logo

MS Office dasturlari (MS word MS excel MS power point)

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

250.0029296875 KB
MAVZU: MS Office dasturlari  (MS word MS excel  MS power point )
Reja:
 
1 Amaliy dasturiy ta'minot 
2 Amaliy dasturiy ta'minot 
3 Vazifasi va imkoniyatlari    Axborot   -atrof-muxit     ob' е ktlari     va     hodisalari,     ularning     o`lchamlari   va
holatlari   to`g`risidagi   ma'lumotlardir.   Axborot     insonlar     o`rtasida     ma'lumotlar
ayiriboshlash,   odamlar   va   qurilmalar   o`rtasida   signallar   ayiriboshlashni   ifoda
etadigan umummiliy tushunchadir[8].   
  Informatika   fani   axborot   tabiat   hodisalari   yoki   ob' е ktlar     to`g`risidagi
tasavvurimizni   o`zgartiruvchi   o`zaro   konts е ptual   bog`liq     ma'lumotlar,
ko`rsatkichlar,   n е gizlar   va   tushunchalar   sifatida   qaraydi.     Informatikada
axborotlar bilan bir qatorda ma'lumotlar tushunchasi ham qo`llaniladi[8].   
 Ma'lumotlarga  faqat  saqlanadigan  b е lgilar  yoki  yozib  olinadigan  kuzatuvlar
sifatida     qarash     mumkin.     Agar     bu     ma'lumotlarga     biror     narsa   to`g`risidagi
mavhumlikni  kamaytirish  uchun  foydalanish  imkoniyati  tug`lsa,  ma'lumotlar
axborotga   aylanadi.   Shuning   uchun   axborotni   foydalaniladigan   ma'lumotlar   d е b
atasa ham bo`ladi.   
  Masalan,     qog’ozga     t е l е fon     raqamlarini     ma'lum     tartibda     yozib,     birovga
ko`rsatgansiz,u     buni     biror     axborot     b е rmaydigan     ma'lumot     sifatida     qabul
qiladi. Biroq ana shu har bir t е l е fon raqami to`g`risidagi muayyan korxona yoki
tashkilot  nomining  faoliyati  turi  yozib  qo`yilsa,  avvalgi  ma'lumot  axborotga
aylanadi. 
  Matnli,   sonli,   grafikli   va   tovushli   axborotlar   kompyuterda   qayta ishlanishi
uchun   berilganlar   shaklida   taqdim   qilinishi   lozim.                               Berilganlar–
kompyuterda   qayta   ishlanishi   mumkin     bo‘lgan     shaklda   ifodalanadigan
axborotlardir.   Buyruq–u   elementar   instruksiya   bo‘lib,   unda     kompyuterning   u
yoki   bu   amalni     bajarishi     ifodalaniladi.     Protsessorni   biror-bir   operatsiyani
amalga   oshirishi     uchun     bitta     buyruq     emas,     balki     bir     –     nechta     buyruqlar
ketma-ketligini bo‘lishi zarur bo‘ladi.      Berilganlarni kompyuterda dasturli qayta
ishlash quyidagi  tartibda amalga oshiriladi:  
1) kompyuterni         tashqi     xotirasida     saqlanuvchi     dastur     bajarilishi     uchun
ishga tushirilganda u operativ xotiraga yuklanadi;   2) protsessor   dastur   buyruqlarini   berilgan   ketma-ketlikda   o‘qiydi   va   uni
bajarishni amalga oshiradi;    
3) qayta     ishlash     jarayonida     qayta     ishlangan     berilganlar,     protsessor
tomonidan  operativ yoki tashqi xotiraga yozilib boriladi;  
4) protsessor     chiqarish     qurilmasi     berilganlariga     so‘rovlar     yuborishi         va
o‘zida qayta ishlangan berilganlarni chiqarish qurilmalariga uzatishi mumkin. 
  Dasturlar-bu   buyruqlarning   tartiblangan   ketma-ketligidir.Istalgan   kompyuter
dasturlarining     yakuniy     maqsadi     –     apparat     vositalarini     boshqarish     va
natijalar olishdan iborat bo‘ladi.   
 Odatda,  dasturiy  ta’minot  (Software)    deyilganda      hisoblash  tizimi  orqali
bajariladigan dasturlar to‘plami tushuniladi.  
  O‘z   o‘rnida     dasturiy     ta’minot–   kompyuter     tizimlarining   ajralmas     qismi
hisoblanadi va u texnik vositalarning mantiqiy davomi bo‘ladi.  
  Aniq     kompyuterni     qo‘llanish     sohasi     undagi     dasturiy     ta’minotning
imkoniyatlari   bilan   belgilanadi.   Kompyuterning         apparat     va     dasturiy
ta’minoti  bir-biri  bilan  ajralmas  va uzluksiz o‘zaro harakatda bo‘ladi.  
                  Bir     butun     kompyuter,     yoki     uning     tarkiy     qismlari         o‘z-o‘zidan
axborotlarni   qayta     ishlay     olmaydi.     Kompyuterning     ishlashini     turli     xil
funksiya  va  vazifalarni bajaruvchi dasturlar boshqaradi.  
 Hisoblash  tizimining  dasturiy  ta’minoti  dasturli  konfigurasiya  deb    ataladi.
Hisoblash  tizimlari  fizik  tugin  va  bloklarda  ajratilgani  singari,  dasturlararo
ham   o‘zaro   aloqa   mavjud   bo‘ladi,   ko‘plab   dasturlar   boshqa   quyi   darajadagi
dasturlarga tayangan  holda  ishlaydi.  
  Kompyut е rning   dasturiy   ta'minoti   orasida   eng   ko‘p   qo‘llaniladigani   amaliy
dasturiy   ta'minot   (ADT)   dir[14].   Bunga   asosiy   sabab   -   kompyut е rlardan   inson
faoliyatining   barcha   sohalarida   k е ng   foydala-nishi,   turli   pr е dm е t   sohalarida
avtomatlashtirilgan tizimlarning yaratilishi va qo‘llanishidir    Amaliy dasturiy ta’minot o‘zida aniq bir vazifani bajaruvchi   amaliy dasturlar
majmuini mujassamlashtiradi. Tabiiyki  amaliy  dasturiy  ta’minotlar  va  tizimli
dasturiy  ta’minotlar orasida  bevosita o‘zaro aloqa mavjud bo‘ladi.  
