logo

O‘simliklarning kasalliklarga va zararkunandalarda chidamliligini aniqlash usullari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

36.7421875 KB
Mavzu:  O‘simliklarning kasalliklarga va zararkunandalarda
chidamliligini aniqlash usullari.
R e j a:
1. Chidamlilikni baholashda mavjud sharoitning roli.
2. Chidamlilikni baholashda laboratoriya usullarining ahamiyati.
3. Infeksion fon va infeksion yuklama.
4. Infeksion fon yaratilishidagi bosqichlar.
5. O‘simliklarni viruslar bilan zararlash usullari.
6. O‘simliklarni mahsus usullar yordamida zararlash.
7. O‘simliklarni baholash usullari. Ekinlarning   kasallik   va   zararkunandalarga   chidamli   navlarni   yaratishda
ularning   chidamliligi,   boshqa   belgi   va   xususiyatlarini   baholashdan   farq   qilib,
faqat o‘simlik bilan patogen va zararkunanda munosabati bilan aniqlanadi.  Yalpi
patogenning va hasharotlarning zararlashi mumkin bo‘lgan sharoit yaratiladi va
faqat   shu   usuldagina   to‘g‘ri   baholash   mumkin.   Seleksiya   amaliyotida   navlar
tabiiy   sharoitda   yoki   boshqa   sharoitlarda   patogen   yoki   hasharotlarning
rivojlashish uchun qulay bo‘lgan sharoitlarda olib boriladi.
Umuman, chidamlilikni baholash kasallik va hasharotlarning rivojlanishi
to‘g‘risida ma’lumotlarga asoslanib o‘tkazilishi lozim.
Shuni   ham   ta’kidlash   lozimki,   tabiiy   sharoitda   har   yili   ham   kasallik   va
zararkunandalarga   chidamlilikni   baholash   uchun   ular   kerakli   miqdorda
rivojlanmaydi.   Shuning   uchun   bunday   yillarni   kuzatish   seleksiya   jarayonining
cho‘zilib   ketishiga   olib   keladi.   Bundan   tashqari   tabiiy   sharoitda   chidamlilikni
baholash   jarayonining   cho‘zilishini   boshqa   sabablari   ham   bo‘lishi   mumkin.
Masalan, monogen tipidagi chidamlilikni faqat patogenning aynan shu shtammi
mavjud   sharoitda   baholash   lozim.   Lekin   bu   shtammlar   ob-havo   sharoiti   va
boshqa   omillarga   qarab   ba’zi   yillari   umuman   paydo   bo‘lmasligi,   ba’zan   esa
faqat o‘simliklarning usuv davri oxirida paydo bo‘lishi mumkin.
Poligen   tipidagi   chidamlilikni   baholash   ham   dala   sharoitida   doimo
kutilgan   natijalarni   beravermaydi.   Bir   necha   chidamliligi   har   xil   navlarni   bitta
dalada   yonma-yon   yetishtirish   bilan   baholashda   ham   kamchiliklarga   yo‘l
qo‘yilishi   mumkin.   Chunki   chidamsiz   navlarga   katta   miqdorda   inokulyumning
to‘g‘ri  kelishi  chidamli navlarda past  ko‘rsatkich belgilanishiga olib keladi. Bu
qiyinchiliklarga   qaramay   navlarni   kasallik   va   zararkunandalarga   chidamliligini
baholashning   aniq   usullarining   ishlab   chiqilishi   va   qo‘llanilishi   seleksion
jarayonning   muhim   bosqichlari   bo‘lib   hisoblanadi.   Bu   usullar   infeksion,
invazion,   provokatsion   fonlar   yaratish   va   chidamlilikni   baholashning   maxsus
laboratoriya usullarining ishlab chiqilishiga asoslanadi. Bunday   laboratoriya   usullarining   ishlab   chiqilishi   seleksion   jarayonni,
yangi navlarni yaratishni jadallashtirilishiga qaratilgan.
Ularning ko‘pchiligini ekspress- usullar ham deb aytish mumkin. Chunki
bu   usullar   tez   muddatda   chidamlilik   to‘g‘risida   ma’lumotlar   olish   imkonini
beradi. Ularni ishlab chiqarishdagi usullar ilmiy asoslangan bo‘lishi lozim.
Ko‘pgina   laboratoriya   usullari   bilvosita   usullarga   asoslangan.   Ya’ni
chidamlilik kasallanish yoki zararlanish darajasiga qarab emas, balki chidamlilik
bilan   korrelyativ   bog‘liqlikda   bo‘lgan   boshqa   ko‘rsatkichga   qarab   baholanadi.
Masalan, bug‘doy va arpaning chang qorakuyaga chidamliligini baholash uchun
gulning   urug‘   tumshuqchasida   sporalarning   o‘sish   va   donning   zararlanish
xarakteriga   qarab   baholashga   asoslangan   ekspress-usul   bilan   aniqlanishi
mumkin. Baholashning laboratoriya usullari faqat chidamlilikni baholash uchun
emas,   balki   o‘simlikning   ba’zi   himoya   omillari   (mexanizmlari)   va   chidamlilik
tiplarini   aniqlash   uchun   ham   qo‘llaniladi.   Masalan,   laboratoriya   usullari
yordamida   patogenning   o‘simlikda   tarqalishiga   chidamliligi   kabi   xususiyatlari
baholanadi.
Infeksion fon va infeksion yuklama .
                      Navlarning   chidamliligini   baholash   va   sinash   ishonchli   va   aniq
ma’lumotlar   olishning   sharoitlaridan   biri   -   infeksion   yuklamani   ta’minlovchi
infeksion fonning mavjudligi.
Infeksion   fon   deb   o‘simliklarda   ma’lum   kasalliklarni   chaqira   oladigan
infeksiyaning   mavjudligi   va   kasallikning   rivojlanishi   uchun   qulay   bo‘lgan
muhitga aytiladi.
