logo

Konstitutsiya prinsipi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

25.9521484375 KB
Konstitutsiya prinsipi
Reja:
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartirish va 
qo‘shimchalar. 
2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ta’lim va tarbiya 
jarayonlarining asosiy qonun xujjati sifatida.  Konstitutsiya va qonunning ustunligi prinsipi
Konstitutsiya   va   qonunlar   ustunligining   ta’minlanishi   huquqiy   davlatning
muhim  belgilaridan biri  bo‘lib, u  O‘zbekistonda   davlat-huquqiy  qurilishining  eng
asosiy   prinsipi   hamdir.   "Konstitutsiya   va   qonunlarning   ustunligi   prinsipi   shuni
anglatadiki,   -   deydi   Prezidentimiz   I.A.Karimov,   bunda   barcha   joriy   qonunlar   va
me’yoriy-huquqiy   hujjatlar   Konstitutsiya   asosida,   unga   muvofiq   bo‘lishi   talab
etiladi".  
Ulug‘   bobokalonimiz   Amir   Temur   aytganidek:   "Qayerda   qonun   hukmronlik
qilsa,   shu   yerda   erkinlik   bo‘ladi".   O‘zbekiston   Konstitutsiyasida   Konstitutsiya
davlatimizning   eng   Asosiy   Qonuni   ekanligi,   u   boshqa   barcha   qonunlar   va
me’yoriy-huquqiy   hujjatlardan   yuqori   turishi   quyidagicha   belgilangan:
"O‘zbekiston   Respublikasida   O‘zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasi   va
qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi. 
Davlat,  uning  organlari,  mansabdor   shaxslar,  jamoat   birlashmalari,  fuqarolar
Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar" (15-modda). 
O‘zbekistonda   Konstitutsiya   va   qonunlar   oldida   hamma   teng   darajada
masuliyatga ega bo‘lib, qonunlar ham o‘z navbatida barchaga barobardir. 
Konstitutsiyaning   15-moddasi   ikkinchi   qismida   davlat,   uning   organlari,
mansabdor   shaxslar,   jamoat   birlashmalari,   fuqarolar   Konstitutsiya   va   qonunlarga
muvofiq   ish   ko‘radilar,     deb   ko‘rsatilgan.     Davlat,   uning   organlari,   jamoat
birlashmalari Konstitutsiya va tegishli maxsus qonunlar asosida tashkil qilinadi va
faoliyat   yuritadi.   Ular   Konstitutsiya   va   maxsus   qonunlarda   belgilangan
vakolatlarnigina   amalga   oshiradilar.   Mansabdor   shaxslar   va   fuqarolar   ham
Konstitutsiya   va   qonunlarga   muvofiq   ish   ko‘radilar.   Yuqoridagilarning   birontasi
ham   Konstitutsiya   va   qonunlardan   tashqari   ish   ko‘rishga   haqli   emas.   Zero,
Konstitutsiya   va   qonunlardan   chetlab   o‘tish,   ularning   talablarini   buzish
g‘ayriqonuniy   xatti-harakat   hisoblanadi.   Bunday   harakatlar   uchun   esa   maxsus
qonunlarda tegishlicha javobgarliklar o‘rnatilgan, sanksiyalar belgilangan. 
Demokratik   huquqiy   davlatda   Konstitutsiya   va   qonunlarga   og‘ishmay   amal
qilish   talabi   bilan   bir   qatorda   Konstitutsiyaning   birorta   qoidasi   O‘zbekiston Respublikasi   huquq   va   manfaatlariga   zarar   yetkazadigan   tarzda   talqin   etilishi
mumkin emasligi ham o‘rnatilgan bo‘ladi. 
O‘zbekiston   Konstitutsiyasining   birorta   qoidasi   O‘zbekiston   Respublikasi
huquq va manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas. 
Birorta   ham   qonun   yoki   boshqa   normativ-huquqiy   hujjat   Konstitutsiya
normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas (16-modda). 
O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining Konstitutsiyaviy asoslari va
prinsiplari.
O‘zbekiston   Respublikasi   tashqi   siyosatining   asosiy   prinsiplari
Konstitutsiyaning 17-moddasida o‘zining qonuniy aksini topgan. 
