MATLAB tizimi muloqot muhiti va ishchi varaqalari bilan ishlash
MATLAB tizimi muloqot muhiti va ishchi varaqalari bilan ishlash Reja: 1. Matlab tizimi haqida. 2. MATLAB tizimi interfeysi. 3. MATLAB dasturlash tili alifbosi va oddiy arifm е tik amallar.
MATLAB tizimi - kompyut е rda turli yo’nalishdagi: mexanika, matematika, fizika, muxandislik va boshqaruv masalalarini yechish, turli xil mexanik, energetik va dinamik sistemalarni modellashtirish, loyihalash, tavsiflash va tahlil qilish masalalarining aniq, t е z, samarali hal etish uchun mo’ljallangan sist е ma va turli xil sohali foydalanuvchilarga muljallangan dasturlash tilidir. MATLAB tizimining yaratilishi professor Kliv B.Mouler (Clive B.Mouler) va MathWorks firmasi prezidenti Djek Litl (Jack Little) lar faoliyati bilan bog’liq. Bir necha yillar Nyu-Mexiko, Michigan va Stenford universitetlarining matematika kafedrasi va kompyuter markazlarida ishlagan Kliv Mouler, keyinchalik faoliyatini MathWorks firmasida davom ettirgan. 1984-yilda u, Fortran tizimida matrisali hisoblashlar va chiziqli algabra masalalarini yechish paketlarini yaratish ishlarida qatnashgan va birinchi marta "MATLAB" atamasini kiritgan. “MATLAB” so’zi inglizcha “ Matrix Laboratory ” so’zlarining qisqartirilgan ifodasidir. Dastlab, MATLAB paketi matrisali hisoblashlar, dasturlar kutubxonasi uchun qulay qobiq sifatida qo’llanilgan bo’lsa, keyinchalik yuzlab yuqori malakali matematiklar va injener-texnik dasturchilar tajribasida, o’ziga xos laboratoriya sharoitida uning imkoniyatlari ancha kengaydi va hozirga kelib, ilmiy-texnikaviy dasturlash tili sifatida kompyuter algebrasi tizimlarining ilg’or vakillaridan biriga aylandi. MATLAB tizimining integrallashgan muhiti(interfeysi) universal-interfaol rejimda ishlaydi. Bir tomondan, MATLAB tizimidan dasturlash tili sifatida foydalanib, hisoblash jarayonlarini o’ta tez va yuqori aniqlikda olish mumkin bo’lsa, ikkinchi tomondan, virtual laboratoriya sifatida yuqoridagi tizimlarni modellashtirish, loyihalash, tavsiflash va tahlil qilish mumkin. Bundan tashqari, MATLAB dasturiy tizimi bilan Microsoft Office, Maple sistemasi va boshqa bir qancha dasturlarga bevosita bog’lash orqali shu dasturlarda ishchi varag’ida MATLABda mavjud buyruqlardan “jonli” ravishda foydalanish mimkin. Masalan
Microsoft Office Excelda MATLAB buyruqlaridan foydalanish orqali undagi ishlarni osonlashtirish mumkin. Microsoft Office Wordda(Word+Notebook) esa MATLAB tizimi buyruqlaridan foydalanib, “jonli” elektron darsliklar, qo’llanmalar, prezentatsiyalar va turli ko’rinishdagi “jonli” elektron hujjatlar yaratish imkoniyatlari mavjud. 1-rasm. Matlab tizimini ishga tushgandan keyingi ishchi oynasi
2-rasm. MATLAB tizimining asosiy oynasi 2. MATLAB tizimi interfeysi. MATLAB tizimining asosiy oynasi quyidagicha ko’rinishda bo’lib, quyidagi bo’limlardan iborat: 1. Sarlavha satri; 5. Komandalar ishchi varag’i; 2. Asosiy m е nyular satri; 6. Oxirgi yozilgan komandalar ro’yxati; 3. Uskun alar panеli; 7. Holat satri.
4. Ishchi soha; Asosiy m е nyular satri quyidagi m е nyulardan iborat. File — fayllar bilan ishlash menyusi Edit — tahrirlash menyusi View — uskunalar panelini chiqarish va yopish menyusi Web — Internet manbalari menyusi Windows — oynalar bilan ishlash menyusi Help — ma’lumotnoma menyusi Menyu buyruqlari: