logo

Muhammad_Rahim_I_tomonidan_o’tkazilgan_pul_islohoti_va_Xorazmda

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

438.896484375 KB
M	avzu:	Muhammad Rahim 	I tomonidan 	
o’tkazilgan pul isloho	ti va Xorazmda muntazam 	
tangalar zarb qilinishining yo’lga qo’yilishi.	 	
Reja:	 	
K	irish.	 	
1.	 	  Muhammad	 	 Rahim	  I 	
2.	 	Muhammad	 	 Rahim	  I 	 madaniy	 	 hayot	. 	
3.	 	Ichki	 va	 tashqi	 savdoning	 rivojlanishi	 	
4.	    	Xorazmshohlar davrida va Xiva xonligi 	pullari	 	
X	ulosa.	 	
Foydalanilgan adabiyotlar	 	
 
 
 
 
 
 
   
 
 
 
 
 
 
Buxoro  xonligida  XVIII  asr  o'rtalarida  yuz  bergan  siyosiy  voqealarda 	mang'it 	
urug'i vakillar	ini Buxoro xonligi taxtiga olib chiqdi. 	Davlat hukmdorlari «amir» 	
unvoni  bilan  yuritiladigan  bo'ldi  va  davlat  ham  Buxoro  amirligi  degan  nom 
oldi.	 Buxoro  amirligi  tarixiga  oid  yozma  manbalar  ichida  «Qushbegi 	
arxivi»	 hujjatlari,  «Tarixi  salotini  mang'itiya»,	 	«Tuhfai  shohiy»,  «Dostoni 	
amironi  mang'it»,  «Tarixi  amiri  Haydar»,  «Gulshan  al	-muluk»,  «Risolai 	
muxtasari az tarixi salotini xonadoni mang'itiya» kabi mahalliy tillarda yozilgan 
asarlar bilan bir qatorda rus tarixchilaridan E.K.Meyndorf tomonidan 1820 yil	da 	
yozilgan	 «Orenburgdan  Buxoroga	 sayohat»,  1833  yilda  tatar  mullosi  Mirzo 	
Ja'far  nomi  bilan  4  oy  Buxoroda  yashagan  P.I.Demezonning  «Buxoro  xonligi 
haqida  qaydlar»,  1841  yilda  Butenov  elchiligi  tarkibida  Buxoroga  tashrif 
buyurgan  I.Xanikovning  «Buxoro  xonl	igi  ta'rifi»  kabi  asarlarini  keltirib  o'tish 	
mumkin.	 Shuningdek	,  ingliz  josuslik  hizmati  vakillari  Mir  Izatullo  va  A.Berns 	
tomonidan  hamda  A.  Vamberi  tomonid	an  yozilgan  asarlar  ham	 Buxoro 	
amirligining XIX asr birinchi yarmi tarixiga oid muhim	 manbalar qatoridan o'rin 	
olgan.  2	-masala:	 Ashtarxoniylar  inqirozi  va  Abulfayzxonning  o'limi  bilan 	
barxam  topa  boshlagan  Buxoro  xonligi  taxti  bir  necha  yillar  davomida  (17	47	-	
1756)	 ashtarxoniy	 shahzodalar  tomonidan  boshqarilgan  bo'lsada,  hokimiyat 	
amalda  mang'itlar  urug'idan  bo'lgan Muhammad  Rahim  qo'liga o'tib  qolgan  edi. 
Muhammad  Rahim  o'z  hukmronligining  dastlabki  yillarida  markaziy  davlat 
hokimiyatini  mustahkamlashga  kir	ishdi.  Mamlakatdagi  siyosiy  vaziyatning  barqarorlashuvidan manfaatdor bo'lgan yirik er egalari, savdogarlar, ulamolar va 
fuzalolar  uning  bu  siyosatini  qo'llab	-quvvatladilar.  Ishni  avvalo  saroy 	
amaldorlarini o'zgartirishdan markaziy boshqaruvni tartibga sol	ishdan boshlagan 	
Muhamad  Rahim  asta	-sekin  viloyatlar  hokimligiga  ham  o'ziga  sodiq  odamlarni 	
qo'yishga  kirishdi.  Buning  uchun  u  separatistik  kayfiyat  juda  kuchli  bo'lgan 
Shahrisabzga  1750	-1752  yillarda  4  marta  yurish  qilib,  bu  erdagi  muhim 	
mudofaa  qo'rgonla	ri  (Kitob,  Sangfurush,  G'ovmish,  Qushchi)  ni  egalladi  va 	
vohada  o'z  hokimiyatini  to'laligicha  o'rnatishga  muvaffaq  bo'ldi.  G'uzor  ham 
Buxoro  hokimiyatini  tan  oldi.  Muhammad  Rahim  Miyonqol,  Nurota,  Urgut, 
Kabodiyon,	 Boysun  kabi  viloyatlarga  ham  yurishlar  uy	ushtirib,  markaziy 	
hokimiyatni  tan  olishga  majbur  qildi.  1753	-1756  yillarda  Zarafshon  vohasining 	
yuqori	 oqimi,  Jizzax,  Zomin  ham  Buxoro  amirligi  tarkibiga  qo'shib  olindi. 	
Buxoroning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash maqsadida 1752	-1753 yillarda 	
shaharning	 eski  devori  yonida  yangi  mudofaa  devori  (2  m)	   qurildi.  O'z 	
hokimiyatini  mustahkamlab  olgan  g'ayratli  Muhammad  Rahimni  Buxoroning 
qonuniy  hukmdori  sifatida  tan  olib  Qo'qon,  Toshkent,  Marv,  Balx  va  Qunduz 
vakillari  va  hukmdorlari  rasmiy  elchiliklar  yubord	ilar.  Muhammad  Rahim 	
vafotidan so'ng taxtga uning tog'asi, Miyonqol xokimi Doniyolbiy o'tirdi. Uning 
hukmronligi  davrida  (1759	-1784)  markaziy  hokimiyat  zaiflashdi  va  urug'lar 	
o'rtasidagi nizolar markaziy hokimiyatga qarshi chiqishlar ko'paydi. Bunday hol 
butun  mamlakat  bo'ylab  yoyildi.	 Yuz,  kenagas,  burgut,  baxrin,  saroy  kabi 	 yirik 	
o'zbek  urug'lari  birlashib,  Buxoroga  qarshi  yurish  qildilar.  Biroq  isyonchilar 
halqning  qo'llab  quvvatlashlari  tufayli  bostirildi.  Bu  voqea  Doniyolbiy 
hukmronligining dastlabki 	yillaridayoq yuz bergan edi. 1771 yilda Shahrisabz va 	
G'uzor beklilarida davlatga qarshi kuchli qo'zg'olon ko'tarildi. Bu qo'zgolon juda 
katta  qiyinchilik  bilan  bostirildi.  Qo'zgolon  rahbarlari  qatl  qilindi.  Mamlakatda 
g'alayonlarning to'xtovsiz davom etib	 turganligi markaziy hokimiyatning obro'si 	
va  qudratini  zaiflashtirdi.  Bu  hol  iqtisodiy  ahvolning  ham  yomonlashuviga  olib 
keldi.  1784  yilda  ko'tarilgan  navbatdagi  qo'zgolon  natijasida  mamlakatda 
hukmdor  o'zgardi  va  taxtga  Doniyolbiyning  o'g'li  Shohmurod  o'	tkazildi.  Shohmurod  Buxoro  amirligi  tarixida  o'ziga  xos  o'ringa  ega  bo'lgan  hukmdorlar 
sirasiga  kiradi.  U  mang'itlar  sulolasi  hukmdorlari  orasida  eng  birinchi  bo'lib 
«amir»  unvoni  bilan  davlatni  boshqardi. 	Shunga  ko'ra  bu  davlat  ham  Buxoro 	
amirligi  degan  n	om  oldi.  Tarixda  «amir  mas'um»  (Begunoh  amir)  nomi  bilan 	
mashhur bo'lgan Shohmurod hukmronligi yillari (1785	-1800) Buxoro amirligida 	
markaziy	 hokimiyat  boshqaruvining	 nisbatan  mustahkamlanishi 	
davri	 hisoblanadi.  Shohmurod  ham  boshqa  hukmdorlar  kabi  markazi	y 	
hokimiyatga  bo'ysunishdan  bosh  tortayotgan  ayrim  bekliklarga  qarshi 
harbiy	 yurishlar  uyushtirdi  va  davlatning  hududiy  yaxlitiligini  saqlab  qolishga 	
harakat  qildi.	 Shohmurod  faqatgina  siyosiy  hokimiyatni  mustahkamlab 	
qolmasdan,  bir  qator  ma'muriy  iqtisodi	y-madaniy  tadbirlarni  ham  amalga 	
oshirdi.  O'z  hayotini  kamtarona	 darveshlarga  xos  tarzda  o'tkazgan  bu  hukmdor 	
Zarafshon  va  Qashqadaryo  vohalaridagi,  Amudaryo  bo'ylaridagi  sug'orish 
tizimlarini qayta tiklab,	 yangi inshoatlar	, ko'priklar, yo'llar va boshqalarni barpo 	
ettirdi. Amir Shohmurod tomonidan o'tkazilgan moliya, sud, ma'muriy va harbiy 
sohalardagi  islohotlar  natijasida  mamlakatdagi  siyosiy	-iqtisodiy  h	ayot 	
birmuncha  jonlandi.  Amir  Shohmurod  o'g'li  Amir  Haydarni  mang'itlarning  ota 
meros  mulki  hisoblangan  va  amirlikda  katta  nufuzga  va  mavqega  ega  bo'lgan 
Qarshi  shahriga  hokim  etib  tayinlandi.  Shundan  boshlab  mang'itlar  sulolasi  taxt 
vorislarining Qarshida	 hokimlik qilishlari odat tusiga kirdi. Shohmuroddan so'ng 	
taxtga  Amir  Haydar  otasining  siyosatini  davom  ettira  olmadi  va  uning 
hukmronligi  yillarida  (1800	-1826)  mamlakatda  siyosiy  keskin  vaziyat	 hukm 	
surdi.Buxoroga  bo'ysunishdan  bosh  tortgan  Shahrisabz,  U	rgut,  Miyonqol 	
bekliklariga  qo'shin  tortishga  majbur  bo'ldi.  Harbiy  yo'l  bilan  qo'lga  kirita 
olmagan  viloyatlar  boshqaruvini  kelishuvchilik  yo'li  bilan  o'z  beklari  qo'lda 
