logo

JANUBIY TURKMANISTON BRONZA DAVRI NAMOZGOH, OLTINTEPA, GUNURTEPA YODGORLIKLARI MISOLIDA

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

26.0595703125 KB
JANUBIY TURKMANISTON BRONZA DAVRI NAMOZGOH,
OLTINTEPA,  GUNURTEPA  YODGORLIKLARI MISOLIDA
                                                             Reja:
1.Janubiy Turkmaniston bronza davri madaniyatlari
2.Namozgohtepa bronza davri madaniyati
3.Bronza   davrini   o‘rganishda   Oltintepa   va   Gonurtepa   bronza   davri
yodgorliklarining tutgan o‘rni Qadimgi   metallurglar   ma’lum   davrdan   so’ng   qalayni   misga   qorishtirib ,
bronza olishni kashf  etdilar. O’rta Osiyoda bronza mil. avv. II ming yillikning
boshlaridan   ma’lum   bo’lib,   ibtidoiy   davr   taraqqiyotining   so’nggi   bosqichi
hisoblanadi.   Metall   va   metallurgiyaning   kashf   qilinishi   jamiyatning   iqtisodiy,
ijtimoiy   va   madaniy   taraqqiyotida   tub   o’zgarishga   olib   keldi.   Bu   hdisa
sivilizasiyaning   muhim   omili   sifatida   urbanizasiya   jarayonining   tashkil
topishiga   zamin   yaratdi.   Shu   o’rinda   qayd   etish   lozimki,   o’tgan   asr   50-
yillarining   boshlarida   B.A.Kuftin   Namozgohtepada   qazishmalar   o’tkazib,
Janubiy   Turkmaniston   o’troq   dehqon   jamoalari   tarixining   yangi   xranologik
sistemasini   taqdim   qildi.   Shu   davrga   qadar   esa   G.Shmidt   davriy   sistemasidan
arxeologlar rosa 50 yil foydalanishib kelishdilar. Shuni qayd etish lozimki, 1904
yilda   amerialik   R.Pompelli   Janubiy   Turkmanistonga   ekspedisiya   uyushtirdi,
uning tarkibida nemis arxeologi G.Shmidt qatnashib, bu ekspedisiya Anavtepani
qazib   o’rganib,   bu   yerdagi   madaniy   taraqqiyotni   4   ta   xranologik   bosqichga
bo’lib, ularni Anov I, II, III va IV deb atadi.
B.A.Kuftin   esa   Namozgohtepani   o’rganib,   qadimgi   dehqon   jamoalarining
eneolit va bronza davri tarixini 6 bosqichga bo’lib, u bu bosqichlarni Namozgoh
I,   II,   III,   IV,   V,   VI   deb   atadi.31   Keyinroq   bu   yodgorlikda   o’rganish   ishlarini
V.M.Masson   davom   ettirib,   uning   xranologik   davriy   sistemasiga   tub
o’zgarishlar   kiritolmasa-da,   usha   6   bosqichning   har   birini   ikkitadan   bosqichga
bo’lib   o’rganish   mumkinligini   isbotlab   berdi.32   G.Shmidt   va   B.A.Kuftin
xranologik   davriy   sistemasini   bir-biri   bilan   solishtirilganda   Anov   I   ning   «A»
fazasi   neolitga   tegishli   bo’lib,   Anov   I   «B»   esa   Namozgoh   I   ga
tengdir.   Shuningdek , Anov II Namozgoh II ga borabar; Anov III Namozgoh III,
IV, V va VI ga tengdir. Anov IV ilk temir davriga taalluqli bo’lib, O’rta Osiyo
ibtidoiy   jamoa   tuzumi   tarixining   Namozgoh   II-III   bosqichlari   Janubiy
Turkmanistonda   eneolit   asri   hisoblanai.   B.A.Kuftin   xronologik   davriy
sistemasidagi  Namozgoh   IV,  V,  VI  etaplari   Janubiy   Turkmanistonda  jez  davri
hisobalanadi.   Namozgoh   IV   kompleksi   ilk   bronza,   Namozgoh   V   rivojlangan bronza,   Namozgoh   VI   esa   Namozgoh   madaniyatining   so’nggi   bosqichi
hisoblanadi. Namozgoh IV bosqichining xronologik doirasi miloddan avvlgi III
minginchi   yillikning   o’rtalari   va   uning   ikkinchi   yarmi   bilan   belgilanadi.
Namozgoh V bosqichi esa milodiy eradan avvalgi III minginchi yillikning oxiri
va   II   minginchi   yillikning   birinchi   choragiga   doirdir.   Namozgoh   VI   bosqichi
mil.   avv.   II   minginchi   yillikning   ikkinchi   choragi   va   uning   ikkinchi   yarmiga
tegishli hisoblanadi. 
