logo

Iqtisodiyotni rivojlantirishda raqamli iqtisodiyotning roli

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

853.240234375 KB
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT IQTISODIYOT VA SERVIS
INSTITUTI
SERVIS FAKULTETI
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Iqtisodiyotni rivojlantirishda raqamli iqtisodiyotning roli
Samarqand-2022 Mavzu: Iqtisodiyotni rivojlantirishda raqamli iqtisodiyotning
roli
Reja:
1.Raqamli iqrisodiyot- rivojlanish trendlari va xususiyatlari
2.Raqamli iqtisodiyot -taraqqiyot sari qisqa yo’l
3.Raqamli iqrisodiyot nega kerak va u nima beradi?
4.O`zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning 
istiqbollari Raqamli iqtisodiyotning afzalliklari
Raqamli iqtisodiyotga bo‘lgan qiziqish jamiyat va iqtisodiyotda ro‘y bergan
jiddiy   o‘zgarishlar   tufayli   sezilarli   darajada   o‘sdi.   Zamonaviy   texnologiyalar   va
platformalar   mijozlar,   hamkorlar   va   davlat   tashkilotlari   bilan   shaxsiy   muloqotni
minimallashtirish   hisobiga   korxonalar   va   jismoniy   shaxslarga   xarajatlarni
qisqartirishga   yordam   berdi,   shuningdek,   o‘zaro   muloqotni   yanada   tez   va   oson
yo‘lga   qo‘yishga   imkoniyat   yaratdi.   Natijada   tarmoq   resurslariga   asoslangan,
raqamli yoki elektron iqtisodiyot paydo bo‘ldi.
«Raqamlashtirish» so‘zi aslida yangi atama bo‘lib, innovatsion boshqaruv va
ish yuritish jarayoniga IT yechimlarning jalb etilishini, buning samarasi o‘laroq esa
internet   buyumlardan   tortib,   elektron   hukumatgacha   bo‘lgan   barcha   tizimlarda
axborot texnologiyalarini qo‘llashni ko‘zda tutadi.
Iqtisodiyotning   raqamli   segmentiga   tegishli   bosh   manba   –   trakzaksion
sektorning   o‘sishidir.   Rivojlangan   mamlakatlarda   bu   ko‘rsatkich   YaIMning   70
foizdan ortiq miqdorni  tashkil  etib, davlat boshqaruvi, konsalting va informatsion
xizmat   ko‘rsatish,   moliya,   ulgurji   va   chakana   savdo,   shuningdek,   xizmatlar
sohasini (kommunal, shaxsiy va ijtimoiy) birlashtiradi.
Iqtisodiyot   diversifikatsiyasi   va   dinamikasi   qanchalik   yuqori   bo‘lsa,
mamlakat   ichida   va   tashqarisida   noyob   axborotlar   aylanmasi   shunchalik   ko‘p,
milliy iqtisodiyotlar ichida axborot trafigi esa shu qadar salmoqli bo‘ladi. Shu bois
ishtirokchilar   soni   ko‘p   va   IT   xizmatlar   keng   tarqalgan   bozorlarda   raqamli
iqtisodiyot jadal sur'atlarda rivojlanadi.
Shubhasiz,   raqamli   iqtisodiyotning   samaradorligiga   nafaqat   axborot
texnologiyalarining   qamrovi   va   infratuzilmaning   mavjudligi,   balki   ishbilarmonlik
muhiti,   inson   kapitali   va   muvaffaqiyatli   boshqaruv   instrumentlari   kabi   standart
iqtisodiy   mezonlar   ham   ta'sir   ko‘rsatadi.   Binobarin,   iqtisodiy   taraqqiyot   aynan
ularga   tayanadi,   bu   esa   ushbu   mezonlarning   raqamli   iqtisodiyot   rivojlanishida
avvalgiday muhim o‘rin tutishini bildiradi.
Raqamli iqtisodiyot ko‘z o‘ngimizda yaralmoqda
Hozir   butun   dunyo   bo‘ylab   yangi   servislar   va   biznes   modellarni   yaratish
uchun   IT   instrumentlardan   foydalanadigan   eski   va   yangi   kompaniyalar   aksariyat
sohalarda yetakchi bo‘lgan kompaniyalarga kuchli raqobat tug‘dirmoqda.
Prognozlarga   ko‘ra,   yaqin   yillarda   makroiqtisodiyot   «lean   production»,
addiktiv, nano va biotexnologiya mezonlariga tayanadigan ishlab chiqaruvchilarga
qattiq bog‘liq bo‘lishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan   oqilona boshqaruv uchun
zarur hisoblangan axborot ko‘lami ham ortib boradi, ishlab chiqarish va   fuqarolar muloqoti,   biznes   va   davlat   organlarini   boshqarish   tuzilmasi   esa   jiddiy
o‘zgarishlarni boshdan kechiradi.