qoldirishga  majbur  bo'ldi.  Hususan,  bo'ysunmagan  Shahrisabz  mahalliy  hokim 
Doniyor  va	llomaga  mulk  sifatida  taqdim  etildi  va  Shahrisabz  buning  natijasida 	
1858  yilgacha  mustaqil  ravishda  hukm  surdi.  O'ratepa  bekligi  bo'ysundirilib, 
amirlik  hududlari  birmuncha  kengaytirildi.  Bu  davrda  qo'shni  xonliklar  bilan 
munosabatlar  ham  keskinlashdi.  Xiv	a  xonligi  tomonidan  uyushtirilgan  bir  qancha  bosqinchilik yurishlari  asosan xalq  ko'magida  qaytarildi.  Qo'qon  xonligi 
bilan  munosabatlar  esa  ancha  jiddiy  va  keskin  tus  oldi.  Azaldan  Buxoroga  tobe 
hisoblangan  Toshkent,  Turkiston,  O'ratepa,  Xo'jan  va  boshqa 	chegara  bo'ylab 	
joylashgan  shaharlarga  qo'qonliklarning  tajovuzlari  ancha  keskin  tarzda 
kuchayib  bordi.  Amir  Haydar  1807	-1810  yillarda  Qo'qon  xoni  Olimxon  bilan 	
Toshkent,  O'ratepa,  Jizzax,  Zomin  shaharlari  uchun  qo'ldan	-qo'lga  o'tib  turdi. 	
Amir  Haydar  vafo	tidan  so'ng  taxtni  uning  uchinchi  o'g'li  Nasrullo  egalladi.  O'z 	
akalari  Xusayn  va  Umarni  o'ldirib  taxtni  egallagan  Nasrullo  mang'itlar 
sulolasining  va  Buxoroning  eng  qonxo'r  va  zolim  vakili  sifatida  tarixda  qolgan. 
Shunga  qarmay  Amir  Nasrullo  markaziy  davl	at  hokimiyatni  mustahkamlagan, 	
harbiy  sohada  ancha  samarali  islohotlar  o'tkazib,  o'z  qo'shinining  jangovor 
holatini  oshirgan,  mamlakatning  hududiy  yaxlitligini  birmuncha  tiklagan 
hukmdor  ham  edi.  mir  Nasrullo  hukmronligi  (1826	-1860)  davri  ichki  va  tashqi 	
dushmanlar  bilan  to'xtovsiz  kurashlar  ostida  o'tdi.  O'z  dushmanlarida  qo'rquvni 
kuchaytirish  maqsadida  ko'plab  kishilarni  qatl  ettirgani  uchun  Nasrullo  halq 
orasida  «Qassob  amir»  nomi  bilan  atalgan  edi.  Markaziy  hokimiyatni 
kuchaytirish  maqsadida  olib  boril	gan  to'xtovsiz  kurashlar  Nasrulloga  nisbatan 	
norozilikni  kuchaytirib  yuborgan  edi.  Nasrullo  bo'ysunmagan  beklarga  qarshi 
kurashar  ekan,  shavqatsiz  bo'lishga  intildi.  Shahrisabz  bekligiga  qarshi  olib 
borilgan kurash uzoq vaqt davom etdi va 1832 yildan 1858 	yilgacha davom etdi. 	
Amirlikning  shimolidagi  chegara  shaharlari  (Xo'jand,  O'ratepa,  Toshkent, 
Jizzax,  Zomin)  uchun  Qo'qonliklar  bilan  bo'lgan  janglar  uzoq  davom  etdi  va 
janglar  Buxoro  foydasiga  hal  bo'la  boshladi.  Amir  Nasrullo  1842  yilda  Qo'qon 
xonligi  po	ytaxtini  ham  egalladi  va  Qo'qon  xoni  Muhammad  Alixonni  oila 	
a'zolari  bilan  birga  qatl  ettirdi.  Qo'qonning  egallanishiga  ba'zi  Qo'qonlik 
amaldorlari  ham  yordam  bergan  edilar.  Xiva xonligi  bilan ham  nizoli vaziyatlar 
saqlanib  qoldi.  Amir  Haydar  hamda  Nasrull	o  hukmronligi  davrida  Rossiya  va 	
Angliyaning  manfaatlari  O'rta  Osiyoda  to'qnashdi.  Bu  davrda  Hindistonni 
egallagan va Afgonistonda katta ta'sirga ega bo'lgan Angliya, Buxoro amirligiga 
o'z  vakillarini  yubora  boshlaydi.  U  IX  asrning  30	-40  yillarida  amirlikd	a  bir  qancha  ingliz  razvedkasi  xodimlari  Murkroft  (1824),  A.Berns  (1831),  Mayor 
Volf  (1843),  hamda  amir  Nasrulla  tomonidan  qatl  etilgan  (1838)  polkovnik 
Stoddart  va  mayor  Konnolilar  bo'lishib,  bu  erda  Rossiyaga  qarshi  Buxoro	-Xiva 	
ittifoqini  tashkil  qilishg	a  urinib  ko'rdilar,  biroq  bu  urinish  natijasiz  yakunlandi. 	
Amir  Nasrullo  davrida  chor  Rossiyasining  O'rta  Osiyo  xonliklari  chegaralariga 
yaqinlashishi  davom  etdi.  Rossiya  hukumati  ham  Buxoroga  o'z  ta'sirini 
o'tkazishga urinib ko'rdi. XIX asrning 60 yillari	ga qadar Rossiya imperiyasining 	
maxsus  elchilari  ham  o'z  manfaatlarini  ko'zlab  4  marotaba  Buxoroga 
yuborildilar.  Buxoroga  yuborilgan  bu  rus  maxfiy  hizmati  vakillariga  maxsus 
topshiriqlar  berilgan  bo'lib,  ular  mamlakatning  siyosiy	-iqtisodiy  ahvoli, 	
shaharla	r va mudofaa qo'rg'onlari,	 qo'shin tuzilishi, quro	-yarog'lar va boshqa shu 	
strategik  ahamiyatga  ega  holatlarni  o'rganishlari  lozim  edi.  Bu  ma'lumotlar 
keyinchalik  Rossiya  imperiyasining  xonliklarini  istilo  qilishlarida  muhim 
ahamiyatga  ega  bo'lgan  edi.  3	-m	asala:  Dehqonchilik  va  chorvachilik, 	
hunarmandchilik  va  savdo	-sotiq  mamlakat  iqtisodining  asosiy  tarmoqlari  edi. 	
Avvalgidek  davlatga  amir  va  uning  yaqinlariga  qarashli	 davlat  erlari,  hususiy 	
mulkdorlarga  tegishli  er	-mulklar  (mulki  holis),  diniy  mahkamalar,	 madrasa  va 	
masjidlar,  qabristonlar  harajatlari	 uchun  berilgan  vaqf  erlari  mavjud  edi. 	
Dehqonchilikda	 barcha  sohalar  an'anaviy  ravishda  o'z  taraqqiyotida  davom  etdi. 	
Bu  davrda  ayniqsa  uzumchilik,  sholikorlik,  paxta  va  tamaki  etishtirish  ancha 
taraqqiy etdi	. Chorvachilik amirlik hududidagi bepayon dasht va cho'llar tog' va 	
tog'  oldi  hududlarida  mavjud  edi.  Cho'l  xududlarida  xususan,  Buxoro  va 
Qarshi	   	atroflaridagi  dashtlarda  qorako'l  teri	 etishtirish  kengayib  bordi. 	
Tashqi	 bozordagi  qorako'l  teriga  talabnin	g  kuchliligi  qorako'l  qo'ylar 	
etishtirishni  kengaytirishga  olib  kelgan  edi.  Shuningdek,  chorvachilikda 
yilqichilik,  bunda  ham  asosan  Buxoro  qorabayir  otlarini  etishtirish  taraqqiy 
etgan  edi.  Bundan  tashqari  yirik  qoramollar  etishtirish  va  chorvachilik 
mahs	ulotlari  tayyorlash  ham  ancha  taraqqiy  etdi.  Hunarmandchilik  asosiy  yirik 	
shaharlar  bilan  bir  qator  yirik  qo'rg'onlar  va  qishloqlarda  ham  keng  tarqalib 
bordi.  Hunarmandchilikning	 barcha  sohalarida  o'z  kasb  uyushmalari  mavjud  bo'lib,  ular  oqsoqollar  tomonid	an  boshqarilgan  va  barcha  ishlab  chiqarish 	
jarayoni  nazorat  qilingan.	 Chetdan  shogird  yollash  kam  uchraydigan  holda 	
bo'lib,	 hunarmandchilik sirlari asosan otadan o'g'ilgan meros sifatida qoldirilgan. 	
Hunarmandchilikdagi  etkachi  tarmoq  to'qimachilik  bo'lgan	.  Bunga  sabab  bir 	
tomondan  ichki  va  tashqi  bozorda  bu  turdagi  mahsulotlarga  talab  kuchli  bo'lsa, 
ikkinchi tomondan to'qimachilik uchun zarur bo'lgan xom ashyolarning mahalliy 
ekanligi  va  etarli  bo'lganligi  edi.  Hunarmandchilikning  rivojlangan  sohalaridan 
yana biri kulolchilik edi. Uning aosiy markazlari G'ijduvon, Qarshi, Shaxrisabz, 
Kattaqo'rgon  bekliklarida  edi.  Rossiya  istilosi  va  mustamlakasi  davrida  chinni 
mahsulotlarining  ko'payishi  kulolchilarning  orqaga  ketishiga  sabab  bo'lgan 
bo'lsada,  amirlikda  bu	 soha  o'z  taraqqiyoti  yo'lida  davom  etdi  va  yuqoridagi 	
holat  asosan  Turkiston  general	-gubernatorligiga  qarshi  joylarda  yuz  bergan  edi. 	
Shuningdek,  amirlikda  metallarga  ishlov  berish  va  undan  turli  xo'jalik 
mahsulotlari  tayyorlash  ancha  keng  tarqalgan.  Meta	llarga  ishlov  berish ishlarini 	
aosan  4  turga  bo'lib  ko'rsatish  mumkin:  Temirchilik.  Temirchiliklar  asosan 
qishloq  xo'jalik  qurollari  va  kundalik  hayotda  ishlatiladigan  buyumlar  yasash 
