logo

NUTQIY FAOLIYAT INSON FAOLIYATINING MAXSUS TURI SIFATIDA

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

29.1455078125 KB
NUTQIY FAOLIYAT INSON FAOLIYATINING MAXSUS TURI
SIFATIDA  
 
Reja: 
1. “Nutqiy faoliyat” tushunchasi
2. Nutqiy faoliyatning tuzilishi   
3. Nutqiy faoliyatning psixologik mexanizmi
4. Nutqiy faoliyat turlari
5. Nutqiy faoliyatning predmetlik (psixologik) mohiyati
6. Nutqiy faoliyatda til va nutqning funksiyalari  5. 1. “Nutqiy faoliyat” tushunchasi 
A.A.Leontev   nutqiy   faoliyatni   “nutqiy   jumlalarning   nutqiy   bo‘lmagan
subyektiv   kodlar   orqali   dasturlashtirilishi”   sifatida   baholaydi 1
  va   uni   predmetlik,
aniq bir maqsadga qaratilganlik, motivlashganlik, pog‘onalilik hamda bosqichlilik
singari   alohida   xususiyatlarga   ega   bo‘lgan,   boshqa   inson   faoliyatlari   chog‘ida
muloqot   vositasi   sifatida   tildan   foydalanish   jarayoni,   deb   izohlaydi.   “Nutqiy
faoliyat   o‘zining   barcha   mezonlariga   ko‘ra,   masalan,   tashkil   bo‘lishiga   ko‘ra   eng
murakkab faoliyat turlaridan biri hisoblanadi. Nutqiy faoliyat mustaqil, tugallangan
faoliyat   akti   sifatida   kamdan-kam   holatlarda   namoyon   bo‘ladi.   U   odatda,
faoliyatning tarkibiy qismi sifatida ishtirok etadi. Jumladan, odatdagi nutqiy ifoda
boshqa   odamning   xatti-harakatini   boshqaruvchi   ifoda   hisoblanadi.   Biroq   shuni
alohida   ta’kidlash   joizki,   bunday   boshqaruv   muvaffaqiyatli   tamomlangandagina
faoliyat   tugallangan   sanaladi.   Masalan,   stolda   yoningizda   o‘tirgan   kishidan   bir
bo‘lak   non   uzatib   yuborishini   iltimos   qildingiz.   Agar   bu   holatga   butunligicha
qaraladigan   bo‘lsa,   faoliyat   akti   hali   tugallanmagan.   Yoningizda   o‘tirgan   kishi
nonni sizga uzatib yuborgandagina maqsadga erishilgan bo‘ladi” 2
.      
I.A.Zimnayaga ko‘ra, nutqiy faoliyat  faol, aniq bir  maqsadga  qaratilgan, til
vositasida   amalga   oshiriladigan   va   holatlardan   kelib   chiqqan   holda   insonlar
o‘rtasida   o‘zaro   ta’sir     qilish,   muloqot   qilish   jarayonidir.   Nutqiy   faoliyat   boshqa
kengroq masalan, ijtimoiy-ishlab chiqarish (mehnat), bilish faoliyatiga ham kirishi
mumkin. Biroq u mustaqil faoliyat bo‘lishi mumkin. Nutqiy faoliyatning har qaysi
turi   o‘zining   “kasbiy   timsoli”ga   ega   bo‘ladi,   masalan,   gapirish   -   ma’ruzachining,
yozish - yozuvchining kasbiy faoliyatini  ko‘rsatadi 3
. 
  Umumiy   psixologiyada   nutq   insonlar   moddiy   faoliyatining   shakllanishi
jarayonida tarixan vujudga kelgan til vositasidagi muloqot shakli, deb belgilanadi.
Nutqiy   faoliyat   deganda   til   belgilari   “stimul-vosita”   sifatida   ishtirok   etadigan
faoliyatni tushunish mumkin. Bu faoliyatda  nutqiy ifodalar shakllanadi va ulardan
1  Леонтьев А.А. Речевая деятельность // Основы теории речевой деятельности. –М., 1974. –С. 25.
2 Леонтьев   А.А.   Психофизиологические   механизмы   речи   //Общее   языкознание.   Формы   существования,   функции,
история языка.  –М., 1970. - С. 314-370.
3  Глухов В.П. Основы психолингвистики. Учеб. пособие для студентов педвузов. –М.: АСТ: Астрель, 2008. –С. 33. oldimizga  qo‘yilgan maqsadga  erishish  uchun foydalanamiz. Nutq to‘liq muloqot
yoki  xususiy  faoliyatni  to‘liq boshqarish va nazorat  qilish  uchun xabarni  yaratish
va uni qabul qilish jarayonlarini o‘z ichiga oladi.  
Zamonaviy   psixologiya   nutqni   universal   muloqot   vositasi,   nutqiy   ifodani
hosil   qiladigan   va   uni   qabul   qiladigan   ikki   subyekt   ishtirok   etadigan   ongli
faoliyatning   murakkab   shakli   sifatida   talqin   qiladi.   Psixolingvistikani   tilning
“subyektiv” jihati, uning aniq nutqiy ifodaning shakllanishidagi roli qiziqtiradi.
