logo

O‘simliklarning kasalliklarga chidamlilik seleksiyasi muammolar va yutuqlar

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

211.5 KB
O‘simliklarning kasalliklarga chidamlilik seleksiyasi: muammolar va
yutuqlar.
Reja
1. Chidamlilik genetikasi va seleksiyaning asosiy usullari.
2. Monogen (vertikal) va poligen (gorizontal) chidamlilik xususida.
3. Ko‘p tizimli nav- populyatsiyalar.
4. Mahalliy navlarning seleksiyadagi roli. O‘simlikning barcha nasldan naslga o‘tuvchi belgilari, shu jumladan
kasalliklarga chidamliligi ham genlar nazorati ostida amalga oshiriladi.  Yuksak
o‘simliklarning hammasi diploid organizmlar bo‘lib, ularning hujayralarida 2
nabor (yig‘ma) bir xil, ya’ni gomologik xromosomalar mavjud. Shulardan bittasi
ota o‘simlikdan o‘tgan bo‘lsa, ikkinchisi – ona o‘simlikdan. Gomologik
xromosomalar juftliklar xosil qiladi, shu bois har o‘simlik turi o‘ziga xos juftliklar
bilan xarakterlanadi (2 n). Masalan, yumshoq bug‘doy Triticum vulgare 21
xromosomalar juftliklariga ega, demak 2n barobar 42. Gomologik xromosomalar
odatda faqat ko‘rinishidan bir xil. Ushbu xromosomalarning bir xildagi lokuslarida
ba’zi hollarda bir xil genlar, boshqalarida shu xossani belgilaydigan boshqacha
genlari bo‘lishi mumkin. Masalan, bir xromosomada otasidan o‘tgan chidamlilik
geni bo‘lsa, boshqasida – onasidan o‘tgan kasallikka moyillik geni bo‘lishi
mumkin. Agar gomologik xromosomalarning umumiy lokuslari bir xil genlarni
tarkibiga olgan bo‘lsa, bu organizmni ushbu xossa bo‘yicha gomozigotalik
organizm deyish mumkin. Agar umumiy lokuslardagi genlar har xil bo‘lsa,
geterozigotalik organizm deyiladi. Gomozigotalik xususiyati o‘simliklar o‘zini
o‘zi changlashda saqlanadi, geterozigotalik esa bu changlanishda har xil avlod
berishi mumkin va bu xodisa  parchalanish deb  ataladi.
Parchalanish   jarayoni   natijasida   olingan   avlod   ota   –   onasidan   o‘rtacha
xossalarni   olmaydi,   aksincha,   u   yoki   onasiga,   yoki   otasiga   tortadi.   Demak,   agar
chatishtirishda   ota   –   onasining   biri   kasallikka   chidamli,   ikkinchisi   chidamsiz
bo‘lsa,   ulardan   paydo   bo‘lgan   avlod   aksariyat   xollarda   yoki   chidamli   yoki
chidamsiz bo‘ladi. Ushbu xodisa  dominantlik  deb ataladi.
Birinchi   bo‘lib   dominantlik   qonunlarini   chex   tadqiqotchi   Gregor   Mendel
1865   yilda   kashf   etdi.   O‘simliklarning   chidamliligini   nasldan   naslga   o‘tish
qonuniyatlarini   1905   yilda   olim   Biffen   topdi.   U   bug‘doyning   sariq   zangga
chidamli navini chidamsiz nav bilan chatishtirganda duragaylarning 1-chi avlodida
kasallikka   moyillik   dominantlik   qilgan   bo‘lsa,   2-chi   avlodda   esa   parchalanish
natijasida   3:1   nisbiy   ko‘rsatgich   aniqlandi,   ya’ni   3-ta   moyillik   belgiga   1-ta
chidamlilik   belgisi   to‘g‘ri   keldi.   Shunday   qilib,   bug‘doyning   sariq   zangga chidamliligi   bitta   retsessiv   gen   mavjudligi   bilan   xarakterlanadi.   Hozirgi   kunda
kasalliklarga   chidamlilik   genlari   ko‘pchilik   o‘simliklarda   aniqlandi.   Ayrimlarda
bu   genlar   retsessiv   bo‘lsa,   boshqalarda   dominantli   bo‘ladi,   demak   avlodida
chidamlilik ustunlik qiladi. Xulosa shundan iboratki, parazitning har xil turlari va
hattoki   rasalariga   chidamlilik   belgisini   genlar   nazorat   qiladi.   Shuning   uchun
o‘simlikning   chidamlilik   genetikasidan   aniq   va   ravshan   axborot   olish   uchun
tadqiqotlarni sinalgan rasalar bilan olib borish kerak.
