logo

Windows opyeratsion muhiti. Windows muhiti to’g’risida boshlang’ich ma’lumotlar va uning asosiy imkoniyatlari. Windowsning asosiy elyemyentlari, oyna, tuzilishi va turlari. Ishchi stol.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

218.080078125 KB
Mavzu:.  Windows opyeratsion muhiti. Windows muhiti to’g’risida
boshlang’ich ma’lumotlar va uning asosiy imkoniyatlari.  Windowsning asosiy
elyemyentlari, oyna, tuzilishi va turlari. Ishchi stol.
Reja:
1. Operatsion sistema tushunchasi.
2. WINDOWS  operatsion sistemasining grafik interfeysi. 
3.Windows ishchi stoli
Darsning maqsadi: 
1 .   Operatsion   sistema   tushunchasi   to’g’risida   umumiy   va   asosiy   bilimlarni
hosil qilish.
2. . WINDOWS   operatsion sistemasining  grafik interfeysi  va  uning turlari
haqida tasavvurga ega bo’lish.
3.   Windows   ishchi   stoli   tushunchasi,   ular   ustida   amallar   bajarish   bo’yicha
malakalarni shakllantirish.
  1. Operatsion sistema tushunchasi.
Operatsion  sistema-kompyuter  ishga  tushirilishi  bilan  yuklanuvchi  shunday
bir   dasturki,   bu   dastur   foydalanuvchiga   EHM   bilan   muloqot   qilish   vositasi   bo'lib
xizmat qiladi, uning barcha qurilmalari ishini boshqarish imkonini beradi.
  Operatsion   sistema   yordamida   tezkor   xotiradan   foydalanish,   disklardagi
axborotlarni   o'qish   yoki   axborotlarni   disklarga   yoyish,   amaliy   dasturlarni   ishga
tushirish va shu kabi turli ishlarni amalga oshirish mumkin. Operatsion sistemaga
ehtiyoj   borligining   asosiy   sababi-   undagi   dasturlarsiz   bu   kabi   ishlarni   bajarish
uchun quyi bosqichdagi yuzlab yoki minglab elementar amallarni bajarishga to'g'ri
keladi.
Operatsion sistemaning asosiy vazifasi-foydalanuvchini uning bajarishi va 
umuman bilishi ham kerak bo'lmagan ana shu zerikarli hamda juda murakkab 
ishlardan xolis etish, kompyuter bilan muloqot qilishda qulayliklar yaratishdir. 
Bundan tashqari, operatsion sistema fayllarni ko'chirish yoki bosmaga chiqarish, 
kerakli dasturlarni tezkor xotiraga yuklab ishga tushirish va boshqaruvni ularga 
uzatish, operativ xotirani dastur ishi so'ngida bo'shatib, boshqaruvni yana o'ziga 
olish kabi ishlarni ham bajaradi.
Foydalanuvchi interfeyslari tushunchasi.
MS DOSning buyruqlarini EHMga kiritish ko'p mehnat, vaqt va kuch talab
qilishi sababli MS DOS buyruqlaridan oson va samarali DOS qatlamlari yaratilgan
bo'lib, ularga misol tariqasida Norton commander, Microsoft Windows, PS Tools
Deluxe, Far va boshqalarni keltirish mumkin.
Grafik interfeyslari tushunchasi.
Kompyuterning   texnik   va   dasturli   ta'minotining   rivojlanganligi   hujjatlarni
tahrir   qilish   sistemasida   turli   xil   rasm,   surat   va   chizmalarni   qayta   ishlash
imkoniyatini yaratdi.
Grafik   interfeys-turli   ko'rinishdagi   grafik   ob'ektlar   (papkalar,   turli
ko'rinishdagi fayllar) va bu ob'ektlar bilan ishlash uslublari majmui. Grafik   interfeyslarning   afzalliklari   shundan   iboratki,   bunda   har   bir   ob'ekt
tegishli belgiga ega, uning ko'rgazmaliligi va muomala uchun soddaligidadir.
1. Grafik interfeys ishini tashkil etish jihatlari.
Ob'ektning   belgilanishi-ob'ekt   nomi   va   nishoni.   WINDOWS     ekrani
elementlari; ishchi stoli, masalalar paneli, "Ishga tushirish" paneli.
Ishchi stoli-bu ekranning asosiy qismi, unda fayl va papkalar kabi muhim ob'ektlar joylashgan.
" Moy kompyuter ",  "Setevoye okrujeniye",  " Karzina ", " Internet ", " Portfel " ish
stolidagi   asosiy   ob'ektlar   bilan   tanishib   chiqamiz.   Masalan:   " Moy   kompyuter "-
tashqi   xotira   qurilmasi   bilan   ishlash   (disk   va   diskyurituvchilar   bilan)   hamda
kompyuter parametrlarini sozlash imkonini beradi.
" Setevoye okrujeniye "-bu lokal  hisoblash  tarmog'iga ulangan kompyuterlar bilan
ishlash, shu bilan birga o'zaro axborot uzatishga ko'maklashadi.
" Karzina "- o'chirilgan ob'ektlarni saqlash uchun maxsus papka.
" Internet "   ( Internet   Explorer )-Internet   global   axborot   tarmoqlari   ishi   uchun
dasturlar. 1-rasm . Ishchi stoli.
Windows ishchi stoli .
Kontekst   menyu-belgilangan   ob'ekt   ustida   bajarilishi   mumkin   bo'lgan
harakatlar ro'yxati.
Har   qanday   ob'ektning   kontekst   menyusini   chaqirish   uchun   klaviatura
maxsus tugmachasi yoki "sichqoncha"ning o'ng tugmasini bosish kifoya.
Ishchi   stolining   kontekst   menyusini   chaqirish   " sichqoncha "ning   o'ng
tugmasini stol tekisligida harakatlantirmoq bilan amalga oshiriladi.
Ishchi stoli kontekst menyusi buyruqlari tafsiloti:
-tartiblash   (ishchi   stolida   nom,   tur,   o'lchov,   sana,   avtomatik   tartiblashni   o'rnatish
bilan saralash);
-belgini o'rnatish (tasodifan surilib qolgan belgilarni o'zaro teng oraliqqa qo'yish);
-hosil qilish (ishchi stolida fayl va papkalar hosil qilish);
-xususiyat (ishchi stoli parametrlarini sozlash).
Ob'ektning kontekst menyusini chaqirish- " sichqoncha "ning o'ng tugmasini
belgi bo'yicha qimirlatish bilan amalga oshadi.
Ob'ektning kontekst menyusi va asosiy buyruqlarining tafsiloti:
-ochish (ob'ektni ochish);
-nusxalash   (ob'ektni   nusxalash   yoki   ko'chirish   uchun   kompyuter   xotirasining
maxsus bo'lagi);
-qirqish (ob'ektni navbatdagi ko'chirish uchun buferda saqlash);
-qayta nomlash (ob'ekt nomini o'zgartirish);
-chetlatish ("Savatcha"ga ob'ektni tushirish);
-xususiyat (ob'ekt xususiyati parametrlarini ko'rish va o'zgartirish).
WINDOWS operatsion sistemasining "Pusk" menyusidan foydalanish .
1 ."Pusk"  menyusi buyruqlari va ularning qo'llanishi.
" Pusk " menyusini chaqirish uchun "sichqoncha"ni chap tugmasi bosiladi yoki klaviaturadagi maxsus tugmalardan foydalaniladi. 2- rasm . Windows OS ning bosh menyusi .
" Pusk " menyu quyidagi elementlardan tashkil topadi:
-dasturlar   menyusi-kompyuterdagi   dasturlarni   bir   zumda   ishga   tushirishga   xizmat
qiladi;
-hujjatlar menyusi-hujjatlar ro'yxatini saqlash;
-sozlash menyusi-sistema, printer, masalalar paneli parametrlarini sozlaydi;
-izlash menyusi - fayl va papkalar, lokal tarmoqdagi kompyuterlarni qidirish;
-ma'lumotlar menyusi - WINDOWS operatsion sistemasining ma'lumotlar sistemasini chaqirish;
-bajarish   menyusi-buyruqlar   satri   bilan   dasturni   ishga   tushirish   yoki   papkani
ochish;
-ishni yakunlash menyusi-kompyuterni o'chirish yoki qayta yuklash.
2. Ma'lumotlar sistemasini ochish uchun „Pusk“menyudan ma'lumotlar 
buyrug'i tanlanib, "sichqoncha"ning chap tugmasini bosish bilan amalga oshiriladi.
Ma'lumotlar sistemasi oynasida uchta zakladka (xatcho'p) mavjud. 1-xatcho'p - "Bo'limlar" (ma'lumotlar sistemasidagi bo'limlar ro'yxatini ko'rish). 
Bo'limlarni ochish, tanlangan mavzu bo'yicha axborotlarni ko'rish.
2-xatcho'p-"Mazmuni bo'yicha" (ma'lumotlar sistemasidagi maqolalar ro'yxatini 
alfavit tartibida chiqarish).
3-xatcho'p-“Nayti“ (kerakli maqolani so'z bilan qidirish).
."Dasturlar", "Hujjatlar", "Sozlash menyusi".
1. "Dasturlar" menyusi .
Kompterdagi dasturlarni tezda ishga tushirib yuborish uchun "Standart" 
dasturlar guruhi ko'p qo'llaniladi. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi:
-PAINT grafik muharriri-rasm mazmunidagi fayllarni ko'rish, hosil qilish va 
tahrirlash uchun qo'llaniladi;
-Word Pad matn muharriri-kichik hajmdagi hujjatlarni terish, tahrir qilishda 
ishlatiladi;
-kalkulyator-arifmetik hisoblashlar uchun (oddiy, muhandislik rejimida);
-bloknot-matn muharririga sodda va qulay murojaat qilish (ko'p hollarda kichik 
hujjatlar) uchun ishlatiladi.
2. Hujjatlar menyusi.
Hujjatni ishga tushirish uchun hujjat nomi yozilgan yozuv ustida 
"sichqoncha"ning chap tugmasini bosish kerak.
"Sozlash" menyusi uchta elementlardan iborat:
a)Boshqarish paneli-sistemalar panelini sozlash, dasturlar va kompyuterni 
avtomatik ishga tushirish yoki to'xtatish;
b)Printerlar-kompyuterga ulangan printerni avtomatik o'rnatish yoki sozlash;
c)Masalalar paneli-masalalar paneli parametrini sozlash, „ Pusk “menyuga yangi 
dastur qo'shish yoki olib tashlash. "Hujjatlar" menyusidan hujjatlarni o'chirib 
tashlash.
Kerakli punktni ishga tushirish uchun "Sozlash" menyusi elementiga mos 
ravishda "sichqoncha"ning chap tugmachasidan foydalanish lozim.
Boshqarish paneli quyidagi elementlardan tashkil topgan: -o'rnatish-dasturlarni o'chirish-yangi dasturlarni avtomatik "Dasturlar" menyusiga 
kiritish yoki o'chirish;
-yangi   qurilmalarni   o'rnatish-kompyuterga   ulangan   yangi   qurilmalarni   avtomatik
sozlash;
-sana-vaqt-yangi kun va vaqtni kiritish;
-ekran (ishchi stoli kontekst menyusi kabi);
-klaviatura-klaviatura parametrlarini sozlash (belgilarni qaytarilish tezligi va 
klaviaturaga bog'liq boshqa yumushlar)
-"sichqoncha" - "sichqoncha" manipulyatorining paramet-rini sozlash 
("sichqoncha"ga bog'liq turli yumushlar);
-tarmoq -kompyuter tarmog'ining ishini sozlash;
-parollar-WINDOWS 9x operatsion sistemaga kirish uchun yangi parolni kiritish, 
jumladan tarmoq uchun ham.
-printerlar ("sozlash"dagi kabi);
-til va standartlar-berilgan mintaqaga oid turli ma'lumotlar;
-sistema-kompyuter qurilmalari ishini ayni vaqtda bexato ishlayotganini ko'rsatadi.
„ Nayti “ menyusi . "Dasturlarni bajarish" menyusi. „ Zaversheniye  
rabotы “menyusi elementlari xaqida batafsil tushuntirish. Ular bilan ishlash 
ko'nikmalari.
1.  „ Nayti “  menyusi quyidagi asosiy elementlarini o'z ichiga oladi.
-Papka va fayllar-fayllar va papkalarni ko'rsatilgan disk yoki disketdan izlash;
-Tarmoqda kerakli-kompyuterni kompyuter tarmog'idan izlash. 
a) Papka va fayllar -“Nayti“  menyusidan "ishga tushirish" menyusi tanlanib, papka 
va fayllar ustiga olib borilib "sichqoncha"ning chap tugmasi bosiladi.
"Moy kompyuter"ni ishga tushirish uchun "sichqoncha" yordamida kursorni 
"Moy kompyuter" yozuviga olib kelib, chap tugmasini bosish kifoya.
Ishga tushirish dastur buyruqlari-papka yoki hujjat dasturlarini ochish;
-"ishga tushirish" menyusini ishlatish uchun "sichqoncha"ning chap tugmasini 
bosish kerak; -"ochish" satri bo'ylab fayl yoki papkaga yo'l ko'rsatish kerak. Agar kerakli yo'l 
noma'lum bo'lsa, "obzor" tugmasi yordamida avtomatik ravishda ob'ekt uchun 
kerakli yo'l topiladi;
-papkalarni ochish yoki dasturlarni ishga tushirish "OK" tugmasini bosish bilan 
bajariladi.
2. „Zaversheniye rabot ы “ buyruqlari.
Ushbu dasturni ishlatish uchun  „Pusk“  menyudan „Zaversheniye rabot ы “ 
buyrug'i tanlanadi.
„ Zaversheniye   rabot ы “  buyrug'i oynasida ishni tugallashning to'rt rejimi 
bor:
-kompyuterni o'chirish-kompyuter ishini to'liq yakunlash, foydalanuvchi ish-
layotgan hamma ob'ektlarni yopish;
-kompyuterni qayta yuklash -oynalarning operatsion sistemasi bilan saqlangan 
xolda qayta yuklash;
-MS DOS rejimidan maxsus OS MS DOS rejimiga o'tish;
-sistemaga boshqa nom bilan o'tish-OSga boshqa foydalanuvchining o'z nomi bilan
kirishi.
Ishni tugatish uchun  „Da“,  uni bekor qilish uchun  „Net“  tugmasi bosiladi.
  Masalalar panelining  „Pusk“  menyusi.  „Panel zadach“  ning vazifalari va 
ularni sozlash.
„Panel zadach“ da quyidagi asosiy elementlar joylashgan:
-“Pusk“menyu;
-klaviatura alfavitining (RuG'En) indikatori;
-soat indikatori.
Ishchi stolida fayl, papka, dasturlar oynasini ochganda ochiq ob'ektlar 
ro'yxati shakllanadi.
Kontekst menyu quyidagi buyruqlarni o'z ichiga oladi: (oldindan ishchi 
stolida biron-bir ob'ektning oynasini ochib ko'ring)
-Kaskadlar-ishchi stolidagi ketma-ket o'rnatilgan oynalar;
-Yuqoridan pastga - ishchi stolidagi ustma-ust o'rnatil-gan oynalar; -o'ngdan-chapga -ishchi stolidagi chapdan o'ngga o'rnatilgan oyna.
Oynalarni tiklash uchun masalalar panelida "sichqoncha"ning o'ng tugmasini
bosish kerak.
„Svoystva“ menyusi ikki xatcho'pdan iborat:
a) masalalar paneli parametrlari;
b) „Pusk“menyu.
Birinchi xatcho'p quyidagi parametrlarni kiritish imkonini beradi:
-hamma oynaning yuqorisini o'rnatish;
-bosh menyudagi kichkina belgilarni ekrandan avtomatik yo'qotish;
-soatlar-masalalar panelidan soatlar indikatorini yo'qotish.
Kerakli parametrni o'rnatish uchun "sichqoncha"ni oynaning parametr nomi 
bo'ylab chap tugmasini bosish kerak, so'ng OKni "sichqoncha" yordamida ishga 
tushirish kerak.
Yangi dasturni qo'shish uchun ekrandagi yo'riqnomadan foydalanish lozim. 
Dasturni yo'qotish uchun esa "yo'qotish" tugmasidan foydalaniladi.
„Dokument ы “ lar menyusini tozalash uchun "tozalash", so'ng OK dan 
foydalaniladi.

Mavzu:. Windows opyeratsion muhiti. Windows muhiti to’g’risida boshlang’ich ma’lumotlar va uning asosiy imkoniyatlari. Windowsning asosiy elyemyentlari, oyna, tuzilishi va turlari. Ishchi stol. Reja: 1. Operatsion sistema tushunchasi. 2. WINDOWS operatsion sistemasining grafik interfeysi. 3.Windows ishchi stoli Darsning maqsadi: 1 . Operatsion sistema tushunchasi to’g’risida umumiy va asosiy bilimlarni hosil qilish. 2. . WINDOWS operatsion sistemasining grafik interfeysi va uning turlari haqida tasavvurga ega bo’lish. 3. Windows ishchi stoli tushunchasi, ular ustida amallar bajarish bo’yicha malakalarni shakllantirish.

1. Operatsion sistema tushunchasi. Operatsion sistema-kompyuter ishga tushirilishi bilan yuklanuvchi shunday bir dasturki, bu dastur foydalanuvchiga EHM bilan muloqot qilish vositasi bo'lib xizmat qiladi, uning barcha qurilmalari ishini boshqarish imkonini beradi. Operatsion sistema yordamida tezkor xotiradan foydalanish, disklardagi axborotlarni o'qish yoki axborotlarni disklarga yoyish, amaliy dasturlarni ishga tushirish va shu kabi turli ishlarni amalga oshirish mumkin. Operatsion sistemaga ehtiyoj borligining asosiy sababi- undagi dasturlarsiz bu kabi ishlarni bajarish uchun quyi bosqichdagi yuzlab yoki minglab elementar amallarni bajarishga to'g'ri keladi. Operatsion sistemaning asosiy vazifasi-foydalanuvchini uning bajarishi va umuman bilishi ham kerak bo'lmagan ana shu zerikarli hamda juda murakkab ishlardan xolis etish, kompyuter bilan muloqot qilishda qulayliklar yaratishdir. Bundan tashqari, operatsion sistema fayllarni ko'chirish yoki bosmaga chiqarish, kerakli dasturlarni tezkor xotiraga yuklab ishga tushirish va boshqaruvni ularga uzatish, operativ xotirani dastur ishi so'ngida bo'shatib, boshqaruvni yana o'ziga olish kabi ishlarni ham bajaradi. Foydalanuvchi interfeyslari tushunchasi. MS DOSning buyruqlarini EHMga kiritish ko'p mehnat, vaqt va kuch talab qilishi sababli MS DOS buyruqlaridan oson va samarali DOS qatlamlari yaratilgan bo'lib, ularga misol tariqasida Norton commander, Microsoft Windows, PS Tools Deluxe, Far va boshqalarni keltirish mumkin. Grafik interfeyslari tushunchasi. Kompyuterning texnik va dasturli ta'minotining rivojlanganligi hujjatlarni tahrir qilish sistemasida turli xil rasm, surat va chizmalarni qayta ishlash imkoniyatini yaratdi. Grafik interfeys-turli ko'rinishdagi grafik ob'ektlar (papkalar, turli ko'rinishdagi fayllar) va bu ob'ektlar bilan ishlash uslublari majmui.

Grafik interfeyslarning afzalliklari shundan iboratki, bunda har bir ob'ekt tegishli belgiga ega, uning ko'rgazmaliligi va muomala uchun soddaligidadir. 1. Grafik interfeys ishini tashkil etish jihatlari. Ob'ektning belgilanishi-ob'ekt nomi va nishoni. WINDOWS ekrani elementlari; ishchi stoli, masalalar paneli, "Ishga tushirish" paneli. Ishchi stoli-bu ekranning asosiy qismi, unda fayl va papkalar kabi muhim ob'ektlar joylashgan. " Moy kompyuter ", "Setevoye okrujeniye", " Karzina ", " Internet ", " Portfel " ish stolidagi asosiy ob'ektlar bilan tanishib chiqamiz. Masalan: " Moy kompyuter "- tashqi xotira qurilmasi bilan ishlash (disk va diskyurituvchilar bilan) hamda kompyuter parametrlarini sozlash imkonini beradi. " Setevoye okrujeniye "-bu lokal hisoblash tarmog'iga ulangan kompyuterlar bilan ishlash, shu bilan birga o'zaro axborot uzatishga ko'maklashadi. " Karzina "- o'chirilgan ob'ektlarni saqlash uchun maxsus papka. " Internet " ( Internet Explorer )-Internet global axborot tarmoqlari ishi uchun dasturlar.

1-rasm . Ishchi stoli. Windows ishchi stoli . Kontekst menyu-belgilangan ob'ekt ustida bajarilishi mumkin bo'lgan harakatlar ro'yxati. Har qanday ob'ektning kontekst menyusini chaqirish uchun klaviatura maxsus tugmachasi yoki "sichqoncha"ning o'ng tugmasini bosish kifoya. Ishchi stolining kontekst menyusini chaqirish " sichqoncha "ning o'ng tugmasini stol tekisligida harakatlantirmoq bilan amalga oshiriladi. Ishchi stoli kontekst menyusi buyruqlari tafsiloti: -tartiblash (ishchi stolida nom, tur, o'lchov, sana, avtomatik tartiblashni o'rnatish bilan saralash); -belgini o'rnatish (tasodifan surilib qolgan belgilarni o'zaro teng oraliqqa qo'yish); -hosil qilish (ishchi stolida fayl va papkalar hosil qilish); -xususiyat (ishchi stoli parametrlarini sozlash). Ob'ektning kontekst menyusini chaqirish- " sichqoncha "ning o'ng tugmasini belgi bo'yicha qimirlatish bilan amalga oshadi. Ob'ektning kontekst menyusi va asosiy buyruqlarining tafsiloti: -ochish (ob'ektni ochish); -nusxalash (ob'ektni nusxalash yoki ko'chirish uchun kompyuter xotirasining maxsus bo'lagi); -qirqish (ob'ektni navbatdagi ko'chirish uchun buferda saqlash); -qayta nomlash (ob'ekt nomini o'zgartirish); -chetlatish ("Savatcha"ga ob'ektni tushirish); -xususiyat (ob'ekt xususiyati parametrlarini ko'rish va o'zgartirish). WINDOWS operatsion sistemasining "Pusk" menyusidan foydalanish . 1 ."Pusk" menyusi buyruqlari va ularning qo'llanishi. " Pusk " menyusini chaqirish uchun "sichqoncha"ni chap tugmasi bosiladi yoki klaviaturadagi maxsus tugmalardan foydalaniladi.

2- rasm . Windows OS ning bosh menyusi . " Pusk " menyu quyidagi elementlardan tashkil topadi: -dasturlar menyusi-kompyuterdagi dasturlarni bir zumda ishga tushirishga xizmat qiladi; -hujjatlar menyusi-hujjatlar ro'yxatini saqlash; -sozlash menyusi-sistema, printer, masalalar paneli parametrlarini sozlaydi; -izlash menyusi - fayl va papkalar, lokal tarmoqdagi kompyuterlarni qidirish; -ma'lumotlar menyusi - WINDOWS operatsion sistemasining ma'lumotlar sistemasini chaqirish; -bajarish menyusi-buyruqlar satri bilan dasturni ishga tushirish yoki papkani ochish; -ishni yakunlash menyusi-kompyuterni o'chirish yoki qayta yuklash. 2. Ma'lumotlar sistemasini ochish uchun „Pusk“menyudan ma'lumotlar buyrug'i tanlanib, "sichqoncha"ning chap tugmasini bosish bilan amalga oshiriladi. Ma'lumotlar sistemasi oynasida uchta zakladka (xatcho'p) mavjud.