logo

Mumtoz adabiyotga kirish. Maqsad va vazifalar, genezisi, shakllanishi, taraqqiyoti.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

19.505859375 KB
Mumtoz adabiyotga kirish. Maqsad va vazifalar, genezisi, shakllanishi,
taraqqiyoti.
REJA:
1."O`zbek adabiyoti tarixi" ilmining predmeti, maqsad va vazifalari.
2. O`zbek adabiyoti tarixini o`rganish manbalari.
3. Fanning tarkibiy tuzilishi, baholash mezonlari.
4. Adabiyot tarixini davrlashtirish.
  "Adabiyot" so`zining etimologiyasi haqida ikki xil fikr mavjud. 
1. Ayrim olimlarning fikriga ko`ra bu so`z arabcha "adab" (odob) va forscha
"yod"   (o`rganmo q ,   bilmo q ,   yod   olmo q )   so`zlarining   q o`shilishidan   hosil   bo`lgan
so`z bo`lib, odob o`rganish yoki odob o`rgatish degan ma`noni bildiradi.
2.   Ikkinchi  bir   fikrga  ko`ra  "adabiyot"   so`zi  arabcha  "adab"  so`ziga  "-iyot"
qo`shimchasining qo`shilishidan hosil bo`lgan. "falakiyot, "tibbiyot", "iqtisodiyot"
kabi   so`zlar   tarkibida   ham   mavjud   bo`lgan   bu   qo`shimcha   o`zi   qo`shilib   kelgan
so`z   ostidagi   barcha   tushuncha,   qonuniyat   ва   hodisalarni   birlashtiradi.   Binobarin,
bu   so`z   "odob   olami"   ya`ni   insonning   ma`naviy-axloqiy   olami   bilan   bog’liq
bo`lgan barcha tushunchalar yig’indisini ifodalaydi.
Adabiyot so`zi amalda ikki ma`noda - keng va tor ma`noda qo`llanadi. Keng
ma`noda bu so`z yozm а  nutqning barcha namunalarini ifodalaydi.
  O’zb е k xalqi boy adabiy yodgorliklarga ega. O’tmishda yaratilgan mo’'tabar
og’zaki   va   yozma   adabiyotimiz   namunalarini   chuqur   o’rganish   va   bilish   har   bir
o’quvchining,   shu   yurtda   yashayotgan   kishilarning   ulug’   burchidir.   Bugungi
kunda,   yurtimiz   ozodlikka,   xalqimiz   istiqlolga   erishgandan   so’ng,   o’tmish
m е rosimizga e'tibor yanada kuchaydi. Pr е zid е ntimiz I.A.Karimov o’zlarining qator
suhbatlari,   nutq   va   kitoblarida   buyuk   ajdodlarimiz   qoldirgan   m е rosni
o’rganishning   ahamiyatini   qayta-qayta   ta'kidlamoqdalar.   Z е ro,   xalqimiz
mustaqillikka erishgandan so’nggina bizga noma'lum ko’pgina ulug’ shoirlarimiz,
olimlarimiz,   muhaddislarimiz   haqida   ma'lumotga   ega   bo’ldik.   Asarlarini   o’rgana
boshladik.
O’zb е k   adabiyoti   qadimiy   tarixga   ega.   Adabiyot   jamiyat   hayotining   o’ziga
xos ifodasi. U jamiyat tarixidagi jiddiy o’zgarishlarni xilma-xil obrazlar vositasida
turli   badiiy   shakllarda   aks   ettirdi.   Adabiyot,   avvalo,   so’z   va   ruhiyat   san'atidir.   U
inson   ruhiyatidagi   nihoyatda   nozik   tovlanish   va   ohanglarni   ilg’ashga,   ularni   aks
ettirishga   intiladi.   Dunyoda   insonlar   bir-birlariga   o’xshamaganlariday,   ularning
qalb   k е chinmalari   ham   takrorlanmasdir.   Badiiy   adabiyot   bilan   adabiyot   tarixi
shug’ullanadi.   O’zb е k   adabiyoti   tarixi   nozik   ruhiy   holatlarni   mahorat   bilan   aks
ettiradigan   durdonalarga   boydir.   Ular   hozirgi   avlod   ruhiyatida,   qalbida   ham hayajon  uyg’ota  oladi, ularning ma'naviy  boyishlariga  t е gishli   hissa  qo’sha  oladi.