Nutqiy  faoliyatga   berilgan  ta’riflardan  ko‘rinadiki,  u  ba’zan  turg‘un  hodisa
sifatida (masalan, matn), ba’zan esa harakatdagi hodisa sifatida (masalan, so‘zlash
va   eshitish)   talqin   qilinadi.   Nutqiy   faoliyatga   berilgan   mazkur   ilmiy   ta’riflar   bir-
biridan   turli   jihatlariga   ko‘ra   farq   qilsa-da,   ularning   barchasida   ikki   omil,   ya’ni
so‘zlovchi va tinglovchi faoliyati nazarda tutilganligini ko‘rish mumkin 4
.
 2 .  Nutqiy faoliyatning tuzilishi
Insonning barcha boshqa faoliyatlari  kabi nutqiy faoliyat  ham darajali  yoki
bosqichli  tuzilishga ega. I.A.Zimnayaning fikricha, nutqiy faoliyat   qo‘zg‘atuvchi-
motivasion, yo‘naltiruvchi-tadqiqot  va  ijro  kabi uch bosqichdan tuzilgan bo‘ladi.
Birinchi   bosqichda   faoliyat   ehtiyojlar,   motivlar   va   maqsadlarning   o‘zaro
ta’sirida   amalga   oshadi.   Bunda   faoliyatning   asosiy   manbasi   ehtiyojdir.   Umumiy
psixologiyada   ehtiyoj   shaxsni   faoliyatni   amalga   oshirishga   bo‘lgan   xohishi,
intilishi,   urinishi,   deb   izohlanadi.   Buni   nutqiy   faoliyatga   “gapirishni   xohlayman”
yoki “jim turolmayman” ko‘rinishida  tatbiq qilish mumkin. 
Nutqiy   faoliyatning   barcha   ko‘rinishlarida   uning   asosiy   manbasi
kommunikativ-bilish   ehtiyoji   va   unga   mos   bo‘lgan   kommunikativ-bilish   motivi
hisoblanadi.   Bu   ehtiyoj   nutqiy   faoliyatning   predmetida   o‘z   o‘rniga   ega
bo‘lgandagina fikrlar mazkur faoliyatning motiviga aylanadi.
Nutqiy faoliyat birinchi bosqichining muhim tarkibiy qismlaridan biri    nutq
niyati  bo‘lib, u ehtiyojni nutqning turg‘un motiviga aylanishida katta rol o‘ynaydi.
4  Кубрякова Е.С. Номинативный аспект речевой деятельности. –М., 1986. –С. 25.     Nutqiy muloqotning holati
Kim bilan gaplashadi?
Qayerda?
Qaysi maqsadda?bir kishi bilan bir necha kishi bilan
    qulay/noqulay sharoitda rasmiy muhitda
rasmiy bo‘lmagan muhitda
muloqot
ta’sir etish
xabarNutq niyati nutqiy faoliyat subyektining bu faoliyatni amalga oshirishga qaratilgan
ongi, irodasi va hissidir. 
Nutqiy   faoliyatning   ikkinchi   bosqichini   faoliyatni   amalga   oshirish
sharoitlarini   o‘rganishga,   faoliyat   predmetini   aniq   belgilashga   va   uning
xususiyatlarini   yoritishga   qaratilgan   yo‘naltiruvchi-tadqiqot   (yoki   analitik)   qism
tashkil   qiladi.   Ayni   paytda   bu   bosqich   nutqiy   faoliyatning   rejalashtirilishi,
dasturlanishi va ichki-ma’noviy tuzilishidir.
Bu   bosqichning   birinchi   unsuri   nutqiy   faoliyat   subyektining   bu   faoliyatni
sharoitlarda amalga oshirishdagi (birinchi galda nutqiy kommunikatsiya sharoitida)
turlicha   plandagi   yo‘nalishini   ko‘zda   tutadi.   U   nutqiy   faoliyat   subyekti
yo‘nalishining   quyidagi   savollar   bo‘yicha   “Kim   bilan”,   “Qayerda”,   “Qachon”,
“Qaysi   vaqt   oralig‘ida”   nutqiy   faoliyat   amalga   oshishini   ko‘zda   tutadi.   Ikkinchi
bosqichdagi mazkur unsurning sxemasini quyidagicha ko‘rsatish mumkin: 
Mazkur bosqichning ikkinchi unsuri nutqiy faoliyat doirasidagi muhim ongli
harakatlar   –   nutqiy   ifodalarni   rejalashtirish   va   dasturlashga   asoslanadi.
Psixologiyada   rejalashtirish   faoliyatning   (nutqiy   harakatlar   va   ularni   tarkib
toptiruvchilar) asosiy bosqichlarini ajratishga va ularni amalga oshirishdagi ketma-
ketlikni   aniqlashga   qaratilgan   aqliy   harakat   sifatida   tushuniladi.   Umuman, harakatlar   ikki   xil   tashqi   (masalan,   amaliy)   va   ichki   (aqliy)   bo‘ladi.   Genetik
jihatdan   aqliy   harakatlar   (faoliyat   tizimidagi)   tashqi   harakatlardan   (masalan,   nutq
organlarining faolligi) kelib chiqqan bo‘lib, ular oxirgi interiorizatsiya (lot. interior
—ichki;   tashqi   ijtimoiy   strukturalarni   o‘zlashtirish   natijasida   inson   psixikasining
ichki strukturasining shakllanishi) jarayonining natijasi sanaladi.
