logo

MEHNAT BOZORIDA HUDUDIY AXBOROT TIZIMI ShAKLLANISh YO‘NALIShLARI VA MEXANIZMLARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

56.947265625 KB
MEHNAT BOZORIDA HUDUDIY AXBOROT TIZIMI   ShAKLLANISh
YO‘NALIShLARI VA MEXANIZMLARI
REJA
1.   Mehnat bozorida hududiy axborot tizimining shakllanishi
2.   H ududiy axborot tizimi yaratilishining shart-sharoiti  va usullari
3.   Mehnat   bozorida   hududiy   axborot   tizimlarini   joriy   etish   –
iqtisodiyotning axborot sektorini intensiv rivojlantirish omili sifatida
  1.   Mehnat bozorida hududiy axborot tizimining shakllanishi
Zamonaviy makroiqtisodiy tuzilmalar uchun axborotga ega bo‘lish juda ham
muhim, chunki atrof muhitdagi noaniqlik yuz marta o‘sdi, bu ko‘pincha, firmalar,
korxonalar,   korporatsiyalar,   banklar   faoliyatining   buzilishiga   olib   keldi,
rahbarlikning   har   qanday   darajasida   asoslanmay   qabul   qilingan   qarorlar   xo‘jalik
ob’ektlari uchun tuzatib bo‘maydigan salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi 1
.
Shunday ekan, mehnat bozori infratuzilmasi shakllanishi va  rivojlanishining
muhim   shart-sharoiti,   vositasi   bo‘lib,   uning   sub’ektlari   o‘rtasidagi   aloqalarni
ta’minlovchi   mehnat   bozori   axborot   tizimini   shakllantirishdan   iboratdir.   Mehnat
bozorida axborot tizimini vujudga keltirish va takomillashtirish hududiy ish bilan
bandlik xizmati organlari o‘rtasida yagona ish bilan bandlik siyosatini yuritish ular
o‘rtasida   kommunikatsiya   aloqalarni   ta’minlash   hamda   transaksion   xarajatlarni
qisqartirish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Axborotlashtirish jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ish bilan bandlikni
davlat     tomonidan     tartibga   solish   va   mehnat   bozorida   davlat   siyosatini   yuritish
bo‘yicha   yangi-yangi   talablarni   yuzaga   keltirmoqda.   O‘zbekiston   mehnat
bozoridagi   hududiy   farqlar   ahamiyatli   ravishda   hududiy   bozorlar   integratsiyasini
ta’minlaydigan hamda  hududiy xususiyatlarni  hisobga  oladigan hududiy ish bilan
bandlik siyosatini ishlab chiqishni zarurat etmoqda.
Hozirgi   vaqtda   mehnat   bozorida   axborotlar   roli   jiddiy   ravishda   o‘smoqda.
Boshqaruv   maqsadlari   uchun   axborotlarga   yuqori   ehtiyoj   va   axborot
jarayonlarining   shiddatli   rivojlanishi   uning   infratuzilmasi   tarkibiy   qismlari
yaratishni birinchi o‘ringa olib chiqadi. Axborotli infratuzilma hisoblash texnikasi,
kommunikatsiya vositalari, uslubiy va dasturiy ta’minlash, faoliyatning yordamchi
turlarini   qamrab   oladi.   Hisoblash   texnikasi   bilan   jihozlashni   yetarli   darajada
ta’minlash   maqsadida   hisoblash   vositalari   bozorining   narxi   arzonlashmoqda.
Kishilik   faoliyatining   tegishli   sohalarida   samarali   ishlash   uchun   zarur   bo‘lgan
ilmiy-texnik,   siyosiy,   iqtisodiy   va   har   qanday   axborotlar   hajmining   o‘sishi
1
 Ғуломов С.С. Ахборот тизимлари ва технологиялари. -Т.: “Шарқ”.  2000.  - 92  б . boshqaruvda   axborot   texnologiyalaridan   keng   foydalanish   zaruratini   keltirib
chiqarmoqda 2
.
Axborot   va   kommunikatsion   texnologiyalar   iqtisodiyotning   deyarli   barcha
tarmoqlariga ulkan va global miqyosda hamda har qanday tarmoq yoki xizmatlarga
tegishli   firmalarning   har   bir   funksiyasiga   ta’sir   ko‘rsatmoqda 3
.   Hozirgi   vaqtda
sanoati   rivojlangan   mamlakatlarda   50%   ish   bilan   band   bo‘lganlar   kompyuter
texnikasidan   foydalanmoqdalar 4
.   Mehnat   bozorining   yagona   axborot   tizimi,
masalan, 2000 yilda Koreya Respublikasida yaratildi 5
.
