logo

O’rta Osiyoning qadimgi arxivlari tarixidan

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

36.12109375 KB
O’rta Osiyoning qadimgi arxivlari tarixidan
REJA:
1. O’rta Osiyoda eng qadimgi arxivlarning vujudga kelishi
2. O’rta asrlarda Movarounnahrda arxiv ishi
3. Xonliklar davrida arxivlarning ahvoli O’rta Osiyoda eng qadimgi arxivlarning vujudga kelishi Bugungi   kunda   ko’pgina
tarixchilar   va   arxivshunoslar   orasida   Rossiya   istilosiga   qadar   “O’rta   Osiyo
davlatlarida   hyech   qanday   arxiv   bo’lmagan”   degan   nuqtai   nazar   yashab
keladi.   Taniqli   sharqshunos   olim   A.   A.   Semyonov   1922   yilda   quyidagilarni
yozgan   edi:   “Musulmon   Sharqida,   umuman   Turkistonda   biz   tushunadigan
ma’nodagi arxivlarni tasavvur qilolmaydiar, negaki idoraviy ishlar nihoyatda
boshqacha tarzda olib borilgan”. A. V. Chernov esa o’zining “SSSRda arxiv
ishi   va   uni   tashkillashtirish   tarixi”   nomli   o’quv   qo’llanmasida   to’ppadan-
to’g’ri   1917   yilga   qadar   “O’rta   Osiyo   davlatlarida   hyech   qanday   arxiv
bo’lmagan” deb yozadi.
Yo’q, to’g’ri emas. O’rta Osiyoda qadimgi zamonlardan buyon arxivlar
mavjud bo’lgan. O’rta Osiyoda qadimgi arxivlarning paydo bo’lishi bu yerda
ilk davlatlarning vujudga kelishi hamda yozuvning tarqalishi bilan bog’liqdir.
O’rta   Osiyoda   xo’jalikning   rivojlanib   borishi,   davlatchilining   shakllanishi
natijasi o’laroq turli xo’jalik, soliq va yuridik hujjatlarning yaratila boshlandi.
Ayni   paytda   bu   hujjatlari   ma’lum   muddat   davomida   yoki   doimiy   ravishda
saqlashga   ehtiyoj   tug’ildi.   Natijada   hujjatlarni   saqlashga   mutassadi   bo’lgan
shaxslar   va   muassasalar   paydo   bo’ladi.   Bu   muassasalar   hozirgi   kunda
arxivlar   deb   ataladi.   Demak,   arxivlar   O’rta   Osiyoda   qadimgi   davrlarda
ijtimoiy zarurat yuzasidan vujudga keldi.
Arxivlarda   saqlangan   hujjatlar   zamonlar   o’tishi   bilan   o’z   ahamiyatini
yo’qotmadi. Agar dastlab arxiv hujjatlar bevosita xo’jalik va ijtimoiy hayotni
yo’lga   solish   uchun   xizmat   vilgan   bo’lsa,   keyinchalik   ular   tarixiy   jarayonni
o’rganish uchun yozma manbalar sifatida muhim ahamiyat kasb etdi. Му ам м ол и савол :  Ру с ол им л арининг у шбу  ху л осал ари 
тў ғ рим и ?  Afsuski,   biz   O’rta   Osiyodagi   eng   qadimgi   arxivlar   haqida   yetarli
ma’lumotga ega emasmiz. Bizgacha yetib kelgan oz sonli yozma manbalarda
ular   haqida   ma’lumot   berilmaydi.   Shuning   uchun   bo’lsa   kerak,   yuqorida
ta’kidlab   o’tilganidek   ayrim   arxivshunoslar   O’rta   Osiyoda   to   Rossiya
istilosiga   qadar   maxsus   arxivlar   bo’lmagan   degan   fikrlarni   bildirganlar.
Ammo, bu fikrlar haqiqatga to’g’ri kelmaydi.
