logo

O‘QITUVCHI PЕDАGОGIK FАОLIYATIDА KАSBIY RЕFLЕKSIYANING O‘RNI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

38.33984375 KB
O‘QITUVCHI PЕDАGОGIK FАОLIYATIDА KАSBIY
RЕFLЕKSIYANING   O‘RNI
Reja:
1.     Kаsbiy rеflеksiya vа pеdаgоgik fаоliyat.   
2. O‘qituvchining   kаsbiy   mаhоrаtini   rivоjlаntirishdа   pеdаgоgik   
rеflеksiyaning аhаmiyati.
3. Pеdаgоgik   tаshхislаsh   аsоsidа   o‘qituvchining   kаsbiy   rivоjlаnishini   
tа`minlаsh usullаri.
4. O‘qituvchi fаоliyatini pеdаgоgik tаshхislаsh. Kasbiy refleksiya va pedagogik faoliyat
Mustaqillikning   dastlabki   yillaridanoq,   butun   mamlakat   miqyosida   ta’lim   va
tarbiya,   ilm - fan,   kasb - hunar   o‘rgatish   tizimlarini   tubdan   isloh   qilishga   kirishildi.
Belgilangan   maqsadlar   muvaffaqiyatli   amalga   oshiri-lib,   hozirgi   kunda   ta’lim
sohasida yuksak samaradorliklarga erishilmoq-da. Bunda o‘qituvchilar bilan birga
keng   jamoatchilik,   butun   xalqimiz-ning   fidokorona   mehnatini   e’tirof   etib,
Prezidentimiz   I.A.Karimov   o‘zi-ning   “Yuksak   ma’naviyat   –   engilmas   kuch”
asarida quyidagi fikrlarni bayon etadi:  “Maktab, ta’lim-tarbiya masalasi davlat va
jamiyat   nazora-tida   bo‘lishi   asosiy   qonunimizda   belgilab   qo‘yilgan.   Shu   bilan
birga, bu keng jamoatchilik, butun halqimizning ishtiroki va qo‘llab-quvvatlashini
talab qiladigan umummilliy masaladir. 
Shuni   unutmasligimiz   kerakki,   kelajagimiz   poydevori   bilim   dargoh-larida
yaratiladi,   boshqacha   aytganda,   xalqimizning   ertangi   kuni   qanday   bo‘lishi
farzandlarimizning   bugun   qanday   ta’lim-tarbiya   olishiga   bog‘-liq.   Buning   uchun
har   qaysi   ota-ona,   ustoz   va   murabbiy   har   bir   bola   timsolida   avvalo   shaxsni
ko‘rishi   zarur.   Ana   shu   oddiy   talabdan   kelib   chiqqan   holda,   farzandlarimizni
mustaqil   va   keng   fikrlash   qobiliyatiga   ega   bo‘lgan,   ongli   yashaydigan   komil
insonlar   etib   voyaga   yetkazish   –   ta’lim-tarbiya   sohasida   fidokorona   mehnat
qilayotgan o‘qituvchilarning asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi kerak”.    Bu ulkan
javobgarlik   hissi   o‘qituvchilarda   pedagogik   mahorat   qirra-larining   turli
jarayonlarini   hozirgi   zamon   talablari   darajasida   takomil-lashtirishni   talab   etadi.
So‘nggi   yillarda   pedagog   va   psixolog   olimlar   o‘qituvchilarning   pedagogik
faoliyatida   fikrlash   hamda   analitik   qobili-yatlarni   rivojlantirish   muhim   ahamiyat
kasb   etishini   ta’kidlamoqdalar.   Bu   qobiliyatlar   asosini   esa,   o‘qituvchining   kasbiy
refleksiyasi tashkil etadi. 
Refleksiya   (lot.   «reflexsio»   -   orqaga   qaytish)   –   «har   tomonlama   bar-kamol
rivojlangan insonning o‘z xatti – harakatlari va ularning qonu-niyatlarni anglashga
qaratilgan   nazariy   faoliyat   shaklidir;   inson   ma’naviy   dunyosining   o‘ziga   xos
yashirin   hislatlarini   ochib   beradigan   o‘z–o‘zini   bilishga   va   anglashga   qaratilgan
faoliyatdir».  Ilk   bor   refleksiya   tushunchasi   qadimgi   Yunon   falsafasida   yuzaga   kelgan   va
insonning o‘z ongida kechayotgan mulohazalari haqida, o‘zi fikr yuritishi jarayoni,
o‘z   fikrlari   mazmunini   tahlil   qilishga   e’tiborini   jalb   qilishni   anglatgan   (Dekart).
Sokrat,   Platon,   Lokk   va   boshqa   yunon   faylasuflari   refleksiyani   insonning   o‘z–
o‘zini   bilishga,   nimalarga   qodir   ekanligini   e’tirof   etishga   qaratilgan   faoliyati
ekanligini ta’kidlashadi. Kant, Gegel, Fixte, Shelling kabi yevropa faylasuflari esa
refleksiyaga   insonning   bilish   qobiliyatlarini   rivojlantirish   asosi   sifatida
qarashganlar.   Leybnits   kons   epsiyasiga   muvofiq   refleksiya   insonning
appersepsiyaga   (idrokning   inson   o‘tmishidagi   tajribasiga   va   individual
xususiyatlariga bog‘liqligi) qodirlik xususiyati sifatida tilga olinadi. 
Bugungi   zamonaviy   falsafada   esa   refleksiya   nazariy   va   amaliy   jihat-dan
farqlanadi.   Birinchisi,   inson   tomonidan   tushunchalarning   rivojlanish   jarayoni,
yagona tushuncha doirasida bir ta’rifdan boshqasiga o‘tish im-koniyatini beradigan
metod   sifatida;   ikkinchisi   esa,   individual   harakat   yoki   fikrni   tushuncha   bilan
nisbatlash   jarayoni,   bunda   nisbatlash   o‘lchovi   ustidan   nazorat   ta’minlanishi15
kerak. 
Hozirgi   kunda   falsafiy   kategoriya   sifatida   o‘rganilayotgan   refleksiya
psixologiya,   sotsiologiya,   sinergetika,   mantiq,   andrologika,   evkistika,   kibernetika
va   boshqa   ko‘plab   murakkab   fanlarning   tadqiqot   obyekti   sifatida   e’tirof   etilib
tadqiq   qilinmoqda.   Biz   «refleksiya»   kategoriyasiga   pedagogika   va   psixologiya
nuqtai   nazaridan   ta’rif   beramiz   va   uning   mo-hiyatini   o‘rganishda   o‘qituvchilar
kasbiy   faoliyatidagi   o‘rnini   tahlil   qilishga   batafsil   to‘xtalamiz.   Psixologiyada
refleksiya «subyekt tomonidan o‘zining ichki psixik jarayoni va holatlarini bilish,
nazorat   qilish»   mazmunida   talqin   qilinadi.   O‘qituvchining   pedagogik   faoliyatida,
refleksiyaning   shaxsga   nisbatan   ahamiyatini   o‘rganishda   bu   tushunchaning
ijtimoiy psixologik nuqtai nazar-dan ta’rifi mukammal ekanligi e’tirof etiladi, unda
refleksiya insonning borliqda boshqa insonlar tomonidan qanday qabul qilinishi va
baholanishi   sifatida   qaraladi:   refleksiya   –   «shunchaki   subyektning   o‘z–o‘zini
bilishi yoki tushunishi  emas, balki boshqalar tomonidan «refleksiyalanuvchini»17
qanday   bilishi»   va   uning   shaxsiy   xususiyatlarini,   emotsional18   reaksi-yalarini   va kognitiv   tasavvurlarini   ham   tushunishini   o‘z   ichiga   oladi.   Shaxsning   psixik
rivojlanishini boshqarish imkoniyatlarini ilmiy jihatdan o‘rganib, S.L.Rubinshteyn
insonning   mavjudligini   va   uning   ijti-moiy   borliqqa   nisbatan   munosabatlarini
refleksiya bilan bog‘laydi: 
«Refleksiya   –   bu   insonning   uzluksiz   hayot   jarayonini   go‘yo   bir   daqi-qaga
to‘xtatib, uzib qo‘yadi va insonni xayolan uning sarhadlaridan olib chiqib ketadi,
shu vaziyatda insonning har bir harakati hayot haqidagi falsafiy fikr-mulohazalari
muayyan bir xarakter kasb etadi». 
Insonning   ijodiy   muammolarni   hal   etishda   ro‘y   beradigan   fikrlashi-dagi
refleksiyani   o‘rganib,   olimlar   uni   fikrlovchi   subyektning   o‘z   –   o‘zini   boshqarish
usuli   (Yu.N.Kulyutkin,   S.Yu.Stepanov   va   boshqalar),   tanqidiy   fikrlash   omili
(I.N.Semyonov),   nazariy   jihatdan   fikrlashning   yuqori   ko‘rsatkichi   (A.Z.Zak,
V.V.Davidov va boshqalar) sifatida ta’rif berib baholaydilar. 
I.S.Ladenko   refleksiyani   intellektual   tizimlarning   o‘z–o‘zini   tashkil
qilishidagi   ahamiyatini   intellektual   faoliyatning   malaka   va   ko‘nikmalarini
takomillashtirish   ehtiyoji   hamda   nutq,   xotira,   tasavvurlarning   ichki   va   tashqi
shakllari haqida psixologik qarashlarni ishlab chiqish zaruriyati bilan bog‘laydi. U
«Refleksiya  –  ichki tasavvurdan tashqi tasavvurga va aksincha biridan boshqasiga
o‘tish,   fikrlash   jarayonida   ushbu   jarayonlarning   interiorizatsiya   (tashqi
omillarning   ichki   omillarga   o‘tishi)si   haqidagi   fikrlarni   shakllantirish   asosi…
Refleksiya   asosida   nafaqat   psixologik   bilimlar,   balki   xotira,   malaka   va
ko‘nikmalar   shakllantiriladi   va   amalda   qo‘llash   usullari   takomillashtiriladi»   deb
hisoblaydi. 
O‘qituvchining   kasbiy   pedagogik   faoliyatida   refleksiya   jarayonini   o‘r-ganib,
ko‘plab olimlar uning kommunikativ hamda kooperativ turlarini us-tun qo‘yadilar,
aynan   ushbu   usullar   o‘qituvchining   pedagogik   faoliyatida   va   o‘quvchilar   bilan
muloqotida   ko‘proq   namoyon   bo‘ladi,   deb   hisoblaydilar   (V.A.Krivosheev,
G.P.Shchedrovitskiy   va   boshqalar).   Biroq,   bizningcha,   pedagogik   faoliyatning
o‘ziga xos xususiyatlari xilma xil bo‘lganligi sabab-li refleksiyaning har bir turini alohida o‘rganib tahlil qilish mumkin emas, zero ular ma’no jihatidan bir – birlari
bilan o‘zaro bog‘liq. 
