logo

O‘QITUVCHI PЕDАGОGIK FАОLIYATIDА KОMPYUTЕR TЕХNОLОGIYALАRIDАN FОYDАLАNISH

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

34.044921875 KB
O‘QITUVCHI PЕDАGОGIK FАОLIYATIDА KОMPYUTЕR
TЕХNОLОGIYALАRIDАN  F ОYDАLАNISH
Reja:
1. Pеdаgоgik   mаhоrаtni   оshirishdа   zаmоnаviy   ахbоrоt   
tехnоlоgiyalаrining аhаmiyati.       
2. Tа`lim-tаrbiya jаrаyonidа kоmpyutеr imkоniyatlаridаn fоydаlаnish.   
3. O‘qituvchining   kоmpyutеr   tехnоlоgiyalаri   аsоsidа   o‘quvchilаr   
bilimini nаzоrаt qilishi.   
4. O‘qituvchidа   zаmоnаviy   ахbоrоt   tехnоlоgiyalаri   imkоniyatlаridаn
fоydаlаnish mаlаkаlаrini shаkllаntirish yollari. Pedagogik  mahoratni   oshirishda  zamonaviy  axborot  texnologiyalarining
ahamiyati
Ta’lim   jarayoniga   zamonaviy   axborot   texnologiyalarini   joriy   etish   va   bunda
o‘qituvchilarning   ko‘nikma   va   malakalarini   oshirish   to‘g‘risida   O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot
tarmog‘ini   tashkil   etish   to‘g‘risida»gi   2005-yil   28-sentyabrdagi   PQ-191   sonli
Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Kompyuterlashtirishni
yanada   rivojlantirish   va   axborot   kommunikatsiya   texnologiyalarini   joriy   etish
chora-tadbirlari   to‘g‘risi-da»gi   2002-yil   6-iyundagi   200-sonli,   “O‘qituvchi
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomil-
lashtirish   to‘g‘risida”gi   2006-yil   16-fevraldagi   25–sonli   qarorlarining   qabul
qilinishi   mazkur   masalaga   davlat   siyosatining   ustuvor   yo‘nalishi   sifatida   e’tibor
qaratilayotganligidan dalolat beradi. 
O‘quv   jarayonida   zamonaviy   axborot   texnologiyalarini   qo‘llash   ta’lim
metodlarining   samaradorligini   oshirishga,   o‘qituvchilar   mehnat   faoliyatining
o‘zgarishiga,   ularning   pedagogik   mahoratlarini   takomil-lashtirishga,   pedagogik
tizimlarning   tarkibiy   o‘zgarishiga   samarali   ta’sir   etadi.   Bu   esa   pedagogik
jarayonlarni axborotlashtirishni tashkil etish va boshqarishda o‘ziga xos vazifalarni
qo‘yadi. 
Pedagogik   ta’lim   jarayonlarini   zamonaviy   axborot   texnologiyalari   asosida
samarali tashkil etish:
   masofaviy   o‘quv   kurslarini   va   elektron   adabiyotlarni   yaratuvchi   jamoa
o‘qituvchilar,   kompyuter   dasturchilari,   tegishli   mutaxassislarning   birgalikda
faoliyat olib borishini; 
 o‘qituvchilar o‘rtasida vazifalarning bir maromda to‘g‘ri taqsim-lanishini; 
  ta’lim   va   tarbiya   jarayonini   yanada   mukammal   tashkil   qilishni   ta-
komillashtirish   va   pedagogik   faoliyatning   samaradorligini   oshirish   monitoringini
tashkil etish imkoniyatini yaratadi. 
ZAMONAVIY   AXBOROT   TEXNOLOGIYALARI   ASOSIDA
O‘QITUVCHINING PEDAGOGIK FAOLIYATIDA:   ta’limning   texnologik   asosini   zamon   talablari   darajasida   rivoj-lantirish
bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab jarayon engillashadi; 
  dars   jarayonini   zamonaviy   texnik   vositalar   asosida   tashkil   etish   uchun
maxsus ko‘nikma va malakalar shakllantiriladi; 
  masofaviy kurslarning ochiqligi tufayli ularning sifatiga bo‘lgan talablar
va o‘quv materiallarining sifatini nazorat qilishga ehtiyoj paydo bo‘ladi; 
  talim   jarayonida   o‘quvchilarning   mustaqil   faoliyati   takomil-lashadi,
dars jarayonining samaradorligi o‘qituvchidan o‘quv-chiga ko‘chadi; 
  o‘quv jarayonini tashkil etishda, o‘quvchining tashkilotchiligi va shaxsiy
ishtiroki ortadi; 
  zamonaviy   kommunikatsiya   texnologiyalaridan   foydalanish   aso-sida
o‘qituvchi   pedagogik   faoliyatida   har   bir   o‘quvchi   bilan   teska-ri   aloqasi
vujudga kelishi ta’minlanadi. 
Jamiyatning   har   bir   a’zosi,   o‘zining   kundalik   faoliyatida,   uzluksiz   ravishda
turli   axborot   resurslaridan   foydalanadi.   Doimiy   ravishda   ortib   borayotgan
axborotlar   hajmi   jamiyatdagi   intellektual   salohiyatning   oshi-shiga   xizmat   qiladi.
Modomiki   shunday   ekan,   o‘qituvchi   ham   o‘z   kasbiy   va   pedagogik   mahoratini
zamonaviy axborot texnologiyalari oqimi aso-sida oshirib borishi mumkin. Har bir
o‘qituvchi   mehnat   faoliyati   jarayo-nida   axborot   texnologiyalaridan   unumli
foydalanishi   uchun   avvalo   o‘z   axborot   muhitini   shakllantirishga   zamin   yaratishi
kerak.   Zamonaviy   axborot   texnologiyalari   o‘z   muhitida   axborot   obyektlarini,
ularning   o‘za-ro   aloqasini,   axborotlarni   yaratish,   tarqatish,   qayta   ishlash,   to‘plash
tex nologiyalari   va   vositalarini,   shuningdek,   axborot   jarayonlarining   tashkiliy   va
huquqiy tarkibini mujassamlashtiradi. 
Hozirgi   kunda   o‘qituvchi   ta’lim-tarbiya   jarayonida   o‘quvchilarning
imkoniyatlari   va   talablarini   inobatga   olishi   zarur.   O‘qituvchi   tomonidan   targ‘ib
etilayotgan   ta’lim   va   tarbiya   tizimi   shaxsga   yo‘naltirilgan   xarak-terda   bo‘lishi,
ya’ni   shaxsning   har   xil   xususiyatlari   va   sifatiga   e’tibor   qilgan   holda
tabaqalashtirilgan bo‘lishi kerak.  Har   qanday   ta’lim   va   tarbiya   tizimi   ma’lum   bir   ijtimoiy,   ilmiy-tex-nik,
iqtisodiy,   madaniy   va   nihoyat,   siyosiy   muhitda   shakllanadi   va   rivoj-lanadi.   Bu
muhitlarning   eng   ustuvori   ijtimoiy-iqtisodiy   omillardir.   Ilmiy-texnik   taraqqiyot,
madaniy   va   siyosiy   muhit   ijtimoiy-iqtisodiy   o‘zgarish-larni   rivojlantirishi   yoki
sekinlashtirishi mumkin. Ta’lim tizimi jami-yatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy
rivojlanishining   asosiy   vazifalarini   amalga   oshirishga   xizmat   qiladi,   chunki
umumta’lim   maktablari,   oliy   ta’lim   muassasalari   insonni   iqtisodiyot,   madaniyat,
siyosiy   jihatdan   hayotda   qizg‘in   faoliyat   ko‘rsatish   uchun   tayyorlaydi.   Shuning
uchun   ham   ta’lim   muassasalari   o‘qituvchisi   ta’lim-tarbiya   jarayonining   tayanch
bo‘g‘ini sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. 
Shu   bilan   bir   qatorda,   hozirgi   kunda   umumta’lim   maktablari   va   oliy   ta’lim
muassasalari o‘qituvchilari o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar va ilmiy-texnik
taraqqiyot   o‘zining   ifodasini   kechikib   topmoqda.   O‘qi-tuvchi   va   o‘quvchilarning
fikrlashi   va   qabul   qilish   faoliyatida   yangi   g‘o-yalar,   yangi   zamonaviy   axborot
texnologiyalarini o‘zlashtirish ma’lum bir vaqtni talab etadi. 
