logo

MILLIY UYG‘ONISH DAVRI O‘ZBEK ADABIYOTINING ILK BOSQICHLARI. DAVRNING IJTIMOIY-MADANIY QIYOFASI. KOMIL, FERUZ, TABIBIYLAR IJODINING XORAZM ADABIY MUHITIDA TUTGAN O‘RNI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

28.0166015625 KB
MILLIY UYG‘ONISH DAVRI O‘ZBEK  ADABIYOTINING ILK
BOSQICHLARI. DAVRNING IJTIMOIY-MADANIY QIYOFASI. KOMIL,
FERUZ, TABIBIYLAR IJODINING XORAZM ADABIY MUHITIDA
TUTGAN O‘RNI
Reja:
1. Xiva   va   Buxoro   xonliklarida   tarixiy–ijtimoiy   sharoit,
madaniy–adabiy muhit.  Ulardagi mushtarak va  o` ziga xos xususiyatlar.
2. Xiva adabiy muhiti.
3. Buxoro adabiy muhiti
4. Qo'qon adabiy muhiti
5. Samarqand va Toshkent adabiy maktabi. XIX   asrning   ikkinchi   yarmida   Chor   Rossiyasining   istilosi   tufayli   Qo‘qon
feodal  davlati   tugatildi.  Xiva  va Buxoro  xonligi  qisman  Rossiyaga  tobelik  statusi
bilan   o‘z   davlat   mustaqilliklarini   saqlab   qoldilar.   Bu   ikki   davlat   hududida   feodal
saroyi va ular tasarrufidagi adabiy markazlar yashashda davom etdi. Biroq bu ikki
saroydagi   adabiy   markazning   tarkibi   ham,   salohiyati   ham   bir   xil   bo‘lgan   emas.
Buning   o‘ziga   xos   ob’ektiv   va   sub’ektiv   sabablari   bor.   Shundan   Umarxon   va
keyinroq Feruz saroyidagi adabiy markazlar ancha faolligi bilan ajralib turadi. Biz
avval   «Saroy-feodal,   feudal-klerikal»   oqimlaridagi   adabiyotlar   sifatida   sinfiy
tabaqalab, kamsitib o‘rgangan bu adabiy muhitlarda ishtirok etgan shoir–ijodkorlar
asarlarini   ham   endilikda   umumo‘zbek   adabiyotining   namunalari,   umumo‘zbek
adabiyotini   yaratishda   ishtirok   etgan   shaxslar   sifatida   o‘rganishimiz,   ularga
nisbatan   istiqlol   yillarigacha   davom   etib   kelgan   har   qanday   kamsitishlarni   olib
tashlashimiz   lozim.   Qo‘qon   xonligi   1876   yilda   tugatilgan   sabab,   u   yerda   feodal
xonlik   saroyi   ham,   uning   tasarrufidagi   adabiyot   ham   yo‘q   edi.   Bu   xonlik
xududlaridagi   shoirlarning   har   biri   o‘zlari   tavallud   topgan   shahar   va   qishloqlarda
yashab,   u   yoki   bu   kasb   bilan   shug‘ullanish   bilan   birga   badiiy   ijodda   ham   o‘z
iste’dod   va   imkoniyatlarini   namoyon   etib   turdilar.   Sobiq   Qo‘qon   xonligi
territoriyalaridagi   shu   davr   shoirlari   ko‘proq   Toshkent,   Qo‘qon,   Andijon,
Samarqand,   Namangan   (To`raqo‘rg‘on),  Xo‘jand,   Kattaqo‘rg‘on  kabi   shaharlarda
alohida–alohida adabiy guruhlar tarzida ko‘zga tashlanadi. Bunday shoirlar ijodida
Sobiq   Turkiston   o‘lkasida   yuz   bergan   siyosiy–ijtimoiy   va   madaniy   o‘zgarishlar
feodal–xonlik saroylaridagi shoirlar ijodidagiga nisbatan kuchliroq aks ettirildi.
Buxoro amirligi hududlarida adabiyot
Buxoro   amirligida   to   1920   yilgacha   mang‘it   urug‘idan   bo‘lgan   amirlar
(Amir Shohmurod, amir Haydar, amir Nasrullo, amir Muzaffar, amir Abdulahad va
amir Olimxonlar) hukmronlik qildilar. Biz yuz yillar davomida bu hududda badiiy
ijodga qiziqish va homiylik boshqa qo‘shni xonliklardagiga nisbatan ancha passiv
kechganligini   kuzatamiz;   Biroq   Buxoro   amirlari   ham   ayniqsa   amir   Muzaffar   va
amir   Abdulahad   (1861–1885,   1885–1910)   o‘z   saroylarida   siyosiy–diniy maqsadlarda   qator   tarixchilarni,   tazkiranavislarni,   olimlar   va   shoiru   adiblarni
saqlaganlar   Amir   Abdulahadning   o‘zi   ham   Ojiz   taxallusi   bilan   she’rlar   mashq
qilgan.   Bu   davr   Buxoro   xududidagi   adabiyot   ko‘proq   ikki   tilda,   tojik   va   o‘zbek
tillarida yaratildi. Zullisonaynlik an’analari bu yerdagi adabiy hayotda katta mavqe
tutdi.