bilan  birga  harbiy  qurol	-yarog'lar  ham  yasaganlar.  Misgarlik.  Misgarlik 	asosan 	
yirik  shaharlarda  rivojlangan.  Misgarlar  turli  idishlar,  chilim,  kundalik  extiyoj 
buyumlari  yasashgan.  Mis  asosan  Rossiyadan  keltirilgan.  Misga  ishlov  berish 
san'at	 darajasiga  ko'tarilgan  bo'lib,  mahsulotlar  ichki  va  tashqi  bozorda  alohida 	
talab  dar	ajasida  bo'lgan.  Cho'yan  quyish  (degrezlik).  Bu  ham  katta  ahamiyatga 	
ega  hunar  turlaridan  sanalgan.  Ular  asosan  cho'yan  qozon,  mankaldon 
(cho'g'don)  va  boshqa  shu  kabi  buyumlar  yasashgan.  Rixtagarlik.  Bronzadan 
buyumlar  yasash  ham  amirlikning  ko'pgina  shah	arlarida  rivojlangan  edi.  Bu 	
ustalar  turli  zeb	-ziynat  buyumlari,  tuli  metall  mahsulotlarning  qismlari 	
yasashgan.  Yuqorida  keltirilgan  va  sanab  o'tilgan  hunarmandchilik  turlari  bilan 
bir  qatorda  amirlikda  zargarlik,  kunchilik, duradgorlik,  novvoylik va bosh	qa bir 	
qator  sohalar  ham  mavjud  ediki,  bular  ham  amirlikning  iqtisodiy  hayotida 
muhim  ahamiyat  kasb  etardi.  XIX  asr  o'rtalariga  kelib  Buxoro  amirligi  siyosiy 
vaziyatlar tufayli ikkinchi darajali davlatlar qatoriga tushib qolgan bo'lsada, yirik  savdo mamlak	ati sifatida katta ahamiyatga ega davlat hisoblanardi. 	 Ichki savdo 	
bilan  bir  qatorda  tashqi  savdo  aloqalari  ham  taraqqiy  etib  bordi  va  bunda 
Rossiya  asosiy  tashqi  savdodagi  sherik  bo'lib  qoldi.  Savdo  jarayonida  uch 
turdagi  pul vositasidan 	– tillo,  tangan 	(kumush)  va pul  (mis)  dan  foydalanilgan. 	
XIX	 asr	 oxirida  Buxoro  amirligi  aholisi  2  million  kishi  atrofida  bo`lgan.  Uning 	
tarkibiga  Zarafshon  vodiysi,  Qashqadaryo,  Surxondaryo  vohasi	 va	 hozirgi 	
Tojikiston  hududining  ayrim  viloyatlari,  hozirgi  Turkmanistonni	ng 	
Murg`obgacha  bo`lgan  bir  qismi  kirar  edi.  Shahar  va  qishloqdagi  aholining 
ko`pchilik  qismida  o`zbeklar,  tog`  va  tog`oldi  joylarida  tojiklar  yashar, 
Marvning  janubiy  hududlarida  turkmanlar,  shimoliy  va  sharqiy  yerlarda  qozoq 
va qirg`izlar yashar edi.	 	
Ros	siya bilan 1868	-yilgi shartnoma Buxoro amirligi taqdirini tubdan o`zgartirib 	
yubordi.	 Sobiq  "islom  gumbazi"  suverenitet	 va	 mustaqillikdan  mahrum  bo`lib, 	
Rossiyaga  qaram  va  mute  bir  davlatga  aylanib  qoldi.  Garchi  siyosiy 
mustaqilligidan  mahrum	 bo`lsa	-da,  Bu	xoro  amiri  o`z  fuqarolari  ustidan 	
cheklanmagan hokimiyatini qo`lida saqlab qolgan edi.	 	
1885	-yil  Buxoroda  ish  boshlagan	 "Rossiya  imperatorining  siyosiy 	
agentligi"	 amir	 va	 uning  amaldorlari  faoliyatini  nazorat  qila  boshladi.  Agentlik, 	
shuningdek,  Rossiya  imp	eriyasi  hukumatining  Rossiyadan  boshqa  davlatlardan 	
mol  olib  kirishni  taqiqlovchi  huquqqa  ega	 bo`lgan.	 Avvalgidek	,  davlat 	
idoralarida	 ko`pchilikni  tashkil  etgan  man	g`itlar  sulolasi  vakillari  amirning 	
tayanchi hisoblanar edi.	 	
Amir	 ixtiyoridagi	 saroy  xizmatida  turli  lavozimlarni  egallagan  kishilar  soni  3 	
mingdan  oshar  edi.  Kattato`ra  unvoniga  ega	 bo`lgan  Karmana  viloyati  hokimi 	
Buxoro  taxtining  vorisi  bo`lib,  qolgan  be	kliklarga  ham  amirning  yaqin 	
qarindoshlari hokimlik qilishardi.	 	
XIX	 asr	 oxirida  Buxoro  amirligi  hududi  200  ming  kv.km  ni  tashkil  etar  edi. 	
Aholining  asosiy  mashg`uloti  hunarmandchilik,  dehqonchilik	 va	 chorvachilik  edi.  Ancha  katta  shaharlari:  Buxoro  (poyta	xt),  Chorjo`y,  Kitob,  Shahrisabz, 	
Denov  edi.  Zarafshon,  Qashqadaryo,  Surxondaryo	 va	 boshqa  vodiylar  Buxoro 	
amirligi tarkibiga kirardi.	 	
Davlat  ishlarini  boshqaruvchi  oliy  amaldor	 qushhegi	 bo`lib,  u  soliqlar  yig`imini 	
boshqarar,  ma'muriy  amaldorlar  tarkibiga	 rahbarlik  qilar,  mahalliy  beklar  bilan 	
yozishmalar  olib  borar  edi.	 Qushbegi  har  kuni  shaxsan  hukmdorga  amirlikdagi 	
ahvol  to`g`risida	 ma'lumot	 berib  turar  edi.	 Barcha  amaldorlar  qushbegi 	
tomonidan,  faqat  oliy  amaldorlargina  amirning  o`zi  tomonidan  tayinlan	ar 	
edi.	 Xazina	 va	 zakot  yig`imini  boshqargan	 devonbegi	 lavozimi  ahamiyati  va 	
mavqei  jihatidan  qushbegidan  keyin  turardi.  Uning  ixtiyorida  300  dan  ziyod 
amaldor	 bo`lgan.  Sudlov,  notariat  ishlarini,  ruhoniylar	 va	 ta'lim  muassasalarini 	
boshqargan boshqozi din	iy	-sudlov ishlariga rahbarlik qilardi.	 	
Sud  hokimiyatiga  amirning  o`zi  rahbarlik  qilardi.	 Sud  tizimida  amirdan 	
keyin	 ko`rib  chiqilayotgan  ish  yuzasidan  fatvo  (xulosa)  tuzuvchi  muftiylar 	
devoniga  rahbarlik  qiluvchi	 bosh  qozi	 turardi.	 Joylarda  sud 	
hokimiyatin	i qozilar	 idora  etardi.	 Politsiya  hokimiyati  esa	 mirshablar	 (tungi 	
qorovullar boshliqlari) qo`lida jamlangan edi.	 	
Oliy  amaldorlar  qatoriga  qonunlar  ijro  etilishi,  din  musaffoligi	 va	 axloq 	
muhofazasi,  shuningdek,  bozordagi  tarozilar  va  o`lchovlar  ustidan  na	zorat 	
qiluvchi	 rais	 ham  kirardi.  Rais  bosh  qoziga	 bo`ysunardi.  Bosh  rais  amir	 va	 bosh 	
qoziga  ma'lumot  bilan  shaxsan  kelishi  mumkin  edi.  Uchala  oliy  amaldor 	—	 	
qushbegi,  devonbegi	 va	 bosh  qozi  har  doim  Buxoroda  bo`lishi  lozim 	
edi.	 Beklar	 va	 ularning	 mol	-mulkini  harbiy  ta'lim  ko`rgan  askarlar 	—	
 navkarlar	 qo`riqlashardi.	 	
Mahalliy  ma'muriyat 	—	 aminlar,  oqsoqollar	 hamda  bekliklar  vakillari	 va	 amir 	
farmonlarini ijro ctishi	 shart	 bo`lgan ruhoniylar	dan iborat edi.	  Barcha  sohalardagi  amaldorlar  beklar	 va	 amirlikning  oliy  amaldorlari  safi 	
ularning  o`g`illaridan,  ko`pincha  aslzoda  beklar  va  xonlarning  xonzoda  deb 
nomlanuvchi tabaqasidan to`ldirilar edi.	 	
Buxoro  amirligi  27  ta  beklikka	 bo`lingan  edi.  Beklar  shaxsan  amir  tomonidan 	
tayinlanar	 va	 lavozimidan  bo`shatilar  edi.  Beklar  huzurida  ularning 	
qarindoshlari  yoki  yaqin  kishilaridan  tayinlangan  ulkan  amaldorlar 
guruhi	 bo`lgan.	 	
Davlatni  himoya  qilish  uchun 	amirning  xalq	 ko`ngillilari  va  qo`shinlardan 	
saralab  olingan  xos  lashkari  bo`lgan.	 Lashkarga  to`pchiboshi  (to`pchilashkar) 	
rahbarlik  qilgan.	 Biroq  XIX	 asr	 oxiriga  kelib,  amir  lashkari  shoshilinch 	
yig`iluvchi,  yomon  ta'lim  ko`rgan  va  qoloq  harbiy  qurollar  b	ilan  ta'minlangan 	
dehqonlardan  iborat  bo`lgan.  Bunday  lashkarning  bosh  maqsadi 	—	 	
zarur	 bo`lganda  Ark  qarshisida  namoyishga  yig`ilish  edi.  Lashkar  amalda 	
XIX	 asr	 boshlaridan  beri  rivojlanmagan,  harbiy  ish  va  qurollari  o`ta  qoloq 	
holatda  edi.  Lashkarning  son	i  11  ming  sarboz  va  200  zobit  (ofitser)dan	 iborat 	
bo`lib, ularning qurol	-aslahasi 1000 ta berdanka miltig`i va bir nechta to`plardan 	
tashkil topgandi.	 	
Shunday  qilib,  bir	-biriga  qarindosh	-urug`  bo`lgan  amaldorlarning  yuki  dehqon 	
va hunarmandlar yelkasiga tu	shdi.	 Mamlakat daromadlarining katta qismi davlat 	
ravnaqi	 va	 taraqqiyoti  uchun  kamdan	-kam  qayg`uruvchi  xizmatchilariga 	
sarflanar  edi.	 	
 
AHOLINING AHVOLI	 	
Buxorolik  dehqonlarning  aksariyat	 ko`pchiligi  kambag`allikda  kun  kechirardi, 	
chunki  yer  va  ish  hayvonlar	i  amir  va  uning  amaldorlari  qo`lida  edi.  Mang`it 	
amirlari  Buxoroda  butun  hokimiyatga  ega	 bo`lib,  ularning  zo`ravonlik  bilan 	
hokimiyatga  putur  yetkazishi  mumkin  bo`lgan  biron	-bir  norozilik  chiqishlariga 	
yo`l  qo`yishmasdi.	 Davlatda  hurfikrlik,  norozilikka  ni	sbatan  o`ta  murosasizlik  kuzatiladi.	 Amir	 vauning a'yonlari mamlakatdagi siyosiy ahvol ustidan sergaklik 	
bilan  kuzatib  turishardi.	 Davlat  amaldorlari  keng  tarmoqlangan  armiyasini 	
moddiy  ta'minlash  uchun  moliyaviy  mablag`larni  kemirardi.	 Amirning 	
Peterburgg	a  oqpodsho  saroyiga  katta  sovg`a	-salom  bilan  har  yili  borishi, 	
shuningdek,  Qrim  va  Kavkazga  borganida  ehsonlar  qilishi  va  saroylarni  sotib 
olishi  bilan  bog`liq	 bo`lgan  ulkan  sarf	-xarajatlari  ham  aholi  yelkasiga  og`ir  yuk 	
bo`lib tushar edi.	 	
Buxoro  amirligid	agi  soliqlardan  aholining  90  foizini  tashkil  etuvchi  dehqonlar 	
hammadan	 ko`p  aziyat  chekardi.  Dehqonlardan	 ko`pi  kasodga  uchradi  va 	
shaharlarga  yollanib  ishlash  uchun  ketib  qolishdi.  Soliqlarni  to`lash  uchun  ular 
olibsotarlar,  sudxo`rlar,  yirik  zamindorlar	 	yerlarida  mehnat  qilishga 	
majbur	 bo`lishar edi.	 	
Dehqonlar  zulm  bilan  murosa  qila  olmay,  zolimlarga  qarshi  oshkora  qarshi 
chiqdilar.	 1916	-yildan  keyin  dehqonlar  qo`zg`alonlari  yalpi  ommaviy  harakatga 	
aylanib,  amalda  amhiikning  barcha  bekliklarini  qamrab  ol	di.  Norozilik 	
chiqishlari  aksariyati  stixiyali,  uyushmagan	 bo`lsa	-da,  ular  amirlik  hokimiyatini 	
nuratib borardi.	 	
Amir	 Muzaffar	 hukmronligi  davrida  (1860	—	1885)  ijtimoiy  zulm  haddan 	
oshdi.	 Bu  davrda  soliqqa  tortishda  pul	 ko`rinishidagi  yig`imlar  yetakchi  o`r	inni 	
egallagan  edi.  Ishlab  berish  majburiyatlariko`rinishidagi  ishbay  renta  ham  keng 
qoilanardi.  Xiroj,  zakot	 va	 juz'ya  asosiy  soliqlar  edi.  Yerdan 	
olinuvchi	 xiroj	 solig`i  miqdori  ayrim  viloyatlarda  hosilning  40	-50  foiziga 	
yetardi	 va	 amir  daromadlarining  y	armidan  ko`pini  tashkil  etardi.	 Xiroj  bilan  bir 	
rnahalda	 kafsan	 soliq yig`imi ishlari uchun,	 dorug`a	 —	 xirmonlarni xatga olgani 	
uchun  amaldoiga  dorug`ayi  muzd  ham  undirilardi.	 Chorvadorlar  mollari 	
qiymatidan  2,5	 foiz	 zakot	to`lashardi.  Bog`lar	 va  polizlarda	n  alohida  yig`im 	—	
 tanobona	 to`langan.  Dehqonlar  ma'muriyat  vakillari  yerlarni  egallab  olishidan, 	
mahalliy  hokimiyat	 va	 sud  hokimiyati  namoyandalarining  poraxo`rligi  va  tovlamachiligidan  azob  tortishar  edi.  Agar  dehqonning  soliqni  to`lashga 
puli	 bo`lmasa, 	uning mol	-mulki tortib olinar edi.	 	
Kasodga uchrash, qashshoqlikning tuban darajasi, amaldorlarning hokimiyatdagi 
sui	-iste'molla'riga	 qarshi  norozilik  dehqonlarni  lo`zg`alon  ko`tarishga  majbur 	
qilar edi. Eng yirik qo`zg`alonlardan biri rahnamosi nomi bilan 	atalgan Baljuvon 	
bekJigidagi  (hozirgi  Tojikiston)  1885	-yilgi  Vose'  qo`zg`aloni	 bo`lgan. 	
Qatorasiga  ocharchilik  yillaridan  so`ng  Baljuvon  dehqonlari  lik  bora  mo`lko`l 
hosil  yig`ibolishgandi.	 Amlokdorlar  esa  nafaqat  o`sha	 yil  uchun	,  balki  o`tib 	
ketgan  kamhosil  yillar  uchun  ham  xiroj  to`lashni  talab  qildilar.	 Bunday  soliqni 	
adolatsizlik	 va	 talonchilik  deb  bilgan  dehqonlar  uni  to`lashdan  bosh  tortdilar 	
hamda  kambag`al  bir  dehqon  rahnamoligida  qo`zg`alon  ko`tardilar.	 Amaldorlar 	
zo`ravo	nligi  va  ijtimoiy  zulmdan  ezilgan  minglab  dehqonlar  Vose'  tevaragiga 	
uyushdilar.	 1885	-yil  iyul  oyining  so`nggi  kunlarida  dehqonlar  armiyasi  va  amir 	
Muzaffar  lashkari  qaqshatqich  qattiq  jangda  to`qnashdilar.	 Yomon 	
tayyorgarlik	 ko`rgan  dehqonlar  qo`shinlari 	mag`lubiyatga 	
uchradi.	 Rahnamolarining barchasi, jumladan, Vose' ham qatl etildi.	 	
Boshqa  bir  yirik  dehqonlar  qo`zg`aloni  1888	-yili  Ko`lob  bekligida	 bo`lib  o`tdi. 	
1889	-yil  may  oyida  Kalif  dehqonlari  isyon	 ko`tardilar.  Biroq  bu 	
qo`zg`alonlarning  barchasi  sti	xiyali	 va	 uyushmagan  edi.  Ular  nafrat 	
isyoni	 bo`lib,  dehqonlar  amlokdorlami  o`ldirishar,  beklarning  uylariga  hujum 	
qilib,  yoqib  yuborishar,  mol	-mulkini  talashar  edi.	 Bu  isyonlar  davlat  asoslariga 	
katta  ta'sir  o`tkaza  olmasdi.	 	
 
HUNARMANDCHILIKNING RIVOJLANI	SHI	 	
Zamin  bag`rida  yashirinib  yotgan  katta  boyliklarga  hali  qo`l  tekkizilmagan 
edi.	 Qayta  ishlovchi  sanoat  korxonalari  asosan  shaharlarda  joylashgan 	
edi.	 Hunarmandlar	 ko`plab  soliqlarni  to`lashga  majbur,  o`z  ustaxona  va 	
korxonalarini  rivojlantirish  uchun  m	ablagiarga  ega  emasdi.  Faqat  amirlikning 	
yirik shaharlarida kosiblar sexlariga o`xshash korxona tuzgan ustazodalar	 bo`lib,  ular  ham  chog`roqqina  ustaxonalarni  zo`rg`a  ta'minlar  edi.  Sanoat  ishlab 
chiqarishining  asosiy  tarmog`i  gilam	 va	 namat  tayyorlash  bo`	lgan.  Gilamlarga 	
chet  ellarda  ham  talab  katta	 bo`lib,  Buxoro  amirligi  ularni  katta  miqdorda 	
xorijga,  jumladan,  Rossiyaga  sotar  edi.  O`rta  Sharq,  O`rta	 Osiyo  shaharlari  va 	
Rossiya  bozorlari  Buxoro  gilamlariga  to`la  edi.  Ichki	 va	 tashqi  bozorlarda 	
Buxoro  ip	-gazlama  matolari,  ko`nchilik,  zardo`zlik,  kumush  va  oltin 	
kandakorlik  buyumlari,  bo`yoq  va  sovun  mahsulotlari  bilan  ham  tanilgan  edi. 
Buxoro  ustazodalarining  oltin	 va	 kumushdan	 yasagan  buyumlari,  ayniqsa,  dong 	
taratgandi.	 	
Buxoro  amirligining  deyarli  barcha	 shaharlarida  iste'dodli  zargarlar  mehnat 	
qilgan  ustaxonalar	 bo`lgan.	 Ular  yasagan  mahsulotning  barchasi  o`ziga  xos 	
nozik  naqshlar  bilan  bezatilgan  edi.	 Buxoro  kulolchilik  buyumlariga  ham 	
bozorda  talab  katta	 bo`lgan.	 Kulolchilik  sanoati  butun  amirlikda  ken	g  tarqalgan 	
edi.	 	
ICHKI VA TASHQI SAVDONING RIVOJLANISHI	 	
XIX  asrning  oxirida  Buxoro  amirligi  Afg`oniston,  Hindiston,  Eron, 
Kavkaz	 va	 Rossiya  bilan  savdo  aloqalariga  ega  bo`lgan.  Buxoro,  Chorjo`y, 	
Kerki,  Termiz  va  Kogon  (Yangi  Buxoro)da	 Rossiya  firmalari  o`	z  idora  va 	
omborxonalariga  ega  bo`lishgan.  Rossiya	 va	 Buxoro  amirligi  o`rtasida  tovar 	
aylanishi  o`sib  bordi.  Agar  1865	-yilda  tovar  aylanishi  atigi  5  million  rublni 	
tashkil  etgan	 bo`lsa,  1913	-yilga  kelib,  bu  ko`rsatkich  66  million  rublgacha 	
ko`paydi.	 	
Buxoro	 amirligi  hududi  ulkan  foyda  keltiruvchi	 transit	 savdo  uchun  katta 	
ahamiyatga  ega  edi.	 Rossiya	 va	 Afg`oniston  o`rtasidagi  barcha  savdo  yo`llari 	
Buxoro  amirligi  orqali  o`tardi. 	Rossiya  Afg`onistonga  katta  miqdorda  movut, 	
chinni buyumlar, baxmal, chit, gugur	t va	 kerosin chiqarar edi.	 	
1887	-yilda  amirlik  hududi  orqali  temiryo`l  o`tkazildi.	 Buxorodan  15  km 	
masofada  Yangi  Buxoro	 va	 Kogon  stansiyasi  qurilishi  boshlab  yuborildi.  Bu  yerda  amir  saroyi	 va	 Rossiya  siyosiy  agentining  qarorgohi  ham  barpo 	
etildi.	 Endilikd	a  Buxoro  amirligi  temiryo`l  orqali  Toshkent,  Orenburg  va 	
Moskva  bilan  bog`langandi.	 1888	-yilga  kelib  temiryo`l  Samarqandga  qadar 	
qurib  kelinganida  Buxoro  amirligi  hududida  temiryo`l  stansiyalari  yaqinida  rus 
qishloqlari  paydo	 bo`la  boshladi.  Yangi  Buxoroda	 Rossiya  davlat  banki	 bo`limi 	
ochildi,	 ikkita  paxta  tozalash  zavodi	,  Yevropa  namunasida  ikkita  mehmonxona 	
barpo  etildi.  Eski  Buxoroda  ham  Moskva  xalqaro  b	anki	 bo`limi  ochildi.  Eski 	
Buxorodagi  qushbegi  uyi	 va	 Rossiya  siyosiy  agentligi  qarorgohi  ilk  paydo 	
bo`lgan telefon aloqasi bilan bog`langan edi.	 	
Biroq  1895	-yil  Buxoro  amirligi  bilan  Rossiya  bojxonasi  yagona  tizimiga 	
birlashdi.	 Rossiya  tovarlari  uchun  Buxo	ro  hududi  ichki  bozorga 	
aylantirildi	 va	 amirning 	Rossiyaga qaramligini oshirdi.	 	
Xorazmshohlar davrida va Xiva xonligi 	pullari	 	
 