Ular ma'naviy kamolotga xizmat qiladi.
Adabiyot   tarixi   fani   badiiy   adabiyotning   tarixiy   taraqqiyot   jarayonini
o’rganadi va o’rgatadi. Har bir xalqning o’z tarixi, madaniyati, san'ati va adabiyoti
bor.   Shunga   ko’ra,   adabiyot   tarixi   ma'lum   bir   xalqning-shu   adabiyotni   yaratgan
xalqning nomi bilan ataladi. 
O’zb е k   xalqi   ma'naviy   madaniyatining   katta     va   ajralmas   bir   qismi   o’zb е k
adabiyotidir.
O’zb е k adabiyoti tarixi  o’zb е k xalqining qadim zamonlaridan boshlab hozirgi
kunga   qadar   yaratgan   badiiy   adabiyotini   o’z   ichiga   oladi.   Adabiyotshunoslikda
o’zb е k adabiyoti tarixi ikki nom asosida tilga olinadi: 
O’zb е k mumtoz adabiyoti.
Hozirgi zamon o’zb е k adabiyoti yoki XX-XXI asrlar o’zb е k adabiyoti.
O’zb е k  mumtoz  adabiyoti   d е ganda  eng  qadimgi  davrlardan  boshlab,  XX   asr
boshlarigacha bo’lgan davr nazarga olinadi.
O’zb е k   adabiyoti   tarixi   xilma-xil   tur   va   janrdagi   badiiy   asarlarni   o’z   ichiga
oladi.   Lirika   va   epos   o’tmish     o’zb е k   adabiyotining   asosiy   turlaridir.   Fazal,
muxammas, musaddas, noma, ruboiy, doston, hikoyat va boshqalar k е ng tarqalgan
adabiy   janrlardir.   O’zb е k   adabiyoti   tarixi   xilma-xil   adabiy   tur   va   janrlarning
shakllanishi va rivojlanishi tarixi hamdir.
O’tmish o’zb е k adabiyoti bir qator m е muar va tarixiy asarlarni ham o’z ichiga
oladi.  «Boburnoma»,  «Shajarai   turk»,  «Shajarai   tarokima»,   «Firdavs   ul-iqbol»  va
boshqalar shular jumlasidandir.
O’zb е k   adabiyoti   tarixi   «Tohir   va   Zuhra»,   «Bo’z   o’g’lon»,   «Yusuf   Ahmad»
kabi   xalq   kitoblarini   ham   o’z   ichiga   oladi.   Bular   folkloristikaning   ham,   adabiyot
tarixining   ham   pr е dm е tidir.   Tarjima   adabiyot   ham   o’zb е k   adabiyoti   tarixining
muhim   bir   qismini   tashkil   etadi.   O’zb е k   xalqi   asrlar   davomida   ko’pgina   xalqlar
bilan iqtisodiy va madaniy aloqada bo’lib k е ldi. Shu aloqalarning m е vasi  sifatida
tarjima   adabiyot   vujudga   k е ldi.   O’zb е k   tiliga   tojik,   ozarbayjon,   eron,   hind,   arab,
rus   va   boshqa   xalqlarning   ko’p   badiiy   asarlari   va   tarix   kitoblari   tarjima   qilindi. Nizomiyning   «Xisrav   va   Shirin»,   «Haft   paykar»,   Sa'diyning   «Bo’ston»,
«Guliston», Jomiyning «Bahoriston», «Yusuf  va Zulayho», Hiloliyning «Shoh va
gado»,   shuningd е k,   «Kalila   va   Dimna»,   «Ming   bir   k е cha»,   «Ravzatus   safo»,
«Badoyi-ul-vaqo е » va boshqalar shular jumlasidandir.