Quyidagilar   bunda   ijtimoiy   va   iqtisodiy   taraqqiyot   yo‘liga   bosqichma-
bosqich chiqish uchun asosiy shart va omillar sifatida ko‘rsatilmoqda :
 axborotlashtirish   va   davlat   boshqaruvi   organlari   hamda   munitsipal   xizmatlarni
integratsiyalash   hisobiga   elektron   hukumat   va   raqamli   shahar   konsepsiyalarini
tatbiq etish;
 yangi   texnologik   avloddagi   mahsulotlarni   yalpi   ishlab   chiqarish   (pilotsiz
avtomobillar va boshqalar singari);
 o‘ziga   xos   bezak   va   qurilish   materiallari   yordamida   «aqlli»   va   ekologik   uylarni
barpo etishga oid g‘oyalarni amalga oshirish;
 autsorsing,   o‘zini   band   etish   va   boshqalar   orqali   bandlikning   muqobil   shakllarini
keng targ‘ib qilish;
 muayyan vazifalarni bajarish uchun ishchi-frilanserlarni izlashga xizmat qiladigan
professional tarmoqlarni yaratish.
Yuqoridagilar   barchasi   biznesga   ishlab   chiqarish   va   boshqaruvda   tovar   va
elektron   xizmatlar   integratsiyalanadigan   zamonaviy   platformalar   yordamida
xarajatlarni   qisqartirishga   imkoniyat   beradi.   Birinchi   galda   bu   masala   xizmatlar
buyurtmasi   integratsiyasi,   resurslardan   birgalikda   foydalanish,   kontragentlarni
tanlash, elektron savdoni yuritish, to‘lovlar va boshqalarga tegishlidir.
Texnologik raqamli muhit – bu yuridik va jismoniy shaxslar hamkorlikdagi
faoliyat   uchun   butunlay   yangi   muloqotni   yo‘lga   qo‘yadigan   «akvarium»
hisoblanadi.   Axborot   texnologiyalari   korxonalarga   butunlay   yangi,   yanada   jadal
ish   sur'atlarini   o‘zlashtirish   hamda   xizmat   va   mahsulotlar   shaklini   xilma-
xillashtirishga   imkoniyat   yaratadi.   Bundan   tashqari,   tadqiqotchilar   qisqa
saqlanadigan mahsulotlarning bozorga chiqarilishi haqida ham gapirishmoqda.
Iqtisodchilarning   fikriga   ko‘ra,   ayni   vaqtda   bu   kabi   o‘zgarishlar   natijasida
qo‘shimcha   qiymatni   chiqarib olish  amaliyotiga  asoslangan  iqtisodiyot  hamkorlik
va   manfaatlarni   baham   ko‘rish   («sharing-economy»)   iqtisodiyotiga
almashmoqda.   Bu   esa   bozordagi   raqobat   o‘z   o‘rnini   o‘zaro   manfaatli
kooperatsiyaga   va   hamkorlikka   faol   bo‘shatishi,   shu   bilan   birga,   vertikal
muloqotdan   o‘zaro   teng   munosabatlar   va   bir-birini   to‘ldiruvchi   xizmatlarga
o‘tishiga umid uyg‘otadi.
Taxminlarga ko‘ra, bu servislar sonining ortishi va xizmatlarga doir elektron
savdo hajmining o‘sishida o‘z aksini topadi. Raqamli iqtisodiyot tadbirkorlar va o‘zi uchun ishlaydigan insonlarga yangi 
ufqlarni dadil ochib bermoqda.
Rivojlanayotgan   iqtisodiyotlarda  IT   sohasida   taxminan  1   foiz   aholi   mehnat
qiladi,   ushbu   sektor   ish   o‘rinlarini   boshqalarga   solishtirganda   nisbatan   qamroq
yaratadi.   Biroq   IT   yo‘nalishining   yuksalishi   yangi   texnologiyalarni
o‘zlashtirayotgan boshqa sohalarda ish o‘rinlarining yaratilishiga turtki beradi (IT
sohasida yaratilgan har 1ta yangi ish o‘rni uchun yondosh sohalarda 4,9ta ish o‘rni
to‘g‘ri keladi).
Ko‘pincha   IT   sohasining   rivojiga   qo‘shilgan   hissa   iqtisodiyotning
rivojlanishi,   yangi   ish   o‘rinlarining   yaratilishi,   odamlar   va   biznes   uchun   yangi
turdagi   xizmatlarning   paydo   bo‘lishi,   elektron   hukumat   loyihalari   doirasida
xarajatlarining qisqarishiga zamin yaratadi.
Shu bilan bir vaqtda, axborot texnologiyalarini tatbiq etishdan hosil bo‘lgan
umumiy   effekt   kutilganidan   samarasizroq   bo‘lib   chiqadi   va   bir   xil   tartibda
taqsimlanmaydi.
Bu   kabi   investitsiyalardan   maksimal   natija   olish   uchun   texnologiyalarning
Jahon   banki   tayyorlagan   ma'ruzasida   «analog   to‘ldiruvchilar»   deb   nomlangan
boshqa omillar bilan o‘zaro ta'sirini yaxshi tushunish talab etiladi.