O‘z   navbatida   faoliyatni   dasturlash   tuzilgan   rejani   kengaytirish,   faoliyat
dasturiga   aylantirishni   bildiradi.   Bu   o‘rinda   rejalashtirish   sifatida   nutqning   turli
shakllari va ko‘rinishlari, dasturlash sifatida til belgilari ishtirok etadi.
Nutqni   rejalashtirishga   yoyiq   nutqiy   ifodaning   (to‘liq   matnning)   rejasini
tuzish,   unda   bayon   qilinajak   asosiy   ma’noviy   qismlarni   (matn   tarkibidagi   ost
sarlavhalar, abzaslarni) aniqlash   misol bo‘la oladi. Bunga matnning kompozision
tuzilishida   ishtirok   etadigan   kirish,   asosiy   qism,   xulosa   va   ularning   asosiy
ma’nosini umumlashtirish va aniqlash ham kiradi. Keyin ifodani dasturini tuzishda
bu   asosiy   ma’noviy   qismlar   predmetlik   mohiyati   nuqtayi   nazaridan   (matnni
mikromavzularga,   ma’noli   axborot   unsurlarga   va   h.k.   ajratish   asosida)   batafsil
aniqlashtiriladi;   shuningdek,   nutqiy   faoliyatdagi   nutq   predmetining   ifoda   shakli
tanlanadi, nutq uslubi aniqlanadi, ba’zi til ifoda vositalari tanlanadi. 
Uchinchi   bosqich   ijro   bosqichidir.   Bu   bosqich   nutqiy   ifodalarni   amalga
oshirish   (yoki   qabul   qilish   va   tushunish)ni,   shu   bilan   birga,   faoliyatni   amalga
oshishini va uning natijalarini nazorat qilish amallarini o‘z ichiga oladi. 
 3. Nutqiy faoliyatning psixologik mexanizmi
So‘nggi   yillarda   “ mexanizm ”   so‘zi   falsafa,   psixologiya,   psixolingvistika   va
lingvistika   sohalarida   keng   qo‘llanib   kelinmoqda.   Biroq   tadqiqotchilarning   hech
biri  mazkur  so‘zga aniq ta’rif  bermagan. Uning ma’nosini  faqat  kontekstga qarab
chiqarib   olish   mumkin.   Ayrim   tadqiqotchilar   mexanizm   ostida   biron   narsaning
tuzilishini, uning struktura xususiyatlarini tushunishsa, boshqalari ayrim harakat va
amallar   yoki   jarayonlar   majmuyini,   yana   bir   guruh   mualliflar   esa   struktura   va
jarayonlarning   o‘zaro   munosabatini,   struktura,   jarayon   va   uning   natijalari,
funksiyalari va ijtimoiy sharoitlarni tushunishadi.   I.A.Zimnayaning ta’kidlashicha, “miya   mexanizmi” ,   nutq   mexanizmlari”   va   h.k.   metaforik   ma’noda   qo‘llaniladi.
Aslida   “mexanizm”   tushunchasi   “biron   narsani   biron   nima   vositasida   harakatga
keltirish”ni ifodalaydi 5
. 
Nutq   oliy   psixik   funksiyalarning   eng   murakkab   shakllaridan   biri   sanaladi.
Nutqiy faoliyat ko‘p ma’nolilik, ko‘p darajali struktura, harakatchanlik va boshqa
psixik funksiyalar bilan aloqadorligi bilan tavsiflanadi. Nutqiy faoliyatning amalga
oshishi qator murakkab psixologik mexanizmlar bilan ta’minlangan bo‘ladi. 
Nutqni   anglash   nutqiy   faoliyatning   asosiy   mexanizmi   hisoblanadi.   Bu
mexanizm nutqning mazmun  (birinchi navbatda) hamda tuzilish tomonini  fikrlash
analizi   bilan   ta’minlaydi.   Nutqni   anglash   mexanizmi   miya   katta   yarim   shari
qobig‘ining analitik-sintetik faoliyati vositasida – barcha asosiy aqliy harakatlar va
amallarning   ta’siri   (qiyoslash,   taqqoslash,   to‘ldirish,   tasniflash,   analiz   va   sintez)
orqali   amalga   oshiriladi.   Anglash   uchun   birinchi   navbatda   nutq   predmeti   (nutqiy
faoliyatda   borliqdagi   fragment,   hodisa,   voqealarni   aks   ettiradigan)   lozim   bo‘ladi.
Mazkur   mexanizm   asosida   nutq   kommunikatsiyasining   motivi   va   maqsadi   to‘liq
ravishda   tushuniladi.   Nutqiy   faoliyat   va   uning   natijalarini   nazorat   qilish   mumkin
bo‘ladi. Shuningdek, bu mexanizmning ishtirokisiz nutqiy faoliyatni rejalashtirish
va dasturlashni amalga oshirib bo‘lmaydi. 
Nutqni xotirada tutish , shuningdek, nutqiy xotira mexanizmining ahamiyati
ham   nutqni   anglash   mexanizminikidan   qolishmaydi.   U   nutq   jarayonining   barcha
tomonlarini,   xususan,   nutqning   “mazmun   jihati”   va   uning   lisoniy   ifodasini
ta’minlaydi.   Nutqda   uning   predmetining   aks   etishi,   ya’ni   borliqdagi   u   yoki   bu
hodisani   –   inson   xotirasidagi   bilimlari   va   atrofni   o‘rab   olgan   dunyo   haqidagi
tasavvurlarining faollashuvisiz  mavjud bo‘lishi mumkin emas. Shuningdek, uning
ongda   mavjud   bo‘lgan   til   belgilari   haqidagi   obrazlar   tasavvuri   va   ularni   nutqiy
muloqot   jarayonida   qo‘llash   qoidalarining   faollashuvisiz   ham   bo‘lishi   mumkin
emas.
