logo

JISMONIY MASHQLARNI ODAM ORGANIZMINING FUNKSIYALARIGA TA’SIRI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

43.013671875 KB
JISMONIY MASHQLARNI ODAM ORGANIZMINING
FUNKSIYALARIGA TA’SIRI
Reja:
1. Jismoniy mashqlarni qon tarkibiga ta’siri;
2. Jismoniy mashqlarni yurak-qon tomirlari faoliyatiga ta’sirni;
3. Jismoniy mashqlarni nafas tizimiga ta’siri;
4. Jismoniy mashqlarni ovqat hazm qilish tizimiga ta’siri;
5. Jismoniy mashq vaqtida energiya almashinuvi;
6. Jismoniy mashqlarni termoregulyasiyaga ta’siri;
7. Jismoniy mashqlarni siydik va ter ajrali;
8. Jismoniy mehnat vaqtida ichki sekretsiya va bezlarining ahamiyati; 1. Jismoniy mashqlar ni  qon tarkibiga ta’siri
Qon   tarkibi,   uning   fizik-kimyoviy   o‘zgarishlari   mushaklarning   faoliyatiga
bog‘liq.   Jismoniy   mashqlar   natijasida   qon   reaksiyasini   muvozanatlantiruvchi
barcha   fiziologik   mexanizmlar   ishga   solinadi.   Mushaklar   shiddat   bilan
ishlayotganda   qon   reaksiyasi   kislotali   (asidoz)   tomonga   siljiydi.   Masalan,   biron
masofaga yugurganda qonning faol pH reaksiyasi 6.95-ni tashkil etadi. Asta-sekin
yugurganda   pH   kamroq   o‘zgaradi   va   tez   vaqt   o‘tmasdan   bu   o‘zgargan   reaksiya
tiklanib darrov o‘z me’yoriga qaytadi.
Qon   reaksiyasining   bir   darajada   saqlaydigan   qobiliyati   zahiraviy   ishqor
ko‘rsatgichi   hisobidan   amalga   oshiriladi,   jismoniy   mashq   bilan   shug‘ullanadigan
kishilarda   shug‘ullanmaydiganlarga   nisbatan   10-15%   yuqori   turadi.   Jismoniy
mashqlar vaqtida qondagi sut kislota konsentratsiyasi 75-86 ml% (me’yorda 10-20
ml%)   ga   teng   bo‘ladi.   Qonning   yopishqoqligi   ham   jismoniy   mashqlar
davomiyligiga   qarab   o‘zgaradi,   uzoq   muddatli   mashg‘ulotlardan   keyin   10%   ga
oshadi.   Bu   o‘zgarishlar   asosan   qonning   shaklli   elementlari   miqdori   (eritrositlar,
leykositlar,   trombositlar)   o‘zgarganligi   bilan   ifodalanadi,   shu   sababli   qon
reaksiyasi kislotali tomonga siljiydi.
Jismoniy   mashqlar   natijasida     organizmda   ter   ishlab   chiqaruvchi   bezlar   va
buyraklar   orqali   ko‘p   miqdorda   suv   yo‘qotiladi.   Shuning   uchun   qonning
yopishqoqlik   xususiyati   oshadi   va   shu   sababli   yurak-qon   tomirlar   tizimining
faoliyati qiyinlashadi.
Mushak   ishlayotgan   vaqtda   qonda   leykositlar   miqdori
oshib,   miogen   leykositoz   kuzatiladi.   Uning   darajasi   jismoniy   tarbiyaning   turiga
bog‘liq ekanligini ilk bor A.Yegorov tomonidan o‘rganilgan.
Miogen   leykositozning   uch   fazasi   mavjud:   birinchi   faza   -   limfositar
leykositoz   deb   ataladi.   Qonda   leykositlar   miqdorining   oshib   ketishi   (10   ming   1
mm 3
  qonda)   va   limfositlarning   40-50   %   gacha   oshganligi   bilan   xarakterlanadi.
Ikkinchi   faza   ( birinchi   neytrofil   faza )   leykositlarning   umumiy   miqdori   12-18
minggacha   yetadi,   neytrofillarning   miqdori   esa   70-80   ga   oshadi;   shulardan   yosh neytrofillar   2   %   -ni,   tayoqchasimon   neytrofillar   esa   10-15%   ni   tashkil   qiladi,
ammo   limfositlarning   umumiy   miqdori   15-20%   gacha   va   eozinofillar   miqdori   1-
2% gacha kamayadi. Bu faza davomida ilikda qon ishlab chiqaruvchi a’zolarining
faoliyati kuchayadi, ulardan leykositlar ko‘p miqdorda hosil bo‘laveradi. Uchinchi
fazada   ( ikkinchi   neytrofil   faza )   qonda   leykositlarning   miqdori   yanada   oshib,
1mm 3
  qonda   20-50   minggacha   yetadi;   yosh   neytrofillar   3-4%   gacha,
tayoqchasimon neytrofillar 20-30% gacha oshadi, ammo limfositlarnning miqdori
3-10% gacha kamayadi, eozinofillar esa vaqtincha qonda yo‘q bo‘ladi.
Shunday   qilib,   shiddatli   jismoniy   mashqlar   natijasida   mushaklarning
funksional   faoliyati   o‘zgaradi.   Shu   bilan   birga   qon   tarkibida   ham   morfologik
o‘zgarishlar  kuzatiladi. Birinchi  navbatda miogen leykositozning limfositar fazasi
kuzatilib,   undan   keyin   birinchi   va   ikkinchi   neytrofil   fazalari   amalga   osha
boshlaydi.   Miogen   leykositoz   murakkab   ko‘pbosqichli   jarayon   hisoblanib,   uzoq
muddatli   va   tiklanuvchi   davrlardan   iborat.   Ba’zi   bir   ma’lumotlarga   ko‘ra,   uzoq
muddatli va shiddatli jismoniy mashqlardan keyin (masalan, marafon yugurishda)
leykositlarning   umumiy   miqdori   2-3   kecha-yu   kunduz   davomida   o‘z   me’yoriga
qaytmaydi.
Mushak   faoliyati   natijasida   qon   plastinkalari   (trombositlar)   miqdori   ham
oshadi.   Bu   miogen   trombositoz   deyiladi.  Trombositlarning   miqdori   ikki   va   hatto
undan   ham   ko‘proq   oshganligi   og‘ir   va   shiddatli   mushak   faoliyatidan   dalolat
beradi.
Trombositlarning umumiy miqdori nafaqat jismoniy faoliyat jarayonida, balki
jismoniy   mashqlardan   bir   necha   kun   o‘tgandan   keyin   ham   o‘z   me’yoriga
qaytmaydi.   Jismoniy   mashqlar   davomida   trombositlar   miqdorining   oshmasligi,
qonning   ivish   jarayoniga   ta’sir   yetkazib,   uni   tezlashtiradi.   Buni   sportchilarda
marafon yugurish va boshqa sport turlari bilan shug‘ullanganda kuzatish mumkin.
Miogen leykositoz, miogen trombositoz hamda qon ivish vaqtining kamayishi
himoyalanuvchi   ahamiyatga   ega.   Bu   biologik   mantiqiy   jarayonlar   hisoblanadi,
chunki   mushak   faoliyati   natijasida   paydo   bo‘lgan   funksional   o‘zgarishlar
organizmning himoyalash reaksiyalariga qaratilgan biologik reaksiyadir. 17.2. Jismoniy mashqlarni yurak-qon tomirlari faoliyatiga ta’siri
Jismoniy   mehnat   uchun   kerakli   energiya   organik   moddalarning   oksidlanishi
natijasida   hosil   bo‘ladi.   Shuning   uchun   jismoniy   mehnat   vaqtida   organizmning
kislorodga bo‘lgan ehtiyoji keskin ortadi. Kislorodning qon orqali tashilishi sababli
ish   paytida   faol   a’zolarning   qon   bilan   ta’minlanishi   (skelet   mushaklari,   yurak)
oshishi kerak. Bu asab va gumoral yo‘llar bilan boshqariladigan yurak-tomir tizimi
faoliyatining kuchayishi va shu bilan birga kislorod ehtiyojini qoniqtirish natijasida
amalga   oshiriladi.   To‘qimalarni   qon   bilan   ta’minlash   jarayoni   ishdan   oldinroq
(start oldidan) boshlanadi. Bo‘lajak jismoniy ish haqida kishining fikrlashi, yurak-
tomir   va   mushaklarning   bajariladigan   ishga   tayyorgarligi,   ular   faoliyatining
bajariladigan   ishga   nisbatan   o‘zgarishi   reflektor   yo‘li   orqali   yuzaga   chiqadi.
Bunday   funksional   qayta   qurish   bosh   miya   yarim   sharlari   po‘stlog‘i   va
gipotalamusdan   kelayotgan   asab   impulslari   orqali   o‘tadi   bu   faoliyatning   asosida
tashqi va ichki muhitdan ta’sir ko‘rsatuvchi turli ta’sirlovchilarga javoban shartsiz
va shartli reflekslar mexanizmlari yotibdi.
Jismoniy ishga tayyorgarlik (start oldi) vaqtida simpatik asabning markazlari
qo‘zg‘aladi,   buyrak   usti   bezining   faoliyati   oshib,   yurak   faoliyatini   kuchaytiradi,
qonni   qayta   taqsimlash   jarayonini   o‘zgartiradi   va   arterial   qon   bosimi   oshadi.
Organizmning bu reaksiyalari jismoniy ish uchun tayyorgarlik davri bo‘lib, skelet
mushaklari, yurak va o‘pka qon aylanishini kuchaytiradi.