Ular qatorida:
 faol   ishbilarmonlik   muhitini   qo‘llab-quvvatlaydigan   hamda   biznes   va   insonlarga
raqamli   iqtisodiyot   texnologiyalaridan   raqobat   va   innovatsiyalar,   xarajatlarni
qisqartirish,   shuningdek,   turmush   farovonligini   oshirish   uchun   foydalanishga
imkon beradigan normativ-huquqiy baza;
 biznes  menejmenti   va davlat   xizmatchilarida axborot   texnologiyalarini   qo‘llashga
doir to‘laqonli ko‘nikmalar;  
 axborot   texnologiyalaridan   foydalanish   yo‘nalishida   konsalting   xizmatlarini
ko‘rsatadigan institutlar (davlat va xususiy) o‘rin olgan.
Raqamli   iqtisodiyot   hosil   qiladigan   effektlarni   to‘liq   sanab   o‘tish   ancha
murakkab   ish,   binobarin,   elektron   servislar   va   metama'lumotlardan   foydalanish
imkoniyati   iqtisodiy   obektlarga   taqdim   etadigan   aloqalarni   to‘laqonli   tarzda
baholash   ancha   mushkuldir.   Shu   bois   axborotlashtirishga   sarflanadigan
investitsiyalarning muhimligini, ayniqsa davlat darajasida asoslash bir qadar qiyin
vazifa hisoblanadi. U yoki bu sohada yaratilgan gigibayt axborotni real holatda har
doim ham hisoblab chiqishning imkonsizligi o‘z-o‘zidan tushunarli hodisadir. Raqamli   iqtisodiyot   butun   dunyoni   qamrab   olishi   tufayli,   axborotlashtirish
va   raqamlashtirishga   oid   har   qanday   davlat   loyihasi   kompleks   ravishda   hamda
yagona 
Raqamli iqtisodiyot: taraqqiyot sari qisqa yo'l
Bashariyat   iqtisodiyot   tarmoqlari   o'zgarishi,   bu   jarayonning   raqamlashuvi,
mobillashuvi, sohaga sun'iy intellektning joriy etilishi bilan bog'liq muhim davrni
boshdan   kechirmoqda.   2022   yilga   kelib   dunyo   YAIMning   qariyb   chorak   qismi
raqamli   sektorga   to'g'ri   kelishi   prognoz   qilinayotgan   bir   sharoitda   yangi
iqtisodiyotni rivojlantirish zarurati yanada oydinlashadi.  
Rivojlangan   davlatlarda   raqamli   iqtisodiyotni   joriy   etishga   allaqachon
kirishilgan. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va texnologiyalarning rivojlanishi
sharoitida   O zbekistonning   iqtisodiy   taraqqiyotiga   raqamli   iqtisodiyotniʻ
rivojlantirmasdan erishib bo lmaydi.	
ʻ  Yangi iqtisodiyot nima?
Bugun   jadallik   bilan   kechayotgan   raqamlashuv   jarayoni   “yangi
iqtisodiyot”ni   vujudga   keltirdi.   Kam   o rganilgan   va   kun   sayin   chuqur   tomir   otibʻ
borayotgan   bu   bozor   segmenti   ishlab   chiqaruvchilarga   biznesda   samarali
marketing kampaniyalari uyushtirish, minimal xarajat qilib, maksimal foyda olish,
tovar   va   xizmatlarni   muvaffaqiyatli   sotishning   optimal   usullarini   taqdim   etadi.
Iste molchi, xaridor va mijozlarga sifatli xizmat, qulaylik yaratiladi. Bu vaqtingiz	
ʼ
tig iz   paytida   Internet   orqali   tushlikka   buyurtma   berish,   mobil   ilova   orqali   taksi
ʻ
chaqirish,   uzoqdagi   yaqiningizga   pul   jo natishdan   ko ra   kengroq   imkoniyatlar	
ʻ ʻ
bo lib, transchegaraviy biznes hamkorlik, elektron tijoriy maydon, masofaviy ofis	
ʻ
kabilarni ham qamrab oladi.
Raqamli   iqtisodiyot   raqamli   texnologiyalarga   asoslangan,   elektron
biznes,   elektron   tijorat   bilan   bog langan,   raqamli   tovar   va   xizmatlar   ishlab	
ʻ
chiqarayotgan   va   taqdim   etayotgan   iqtisodiy   faoliyatdir .   Bunda   iqtisodiy
xizmat   va   tovarlar   uchun   hisob-kitoblar   elektron   pul   orqali   amalga   oshiriladi.
Raqamli   iqtisodiyot   konsepsiyasi   atomdan   bitga,   ya ni   kimyoviy   eng   kichik	
ʼ
zarradan elektron birlikka o tishga asoslanadi.	
ʻ
O zbekiston  Respublikasi  Axborot  texnologiyalari va kommunikatsiyalarini	
ʻ
rivojlantirish   vazirining   birinchi   o rinbosari   Olimjon   Umarov	
ʻ
ta kidlashicha,	
ʼ   raqamli   iqtisodiyot   alohida   faoliyat   turini   emas,   balki
ishbilarmonlik,   sanoat   obyektlari,   xizmatlarda   axborot   texnologiyalaridan
faol   foydalanishni   anglatadi.   Agar   oddiy   iqtisodiyotda   moddiy   buyumlar
asosiy resurs hisoblansa, raqamli iqtisodiyotda bu qayta ishlanadigan hamda
uzatiladigan axborot, ma lumotlar bo ladi	
ʼ ʻ .