  Dunyoda     kompyuter     texnikasini     jadal     rivojlanishi,     dasturiy     mahsulotlarni
ham  shunday  jadallik  bilan  rivojlanishiga  olib  keldi.    
Dunyoda     kompyuterlarni   ommaviylashuvini     dasturiy     ta’minotlarsiz     tassavur
qilib  bo‘lmay  qoldi.  
  Kompyuterlarning rivojlanishini tijorat  sohasini  apparat ta’minoti 
( hardware )     va   dasturiy   ta’minoti   soft   ( software )   kabi   ikkita   katta   qismlarga
ajratilishiga olib keldi.  
 Dunyoda  Microsoft,  Oracle,  Sun,  Borland  kabi  dasturiy  mahsulotlar  ishlab
chiqaruvchi   kompaniyalar   yuzaga   keldi.   Hisoblash     texnika     vositalarini
tezkorlik  bilan  rivojlanishi  va kompyuterlarning  qo‘llanish  sohalarini  tobora
kengayib     borishi         dasturiy   ta’minotlar     evolyusiyasi   jarayonini
tezlashtirdi[11].  
  Agar     oldin     dasturiy         ta’minotlarning     asosiy     kategoriyalari     (operatsion
tizimlar,   translyatorlar,   amaliy   dasturlar   paketi)   barmoq   bilan   sanarli   bo‘lsa,
hozirgi   vaqtga   kelib   u   tugal   bir   rivojlanish   tomoniga   o‘zgardi.   Yangi   dasturiy
ta’minotlarni ishlab  chiqishda  tugal  bir  yangi  bo‘lgan  yondoshuvlar  yuzaga
keldi.    Bu     jarayon   talab    qilinadigan     dasturiy    mahsulotlar     bilan    bozordagi
amaldagi    dasturiy mahsulotlarning nisbatini keskin o‘zgarishiga olib keldi.  
                  Amaliy   dasturiy   ta’minotlarga     inson   faoliyatining   turli   xil   sohalariga
mansub   bo‘lgan   dasturlar   kiradi.     Amaliy     dastur     –     bu     istalgan     aniq     bir
dastur     bo‘lib,     u     qandaydir     muammoli   sohasi     doirasiga   oid   masalalarni
yechishgan mo‘ljallangan bo‘ladi.     
 Hisoblash  texnikasini  amaliyotda  samarali  tadbiq  etishning shartlaridan  biri
amaliy dasturlarning ixtisoslashtirilgan paketlarini yaratishdir.      Ularga kirishning osonligi va foydalanishning soddaligi  ShKning muhandislik
mehnatiga,  ilmiy  soha,  iqtisodiyot,  madaniyat,  ta’limning  aniq  vazifalarini
yechishda kengroq tadbiq etish uchun sharoitlar yaratadi.  
.Amaliy dasturlar paketi va uning tarkibiy dasturlari 
Amaliy   dasturlar   paket   (ADP)   lari   odatda   maxsus   tizimlar   asosida
quriladi va u bundan keyin ham aniq yo‘nalishlarda rivojlanadi. Ular hisoblash
vositalarining   dasturli     ta’minlanishida     alohida     yetkazib     beriladi,     o‘zining
hujjatlariga     ega     va   operatsion     tizimlarning     tarkibiga     kirmaydi.     Ko‘pgina
paketlar  integrasiyaning shaxsiy vositalariga ega.  
Amaliy   dastur    ta’minot    (application   software)    –   bu   foydalanuvchilar
vazifalarini   bajarishga   mo‘ljallangan   va   do‘stona   foydalanuvchi   interfeysiga   ega
bo‘lgan dasturiy ta’minotdir.    
Amaliy   dasturiy   ta’minot   kompyuterning   apparat   ta’minoti   bilan   bevosita
o‘zaro   aloqa     qilmaydi.     Masalan,     bunga         matn     prosessorni,     grafik
muharirlari,   elektron     jadvallar,     buxgalteriya     dasturlari     kabi     foydalanuvchi
topshiriqlarini kirituvchilarni keltirish mumkin.    
1-rasm.Amaliy dasturiy vositalarning sinflanilishi 
  Amaliy  dasturlar  paketi.   Aniq  sinfga  oid  masalalarni  yechishga  oid  o‘zaro
bog’langan dasturlar majmui.   
1) Muammoli  -  yo‘naltirilgan.  Boshqarish  funksiyalarida,  strukturalashgan
berilganlar va qayta ishlash algoritmlari kabi muammoli sohalarda qo‘llaniladi.  
2) Loyihalashni  avtomatlashtirish.    Chizma,  sxema,  diagrammalarni  ishlab
chiquvchi konstruktorlar va texnologlarlarning ishlarida qo‘llaniladi.  
3) Umum yo‘naltirilgan.  Matn  muharrirlari  va  jadval  prosessorlari,  grafik
muharrirlar,     ma’lumotlar     bazasini     boshqarish     tizimlari     kabi     kompyuter
texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlovchi tizimlar.   
2-rasm. ADP yordamida yechiladigan masalalar 
4) Ofisli.  Ofisning  tashkiliy  faoliyatini  boshqarishni  ta’minlaydi.  U  o‘zida
organayzerlar     (yozuv     va     telefon     kitoblari,     kalendarlar,     taqdimotlar)ni,
tarjimonlarni, matnni anglash kabi vositalarni mujassamlashtiradi.  
5) Stol   usti   nashriyot   tizimlari   -   funksional   jihatidan   birmuncha   kuchli
bo‘lgan matn prosessorlari.  
6) Su’niy     intellekt     tizimlari.     U     o‘zida     tabiiy     tilda     muloqat     qilishni
qo‘llab quvvatlovchilarni;    turli  xil  vaziyatlarda  foydalanuvchilarga  tavsiyalar
bera   oladigan     ekspert     tizimlarini;     dasturlashtirishsiz     amaliy     masalalarni
yechuvchi intellektual amaliy dasturlar paketlarini qamrab oladi.  