Ishning   boshida   qon   aylanishi   boshqariluvida   qo‘shimcha   reflektor,   gumoral
va   jismoniy   omillar   ishga   solinadi.   Bosh   miya   po‘stlog‘i   tomonidan   harakat
a’zosiga   asab   impulslari   yuboriladi,   shu   bilan   birga   vegetativ   asab   tizimi   o‘z
ta’sirini  o‘tkazadi.  Buning   natijasida  simpatik   asab  markazlari   qo‘zg‘aluvchanligi
yanada   ham   oshadi,   parasimpatik   (adashgan)   asab   markazlar   qo‘zg‘aluvchanligi
esa   keskin   susayadi.   Shu   vaqtning   o‘zida   ishlovchi   mushaklar   arteriolalari   va
kapillyarlari   kengayadi,   hozirgacha     mehnat   jarayoniga   jalb   bo‘lmagan   katta   va
kichik   qon   tomirlari   ishga   solinadi,   ya’ni   mahalliy   qon   aylanish   jarayoni   to‘liq ishga   solinadi.   Biroq   ishlovchi   mushaklar   qon   tomirlarining   kengayishi   bilan   bir
qatorda qorin bo‘shlig‘ida joylashgan va mehnat jarayonida sust  ishtirok etadigan
a’zolar qon tomirlari torayadi.
Yurak–tomir   faoliyatining   mehnat   vaqtida   o‘zgarishi   reflektor   yo‘l   bilan
amalga   oshiriladi,   asab   impulslari   harakat   a’zosining   proprioreseptorlari   va
xemoreseptorlardan   kelib,   qon   va   boshqa   to‘qimalarda   hosil
bo‘lgan   turush   moddalar borligidan xabar beradi.
Jismoniy mehnat vaqtida yurak mushagi qisqarish qobiliyati oshgani sababli,
yurakning   sistolik   qon   hajmi   ortadi.   Shiddatli   jismoniy   mehnat   natijasida   sistolik
qon   hajmi   bir   daqiqada   120-140   ml,   yurak   qisqarish   tezligi   200   gacha   va   undan
ham   ko‘proqqa   yetadi.   Daqiqali   qon   hajmi   25-30   l   gacha,   qonning   skelet
mushaklariga quyilishi 22-25 l   gacha oshadi.
Jismoniy   chiniqqan   odamning   yuragi   morfo-fiziologik   jihatdan   bir   qator
ijobiy   xususiyatlarga   ega   bo‘ladi.   Masalan,   miokardda   qon   aylanishining
kuchayishi,   uning   oziq   moddalar   va   kislorod   bilan   ta’minlashining   yaxshilanishi
natijasida   mushak   tolalari   yo‘g‘onlashadi,   yurak   devori   qalinlashadi,   uning
klapanlari   mustahkamlanadi   va   hajmi   kattalashadi.   Bu   o‘zgarishlar   natijasida
yurakning   qisqarish   kuchi   ortadi.   Yurak   mushagi   qanchalik   kuchli   bo‘lsa,   vaqt
birligi ichida u tomirlar tizimiga shunchalik ko‘p qon chiqarib beradi.
Jismoniy   mashq   bajarganda   yuragining   sistolik   hajmi   120-   140   ml   gacha
ko‘payadi   (tinch   holatda   65-70   ml   bo‘ladi).   Yuralaiing   daqiqali   hajmi   25-30
litrgacha ko‘payadi (tinch holatda 5 1). Yurakning qisqarish tezligi (puls soni) 150-
200   martagacha   ortadi   (tinch   holatda   70   marta).   Yuralc   faoliyatining   kuchayishi,
undan arteriya tomirlariga chiqariladigan qon miqdorining ortishi, organizmda qon
aylanishining tezlashuvi barcha to‘qimalar hamda yurak mushaklari oziq moddalar,
garmonlar, vitaminlar, kislorod bilan ta’minlashini yaxshilaydi.
Shuni   ta’kidlash   kerakki,   yurak-qon   tomir   tizimini   jismoniy   mashqlar   bilan
shug‘ullanib,   chiniqtirish   asta-sekin   olib   borilishi   zarur.   Chiniqishning
boshlanishida   jismoniy   mashqlar   hajmi   kam   bo‘lib,   asta-sekin   ko ‘paytirilishi
kerak. Fox   E.L.,   Bovers   R.N.,   Foss   M.   (1993)larning   fikrlariga   ko’ra   jismoniy
mehnat,   sport   mashqlari   bajarganda   yurakning   qisqarib-kengayish   soni
mashg‘ulotning  sekin  yoki  tez  bajarilishiga   ko‘ra  bir  daqiqada   100  martadan   200
martagacha   ko‘payishi   mumkin.   Demak,   uning   daqiqali   hajmi   ham,   tinch
holatdagiga   nisbatan   1,5-3   marta   ortishi   mumkin.   Jismoniy   mehnatda   chiniqqan
sportchilarda  mashq   bajargan   vaqtda   yurakning   sistolik   hajmi   65   -   70  ml   o‘rniga
100-150 ml  gacha  ortadi  va bir  daqiqada yurakning qisqarib-kengayish soni  100-
200 martaga yetadi, ya’ni ularda yurakning daqiqalik hajmi 15-30 1. gacha ortishi
mumkin.   Chang‘i   sportida   8   soat   davomida   100   km   masofani   bosib   o‘tgan
sportchining yuragi 35 tonna qonni arteriya tomirlariga haydaydi.
Jismoniy   mehnat   vaqtida   yurak   qisqarganda   qon   chap   bo‘lmadan   aortaning
yoyiga   faqat   haydalish   fazasida   chiqadi.   Tinch   holatda   bo‘lgan   odamning   qon
harakati   tezligi   haydalish   fazaning   boshlarida   100   sm/soniyadan   ko‘proq   bo‘ladi.
Yurakdan   uzoqlashish   bilan   oqish   tezligining   o‘zgarish   amplitudasi   asta-sekin
kamayadi.   Qonning   hajmi   tezligi   qon   harakatining   miqdori   gavdaning   turli
a’zolarida turlicha bo‘lib, shu a’zoda tomirlar to‘ri qanchalik rivojlanganligiga va
organizmning   ishiga   bog‘liq.   A’zolar   ishlayotganda   tomirlari   kengayadi,   ulardagi
qarshilik   kamayadi.   Tomirlarning   bunday   mahalliy   kengayishi   qonning   umumiy
bosimini   kam   o‘zgartirgani   uchun   ishlayotgan   a’zo   tomirlaridagi   qonning   hajm
tezligi ortadi.
Aorta   va   yirik   arteriyalar   qon   harakati   yurak   qisqarishiga   qarab   o‘zgarib
turadi.   Qon   oqishning   o‘rtacha   chiziqlik   tezligi   aortada   40   sm/soniya   yurakdan
otilib   chiqadigan   qon   miqdori   oshganda   qon   oqishining   chiziqlik   tezligi   100
sm/soniyadan ham oshib ketishi mumkin.
Qon   oqishining   o‘rtacha   tezligi   tomirlarning   ko‘ndalang   kesimiga   teskari
proporsional   bo‘lganidan   bu   tezlik   periferik   arteriyalarda   ancha   past,   20-30
sm/soniya, oxirgi arteriya va arteriolalarda juda kamayib ketadi (17.1-jadval).
17.1-jadval Odam qon tomirlari tizimining turli qismlarida hajm, qon bosimi va qon
harakatining tezligi
Tomirlar Hajm, ml Bosim, s.u.mm Tezlik sm/soniya
Aorta 100 100 40
Arteriyalar 300 100-40 40-10
Arteriolalar 50 40-30 10-0,1
Kapillyarlar 250 30-12 0,1
Venulalar 300 12-10 0,3
Venalar 2200 10-5 0,3-0,5
Kovak vena 300 2 5-20
Mashq qilib yurgan kishilarda sistolik hajmning ortishiga sabab shuki, yurak
mushagi rivojlangan bo‘ladi, binobarin, yurakning qisqarish kuchi ham oshadi. Bu
17.2-jadvaldan ko‘rinib turibdi
17.2-jadval
Mashq qilish natijasida pulsning, sistolik va daqiqalik hajmning o‘zgarishi
(kishi tinch turganda)
  Puls Sistolik
hajm
(ml) Daqiqa-
lik hajm
(l) Bir
soatlik
hajm (l) Bir kecha-
kunduzlik
hajm (l)
Mashq qilishdan oldin 77 62 4,8 288,0 6912
Muntazam   mashq   qilishdan
keyin 55 103 5,65 339,0 8136
Mushaklarga zo‘r keladigan ishda mashq qilgan kishining yurak urishi bir oz
tezlashgani   holda   qonning   sistolik   hajmi   oshadi   va   shuning   hisobiga   yurakning
daqiqalik   hajmi   ko‘payadi;   mashq   qilmagan   kishilarda   esa   sistolik     hajmi   sal
oshgani holda yurak tez-tez urib, daqiqalik hajmi shuning hisobiga ortadi. Mashq qilgan kishilarda qonning kislorod sig‘imi ko‘payadi, qon reaksiyasi u
qadar   o‘zgarmaydi  va  hokazo.   Mashq   qilish  markaziy  asab   tizimining  faoliyatiga
bevosita   bog‘liq.   Harakat   qilishga   doir   ko‘nikmalar   ixtiyoriy   harakatlardir,   shu
tufayli   ular   bosh   miya   po‘stlog‘ining   shartli   reflektor   faoliyatiga   asoslanadi.
Yuqorida   tasvir   etilgan   o‘zgarishlarning   hammasi   ham   bosh   miya   katta   yarim
sharlari   po‘stlog‘ining   faoliyatiga   bog‘liq.   Mashq   qilish,   chidamli   bo‘lish,
organizmni   chiniqtirish,   mushaklarni   unumli   ishlatishning,   shuningdek,   sabot-
matonat hosil qilishning birdan-bir usulidir.
3. Jismoniy mashqlarni nafas tizimiga ta’siri .
Yuqorida   aytib   o’tganimizdek   odam   atmosfera   hafosidan   nafas   oladi.   Uning
tarkibiga   quyidagi   gazlar   kiradi;   O
2 -20·94%,   CO
2 -0·03%,   N-79·03%.   Nafas
chiqaradigan   havo   tarkibiga   esa   O
2 -16·3%,   CO
2 -4%,   N-79·7%   kiradi.   Nafas
chiqaradigan   havosi   tarkibi   o‘zgaruvchan   bo‘lib,   moddalar   almashinuvining
intensivligi, nafasning tezligi va chuqurligiga bog‘liq. Bunga organizmga kiradigan
va chiqadigan havoning solishtirma tarkibi ham dalolat beradi.