Buxoro   amirligi   territoriyalarida   tanilgan   shoirlar   haqida   Rahmatullo
Vozehning   1871   yilda   yozilgan   «Tuhfat–ul   ahbob»,   so‘ngroq   o‘tgan   shoirlar
haqida   esa   Xashmat,   Mirzo   Azim   Somiy,   Salimiylar   yaratgan   tazkiralarda
ma’lumotlar bor.
Bu davr Buxoro amirligi xududlaridagi adabiyotni saroy doirasidagi hamda
atrof   xududlardagi   shoiru   adiblar   guruhiga   bo‘lib   œrganish   lozim.   Atrof   muhit
shoirlari ichida ijodi shu asr œrtalarida shuhrat qozongan Shavqiy Kattaqo`rg‘oniy
hamda   Shahrisabzli   Xiromiyning   o`rni   diqqatga   sazovordir.   Buxoro   amirlari
saroyiga   yaqin   ijodkorlar   ichida   esa   o‘zining   salohiyati,   qomusiy   bilimi,   siyosiy
qarashlari bilan ayniqsa Ahmad Donish ajralib turadi. U shu davr Buxoro xonligida
kurtak   yoza   borgan   ma’rifatparvarlik   oqimining   yirik   vakillaridan   hisoblanadi.
Uning   ta’sirida   zamondosh   do‘stlaridan   Rahmatullo   Vozeh,   Shohin,   Savdo,
Hayrat,   Mirza   Azim   Somiylar   ham   tarixnavislikda,   ham   shoirlikda,   ham
tazkiranavislikda  iqtidor   ko‘rsatishib,   asosan  tojik  tilida   katta  meros   qoldirganlar.
Shuning uchun mashhur yozuvchi va olim Sadriddin Ayniy o‘zining «Esdaliklar»
nomli memuar asarida Donish hayoti va faoliyati haqida keng to‘xtalib, uni «XIX
asr Buxorosining bulutli osmonidagi yorug‘ yulduz» deb baholangan edi.
Ahmad   Donish   (1827–1897)   keng   qamrovli   iste’dod   egasi   sifatida   ko‘p
sohalar   bilan   qiziqqan   va   shu   sohalarga   doir   qimmatli   asarlar   yozib   qoldirgan.
Ahmad   Donish   madrasa   mudarrisi   oilasida   tavallud   topib,   maktab   va   madrasani
tugatgach,   munshiylik–hattotlik   san’atida   ovozasi   tarqalib,   saroyga   ishga   taklif
qilinadi.   Bir   necha   yil   davomida   saroyda   tarixga,   tibbiyotga,   islom   tarixiga   oid
asarlarni ko‘chiradi. 1857, 1869 va   1873 yillarda Buxoro amirlarining elchilariga
mirzo,   maslahatchi   sifatida   hukumat   vakillari   bilan   Sankt–Peterburgga   boradi   va
bular   haqida   memuar   asarlar   bitadi.   Uning   qo‘lyozma   holida   qoldirgan   shunday asarlari   orasida  «Navodir   ul–vaqoye’»  hamda  «Tarjimai  ahvoli  amironi   Buxorayi
sharif»   nomli   asarlari   ayniqsa   muhimdir;   Bu   asarlarda   XIX   asrning   II   yarmi
Buxoro   amirligidagi   ijtimoiy   hayot,   amir   amaldorlarining   axloqan   nopokligi,
layoqatsizligi,   ayollarning   barcha   haq–huquqlardan   mahrumliklari   tasvirlanadi.
Shu   bilan   birga,   jaholat,   qonunsizlikda   yashash   og‘irliklari   tanqid   qilinadi.   Eng
muhimi,   «Navodir   ul–vaqoye’»ning   I–fasli   Ahmad   Donishning   Sankt–
Peterburgga,   ichki   Rossiyaga   qilgan   sayohatlari   taassurotlari,   u   yerlarda   ko‘rgan
nodir   voqealar   ifodasidan   iborat.   Shular   targ‘ibi   orqali   u   ajoyib   ma’rifatparvar,
islohatlar tarafdori bo‘lgan arbob sifatida ko‘zga tashlanadi.
