Nizolarni muqobil hal qilishni rivojlantirish bo'yicha xalqaro amaliyot
MAVZU: Nizolarni muqobil hal qilishni rivojlantirish bo'yicha xalqaro amaliyot Reja: 1. Xalqaro nizolarini hal qilish mohiyati 2. Xalqaro nizolarini hal qilishning muqobil usullari 3. Mojaro, vositachalik, kelishuv va qaror 4. Sudlov va arbitraj
Xalqaro nizolarini hal qilish mohiyati Hozirgi kunda rivojlangan xorijiy davlatlar huquqiy tizimida nizoni sudgacha olib bormasdan, muqobil yo‘l bilan hal qilishga qaratilgan usullar alohida ahamiyat kasb etmoqda. Zero, huquqiy jamiyatda nizoni hal etishning muqobil mexanizmlari yaratilishi jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlarini tiklashga erishishning samarali vositasi sifatida baholanadi. Xorijiy tajribada ijtimoiy va huquqiy nizolarni sudgacha va suddan tashqari bo‘lgan tartibda kelishuv yo‘li orqali hal qilishni anglatuvchi “huquqiy nizolarni alternativ hal qilish” termini keng qo‘llaniladi. Ushbu usullarning majmui “huquqiy nizolarni muqobil hal qilish usullari yoki Alternative Dispute Resolution (ADR) deb ataladi. Bugungi kunda O‘zbekistonda ushbu sohada islohotlarning hozirgi bosqichi davlat organlarida nizolarni sudgacha ko‘rib chiqishning yagona tizimini yaratish, mediatsiya, hakamlik sudlari hamda xalqaro arbitrajlarni fuqarolar hamda tadbirkorlarning ishonchiga sazovor bo‘ladigan nizolarni hal etuvchi samarali muqobil institutlarga aylantirish lozimligini taqozo etmoqda. Milliy qonunchiligimizda mediatsiya instituti, hakamlik sudlari va xalqaro arbitraj kabi nizolarni hal qilishning usullari o‘z o‘rniga ega bo‘lib borayotgan bo‘lsa-da, aynan nizolarini hal qilishning muqobil usullari (keyingi o‘rinlarda ADR ) atamasi hozircha qonunan mustahkamlangani yo‘q. Bu atama keng ma’noda nizolarni muqobil hal qilishning turli bosqichlarini muzokaralardan tortib kelishuv bitimi tuzishga erishishgacha bo‘lgan davrlarni o‘z ichiga oladi.Sud muhokamasi tomonlarning tortishuvi, to‘qnashuvi kabi jarayonlarni o‘z ichiga olib, ko‘pincha, tomonlarning munosabatlarini yanada keskinlashishiga olib keladi. Sud qarorining qabul qilinishi barcha holatda ham nizoni haqiqiy hal qila olmasligi ham mumkin, nafaqat yutqazgan taraf, balki yutgan taraf ham sud qaroridan ko‘ngli to‘lmasligi mumkin. Xorijda ADR asosan tijorat huquqiy munosabatlarida keng tarqalgan bo‘lib, uning mexanizmlaridan fuqarolik jarayonida ham foydalaniladi. . Xalqaro nizolarini hal qilishning muqobil usullari
Dunyo amaliyotida ADRning ko‘pgina turlari mavjud, ulardan quyidagilarni alohida ko‘rsatib o‘tish mumkin: - E kspert xulosasi ( expert determination ), - Muzokaralar ( negotiation ), - Vositachi ishtirokida muzokaralar ( facilitated negotiation yoki facilitation ), - yarashtiruv ( conciliation ) , - mediatsiya ( mediation ), - hakamlik muhokamasi (arbitration court) , - mediatsiya-arbitraj ( med-arb ), - mustaqil qaror qilish ( adjudication ), - kichik jarayon ( mini-trial ), - faktlarni aniqlash ( fact finding ), - nizolarni komissiyaviy ko‘rib chiqish ( disputereviewboards ), - xususiy sud ( privatejudging ) yoki «ijara»gasudya (rent-a-judge), - dastlabki mustaqil baholash ( earlyneutralevaluation ), - ko‘p eshikli sud ( multi-doorcourthouse ), - nizolarni sudgacha hal qilish majlisi ( settlementconference ), - soddalashtirilgan hay’at sudi ( summary jury trial )vaboshqalar. Keng ma’noda nizolarni muqobil hal qilish deganda sudda ko‘riladigan nizolarning muqobil usullaridan foydalanish tushuniladi. Nizolarni muqobil hal qilishning afzalliklari sifatida quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin: - taraflar da’voni rasmiylashtirish va uni sudga taqdim qilish, da’voni sudda ko‘rish jarayonida ishtirok etish bilan bog‘liq vaqtlari va mablag‘larini tejashlari - taraflarga nizoli holatni nazorat qilish imkoniyati berilishi; - taraflar o‘rtasidagi munosabatga salbiy ta’sir qiluvchi sudlashish jarayonidan qochish;