N.V.Kuzminaning   fikricha,   refleksiyaning   «mazmuni,   sherigining   ichki
dunyosini   o‘zaro   hamkorlik   asosida   subyektiv   qayta   yaratishdan   iborat   bo‘lgan
individlar   bir   –   birlarini   ko‘zgudagi   kabi   aks   ettirishi,   o‘zaro   aks   ettirishning
o‘ziga xos ikki tomonlamalik jarayoni, qolaversa, bu ichki dunyoda, o‘z navbatida,
birinchi tadqiqotchining ichki dunyosi aks etishidir». 
U   refleksiyani   pedagogik   qobiliyatlar   nuqtai   nazaridan   o‘rganib,   ilk   bor
o‘qituvchining   refleksiv   –   perseptiv   qobiliyatlarini   alohida   kompo-nent   sifatida
ajratadi.   N.V.Kuzmina   pedagogik   intuitsiyaning   shakllanishi   refleksiv   pedagogik
qobiliyatlarning   shakllanganlik   darajasiga   bog‘liq   ekanligini   ta’kidlaydi.   «Yaxshi
intuitsiya   o‘qituvchining   izlangan   natija-larga   erishishida   tayanishi   mumkin
bo‘lgan   o‘quvchining   eng   olijanob,   ijobiy   sifatlari   haqidagi   axborotlarni
ekstrapolyatsiyalaganda (bir hodi-sani kuzatish asosida olingan xulosalarni boshqa
vaziyatlarga tatbiq etish) namoyon bo‘ladi». 
Olimning   ushbu   xulosalariga   tayanib,   faraz   qilish   mumkinki,   ekstra-
polyatsiya   jarayoni   o‘z   kasbiy   zahiralaridan,   o‘z–o‘zini   kasbiy   jihatdan
takomillashtirish maqsadida foydalanish imkoniyatini beradi. 
Refleksiv   qobiliyatlarni   o‘qituvchi   pedagogik   faoliyatining   zarur   tarkibiy
qismi   sifatida   hisoblagan   qator   mualliflar   (A.A.Bizyayeva,   V.V.Vetrova,
E.N.Pexota,   I.A.Stetsenko,   I.G.Tatur,   A.V.Xristeva   va   boshqalar)   ularni   bo‘lajak
o‘qituvchilarning   pedagogika   oliy   ta’lim   muassasalarida   o‘qishi   davridayoq
shakllantirish zarurligi haqidagi g‘oyalarni ilgari suradilar. 
A.V.Xristeva refleksiv vaziyatlar mohiyatiga kasbiy faoliyatda ijodiy tizimlar
hosil   qiluvchi   komponent   sifatida   qaraydi.   U   bo‘lajak   o‘qituv-chining   refleksiv
tizimini shakllantirish va rivojlantirish pedagogik fao-liyatda o‘z imkoniyatlarining
zarur ijodiy qismi deb biladi va refleksiv tizimsiz o‘qituvchining yuksak mahoratli
pedagog sifatida takomillashuvi mumkin emas deb ta’kidlaydi olima. 
Pedagogika   oliy   ta’lim   muassasalari   talabalarini   o‘qitish   jarayoni-dayoq
refleksiya mexanizmlarini o‘zlashtirishi o‘qituvchining kasbiy tay-yorgarligi uchun yangi   imkoniyatlar   ochishi   ta’kidlanadi.   O‘qituvchining   refleksiv   individualligi
modelini   yaratishni   hozirgi   kunda   ko‘plab   olimlar   taklif   qilmoqdalar.   Ma’lum
pedagogik   –  psixologik   sharoitlarda  bo‘lajak  o‘qituvchining  shaxsiy   kasbiy   o‘z  –
o‘zini   o‘rganishini   talqin   qilishi   boshlang‘ich   nazariy   asos   va   jadval   vazifasini
o‘taydi. Bo‘lajak o‘qituv-chining professional refleksiyasini oliy pedagogik ta’lim
muassasalari   ta’lim–tarbiya   jarayonini   individualizatsiyalashtirish   asosida
rivojlanti-rish mumkin. 
Kommunikativ   va   shaxsiy   refleksiyani   o‘rgangan   V.A.Krivosheev-ning
ta’kidlashicha, o‘qituvchi o‘z faoliyatida pedagogik mahoratni o‘z-lashtirgani  sari
hamkasblari   va   o‘quvchilar   u   haqida   nima   o‘ylashlarini   ancha   yaxshi   tushuna
boshlaydi,   chuqur   o‘zlashtirilgan   bilim   va   peda-gogik   mahorat   tufayli   o‘qituvchi
o‘z–o‘zini baholashga kirishadi.   Kommunikativ refleksiya shaxsiy refleksiyaning
mazmunini,   tizimini   va   aynan   bir   xilligini   belgilaydi,   –   degan   xulosaga   keladi
muallif. 
Ba’zan   pedagogik   kommunikatsiyada   ro‘y   beradigan   uzilishlar,   ya’ni
o‘quvchilar   jamoasidagi   faoliyatni   «tushunmaslik   holatlari»   tufayli   davom   ettira
olmaslik,   pedagogik   faoliyatdan   refleksiv   chiqishga   olib   keladi,   zero   ikkinchi
o‘qituvchi,   birinchisining   faoliyati   mazmunini   ang-lay   olmaydi   va   natijada
ularning ikkalasi ham nizo sabablarini tahlil qi-lishlariga to‘g‘ri keladi. Individual
refleksiya,   individlararo   refleksiya-ning   alohida   maxsus   shakli,   deb   hisoblaydi
ba’zi olimlar. 
A.A.Bizyayeva   o‘qituvchining   kasbiy   refleksiyasidagi   o‘ziga   xos   jihatlarni
o‘rganar ekan, diqqatini o‘qituvchi refleksiyasining boshqa inson faoliyatini tahlil
qilish va anglash, shuningdek o‘zini tahlil qilish va o‘z – o‘zini baholash zaruriyati
bilan   bog‘liq   bo‘lgan   asosiy   omillariga   qaratadi.   Olimaning   tadqiqotlarida
aniqlanishicha,   o‘qituvchilarning   in-tellektual   refleksiya   darajasi   ularning   kasbiy
refleksiyasiga   bevosita   emas,   balki   uning   mahorat   komponentlari   orqali   bilvosita
bog‘liq. Bu oli-maga intellektual refleksiyani o‘qituvchilarning kasbiy refleksiyasi
rivoj-lanishi uchun asos sifatida baholash imkoniyatlarini beradi. Bizningcha, bular
o‘qituvchining uzluksiz kasbiy o‘sishini ta’minlash uchun tayanch sifatlar sanaladi. Refleksiv   qobiliyat   o‘qituvchiga   pedagogik   bilimlarni   o‘zlashtirish   va
amaliyotda undan foydalanish jarayonida muhim ahamiyatga ega.  «Bu holda, - deb
yozadi   Yu.N.Kulyutkin,   -   o‘qituvchi   o‘zining   pedagogik   ma-horatidan   foydalanib
amaliy   qarorlarni   ishlab   chiqishi   va   qabul   qilishi   jarayonlarini   refleksiya
predmetiga   aylantirishi   lozim.   Buning   uchun   esa   o‘qituvchida   bu   jarayonlarni
tahlil qilishning tegishli tafakkur usullari shakllangan bo‘lishi kerak». 
Rivojlangan pedagogik refleksiyasiz, o‘qituvchi doimiy tahlil va o‘z – o‘zini
tahlil   qilmasdan   amaliy   va   nazariy   pedagogik   faoliyatda   yuzaga   keladigan
muammolarni   va   ziddiyatlarni   chuqur   anglashi,   ularni   doimiy   tahlil   qilishning
yo‘llarini   to‘g‘ri   tanlashi,   olingan   natijalarni   tanqidiy   baholashi   va   ularni
korreksiyalashi mumkin emas. 
G.M.Kodjaspirova pedagogik refleksiyani  insonning o‘z-o‘zini  anglashi  deb,
bunda   «nafaqat   o‘qituvchi   o‘z   xatti–harakatlariga   to‘g‘ri   baho   berishi,   balki,
o‘qituvchi   bilan   pedagogik   muloqot   chog‘ida   o‘zaro   hamkorlik   qiladigan
o‘quvchilar jamoasi, pedagogik jamoa, ta’lim-tarbi-yaga mas’ul shaxslar va ota-
onalar uni qanday qabul qilishini tushuna olish qobiliyati hamdir»  deb ta’riflaydi.
Demak, refleksiya  –  o‘qituv-chining o‘z-o‘zini anglashi o‘zining kamchiligi va zaif
tomonlarini   bilib   o‘z–o‘zini   takomillashtirishga   intilishi,   o‘z
tarbiyalanuvchilarining   ham-da   o‘z–o‘zini   takomillashtirishga   zarur   shart-
sharoitlar yaratishi uchun mavjud ichki imkoniyatlarini kashf etishidir. 
O‘qituvchining   kasbiy   mahoratini   rivojlantirishda   pedagogik
refleksiyaning ahamiyati
Yu.N.Kulyutkina,   Ya.S.Turbovskiy,   P.V.Xudominskiy   kabi   tadqi-qotchi
olimlarning   fikricha,   o‘qituvchining   doimiy   pedagogik   faoliyati,   mazmunan
refleksiv   xususiyatga   ega   bo‘lib,   u   barcha   refleksiv   jarayon-larni   qamrab   oladi.
Qayd   etish   joizki,   hozirgi   kungacha   pedagogik   ref-leksiya   tushunchasining
mukammal tasnifi mavjud emas. Ehtimol maz-kur hodisani o‘rganish psixologiya,
pedagogika,   pedagogik   psixologiya,   falsafa   kabi   fanlarning   o‘zaro   aloqadorligida
amalga   oshirilishi   bilan   bog‘liq   holda   hal   qilinar.   B.Z.   Vulfov,   V.N.Xarkin   kabi
olimlar  ref-leksiyani   –  insonning  o‘z–o‘zini  anglashi…,  kasbiy   refleksiyani   esa  – o‘z–o‘zini   kasbiy   faoliyati   davomida   anglashi,   o‘qituvchi   mahoratida   pedagogik
refleksiyani – pedagogik kasbiy omilkorlikda o‘zini anglashi deb ta’riflaydilar. 