Raqamli   iqtisodiyot   yirik   sanoat   obyektlari   ish   samaradorligini   oshirish,
ishlab   chiqarishda   o sish,   faoliyat   shaffofligini   ta minlash,   mahsulot   tannarxini	
ʻ ʼ
kamaytirish imkonini beradi.
Zero,   raqamli   iqtisodiyot   aql   bovar   qilmas   katta   hajmda   raqamli
ma lumotlarni   to plashda   davom   etmoqda.   2022-yilda   global   IP   trafik   hajmi   150	
ʼ ʻ 700   Gbit/s(solishtirish   uchun   2017-yil   45   000   Gbit/s)   chiqishi   kutilayotgani
davrdan ortda qolmaslikka chaqiradi.
Kiberxavfsizlik — raqamli iqtisodiyotning muhim sharti
O zbekistonda   barcha   tizimlar   raqamlashmoqda.   Ayniqsa,   koronavirusʻ
tufayli   joriy   etilgan   karantin   rejimida   onlayn   tovar   va   xizmatlarga   bo lgan   talab	
ʻ
yana-da   ortdi,   barcha   sohalarda   raqamli   funksiyalarning   safi   kengaydi.   Bugun
uydan   chiqmasdan   to lovlarni   amalga   oshirish,   hech   bir   muammosiz   masofaviy	
ʻ
ta lim   olish,   dunyoning   yirik   kutubxonalaridan   foydalanish   va   hatto   ishlash	
ʼ
mumkin.   Raqamli   xizmatlar   an anaviy   turga   qaraganda   qog ozbozlik,	
ʼ ʻ
rasmiyatchilikning yo qligi, vaqtni tejash kabi bir qator afzalliklarga ega. Masalan,	
ʻ
davlat   xizmatlarini   raqamli   ko rinishda   olsangiz,   sizga   belgilangan   to lovning   10	
ʻ ʻ
foizi miqdorida chegirma taqdim etiladi.
Bularning   barchasi   mamlakatimizda   raqamli   iqtisodiyotga   faol
o tilayotganining belgisi. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning yana bir omili —	
ʻ
kiberxavfsizlikni   ta minlashdir.   Karantin   sharoitida   global   tarmoqda	
ʼ
koronavirusdan saqlanish  bo yicha ko rsatmalar  yorlig i  ostida dasturiy tizimlarni	
ʻ ʻ ʻ
ishdan   chiqaruvchi   viruslar   tarqatish   holatlari   uchradi.   Xorijda   dori-darmonni
onlayn   sotish   va   yetkazib   berishni   va da   qilib,   oldindan   pullarni   hisob   raqamiga	
ʼ
o tkazishni   so rab,   sodda   odamlarni   aldab   ketayotgan   moliyaviy   firibgarlar   soxta	
ʻ ʻ
onlayn-do konlar,   veb-saytlar,   ijtimoiy   tarmoqlardagi   akkauntlar   va   elektron	
ʻ
pochta   manzillaridan   foydalanishdi.   Bu   ham   axborot   xavfsizligini   ta minlash	
ʼ
zaruratini yana bir bor tasdiqlaydi.
Raqamlashuv   va   kiberxavfsizlik   tushunchalari   doimo   yonma-yon   keladi.
Chunki   barcha   tizim   va   jarayonlarni   raqamlashtirish   bilan   birga,   ularning   texnik
jihatdan   mukammal   va   bexato   ishlashini,   xavfsizligini   ta minlash   muhim	
ʼ
hisoblanadi.   Yurtimizda   raqamli   iqtisodiyotni   rivojlantirishga   qanchalik   e tibor	
ʼ
qaratilayotgan   bo lsa,   kiberxavfsizlikni   ta minlash   ham   shuncha   dolzarblik   kasb	
ʻ ʼ
etmoqda.   O zbekiston   kiberxavfsizlik   global   indeksida   o zi   pozitsiyasini	
ʻ ʻ
mustahkamlab   bormoqda.   2017-yilda   mamlakatimiz   bu   reytingda   93-o rinni	
ʻ
egallagan bo lsa, 2018-yilda 52-o ringa ko tarildi.	