Shaxsga   yo‘naltirilgan   o‘qitish,   birinchi   navbatda,   ta’limning   para-
digmasini   o‘zgartiradi.   Agar   ta’lim   tizimida   o‘qitish   ustuvor   sanalgan   bo‘lsa,
hozirgi   kunda   jamiyatning   axborotlashuvi   davrida   ustuvorlik   o‘qishga   va
o‘rgatishga   yo‘naltirilgan.   Shu   sababdan   ta’limning   o‘qi-tuvchi-darslik-o‘quvchi
paradigmasi   o‘quvchi-darslik-o‘qituvchi   paradig-masi   bilan   o‘rin   almashmoqda.
O‘qituvchi endilikda yangi statusga ega bo‘ladi, endi uning vazifasi o‘quvchilarda
mustaqil bilim olish imko-niyatlarini yaratish va ijodiy faoliyatlarini tashkil etish,
bilimlarni   mus-taqil   egallash   va   ularni   amaliyotda   qo‘llashga   o‘rgatishdan   iborat.
O‘qi-tuvchi bunday maqsadlarda o‘qitishning metodlari, texnologiyalarini shunday
tanlashi   kerakki,   u   o‘quvchilarga   nafaqat   tayyor   bilimlarni   o‘z-lashtirishlarida,
balki   bilimlarni   turli   manbalardan   izlash,   mustaqil   egal-lash,   o‘zlarida   shaxsiy
nuqtai   nazarning   shakllanishi,   uni   asoslashi   va   avvalgi   egallangan   bilimlardan
yangilarini   olishda   foydalanish   imko-niyatini   yaratishi   kerak.   Bunday   o‘qitishni
“rivojlantiruvchi”   ham   deb   atash   mumkin.   Bilimlarni   o‘zlashtirish   fikrlashni
rivojlantiruvchi   muhim   omil   hisob-lansada,   bilimlarni   har   qanday   o‘zlashtirish yoki egallash o‘quvchining fikrlashiga rivojlantiruvchi ta’sir ko‘rsatmaydi. Buning
uchun   bilimlarni   o‘zlashtirishning   faoliyat   shakllarini   faollashtirish   lozim.
Egallangan bi-limlarni oddiygina qaytarish o‘quvchilarning mustaqil fikrlashlarini
rivoj-lantirishda yetarli manba bo‘lolmaydi. Faol bilish, mustaqil fikrlash fao-liyati
juda zarurdir. Bilimlarni mustaqil egallash faoliyati va olingan bilimlarni qo‘llash
jarayoni   yangi   bilimlarning   shakllanishiga,   o‘quv-chining   samarali   fikrlash
manbaiga aylanadi. 
Shu   sababdan   mamlakatimizda   va   jahonning   rivojlangan   davlatlarida   ta’lim
sohasini   isloh   qilish   jarayonida   pedagogik   texnologiyalarning   rivojlanishi,   zarur
axborotlarni  mustaqil  izlab topish, muammoni qo‘ya bilish va uning echimini hal
etish,   olingan   bilimlarni   tanqidiy   tahlil   eta   olish   va   ushbu   bilimlar   asosida   yangi
masalalarni   echishda   qo‘llash   uchun   yo‘naltirilgan.   Endilikda   shaxsga
yo‘naltirilgan ta’limning zaruriy-ligi barchaga ayon bo‘lmoqda. 
Shaxsga   yo‘naltirilgan   o‘qitish   –   bu   o‘quvchining   yosh   va   shaxsiy
xususiyatlarini, qobiliyati va imkoniyatlarini inobatga oluvchi, ilg‘or pedagogik va
axborot   texnologiyalaridan   o‘quvchi   shaxsini   rivojlantirish-da   samarali
foydalanuvchi   o‘qitishdir.   Shunday   qilib,   shaxsga   yo‘nal-tirilgan   o‘qitishda
o‘qitishni tabaqalashtirish va individuallashtirish aso-siy tamoyil sifatida qaraladi. 
Zamonaviy  axborot  texnologiyalari   shakl  va   mazmunining  rang-barangligi   –
o‘quvchining qiziqishi, imkoniyati va shaxsiy xususiyat-laridan kelib chiqib taklif
etilayotgan   holatlardan   tanlash   imkoniyatini   beradi.   Bunday   imkoniyat   ta’lim
tizimida   ham   o‘z   aksini   topishi   zarur.   O‘qituvchining   har   xil   sathli   o‘qitishni
zamonaviy   axborot   texnolo-giyalari   asosida   tashkil   etishi   bunday   muammoning
echimi bo‘la oladi. 
O‘quv   mashg‘ulotlarini   o‘quvchilarning   kundalik   fanlar   majmuasi   va   ular
bo‘yicha   berilgan   kundalik   topshiriqlar   majmuasi   asosida   belgi-lanishi,   har   bir
o‘tilgan mavzuni keyingi darsda so‘rab baholanadigan qilib tashkil etilishi ko‘plab
muammolarni   keltirib   chiqaradi.   Bunday   holda   o‘quvchilar   biron   bir   fanga
o‘zlarining asosiy diqqat-e’tiborini to‘liq qarata olmaydilar. Bunday notugalliklarni
bartaraf etishda, modulli o‘qitish eng yaxshi echim hisoblanishi mumkin.  Zamonaviy  jamiyatda   ta’lim  tizimini   rivojlantirishning  strategik  yo‘nalishi  –
bu   insonning   turli   sohalarda   maqsadli   mustaqil   faoliyat   asosida   intellektual   va
axloqiy rivojlanishidir. Bunda uchta asosiy vazifaga e’tibor qaratiladi: 
1. Ta’lim tizimini isloh etish. 
2.  Mustaqil   faoliyat   tamoyilini   ta’lim   va   tarbiyaning   asosiy   tamoyili   sifatida
e’tirof etish. 
3.   Ta’lim   va   tarbiya   jarayoniga   zamonaviy   axborot   texnologiyalarini   joriy
etish. 
Zamonaviy insonning o‘qish jarayoni faqat bog‘cha, umumta’lim maktablari,
akademik   litseylar   yoki   kasb-hunar   kollejlari,   oliy   ta’lim   muassasalari   bilan
tugamaydi.   Inson   butun   umri   davomida   ta’lim   olishi   zarur,   ya’ni   ta’lim   uzluksiz
bo‘lishi   kerak.   Demak,   uzluksiz   ta’lim   –   davr   talabidir.   Zero,   bu   muammo
zamonaviy   axborot   texnologiyalariga   bo‘l-gan   ehtiyojni   yanada   shakllantirishi
shubhasiz. 
XXI   asr   –   axborotlashtirish   asrida   ta’lim   sohasini   axborotlashtirish,   har   bir
ta’lim muassasasidan: 
- o‘qitish va o‘qish jarayonining; 
- ta’lim muassasasi boshqarilishining; 
- ta’lim muassasasi bo‘linmalarining; 
- ta’lim muassasasi faoliyati muhitining axborotlashtirilishini talab qiladi. 
Hozirgi   ta’lim   muassasalarida   kompyuter   texnologiyalaridan   foyda-lanish
imkoniyatlarini   takomillashtirish,   ta’lim   jarayonida   bunday   texno-logiyalarni
qo‘llashning   eng   muhim   ko‘rsatkichlaridan   biri   ekanligi   pedagog   olimlar
tomonidan   e’tirof   etilmoqda.   Jumladan,   U.Sh.Begim-qulov   ta’lim   muassasalarida
kompyuter   axborot   muhiti   va   hozirgi   zamon   talablariga   javob   bera   oladigan
darajadagi   axborot   bazasini   yaratish   zaru-rligini,   gipermatn   va   multimedia,
o‘qitishda   immitatsiya,   kommunikat-siya   tizimlarini   rivojlantirishni,   zarur
axborotlarni   kompyuter   texnikasi   yordamida   kiritish,   tizimlashtirish,   saqlash   va
foydalanish uchun tavsiya qilinadigan ma’lumotlar bazasini yaratishni taklif etadi.
Shu boisdan, o‘qituvchi kadrlarning zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyat- laridan   foydalanib   bilim,   ko‘nikma   va   malakalarini   shakllantirish   maq-sadida
hamda   o‘qituvchilar   pedagogik   mahoratlarini   hozirgi   zamon   talab-lari   asosida
takomillashtirishga   mo‘ljallangan   masofaviy   malaka   oshirish   kurslarini   tashkil
etish tashabbusi bilan chiqadi. 