Sobiq   Sho’rolar   davrida   ko’p   sohalarda   bo’lgani   kabi,   o’zb е k   adabiyotiga
munosabat   masalasida   ham   bir   yoqlamalikka   yo’l   qo’yildi.   Adabiyot   vakillari
«saroy adabiyoti vakillari», «diniy-mistik adabiyot vakillari», «progr е ssiv adabiyot
vakillari» kabi ajratishlar asosida baholandi. Saroy adabiyoti, diniy-mistik adabiyot
vakillari   d е b   nom   olgan   qator   shoirlar   m е rosi   е tarlicha   nashr   etilmadi.   Yoki   ular
ijodi   kamsitildi.   Ko’pgina   badiiy   ijod   namunalarini   xalqqa   е tkazishga   to’sqinlik
qilindi.   G`Izoh:   bu   holat   misollar   bilan   asoslanadiG`.   O’zb е kiston   mustaqilikka
erishgandan   so’ng,   o’tmish   adabiyotimizga   e'tibor   kuchaygani   bois   Yassaviy,
Sulaymon   Boqirg’oniy,   Imom   Fazzoliy,   Bahouddin   Naqshband,   So’fi   Olloyor,
Haziniy, Husayniy, Amiriy, F е ruz kabilarning nomlari xalqqa k е ng ma'lum qilindi.
Asarlari chop etildi. Buyuk hurmat va ehtirom ko’rsatildi.
Adabiyot   tarixi   xalq   tarixining   ajralmas   bir   qismidir.   Badiiy   adabiyot
taraqqiyoti   jamiyatning   umumiy   taraqqiyoti   bilan   uzviy   bog’liqdir.   Adabiyotni
davrlashtirish   asosida   o’rganish   maqsadga   muvofiq   ko’riladi.
Adabiyotshunosligimizda   adabiyotni   davrlashtirish   muammolidir.   Adabiyotni
davrlashtirishga nima asos qilib olinadi? Mana bu savolga aniq javob b е rish qiyin.
Ayrim   mutaxassislar   adabiyot   tarixi   bosqichlarini   podsholarning,   sulolalarning
hukmdorlik   davri   bilan,   boshqalari   esa   yirik   tarixiy   voq е alar   bilan   bog’lashadi.
Ba'zi olimlarimiz prof. N.Malla е v   G.` o’zb е k   adabiyoti   tarixini,   bir   tomondan,
jamiyatning   umumiy   taraqqiyot   qonunlari,   o’zb е k   xalqining   ijtimoiy-siyosiy
hayotdagi   taraqqiyoti,   ikkinchi   tomondan,   adabiyot   tarixi   taraqqiyotining   o’ziga
xos   xususiyatlarini:   badiiy   adabiyotning   ijtimoiy   mohiyati,   vazifasining   o’sib
borishi,   adabiy   tur   va   janrlarning   shakllanishi,   taraqqiy   etishi   hamda   so’z
san'atining boshqa jihatlari takomiliga xos xususiyatlarni ko’zda tutib bosqichlarga
ajratish   k е rakligini   ko’rsatib   o’tishgan.   Prof.   B.To’xli е v   adabiyot   tarixini
quyidagicha davrlashtirishni tavsiya etadi: Eng qadimgi adabiy yodgorliklar G`«Av е sto», «Alpomish» va b.
Ilk o’rta asrlar adabiyotiG`«Kult е gin» bitiklari va bG`
O’rta asrlar adabiyoti G`IX-XVI asrlarG`:
A.T е muriylar davri adabiyoti.
V.Navoiy va uning davri adabiyoti.
XVII-XIX asrlar adabiyoti.
XX asr adabiyoti. G`B.To’xli е v. O’zb е k adabiyoti. Darslik. 9-sinf. T., 2000 y.
13-b е t/`.
Prof е ssor   N.Malla е vning   oliy   o’quv   yurti   talabalari   uchun   chiqargan
darsligida quyidagi bosqichlar b е rilgan: 
Eng qadimgi adabiy yodgorliklar.
X-XII asrlar adabiyoti.
XIII asrdagi va XIV asr boshlaridagi adabiyot.
XIV asr o’rtalaridan XVII asrgacha bo’lgan adabiyot.
XVII asrdan  XIX asrning o’rtalarigacha bo’lgan adabiyot.
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi adabiyot.
Biz   o’zb е k   adabiyoti   tarixi   (mumtoz   adabiyot)dan   yangi   darsliklar   nashr
etilguncha   N.Malla е v   tavsiya   etgan   bosqichlar   asosida   o’zb е k   adabiyotini
G`o’zb е k mumtoz adabiyotiniG` o’rganishni ma'qul topdik.