Infeksion yuklama deganda o‘simlikning yuza birligiga to‘g‘ri keladigan
infeksiya birligining miqdori tushuniladi (bakteriya, zamburug‘, viruslar).
Infeksion fon tabiiy va sun’iy bo‘lishi mumkin. Tabiiy infeksion fon deb,
sinalayotgan   navlarni   infeksiya   tabiiy   holda   to‘plangan   dalalarda   yoki
kasallikning   epifitotiya   sharoitlarda   sinab   ko‘rilishiga   aytiladi.   Masalan, g‘o‘zani  bir  maydonda suro‘nkasiga ko‘p yillar mobaynida ekilishi  fuzarioz va
vertitsillyoz so‘lish kasalliklarining patogenlarini ko‘payib ketishiga olib keladi.
Agar   ushbu   dalada   g‘o‘zaning   navlari   ekilib   sinab   ko‘rilsa   albatta   bo‘larning
ichidan   bir   nechta   chidamli   o‘simliklar   topilishi   mumkin.   Bu   esa   kelajakda
ushbu   o‘simliklardan   birlamchi   material   sifatida   viltga   chidamli   navlar
yaratilishi mumkin.
Umuman,   tabiiy   infeksion   fondan   tuproqda   yashovchi   va   u   orqali
yuqadigan   kasalliklarga   chidamli   navlar   yaratilishida   keng   qo‘llaniladi,   chunki
tuproq sharoiti kam o‘zgaradigan muhit hisoblanadi.
Sun’iy infeksion fon deb patogenlarni tuproqqa yoki bevosita o‘simlikni
o‘ziga   o‘tkazish   yo‘li   bilan   zararlashga   aytiladi.   Masalan,   g‘o‘zaning   vilt
qo‘zg‘atuvchisi   uchun   sun’iy   infeksion   fon   yaratishda     patogen   bo‘lgan
zamburug‘   dastlab   ko‘paytiriladi   va   tuproqqa   solinadi.   Umuman   sun’iy
infeksion   fon   yaratish   usullari   kasallik   qo‘zg‘atuvchining   va   o‘simlikning
biologik xususiyatlarini hamda patogen xarakterini hisobga olib yaratiladi.
Har qanday usulda yaratilgan fon albatta zararlanishni ta’minlashi kerak.
Provakatsion   fon   deb   o‘simliklarni   kasallik   bilan   maksimal   darajada
zararlanishini   ta’minlovchi   sharoit   yaratilishiga   aytiladi.   Masalan,   bahori
bug‘doyni   erta   va   chuqurroq   ekish   uning   unib   chiqishini   kechiktiradi   va
o‘simliklarning qattiq qorakuya bilan zararlanish imkoniyatini oshiradi.
Yoki   boshqa   misol.   Kartoshkani   pastlik   joylarda,   demak   suv   ko‘llab
qolishi   ta’minlangan   sharoitda   o‘stirilishi,   fitoftoroz   kasalligini   rivojlanishiga
olib keladi.
Ko‘p hollarda provokatsion sharoit infeksion fonda joylashtiriladi va bu
hodisani   infeksion-provokatsion   fon   deb   aytiladi.   Ushbu   fonni   ayniqsa
laboratoriya   va   teplitsa   sharoitlarida   tashkil   qilish   juda   qulay.   Chunki   bu
yerlarda harakat va kamchilikni istagan tarzda boshqarish mumkin. Chunonchi,
teplitsalarda g‘allagullilarni zang va un shudring kasalliklarining har xil turlariga
chidamliligini aniqlash oddiy holga aylangan,. va aynan teplitsalarda kasallikka moyil   birlamchi   sinashdan   o‘tmaganlari     yaroqsiz   deb   topiladi   va   keyingi   ish
jarayonidan   olib   tashlanadi.   Kasallikka   chidamli   formalar   esa   dala   sharoitida,
ishlab  chiqarishga   eng  yaqin  bo‘lgan   sharoitda  sinalib  yakunlovchi  baho   olishi
mumkin.
Infeksion   fonni   yaratilishida   birinchi   bosqich   infeksiyani   to‘plash
hisoblanadi. Parazitning turiga qarab infeksiya to‘plash jarayoni turlicha o‘tadi.
Fuzarioz va vertitsillyoz so‘lish kasalliklarini qo‘zg‘atuvchi yarimparazitlar yoki
boshqacha   fakultativ   parazitlar,   kolba   yohud   boshqa   shisha   idishlarda
bo‘g‘langan   boshoqli   g‘alla   donlarida   osonlikcha   ko‘payadi.   Boshqa   parazit
zamburug‘lar,   masalan,   kartoshkaning   fitoftoroz,   olmaning   kalmaraz,
g‘allagullilarning   gelmintosporioz   kasalliklari   qo‘zg‘atuvchilarini   esa   mahsus
tayyorlangan   oziqlantirilgan   muhitlarda   yoki   tabiiy   substratlarda   (kartoshka
bo‘laklari- fitoftoroz uchun, olxo‘ri damlamasi- monilioz uchun va h.k.) to‘plash
mumkin.
Sun’iy   sharoitlarda   ko‘paytirib   bo‘lmaydigan   yoki   ko‘paytirishi   qiyin
bo‘lgan patogenlarning sporalarini kasallangan o‘simliklardan yig‘ib olib quruq
holda   muzlatgichlarda   saqlash   mumkin.   Shu   usulda   zangning   uredosporalarini
va qorakuyaning xlamidosporalarini  infeksionligini  yo‘qotmasdan bir necha yil
saqlash mumkin.
O‘simlik   hujayralaridan   tashqarida   nafaqat   ko‘payish,   hatto   uzoq
muddatda saqlanishga ham moslashmagan viruslarni yig‘ish va saqlash ayniqsa
qiyin. Viruslarni  yig‘ish va saqlash  uchun ularga moyil  o‘simliklarni teplitsada
zararlantirib keyin izolyatorlarning ichida, boshqa  viruslar  bilan zararlanmaslik
choralariga rioya qilib bu o‘simliklar parvarish qilinadi va   shtamm o‘simliklari
deb ataladi.