ʻ ʻ ʻ Yurtimiz rivojlanishida raqamli iqtisodiyotning o‘rni
Mamlakatimizda   raqamli   iqtisodiyotni   yanada   rivojlantirish   uchun,
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2020-yil   28-apreldagi   «Raqamli
iqtisodiyot   va   elektron   hukumatni   keng   joriy   etish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida»gi
PQ-4699-son   qarori   ijrosini   ta’minlash   maqsadida,   O‘zbekiston   Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi Axborot
texnologiyalari   va   kommunikatsiyalarini   rivojlantirish   vazirligi   tizimidagi   ayrim
tashkilotlarning   faoliyatini   tashkil   etish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida»gi   409-son
qarori   bilan   Axborot   texnologiyalari   va   kommunikatsiyalarini   rivojlantirish
vazirligi   huzurida   «Raqamli   iqtisodiyot   tadqiqotlari   markazi»   davlat   muassasasi
tashkil etildi. Markazning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat:
 har   tomonlama   tahliliy   va   amaliy   tadqiqotlar   asosida   raqamlashtirish
jarayonlarining   ishlab   chiqarish   va   iqtisodiyot   tarmoqlariga   ta’sirini
baholash   hamda   kelgusida   mamlakat   iqtisodiyotining   raqamli
transformatsiyasini kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
 davlat   organlari   va   iqtisodiyot   tarmoqlari   faoliyatida   raqamli   iqtisodiyotni
keng joriy etishda yuzaga keladigan muammolarni o‘rganish, tahlil qilish va
ularning yechimlari bo‘yicha har tomonlama asoslangan takliflar tayyorlash;  ekspertlar hamjamiyati bilan birgalikda davlat organlari va tashkilotlarining
faoliyatiga   raqamli   iqtisodiyot   va   elektron   hukumat   sohalaridagi   yangi
yo‘nalish va zamonaviy texnologiyalarni chuqur o‘rganish orqali keng joriy
etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
 raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatning rivojlanganlik darajasi bo‘yicha
yetakchi   mamlakatlar   tajribasini   o‘rganish   hamda   ularni   davlat   organlari,
tashkilotlar   va   iqtisodiyot   tarmoqlariga   tatbiq   etish   yuzasidan   takliflar
tayyorlash;
 «aqlli»   va   boshqa   istiqbolli   texnologiyalarni,   shuningdek   iqtisodiyotning
turli sohalarida katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalarini
joriy qilishning konseptual va uslubiy asoslarini shakllantirish;
 raqamli   texnologiyalarni   joriy   etishning   ustuvor   yo‘nalishlari   bo‘yicha
ilmiy-texnik   va   tadqiqot   faoliyatini   amalga   oshirishga   asoslangan   elektron
hukumat   va   raqamli   iqtisodiyotni   rivojlantirishning   uzoq   muddatli
istiqbollarini ishlab chiqish.
Umuman   olganda,   Raqamli   iqtisodiyot   –   raqamli   texnologiyalarga   asoslangan
elektron   biznes   va   elektron   tijorat   bilan   chambarchas   bog‘liq   iqtisodiy   faoliyat
hamda shu faoliyat natijasida ishlab chiqariladigan va sotiladigan raqamli tovarlar,
xizmatlar yig‘indisidir.
Raqamli   texnologiyalarni   keng   joriy   etish   davlat   va   jamiyat   boshqaruvi,
ijtimoiy   soha   rivojlanishiga   xizmat   qilishi   qatorida   odamlar   turmushini   keskin
yaxshilashi mumkinligini barcha soha vakillari yaxshi tushunib yetmoqda. Raqamli
iqtisodiyot quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
 mehnat unumdorligini oshiradi;
 korxonalar raqobatbardoshliligini oshiradi;
 ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi;
 yangi sohalarda yangi ish joylari yaratiladi;
 Yangi biznes turlari paydo bo‘ladi.
Shu   bilan   birga,   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2020-yil   5-
oktyabrdagi   «Raqamli   O‘zbekiston   –   2030»   strategiyasini   tasdiqlash   va   uni
samarali   amalga   oshirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida»gi   PK-6079-sonli   qarori
doirasida   2020-2022-yillarda   hududlarni   raqamlashtirish   dasturlari   tasdiqlandi.
«Raqamli   O‘zbekiston   –   2030»   strategiyasi   doirasida   O‘zbekiston   Respublikasi
ijtimoiy-iqtisodiy   taraqqiyotining   barqarorligini   ta’minlash,   jahon   tajribasiga
tayangan   holda   milliy   iqtisodiyotni   jadal   sur’atlarda   raqamlashtirish   uchun
quyidagi ishlarni bajarish lozimligi ko‘rsatib o‘tilgan:
 raqamli   iqtisodiyotni   rivojlantirishning   me’yoriy-huquqiy   bazasini
shakllantirish;  milliy   iqtisodiyotning   barcha   tarmoq   va   sohalarini   modernizatsiyalashda
imkon qadar eng so‘nggi raqamli texnologiyalarni joriy etish;
 eng so‘nggi raqamli texnologiyalarga asoslangan kommunikatsion vositalar,
mashina va uskunalarni sotib olish, o‘rnatish va mahalliy kadrlarning ularda
ishlash malakalarini oshirish;
 maktabgacha   ta’lim   tizimidan   boshlab,   to   oliy   ta’limdan   keyingi   ta’lim
tizimigacha   raqamli   iqtisodiyotni   rivojlantirishga   qaratilgan   kadrlar
siyosatini ishlab chiqish va yuritish.
Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiga oid milliy ko‘rsatkichlar tizimi tarkibiga
istiqbolda   ko‘shimcha   quyidagi   xalqaro   institut   va   tashkilotlarning   indekslarini
kiritish ham uning yanada nufuzli bo‘lishini ta’minlaydi, ham qamrov chegarasini
kengaytirishga xizmat qiladi:
 telekommunikatsiya   infratuzilmasi   indeksi   (Telecommunication
Infrastructure Index – TII);
 internet tarmoq tayyorligi indeksi (Networked Readiness Index (NRI) – The
World Economic Forum);
 bilimlar   iqtisodiyoti   indeksi   (Knowledge   Economy   Index,   KEI   –   European
Bank for Reconstruction and Development, EBRD);
 global   o‘zaro   aloqa   tarmoq   indeksi.   Huawei   yoki   global   ulanish   indeksi
(Global Connectivity Index – GCI);
 iqtisodiyotni   raqamlashtirish   indeksi   (Boston   Consulting   Group
(eIntensity));
 raqamli evolyusiya indeksi (Digital Evolution Index – DEI -Mastercard va
 Taftsa universitetining Fletcher nomidagi huquq va diplomatiya maktabi);
 raqamlashtirish imkoniyatlari indeksi (Digital opportunity index, DOI),
 xalqaro Telekommunikatsiya Ittifoqi (ITU) va boshqa indikatorlar.