 
 
 
 
 
 
 
 
davrida 
o’	zinin	
g  haqiqiy  qiymatiga  ega  bo’lgan  oltin,  kumush  va  mis  pullar  muomalada  ishlatilgan. 	Bu  pullarning  qaysi  davrlarda;  qaysi  podsho,  xonlar  davrida  zarb 	
qilingani, qaysi davlatlar bilan savdo	-iqtisodiy munosabatlar qilinganligini bilish 	
juda qiziqarli bo’l	ib o’tmish haqida juda aniq fikrlashga yordam beradi.	 	
Xorazmda  zarb  qilingan  va  muomalada  ishlatib  kelingan,  o’zining  haqiqiy 
qiymatiga  ega  bo’lgan  pullar  eramizdan  oldingi  II  asrlardanoq  ma’lum  bo’lib 
Xiva  xonligining  Rossiya  tomonidan  bosib  olingungacha 	to’liq  ishlatib  kelindi. 	
Xiva xonligida muomalada ishlatiladigan pul 3 xil atalar edi:	 	
1-«tilla»,	—	oltin  pul  bo’lib,  ikki  xil  shaklda  va  og’irlik  miqdorida  bo’lar  edi. 	
Birinchisi	—	«kichik  tilla»,	—	deb  atalar  va  o’sha  davr  pul  miqdorida  1  so’m  80 	
tiyinga teng 	deb belgilanar edi, ikkinchisi 	—	«katta tilla»,	—	deb atalib o’sha davr 	
pul miqdorida 3 so’m 60 tiyinga teng deb belgilangan edi;	 	
2-«tanga»,	—	kumushdan  ishlanar  va  «bir  tanga»  o’sha  davr  pul  birligida  30  pul 	
birligi yoki 20 tiyinga teng deb belgilanar edi. Yig	irma tiyinlikni hozirgi davrda 	
ham «bir tanga»,	—	deb atalishi shundan qolgan;	 	
3-«pul»,	—	misdan  ishlanar  edi.  U  pulga  va  tiyinga  bo’linardi.  Kumushdan 	
ishlangan «tanga», «oq tanga» deb, misdan ishlangan pul «qora tanga» deb ham 
yuritilar  edi.  «Qora  tanga»  o’zining  qiymati  jihatidan  «oq  tangani»  66  foiziga 
teng edi.	 	
Shuningdek, xonlikd	a «shoyi», «abbas shoyi», «yarim shoyi» deb nomlanadigan 	
pul  birliklari  ham  ishlatilgan.  Ularning  qiymati  10  tiyindan  40  tiyingacha 
o’zgarib turgan.	 	
(Xiva  shahar  Lermontov  ko’cha  №  114,  117	-uylarda  yashovchi  Quryoz  Sarrof 	
va Bolta Sarroflarning estaliklari	). 	
Xiva  xonligida  zarb  qilingan  pullarda,  tangalarda  va  tillalarda  odam  rasmi 
tasvirlanmas,  balki  arab  imlosida,  qaysi  xonlik  tomonidan  va  nechanchi  yilda 
zarb qilingani yozilar edi.	  Xiva oltinlari va pullari mahalliy va chet eldan keltirilgan oltinlarga b	o’linar edi. 	
Xiva  oltinlari  o’zining  yaltiroqligi,  mustahkamligi,  umuman  sifati  jihatidan 
ajralib turardi.	 	
Muomalada ko’p ishlatiladigan kumush pullar metallari Quyi Novgoroddan olib 
kelingan.  Xiva  xonligida  zarb  qilingan  oltin,  kumush,  mis  pullar  va  ularn	ing 	
qoliplari  dunyoning  ko’pgina  mamlakatlari  muzeylarida,  shuningdek,  Moskva 
va Sankt	-Peterburg muzeylarida saqlanmoqda. Ayniqsa Xiva xonligi 1873 yilda 	
Rossiya  tomonidan  bosib  olingach,  uni  qimmatbaho  buyumlarini,  birinchi 
navbatda  oltin,  kumush  pullarin	i  talash  Rossiya  jug’rafiya  jamiyati  vakili 	
sharqshunos  olim  P.I.  Lerx  va  A.L.  Kun  singari  kishilar  rahbarligida  «ilmiy» 
jihatdan  tashkil  qilindi.  Veselovskiy  yordamida  Peterburgdagi  ermitajda  tashkil 
qilingan  numizmatika  va  boshqa  fondlar  Urta  Osiyodan,  j	umladan  Xiva 	
xonligidan  borgan  oltin,  kumush,  mis,  atlas  va  boshqa  pullar  hisobiga  boyidi. 
Jumladan,  faqat  1883  yili  Ermitajga  jo’natilgan  buyumlar  ichida  1168  qadimiy 
oltin	-kumush  tangalar  bo’lib,  bular  Urta  Osiyoning,  jumladan  Xivadagi  30  dan 	
ortiq yirik	 hukmdor sulolalarning pullari edi.	 	
Xiva  xoni  Muhammadrahimxon  II  taxtni  tashlab  qochib  ketgach,  «rus 
mutaxassislari»  xonlikdagi  barcha  qimmatbaho  buyumlarni  tashib  keta 
boshladilar. «O’ljalar ichida tanga zarb qilinadigan qoliplar, oltin va kumushdan 
ishl	angan,  25  xon  muhri,  200  dan  ortiq  qadimiy  tangalar»  bor  edi.  («Fan  va 	
turmush» jurnali, 1991 yil, 9	-son).	 	
Bularning hammasi Xiva xonligi davrida zarb qilingan pullarning namunalaridir.	 	
Rossiya  hukumati  Xiva  xonligini  bosib  olishi  bilanoq  pul  sistemasini  R	ossiya 	
pul sestemasiga o’tkazishni taklif qildi. Lekin bu taklif amalga oshmadi.	 	
Xiva  xonligida  muomalada  ko’pincha  kumushdan  bo’lgan  «tanga»  pullar  ko’p 
ishlatilgan.  Qumush  pullarning  oltin  va  misga  nisbatan  qulayligi  buni  taqozo 
qilgan.  Hatto  XIX  asr  oxi	rlarigacha  har  yili  bir  million  so’mlik  kumush  tanga 	
pullar xivalik mahalliy ustalar tomonidan zarb qilingan.	  XIX  asr  ohirlarida  dunyo  davlatlarida  kumush  qazib  chiqarishning  ko’payib 
ketganligi  uning  qiymatini  tushurib  qo’ydi.  Bu  davrda  Xiva  xonligida  ham	 	
kumush  pul  birligi  qiymati  ikki  baravar  tushgan  edi.  Yoki  bir  «tanga»  pul 
miqdori 20 tiyindan 12 tiyin qiymatga tushib qoldi.	 	
Rossiya  Xiva  xonligini  bosib  olgandan  keyin  ham  Rossiyada  Ekaterina  II 
podsholigi  davridan  buyon  pul  sifatida  muomalaga  kirgizilg	an  qog’oz  pullar, 	
kumush tangalar Xiva xonligi hududida uzoq vaqtgacha qo’llanilmasdan kelindi. 
Rossiyaning  pullari  Xiva  xonligida  juda  kam  miqdorda  qo’llanilishi  bilan  birga 
o’z  kursidan  juda  kam  baholanar  edi.  Uz  «tilla»  va  «tangalariga»  o’rgangan 
xivali	klar rus qog’oz pullarini ishlatishni yoqtirmas edilar.	 	
Rossiya  qog’oz  va  metall  pullarining  Xiva  xonligidagi  mahalliy  xalq  va 
amaldorlar  tomonidan  qo’llanilmasligi,  pisand  qilinmasligi  chor  amaldorlarini 
g’azabini keltirar edi.	 	
Rus hokimlari mahalliy xalq	qa o’z qog’oz pullarini majburlab kirita boshladilar. 	
Ular  dastlab  oltin,  kumush  va  mis  pullarni  rus  qog’oz  pullariga  va  rus  qog’oz 
pullarini  oltin,  kumush  va  mis  pullariga  almashtirib  beradigan  va  katta  foyda 
orttiradigan  sudxo’r  kishilarni  vujudga  keltir	dilar.  Buni  Xiva  xonligida 	
«sarroflar»  deb  ataydilar.  «Bizning  ota	-bobolarimiz  va  o’zimiz  ham 	
yoshligimizdan  shu  kasb  bilan  shug’ullanganimiz  sababli  hozirgacha  «sarrof» 
deb atashadi,	—	deydi Quryoz sarrof va Bolta sarroflar.	 	
«Sarroflar»  katta  pulga  egalik  q	ilib,  pul  muomalasidagi  qiyinchiliklardan 	
foydalanib,  Xiva  va  Rossiya  savdogarlariga  katta  ta’sir  ko’rsatar  edilar.  Xiva 
sarroflarining  hatti	-harakati  savdogarlarga  yoqmas  edi  va  ular  rus  podshosiga 	
Xiva tangalarini, tillarini butunlay yig’ib olib uning o’	rniga rus qog’oz pullarini 	
tarqatishni taklif qilgan edilar.	 	
Hatto  1893  yilda  Rossiya  moliya  vazirligining  tashabbusi  bilan  rus 
savdogarlarining  iltimosi  Peterburgda  muhokama  qilindi  va  Xiva  xoniga  tanga 
pullarni faqat rus podshosining ruxsati bilan zarb q	ilish majburiyati yuklatildi.	  Rossiyaning  qog’oz  pullarini  Xivaning  tilla,  tanga  va  mis  pullari  o’rniga 
birdaniga  tiqishtirishga  rus  podshosi  jazm  qila  olmadi.  Xalqning  noroziligini 
to’g’dirishi mumkin deb qo’rqdi.	 	
Rossiya pullarining asta	-sekinlik bilan b	o’lsa ham Xiva xonligiga kirib kelishini 	
moliya vaziri yaxshi bilar edi.	 	
XX  asrning  birinchi  o’n  yilligida  hatto  rus  qog’oz  pullari  Xiva  xonligida 
muomalada ishlatilayotgan tanga pullarga nisbatan ikki baravar ko’payib ketdi.	 	
Xiva  xoni  Muhammadrahimxon  II 	o’z  umrining  oxirlarida  Xiva  xonligida 	
muomala  uchun  yshlatilayotgan  pul  miqdorini  etishmayotganligi,  shuningdek, 
musulmon  va  sharq  davlatlari  podsholari  nomidan  pul  bosib  chiqarib  turilmasa 
xalq  unga  itoat  qilmasligini  tushuntirib,  iltimos  qilib  zo’rg’a  t	anga  pul  bosib 	
chiqarish imkoniyatiga ega bo’lib qolgan edi. (T.G. To’xtametov, Rossiya i Xiva 
va kontse XIX	-nachale XX veka, Moskva, 1969, 52	-53	-betlar).	 	
Muhammadrahimxon  II  vafotidan  keyin  Xivada  tanga  pul  bosib  chiqarish 
deyarli to’xtatildi va rus podsh	osi pullari muomalada ishlatiladigan bo’ldi. 1914 	
yildan  boshlab  Rossiya,  shu  jumladan  rus  savdogarlari  Xivada  zarb  qilingan 
tangalarni  olmasdan  va  ishlatmasdan  qo’ydi.  (Sadiqov  A.  S.  Ekonomicheskie 
svyazi  Xivo’  s  Rossiey,  Toshkent,  1965,  132	-bet).  Mavjud 	bo’lgan  tilla  va 	
kumush pullar xalq qo’lida muomalada ishlatib kelindi.	 	
Asfandiyorxon  xonlikka  o’tirgach,  rus  podshosi  va  amaldorlari  Xiva  xonligida 
bir  qancha  islohotlar  o’tkazish,  jumladan  Xivada  muomalada  bo’lgan  va 
yuritilayotgan  barcha  tanga  va  pullar	ni  yig’ib  olib  butunlay  rus  pul  sistemasiga 	
o’tkazishni ham taklif qilgan edilar. Chor amaldorlarining bu taklifi ham boshqa 
islohotlari singari bajarilmadi.	 	
1918	-1920 yillarda Xiva xonligida ikki xonlik davri bo’ldi. Bu davrda Xiva honi 	
bo’lgan  Saidabdull	axon  «qo’g’irchoq  xon»  edi,  aslida  hokimiyatni  Junaidxon 	
boshqarar  edi.  Butun  harbiy,  siyosiy  kuch  uning  qo’lida  bo’lib,  o’z  hokimligini 
xalqqa  ma’lum  qilish  uchun  Junaidxon  pul  ham  bostirib  chiqardi.  Uning  puli  atlasga  ishlangan  bo’lib,  «turma  qog’oz»  nom	i  bilan  yuritilgan.  Qeyinchalik 	
Junaidxon nomi bilan qog’oz pullar ham bosib chiqarila boshlandi.	 	
1920  yil  2  fevralda  Xiva  xalq  inqilobi  g’alaba  qozongach  Xiva  vaqtli  inqilobiy 