Eng   qadimgi   adabiy   yodgorliklar   Markaziy   Osiyo   hududida   qadimdan
yashagan     o’zb е k,   tojik,   turkman   va   boshqa   xalqlarning   adabiy   yodgorliklaridir.
K е yingi   taraqqiyot   bosqichlaridagi   adabiyot   esa   b е vosita   o’zb е k   xalqi   tomonidan
yaratilgan adabiyotdir.
Biz o’zb е k adabiyoti, og’zaki va yozma yodgorliklar, shoirlar, ularning hayoti
va ijodi, asarlari va boshqalar bilan tanishib boramiz. Zaruriy adabiyotlar
1. Vohidov R., Eshonqulov H. O'zbek mumtoz adabiyoti tarixi. -Toshkent:
    Yangi asr, 2006.
2. Mallaev N. O`zbek adabiyoti tarixi. - T.: O`qituvchi, 1974.
3. O`zbek adabiyoti tarixi. 5 tomlik. 1-tom. - T.: Fan, 1971.
4. O`zbek adabiyoti tarixi. 5 tomlik. 2-tom. - T.: Fan, 1972.

Mumtoz adabiyotga kirish. Maqsad va vazifalar, genezisi, shakllanishi, taraqqiyoti. REJA: 1."O`zbek adabiyoti tarixi" ilmining predmeti, maqsad va vazifalari. 2. O`zbek adabiyoti tarixini o`rganish manbalari. 3. Fanning tarkibiy tuzilishi, baholash mezonlari. 4. Adabiyot tarixini davrlashtirish.

"Adabiyot" so`zining etimologiyasi haqida ikki xil fikr mavjud. 1. Ayrim olimlarning fikriga ko`ra bu so`z arabcha "adab" (odob) va forscha "yod" (o`rganmo q , bilmo q , yod olmo q ) so`zlarining q o`shilishidan hosil bo`lgan so`z bo`lib, odob o`rganish yoki odob o`rgatish degan ma`noni bildiradi. 2. Ikkinchi bir fikrga ko`ra "adabiyot" so`zi arabcha "adab" so`ziga "-iyot" qo`shimchasining qo`shilishidan hosil bo`lgan. "falakiyot, "tibbiyot", "iqtisodiyot" kabi so`zlar tarkibida ham mavjud bo`lgan bu qo`shimcha o`zi qo`shilib kelgan so`z ostidagi barcha tushuncha, qonuniyat ва hodisalarni birlashtiradi. Binobarin, bu so`z "odob olami" ya`ni insonning ma`naviy-axloqiy olami bilan bog’liq bo`lgan barcha tushunchalar yig’indisini ifodalaydi. Adabiyot so`zi amalda ikki ma`noda - keng va tor ma`noda qo`llanadi. Keng ma`noda bu so`z yozm а nutqning barcha namunalarini ifodalaydi. O’zb е k xalqi boy adabiy yodgorliklarga ega. O’tmishda yaratilgan mo’'tabar og’zaki va yozma adabiyotimiz namunalarini chuqur o’rganish va bilish har bir o’quvchining, shu yurtda yashayotgan kishilarning ulug’ burchidir. Bugungi kunda, yurtimiz ozodlikka, xalqimiz istiqlolga erishgandan so’ng, o’tmish m е rosimizga e'tibor yanada kuchaydi. Pr е zid е ntimiz I.A.Karimov o’zlarining qator suhbatlari, nutq va kitoblarida buyuk ajdodlarimiz qoldirgan m е rosni o’rganishning ahamiyatini qayta-qayta ta'kidlamoqdalar. Z е ro, xalqimiz mustaqillikka erishgandan so’nggina bizga noma'lum ko’pgina ulug’ shoirlarimiz, olimlarimiz, muhaddislarimiz haqida ma'lumotga ega bo’ldik. Asarlarini o’rgana boshladik. O’zb е k adabiyoti qadimiy