    Ikkinchi   bosqich   –   zararlantirish.   Bu   bosqichda   quyidagi   shartlar
bajarilishi kerak: 1. Iloji   boricha   parazitning   barcha   fiziologik   rasalari   (irqlari)   ga
chidamliligini   sinash,   chunki   parazitning   ayrim   rasalariga   chidamli
o‘simlik boshqa rasalariga chidamsiz bo‘lishi mumkin.
2. Optimal   infeksion   yuklamani   yaratish.   Bu   degani,   o‘simlikka
parazitning   to‘liq   zararlanish   darajasini   ta’minlaydigan   sporalar
miqdorini yetkazish. Masalan, bug‘doy urug‘larining har bir kilogrammi
1 – 10 gramm qattiq qorakuya xlamidosporalari bilan zararlantiriladi.
O‘simlikka   xaddan   tashqari   yuqori   infeksion   yuklamani   berish
zararlanish   ehtimolini   pasaytiradi,   chunki   bu   holda   patogenlarning   o‘zaro
qisilishi   kuzatiladi.   Infeksion   yuklamani   juda   past   bo‘lishi   ham   yaxshi   samara
bermaydi, chunki patogenning hamma sporalarini unib chiqishini va parazitning
kam   miqdordagi   gifalari   o‘simlikni   zararlashini   ta’minlay   olmasligi   mumkin.
Masalan,   fakultativ   parazitlar   bilan   zararlashda   infeksion   yuklama   obligat
parazitlar   bilan   zararlashdan   ko‘ra   nisbatan   yuqori   bo‘lishi   kerak.   Bu   ularning
biologik   xususiyatlarining   o‘zgacha   bo‘lishligi   bilan   bog‘liqdir.   Fakultativ
parazitlarning   aksariyat   qismi,   misol   uchun   Fusarium ,   B o tritis ,   Rhyzoctonia
o‘simlikning   to‘qimalarini   o‘zlarining   toksinlari   bilan   o‘ldirgandan   keyingina
egallaydi.   Obligat   parazitlar   esa   o‘simlikka   barg   og‘izchalari   orqali   o‘tadi   va
tirik   to‘qimalari   bilan   oziqlanadi.   Shuning   uchun   g‘allagullilar   zangini
qo‘zg‘atuvchi bir dona spora ham o‘simlikni zararlanishiga olib keladi.
Bu qoida viruslarga taalluqli emas, chunki bu parazitlar bilan kasallanish
uchun   ularning   miqdori   bir   millimetrda   millionlab   infeksion   zarrachalarni
tashkil qilishi kerak.
3. Sinovdan   o‘tayotgan   o‘simliklar   ma’lum   harorat,namlik   va   yorug‘lik
sharoitlarda   o‘stirilishi   kerak.   Chidamlilik   boshqa   xususiyatlar   singari
ma’lum   sharoitlarda   ifodalanishi   mumkin.   Masalan,   bug‘doy
navlarining   qorakuya   chidamliligi   faqat   harorat   10 0
S   dan   oshganda
belgilanishi mumkin.
Infeksiyani   kiritish   usullari   o‘simlik   va   parazitning   o‘zaro   munosabat
turiga   bog‘liq.   Saprofitlik   hayot   kechiradigan   aksariyat   tuproq   zamburug‘lari o‘simliklar  ekilishidan  yoki  ekib bo‘lgandan  keyin bevosita tuproqqa kiritiladi.
Obligat   tuproq   zamburug‘larini   bevosita   kasallikka   moyil   bo‘lgan   o‘simlik
organlariga   yetkazish   kerak,   chunki   kasallik   qo‘zg‘atuvchilari   uchun   tuproq
saqlanib   qolish   uchun   emas,   balki   to‘planishiga   imkoniyat   yaratuvchi   muhit
rolini   bajaradi.   Masalan,   rak   o‘simtalari   kartoshka   tugunaklarining   kesimlariga
joylashtiriladi   va   ular   2   hafta   kompostda   saqlanadi,   keyin   esa   yangi   paydo
bo‘lgan o‘simtalar o‘rganilib boriladi.
Tuproq parazitlariga nisbatan o‘simlikning yuqori qismini zararlaydigan
parazitlar tashqi muhit sharoitlariga ko‘proq bog‘liq bo‘ladi.
Ishni   oson   qilish   maqsadida   butun   o‘simlik   emas,   balki   uning   alohida
barglari   zararlanadi,   keyin   esa   bu   barglar   ho‘l   kamera,   shkaf,   quti   va   boshqa
ixtisoslashgan   moslamalarga   qo‘yiladi.   Ho‘l   kameralar   ko‘p   holatlarda   o‘sishi
uchun   erkin   namlik   bo‘lishi   kerak   kasallik   qo‘zg‘atuvchilari   bilan   ishlanganda
qo‘llaniladi: kartoshkaning fitoftorozi, tamakining peronosporozi va boshqalar.
O‘simliklarni viruslar bilan zararlash jarayoni har xil tarzda o‘tkaziladi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri   o‘tadigan   viruslarni   shtamm   o‘simlikning   bir   necha   marta
suyultirilgan ezma suvi bilan berish mumkin. Ushbu suv bilan barglar surtiladi.
Surtilishdan oldin barglar mayda najdak kukuni bilan ishlanadi. Maqsad – barg
sathida o‘ta mayda teshikchalarni hosil qilish (virusning bemalol o‘tishi uchun).
Kontakt   yordamida   o‘tmaydigan   viruslarni   zararlangan   payvandostilariga
o‘simliklarni payvandlash bilan o‘tkazish usuli bor. Ayrim hollarda ko‘p mehnat
talab   qiladigan   payvandlash   jarayonidan   foydalanmaslik   uchun   viruslar   bir
o‘simlikdan ikkinchi o‘simlikka zarpechak yordamida o‘tkaziladi.