Seleksiyada   chidamli   navlar   yaratish   uchun   tanlash,   duragaylash   va
mutatsiyadan   foydalaniladi.   Dastlab   chidamli   navlar   yaratishning   birinchi   usuli
bo‘lib ommaviy tanlash xizmat qilgan edi. Bu usul kasallik va zararkunandalarga
chidamli   alohida   o‘simliklarni   tanlashga   asoslangan   bo‘lib,   navlarning   mazkur
o‘simlik   populyatsiyasi   bu   belgi   bo‘yicha   bir   bo‘lmagan,   chunki   irsiyati
geterozigota   ota-ona   o‘simliklarida   parchalanish   yuz   bergani   uchun   bunday
formalar paydo bo‘lgan. Infeksion fon yaratish asosida bunday populyatsiyalardan
chidamli   formalarni   tanlab   olish   mumkin.   Tanlash   samaradorligi   dastlabki
materialning geterozigotalik darajasiga, ya’ni parchalanishiga bog‘liq bo‘ladi.
Ma’lumki,   chetdan   changlanuvchi   o‘simliklarda   o‘zidan   changlanuvchi
o‘simliklarga   nisbatan   genetik   xilma-xillik   ko‘chli   bo‘ladi   va   shu   bois   ularda
tanlash   samaradorligi   yuqori   bo‘ladi.   Lekin   o‘zidan   changlanuvchi   o‘simliklarda
ham   kamroq   chetdan   changlanish   uchraganligi   tufayli,   ularda   ham   geterozigota
formalari topilishi mumkin.
Infeksion   fonda   ommaviy   tanlash   usuli   yordamida   seleksioner-olimlar
L.A.   Jdanov,   Ye.   M.   Plachek,   V.   S.   Pustovoyt   kungaboqarning   kuyasiga   va
shumg‘iyaga chidamli navlarni yaratdilar. Ya. M. Stamm esa ushbu usulni qo‘llab
ishlab chiqarish sharoitida deyarli fuzarioz bilan kasallanmaydigan moy beruvchi
zig‘ir navini yaratdi.
Ommaviy   tanlashni   bir   marta   emas,   balki   uzluksiz   ko‘p   marotaba
o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Bu esa ko‘p mehnat talab qiluvchi ish bo‘lib, tanlashlar
chidamli navlar yaratilgunicha davom ettirilishi kerak. Epifitotiyalar   to‘g‘risida   oldingi   ma’ruzalarimizda   yetarlicha   mulohaza
qildik,   shuning   uchun   bu   mavzuni   keng   yoritishning   xojati   yo‘q.   Faqat   eslatma
tariqasida   shuni   aytish   joizki,   XIX   asrning   ikkinchi   yarimida   tabiiy   ofat
ko‘rinishida bo‘lib o‘tgan kartoshkaning fitoftorozi, tokning mildyu, bug‘doyning
zang   kasalliklari   epifitotiyalari   shu   qadar   talafot   yetkazdiki,   hatto   ayrim
davlatlarning   tarixiga   ham   o‘zgarish   kiritib   yubordi.   Men   1840   –   1846   yillarda
Irlandiyada   bo‘lib   o‘tgan   kartoshkaning   fitoftoroz   epifitotiyalarini   nazarda
tutmoqdaman. Natijada 1 mln. irlandiyaliklar ocharchilikdan nobud bo‘ldi, 2 mln.
odam   esa   o‘z   vatanini   tark   etishga   majbur   bo‘lgan   edi.Shu   sababdan   xozirgi
kunlarda AQSh dagi irlandiyaliklar soni qariyb Irlandiyada yashaydigan irlandlar
bilan teng.
Epifitotiyalar   mavzusiga   qaytishning   yana   bir   sababi   shundan   iboratki,
aynan   ular   kasalliklarga   chidamli   navlarni   yaratilishiga   qaratilgan   seleksiyaning
avj olishiga asosiy turtki bo‘lganligidadir.
O‘simliklarni epifitotiyalardan himoya qilish muammosini yechish uchun,
seleksiya, urug‘chilik, navlarni rayonlashtirishga oid yirik dasturlar ishlab chiqildi.
Ushbu dasturlardan eng nufuzlilari quyidagilar: uzida asosiy chidamlilik genlarini
qamragan   konvergent   navlarini   yaratish,   ko‘p   tizmali   nav   –   populyatsiyalarni
yaratish va poligen chidamlilikka ega navlarni yaratish.
Konvergent   navlar   .   Konvergent   navlar   –   bu   ma’lum   fiziologik   rasalarda
chidamli   genlarni   o‘zida   qamragan   navlardir.   Ularning   chidamliligi   o‘ta
ta’sirchanlik prinsipida namoyon bo‘ladi. Bu chidamlilik monogen, Van der Plank
taklifiga binoan boshqacha – vertikal chidamlilikdir. Shu tarzdagi chidamlilik esa
konvergent deb yuritiladi.
Ko‘p tizmali navlar.    Ko‘p tizmali nav – populyatsiyalar  – bu alohida bir
nechta   tizmalardan   tashkil   topgan,   agronomik   belgilari   o‘xshash,   lekin   har   xil
chidamlilik   genlarining   mavjudligi   bilan   bir   –   biridan   farq   qiladigan   o‘simliklar
yig‘indisidir.   Bu   navlar   to‘g‘risida   ushbu   ma’ruzamizda   hali   batafsil   fikr
yuritamiz. Poligen   chidamlilik.   Poligen   tarzidagi   chidamlilik   patogenning   hamma
rasalariga   qarshi   samaralidir.   Poligen   chidamlilikka   ega   o‘simliklarda   patogen
tarqalishi   sekinlashadi.   Bu   chidamlilikni   boshqacha   nomi   ham   mavjud   –   dala
chidamlilik (Van der Plank, 1972).
Poligen   chidamlilik   har   xil   tarzda   namoyon   bo‘lishi   mumkin.   Asosiy
mexanizmlarga kelsak, ular quyidagilardir: 
- patogen kirishiga chidamlilik;
- patogen tarqalishiga chidamlilik;
- inkubatsion chidamlilik.
O‘z   navbatida   patogen   kirishiga   chidamlilik   quyidagi   omillar   bilan
ifodalanadi: 
1. Bargning   usti   mum   qavat   bilan   qoplanganligi   tufayli   suv   tomchilari   va
ular bilan birgalikda infeksiya manbasi siypanib tushib ketadi;
2. Bargning   tuk   bilan   qoplanganligi   patogenni   epidermisga   yetib   borishga
to‘sqinliq qiladi;
3. Barg og‘izchalarining tuzilishi va soni, kutikulaning qalinligi;
4. Patogenning o‘sishini  tezlashtiradigan yoki  susaytiradigan moddalarning
mavjudligi.
Patogenni tarqalishiga qarshi chidamlilik omillari quyidagilar:
1. Sklerenxima, kollenxima va boshqa mexanik to‘siqlar mavjudligi;
2. O‘simlik tarkibida parazit uchun zararli moddalar bo‘lishligi;
3. Parazit uchun zarur oziqaning bo‘lmasligi.
Shunday qilib, poligen (dala, gorizontal) chidamlilik mexanizmining ta’siri
o‘simlikda   patogen   rivojlanishiga   qarshilik   ko‘rsatishi,   infeksiya   kirganda   esa   –
parazitning spora hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qilish bilan ifodalanadi.
Ushbu omillarning ta’siri natijasida o‘simliklarni zararlanishi cho‘ziladi va
ular mu’tadil rivojlanib hosil beradi. Bu yerda kasallikning namoyon bo‘lish davri
patogenning yangi rasalarini paydo bo‘lishiga bog‘liq emas. Sxematik   tarzda   poligen   chidamlilikning   ta’sir   etish   xarakterini   quyidagi
misolda ta’rif berish mumkin (K. V. Popkova, 1979).