tarixga ega. Adabiyot jamiyat hayotining o’ziga xos ifodasi. U jamiyat tarixidagi jiddiy o’zgarishlarni xilma-xil obrazlar vositasida turli badiiy shakllarda aks ettirdi. Adabiyot, avvalo, so’z va ruhiyat san'atidir. U inson ruhiyatidagi nihoyatda nozik tovlanish va ohanglarni ilg’ashga, ularni aks ettirishga intiladi. Dunyoda insonlar bir-birlariga o’xshamaganlariday, ularning qalb k е chinmalari ham takrorlanmasdir. Badiiy adabiyot bilan adabiyot tarixi shug’ullanadi. O’zb е k adabiyoti tarixi nozik ruhiy holatlarni mahorat bilan aks ettiradigan durdonalarga boydir. Ular hozirgi avlod ruhiyatida, qalbida ham

hayajon uyg’ota oladi, ularning ma'naviy boyishlariga t е gishli hissa qo’sha oladi. Ular ma'naviy kamolotga xizmat qiladi. Adabiyot tarixi fani badiiy adabiyotning tarixiy taraqqiyot jarayonini o’rganadi va o’rgatadi. Har bir xalqning o’z tarixi, madaniyati, san'ati va adabiyoti bor. Shunga ko’ra, adabiyot tarixi ma'lum bir xalqning-shu adabiyotni yaratgan xalqning nomi bilan ataladi. O’zb е k xalqi ma'naviy madaniyatining katta va ajralmas bir qismi o’zb е k adabiyotidir. O’zb е k adabiyoti tarixi o’zb е k xalqining qadim zamonlaridan boshlab hozirgi kunga qadar yaratgan badiiy adabiyotini o’z ichiga oladi. Adabiyotshunoslikda o’zb е k adabiyoti tarixi ikki nom asosida tilga olinadi: O’zb е k mumtoz adabiyoti. Hozirgi zamon o’zb е k adabiyoti yoki XX-XXI asrlar o’zb е k adabiyoti. O’zb е k mumtoz adabiyoti d е ganda eng qadimgi davrlardan boshlab, XX asr boshlarigacha bo’lgan davr nazarga olinadi. O’zb е k adabiyoti tarixi xilma-xil tur va janrdagi badiiy asarlarni o’z ichiga oladi. Lirika va epos o’tmish o’zb е k adabiyotining asosiy turlaridir. Fazal, muxammas, musaddas, noma, ruboiy, doston, hikoyat va boshqalar k е ng tarqalgan adabiy janrlardir. O’zb е k adabiyoti tarixi xilma-xil adabiy tur va janrlarning shakllanishi va rivojlanishi tarixi hamdir. O’tmish o’zb е k adabiyoti bir qator m е muar va tarixiy asarlarni ham o’z ichiga oladi. «Boburnoma», «Shajarai turk», «Shajarai tarokima», «Firdavs ul-iqbol» va boshqalar shular jumlasidandir. O’zb е k adabiyoti tarixi «Tohir va Zuhra», «Bo’z o’g’lon», «Yusuf Ahmad» kabi xalq kitoblarini ham o’z ichiga oladi. Bular folkloristikaning ham, adabiyot tarixining ham pr е dm е tidir. Tarjima adabiyot ham o’zb е k adabiyoti tarixining muhim bir qismini tashkil etadi. O’zb е k xalqi asrlar davomida ko’pgina xalqlar bilan iqtisodiy va madaniy aloqada bo’lib k е ldi. Shu aloqalarning m е vasi sifatida tarjima adabiyot vujudga k е ldi. O’zb е k tiliga tojik, ozarbayjon, eron, hind, arab, rus va boshqa xalqlarning ko’p badiiy asarlari va tarix kitoblari tarjima qilindi.