O‘simliklarning ayrim organlarini oddiy usullar bilan zararlashning iloji
bo‘lmaydi.   Shuning   uchun,   zararlash   samarasini   ko‘tarish   maqsadida   ko‘p
mahsus   usullar   ishlab   chiqilgan.   Masalan,   qattiq   qorakuya   xlamidosporalari
bilan   qobig‘i   yo‘q   g‘alla   urug‘larini   zararlash   hech   qanday   qiyinchilik
tug‘dirmaydi.   Lekin   qobig‘i   bor   g‘allalar   –   so‘li   va   arpani   zararlash   ma’lum
qiyinchiliklarga olib keladi, chunki qobig‘ tagiga xlamidosporalar o‘tolmaydi va natijada nihollarning aksariyat qismi zararlanmasdan qoladi. Bu holatni bartaraf
qilish   uchun   maxsus   pribordan   foydalaniladi.   Priborning   nomi   vakuum-
eksikator.   Uning   yordamida   kameradan   havo   tortib   olinadi   va   urug‘lar   ustiga
xlamidosporalarning   suvli   suspenziyasi   solinadi   va   atmosfera   havosi   eksikator
kamerasiga   kirganda   u   bilan  birga  urug‘   qobig‘ining   oralariga   xlamidosporalar
hech   qiyinchiliksiz   o‘tadi.   Ushbu   vakuum   -usul   bilan   bug‘doyning   gullarini
chang   qorakuya   va   makkajo‘horining   nihollarini   pufakli   qorakuya   bilan
zararlashda ham yuqori samara kutish mumkin.
Ko‘p holatlarda o‘simliklarning minglab nus’halarini zararlashga to‘g‘ri
keladi.   Bu   esa   sermehnatli   ish   bo‘lib,   uning   samaradorligini   oshirish   juda
dolzarb   masala   hisoblanadi.   Shuning   uchun   yuqorida   aytib   o‘tilgan   va   boshqa
mehnat   unumdorligini   oshirishga   qaratilgan   asbob-uskunalardan   kengroq
foydalanish kerak.
Baholash   usullari .   O‘simlik   turi,   kasallik   va   seleksioner   oldidagi
vazifaga qarab kasallikka mutlaq va nisbiy chidamliligi aniqlanadi.
Mutlaq chidamlilik aniqlanganda faqat bitta ko‘rsatgich inobatga olinadi
–   zararlanishni   bor-yo‘qligi.   O‘simlikni   yuqori   qismini   zararlaydigan
patogenlarga chidamli deb faqat ko‘zga ko‘rinadigan belgilari mavjudligi emas,
balki kasallik manba atrofidagi to‘qimalarning o‘lishi, boshqacha qilib aytganda
nekroz paydo bo‘lishi ham inobatga olinadi.
Tuproq   parazitlarga   mutlaq   chidamlilikka   ega   deb   kuchli   zararlangan
tuproqda   kasallanmagan   o‘simliklarga   aytiladi.   Ayrim   hollarda   kasallikni
yuzaga   chiqmasligi   o‘simliklarning   chidamliligi   bilan   bog‘liq   bo‘lmay,   balki
infeksion   materialning   yashovchanligi   yo‘qolishi   yoki   zararlanish   uchun
atrofdagi muhitning mos kelmasligi ham sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun
nazorat   sifatida   xuddi   shunday   sharoitda   kasallikka   o‘ta   moyil   nav   ekiladi   va
uning zararlanishi tajribaning to‘gri-noto‘g‘riligini ko‘rsatadi.
Mutlaq   chidamliligini   aniqlash   uchun   asosan   immun   navlar   chiqarish
uslubiyoti   ishlab   chiqarilgan   kasalliklar   olinadi.   Masalan,   faqat   rakka   mutlaq chidamlilikni   ko‘rsatgan   kartoshkaning   yangi   navlarini   ko‘paytirilishiga   ijozat
beriladi.
Ko‘pincha   nisbiy   chidamlilikni,   yoki   boshqacha   zararlanish   darajasini
aniqlashga to‘g‘ri keladi. Nisbiy chidamlilikni aniqlash rayonlashtirilgan navlar
bilan yangi nav o‘rtasidagi farqni bilish uchun imkoniyat yaratiladi. Shuningdek
u   yoki   bu   o‘stirish   usullarini   samaradorligini   baholash   uchun   ham   nisbiy
chidamlilikni aniqlash qo‘l keladi.
Chidamlilikni 3-ta usul bilan aniqlash mumkin:
1. Umumiy   tipdagi   kasallik   uchun   (so‘lish,   virus   infeksiyasi,   qorakuya
turlari)   –   tajribada   va   kontrolda   zararlangan   o‘simliklarning   foizini   aniqlash
(kontrol – rayonlashgan nav).
2. O‘simlikda   ko‘rinadigan   kasalliklar   uchun   (zang   turlari,   olmaning
qo‘tiri,   gelmintosporioz   turlari)   –   barg   va   poyalarining   sathidagi   pustula   va
dog‘larning foizini aniqlash. Bu va bularga o‘xshash kasalliklarni hisobga olish va
miqdorini   aniqlash   maqsadida   mahsus   shkalalar   ishlab   chiqilgan.   Analiz
qilinadigan o‘simliklarning barg va poyasini zararlanishi hisobga olish shkala bilan
taqqoslanadi.   Masalan,   chiziqli   zang   bilan   zararlanish   shkalasi   L.F.   Rusakov
tomonidan taklif etilgan va bu yerda bug‘doy bargi sathi qay darajada zararlangani
foizlarda   ko‘rsatilib   standart   sifatida   olinadi   va   tajribadagi   barglar   ushbu   shkala
ko‘rsatkichlari bilan solishtiriladi.