G.M.Kodjaspirova   o‘qituvchining   pedagogik   faoliyati   barcha   qirrala-ri   bilan
refleksiv hodisa bo‘lsa, demak bu pedagogik refleksiya, degan nuqtai nazarni ilgari
suradi. 
Shu   munosabat   bilan   ta’kidlash   joizki,   o‘qituvchining   kasbiy   faoli-yatida
refleksiya   muhim   rol   o‘ynaydi.   B.Z.Vulfovning   fikriga   ko‘ra,   kas-biy   refleksiya
jarayonida   o‘qituvchi   o‘zi   tanlagan   pedagogik   kasbi   talab   qiladigan   darajada   o‘z
imkoniyatlarini,   u   haqdagi   mavjud   tasavvurlarini   pedagogik   tajribasining   muhim
jihatlari   bilan   nisbatlaydi,   va   «ixtiyoriy   ravishda   shaxsiy   pedagogik   mahorat
zanjiri»ni   hosil   qiladi.   Uning   fikr   mulohazasi   L.S.Rubinshteynning   pedagogik
faoliyatdagi   tashqi   sabab-larning   ichki   shart – sharoitlar   asosida   bilvosita   harakati
haqidagi mashhur qoidasini tasdiqlaydi. 
O‘qituvchi   pedagogik   mahoratning   asosiy   xususiyatlaridan   biri   uning
rivojlanishida   uzluksizlikning   mavjudligidir.   Demak,   refleksiv   jarayonda
o‘qituvchining   kasbiy   mahorati,   kasbiy   sifatlari   mavjudmi   yoki   yo‘qmi   deb   qayd
etish   kerak   emas,   balki   ularning   rivojlanishini,   boyib   borishini,   kuchayishini
rag‘batlantirish   inobatga   olinishi   lozim .   Ta’lim   jarayoni   aynan   shunga   xizmat
qilishi kerak, qachonki  bilimlar, ko‘nikma va malakalar  ongli  ravishda o‘z–o‘zini
takomillashtirishga ichki undov bilan qabul qilinsagina u ishlanadi. 
O‘qituvchining   «o‘z–o‘zini   kasbiy   jihatdan   har   tomonlama   mukam-mal
takomillashtirishi»,   hamisha   amalga   oshadigan   faoliyat   emas.   Shun-ga   qaramay,
o‘qituvchining   o‘zi   haqidagi   deyarli   har   qanday   fikr-mulo-hazasi,   kasbiy
refleksiyaning   deyarli   har   bir   jarayoni,   kasbiy   faoliyatni   qiziqarli   qilish   uchun
muhim ahamiyatga ega: chin ko‘ngildan va mehr bilan bajariladigan og‘ir mehnat
ham   kasbiy   faoliyatni   osonlashtiradi,   bu   esa   refleksiyaning   asosiy   mazmun   va
mohiyati asoslaridan biridir. 
Pedagog   olimlar   G.A.Golitsin   va   G.P.Shedrovitskiyning   ishlarida
refleksiyaga o‘qituvchi  pedagogik faoliyati  rivojlanishining asosiy  omili va tabiiy
mexanizmi   sifatida   katta   ahamiyat   berilgan.   G.P.Shedrovitskiy   refleksiyani insonning «ijobiy faoliyatlari majmuasi» nuqtai nazaridan o‘rganishni taklif qiladi.
U   qandaydir   pedagogik   faoliyatni   amalga   oshi-rish   mumkin   bo‘lmasa,   bu   g‘oya
asosida   ushbu   faoliyat   doirasidan   tash-qariga   «refleksiv   chiqish»   tizimi   quriladi,
deb   hisoblaydi.   Bunda   inson   amalga   oshirilmagan   faoliyatdan,   yangi   faoliyat
pozitsiyasiga   o‘tadi   va   «fikran   ma’nolar   qurish»   vositalariga   ega   bo‘ladi,   ulardan
kelib   chiqib,   birlamchi   faoliyatni   tushunadi   va   tavsiflaydi,   bunda   ikkinchi   yangi
fao-liyatda birinchisidan muhim «material» sifatida foydalanadi. 
Olimlarning   bu   kabi   xulosalari   kasbiy   refleksiya   o‘qituvchining   o‘z–o‘zini
rivojlantirishda (bu uning o‘z ijodiy mehnati natijasidan qoniqmasligi aslo mumkin
emasligi bilan belgilanadi) shijoati, kasbiy faoliyatiga oid yangiliklarni muntazam
izlanishida,   ijodkorligida   namoyon   bo‘lishi   bilan   asoslanadi,   demak   refleksiya
o‘qituvchining o‘z–o‘zini kasbiy takomillashtirishiga ham asos bo‘ladi, deb aytish
mumkin. 
Kasbiy   pedagogik   faoliyatda   refleksiv   jarayonlarni   o‘rganib   ta’kid-lash
mumkinki,   refleksiya   nafaqat   pedagogik   faoliyatni   rejalashtirish   bilan   bog‘liq
hodisa,  balki  refleksiya  mohiyatini  kasbiy   faoliyatni  opti-mallashtirish  maqsadida
ham   qo‘llanadi.   Ba’zi   olimlarning   fikricha,   ref-leksiya   –   asrlar   davomida
o‘qituvchining   kasbiy   faoliyatida   to‘planib   kelingan   tajribalarida,   uning   xulq–
atvori, muloqot madaniyati, tafak-kurida yig‘ilgan eski andozalarni, kamchiliklarni
bartaraf   etish   imko-niyatini   beradi   (G.F.Pojmelkina,   E.Yu.Koloshina,
E.V.Frolova). 
O‘qituvchining   kasbiy   refleksiyasiga   pedagogik   fikrlashning   zarur   tarkibiy
qismi   sifatida   qarash   mumkin,   u   o‘qituvchiga   o‘z   kasbiy   faoli-yatiga   tahliliy
yondashishni,   o‘zining   pedagogik   faoliyatdagi   o‘rnini   aniqlash   va
rejalashtirilayotgan   ishlarda   ijobiy   natijalarga   erishish   uchun   pedagogik
faoliyatni   maqsadli   o‘zgartirishning   optimal   yo‘llari   va   konstruktiv   vositalarini
topish imkoniyatini beradi. 
Refleksiyaning   kasbiy   qiyinchiliklarni   engishdagi   rolini   o‘rgangan
V.A.Metayevaning   ishlari   hozirgi   kunning   eng   dolzarb   tadqiqotlaridan   biri
sanaladi.   Olima   refleksiyaning   rivojlanganlik   darajasi   «o‘qituvchi-ning   kasbiy faoliyatidagi   qiyinchiliklarni   samarali   hal   qilishning   asosi   bo‘lmish»   pedagogik
mahorat   natijasida   muvaffaqiyatlarga   erishishiga   bog‘liq,   degan   xulosaga   keladi.
Biroq,   bizning   fikrimizcha,   o‘qituvchi   pedagogik   faoliyatida   muvaffaqiyatlarga
erishishi   unda   refleksiyaning   mukammal   rivojlanganlik   darajasini   belgilamaydi,
aksincha   ta’lim-tarbiyada   o‘qituvchining   muvaffaqiyatga   erishishi,   o‘z   faoliyati
natija-laridan   qoniqishi,   o‘qituvchining   shakllangan   kasbiy   pedagogik   reflek-
siyasiga bog‘liq. 
Pedagogik   refleksiya   o‘qituvchiga   o‘z–o‘zini   kasbiy   jihatdan   tako-
millashtirish   manbalarini   o‘z   bilimi   va   imkoniyatlaridan   izlab   topishda
ko‘maklashadi hamda uning rivojlanishini ta’minlaydi. 
Inson   psixikasi   ichki   tizimlari   tashqi   ijtimoiy   faoliyat   strukturasini   qizg‘in
o‘zlashtirish jarayonida shakllanishini, tashqi faoliyatning ichki faoliyatga o‘tishini
ta’minlaydigan   interiorizatsiya   (tashqi   omillarning   ichki   omillarga   o‘tishi)
nazariyasiga   (P.Jane,   J.Piaje,   A.Vallon,   A.A.Leontev   va   boshqalar)20   asoslanib,
aytish   mumkinki,   kasbiy   reflek-siyaning   rivojlanish   muammosi   o‘qituvchining
pedagogik mahoratini oshirish asosi sifatida o‘rganiladi. 
O‘qituvchi   o‘z   faoliyatini   muntazam   tahlil   qilmasligi   aslo   mumkin   emasligi
isbotlangan,   bu   o‘qituvchidan   kasbiy   faoliyati   davomida   atro-fidagi   insonlar
(o‘quvchi,   ota-ona,   hamkasblari)   bilan   muntazam   kommu-nikativ   munosabatni
tashkil   etish   pozitsiyasida   tura   olishini   talab   qiladi,   o‘qituvchida   bu   faoliyat
subyekti   sifatida   o‘ziga   refleksiv   munosabatni   shakllantiradi,   bu   esa   ijtimoiy
munosabatlar   interiorizatsiyasi   (tashqi   omillarning   ichki   omillarga   o‘tishi)
natijalarini o‘zida aks ettiradi.  Demak, refleksiya, garchi ong funksiyasi sanalsada,
kishilarning   o‘zaro   munosabatlari   yig‘indisi   ta’sirida   shakllanadi   va   inson
psixikasiga sezdirmasdan o‘tadi, u o‘z navbatida, inson faoliyatini ongli ravishda
o‘zgartirish mazmunini belgilaydi. 
Ma’lumki,   har   qanday   kasbiy   faoliyat   obyektni   o‘zgartirish   jarayoni   bo‘lib,
ayni paytda, subyektning o‘zini ham o‘zgartirish jarayonidir, fao-liyatning sifat va
samaradorligini oshirish esa shaxsning faoliyat  subyekti  sifatida takomillashuviga
olib   keladi   yoki   aksincha   bo‘lishi   ham   mumkin.   Bu   qoida   A.A.Leontevning «shaxsni   tadqiq  qilishning   to‘g‘ri  yo‘li   ijtimoiy  munosabatlarda   subyekt   faoliyati
natijasida   o‘zi   –   o‘zini   hara-katlantirish   evaziga   hosil   bo‘ladigan
transformatsiyalarni   (shakl   yoki   qiyofaning   o‘zgarishi)   o‘rganishdan   iborat»
ekanligi   haqidagi   xulosasi   refleksiv   jarayonlarni   o‘rganish   uchun   ham   asos
sanaladi. 
O‘qituvchi   pedagogik   faoliyatini   o‘rganishga   bag‘ishlangan   ko‘p   yillik
tajribalar   asosida   qilingan   nazariy   xulosalar   pedagogik   mahoratning   rivojlanish
jarayonini   beshta   elementdan   iborat   tizim   asosida   o‘rganish   imkoniyatini   beradi.
Bu   o‘qituvchining   kasbiy   refleksiyasi   rivojlangani   sari   kechadigan   va   uning
asosida   uzluksiz   pedagogik   kasbiy   mahoratini   va   o‘z   –   o‘zini   takomillashtirish
imkoniyatini ta’minlaydigan jarayonlarni chuqurroq tushunishni ta’minlaydi .
O‘z–o‘zini   bilish   jarayoni   o‘qituvchining   pedagogik   mahorati   doira-sida
ma’lumotlarni   qayd   qilish   darajasida   kechadi,   bunda   refleksiyaning   passiv   shakli
ustuvorlik   qiladi.   O‘qituvchi   pedagogik   faoliyatida   yuzaga   kelayotgan   turli
qiyinchiliklar   va   muammolarning   sabablarini,   erishila-yotgan   yutuqlar   va
natijalarni shunchaki qayd qilib boradi. 
O‘z   –   o‘zini   anglash   jarayoni   o‘qituvchining   o‘z   faoliyati   va   unda   o‘ziga
nisbatan   «metapozitsiya»   (noaniq  pozitsiyada)da   turib,  o‘ziga   tashqaridan   qarash,
o‘zini   kuzatish   malakasini   ko‘zda   tutadi.   Bunda,   interiorizatsiya   (tashqi
omillarning   ichki   omillarga   o‘tishi)   hodisasi   amalga   oshadi,   kasbiy
qiyinchiliklarning   kelib   chiqish   sabablari   rasmiy- lashtiriladi;   faoliyatdan
ko‘zlanadigan   asosiy   maqsad   aniqlanadi,   refleksiv   –   «MEN»   shakllanadi.   Bu
o‘qituvchining dolzarb rivojlanish zonasi bilan bog‘liq. 
O‘z   –   o‘zini   belgilash   jarayonida   boshlang‘ich   daraja   kasbiy   ehti-yojlarni
hisobga   olib   belgilanadi   va   jadal   imkoniyatlar   asosida   faoliyat   rejalashtiriladi.
Strategik,   taktik   va   tezkor   vazifalar   shakllantiriladi.   Haqi-qiy   «MEN»   va   ideal
«MEN»   nisbatlanadi21.   Bu   o‘qituvchining   eng   yaqin   rivojlanish   darajasi22   bilan
bog‘liq. 
O‘z   –   o‘zini   rivojlantirish   jarayonida   o‘qituvchining   kasbiy   faoliyati
davomida   takomillashtirilgan   pedagogik   mahorati,   refleksiyalangan   (ya’-ni   avval foydalanilgan   va   ularning   samaradorligini   baholash   natijasida   tobora   optimal
bo‘lib chiqqan metodlar) harakat usullari va metodlarining o‘sishi sodir bo‘ladi. 
O‘z – o‘zini nazorat  qilish   o‘qituvchi  pedagogik faoliyati  jarayonida nazariy
va amaliy tajribalar  asosida,  o‘z – o‘zini kasbiy jihatdan nazorat qilib, pedagogik
mahoratini   yanada   takomillashtirib   borishning   ikkinchi   shakli   boshlanishini
nazarda tutadi. 
Yuqorida   ta’kidlanganidek,   refleksiya   muammosi   nafaqat   pedago-gika,
psixologiya, falsafa, mantiq kabi  fanlarda, balki boshqa fanlarda ham  o‘rganiladi.
Bu   tushuncha   talqiniga   biz   ta’lim   rivojlanishining   fal-safiy   kons   epsiyasi
(V.V.Krayevskiy,   B.T.   Lixachyov,   Ya.S.Turbovskiy   va   boshqalar.)   g‘oyalari
nuqtai   nazaridan   yondashamiz.   Bu   holatda   kishining   dunyo,   jamiyat,   o‘zining   bu
dunyodagi   o‘rni   haqidagi   tobora   umumiy,   keng   tushunchalarining   pedagogik
voqelik bilan aloqasi refleksiya predmeti sanaladi . Ta’kidlash joizki, dastlab ongda
bilim-larning   falsafiy   refleksiya   oqimidagi   tahlili   kechadi,   keyin   u   pedagogik
nazariya tarkibiga kiradi va uning bir qismiga aylanadi, so‘ngra faoliyatni nazariy
jihatdan   anglashning   boshlang‘ich   nuqtasi   bo‘lib   qoladi.   Shu   tariqa   inson   o‘z
ongini,   faoliyatini   rivojlantirish   mexanizmlarini   egallash   va   ularni   maqsadli
boshchqarish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. 
B.G.Ananev, inson xarakterining shakllanish  jarayonini  tahlil qilib, refleksiv
xossalar  shaxsning boshqa sifatlariga qaraganda ancha kech shakllanishini  aytadi.
Uning   fikricha:   «inson   hayoti   davomida   o‘zaro   munosabatlarning   ko‘plab
obyektlari   orqali   o‘tadi,   natijada   uning   ongi   o‘z-o‘zini   anglash   obyektiga
aylanadi. O‘zining xulq–atvor subyekti sifatida ko‘p marotaba anglash tajribasini
to‘plash va unga muno-sabatlar, biz refleksiya deb ataydigan xarakterga aylanishi
uchun, xulq–atvorda uni muntazam qo‘llash talab qilinadi». 
Ushbu   fikr   kasbiy   refleksiyaning   rivojlanishi,   buning   natijasi   o‘laroq,
shaxsning faoliyat xususiyatlari bilan balgilangan refleksiv qirralari shakllanishini
ta’minlaydigan   ma’lum   sharoitlar,   vaziyatlarni   yaratish   zaruriyati   haqida   xulosa
qilish imkoniyatini beradi.  Shunday   qilib,   olimlarning   tadqiqotlariga   tayanib,   ta’kidlash   mum-kinki,
o‘qituvchining   kasbiy   pedagogik   mahoratini   rivojlantirish   muam-mosini   faqat
uning   kasbiy   refleksiyasini   takomillashtirish   asosida   hal   qilish   mumkin.   Kasbiy
pedagogik   refleksiya   nafaqat   kasbiy   faoliyat,   bal-ki,   bilim,   ko‘nikma   va
malakalarning   o‘sishini   ta’minlaydi   hamda   ushbu   faoliyatni   takomillashtirish
asosi ham sanaladi. 
Har   qanday   o‘qituvchi   o‘z–o‘zini   tarbiyalash   va   o‘z–o‘zini   rivojlan-tirishga
hatto juda kuchli intilishi bo‘lsa ham, o‘zining shaxsiy rivojlanish dasturini maxsus
malakalarsiz belgilay olmaydi, bu pedagogik faoliyatdagi muvaffaqiyatga erishish,
o‘qituvchining o‘z ustida ishlashga tayyorgarligi, uning o‘z–o‘zini tahlil qila olishi,
o‘z–o‘zini tashhislash qobiliyatining qanchalik shakllanganligi bilan bog‘liq. 
Pedagogik   tashxislash   asosida   o‘qituvchining   kasbiy   rivojlanishini
ta’minlash usullari
O‘qituvchi   pedagogik   mahoratini   oshirish   sohasida   olib   borilayotgan
tadqiqotlarda   ko‘plab   olimlar   pedagogik   mahoratni   rivojlantirish   haqida   fikr
bildirishib,   bu   jarayonning   asosiy   zahirasi   o‘qituvchining   o‘z   faoliyati   tahliliga
doimiy   intilishida   (V.I.Zagvyazinskiy,   Yu.K.Konar-jevskiy,   Yu.P.Lvova,   I.P.
Rachenko,   L.I.Ruvinskiy,   V.P.Simonov,   V.A.Suxomlinskiy,   Ya.S.Turbovskiy,
T.I.Shamova   va   boshqalar);   uning   refleksiv   qobiliyatlarini   takomillashtirish
(A.A.Bizyayeva,   V.V.Vetrova,   N.V.Kuzmina,   E.N.Pexota,   I.A.Stetsenko   va
boshqalar);   refleksiv   pozit-siyasini   (A.V.Xristeva)   rivojlantirishning   o‘ziga   xos
pedagogik   reflek-siyasiga   bog‘liq   bo‘lganligi   uchun   uni   pedagogik   fikrlashni
shakllantirish   bilan   bog‘lab,   shu   tariqa   (Yu.N.Kulyutkin,   G.S.Suxobskaya)
o‘qituvchi   pedagogik   refleksiyasini   rivojlantirish   mumkin   (B.Z.Vulfov,
G.M.Kodjaspirova,   N.V.Kuzmina,   Yu.N.Kulyutkin,   I.N.mesyonov,
S.Yu.Stepanov,   G.S.Suxobskaya,   N.V.Xarkin,   A.V.Xristeva   va   bosh-qalar.)   deb
ta’kidlaydilar.   Ko‘pchilik   olimlar   refleksiyani   o‘qituvchi   tomonidan   o‘zining
faoliyati   va   uning   natijalarini   tahlil   qilish   va   o‘zini   baholash   jarayonida
rivojlanishini  aytadi va «refleksiyani  boshqarish imkoniyati va zaruriyati shundan
iboratki,   o‘qituvchi   uzluksiz   ta’limning   qaysi   sohasida   faoliyat   ko‘rsatmasin, o‘zining   ongli   ravishda   ichki   ta’sirini   (o‘z–o‘zini   o‘ylashga   va   fikrlashga   majbur
qilish)   va   tashqi   ta’sirini,   shaxsiy   o‘quv   jarayonida   boshqarib   qo‘llay   oladi»   deb
ta’kidlaydilar. 
Ilmiy   adabiyotlar   tahlili   va   kasbiy   refleksiyani   o‘qituvchi   pedagogik
faoliyatining   tarkibiy   qismi   va   uning   pedagogik   mahoratini   rivojlantirish   asoslari
sifatida   qarash   (15.2.   -   bo‘lim),   shuningdek   qayd   qiluvchi   eks-periment   natijalari
kasbiy   refleksiyani   rivojlantirish   usullarini   izlash   zaruriyatini   keltirib   chiqaradi.
Shu   sababli   kasbiy   pedagogik   faoliyatning   turli   sohalari   bilan   shug‘ullangan
olimlar   tashhis   (diagnostika)   va   tashhislash   (diagnozlash)   mazmuniga   yanada
batafsil to‘xtalganlar. 
Tashhislashga, ya’ni diagnostikaga   bilishning alohida usuli sifa-tida qarash
qabul qilingan (grekchadan tarjima qilganda, diagnosis – tanib olish demakdir23).