Kompyuter   texnologiyalari   (kompyuter   savodxonligi)dan   foydala-nishda,
o‘qituvchi uning mazmuniga ko‘ra bir qancha vazifalarni baja-rishi mumkin. Faol
foydalanish imkoniyatiga ega kompyuter texnologi-yalari quyidagi asosiy didaktik
funksiyalarni bajaradi: 
-   multimedia   texnologiyasini   qo‘llash   evaziga   o‘quvchilarda   fanlarga
qiziqishni rivojlantiradi; 
-   bunda   ta’limning   interfaolligi   tufayli   o‘quvchilarning   fikrlash   qobiliyatlari
faollashadi va o‘quv materialini o‘zlashtirish samaradorligi oshadi; 
-   real   holatlarda   namoyish   qilinishi   qiyin   yoxud   murakkab   bo‘lgan
jarayonlarni   modellashtirish   va   ko‘rish   imkoniyatini   berishi   bilan   muhim
ahamiyatga ega ; 
-   o‘quv   materiallarini   o‘zlashtirilishi   faqat   darajasiga   ko‘ra   emas,   balki
o‘quvchilar  erishgan  mantiqan   qabul   qilishlarining  darajasiga   ko‘ra  ham  samarali
hisoblanadi; 
- masofadan turib ta’lim olishni faqat o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar yoki internet
ta’limi   uchun   tashkil   etilmaydi,   balki   sababsiz   dars   qol-dirgan   o‘quvchilar   uchun
ham tashkil etish imkoniyatini beradi; 
-   o‘quvchilarga   mustaqil   izlanish   yo‘li   bilan   materiallarni   izlash,   to-pish
hamda   muammoli   masalalarga   javob   berish   orqali   ma’lum   tadqiqot   ishlarini
bajarish uchun imkoniyat yaratadi; 
- o‘quvchilarning yangi mavzuni o‘zlashtirishi, misollar echishi, insho, bayon
yozish   ishlarida,   o‘quv   materiallari   bilan   mustaqil   tanishish,   tanlash   va   axborot
hamda   ma’lumotlarni   tahlil   etish   kabi   masalalarni   tez   bajarish   uchun   sharoit
yaratadi. 
Ma’lumki ta’lim mazmunini takomillashtirishning bosh xususi-yatlaridan biri
kompyuter bilan muloqot jarayonida uning doimiy muro-jaat qilinadigan «qo‘llab- quvvatlovchi   axborot»ini   ko‘paytirish,   kompyu-ter   axborot   muhiti   va   hozirgi
zamon talablariga javob bera oladigan darajadagi axborot bazasining yaratilganligi,
gipermatn va multimedia, o‘qitishda immitatsiya, kommunikatsiya tizimlari qabul
qilingan. 
Ma’lumotlar   bazasi   deganda,   axborotni   kompyuter   texnikasi   yordamida
kiritish, tizimlashtirish, saqlash va foydalanish uchun tavsiya qilish tushuniladi. 
Bir   qator   axborotlarni   an’anaviy   qayta   ishlash   uchun   ularni   tay-yorlashning
standart   shakllari   mavjud   bo‘lib,   ularga   bibliografiya,   statistik   ma’lumotlar,
referatlar   kiradi.   Ma’lumotlar   bazasi   axborot   tarkibiga   statistik,   matnli,   grafik   va
ko‘rinishli axborotlarni cheksiz ko‘p miqdorda va albatta, belgilangan shakllardagi
ko‘rinishlarini qabul qiladi. 
Bilimlar   bazasi   esa,   yopiq   tizimda,   mazkur   mavzu   bo‘yicha   qo‘shim-cha
axborotlarga  ehtiyoj   sezmagan   holda va  uning har  bir  elementi,  mantiq jihatdan
bog‘langan   boshqa   elementlarga   chiqa   olishi   bo‘yicha   tuzilmali
axborotlashtirilgan   tizimga   ega   bo‘ladi.   Bunda   ushbu   bilimlar   bazasiga
kiritilmagan,   ya’ni   undan   tashqi   elementlarga   murojaat   qilini-shiga   imkon
bo‘lmaydi. Bilimlar bazasining birlamchi bibliografik o‘x-shashliklari sifatida turli
ens iklopediyalar, lug‘atlar xizmat qiladi. 
O‘quvchilar   bilimi   sifatlarini   test   savollari   yordamida   aniqlash   va
psixofiziologik rivojlanayotganligini  tashxis  qilish maqsadida  kompyuter  tizimiga
eksport   tizimi   qo‘shimcha   kiritilgan   bo‘lib,   bu   tizim   yordamida   elektron   tarmoq
orqali   bilimlarni   baholash   va   bu   masala   bo‘yicha   yetar-licha   natijalarni   aniqlash
mumkin. 
Bunday   dasturiy   vositalardan,   ta’limdagi   holat   va   uning   maqsadiga   ko‘ra,
ba’zan o‘quvchilarning ehtiyojlarini chuqurroq anglash zaruriyati nuqtai nazaridan,
ularning ma’lum fan sohasida bilimlarini tahlil qilish bo‘yicha boshqa bir hollarda
esa,   o‘qitishning   psixologik   tamoyillarini   hisobga   olish   maqsadida   keng
foydalaniladi. 
Kompyuter   yordamida   turli   ilmiy   axborotlar,   o‘quv   materiallari   bo‘-yicha
axborotlarni   tavsiya   etishning   boy   imkoniyatlari,   xususan   ularga   integrativ kurslarni   kiritish,   fanning   tarixi   va   metodologiyasi   bilan   ta-nishish,   turli   fanlar
bo‘yicha ularning zamonaviy darajasiga oid bilimlar, madaniyat va ijtimoiy ongga
dahldor   bilimlarni   kiritish,   ta’lim   mazmu-nini   sezilarli   o‘zgartirish   va   keskin
boyitishga   yordam   beradi,   uni   faol-lashtirish   va   rivojlantirishda   muhim   omil
bo‘ladi. 
Kompyuter   vositalari   yordamida   mustaqil   ta’limni   tashkil   etish   nuq-tai
nazaridan tahlil etadigan bo‘lsak, aksariyat uning interfaolligini, bevosita muloqot
yordamida   o‘quvchi   o‘quv   rejasida   ko‘rsatilgan,   istal-gan   fan   sohasida   maxsus
o‘quv dasturlari yordamida bilim olish imko-niyatiga ega ekanligi ma’lum bo‘ladi.
Kompyuter   vositasi,   o‘quvchi   yo-xud   o‘qituvchi   murojaatlariga   «javob   beradi»,
ular bilan bemalol «mulo-qotga kirishadi», bular kompyuter ta’limi metodikasining
asosiy xusu-siyatlaridan biri sanaladi. 
Ayniqsa,   kompyuter   texnologiyasining   ma’lum   mavzuni   o‘qitish   bo‘yicha
yoki   alohida   didaktik   masalalarni   hal   etishda   foydalanish   kabi   holatlar   («kirib
boruvchi»   texnologiya   nomi   bilan   mashhur),   shuningdek,   o‘qitishda   ma’lum
texnologiyaning   asosiy,   aniqlovchi   va   eng   muhim   tavsiflovchisi   sifatida
kompyuterni   qo‘llanish   holatida   kompyuter   va   bosh-qa   texnologiyalar   orasidagi
munosabatlar masalasi juda dolzarb sanaladi. 
Ta’limni   jadallashtirishda   axborot   texnologiyalaridan   foydalanish   o‘quv
jarayonining samaradorligini oshiradi, bunda: 
  o‘qituvchilar,   ilmiy   xodimlar   jahonning   salmoqli   ilmiy,   metodik
adabiyotlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar; 
  uzoq   hududlarda   joylashgan   yetakchi   ta’lim   muassasalarining   il-miy
laboratoriyalari bilan tanishadilar; 
  turli   mavzularda   videokonferensiyalar   tashkil   qilish   va   amalga   oshirishga
erishiladi; 
 o‘qituvchilarning o‘zaro seminar va treninglari o‘tkaziladi; 
  masofaviy   ta’lim,   axborotlar   almashinish   va   shunga   o‘xshash   juda   ko‘p
imkoniyatlarga ega bo‘ladilar.  Zamonaviy axborot texnologiyalarini ta’lim muassasalari tizimiga tatbiq etish
o‘quv   jarayonida   zamonaviy   o‘qitish   metodlarini   qo‘llashga   hamda   o‘qituvchi
pedagogik mahoratini namoyish etishga keng imkoniyatlar ochadi. 