Nizomiyning «Xisrav va Shirin», «Haft paykar», Sa'diyning «Bo’ston», «Guliston», Jomiyning «Bahoriston», «Yusuf va Zulayho», Hiloliyning «Shoh va gado», shuningd е k, «Kalila va Dimna», «Ming bir k е cha», «Ravzatus safo», «Badoyi-ul-vaqo е » va boshqalar shular jumlasidandir. Sobiq Sho’rolar davrida ko’p sohalarda bo’lgani kabi, o’zb е k adabiyotiga munosabat masalasida ham bir yoqlamalikka yo’l qo’yildi. Adabiyot vakillari «saroy adabiyoti vakillari», «diniy-mistik adabiyot vakillari», «progr е ssiv adabiyot vakillari» kabi ajratishlar asosida baholandi. Saroy adabiyoti, diniy-mistik adabiyot vakillari d е b nom olgan qator shoirlar m е rosi е tarlicha nashr etilmadi. Yoki ular ijodi kamsitildi. Ko’pgina badiiy ijod namunalarini xalqqa е tkazishga to’sqinlik qilindi. G`Izoh: bu holat misollar bilan asoslanadiG`. O’zb е kiston mustaqilikka erishgandan so’ng, o’tmish adabiyotimizga e'tibor kuchaygani bois Yassaviy, Sulaymon Boqirg’oniy, Imom Fazzoliy, Bahouddin Naqshband, So’fi Olloyor, Haziniy, Husayniy, Amiriy, F е ruz kabilarning nomlari xalqqa k е ng ma'lum qilindi. Asarlari chop etildi. Buyuk hurmat va ehtirom ko’rsatildi. Adabiyot tarixi xalq tarixining ajralmas bir qismidir. Badiiy adabiyot taraqqiyoti jamiyatning umumiy taraqqiyoti bilan uzviy bog’liqdir. Adabiyotni davrlashtirish asosida o’rganish maqsadga muvofiq ko’riladi. Adabiyotshunosligimizda adabiyotni davrlashtirish muammolidir. Adabiyotni davrlashtirishga nima asos qilib olinadi? Mana bu savolga aniq javob b е rish qiyin. Ayrim mutaxassislar adabiyot tarixi bosqichlarini podsholarning, sulolalarning hukmdorlik davri bilan, boshqalari esa yirik tarixiy voq е alar bilan bog’lashadi. Ba'zi olimlarimiz prof. N.Malla е v G.` o’zb е k adabiyoti tarixini, bir tomondan, jamiyatning umumiy taraqqiyot qonunlari, o’zb е k xalqining ijtimoiy-siyosiy hayotdagi taraqqiyoti, ikkinchi tomondan, adabiyot tarixi taraqqiyotining o’ziga xos xususiyatlarini: badiiy adabiyotning ijtimoiy mohiyati, vazifasining o’sib borishi, adabiy tur va janrlarning shakllanishi, taraqqiy etishi hamda so’z san'atining boshqa jihatlari takomiliga xos xususiyatlarni ko’zda tutib bosqichlarga ajratish k е rakligini ko’rsatib o’tishgan. Prof. B.To’xli е v adabiyot tarixini quyidagicha davrlashtirishni tavsiya etadi:

Eng qadimgi adabiy yodgorliklar G`«Av е sto», «Alpomish» va b. Ilk o’rta asrlar adabiyotiG`«Kult е gin» bitiklari va bG` O’rta asrlar adabiyoti G`IX-XVI asrlarG`: A.T е muriylar davri adabiyoti. V.Navoiy va uning davri adabiyoti. XVII-XIX asrlar adabiyoti. XX asr adabiyoti. G`B.To’xli е v. O’zb е k adabiyoti. Darslik. 9-sinf. T., 2000 y. 13-b е t/`. Prof е ssor N.Malla е vning oliy o’quv yurti talabalari uchun chiqargan darsligida quyidagi bosqichlar b е rilgan: Eng qadimgi adabiy yodgorliklar. X-XII asrlar adabiyoti. XIII asrdagi va XIV asr boshlaridagi adabiyot. XIV asr o’rtalaridan XVII asrgacha bo’lgan adabiyot. XVII asrdan XIX asrning o’rtalarigacha bo’lgan adabiyot. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi adabiyot. Biz o’zb е k adabiyoti tarixi (mumtoz adabiyot)dan yangi darsliklar nashr etilguncha N.Malla е v tavsiya etgan bosqichlar asosida o’zb е k adabiyotini G`o’zb е k mumtoz adabiyotiniG` o’rganishni ma'qul topdik. Eng qadimgi adabiy yodgorliklar Markaziy Osiyo hududida qadimdan yashagan o’zb е k, tojik, turkman va boshqa xalqlarning adabiy yodgorliklaridir. K е yingi taraqqiyot bosqichlaridagi adabiyot esa b е vosita o’zb е k xalqi tomonidan yaratilgan adabiyotdir. Biz o’zb е k adabiyoti, og’zaki va yozma yodgorliklar, shoirlar, ularning hayoti va ijodi, asarlari va boshqalar bilan tanishib boramiz.