 Shaxsiy  kompyuterlar  uchun  mo‘ljallab  chiqarilgan  amaliy  dasturlar paketlari
uchun quyidagi tasniflarni aytib o‘tish mumkin:  
 matn muharrirlari, matnli prosessorlar va noshirlik tizimlari;  
 grafika muharrirlari va tadbirkorlik grafika vositalari;  
 katta o‘lchamli elektron jadvallar, jadval prosessorlari;  
 telekommunikasion  tizimlarni  boshqarish  amaliy  dasturlar
paketlari;  
 berilganlar bazasini boshqarish tizimi;  
 ma’lumotli-qidirish tizimlari;  
 su’niy intellekt tizimlari, shu jumladan ekspert tizimlari;    avtomatlashtirilgan o‘qitish tizimlari;  
 ma’lumotlarni statistik qayta ishlash paketlari;  
 matematik dasturlashtirish amaliy dasturlar paketlari;  
 avtomatlashtirilgan loyihalashtirish tizimlari;  
 tarkibiga muammoga  mo‘ljallangan paketlarning bir  nechta turini  oladigan
integrallashgan amaliy dasturlar paketi.   
  Matnli,     jadvalli     va     grafik     axborotlarni     avtomatlashtirilgan     holda     ishlab
chiqishni amaliy dasturlar paketi ta’minlaydi.  
3-rasm. ADT paketlarining turlari Muammoviy yo‘naltirilgan
amaliy dasturlar paketlari 
  Matnli   prosessorlar   -   foydalanuvchi   tomonidan   hujjat   yaratishda   matnni   bir
yerga   yig’ish,   shakllantirish,   tahrir   qilishga   imkon   beruvchi   hujjatlar   (matnlar)
bilan ishlash uchun mo‘ljallangan maxsus dasturlar. Odatda ular o‘z ichiga matn
bloklar va ob’yektlar bilan ishlash bo‘yicha qo‘shimcha vazifalarni oladi.      Stol usti nashriyot tizimlari  - kasbiy nashriyot faoliyati uchun mo‘ljallangan va
hujjatlarning     asosiy     turlari,     axborot     byulletenlari,     qisqa     rangli     risolalar,
hajmli   kataloglar     va     savdo     buyurtmalari,     ma’lumotnomalar     ko‘rinishidagi
keng   turli tumanligini   elektron   amalga   oshirishga   imkon   beruvchi   dasturlar
ushbu  turdagi paketlarda ko‘zda tutilgan vositalar quyidagilarga imkon beradi:  
 matnni   bir   yerga   jamlash   (terish);   barcha   iloji   bo‘lgan   foydalanish   va
poligrafik   tasvirlashni   amalga   oshirish;   eng   yaxshi   mantli   prosessorlar
darajasida matnlarni tahrir qilishni amalga oshirish;   
 grafik tasvirlarni ishlab chiqish;  
 poligrafik   sifatli   hujjatlar   chiqarishni   ta’minlash;     ü   tarmoqlar   va   har   xil
platformalarda ishlashga.   
  Grafik   muharrirlar   -     grafik     axborotlarni     ishlab     chiqish     uchun
mo‘ljallangan   paketlardir.   Ular   rastrli   va   vektorli   grafiklarni   ishlab   chiquvchi
ADPga bo‘linadi.  
 Vektorli grafika bilan  ishlash  uchun  paketlar  badiiy  va  texnik  tasvirlar  bilan
keyinchalik   rangli   bosib   chiqarish   bilan   bog’liq   kasbiy   ishlash   uchun
mo‘ljallangan   (masalan,     dizaynerning     ish     joyi)     loyihalashtirishni
avtomatlashtirilgan   tizimlari  uchun va stol ustidagi nashriyot tizimlari o‘rtasida
oraliq joyni egallaydi.  
  Ushbu     sinfdagi     paketlar     hozirgi    vaqtda     grafik    tasvirlarni     murakkab   aniq
ishlab  chiqilishini  amalga  oshirish  uchun  vazifaviy  vositalarning  ancha  keng
majmuiga ega va o‘z ichiga quyidagilarni oladi:  
 grafik tasvirlarni yaratish uchun vositalar;  
 tekislash   vositalari   (asosiy   chiziq   va   bet   bo‘yicha,   kesishish   katagi,   eng
yaqin nuqta bo‘yicha);  
 ob’yektlar bilan manipulyasiya qilish vositalari;  
 paragraflarni rasmiylashtirish va zamonaviylashtirish, har xil  shriftlar bilan ishlash qismida matnni ishlab chiqish vositalari;  
 turli     xil     formatlardagi     grafik     ob’yektlar     (fayllar)ni     import     (eksport)
qilish vositalari;  
 ekran tasvirini poligrafik bajarishga tegishli ravishda sozlash bilan bosmaga
chiqarish vositalari. 
  Elektron  jadvallar  (jadvalli  prosessorlar)   -  tashkil  qilingan  ma’lumotlarni
jadvalli tartibda ishlab chiqish uchun mo‘ljallangan dasturlar paketi.   
 Ishlarni   tashkil  qiluvchilar -  bu,  ham  ayrim   inson,  ham  butun  firma  yoki
uning     tarkibiy     bo‘linmasini     turli     resurslar     (vaqt,     mablag’,     materiallar)dan
foydalanishni  rejalashtirish  tadbirlarini  avtomatlashtirish  uchun  mo‘ljallangan
dasturlar paketlaridir.   
  Ma’lumotlar  bazasini  boshqarish  tizimi   (MBBT)  elektron  
ma’lumotlarni yaratish,   saqlash   va   olish   tadbirlarini   avtomatlashtirish   uchun
mo‘ljallangan.  
  Ko‘pgina     mavjud     iqtisodiy,     axborot-ma’lumotnomaviy,     bank,     dasturli
majmualar MBBTning vositalaridan foydalanish orqali amalga oshiriladi.  
  Namoyish     qilish     grafiklarining     paketlari     ba’zi     bir     tahliliy     tadqiqotlar
natijalarini   ko‘rgazmali   va   dinamik   shaklda   taqdim   etishga   qaratilgan   ishga
tegishli axborotlar grafik tasvirining konstruktorlari bo‘ladi.   