3. Amaliy   seleksiyada   ko‘p   hollarda   yuqorida   ko‘rsatilgan   usul   to‘g‘ri
kelmaydi, chunki kasallik boshlanishida chidamli va chidamsiz navlarning barglari
zang   pustulalari   bilan   bir   xil   qoplanadi.Kasallikka   moyil   navda   pustulalar   yaxshi
rivojlanadi   va   ularning   atroflari   yashil   to‘qimalar   bilan   o‘raladi.   Aksincha   holat
chidamli navda kuzatiladi. Uning hujayralari zararlanishga qarata toksin moddalar
chiqaradi   va   shu   bois   parazit   gifalari   va   ularning   atroflaridagi   hujayralar
zaharlanadi.   Natijada   esa   pustulalar   umuman   paydo   bo‘lmaydi   yoki   juda   mayda
bo‘lib,   ularning   atroflarida   oqimtir-sarg‘ish   o‘lgan   hujayralardan   iborat   nekroz
paydo   bo‘ladi.   Chidamliligi   o‘rtacha   bo‘lgan   navlar   o‘rtacha   ko‘rsatkichga   ega bo‘ladi.   Parazit   va   o‘simlik   o‘rtasidagi   o‘zaro   munosabatlarning   shu   tartibda
bo‘lishini hisobga olish uchun boshqacha shkala o‘ylab topilgan. Misol tariqasida
T.   D.   Straxovning   qo‘ng‘ir   zangga   chidamlilikni   baholash   uchun   besh   ballik
shkalasini   ko‘rsatish   mumkin.   Bu   yerda   0   –   chidamlilik   yo‘qligini,   4   –
immunitetni, 1, 2, 3  ballar – chidamlilik darajasining turlicha bo‘lishini ko‘rsatadi.
Seleksiya amaliyotida entomologik baholashning o‘ziga xosligi.
    Entomologik baholash usullari fitopatologik usullarga qaraganda ancha
murakkabroq   bo‘ladi.   Lekin   yangi   navlar   yaratilishida   hasharot,   kana   va
nematodalarga chidamlilik xossasini o‘rganish va seleksiya amaliyotida qo‘llash
katta   ahamiyatga   ega.   Ayniqsa,   viruslarning   ko‘p   turlari   zararkunandalar
yordamida o‘simlikka o‘tishini inobatga olsa, entomologik baholash usullarining
roli   yanada   oshadi.   Masalan,   tomatning   virus   kasalliklarini   aksariyat   hollarda
sikada hasharoti tarqatadi. Demak, sikadaga chidamli tomat navlari bir vaqtning
o‘zida viruslarga ham chidamli bo‘lishligi muqarrar.
Entomologik   baholash   usullari   hasharot   va   zararlanadigan   o‘simlikning
biologiyasiga,   hamda   o‘simlikning   himoyalanish   mexanizmlariga   asoslanadi.
Sinalayotgan   navlarga   hasharotning   yetuk   formasini   va   tuxumini   bir   xil
miqdorda   o‘simliklarga   joylashtirishni   tashkillashtirish   navlar
himoyalanishining   o‘ziga   xosligini   aniqlash   uchun   juda   samarali   usul   deb
topilgan.
Zararkunandalarni   ko‘paytirish   va   sun’iy   invaziya   yaratish   kasallik
qo‘zg‘atuvchilarini   ko‘paytirish   va   ular   bilan   o‘simliklarni   zaralantirishdan
ko‘ra ancha mehnat va qunt talab qiladigan tadbir ekanligi shubhasizdir. Keyin
tabiiy   sharoitda   agar   zararkunanda   soni   kam   bo‘lsa   baholashni   o‘tkazish
qiyinlashadi   va   dala   sharoitida   zararkunandalarni   sun’iy   ravishda   to‘plashga
to‘g‘ri   keladi.   Buning   uchun   jalb   qiluvchi   ekinlar,   har   xil   muddatda
o‘simliklarni ekish usuli, mahsus sun’iy invaziya fonlari yaratiladi. Jalb qiluvchi ekinlardan foydalanish .
Gessen, shved, bug‘doy pashshalariga navlarning chidamliligini aniqlash
uchun hasharotlarning zichligi 50% o‘simliklarni zararlashini ta’minlash kerak.
G‘alla   pashshalarining   soni   kam   bo‘lsa,   bug‘doy   va   arpa   dalalarida   ekilmagan
eni   3   –   10   sm.   teng   tasma   shakldagi   bo‘sh   yerlar   qoldiriladi.   Ushbu   tasmalar
begona   o‘tlardan   toza   holda   saqlanib,   kerak   vaqtda   urug‘   ekiladi   va   nihol
olinadi.   Maqsad   –   zarur   bo‘lgan   muddatda   baholash   uchun   hasharotlar   sonini
ta’minlash.
Gessen,   shved   va   bug‘doy   pashshalari   yozda   diapauza   davrini   ang‘izda
va tuproqning yuqori qismida o‘tkazadi. Shuning uchun ang‘izni yoqib yuborish
va chuqur haydash zararkunandalarning sonini ancha kamaytiradi. Ularni sonini
yuqori   maromda   saqlash   uchun   2   –   3   yil   surunkasiga   hasharotga   moyil   navni
ekish kerak. Ushbu navlar tasma shaklida hasharotlar uchun qulay muddatlarda
ekiladi.
Gessen va shved pashshalarining sonini yuqori maromda saqlash uchun,
kuzda   va   bahorda   g‘alla   ekishdan   tashqari,   yana   yozda   ham   yomg‘ir   ta’sirida
diapauzadan chiqkan hasharotlarni ozuqa bilan ta’minlash uchun g‘alla ekiladi.
G‘alla   pashshalariga   qarshi   chidamlilikni   aniqlash   uchun   3-ta   baxolash
usuli qo‘llaniladi:
1. Ko‘z bilan kuzatish (ball qo‘yiladi);
2. Namuna   olmasdan   so‘ligan   bargga   qarab   zararlangan   o‘simliklarning
foizini aniqlash (shved va bug‘doy pashshalari);
3. Namuna olib analiz asosida zararlangan o‘simliklarning foizini aniqlash.
Birinchi   usulda   navlarning   bir-biridan   zararlanish   farqi   yaqqol   ko‘zga
tashlangan bo‘lsa 3 ballik baholash tizimi  qo‘llaniladi: kuchli, o‘rta zararlanish
va chidamli.