Asosiy   Qonunimizning   17-moddasida   shunday   deyilgan:   "O‘zbekiston
Respublikasi   xalqaro   munosabatlarning   to‘la   huquqli   subyektidir.   Uning   tashqi
siyosati   davlatlarning   suveren   tengligi,   kuch   ishlatmaslik   yoki   kuch   bilan   tahdid
qilmaslik,   chegaralarning   daxlsizligi,   nizolarni   tinch   yo‘l   bilan   hal   etish,   boshqa
davlatlarning   ichki   ishlariga   aralashmaslik   qoidalariga   va   xalqaro   huquqning
umum e’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi. 
Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini
ta’minlash   maqsadida   ittifoqlar   tuzishi,   hamdo‘stliklarga   va   boshqa   davlatlararo
tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin." 
Tashqi   siyosat   tushunchasi   davlatning   xalqaro   ishlardagi   umumiy   yo‘nalishi
o‘z   ichiga   oladi.   Tashqi   siyosat   davlatning   boshqa   davlatlar   va   xalqlar   hamda
xalqaro   tashkilotlar   bilan   o‘zaro   aloqalarini   o‘z   ichiga   oluvchi   maqsad   va
vositalarini qamrab oladi. 
Mustaqillik   yillarida   O‘zbekiston   120   dan   ortiq   davlat   bilan   diplomatik
aloqalarni   o‘rnatdi.   Toshkentda   35ta   davlat   elchixonasi   ochildi,   19ta   davlat
elchilari   esa   O‘zbekiston   Respublikasida   o‘rindoshlik   asosida   faoliyat   yurgizadi.
Respublikada   88   ta   xorijiy   vakolatxonalar   akreditatsiyadan   o‘tgan,   24   ta
hukumatlararo va 13 ta hukumatlarga tegishli  bo‘lmagan tashkilotlar  faoliyat  olib
boradi.   Bir   so‘z   bilan   aytganda,   O‘zbekiston   mustaqil   davlat   sifatida   jahon
hamjamiyati tomonidan tan olindi.  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartirish va
qo‘shimchalar.
Bizga   ma’lumki,   1993   yil   28   dekabrda   birinchi   bor   Konstitutsiyaga
o‘zgartirish   va   qo‘shimcha   kiritilgan   bo‘lib,   "O‘zbekiston   Respublikasining
Konstitutsiyasiga   o‘zgartirishlar   va   qo‘shimchalar   kiritish   to‘g‘risida"   gi
O‘zbekiston   Respublikasining   Qonunida   shunday   deyilgan   edi:   “O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi 77-modda 1-qismidagi “150 nafar deputatdan” degan
so‘zlar   “deputatlardan”   degan   so‘z   bilan   almashtirilsin”.   Konstitutsiyaviy   qonun
asosida   2003   yil   24   apreldagi   "O‘zbekiston   Respublikasining   Konstitutsiyasiga
o‘zgartirishlar   va   qo‘shimchalar   kiritish   to‘g‘risida"gi   O‘zbekiston
Respublikasining   Qonuniga   muvofiq   Konstitutsiyaning   XVIII,   XIX,   XX,   XXIII
boblariga   o‘zgartirishlar   va   qo‘shimchalar   kiritildi.   Jumladan,
Konstitutsiyamizning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deb nomlangan XVIII
bobi   ilgari   bir   palatali   parlamentga   bag‘ishlangan   bo‘lsa   endilikda   mazkur   bobda
ikki palatali parlament O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
(quyi palata) va Senati (yuqori palata)ga bag‘ishlangan.  
Konstitutsiyaning   117-modda   2-qismida   “O‘zbekiston   Respublikasi
Prezidenti   saylovi,   O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisininng   qonunchilik
palatasiga   hamda   Qoraqalpog‘iston   Respublikasi   Jo‘qorg‘i   Kengesiga,   viloyatlar,
tumanlar,   shaharlar   davlat   hokimiyati   vakillik   organlariga   saylov   tegishincha
ularning   Konstitutsiyaviy   vakolat   muddati   tugaydigan   yilda-dekabr   oyi   uchinchi
o‘n   kunligining   birinchi   yakshanbasida   o‘tkaziladi.   Saylovlar   umumiy,   teng,
to‘g‘ridan-to‘g‘ri   saylov   huquqi   asosida   yashirin   ovoz   berish   yo‘li   bilan
o‘tkaziladi.   O‘zbekiston   Respublikasining   18   yoshga   to‘lgan   fuqarolari   saylash
huquqiga egadirlar. 
O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisining   Senati   a’zolari   Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati
vakillik   organlari   deputatlarining   tegishincha   qo‘shma   majlislarida   mazkur
deputatlar   saylanganidan   so‘ng   bir   oy   ichida   ular   orasidan   yashirin   ovoz   berish
yo‘li bilan saylanadilar” degan qoida mavjud.  O‘zbekiston   Respublikasining   2007   yil   11   aprelda   qabul   qilingan   Qonuni
bilan   O‘zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasi   89-moddasiga,   93moddaning   15-
bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga tuzatishlar kiritilgan. 
O‘zbekiston   Respublikasining   2008   yil   25   dekabrda   qabul   qilingan   Qonuni
bilan   O‘zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasi   77-moddasining   birinchi   qismga
o‘zgartirish kiritilgan. Unga ko‘ra O‘zR Qonunchilik palatasining deputatlari soni
qonunga   muvofiq   150   nafar   etib   belgilandi.     O‘zbekistan   Respublikasinin
Qonunchilik palatasi tomonidan 2011yil 4 martda qabul qilingan, Senat tomonidan
2011 yil 25 martda ma’qullangan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
2011   yil   18   aprelda   №   URK   –   284   imzolangan   O‘zbekistan   Respublikasi
Qonunining 78, 80, 93, 96 va 98moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. 
O‘zbekiston   Respublikasining   Konstitutsiyasiga   ushbu   o‘zgartish   va
qo‘shimchalar   demokratik   islohotlarni   yanada   chuqurlashtirish   va   fuqarolik
jamiyatini   rivojlantirish,   davlat   hokimiyati   va   boshqaruvini   demokratlashtirish,
davlat   xokimiyatining   uchta   subyekti:   davlat   boshlig‘i   —   Prezident,   qonun
chiqaruvchi   va   ijro   etuvchi   hokimiyatlar   o‘rtasidagi   vakolatlarning   yanada
mutanosib   taqsimlanishini   ta’minlash,   shuningdek   sotsial-iqtisodiy,   ijtimoiy-
siyosiy   isloxotlarni   amalga   oshirishda,   mamlakatni   yangilash   va   modernizatsiya
qilishda   siyosiy   partiyalarning   roli   hamda   ta’sirini   kuchaytirish   maqsadida
kiritilmoqda. 
2011   yil   18   aprel   kuni   qabul   qilingan   Konstitutsiyaviy   qonunga   ko‘ra
Konstitutsiyasining   quyidagi:   78-modda   birinchi   qismining   15-bandi,
80moddaning   6-bandiga,   93-modda   birinchi   kismiga,   8-bandiga,   12-bandiga,   15-
bandiga, 96-moddaga, 98-moddaga tuzatish va qo‘shimchalar kiritildi,   
O‘zbekiston   Respublikasining   2011   yil   12   dekabrda   qabul   qilingan   qonuni
bilan   O‘zbekiston   Respublikasining   Konstitutsiyasi   90-   moddasining   ikkinchi
qismiga tuzatish kiritilgan. “O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston
Respublikasining  fuqarolari  tomonidan  umumiy,  teng  va  to‘g‘ridan-to‘g‘ri   saylov
berish  yo‘li bilan besh yil muddatga saylanadi”.        O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 12 aprelda qabul qilingan qonuni bilan
O‘zbekiston   Respublikasining   Konstitutsiyasi   32,   78,   93,   98,   103   va   117-
moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan.  
Eng so‘nggi o‘zgartirishlar esa 2017 yil mart, may va avgust oylarida kiritildi.
O‘zbekiston   Respublikasining   Konstitutsiyasiga   ushbu   o‘zgartish   va
qo‘shimchalar   hokimiyat   va   boshqaruv   tizimini   yanada   demokratlashtirish,
“Kuchli   davlatdan   —   kuchli   fuqarolik   jamiyati   sari”   prinsipi   bosqichmabosqich
amalga   oshirilishini   ta’minlash,   O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi
palatalarining   davlat   hokimiyati   organlari   tizimidagi   rolini,   ichki   va   tashqi
siyosatning   strategik   vazifalarini   amalga   oshirishdagi   huquq   va   vakolatlarini
kengaytirish,   Vazirlar   Mahkamasi   hamda   ijro   etuvchi   organlar   faoliyati   ustidan
qonun   chiqaruvchi   oliy   organning,   hokimiyat   vakillik   organlarining   nazorat
funksiyalarini   kuchaytirish,   shuningdek   hukumatning,   mahalliy   ijro   etuvchi
hokimiyat   organlarining   mamlakatni   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlantirish   vazifalarini
ro‘yobga chiqarish borasidagi masuliyatini oshirish maqsadida kiritilmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasida  davlat hokimiyatining bo‘linish prinsipi asosida,
davlat   organlari   tizimi   va   ularning   tashkil   etilish   tamoyillari,   jumladan,
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   va   Oliy   Majlisi   Palatalari   vakolatlari
majburiyatlari,   vazifalarini   va   buning   barobarida   boshqa   davlat     organlari
tizimidagi  faoliyat  yo‘nalishlarini  o‘zida  belgilab bergan alohida Konstitutsiyaviy
qonunning   qabul   qilinishi   va   undan   keyin   Konstitutsiya   va   tegishli   qonunlarni
qabul  qilish yoki  o‘zgartirish, tuzatishlar  kiritish masalalarini  hal  etish tartibining
belgilanganligi,   Oliy   Majlis   oldida   turgan   maqsadni   reja   asosda   mukammalligini
ta’minlangan   holda,   amalga   oshirish   uchun   sharoit   yaratib   beradi.   Shunday   qilib,
Konstitutsiyaga   o‘zgartirish   hamda   tuzatishlar   kiritish   zaruriyatining   paydo
bo‘lishi   davlat   va   jamiyatning   rivojlanishida   davlat   boshqaruvi   tizimini
takomillashtirish   borasidagi   huquqiy   islohotlarning   amaliy   natijasi   bo‘lib
hisoblanadi. 
O‘zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasining   qoidalari   xamisha   ustivor,
birlamchi   kuchga   egadir.   Boshqa   qonunlarning   barchasi   u   yoki   bu   tarzda konstitutsiyaviy   me’yorlar   asosida   yaratiladi,   uni   rivojlantiradi   va   ro‘yobga
chiqaradi.   Uning   asosida   me’yoriy   –   huquqiy   hujjatlar   ishlab   chiqiladi.
Mamlakatimiz   Konstitutsiyasi   kuchli   axloqiy   zaminga   egadir.   Unda   avvalo
insonparvarlik,   adolat   g‘oyalari   mustahkamlab   qo‘yilgan.   Konstitutsiyaning
“insonga   qaratilganligi”   xususiyatini   alohida   ajratib   ko‘rsatish   lozim.
Konstitutsiyaning   markazida   inson,   fuqaro,   uning   huquqlari   va   qonuniy
manfaatlari   turadi.   O‘zbekiston   Respublikasining   Birinchi   Prezidenti   Islom
Karimov   ta’kidlaganidek:   “Endilikda   inson,   uning   hayoti,   erki,   sha’ni,   qadr-
qimmati   va   boshqa   ajralmas   huquq   xamda   erkinliklari   muqaddas   sanalib,   ular
davlat tomonidan kafolatlanadi”.  
O‘zbekiston   Respublikasining   Konstitutsiyasi   o‘z   maqomi,   tuzilishi,
yo‘nalishi   hamda   asosiy   tamoyillari,   yaxlit   mundarijasiga,   ya’ni   muqaddimasidan
boshlab   so‘nggi   moddasiga   qadar   mustaqillik   va   istiqlol   ruxi,   demokratik
tamaddun   mazmuni   bilan   ajralib   turadi.   Shu   o‘rinda   aytish   o‘rinliki,   demokratik
huquqiy   davlat   qurish   xamda   jamiyatni   umuminsoniy   qadriyatlar   asosida   tashkil
etishda   shubhasiz   Konstitutsiyaning   tutgan   o‘rni   va   ahamiyati   beqiyos   ekanligini
e’tibordan   qoldirmaslik   zarur.   Mazmun   mohiyati   bilan   huquqiy   demokratik
davlatda hech bir  fuqaro, hech  bir  odam  o‘z ijtimoiy-shaxsiy  hayotini, o‘z huquq
va   qonuniy   manfaatlarini   himoya   qilishni   Konstitutsiyasiz   tasavvur   qila   olmaydi.
Shuning   uchun   ham   biz   O‘zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasining   mazmun-
mohiyatini   chuqur   bilishimiz,   oldimizda   turgan   muammolarni   yechishda
davlatning Asosiy qonunidan javob topishga intilishimiz lozim.  