Biz   pedagogik   tashxislash   so‘zining   o‘rniga   pedagogik   diagnostika   so‘zini
ishlatishni lozim topdik. 
Pedagogik   diagnostika   mazmun   va   mohiyatiga   qarab   ko‘plab   funksiyalarni
bajaradi.
Uning   tahliliy   vazifasi   o‘quv–tarbiyaviy   jarayondagi   yutuq   va
kamchiliklarning   kelib   chiqish   sabablari   va   oqibatlarini,   ularning   o‘zaro
bog‘lanishlarini aniqlash va chora tadbirlar ishlab chiqishga qaratilgan. 
Aslida   diagnostik   funksiya   o‘quvchining   ta’lim   olganligi,   tarbiyalan-ganligi
va rivojlanganligini aniqlash uchun qo‘llaniladi, biroq, o‘qituv-chining ham kasbiy
komponentlik darajasini o‘rganishda muhim ahami-yat kasb etadi. 
Pedagogik   diagnostikaning   baholash   vazifasi   ma’muriyat   tomonidan   olib
borilib,  alohida  o‘qituvchi   yoki   alohida  o‘quvchi   faoliyatida  erishgan   yutuqlar  va
kamchiliklar yuzasidan sifat ko‘rsatkichlarni miqdor jihatdan baholaydi. 
Diagnostikaning   korreksion   vazifasi   o‘quv   –   tarbiyaviy   jarayonni
o‘qituvchining pedagogik faoliyati yuzasidan korreksiyalashni (to‘g‘ri yo‘naltirish)
ta’minlaydi   va   o‘qituvchining   kasbiy   jihatdan   o‘z   –   o‘zini   rivojlantirish   va
pedagogik   mahoratini   oshirish   uchun   sidqidildan   kiri-shishga   faolligini
ta’minlaydi.  Diagnostikaning   yo‘nalishni   oriyentatsion   (aniqlash)   vazifasi ning   maqsadi
pedagogik   jamoa   va   alohida   o‘qituvchilar   faoliyatida   mavjud   bo‘lgan
muammolarni   uzluksiz   hal   etishni   muvofiqlashtirib   borishdir.   Pedagogik
diagnostikaning   oriyentatsion   vazifasi   natijalari   haqida   doimiy   xabarlarni
informatsion (axborot) vazifa ta’minlaydi. 
Shu   o‘rinda   diagnostika   (tashhis)   va   diagnostikalash   (tashhislash)   tu-
shunchalarining   farqi   va   qanday   ma’no   berishini   bilish   lozim.   Diag-nostikani
soddalashtirilgan   ko‘rinishda   «tashhisni   aniqlash»24   deb   qarasak,   unda
diagnostikalash   (tashhislash)   bu   jarayonning   tashhisni   qo‘yish   metodlari
yig‘indisidir. Shu bois pedagogik faoliyatning o‘ziga xos jihatlarini e’tiborga olib,
uni   o‘rganishda   diagnostikalash   (tash-hislash)   terminini   qo‘llash   o‘rinliroq
ko‘rinadi. Umuman diagnostikalash terminini tashxislash deb atalsa ham maqsadga
muvofiq bo‘ladi. 
Pedagogik tashhislash deganda pedagogik tizimni (shuningdek uning alohida
tarkibiy qismlarini) tadqiq qilish metodlarining jamlanmasini tushunamiz, ulardan
foydalanish   samaradorligi   ma’lum   tashkiliy   –   pedagogik   shart   –   sharoitlar   bilan
bog‘liq holda shakllanadi. 
Pedagogik   tashhislashning   yaxlitligi25   uning   nafaqat   o‘qituvchi   peda-gogik
faoliyatini   o‘rganishning   diagnostik   jihatlarini,   balki   aniqlangan   sabab   va
oqibatlarning   bir–biri   bilan   o‘zaro   bog‘lanishi   asosida   har   bir   o‘qituvchining
pedagogik qiyinchiliklarni bartaraf etishning optimal yo‘llari va vositalarini topish
imkoniyatini   beradigan   konstruktiv   –   prog-nostik   nuqtai   nazardan   ta’minlaydi,
o‘qituvchi   pedagogik   mahoratining   rivojlanish   istiqbollarini   belgilab,   uning
faoliyat   yuritish   dinamikasini   kuzatish   orqali   tanlangan   mehnat   shakllari
samaradorligini baholash imkoniyatini beradi. 
O‘qituvchi pedagogik faoliyatini tashhislashning turli aspektlarini o‘rganishga
bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot ishlarining soni ko‘p. 
Ayni   paytda   o‘qituvchilar   uchun   eng   zarur   hislatlarni   aniqlab   olish
imkoniyatini   beradigan,   o‘qituvchilik   kasbining   professiogrammasi   ( ma’-lum
tizimga   keltirilgan,   mehnatni   psixologik   tomondan   o‘rganib,   kelgusi   amaliy faoliyatda   foydalanishga   qaratilgan,   kasbni   har   tomonlama   batafsil   yoritib
beruvchi   yo‘nalish )   psixolog   olimlar   (R.Z.Gaynutdinov,   M.G.Davletshin,
S.Jalilova, A.Jabborov) tomonidan ishlab chiqilib amalda qo‘llanilmoqda. Olimlar
o‘qituvchi  professiogrammasi,  muayyan fan tomonidan  o‘qituvchiga qo‘yiladigan
maxsus   talablarni   o‘z   ichiga   qamrab   olishini,   o‘qituvchi   o‘zi   tanlagan   fan
yuzasidan   qanday   talablar   qo‘yilishini   mukammal   bilishini   aytib,   shu   asosda
o‘quv-tarbiya   jara-yonini   tashkil   qilishni,   pedagogika   oliy   ta’lim   muassasalarida
muayyan mutaxassislik bo‘yicha “O‘qituvchi professiogrammasi” ishlab chiqilishi
zarurligini   ta’kidlaydilar.   Hozirgi   kunda   umumta’lim   maktablari   o‘qituv-
chilarining   pedagogik   faoliyatini   takomillashtirish   uchun   ishlab   chiqilgan
professiogrammaga   asoslanib,   o‘qituvchilarni   tashhislashning   ushbu   me-todidan
foydalanib   kelinadi.   Biroq   ushbu   professiogramma   o‘qituvchi-ning   kun   sayin
o‘zgarib   turuvchi   jamiyat   talablariga   muvofiq   shaxsiy   dunyoqarashini,   ongini,
mafkurasini boyitish dinamikasini to‘liq aks ettira olmaydi. 
Pedagogik   faoliyatni   tadqiq   etish   mantiqi,   pedagogik   tashhislashning   turli
metodikalarini  birlashtirish zaruriyati N.V.Kuzminaning ishlarida keng yoritilgan.
Tadqiqotning   so‘rov,   kuzatish,   baholash   (reyting),   o‘z   –   o‘zini   baholash,   juft
qiyoslash, sotsiometriya va eksperiment  kabi metod-larini o‘rganar  ekan, u aynan
«o‘z–o‘zini baholash, o‘z–o‘zini anglash usullaridan biri sifatida shaxsning barcha
imkoniyatlarini   namoyon   qilishga,   uning   xulqiga,   xarakteriga,   faoliyat   sur’atiga
ta’sir etishini» ta’kidlaydi. O‘qituvchining pedagogik bilim va malakalari tizimini
tav-siflab,   N.V.Kuzmina   o‘qituvchining   bilish   va   o‘rganish   malakalari   ichi-dan
uning   pedagogik   faoliyati   uchun   zarur   bo‘lgan   afzalliklarni   va   nuqsonlarni   ongli
ravishda   bilib   tuzatish   yoki   takomillashtirish   maqsa-dida   tahlil   qila   olish
qobiliyatini ajratib ko‘rsatadi. 
I.P.Rachenkoning fikricha, o‘qituvchining o‘zi, o‘z shaxsi haqidagi tasavvuri,
ijobiy   MEN   –   konsepsiyasini   shakllantira   olishi   uning   ijodiy   faolligini
rivojlantirishning kafolati sanaladi. 
Yuqorida   bayon   qilingan   fikrlar   o‘qituvchining   kasbiy   refleksiyasi,   o‘z   –
o‘zini   yuqori   darajada   baholashni   ta’minlab,   o‘qituvchiga   o‘z   peda-gogik mahoratini   takomillashtirish   yo‘lidan   maqsadli   faoliyat   olib   borish   imkoniyatini
beradi. 
O‘qituvchining   pedagogik   mahoratini   oshirishning   asosiy   yo‘li   –   bevosita
ta’lim   muassasasida   ilmiy   asosda   tashkil   qilingan   tadqiqotchilik   ishi,   deb
hisoblagan   V.P.Simonov   mohir   o‘qituvchi   shaxsi   va   faoliyati   samaradorligini
tashhislash   uchun   asosiy   kasbiy   ahamiyatli   ko‘rsat-kichlarning   tizimini   va
taxminiy   mazmunini   ishlab   chiqdi.   U   taklif   qilgan   metodikalar,   muallifning
fikricha,  nafaqat  o‘qituvchining  ta’lim   faoliyati,  balki   u  bilan   o‘zaro  faoliyat   olib
boradigan   o‘quvchilarning   o‘quv   fao-liyati   samaradorligini   ham   aniqlash
imkoniyatini   beradi.   O‘qituvchining   ahamiyatga   molik   bo‘lgan   kasbiy   sifatlarini
tashhislash   natijalarini   olim   uch   xil   yo‘nalishda   baholaydi:   optimal,   yo‘l
qo‘yiladigan   va   tanqidiy   daraja   bo‘yicha.   V.P.Simonov   hamma   vaqt   ham   ijobiy
natija   beraver-maydigan   tekshiruvchilarning   yuzaki   yondashuvi   o‘qituvchilarning
kasbiy faoliyatini ma’lum darajada buzadi yoki noto‘g‘ri kategoriyalaydi, ularning
pedagogik   tashabbuskorligini   va   mustaqilligini   so‘ndiradi,   olim   har   bir
o‘qituvchida   o‘z   pedagogik   faoliyatini   «ishonchli   va   isbotli»   natijalar   bilan
baholash   va   uning   natijalari   hamda   samaradorligi   haqida   gapirish   malakasini
rivojlantirish zarurligini aytadi. 