Ishimizda   davriy   sistemalar   yuzasidan   chalkashliklarga   yo’l   qo’ymaslik
maqsadida   shuni   ham   qayd   etib   o’tish   lozimki,   Janubiy   Turkmanistonning
dehqon   jamoalari   tarixida   V.M.Massonning   fikricha,   eneolit   davri   mil.   avv.   V
minginchi   yillikning   oxiridan   boshlanib,   u   to   III   minginchi   yillikning   birinchi
choragigacha   davom   etdi.   Shuningdek,   Namozgoh   I   ilk   eneolit,   Namozgoh   II
o’rta  eneolit  va  Namozgoh  III  esa  so’nggi   eneolit  hisoblanadi.  Eneolit  davrida
sug’orma   dehqonchilik   va   xonaki   chorvachilik   ibtidoiy   xo’jalikning   asosini
tashkil etgan.
Jez davridan keyingi taraqqiyot ilk temir davri bilan xarakterlangan holda uning
xronologik   davriy   sistemasi   dastlab   Yoztepa   yodgorligi   manbalari   asosida
ishlab   chiqilgan.   Unga   ko’ra   Yoz   I   mil.   avv.   900-800   yillar   bo’lib,   odamzod
dastlabki  temir buyumlardan foydalanish bilan bog’liq bo’lib, Yoz II  mil. avv.
700-600   yillar,   o’rta   rivojlanishi   va   Yoz   III   500-400   yillar   bilan   belgilanib ,
uning rivojlangan davri hisoblanadi, deb belgilangan.
Bu   xronologik   davriy   sistemalarni   alohida   eslatishimizdan   maqsad   –   Janubiy
O’rta   Osiyoda   rivojlangan   madaniyat   va   ilk   shaharlarning   tashkil   topish
evolyusiyasini   belgilashda   shu   sistemadan   foydalandik.
Demak, yuqorida zikr etilgan taraqiyot bosqichlarining barcha davrlarida inson
jamoalari sayyoh ovchilik turmush tarzidan qo’nim yashashga intilganlar va bu
hodisa   evolyusion   yo’l   bilan   tarixiy   dialektika   asosida   dinamik   tarzda   sodir
bo’lib,   odamzod   yuksak   madaniyatga,   xususan,   shaharlashish   sivilizasiyasiga
erishgan. Kishilik jamiyatining iqtisodiy-xo’jalik tizimida keskin o’zgarishlarga olib   kelgan   voqyelik   –   bu   metallning   kashf   etilishidir.   Metallning   mehnat
qurollari   yasash   uchun   kashf   qilinishi   ibtidoiy   jamoa   xo’jaligida   ro’y   bergan
buyuk   o’zgarishlardan   hisoblanadi.   Dastlabki   mehnat   qurollari   misdan   yasalar
edi,   ammo   misning   yumshoq   va   mo’rtligi   tufayli   mehnat   qurollarining
aksariyati   toshdan   ishlanardi.   Shuning   uchun   ham   bu   davr   eneolit   (mis-tosh)
davri   deb   tarixga   kirdi.   Eneolit   davri   yer   kurrasining   barcha   mintaqalarida   bir
vaqtda boshlanmay, balki har bir hududning ekologik va tabiiy imkoniyatlariga
qarab,   har   xil   vaqtda   boshlangan.   Afrika   va   Osiyoning   qadimgi   hududlarida
ibtidoiy   jamoalar   metall   bilan   ancha   avvalroq,   boshqa   mintaqalarda   esa
birmuncha keyinroq tanishdilar. O’rta Osiyo sharoitida metall miloddan avvalgi
IV   minginchi   yillikning   boshlaridan,   Janubiy   Turkmanistondagi   Namozgoh   I
madaniyati   davridan   ma’lum.   O’rta   Osiyoning   shimoliy   tomonlarida   esa   bu
vaqtda   neolit   davri   –   kaltaminorliklar   madaniyati   gullamoqda   edi.   Kaltaminor
merosxo’rlari   metall   bilan   faqat   miloddan   avvalgi   III   minginchi   yillikning
oxirlaridagina tanishdilar.
Qadimgi metallurglar muayyan davrdan so’ng qalayni misga qorishtirib, bronza
olishni kashf qildilar. Bronza egiluvchan va mustahkam metall edi. Bronzaning
bu   xususiyatlari   qadimgi   metallurglar   diqqatini   o’ziga   jalb   qilib,   endi   bobo-
kalonlarimiz o’z mehnat qurollarini asosan bronzadan yasaydigan bo’ldilar. Bu
hodisa   tez fursatda takomillashib , qisqa davr ichida bronza ibtidoiy xo’jalikning
turli   sohalariga   kirib   bordi   va   jamiyatning   ijtimoiy-iqtisodiy   taraqqiyotida
muhim   rol   o’ynadi.   Bronza   tosh   asriga   nisbatan   juda   qisqa   davrni   o’z   ichiga
oladi.   Uning   taxminiy   xronologik   chegarasi   mil.   avv.   III   minginchi   yillikning
boshlari   –   I   minginchi   yillikning   birinchi   choragiga   to’g’ri   keladi.   Birinchi
marta bronza miloddan avvalgi III minginchi yillikda Old Osiyo va Hindistonda
kashf   etildi.   O’rta   Osiyoda   esa   mil.   avv.   II   minginchi   yillikning   boshlaridan
ma’lum.
Bronzaning   kashf   etilishi   bilan   mehnat   qurollarining   turi   ko’paydi,   mehnat
unumdorligi   oshdi,   harbiy   qurollarning   xilma-xilligi   va   jangavorligi   ortdi, bronzadan   yasalgan   uy-ro’zg’or   buyumlari   paydo   bo’ldi.   Ammo   mehnat
qurollari   ishlab   chiqarish   uchun   bironza   nodir   va   kamchil   metall   bo’lib
qolaverdi. Shuning uchun ham mehnat qurollarini tayyorlash uchun avvalgidek
tosh va yog’ochlardan keng foydalanildi. Bronza faqat temirning kashf qilinishi
va   xo’jalikda   foydalanishga   kirishilishi   tufayli   turmushdan   qisman   bo’lsa-da,
siqib   chiqarildi.
Bronzaning   kashf   qilinishi   xo’jalikning   butun   taraqqiyotini   larzaga   keltirdi   va
mehnat unumdorligi jiddiy oshdi. Undan nafaqat mehnat qurollari, shuningdek,
turli bezaklar, uy-xo’jalik buyumlari, harbiy qurol-aslahalar yasaydigan maxsus
temirchilik,   zargarlik   ustaxonalari   vujudga   keldi.   Hunarmandchilikning
ixtisoslashuvi   tufayli   muzofotlararo   ayrabosh   ancha   kuchaydi,   madaniy
viloyatlarni   iqtisodiy   jihatdan   bog’lab   turuvchi   tabiiy   aloqa   yo’llari,   tronsport
vositalari   paydo   bo’ldi.   Quruqlikdagi   transport   sifatida   hayvon   kuchidan
foydalanish boshlandi. Hayvonlar qo’shilgan g’ildirakli aravalar vujudga keldi.
Demak,   metallning   kashf   etilishi   ijtimoiy   va   iqtisodiy   taraqqiyot   jarayoni   ilk
shaharsozlik   –   urbonik   sivilizasiyaning   vujudga   kelishiga   muayyan   darajada
zamin yaratdi.
Arxeolog   olimlarimizning   O’rta   Osiyo   hududlarida   olib   borgan   ilmiy   ishlari
shuni   ko’rsatdiki,   bronza   davrida   ovchilik   va   termachilik   ijtimoiy   va   iqtisodiy
hayotda   o’zining   dastlabki   rolini   yo’qotib,   aholining   asosiy   yashash   manbai
chorvachilik   va   dehqonchilik   bo’lib   qoldi.35
O’rta   Osiyoda   bronza   davri   ibtidoiy   jamoa   xo’jaligi   ikki   mintaqa   bo’ylab
rivojlanishda   davom   etdi.   Uning   janubiy-sharqiy   va   markaziy
tumanlarida,   jumladan ,   Janubiy   Surxon   vohasida   va   Zarafshon   vohasida   mil.
avv.   II   minginchi   yillardayoq   sug’orma   dehqonchilik   ibtidoiy   bronza   davri
jamoasi   iqtisodining   asosini   tashkil   etardi.   Farg’ona   vodiysining   shimoliy-
sharqiy   tumanlarida,   Toshkent   vohasining   daryo   havzalarida,   Qarshi   vohasida
o’troq   dehqonchilik   xo’jaliklari   bronza   davrining   so’nggi   bosqichlarida,   mil.
avv.   I   minginchi   yillikning   boshlarida   tashkil   topdi.   Bu   yerlar   qadimgi chorvador   qabilalarning   doimiy   makoni   bo’lib   qoldi.   Dehqonchilik   esa   bu
hududlarda   faqat   daryo   etaklarida,   maxsus   sug’orishni   talab   etmaydigan
pastqam,   zaxkash,   botqoq   joylarda,   limanlarda   olib   borilar   edi.   Liman
dehqonchiligi   uchun,   ayniqsa,   Zarafshon,   Amudaryo   va   Sirdaryo   etaklari,
ularning delta irmoqlari qulay bo’lgan. Bronza davrining oxirlariga kelganda bu
muzofotlarda   ham   kichik-kichik   dehqonchilik   vohalari   tashkil   topa   boshlaydi.
Chorvador   qabilalarning   o’troqlashuvi   kuchayadi   va   ularda   ham   keyinroq
sug’orma   dehqonchilik   vujudga   keladi.
O’rta Osiyo eneolit va bronza davri  o’zining bir qator  o’ziga xos xususiyatlari
bilan neolit davridan tubdan farq qilardi. Masalan, bu davrda birinchi navbatda
sug’orma   dehqonchilik   bazasida   qad   ko’targan   doimiy   qishloqlarning
ko’payishi,   binokorlikning   rivojlanishi ,   ularda   yashayotgan   aholi   sonining
tobora   zichlashib   borishi   va   yangi   yerlarni   jadal   o’zlashtirish   jarayonining
kuchayishi   kuzatiladi.   Yangi   yerlarning   o’zlashtirilishi   bilan   bog’liq   holda
qanchadan-qancha   yirik   qishloq   tipidagi   madaniyat   o’choqlari   vujudga   keldi,
ibtidoiy hunarmandchilik xo’jaligining turli sohalarida yangidan-yangi ixtirolar
qilindi.   Masalan,   bronza   davrida   metallurgiya   hunarmandchiligi,   zargarlik,
kulolchilikda mexanik yo’l bilan aylantiriladigan charxdan foydalanishga o’tish
singari   yangiliklar  urug’doshlik  jamoasining  madaniy   xo’jalik  sohasidagi  yirik
kashfiyotlardan hisoblanadi.