Ismi   Pahlavonniyoz,   taxallusi   Komil   bo‘lgan   bu   iste’dodli   shoir,   hattot,
mirzaboshi, tarjimon, noshir va davlat arbobi 1825 yilda Xivada  mudarris  Abdulla
Oxund   oilasida   tavallud   topdi,   74   yil   umr   kechirib,   1899   yilda   dunyodan   ko‘z
yumdi. Uning fazilat va xizmatlari haqida Ahmad Tabibiy, Bayoniy, Ogahiylar o‘z
asarlarida   yuksak   ta’riflarni   keltiradilar.   Jumladan   Ogahiy   o‘zining   tarixga   oid
«Gulshani   davlat»   asarida   shunday   fikrlarni   yozib   qoldirgandir:   «Navras   fikr   va
toza tab’ shuarodin hunar ahli orasinda mumtoz Pahlavonniyozkim fozillar guruhi
ichra   taxallusi   Komildir».   «Chor   Rossiya»si   sining   Xiva   xonaligiga   qarshi
yurishlarida ishtirok etgan va shu haqda tarixiy – memuar asar yozgan Lobasevich
ham   u   bilan   suhbatda   bo‘lib,   fazilatlarini   kuzatib,   Komilni   Xiva   saroy   ayonlari
ichidagi   eng   tadbirkor,   tashabbuskor,   aqlli,   sulhparvar,   ma’rifatli   shaxs
bo‘lganligini takidlaydi (Xivinskiye poxodi 1873g.) Komil Feruzning qaynotasi va
amakisi   Saidamirul   Umar   orqali   saroyda   katta   e’tibor   qozonadi.   Avval   hattot,
mirzaboshi, keyincha devonbegi xizmatlarida bo‘ladi. Hukumat vakillari tarkibida
(1892 yilda) Toshekntda, so‘ng Sankt–Peterburg shaharlarida bo‘ladi.
Adabiy merosi . Komil sohibi devon shoirdir. Komil devonining bir qancha
qo‘lyozma   hamda   toshbosmada   nashr   etilgan   nusxalari   saqlanib   qolingan.
Devonda an’anaviy hamda zamonaviy musabba’, qasidalar, ruboyilar, kam bo‘lsa–
da, baxri tavilda, muammo shaklida yozilgan she’rlar keltiriladi.
Komil musammatning murabba’, musabba’ janrlarida o‘ynoqi, ajoiyb ishqiy
she’rlar   yaratgan. Ular   suvora maqom   yo‘llarida  Xorazmli   bastakorlar  tomonidan hozir ham kuylanilib turibdi. «So‘yla menga ey sanam kimni sevar yorisan» takror
qofiyali she’r–qo‘shiq shulardan biridir.
Komilning   qator   ijtimoiy,   hajviy   va   ta’limiy   mavzulardagi   g‘azallaridan
boshqasi an’anaviy sevgi mavzularidagi oshiqona, orifona g‘azallardir (Devondagi
qator g‘azallar tahlili keltiriladi). U bir g‘azalida sadaf yonida «durri g‘alton» ham
bo‘lmasa   sadafning   qimmati   bo‘lmaganidek,   muhabbat   shavqiga   ega   bo‘lmagan
insonning ham qimmati bo‘lmaydi,–deydi:
Zamiring aylag‘il ishqu muhabbat ma’dani, Komil,
Ne qadru e’tibor o‘lg‘ay sadafg‘a durri g‘altonsiz.
Demak,   u   muhabbatni   inson   qalbidagi   eng   noyob   ma’dan   deb   hisoblaydi.
Ma’lumki,   ma’shuqa   labining   jon   baxsh   etishi   va   xolning   qoraligini   xinduga
o‘xshatish   an’anaviy   tasvirdir.   Lekin   Komil   go‘zalning   xoli,   ko‘zi,   sochi   va
kipriklarini har baytda bir xil emas, balki ikki xil o‘xshatish bilan tasvirlab o‘ziga
xos   mahorat   ko‘rsatadi.   Go‘zal   yorning   labini   «chashmai   hayvon»–ya’ni   hayot
chashmasiga o‘xshatsa, lab ustidagi xolni hayot chashmasidan suv ichgani kelgan
qora zag‘chalarga qiyoslaydi.
Yoki g‘uncha tong vaqtida tushgan shabnamni durga, marvaridga mengzash
klassik adabiyotda tez–tez uchraydi. Komilda u o‘zgacha go‘zallik kasb etadi:
Gul uzra jola emas, maqdaming nisori uchun,
Qizil tabaqqa terar durri shahvori bahor.
Bu yerda bahor go‘zal yorning qadamiga sochish uchun qizil tabaqqa durri
shahvor  termoqda deyilishi, ya’ni  gulni qizil  tabaqqa, shabnamni  durri shahvorga
o‘xshatish juda o‘rinli va yangidir.
Tokay yuray yo‘lungda ko‘zim yoshin oqturub,
Tindir yoshim, ko‘zimni jamolingga boqturub –
kabi   jonli   va   ehtirosli   tasvirlar   Komil   she’rlarining   badiiy   yuksakligidan   dalolat
beradi:
U   insonlarni   bir–biriga   nisbatan   mushfiq–mehribon   bo‘lishga,   g‘ayrat–
shijoat bilan ish tutishga chorlaydi:
Vasl istama, hajr ranjin chekmay, Kim Komil topti beriyozat ... 