Avvalo   shuni   qayd   etish   kerakki,   har   qanday   davlat   hujjatlarsiz   faolit
ko’rsatishi   amri   maholdir.   Shunday   ekan,   Ahmoniylar,   Yunon-Baqtriya   va
Kushon   davlatlarida   zamonigacha   kechgan   davrda   ham   arxivlar   bo’lgan,
lekin   ular   bizgacha   yetib   kelmagan   yoki   hozirga   qadar   topilmagan.   Bundan
keyingi   arxeologik   tadqiqotlar   jarayonida   O’rta   Osiyoda   eng   qadimiy
arxivlarning topilishi ehtimoldan holi emas.
Vatanimiz   hududida   qadim   zamonlarda   arxivlarning   mavjud
bo’lganligi   1948-1950   yillarda   Xorazmdagi   Tuproqqal’a   xarobasida   S.   P.
Tolstov   boshchiligida   olib   borilgan   arxeologik   qazishmalar   paytida
isbotlandi.   Bu   yerda   milodiy   III-IV   asrlarga   oid   xorazm   tilida   yozilgan   100
ga yaqin hujjat topildi.
Bu   hujjatlar   Xorazm   podsholari   arxiviga   tegishli   ekanligi   aniqlandi.
Ularning   18   tasi   yog’ochga,   ko’pchiligi   oshlangan   charmga   yozilgan.
Hujjatlarning   8   tasi   yaxshi   saqlangan.   Hozirgi   kunga   qadar   100ga   yaqin
hujjatdan atigi 26 tasini olimlar o’qishga muvaffaq bo’ldilar.
Tuproqqal’a   arxiv   hujjatalarining   2   guruhga   bo’lish   mumkin.   Birinchi
guruhga   soliq   hujjatlari   kiradi.   Ular   yog’ochga   yozilgan.   Ikkinchi   guruh
(teriga   yozilgan)   asosan   xo’jalik   hujjatlari   bo’lib,   ularga   podsho   xazinasiga
tushgan   jarimalarning   nomi,   miqdori   hamda   qayerdan   kelganligi   yozib
qo’yilgan.
Shunday   qilib,   tarixiy   faktlar   O’rta   Osiyoda   arxivlar   qadimgi
zamonlardan mavjud bo’lganligini ko’rsatmoqda. O’rta asrlarda Movarounnahrda arxiv ishi Ilk   o’rta   asrlarda   O’rta   Osiyo   hududida
mavjud bo’lgan mayda davlatlarda arxivlar mavjud edi. Bu fikrni 1932-1933
yillarda hozirgi Tojikiston Respublikasi Panjikent nohiyasidagi Mug’ tog’ida
joylashgan   qadimgi   qasr   xarobalaridan   topilgan   so’g’d   arxivi   to’la
tasdiqlaydi.   Mug’   tog’idagi   so’g’d   arxivi   deb   ataluvchi   bu   majmua   VII   asr
oxiri va VIII asr boshlariga oid 80 ga yaqin noyob hujjatni o’z ichiga oladi.
Ular   So’g’d   podsholigiga   tobe   bo’lgan   Panj   hokimi   saroyi   hamda   turli
viloyatlar   hokimlari   va   amaldorlarga   tegishli   hujjatlar   yig’indisidan   iborat.
Arablarga   qarshi   kurash   jarayonida   Panj   hokimi,   bir   muddat   So’g’d
podsholigi   taxtiga   da’vogarlik   qilgan   Divashtich   o’z   otryadi   bilan   Mug’
tog’ida joylashgan mudofaa qasriga chekingan. Shunda saroy hujjatlari ham
bu   yerga   keltirilgan.   722   yilda   arablar   qasrni   shturm   bilan   olib,   uni   buzib
tashlaganlar.   Hujjatlar   vayron   bo’lgan   qasr   ostida   qolib   ketgan   va   1210   yil
o’tgandan so’ng topildi. So’g’d  arxivi hujjatlari yurtimizning ilk o’rta asrlar
tarixiga doir g’oyat muhim ma’lumotlar beradi.