  Mul’timedia  dasturlari   paketlari  audio  va  video  axborotlarni  aks ettirish va
ishlab   chiqish,   ShKdan   foydalanish   uchun   mo‘ljallangan.   Dasturli   vositalardan
tashqari,kompyuter bunda xuddi shunday axborotlarni kirish/chiqish, uni raqamli
shaklga   aylantirishni   amalga   oshirishga   imkon   beruvchi   qo‘shimcha   platalar
bilan jihozlanishi  mumkin.        Loyihalashtirishni  avtomatlashtirish  tizimlari   -
grafik   tasvirlarni   ishlab   chiqish   bilan   bog’liq   dasturlar   paketlarining   o‘zgacha
turlitumanligidar. Ular    mashinasozlik,    avtomobilsozlik   va   sanoat    qurilishida
konstruktorlik ishlarining   loyihalarini   avtomatlashtirish   uchun   mo‘ljallangan. Ushbu     paketlar   quyidagi   asosiy   vazifalarni   amalga   oshirishni   ta’minlovchi
vositalar majmuiga ega:  
 foydalanuvchilarning tarmoqda paket bilan jamoa bo‘lib ishlashi;  
 fayllarning barcha imkon bo‘lgan formatlarda eksporti-importini;  
 ob’yektlarni masshtablashtirish;   
 ob’yektlarni    guruhlarga   ajratish,     harakatlantirish,     kesish,     o‘lchamlarini
o‘zgartirish, qatlamlari bilan ishlashda ularni boshqarish;  
 qaytadan chizish (fonli, qo‘lda, uzilgan holda);  
 fayllarni kutubxonalar va chizmalarning kataloglari qismida boshqarish;   
 egri   chiziqlar, ellipslar,  chiziqlarning ixtiyoriy  shakllari,  ko‘p  burchaklarni
chizishga     imkon     beruvchi     turli-tuman     chizmachilik     vositalaridan
foydalanish, alomatlarning kutubxonalaridan foydalanish, yozuvlarni yozish
va h. k. 
  Alomatlarni   bilib  olish  dasturlari    -  bu,  alomatlar  kodlaridagi   harflar   va
raqamlarning   grafik   tasvirlarini   tarjima   qilish   uchun   mo‘ljallangan.   U   skaner
bilan birgalikda ishlatiladi.  
  Moliyaviy   dasturlar    guruhi   har   xil   paketlar   bilan   taqdim   etilgan:   yozuv
daftarchasi   va   moliyaviy   operatsiyalar   yozuvi   (pul   mablag’larining   balansi,
zayomlar  va  kreditlar  bo‘yicha  foizli  to‘lovlarni  aniqlash,  pul  kiritmalarining
vaqtincha     tuzilmalari     va     h.     k.)     ko‘rinishidagi     ishga     doir     yozuvlarni     olib
borish uchun.  
  Tahliliy tadqiqotlar   uchun o‘zini yaxshi tavsiya etgan Stat Graphics, Systat va
“ Статистик - Консультант ” statistika paketlaridan foydalaniladi.  4-rasm.   ADT   paketlarining   vazifalari   bo‘yicha   turlari   Nazorat
uchun savollar 
1. Axborot va ma’lumot tushunchalariga izoh bering? 
2. Buyruq va dastur tushunchalariga izoh bering? 
3. Amaliy  dastur  nima? 
4. Amaliy dasturiy ta’minot nima u qanday vazifalarni bajaradi? 
2§. Microsoft Office  paketlari va ularning versiyalari 
 
  
                                            REJA:
1 Microsoft Office   paketlari 
2    Microsoft Office   paketlari  va ularning  xarakteriskalari  
Microsoft   Offi с e   dasturlaridan   foydalanuvchi   har   bir   masalani   yechishda,
hujjatlarni   tahrirlashda   va   boshqa   ishlarda   unimli   foydalanishi   mumkin.
Officedan foydalangan foydalanuvchi ekranni o‘z xohishi bo‘yicha o‘zgartirishi, shriftlarni   tanlashi,   printerlarni   tanlashi,   boshqa   tizimlarni   disklarga   yozishi,
qo‘shimcha   kompyuter   qurilmalarini   o‘rnatishi   va   hakozo   imkoniyatlardan
foydalanishi   mumkin.   Qisqa   qilib   aytganda,   kompyuter   ishini   o‘z   xohishiga
moslab   kompyuter   xotirasi,   ekranni,   ishlash   tezligi,   qo‘shimcha   qurilmalaridan
optimal   foydalanishi   mumkin.   Mashhur   Microsoft     korporatsiyasi   shaxsiy
kompyuterlardan   foydalanuvchilar   uchun   ko‘pgina   dasturlar   va   operatsion
tizimlarni   ishlab   chiqarishni   jadal   rivojlantirmoqdalar.   Jumladan,
foydalanuvchilarning   kompyuterdan   foydalanish   imkoniyatlarini   oshirish   uchun
Office   dasturlar   to‘plamini   ham   ishlab   chiqarishgan.   Ko‘pgina   foydalanuvchilar
Windows   operatsion   tizimi   bilan   Office   dasturlar   to‘plamini   chalkashtirishadi.
To‘g'ri,   bu   ikkala   dasturlarni   ham   Microsoft   korporatsiyasi   ishlab   chiqqan   va
asosan   shaxsiy   IBM        va   Pentium        kompyuterlariga     o‘rnatishga   mo‘ljallangan.
Windows operatsion tizimi Office dasturlarisiz bemalol ishlay oladi, lekin Office
dasturlari   Windows   dasturisiz   ishlamaydi.   Windows         dasturlarining   quyidagi
versiyalari   mavjud:   Windows-3.X,   Windows-95,   Windows-98,   Windows-2000,
Windows-2002,   Windows   NT,   Windows   XP   va   hakozo.   Office   dasturlar
to‘plamini   esa   quyidagi   versiyalari   mavjud:   Office-95,   Office-96,   Office-97,
Office-2000, Office2002 va Office XP. Office-2003 dasturlar to‘plamini shaxsiy
kompyuterga   o‘rnatish   uchun     kompyuterda   Windows   operatsion   tizimi
o‘rnatilgan bo‘lishi, so‘ng kompyuter operativ xotirasi  kamida 8-16 Mb bo‘lishi
va   qattiq   diskda   kamida   250   Mbdan   700   Mbgacha   (Officedan   foydalanish
imkoniyatiga qarab) bo‘sh joy bo‘lishi lozim. 
  Office   tarkibi   Microsoft   Office   bir   nechta   xilda   sotuvga   chiqariladi.   Ularning
farqi   to‘plam   tarkibi   va narxida.  Office  dasturlar   to‘plamining  nisbatan  to‘liqroq
variantiga quyidagi dasturlar kiradi: 
 Microsoft   Word         -   har   xil   ko‘rinishdagi   oddiy   va   murakkab   matnlarni
tahrirlashga   mo‘ljallangan   matn   muharriri.   Ekvivalent   dasturlar:
OpenOffice.org         Writer,   LibreOffice   Writer,   StarOffice   Writer,   KWord, NeoOffice   Writer,   Corel   WordPerfect,   Apple   Pages   (bu   faqat   Mac   OS
tizimida) va AbiWord. 
 Microsoft Excel        - har ko‘rinishdagi  hisob-kitobli ma'lumotlar bilan ishlashga
mo‘ljallangan   elektron   jadvalli   dastur.   Muqobil   dasturlar:   OpenOffice.org
C alc, LibreOffice Calc, KSpread, StarOffice, Gnumeric, Corel Quattro Pro va
Apple Numbers (bu faqat Mac OS tizimida).  
 Microsoft   PowerPoint         -   ma'lumotlarni   taqdimot,   reklama   qilishga
mo‘ljallangan   taqdimot   dasturi.   Muqobil   dasturlar:   OpenOffice.org   I mpress,
LibreOffice Impress, KPresenter, Corel WordPerfect va Apple Keynote. 
 Microsoft Access    -     ma'lumotlar ombori (bazasi) bilan ishlashga mo‘ljallangan
dastur.   O‘rnini   bosuvchi   dasturlar:   OpenOffice.org        Base,   LibreOffice   Base,
Kexi. 
 Microsoft   Publisher         -   har   xil   ko‘rinishdagi   noshirlik   ishlarini   bajarishga
mo‘ljallangan muharrir dastur.  
 Microsoft   Outlook         fOutlook   Express   b    ilan   chalkashtirmang)-   elekton
pachtadan   foydalanishga   mo‘ljallangan   dastur   va   hokazo   .Uning   tarkibiga
taqvim,   ish   rejalashtirgich,   qaydnoma,   manzillar   kitobi   va   shaxsiy   pochta
kiradi.  
  Pochta xizmati uchun  - Mozilla Thunderbird/SeaMonkey, Novell 
Evolution, Claws Mail , Eudora Mail, The Bat!. 
 Shaxsiy ma'lumotlar dispetchiri - Mozilla, Lotus Organizer va Novell Evolution. 
 Microsoft InfoPath        - ma'lumot yig'ish va uni boshqarish dasturi. 
 Microsoft   Communicator        (Microsoft   Lync)   -   insonlar   bilan   har   tomonlama
muloqot qilishni tashkilashtiradigan dastur. 
 Microsoft Visio        - biznes va texnik diagrammalar bilan ishlovchi dastur. 
Muqobil dasturlar: Libre Office Draw ,    OpenOffice.org        Draw, yEd Grapth Editor. 
 Microsoft Project        - loyihalar bilan ishlovchi dastur.   Microsoft   Query   -   ma'lumotlar   omboridan   ma'lumot   oluvchi   va   ko‘rib
chiquvchi dastur. 
 Microsoft OneNote        - qaydnomalar yozish uchun mo‘ljallangan dastur. 
 Microsoft   Groove   -   birgalikdagi   ishni   qo‘llab   quvvatlovchi   dastur.   ü
Microsoft SharePoint Designer -Microsoft SharePoint tizimida dastur yaratish
uchun vosita. 
 Microsoft Picture Manager - rasmlar bilan ishlash.  Muqobil dastur: 
OpenOffice.org D raw. 
 Microsoft Document Image Writer -virtual printer. 
 Microsoft   Diagnostics   -   Microsoft   Officening   zararlangan   dasturlarini
diagnostika qiluvchi va tuzatuvchi dastur. 
Office   dasturlar   to‘plamini   o‘rnatishda   yuqorida   ko‘rsatilgan   dasturlarni
tanlash   orqali,   ya'ni   keraklisini   o‘rnatish   orqali   kompyuter   qattiq   diskidagi   joyni
tejash mumkin. 
  Microsoft Office paketi versiyalari 
Ishlab
chiqarilgan
sana   Nomlanishi/
versiya   Tarkibi  
30.08.1995  OfficeOffice   95   (7.0)                         Windows   95   uchun   Word   7   va
boshqalar
30.12.1996  Office 97 (8.0)  Word 97 va boshqalar 
20-iyun, 1998  Office 97 
Powered by 
Word 98 (8.5)  Word 98 olishning yagona usuli. 
27.01.1999  Office   2000
(9.0)  Word   2000   va   boshqalar;   Windows   95
ko‘tara   oladigan   oxirgi   versiya,   2009-yildan
to‘xtatildi.  31.05.2001  Office XP (10.0) Word 2002 va boshqalar 
17.11.2003  Office   2003
(11.0)  Word   2003   va   boshqalar;   Dastur   timsollari
Windows XP ko‘rinishida namoyon bo‘ldi. 
30.01.2007  Office 2007        Word 2007 va boshqalar; 
12.05.2010  Office
201    (12.0)     0      
(14.0)  Word   2010   va   boshqalar;   Windows   XP/Vista
uchun so‘nggi versiya. Office 2003/2007 larning
sotilishi shu yilning 11-yanvar kuni 
01.10.2013  Office 2013        Word 2013 va boshqalar 
22.09.2015  Office
201    (15.0)     6       Word 2016 va boshqalar 
Office for iPad - Apple iPad uchun dasturlar to‘plami, 2014-yildan sotila boshladi. 
1. Office   Online   ( ранее   Office   Web   Apps)/   Office   365   –   idora   to‘plam-
larining   online   versiyasi.   Office   Web   Apps   ilk   bor   Los-Anjelesda   (PDS   2008
konferensiyasi)   2008-yilda   namoyish   etildi.   Online   versiya   dasturlarning
yengillashtirilgan ko‘rinishi taqdim etilgan . 
Nazorat uchun savollar 
1. Microsoft kompaniyasi qachon tashkil etilgan va nima bilan shug’ullanadi? 
2. Microsoft Office   paketlari nima maqsadda ishlatiladi? 
3. Microsoft Office   paketlarining asosiy  xarakteriskalari nimadan iborat? 
4. Microsoft Office   paketlarining tarkibiga qaysi dasturlar kiradi? 
5. Birinchi Microsoft Office   paketlari qachon yaratilgan? 
3§.   Microsoft   Office     dasturlarining     versiyalari,   yaratilish   tarixi,   farqli
imkoniyatlari va kiritilgan o‘zgartirishlar 
  REJA:
Microsoft Office Word (Windows) dasturi.  
Microsoft   Word   (qisqacha     MS   Word,   WinWord   yoki   Word)   -   matnli
ma'lumotlarni   yaratish,   ko‘rish   va   tahrir   qilish   uchun   mo‘ljallangan   matn
muharriridir yoki matn protsessori Microsoft korporatsiyasi tomonidan Microsoft
Office   paketi   tarkibida   chiqariladi.   Ilk   versiyasi   Richard   Brodi   tomonidan   1983-
yil IBM PC uchun   yozilgan.   Keyinroq Apple Macintosh (1984), SCO UNIX va
Microsoft Windows (1989) uchun ishlab chiqilgan. Amaldagi versiyasi Windows
va Mac OS uchun mo‘ljallangan Microsoft Office Word 2016 hisoblanadi. 
 Microsoft Word yaratilishida "Xerox PARC" taqdqiqot markazi tomonidan ishlab
chiqilgan   Bravo   -   original   grafik   interfeysga   ega   matn   protsessori   katta
o‘rintutadi. Bravo asoschisi Charlz Simoni PARCni 1981 
-yil tark etgan. 
Wordning MS-DOS uchun taqdimoti 1983-yil oxirida bo‘lib o‘tdi. Bu tovar
bozorda   yomon   kutib   olindi.   Biroq   1985-yil   Macintosh   uchun   mo‘ljallangan
versiyasi   qo‘lma-qo‘l   bo‘lib   keng   tarqala   boshladi.   Ikki   yildan   so‘ng   Macintosh
uchun Word 3.01 versiyasi ishlab chiqildi. Macintosh uchun mo‘ljallangan boshqa
dasturiy ta'minotlar kabi Word ham to‘liq WYSIWYGmuharrir edi ("what you see
is what you get" tamoyili - "nima ko‘rsam, shuni olaman"). 
MS-DOS   grafik   qobiqdan   mahrum   matn   operatsion   tizimi   bo‘lsada,   DOS
uchun   mo‘ljallangan   Word   dasturi   IBM   PC   ning   tahrir   vaqtida   yarim   qora   yoki
yotiq matn kabi matn belgilarini ko‘rsatib bera oluvchi matn protsessori edi. Biroq
u   hali   ham   to‘liq   Wysiwyg   -muharrir   edi.   WordStar   va   WordPerfect   kabi   matn
muharrirlari   oddiy   matn   ekranini   belgi   kodlari   bilan   ishlatishar   edi,   ba'zan   matn
rangli ham bo‘lardi. Ammo ko‘p holda DOS dasturiy ta'minotidagi dasturlarda har
bir buyruq uchun shaxsiy qiyin kombinatsiyalar qo‘llanilishi (DOS Wordda hujjat
saqlashda   ESC-T-S   kombinatsiyasi   ishlatilgan)   va   ko‘p   kotiblar   faqat
WordPerfectni   ishlata   olishi   shu   dasturni   ishlatuvchi   kompaniyalar   ozroq
ustunlikka ega yangi dasturga juda sekinlik bilan o‘tishgan.  1990-1995-yillar   1989-yil   Windows   uchun   ishlab   chiqilgan   Wordning   ilk
versiyasi  $500  ga sotilgan.  Windows  3.0  ishlab  chiqarilishidan  so‘ng  savdo  o‘sa
boshladi   va   uning   asosiy   raqobatchisi   WordPerfect   ustunlikni   ushlay   olmadi.
Keyingi   versiyalarda   matn   muharriri   doirasidan   chetga   chiqadigan   imkoniyatlar
qo‘shila   boshladi.   Chizish   asboblari   hujjatga   grafika   qo‘shish   kabi   juda   oddiy
amalarni   bajara   olardi,   lekin   bu   maxsus   dasturlar   kabi   emasdi.   Ob’yektiarni
qo‘shilishi,   hujjat   versiyalarini   taqqoslash,   ko‘p   tilli   yordam   va   boshqa
imkoniyatlar kelgusi yillarda amalga oshirildi. 
  Microsoft   Word   hozirda   keng   qo‘llaniluvchi   eng   ommabop   matn   muharriri
hisoblanadi.   IBM   ОС   platformasidagi   ".doc"   kengaytmasi   Word   972000
ikqilamchi   formatining   sinonimiga   aylandi.   Bu   formatga   eksport   va   import
qiluvchi   filtrlar   ko‘pchilik   matn   muharrirlarida   mavjuddir.   Hujjat   formati
Wordning   turli   versiyalarida   o‘zgarishlarga   uchradi.   Formatlash   amallari
dasturning   eski   versiyalarida   uchramasligi   mumkin.   MS   Word   2007   XML,   -
Microsoft   Office   Open   XML   ga   asoslangan   "ehtimoliy   tanlangan"   formatni
ishlatadi.   Word   97-2007   formatlarining   tasnifi   2008-yilda   Microsoftda   e'lon
qilingan. 
Microsoft   Officening   boshqa   dasturlari   kabi   Word   o‘z   imkoniyatlarini
o‘ziga   o‘rnatilgan   makrotil   vositachiligida   kengaytirishi   mumkin   (oldiniga
WordBasic, Word 97 versiyasidan so‘ng VBA - Visual Basic qo‘llanilgan). Biroq
bu   virus   xavfmi   oshiadi.   Yaqqol   misol   Melissa   chuvalchanggi   epidemiyasi
bo‘loladi.   Shu   sababdan   antivirus   dasturiy   ta'minotidan   foydalanish   ortiqchalik
qilmaydi.   Microsoft   Word   hujjatlarini   zararlagan   ilk   virus   1994-yil   dekabrda   J.
Mak-Namarning   makroviruslar   yaratish   imkoniyatlarini   namoyishiga
mo‘ljallangan   DMV   bo‘lgan.   "Yovvoyi   tabiatga"   tushgan   va   dunyodagi   ilk
makroviruslar   epidemiyasini   chaqirgan   ilk   virus   esa   Concept   hisoblanadi   (1995-
yil iyun-avgust).  2009-yil   12-avgustda   Texas   shtati   sudi   Microsoft   patenti   Kanada   i4i
kompaniyasiga   tegishli   bo‘lgan   XML-fayllarni   o‘qish   uslubini   noqonuniy
foydalanishida ayblab, AQSh hududida Word dasturlarini sotishni taqiqladi. 