 Xulosa :  RAQAMLI 
IQTISODIYOT 
TUSHUNCHASI, 
AFZALLIKLARI VA
AMALIY AHAMIYATI
Mulaydinov Farxod 
Muratovich, Qo’qon 
Universiteti Biznes 
kafedrasi mudiri
Abdullayev Axrorjon 
Axadjon o’g’li, Qo’qon 
universiteti talabasi Annotatsiya :  ushbu 
tezisda raqamli 
iqtisodiyotining amaliy 
ahamiyati va jihatlari,
va   birinchi  navbatda   
insonlarning  turmush  
darajasini  sezilarli  
darajada  oshira
olishi va bu uning 
asosiy foydasi ekanligi 
yoritib berilgan. Key words :   raqamli  
iqtisodiyot, raqamli  
texnologiyalar,taraqqiy
ot, tizim,internet
iqtisodiyoti, CRM, 
Fidbek, budjet 
taqsimoti.
Hozirgi kunda  raqamli 
iqtisodiyot  
tushunchasi bir  qator  
mamlakatlarning iqtisodiy nazariyasi va  
amaliyotida  paydo  
bo‘ldi. Bu  raqamli 
texnologiyalarning
jadal   rivojlanishi,   
axborot   sohasida   
inqilob   va   
iqtisodiyotning   
globallashuv
jarayonlarini  
tezlashtirish  bilan   
ajralib  turdi.  Ulardan   foydalanish   
samaradorligi
ortib borayotgan 
bilimga aylantirildi va 
ijti
Xulosa :
Raqamli   iqtisodiyotga   berilgan   bu   kabi   ta’riflar   uning   mohiyatini   to‘g‘ri
ifodalab   beradi,   chunki   raqamli   iqtisodiyotga   texnologiyalar   va   iqtisodiy   agentlar
yoki   internet   bilan   bog‘langan   rivojlanish   jarayoni   sifatida   qarash   o‘rinli,   ammo
unchalik   yetarli   emas,   chunki   raqamli   iqtisodiyot,   avvalo   raqamli   axborot
texnologiyalarining rivojlanishi va barcha davlatlar ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlari
taraqqiyotini ta’minlash bilan bog‘langan. Shu sababdan raqamli iqtisodiyotga har
bir   mamlakat   milliy   iqtisodiyotining   barcha   tarmoqlariga   va   ijtimoiy   hayotining
turli   jabhalariga   zamonaviy   axborot   texnologiyalari   yutuqlarini   joriy   qilish   va
undan unumli foydalanish natijasida iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlash, deb
ta’rif berilsa yanada to‘laroq bo‘lar edi, deb hisoblaymiz .
Bugunga   kelib   raqamli   axborot   texnologiyalari   axborotlarni   ommaviy   va
tezkor   ishlov   berishga   yo‘naltirilgan.   Ular   rahbarlarning   oqilona   qarorlar   qabul
qilishiga,   o‘zgaruvchan   bozorning   mumkin   bo‘lgan   kutilmagan   hodisalaridan
himoyalanishiga,   raqobatbardoshlikni   ta’minlash   uchun   kerakli   shart-sharoitlar
yaratib, natijada muvaffaqiyatga erishishlariga yordam berishlari kerak.
  Hozirgi   davrda   raqamli   axborot   texnologiyalarini   rivojlantirishning   eng
mashhur va keng tarqalgan texnologik vositalari “Internet” hisoblanadi.
  Jahonda   axborot   texnologiyalarining   uzoq   vaqt   davomida   tarqalishi
mamlakatlar   milliy   iqtisodiyotining   rivojlanish   yo‘llarini   belgilab   berdi,   insonlar
hayotidagi tub o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi va fanda raqamli iqtisodiyot terminining
paydo   bo‘lishiga   tamal   toshini   qo‘ydi.   Bu   har   bir   mamlakat   milliy   iqtisodiyotini optimal   darajada   rivojlantirish   va   shu   orqali   xalqning   moddiy   farovonligini
ta’minlashdan iboratdir. 