Nutqni   oldindan   aytish   mexanizmi   psixolingvistikada   hali   to‘liq
o‘rganilmagan.   Bu   o‘rinda   N.A.Bernshteyn   tomonidan   harakatni   psixofiziologik
5  Зимняя   И.   А. Психология обучения неродному языку. –М., 1989. – C . 166. tashkil   qilish   nazariyasi   doirasida   yaratilgan   “kelajakning   modellari”dan
foydalanish maqsadga muvofiqdir. N.A.Bernshteyn erkin harakatni yuzaga kelishi
va amalga oshishini tadqiq qilar ekan, uning ketma-ketligini quyidagi bosqichlarda
ko‘rsatib beradi:
1) vaziyatni idrok qilish va baholash; 
2) faollashuv natijasida vaziyat qanday bo‘lishini aniqlash; 
3) buning uchun nima qilish kerak; 
4) buni qanday qilish lozim. 
Shunday   qilib,   nutqiy   faoliyatning   har   qanday   turi   murakkab   mexanizm
vositasida amalga oshadi. 
 4. Nutqiy faoliyat turlari
  Nutqiy   faoliyat   so‘zlash,   eshitish,   yozish   va   o‘qish   vositasida   amalga
oshiriladi.  Mazkur   vositalar   kishilarning  o‘zaro  munosabat   turlari   sifatida     verbal
muloqot jarayonida yuzaga chiqadi. 
Nutqiy   faoliyatning   barcha   turlari   umumiy   jihatlarga   ega   bo‘lish   bilan
birga, bir qator mezonlarga ko‘ra bir-biridan farqlanadi. I.A.Zimnayaning fikricha,
bunday   o‘lchovlarning   asosiylariga:   a)   verbal   (nutqiy)   muloqotning   xarakteri;   b)
verbal   muloqotda   nutqiy   faoliyatning   roli;   d)   xabarni   qabul   qilish   va   uzatishda
nutqiy   faoliyatning   biror   maqsadga   qaratilganligi;   e)   fikrni   shakllantirish   usuli
bilan   aloqasi;   f)   tashqi   ifodalashning   xarakteri;     g)   nutqiy   faoliyatning   qarama-
qarshi aloqadorlik jarayonidagi o‘zaro ta’sir xarakteri kabilar kiradi. 
Nutqiy   faoliyat   turlarining   o‘ziga   xos   xususiyatlarini   qayd   qilingan
mezonlardan kelib chiqqan holda quyidagicha tahlil qilish mumkin:
  Nutqiy   faoliyat   nutqiy   muloqotning   o‘ziga   xosligiga   ko‘ra   og‘zaki
muloqot   va   yozma   muloqot   vositasida   amalga   oshiriladi.   Nutqiy   faoliyatning
birlamchi   turlariga   so‘zlash   va   eshitish   kiradi.  Nutqiy   faoliyatning   mazkur   turlari
ontogenezda   insonni   boshqalar   bilan   muloqot   qilish   usullari   sifatida   birinchi
shakllanadi.   Nutqiy   faoliyatning   bu   turlariga   nisbatan   insonda   “tug‘ma
tayyorgarlik” mavjud bo‘ladi.  Birinchidan,   ushbu   “tug‘ma   tayyorgarlik”   insonda   psixik   intellektual
faoliyatni   amalga   oshirishga   mo‘ljallangan   maxsus   apparat   –   bosh   miya     qobig‘i
katta   yarim   sharlarining   mavjudligi   bilan   belgilanadi.   Insonni   nutqiy   faoliyatni
egallash   imkoniyati   bilan   ta’minlovchi   miyaning   ustki   qobig‘ining   qismlari
tug‘ilishgacha   ma’lum   darajada   (taxminan   uchdan   ikki)   shakllangan   bo‘ladi.   U
bola hayotining dastlabki yilida faol rivojlanadi va nutqiy faoliyatning “nutqgacha
bo‘lgan davri”, deb nomlanadi.
Ikkinchidan,     “tug‘ma   tayyorgarlik”     ko‘pincha   inson   organizmining
muayyan  anatomik qismlari,  xususan,  nutq  apparatining  periferik (sirtqi)   tuzilishi
bilan belgilanadi.   Bolaning tug‘ilish vaqtida nutqning mazkur   anatomik-fiziologik
apparati   ma’lum   darajada   shakllangan   bo‘ladi.   Bolaning   “nutqgacha   bo‘lgan
davri”da uning “psixofiziologik  tayyorgarligi” yuz beradi.  
Nutqiy   faoliyatning   ikkilamchi   turlariga   o‘qish   va   yozish   kiradi.   Nutqiy
faoliyatning ushbu turlari eshitish va so‘zlash asosida shakllanadi. Kelib chiqishiga
ko‘ra   ikkilamchi   bo‘lgan   o‘qish   va   yozish   nutqiy   faoliyatning   murakkab   turlari
hisoblanadi.   Pedagogik   amaliyotning   ko‘rsatishicha,   bola   nutqiy   faoliyatning
mazkur   turlarini   egallashi   uchun   aniq   bir   maqsadga   qaratilgan     maxsus   ta’lim
kerak bo‘ladi. 
Muloqot   jarayonida   bajarayotgan   roliga   ko‘ra   nutqiy   faoliyat     reaktiv   va
inisial   turlarga   bo‘linadi.   So‘zlashish   va   yozish   nutqiy   muloqotning   initsial
jarayoni   bo‘lib,   ular   eshitish   va   o‘qishni   qo‘zg‘atuvchi   omil   hisoblanadi.   O‘z
navbatida, bunga javoban eshitish va o‘qish nutqiy muloqotning reaktiv jarayonini
ifodalab, so‘zlashish va yozish jarayoni uchun zaruriy shartlardan sanaladi. 
Nutqiy faoliyatning har xil turlari turfa fikrlarning shakllanish yo‘llari, nutq
shakliga   mos   bo‘lgan   nutqiy   muloqot   turli   shakllarining   yuzaga   kelishini   talab
qiladi.   I.A.Zimnayaning   aniqlashicha,   bunday   shakllar   uch   xil:   tashqi   og‘zaki,
tashqi yozma va ichki nutq ko‘rinishida bo‘ladi. 
  O‘ylashni   fikrning   ichki   nutq   vositasida   shakllanish   jarayoni   sifatida,
so‘zlash   va   yozuvni   esa   muloqotning   og‘zaki   va   yozma   shakllarida   fikr   yuzaga
kelishining tashqi usullari  sifatida  talqin qilish mumkin.  Og‘zaki   ekspressiv   nutqning   monologik,   dialogik   va   guruhiy   shakllari
mavjud.    
Nutqiy   faoliyatning   turlari   mazkur   jarayonlarni   boshqaruvchi   qarama-
qarshi   aloqa   xususiyatiga   ko‘ra   ham   bir-biridan   farq   qiladi.   Masalan,   nutqiy
faoliyatning   so‘zlash   va   yozuv   turlarida   ijrochi   organ   (artikulyasion   organ,
yozadigan   qo‘llar)dan   bu   faoliyatni   “tashkil   qiluvchi”   dasturga,     bosh   miya
qismiga   qaratilgan   asab-mushakli   qarama-qarshi   aloqa   amalga   oshiriladi.   Ushbu
qarama-qarshi aloqa ichki nazorat va tahrir vazifasini bajaradi. 
 5. Nutqiy faoliyatning predmetlik (psixologik) mohiyati
Ma’lumki,   faoliyatning   predmetlik   mohiyatiga   predmet,   vosita,   qurol,
mahsulot, natija  kabi unsurlardan tashkil topgan faoliyat shartlari kiradi. 
Nutqiy   faoliyatning   predmeti   atrof   muhitdagi   predmetlarning   aloqa   va
munosabatlari   hamda   hodisalarning   ifoda   shakli   bo‘lgan   fikr   sanaladi.   Fikrning
shakllanishi va ifodasiga so‘zlashish yo‘naltirilgan bo‘ladi, shuning uchun fikrning
mavjudligi,   shakllanishi   va   ifodalanish   vositasi   til   va   lisoniy   tizim   hisoblanadi.
Nutq   ichki   vosita   bo‘lib,   u   nutqiy   faoliyatning   barcha   turlarini   bajaruvchi   qurol
sifatida   namoyon   bo‘ladi.   Aytilganlar   va   yozilganlar,   shuningdek,   nutqiy   faoliyat
subyektlari   psixik  holatining  o‘zgarishlari   majmuyi  nutqiy  faoliyatning   mahsuloti
sanaladi. Nutqiy faoliyat   reseptiv va mahsulot ko‘rinishida bo‘lgani uchun uning
natijasi  reseptiv ko‘rinish – nutqiy ifoda mazmunini tushunish; mahsulot ko‘rinishi
–   boshqalar   tomonidan   resepsiya   (nutqni   idrok   qilish)   xarakterini   tushunish
hisoblanadi.
Nutqiy   faoliyat   harakat,   amal,   ko‘nikma   va   malaka   singari   unsurlardan
tarkib topadi. Nutqiy ifoda va nutqiy ifodani  idrok qilish hamda tushunish nutqiy
faoliyat doirasidagi asosiy nutqiy harakatlarni anglatadi. Nutqiy faoliyatning o‘ziga
xos   xususiyati   uning   harakatlari   tarkibiga   qator   o‘zaro   aloqadagi   amallarning
kirishi   bilan   tavsiflanadi.   Psixolingvistikada   lisoniy   amallar,   semantik   amallar
hamda   nutqiy   amallar   farqlanadi.   Nutqiy   faoliyat   jarayonida   amallar avtomatlashadi   va   nutqiy   harakat   ko‘nikma   darajasiga   ko‘tariladi.   Butun   faoliyat
esa malakani shakllantiradi. 
 6. Nutqiy faoliyatda til va nutqning funksiyalari 
Muloqot   faoliyati   nutq   vositasida   amalga   oshadigan   qator   funksiyalar
asosida   yuzaga   chiqadi.   Nutqning   markaziy   funksiyasi   kommunikativlikdir.