komitetining  1920  yil  11  aprelda  bo’lgan  majlis  qaroriga  asosan  Xivaning  pul 
bi	rligi  kursi  belgilandi.  Ushbu  qarorga  asosan  Xivaning  qog’oz  pul  birligi  kursi 	
Rus  podsholari  davridan  ishlatib  kelinayotgan  1  so’m  «krenka»  puli  4  so’mlik 
Xorazmning  umumsovet  puliga  va  1  sum  «turkiston  boni»  puli  Xorazmning  5 
so’mlik  umumsovet  puliga  ten	g  deb  belgilandi.  (Uzbekiston  Markaziy  Davlat 	
arxivi, R	-71	-fond, 1	-ro’yxat, 1	-delo, 5	-varaq).	 	
Xorazmda Sovet hokimiyati o’rnatilgan dastlabki yillarda muomala uchun zarur 
bo’lgan  pul  miqdori  og’ir  ahvolga  tushdi.  Fo’karolar  urushi,  bosmachilik 
xarakati,  Ro	ssiya  va  Turkiston  bilan  aloqalar  qilishning  yomonlashuvi  esa  bu 	
jarayonni  keskinlashtirdi.  Xivadagi  mavjud  pul  bosib  chiqarish  mashinalari  va 
ustalari ishlari to’xtatilib qo’yilgan edi.	 	
Xorazmda  Xalq  Sovet  respublikasining  va  unda  moliya  nozirligining  tas	hkil 	
qilinishi  muomala  uchun  zarurp  bo’lgan  pul  birliklarini  izga  tushirishga  imkon 
berdi. Jumladan, Rossiya markaziy ijroiya komiteti bilan shartnomalar qilindi va 
ana  shu  asosda  Xorazm  respublikasini  muomala  uchun  zarur  bo’lgan  pul  bilan 
ta’minlash maqsa	dida pul bosib chiqarish asbob uskanalarini va mutaxassislarini 	
yordamga  chaqirish  va  pul  bosib  chiqarishni  yo’lga  qo’yish  ishlari  amalga 
oshirildi.	 	
1920 yil aprel oyidan boshlab Xivada yangi pul birligi bosib chiqarila boshlandi. 
Uning  old  tomonida  qishlo	q  xo’jalik  ishchi  va  dehqonlarining  ittifoqini 	
bildiruvchi o’rok, jo’xori poyasi, bel tasviri, gerb tarzida tasvirlangan edi. (Xiva 
muzey zapovednigi eksponatlari).	 	
Xorazmda  bosib  chiqarilayotgan  pullar  qog’ozning  kamligi,  uskunalar  va 
mutaxassislariing  et	ishmasligi  sababli  etarli  mikdorda  pul  bosib,  chikarishga 	
imkon  bo’lmadi.  Ana  shu  sababdi  Xorazmda  boshqa  pullar  xam  ko’plab  ishlatildi. Jumlalan. 1921 yil 1 yanvardan boshlab RSFSRning 1919 yilda bosib 
chikarilgan  pul  birligi  ishlatila  boshlandi.  Bu  o’z  k	iymatiga  ko’ra  shu  davrda 	
yurib  turgan  Rossiya  «kronka»  guli  (eng  kimmatli)ga  teng  va  turkbon 
nominaliga  nisbatan  10  baravar  kimmatli  eli.  (M.K.  Mamadjanov.  Sotsialno	-	
ekonomicheskie  preobrazovaniya  i  razvitie  ekonomiki  Xorezmskoy  Narodnoy 
Sovetskoy respubl	iki, Toshkent, 1974, 63	-bet).	 	
Xorazm XSRda 1920	-1921 yillarda muomala uchun zarur bo’lgan pullar moliya 	
ishlari  yomon  ahvolda  ekanligini  Xorazm  Xalq  Sovet  respublikasi  nozirlar 
Sovetining raisi Menglixo’ja Ibniyaminov 1921 yil 21 mayda Xalq vakillarining 
II  Butunxorazm  qurultoyida  so’z	lagan  ma’ruzasida  Xorazmda  pul  chiqarish 	
qiyin  bo’layotgani  pul  chiqarish  miqdorini  oshirib  yuborish  pulni 
qadrsizlanishiga  olib  kelishini,  shuning  uchun  davlatga  to’lanadigan  soliqlarni 
pul  bilan  emas,  balki  natural  asosda  tovarlar  bilan  to’lash  lozimligi	ni,  bu  pulni 	
qadrsizlanishini  oldini  olishini  to’g’ri  ko’rsatgan  edi.  (Istoriya  Xorezmskoy 
Narodnoy Sovetskoy respubliki (Sbornik dokumentov), Tashkent, 1976, 95	-bet).	 	
Xorazmda  1920  yil  may  oyidan  1921  yil  may  oyigacha  489  million  549  ming 
so’m Xorazm puli	 bosib chiqarilgan va Rossiyadan 225 million so’m qog’oz pul 	
olingan,  Junaidxon  davrida  bosib  chiqarilgan  3  million  so’m  pul  ham 
muomalada  bo’lib,  jami  Xorazmda  717  milliondan  ortiqroq  pul  mavjud  edi.  Bu 
Xorazmda  mavjud  1million  aholining  har  biriga  o’rtac	ha  717  so’mdan  to’g’ri 	
kelishini ko’rsatadi.	 	
Respublikada  1921  yilda  yig’iladigan  barcha  daromadlar  xarajatlarni  1G’40 
qismini  qoplaydigan  bo’lib  qolgan  edi.  Xarajatlarni  xammasi  bosib 
chiqariladigan pul bilan qoplanaveradigan bo’lsa pul o’ta qadrsizlanar 	edi. 1921 	
yilla  muomala  uchun  zarur  bo’lgan  9,5  milliard  so’m  o’rniga  50  millard  so’m 
pul bosib chiqarishga to’g’ri kelar edi.	 	
1922  yil  va  1923  yilning  boshlarida  ham  pul  muomalasi  jarayonlari  tartibli 
yo’lga  qo’yildi  deb  bo’lmaydi.  Davlat  korxonalari  smet	asiz  keragicha  pul  olar  edilar. Soliqlar, bozor tushumlari ham yaxshi yo’lga qo’yilmaganligi sababli pul 
muomalasini  tartibga  solib  bo’lmadi.  Xorazm  pul  birligining  kiymati  tusha 
bordi.	 	
Xorazm  Xalk  Sovet  respublikasi  moliya  noziri  M.  Divanovning  1923  yil  m	art 	
oyida  hukumatga  bergan  hisobiga  va  arxiv  hujjatlariga  nazar  solsak  ko’ramizki 
Xorazmda  1921  yil  iyunidan  1922  yil  iyunigacha  ya’ni  bir  yil  mobaynida 
qog’ozdan,  misdan,  atlasdan  158  milliard  854  million  so’mlik  pul  bosib 
chiqarilgan,  kirim  23  milliard  s	o’mni,  chiqim  esa  168  milliard  869  million 	
so’mni  tashkil  qilgan  shuningdek,  davlat  fondiga  qimmatbaho  toshlar,  oltinlar, 
kumushlar, qimmatbaxo buyumlar va boshqa 44 milliard so’mlik narsalar yig’ib 
olingan.  (Istoriya  Xorezmskoy  Narodnoy  Sovetskoy  respubli	ki,  (Sbornik 	
dokumentov), Toshkent 1976, 199	-bet).	 	
Xorazm Xalq Sovet respublikasi tuzilgandan keyin uch yarim yil davomida 100 
milliard  so’mlik  Xorazm  puli  bosib  chiqarildi.  Bu  pullar  Xorazm 
respublikasidan  tashqariga  chiqarilmadi  va  o’z  qimmati  tushib  ket	ganligi  tezda 	
sezilib qoldi.	 	
Bu  davrda  1  milliard  100  million  RSFSR  pullari  ham  Xorazmda  ishlatila 
boshlandi.  Bu  pulning  qadrsizlanishini  yanada  oshirdi.  (M.K.  Mamadjanov. 
Sotsialno	-ekanomicheskie  preobrazovaniya  i  razvitie  ekonomiki  Xorezmskoy 	
Narodnoy So	vetskoy respubliki, Tashkent, 1974, 63	-bet).	 	
Xorazm  Xalq  Sovet  respublikasida  muomala  uchun  zarur  bo’lgan  pulning 
tartibga  solinmaganligi,  pul  birliklarining  respublika  tomonidan  mustaqil 
boshqarish  imkoniyati  bo’lmagani  uchun  chetdan  qadrsiz  qog’oz  va  bos	hqa 	
pullar oqimining beto’xtov kirib turishi Xorazmda chiqarilgan pullarning chetda 
qadrsizlanishi  va  ishlatilmasligi  respublika  iqtisodiy  qiyinchiligining  bosh 
sabablaridan  biri  bo’ldi,  xalq  turmushini  og’ir  ahvolga  olib  keldi  va 
respublikaning pul mustaq	illigidan mahrum bo’lishiga sabab bo’ldi.	  1923 yil 31 mayda va 9 iyulda Xorazm Xalq Sovet respublikasi Markaziy Ijroya 
komiteti prezidiumida  respublika  pul  birligi kursi ko’rib chiqildi va  bu  majlisda 
uzoq  munozara  va  muhokamalardan  keyin  Xorazm  pul  birlig	ini  RSFSR  pul 	
birligi  kursiga  aylantirishga  qaror  qilindi.  Unda  10  so’mlik  Xorazm  pulining  1 
so’mlik Rossiya puli birligi bilan qiymati teng deb qabul qilindi. Pul birliklarini 
almashtirish muddati 1923 yil 10 iyuldan 10 avgustgacha bir oy qilib belgilandi	. 	
Ushbu  qarorda  bozorlarda  mahalliy  pul  o’rniga  Rossiya  pul  birliklarini 
almashtirishda  suistemolchilikka  yo’l  qo’yilmaslik  uchun  Xorazm  pulini  saqlab 
qolish  lozimligi haqida  tushuntirish  ishlari  olib  borgan  kishilarni qattiq  jazolash 
ko’rsatilgan edi.	 	
Pul	larni  almashtirish  Xiva,  Urganch,  Xonqa,  Hozorasp,  Shovot,  Gurlan, 	
Toshxovuz,  Ilonli,  Xo’jayli,  Mang’it,  Qo’ngrad  simgari  shaharlardagi  va  rayon 
markazlaridagi 18 kassada amalga oshirildi.	 	
Belgilangan  bir  oy  muddatda  almashtirilmasdan  qolgan  Xorazm  pul  bir	liklari 	
muomalada  o’z  qiymatini  yo’qotgan  deb  xisoblanadi.  (O’zbekiston  Markaziy 
Davlat arxivi, R	-71	-fond, 1	-ro’yxat, 113	-delo, 83	-varaq).	 	
1924  yil  14  fevralda  muomala  uchun  zarur  bo’lgan  pullar  bosib  bo’lingach 
SSSR pul birliklarini bosib chiqarish to’xta	tildi. Ularning o’rnini qoplash uchun 	
1924 yilda kaznacheyskiy biletlar, kumush va mis pullar bosib chiqarildi.	 	
1924  yil  iyun  oyiga  kelganda  SSSRning  barcha  hududlarida,  shuningdek 
Xorazm  SSRda  ham  pul  birliklarini  almashtirish  amalga  oshirilib  bo’lindi. 
Q	adrsizlangan  pullarning  deyarli  hammasi  yig’ib  olindi.  Muomalada  bo’lgan 	
Xorazmning  qog’oz  pullari  91  milliard  600  million  so’m  miqdorida  edi.  (M.K. 
Mamadjanov.  Sotsialno  ekonomicheskie  preobrazovaniya  i  razvitie  ekonomiki 
Xorezmskoy Narodnoy Sovetskoy res	publiki, Toshkent, 1974. 119	-121	-betlar).	 	
1922	-1924  yillar  davomida  amalga  oshirilgan  pul  islohoti  Xorazmda  Sovet 	
hokimiyati yillarida amalga oshirilgan birinchi pul islohoti edi.	  Oltin, kumush, mis pullar bundan keyin ham aholining qo’lida ishlatilib keli	ndi. 	
Bu  pullarni  aholining  ko’llaridan  yig’ib  olishda  20	-yillarning  oxiri  va  30	-	
yillarning  boshlarida  savdobop  va  aholi  uchun  kamyop  tovorlarning  faqat  oltin 
va kumish pullariga sotish siyosatining yuritilishi bo’ldi. Natijada aholi qo’lidagi 
oltin va kumu	sh pullarning asosiy qismi markaz tomonidan o’zlashtirildi.	 	
Ikkinchi  pul  islohoti  1947  yilda  va  uchinchisi  esa  1961  yilda  amalga  oshirildi. 
Bu islohot ham muomaladagi 10 so’mlik pullar 1 so’m qiymatiga ega deb qabul 
qilindi va yangi pul belgilariga o’tildi	. 	
 
 	  Foydalanilgan adabiyotlar	 	
 	 	
1.	 Abu  Ali  ibn  Sino.  Fonetika  haqida  risola. 	–Т.,  “O’zbekiston”,  1979. 	
Nashrga tayyorlovchilar: A.Mahmudov, Q.Mahmudov.	 	
2.	 Abu  Nasr  Forobiy.  Fozil  odamlar 	shahri. 	–Т.,  Abdulla  Qodiriy 	
nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993.	 	
3.	 Abu Rayxon Berun	iy. 	Izbrannie proizvedeniya. Тom 1, 	-Т.,	 1974.	 	
4.	 Abul Qosim az	-Zamahshariy. Nozik iboralar. 	–Т., “Fan”, 1992.	 	
5.	 Abulg`oziy Bahodirxon. Shajarayi tarokima. 	–Т., “Fan”,1992.	 	
6.	 Abul	g`oziy Bahodirxon. Shajaryi turk. 	– Т., Cho’lpon, 1992.	 	
7.	 Aliyev A., Sodiqov Q. O’zbek tili tarixi. Тoshkent, O’zbekiston, 1994.	 	
8.	 Baskakov N.A. Тyurkskix yazыki. M., 1960.

M avzu: Muhammad Rahim I tomonidan o’tkazilgan pul isloho ti va Xorazmda muntazam tangalar zarb qilinishining yo’lga qo’yilishi. Reja: K irish. 1. Muhammad Rahim I 2. Muhammad Rahim I madaniy hayot . 3. Ichki va tashqi savdoning rivojlanishi 4. Xorazmshohlar davrida va Xiva xonligi pullari X ulosa. Foydalanilgan adabiyotlar

Buxoro xonligida XVIII asr o'rtalarida yuz bergan siyosiy voqealarda mang'it urug'i vakillar ini Buxoro xonligi taxtiga olib chiqdi. Davlat hukmdorlari «amir» unvoni bilan yuritiladigan bo'ldi va davlat ham Buxoro amirligi degan nom oldi. Buxoro amirligi tarixiga oid yozma manbalar ichida «Qushbegi arxivi» hujjatlari, «Tarixi salotini mang'itiya», «Tuhfai shohiy», «Dostoni amironi mang'it», «Tarixi amiri Haydar», «Gulshan al -muluk», «Risolai muxtasari az tarixi salotini xonadoni mang'itiya» kabi mahalliy tillarda yozilgan asarlar bilan bir qatorda rus tarixchilaridan E.K.Meyndorf tomonidan 1820 yil da yozilgan «Orenburgdan Buxoroga sayohat», 1833 yilda tatar mullosi Mirzo Ja'far nomi bilan 4 oy Buxoroda yashagan P.I.Demezonning «Buxoro xonligi haqida qaydlar», 1841 yilda Butenov elchiligi tarkibida Buxoroga tashrif buyurgan I.Xanikovning «Buxoro xonl igi ta'rifi» kabi asarlarini keltirib o'tish mumkin. Shuningdek , ingliz josuslik hizmati vakillari Mir Izatullo va A.Berns tomonidan hamda A. Vamberi tomonid an yozilgan asarlar ham Buxoro amirligining XIX asr birinchi yarmi tarixiga oid muhim manbalar qatoridan o'rin olgan. 2 -masala: Ashtarxoniylar inqirozi va Abulfayzxonning o'limi bilan barxam topa boshlagan Buxoro xonligi taxti bir necha yillar davomida (17 47 - 1756) ashtarxoniy shahzodalar tomonidan boshqarilgan bo'lsada, hokimiyat amalda mang'itlar urug'idan bo'lgan Muhammad Rahim qo'liga o'tib qolgan edi. Muhammad Rahim o'z hukmronligining dastlabki yillarida markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlashga kir ishdi. Mamlakatdagi siyosiy vaziyatning

barqarorlashuvidan manfaatdor bo'lgan yirik er egalari, savdogarlar, ulamolar va fuzalolar uning bu siyosatini qo'llab -quvvatladilar. Ishni avvalo saroy amaldorlarini o'zgartirishdan markaziy boshqaruvni tartibga sol ishdan boshlagan Muhamad Rahim asta -sekin viloyatlar hokimligiga ham o'ziga sodiq odamlarni qo'yishga kirishdi. Buning uchun u separatistik kayfiyat juda kuchli bo'lgan Shahrisabzga 1750 -1752 yillarda 4 marta yurish qilib, bu erdagi muhim mudofaa qo'rgonla ri (Kitob, Sangfurush, G'ovmish, Qushchi) ni egalladi va vohada o'z hokimiyatini to'laligicha o'rnatishga muvaffaq bo'ldi. G'uzor ham Buxoro hokimiyatini tan oldi. Muhammad Rahim Miyonqol, Nurota, Urgut, Kabodiyon, Boysun kabi viloyatlarga ham yurishlar uy ushtirib, markaziy hokimiyatni tan olishga majbur qildi. 1753 -1756 yillarda Zarafshon vohasining yuqori oqimi, Jizzax, Zomin ham Buxoro amirligi tarkibiga qo'shib olindi. Buxoroning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash maqsadida 1752 -1753 yillarda shaharning eski devori yonida yangi mudofaa devori (2 m) qurildi. O'z hokimiyatini mustahkamlab olgan g'ayratli Muhammad Rahimni Buxoroning qonuniy hukmdori sifatida tan olib Qo'qon, Toshkent, Marv, Balx va Qunduz vakillari va hukmdorlari rasmiy elchiliklar yubord ilar. Muhammad Rahim vafotidan so'ng taxtga uning tog'asi, Miyonqol xokimi Doniyolbiy o'tirdi. Uning hukmronligi davrida (1759 -1784) markaziy hokimiyat zaiflashdi va urug'lar o'rtasidagi nizolar markaziy hokimiyatga qarshi chiqishlar ko'paydi. Bunday hol butun mamlakat bo'ylab yoyildi. Yuz, kenagas, burgut, baxrin, saroy kabi yirik o'zbek urug'lari birlashib, Buxoroga qarshi yurish qildilar. Biroq isyonchilar halqning qo'llab quvvatlashlari tufayli bostirildi. Bu voqea Doniyolbiy hukmronligining dastlabki yillaridayoq yuz bergan edi. 1771 yilda Shahrisabz va G'uzor beklilarida davlatga qarshi kuchli qo'zg'olon ko'tarildi. Bu qo'zgolon juda katta qiyinchilik bilan bostirildi. Qo'zgolon rahbarlari qatl qilindi. Mamlakatda g'alayonlarning to'xtovsiz davom etib turganligi markaziy hokimiyatning obro'si va qudratini zaiflashtirdi. Bu hol iqtisodiy ahvolning ham yomonlashuviga olib keldi. 1784 yilda ko'tarilgan navbatdagi qo'zgolon natijasida mamlakatda hukmdor o'zgardi va taxtga Doniyolbiyning o'g'li Shohmurod o' tkazildi.

Shohmurod Buxoro amirligi tarixida o'ziga xos o'ringa ega bo'lgan hukmdorlar sirasiga kiradi. U mang'itlar sulolasi hukmdorlari orasida eng birinchi bo'lib «amir» unvoni bilan davlatni boshqardi. Shunga ko'ra bu davlat ham Buxoro amirligi degan n om oldi. Tarixda «amir mas'um» (Begunoh amir) nomi bilan mashhur bo'lgan Shohmurod hukmronligi yillari (1785 -1800) Buxoro amirligida markaziy hokimiyat boshqaruvining nisbatan mustahkamlanishi davri hisoblanadi. Shohmurod ham boshqa hukmdorlar kabi markazi y hokimiyatga bo'ysunishdan bosh tortayotgan ayrim bekliklarga qarshi harbiy yurishlar uyushtirdi va davlatning hududiy yaxlitiligini saqlab qolishga harakat qildi. Shohmurod faqatgina siyosiy hokimiyatni mustahkamlab qolmasdan, bir qator ma'muriy iqtisodi y-madaniy tadbirlarni ham amalga oshirdi. O'z hayotini kamtarona darveshlarga xos tarzda o'tkazgan bu hukmdor Zarafshon va Qashqadaryo vohalaridagi, Amudaryo bo'ylaridagi sug'orish tizimlarini qayta tiklab, yangi inshoatlar , ko'priklar, yo'llar va boshqalarni barpo ettirdi. Amir Shohmurod tomonidan o'tkazilgan moliya, sud, ma'muriy va harbiy sohalardagi islohotlar natijasida mamlakatdagi siyosiy -iqtisodiy h ayot birmuncha jonlandi. Amir Shohmurod o'g'li Amir Haydarni mang'itlarning ota meros mulki hisoblangan va amirlikda katta nufuzga va mavqega ega bo'lgan Qarshi shahriga hokim etib tayinlandi. Shundan boshlab mang'itlar sulolasi taxt vorislarining Qarshida hokimlik qilishlari odat tusiga kirdi. Shohmuroddan so'ng taxtga Amir Haydar otasining siyosatini davom ettira olmadi va uning hukmronligi yillarida (1800 -1826) mamlakatda siyosiy keskin vaziyat hukm surdi.Buxoroga bo'ysunishdan bosh tortgan Shahrisabz, U rgut, Miyonqol bekliklariga qo'shin tortishga majbur bo'ldi. Harbiy yo'l bilan qo'lga kirita olmagan viloyatlar boshqaruvini kelishuvchilik yo'li bilan o'z beklari qo'lda qoldirishga majbur bo'ldi. Hususan, bo'ysunmagan Shahrisabz mahalliy hokim Doniyor va llomaga mulk sifatida taqdim etildi va Shahrisabz buning natijasida 1858 yilgacha mustaqil ravishda hukm surdi. O'ratepa bekligi bo'ysundirilib, amirlik hududlari birmuncha kengaytirildi. Bu davrda qo'shni xonliklar bilan munosabatlar ham keskinlashdi. Xiv a xonligi tomonidan uyushtirilgan bir

qancha bosqinchilik yurishlari asosan xalq ko'magida qaytarildi. Qo'qon xonligi bilan munosabatlar esa ancha jiddiy va keskin tus oldi. Azaldan Buxoroga tobe hisoblangan Toshkent, Turkiston, O'ratepa, Xo'jan va boshqa chegara bo'ylab joylashgan shaharlarga qo'qonliklarning tajovuzlari ancha keskin tarzda kuchayib bordi. Amir Haydar 1807 -1810 yillarda Qo'qon xoni Olimxon bilan Toshkent, O'ratepa, Jizzax, Zomin shaharlari uchun qo'ldan -qo'lga o'tib turdi. Amir Haydar vafo tidan so'ng taxtni uning uchinchi o'g'li Nasrullo egalladi. O'z akalari Xusayn va Umarni o'ldirib taxtni egallagan Nasrullo mang'itlar sulolasining va Buxoroning eng qonxo'r va zolim vakili sifatida tarixda qolgan. Shunga qarmay Amir Nasrullo markaziy davl at hokimiyatni mustahkamlagan, harbiy sohada ancha samarali islohotlar o'tkazib, o'z qo'shinining jangovor holatini oshirgan, mamlakatning hududiy yaxlitligini birmuncha tiklagan hukmdor ham edi. mir Nasrullo hukmronligi (1826 -1860) davri ichki va tashqi dushmanlar bilan to'xtovsiz kurashlar ostida o'tdi. O'z dushmanlarida qo'rquvni kuchaytirish maqsadida ko'plab kishilarni qatl ettirgani uchun Nasrullo halq orasida «Qassob amir» nomi bilan atalgan edi. Markaziy hokimiyatni kuchaytirish maqsadida olib boril gan to'xtovsiz kurashlar Nasrulloga nisbatan norozilikni kuchaytirib yuborgan edi. Nasrullo bo'ysunmagan beklarga qarshi kurashar ekan, shavqatsiz bo'lishga intildi. Shahrisabz bekligiga qarshi olib borilgan kurash uzoq vaqt davom etdi va 1832 yildan 1858 yilgacha davom etdi. Amirlikning shimolidagi chegara shaharlari (Xo'jand, O'ratepa, Toshkent, Jizzax, Zomin) uchun Qo'qonliklar bilan bo'lgan janglar uzoq davom etdi va janglar Buxoro foydasiga hal bo'la boshladi. Amir Nasrullo 1842 yilda Qo'qon xonligi po ytaxtini ham egalladi va Qo'qon xoni Muhammad Alixonni oila a'zolari bilan birga qatl ettirdi. Qo'qonning egallanishiga ba'zi Qo'qonlik amaldorlari ham yordam bergan edilar. Xiva xonligi bilan ham nizoli vaziyatlar saqlanib qoldi. Amir Haydar hamda Nasrull o hukmronligi davrida Rossiya va Angliyaning manfaatlari O'rta Osiyoda to'qnashdi. Bu davrda Hindistonni egallagan va Afgonistonda katta ta'sirga ega bo'lgan Angliya, Buxoro amirligiga o'z vakillarini yubora boshlaydi. U IX asrning 30 -40 yillarida amirlikd a bir