Mustaqil O‘zbekistonning Konstitutsiyasi kelajagi buyuk davlatning ishonchli
huquqiy   kafolatlarini   mustahkamlaydi.   U   bizga   inson   huquqlari,   demokratiya,
erkinlik,   barqarorlik   va   taraqqiyot   tamoyillari   yig‘indisini   ifodalaydigan   huquqiy
va adolatli  davlat  qurish yo‘llarini  aniq ifoda etgan va xalq manfaatlarini  himoya
qiluvchi eng oliy qonun sifatida doimiy yo‘lchi yulduz bo‘lib xalqimiz borayotgan
yo‘lni yoritib boradi.  
Asosiy   Qonunimizning   oldingi   qonunlardan   va   boshqa   davlatlarning
Konstitutsiyalaridan ajralib turadigan o‘ziga xos jihatlari quyidagilardan iborat:   birinchidan,   1992   yilgi   Konstitutsiya   o‘zining   tub   mohiyati   va   falsafasi,
maqsadlari va g‘oyalariga ko‘ra yangi hujjatdir; 
ikkinchidan,   O‘zbekiston   Respublikasining   Konstitutsiyasi   o‘zining   ichki
tuzilishi va yangi konstitutsiyaviy institutlari bilan ajralib turadi; 
uchinchidan,   O‘zbekiston   Konstitutsiyasi   boshqa   konstitutsiyalardan   farqli
o‘laroq, o‘ta mafkuralashtirish va siyosatlashtirish ruhi bilan sug‘orilmagan. 
Unda   kommunistik   mafkura,   sinfiylik,   partiyaviylikdan   asar   ham   yo‘q;
to‘rtinchidan,   Konstitutsiyamiz   jahon   hamjamiyati   tomonidan   e’tirof   etilgan
xalqaro   huquq   talab   va   qoidalariga   javob   beradigan   tarzda   tayyorlangan;
beshinchidan, Konstitutsiyamiz jahon konstitutsiyaviy tajribasiga keng tayanishi va
ijobiy tomonlardan atroflicha foydalanganligi bilan ham ajralib turadi. O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi eng taraqqiy etgan mamlakatlar, xususan, AQSH,
Turkiya,   Fransiya,   Germaniya   Shvetsiya,   Italiya   kabi   Farb   davlatlari,   ruhiyati   va
etnik jihatlardan bizga yaqin bo‘lgan Yaponiya, Misr, Hindiston va boshqa Sharq
davlatlarining   boy   tajribasidan   eng   demokratik   jihatlarini,   insonparvarlik
g‘oyalarini   tarannum   etuvchi   xalqaro   hujjatlarning   talablarini   o‘zida   jamlagan;
oltinchidan,   Konstitutsiyamizni   mustaqil   davlatimiz   ravnaqining   huquqiy   kafolati
darajasiga   ko‘taruvchi   eng   muhim   belgi   unda   jahonning   ilg‘or   konstitutsiyaviy
tajribasini   milliy-ma’naviy   va   huquqiy   qadriyatlarimizga,   o‘zbek   xalqining   boy
tarixiga uyg‘unlashtirilib qo‘llanilganidadir.  
Mustaqil   davlatimizning   1992   yil   8   dekabrda   qabul   qilingan   Konstitutsiyasi
avvalgi   Konstitutsiyalardan   o‘zining   yuridik   mazmun   va   mohiyati   jihatidan   farq
qilib,   bu   Konstitutsiyada   davlatning   mustaqilligi   mustahkamlandi.   O‘zbekiston
Respublikasi   Konstitutsiyasining   asosiy   mohiyati   –   uning  xalq   manfaatlari   uchun
xizmat   qiladigan,   huquqiy   demokratik   davlat   qurish   asoslari   belgilab
berilganligidadir.  
1. Konstitutsiya   me’yoriy-huquqiy   aktlar   jumlasiga   kirib,   qonunlarga   xos
bo‘lgan   hamma   belgilarga   ega   bo‘ladi.   Konstitutsiya   bu   Oliy   Majlis   tomonidan
qabul qilinadigan va hamma uchun umummajburiy kuchga ega bo‘lgan me’yoriy- huquqiy   akt   bo‘lib,   jamiyat   qurilishi   xalq   hokimiyatchiligi   bilan   bog‘liq   bo‘lgan
hamma ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.  
2. Konstitutsiya   oliy   yuridik   kuchga   ega,   ya’ni   barcha   oddiy   qonunlar   va
boshqa   me’yoriy-huquqiy   aktlarga   nisbatan   ustunlikka   ega,   chunki   qonunlar   va
boshqa me’yoriy-huquqiy aktlar Konstitutsiya normalariga muvofiq bo‘lishi shart.
3. Konstitutsiya   joriy   qonunchilik   uchun   asos   bo‘lib   hisoblanadi   va   ularning
xarakterini belgilab beradi.  
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ta’lim va tarbiya jarayonlarining
asosiy qonun xujjati sifatida.
O‘zbekiston   Respublikasi   demokratik   huquqiy   davlat   qurish   va   fuqarolik
jamiyatini   shakllantirish   uchun   xarakat   qilar   ekan,   har   tomonlama   rivojlangan,
erkin shaxsni  shakllantirishni o‘zining asosiy vazifalaridan biri deb biladi. Ta’lim
sohasida   maqsadga   yo‘naltirilgan   davlat   siyosatini   olib   borish   bu   vazifani
yechishda asosiy vositalardan biridir.  
Ta’lim   olish   huquqi   shaxsning   asosiy   huquqlaridan   biridir.   O‘zbekiston
Respublikasi   Inson   huquqlari   umumjaxon   deklaratsiyasiga   (1948   yil)   asoslanib
berilgan huquqni amalga oshirishning faoliyat ko‘rsatayotgan mexanizmini yaratdi.
Ta’lim   olish   huquqiga   tegishli   halqaro   hujjatlar   (1960   yil   14   dekabrdagi
Ta’lim   soxasidagi   kamsitishlarga   qarshi   kurash   to‘g‘risidagi   Konvensiya)   shuni
e’tirof   etadiki,   “ta’lim”   iborasi   o‘qitishning   barcha   turlarini   va   bosqichlarini
qamrab   oladi,   hamda   ta’lim   olish   imkoniga   ega   bo‘lish,   ta’limning   darajasi   va
sifati, shuningdek, ta’lim berish sharoitlarini o‘z ichiga oladi.  
Xalqaro   huquq   normalari   boshlang‘ich   ta’limni   majburiy   va   bepul   qilishni,
o‘rta   ta’limni   uning   barcha   turlarida   umum   erishadigan   qilishni   va   undan
hammaning  foydalanishini   ta’minlashni,   oliy  ta’limni  to‘la  tenglik  asosida   va  har
bir   kishining   qobiliyatidan   kelib   chiqib   barcha   erisha   oladigan   qilishni,   qonunda
belgilangan o‘qishning majburiyligini ta’minlashni tavsiya etadi.  
O‘zbekiston   Respublikasi   o‘zi   olgan   majburiyatlarga   amal   qilib   uzluksiz
ta’limning   barqaror   tizimini   yaratdi,   shaxsning   ta’lim   olish   huquqini   amalga
oshirish mexanizmini mustaxkamlab qo‘ydi.     Ta’lim   olish   huquqining   mazmuni   shundan   iboratki,   u   O‘zbekiston
Respublikasining har bir fuqarosi uchun ta’lim va tarbiyaning barcha shakllaridan
teng foydalanish imkoniyatini beradi.  
Ta’lim olish huquqini amalga oshirish quyidagilar orqali ta’minlanadi:
• ta’lim olish uchun zarur ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni yaratish; 
• davlat va nodavlat ta’lim muassasalarining tarmog‘ini yaratish; 
• davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning barcha uchun imkoniyati
borligi;   
• davlat ta’lim muassasalaridagi ta’limning bepulligi; 
• tayanch ma’lumoti olishning majburiyligi; 
• ta’limning turli shakllarini qo‘llash; 
• ta’lim   muassasalarining   siyosiy   partiyalar   va   ijtimoiy-siyosiy   xarakatlarga
qaram emasligi.  
O‘zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasining   41-moddasida   “Har   kim   bilim
olish   huquqiga   ega.   Bepul   umumiy   ta’lim   olish   davlat   tomonidan   kafolatlanadi.
Maktab ishlari davlat nazoratidadir”, deb ko‘rsatilgan.  
Davlat   faqat   ta’lim   olish   huquqini   amalga   oshirish   uchun   sharoitlar
yaratibgina   qolmay,   mamlakatdagi   maktab   ishlarini   nazorat   ham   qilib   turadi.
Hozirgi   vaqtda   O‘zbekistonda   har   bir   kishining   ehtiyojiga   ko‘ra   ta’lim   olish
huquqini ta’minlashning ishchan mexanizmi shakllangan bo‘lib, u tegishli moddiy
-   texnik   shart   -   sharoitlar   bilan   mustahkamlangan.   Fuqarolarning   huquq   va
erkinliklarini   muxofaza   qilishga   bag‘ishlangan   barcha   qonunlar   va   huquqiy
hujjatlar   negizida   Konstitutsiyada   nazarda   tutilgan   demokratik   rux   bilan
sug‘orilgan asosiy g‘oya va qoidalar yotadi. Konstitutsiya asosida ishlab chiqilgan
va qabul qilingan barcha qonunlar Konstitutsiyaviy tamoyillarni ijtimoiy hayotning
turli sohalarida joriy etilishi uchun muhim vosita vazifasini bajaradi.  
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida inson va fuqarolarning huquq
va   erkinliklari:   shaxsiy   huquq   va   erkinliklar,   siyosiy,   iqtisodiy   va   ijtimoiy
huquqlarga bo‘lib belgilab berilgan bo‘lib, 37-modda mehnat qilish va erkin kasb
tanlash   huquqini,   38-   modda   yollanib   ishlayotgan   xodimlarning   dam   olish huquqlarining   kafolatlanganligini   belgilaydi.   O‘zbekiston   Respublikasining
Mehnat   kodeksida   esa   mehnat   qiluvchining   mehnatga   aloqadaor   barcha   huquqiy
munosabatlari tartibga solingan.   Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston   Respublikasining   “Yoshlarga   oid   davlat   siyosati   to‘g‘risida”gi
Qonuni.  2016 yil 15 sentabr Xalq so‘zi gazetasi. 
2. O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi
axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni.  2016 yil 9 sentabr 
3. O‘zbekiston   Respublikasining   “Korrupsiyaga   qarshi   kurashish   to‘g‘risida”   gi
Qonuni.  2017 yil 4 yanvar Xalq so‘zi gazetasi. 
4. O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2017   yil   7   fevraldagi   “O‘zbekiston
Respublikasini   yanada   rivojlantirish   bo‘yicha   Harakatlar   strategiyasi
to‘g‘risida”gi  4947-son Farmoni.

Konstitutsiya prinsipi Reja: 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar. 2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ta’lim va tarbiya jarayonlarining asosiy qonun xujjati sifatida.

Konstitutsiya va qonunning ustunligi prinsipi Konstitutsiya va qonunlar ustunligining ta’minlanishi huquqiy davlatning muhim belgilaridan biri bo‘lib, u O‘zbekistonda davlat-huquqiy qurilishining eng asosiy prinsipi hamdir. "Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi prinsipi shuni anglatadiki, - deydi Prezidentimiz I.A.Karimov, bunda barcha joriy qonunlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlar Konstitutsiya asosida, unga muvofiq bo‘lishi talab etiladi". Ulug‘ bobokalonimiz Amir Temur aytganidek: "Qayerda qonun hukmronlik qilsa, shu yerda erkinlik bo‘ladi". O‘zbekiston Konstitutsiyasida Konstitutsiya davlatimizning eng Asosiy Qonuni ekanligi, u boshqa barcha qonunlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlardan yuqori turishi quyidagicha belgilangan: "O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar" (15-modda). O‘zbekistonda Konstitutsiya va qonunlar oldida hamma teng darajada masuliyatga ega bo‘lib, qonunlar ham o‘z navbatida barchaga barobardir. Konstitutsiyaning 15-moddasi ikkinchi qismida davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar, deb ko‘rsatilgan. Davlat, uning organlari, jamoat birlashmalari Konstitutsiya va tegishli maxsus qonunlar asosida tashkil qilinadi va faoliyat yuritadi. Ular Konstitutsiya va maxsus qonunlarda belgilangan vakolatlarnigina amalga oshiradilar. Mansabdor shaxslar va fuqarolar ham Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar. Yuqoridagilarning birontasi ham Konstitutsiya va qonunlardan tashqari ish ko‘rishga haqli emas. Zero, Konstitutsiya va qonunlardan chetlab o‘tish, ularning talablarini buzish g‘ayriqonuniy xatti-harakat hisoblanadi. Bunday harakatlar uchun esa maxsus qonunlarda tegishlicha javobgarliklar o‘rnatilgan, sanksiyalar belgilangan. Demokratik huquqiy davlatda Konstitutsiya va qonunlarga og‘ishmay amal qilish talabi bilan bir qatorda Konstitutsiyaning birorta qoidasi O‘zbekiston

Respublikasi huquq va manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emasligi ham o‘rnatilgan bo‘ladi. O‘zbekiston Konstitutsiyasining birorta qoidasi O‘zbekiston Respublikasi huquq va manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas. Birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas (16-modda). O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining Konstitutsiyaviy asoslari va prinsiplari. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy prinsiplari Konstitutsiyaning 17-moddasida o‘zining qonuniy aksini topgan. Asosiy Qonunimizning 17-moddasida shunday deyilgan: "O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli subyektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi. Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin." Tashqi siyosat tushunchasi davlatning xalqaro ishlardagi umumiy yo‘nalishi o‘z ichiga oladi. Tashqi siyosat davlatning boshqa davlatlar va xalqlar hamda xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro aloqalarini o‘z ichiga oluvchi maqsad va vositalarini qamrab oladi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston 120 dan ortiq davlat bilan diplomatik aloqalarni o‘rnatdi. Toshkentda 35ta davlat elchixonasi ochildi, 19ta davlat elchilari esa O‘zbekiston Respublikasida o‘rindoshlik asosida faoliyat yurgizadi. Respublikada 88 ta xorijiy vakolatxonalar akreditatsiyadan o‘tgan, 24 ta hukumatlararo va 13 ta hukumatlarga tegishli bo‘lmagan tashkilotlar faoliyat olib boradi. Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida jahon hamjamiyati tomonidan tan olindi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar. Bizga ma’lumki, 1993 yil 28 dekabrda birinchi bor Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilgan bo‘lib, "O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida" gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida shunday deyilgan edi: “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 77-modda 1-qismidagi “150 nafar deputatdan” degan so‘zlar “deputatlardan” degan so‘z bilan almashtirilsin”. Konstitutsiyaviy qonun asosida 2003 yil 24 apreldagi "O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Konstitutsiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritildi. Jumladan, Konstitutsiyamizning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deb nomlangan XVIII bobi ilgari bir palatali parlamentga bag‘ishlangan bo‘lsa endilikda mazkur bobda ikki palatali parlament O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senati (yuqori palata)ga bag‘ishlangan. Konstitutsiyaning 117-modda 2-qismida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisininng qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning Konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda-dekabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkaziladi. Saylovlar umumiy, teng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishincha qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar saylanganidan so‘ng bir oy ichida ular orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadilar” degan qoida mavjud.

O‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 11 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 89-moddasiga, 93moddaning 15- bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga tuzatishlar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 77-moddasining birinchi qismga o‘zgartirish kiritilgan. Unga ko‘ra O‘zR Qonunchilik palatasining deputatlari soni qonunga muvofiq 150 nafar etib belgilandi. O‘zbekistan Respublikasinin Qonunchilik palatasi tomonidan 2011yil 4 martda qabul qilingan, Senat tomonidan 2011 yil 25 martda ma’qullangan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2011 yil 18 aprelda № URK – 284 imzolangan O‘zbekistan Respublikasi Qonunining 78, 80, 93, 96 va 98moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga ushbu o‘zgartish va qo‘shimchalar demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, davlat xokimiyatining uchta subyekti: davlat boshlig‘i — Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar o‘rtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini ta’minlash, shuningdek sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy- siyosiy isloxotlarni amalga oshirishda, mamlakatni yangilash va modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning roli hamda ta’sirini kuchaytirish maqsadida kiritilmoqda. 2011 yil 18 aprel kuni qabul qilingan Konstitutsiyaviy qonunga ko‘ra Konstitutsiyasining quyidagi: 78-modda birinchi qismining 15-bandi, 80moddaning 6-bandiga, 93-modda birinchi kismiga, 8-bandiga, 12-bandiga, 15- bandiga, 96-moddaga, 98-moddaga tuzatish va qo‘shimchalar kiritildi, O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 12 dekabrda qabul qilingan qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 90- moddasining ikkinchi qismiga tuzatish kiritilgan. “O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov berish yo‘li bilan besh yil muddatga saylanadi”.