Kommunikativlik  fikrlarni  ifodalash,  o‘ziga  hamda  boshqa  kishilarga  ta’sir   qilish
vositasida amalga oshiriladi. Inson birinchi navbatda boshqalarning xatti-harakati,
fikri, ongi va hissiyotiga nutq orqali ta’sir ko‘rsatish uchun gapiradi. 
Kommunikativlik   funksiyasidan   ijtimoiy   o‘zaro   bog‘liqlik,   faollik,
maqsadlilik,   niyatlilik   kabi   xususiyatlar   kelib   chiqadi.   Ijtimoiy   kommunikatsiya
jarayonida   nutqiy   ifoda   har   doim   kishilar   tomonidan   qandaydir   natijani   qo‘lga
kiritish maqsadida qo‘llaniladi. Maqsadsiz, niyatsiz fikrni ifodalab bo‘lmaydi.    
Shunday   qilib,   nutq   dastlab   muloqotning   ijtimoiy   funksiyasida   yuzaga
chiqadi. Muloqotning ijtimoiy funksiyasi xabar hamda o‘ziga va boshqa kishilarga
ta’sir qilish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Nutqning boshqaruv funksiyasi boshqa
psixik jarayonlarning birlashuvida ham yuzaga keladi.  
Nutqning   boshqaruv   funksiyasidan   u   bilan   chambarchas   bog‘langan
rejalashtirish funksiyasi kelib chiqadi. Unda inson o‘zining faoliyatini, jamiyatdagi
xatti-harakatlarini,   atrofidagi   insonlarning   faoliyatlarini   va   xatti-harakatlarini
rejalashtiradi. 
Nutqiy faoliyatning ikkinchi o‘ziga xos funksiyasi – insoniyatning ijtimoiy-
tarixiy tajribasini egallash funksiyasidir.
Nutqiy   faoliyatning   o‘ziga   xos   xususiyatlaridan   biri   uning   amalga
oshishidagi ikki asosiy variant: nutqiy kommunikatsiya va ichki nutq shakllaridir.
Bu   yerdan   nutqiy   faoliyatning   nutqiy   fikrlash   faoliyati   sifatida   belgilash   kelib
chiqadi. 
Nutqiy   faoliyatning   o‘ziga   xos   xususiyati   uning   vositasi   sifatida   til
belgilarining   ishtirok   etishida   ham   namoyon   bo‘ladi.   Binobarin,   nutqiy faoliyatning   asosiy   vositalari   uning   belgilik   funksiyasida   yuzaga   chiqar   ekan,
nutqiy faoliyat belgilar faoliyati sifatida ham aniqlanadi. 
Umuman, psixolingvistikada nutqiy faoliyat murakkab faoliyat turi sifatida
tadqiq etiladi. 
      ADABIYOTLAR
Asosiy adabiyotlar:
1 .   Usmanova   Sh.     “Psixolingvistika”   fanidan   ma’ruza   kurslari .   – Toshkent:
Universitet, 2014.
2.   Usmanova   Sh.     Psixolingvistika.   O‘quv   qo‘llanma.   – Toshkent:   Universitet,
2015. (Elektron variant).
3 . Belyanin V. P. Psixolingvistika.  Uchebnoe posobie.  –M.: Flinta, 2008.
4. Gluxov V.P. Osnovы p sixolingvistiki.  Uchebnoe posobie.   – M.:  ACT: Astrelь,
2008.
5 .   Karaseva   O.F.,   Safonova   O.A.     Psixolingvistika:   novыe   texnologii   analiza
poeticheskogo teksta. Uchebnoe posobie.  – Krasnodar, 2012. 
Qo‘shimcha adabiyotlar:
6 .   Axutina   T.V.   Porojdenie   rechi.     Neyrolingvisticheskiy   analiz   sintaksisa.   -   M.:
MGU, 1989. 
7.   Baskakov   N.A.,   Sodiqov   A.S.,   Abduazizov   A.A.   Umumiy   tilshunoslik.   –
Toshkent: O‘qituvchi, 1979. 
8.   Batov   V.I.   O   sudebnoy   psixologo-lingvisticheskoy   ekspertize   //Voprosы
sudebno-psixologicheskoy ekspertizы. –M., 1974.
9 . Belikov V. I., Krыsin L. P.  Sotsiolingvistika. –M., 2001.
1 0 .   Bыkova   G.   V.,   Fraerl   V.   L.   Lakunы   russkogo   yazыka.   Pod   nauch.   red.   I.A.
Sternina. – Blagoveщensk: Izd-vo BGPU, 2008.