Ikkinchi   usulda   100   –   300   o‘simlik   ko‘rib   chiqiladi.   Ushbu   usul
navlarning   o‘rtasidagi   chidamlilik   bo‘yicha   farqi   20%   dan   oshganda
qo‘llaniladi. Eng   ishonchli   deb   uchinchi   usul   hisoblanadi,   chunki   ushbu   usul
yordamida   zararlangan   va   nobud   bo‘lgan   o‘simlik   poyalari   hamda
zararkunandaning turini aniqlash mumkin.
Chidamlilikni sun’iy invaziya fonida baholash.
Childamlilikni   baholashda   bir   nechta   sun’iy   invaziya   usullari   mavjud.
Masalan,   g‘alla   urug‘i   maxsus   atrofi   doka   yoki   setka   bilan   o‘ralgan   qutilarda
maysa   paydo   bo‘lgancha   o‘stirilib,   keyin   gessen   pashshasi   doka   yoki   setka
ichiga qo‘yib yuboriladi.
AKShda   g‘alla   ekinlarning   shilimshiq   qurtga   chidamliligini   aniqlash
uchun   laboratoriya   uslubi   ishlab   chiqilgan.   Sinash   uchun   mo‘ljallangan
o‘simliklar urug‘lari tuvaklarga yoki qutilarga ekiladi. Bir xaftalik nihollar keyin
mahsus katakka qo‘yiladi. Bu yerda havo namligi 40-60%, harorat 26 – 27 0
S va
keraglicha yorug‘lik sharoitlari ta’minlanadi. Katakning ichiga zarakunandaning
lichinka va yetuk formalari ham kiritiladi.
Ushbu   usul   yordamida   hasharotning   tuxum   quyishdagi   tanlovchanligi,
urg‘ochilarning   serpushtligi,   lichinkalarning   hayotchanligi   va   boshqa
ko‘rsatkichlar   aniqlanadi.   Xullas,   bu   usulning   ishonchliligi   dala   sharoitida
olinadigan   natijalarga   ancha   yaqin   bo‘ladi.   Albatta,   dala   sharoitida   tajriba   olib
borish ko‘proq mehnat va harajat talab qiladi.
Bug‘doyning   zararli   hasvaga   chidamliligini   aniqlashda   ham
zarakunandani   sun’iy     joylashtirish   usuli   qo‘llaniladi.   Karkasi   yo‘q   kataklar
bug‘doy poyalarining ma’lum qismiga kiydiriladi, tagidan katak poyaga shikast
yetkazmasligi va xasva qochib ketmasligi uchun ehtiyotkorlik bilan bog‘lanadi.
Hasharot   katakning   tepasidan   kiritiladi   va   bu   qismi   ham   bog‘lanadi.   Bunday
kataklarda   qandalalarning   har   xil   miqdorini   ta’minlash   mumkin.   Ular   bemalol
o‘simlikning   istagan   qismiga   o‘tib-qaytishi   mumkin.   Keyinchalik   o‘simliklar
katak bilan birga yulinib, laboratoriyaga olib kelinadi va batafsil o‘rganiladi. E ntomologik baholashda  hisobga  olish  usullari.
Zararkunanda   va   uning   zarar   yetkazishiga   qarab   ko‘z   bilan   chamalash
(o‘simlik   bit,   burgalar   va   b.q.)   yoki   o‘simlik   analizi   (gessen,   shved,   bug‘doy
pashshalari va b.q.) yordamida hisobga olish usullari qo‘llaniladi.
Hisobga   olish   va   kuzatishlar   entomologik   jarayonida   zararkunandaning
rivojlanishiga qarab bir-necha marta o‘tkaziladi.
Kuzgi   bug‘doy   ekinlarining   gessen,   shved   va   bug‘doy   pashshalari
tomonidan zararlanishni hisobga olish 3 marta o‘tkaziladi: kuzda, ekinlar qishga
kirishidan   oldin,   bahorda,   ekinlar   yoppasiga   zararlanganda   va   donning   sut
pishish davrida.
Zararli   hasva   zararlashini   hisobga   olish   2   marta   o‘tkaziladi:   bahorda,
o‘simlik poyalarining nobud bo‘lishi eng yuqori bo‘lganda, va g‘alla pishganda
zararlangan don miqdoriga qarab.
O‘simliklarning  chidamlilik  darajasini  aniqlash  uchun  maxsus  shkalalar
ishlab chiqilgan. Masalan, g‘alla bitlariga chidamlilik darajasini aniqlash uchun
quyidagi shkala qo‘llaniladi (Chesnokov, 1956):
Ball Zararlanish darajasi va 1 o‘simlikdagi zararkunanda miqdori
0 Shikastlangan   o‘simliklar   miqdori   %   hisobida   –   0;   bir   o‘simlikda
mavjud zararkunanda soni – sanoqli.
1 Shikastlangan   o‘simliklar   miqdori   0   –   5%;   o‘simlikda   mavjud
zararkunanda miqdori 5 – 10 to‘da.
2 Shikastlangan   o‘simliklar   miqdori   5   –   15%;   o‘simlikda   mavjud
zararkunanda miqdori 5 – 6 to‘da.
3 Shikastlangan   o‘simliklar   miqdori   20-30%;   o‘simlikda   mavjud
zararkunandalar miqdori – to‘dalar soni o‘rtacha. 4 Shikastlangan   o‘simliklar   miqdori   30-40%;   o‘simlikda   mavjud
zararkunandalar miqdori – to‘dalar soni ko‘p.
5 Shikastlangan   o‘simliklar   miqdori     50%   dan   ziyod;   o‘simlikda
mavjud zararkunandalar miqdori – to‘dalar soni ko‘p.
Bug‘doy   navlarining   tripsga   chidamlilik   darajasini   aniqlashda   ham   5-
ballik shkala qo‘llaniladi:
Ball Zararlanish darajasi va 1 o‘simlikdagi zararkunanda miqdori
0 Shikastlanish yo‘q 
1 Shikastlangan   o‘simliklar   –   1   –   2%;   bir   boshoqdagi   trips   miqdori   –
sanoqli.
2 Shikastlangan o‘simliklar – 2-5%; bir boshoqdagi trips miqdori – 5 –
15-ta.
3 Shikastlangan o‘simliklar – 5-30%; bir boshoqdagi trips miqdori – 15
– 45-ta.
4 Shikastlangan   o‘simliklar   –   50%   dan   ziyod;   bir   boshoqdagi   trips
miqdori – 40-60-ta.
5 Shikastlangan   o‘simliklar   –   50   %   dan   ziyod;   bir   boshoqdagi   trips
miqdori – 60 dan ziyod.
Vegetatsiya davrida g‘alla bitlari va tripsni bir necha marta hisobga olish
mumkin,   lekin   asosiy   hisobga   olish   jarayoni   zararkunandalar   eng   ko‘p
bo‘lganda, ya’ni don pishish davrida o‘tkazilishi shart.
Entomologik   baholash   o‘tkazilishida   chidamliligi   aniq   bo‘lgan   nav
o‘rganilanayotgan   navlar   bilan   taqqoslash   uchun   tajribalarda   albatta   ekilishi
kerak.

Mavzu: O‘simliklarning kasalliklarga va zararkunandalarda chidamliligini aniqlash usullari. R e j a: 1. Chidamlilikni baholashda mavjud sharoitning roli. 2. Chidamlilikni baholashda laboratoriya usullarining ahamiyati. 3. Infeksion fon va infeksion yuklama. 4. Infeksion fon yaratilishidagi bosqichlar. 5. O‘simliklarni viruslar bilan zararlash usullari. 6. O‘simliklarni mahsus usullar yordamida zararlash. 7. O‘simliklarni baholash usullari.

Ekinlarning kasallik va zararkunandalarga chidamli navlarni yaratishda ularning chidamliligi, boshqa belgi va xususiyatlarini baholashdan farq qilib, faqat o‘simlik bilan patogen va zararkunanda munosabati bilan aniqlanadi. Yalpi patogenning va hasharotlarning zararlashi mumkin bo‘lgan sharoit yaratiladi va faqat shu usuldagina to‘g‘ri baholash mumkin. Seleksiya amaliyotida navlar tabiiy sharoitda yoki boshqa sharoitlarda patogen yoki hasharotlarning rivojlashish uchun qulay bo‘lgan sharoitlarda olib boriladi. Umuman, chidamlilikni baholash kasallik va hasharotlarning rivojlanishi to‘g‘risida ma’lumotlarga asoslanib o‘tkazilishi lozim. Shuni ham ta’kidlash lozimki, tabiiy sharoitda har yili ham kasallik va zararkunandalarga chidamlilikni baholash uchun ular kerakli miqdorda rivojlanmaydi. Shuning uchun bunday yillarni kuzatish seleksiya jarayonining cho‘zilib ketishiga olib keladi. Bundan tashqari tabiiy sharoitda chidamlilikni baholash jarayonining cho‘zilishini boshqa sabablari ham bo‘lishi mumkin. Masalan, monogen tipidagi chidamlilikni faqat patogenning aynan shu shtammi mavjud sharoitda baholash lozim. Lekin bu shtammlar ob-havo sharoiti va boshqa omillarga qarab ba’zi yillari umuman paydo bo‘lmasligi, ba’zan esa faqat o‘simliklarning usuv davri oxirida paydo bo‘lishi mumkin. Poligen tipidagi chidamlilikni baholash ham dala sharoitida doimo kutilgan natijalarni beravermaydi. Bir necha chidamliligi har xil navlarni bitta dalada yonma-yon yetishtirish bilan baholashda ham kamchiliklarga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Chunki chidamsiz navlarga katta miqdorda inokulyumning to‘g‘ri kelishi chidamli navlarda past ko‘rsatkich belgilanishiga olib keladi. Bu qiyinchiliklarga qaramay navlarni kasallik va zararkunandalarga chidamliligini baholashning aniq usullarining ishlab chiqilishi va qo‘llanilishi seleksion jarayonning muhim bosqichlari bo‘lib hisoblanadi. Bu usullar infeksion, invazion, provokatsion fonlar yaratish va chidamlilikni baholashning maxsus laboratoriya usullarining ishlab chiqilishiga asoslanadi.

Bunday laboratoriya usullarining ishlab chiqilishi seleksion jarayonni, yangi navlarni yaratishni jadallashtirilishiga qaratilgan. Ularning ko‘pchiligini ekspress- usullar ham deb aytish mumkin. Chunki bu usullar tez muddatda chidamlilik to‘g‘risida ma’lumotlar olish imkonini beradi. Ularni ishlab chiqarishdagi usullar ilmiy asoslangan bo‘lishi lozim. Ko‘pgina laboratoriya usullari bilvosita usullarga asoslangan. Ya’ni chidamlilik kasallanish yoki zararlanish darajasiga qarab emas, balki chidamlilik bilan korrelyativ bog‘liqlikda bo‘lgan boshqa ko‘rsatkichga qarab baholanadi. Masalan, bug‘doy va arpaning chang qorakuyaga chidamliligini baholash uchun gulning urug‘ tumshuqchasida sporalarning o‘sish va donning zararlanish xarakteriga qarab baholashga asoslangan ekspress-usul bilan aniqlanishi mumkin. Baholashning laboratoriya usullari faqat chidamlilikni baholash uchun emas, balki o‘simlikning ba’zi himoya omillari (mexanizmlari) va chidamlilik tiplarini aniqlash uchun ham qo‘llaniladi. Masalan, laboratoriya usullari yordamida patogenning o‘simlikda tarqalishiga chidamliligi kabi xususiyatlari baholanadi. Infeksion fon va infeksion yuklama . Navlarning chidamliligini baholash va sinash ishonchli va aniq ma’lumotlar olishning sharoitlaridan biri - infeksion yuklamani ta’minlovchi infeksion fonning mavjudligi. Infeksion fon deb o‘simliklarda ma’lum kasalliklarni chaqira oladigan infeksiyaning mavjudligi va kasallikning rivojlanishi uchun qulay bo‘lgan muhitga aytiladi. Infeksion yuklama deganda o‘simlikning yuza birligiga to‘g‘ri keladigan infeksiya birligining miqdori tushuniladi (bakteriya, zamburug‘, viruslar). Infeksion fon tabiiy va sun’iy bo‘lishi mumkin. Tabiiy infeksion fon deb, sinalayotgan navlarni infeksiya tabiiy holda to‘plangan dalalarda yoki kasallikning epifitotiya sharoitlarda sinab ko‘rilishiga aytiladi. Masalan,

g‘o‘zani bir maydonda suro‘nkasiga ko‘p yillar mobaynida ekilishi fuzarioz va vertitsillyoz so‘lish kasalliklarining patogenlarini ko‘payib ketishiga olib keladi. Agar ushbu dalada g‘o‘zaning navlari ekilib sinab ko‘rilsa albatta bo‘larning ichidan bir nechta chidamli o‘simliklar topilishi mumkin. Bu esa kelajakda ushbu o‘simliklardan birlamchi material sifatida viltga chidamli navlar yaratilishi mumkin. Umuman, tabiiy infeksion fondan tuproqda yashovchi va u orqali yuqadigan kasalliklarga chidamli navlar yaratilishida keng qo‘llaniladi, chunki tuproq sharoiti kam o‘zgaradigan muhit hisoblanadi. Sun’iy infeksion fon deb patogenlarni tuproqqa yoki bevosita o‘simlikni o‘ziga o‘tkazish yo‘li bilan zararlashga aytiladi. Masalan, g‘o‘zaning vilt qo‘zg‘atuvchisi uchun sun’iy infeksion fon yaratishda patogen bo‘lgan zamburug‘ dastlab ko‘paytiriladi va tuproqqa solinadi. Umuman sun’iy infeksion fon yaratish usullari kasallik qo‘zg‘atuvchining va o‘simlikning biologik xususiyatlarini hamda patogen xarakterini hisobga olib yaratiladi. Har qanday usulda yaratilgan fon albatta zararlanishni ta’minlashi kerak. Provakatsion fon deb o‘simliklarni kasallik bilan maksimal darajada zararlanishini ta’minlovchi sharoit yaratilishiga aytiladi. Masalan, bahori bug‘doyni erta va chuqurroq ekish uning unib chiqishini kechiktiradi va o‘simliklarning qattiq qorakuya bilan zararlanish imkoniyatini oshiradi. Yoki boshqa misol. Kartoshkani pastlik joylarda, demak suv ko‘llab qolishi ta’minlangan sharoitda o‘stirilishi, fitoftoroz kasalligini rivojlanishiga olib keladi. Ko‘p hollarda provokatsion sharoit infeksion fonda joylashtiriladi va bu hodisani infeksion-provokatsion fon deb aytiladi. Ushbu fonni ayniqsa laboratoriya va teplitsa sharoitlarida tashkil qilish juda qulay. Chunki bu yerlarda harakat va kamchilikni istagan tarzda boshqarish mumkin. Chunonchi, teplitsalarda g‘allagullilarni zang va un shudring kasalliklarining har xil turlariga chidamliligini aniqlash oddiy holga aylangan,. va aynan teplitsalarda kasallikka

moyil birlamchi sinashdan o‘tmaganlari yaroqsiz deb topiladi va keyingi ish jarayonidan olib tashlanadi. Kasallikka chidamli formalar esa dala sharoitida, ishlab chiqarishga eng yaqin bo‘lgan sharoitda sinalib yakunlovchi baho olishi mumkin. Infeksion fonni yaratilishida birinchi bosqich infeksiyani to‘plash hisoblanadi. Parazitning turiga qarab infeksiya to‘plash jarayoni turlicha o‘tadi. Fuzarioz va vertitsillyoz so‘lish kasalliklarini qo‘zg‘atuvchi yarimparazitlar yoki boshqacha fakultativ parazitlar, kolba yohud boshqa shisha idishlarda bo‘g‘langan boshoqli g‘alla donlarida osonlikcha ko‘payadi. Boshqa parazit zamburug‘lar, masalan, kartoshkaning fitoftoroz, olmaning kalmaraz, g‘allagullilarning gelmintosporioz kasalliklari qo‘zg‘atuvchilarini esa mahsus tayyorlangan oziqlantirilgan muhitlarda yoki tabiiy substratlarda (kartoshka bo‘laklari- fitoftoroz uchun, olxo‘ri damlamasi- monilioz uchun va h.k.) to‘plash mumkin. Sun’iy sharoitlarda ko‘paytirib bo‘lmaydigan yoki ko‘paytirishi qiyin bo‘lgan patogenlarning sporalarini kasallangan o‘simliklardan yig‘ib olib quruq holda muzlatgichlarda saqlash mumkin. Shu usulda zangning uredosporalarini va qorakuyaning xlamidosporalarini infeksionligini yo‘qotmasdan bir necha yil saqlash mumkin. O‘simlik hujayralaridan tashqarida nafaqat ko‘payish, hatto uzoq muddatda saqlanishga ham moslashmagan viruslarni yig‘ish va saqlash ayniqsa qiyin. Viruslarni yig‘ish va saqlash uchun ularga moyil o‘simliklarni teplitsada zararlantirib keyin izolyatorlarning ichida, boshqa viruslar bilan zararlanmaslik choralariga rioya qilib bu o‘simliklar parvarish qilinadi va shtamm o‘simliklari deb ataladi. Ikkinchi bosqich – zararlantirish. Bu bosqichda quyidagi shartlar bajarilishi kerak: