqd pul 
muomalasi  maksimal darajada qisqartirilgan, barcha pul aylanishi bank 
orqali amalga oshirilishi  davlat iqtisodiyotining rivojlanishiga olib kelishi 
hech kimga sir emas.  
«O‘zbekozikovkatxolding» xolding kompaniyasi raisi Tohirjon Jalilov O‘zbekiston  
meva-sabzavot mahsulotlari xufiya bozori hajmini 6,8 milliard 
dollarga baholadi.  Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilning 
birinchi yarmi yakunlari  bo‘yicha xolding korxonalarida umumiy 
ishlab chiqarish hajmi 18,2 trln so‘mni  tashkil etdi. Kutilishicha, yillik 
hajm taxminan 38 trln so‘mga teng bo‘ladi. «Bu juda  kam. 
O‘ylaymanki, bizda 90-100 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqariladi.  
Kompaniyalar past ko‘rsatkichlar qayd etilgan hisobotlarni taqdim etadi. 
Korxonalar  esa kuniga 24 soat ishlayapti. Qolgan mahsulotlar qayerga 
ketyapti? Bozorga  chiqarilmoqda, masalan, «O‘rikzor»ga, naqd pulga. 
Albatta, bularning barchasi hech  qayerda hisobga olinmaydi», 
- dedi Tohirjon Jalilov. Xolding rahbarining   ta’kidlashicha, kompaniya xufiya iqtisodiyotga qarshi kurashni tadbirkorlar yo‘lidagi
to‘siqlarni olib tashlash orqali amalga oshirmoqchi. O‘zbekistonda xufyona  
iqtisodiyot ko‘lamining kattaligini norasmiy iqtisodiyot sektorida band bo‘lgan  
kishilar sonining kattaligi ham ko‘rsatib turibdi. 2020 yil 18 fevral kuni Toshkentda  
«O‘zbekiston Respublikasida davlat va jamiyat qurilishining yangi bosqichi,  
mamlakatni demokratik modernizatsiyalashda parlament va hokimlik vakillik  
organlarining rolini oshirish» mavzusida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada  
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 
o‘rinbosari  B.X.Umrzoqov «[2020 yil 1 yanvar holatiga] band bo‘lgan 
aholi soni 13 million 541  ming nafar kishini tashkil etadi. Shundan 5 
million 7 yuz ming kishi rasmiy mehnat  faoliyati bilan shug‘ullanadi. 8 
millionga yaqini esa norasmiy. Ya’ni bu toifadagi  insonlar har kuni 
norasmiy ishlab, cho‘ntagini pulga to‘ldirib uyga borishadi.  Bolalari, 
maktab, bog‘chalar va hokazolarga berishadi. Lekin davlatga bular bir 
tiyin  ham soliq to‘lamaydi, to‘lovlarni qilmaydi. Ya’ni davlatimizning 
qudratiga,  quvvatiga hissa qo‘shmaydigan 8 million aholimiz bor»,– deb
ma’lumot berdi. U  prezident murojaatnomasida ayni shu toifadagi 
insonlarni rasmiy sektorga o‘tkazish  masalasi qo‘yilganini ta’kidladi. 
B.X.Umrzoqovning so‘zlariga ko‘ra, bu boradagi  ishlar 2019 yilning aprel
oyida boshlangan.  