NUTQIY FAOLIYAT INSON FAOLIYATINING MAXSUS TURI SIFATIDA Reja: 1. “Nutqiy faoliyat” tushunchasi 2. Nutqiy faoliyatning tuzilishi 3. Nutqiy faoliyatning psixologik mexanizmi 4. Nutqiy faoliyat turlari 5. Nutqiy faoliyatning predmetlik (psixologik) mohiyati 6. Nutqiy faoliyatda til va nutqning funksiyalari

5. 1. “Nutqiy faoliyat” tushunchasi A.A.Leontev nutqiy faoliyatni “nutqiy jumlalarning nutqiy bo‘lmagan subyektiv kodlar orqali dasturlashtirilishi” sifatida baholaydi 1 va uni predmetlik, aniq bir maqsadga qaratilganlik, motivlashganlik, pog‘onalilik hamda bosqichlilik singari alohida xususiyatlarga ega bo‘lgan, boshqa inson faoliyatlari chog‘ida muloqot vositasi sifatida tildan foydalanish jarayoni, deb izohlaydi. “Nutqiy faoliyat o‘zining barcha mezonlariga ko‘ra, masalan, tashkil bo‘lishiga ko‘ra eng murakkab faoliyat turlaridan biri hisoblanadi. Nutqiy faoliyat mustaqil, tugallangan faoliyat akti sifatida kamdan-kam holatlarda namoyon bo‘ladi. U odatda, faoliyatning tarkibiy qismi sifatida ishtirok etadi. Jumladan, odatdagi nutqiy ifoda boshqa odamning xatti-harakatini boshqaruvchi ifoda hisoblanadi. Biroq shuni alohida ta’kidlash joizki, bunday boshqaruv muvaffaqiyatli tamomlangandagina faoliyat tugallangan sanaladi. Masalan, stolda yoningizda o‘tirgan kishidan bir bo‘lak non uzatib yuborishini iltimos qildingiz. Agar bu holatga butunligicha qaraladigan bo‘lsa, faoliyat akti hali tugallanmagan. Yoningizda o‘tirgan kishi nonni sizga uzatib yuborgandagina maqsadga erishilgan bo‘ladi” 2 . I.A.Zimnayaga ko‘ra, nutqiy faoliyat faol, aniq bir maqsadga qaratilgan, til vositasida amalga oshiriladigan va holatlardan kelib chiqqan holda insonlar o‘rtasida o‘zaro ta’sir qilish, muloqot qilish jarayonidir. Nutqiy faoliyat boshqa kengroq masalan, ijtimoiy-ishlab chiqarish (mehnat), bilish faoliyatiga ham kirishi mumkin. Biroq u mustaqil faoliyat bo‘lishi mumkin. Nutqiy faoliyatning har qaysi turi o‘zining “kasbiy timsoli”ga ega bo‘ladi, masalan, gapirish - ma’ruzachining, yozish - yozuvchining kasbiy faoliyatini ko‘rsatadi 3 . Umumiy psixologiyada nutq insonlar moddiy faoliyatining shakllanishi jarayonida tarixan vujudga kelgan til vositasidagi muloqot shakli, deb belgilanadi. Nutqiy faoliyat deganda til belgilari “stimul-vosita” sifatida ishtirok etadigan faoliyatni tushunish mumkin. Bu faoliyatda nutqiy ifodalar shakllanadi va ulardan 1 Леонтьев А.А. Речевая деятельность // Основы теории речевой деятельности. –М., 1974. –С. 25. 2 Леонтьев А.А. Психофизиологические механизмы речи //Общее языкознание. Формы существования, функции, история языка. –М., 1970. - С. 314-370. 3 Глухов В.П. Основы психолингвистики. Учеб. пособие для студентов педвузов. –М.: АСТ: Астрель, 2008. –С. 33.

oldimizga qo‘yilgan maqsadga erishish uchun foydalanamiz. Nutq to‘liq muloqot yoki xususiy faoliyatni to‘liq boshqarish va nazorat qilish uchun xabarni yaratish va uni qabul qilish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Zamonaviy psixologiya nutqni universal muloqot vositasi, nutqiy ifodani hosil qiladigan va uni qabul qiladigan ikki subyekt ishtirok etadigan ongli faoliyatning murakkab shakli sifatida talqin qiladi. Psixolingvistikani tilning “subyektiv” jihati, uning aniq nutqiy ifodaning shakllanishidagi roli qiziqtiradi. Nutqiy faoliyatga berilgan ta’riflardan ko‘rinadiki, u ba’zan turg‘un hodisa sifatida (masalan, matn), ba’zan esa harakatdagi hodisa sifatida (masalan, so‘zlash va eshitish) talqin qilinadi. Nutqiy faoliyatga berilgan mazkur ilmiy ta’riflar bir- biridan turli jihatlariga ko‘ra farq qilsa-da, ularning barchasida ikki omil, ya’ni so‘zlovchi va tinglovchi faoliyati nazarda tutilganligini ko‘rish mumkin 4 . 2 . Nutqiy faoliyatning tuzilishi Insonning barcha boshqa faoliyatlari kabi nutqiy faoliyat ham darajali yoki bosqichli tuzilishga ega. I.A.Zimnayaning fikricha, nutqiy faoliyat qo‘zg‘atuvchi- motivasion, yo‘naltiruvchi-tadqiqot va ijro kabi uch bosqichdan tuzilgan bo‘ladi. Birinchi bosqichda faoliyat ehtiyojlar, motivlar va maqsadlarning o‘zaro ta’sirida amalga oshadi. Bunda faoliyatning asosiy manbasi ehtiyojdir. Umumiy psixologiyada ehtiyoj shaxsni faoliyatni amalga oshirishga bo‘lgan xohishi, intilishi, urinishi, deb izohlanadi. Buni nutqiy faoliyatga “gapirishni xohlayman” yoki “jim turolmayman” ko‘rinishida tatbiq qilish mumkin. Nutqiy faoliyatning barcha ko‘rinishlarida uning asosiy manbasi kommunikativ-bilish ehtiyoji va unga mos bo‘lgan kommunikativ-bilish motivi hisoblanadi. Bu ehtiyoj nutqiy faoliyatning predmetida o‘z o‘rniga ega bo‘lgandagina fikrlar mazkur faoliyatning motiviga aylanadi. Nutqiy faoliyat birinchi bosqichining muhim tarkibiy qismlaridan biri nutq niyati bo‘lib, u ehtiyojni nutqning turg‘un motiviga aylanishida katta rol o‘ynaydi. 4 Кубрякова Е.С. Номинативный аспект речевой деятельности. –М., 1986. –С. 25.

Nutqiy muloqotning holati Kim bilan gaplashadi? Qayerda? Qaysi maqsadda?bir kishi bilan bir necha kishi bilan qulay/noqulay sharoitda rasmiy muhitda rasmiy bo‘lmagan muhitda muloqot ta’sir etish xabarNutq niyati nutqiy faoliyat subyektining bu faoliyatni amalga oshirishga qaratilgan ongi, irodasi va hissidir. Nutqiy faoliyatning ikkinchi bosqichini faoliyatni amalga oshirish sharoitlarini o‘rganishga, faoliyat predmetini aniq belgilashga va uning xususiyatlarini yoritishga qaratilgan yo‘naltiruvchi-tadqiqot (yoki analitik) qism tashkil qiladi. Ayni paytda bu bosqich nutqiy faoliyatning rejalashtirilishi, dasturlanishi va ichki-ma’noviy tuzilishidir. Bu bosqichning birinchi unsuri nutqiy faoliyat subyektining bu faoliyatni sharoitlarda amalga oshirishdagi (birinchi galda nutqiy kommunikatsiya sharoitida) turlicha plandagi yo‘nalishini ko‘zda tutadi. U nutqiy faoliyat subyekti yo‘nalishining quyidagi savollar bo‘yicha “Kim bilan”, “Qayerda”, “Qachon”, “Qaysi vaqt oralig‘ida” nutqiy faoliyat amalga oshishini ko‘zda tutadi. Ikkinchi bosqichdagi mazkur unsurning sxemasini quyidagicha ko‘rsatish mumkin: Mazkur bosqichning ikkinchi unsuri nutqiy faoliyat doirasidagi muhim ongli harakatlar – nutqiy ifodalarni rejalashtirish va dasturlashga asoslanadi. Psixologiyada rejalashtirish faoliyatning (nutqiy harakatlar va ularni tarkib toptiruvchilar) asosiy bosqichlarini ajratishga va ularni amalga oshirishdagi ketma- ketlikni aniqlashga qaratilgan aqliy harakat sifatida tushuniladi. Umuman,

harakatlar ikki xil tashqi (masalan, amaliy) va ichki (aqliy) bo‘ladi. Genetik jihatdan aqliy harakatlar (faoliyat tizimidagi) tashqi harakatlardan (masalan, nutq organlarining faolligi) kelib chiqqan bo‘lib, ular oxirgi interiorizatsiya (lot. interior —ichki; tashqi ijtimoiy strukturalarni o‘zlashtirish natijasida inson psixikasining ichki strukturasining shakllanishi) jarayonining natijasi sanaladi. O‘z navbatida faoliyatni dasturlash tuzilgan rejani kengaytirish, faoliyat dasturiga aylantirishni bildiradi. Bu o‘rinda rejalashtirish sifatida nutqning turli shakllari va ko‘rinishlari, dasturlash sifatida til belgilari ishtirok etadi. Nutqni rejalashtirishga yoyiq nutqiy ifodaning (to‘liq matnning) rejasini tuzish, unda bayon qilinajak asosiy ma’noviy qismlarni (matn tarkibidagi ost sarlavhalar, abzaslarni) aniqlash misol bo‘la oladi. Bunga matnning kompozision tuzilishida ishtirok etadigan kirish, asosiy qism, xulosa va ularning asosiy ma’nosini umumlashtirish va aniqlash ham kiradi. Keyin ifodani dasturini tuzishda bu asosiy ma’noviy qismlar predmetlik mohiyati nuqtayi nazaridan (matnni mikromavzularga, ma’noli axborot unsurlarga va h.k. ajratish asosida) batafsil aniqlashtiriladi; shuningdek, nutqiy faoliyatdagi nutq predmetining ifoda shakli tanlanadi, nutq uslubi aniqlanadi, ba’zi til ifoda vositalari tanlanadi. Uchinchi bosqich ijro bosqichidir. Bu bosqich nutqiy ifodalarni amalga oshirish (yoki qabul qilish va tushunish)ni, shu bilan birga, faoliyatni amalga oshishini va uning natijalarini nazorat qilish amallarini o‘z ichiga oladi. 3. Nutqiy faoliyatning psixologik mexanizmi So‘nggi yillarda “ mexanizm ” so‘zi falsafa, psixologiya, psixolingvistika va lingvistika sohalarida keng qo‘llanib kelinmoqda. Biroq tadqiqotchilarning hech biri mazkur so‘zga aniq ta’rif bermagan. Uning ma’nosini faqat kontekstga qarab chiqarib olish mumkin. Ayrim tadqiqotchilar mexanizm ostida biron narsaning tuzilishini, uning struktura xususiyatlarini tushunishsa, boshqalari ayrim harakat va amallar yoki jarayonlar majmuyini, yana bir guruh mualliflar esa struktura va jarayonlarning o‘zaro munosabatini, struktura, jarayon va uning natijalari, funksiyalari va ijtimoiy sharoitlarni tushunishadi. I.A.Zimnayaning ta’kidlashicha,