Arab   halifaligi   hukmronligi   tugatilgandan   so’ng   Movarounnahrda
tashkil   topgan   Somoniylar   davlatida   arxivlar   tashkil   etiladi.   Mashhur   olim
Abu   Ali   Ibn   Sino   o’z   tarjimayi   holida   saltanat   poytaxti   –   Buxoroda   ulkan
kutubxona-arxiv   mavjud   bo’lganligini   qayd   etadi.   Ishonch   bilan   aytish
mumkinki,   Qoraxoniylar   va   Xorazmshohlar   davlatlarida,   mo’g’ullar
hukmronligi davrida, Temuriylar, Shayboniylar va Ashtarhoniylar zamonida
ham   arxivlar   faoliyat   ko’rsatgan.   Lekin   turli   tabiiy   ofatlar,   istilolar   hamda
to’xtovsiz   o’zaro   urushlar   oqibatida   arxivlar   va   ularda   saqlangan   hujjatlar
nobud   bo’ldi,   bizgacha   yetib   kelmadi.   Hozirgi   kunda   O’zbekiston
Respublikasi  Markaziy  Davlat  arxivida  saqlanayotgan  eng  qadimiy  hujjatlar
XIII va undan keyingi asrlarga doir vaqfnomalar hisoblanadi. Xonliklar davrida arxivlarning ahvoli Buxoro,   Xiva   va   Qo’qon   xonliklarining   XIX
asrgacha bo’lgan hujjatlari baxtga qarshi bizgacha yetib kelmagan. Xonliklar
hukmronligining so’nggi davri (asosan XIX asr oxiri va XX asr boshlari) ga
oid hujjatlar qisman saqlanib qolgan.
1873   yilda   chor   qo’shinlarining   Xivaga   qilgan   yurishida   qatnashgan
sharqshunos   A.   Kun   xon   saroyini   tintuv   qilish   chog’ida   300   ga   yaqin   kitob
(sharq   qo’lyozmalari)   va   har   xil   hujjatlarni   yig’ib   oladi.   Hujjatlar   asosan
xonning   kirim   va   chiqimlari   haqida   ma’lumot   beruvchi   materiallar,
diplomatik yozishmalar va bir qancha vaqfnoma hamda mulkiy yorliqlardan
iborat   edi.   Xiva   xoni   arxivini   o’rgangan   A.   Kun   o’z   vaqtida   uning   to’liq
emasligini va hujjatlar asosan xonlik tarixining so’nggi davriga oid ekanligini
qayd qilgan edi.
Xiva xoni arxivi va kutubxonasini shoshilinch tarzda ko’rib chiqqan A.
Kun   ayrim   hujjatlarni   Rossiya   Fanlar   Akademiyasining   Osiyo   muzeyiga
topshirish   uchun   tanlab   oladi,   qolganini   esa   general   fon   Kaufman
imperatorning   Sankt-Peterburgdagi   Xalq   kutubxonasiga   (hozirgi   Saltikov-
Shchedrin   nomidagi   Xalq   kutubxonasi)   ga   sovg’a   qilib   yuboradi.   Shundan
so’ng   Xiva   xonining   arxivi   hammaning   esidan   chiqdi.   Ularni   1936   yilda
eslatib o’tilgan kutubxonada tadqiqot ishlarini olib borgan sharqshunos olim
P. Ivanov topdi. Ayni paytda P. Ivanov kutubxonaning qo’lyozmalar fondida
saqlanayotgan   hujjatlarning   bir   qismi   Qo’qon   xonligiga   tegishli   ekanligini
ham aniqladi. P. Ivanov tomonidan hammasi bo’lib turli kattalik va hajmdagi
120 ta daftar topildi. Hujjatlar 1822-1872 yillarga tegishli edi.
Qo’qon   xonligi   arxivining   taqdiri   ham   shunga   o’xshashdir.
Xudoyorxonning   1875   yilda   Qo’qondan   qochishi,   yo’lda   uning   karvonini
talanishi,   Qo’qondagi   xon   saroyini   qo’zg’olonchilar   tomonidan   talon-taroj
qilinishi   natijasida   arxiv   hujjatlarining   asosiy   qismi   nobud   bo’ldi.   Uning
saqlanib qolgan qismi esa Qo’qonni zabt etgan ruslar qo’liga o’tadi. General fon   Kaufman   Qo’qon   xoni   arxivining   saqlanib   qolgan   hujjatlarini   nomi
yuqoriida   zikr   etilgan   Sankt-Peterburgdagi   kutubxonaga   va   qisman
Toshkentdagi Xalq kutubxonasiga taqdim etadi. Keyinchalik Toshkent Xalq
kutubxonasi ( hozirgi A. Navoiy nomli O’zbekiston milliy kutubxonasi) dagi
barcha sharq qo’lyozmalari O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik
instituti   fondiga   topshirilgan.   Sankt-Peterburgdagi   Saltikov   Shchedrin
kutubxonasining   qo’lyozmalar   fondidagi   Qo’qon   va   Xiva   xonliklariga
tegishli  arxiv  hujjatlari  1962  yilda  Toshkentga  qaytarilgan  va  hozirgi  kunda
O’zbekiston   Respublikasi   Markaziy   arxivi   fondlarida   saqlanmoqda.   Qo’qon
xoni arxivi haqida tarixchi olima A. L. Troiskaya 1968 yilda “Katalog arxiva
kokandskix   xanov   XIX   v.”   nomli   kitobini   e’lon   qildi.   Mazkur   kitobda
mingdan ko’proq hujjatlarning tavsifi keltirilgan. 
Qo’qon   xonligi   arxivi   hujjatlarini   o’rganish   borasida   t.f.d.,   prof.   A.
Nabiyevning xizmatlari kattadir.
Buxoro amirligi arxivi haqida uzoq vaqt hyech narsa ma’lum emas edi.
Faqatgina   1931   yilning   dekabrida   Buxoro   arkidagi   suvab   tashlangan
yerto’lada   arab   alifbosida,   fors-tojik   tilida   yozilgan   nomalar   betartib   xolda
topildi.   Dastlab   bu   materiallar   Buxoro   muzeyiga   keltirilib,   chek   tarzida
saralanadi   va   tartibga   keltiriladi.   1937-1938   yillarda   77764   ta   maktub
O’zbekiston   SSR   Markaziy   Davlat   arxiviga   o’tkaziladi   va   bu   majmuaga
Buxoro amiri Qushbegiisi fondi deb nom beriladi.
Buxoro   amiri   Qushbegisi   arxividagi   hujjatlar   XIX   asr   oxirlaridan   to
1920  yilgacha  bo’lgan  davrga  taalluqlidir.  Ular  orasida  Buxorodagi  Rossiya
siyosiy   agentligi   bilan   ichki   va   tashqi   siyosiy   masalalarga   doir   diplomatik
yozishmalar,   mansabdor   shaxslarning   joylardagi   ahvol   haqidagi   xabarlari,
soliqlar, xalq sayillarini o’tkazish, jinoyat-qidiruv, dehqonlar qo’zg’olonlari,
amirlikka   olimlar,   harbiylar,   chet   elliklarning   kelishi,   qo’shinlarning   bir
joydan ikkinchi joyga ko’chirilishi, lavozimga tayinlash haqidagi yorliqlar va boshqa   hujjatlarni   uchratish   mumkin.   Fond   majmualari   orasida   faqatgina
Qushbegiga   yuborilgan   materiallar   bo’lmay,   qozikalon   va   amir   xazinasini
yurituvchi devonbegiga oid rasmiy hujjatlar ham mavjud.
Buxoro amirligi arxivi ustida ishlash amirlikning XIX asr oxiri va XX
asr   boshlaridagi   ijtimoiy-iqtisodiy   tarixni   yoritishda   muhim   o’rin   tutadi.
Hozirgi   kunda   sharqshunos-olimlarning   bir   guruhi   mazkur   hujjatlarni
o’rganish, tahlil etish, tarjima qilish va ilmiy muomalaga kiritish bo’yicha ish
olib bormoqda.
Xulosa   qilib   shuni   aytish   mumkinki,   O’rta   Osiyo   hududida   arxivlar
qadimgi   zamonlardan   mavjud   bo’lgan.   Ammo   turli   sabablarga   ko’ra   bu
arxivlarning ko’pchiligi bizgacha yetib kelmagan. Biz hozirgi kunda Xorazm
podsholari   va   So’g’d   davlati   arxivlarining   ayrim   hujjatlarini,   shuningdek
XVI-XIX asr vaqf hujjatlari hamda qisman XIX asrga tegishli Xiva, Qo’qon
xonliklari   va   Buxoro   amirligi   arxivlariga   mansub   hujjatlar   bilan   tanishish
imkoniyatiga egamiz.
Му ам м ол и савол :  Ним а сабабдан қ адим ги архивл ар
биз гача ж у да к ам  м иқ дорда е тиб к е л ган?  Manbalar va adabiyotlar
Alimov I va B. Arxivshunoslik.  Toshkent, 1997.
Asqarov A. O’zbekiston tarixi. Toshkent, 1994.
Is’hoqov M. Unutilgan podsholikdan xatlar.  Toshkent, 1992.
Oronyuk B., Aliyev B. Arxivlar – hujjatlar qal’asidir // Sharq yulduzi.
Nabiyev R. Iz istorii Kokandskogo xastva.  Toshkent, 1973.
Troiskaya A. L. Katalog arxiva kokandskix xanov.  Moskva, 1968.
Ivanov P. P. Arxiv xivinskix xanov //Zapisi IV AN SSSR.   T-7. Moskva,
1939.
Muxsinova   K.   Opqt   rabotq   po   uporyadocheniyu   fonda   «Kushbegi   emira
Buxarskogo» // nauchno-metodicheskiy byulleteng’ Arivnogo upravleniya
MVD UzSSR. 1955. №3,

O’rta Osiyoning qadimgi arxivlari tarixidan REJA: 1. O’rta Osiyoda eng qadimgi arxivlarning vujudga kelishi 2. O’rta asrlarda Movarounnahrda arxiv ishi 3. Xonliklar davrida arxivlarning ahvoli

O’rta Osiyoda eng qadimgi arxivlarning vujudga kelishi Bugungi kunda ko’pgina tarixchilar va arxivshunoslar orasida Rossiya istilosiga qadar “O’rta Osiyo davlatlarida hyech qanday arxiv bo’lmagan” degan nuqtai nazar yashab keladi. Taniqli sharqshunos olim A. A. Semyonov 1922 yilda quyidagilarni yozgan edi: “Musulmon Sharqida, umuman Turkistonda biz tushunadigan ma’nodagi arxivlarni tasavvur qilolmaydiar, negaki idoraviy ishlar nihoyatda boshqacha tarzda olib borilgan”. A. V. Chernov esa o’zining “SSSRda arxiv ishi va uni tashkillashtirish tarixi” nomli o’quv qo’llanmasida to’ppadan- to’g’ri 1917 yilga qadar “O’rta Osiyo davlatlarida hyech qanday arxiv bo’lmagan” deb yozadi. Yo’q, to’g’ri emas. O’rta Osiyoda qadimgi zamonlardan buyon arxivlar mavjud bo’lgan. O’rta Osiyoda qadimgi arxivlarning paydo bo’lishi bu yerda ilk davlatlarning vujudga kelishi hamda yozuvning tarqalishi bilan bog’liqdir. O’rta Osiyoda xo’jalikning rivojlanib borishi, davlatchilining shakllanishi natijasi o’laroq turli xo’jalik, soliq va yuridik hujjatlarning yaratila boshlandi. Ayni paytda bu hujjatlari ma’lum muddat davomida yoki doimiy ravishda saqlashga ehtiyoj tug’ildi. Natijada hujjatlarni saqlashga mutassadi bo’lgan shaxslar va muassasalar paydo bo’ladi. Bu muassasalar hozirgi kunda arxivlar deb ataladi. Demak, arxivlar O’rta Osiyoda qadimgi davrlarda ijtimoiy zarurat yuzasidan vujudga keldi. Arxivlarda saqlangan hujjatlar zamonlar o’tishi bilan o’z ahamiyatini yo’qotmadi. Agar dastlab arxiv hujjatlar bevosita xo’jalik va ijtimoiy hayotni yo’lga solish uchun xizmat vilgan bo’lsa, keyinchalik ular tarixiy jarayonni o’rganish uchun yozma manbalar sifatida muhim ahamiyat kasb etdi. Му ам м ол и савол : Ру с ол им л арининг у шбу ху л осал ари тў ғ рим и ?