Tiriklikda bilinglar yaxshi yoru oshno qadrin,
Yo‘q ersa, qilg‘aysiz o‘lgach pushaymonu nadam ahbob.
Komil   ham   ulkan   zamondoshi   Ogahiy   kabi   Alisher   Navoiyning   kuchli   ta’sirida
ijod   qildi.   Komilning   Navoiyning   shoh   asarlarini   jiddiy   o‘rganib   mulohazalarini
bayon   etib,   toshbosmaga   tayyorlashi   unda   buyuk   daho   ijodiga   o‘zgacha   mehr
uyg‘otdi,   «Netong   Komil   Navoiy   yonglig‘   o‘lsa   so‘z   aro   mast   ...»   holatiga   kirib,
ishqiy   va   ijtimoiy   mavzularda   navoiyona   g‘azallar,   muhammmaslar   yozdi.
Jumladan   Komilning   o‘z   davridagi   beoqibat,   loqayd   va   vafosiz   odamlardan
shikoyat   qilib   yozgan   «Bormangiz»   radifli   muhammasi   (Qarang:   Devon,   1975,
198–199 betlar) Navoiy g‘azaliga yozgan tazmin muhammaslaridandir.
Komil  she’riyatida  umuminsoniy  qadriyatlar  bilan bog‘liq masalalar  talqini
ham   muhim   o‘rin   tutadi.   U   adolatni,   taraqqiyotni   yoqlovchi,   xalqning   ezgu
umidlarini   kuylovchi,   zulmni,   jaholatni   qoralovchi   she’rlar   ham   ijod   etdi.   Uning
«Fuzalo»,   «Juhalo»,   «So‘zung»   radifli   she’rlari   jangovorlik   nafasiga   ega
she’rlardandir.   Shoir   ularda   fuzalo   va   shuaro   ahllari   obro‘yi   va   manfaatlarini
himoya   qiladi.   Bunga   kontras   tarzda   juhalo   haylini,   johillarni   qattiq   qoralaydi,
ularni hajv ostiga oladi.
Komilning   «Fuzalo»   radifli   g‘azali   Munisning   «Shuaro»   radifli   she’ri
ta’sirida   yozildi.   Munisning   ham,   Komilning   ham   she’rlarida   shu   shoirlar
yashagan, kuzatgan yillardagi shuaro va fuzalo ahlining og‘ir qismati, o‘kinchlari,
ularning johil amaldorlar zulmidan kulfat chekayotganliklari ifodalangandir. Komil
bu o‘rinda ijod, iste’dod vakillari ahvoli haqidagi Munis qarashlarini yangi fikrlar
bilan   boyitadi.   Muhimi   shundaki,   bu   asarlar   real–tarixiy   haqiqatga   asoslangan
mavzulardagi asarlardir.
Munis:
Yutubon bu zamonda qon shuaro, 
Nazm etar gavhari fig‘on shuaro ...
Dardmandu jafokash elga qilur,
Nazm ila dardini bayon shuaro...  (Munis, Saylanma, 1980)
Komil:
Yutubon bu zamonda qon fuzalo,
Kulfat o‘qig‘adur nishon fuzalo ...
Qatnabon siflalar eshikiga,
Topmas o‘lturg‘ali makon fuzalo 
(Komil. Devon, 1975, 154 bet).
Shu   asnoda   u   boshqa   «Juhalo»   radifli   g‘azalida   juhalo   ahlining   «masnadi
izzatda saforat» topganligidan g‘azabga keladi (Devon, 155 bet).
Komil ham, Munis va Ogahiylar kabi so‘z san’atini yuksak qadrlaydi, uni gavhar
bilan   tenglashtiradi.   Badiiy   so‘zni,   she’riyatni   hoyu–havas,   boylik   orttirish   va
maishiy   ermak   vositasiga   aylantirmoqqa   uringan   johil   ziyolilarni,   mansabdor
shaxslarni la’natlaydi. Bunday fikrlar uning «Fuzalo», «Juhalo» radifli she’rlaridan
tashqari «Shuaro» (Devon, 24 bet), «So‘zung» (Devon, 108–bet) radifli she’rlarida
ham   ilgari   surilgandir.   Bular   Komilning   badiiy   ijod,   so‘z   san’ati   haqidagi   g‘oyat
qimmatli estetik qarashlaridir.
Buxl eliga demagil, ey zubdai davron so‘zung,
Hayf agar qadrini bilmay, siflai davron so‘zung ...
Past fitratlarg‘a dunyo moli uchun tutma ko‘z,
Bir qaro pul bobida mushkul qilur oson so‘zung ...
Uning   «Kamol»   radifli   g‘azali   inson   kamoloti   orzusidagi   o‘gitlardan   iborat
(Devon, 109–bet).