Olimlarning tadqiqotlari shu masalani oydinlashtirdiki, O’rta Osiyoning janubiy
dehqon   jamoalari   bilan   shimolda   yashovchi   chorvador   qabilalari   o’rtasida
o’zaro   iqtisodiy,   madaniy   va   qon-qardoshlik   munosabatlari   keng   rivojlanib,
birining   madaniy-xo’jalik   yutug’idan   ikkinchisi   foydalangan.   Bu   ikki   mintaqa
o’rtasidagi  aloqalar va etnik munosabatlarning davom  etishi  natijasida ibtidoiy
jamoa   ekonomikasining   asosini   tashkil   etgan   chorvachilik   va   dehqonchilik
xo’jaligi va ular doirasida shakllanib borayotgan hunarmandchilik yanada rivoj
topdi.   Har   ikki   mintaqa   aholisining   madaniy-xo’jalik   yutuqlari   o’z   navbatida
qo’shni   qabilalar   madaniyatiga   ham   o’z   ta’sirini   o’tkazib   borgan.   Shu   bilan birga,   ular   o’zlarining   xo’jalik   va   madaniy   yutuqlaridan   bahramand   bo’lib
bordilar.36
Arxeolog   olimlarning   xulosalariga   qaraganda,   bronza   davrida   qabilalararo
munosabatlar  asosan «tinch yo’l» bilan davom  etgan. Ammo chorvadorlarning
dehqonchilik tumanlariga «zo’rlik bilan» kirib borishi ham sodir bo’lib turgan.
Masalan,   mil.  avv.  II  minginchi   yillarning  o’rtalarida  Qozog’iston  hududlarida
yashovchi   «Andronova   madaniyati»   merosxo’rlari   O’rta   Osiyoning   avval
shimoliy   tumanlariga,   so’ng   esa   uning   to   janubiy   chegaralarigacha   –   eng
qadimgi   dehqonchilik   markazlarigacha   kirib   bordilar.   Andronova
chorvadorlarining   sopol idishlari , jezdan yasalgan ba’zi bir taqinchoq va mehnat
qurollari   Murg’ob   vohasi,   Sherobod   cho’li,   Kopetdog’   yonbag’irlarida   qad
ko’targan   qadimgi   dehqonchilik   qishloqlarida   hamda   Zarafshon   vodiysidagi
Urgut   tog’i   Mo’minobodda   o’rganilgan   qabrlarda   va   yodgorliklarida   uchraydi.
Miloddan avvalgi II minginchi yillik davomida, ayniqsa, uning oxirgi choragida
cho’l   va   dashtlarda   yashovchi   chorvadorlarning   janubiy   sarhadlarga   tomon
yurishi   jadallashadi.   Natijada   O’rta   Osiyo   aholisi   etnik   tarkibida   turli
antropologik   tip   vakillarining   aralashish   jarayoni   tezlashadi.
Bronza   davrining   so’nggi   bosqichlariga   kelganda   ishlab   chiqarish   mehnat
vositalarining   muayyan   taraqqiyoti   tufayli   sun’iy   sug’orish   tizimida   magistral
kanallari   paydo   bo’ladi,   xonaki   chorvachiligidan,   aniqrog’i,   chorvadorlarning
yarim   ko’chmanchilik   turmushi   tarziga   o’tish   sodir   bo’ladi.
Qadimgi   dehqonlar   dastlab   tog’   oldi   soyi   va   daryolarning   quyi   oqimlari
havzalaridagi   uncha   katta   bo’lmagan   muzofotlarni   o’zlashtirdilar.   Bu   manzara
O’zbekiston   hududida   mil.   avv.   II   minginchi   yillikning   birinchi   yarmida   sodir
bo’ldi. O’rta Osiyoning janubiy-g’arbiy viloyatlarida, ya’ni Kopetdog’ tog’ oldi
tumanlarida   esa   bu   hodisa   ancha   avval,   ya’ni   neolit   davrida   boshlanib,   eneolit
davriga   kelganda   yanada   keng   ko’lamga   ega   bo’ladi.
Olimlarning   ko’p   yillik   tadqiqotlariga   qaraganda,   mil.   avv.   II   minginchi
yillikning   birinchi   yarmida,   balki   undan   ham   oldinroq   qadimgi   dehqon jamoalarining O’rta Osiyoning janubiy-g’arbiy mintaqalaridan sharqiy hududlar
tomon yurishi kuzatilingan.
Bronza davrining boshlang’ich davrida Murg’ob vohasini o’zlashtirgan qadimgi
dehqonlar mil. avv. II minginchi yillikning o’rtalariga kelib, Qadimgi Baqtriya
yerlarigacha   borib   yetadi.   Bu   jamoalarning   qishloqlari   Murg’ob   vohasida,
Shimoiy   Afg’oniston   va   Janubiy   O’zbekiston   hamda   Janubiy   Tojikiston
hududlarida   qad   ko’taradi.   Qishloqlar   atrofida   esa   ekin   maydonlari,
dehqonchilik   dalalari   paydo   bo’la   boshlaydi.   Qadimgi   dehqonchilik   bilan
mashg’ul   bo’lgan   qabilalarning   chorvador   qabilalar   mintaqalari   chegarasiga
yetib   borishi   natijasida   ular   o’rtasidagi   madaniy-xo’jalik   aloqalarining   yanada
rivojlanishiga , chorvador qabilalar muzofotlarida ham dehqonchilik madaniyati
ta’sirida   asta-sekin   yangi   dehqonchilik   o’choqlarining   paydo   bo’lishiga   olib
keldi.   Dehqonchilik   vohalari   vujudga   kelib,   ularning   markaz   qishloqlari   ular
zamirida esa protoshaharlar tashkil topdi.
Xullas,   ibtidoiy   jamoa   tuzumi   zaminida   metallning   kashf   qilinishi,
insoniyatning   buyuk   kashfiyotlaridan   biri,   jamiyatning   madaniy   xo’jalik
taraqqiyotida   muhim   ahamiyatga   ega   bo’ldi   va   bu   hodisa   avvalo   sug’orma
dehqonchilik,   shuningdek,   urbanizasiya   jarayonining   iqtisodiy   bazasi   sifatida
Qadimgi   Marg’iyona   va   Baqtriya   hududlarida   dastlabki   shaharlarning   tashkil
topishida muhim omil bo’lib xizmat qildi.
Turkmaniston   davlatining   janubi-sharqiy   qismida   Markaziy   Osiyodagi   eng
qadimiy   shahar.   U   Murg'ob   daryosi   bo'yida,   Maryam   shahri   yaqinida
joylashgan.   Bugungi   kunda   Qadimgi   Marv   butun   insoniyatning   Umumjahon
merosi ob'ekti bo'lgan xarobalardir.Margan tsivilizatsiyasi davrida Marv vohasi
allaqachon   yashagan.   Bu   uning   miloddan   avvalgi   3-2   ming   yil   avval   mavjud
bo'lganligini   anglatadi.   Bizning   davrimizda   shahar   Parfiyaning   asosiy
markazlaridan biriga aylandi. O'sha paytda uning maydoni 60 kvadrat metr edi.
km
VII  asrda arablar  O'rta Osiyoni  zabt  etgandan so'ng,  shahar  sharq  va shimolga ekspeditsiyalar uchun tramplinga aylandi. Vaqt o'tishi bilan Marv arablar uchun
kitob   markaziga   aylandi.   Bu   erda   joylashgan   10   ta   kutubxona   tufayli   sodir
bo'ldi.
Somoniylar   sulolasi   davrida   Marv   chindan   ham   gullab-yashnagan.   Bu   voqea
XII asrda, Sulton Sanjar uni saljuqiylar poytaxtiga aylantirgan paytda yuz berdi.
Shahar   ichidagi   imoratlar   g'aroyib   edi   -   ular   Bog'dod   va   Konstantinopol
binolaridan   ko'ra   ulug'vor   edi.Ammo   1221   yilda   mo'g'ullar   chiroyli   shaharni
shafqatsizlarcha yo'q qilishdi. Temuriylar Marvni jonlantirishga harakat qildilar,
ammo   u   hali   ham   o'zining   avvalgi   buyukligiga   erisha   olmadi.
Turkmanistonning   uchinchi   yirik   shahri   -   Maryam   (1937   yilgacha   -   Marv),
deltada   Qorakum   qumlari   o'rtasida   katta   vohada   joylashgan.   Murg'aba.   Meri
1884 yilda qadimiydan 30 km uzoqlikda joylashgan Rossiya harbiy va ma'muriy
markazi sifatida tashkil etilgan. Hozir u boy paxta etishtiriladigan mintaqaning
eng yirik markazi, yirik transport markazi va mamlakat  gaz sanoatining asosiy
markazi   -   Turkmaniston   uchun   asosiy   daromad   manbai   hisoblanadi.   Shahar
qiziq   Tarix   muzeyi   Arxeologik   topilmalar,   turkman   gilamlari ,   milliy   liboslari,
kumush   va   turli   xil   mahalliy   qabilalarning   kashta   tikilgan   ajoyib   buyumlari.
Shuningdek,   o'lkashunoslik   va   etnografik   eksponatlar   diqqatga   sazovordir.
Marv   vohasi   (Maryamdan   40   km   sharqda)   O'rta   Osiyoning   eng   qadimgi
mintaqalaridan   biri   bo'lib,   sug'orishni   o'zlashtirgan   -   bu   qismlarda   sug'orish
tizimining   dastlabki   izlari   bronza   davriga   borib   taqaladi.   Shu   sababli,   qadimgi
dunyodagi   eng   katta   shaharlardan   biri   bu   erda   o'sganligi   ajablanarli   emas.
Marvning   kelib   chiqishi   sirlarda   saqlanadi,   aniq   bir   narsa   aniq   -   u   haqida
birinchi   yozma   ma'lumot   VIII-VI   asrlar   atrofida   Avestan   xronikalarida
uchraydi. Miloddan avvalgi Ular shu erda yashab, ishlashgan Umar Xayyom as-
Samaniy,   Imomad   din   Isfahani   va   o'rta   asrning   boshqa   buyuk   mutafakkirlari.
Zamonaviy   xarobalar   orasida   kamida   beshta   qadimiy   aholi   punktlari   mavjud   -
Erk qal'a, Gyur qal'a, Sulton qala, Abdulloh qal'a va Bayramalikxon qaladevor
bilan   o'ralgan   va   boshqa   istehkomlar   va   ibodat   joylari   xarobalari   (shaharning aniq chegaralari hanuzgacha noma'lum). Ularning aksariyati juda shikastlangan,
ba'zilari faqat juda shishgan tuproqli tepaliklar bilan qoldirilgan,   ammo shunga
qaramay ,   Marv   eng   noyob   tarixiy   obidalardan   biri   bo'lib   qolmoqda.   Bugun   u
YUNESKO   tomonidan   Buyuk   Ipak   yo'lining   eng   yaxshi   saqlanib   qolgan
qadimiy   markazi   sifatida   Jahon   madaniy   merosi   ro'yxatiga   kiritilgan.Eng
qiziqarli   tarixiy   yodgorliklarni   ta'kidlash   mumkin   sulton   Sanjar   Dar   al-Ahir
maqbarasi   (milodiy   1140   yil).   deyarli   40   m   balandlikda   Shazriar-Ark   qal'asi   -
Sulton Qal'adevorlarning xarobalari Abdulloh Qala (XV asr), qal'a va minoralar
xarobalari   Bayramalikxon   qalaxarobalar   qizil   qal'a   (mil.   Avv.   VI-VII   asrlar).,
Al-Hakim ibn Amir al-Jafariy va Burayd ibn al-Husayn al-Islomiy maqbaralari
(XV asr, ziyorat joyi), Muhammad ibn Zayid maqbarasi (XII asr), Talxat bobo
maqbaralari   bilan  birga   Talxat   bobo,  Imom   Qosim   Saljuqiylar   davridagi   Shafi
va Imom  Bakr  yusuf Hamadoniy masjidi  (XIII asr, zamonaviy rekonstruktsiya
XIX   asrda   yakunlangan),   xarobalar   erk-Qala   qal'asi   (VI   asr),   xristian
ibodatxonasi va buddist monastirining xarobalari Gyur qala (qadimgi Antioxiya
Margiana),   masjidlarni   xarob   qilish   Beni   Maxan   ("Juma   masjidi",   VII-XII
asrlar),   qal'aga   o'xshash   inshootlarning   baland   devorlari   Katta   va   kichik
Qizqal'a,   Qiz-Bibi   maqbarasivannalar,   saroylar,   marosim   zallari   va   boshqa
inshootlarning   ko'plab   qoldiqlari.
             Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Massoy V. M., Srednyaya Aziya i Drevniy Vostok, M.—L., 1964.
2. Аскаров А.А. К пере датировке культуры Заман-баба. – В кн.: Культура
и   искусство   Древнего   Хорезма.   –   М.:   Наука,   1981.
3.Аванесова   Н.А.   Археология   Средней   Азии.   –   Самарканд,   2020.
4.Бижанов   Е.Б.   Каменный   век   Устюрта.   Автореф.   на   соискание   д.и.н.   –
Нукус,   1996.
5.   Джуракулов   М.Д.,   Холматов   Н.У.   Мезолит   и   неолит   Среднего
Зарафшана. – Ташкент: Фан, 1991.

JANUBIY TURKMANISTON BRONZA DAVRI NAMOZGOH, OLTINTEPA, GUNURTEPA YODGORLIKLARI MISOLIDA Reja: 1.Janubiy Turkmaniston bronza davri madaniyatlari 2.Namozgohtepa bronza davri madaniyati 3.Bronza davrini o‘rganishda Oltintepa va Gonurtepa bronza davri yodgorliklarining tutgan o‘rni

Qadimgi metallurglar ma’lum davrdan so’ng qalayni misga qorishtirib , bronza olishni kashf etdilar. O’rta Osiyoda bronza mil. avv. II ming yillikning boshlaridan ma’lum bo’lib, ibtidoiy davr taraqqiyotining so’nggi bosqichi hisoblanadi. Metall va metallurgiyaning kashf qilinishi jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy taraqqiyotida tub o’zgarishga olib keldi. Bu hdisa sivilizasiyaning muhim omili sifatida urbanizasiya jarayonining tashkil topishiga zamin yaratdi. Shu o’rinda qayd etish lozimki, o’tgan asr 50- yillarining boshlarida B.A.Kuftin Namozgohtepada qazishmalar o’tkazib, Janubiy Turkmaniston o’troq dehqon jamoalari tarixining yangi xranologik sistemasini taqdim qildi. Shu davrga qadar esa G.Shmidt davriy sistemasidan arxeologlar rosa 50 yil foydalanishib kelishdilar. Shuni qayd etish lozimki, 1904 yilda amerialik R.Pompelli Janubiy Turkmanistonga ekspedisiya uyushtirdi, uning tarkibida nemis arxeologi G.Shmidt qatnashib, bu ekspedisiya Anavtepani qazib o’rganib, bu yerdagi madaniy taraqqiyotni 4 ta xranologik bosqichga bo’lib, ularni Anov I, II, III va IV deb atadi. B.A.Kuftin esa Namozgohtepani o’rganib, qadimgi dehqon jamoalarining eneolit va bronza davri tarixini 6 bosqichga bo’lib, u bu bosqichlarni Namozgoh I, II, III, IV, V, VI deb atadi.31 Keyinroq bu yodgorlikda o’rganish ishlarini V.M.Masson davom ettirib, uning xranologik davriy sistemasiga tub o’zgarishlar kiritolmasa-da, usha 6 bosqichning har birini ikkitadan bosqichga bo’lib o’rganish mumkinligini isbotlab berdi.32 G.Shmidt va B.A.Kuftin xranologik davriy sistemasini bir-biri bilan solishtirilganda Anov I ning «A» fazasi neolitga tegishli bo’lib, Anov I «B» esa Namozgoh I ga tengdir. Shuningdek , Anov II Namozgoh II ga borabar; Anov III Namozgoh III, IV, V va VI ga tengdir. Anov IV ilk temir davriga taalluqli bo’lib, O’rta Osiyo ibtidoiy jamoa tuzumi tarixining Namozgoh II-III bosqichlari Janubiy Turkmanistonda eneolit asri hisoblanai. B.A.Kuftin xronologik davriy sistemasidagi Namozgoh IV, V, VI etaplari Janubiy Turkmanistonda jez davri hisobalanadi. Namozgoh IV kompleksi ilk bronza, Namozgoh V rivojlangan

bronza, Namozgoh VI esa Namozgoh madaniyatining so’nggi bosqichi hisoblanadi. Namozgoh IV bosqichining xronologik doirasi miloddan avvlgi III minginchi yillikning o’rtalari va uning ikkinchi yarmi bilan belgilanadi. Namozgoh V bosqichi esa milodiy eradan avvalgi III minginchi yillikning oxiri va II minginchi yillikning birinchi choragiga doirdir. Namozgoh VI bosqichi mil. avv. II minginchi yillikning ikkinchi choragi va uning ikkinchi yarmiga tegishli hisoblanadi. Ishimizda davriy sistemalar yuzasidan chalkashliklarga yo’l qo’ymaslik maqsadida shuni ham qayd etib o’tish lozimki, Janubiy Turkmanistonning dehqon jamoalari tarixida V.M.Massonning fikricha, eneolit davri mil. avv. V minginchi yillikning oxiridan boshlanib, u to III minginchi yillikning birinchi choragigacha davom etdi. Shuningdek, Namozgoh I ilk eneolit, Namozgoh II o’rta eneolit va Namozgoh III esa so’nggi eneolit hisoblanadi. Eneolit davrida sug’orma dehqonchilik va xonaki chorvachilik ibtidoiy xo’jalikning asosini tashkil etgan. Jez davridan keyingi taraqqiyot ilk temir davri bilan xarakterlangan holda uning xronologik davriy sistemasi dastlab Yoztepa yodgorligi manbalari asosida ishlab chiqilgan. Unga ko’ra Yoz I mil. avv. 900-800 yillar bo’lib, odamzod dastlabki temir buyumlardan foydalanish bilan bog’liq bo’lib, Yoz II mil. avv. 700-600 yillar, o’rta rivojlanishi va Yoz III 500-400 yillar bilan belgilanib , uning rivojlangan davri hisoblanadi, deb belgilangan. Bu xronologik davriy sistemalarni alohida eslatishimizdan maqsad – Janubiy O’rta Osiyoda rivojlangan madaniyat va ilk shaharlarning tashkil topish evolyusiyasini belgilashda shu sistemadan foydalandik. Demak, yuqorida zikr etilgan taraqiyot bosqichlarining barcha davrlarida inson jamoalari sayyoh ovchilik turmush tarzidan qo’nim yashashga intilganlar va bu hodisa evolyusion yo’l bilan tarixiy dialektika asosida dinamik tarzda sodir bo’lib, odamzod yuksak madaniyatga, xususan, shaharlashish sivilizasiyasiga erishgan. Kishilik jamiyatining iqtisodiy-xo’jalik tizimida keskin o’zgarishlarga

olib kelgan voqyelik – bu metallning kashf etilishidir. Metallning mehnat qurollari yasash uchun kashf qilinishi ibtidoiy jamoa xo’jaligida ro’y bergan buyuk o’zgarishlardan hisoblanadi. Dastlabki mehnat qurollari misdan yasalar edi, ammo misning yumshoq va mo’rtligi tufayli mehnat qurollarining aksariyati toshdan ishlanardi. Shuning uchun ham bu davr eneolit (mis-tosh) davri deb tarixga kirdi. Eneolit davri yer kurrasining barcha mintaqalarida bir vaqtda boshlanmay, balki har bir hududning ekologik va tabiiy imkoniyatlariga qarab, har xil vaqtda boshlangan. Afrika va Osiyoning qadimgi hududlarida ibtidoiy jamoalar metall bilan ancha avvalroq, boshqa mintaqalarda esa birmuncha keyinroq tanishdilar. O’rta Osiyo sharoitida metall miloddan avvalgi IV minginchi yillikning boshlaridan, Janubiy Turkmanistondagi Namozgoh I madaniyati davridan ma’lum. O’rta Osiyoning shimoliy tomonlarida esa bu vaqtda neolit davri – kaltaminorliklar madaniyati gullamoqda edi. Kaltaminor merosxo’rlari metall bilan faqat miloddan avvalgi III minginchi yillikning oxirlaridagina tanishdilar. Qadimgi metallurglar muayyan davrdan so’ng qalayni misga qorishtirib, bronza olishni kashf qildilar. Bronza egiluvchan va mustahkam metall edi. Bronzaning bu xususiyatlari qadimgi metallurglar diqqatini o’ziga jalb qilib, endi bobo- kalonlarimiz o’z mehnat qurollarini asosan bronzadan yasaydigan bo’ldilar. Bu hodisa tez fursatda takomillashib , qisqa davr ichida bronza ibtidoiy xo’jalikning turli sohalariga kirib bordi va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida muhim rol o’ynadi. Bronza tosh asriga nisbatan juda qisqa davrni o’z ichiga oladi. Uning taxminiy xronologik chegarasi mil. avv. III minginchi yillikning boshlari – I minginchi yillikning birinchi choragiga to’g’ri keladi. Birinchi marta bronza miloddan avvalgi III minginchi yillikda Old Osiyo va Hindistonda kashf etildi. O’rta Osiyoda esa mil. avv. II minginchi yillikning boshlaridan ma’lum. Bronzaning kashf etilishi bilan mehnat qurollarining turi ko’paydi, mehnat unumdorligi oshdi, harbiy qurollarning xilma-xilligi va jangavorligi ortdi,

bronzadan yasalgan uy-ro’zg’or buyumlari paydo bo’ldi. Ammo mehnat qurollari ishlab chiqarish uchun bironza nodir va kamchil metall bo’lib qolaverdi. Shuning uchun ham mehnat qurollarini tayyorlash uchun avvalgidek tosh va yog’ochlardan keng foydalanildi. Bronza faqat temirning kashf qilinishi va xo’jalikda foydalanishga kirishilishi tufayli turmushdan qisman bo’lsa-da, siqib chiqarildi. Bronzaning kashf qilinishi xo’jalikning butun taraqqiyotini larzaga keltirdi va mehnat unumdorligi jiddiy oshdi. Undan nafaqat mehnat qurollari, shuningdek, turli bezaklar, uy-xo’jalik buyumlari, harbiy qurol-aslahalar yasaydigan maxsus temirchilik, zargarlik ustaxonalari vujudga keldi. Hunarmandchilikning ixtisoslashuvi tufayli muzofotlararo ayrabosh ancha kuchaydi, madaniy viloyatlarni iqtisodiy jihatdan bog’lab turuvchi tabiiy aloqa yo’llari, tronsport vositalari paydo bo’ldi. Quruqlikdagi transport sifatida hayvon kuchidan foydalanish boshlandi. Hayvonlar qo’shilgan g’ildirakli aravalar vujudga keldi. Demak, metallning kashf etilishi ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot jarayoni ilk shaharsozlik – urbonik sivilizasiyaning vujudga kelishiga muayyan darajada zamin yaratdi. Arxeolog olimlarimizning O’rta Osiyo hududlarida olib borgan ilmiy ishlari shuni ko’rsatdiki, bronza davrida ovchilik va termachilik ijtimoiy va iqtisodiy hayotda o’zining dastlabki rolini yo’qotib, aholining asosiy yashash manbai chorvachilik va dehqonchilik bo’lib qoldi.35 O’rta Osiyoda bronza davri ibtidoiy jamoa xo’jaligi ikki mintaqa bo’ylab rivojlanishda davom etdi. Uning janubiy-sharqiy va markaziy tumanlarida, jumladan , Janubiy Surxon vohasida va Zarafshon vohasida mil. avv. II minginchi yillardayoq sug’orma dehqonchilik ibtidoiy bronza davri jamoasi iqtisodining asosini tashkil etardi. Farg’ona vodiysining shimoliy- sharqiy tumanlarida, Toshkent vohasining daryo havzalarida, Qarshi vohasida o’troq dehqonchilik xo’jaliklari bronza davrining so’nggi bosqichlarida, mil. avv. I minginchi yillikning boshlarida tashkil topdi. Bu yerlar qadimgi