Alveolyar   havosining   tarkibi   atmosfera   havosi   tarkibidan   keskin   farq   qilishi
tabbiy   holdir,   chunki   nafas   olingan   havo   alveolalari   va   qon   orasida   gazlar
almashinuvida   ishtirok   etadi.   Buning   natijasida   kislorod   qonga   va   qondan   esa
karbonat   angidrid   muntazam   diffuziya   bo‘lib   turadi.   Oqibatda,   alveolyar   havo
tarkibida   kislorodning   miqdori   kamayib,   karbonat   angidrid   gazining   miqdori   esa
ortadi. Shu vaqtning o‘zida alveolyar havoning tarkibi quyidagicha ko‘rinadi: O
2 -
14·2-14·6%, CO
2 -5·2-5·7% va N-79-80%.
Nafasning   asosiy   vazifasi   organizmga   kislorod   yetkazib   berish   va   karbonat
angidridni   chiqarib   tashlash   bo‘lganidan   u   birinchi   navbatda,   moddalar
almashinuvining   shiddatiga   qarab   o‘zgaradi.   Organizm   tinch   turgan   vaqtda   nafas
olish sekin va yuzaki, ish qilganda esa chuqur va tez bo‘ladi.
Jismoniy   ish   va   sport   bilan   shug‘ullanganda   kislorod   iste’mol   qilish   bir
daqiqada   100   ml   ortganda   qonning   daqiqalik   hajmi   taxminan   800-1000   ml ko‘payishi     aniqlangan. Odam tinch turganda kislorod iste’mol qilish bir daqiqaga
250-300   ml   ga,   ish   vaqtida   esa   4500-5000   ml   ga   yetishi   mumkin.   Jismoniy   ish
vaqtida   sistolik   hajm   uch   hissa   (70   dan   200   ml   gacha),   yurakning   qisqarishlar
chastotasi  2  va  hatto  3  baravar   ortgani  (daqiqaga  70  dan   150  gacha  va  hatto  200
martagacha urgani) uchun ham shunchalik ko‘p kislorod tashib berilishi mumkin.
Jismoniy   mashqlar   va   jismoniy   ish   vaqtida   qon   hujayralarining   qon
depolaridan   chiqishi   va   terlash   tufayli   qondagi   suv   kamayishi,   buning   natijasida
esa   qonning   quyuqlanishi   va   gemoglobin   konsentratsiyasining   ko‘tarilishi,
binobarin, qonning kislorod sig‘imi ortishi uning kislorod tashishini oshiradi.
Jismoniy   ish   bajarilayotganda   o‘pka   ventilyatsiyasini   va   qonning   daqiqalik
hajmini   oshiradigan   sabablardan   biri   shuki,   to‘qimalarda   sut   kislotasi   to‘planib,
qonga o‘tib turadi. Ayni vaqtda qondagi sut kislotasi mushaklar tinch turgandagi 5-
22 m% o‘rniga 50-100 va hatto 200 m% ga yetishi mumkin. Sut kislotasi karbonat
kislotani   natriy   va   kaliy   ionlari   bilan   bog‘lanishdan   mahrum   qiladi,   shuning
natijasida   qondagi   karbonat   angidrid   tarangligi   oshib,   nafas   markazi   bevosita   va
refleks   yo‘li   bilan   qo‘zg‘aladi.   Zo‘r   berib   ishlayotgan   mushaklarga   kislorod
yetishmay   qoladi   va   sut   kislotasining   bir   qismi   parchalanishning   oxirgi
mahsulotlari   bo‘lgan   karbonat   angidrid   hamda   suvgacha   oksidlana   olmaydi,
shuning   uchun   mushaklar   bilan   ish   bajarilayotganda   sut   kislotasi   yig‘ilib   qoladi.
Bunday holatni R.Xill   (2004)  kislorod  qarzdorlik   deb ataydi. Mushaklar bilan juda
tez   ish   bajarilayotganda,   masalan,   sportchilar   g‘oyat   og‘ir   musobaqalarda
qatnashganda kislorod yetishmaslik holati bo‘ladi.
Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanadigan paytda mushaklardagi teri-mushak
reseptorlar   (proprioreseptorlar)ning   ta’sirlanishi   nafas   va   qon   aylanishini
kuchaytiradigan   signal   bo‘lib   qoladi.   Bu   vaqtda   nafas   olishning   har   qanday
kuchayishida shu reflektor komponent qatnashadi.
Mushaklar   bilan   bajariladigan   bir   ish   ko‘p   marta   takrorlanganda   mushak
proprioreseptorlarining   ta’sirlanishi   tufayli   nafas   olish   shartsiz   refleks   yo‘li   bilan
o‘zgarishidan   tashqari,   shartli   refleks   yo‘li   bilan   ham   kuchayadi   va   tezlashadi.
Nafas   olishning   bunday   moslashuvchi   o‘zgarishlari   odatdagi   ishni   bajarishdan oldingi   signallar   ta’sirida     paydo   bo‘ladi   va   ishning   bajarilishini   osonlantiradigan
o‘zgarishlarni,   ya’ni   to‘qimalarining   kislorod   bilan   ta’minlanishini,   kuchaytiruvchi
va   sut   kislotasining   to‘planishiga   to‘sqinlik   qiluvchi   reaksiyalar   kompleksini
vujudga keltiradi.
Shunday   qilib,   jismoniy   mashg‘ulotlar   vaqtida   mushaklar   ishlayotganda
birinchidan, organizmda ro‘y beruvchi kimyoviy o‘zgarishlar-karbonat angidrid va
almashinuvda   reflektor   ta’sirlar   o‘pka   ventilyatsiyasini   oshiradi.   Jismoniy   ish
bajarib o‘rgangan odamning nafas olishi jismoniy ish qilib o‘rganmagan odamning
nafas   olishidan   katta   farq   qiladi.   Jismoniy   ish   qilib,   sport   bilan   doimo
shug‘ullanadigan   kishilarda   o‘pka   ventilyatsiyasining   ko‘payishi,   asosan,   chuqur
nafas   olish   hisobiga   bo‘ladi.   Jismoniy   ish   qilib   o‘rganmagan   kishilarda   esa   nafas
olishning tezlashishi natijasida o‘pka ventilyatsiyasi oshadi.
4. Jismoniy   mashqlarni   ovqat   hazm   qilish   tizimiga   ta’siri
Jismoniy ish va jismoniy mashqlar natijasida modda va energiya almashinuvi
oshadi.   Organizmning   ovqatga   bo’lgan   ehtiyoji   ortib   hazm   tizimi   faoliyati
kuchayadi.   Ishtahaning   ortishi   me’da-ichak   yo’llarida   shira   ajralib   chiqish
jarayonini   faollashtirib,   organizmda   o’tayotgan   butun   hazm   jarayonlariga   ijobiy
ta’sir   yetkazadi.   Biroq   mushak   faoliyatining   hazm   bezlariga   ko’rsatadigan   ta’siri
hamma   vaqtda   ham   ijobiy   bo’la   olmaydi.   Ovqat   iste’mol   qilingandan   keyin
jismoniy   ish   bajarishi,   aksincha   hazm   a’zolari   faoliyatiga   salbiy   ta’sir   yetkazishi
ham mumkin; me’da-ichakda shira chiqaruvchi bezlarning faoliyati pasayib ketadi
va hatto tormozlanadi.
Hayvonlar   ustida   o’tkazilgan   tajribalar   shuni   ko’rsatadiki,   mushak   faoliyati
jarayonida   hazm   bezlarining   sekresiyasi   susayadi,   reflektor   yo’l   bilan   sekresiya
bo’ladigan hazm shiralarining ajralish jarayoni buziladi.
Jismoniy ish va jismoniy mashqlar paytida ovqat hazm qilish jarayonlarining
tormozlanishi   markaziy   asab   tizimida   hazm   markazlarining   tormozlanishi   bilan
bog’liq   bo’lishi   mumkin.   Bu   funksional   o’zgarishlar   markaziy   asab   tizimida qo’zg’algan   harakat   markazlariga   manfiy   induksiyaning   paydo   bo’lishi   bilan
asoslanadi.
Jismoniy mehnat paytida hazm jarayoniga tormozlovchi ta’sirot yetkazadigan
yana bir omil, bu qonni qayta taqsimlanishidir, buning natijasida hazm bezlarning
qonga   ehtiyoji   pasayadi   va   ularning   sekresiyasi   susayadi.   Shuning   uchun   ovqat
iste’mol qilingandan keyin darrov jismoniy mehnat bilan shug’ullanish man etiladi.
Sportchilar   bilib   olishlari   kerakki,   jismoniy   mashqlar   va   mushak   faoliyati
nafaqat   hazm   jarayonlariga   salbiy   ta’sir   ko’rsatadi,   balki   ovqatning   qayta   hazm
qilish   faolligiga   hamda   mushaklarning   harakat   faoliyatiga   halaqit   beradi.   Hazm
markazlarining qo’zg’alishi, qonning mushaklardan qorin bo’shlig’iga oqib borishi
jismoniy   mehnatga   salbiy   ta’sir   yetkazadi.   Bundan   tashqari,   me’dada   ovqatning
ko’p   yig’ilishi   diafragmani   ko’tarib   turadi,   bu   holatda   nafas   va   qon   aylanish
tizimlariga salbiy ta’sir yetkazadi. Shuning uchun ovqat iste’mol qilish va jismoniy
mashqlar   o’rtasidagi   muddat   2-2,5   soatni   tashkil   etishi   kerak.   Biroq   odam   ko’p
vaqt  bu qoidaga rioya qilmaydi. Buning uchun kishi  aniq  bilishi  kerakki,  ovqatni
iste’mol   qilish   va   jismoniy   mashqlarning   bajarilishi   o’rtasidagi   vaqt   bir   soatdan
kam bo’lmasligi kerak. 
Hazm   a’zolarining   faoliyatini   turli   sharoitlarga   moslanishi   odamning   turli
mehnat va sport  mashqlari  bilan bog’liq faoliyatini  yo’lga qo’yishlari  ahamiyatga
ega. Masalan, tashqi muhitning issiq harorati ovqat hazm qilish a’zolari faoliyatiga
salbiy ta’sir ko’rsatadi. O’zbekistonda yoz faslida havo harorati soya joyda +40-47 
gacha   ko’tariladi.   Bunday   sharoitda   organizm   a’zolari   faoliyati   keskin   o’zgaradi,
nafas olish va yurak urishi tezlashadi, ter ajralishi kuchayadi va hatto asab-mushak
faoliyatida   ham   o’zgarishlar   yuz   beradi.   Natijada   odam   organizmi   ko’p   suv
yo’qotadi, qon quyuqlashadi,  mushak-asab  qo’zg’aluvchanligi  o’zgaradi. Shuning
uchun issiq sharoitda odam organizmining chidamli bo’lishi, jismoniy mehnatning
unumdorligini oshirishi va turli sport turlari bo’yicha muvoffaqqiyatlarga erishish
uchun   organizm   adaptasiyasining   chora   tadbirlarini   o’ylab   topish   zaruriyati
tug’iladi.
Organizma qabul qiladigan oqsil miqdor bir kecha-kunduzda 90 g (lg/kg dan kam   emas),   yog’-110   g   va   uglevodlar   400   ga   yaqin   bo’lishi   shart,   Uglevodlar
ko’pchilik   sportchilar   organizmi   uchun   zarur   energiya   manbandir.   Ularning
energiya   hosil   qilishidagi   hissasi   50%   kaloriyadan   kam   bo’lmasligi   kerak.
Chidamlilikni   talab   etuvchi   sport   turlari   bilan   shug’ullanadigan   sportchilarda   bu
ko'rsatkich 55-65% boMishi kerak.
Har   qanday   inson   kabi   sportchilaming   ovqatlanish   ratsionida   yog’lar   30%
bo’lishi   kerak,   u   salomatlik   holatini   yaxshilaydi,   kasalliklar   rivojlanishining   oldini
oladi va optimal sport faoliyatiga imqon yaratadi. Mushak faoliyatida asosan yog*
va uglevodlar, kam miqdorda oqsildan foydalaniladi.
Hozirgi   vaqtda   sportchilar   tomonidan   oqsilning   ko’p   miqdorda   iste'mol
qilinishi isbotlanmagan, Oqsilning haddan ortiq qabul qilinishi salomatlikka salbiy
ta'sir   qilishi   mumkin,   chunki   foydalanmagan   aminkislotalami   chiqarishi   zarur
bo‘lgan   buyraklar   zo’riqishi   oshadi.   Ko’pgina   sportchilar   organizmiga   umumiy
kaloriyasi taomning 12-15% ini oqsil tashkil etsa kifoya qiladi.
Suvga bo’lgan zarurat miqdori odatiy 2-2,5 litrni tashkli etadi, lekin jismoniy
faoliyat   davomiyligi   va   atrof-muhit   harakatiga   bevosita   bog’liq.   SHuni   alohida
ta'kidlash joizki, musobaqa vaqtida marafonchi mushaklarida 2-3 soat mobaynida
500 ml ga yaqin suv to’planadi.
A.Vanderning   (1193)   fikrida   ko’ra,   organizm   suvsizlanganda,   ya'ni   yuqori
haroratli   40°S   muhitda   uzoq   vaqt   davomida   (bir   necha   soat)   suv   zaxirasini
to’ldirmay   yugurish   YUQCH   ning   keskin   oshishi   kuzatiladi.   Suyuqlik   iste'mol
qilmagan  sportchilar  tez  toliqib  6 soatlik  jismoniy faoliyatni  yakimlay olishmaydi.
Tana   massasi   yo’qotgan   miqdorga   nisbatan   etarlicha   suv   yoki   fiziologik   suyuqlik
qabul   qilish   degidratatsiya   va   YUQCH   oshishining   oldini   oladi.   Issiq   ichimliklarni
tana haroratiga teng iste'mol qilish ham organizmni qizib ketishidan himoya qiladi,
shu bilan birgalikda yaxna ichimliklar tananing sovushi jarayonini tezlashtiradi.
Shubhasiz,   organizm   suv   zaxirasini   toidirish   juda   muhim,   lekin   haddan
tashqari  ko’p  suyuqlik  iste'mol  qilish  salbiy oqibatlarga  olib  kelishi  ham  mumkin.
So’nggi   bir   neeha   yillar   davomida   sportning   tsiklik   turi   bilan   shug’ullanadigan sportchilarda   giponatriemiya   (natriy   miqdorining   keskin   kamayishi)   kuzatilgan.
Klinik   nuqtai   nazardan   giponatriemiya   qonda   natriy   miqdorining   me'yoriy
holatdan   pastligi   -   136-143   mmolYl   bilan   ifodalanadi.   Giponatriemiya   belgilari
bosqichma-bosqich ko’rinadi: holsizlik, epileptik tutqanoq va koma.
Marafonehilar   terlab   3-5   1   suyuqlik   yo’qotadi,   2-3   1   suv   iste'mol   qilib   qon
plazmadagi   natriy,   xlor   va   kaliyning   me'yoriy   qontsentratsiyasini   o’shlab   turadi.
Issiq   ob-havoda   kuniga   25-40   km   uzoq   masofaga   yuguruvehilar   taomlarni   tuzsiz
iste'mol   qilsa   organizmda   elektrolitlar   etishmochiligini   his   qilmaydi.
elektiolitlaming   normal   me'yoriy   8   kun   mobaynida   har   kuni   3-4   1   miqdorda
terlashda   atigi   30%   kaliy   iste'moli   etarli   hisoblanadi.   Giponatriemiya   juda   uzoq
masofaga yugurish (42 km dan ortiq)da hosil bo’lishi mumkin.
Musobaqalar   davrida   musobaqadan   ikki   soat   oldin   ovqatlanish   maqsadga
muvofiqdir. Uning kaloriyaligi 200-250 kkal dan oshmasligi bo’lishi mumkin. Bular
donli mahsulotlar sharbatlar bo’lishi mumkin. Ular tez hazm bo’ladi va me'daning
o’ta to’lganligi hissini uyg’otadi. Ovqat hazm qilish intensivligi juda individual, shu
sababli   uni   iste'mol   qilish   vaqtini   kishini   oldingi   tajribalarga   asoslab   belgilash
zarur.   Suyuq   ovqat   musobaqagacha,   shuningdek,   musobaqa   davomida   alohida
tanaffuslar vaqtida iste'mol qilish tavsiya etiladi.
Musobaqa   boshlanishiga   bir   soat   qolganda   ovqatlanish   tavsiya   qilinmaydi.
Dastlabki   va   yakuniy   musobaqalarda   ishtirok   etadigan   sportchini   ovqatlantirish
judda   murakkab   holdir.   Bunday   sharoitda   yagona   mos   keluvchi   taom   tarkibida
ko’p   miqdorli   uglevod   va   biroz   yog’   bo’lgan   suyuq   ovqatdir.   Shuni   alohida
ta'kidlash   lozimki,   intensiv   jismoniy   faoliyat   70-80%   ga   yaqin   me'dadagi   ovqatni
parchalash intensivligini kamaytiradi.
5. Jismoniy mashq vaqtida energiya almashinuvi.
Jismoniy   mehnat   va   jismoniy   mashqlar   vaqtida   energiya   sarfi   bir   muncha
oshadi.   Shu   sababli   kecha-kunduzning   bir   qismini   jismoniy   mashqlar,   jismoniy mehnat   va,   umuman,   harakatda   o‘tkazadigan   sog‘lom   odamning   bir   kecha-
kunduzdagi energiya sarfi asosiy almashinuvdan ancha ortiq bo‘ladi. Bu energiya
sarfining   ortishi   ish   qo‘shimchasini   tashkil   etadi,   mushaklar   qancha   zo‘r   berib
ishlasa, ish qo‘shimchasi shuncha katta bo‘ladi.
Organizm   mushaklari   ishlaganda   issiqlik   energiyasi   va   mexanik   energiya
hosil bo‘ladi. Mexanik energiyaning ish bajarishi uchun ketgan barcha energiyaga
nisbatan foydali ish koeffisenti 16% dan 22% gacha bo‘lib, o‘rta hisobda 20% ga
teng,   biroq   ayrim   hollarda   esa   bundan   ham   ortiq   bo‘lishi   mumkin.   Foydali   ish
koeffisenti   bir   qancha   sharoitlarga   qarab   o‘zgaradi.   Masalan,   mashq   qilmagan
odamlarda   bu   koeffisent   mashq   qiluvchilardagiga   nisbatan   ancha   kam   bo‘lib,
mashq qilgan sayin ortib boradi. 
Chatteris   Ye.   (1193)   fikriga   ko’ra,   m ushaklar   qancha   zo‘r   berib   ishlasa,
energiya   sarfi   shunchalik   ortiq   bo‘ladi.   Masalan,   jismoniy   mashqlar   vaqtida,
energiya sarfi tananing   1 kg   vazniga 1 soatda 1 kkal bo‘lsa, odam tinch o‘tirganda
esa   energiya   sarfi   tananing   1   kg   vazniga   o‘rta   hisob   bilan   1,4   kkal   bo‘ladi;   ish
bajarmay, tik turilganda 1,5 kkal; yengil ish bajarilayotganda (idora xizmatchilari,
tikuvchilar, nozik ish bajaruvchi  mexaniklar, o‘qituvchilar) – 1,8-2,5 kkal; yurish
bilan bog‘langan  ozgina mushak  ishida  (shifokorlar,  laborantlar,  xat  tashuvchilar,
muqovachilar)-2,8-3,2   kkal;   o‘rtacha   og‘irlikdagi   mushak   ishi   bilan   bog‘liq
bo‘lgan   mehnatda   (metalchilar,   bo‘yoqchilar,   duradgorlar)   –   3,2-4   kkal   og‘ir
jismoniy   mehnatda   (binokor   ishchilar,   o‘t   o‘chiruvchilar,   yer   haydovchilar,
temirchilar   va   boshqalar)   –   5-7,5   kkal   energiya   sarflanadi   (Aganyans,   2005.,
Yaytchus, Vartanton, 1996).