Milliy   iqtisodiyot   tarmoqlarida   va   ijtimoiy   sohaning   barcha   jabhalarida
raqamli   axborot   texnologiyalarini   jadal   sur’atlar   bilan   joriy   etish   barcha
mamlakatlar uchun ustuvor masaladir. Foydalanilgan adabiyotlar:
https://kun.uz/uz/news/2020/07/06/raqamli-iqtisodiyot-
rivojlanish-trendlari-va-xususiyatlari
https://www.researchgate.net/publication/
351412789_Raqamli_iqtisodiyotni_rivojlantirishda_axborot
_texnologiyalarining_orni_-
_The_role_of_information_technologies_in_the_developmen
t_of_the_digital_economy
https://review.uz/uz/post/raqamli-iqtisodiyot-
mamlakatimiz-taraqqiyoti-garovidir

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI SERVIS FAKULTETI MUSTAQIL ISH Mavzu: Iqtisodiyotni rivojlantirishda raqamli iqtisodiyotning roli Samarqand-2022

Mavzu: Iqtisodiyotni rivojlantirishda raqamli iqtisodiyotning roli Reja: 1.Raqamli iqrisodiyot- rivojlanish trendlari va xususiyatlari 2.Raqamli iqtisodiyot -taraqqiyot sari qisqa yo’l 3.Raqamli iqrisodiyot nega kerak va u nima beradi? 4.O`zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning istiqbollari

Raqamli iqtisodiyotning afzalliklari Raqamli iqtisodiyotga bo‘lgan qiziqish jamiyat va iqtisodiyotda ro‘y bergan jiddiy o‘zgarishlar tufayli sezilarli darajada o‘sdi. Zamonaviy texnologiyalar va platformalar mijozlar, hamkorlar va davlat tashkilotlari bilan shaxsiy muloqotni minimallashtirish hisobiga korxonalar va jismoniy shaxslarga xarajatlarni qisqartirishga yordam berdi, shuningdek, o‘zaro muloqotni yanada tez va oson yo‘lga qo‘yishga imkoniyat yaratdi. Natijada tarmoq resurslariga asoslangan, raqamli yoki elektron iqtisodiyot paydo bo‘ldi. «Raqamlashtirish» so‘zi aslida yangi atama bo‘lib, innovatsion boshqaruv va ish yuritish jarayoniga IT yechimlarning jalb etilishini, buning samarasi o‘laroq esa internet buyumlardan tortib, elektron hukumatgacha bo‘lgan barcha tizimlarda axborot texnologiyalarini qo‘llashni ko‘zda tutadi. Iqtisodiyotning raqamli segmentiga tegishli bosh manba – trakzaksion sektorning o‘sishidir. Rivojlangan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich YaIMning 70 foizdan ortiq miqdorni tashkil etib, davlat boshqaruvi, konsalting va informatsion xizmat ko‘rsatish, moliya, ulgurji va chakana savdo, shuningdek, xizmatlar sohasini (kommunal, shaxsiy va ijtimoiy) birlashtiradi. Iqtisodiyot diversifikatsiyasi va dinamikasi qanchalik yuqori bo‘lsa, mamlakat ichida va tashqarisida noyob axborotlar aylanmasi shunchalik ko‘p, milliy iqtisodiyotlar ichida axborot trafigi esa shu qadar salmoqli bo‘ladi. Shu bois ishtirokchilar soni ko‘p va IT xizmatlar keng tarqalgan bozorlarda raqamli iqtisodiyot jadal sur'atlarda rivojlanadi. Shubhasiz, raqamli iqtisodiyotning samaradorligiga nafaqat axborot texnologiyalarining qamrovi va infratuzilmaning mavjudligi, balki ishbilarmonlik muhiti, inson kapitali va muvaffaqiyatli boshqaruv instrumentlari kabi standart iqtisodiy mezonlar ham ta'sir ko‘rsatadi. Binobarin, iqtisodiy taraqqiyot aynan ularga tayanadi, bu esa ushbu mezonlarning raqamli iqtisodiyot rivojlanishida avvalgiday muhim o‘rin tutishini bildiradi. Raqamli iqtisodiyot ko‘z o‘ngimizda yaralmoqda Hozir butun dunyo bo‘ylab yangi servislar va biznes modellarni yaratish uchun IT instrumentlardan foydalanadigan eski va yangi kompaniyalar aksariyat sohalarda yetakchi bo‘lgan kompaniyalarga kuchli raqobat tug‘dirmoqda. Prognozlarga ko‘ra, yaqin yillarda makroiqtisodiyot «lean production», addiktiv, nano va biotexnologiya mezonlariga tayanadigan ishlab chiqaruvchilarga qattiq bog‘liq bo‘lishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan oqilona boshqaruv uchun zarur hisoblangan axborot ko‘lami ham ortib boradi, ishlab chiqarish va fuqarolar