Mehnat   bozorida   axborotlarning   yo‘qligi   yoki   yetishmasligi   ish   bilan
bandlikka   ko‘maklashish   doirasida   nomutanosib   holatlarni   keltirib   chiqaradi,
agarda   bo‘sh   ish   o‘rinlariga   ishchi   kuchi   yetishmaydigan   joyda   ishsizlar   mavjud
bo‘lsa,   qanday   qilib   bo‘sh   ish   joylari   tuzilmasini   to‘ldirish   orqali   ishsizlik
darajasini   kamaytirish   mumkin.   Shu   sababli   mehnat   bozorida   hududiy   ish   bilan
bandlik   siyosatini   samarali   amal   qilishi   uchun   hududdagi   bo‘sh   ish   joylarining
sifatli   tasnifi   va   ishsizlar   soni   haqida   barcha   operativ   ma’lumotlarni   o‘z   ichiga
oluvchi,  ishchi   kuchiga   talab   va  taklifni   tartibga  solish   bo‘yicha   hududiy   axborot
tizimini yaratish zarur. 
Aholini   ishga   joylashtirish   bo‘yicha   hududiy   bandlik   xizmati   axborot
tizmlarini   yaratilishida   barcha   imkoniyatlari   bilan   yetakchi   rol   o‘ynaydi.   Har   bir
hududda   axborot     tizimlarining   yaratilishi   va   qo‘llanishi   respublika   miqyosida
yagona  davlat  siyosatini  yuritish   maqsadida   mehnat   bozorining  markaziy  axborot
tizimiga birikishini nazarda tutadi.
Hududiy   axborot   tizimlarining   yaratilishi   ishchi   kuchiga   talab   va   taklifni
tartibga   solishda   tarmoqli   –   axborotlarni   taqsimlash   xususiyatlari   bilan
aloqadorlikda ijobiy tashqi samaralarni yuzaga keltiradi 6
.
2
 Ғуломов С.С. Ахборот тизимлари ва технологиялари.  - Т.: Шарқ. 2000.  - 93  б .
3
  Тарасова   Н.   Трудовўе   отношения   в   условиях   глобализации   и   технологической   революции
(опўт стран запада) //Общество и экономика.  –М.:  2000. №1.  -С .   67.
4
  International   Labor   Review . 1995.  V . 134. №4-6.
5
  Костюнина   Г.М.   Социальная   политика   в   области   труда   (опўт   Республики   Корея)   //   Труд   за
рубежом. 2000. №4.  -С .   29-30.
6
 Вериан Х.Р. Микроэкономика. Промежуточнўй уровень. Современнўй подход.  - М.: ЮНИТИ. 
1997.  - С .   647. Haqikatdan   ham,   bunday   axborot   tizimlari   xizmatlariga   talab   hududiy
mehnat bozorini qamrab olish  doiras igacha kengayib boradi.
Ishchi   kuchiga   talab   va   taklifni   tartibga   solishda   hududiy   axborot   tizimi
ishchilarning bo‘sh ish joylarini izlashda ularning raqobatbardoshligini oshirishga
amaliy   natija   beradigan   yordam   ko‘rsatishi   mumkin.   U   ishsizlikdan   sug‘urtalash
tizimi   bilan   birgalikda   davlat   ish   bilan   bandlik   xizmatiga   mehnat   bozoridagi
holatlarning hududiy darajada ancha egiluvchan va moslashuvchan ta’sir etishi va
faoliyatining   samaradorligini   oshirish   uchun   imkoniyat   yaratadi.   Shuningdek,
mehnat bozorining hududiy axborot tizimlari davlat va nodavlat   ish bilan   bandlik
xizmatlari faoliyatlarida ish joylarini tanlash davrini qisqartirish, ishsizlik bo‘yicha
to‘g‘ri   va   zamonaviy   nafaqa   to‘lovlarini   ta’minlash,   ishsizlikning   davomiyligini
qisqartirish,   mavjud   ish   joylari   to‘g‘risida   ma’lumotlar   banki   bilan   muvofiqlikda
ishchilarni   kasbga   qayta   tayyorlashni   ishlab   chiqish   samaradorligini   oshirishda
vosita bo‘lib xizmat qiladi.
2.   H ududiy axborot tizimi yaratilishining shart-sharoiti  va usullari
Hududiy   axborot   tizimi   yaratilishining   shart-sharoiti   bo‘lib,   hududiy   ish
bilan bandlik xizmatini  axborotlashtirish  asosida  axborot  uzatish texnikalari  bilan
jihozlangan yaxlit hududiy axborot tizimlarini  yaratish hisoblanadi.
Rossiyada   Sankt-Peterburg   shahrida   «Katarsis»   kompaniyasi   bozorda
axborot   tizimi   sifatida   11  yildan   ko‘proq   faoliyat   yuritmoqda   va  Rossiya   Federal
ish bilan bandlik xizmati uchun yagona axborot tizimini yaratmoqda. Hududiy va
milliy   darajada   axborot   tizimi   rivojlanishining     muhim   pallasi   bo‘lib,   qo‘yilgan
masalani   yechishda   kompleks   yondashuv   hisoblanadi.   Bunda   u   nafaqat   axborot
jihozlarini   o‘rnatish,   balki   loyihalashtirish   bo‘yicha   tadqiqotlar   o‘tkazish,
dasturlashtirish,   axborot   o‘zatishning   markazlashgan   tizimlarini   ishlab   chiqish,
tarmoqli monitoringning samarali usullarini qo‘llash kabi ishlarni olib boradi.