Jismoniy   mehnat   va   jismoniy   mashqlar   vaqtida   energiya   sarfi   bir   muncha
oshadi.   Shu   sababli   kecha-kunduzning   bir   qismini   jismoniy   mashqlar,   jismoniy
mehnat   va,   umuman,   harakatda   o‘tkazadigan   sogiom   odamning   bir   kecha-
kunduzdagi energiya sarfi asosiy almashinuvdan ancha ortiq bo‘ladi. Bu energiya
sarfming   ortishi   ish   qo‘shimchasini   tashkil   etadi,   mushaklar   qancha   zo‘r   berib
ishlasa, ish qo‘shimchasi shuncha katta bo‘ladi. Organizm  mushaklar'i  ishlaganda  issiqlik   va mexanik  energiya hosil  bo‘ladi.
Mexanik   energiyaning   ish   bajarishi   uehun   ketgan   barcha   energiyaga   nisbatan
foydali   ish   koeffisenti   16%   dan   22%   gacha   bo‘lib,   o‘rta   hisobda   20%   ga   teng,
biroq   ayrim   hollarda   esa   bundan   ham   ortiq   bo‘lishi   mumkin.   Foydali   ish
koeffisenti   bir   qancha   sharoitlarga   qarab   o‘zgaradi.   Masalan,   mashq   qilmagan
odamlarda   bu   koeffisent   mashq   qiluvchilardagiga   nisbatan   ancha   kam   bo‘lib,
mashq qilgan say in ortib boradi.
Odamda energiya sarfi uning fiziologik holati va mushaklarning faoliyatiga 
bog‘liq. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, mushak faoliyati vaqtida energiya ko‘p 
sarflanadi. Energiya sarfining bunday o‘zgarishi ish qo‘shimchasini tashkil etadi 
va mushakning zo‘r berib ishlashi bilan bog‘liq ( 17.5.1. -jadval).
17.5.1.- jadval.
Tinch va jismoniy mashqlar vaqtida energiyaning sarfi
(R.O.Astrand (1986) bo’yicha
№ Organizmning holati, ishning
xususiyati Organizmning   1 kg   massasi uchun 1
daqiqa davomida sarf bo‘ladigan
energiya, DJ (kkal)
1.           Uyqu 65 (15,5)
2.           Yotib dam olish (uyqusiz) 77 (18,3)
3.           Aqliy mehnat (o‘tirib) 102 (24,3)
4.           Qattiq o‘qish 105 (25)
5.           50 m/daqiqada yurish 214 (51)
6.           16 km/soat yurish 299 (71,4)
7.           100 m/daqiqa uyda 457 (109)
8.           Chang‘ida yurish 499 (119)
9.           Suzish 499 (119)
10.                         8 km/soat yurish 649 (154)
11.                         140 m/daqiqa yurish va yugurish 756 (180,3)
12.                         60 m   ga yugurish 2715 (647,9) Uyquga nisbatan asta-sekin yugurgan vaqtda energiya 3 karra ko‘proq, yaqin
masofaga   chopishda   esa   40   karra   ko‘proq   sarflanadi.   Qisqa   muddatli   zo‘riqishda
energiya karbonsuvlarning oksidlanishi evaziga sarflanadi.
Uzoq muddatli mushaklar faoliyati oqibatida organizmda yog‘lar parchalanib,
uning   natijasida   zaruriy   energiyaning   80%   sarf   bo‘ladi.   Jismoniy   tarbiya   bilan
shug‘ullanadigan   kishilarda   mushaklar   qisqarishi   uchun   zarur   bo‘lgan   energiya,
yog‘lar oksidlanishi oqibatida hosil bo‘ladi.
Ovqat ratsionini tuzganda, unda yetarli miqdorda oqsil, karbonsuv va yog‘lar
bo‘lishini nazarda tutish lozim. Bu bilan birga bu moddalarning bir qismi hayvon
mahsulotlaridan bo‘lishi kerak.
Ovqat   moddalari   oksidlanganda   ajralib   chiqadigan   kaloriyalar   miqdori
organizmning sarf qilgan issiqligini qoplashi lozim.
Ovqatda   yangi   sabzavot   yoki   mevalar   bo‘lishi   shart.   Bular   asosiy   vitamin
manbalaridir.
Ovqatning o‘zlashtirilishi va shu kabilar hisobga olinishi lozim.
Ovqat   mazali   qilib   tayyorlanishi   kerak.   Ozoda   qilib,   chiroyli   dasturxon
yasash,   ovqatni   o‘xshatib   tayyorlash   ishtahani   ochadi,   hazm   a’zolarining   ishini
kuchaytiradi   va   ovqatning   yaxshiroq   hazm   bo‘lishiga,   binobarin,   yaxshiroq
o‘zlashtirilishga yordam beradi.
Sportchilar   toza   odatda   ovqatlarni   iste’mol   qiladi.   Bunday   ovqatlarda   oziq
moddalar   va   ovqatga   maza   kiritadigan   ekstrfaol   moddalar   ham   bo‘ladi.   Ovqatga
bunday maza kirituvchi moddalar go‘shtda va boshqa ba’zi bir mahsulotlarda ko‘p
bo‘ladi,   shuning   uchun   ham   go‘sht   sho‘rvasi   va   suyuq   osh   hazm   bezlariga   ta’sir
etib, ularning zo‘r berib ishlashiga sabab bo‘ladi.
Ovqat   ratsionini   to‘g‘ri   tuzish   uchun   muayyan   mahsulotlardagi   oqsillar,
yog‘lar   va   karbonsuvlarning   miqdorini   va   kaloriya   qimmatini   bilish   kerak.   2.4-
jadval turli mahsulotlarning tarkibi va kaloriya qimmati haqida tasavvur beradi.
Ko‘pchilik kishilar me’daga ovqat kirganda kelib chiqadigan to‘yish sezgisiga
ahamiyat   beradilar.   Me’da   oziq   moddalari   kam,   lekin   katta   hajmli   ovqat   bilan to‘lsa,   odam   o‘zini   to‘ydim   deb   his   qilishi   mumkin.   17.5.2.-jadvalda   keltirilgan
ma’lumotlarni hisobga olib, ilmiy asosda ratsion tuzish mumkin.
17.5.2. -jadval
Oziq-ovqatning kimyoviy tarkibi va kalorik ahamiyati.
 
 
Oziq-ovqatning nomi Kimyoviy     tarkibi     foiz     hisobida 	Kallorik qimmati
Azotli
moddalar
(oqsil   va
hokazo)  
 
Yog‘la
r  
 
Uglevodlar  
 
(Mineral
tuzlar)
Oriq mol go‘shti 20,57 2,01 - 1,21 80
Semiz mol go‘shti 18,38 21,40 - 0,99 214,0
Oriq cho‘chqa go‘shti 20,08 6,63 - 1,10 116,5
Semiz   cho‘chqa
go‘shti 14,54 37,34 - 0,72 328,5
Yog‘li qo‘y go‘shti 16,36 31,07 - 0,93 277,5
Tovuq go‘shti 19,84 5,10 1,07 1,14 107,5
Tovuq tuxumi 12,55 12,11 0,67 1,12 140,0
Jigar 19,38 4,65 2,08 1,56 109,0
Miya 9,00 9,30 - 1,10 117,0
Qizitilmagan
cho‘chqa yog‘i 11,04 68,35 - 4,81 647,0
Qaynatilgan kolbasa 14,15 14,96 4,01 2,83 208,5
Sosiska 12,81 13,67 - 3,28 170,5
Quriltilgan vobla 41,30 14,20 - 14,20 196,5
Qora donador ikra 25,99 16,31 - 4,34 250,5
Yangi karas 17,63 0,48 - 1,07 41,0
Karp 20,41 1,47 - 1,30 52,0
Tuzlangan seld 18,43 14,48 - 13,88 129,0
Yangi sudak 19,46 0,28 - 1,04 44,0
Yog‘li sigir suti 3,39 3,68 4,94 0,72 65,5
Echki suti 3,81 4,19 4,14 0,79 68,5
Quyuq sigir suti 10,47 10,07 51,02 2,0 337,5 Qaymoq 3,01 22,62 4,30 0,64 240,5
Smetana 4,34 26,23 1,72 0,56 256,0
Golland   siri
(pishlog‘i) 25,77 31,53 2,7 6,05 360,5
Yog‘siz tvorog 14,58 0,59 1,16 1,16 68,0
Sariyog‘ 1,07 86,57 0,60 1,16 787,5
Eritilgan sariyog‘ - 98,12 - 0,22 885,0
Mannaya krupa 9,43 0,94 75,92 0,40 342,2
Grechixa uni (krupa) 12,86 2,83 64,71 2,13 314,0
Sok 12,29 2,19 65,65 2,13 273,0
Oq guruch 8,13 1,29 75,50 1,03 331,5
Javdar noni 7,84 0,73 43,70 1,55 187,6
Eng   yaxshi   bug‘doy
noni 6,81 0,54 57,80 0,88 258,0
O‘gra va makaron 10,88 0,62 75,55 0,64 384,5
Ko‘k no‘xat 25,78 3,78 52,99 2,89 284,0
Yangi kartoshka 2,14 0,22 19,56 0,98 62,5
Sabzi 1,18 0,29 9,06 1,03 30,02
Yangi karam 1,83 0,18 5,05 1,18 19,5
Yangi bodiring 1,09 0,11 2,21 0,46 9,5
Salat 1,58 0,22 2,38 0,90 12,0
Ismaloq 3,71 0,50 3,61 2,00 22,0
Pomidor 0,95 0,19 3,99 0,61 15,0
Yangi qo‘ziqorin 5,39 0,40 5,12 0,95 28,0
Yangi olma 0,40 -- 12,13 0,42 41,5
Yangi uzum 1,01 -- 15,21 0,48 53,0
Mayiz 2,52 0,59 69,66 1,66 242,0
Yangi o‘rik 1,16 - 11,01 0,56 37,5
Limon 0,74 - 10,93 - -
Qovun 0,84 0,13 6,35 0,52 24,0
Tarvuz 0,72 0,06 4,13 0,28 16,0
Yangi qulupnay 0,59 0,45 6,24 1,82 23,6
O‘simlik   yog‘lari:
kungaboqar,   zig‘ir,           paxta yog‘i. - 99,50 - - 879,0
Yong‘oq (mag‘izi) 13,80 48,17 10,69 1,36 460,0
Lavlagi qandi (shakar)  
-  
-  
99,48  
0,40  
387,5
Tabiiy asal 1,42 - 79,89 0,24 315,0
Shokolad 6,27 22,20 63,39 2,26 427,5
Karam sho‘rva 15,9 5,26 13,73 - 196,0
Go‘shtsiz   karam
sho‘rva  
4,0  
0,3  
9,0  
-  
56,0
Bulyon 0,3 0,3 - - 4,0
Shavla 4,7 3,4 14,3 - 109,0
Kartoshka pyuresi 2,8 3,2 18,8 - 118,0
6. Jismoniy mashqlarni termoregulyatsiyaga ta’siri
Jismoniy   mashqlar   va   jismoniy   mehnatda   kishi   ayniqsa,   ko‘p   terlaydi.   Juda
og‘ir   jismoniy   mehnatda   odamning   kuniga   9   l   gacha   ter   chiqarishi   va   shu   tariqa
terni bug‘lantirish yo‘li bilan 5000 gacha kkal yo‘qotishi aniqlangan.
Jismoniy mehnat vaqtida issiqlikning hosil bo‘lishi va chiqarilishi ortadi. Tana
haroratining   salgina   (1 0
C   )   oshishi   mushaklar   va,   umuman,   organizm   faoliyatini
yaxshilaydi.   Haroratning   oshishi   markaziy   asab   tizimida   joylashgan
termoregulyatsiya   markazlarini   qo‘zg‘atadi,   natijada   yurak-tomir,   nafas   hamda
to‘qimalarda   oksidlanish   jarayonlari   kuchayadi.   Haroratning   salgina   ko‘tarilishi
organizmni   «o‘lik   nuqtadan»   chiqarib,   «ikkinchi-nafas»ning   boshlanishi   uchun
asos bo‘ladi (Shepard, 1982; Chatterje, 1993).
Mushaklar   ish   bajarishda,   jumladan,   jismoniy   mashqlar   bilan
shug‘ullanganda, organizmda issiqlikning boshqarilishi uchun zarur bo‘lgan shartli
reflekslar   hosil   bo‘ladi.   Masalan,   start   oldi   davrida   tana   haroratining   salgina
oshishi organizmni kelayotgan jismoniy mashqlarni bajarilishiga tayyor qiladi. Tashqi   muhit   harorati   va   namligi   qanchalik   yuqori   bo‘lsa,   hamda
bajariladigan jismoniy mashqlarning muddati qanchalik cho‘ziladigan bo‘lsa, tana
harorati   o‘shancha   oshadi.   Lekin   organizmning   bu   reaksiyasi   cheklangan   bo‘lib,
normotermiya diopazoniga qoladi.
Ba’zan   shiddatli   sport   mashqlari   bajarilganda,   issiqlikning   tarqalishi   uning
hosil   bo‘lish   jarayonidan   orqada   qoladi,   kechikadi.   Buning   oqibatida   organizm
harorati   38,5-39,5 0
C   gacha   va   hatto   undan   ham   ko‘proq   ko‘tariladi.   Buning
natijasida   markaziy   asab   tizimi   faoliyati   pasayadi,   shu   sababli   organizmning
boshqa   funksional   tizimlarida   ham   ma’lum   o‘zgarishlar   kuzatiladi.   Tana
haroratining yanada ko‘tarilishi (39 0
C) isitmaga sabab bo‘ladi.
Yuqori   namlik   sharoitda   uzoq   muddatga   yugurish,   velosiped   poygalarida,
futbol   o‘yinida   va   boshqa   turdagi   sport   o‘yinlarida   harorat   yuqori   bo‘lmagan
vaqtda   ham   (20-25 0
C)   isitma   kuzatiladi.   Shuning   uchun   sportchilarda   isitma
hodisasi  ro‘y bermasligi  uchun faqat  muhit  haroratini, balki  uning namligini  ham
nazarda tutish zarur.
Termoregulyator   mexanizmlar   rivojlanishi   darajasiga   ko’ra   organizmlar   uch
guruhga   bo’linadi:   1)   poykiloterm   organizmlar   (o’zgaruvchan)   tana   haroratini   bir
xil ushlab turolmaydi, chunki ular kam miqdorda issiqliklik ishlab chiqarishida; 2)
geteroterm   organizmlar   -   o’rtacha   vaziyatda   joylashgan,   ularning   tana   harorati
anchagina o’zgaruvchan. Misol  uchun, yozgi  va qishki  uyquga ketuvchilar uchun
bu   harakaterlidir;   3)   gomoyoterm   organizmlarga   inson   kiradi,   tana   harorati
muntazam bo’lib, lco’p miqdorda issiqlik ishlab chiqaradi. Muntazam tana harorati
atrof-muhit haroratidan qat'iy nazar, yuqori darajali hayotiy faoliyatni ta'minlaydi.
Lekin inson tanasining «Yadro» deb atalgan ichki qismi barqaror (36,6°S) haroratli
bo’ladi. Atrof-muhitning qulay haroratida inson terisining ochiq qismining harorati
33-34°Sga, qo’ltiqosti harorati 36,0-36,9°S ga teng.
Termoregulyatsiya issiqlik chiqarish va issiqlik o’zatish intensivligi o’zgarishi
yordamida amalga oshiriladi.
Oziq-ovqat   moddalarining   metabolizmi   jarayonida   organizmdan   ajralib
chiqariladigan   deyarli   barcha   energiya   oxir-oqibat   issiqlikga   aylanadi.   Bu   o’z navbatida mushak qisqarishiga sabab bo’ladigan energiyaga ham bog’liq. 20-25%
issiqlik energiyasining asosiy qismi mushak va bo’yin harakati qarshiligini engish
uchun   qo’llaniladi.   Undan   tashqari,   energiya   nafas   olish   va   yurak   mushaklari
qisqarishiga ham sarflanadi. Agar yaxshi shug’ullangan sportchi organizm kislorod
qabul   qilishi   20   barobarga   oshishi   hisobga   olinsa,   tanadan   chiqayotgan   issiqlik
miqdori   kislorod   iste'moliga   proportsional   bo’ladi.   Uzoq   muddatli   sport
musobaqalarida   ishtirok   davomida   organizmdan   qanchalik   lco’p   issiqlik   ajralib
chiqishini   tasavvur   qilish   mumlcin.   Bundan   tashqari,   issiqlik   namchil   kunda
sportchida   issiqlik   almashinuvi   pasayishi   natijasida   organizmning   qizib   ketishi   -
oftob   urishi   kuzatiladi,   lekin   e'tiborsizlik   qilinganda   o’lim   bilan   tugallanishi
mumkin.
Atrof-muhitning normal sharoitlarida ham uzoq muddatli musobaqalar vaqtida
sportchi   tana   harorati   40°S   dan   tez-tez   ko’tarilib   turadi.   Harorat   isisqlik
almashinuvi   pasayishi   sharoitida   va   tana   haroratining   oshishi   natijasida
biokimyoviy reaktsiyalar tezlashishida 41-42°S gacha ko’tarilishi mumkin. Harorat
ko’tarilishing o’zi to’qima hujayralari, ayniqsa miya hujayralari faoliyatini buzadi.
Bu   vaziyatda   ko’p   sonli   sipmtom   (belgi)lar:   haddan   ortiq   zaiflik,   toliqish,   bosh
og’rigi,   bosh   aylanishi,   kungil   aynishi,   terlash,   ko’z   oldi   qorong’ilashishi,
muvozanatsiz   qadam   tashlash,   o’tlcir   qon-tomir   etishmovchiligi   (kollaps)   va
hushni   yo’qotish   kuzatiladi.   Agar   inson   jismoniy   faoliyatni   to’xtatsa   ham   harorat
o’z-o’zidan pasayishi mumkin emas. CHunki, yuqorida aytib o’tilgandek, tananing
yuqori   harorati   barcha   hujayralar   tarkibida   kimyoviy   reaktsiyalar   tezligini   ilcki
barobar oshiradi.
Oftob urishini davolash uchun tezkor choralar tana haroratini istalgan uslubda
pasaytirishdir. Eng samarali chora-odam kiyimini to’liq echib olish zarur, tananing
barcha  yuzasidan   sovuq  suv   quyish  yoki  inson   tanasini  sovuq   suv  bilan  artish  va
ventilyator   yordamida   shamollatish   yaxshi   yordam   beradi.   Tajribalarga   binoan
ushbu choralarning o’zi jabrlanuvchi uchun etarlidir.
7. Jismoniy mashqlarni siydik va ter ajralishiga ta’siri Jismoniy   mehnat   va   jismoniy   mashqlar   moddalar   almashinuvi   jarayonlariga
ta’sir   etib,   ularni   kuchaytiradi.   Jismoniy   ish   vaqtida   tana   haroratining   fiziologik
me’yorida   saqlanishi   uchun   ortiqcha   issiqlikni   organizmdan   chiqarish   asosan
terlash   orqali   bo‘ladi.   Bundan   tashqari   mushak   faoliyatida   moddalar
almashinuvining   qator   mahsulotlari:   sut   kislotasi,   karbonat   angidridi,   fosfor
kislota, kreatinin va boshqalar qonga o‘tadi.
Ularning ba’zilari buyraklar va ter bezlari orqali organizmdan chiqariladi.
Jismoniy   mehnat   natijasida   organizmdagi   umumiy   qonning   bir   qismi
mushaklarga   oqishi   sababli   ichki   a’zolarga,   shu   jumladan,   buyraklarga   ham   qon
kelishi   kamayadi.   Bu   siydik   ajralishining   kamayishiga,   undagi   turli   moddalar
konsentratsiyasining   ortishiga   olib   keladi.   Siydikning   solishtirma   og‘irligi   ortadi,
reaksiyasi   o‘zgaradi.   Ayniqsa,   bajaraladigan   mushak   ishining   shiddati,   muddati,
og‘ir-yengilligi va boshqa omillar siydik tarkibi va reaksiyasining o‘zgarishiga har
xil   ta’sir   ko‘rsatadi.   Masalan,   adrenalin   gormoni   ta’sirida   glikogen
parchalanishining kuchayishi bilan qonda glyukoza miqdori me’yoridan ortganida
siydik tarkibida glyukoza paydo bo‘ladi.