Dasturning rivojlanishi  
MS   Word   so‘nggi   yillarda   o‘z   imkoniyatlarini   kengaytirdi.   Word   2003
versiyasidagi   dastur   asosiy   ramzi   Word   2007   versiyasida   qisman   o‘zgartirildi.
Planshet,   smartfon   va   boshqa   qurilmalar   uchun   dastur   sinxronlashtirildi.   Dastur
tarkibiga   yangi   shriftlar.   turli   format   usullari,   har   bir   ob’yekt   uchun   alohida
sozlamalar qo‘shildi, dasturning internet  orqali yangilanishi va qayta aloqa qilish
tizimi takomillashtirildi. Mobil qurilmalar, planshetlar uchun Word dasturini Plav
Market. AppStorv va boshqa internet do‘konlardan yuklab olish mumkin. 
MS Windows uchun versiyalar 
Yil   Nomi   Versiya   Izoh  
1995  Word 95  7.0   Office 95 
1997  Word 97  8.0   Office 97 paketi tarkibida 
1998  Word 98  8.5   Office 97 paketi tarkibida 
1999  Word 2000  9.0   Microsoft   Office   2000   paketi
tarkibida 
2001  Word 2002  10.0  Microsoft Office XP paketi tarkibida 
2003  Office   Word
2003  11.0  Office 2003 paketi tarkibida 
2006  Office   Word
2007  12.0  Office 2007 paketi tarkibida 
( interfeysning   revolutsion   o‘zgarishi,
OOXML   format   ini   qo‘llay   olishi   -
*.docx) 
2010  Word 2010  14.0   Office 2010 paketi tarkibida 
2013  Word 2013  15.0  Office 2013 paketi tarkibida 
2015  Word 2016  16.0  Office 2016 paketi tarkibida  2018  Word 2019  17.0  Office 2019 paketi tarkibida 
  Asosiy adabiyotlat 
1. M.Aripov,     M.Fayziyeva,     S.Dottayev.     Web   texnologiyalar.     O‘quv
qo‘llanma.  Toshkent, "Faylasuflar jamiyati". 2013. 
2. R. Hamdamov va b. Ta'limda axborot texnologiyalari. "O‘zbekiston milliy
ensiklopediyasi" T.:, 2010 y. 
3. M.E.Mamarajabov, SH.SH.Adinayev, R.A.Razzokov Kompyuter ta’minoti.
Pеdаgоgikа   oliy   ta’lim   muassasalari   talabalаri   uchun   dаrslik.   Toshkent,
2017, 642 b. 
4. О.О.Ҳошимов,   М.М.Туляганов.   Компютерли   ва   рақамли
технологиялар. Дарслик. Т.: Янги аср авлоди. 2009. -104 б.  
5. Sh.I.Razzoqov,  Sh.S.Yo‘ldoshev,  U.M.Ibragimov.  Kompyuter
grafikasi: O‘quv qo‘llanma.  Toshkent: Noshir, 2013 
Qo‘shimcha adabiyotlar 
21. Мирзиёев   Шавкат   Миромонович.   Эркин   ва   фаровон,   демократик
Ўзбекистон   давлатини   биргаликда   барпо   этамиз.     Ўзбекистон
Республикаси   Президенти   лавозимига   киришиш   тантанали   маросимига
бағишланган   Олий   Мажлис   палаталарининг   қўшма   мажлисидаги   нутқ   /
Ш.М. Мирзиёев. –  Тошкент : 
Ўзбекистон, 2016. - 56 б. 
22. Ўзбекистон  Республикаси   Президентининг  Фармони.   Ўзбекистон  
республикасини  янада  ривожлантириш  бўйича   ҳаракатлар  
стратегияси  тўғрисида.  (Ўзбекистон  Республикаси   қонун
ҳужжатлари тўплами, 2017 й., 6-сон, 70-модда)  
23. O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining     “Oliy   ta’lim   tizimini   yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 20 aprel 2017 yilgi qarori  
24. Андреев А.Т. и др.  Microsoft Windows XP. - C Пб .:  БХВ - Претербург, 2002. -640с 
25. Хэлворсон М., Янг М. Эффективная работа Microsoft Office System 2003.
- СПб.: "Питер", 2004. - 1232с.

MAVZU: MS Office dasturlari (MS word MS excel MS power point ) Reja: 1 Amaliy dasturiy ta'minot 2 Amaliy dasturiy ta'minot 3 Vazifasi va imkoniyatlari

Axborot -atrof-muxit ob' е ktlari va hodisalari, ularning o`lchamlari va holatlari to`g`risidagi ma'lumotlardir. Axborot insonlar o`rtasida ma'lumotlar ayiriboshlash, odamlar va qurilmalar o`rtasida signallar ayiriboshlashni ifoda etadigan umummiliy tushunchadir[8]. Informatika fani axborot tabiat hodisalari yoki ob' е ktlar to`g`risidagi tasavvurimizni o`zgartiruvchi o`zaro konts е ptual bog`liq ma'lumotlar, ko`rsatkichlar, n е gizlar va tushunchalar sifatida qaraydi. Informatikada axborotlar bilan bir qatorda ma'lumotlar tushunchasi ham qo`llaniladi[8]. Ma'lumotlarga faqat saqlanadigan b е lgilar yoki yozib olinadigan kuzatuvlar sifatida qarash mumkin. Agar bu ma'lumotlarga biror narsa to`g`risidagi mavhumlikni kamaytirish uchun foydalanish imkoniyati tug`lsa, ma'lumotlar axborotga aylanadi. Shuning uchun axborotni foydalaniladigan ma'lumotlar d е b atasa ham bo`ladi. Masalan, qog’ozga t е l е fon raqamlarini ma'lum tartibda yozib, birovga ko`rsatgansiz,u buni biror axborot b е rmaydigan ma'lumot sifatida qabul qiladi. Biroq ana shu har bir t е l е fon raqami to`g`risidagi muayyan korxona yoki tashkilot nomining faoliyati turi yozib qo`yilsa, avvalgi ma'lumot axborotga aylanadi. Matnli, sonli, grafikli va tovushli axborotlar kompyuterda qayta ishlanishi uchun berilganlar shaklida taqdim qilinishi lozim. Berilganlar– kompyuterda qayta ishlanishi mumkin bo‘lgan shaklda ifodalanadigan axborotlardir. Buyruq–u elementar instruksiya bo‘lib, unda kompyuterning u yoki bu amalni bajarishi ifodalaniladi. Protsessorni biror-bir operatsiyani amalga oshirishi uchun bitta buyruq emas, balki bir – nechta buyruqlar ketma-ketligini bo‘lishi zarur bo‘ladi. Berilganlarni kompyuterda dasturli qayta ishlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1) kompyuterni tashqi xotirasida saqlanuvchi dastur bajarilishi uchun ishga tushirilganda u operativ xotiraga yuklanadi;