O‘qituvchining   kompyuter   texnologiyalari   asosida   o‘quvchilar   bilimini
nazorat qilishi
O‘quvchilar   bilimini   baholashning   kompyuter   tizimi   va   o‘zlashtirish
monitoringini   tashkil  etish   uchun,  avvalo,  zamonaviy   ta’lim   tizimida  o‘qitishning
sifatini  tashxis   qilishga,   ya’ni   uning holatini   aniqlamay turib, undagi   jarayonlarni
samarali   boshqarishga,   ta’limda   ma’lum   bir   maq-sadga   erishishning   iloji   yo‘qligi
hech   kimda   shubha   tug‘dirmaydi.   O‘quv-chilarning   yakunlovchi   bilim   va
malakalarini ta’lim jarayonida turli me-zonlar va yondashuvlarga tayanib aniqlash,
bu  jarayonlarga  zamonaviy   axborot  texnologiyalarini  qo‘llash,  ularning  qo‘yilgan
didaktik talablarga haqiqatan mosligini nazorat qilish mumkin. 
Bunda   pedagogik   tashxis,   o‘quvchilarning   bilim,   ko‘nikma   va   mala-kalarini
shakllantirish darajasini aniqlashni, nazorat qilishni, baholashni, yig‘ish va statistik
ma’lumotlarning  tahlili   hamda  kelgusida   bu   jarayon  rivojini   bashorat   qilishni   o‘z
ichiga oladi. Metodik adabiyotlarda o‘quv-chilar o‘zlashtirishlarining tashxisi, ular
tomonidan erishilgan yutuqlar-ning darajasi sifatida qayd etish ekanligiga e’tiborni
qaratsak,   unda   pedagogik   tashxisning   maqsadi,   ta’lim   jarayoni   borishining   tahlili
va uni baholashni o‘z vaqtida aniqlanishidan iborat bo‘ladi. 
Ma’lumki,   ta’lim   jarayonini   bunday   baholash,   faqat   o‘quvchining
o‘zlashtirish   darajasini   belgilash   bilan   chegaralanib   qolmay,   o‘qish   jara-yonini
rag‘batlantirishda   muhim   pedagogik   vosita   va   ijobiy   motiv   uyg‘o tish   bilan
o‘quvchi   shaxsiga   kuchli   ta’sir   etadi.   Shu   xilda   o‘quvchini   ob-yektiv   baholash
asosida   unda   adekvat   ravishda   o‘z-o‘zini   baholash   imko-niyati   tug‘iladi   va   o‘z
muvaffaqiyatlariga   tanqidiy   munosabatning   shakl-lanishi   qayd   etiladi.   Shu   nuqtai
nazardan o‘quvchi  bilim, ko‘nikma va malakalarini  baholash, ayniqsa, bilimlarini
nazorat   qilishning   kompyu-terlashtirilgan   tizimi,   zamonaviy   axborot-pedagogik
tizimlarida,   ularda   bilimni   nazorat   qilishni   tashxisiy   ahamiyati   va   haqqoniyligini
samarali   bajarish   maqsadida   tinmay   izlanishlar   va   takomillashtirish   ishlarini   olib borish taqozo qilinadi. Mazkur masalaning echimi o‘qitishning maqsadga muvofiq
va   haqqoniy   bo‘lishida,   iloji   boricha   aniq   va   asoslangan   usul   sifatida   qayd
qilingan. 
Kompyuter texnologiyalari asosidagi o‘quvchilar bilimini nazorat qi-lish faqat
mutaxassis o‘qituvchilar tomonidan emas, balki pedagogik jara-yon ishtirokchilari
tomonidan ham amalga oshirilishi maqsadga muvo-fiqdir. Bunday texnologiyalarni
monitoring   tizimida   joriy   qilishda   peda-gogik   jarayon   ishtirokchilarining
axborotga, bilimga bo‘lgan ehtiyoj va ishtiyoqlarini faollashtirishga erishish zarur. 
O‘quvchilar   bilimi,   ko‘nikma   va   malakalarini   nazorat   qilish   kompyuter
tizimining   asosiy   maqsadi,   ular   erishgan   yutuqlar   va   muvaffaqiyatlarni   aniqlash,
uni takomillashtirish yo‘llarini ko‘rsatish, shu asosda o‘quvchilarga samarali ijodiy
faoliyat ko‘rsatish uchun sharoit yaratishdan iborat. Bu maqsad, birinchi navbatda,
o‘quvchilar   tomonidan   o‘quv   materiallarini   o‘zlashtirish   sifati   bilan,   ya’ni   o‘quv
dasturida   belgilangan   bilim,   ko‘nikma   va   malakalarni   egallash   darajasi   bilan
bog‘liq.   Ikkinchi   tomondan,   kompyuter   nazoratining   asosiy   maqsadini
aniqlashtirish,   o‘zaro,   shuningdek,   o‘z-o‘zini   nazorat   qilish   bo‘yicha
yondashuvlarni   amalga   oshirish   hamda   o‘zaro   va   o‘z-o‘zini   nazorat   qilishga
bo‘lgan   ehtiyojning   shakllanishi   bilan   bog‘liq.   Uchinchidan   esa,   bu   maqsad
o‘quvchilarda   bajarilgan   ish   uchun   javobgarlikning   namoyon   bo‘lishi   kabi
shaxsning ijobiy sifatlarini tarbiyalashga qaratilgan bo‘ladi. 
Nazorat   qilishning   eng   muhimi   –   nazorat   funksiyasi   bo‘lib,   o‘quv-chilar
erishgan   bilim,   ko‘nikma   va   malakalarning   darajasini,   ularning   bilish   faoliyati
bo‘yicha   yondashuvlarini,   bilimlarni   o‘zlashtirganlik   ko‘rsatkichlariga   ko‘ra
ularning aqliy faoliyatlari rivojlanish darajasini aniqlashtirish imkoniyatini beradi. 
Uning ikkinchi muhim vazifasi   o‘qitish   bo‘lib, u o‘quvchi erishgan bilimlar,
ko‘nikma   va   malakalarni   takomillashtiradi,   uning   tizimliligini   nazorat   qilishni
ta’minlaydi.   Bunday   nazorat   jarayonida   o‘quvchilar   o‘rganilayotgan   materialni
qaytarish   va   mustahkamlash   bilan   shug‘ul-lanadilar.   Bilimlarni   kompyuter
texnologiyalari   asosida   tekshirish,   o‘rga-nilayotgan   materialdan   asosiysini   ajratib olish,   shuningdek,   erishilayot-gan   bilim,   ko‘nikma   va   malakalarning   mazmunini
aniqlash imkoniyatini beradi. 
Nazorat   qilishning   uchinchi   –   tashxis   qilish   vazifasi,   o‘quvchi-larning
o‘zlashtirayotgan   bilim,   ko‘nikma   va   malakalaridagi   kamchiliklar,
yetishmovchiliklar,   xatolar   haqida,   xatolarning   soni   hamda   xarak-teri   haqida
ma’lumot olishga yordam beradi. O‘qitish jarayonida tashxis qilish orqali nazorat
ma’lum darajada ta’limning samarali metodikasini tanlashga yordam berishi bilan
muhim sanaladi. 
Kompyuter   texnologiyalari   asosida   o‘qituvchi   o‘quvchilar   bilimini   nazorat
qilishda,   uning   bashorat   etuvchi   vazifasidan,   ya’ni,   ta’lim-tarbi-yaviy   jarayon
haqida, uning kelajagi, oldindan ko‘ra bilish mumkin bo‘lgan holatlari to‘g‘risida
axborotlarni oladi. 
U o‘quv jarayonining ma’lum bosqichida o‘quv materialining ma’-lum qismi
bo‘yicha mo‘ljallangan aniq bilim, ko‘nikma va malakalar yetarlicha shakllangani,
yoxud   shakllanmaganligini   bashorat   qilish   asosi-da   nazorat   olib   borish
imkoniyatini   beradi.   Ma’lum   ilmiy   bashorat   bo‘yi-cha   erishilgan   natijalar
o‘quvchilarning   kelajakdagi   faoliyatlari   modelini   yaratish   uchun   qo‘llaniladi.
Bunday   bashorat   o‘qituvchining   kelajakda   o‘qitishni   rejalashtirish   va   amalga
oshirish uchun aniq xulosalar olishiga yordam beradi. 
Bilimlarni   nazorat   qilishning   rivojlantiruvchi   vazifasi,   o‘quv-chilarning
bilishga   bo‘lgan   faolliklarini,   ularning   ijodiy   qobiliyatlarini   rivojlantirishda
namoyon bo‘ladi. Kompyuter  texnologiyalari  asosida  amalga oshiriluvchi  nazorat
jarayonida   o‘quvchilarda   nutq,   xotira,   diqqat,   tasavvur,   iroda   va   fikrlash
qobiliyatlarining   rivojlanishi   yaqqol   seziladi.   Nazorat   qilishning   rivojlantiruvchi
vazifasi,   shaxsning   qobiliyati,   moyil-ligi,   qiziqishlari   va   ehtiyojlari   kabi
xususiyatlarining shakllanishiga ta’sir qilishi bilan muhim ahamiyatga ega. 
Shuningdek,   o‘quvchilar   erishayotgan   bilimlarni   nazorat   qilishda   uning
yo‘naltiruvchi   vazifasi   ham   mavjud  bo‘lib,  o‘qituvchi   uning  mohiyatini,  alohida
o‘quvchi   yoki   butun   guruh   tomonidan   o‘qitishning   maqsadiga   qay   darajada
erishilganligi,   ya’ni   o‘quv   materiali   qanday   miq-dorda   va   qanchalik   chuqur o‘zlashtirilganligi   bilan   belgilanadi.   Bunday   nazorat   tufayli   o‘qituvchi   yo‘l
qo‘yilgan xatoliklarni va kamchiliklarni o‘rganib, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma
va   malakalarini   takomillash-tirishda   qanday   yondashuvlarga   urg‘u   berish
lozimligini   anglab   oladi.   Nazoratning   yo‘naltiruvchi   vazifasi   o‘quvchining   turli
xususiyatlari bo‘yicha o‘z–o‘zini yaxshi bilishga, o‘zi erishgan bilimlari, qobiliyati
va imkoniyatlarini anglash va odilona baholashiga katta yordam beradi. 
O‘quvchilarni   nazorat   qilishning   yana   bir   muhim   vazifasi   ularni   tarbiya
qilish   bilan   bog‘liq   bo‘lib,   o‘qituvchi   o‘quvchilarda   o‘qishga   javobgarlikni,
intizomni, saranjomlik va sarishtalikni, axloqiy his- tuyg‘ularni tarbiyalaydi. Ularda
mehnatga   layoqatlilikni,   g‘urur   va   iro-dani   hamda   mehnatga   nisbatan   muntazam
ko‘nikmalarni shakllantiradi. 
Bunday   jihat   haqqoniy   bo‘lishi   uchun   internetning   ta’lim   resurslari
talabgorlarning so‘rovlari va talablariga to‘la javob bera oladigan dara-jada bo‘lishi
shart. Shuning uchun ham ekspertlar tomonidan ta’lim veb – saytlarining sifatlarini
baholash kompyuter tashxisining haqqoniyligida muhim o‘rin tutadi. 
Ta’limda   veb-saytlarning   sifati   ta’lim   jarayonining   axborot   fazosi-ning
rivojlanishiga   ta’sir   etuvchi   eng   muhim   jihatlardan   sanaladi.   U   maz-kur   fazoda
ta’lim   olishning   sifatiga   va   mazkur   tizimning   madaniyatli   tashkil   etilganligi
darajasiga bevosita ta’sir etadi. 
Tashxis   va   monitoringni   ta’limda   joriy   etishda   mavjud   metodolo-giyani
qo‘llash   orqali   axborotli   o‘qitish   muhitining   tashxisiy   vazifasini   aniqlash
imkoniyati tug‘iladi. 
Ayni paytda, o‘quvchilar erishgan bilimlar, ko‘nikma va malakalarni nazorat
qilishning   keng   tarqalgan   yo‘li   –   testlar   yordamida   tekshirish   bo‘lib,   u
kompyuterning   undan   foydalanuvchi   bilan   o‘tkazadigan   mulo-qotiga   asoslangan.
Mazkur   tizim   “o‘qituvchining   texnik   qayta   qurol-lanishi,   uning
mexanizatsiyalashtirilgan   mehnati”   yoki   “o‘qituvchi   mashi-na”   degan   shiorlar
ostida   o‘qituvchining   o‘quvchi   bilan   individual   ishlash   jarayonini
mujassamlashtiruvchi   sifatida   dunyoga   kelgan.   Ba’zan,   o‘quv   jarayonida   sun’iy
intellekt   tizimining   qo‘llanilishi   baholash   jarayonining   murakkabligi,   xususan o‘quvchini baholash uchun o‘quvchiga katta miq-dordagi axborotni qayta ishlashi,
baholovchi   va   baholanuvchi   orasidagi   o‘zaro   ta’sir   jarayonining   murakkabligi   bu
masalani   oson   hal   qilish   imkoniyatini   bermaydi.   Xususan,   o‘quvchi   bilim   va
malakasini   kompyu-terlashtirilgan   holda   nazorat   qilish,   talab   qilinadigan   bilimlar
majmuasi-ning   sifatini   aniqlash   muammosini   hal   qilish   lozimligini,   busiz
erishilgan bilimlarni baholash mezonlarini va ularning o‘zlashtirilganlik darajasini
aniqlash qobiliyatlarini belgilash mumkin emasligi oydin bo‘ldi. 
O‘qituvchilar   tomonidan   o‘quvchilar   bilimi,   malaka   va   ko‘nikmala-rini
nazorat   qilishning   asosiy   maqsadi,   ular   erishgan   yutuqlar   va   muvaf-faqiyatlarni
aniqlash, uni takomillashtirish yo‘llarini  ko‘rsatish va shu asosda  o‘quvchilarning
faol   ijodiy   faoliyat   ko‘rsatishlari   uchun   sharoit   yaratishdan   iborat.   Bu   maqsad,
birinchi   navbatda,   o‘quvchilar   tomonidan   o‘quv   materiallarini   o‘zlashtirish   sifati
bilan, ya’ni o‘quv dasturida belgi-langan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash
darajasi   bilan   bog‘liq.   Ikkinchi   tomondan,   nazoratning   asosiy   maqsadini
aniqlashtirish,   o‘zaro   va   o‘z-o‘zini   nazorat   qilish   bo‘yicha   yondashuvlarni
o‘rganish   hamda   o‘zaro   va   o‘z-o‘zini   nazorat   qilishga   bo‘lgan   ehtiyojning
shakllanishi   bilan   bog‘liq.   Uchinchidan   esa,   bu   maqsad   o‘quvchilarda   bajarilgan
ish   uchun   javobgarlikning   namoyon   bo‘lishi   kabi   shaxsning   ijobiy   sifatlarini
tarbiyalashga qaratilgan bo‘ladi. 
O‘quvchilarning   bilimlarini   intellektual   nazorat   qilish   o‘qituvchidan
ziyraklikni,   adolat   bilan   faoliyat   yuritishni   talab   qiladi.   Bilimlarni   intellektual
baholashning   turli   metodlari   mavjud   bo‘lib,   ular   ichida   keng   tarqalgan   metodlar
quyidagilar: 
 og‘zaki yo‘l bilan tekshirish; 
 yozma-grafik usulda tekshirish; 
 amaliy-laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish orqali tekshirish. 
Bilimlarni   og‘zaki   usul   bilan   tekshirish   metodi   asosan   ikki   qism-dan:
birinchisi,   tekshirish   savollari   va   vazifalari,   ikkinchisi   esa,   qo‘yilgan   savol   va
vazifalarga   javoblar   hamda   talablardan   tashkil   topadi.   Bunda   savol   va
topshiriqlarning mazmunini belgilashda, o‘rganilayotgan o‘quv materiali mazmuni bilan   ilgari   o‘tilgan   materiallar   mazmuni   orasidagi   bog‘lanishni   tahlil   qilish,
o‘tilgan mavzuni nazorat qilishda esa yetakchi bilimlarni ajratish zarur bo‘ladi. 
Savol   va   berilgan   topshiriqlarning   sifati   o‘quvchilarning   aqliy   faoli-
yatlarining   xarakteriga   bog‘liq   bo‘lganidan,   ular   o‘quvchilarning   xoti-rasini
faollashtirish,   fikrlash   (solishtirish,   umumlashtirish,   yaxlitlash   va   hokazo)   va
nutqini rivojlantirishga qaratilmog‘i lozim. 
Bilimlarni yozma – grafik usulda tekshirish,  o‘quvchilarning 
- nazariy bilimlarini; 
-   o‘quvchilarni   masalalar   va   boshqa   eksperimental   topshiriqlarni   bajarishda
qo‘llay olish ko‘nikmasi va malakasini; 
-   o‘quvchilarda   berilgan   masalalar   bo‘yicha   shakllangan   ko‘nik-malarni
tekshirishni nazarda tutadi. 
Yozma – grafik usulda ishlarni tekshirish  metodikasi quyidagi to‘rt etapda
bajariladi: 
- nazoratni o‘tkazishga tayyorgarlik; 
- nazoratni tashkil etish; 
- o‘tkazish; 
- natijalarni tahlil qilish. 
Nazoratni tashkil etishda nazorat etaplarining maqsadlarini belgilash, nazorat
obyektlarining mazmunini tanlash, tekshirish vazifalarini tuzish lozim bo‘ladi. 
Bilimlarni   amaliy   -   laboratoriya   mashg‘ulotlarini   bajarish   orqali
tekshirish .   Ushbu   usul   yordamida,   o‘quvchilarning   erishgan   nazariy   bilimlari
asosida amaliy masalalarni echish, turli jadvallardan, formula-lardan, chizmalar va
o‘lchash asboblaridan unumli foydalanish ko‘nik-masi va malakalari tekshiriladi. 
Amalda   masalalar   echishda   o‘quvchidan  masalalarni   echishning   algo-ritmini
tuzish   talab   etiladi,   chunki   bunday   tekshirishda   o‘quvchi   faoliyatining   mantiqiy
ketma-ketligi to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi ma’lum bo‘ladi. 
Shunday   qilib,   o‘qituvchi   tomonidan   tekshirishning   turli   metodlari   qay
darajada   muvaffaqiyatli   ekanligi   tanlanganligi,   o‘quvchilar   bilim-larini   odilona
baholashda muhim ko‘rsatkichlardan sanaladi.  Zamonaviy   axborot   texnologiyalari   muhitida   pedagogik   jarayonlarni
quyidagicha samarali tashkil etish mumkin: 
- o‘qituvchilar o‘rtasida mehnat taqsimotini to‘g‘ri tashkil etish; 
-   masofaviy   o‘quv   kurslari   va   elektron   adabiyotlarning   yaratuvchisi   bo‘lgan
jamoaga o‘qituvchilar, kompyuter dasturchilari va mutaxassisla-rining birlashuvi; 
-   pedagogik   jarayonning   tashkil   qilinishini   takomillashtirish   va   o‘qi-tuvchi
faoliyati samaradorligining monitoringini olib borish. 
Yangi   zamonaviy   axborot   texnologiyalari   asosida   o‘qituvchilarning
pedagogik mahorati oshirish uchun: 
- ta’limda texnologik asoslarning tez rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘l-gan yangi
kurslarni yaratish; 
- o‘quv kurslarini yaratish asosida o‘qituvchilarning ko‘nikma va malakalarini
shakllantirish; 
- masofaviy kurslarning ochiqligi tufayli ularning sifatiga bo‘lgan talablarning
va o‘quv materiallari sifatini nazorat qilishga oid ehtiyoj-larning qondirilishi; 
-   o‘quv   jarayonida   o‘quvchi   faoliyatining   ustuvor   mavqe   tutishini,   o‘quv
jarayoni salmog‘ining o‘qituvchidan o‘quvchiga ko‘chishini ta’minlash; 
-   yangi   kommunikatsion   texnologiyalardan   foydalanish   asosida,   o‘qi-
tuvchining   har   bir   o‘quvchi   bilan   teskari   aloqasining   vujudga   kelishini   amalga
oshirish. 
O‘qituvchilarning   zamonaviy   axborot   texnologiyalari   imkoniyatlaridan
foydalanish malakalarini shakllantirish
O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri,
bu  ta’lim   jarayonlariga  zamonaviy   axborot   va   kommu-nikatsiya   texnologiyalarini
joriy   etish   bo‘lib,   respublikamiz   Prezidenti   I.A.   Karimov   bu   masalada   “…bugun
hayotimizga   chuqur   kirib   bora-yotgan   internet   tizimini   keng   joriy   etish,
yoshlarimizni O‘zbekistonning qadimiy va boy tarixi, ezgu qadriyatlarimiz, yuksak
axloqiy   fazilatlar   ruhida   tarbiyalashga   xizmat   qiladigan   milliy   axborot
resurslarini   shakl-lantirish   va   rivojlantirish,   bu   borada   o‘zbek   tilining imkoniyatlaridan   samarali   foydalanish   masalasi   doimo   e’tiborimiz   markazida
turishi lo-zim” ligini ta’kidlaydi. 
Bunday   vazifalarni   bajarish   «Kadrlar   tayyorlash   milliy   modeli»ni   amalga
oshirishning   bosqichlarida   belgilab   berilgan,   uning   kelajakdagi   istiq   boli
Prezidentimiz   tomonidan   ilmiy   asoslab   berildi.   Modelni   ama-liyotga   tatbiq   etish
o‘quv   jarayonini   texnologiyalashtirish   bilan   uzviy   bog‘liqdir.   Ilmiy   texnikaviy
taraqqiyot   ishlab   chiqarishning   ko‘p   sonli   tarmoqlari   bilan   bir   qatorda   ta’lim
sohasiga   ham   zamonaviy   axborot   texnologiyalarini   joriy   etishni   taqozo   etmoqda.
Shu bois, “Kadrlar tay-yorlash milliy dasturi”da “o‘quv-tarbiyaviy jarayonni ilg‘or
pedagogik   va   axborot   texnologiyalari   bilan   ta’minlash“   zaruriyati   e’tirof   etildi,
uning   ikkinchi   va   uchinchi   bosqichlarida   bajariladigan   jiddiy   vazifalardan   biri
sifatida belgilandi. 
Nima uchun bugungi kunda ta’limda axborot texnologiyalarini joriy etishning
nazariy   asosini   yaratish   va   amaliyotga   tatbiq   etish   zaruriyati   paydo   bo‘ldi?
Birinchidan,   o‘qituvchini   o‘quv   jarayonining   tashkilotchisi   sifatida   emas,   balki
bilimlarni   egallash   manbalaridan   biriga   aylanib   qola-yotganligini   ta’kidlash
mumkin. 
Ikkinchidan,   ilmiy-texnik   taraqqiyotning   rivojlanayotgan   bosqichida
axborotlarning   keskin   ortib   borayotganligi   va   ulardan   o‘qitish   jarayonida
foydalanish   uchun   vaqtning   chegaralanganligi,   shuningdek,   o‘quvchilarni   kasbiy
faoliyatga   mukammal   tayyorlash   talablari   ta’lim   tizimiga   zamo-naviy
texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda. 
Ta’lim   tizimini   isloh   qilishning   muhim   yo‘nalishlaridan   biri   –axborot   va
telekommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’lim jarayonini tizimli integratsiyalash
va   uni   boshqarish   hisoblanadi.   Islohotlar   jarayonida   bosh   vazifa   qilib,   o‘quv
jarayonini   tashkil   etish,   uning   mazmunini   tubdan   yan-gilash,   kompyuterlashgan
muhitda   o‘qituvchilarning   pedagogik   faoliyati   va   o‘quvchilarning   bilim   olish
jarayonini tashkil etish bilan belgilanadi. 
«Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi»da   kadrlar   tayyorlash   tizimini
mukammallashtirishning   asosiy   yo‘nalishlaridan   biri   sifatida   ta’lim   tizimining yaxlit   axborot   makonini   yaratish   alohida   ta’kidlab   o‘tilgan.   Unda   ta’limning
zamonaviy   axborot   texnologiyalari,   kompyuterlashtirish   va   kompyuter   tarmoqlari
negizida   rivojlanib   borishi   belgilangan.   Zamonaviy   axborot   texnologiyalarining
ta’limni   intensivlashtirish   va   optimallashtirish   imkoniyatlari   masofaviy   malaka
oshirishni   tashkil   etishda   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Shuning   uchun   umumiy
o‘rta   ta’lim   maktablari,   o‘rta   maxsus,   kasb-hunar   ta’limi   muassasalari   o‘qituvchi
kadrlari malakasini oshirishdan asosiy maqsad o‘qituvchilarda zamona-viy axborot
texnologiyalari   imkoniyatlaridan   foydalanib   bilim,   ko‘nikma   va   malakalarini
hamda pedagogik mahoratlarini shakllantirishdir. 
Bugungi   kunda   pedagogik   ta’lim   samaradorligini   oshirish   bilan   bevosita
aloqador bo‘lgan bir qator, hozirgacha echimi topilmagan mu-ammolar mavjud. Bu
muammolar  ta’lim  sohasini  axborotlashtirish,  za-monaviy axborot  texnologiyalari
sohasida   o‘qituvchi   kadrlar   tayyorlash,   o‘qituvchilarning   zamonaviy   axborot-
kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanish malakasining yetarli emasligi bilan
bog‘liq. 
Bu   muammolarning   muhim   qirralaridan   biri   sifatida   o‘qituvchilar-ning
o‘zlarida   ta’limni   zamonaviy   axborot   texnologiyalari   bilan   jihoz-lashga   bo‘lgan
munosabatlarini   ko‘rsatish   mumkin.   Shu   narsani   ta’kid-lash   joizki,
axborotlashtirish   sharoitida   o‘qituvchining   pedagogik   maho-rati   hozirgi   zamon
talablari darajasida yanada oshadi. 
Hozirgi   kunda   barcha   ta’lim   muassasalari   zamonaviy   kompyuter   va
telekommunikatsiya   texnologiyalari   asosida   jihozlanmoqda.   Bu,   o‘z   nav-batida,
o‘qituvchilarning o‘z mehnat faoliyatlariga yangicha yondashuv-larini talab etadi.
O‘quv jarayonida yangi texnologiyalarni joriy etilishi, o‘qituvchini texnik vositalar
tomonidan   siqib   chiqishga   emas,   balki   uning   vazifalari,   rolini   o‘zgartiradi,
o‘qituvchilik faoliyatini yanada serqirra kasbga aylantiradi. 
Kompyuter   va   zamonaviy   axborot   texnologiyalarining   jadal   sur’atda
rivojlanishi endilikda hozirgi zamon o‘qituvchisining pedagogik mahorati naqadar
serqirra ekanligini namoyon etmoqda. Hozirgi kunda zamonaviy o‘qituvchidan: 
-  o‘quv kurslari dizayneri  – o‘quv kurslarining yaratuvchisi;  -  fasiliteytor  – o‘qitish metodlari bo‘yicha maslahatchi; 
-  tyutor –o‘quv kurslarini interfaol taqdim etish bo‘yicha mutaxassis; 
-  invigilator  –  ta’lim natijalarini nazorat qilish usullari bo‘yicha 
mutaxassis bo‘lishni talab etmoqda. 
Zamonaviy   texnologiyalar,   masofaviy   oliy   pedagogik   ta’limni   yangi-cha
tashkil   qilinishiga   zamin   yaratadi.   Bunday   ta’limda   o‘qituvchilar,   kompyuter
dasturchilari   va   mutaxassislari   yordamida   o‘qituvchilarning   yangicha   malaka
oshirish   kurslarini   tashkil   etish   talab   qilinadi.   Masofaviy   o‘qitish   kurslarini
yaratishda dastlab: 
- kurslarning maqsadi; 
- maqsadga erishish yo‘llari; 
- o‘quv materiallarini taqdim etish usullari; 
- o‘qitish metodlari; 
- o‘quv topshiriqlarining turlari; 
- muhokamalar uchun savollar; 
- munozara va bahslarni tashkil etish yo‘llari; 
- o‘zaro aloqa usullari va kommunikatsiya singari omillarni aniqlash lozim.  FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
Asosiy adabiyotlar:
1. Хоliqоv А. Pеdаgоgik mаhоrаt (darslik). -T., 2011.
2. Аzizхodjаеvа   N.N.   Pеdаgоgik   texnologiya   va   pеdаgоgik   mаhоrаt   (o‘quv
qo‘llanma)   .  –T., 2006.
3. Зиёмухаммедов   Б.   Педагогик   махорат   асослари.   (ўқув   қўлланма).     -Т.,
2009.
4. Боубекова   Г.Д.,   Холикова   Г.Т.,   Магзумова   Г.   Педагогичес k ое
мостерство. Учебное пособия. Т.: 2002 
Qo‘shimchа аdаbiyotlаr
1. Ibragimov   X.,   Yoldoshev   U.   va   boshqalar   Pеdаgоgik   psixologiya   (o‘quv
qo‘llanma)    .  -T., 2007. 
2. Оchilоv Mаllа.  Muаllim qаlb mе`mоri. – T., 2000. 
3. Pirmuhаmmеdоvа   M. Pеdаgоgik mаhоrаt аsоslаri.-T.: 2001. 
4. Kаrimоvа V. “Mustаqil fikrlаsh” mеtоdik qo‘llаnmа. -T.: - 2000 y. 
5. Hаmdаmоvа   M.   Yoshlаrning   intеllеktuаl   sаlоhiyatini   rivоjlаntirish
mехаnizmining pеdаgоgik-psiхоlоgik аsоslаri (uslubiy tаvsiyalаr), 2007. 
6. Tоlipоv   O‘.Q.,   Usmоnbоеvа   M.   Pеdаgоgik   tехnоlоgiyalаrning   tаtbiqiy
аsоslаri.-T.. 2006. 
7. Hоdiеv   B.Y.,   Bоltаbаеv   M.R.   “Оliy   o‘quv   yurtidаgi   tаrbiyaviy   ishlаrgа
psiхоlоgik yondаshuvlаr”. -T.: 2009.

O‘QITUVCHI PЕDАGОGIK FАОLIYATIDА KОMPYUTЕR TЕХNОLОGIYALАRIDАN F ОYDАLАNISH Reja: 1. Pеdаgоgik mаhоrаtni оshirishdа zаmоnаviy ахbоrоt tехnоlоgiyalаrining аhаmiyati. 2. Tа`lim-tаrbiya jаrаyonidа kоmpyutеr imkоniyatlаridаn fоydаlаnish. 3. O‘qituvchining kоmpyutеr tехnоlоgiyalаri аsоsidа o‘quvchilаr bilimini nаzоrаt qilishi. 4. O‘qituvchidа zаmоnаviy ахbоrоt tехnоlоgiyalаri imkоniyatlаridаn fоydаlаnish mаlаkаlаrini shаkllаntirish yollari.