Jismoniy mehnat  bajarishda  siydik tarkibida sut  kislotasining  miqdori  ortadi.
Ayniqsa,   suv   muhitda   yuqori   tezlikdagi   og‘ir   ishlarni   bajarishda   malpigiy
koptokchalari   epiteliysining   o‘tkazuvchanligi   ortishi   natijasida   siydik   tarkibida
oqsil, ba’zida esa hatto eritrositlar kuzatiladi.
Quruqlikda, ayniqsa, tashqi muhitning yuqori harorati sharoitlaridagi jismoniy
ishlarni   bajarish   ter   bezlari   funksiyasining   kuchayishi   bilan   kuzatiladi.   Buyrak
orqali   ajratiladigan   moddalarning   ko‘pchiligi   ter   bezlari   orqali   organizmdan
chiqariladi.   Ter   tarkibida   kreatinin,   siydikchil,   ammiak,   sut   kislotasi,   tuzlar
konsentratsiyasi ortadi.
Jismoniy   ishda   nafas   a’zolari   ishining   tezlashishi   kuzatiladi.   Bu   moddalar
almashinuvining   oxirgi   mahsulotlaridan   karbonat   angidridning   organizmdan
chiqarilishini tezlashtiradi. Ter bezlari yaxshi rivojlanmagan hayvonlarda, masalan, itlarda   organizmdan   ortiqcha   suv   ajratilishi   va   tana   haroratining   me’yorida
ushlanish ko‘p jihatdan so‘lak ajralishi va nafas a’zosi ishiga bog‘liq bo‘ladi.
8. Jismoniy mehnat vaqtida ichki sekretsiya bezlarining faoliyati
Ma’lumki, har qanday jismoniy mehnat (mushak faoliyati, jismoniy mashqlar
va boshqalar)   natijasida  moddalar  almashinuvi  va  energiya sarflanishi  kuchayadi.
Jismoniy   mehnat   bajarishda   organizmning   funksional   zahiralari   ishga   solinadi.
Organizmda   sodir   bo‘ladigan     fiziologik   jarayonlar,   jumladan,   markaziy   asab
faoliyati,   gumoral,   neyropeptid   va   gormonal   boshqarish   mexanizmlari   me’yorga
nisbatan   kuchliroq   ishlaydi.   Markaziy   asab   tizimida   ro‘y   beradigan   o‘zgarishlar
vegetativ asab tizimi orqali endokrin bezlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Buyrak usti bezlari funksiyasida jismoniy ish boshlanishi bilan simpatik asab
ta’sirida   buyrak   usti   bezining   mag‘iz   qavatidan   adrenalin   gormonining   ajralishi
kuchayadi   va   qonga   o‘tib,   jigar   hamda   mushaklardagi   glikogen   parchalanishini
tezlashtiradi.   Buning natijasida qonda energiya manbai bo‘lgan–glyukoza miqdori
ortadi.   Bajariladigan   jismoniy   mehnat   qanchalik   og‘ir   va   shiddatli   bo‘lsa,   qonda
adrenalin   gormoni   shunchalik   ko‘payadi.   Bundan   tashqari,   adrenalin   jismoniy
mehnat og‘irligiga qarab yurak-tomir ishini kuchaytiradi, nafas a’zolari faoliyatini
oshiradi, markaziy asab tizimi va po‘stlog‘ining qo‘zg‘aluvchanligini oshiradi.
Buyrak   usti   bezlarning   po‘stloq   qavati   gormonlari   organizmning   jismoniy
mehnat   bajarish   uchun   tayyorlaydi,   mineralokortikoidlar   va   glyukokortikoidlar
ajarilishi   kuchayadi.   Lekin   haddan   tashqari   uzoq   muddatli   ishlar   oqibatida
glyukokortikoidlar ajralishi kamaya boradi. Ular organizm charchashdan keyin ish
qobiliyatining   tiklanishini   tezlashtiradi.   Uzoq   muddatli   jismoniy   mehnatda
organizm terlash oqibatida ko‘p tuzlarni yo‘qotadi.   Lekin aldosteron gormonining
ko‘p miqdorda ajralishi natriyning siydikka o‘tishini kamaytiradi.
Adenogipofizning   adrenokortikotrop   (AKTG)   gormoni   buyrak   usti   bezi
gormonlarining   ajralishini   kuchaytirib,   organizmni   og‘ir   jismoniy   ishga
moslashtiradi (Teppermen Dj., Teppermen X. (1989). Uzoq   muddatli   jismoniy   ishlarda   glyukozaning   yetarli   miqdorda   saqlanib
turishi   me’da   osti   bezining   gormoni-glyukagon   orqali   ta’minlanadi.   Me’da   osti
bezining   ikkinchi   gormoni-insulin,   hujayra   membranasining   glyukoza   va
aminokislotalarga   o‘tkazuvchanligini   oshiradi.   Jismoniy   ish   bajarishda   ish
qobiliyatining   yuqori   darajadaushlanishida   jinsiy   gormonlar   muhim   rol   o‘ynaydi,
ular oqsil sintezlanishini kuchaytiradi.
Mushak   ishidan   keyin   funksiyalarning   tiklanishida   ham   ichki   sekretsiya
bezlari   faol   ishtirok   etadi.   Masalan,   qalqonsimon   bez   gormoni-tiroksin,   tiklanish
jarayonlarini   tezlashtiradi.     Me’da   osti   bezi   gormoni-insulin   esa   glikogen
sintezlanishini kuchaytirish bilan jigar va mushaklarda glikogenni zahira bo‘lishini
kuchaytiradi, ya’ni organizmning energiya manbaini oshiradi. Adabiyot
1. Azimov I.G., Sobitov SH.S. Sport fiziologiyasi. T., 1993. 225 b.
2.   Solodkov   A.S.,   Sologub   E.B.   Fiziologiya   sporta.-   (uchebnoe   posobie)E,
Spb, 1999. 23 s.
 3. Solodkov A.S., Sologub E.B. Fiziologiya cheloveka (ob щ aya sportivnaya,
vozrastnaya): - Moskva, «Sport», 2015, 609 s.
4.   Smirnov   V.M.,   Dubrovskiy   V.I.   Fiziologiya   fizicheskoo   vospitaniya   i
sporta. – Moskva, «Vlados press», 2002, 605 s.
5.   Txorevskiy   V.I.   Fiziologiya   cheloveka.   (ob щ aya,   sportivnaya,
vozrastnaya), M., Fizkultura, obrazovanie i nauka. 2001. 491.
6.   Nuritdinov   E.N.   Odam   fizologiyasi.   Toshkent,   «Aloqachi»,   darslik,   2005,
505 b.
7. Nuritdinov E.N., Haydarov B.T. Jismoniy madaniyat va sport fiziologiyasi
(uslubiy qo‘llanma). – Samarqand, SamDU, 2015, 160 b.
8.   Nuritdinov   E.N.,   Haydarov   B.T.,   Dusanov   U.S.   Sport   fiziologiyasi,
Samarqand, uslubiy qo‘llanma, 2016, 154 b.
9.   Nuritdinov   E.N.,   Tursunqulov   E.A.,   Abdulaxatov   Z.   Sport
psixofiziologiyasi. – Samarqand, uslubiy qo‘llanma, 2016., 81 b.
10.   Astrand   P.O.   Ynfluence   of   Scandinavian   scientistsin   in   exercise
physiology //Scandinavian Yornal of Medicine and Science in sport. 1-3, 1991, 3-9
p.
11. Fox E.L., Bowers R.W., Foss M. The physiological basis for exercise and
sport (sthed), Philadelphia Saunders. – 1993.
12.   Rajamurodov   Z.T.,   Rajabov   A.I.   Odam   va   hayvonlar   fiziologiyasi.
Toshkent, «Tib kitob», 2010, 431 b.
13.   Teppermen   Dj.,   Teppermen   X.   Fiziologiya   obmena   ve щ yestv   i
endokrinnoy sistem ы . – M.: «Mir», 1989, 366 b.