Hozirgi   vaqtda   «Katarsis»   dasturiy   –   apparatlashgan   kompleksi   axborot
almashish   maqsadida   «Mehnat   resurslari»,   «Nafaqalarni   hisoblash   va   to‘lash», «Bandlik   jamg‘armasi»,   «Tahlil»,   «Maslahatchi   1»,   «Maslahatchi   2»   kabi
avtomatlashgan tizimlarni  birlashtiradi.
Bu   axborot   tizimi   mijozlarga   alohida   tartibda   mavjud   bo‘sh   ish   o‘rinlari,
kasbiy   tayyorgarlikdan   o‘tish   imkoniyatlari,   nafaqa   miqdori   va   boshqalar   haqida
yetarli   darajada   ma’lumotlar   berib   turadi.   Barcha   ishlanmalar   mahalliy   va   xorijiy
firmalar bilan birgalikda yaratilgan maxsus dasturiy ta’minotga bazalashtiriladi 7
. 
O‘zbekistonda   Rossiyaning   Sankt-Peterburg   shahridagi   «Katarsis»
kompaniyasiga   o‘xshash   axborot   tizimining   hududiy   ish   bilan   bandlik   xizmati
mablag‘lari   yoki   davlat   byudjeti   hisobiga   yaratilishi   mehnat   bozorida   davlat
siyosatini   yuritish   samaradorligini   oshishida   muhim   vosita   bo‘lib,   ish   bilan
bandlikka   ko‘maklashish   sohasidagi   institutsional   tuzilmalar   o‘rtasida   samarali
axborot almashishni ta’minlaydi.
Ko‘pincha   rivojlangan   mamlakatlarda   axborot   to‘plash   va   uzatishga
ixtisoslashgan   vositachi   firmalar   faoliyati   tijorat   asosiga   qurilgan.   Biroq
o‘tkazilgan   tadqiqotlar   shuni   ko‘rsatdiki,   viloyat   mehnat   bozorida   axborot
xizmatlarini tijoratlashtirish imkoniyatlari  yetarli darajada emas, chunki yuqori ish
haqiga   ega   bo‘lgan   ish   o‘rinlari   va   lavozimlar   yetarli   miqdorda   emas.   Shuning
uchun   hozirgi   vaqtda   mehnat   bozori   axborot   tizimi   jamoat   sektori   doirasida
shakllanishi   zarur,   lekin   kelajakda   uning   faoliyatini   tijorat   asosiga   o‘tkazish
mumkin.
7
 Санкт-Петербургдаги «Катарсис» компанияси маълумотлари . Hududiy mehnat bozori infratuzilmasida axborotlar 
almashuvi chizmasi
                                        
                                        Axborot almashish
11.1-rasm.Вилоят  иш билан 
бандлик  хизмати Ша ҳар иш билан 
бандлик хизмати Туман  иш 
билан бандлик 
хизмати Лицензиялаш 
органлари
Ҳудудий меҳнат бозорининг ахборот тизими
Ахборот тизимлари шаклланишининг 
технологияси
Дастлабки маълумотлар
Қайта ишлаш дастури
Ахборот тармо ғининг 
яратилиши (интернетдаги) Параметрлар мониторинги
Б ўш иш 
ўринлари Ишчи кучи 
таклифи
Келгусида ишчи кучига талаб  ҳақида 
маълумотлар
Самар қанд вилоят ҳокимият
органлари
Самар қанд вилоят ижро этувчи 
органлари Кенгаши Hududiy axborot tizimi quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga olishi zarur:
- ishsizlar va mavjud ish joylari haqida dastlabki ma’lumotlarni yig‘ish;
- ular uchun qayta ishlash dasturi;
- mavjud yig‘ilgan va to‘plangan axborotlar asosida viloyat davlat ish bilan
bandlik xizmati va uning joylardagi mehnat bo‘limlari faoliyati bilan muvofiqlikda
lokal kompyuter tarmog‘ini yaratish va internet  taromog‘iga ulash.
Buning uchun  hududiy barcha hududiy  ish bilan  bandlik xizmatlarini internet
taromog‘iga  ulash nazarda tutiladi.
11 .1- rasm da   ko‘rsatilishicha,   hududiy   axborot   tizimi   quyidagi   parametrlar
monitoringiga   asoslanadi:   bo‘sh   ish   o‘rinlari   haqida   ma’lumotlar   va   ularning
dinamikasi;   ishchi   kuchi   taklifi   ( ish   bilan   bandlik   xizmati   ish   izlovchilar
ma’lumotlar bankini shakllantiradi); oldindan ishchi kuchini qisqartirish va yollash
haqida   korxonalar   va   firmalar   ma’lumotlarini   o‘z   ichiga   oluvchi   hamda   mehnat
bozorida talab va taklifning o‘zaro muvofiqligini ta’minlashda,  o‘z vaqtida ularni
tayyorlash   bo‘yicha   viloyatdagi   kasbga   yo‘naltirish   o‘quv   yurtlari   va   oliy   o‘quv
yurtlari   bitiruvchi   mutaxassislarini   istiqbollashtirish   asosida   kelgusida   ishchi
kuchiga     talab   haqida   ma’lumotlar   to‘plash.   Ko‘rsatilgan   parametrlar   bo‘yicha
ma’lumotlar   bazasining   shakllanishi     ish   bilan   bandlikka   ko‘maklashish   dasturini
ishlab chiqish va monitoringini o‘tkazish maqsadida viloyat hokimiyat organlarini
axborot bilan ta’minlash uchun ishonchli empirik asos hisoblanadi.