Komil davlat arbobi, musiqashunos va tarjimon, u imkoni boricha o‘z davlat
lavozimidan   foydalanib,   ilm–ijod   va   san’at   ahllarini   himoya   qilishga,   ma’rifat   va
madaniyatni   rivoj   toptirishga   harakat   qiladi.   U   1856   yildan   oddiy   hattot,   1873
yildan   mirzaboshi   (saroydagi   xattotlar   boshlig‘i)   bo‘lgan   yillarda   juda   ko‘p
qo‘lyozma   asarlar   maydonga   keladi.   Komilning   bir   o‘zi   Navoiy   «Hamsa»si   va
«Hazoyinul   maoniy»   asarlarini,   Ogahiyning   «Ta’viz   ul   oshiqin»   (1872)   devonini
va   boshqa   shoirlar   devonlarini   kirish   so‘zlar   bilan   nashrga   tayyorlaydi.
Komyobning,   Rojiy   Xorazmiyning   devonlarini   ko‘chiradi.   1873   yilda devonbegilik mansabiga o‘tgach, saroydagi madaniy–ma’naviy ishlarga bosh–qosh
bo‘ladi.   1891   yil   Feruz   topshirig‘i   bilan   Toshkentda   bo‘ladi.   N.Ostroumov   kabi
ziyolilar   bilan   uchrashadi,   muloqotda   bo‘ladi.   Toshkent   safari   taassurotlari   50
baytli  «Qasidai  Navruz» (Dar  ta’rifi  va tavsifi  Toshkand)  qasidasida  ifodalangan.
Bu   asar   «Turkiston   viloyatining   gazeti»da   bosilgan   ham   (Qarang.   Devon,   215–
216).Komil   Xorazmiy   Toshkentda   bo‘lganida   rus   musiqa   san’ati   bilan   ham
qiziqadi.   Ancha   narsalarni   o‘rganib   qaytadi.   Xivaga   qaytgach,   Feruzning   va
o‘zining   ayrim   she’rlariga   kuy   bastalab,   ularni   Yevropacha   notalarga   ko‘chiradi.
(«Murabbai Komil», «Peshravi Feruz ...»)
Bu haqda Xivali adabiyot muxlisi Hasanmurod Laffasiyning «Xiva shoir va
adabiyotchilarining ahvollari» asarida shunday ta’riflar beriladi:
Komiliykim musiqashunos,
Jahonda yo‘q  anga bir qiyos.
Ki adabiyotda erur xush adib,
Ki she’ridur ajab xush zarif
Shashmaqomda ustoz bo‘lub,
Ta’lifi no‘tag‘a mohir bo‘lub,
Maqomi Feruz ixtiro qilib,
Necha maqom ash’or yozub.
Komil   XIX   asrning   oxirlarida   Muhammad   Rahim   Feruz   tashabbusi   bilan
yuzaga kelgan Xorazm  tarjimachiligi va matbaachiligining ham  yirik vakillaridan
biri   bo‘ldi.   U   Ogahiy,   Sanoiy   kabi   mohir   tarjimonlar   ta’sirida   fors–tojik
adabiyotining   ayrim   o‘ta   ahamiyatli   namunalarini   nasriy   yo‘l   bilan   o‘zbek   tiliga
o‘girdi.   Shulardan   biri   Mumtozning   ishq   mavzuidagi   (Boshqa   va   bir   qator
shoirlarning–   Miriy,   Xiromiyning   ham   diqqatini   o‘ziga   tortgan)   «Mahfiloro»,
ikkinchisi   Avfiy   Buxoroiyning   o‘g‘li,   iste’dodli   memuarist   va   hikoyanavis   Ali
Safiyning «Latoif ut–tavoyif» asaridir Adabiyotlar:
Siyosiy adabiyotlar
1. Мирзиёев   Ш.М.   Буюк   келажагимизни   мард   ва   олижаноб   халқимиз
билан қурамиз. – Тошкент: Ўзбекистон, 2021. – 488 б.
2. Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар 
стратегияси тўғрисида //Халқ сўзи, 2021 йил 8 февраль, №28 (6722).   
3. 2022 йил 28 январдаги ПФ-60-сон “2022-2026 йилларга мўлжалланган 
Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегияси тўғрисида”
Asosiy adabiyotlar
1. Qosimov   B.,   YUsupov   SH.,   Dolimov   U.,   Rizaev   SH.,   Ahmedov   S.   Milliy
uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti. Toshkent, Ma’naviyat,2004 .
2. Qosimov   B.Milliy   uyg‘onish   davri   o‘zbek   adabiyoti.   Toshkent,   Ma’naviyat.
2002.
3. Qosimov B.,  Dolimov U.  Ma'rifat  darg'alari. -  T.:  O'qituvchi,  1990. Qosimov
B.