Kasbiy   pedagogik   faoliyatni   tahlil   qilish   va   o‘z–o‘zini   tahlil   qilishni
o‘qituvchi   faoliyati   va   refleksiv   pozitsiyasi   nuqtai   nazaridan   tuzatish   va
takomillashtirish   maqsadida   pedagogik   vazifalarni   hal   qilishga   qaratilgan
pedagogik   malakalar   yig‘indisi   sifatida   qarab,   A.V.Xristeva   analitik   malakalar
tizimini   analitik   faoliyat   tizimi   bilan   nisbatlaydi.   U   kasbiy   pedagogik   faoliyatni
tahlil va o‘z – o‘zini tahlil qilishning quyidagi bosqichlarini ajratib ko‘rsatadi: 
1. Mazmunli – diagnostik (tayyorlov - moslashuv) bosqich; 
2.   Maqsadli   loyihalashtirish   (tahlil   va   o‘z–o‘zini   tahlil   qilishdan   maqsadni
aniqlashtirish) bosqichi; 
3.   Texnologik   (kasbiy   pedagogik   faoliyat   jarayonini   va   o‘z–o‘zini   tahlil
qilish) bosqich;  4.   Tahlil   va   o‘z–o‘zini   tahlil   qilishning   nazariy   (pedagogik   faoli-yatning
mohiyati,   natijalari   bilan   pedagogik   faoliyat   jarayoni   o‘rtasidagi   aloqalarning
sabab va oqibatlarini nazariy anglash) bosqichi; 
5.   Faoliyatni   refleksiv   baholash   (faoliyatni   baholash   va   refleksiv   tahlil)
bosqichi; 
6.   Korreksiyalash   (ijodiy   bosqich   bo‘lib,   o‘z   pedagogik   faoliyatini   nazariy
jihatdan   anglash   va   baholash   asosida   takomillashtirish   va   ham-kasblarining
samarali   pedagogik   tajribalaridan   ijodiy   foydalanish   yo‘llari   va   usullari
belgilanadi) bosqichi. 
Muallif   taklif   qilgan   analitik   faoliyat   algoritmi   interiorizatsiya   (tash-qi
omillarning ichki omillarga o‘tishi) jarayonida tashqi faoliyatning ichki faoliyatga
o‘tish   mexanizmi   qanday   rivojlanishi,   ichkisi   esa,   o‘z   navbatida,   tashqi   faoliyat
orqali   o‘z–o‘zini   o‘zgartirishini   (uning   davo-mida   o‘qituvchilar   kasbiy
refleksiyasining   rivojlanishi   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   analitik   darajasi   o‘zgaradi)
tushunish imkoniyatini beradi. 
N.A.Evert, A.I.Sosnovskiy, S.N.Kuliyev pedagogik mahorat tizi-midan uchta
asosiy: estetik (axloqiy), ijtimoiy–psixologik va texnologik kabi tarkibiy qismlarni
ajratib,   o‘qituvchi   pedagogik   mahoratining   diagnostik   dasturini   ishlab   chiqishadi
va quyidagi bloklarni farqlaydilar: 
- yuksak ma’naviy barkamollik; 
- o‘qituvchining individual – psixologik xususiyatlari; 
- hamkasblari bilan pedagogik hamkorlik; 
- pedagogik texnikani o‘zlashtirish; 
- shaxsiy kasbiy xususiyatlari; 
- ijobiy natijalarga oson erishish. 
O‘qituvchining   ijtimoiy–psixologik   shakllanishida   o‘z   ustida   ishlashi
murakkab   tizimga   ega.   Bunda   o‘qituvchi   ekstensiv,   taxminiy,   metodo-logik,
kommunikativ, psixologik hamkorlikda ijodkorlik vazifalarini bajaradi. Diagnostik
dasturda   o‘qituvchi   kasbiy   tayyorgarlik   jarayonida   tadqiqotchilik,   mohirlik,
reproduktiv   (xotirada   saqlash),   rasmiy   –   ijro-chilik   kabi   faoliyat   bo‘yicha muntazam   ish   olib   boradi.   Ushbu   faoliyat   dasturlari   ayniqsa,   yosh
o‘qituvchilarning   pedagogik   faoliyatida   duch   keladigan   ijtimoiy   munosabat,
sinfdan qo‘rqish, o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatda ziddiyat hosil bo‘lishi kabi
psixologik to‘siqlarni engishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Olimlarning   pedagogik   mahorat   tahliliga   bu   kabi   chuqur   yonda-shuvida
barcha o‘zaro bog‘langan tizimlarni birdaniga qamrab olish amalda mumkin emas.
Natijalar   haddan   ziyod   katta   hajmda,   tarqoq   bo‘ladi,   eng   asosiysi,   bu   holda
pedagogik   mehnatning   alohida   bo‘g‘inlari   tahliliga   chuqur   yondashib   bo‘lmaydi.
Umuman   pedagogik   faoliyat   doi-miy   ravishda   o‘z-o‘zini   tahlil   etish,   o‘qituvchi
refleksiyasi   rivojlani-shining   tashabbuskori   bo‘la   oladigan   o‘ziga   xos
«tezlashtiruvchi» rolini o‘ynamog‘i kerak. 
O‘qituvchi faoliyatini pedagogik tashxislash
V.A.Suxomlinskiy   pedagogik   faoliyatga   shunday   ta’rif   beradi:   « pedagogik
rahbarlikning   sirlaridan   biri   o‘qituvchilarda   muntazam   izla-nish   va   o‘z   ishining
tahliliga   qiziqish   uyg‘otishdan   iborat.   Kimki   o‘z   darslarida,   tarbiyalanuvchilar
bilan   o‘zaro   munosabatlarda   yaxshi   va   yomonni   farqlashga,   yutuq   va
kamchiliklarini   o‘z   vaqtida   bilishga   urin-sa,   pedagogik   faoliyatning   yarim
muvaffaqiyatiga erishgan bo‘ladi ». 
Xuddi   shu   nuqtai   nazardan   ilgari   surilgan   g‘oyani   V.I.Zagv-yazinskiyda
ko‘ramiz:  u « har bir  o‘qituvchi  mustaqil  ravishda  o‘z  imko-niyatlarini  aniqlashi,
o‘z   qobiliyatlarini   va   pedagogik   mahoratini   rivoj-lantirishi   kerak.   O‘zida   ko‘p
narsani   kashf   qilish,   tavsiya   qilinganlardan   ko‘pini   sinab   ko‘rish,   baholash
lozim…   o‘qituvchi   o‘zini   o‘zi   yaratadi,   kosib   yoki   ijodkor   bo‘lishini   ham   o‘zi
belgilaydi ». 
O‘zining   pedagogik   tajribasini   tahlil   qilib,   o‘qituvchi   o‘z   diqqatini   tobora
muvaffaqiyatli   jihatlarga   qaratadi,   o‘zining   ish   samaradorligini   pasaytirayotgan
pedagogik   muammolarni   va   qiyinchiliklarni   ham   ko‘ra   olib,   uni   bartaraf   etish
yo‘llarini topadi. 
Pedagogik   faoliyatda   uchraydigan   qiyinchiliklarning   dastlabki   tad-qiqlaridan
birini   N.V.Kuzminada   ko‘ramiz.   U   o‘qituvchi   duch   keladigan   dastlabki qiyinchiliklarni   « pedagogik   faoliyatning   tashqi   omillari   keltirib   chiqaradigan   va
ichki omillarning xarakterida, kishining faoliyatga ta’limiy, ma’naviy va jismoniy
jihatdan   tayyorgarligida   paydo   bo‘la-digan   keskinlik,   beparvolik,
qoniqmaganlikning subyektiv holatidir » deb ta’riflaydi . 
T.S.Polyakovaning   ishi   endigina   o‘z   faoliyatini   boshlayotgan   o‘qi-tuvchilar
duch   keladigan   tipik   didaktik   qiyinchiliklarga   bag‘ishlangan.   U   didaktik
qiyinchiliklarga   shunday   ta’rif   beradi:   « Didaktik   qiyinchiliklar   –   o‘qituvchining
ta’lim   jarayonidagi   qiyinchiligi   bo‘lib,   uni   hal   qilish   uchun   shart─sharoitlar
yo‘qligi,   keskinlik,   beparvolik,   o‘z   ishidan   qoniqmaganlikning   psixologik   holati
yoki aksincha, uni bartaraf qilish uchun sharoitlar ta’minlangani holda pedagogik
mahoratni   takomil-lashtirish,   pedagogik   «fikrlashni»,   malaka   va   ko‘nikmalarni
rivojlan-tirishni   ta’minlaydigan   tetiklik,   mobilizatsion   tayyorgarlik,   emotsional
ko‘tarinkilik holatining mavjud emasligi ». 
T.S.Polyakova   pedagogik   faoliyatdagi   qiyinchiliklar   va   ziddiyatlar   uzoq
muddat   hal   qilinmaganda,   muvaffaqiyatsizlik   vaziyatida   nafaqat   psixologik
uzilishlar,   balki   o‘z–o‘zini   baholashning   pastligi,   pedagogik   mahoratni
takomillashtirishning   tormozlanish   manbasi   sifatida   salbiy   rol   o‘ynashini   aytadi.
Pedagogik vazifalarga faol munosabatning zarur sharti bo‘lgan   rag‘batlantiruvchi
vazifa   esa   ijobiy   rol   o‘ynashini   ta’kidlab,   o‘qituvchining   shaxsiy   pedagogik
mahorati zahirasini safarbar qiladi, uni ijodiy fikrlashni rag‘batlantirish manbai deb
hisoblaydi. 
Qiyinchiliklarning pozitiv roli uning indikatorlik (hisoblovchi) vazi-fasi bilan
ham   belgilanadi.   « Indikatorlik   vazifasi   pedagogik   mahoratning   shakllanish
jarayonini tormozlovchi obyektiv omillarni ajratadi, biroq u o‘z – o‘zini baholash
tarzida   subyektiv   namoyon   bo‘lishi,   shaxs   uchun   faoliyatning   tobora   qiyin
jihatlarini aniqlab berishi mumkin ». 
Demak,   o‘z   pedagogik   faoliyatini   endigina   boshlagan   yosh   o‘qituv-chi   aslo
jismonan va ruhan bo‘shashishi,  butunlay osoyishtalikka  beri-lishi  mumkin emas.
Bu   tuyg‘u   psixologiya   fanida   relaksatsiya   deb   atalib,   kishilarning   ish   faoliyatida
salbiy holatlariga beriladigan baho sifatida e’tirof etiladi.  Pedagogik va psixologik adabiyotlar tahlili, qiyinchilik – insonning subyektiv
psixologik   holati   ekanligini,   u   hamma   vaqt   ham   tashqi   kuza-tuvchi   tahlil   uchun
qulay emas degan xulosa qilishga imkon berishini, bu esa hech kim o‘qituvchining
kasbiy qiyinchiliklarini uning o‘zidan ko‘ra yaxshiroq aniqlay olmasligini va ularni
bartaraf   qilish   yo‘llarini   ham   o‘zidan   boshqa   kishi   topa   olmasligini   ta’kidlaydi.
Demak,   o‘qituvchining   pedagogik   faoliyatida   kasbiy   qiyinchiliklarini   tadqiq
qilishning yanada qulay yo‘li bu, o‘z–o‘zini tashxislash hisoblanadi. 
Shu   bilan   birga   psixologik   mashg‘ulotlardan   biri   bo‘lgan   “Autogen
trenirovka”   ham   muhim   ahamiyatga   ega.   “Auto   –   o‘z-o‘ziga   ta’sir”   ma’nosini
bildirib,   o‘qituvchi   o‘z–o‘ziga   ta’sir   o‘tkazgan   holda   kasbiy   faoliyatida   duch
keladigan qiyinchiliklarni engib borishi mumkin. 
Ya.S.Turbovskiyning   fikricha,   kasbiy   takomillashuvning   salbiy   «energetik
asosi» bo‘lgan qoniqmaslik hissi, rivojlanishda to‘xtab qolganlikni chin ko‘ngildan
his etish sanaladi. « Buyruq, chaqiriq va nazorat emas, balki aynan o‘qituvchining
o‘z faoliyatidan qoniqmaslik hissi, yuzaga kelgan pedagogik ziddiyatni boshqacha
qilishga,   buning   uchun   yangi   vositalarni   izlab   topishga   va   uni   o‘zlashtirishga
ongli   ravishda   intilishini   ta’minlaydi,   qiyinchilik   va   ziddiyatlarni   bartaraf
etishdan,   shaxsan   o‘zi   hal   qilgan   tadqiqotchilik   vazifasidan   ijodiy   quvonish,
qoniqish   hissi   –   o‘qituvchi   kasbiy   komponentining   asosiy   manbasiga   aylanadi,
aniqrog‘i, aylanishi mumkin ». 
Ya.S.Turbovskiy   tomonidan   ishlab   chiqilgan,   pedagogik   tajribani   diagnostik
o‘rganish nazariyasi va metodikasi har bir pedagogik jamoada va jamoaning har bir
a’zosida   pedagogik   kasbiy   faoliyat   xususiyatlarini   o‘rganishda   yagona   maqsad
uchun   harakatlanishga   imkoniyat   beradi,   bu   o‘z   navbatida   o‘qituvchining
pedagogik mahoratini oshirish mexanizmini yaratish uchun zamin hozirlaydi. 
Pedagogik tashxislash  kons epsiyasi  pedagogika fani va ta’lim muas-sasalari
amaliyotining   o‘zaro   hamkorlik   jarayonini   boshqarish   imko-niyatini
ta’minlaydigan uchta metodologik asosni o‘z ichiga oladi: 
- ma’lum bir pedagogik mahorat pozitsiyasini egallash; 
- ma’lum bir maqsadga yo‘nalganlik;  - pedagogik mahoratni egallashga bo‘lgan ehtiyoj. 
Turli   boshqaruv   tizimlari   nuqtai   nazaridan   aynan   bir   xil   natijalar   u   yoki   bu
muammoning   dolzarbligi   bilan   belgilanadigan   turlicha   ahamiyat   kasb   etishi
mumkin. Ish tajribasidan foydalanish hajmi va miqyosi ham har xil bo‘ladi. Kons
epsiya mualliflari integratsion fan yutuqlaridan foydalanish samaradorligi, olimlar
erishgan   natijalar,   amaliyotchilar   unga   ehtiyoj   sezgan   joyga   borib   etishi,   ilmiy
bilimlarning ma’lum bir maq-sadga yo‘nalganligiga bog‘liqligini ta’kidlaydilar. 
Fanning   u   yoki   bu   tarzdagi   tavsiyalari   pedagogikada   ma’lum   bir   maqsadga
yo‘naltirilgan   g‘oyalar   bilan   ta’minlashdan   avval   amaliyot   asosida   aniqlangan
ehtiyoj   bo‘lishi   kerak.   O‘qituvchi   mehnatini   o‘rganish   jarayonida   qator   shart
sharoitlarga   rioya   qilish   ko‘zda   tutiladi.   A.K.Markovaning   fikricha,   nafaqat
o‘qituvchilik   kasbida   uzoq   o‘tmish   tajribalaridan   foydalanish   darkor,   balki
o‘qituvchi   kasbiy   rivojlanishining   eng   yaqin   va   olis   istiqbollarini   ham   o‘tmish
tajribalaridan foydalanish asosida belgilash zarur. 
Shu   munosabat   bilan   pedagogik   tashxis   pedagogik   faoliyatda   erishi-ladigan
yutuqlarni   belgilovchi   (prognostik)   xarakter   kasb   etganida   sam-rali   bo‘lishini
ta’kidlamoqchimiz. Olimlar tomonidan olib borilgan tajriba ishlari jarayonida shu
narsa aniqlandiki, pedagogik mahoratni tad-qiq qilishning belgilovchi (prognostik)
xarakteri bevosita o‘qituvchining kasbiy refleksiyasiga tayanadi. 
Bu   o‘qituvchining   ta’lim–tarbiya   jarayonida   paydo   bo‘ladigan   muammosi
aynan nimadan iboratligini va uning sababi aynan nima ekan-ligini aniqlash, sabab
va   oqibatlarini   pedagogik   qiyinchilik   oqibati   bilan   qorishtirmaslikka   imkoniyat
beradi.   Bunda   pedagogik   tashxislashning   o‘qituvchi   kasbiy   faoliyatini   tezkor
korreksiyalash imkoniyatini bera-digan o‘ziga xos indikatorlik (hisoblash) vazifasi
namoyon bo‘ladi. 
O‘qituvchining o‘z potens ial imkoniyatlarini baholash diagnostika davomida
har qanday holatda ham e’tiborga olinishi lozim, - deb ta’kidlaydi A.K.Markova, -
unga   ishonch   bildirish   kerak,   uning   kasbiy   faoliyatiga   bahoni   oshirib   yoki
pasaytirib   qo‘yish   o‘qituvchi   kasbiy   rivojlanishini   to‘xtatib   qo‘yishi   mumkin.
Ushbu   o‘qituvchining   indivi-dual   rivojlanish   mantiqini   hisobga   olish   maqsadga muvofiqdir.   O‘qi-tuvchining   yutuqlarini   boshqa   o‘qituvchilarning   yutuqlari   bilan
emas, balki o‘zining oldingi yutuqlari bilan ham taqqoslash kerak. 
Shaxsiy   pedagogik   faoliyatni   o‘z–o‘zida   tahlil   qilish   jarayonida   o‘qi-tuvchi
o‘zining   ta’lim–tarbiyaviy   faoliyati   natijalari   va   xususiyatlarining   holatini
o‘rganadi,   pedagogik   ziddiyatlar   o‘rtasidagi   sabab   va   oqibatli   bog‘lanishlarni
aniqlaydi,   o‘quvchilarga   ta’lim   va   tarbiya   berishni   yanada   takomillashtirish
yo‘llarini   belgilaydi,   -   deb   ta’kidlaydi   L.E.Pleskach.   Olimning   fikriga   ko‘ra,
“Refleksiya   –   o‘z–o‘zini   tahlil   qilish   bo‘lib,   o‘z–o‘zicha   belgilangan   maqsadga
erishish   emas,   balki   bilim   olish,   tajriba   orttirish   usuli,   ijodga,   kasbiy   jihatdan
takomillashishga nisbatan rag‘batlantirishdir”. 
Ilmiy adabiyotlar tahlili, shuningdek o‘qituvchi faoliyatida peda-gogik tajriba
o‘qituvchilar   pedagogik   mahoratini   oshirishning   diagnostik   metodikalaridan
foydalanish   va   olingan   natijalar   tahlili   pedagogik   tash-xislashni   o‘qituvchining
kasbiy refleksiyasi rivojlanishini ta’minlaydigan usullardan biri sifatida baholashga
imkoniyat beradi.  FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
Asosiy adabiyotlar:
1. Хоliqоv А. Pеdаgоgik mаhоrаt (darslik). -T., 2011.
2. Аzizхodjаеvа   N.N.   Pеdаgоgik   texnologiya   va   pеdаgоgik   mаhоrаt   (o‘quv
qo‘llanma)   .  –T., 2006.
3. Зиёмухаммедов   Б.   Педагогик   махорат   асослари.   (ўқув   қўлланма).     -Т.,
2009.
4. Боубекова   Г.Д.,   Холикова   Г.Т.,   Магзумова   Г.   Педагогичес k ое
мостерство. Учебное пособия. Т.: 2002 
Qo‘shimchа аdаbiyotlаr
1. Ibragimov   X.,   Yoldoshev   U.   va   boshqalar   Pеdаgоgik   psixologiya   (o‘quv
qo‘llanma)    .  -T., 2007. 
2. Оchilоv Mаllа.  Muаllim qаlb mе`mоri. – T., 2000. 
3. Pirmuhаmmеdоvа   M. Pеdаgоgik mаhоrаt аsоslаri.-T.: 2001. 
4. Kаrimоvа V. “Mustаqil fikrlаsh” mеtоdik qo‘llаnmа. -T.: - 2000 y. 
5. Hаmdаmоvа   M.   Yoshlаrning   intеllеktuаl   sаlоhiyatini   rivоjlаntirish
mехаnizmining pеdаgоgik-psiхоlоgik аsоslаri (uslubiy tаvsiyalаr), 2007. 
6. Tоlipоv   O‘.Q.,   Usmоnbоеvа   M.   Pеdаgоgik   tехnоlоgiyalаrning   tаtbiqiy
аsоslаri.-T.. 2006. 
7. Hоdiеv   B.Y.,   Bоltаbаеv   M.R.   “Оliy   o‘quv   yurtidаgi   tаrbiyaviy   ishlаrgа
psiхоlоgik yondаshuvlаr”. -T.: 2009.

O‘QITUVCHI PЕDАGОGIK FАОLIYATIDА KАSBIY RЕFLЕKSIYANING O‘RNI Reja: 1. Kаsbiy rеflеksiya vа pеdаgоgik fаоliyat. 2. O‘qituvchining kаsbiy mаhоrаtini rivоjlаntirishdа pеdаgоgik rеflеksiyaning аhаmiyati. 3. Pеdаgоgik tаshхislаsh аsоsidа o‘qituvchining kаsbiy rivоjlаnishini tа`minlаsh usullаri. 4. O‘qituvchi fаоliyatini pеdаgоgik tаshхislаsh.