2) protsessor dastur buyruqlarini berilgan ketma-ketlikda o‘qiydi va uni bajarishni amalga oshiradi; 3) qayta ishlash jarayonida qayta ishlangan berilganlar, protsessor tomonidan operativ yoki tashqi xotiraga yozilib boriladi; 4) protsessor chiqarish qurilmasi berilganlariga so‘rovlar yuborishi va o‘zida qayta ishlangan berilganlarni chiqarish qurilmalariga uzatishi mumkin. Dasturlar-bu buyruqlarning tartiblangan ketma-ketligidir.Istalgan kompyuter dasturlarining yakuniy maqsadi – apparat vositalarini boshqarish va natijalar olishdan iborat bo‘ladi. Odatda, dasturiy ta’minot (Software) deyilganda hisoblash tizimi orqali bajariladigan dasturlar to‘plami tushuniladi. O‘z o‘rnida dasturiy ta’minot– kompyuter tizimlarining ajralmas qismi hisoblanadi va u texnik vositalarning mantiqiy davomi bo‘ladi. Aniq kompyuterni qo‘llanish sohasi undagi dasturiy ta’minotning imkoniyatlari bilan belgilanadi. Kompyuterning apparat va dasturiy ta’minoti bir-biri bilan ajralmas va uzluksiz o‘zaro harakatda bo‘ladi. Bir butun kompyuter, yoki uning tarkiy qismlari o‘z-o‘zidan axborotlarni qayta ishlay olmaydi. Kompyuterning ishlashini turli xil funksiya va vazifalarni bajaruvchi dasturlar boshqaradi. Hisoblash tizimining dasturiy ta’minoti dasturli konfigurasiya deb ataladi. Hisoblash tizimlari fizik tugin va bloklarda ajratilgani singari, dasturlararo ham o‘zaro aloqa mavjud bo‘ladi, ko‘plab dasturlar boshqa quyi darajadagi dasturlarga tayangan holda ishlaydi. Kompyut е rning dasturiy ta'minoti orasida eng ko‘p qo‘llaniladigani amaliy dasturiy ta'minot (ADT) dir[14]. Bunga asosiy sabab - kompyut е rlardan inson faoliyatining barcha sohalarida k е ng foydala-nishi, turli pr е dm е t sohalarida avtomatlashtirilgan tizimlarning yaratilishi va qo‘llanishidir

Amaliy dasturiy ta’minot o‘zida aniq bir vazifani bajaruvchi amaliy dasturlar majmuini mujassamlashtiradi. Tabiiyki amaliy dasturiy ta’minotlar va tizimli dasturiy ta’minotlar orasida bevosita o‘zaro aloqa mavjud bo‘ladi. Dunyoda kompyuter texnikasini jadal rivojlanishi, dasturiy mahsulotlarni ham shunday jadallik bilan rivojlanishiga olib keldi. Dunyoda kompyuterlarni ommaviylashuvini dasturiy ta’minotlarsiz tassavur qilib bo‘lmay qoldi. Kompyuterlarning rivojlanishini tijorat sohasini apparat ta’minoti ( hardware ) va dasturiy ta’minoti soft ( software ) kabi ikkita katta qismlarga ajratilishiga olib keldi. Dunyoda Microsoft, Oracle, Sun, Borland kabi dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar yuzaga keldi. Hisoblash texnika vositalarini tezkorlik bilan rivojlanishi va kompyuterlarning qo‘llanish sohalarini tobora kengayib borishi dasturiy ta’minotlar evolyusiyasi jarayonini tezlashtirdi[11]. Agar oldin dasturiy ta’minotlarning asosiy kategoriyalari (operatsion tizimlar, translyatorlar, amaliy dasturlar paketi) barmoq bilan sanarli bo‘lsa, hozirgi vaqtga kelib u tugal bir rivojlanish tomoniga o‘zgardi. Yangi dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqishda tugal bir yangi bo‘lgan yondoshuvlar yuzaga keldi. Bu jarayon talab qilinadigan dasturiy mahsulotlar bilan bozordagi amaldagi dasturiy mahsulotlarning nisbatini keskin o‘zgarishiga olib keldi. Amaliy dasturiy ta’minotlarga inson faoliyatining turli xil sohalariga mansub bo‘lgan dasturlar kiradi. Amaliy dastur – bu istalgan aniq bir dastur bo‘lib, u qandaydir muammoli sohasi doirasiga oid masalalarni yechishgan mo‘ljallangan bo‘ladi. Hisoblash texnikasini amaliyotda samarali tadbiq etishning shartlaridan biri amaliy dasturlarning ixtisoslashtirilgan paketlarini yaratishdir.

Ularga kirishning osonligi va foydalanishning soddaligi ShKning muhandislik mehnatiga, ilmiy soha, iqtisodiyot, madaniyat, ta’limning aniq vazifalarini yechishda kengroq tadbiq etish uchun sharoitlar yaratadi. .Amaliy dasturlar paketi va uning tarkibiy dasturlari Amaliy dasturlar paket (ADP) lari odatda maxsus tizimlar asosida quriladi va u bundan keyin ham aniq yo‘nalishlarda rivojlanadi. Ular hisoblash vositalarining dasturli ta’minlanishida alohida yetkazib beriladi, o‘zining hujjatlariga ega va operatsion tizimlarning tarkibiga kirmaydi. Ko‘pgina paketlar integrasiyaning shaxsiy vositalariga ega. Amaliy dastur ta’minot (application software) – bu foydalanuvchilar vazifalarini bajarishga mo‘ljallangan va do‘stona foydalanuvchi interfeysiga ega bo‘lgan dasturiy ta’minotdir. Amaliy dasturiy ta’minot kompyuterning apparat ta’minoti bilan bevosita o‘zaro aloqa qilmaydi. Masalan, bunga matn prosessorni, grafik muharirlari, elektron jadvallar, buxgalteriya dasturlari kabi foydalanuvchi topshiriqlarini kirituvchilarni keltirish mumkin.