Afsuski, biz O’rta Osiyodagi eng qadimgi arxivlar haqida yetarli ma’lumotga ega emasmiz. Bizgacha yetib kelgan oz sonli yozma manbalarda ular haqida ma’lumot berilmaydi. Shuning uchun bo’lsa kerak, yuqorida ta’kidlab o’tilganidek ayrim arxivshunoslar O’rta Osiyoda to Rossiya istilosiga qadar maxsus arxivlar bo’lmagan degan fikrlarni bildirganlar. Ammo, bu fikrlar haqiqatga to’g’ri kelmaydi. Avvalo shuni qayd etish kerakki, har qanday davlat hujjatlarsiz faolit ko’rsatishi amri maholdir. Shunday ekan, Ahmoniylar, Yunon-Baqtriya va Kushon davlatlarida zamonigacha kechgan davrda ham arxivlar bo’lgan, lekin ular bizgacha yetib kelmagan yoki hozirga qadar topilmagan. Bundan keyingi arxeologik tadqiqotlar jarayonida O’rta Osiyoda eng qadimiy arxivlarning topilishi ehtimoldan holi emas. Vatanimiz hududida qadim zamonlarda arxivlarning mavjud bo’lganligi 1948-1950 yillarda Xorazmdagi Tuproqqal’a xarobasida S. P. Tolstov boshchiligida olib borilgan arxeologik qazishmalar paytida isbotlandi. Bu yerda milodiy III-IV asrlarga oid xorazm tilida yozilgan 100 ga yaqin hujjat topildi. Bu hujjatlar Xorazm podsholari arxiviga tegishli ekanligi aniqlandi. Ularning 18 tasi yog’ochga, ko’pchiligi oshlangan charmga yozilgan. Hujjatlarning 8 tasi yaxshi saqlangan. Hozirgi kunga qadar 100ga yaqin hujjatdan atigi 26 tasini olimlar o’qishga muvaffaq bo’ldilar. Tuproqqal’a arxiv hujjatalarining 2 guruhga bo’lish mumkin. Birinchi guruhga soliq hujjatlari kiradi. Ular yog’ochga yozilgan. Ikkinchi guruh (teriga yozilgan) asosan xo’jalik hujjatlari bo’lib, ularga podsho xazinasiga tushgan jarimalarning nomi, miqdori hamda qayerdan kelganligi yozib qo’yilgan. Shunday qilib, tarixiy faktlar O’rta Osiyoda arxivlar qadimgi zamonlardan mavjud bo’lganligini ko’rsatmoqda.

O’rta asrlarda Movarounnahrda arxiv ishi Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyo hududida mavjud bo’lgan mayda davlatlarda arxivlar mavjud edi. Bu fikrni 1932-1933 yillarda hozirgi Tojikiston Respublikasi Panjikent nohiyasidagi Mug’ tog’ida joylashgan qadimgi qasr xarobalaridan topilgan so’g’d arxivi to’la tasdiqlaydi. Mug’ tog’idagi so’g’d arxivi deb ataluvchi bu majmua VII asr oxiri va VIII asr boshlariga oid 80 ga yaqin noyob hujjatni o’z ichiga oladi. Ular So’g’d podsholigiga tobe bo’lgan Panj hokimi saroyi hamda turli viloyatlar hokimlari va amaldorlarga tegishli hujjatlar yig’indisidan iborat. Arablarga qarshi kurash jarayonida Panj hokimi, bir muddat So’g’d podsholigi taxtiga da’vogarlik qilgan Divashtich o’z otryadi bilan Mug’ tog’ida joylashgan mudofaa qasriga chekingan. Shunda saroy hujjatlari ham bu yerga keltirilgan. 722 yilda arablar qasrni shturm bilan olib, uni buzib tashlaganlar. Hujjatlar vayron bo’lgan qasr ostida qolib ketgan va 1210 yil o’tgandan so’ng topildi. So’g’d arxivi hujjatlari yurtimizning ilk o’rta asrlar tarixiga doir g’oyat muhim ma’lumotlar beradi. Arab halifaligi hukmronligi tugatilgandan so’ng Movarounnahrda tashkil topgan Somoniylar davlatida arxivlar tashkil etiladi. Mashhur olim Abu Ali Ibn Sino o’z tarjimayi holida saltanat poytaxti – Buxoroda ulkan kutubxona-arxiv mavjud bo’lganligini qayd etadi. Ishonch bilan aytish mumkinki, Qoraxoniylar va Xorazmshohlar davlatlarida, mo’g’ullar hukmronligi davrida, Temuriylar, Shayboniylar va Ashtarhoniylar zamonida ham arxivlar faoliyat ko’rsatgan. Lekin turli tabiiy ofatlar, istilolar hamda to’xtovsiz o’zaro urushlar oqibatida arxivlar va ularda saqlangan hujjatlar nobud bo’ldi, bizgacha yetib kelmadi. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivida saqlanayotgan eng qadimiy hujjatlar XIII va undan keyingi asrlarga doir vaqfnomalar hisoblanadi.

Xonliklar davrida arxivlarning ahvoli Buxoro, Xiva va Qo’qon xonliklarining XIX asrgacha bo’lgan hujjatlari baxtga qarshi bizgacha yetib kelmagan. Xonliklar hukmronligining so’nggi davri (asosan XIX asr oxiri va XX asr boshlari) ga oid hujjatlar qisman saqlanib qolgan. 1873 yilda chor qo’shinlarining Xivaga qilgan yurishida qatnashgan sharqshunos A. Kun xon saroyini tintuv qilish chog’ida 300 ga yaqin kitob (sharq qo’lyozmalari) va har xil hujjatlarni yig’ib oladi. Hujjatlar asosan xonning kirim va chiqimlari haqida ma’lumot beruvchi materiallar, diplomatik yozishmalar va bir qancha vaqfnoma hamda mulkiy yorliqlardan iborat edi. Xiva xoni arxivini o’rgangan A. Kun o’z vaqtida uning to’liq emasligini va hujjatlar asosan xonlik tarixining so’nggi davriga oid ekanligini qayd qilgan edi. Xiva xoni arxivi va kutubxonasini shoshilinch tarzda ko’rib chiqqan A. Kun ayrim hujjatlarni Rossiya Fanlar Akademiyasining Osiyo muzeyiga topshirish uchun tanlab oladi, qolganini esa general fon Kaufman imperatorning Sankt-Peterburgdagi Xalq kutubxonasiga (hozirgi Saltikov- Shchedrin nomidagi Xalq kutubxonasi) ga sovg’a qilib yuboradi. Shundan so’ng Xiva xonining arxivi hammaning esidan chiqdi. Ularni 1936 yilda eslatib o’tilgan kutubxonada tadqiqot ishlarini olib borgan sharqshunos olim P. Ivanov topdi. Ayni paytda P. Ivanov kutubxonaning qo’lyozmalar fondida saqlanayotgan hujjatlarning bir qismi Qo’qon xonligiga tegishli ekanligini ham aniqladi. P. Ivanov tomonidan hammasi bo’lib turli kattalik va hajmdagi 120 ta daftar topildi. Hujjatlar 1822-1872 yillarga tegishli edi. Qo’qon xonligi arxivining taqdiri ham shunga o’xshashdir. Xudoyorxonning 1875 yilda Qo’qondan qochishi, yo’lda uning karvonini talanishi, Qo’qondagi xon saroyini qo’zg’olonchilar tomonidan talon-taroj qilinishi natijasida arxiv hujjatlarining asosiy qismi nobud bo’ldi. Uning saqlanib qolgan qismi esa Qo’qonni zabt etgan ruslar qo’liga o’tadi. General