Har bir norasmiy fuqaro ishlayotgan korxona, muassasa, tashkilotlarga  
ogohlantirish berilgan. 2019 yil 1 sentyabriga qadar ana shu toifadagi 
insonlarni  rasmiylashtirish, rasmiy jihatdan to‘lovlarni belgilash masalasi
qo‘yilgan. 2019 yili  qisqa muddatda 480 ming kishini norasmiydan 
rasmiyga o‘tkazildi. Norasmiy band  bo‘lgan aholini rasmiy bandga 
o‘tkazish tezlik bilan hal bo‘ladigan masala emas.   Buni 3-4 yilda, ko‘rsatkichlarni astasekin oshirgan holda amalga oshirish 
mumkin.  Shu boisdan 2020 yilda taxminan 550 ming, keyingi 2021 yili 1 
millionga yaqin  kishini [rasmiy sektorga] o‘tkazish tadbirlarini belgilab 
qo‘yilgan.Bundan ko‘rinib  
turibdiki, norasmiy sektorda ish bilan band bo‘lgan kishilarni rasmiy sektorga 
o‘tkazish choratadbirlarini amalga oshirish asosida xufyona iqtisodiyot ko‘lamini  
kamaytirishga erishiladi. Xufyona iqtisodiyot ko‘lamlarining kattaligi unga qarshi  
kurash masalalarining naqadar dolzarb ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
                                         4.3.Ra qa m l i  iqt isodi y  t i zi m ni ng O‘zbek i st onda  ri v oj i
Raqamli iqtisodiyot zamonaviy iqtisodiy tizimning o‘zagi hisoblanadi va u 
texnologiyalarni iqtisodiy faoliyatning asosiy vositasi sifatida qabul qiladi. Raqamli 
iqtisodiy tizim nafaqat samaradorlik va shaffoflikni oshiradi, balki yangi iqtisodiy 
model va imkoniyatlarni yaratadi. O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish 
davlatning ustuvor yo‘nalishi bo‘lib, mamlakatni mintaqaviy raqobatbardosh 
markazga aylantirishga qaratilgan. Ushbu bo‘limda O‘zbekistonning raqamli 
iqtisodiy tizimini chuqur tahlil qilamiz.
1. Raqamli iqtisodiyotning mohiyati va uning jamiyatga ta’siri
Raqamli iqtisodiyot iqtisodiy faoliyatning raqamli texnologiyalar orqali amalga 
oshirilishini anglatadi. Bu tizimda:
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT): Yangi ish o‘rinlarini yaratish va 
iqtisodiy samaradorlikni oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Raqamli platformalar: Mahsulot va xizmatlarni onlayn savdo orqali yetkazib 
berishni tezlashtiradi.
Ma’lumotlar iqtisodiyoti: Katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish orqali 
samaradorlik va innovatsiyalarni oshiradi.
Raqamli iqtisodiyotning afzalliklari:
1. Iqtisodiy samaradorlik: Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlari 
avtomatlashtiriladi.
2. Shaffoflik: Davlat xizmatlari va moliyaviy operatsiyalarning ochiqligini ta’minlaydi.
3. Ijtimoiy tenglik: Elektron xizmatlar orqali barcha aholi qatlamlariga teng 
imkoniyat yaratadi.
2. O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyot rivoji: tarixiy kontekst
O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish davlat siyosatining muhim 
qismiga aylangan. 2017-yildan keyin mamlakatda iqtisodiyotni modernizatsiya 
qilish va AKTni rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar boshlandi.
Asosiy bosqichlar:
1. “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi:
AKT infratuzilmasini rivojlantirish va barcha sohalarni raqamlashtirishni maqsad 
qiladi.
2. Elektron hukumat tizimining joriy etilishi:
Davlat xizmatlari va soliq tizimida raqamlashtirishning kengayishi. 3. Bank tizimini raqamlashtirish:
Mobil to‘lov tizimlari (HUMO, Uzcard) orqali moliyaviy xizmatlarning qulaylashuvi.
3. Raqamli iqtisodiyotning asosiy yo‘nalishlari va ularning tahlili
3.1. AKT infratuzilmasini rivojlantirish
Internet va aloqa texnologiyalari: O‘zbekistonda 5G texnologiyasi sinovdan 
o‘tkazilmoqda.
Ma’lumotlar markazlari: Xalqaro standartlarga mos server markazlari qurilishi.
IT Parklar: Toshkent va viloyatlarda IT-klasterlar tashkil etilib, startaplar va 
innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun imkoniyatlar yaratilmoqda.
3.2. Elektron tijorat (e-commerce)
O‘zbekiston elektron tijoratda tez rivojlanayotgan bozor hisoblanadi.
Katta xalqaro platformalar (masalan, AliExpress) bilan hamkorlik qilinmoqda.
Ichki platformalar (ZoodMall, Asaxiy, OLX) iste’molchilar orasida ommalashmoqda.
3.3. Elektron hukumat va shaffof boshqaruv tizimi
Elektron soliq to‘lov tizimi (my.soliq.uz).
Davlat xizmatlarining onlayn portallari orqali aholiga qulayliklar yaratilmoqda.
3.4. Ta’lim va raqamli savodxonlik
Maktab va universitetlarda AKT fanlari joriy etilmoqda. IT mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha xalqaro dasturlar (masalan, EPAM, IT 
Academy).
3.5. Fintech va raqamli moliya tizimi
Mobil banking xizmatlari kengaymoqda.
O‘zbekistonda kriptovalyutaga qiziqish ortmoqda va bu sohada qonunchilik bazasi 
yaratilmoqd: 4. Raqamli iqtisodiyotning iqtisodiy va ijtimoiy ta’siri
4.1. Iqtisodiy ta’sir:
1. Ishlab chiqarish samaradorligi oshishi: Texnologiyalar orqali mehnat 
unumdorligi sezilarli darajada o‘smoqda.
2. Investitsiya hajmining ortishi: Raqamli iqtisodiyot xorijiy investorlar uchun 
yangi imkoniyatlar yaratadi.
3. Eksportning kengayishi: IT xizmatlari va raqamli mahsulotlar eksporti 
ortmoqda.
4.2. Ijtimoiy ta’sir:
1. Bandlikning oshishi: IT sohasida yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda.
2. Hududlararo tenglikni ta’minlash: Qishloq hududlarida raqamli infratuzilma 
aholiga yangi imkoniyatlar yaratadi.
3. Ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish: Raqamli platformalar orqali masofaviy 
ta’limni rivojlantirish
5. Raqamli iqtisodiyot rivojida muammolar Internet tezligi va qamrovi: Qishloq hududlarida internet infratuzilmasi yetarli 
darajada rivojlanmagan.
Raqamli savodxonlikning pastligi: Aholining ko‘p qismi texnologiyalardan 
foydalanishga tayyor emas.
Kiberxavfsizlik muammolari: Ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash uchun zamonaviy 
mexanizmlar talab qilinadi.
Moliyaviy yetishmovchilik: AKT sohasiga yetarlicha investitsiya kiritilishi zarur.
6. Kelajak istiqbollari va strategiyalar
6.1. Texnologik rivojlanish:
5G texnologiyasini keng joriy etish.
Sun’iy intellekt va blokcheyn texnologiyalarini rivojlantirish.
6.2. Ta’lim va kadrlar tayyorlash:
AKT sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash.
Xalqaro IT-kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirish.
6.3. Ijtimoiy xizmatlarni raqamlashtirish:
Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimlarini to‘liq raqamlashtirish.
Onlayn konsultatsiya va xizmatlar tarmog‘ini kengaytirish.
6.4. Xalqaro hamkorlik:
Global raqamli bozorlar bilan integratsiyani chuqurlashtirish. AKT sohasida xalqaro tajriba almashish dasturlarini amalga oshirish.
Raqamli iqtisodiyot texnologiyalari fani, maqsad va vazifalari. Hozirgi davrda 
raqamli 
iqtisodiyot va u bilan bog’liq bo’lgan bir qancha samarador texnologiyalar 
hayotimizga 
shiddat bilan kirib kelmoqda. Huddi shuning uchun ham davlat va jamiyat 
taraqqiyotini 
yanada jadallashtirish maqsadida respublikamiz rahbariyati bir qancha muhim 
qarorlarni 
qabul qildi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi prezidenti 2018 yil 28 dekabrdagi 
2019 yil 
uchun eng muhim ustivor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham 
mamlakatimizda raqamli iqtisodning rivojlanishi bo’yicha quyidagilarni aytib o’tdi: 
“Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilanishini 
ko’zda 
tutadigan “Raqamli iqtisodiyot milliy kontseptsitasi”ni ishlab chiqishimiz kerak. Shu 
asosda 
“Raqamli 0’zbekiston-2030” dasturini hayotga tadbiq etishimiz zarur. Raqamli 
iqtisodiyot  yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga o ’stirish, korruptsiyani keskin kamaytirish 
imkonini 
beradi. Nufuzli xalqaro tashkilotlar o’tkazgan tahlillar ham buni tasdiqlamoqda. 
Shuning 
uchun Hukumatga ikki oy muddatda raqamli iqtisodiyotga o’tish bo’yicha “yo’l 
haritasi”ni 
ishlab chiqish topshiriladi. Bu borada axborot havfsizligini ta’minlashga alohida 
e’tibor 
qaratish zarur”. Undan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 
19 
fevraldagi PF-5349 sonli “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini 
yanada 
rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonini ijro etish borasida, 
shuningdek, 
respublikamizda raqamli iqtisodiyotni davlat boshqaruv tizimida zamonaviy 
axborot 
texnologiyalarni jadal rivojlantirish bo’yicha sharoitlar yaratish, axborot havfsizligini
ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2018 yil 31 avgustda raqamli 
iqtisodiyotning maqsad va vazifalarini belgilab beradigan “O’zbekiston  Respublikasida raqamli iqtisodiyotni joriy qilish va yanada rivojlantirish bo ’yicha qo
’shimcha chora-tadbirlar to ’g ’risida” Qaror qabul qildi, hamda O’zR Prezidentining 
PQ-3832 03.07.2018 dagi “O’zbekiston 
Resbublikasida raqamli iqtisodni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 
qarorlarini ham shu tadbirlar jumlasiga kiritish mumkin. Ushbu qaror bo’yicha 
quyidagilar raqamli 
iqtisodiyotni yanada rivojlantirish bo’yicha eng muhim vazifalar deb ko’rsatilgan
Investitsiya va tadbirkorlikni diversifikatsiya qilish uchun kriptoaktivlar aylanmasi 
sohasidagi faoliyatni, jumladan, mayining, smart kontrakt, konsalting, emissiya, 
ayriboshlash, saqlash, taqsimlash, boshqarish, sug’urtalash, kraudfunding 
(jamoaviy 
moliyalashtirish), shuningdek, blokcheyn texnologiyalarni joriy etish va 
rivojlantirish. 
Blokcheyn texnologiyalarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish sohasida amaliy
ish 
ko’nikmalariga ega bo’lgan malakali kadrlarni tayyorlash. 
Raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun innovatsion g’oyalar, 
texnologiyalar  va ishlanmalarni joriy etish sohasida davlat organlari va tadbirkorlik sub’ektlarining
yaqin hamkorligini ta’minlash. Kriptoaktivlar bo’yicha faoliyat va blokcheyn 
texnologiyalari sohasida xalqaro va horijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni har 
tomonlama rivojlantirish va ishlab chiqarish sohasida faoliyat ko’rsatadigan yuqori 
malakali xorijlik mutaxasislarni jalb qilish. Xorij tajribasini hisobga olgan holda 
blokcheyn texnologiyalarini joriy etish uchun huquqiy baza yaratish . Yuqoridagi 
farmon va qarorlarning muvaffaqiyatli bajarilishi uchun raqamli iqtisodiyotning 
mohiyati nima va uning asosiy tushunchali nimalardan iboratligini bilib olish talab 
qilinadi. Chunki shundagina ushbu risolada aks ettirilgan masala, muammo va 
kontseptsiyalarni to’g’ri tushunish mumkin bo’ladi. Qisqa va lo’nda qilib aytganda, 
raqamli iqtisodiyot- bu jamiyat ne’matlarini ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol 
qilish jarayonlarida elektron hamda axborot-kommunikatsion texnologiyalarini 
keng joriy etishni ko‘zda tutadigan insonning xo‘jalik faoliyatini tadqiq etuvchi 
fandir.
Raqamli iqtisodiyot atamasi ikki xil turli tushunchalarni ifodalash uchun ishlatiladi. 
Birinchidan, raqamli iqtisodiyot - bu rivojlanishning zamonaviy bosqichi hisoblanib,
u ijodiy mehnat va axborot ne’matlarining ustuvor o‘rni bilan tavsiflanadi. 
Ikkinchidan, raqamli iqtisodiyot - bu o’ziga hos nazariya bo‘lib, uning o‘rganish 
ob’ekti, axborotlashgan jamiyat hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyot nazariyasi o‘z 
rivojlanishining boshlang‘ich davridadir, chunki tsivilizatsiyaning raqamli axborot 
bosqichiga o‘tishi bir necha o‘n yilavvalgina boshlangan.“Raqamli iqtisodiyot’  atamasi ilmiy amaliyotga ispaniyalik va amerikalik sotsiolog, axborotlashgan 
jamiyatning yetakchi tadqiqotchisi Manuel Kastels tomonidan kiritilgan. Bu borada 
u o‘zining “Axborot davri: iqtisod, jamiyat va madaniyat’ nomli uch jildli 
monografiyasini chop etgan. Hozirgi vaqtga kelib, raqamli iqtisodiyot nazariyasi 
to‘laligicha hali shakllanmagan va ko‘pchilik iqtisodchilar tomonidan keng 
miqyosda o‘rganilmoqda.Ilmiy adabiyotlarda hozirgi zamon “Yangi raqanli 
iqtisodiyoti” turli xil atamalar bilan nomlanadi. Masalan, “postindustrial iqtisodiyot’ 
(D.Bell), “axborotlashgan qtisodiyot’ (O.Toffler), (I.Niniluto), “texnoiqtisodiyot yoki 
raqamli iqtisodiyot’ (B.Geyts), 
“bilimlarga asoslangan iqtisodiyot’ (D.Tapskott). Ushbu tushunchalarni bog‘lab 
turadigan omil - bu iqtisodiy jarayonlarning globallashuv jarayonida axborot 
texnologiyalarining birlamchi o‘rinni egallashi bo‘lib hisoblanadi.Raqamli iqtisodiyot
haqida so‘z borar ekan, axborotlashgan jamiyatga ta’rif berib o‘tish 
o‘rinlidir.Axborotlashgan jamiyat deb, unda faoliyat yuritayotgan kishilarning ko‘p 
qismi axborotni, ayniqsa, uning eng oliy shakli 
                                                                  X ULOSA
Iqtisod sotsiologiyasi - bu iqtisodiy jarayonlar va ijtimoiy munosabatlar o'rtasidagi 
bog'lanishlarni o'rganadigan muhim fan sohasidir. U iqtisodiyotning ijtimoiy 
kontekstda qanday ishlashini, ijtimoiy strukturalar va madaniyatning iqtisodiy  faoliyatga ta'sirini tahlil qiladi. Iqtisod sotsiologiyasi quyidagi asosiy jihatlarni o'z 
ichiga oladi:
1. Ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlar: Iqtisodiy xulq-atvor, iste'molchilar va ishlab 
chiqaruvchilar o'rtasidagi munosabatlar, shuningdek, ijtimoiy sinflar va guruhlar 
o'rtasidagi iqtisodiy tafovutlar.
2. Ijtimoiy ta'sirlar: Iqtisodiy siyosat va amaliyotlarning ijtimoiy oqibatlari, masalan, 
ish haqi, mehnat sharoitlari va iqtisodiy tengsizliklar.
3. Madaniyat va iqtisodiyot: Ijtimoiy normativlar, qadriyatlar va an'analar iqtisodiy 
qarorlar va xulq-atvorni qanday shakllantiradi.
4. Tarixiy kontekst: Tarixiy voqealar va jarayonlar iqtisodiy tizimlarga ta'sir 
ko'rsatishi, ularning rivojlanishiga qanday ta'sir qilishi.
5. Barqaror rivojlanish: Ekologik masalalar va iqtisodiy faoliyat o'rtasidagi 
bog'lanish, barqaror resurslardan foydalanish va ekologik barqarorlik.
Xulosa qilib aytganda, iqtisod sotsiologiyasi ijtimoiy hayotning murakkabligini 
tushunishga yordam beradi, iqtisodiy jarayonlarni ijtimoiy kontekstda tahlil qilib, 
ijtimoiy adolat va barqaror rivojlanishni ta'minlashda muhim rol o'ynaydi. Bu fan 
sohasining o'rganilishi nafaqat akademik, balki amaliy jihatdan ham ahamiyatga 
ega bo'lib, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishda yangi yondashuvlarni taklif 
etadi.
                                                         Foy dal ani l gan adabi y ot l ar 
ro‘y x at i :
1. Mirziyoev Sh.M. “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan 
birga quramiz” 2017 y. 
2. O'zbekiston Prezidentining Farmoni, "2017-2021 yillarda O'zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar 
strategiyasi", 2017 yil 7 fevral.
3. “Kichik tadbirkоrlikni rivоjlantirish kafоlat jamg‘armasi faоliyatini 
tashkil еtish chоra-tadbirlari tо‘g‘risida” О’zbеkistоn Rеspublikasi Vazirlar 
Mahkamasining qarоri
4. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf
etishning yo’llari va choralari / I.A. Karimov. Toshkent: “O’zbekiston”, 2009. -
56b. 24-25-betlar.
5. «Tаdbirkоrlik fаоliyаtining jаdаl rivоjlаnishini tа'minlаshgа, xususiy
mulkni hаr tоmоnlаmа himоyа qilishgа vа ishbilаrmоnlik muhitini sifаt jihаtidаn
yаxshilаshgа dоir qо‘shimchа chоrа-tаdbirlаr tо‘g‘risidа»gi fаrmоni dоirаsidа 
“Kоrrupsiyаgа qаrshi kurаshish tо‘g‘risidа”gi О’zbеkistоn Rеspublikasi 
Prеzidеntining qоnuni 2016-yil 5-оktyаbrdаgi PF-4848-sоn
6. G.K.Saidova va boshqalar. Sotsial iqtisodiyot: O’quv qo’llanma. – Toshkent.: “O’zbekiston”, 2015. – 358 bet. 
7. Aliqoriеv N.S. Sotsiologiya va ta'lim taraqqiyoti. Ilmiy uslubiy 
yutuqlar va ilg`or tajribalar. - T., 1997.
                                                            Int ernet  say t l ari :
1.www.lex.uz –Ўзбекистон Республикаси Қонун хужжатлари
маълумотлари миллий базаси.
2.  www . mf . uz  –Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлиги сайти.
3.  www . scopus . com  – Халқаро илмий мақолалар платформаси.
4.  www . webofscience . com  - Халқаро илмий мақолалар платформаси.
5. www . rnd . runnet . ru / rsu / sch 4_. html  - Иқтисодий социология илмий 
мактаби сайти

Iqt i sod sot si ol ogi y asi Mundari j a: Ki ri sh.................................................................................................................................................. I BOB. IQTI SOD SOTSIOLOGI Y A SI N I N G N A ZA RI Y A SOSLA RI ........................................................... 1.1.I qt isod sot si ol ogi y asi f ani ni ng predm et i v av azi f al ari ............................................................. 1.2.Sot si ol ogi y a v a iqt i sod f anl ari ning boshqa fanl a r bil an al oqasi ........................................... 1.3.Mak s Weber, K arl Mark v a boshqa ol i ml a rni ng iqt isod sot si ol ogi y asi ga qo‘shgan hi ssasi II BOB.I QTI SOD VA IJ TI MOI Y TUZI LMA N I N G O‘ZA RO BOG‘LI QLIGI ................................................ 2. 1.I qt i sodi y fa oli y at v a sot si al st ruk t ural ar................................................................................. 2.2. Iqt i sodi y x ul q v a sot si al m e’y orl ar............................................................................................ II I BOB. BOZOR V A SOSI A L I N STI TUTLA R O‘RTA SI DA GI ALOQA ..................................................... 3.1.Bozor t ahl il i ga sot si ol ogi k y ondashuv l arni sha k ll ant i ri sh ..................................................... 3.2.Bozor iqt i sodi y ot i sharoi t i da doim i y m uam m ol a rni x al qil i sh v a resursl a rdan sam arali foy dal anish.................................................................................................................................. I V BOB.O‘ZBEK I STON SHA ROI TI DA I QTI SOD SOSIOLOGI Y A SI ................................................. 4.1.O` zbеk ist onni ng hozi rgi sot si al t araqqi y ot i v a o` si sh hol at i ............................................ 4.2.O‘zbek i st on Respubl i k asi da x ufy ona iqt isodi y ot k o‘l am i ..................................................... 4.3.Raqam l i iqt i sodi y t izim ni ng O‘zbek ist onda ri v oj i .................................................................. X ul osa................................................................................................................... ........................

Ki ri sh Iqtisodiy sotsiologiya – iqtisodiy faoliyatni ijtimoiy jarayonlar va tuzilmalar bilan bog‘liq holda o‘rganadigan sotsiologiyaning maxsus sohasi. Bu fan iqtisodiy jarayonlarning ijtimoiy omillar, munosabatlar, me’yorlar, qadriyatlar va tuzilmalarga qanday bog‘liqligini tahlil qiladi. Asosiy maqsadi: Iqtisodiy tizimlarning ijtimoiy xususiyatlarini o‘rganish va iqtisodiy xatti-harakatlar ortidagi ijtimoiy motivatsiyalarni tushunish. Asosiy mavzular: 1. Bozor munosabatlari va ijtimoiy tuzilmalar: Bozorlar qanday qilib ijtimoiy tarmoqlar va madaniy qadriyatlar orqali shakllanishi va rivojlanishi. 2. Kapitalizm va uning sotsiologik tahlili: Kapitalizmning rivoji va uning ijtimoiy oqibatlari.

3. Mehnat va bandlik: Mehnat bozorining sotsiologik tahlili, ijtimoiy tabaqalanish va bandlik muammolari. 4. Qaror qabul qilish: Iqtisodiy qarorlarning ijtimoiy va madaniy jihatlari. 5. Rivojlanish va modernizatsiya: Iqtisodiy rivojlanish jarayonlarining ijtimoiy shart-sharoitlari. Muhim nazariyalar: Maks Veberning iqtisodiy sotsiologiyasi: Diniy e’tiqodlar, madaniyat va iqtisodiy rivojlanish o‘rtasidagi aloqalar. Karl Polanyining "o‘rnatilganlik" nazariyasi: Iqtisodiy faoliyatning ijtimoiy tizimlarga o‘rnatilganligini ta’kidlaydi. Marksistik iqtisodiy sotsiologiya: Ijtimoiy tabaqalar, sinflar va iqtisodiy hayotning ijtimoiy oqibatlari. Amaliy ahamiyati: Iqtisodiy sotsiologiya iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda, ish o‘rinlarini yaratishda va iqtisodiy tenglikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Bu fan, shuningdek, korporativ madaniyat, iste’molchilar xatti-harakatlari va ijtimoiy farovonlikni tahlil qilish uchun ham qo‘llaniladi.Sotsiologiya atamasi bugungi mulohazakor o‘quvchi uchun tanish iboraga aylanib ulgurdi. Birinchidan, u oliy ta’limga ixtisoslashgan barcha muassasalarda o‘qitilmoqda. Ikkinchidan esa mavjud OAV, xususan Internet saytlarining aksariyat qismida “sotsiologik tadqiqot natijalariga ko‘ra”, degan jumla bilan o‘ziga xos “sotsial reklama”

vazifasini o‘taydigan bo‘ldi. Shuningdek, sotsiologik bilimlarni 1 boyitishda ijtimoiy-gumanitar fanlar va tabiiy fanlarning ma’lum nazariya va uslubiyotlaridan faol foydalanish imkoniyati mavjudligi bugun sir emas. Mutaxassislar sotsiologiyaning tadqiqot ob’ekti – murakkab jarayon, ya’ni kishilik jamiyatiga qaratilganligini e’tirof qilar ekanlar, unda mavjud jamiyatning sotsial tuzilmasi, taraqqiyot qonuniyatlari insonlarning xulq atvorlarini tadqiq etadilar. XX asrning so‘nggi 20 yilligida ijtimoiy hayotda jamiyatdagi sotsial muammolar, ularning kelib chiqishi, oldini olish va bartaraf etish chora tadbirlari to‘g‘risida ko‘plab ilmiy konferensiya va seminarlar o‘tkaziladigan bo‘lindi. Ularning natijalariga tayanib tabiiyki akademik kitoblar ham chop etildi va bu jarayon xanuz davom etib kelmoqda. Rus amerika sotsiologi Pitirim Sorokin ta’kidlaganidek “insoniyat XXI asrda sotsial muammolar girdobi bilan to‘qnash keladi”. Zamonaviy jamiyatda nega “oilalarda ajralishlar sodir bo‘ladi?”, “ishsizlikni qay yo‘sinda bartaraf qilish mumkin?”, “diniy va milliy nizolarning sababi nimada?”, “insonlarning xulq atvorini boshqarish mumkinmi?” qabilidagi o‘nlab va balki yuzlab sotsial masalalar o‘z echimini topilishini kutib yotadi. Sotsiolgiya fanining vujudga kelish tarixiga e’tibor qaratilsa, u sotsial falsafa negizida o‘zining ilk rivojini topganini kuzatish mumkin. Yuqorida ilgari surilgan muammoli jumboqlar antik davr faylasuflari Platon va Aristotelning Xitoy va hind falsafiy ta’limotlarida o‘rta asr sharq falsafa ilmida ham tafakkur nuqtai-nazaridan talqin etilgan. Jumladan, musulmon dunyosida Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ibn Xaldun, 1 Социологические проблемы изучения общественного мнения. Учебно-методический комплекс. Составитель Д. соц.н., проф. Л.Н. Вдовиченко. Ответственный редактор Д.ф.н., чл.-корр. РАН, проф. Ж.Т. Тощенко. Российский государственный гуманитарный университет, 2010. С

Ibn Batuta, Bobur asarlarida sotsiologik bilimlarga turtki bergan tayanch mulohazalar ilgari surilgan. O‘rta asrlar Yevropasida Gobbs, Dekart, Russo, Volter, Monteske kabi mutafakkirlarning ijtimoiy hayot va kishilar xulq atvoriga oid ahloqiy, estetik ruhdagi qarashlarni ham sotsial bilimlarni takomillashuviga o‘z hissasini qo‘shdi. Sotsial hodisalarga nisbatan amaliy yondashib, uni faqat dalillar asosida baholash lozim, deb hisoblagan fransuz mutafakkiri O.Kont sotsiologiya sohasining asoschisi sifatida e’tirof qilindi. Shuningdek, u birinchi bo‘lib mazkur atamani fanga yangi yo‘nalish sifatida kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Nazariy sotsiologiyaning yanada takomillashuviga Yevropalik mumtoz nazariyotchilardan G.Spenser, G.Tard, G.Lebon, M.Veber va E.Dyurkgeymlarning hissasi beqiyos, ular o‘z asarlarida protestantlikning kapitalizmdan ajralishi natijasida tafakkurdagi o‘zgarish, shu vaqtdagi tabiiy fanlardagi qo‘lga kiritilgan va misli ko‘rilmagan kashfiyotlar, hamda kapitalistik munosabatlarda foyda olishning inson xulq- atvoriga o‘tkazayotgan sotsial munosabatlar, harkatchanlik va jarayonlarni tahlil etadilar. Iqtisodiyot nazariyasini o'rganish, iqtisodiy jarayonlaming tub mohiyatini to ‘g‘ri tushunish ko‘p jihatdan uni o‘rganuvchilarning ma’lum nazariy va uslubiy bilim bilan qurollanishiga bog‘liq. Shuning uchun ham mazkur mavzu insoniyat jamiyati taraqqiyotining asosi bo‘lgan iqtisodiyot tushunchasini, uning oldida turgan vazifalarni, uzoq davr davomida iqtisodiy bilimlaming shakllanishi va iqtisodiyot nazariyasi fanining vujudga kelishini qisqacha tavsiflash bilan boshlanadi. Iqtisodiyot