muloqoti, biznes va davlat organlarini boshqarish tuzilmasi esa jiddiy o‘zgarishlarni boshdan kechiradi. Quyidagilar bunda ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot yo‘liga bosqichma- bosqich chiqish uchun asosiy shart va omillar sifatida ko‘rsatilmoqda :  axborotlashtirish va davlat boshqaruvi organlari hamda munitsipal xizmatlarni integratsiyalash hisobiga elektron hukumat va raqamli shahar konsepsiyalarini tatbiq etish;  yangi texnologik avloddagi mahsulotlarni yalpi ishlab chiqarish (pilotsiz avtomobillar va boshqalar singari);  o‘ziga xos bezak va qurilish materiallari yordamida «aqlli» va ekologik uylarni barpo etishga oid g‘oyalarni amalga oshirish;  autsorsing, o‘zini band etish va boshqalar orqali bandlikning muqobil shakllarini keng targ‘ib qilish;  muayyan vazifalarni bajarish uchun ishchi-frilanserlarni izlashga xizmat qiladigan professional tarmoqlarni yaratish. Yuqoridagilar barchasi biznesga ishlab chiqarish va boshqaruvda tovar va elektron xizmatlar integratsiyalanadigan zamonaviy platformalar yordamida xarajatlarni qisqartirishga imkoniyat beradi. Birinchi galda bu masala xizmatlar buyurtmasi integratsiyasi, resurslardan birgalikda foydalanish, kontragentlarni tanlash, elektron savdoni yuritish, to‘lovlar va boshqalarga tegishlidir. Texnologik raqamli muhit – bu yuridik va jismoniy shaxslar hamkorlikdagi faoliyat uchun butunlay yangi muloqotni yo‘lga qo‘yadigan «akvarium» hisoblanadi. Axborot texnologiyalari korxonalarga butunlay yangi, yanada jadal ish sur'atlarini o‘zlashtirish hamda xizmat va mahsulotlar shaklini xilma- xillashtirishga imkoniyat yaratadi. Bundan tashqari, tadqiqotchilar qisqa saqlanadigan mahsulotlarning bozorga chiqarilishi haqida ham gapirishmoqda. Iqtisodchilarning fikriga ko‘ra, ayni vaqtda bu kabi o‘zgarishlar natijasida qo‘shimcha qiymatni chiqarib olish amaliyotiga asoslangan iqtisodiyot hamkorlik va manfaatlarni baham ko‘rish («sharing-economy») iqtisodiyotiga almashmoqda. Bu esa bozordagi raqobat o‘z o‘rnini o‘zaro manfaatli kooperatsiyaga va hamkorlikka faol bo‘shatishi, shu bilan birga, vertikal muloqotdan o‘zaro teng munosabatlar va bir-birini to‘ldiruvchi xizmatlarga o‘tishiga umid uyg‘otadi. Taxminlarga ko‘ra, bu servislar sonining ortishi va xizmatlarga doir elektron savdo hajmining o‘sishida o‘z aksini topadi.

Raqamli iqtisodiyot tadbirkorlar va o‘zi uchun ishlaydigan insonlarga yangi ufqlarni dadil ochib bermoqda. Rivojlanayotgan iqtisodiyotlarda IT sohasida taxminan 1 foiz aholi mehnat qiladi, ushbu sektor ish o‘rinlarini boshqalarga solishtirganda nisbatan qamroq yaratadi. Biroq IT yo‘nalishining yuksalishi yangi texnologiyalarni o‘zlashtirayotgan boshqa sohalarda ish o‘rinlarining yaratilishiga turtki beradi (IT sohasida yaratilgan har 1ta yangi ish o‘rni uchun yondosh sohalarda 4,9ta ish o‘rni to‘g‘ri keladi). Ko‘pincha IT sohasining rivojiga qo‘shilgan hissa iqtisodiyotning rivojlanishi, yangi ish o‘rinlarining yaratilishi, odamlar va biznes uchun yangi turdagi xizmatlarning paydo bo‘lishi, elektron hukumat loyihalari doirasida xarajatlarining qisqarishiga zamin yaratadi. Shu bilan bir vaqtda, axborot texnologiyalarini tatbiq etishdan hosil bo‘lgan umumiy effekt kutilganidan samarasizroq bo‘lib chiqadi va bir xil tartibda taqsimlanmaydi. Bu kabi investitsiyalardan maksimal natija olish uchun texnologiyalarning Jahon banki tayyorlagan ma'ruzasida «analog to‘ldiruvchilar» deb nomlangan boshqa omillar bilan o‘zaro ta'sirini yaxshi tushunish talab etiladi. Ular qatorida:  faol ishbilarmonlik muhitini qo‘llab-quvvatlaydigan hamda biznes va insonlarga raqamli iqtisodiyot texnologiyalaridan raqobat va innovatsiyalar, xarajatlarni qisqartirish, shuningdek, turmush farovonligini oshirish uchun foydalanishga imkon beradigan normativ-huquqiy baza;  biznes menejmenti va davlat xizmatchilarida axborot texnologiyalarini qo‘llashga doir to‘laqonli ko‘nikmalar;  axborot texnologiyalaridan foydalanish yo‘nalishida konsalting xizmatlarini ko‘rsatadigan institutlar (davlat va xususiy) o‘rin olgan. Raqamli iqtisodiyot hosil qiladigan effektlarni to‘liq sanab o‘tish ancha murakkab ish, binobarin, elektron servislar va metama'lumotlardan foydalanish imkoniyati iqtisodiy obektlarga taqdim etadigan aloqalarni to‘laqonli tarzda baholash ancha mushkuldir. Shu bois axborotlashtirishga sarflanadigan investitsiyalarning muhimligini, ayniqsa davlat darajasida asoslash bir qadar qiyin vazifa hisoblanadi. U yoki bu sohada yaratilgan gigibayt axborotni real holatda har doim ham hisoblab chiqishning imkonsizligi o‘z-o‘zidan tushunarli hodisadir.