4. Milliy uyg'onish: ma'rifat, jasorat, fidoyilik.-T.: Ma'naviyat, 2002.
5. Orzibekov R. Milliy uyg‘onish davri adabiyoti. Samarqand.
6. O‘zbek adabiyoti tarixi.11 sinf darsligi. (Karimov B.,Normatov U.,Nazarov  B.)
Toshkent, O‘qituvchi. 1997.
QO‘SHIMCHA ADABIYOTLAR:
7. Boltaboev H. Fitrat va jadidchilik. –T., 2007.
8. Boltaboev H. XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida dramaturgiya. –T., 1993.
9. G‘aniev I. Fitrat. E’tiqod. Ijod. –T., 1994.
10. G‘anixo‘jaeva F.Ahmad Tabibiy (hayoti va ijodi). -T.: FAN, 1970.
11. Dolimov U. Is’hoqxon Ibrat. Istiqlol fidoyilari.-T.:SHarq, 1994.
12. Jabborov N. Vatan ishtiyoqin tortaram. // Tafakkur, 2002, 1-son, 48-57 betlar.
13. Jabborov N. Ma’rifat nadir. –T., Ma’naviyat, 2010
14. Jabborov N. Furqat merosi va Xitoy manbalari. // SHarq yulduzi, 2001, 121-127-
betlar
15. Jalolov A. XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi o‘zbek adabiyoti.-T.,1991.
16. Karimov G‘. Muqimiy hayoti va ijodi.  Toshkent, 1970.
17. Karimov G‘. O‘zbek adabiyoti tarixi SH kitob.  Toshkent, 1987.
18. Karimov G‘. O‘zbek adabiyoti tarixi. 3-kitob. –T., 1975.
19. Qosimov  B . Izlay-izlay topganim.-T.: Adabiyot va san’at,1983.
20. Qosimov B.Izlay-izlay topganim… Toshkent, G‘ofur G‘ulom nashriyoti 1983.
21. Qo‘shjonov M. O‘zbekning o‘zligi. –T., 1994.
Muqimiy. Asarlar,Toshkent. G‘o

MILLIY UYG‘ONISH DAVRI O‘ZBEK ADABIYOTINING ILK BOSQICHLARI. DAVRNING IJTIMOIY-MADANIY QIYOFASI. KOMIL, FERUZ, TABIBIYLAR IJODINING XORAZM ADABIY MUHITIDA TUTGAN O‘RNI Reja: 1. Xiva va Buxoro xonliklarida tarixiy–ijtimoiy sharoit, madaniy–adabiy muhit. Ulardagi mushtarak va o` ziga xos xususiyatlar. 2. Xiva adabiy muhiti. 3. Buxoro adabiy muhiti 4. Qo'qon adabiy muhiti 5. Samarqand va Toshkent adabiy maktabi.

XIX asrning ikkinchi yarmida Chor Rossiyasining istilosi tufayli Qo‘qon feodal davlati tugatildi. Xiva va Buxoro xonligi qisman Rossiyaga tobelik statusi bilan o‘z davlat mustaqilliklarini saqlab qoldilar. Bu ikki davlat hududida feodal saroyi va ular tasarrufidagi adabiy markazlar yashashda davom etdi. Biroq bu ikki saroydagi adabiy markazning tarkibi ham, salohiyati ham bir xil bo‘lgan emas. Buning o‘ziga xos ob’ektiv va sub’ektiv sabablari bor. Shundan Umarxon va keyinroq Feruz saroyidagi adabiy markazlar ancha faolligi bilan ajralib turadi. Biz avval «Saroy-feodal, feudal-klerikal» oqimlaridagi adabiyotlar sifatida sinfiy tabaqalab, kamsitib o‘rgangan bu adabiy muhitlarda ishtirok etgan shoir–ijodkorlar asarlarini ham endilikda umumo‘zbek adabiyotining namunalari, umumo‘zbek adabiyotini yaratishda ishtirok etgan shaxslar sifatida o‘rganishimiz, ularga nisbatan istiqlol yillarigacha davom etib kelgan har qanday kamsitishlarni olib tashlashimiz lozim. Qo‘qon xonligi 1876 yilda tugatilgan sabab, u yerda feodal xonlik saroyi ham, uning tasarrufidagi adabiyot ham yo‘q edi. Bu xonlik xududlaridagi shoirlarning har biri o‘zlari tavallud topgan shahar va qishloqlarda yashab, u yoki bu kasb bilan shug‘ullanish bilan birga badiiy ijodda ham o‘z iste’dod va imkoniyatlarini namoyon etib turdilar. Sobiq Qo‘qon xonligi territoriyalaridagi shu davr shoirlari ko‘proq Toshkent, Qo‘qon, Andijon, Samarqand, Namangan (To`raqo‘rg‘on), Xo‘jand, Kattaqo‘rg‘on kabi shaharlarda alohida–alohida adabiy guruhlar tarzida ko‘zga tashlanadi. Bunday shoirlar ijodida Sobiq Turkiston o‘lkasida yuz bergan siyosiy–ijtimoiy va madaniy o‘zgarishlar feodal–xonlik saroylaridagi