Kasbiy refleksiya va pedagogik faoliyat Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq, butun mamlakat miqyosida ta’lim va tarbiya, ilm - fan, kasb - hunar o‘rgatish tizimlarini tubdan isloh qilishga kirishildi. Belgilangan maqsadlar muvaffaqiyatli amalga oshiri-lib, hozirgi kunda ta’lim sohasida yuksak samaradorliklarga erishilmoq-da. Bunda o‘qituvchilar bilan birga keng jamoatchilik, butun xalqimiz-ning fidokorona mehnatini e’tirof etib, Prezidentimiz I.A.Karimov o‘zi-ning “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” asarida quyidagi fikrlarni bayon etadi: “Maktab, ta’lim-tarbiya masalasi davlat va jamiyat nazora-tida bo‘lishi asosiy qonunimizda belgilab qo‘yilgan. Shu bilan birga, bu keng jamoatchilik, butun halqimizning ishtiroki va qo‘llab-quvvatlashini talab qiladigan umummilliy masaladir. Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargoh-larida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim-tarbiya olishiga bog‘-liq. Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko‘rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish – ta’lim-tarbiya sohasida fidokorona mehnat qilayotgan o‘qituvchilarning asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi kerak”. Bu ulkan javobgarlik hissi o‘qituvchilarda pedagogik mahorat qirra-larining turli jarayonlarini hozirgi zamon talablari darajasida takomil-lashtirishni talab etadi. So‘nggi yillarda pedagog va psixolog olimlar o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatida fikrlash hamda analitik qobili-yatlarni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlamoqdalar. Bu qobiliyatlar asosini esa, o‘qituvchining kasbiy refleksiyasi tashkil etadi. Refleksiya (lot. «reflexsio» - orqaga qaytish) – «har tomonlama bar-kamol rivojlangan insonning o‘z xatti – harakatlari va ularning qonu-niyatlarni anglashga qaratilgan nazariy faoliyat shaklidir; inson ma’naviy dunyosining o‘ziga xos yashirin hislatlarini ochib beradigan o‘z–o‘zini bilishga va anglashga qaratilgan faoliyatdir».

Ilk bor refleksiya tushunchasi qadimgi Yunon falsafasida yuzaga kelgan va insonning o‘z ongida kechayotgan mulohazalari haqida, o‘zi fikr yuritishi jarayoni, o‘z fikrlari mazmunini tahlil qilishga e’tiborini jalb qilishni anglatgan (Dekart). Sokrat, Platon, Lokk va boshqa yunon faylasuflari refleksiyani insonning o‘z– o‘zini bilishga, nimalarga qodir ekanligini e’tirof etishga qaratilgan faoliyati ekanligini ta’kidlashadi. Kant, Gegel, Fixte, Shelling kabi yevropa faylasuflari esa refleksiyaga insonning bilish qobiliyatlarini rivojlantirish asosi sifatida qarashganlar. Leybnits kons epsiyasiga muvofiq refleksiya insonning appersepsiyaga (idrokning inson o‘tmishidagi tajribasiga va individual xususiyatlariga bog‘liqligi) qodirlik xususiyati sifatida tilga olinadi. Bugungi zamonaviy falsafada esa refleksiya nazariy va amaliy jihat-dan farqlanadi. Birinchisi, inson tomonidan tushunchalarning rivojlanish jarayoni, yagona tushuncha doirasida bir ta’rifdan boshqasiga o‘tish im-koniyatini beradigan metod sifatida; ikkinchisi esa, individual harakat yoki fikrni tushuncha bilan nisbatlash jarayoni, bunda nisbatlash o‘lchovi ustidan nazorat ta’minlanishi15 kerak. Hozirgi kunda falsafiy kategoriya sifatida o‘rganilayotgan refleksiya psixologiya, sotsiologiya, sinergetika, mantiq, andrologika, evkistika, kibernetika va boshqa ko‘plab murakkab fanlarning tadqiqot obyekti sifatida e’tirof etilib tadqiq qilinmoqda. Biz «refleksiya» kategoriyasiga pedagogika va psixologiya nuqtai nazaridan ta’rif beramiz va uning mo-hiyatini o‘rganishda o‘qituvchilar kasbiy faoliyatidagi o‘rnini tahlil qilishga batafsil to‘xtalamiz. Psixologiyada refleksiya «subyekt tomonidan o‘zining ichki psixik jarayoni va holatlarini bilish, nazorat qilish» mazmunida talqin qilinadi. O‘qituvchining pedagogik faoliyatida, refleksiyaning shaxsga nisbatan ahamiyatini o‘rganishda bu tushunchaning ijtimoiy psixologik nuqtai nazar-dan ta’rifi mukammal ekanligi e’tirof etiladi, unda refleksiya insonning borliqda boshqa insonlar tomonidan qanday qabul qilinishi va baholanishi sifatida qaraladi: refleksiya – «shunchaki subyektning o‘z–o‘zini bilishi yoki tushunishi emas, balki boshqalar tomonidan «refleksiyalanuvchini»17 qanday bilishi» va uning shaxsiy xususiyatlarini, emotsional18 reaksi-yalarini va

kognitiv tasavvurlarini ham tushunishini o‘z ichiga oladi. Shaxsning psixik rivojlanishini boshqarish imkoniyatlarini ilmiy jihatdan o‘rganib, S.L.Rubinshteyn insonning mavjudligini va uning ijti-moiy borliqqa nisbatan munosabatlarini refleksiya bilan bog‘laydi: «Refleksiya – bu insonning uzluksiz hayot jarayonini go‘yo bir daqi-qaga to‘xtatib, uzib qo‘yadi va insonni xayolan uning sarhadlaridan olib chiqib ketadi, shu vaziyatda insonning har bir harakati hayot haqidagi falsafiy fikr-mulohazalari muayyan bir xarakter kasb etadi». Insonning ijodiy muammolarni hal etishda ro‘y beradigan fikrlashi-dagi refleksiyani o‘rganib, olimlar uni fikrlovchi subyektning o‘z – o‘zini boshqarish usuli (Yu.N.Kulyutkin, S.Yu.Stepanov va boshqalar), tanqidiy fikrlash omili (I.N.Semyonov), nazariy jihatdan fikrlashning yuqori ko‘rsatkichi (A.Z.Zak, V.V.Davidov va boshqalar) sifatida ta’rif berib baholaydilar. I.S.Ladenko refleksiyani intellektual tizimlarning o‘z–o‘zini tashkil qilishidagi ahamiyatini intellektual faoliyatning malaka va ko‘nikmalarini takomillashtirish ehtiyoji hamda nutq, xotira, tasavvurlarning ichki va tashqi shakllari haqida psixologik qarashlarni ishlab chiqish zaruriyati bilan bog‘laydi. U «Refleksiya – ichki tasavvurdan tashqi tasavvurga va aksincha biridan boshqasiga o‘tish, fikrlash jarayonida ushbu jarayonlarning interiorizatsiya (tashqi omillarning ichki omillarga o‘tishi)si haqidagi fikrlarni shakllantirish asosi… Refleksiya asosida nafaqat psixologik bilimlar, balki xotira, malaka va ko‘nikmalar shakllantiriladi va amalda qo‘llash usullari takomillashtiriladi» deb hisoblaydi. O‘qituvchining kasbiy pedagogik faoliyatida refleksiya jarayonini o‘r-ganib, ko‘plab olimlar uning kommunikativ hamda kooperativ turlarini us-tun qo‘yadilar, aynan ushbu usullar o‘qituvchining pedagogik faoliyatida va o‘quvchilar bilan muloqotida ko‘proq namoyon bo‘ladi, deb hisoblaydilar (V.A.Krivosheev, G.P.Shchedrovitskiy va boshqalar). Biroq, bizningcha, pedagogik faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlari xilma xil bo‘lganligi sabab-li refleksiyaning har bir turini

alohida o‘rganib tahlil qilish mumkin emas, zero ular ma’no jihatidan bir – birlari bilan o‘zaro bog‘liq. N.V.Kuzminaning fikricha, refleksiyaning «mazmuni, sherigining ichki dunyosini o‘zaro hamkorlik asosida subyektiv qayta yaratishdan iborat bo‘lgan individlar bir – birlarini ko‘zgudagi kabi aks ettirishi, o‘zaro aks ettirishning o‘ziga xos ikki tomonlamalik jarayoni, qolaversa, bu ichki dunyoda, o‘z navbatida, birinchi tadqiqotchining ichki dunyosi aks etishidir». U refleksiyani pedagogik qobiliyatlar nuqtai nazaridan o‘rganib, ilk bor o‘qituvchining refleksiv – perseptiv qobiliyatlarini alohida kompo-nent sifatida ajratadi. N.V.Kuzmina pedagogik intuitsiyaning shakllanishi refleksiv pedagogik qobiliyatlarning shakllanganlik darajasiga bog‘liq ekanligini ta’kidlaydi. «Yaxshi intuitsiya o‘qituvchining izlangan natija-larga erishishida tayanishi mumkin bo‘lgan o‘quvchining eng olijanob, ijobiy sifatlari haqidagi axborotlarni ekstrapolyatsiyalaganda (bir hodi-sani kuzatish asosida olingan xulosalarni boshqa vaziyatlarga tatbiq etish) namoyon bo‘ladi». Olimning ushbu xulosalariga tayanib, faraz qilish mumkinki, ekstra- polyatsiya jarayoni o‘z kasbiy zahiralaridan, o‘z–o‘zini kasbiy jihatdan takomillashtirish maqsadida foydalanish imkoniyatini beradi. Refleksiv qobiliyatlarni o‘qituvchi pedagogik faoliyatining zarur tarkibiy qismi sifatida hisoblagan qator mualliflar (A.A.Bizyayeva, V.V.Vetrova, E.N.Pexota, I.A.Stetsenko, I.G.Tatur, A.V.Xristeva va boshqalar) ularni bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogika oliy ta’lim muassasalarida o‘qishi davridayoq shakllantirish zarurligi haqidagi g‘oyalarni ilgari suradilar. A.V.Xristeva refleksiv vaziyatlar mohiyatiga kasbiy faoliyatda ijodiy tizimlar hosil qiluvchi komponent sifatida qaraydi. U bo‘lajak o‘qituv-chining refleksiv tizimini shakllantirish va rivojlantirish pedagogik fao-liyatda o‘z imkoniyatlarining zarur ijodiy qismi deb biladi va refleksiv tizimsiz o‘qituvchining yuksak mahoratli pedagog sifatida takomillashuvi mumkin emas deb ta’kidlaydi olima. Pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarini o‘qitish jarayoni-dayoq refleksiya mexanizmlarini o‘zlashtirishi o‘qituvchining kasbiy tay-yorgarligi uchun