Pedagogik mahoratni oshirishda zamonaviy axborot texnologiyalarining ahamiyati Ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va bunda o‘qituvchilarning ko‘nikma va malakalarini oshirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida»gi 2005-yil 28-sentyabrdagi PQ-191 sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risi-da»gi 2002-yil 6-iyundagi 200-sonli, “O‘qituvchi kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomil- lashtirish to‘g‘risida”gi 2006-yil 16-fevraldagi 25–sonli qarorlarining qabul qilinishi mazkur masalaga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida e’tibor qaratilayotganligidan dalolat beradi. O‘quv jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash ta’lim metodlarining samaradorligini oshirishga, o‘qituvchilar mehnat faoliyatining o‘zgarishiga, ularning pedagogik mahoratlarini takomil-lashtirishga, pedagogik tizimlarning tarkibiy o‘zgarishiga samarali ta’sir etadi. Bu esa pedagogik jarayonlarni axborotlashtirishni tashkil etish va boshqarishda o‘ziga xos vazifalarni qo‘yadi. Pedagogik ta’lim jarayonlarini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida samarali tashkil etish:  masofaviy o‘quv kurslarini va elektron adabiyotlarni yaratuvchi jamoa o‘qituvchilar, kompyuter dasturchilari, tegishli mutaxassislarning birgalikda faoliyat olib borishini;  o‘qituvchilar o‘rtasida vazifalarning bir maromda to‘g‘ri taqsim-lanishini;  ta’lim va tarbiya jarayonini yanada mukammal tashkil qilishni ta- komillashtirish va pedagogik faoliyatning samaradorligini oshirish monitoringini tashkil etish imkoniyatini yaratadi. ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA O‘QITUVCHINING PEDAGOGIK FAOLIYATIDA:

 ta’limning texnologik asosini zamon talablari darajasida rivoj-lantirish bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab jarayon engillashadi;  dars jarayonini zamonaviy texnik vositalar asosida tashkil etish uchun maxsus ko‘nikma va malakalar shakllantiriladi;  masofaviy kurslarning ochiqligi tufayli ularning sifatiga bo‘lgan talablar va o‘quv materiallarining sifatini nazorat qilishga ehtiyoj paydo bo‘ladi;  talim jarayonida o‘quvchilarning mustaqil faoliyati takomil-lashadi, dars jarayonining samaradorligi o‘qituvchidan o‘quv-chiga ko‘chadi;  o‘quv jarayonini tashkil etishda, o‘quvchining tashkilotchiligi va shaxsiy ishtiroki ortadi;  zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish aso-sida o‘qituvchi pedagogik faoliyatida har bir o‘quvchi bilan teska-ri aloqasi vujudga kelishi ta’minlanadi. Jamiyatning har bir a’zosi, o‘zining kundalik faoliyatida, uzluksiz ravishda turli axborot resurslaridan foydalanadi. Doimiy ravishda ortib borayotgan axborotlar hajmi jamiyatdagi intellektual salohiyatning oshi-shiga xizmat qiladi. Modomiki shunday ekan, o‘qituvchi ham o‘z kasbiy va pedagogik mahoratini zamonaviy axborot texnologiyalari oqimi aso-sida oshirib borishi mumkin. Har bir o‘qituvchi mehnat faoliyati jarayo-nida axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishi uchun avvalo o‘z axborot muhitini shakllantirishga zamin yaratishi kerak. Zamonaviy axborot texnologiyalari o‘z muhitida axborot obyektlarini, ularning o‘za-ro aloqasini, axborotlarni yaratish, tarqatish, qayta ishlash, to‘plash tex nologiyalari va vositalarini, shuningdek, axborot jarayonlarining tashkiliy va huquqiy tarkibini mujassamlashtiradi. Hozirgi kunda o‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarning imkoniyatlari va talablarini inobatga olishi zarur. O‘qituvchi tomonidan targ‘ib etilayotgan ta’lim va tarbiya tizimi shaxsga yo‘naltirilgan xarak-terda bo‘lishi, ya’ni shaxsning har xil xususiyatlari va sifatiga e’tibor qilgan holda tabaqalashtirilgan bo‘lishi kerak.

Har qanday ta’lim va tarbiya tizimi ma’lum bir ijtimoiy, ilmiy-tex-nik, iqtisodiy, madaniy va nihoyat, siyosiy muhitda shakllanadi va rivoj-lanadi. Bu muhitlarning eng ustuvori ijtimoiy-iqtisodiy omillardir. Ilmiy-texnik taraqqiyot, madaniy va siyosiy muhit ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarish-larni rivojlantirishi yoki sekinlashtirishi mumkin. Ta’lim tizimi jami-yatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishining asosiy vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladi, chunki umumta’lim maktablari, oliy ta’lim muassasalari insonni iqtisodiyot, madaniyat, siyosiy jihatdan hayotda qizg‘in faoliyat ko‘rsatish uchun tayyorlaydi. Shuning uchun ham ta’lim muassasalari o‘qituvchisi ta’lim-tarbiya jarayonining tayanch bo‘g‘ini sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan bir qatorda, hozirgi kunda umumta’lim maktablari va oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar va ilmiy-texnik taraqqiyot o‘zining ifodasini kechikib topmoqda. O‘qi-tuvchi va o‘quvchilarning fikrlashi va qabul qilish faoliyatida yangi g‘o-yalar, yangi zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish ma’lum bir vaqtni talab etadi. Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish, birinchi navbatda, ta’limning para- digmasini o‘zgartiradi. Agar ta’lim tizimida o‘qitish ustuvor sanalgan bo‘lsa, hozirgi kunda jamiyatning axborotlashuvi davrida ustuvorlik o‘qishga va o‘rgatishga yo‘naltirilgan. Shu sababdan ta’limning o‘qi-tuvchi-darslik-o‘quvchi paradigmasi o‘quvchi-darslik-o‘qituvchi paradig-masi bilan o‘rin almashmoqda. O‘qituvchi endilikda yangi statusga ega bo‘ladi, endi uning vazifasi o‘quvchilarda mustaqil bilim olish imko-niyatlarini yaratish va ijodiy faoliyatlarini tashkil etish, bilimlarni mus-taqil egallash va ularni amaliyotda qo‘llashga o‘rgatishdan iborat. O‘qi-tuvchi bunday maqsadlarda o‘qitishning metodlari, texnologiyalarini shunday tanlashi kerakki, u o‘quvchilarga nafaqat tayyor bilimlarni o‘z-lashtirishlarida, balki bilimlarni turli manbalardan izlash, mustaqil egal-lash, o‘zlarida shaxsiy nuqtai nazarning shakllanishi, uni asoslashi va avvalgi egallangan bilimlardan yangilarini olishda foydalanish imko-niyatini yaratishi kerak. Bunday o‘qitishni “rivojlantiruvchi” ham deb atash mumkin. Bilimlarni o‘zlashtirish fikrlashni rivojlantiruvchi muhim omil hisob-lansada, bilimlarni har qanday o‘zlashtirish

yoki egallash o‘quvchining fikrlashiga rivojlantiruvchi ta’sir ko‘rsatmaydi. Buning uchun bilimlarni o‘zlashtirishning faoliyat shakllarini faollashtirish lozim. Egallangan bi-limlarni oddiygina qaytarish o‘quvchilarning mustaqil fikrlashlarini rivoj-lantirishda yetarli manba bo‘lolmaydi. Faol bilish, mustaqil fikrlash fao-liyati juda zarurdir. Bilimlarni mustaqil egallash faoliyati va olingan bilimlarni qo‘llash jarayoni yangi bilimlarning shakllanishiga, o‘quv-chining samarali fikrlash manbaiga aylanadi. Shu sababdan mamlakatimizda va jahonning rivojlangan davlatlarida ta’lim sohasini isloh qilish jarayonida pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi, zarur axborotlarni mustaqil izlab topish, muammoni qo‘ya bilish va uning echimini hal etish, olingan bilimlarni tanqidiy tahlil eta olish va ushbu bilimlar asosida yangi masalalarni echishda qo‘llash uchun yo‘naltirilgan. Endilikda shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning zaruriy-ligi barchaga ayon bo‘lmoqda. Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish – bu o‘quvchining yosh va shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyati va imkoniyatlarini inobatga oluvchi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalaridan o‘quvchi shaxsini rivojlantirish-da samarali foydalanuvchi o‘qitishdir. Shunday qilib, shaxsga yo‘nal-tirilgan o‘qitishda o‘qitishni tabaqalashtirish va individuallashtirish aso-siy tamoyil sifatida qaraladi. Zamonaviy axborot texnologiyalari shakl va mazmunining rang-barangligi – o‘quvchining qiziqishi, imkoniyati va shaxsiy xususiyat-laridan kelib chiqib taklif etilayotgan holatlardan tanlash imkoniyatini beradi. Bunday imkoniyat ta’lim tizimida ham o‘z aksini topishi zarur. O‘qituvchining har xil sathli o‘qitishni zamonaviy axborot texnolo-giyalari asosida tashkil etishi bunday muammoning echimi bo‘la oladi. O‘quv mashg‘ulotlarini o‘quvchilarning kundalik fanlar majmuasi va ular bo‘yicha berilgan kundalik topshiriqlar majmuasi asosida belgi-lanishi, har bir o‘tilgan mavzuni keyingi darsda so‘rab baholanadigan qilib tashkil etilishi ko‘plab muammolarni keltirib chiqaradi. Bunday holda o‘quvchilar biron bir fanga o‘zlarining asosiy diqqat-e’tiborini to‘liq qarata olmaydilar. Bunday notugalliklarni bartaraf etishda, modulli o‘qitish eng yaxshi echim hisoblanishi mumkin.