shoirlar ijodidagiga nisbatan kuchliroq aks ettirildi. Buxoro amirligi hududlarida adabiyot Buxoro amirligida to 1920 yilgacha mang‘it urug‘idan bo‘lgan amirlar (Amir Shohmurod, amir Haydar, amir Nasrullo, amir Muzaffar, amir Abdulahad va amir Olimxonlar) hukmronlik qildilar. Biz yuz yillar davomida bu hududda badiiy ijodga qiziqish va homiylik boshqa qo‘shni xonliklardagiga nisbatan ancha passiv kechganligini kuzatamiz; Biroq Buxoro amirlari ham ayniqsa amir Muzaffar va amir Abdulahad (1861–1885, 1885–1910) o‘z saroylarida siyosiy–diniy

maqsadlarda qator tarixchilarni, tazkiranavislarni, olimlar va shoiru adiblarni saqlaganlar Amir Abdulahadning o‘zi ham Ojiz taxallusi bilan she’rlar mashq qilgan. Bu davr Buxoro xududidagi adabiyot ko‘proq ikki tilda, tojik va o‘zbek tillarida yaratildi. Zullisonaynlik an’analari bu yerdagi adabiy hayotda katta mavqe tutdi. Buxoro amirligi territoriyalarida tanilgan shoirlar haqida Rahmatullo Vozehning 1871 yilda yozilgan «Tuhfat–ul ahbob», so‘ngroq o‘tgan shoirlar haqida esa Xashmat, Mirzo Azim Somiy, Salimiylar yaratgan tazkiralarda ma’lumotlar bor. Bu davr Buxoro amirligi xududlaridagi adabiyotni saroy doirasidagi hamda atrof xududlardagi shoiru adiblar guruhiga bo‘lib œrganish lozim. Atrof muhit shoirlari ichida ijodi shu asr œrtalarida shuhrat qozongan Shavqiy Kattaqo`rg‘oniy hamda Shahrisabzli Xiromiyning o`rni diqqatga sazovordir. Buxoro amirlari saroyiga yaqin ijodkorlar ichida esa o‘zining salohiyati, qomusiy bilimi, siyosiy qarashlari bilan ayniqsa Ahmad Donish ajralib turadi. U shu davr Buxoro xonligida kurtak yoza borgan ma’rifatparvarlik oqimining yirik vakillaridan hisoblanadi. Uning ta’sirida zamondosh do‘stlaridan Rahmatullo Vozeh, Shohin, Savdo, Hayrat, Mirza Azim Somiylar ham tarixnavislikda, ham shoirlikda, ham tazkiranavislikda iqtidor ko‘rsatishib, asosan tojik tilida katta meros qoldirganlar. Shuning uchun mashhur yozuvchi va olim Sadriddin Ayniy o‘zining «Esdaliklar» nomli memuar asarida Donish hayoti va faoliyati haqida keng to‘xtalib, uni «XIX asr Buxorosining bulutli osmonidagi yorug‘ yulduz» deb baholangan edi. Ahmad Donish (1827–1897) keng qamrovli iste’dod egasi sifatida ko‘p sohalar bilan qiziqqan va shu sohalarga doir qimmatli asarlar yozib qoldirgan. Ahmad Donish madrasa mudarrisi oilasida tavallud topib, maktab va madrasani tugatgach, munshiylik–hattotlik san’atida ovozasi tarqalib, saroyga ishga taklif qilinadi. Bir necha yil davomida saroyda tarixga, tibbiyotga, islom tarixiga oid asarlarni ko‘chiradi. 1857, 1869 va 1873 yillarda Buxoro amirlarining elchilariga mirzo, maslahatchi sifatida hukumat vakillari bilan Sankt–Peterburgga boradi va bular haqida memuar asarlar bitadi. Uning qo‘lyozma holida qoldirgan shunday

asarlari orasida «Navodir ul–vaqoye’» hamda «Tarjimai ahvoli amironi Buxorayi sharif» nomli asarlari ayniqsa muhimdir; Bu asarlarda XIX asrning II yarmi Buxoro amirligidagi ijtimoiy hayot, amir amaldorlarining axloqan nopokligi, layoqatsizligi, ayollarning barcha haq–huquqlardan mahrumliklari tasvirlanadi. Shu bilan birga, jaholat, qonunsizlikda yashash og‘irliklari tanqid qilinadi. Eng muhimi, «Navodir ul–vaqoye’»ning I–fasli Ahmad Donishning Sankt– Peterburgga, ichki Rossiyaga qilgan sayohatlari taassurotlari, u yerlarda ko‘rgan nodir voqealar ifodasidan iborat. Shular targ‘ibi orqali u ajoyib ma’rifatparvar, islohatlar tarafdori bo‘lgan arbob sifatida ko‘zga tashlanadi. Ismi