- norasmiylik; - taraflarda qo‘shimcha ravishda odil sudlov doirasida nizoni hal qilish imkoniyati borligi; - taraflar qisqa muddatda buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarini tiklashga erishishi; - davlat boji va ishni ko‘rish bilan bog‘liq chiqimlarni oldi olinishi; - shartnomaviy munosabat ishtirokchilari o‘rtasidagi ishonch va hamkorlik mustahkamlanishi va kelajakda hamkorlikni yanada rivojlantirishga sharoit yaratiladi. Yuqoridagi ijobiy xususiyatlari va afzalliklariga qaramay ADRdan foydalanishni cheklaydigan holatlar ham mavjud: - ADR murakkab huquqiy masalalarni o‘z ichiga olgan nizolar uchun xos emas; - Bir nechta tomonlar bilan tortishuvlarda ADR konsensual xarakterga ega bo‘lganligi sababli samarasiz bo‘lib qolishi mumkin, chunki, tomonlar o‘rtasida kelishuvga erishish qiyin va ular ko‘p bo‘lsa ADR deyarli imkonsiz; - Muqobil vositalardan foydalanish uchun tomonlar hamkorlikka tayyor bo‘lishi kerak. Shuning uchun hamkorlik qilish istagi bo‘lmagan taqdirda ADR va o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish, nizoni hal etishga erishish mumkin emas; - Nizo tarafi ishtirokchisining sud qaroriga apellyatsiya berish va jamoatchilik e’tiborini u yoki bu muammoga qaratish imkoniyati saqlanib qolmasligi. Mojaro, vositachalik, kelishuv va qaror Nizo har qanday vaqtda va sharoitda inson hayoti va yashash tarzi bilan bog‘liq ajralmas qonundir. “Konflikt” tushunchasi umumiy yondoshuvga ko‘ra, u ziddiyatga umumiy tushuncha sifatida, eng avvalo, ijtimoiy ziddiyat sifatida qaraladigan tushunchadir. Har qanday ziddiyatning rivojlanishi murakkab jarayon
bo‘lib, u ob’ektiv ziddiyatlarning yuzaga kelishi, avj olishi va hal etilishi asosida ro‘y beradi. Konflikt ob’ektiv yoki sub’ektiv qarama-qarshiliklar, ziddiyatlar bo‘lib, u taraflarning bir-biriga nisbatan qarama-qarshi kurashida ifodalanadi. Konfliktning ob’ekti bo‘lib manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga keladigan qadriyat xizmat qiladi. Uning ob’ekti bo‘lsagina ziddiyat yuzaga keladi. Konfliktning predmeti bo‘lib o‘zaro aloqaga kirgan tomonlarning raqobat orqali hal qilmoqchi bo‘lgan qarama-qarshiliklari xizmat qiladi. Konfliktlarni tasniflashda ularning albatta o‘ziga xosligini inobatga olish zarur. Shu nuqtainazardan: 1) shaxsningichkiqarama-qarshilikarivakurashi; 2) shaxslararo; 3) shaxsvaguruho‘rtasidagi; 4) guruhlararo; 5) davlatlararo (yokidavlatkoalitsiyalario‘rtasidagi) ziddiyatlargabo‘lishmumkin. Albattayuqoridakeltirilgankonfliktlartasnifito‘liqemas. Bugungikundaularnibirqanchabelgilargaqarabbo‘lishmumkin. Odamlarninghayotiyfaoliyatigaqarab (maishiy,oilaviy, mehnatjamoalarivaturlaribo‘yicha, harbiy, o‘quv-pedagogik vahokazo ), z iddiyatlar kelib chiqadigan ob’ektlarning xarakteriga qarab ( zahirali, maqomli – rolli, ijtimoiy-madaniy, g‘oyaviy va boshqalar), t a’sir ko‘rsatish va vazifalarning taqsimlanishi bo‘yicha ( vertikal va gorizontal), m ohiyatiningfarqlanishibo‘yicha ( konstruktiv vadestruktiv;qisqavauzoq;realistikvanorealistik;lokal, hududiyvaxalqaro), f alsafiynuqtainazardanziddiyatningma’lumshakldanamoyonbo‘lishimiqyosihamdat arqalishkengligigaqarab, uning umumiyvajuz’iy ko‘rinishlarinibelgilashmumkin. Konfliktlarnihalqilishdaqo‘llanilayotgansamaraliusullardanbiri konsensus ( o‘zarokelishuv) dir.