14. Vapder A. Fiziologiya pochek. – Spb, 2000. (angl tarjima), 467 b.

JISMONIY MASHQLARNI ODAM ORGANIZMINING FUNKSIYALARIGA TA’SIRI Reja: 1. Jismoniy mashqlarni qon tarkibiga ta’siri; 2. Jismoniy mashqlarni yurak-qon tomirlari faoliyatiga ta’sirni; 3. Jismoniy mashqlarni nafas tizimiga ta’siri; 4. Jismoniy mashqlarni ovqat hazm qilish tizimiga ta’siri; 5. Jismoniy mashq vaqtida energiya almashinuvi; 6. Jismoniy mashqlarni termoregulyasiyaga ta’siri; 7. Jismoniy mashqlarni siydik va ter ajrali; 8. Jismoniy mehnat vaqtida ichki sekretsiya va bezlarining ahamiyati;

1. Jismoniy mashqlar ni qon tarkibiga ta’siri Qon tarkibi, uning fizik-kimyoviy o‘zgarishlari mushaklarning faoliyatiga bog‘liq. Jismoniy mashqlar natijasida qon reaksiyasini muvozanatlantiruvchi barcha fiziologik mexanizmlar ishga solinadi. Mushaklar shiddat bilan ishlayotganda qon reaksiyasi kislotali (asidoz) tomonga siljiydi. Masalan, biron masofaga yugurganda qonning faol pH reaksiyasi 6.95-ni tashkil etadi. Asta-sekin yugurganda pH kamroq o‘zgaradi va tez vaqt o‘tmasdan bu o‘zgargan reaksiya tiklanib darrov o‘z me’yoriga qaytadi. Qon reaksiyasining bir darajada saqlaydigan qobiliyati zahiraviy ishqor ko‘rsatgichi hisobidan amalga oshiriladi, jismoniy mashq bilan shug‘ullanadigan kishilarda shug‘ullanmaydiganlarga nisbatan 10-15% yuqori turadi. Jismoniy mashqlar vaqtida qondagi sut kislota konsentratsiyasi 75-86 ml% (me’yorda 10-20 ml%) ga teng bo‘ladi. Qonning yopishqoqligi ham jismoniy mashqlar davomiyligiga qarab o‘zgaradi, uzoq muddatli mashg‘ulotlardan keyin 10% ga oshadi. Bu o‘zgarishlar asosan qonning shaklli elementlari miqdori (eritrositlar, leykositlar, trombositlar) o‘zgarganligi bilan ifodalanadi, shu sababli qon reaksiyasi kislotali tomonga siljiydi. Jismoniy mashqlar natijasida organizmda ter ishlab chiqaruvchi bezlar va buyraklar orqali ko‘p miqdorda suv yo‘qotiladi. Shuning uchun qonning yopishqoqlik xususiyati oshadi va shu sababli yurak-qon tomirlar tizimining faoliyati qiyinlashadi. Mushak ishlayotgan vaqtda qonda leykositlar miqdori oshib, miogen leykositoz kuzatiladi. Uning darajasi jismoniy tarbiyaning turiga bog‘liq ekanligini ilk bor A.Yegorov tomonidan o‘rganilgan. Miogen leykositozning uch fazasi mavjud: birinchi faza - limfositar leykositoz deb ataladi. Qonda leykositlar miqdorining oshib ketishi (10 ming 1 mm 3 qonda) va limfositlarning 40-50 % gacha oshganligi bilan xarakterlanadi. Ikkinchi faza ( birinchi neytrofil faza ) leykositlarning umumiy miqdori 12-18 minggacha yetadi, neytrofillarning miqdori esa 70-80 ga oshadi; shulardan yosh

neytrofillar 2 % -ni, tayoqchasimon neytrofillar esa 10-15% ni tashkil qiladi, ammo limfositlarning umumiy miqdori 15-20% gacha va eozinofillar miqdori 1- 2% gacha kamayadi. Bu faza davomida ilikda qon ishlab chiqaruvchi a’zolarining faoliyati kuchayadi, ulardan leykositlar ko‘p miqdorda hosil bo‘laveradi. Uchinchi fazada ( ikkinchi neytrofil faza ) qonda leykositlarning miqdori yanada oshib, 1mm 3 qonda 20-50 minggacha yetadi; yosh neytrofillar 3-4% gacha, tayoqchasimon neytrofillar 20-30% gacha oshadi, ammo limfositlarnning miqdori 3-10% gacha kamayadi, eozinofillar esa vaqtincha qonda yo‘q bo‘ladi. Shunday qilib, shiddatli jismoniy mashqlar natijasida mushaklarning funksional faoliyati o‘zgaradi. Shu bilan birga qon tarkibida ham morfologik o‘zgarishlar kuzatiladi. Birinchi navbatda miogen leykositozning limfositar fazasi kuzatilib, undan keyin birinchi va ikkinchi neytrofil fazalari amalga osha boshlaydi. Miogen leykositoz murakkab ko‘pbosqichli jarayon hisoblanib, uzoq muddatli va tiklanuvchi davrlardan iborat. Ba’zi bir ma’lumotlarga ko‘ra, uzoq muddatli va shiddatli jismoniy mashqlardan keyin (masalan, marafon yugurishda) leykositlarning umumiy miqdori 2-3 kecha-yu kunduz davomida o‘z me’yoriga qaytmaydi. Mushak faoliyati natijasida qon plastinkalari (trombositlar) miqdori ham oshadi. Bu miogen trombositoz deyiladi. Trombositlarning miqdori ikki va hatto undan ham ko‘proq oshganligi og‘ir va shiddatli mushak faoliyatidan dalolat beradi. Trombositlarning umumiy miqdori nafaqat jismoniy faoliyat jarayonida, balki jismoniy mashqlardan bir necha kun o‘tgandan keyin ham o‘z me’yoriga qaytmaydi. Jismoniy mashqlar davomida trombositlar miqdorining oshmasligi, qonning ivish jarayoniga ta’sir yetkazib, uni tezlashtiradi. Buni sportchilarda marafon yugurish va boshqa sport turlari bilan shug‘ullanganda kuzatish mumkin. Miogen leykositoz, miogen trombositoz hamda qon ivish vaqtining kamayishi himoyalanuvchi ahamiyatga ega. Bu biologik mantiqiy jarayonlar hisoblanadi, chunki mushak faoliyati natijasida paydo bo‘lgan funksional o‘zgarishlar organizmning himoyalash reaksiyalariga qaratilgan biologik reaksiyadir.

17.2. Jismoniy mashqlarni yurak-qon tomirlari faoliyatiga ta’siri Jismoniy mehnat uchun kerakli energiya organik moddalarning oksidlanishi natijasida hosil bo‘ladi. Shuning uchun jismoniy mehnat vaqtida organizmning kislorodga bo‘lgan ehtiyoji keskin ortadi. Kislorodning qon orqali tashilishi sababli ish paytida faol a’zolarning qon bilan ta’minlanishi (skelet mushaklari, yurak) oshishi kerak. Bu asab va gumoral yo‘llar bilan boshqariladigan yurak-tomir tizimi faoliyatining kuchayishi va shu bilan birga kislorod ehtiyojini qoniqtirish natijasida amalga oshiriladi. To‘qimalarni qon bilan ta’minlash jarayoni ishdan oldinroq (start oldidan) boshlanadi. Bo‘lajak jismoniy ish haqida kishining fikrlashi, yurak- tomir va mushaklarning bajariladigan ishga tayyorgarligi, ular faoliyatining bajariladigan ishga nisbatan o‘zgarishi reflektor yo‘li orqali yuzaga chiqadi. Bunday funksional qayta qurish bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘i va gipotalamusdan kelayotgan asab impulslari orqali o‘tadi bu faoliyatning asosida tashqi va ichki muhitdan ta’sir ko‘rsatuvchi turli ta’sirlovchilarga javoban shartsiz va shartli reflekslar mexanizmlari yotibdi. Jismoniy ishga tayyorgarlik (start oldi) vaqtida simpatik asabning markazlari qo‘zg‘aladi, buyrak usti bezining faoliyati oshib, yurak faoliyatini kuchaytiradi, qonni qayta taqsimlash jarayonini o‘zgartiradi va arterial qon bosimi oshadi. Organizmning bu reaksiyalari jismoniy ish uchun tayyorgarlik davri bo‘lib, skelet mushaklari, yurak va o‘pka qon aylanishini kuchaytiradi. Ishning boshida qon aylanishi boshqariluvida qo‘shimcha reflektor, gumoral va jismoniy omillar ishga solinadi. Bosh miya po‘stlog‘i tomonidan harakat a’zosiga asab impulslari yuboriladi, shu bilan birga vegetativ asab tizimi o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Buning natijasida simpatik asab markazlari qo‘zg‘aluvchanligi yanada ham oshadi, parasimpatik (adashgan) asab markazlar qo‘zg‘aluvchanligi esa keskin susayadi. Shu vaqtning o‘zida ishlovchi mushaklar arteriolalari va kapillyarlari kengayadi, hozirgacha mehnat jarayoniga jalb bo‘lmagan katta va kichik qon tomirlari ishga solinadi, ya’ni mahalliy qon aylanish jarayoni to‘liq

ishga solinadi. Biroq ishlovchi mushaklar qon tomirlarining kengayishi bilan bir qatorda qorin bo‘shlig‘ida joylashgan va mehnat jarayonida sust ishtirok etadigan a’zolar qon tomirlari torayadi. Yurak–tomir faoliyatining mehnat vaqtida o‘zgarishi reflektor yo‘l bilan amalga oshiriladi, asab impulslari harakat a’zosining proprioreseptorlari va xemoreseptorlardan kelib, qon va boshqa to‘qimalarda hosil bo‘lgan turush moddalar borligidan xabar beradi. Jismoniy mehnat vaqtida yurak mushagi qisqarish qobiliyati oshgani sababli, yurakning sistolik qon hajmi ortadi. Shiddatli jismoniy mehnat natijasida sistolik qon hajmi bir daqiqada 120-140 ml, yurak qisqarish tezligi 200 gacha va undan ham ko‘proqqa yetadi. Daqiqali qon hajmi 25-30 l gacha, qonning skelet mushaklariga quyilishi 22-25 l gacha oshadi. Jismoniy chiniqqan odamning yuragi morfo-fiziologik jihatdan bir qator ijobiy xususiyatlarga ega bo‘ladi. Masalan, miokardda qon aylanishining kuchayishi, uning oziq moddalar va kislorod bilan ta’minlashining yaxshilanishi natijasida mushak tolalari yo‘g‘onlashadi, yurak devori qalinlashadi, uning klapanlari mustahkamlanadi va hajmi kattalashadi. Bu o‘zgarishlar natijasida yurakning qisqarish kuchi ortadi. Yurak mushagi qanchalik kuchli bo‘lsa, vaqt birligi ichida u tomirlar tizimiga shunchalik ko‘p qon chiqarib beradi. Jismoniy mashq bajarganda yuragining sistolik hajmi 120- 140 ml gacha ko‘payadi (tinch holatda 65-70 ml bo‘ladi). Yuralaiing daqiqali hajmi 25-30 litrgacha ko‘payadi (tinch holatda 5 1). Yurakning qisqarish tezligi (puls soni) 150- 200 martagacha ortadi (tinch holatda 70 marta). Yuralc faoliyatining kuchayishi, undan arteriya tomirlariga chiqariladigan qon miqdorining ortishi, organizmda qon aylanishining tezlashuvi barcha to‘qimalar hamda yurak mushaklari oziq moddalar, garmonlar, vitaminlar, kislorod bilan ta’minlashini yaxshilaydi. Shuni ta’kidlash kerakki, yurak-qon tomir tizimini jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanib, chiniqtirish asta-sekin olib borilishi zarur. Chiniqishning boshlanishida jismoniy mashqlar hajmi kam bo‘lib, asta-sekin ko ‘paytirilishi kerak.