Pahlavonniyoz, taxallusi Komil bo‘lgan bu iste’dodli shoir, hattot, mirzaboshi, tarjimon, noshir va davlat arbobi 1825 yilda Xivada mudarris Abdulla Oxund oilasida tavallud topdi, 74 yil umr kechirib, 1899 yilda dunyodan ko‘z yumdi. Uning fazilat va xizmatlari haqida Ahmad Tabibiy, Bayoniy, Ogahiylar o‘z asarlarida yuksak ta’riflarni keltiradilar. Jumladan Ogahiy o‘zining tarixga oid «Gulshani davlat» asarida shunday fikrlarni yozib qoldirgandir: «Navras fikr va toza tab’ shuarodin hunar ahli orasinda mumtoz Pahlavonniyozkim fozillar guruhi ichra taxallusi Komildir». «Chor Rossiya»si sining Xiva xonaligiga qarshi yurishlarida ishtirok etgan va shu haqda tarixiy – memuar asar yozgan Lobasevich ham u bilan suhbatda bo‘lib, fazilatlarini kuzatib, Komilni Xiva saroy ayonlari ichidagi eng tadbirkor, tashabbuskor, aqlli, sulhparvar, ma’rifatli shaxs bo‘lganligini takidlaydi (Xivinskiye poxodi 1873g.) Komil Feruzning qaynotasi va amakisi Saidamirul Umar orqali saroyda katta e’tibor qozonadi. Avval hattot, mirzaboshi, keyincha devonbegi xizmatlarida bo‘ladi. Hukumat vakillari tarkibida (1892 yilda) Toshekntda, so‘ng Sankt–Peterburg shaharlarida bo‘ladi. Adabiy merosi . Komil sohibi devon shoirdir. Komil devonining bir qancha qo‘lyozma hamda toshbosmada nashr etilgan nusxalari saqlanib qolingan. Devonda an’anaviy hamda zamonaviy musabba’, qasidalar, ruboyilar, kam bo‘lsa– da, baxri tavilda, muammo shaklida yozilgan she’rlar keltiriladi. Komil musammatning murabba’, musabba’ janrlarida o‘ynoqi, ajoiyb ishqiy she’rlar yaratgan. Ular suvora maqom yo‘llarida Xorazmli bastakorlar tomonidan

hozir ham kuylanilib turibdi. «So‘yla menga ey sanam kimni sevar yorisan» takror qofiyali she’r–qo‘shiq shulardan biridir. Komilning qator ijtimoiy, hajviy va ta’limiy mavzulardagi g‘azallaridan boshqasi an’anaviy sevgi mavzularidagi oshiqona, orifona g‘azallardir (Devondagi qator g‘azallar tahlili keltiriladi). U bir g‘azalida sadaf yonida «durri g‘alton» ham bo‘lmasa sadafning qimmati bo‘lmaganidek, muhabbat shavqiga ega bo‘lmagan insonning ham qimmati bo‘lmaydi,–deydi: Zamiring aylag‘il ishqu muhabbat ma’dani, Komil, Ne qadru e’tibor o‘lg‘ay sadafg‘a durri g‘altonsiz. Demak, u muhabbatni inson qalbidagi eng noyob ma’dan deb hisoblaydi. Ma’lumki, ma’shuqa labining jon baxsh etishi va xolning qoraligini xinduga o‘xshatish an’anaviy tasvirdir. Lekin Komil go‘zalning xoli, ko‘zi, sochi va kipriklarini har baytda bir xil emas, balki ikki xil o‘xshatish bilan tasvirlab o‘ziga xos mahorat ko‘rsatadi. Go‘zal yorning labini «chashmai hayvon»–ya’ni hayot chashmasiga o‘xshatsa, lab ustidagi xolni hayot chashmasidan suv ichgani kelgan qora zag‘chalarga qiyoslaydi. Yoki g‘uncha tong vaqtida tushgan shabnamni durga, marvaridga mengzash klassik adabiyotda tez–tez uchraydi. Komilda u o‘zgacha go‘zallik kasb etadi: Gul uzra jola emas, maqdaming nisori uchun, Qizil tabaqqa terar durri shahvori bahor. Bu yerda bahor go‘zal yorning qadamiga sochish uchun qizil tabaqqa durri shahvor termoqda deyilishi, ya’ni gulni qizil tabaqqa, shabnamni durri shahvorga o‘xshatish juda o‘rinli va yangidir. Tokay yuray yo‘lungda ko‘zim yoshin oqturub, Tindir yoshim, ko‘zimni jamolingga boqturub – kabi jonli va ehtirosli tasvirlar Komil she’rlarining badiiy yuksakligidan dalolat beradi: U insonlarni bir–biriga nisbatan mushfiq–mehribon bo‘lishga, g‘ayrat– shijoat bilan ish tutishga chorlaydi: Vasl istama, hajr ranjin chekmay,