3. Mehnat bozorida hududiy axborot tizimlarini joriy etish –
iqtisodiyotning axborot sektorini intensiv rivojlantirish omili sifatida
Mehnat   bozorida   hududiy   axborot   tizimlarini   joriy   etish   iqtisodiyotning
axborot   sektorini   intensiv   rivojlantirish   jarayonini   qamrab   oladi.   Shuning   uchun
hududiy   darajada   iqtisodiyotni   axborotlashtirishning   shakllanish   belgisi
hisoblanadi.
Albatta,   hududiy   mehnat   bozorida   axborot   tizimlarining   yaratilishi,
avvalambor,   mahalliy   elektron,   kompyuter   texnikalari   ishlab   chiqarishni rivojlantirishni   talab   etadi.   Mahalliy   elektron     sanoatining   rivojlanishi   mehnat
bozorida axborot tizimlari shakllanishi uchun zarur jihozlarni ta’minlaydi. 
Axborotlashtirish   infratuzilmasi   rivojlanishining   hozirgi   yo‘nalishlarining
tahlili   axborot   xizmati   tarmog‘ini   takomillashtirishning   huquqiy,   tashqi   va
iqtisodiy jihatlarini tadqiq qilish bilan bog‘liq vazifalar majmuasini tezroq hal etish
zaruriyatini ko‘rsatmoqda 8
.
Mehnat   bozorida   axborotlashtirish   quyidagi   vazifalarni   amalga   oshirishini
nazarda tutadi:
- mehnat  bozorini axborotlashtirishga tayyorlashning tadbirlar majmuasini
amalga   oshirish,   ya’ni   bu   muammoni   hal   etish   uchun   zarur   siyosiy,   iqtisodiy,
ijtimoiy mutaxassislar  tayyorlash va boshqa shu kabi shart-sharoitlarni yaratish;
- aholining   kompyuter   savodxonligini     ta’minlash,   yangicha   fikrlash   va
axborot madaniyatini shakllantirish;
- xo‘jalik   mexanizmini   takomillashtirish,   tashkiliy   tuzilmalar,   boshqaruv
tartibotlarini qayta qurish, axborotlashtirish industriyasining xo‘jalik mexanizmini
vujudga keltirish, axborotlashtirishning huquqlarini ishlab chiqish;
- mehnat   bozorida  axborotlarni  qabul  qilib  olish  va  tarqatish   umumdavlat
muhitini rivojlantirish;
- matematik va dasturiy ta’minot ishlab chiqish, ma’lumotlar banklarini va
bilimlarning manbalarini vujudga keltirish;
- axborotlashtirish   sohasida   samarali   xalqaro   hamkorlik   qilish     yuzasidan
keng ko‘lamli tadbirlarni amalga oshirish.
Mehnat bozori hududiy axborot tizimi ish bilan bandlik  va mehnat sohasida
fuqarolarni   o‘z-o‘zini   himoyalashning   qo‘llab-quvvatlashini   o‘z   ichiga   oluvchi
huquq   va   majburiyatlar   haqidagi   axborotlarni   saqlash,   normativ   aktlar   va   ularni
mustahkamlash haqida, ularning ijrosini ta’minlash, ijtimoiy-huquqiy   maslahatlar
va   ijtimoiy-mehnat   muammolarining   yechimi   uchun   zaruriy   ma’lumotlarni
ta’minlashi kerak.
8
 Тарасова Н. Трудовўе отношения в условиях глобализации и технологической революции 
(опўт стран запада) //Общество и экономика. 2000. №1.  -С .   67. Hududiy   axborot   tizimining   zaruriy-tuzilmaviy   elementlari   bo‘lib,   hududda
kadrlar   tayyorlash   tizimi   haqidagi,   mavjud     davlat   va   nodavlat   ish   bilan   bandlik
xizmati   organlari   haqida,   ish   beruvchilar,   ularning   asosiy   tavsifi   va   rivojlanish
tendensiyalari   haqidagi   ma’lumotlar   bazasi   hisoblanadi.   Bunda   jamoat   ishlarini
loyihalari saqlanishi ham  kiradi.
Mehnat bozorida har bir qatnashuvchi bo‘yicha ma’lumotlarni alohida tarzda
ma’lumotlar   bankiga   to‘plash   mehnat   bozoridagi   raqobatchilik   muhitini   yuzaga
keltiradi   hamda   ish   bilan   bandlik   xizmati   organlari   tomonidan   mehnat   bozori
monitoringining   o‘tkazilishida   ular   faoliyatlarining   sifatini   (vositachilik,   analitik,
axborot   maslahat   va   boshqalar)   oshiradi.   Bu   esa,   mehnat   bozorining
egiluvchanligini ta’minlaydi.
Iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar natijasida   korxonalarning qayta tashkil
etilishi   bilan   ishchi-xodimlar   sonining   ahamiyatli   miqdorda     ishdan   ozod   etilishi
davlat   ish   bilan   bandlik   siyosati   ahamiyatini   oshiradi.   Shuningdek,   mehnat
bozorida   samarali   davlat   siyosatini   o‘tkazishni   ob’ektiv   asosi   bo‘lib,   mehnat
bozori axborot tizimlarining yaratilishidir.
Tarkibiy   o‘zgarishlar   sharoitida     ish   bilan   bandlik   siyosatining   asosiy
vositalaridan   biri     ishsizlarga   ixtisos   berishdir.   Ishsizlarga   ixtisoslik     berish   va
ularni ishga joylashtirishga ko‘maklashish maqsadida ishlab chiqiladigan   maxsus
dasturlar   hududiy     axborot   tizimlari   ko‘magi   bilan   hududiy   ish   bilan   bandlik
xizmati   organlari   yordamiga   muhtoj   bo‘lgan   va   mehnat   bozorida   kam   raqobatli
bo‘lgan ishsizlar kategoriyasini aniqlash imkoniyatini tezlashtiradi. Mehnat bozori
hududiy   axborot   tizimida   to‘plangan   ishonchli     va   to‘liq     axborotlar   bunday
ishsizlik muammolarini yechishning   eng samarali yondashuvlari asosida hal etish
uchun imkoniyat yaratadi.
Hozirgi   kunda   mehnat     bozori   axborot   tizimlari   oldida   turgan   dolzarb
vazifalardan biri dasturiy va kommunikatsion jihatlarni takomillashtirishdir.
Dasturiy   jihat   dasturlashning   avtomatlashtirilgan   texnologiyasini,   matnli,
tavsirli   va   ovozli   axborotni   qidirish   ham   o‘zgartirish   uchun   dastur   bilan
ta’minlashni,   ma’lumotlar   bazalarini   boshqarish   tizimlari,   ekspert   tizimlari   va sun’iy   intelekt,   dasturlash   tillari,   qarorlar   qabul   qilishni   qo‘llab   quvvatlashning
universal   tizimlarini,   ma’lumotning   tashqi   bazalarida   axborotni   tezkor   qidirish,
so‘rov  tillari, statistik  paket, matnni qayta ishlash uchun dastur bilan ta’minlashni
rivojlantirishni o‘z ichiga oladi.
Kommunikatsion   jihat   diqqat   e’tiborni   quyidagi   komponentlarni:
teleanjuman aloqa, elektron pochta, faks axborotini o‘zatish, mahalliy ahamiyatga
molik   tarmoqlar,   nutqli   pochta,   yalpi   va   mintaqaviy   tarmoqlarni   rivojlantirishga
qaratishi lozim.
Iqtisodiyotda   xususiy   sektor   rolining   kengayishi   bilan   aloqadorlikda   ishga
joylashtirishga ko‘maklashish bo‘yicha agentliklar, nodavlat ixtisoslashgan mehnat
birjalari va xususiy vositachi firmalarning yaratilishi hamda faoliyatlari davomida
maqsadga muvofiq ravishda mehnat  bozori  yagona axborot  tizimidan foydalanish
huquqi   beriladi.   Haqiqatdan   ham,   davlat   va   nodavlat   ish   bilan   bandlik   xizmati
organlari   ma’lumotlar     bankining   shakllanishida   qo‘shma   hamkorlik   hududiy
mehnat bozorida jarayonlar tezlashishining  mutanosibligini ta’minlaydi.
Shunday   qilib,   mehnat   bozorida   talab   va   taklifni   tartibga   solish   bo‘yicha
hududiy   axborot   tizimlarini   yaratilishi   bozor   aloqalarini   shakllantirish,   mehnat
bozorida     xo‘jalik   sub’ektlari   transaksion   xarajatlarini   kamaytirish,   tarmoqlar
bo‘yicha   ishchi   kuchi   taqsimlanishini   optimallashtirish   maqsadida,   ular   o‘rtasida
intensiv       aloqalarni   qaror   toptirish   shart-sharoitlarini   vujudga     keltiradi.
To‘plangan   ma’lumotlarning   ishonchliligi   mehnat   bozori   samarali   monitoringini
ta’minlash uchun axborotlar o‘zatish jarayonini tezlashtiradi va   hududiy ish bilan
bandlik xizmati organlari uchun ish bilan bandlikka ko‘maklashish dasturini ishlab
chiqishda   ma’lumotlar   bazasini   shakllantiradi.   Demak,   Samarqand   viloyatida
hududiy axborot tizimlarining yaratilishi mehnat bozorini tartibga solishda hududiy
ish bilan bandlik siyosatni samaradorligini oshirish uchun imkoniyat yaratadi.
Qisqacha xulosalar Zamonaviy makroiqtisodiy tuzilmalar uchun axborotga ega bo‘lish juda ham
muhim, chunki atrof muhitdagi noaniqlik yuz marta o‘sdi, bu ko‘pincha, firmalar,
korxonalar,   korporatsiyalar,   banklar   faoliyatining   buzilishiga   olib   keldi,
rahbarlikning   har   qanday   darajasida   asoslanmay   qabul   qilingan   qarorlar   xo‘jalik
ob’ektlari uchun tuzatib bo‘maydigan salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi 9
.
Shunday ekan, mehnat bozori infratuzilmasi shakllanishi va  rivojlanishining
muhim   shart-sharoiti,   vositasi   bo‘lib,   uning   sub’ektlari   o‘rtasidagi   aloqalarni
ta’minlovchi   mehnat   bozori   axborot   tizimini   shakllantirishdan   iboratdir.   Mehnat
bozorida axborot tizimini vujudga keltirish va takomillashtirish hududiy ish bilan
bandlik xizmati organlari o‘rtasida yagona ish bilan bandlik siyosatini yuritish ular
o‘rtasida   kommunikatsiya   aloqalarni   ta’minlash   hamda   transaksion   xarajatlarni
qisqartirish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Mehnat   bozorida   axborotlarning   yo‘qligi   yoki   yetishmasligi   ish   bilan
bandlikka   ko‘maklashish   doirasida   nomutanosib   holatlarni   keltirib   chiqaradi,
agarda   bo‘sh   ish   o‘rinlariga   ishchi   kuchi   yetishmaydigan   joyda   ishsizlar   mavjud
bo‘lsa,   qanday   qilib   bo‘sh   ish   joylari   tuzilmasini   to‘ldirish   orqali   ishsizlik
darajasini   kamaytirish   mumkin.   Shu   sababli   mehnat   bozorida   hududiy   ish   bilan
bandlik   siyosatini   samarali   amal   qilishi   uchun   hududdagi   bo‘sh   ish   joylarining
sifatli   tasnifi   va   ishsizlar   soni   haqida   barcha   operativ   ma’lumotlarni   o‘z   ichiga
oluvchi,  ishchi   kuchiga   talab   va  taklifni   tartibga  solish   bo‘yicha   hududiy   axborot
tizimini yaratish zarur. 
Mehnat bozori hududiy axborot tizimi ish bilan bandlik  va mehnat sohasida
fuqarolarni   o‘z-o‘zini   himoyalashning   qo‘llab-quvvatlashini   o‘z   ichiga   oluvchi
huquq   va   majburiyatlar   haqidagi   axborotlarni   saqlash,   normativ   aktlar   va   ularni
mustahkamlash haqida, ularning ijrosini ta’minlash, ijtimoiy-huquqiy   maslahatlar
va   ijtimoiy-mehnat   muammolarining   yechimi   uchun   zaruriy   ma’lumotlarni
ta’minlashi kerak.
9
 Ғуломов С.С. Ахборот тизимлари ва технологиялари. -Т.: “Шарқ”. 2000. -92 б. Adabiyotlar ro‘yxati:
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T.:O‘zbekiston, 2009.  
2. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi.-T.:Adolat, 2007.  
3. O‘zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash 
to‘g‘risida»gi qonuniga sharhlar, -T.: “Sharq”, 2000.
4.   O‘zbekiston Respublikasi  “Axborotlashtirish to‘g‘risida” Qonuni.   “Xalq
so‘zi”, 2004. 11 fevral, №29.
5. Abdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti (darslik). - T.: “Mehnat”,  2009.
6.   Arabov   N.U.   Mehnat   bozori   infratuzilmasining   rivojlanishi.   08.00.10.-
“Aholishunoslik   va   mehnat   iqtisodiyoti”   ixtisosligi   bo‘yicha   Iqtisod   fanlari
nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyasi. – T.: 2008.
7.  Volgin N.A.Ekonomika truda: (sosialno-trudov ы e otnosheniya)/ Pod 
red. N.L. Volgina, Yu.D.Odegova. M.: «EKZAMEN», 2009.
8.   R ы nok   truda:Uchebnoe   posobie/Pod.obsh.red.Abduraxmonova   K.X.,
Odegova Yu.G. – T.: TFREA, 2009.
9.   Smirnov   S.N.,   Sidorina   T.Yu.   Sotsialnaya   politika   (uchebnik).   -   M.:
Izdatel skiy dom “GUVShE”, 2004.
10. Xolmo‘minov Sh.R., Xomitov K. Malakali agrar mehnatbozorining 
shakllanishi. - T.: “Fan”, 2003.
12.  G‘ulomov S.S. Axborot tizimlari va texnologiyalari.  -  T.:  “ Sharq ”,  2000.

MEHNAT BOZORIDA HUDUDIY AXBOROT TIZIMI ShAKLLANISh YO‘NALIShLARI VA MEXANIZMLARI REJA 1. Mehnat bozorida hududiy axborot tizimining shakllanishi 2. H ududiy axborot tizimi yaratilishining shart-sharoiti va usullari 3. Mehnat bozorida hududiy axborot tizimlarini joriy etish – iqtisodiyotning axborot sektorini intensiv rivojlantirish omili sifatida

1. Mehnat bozorida hududiy axborot tizimining shakllanishi Zamonaviy makroiqtisodiy tuzilmalar uchun axborotga ega bo‘lish juda ham muhim, chunki atrof muhitdagi noaniqlik yuz marta o‘sdi, bu ko‘pincha, firmalar, korxonalar, korporatsiyalar, banklar faoliyatining buzilishiga olib keldi, rahbarlikning har qanday darajasida asoslanmay qabul qilingan qarorlar xo‘jalik ob’ektlari uchun tuzatib bo‘maydigan salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi 1 . Shunday ekan, mehnat bozori infratuzilmasi shakllanishi va rivojlanishining muhim shart-sharoiti, vositasi bo‘lib, uning sub’ektlari o‘rtasidagi aloqalarni ta’minlovchi mehnat bozori axborot tizimini shakllantirishdan iboratdir. Mehnat bozorida axborot tizimini vujudga keltirish va takomillashtirish hududiy ish bilan bandlik xizmati organlari o‘rtasida yagona ish bilan bandlik siyosatini yuritish ular o‘rtasida kommunikatsiya aloqalarni ta’minlash hamda transaksion xarajatlarni qisqartirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Axborotlashtirish jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ish bilan bandlikni davlat tomonidan tartibga solish va mehnat bozorida davlat siyosatini yuritish bo‘yicha yangi-yangi talablarni yuzaga keltirmoqda. O‘zbekiston mehnat bozoridagi hududiy farqlar ahamiyatli ravishda hududiy bozorlar integratsiyasini ta’minlaydigan hamda hududiy xususiyatlarni hisobga oladigan hududiy ish bilan bandlik siyosatini ishlab chiqishni zarurat etmoqda. Hozirgi vaqtda mehnat bozorida axborotlar roli jiddiy ravishda o‘smoqda. Boshqaruv maqsadlari uchun axborotlarga yuqori ehtiyoj va axborot jarayonlarining shiddatli rivojlanishi uning infratuzilmasi tarkibiy qismlari yaratishni birinchi o‘ringa olib chiqadi. Axborotli infratuzilma hisoblash texnikasi, kommunikatsiya vositalari, uslubiy va dasturiy ta’minlash, faoliyatning yordamchi turlarini qamrab oladi. Hisoblash texnikasi bilan jihozlashni yetarli darajada ta’minlash maqsadida hisoblash vositalari bozorining narxi arzonlashmoqda. Kishilik faoliyatining tegishli sohalarida samarali ishlash uchun zarur bo‘lgan ilmiy-texnik, siyosiy, iqtisodiy va har qanday axborotlar hajmining o‘sishi 1 Ғуломов С.С. Ахборот тизимлари ва технологиялари. -Т.: “Шарқ”. 2000. - 92 б .

boshqaruvda axborot texnologiyalaridan keng foydalanish zaruratini keltirib chiqarmoqda 2 . Axborot va kommunikatsion texnologiyalar iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlariga ulkan va global miqyosda hamda har qanday tarmoq yoki xizmatlarga tegishli firmalarning har bir funksiyasiga ta’sir ko‘rsatmoqda 3 . Hozirgi vaqtda sanoati rivojlangan mamlakatlarda 50% ish bilan band bo‘lganlar kompyuter texnikasidan foydalanmoqdalar 4 . Mehnat bozorining yagona axborot tizimi, masalan, 2000 yilda Koreya Respublikasida yaratildi 5 . Mehnat bozorida axborotlarning yo‘qligi yoki yetishmasligi ish bilan bandlikka ko‘maklashish doirasida nomutanosib holatlarni keltirib chiqaradi, agarda bo‘sh ish o‘rinlariga ishchi kuchi yetishmaydigan joyda ishsizlar mavjud bo‘lsa, qanday qilib bo‘sh ish joylari tuzilmasini to‘ldirish orqali ishsizlik darajasini kamaytirish mumkin. Shu sababli mehnat bozorida hududiy ish bilan bandlik siyosatini samarali amal qilishi uchun hududdagi bo‘sh ish joylarining sifatli tasnifi va ishsizlar soni haqida barcha operativ ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi, ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solish bo‘yicha hududiy axborot tizimini yaratish zarur. Aholini ishga joylashtirish bo‘yicha hududiy bandlik xizmati axborot tizmlarini yaratilishida barcha imkoniyatlari bilan yetakchi rol o‘ynaydi. Har bir hududda axborot tizimlarining yaratilishi va qo‘llanishi respublika miqyosida yagona davlat siyosatini yuritish maqsadida mehnat bozorining markaziy axborot tizimiga birikishini nazarda tutadi. Hududiy axborot tizimlarining yaratilishi ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solishda tarmoqli – axborotlarni taqsimlash xususiyatlari bilan aloqadorlikda ijobiy tashqi samaralarni yuzaga keltiradi 6 . 2 Ғуломов С.С. Ахборот тизимлари ва технологиялари. - Т.: Шарқ. 2000. - 93 б . 3 Тарасова Н. Трудовўе отношения в условиях глобализации и технологической революции (опўт стран запада) //Общество и экономика. –М.: 2000. №1. -С . 67. 4 International Labor Review . 1995. V . 134. №4-6. 5 Костюнина Г.М. Социальная политика в области труда (опўт Республики Корея) // Труд за рубежом. 2000. №4. -С . 29-30. 6 Вериан Х.Р. Микроэкономика. Промежуточнўй уровень. Современнўй подход. - М.: ЮНИТИ. 1997. - С . 647.

Haqikatdan ham, bunday axborot tizimlari xizmatlariga talab hududiy mehnat bozorini qamrab olish doiras igacha kengayib boradi. Ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solishda hududiy axborot tizimi ishchilarning bo‘sh ish joylarini izlashda ularning raqobatbardoshligini oshirishga amaliy natija beradigan yordam ko‘rsatishi mumkin. U ishsizlikdan sug‘urtalash tizimi bilan birgalikda davlat ish bilan bandlik xizmatiga mehnat bozoridagi holatlarning hududiy darajada ancha egiluvchan va moslashuvchan ta’sir etishi va faoliyatining samaradorligini oshirish uchun imkoniyat yaratadi. Shuningdek, mehnat bozorining hududiy axborot tizimlari davlat va nodavlat ish bilan bandlik xizmatlari faoliyatlarida ish joylarini tanlash davrini qisqartirish, ishsizlik bo‘yicha to‘g‘ri va zamonaviy nafaqa to‘lovlarini ta’minlash, ishsizlikning davomiyligini qisqartirish, mavjud ish joylari to‘g‘risida ma’lumotlar banki bilan muvofiqlikda ishchilarni kasbga qayta tayyorlashni ishlab chiqish samaradorligini oshirishda vosita bo‘lib xizmat qiladi. 2. H ududiy axborot tizimi yaratilishining shart-sharoiti va usullari Hududiy axborot tizimi yaratilishining shart-sharoiti bo‘lib, hududiy ish bilan bandlik xizmatini axborotlashtirish asosida axborot uzatish texnikalari bilan jihozlangan yaxlit hududiy axborot tizimlarini yaratish hisoblanadi. Rossiyada Sankt-Peterburg shahrida «Katarsis» kompaniyasi bozorda axborot tizimi sifatida 11 yildan ko‘proq faoliyat yuritmoqda va Rossiya Federal ish bilan bandlik xizmati uchun yagona axborot tizimini yaratmoqda. Hududiy va milliy darajada axborot tizimi rivojlanishining muhim pallasi bo‘lib, qo‘yilgan masalani yechishda kompleks yondashuv hisoblanadi. Bunda u nafaqat axborot jihozlarini o‘rnatish, balki loyihalashtirish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish, dasturlashtirish, axborot o‘zatishning markazlashgan tizimlarini ishlab chiqish, tarmoqli monitoringning samarali usullarini qo‘llash kabi ishlarni olib boradi. Hozirgi vaqtda «Katarsis» dasturiy – apparatlashgan kompleksi axborot almashish maqsadida «Mehnat resurslari», «Nafaqalarni hisoblash va to‘lash»,

«Bandlik jamg‘armasi», «Tahlil», «Maslahatchi 1», «Maslahatchi 2» kabi avtomatlashgan tizimlarni birlashtiradi. Bu axborot tizimi mijozlarga alohida tartibda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, kasbiy tayyorgarlikdan o‘tish imkoniyatlari, nafaqa miqdori va boshqalar haqida yetarli darajada ma’lumotlar berib turadi. Barcha ishlanmalar mahalliy va xorijiy firmalar bilan birgalikda yaratilgan maxsus dasturiy ta’minotga bazalashtiriladi 7 . O‘zbekistonda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi «Katarsis» kompaniyasiga o‘xshash axborot tizimining hududiy ish bilan bandlik xizmati mablag‘lari yoki davlat byudjeti hisobiga yaratilishi mehnat bozorida davlat siyosatini yuritish samaradorligini oshishida muhim vosita bo‘lib, ish bilan bandlikka ko‘maklashish sohasidagi institutsional tuzilmalar o‘rtasida samarali axborot almashishni ta’minlaydi. Ko‘pincha rivojlangan mamlakatlarda axborot to‘plash va uzatishga ixtisoslashgan vositachi firmalar faoliyati tijorat asosiga qurilgan. Biroq o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, viloyat mehnat bozorida axborot xizmatlarini tijoratlashtirish imkoniyatlari yetarli darajada emas, chunki yuqori ish haqiga ega bo‘lgan ish o‘rinlari va lavozimlar yetarli miqdorda emas. Shuning uchun hozirgi vaqtda mehnat bozori axborot tizimi jamoat sektori doirasida shakllanishi zarur, lekin kelajakda uning faoliyatini tijorat asosiga o‘tkazish mumkin. 7 Санкт-Петербургдаги «Катарсис» компанияси маълумотлари .