Faraz  qilaylik, bir  dalada qo‘ng‘ir  zangga  qarshi  gorizontal  chidamlilikka
ega A bug‘doy navi, ikkinchi dalada – faqat vertikal (monogen) chidamlilikka ega
V nav o‘stirilayapti. Endi yana faraz qilaylik, qo‘ng‘ir zangni yangi rasasi – Rasa
2   paydo   bo‘ldi.   V   navda   bu   rasaga   qarshi   chidamlilik,   aytaylik   R
2   geni   yo‘q,
demak   zararlanish   boshlandi.   Patogen   uchun   qulay   sharoit   yaratilsa   inkubatsion
davr   7   kunni   tashkil   qiladi,   ya’ni   shu   muddat   utgach   1-ta   uredopustula   paydo
bo‘ldi   va   ushbu   uredopustulada   1000   uredospora   mavjud   (shartli   ravishda,
albatta).
Tashqi   muhit   sharoitlari   qulay   bo‘ldi   va   4   –   6   soatdan   keyin   yangi
zararlanish   namoyon   bo‘ldi.   Zararlanishda   hamma   uredosporalar   ishtirok   etdi,
deylik,   va   yana   7   kun   o‘tgach   1000   yangi   uredopustula   paydo   bo‘ldi.   1000-ta
uredopustulada 1000 x 1000 uredosporalar mavjud, demak birinchi zararlanishdan
14   kun   o‘tgach   dalada   1mln   uredosporadan   tashkil   bo‘lgan   infeksiya   zahirasi
namoyon   bo‘ldi.   Qo‘ng‘ir   zang   bitta   emas,   bir   nechta   o‘chog‘dan   tarqalishini
inobatga   olsa,   infeksiya   miqdori   butun   dalani   qamragan   bo‘lishi   ham   mumkin,
ya’ni epifitotiya, kami bilan enfitotiya paydo bo‘ldi desa ham mumkin.
Endi   gorizontal   chidamlilikka   ega   bug‘doyning   A   navini   kuzatsak.   Oldin
kelishganimizdek   zararlanish   ikkala   navda   bir   vaqtda   boshlandi.   Yana   faraz
qilaylikki, A navning gorizontal chidamliligi patogen tarqalishiga chidamliligi va
inkubatsion   davrning   cho‘zilishi   bilan   namoyon   bo‘ldi.   Ushbu   mexanizmlarning
mavjudligi   zararlangan   o‘simlikda   inkubatsion   davr   14   kun   o‘tgandan   keyin
tugadi, ya’ni V navga qaraganda ikki barobar cho‘zildi. Shunday qilib, V navning
o‘simliklarida   patogenning   2-chi   generatsiya   paydo   bo‘lganda,   A   nav
o‘simliklarida   endi   1-chi   generatsiya   hosil   bo‘ldi.   Patogenning   tarqalishiga
chidamlilik A navda quyidagicha kechadi: uredopustulalar mayda bo‘lib, ulardagi
uredosporalar soni  ham kamayadi, aytaylik V navga qaraganda 10 barobar, ya’ni
bor-yo‘g‘i 100 uredospora hosil bo‘ladi. Shunday qilib, 2 hafta o‘tgandan keyin, A va V navlari ekilgan dalalardagi
inokulyum   zaxirasi   100  :   1  000  000  nisbatda   namoyon  bo‘ladi.  Mana  shu   nisbat
kasallik   rivojlanishida   keyinchalik   ham   o‘zgarmaydi.   Bu   degani,   agar   kasallik
juda   avj   olgan   taqdirda   A   navdan   hosil   olish   umidi   bor,   V   navning   hosili
to‘g‘risida esa umuman unutish mumkin.
Gorizontal chidamlilikni yana bir afzallik tomoni shundan iboratki, ushbu
chidamlilikka   ega   ekinlarda   fungitsidlarga   ketadigan   xarajatlar   ancha   kamayadi.
Keyin esa,  kasallikni  zararini  bartaraf qilishga qaratilgan agrotexnik omillar  ham
gorizontal   chidamlilikka   ega   bo‘lgan   navlarda   sezilarli   darajada   samaraliroq
bo‘lishi shubhasizdir.
Seleksiyaning   asosiy   usuli   –   bu   gibridizatsiya,   boshqacha   –   chatishtirish,
va   uning   yordamida   duragaylar   yaratishdir.   Chatishtirish   tur   ichida,   turlararo   va
turkumlararo   turlarga   oid   o‘simliklarni   qo‘llash   bilan   olib   boriladi.   Maqsad   –
o‘simliklarning   kasalliklar   va   zararkunandalarga   chidamlilik   bilan   birgalikda
qimmatli xo‘jalik xossalarini o‘zida mo‘jassam etgan navlarni yaratishdir.
Chatishtirishda   chidamlilik   va   boshqa   belgi-xususiyatlar   qanday   qilib
avlodga   berilishini   aniqlash   katta   ahamiyatga   ega.   Agar   kerakli   belgilar   avlodga
alohida   berilsa   seleksiya   ishi   juda   osonlashar   edi.   Lekin   bu   belgilar   aksariyat
hollarda   boshqa   keraksiz   belgilar   bilan   bog‘liq   bo‘lib,   naslga   o‘tishi   mumkin.
Bunday   hollarda   ota-ona   formalarini   to‘g‘ri   tanlab   murakkab   chatishtirishlar
o‘tkazish kerak bo‘ladi.
Madaniy o‘simliklarda ko‘pincha chidamlilik genlari kam uchraydi va shu
bois   chatishtirishlarga   yovvoyi   turdosh   yoki   turkumdosh,   hattoki   oiladosh
o‘simliklarni   jalb   etishga   to‘g‘ri   keladi.   Masalan,   kartoshkaning   Meksikada
o‘sadigan   Solanum   demissum   yovvoyi   turida   Phytophtora   infestans   ga   chidamli
geni   mavjudligi   uchun   bu   kasallikka   chidamli   navlarni   yaratishda   ko‘pincha   shu
tur o‘simliklaridan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Qand lavlagi, tomat va g‘o‘zaning
yovvoyi   turlarida   ham   bu   ekinlarining   patogenlariga   chidamli   genlari   borligi
aniqlangan. Immun   formalarni   baxtli   hodisa   sifatida   emas,   balki   aniq   qonuniyatlar
asosida topish keragligi to‘g‘risida N. I. Vavilov aytgan edi. Chidamli formalarni
topishning   bunday   qonuniyatlariga   genetik   va   ekologo-geografik   prinsiplarni
kiritish mumkin.
Chidamlilikka   qaratilgan   seleksiyaning   yana   bir   muhim   manbasi   –   bu
sun’iy   mutagenez.   Bu   usulning   mohiyati   shundan   iboratki,   tabiatda   onda-sonda
uchraydigan   mutatsiyalarni,   ya’ni   genlarning     tubdan   o‘zgarishini   ko‘paytirish
maqsadida   har   xil   radioaktiv   nurlanishlar,   ayrim   ximikatlar   va   boshqa   fizik-
kimyoviy omillar o‘simlikka ta’sir etiladi (gamma-nurlar, neytronlar, etilenimin va
boshqalar).
Chidamlilik   –   seleksiya   fanining   bir   yo‘nalishi,   lekin   asosiy
yo‘nalishlardan   biridir.Yuqori   chidamlilikka   ega,   lekin   hosildorligi   va   sifati   past
navni, yoki teskarisi – yuqori hosilga va sifatga ega, lekin kasalliklarga chidamsiz
navni hech qanday seleksioner tavsiya etmaydi.
Ko‘p   holatlarda,   hosildorlik   bilan   kasallikka   chidamlilik   xususiyatlari
o‘rtasida qaramaqarshilik mavjud, boshqacha aytganda – teskari korrelyatsiya bor,
demak, nav qanchalik hosildor bo‘lsa, shunchalik kasallikka chidamsiz bo‘ladi.
Xozirgi   zamon   seleksiyasi   oldida   turgan   dolzarb   vazifalardan   asosiysi   –
kompleks   chidamlilikka   ega   bo‘lgan   navlarni   yaratish,   chunki   qishloq   xo‘jalik
korxonalarga   faqat   bitta   kasallikka   chidamli,  boshqalarga   esa   chidamsiz   navlarni
yetishtirish iqtisod nuqtai nazardan naf bermaydi, foyda keltirmaydi.
Madaniy   o‘simliklarning   aksariyat   turlari   qishloq   xo‘jaligini   ibtidoiy
tarzda yurgizish vaqtlarda yaratilgan, oldin ongsiz, keyin ongli tanlash yordamida
odamlar kerakli xossalarga ega bo‘lgan o‘simliklarni ajratgan va ko‘paytirgan. Bu
davrda   eng   kerakli   va   sermahsul   xususiyatlarni   o‘zida   mo‘jassam   qilgan
o‘simliklar tanlanardi va ular nav-populyatsiyani tashkil qilardi.
Shunday qilib, nisbatan  uzoq bo‘lmagan o‘tmishda  madaniy o‘simliklarni
mahalliy   sharoitlarga   mos,   yuqori   sifatli,   hosildorligi   o‘rtacha   populyatsiyalar tashkil qilar edi. Lekin ularning juda muhim afzalligi bor edi: ular genlar to‘plami
bo‘yicha va xususan, chidamlilik genlari bo‘yicha geterogen organizmlar edi.
Keyin madaniy o‘simliklarning toza tizmali navlar yaratish vaqti keldi. Bu
o‘simliklar   bir   xil   genlarga   ega   va   shunday   qilib   ularning   populyatsiyalari
gomogenlik   bilan   ifodalanadigan   bo‘ldi.Mana   shu   hodisadan   keyin   amaliy
seleksiyaning   qiyinchiliklari   boshlandi.Monokultura   prinsipi   qishloq   xo‘jalikda
keng   qo‘llana   boshladi.   Juda   katta   maydonlarda   bir   xil   navlar   ekilardi,   ularning
barcha   xossalari,   shu   jumladan   kasallikka   chidamlilik   xossasi   ham,   bir   tekis   edi.
Ekinlardagi   o‘simliklar   bir   xil   bo‘lib   qoldi,   juda   yuqori   hosil   bera   boshladi,   bir
vaqtda   pishardi,   hatto   bo‘yi-basti   ham   bir   xil   edi,   lekin   afsuski,   kasalliklarga
moyilligi   ham  bir  xil   edi. Epifitotiyalarning tarix saboqlari  esa  shuni  ko‘rsatdiki,
agar o‘simliklarning poydevori tor bo‘lsa, ekinlarning kasallikka chidamliligi ham
cheklanadi.Natijada   chidamli   navlarning   umri   tobora   qisqara   boshladi.   Bu
vaziyatda seleksionerlar uzluksiz, konveyerni eslatadigan dasturga o‘tishga majbur
bo‘lishdi.Bor   kuch   va   imkoniyatlarini   patogenning   rasa   hosil   qilish   jarayonidan
o‘zib ketish maqsadida yangi chidamli navlarni chiqarish ishlarini mumkin qadar
tezlashtirishga   tushishdilar.   Bu   musobaqa,   yoki   poyga   hozirgi   kungacha   davom
etayapti va ohiri ko‘rinmaydi.
Lekin bu kurashda yutuqlar ham bo‘ldi, va ular asosan yangi usullar bilan,
patogenni tabiatini chuqurroq tushunish  bilan, yangi  himoyalanish texnologiyalar
bilan bog‘liqdir.
Oldingi   muhokamalarda   ta’kidlaganimizdek,   parazit   o‘ta   ta’sirchanlikka
asoslangan   vertikal   chidamlilikni   yengib   o‘tishga   qodirdir.   Bunaqa   chidamlilik
tipi,   ya’ni   vertikal   chidamlilik   o‘simlikdagi   yakka   genlar   bilan   bog‘liq   bo‘lib,
ularni   yangi   yaratiladigan   navlarga   o‘tkazish   odatda   qiyinchilik   tug‘dirmaydi.
Gorizontal,   yoki   boshqacha   dala   chidamlilik   xususiyati   esa   ko‘p   genlar   bilan
bog‘liq   va   shu   bois   bu   xossani,   ya’ni   poligen   tipidagi   chidamlilikni   o‘simlik
genotipiga   kiritish   ancha   murakkab   vazifadir.   Shuning   uchun   seleksionerlarning
aksariyati   vertikal   chidamlilik   bilan   ishlashni   xush   ko‘rganlar.   Ammo   vertikal
chidamlilikka ega nav seleksiya jarayonida o‘zining gorizontal chidamliligini ko‘p holatlarda yo‘qotardi. Bunaqa navlarning umri juda qisqa edi. Ularning dastlabki
muvaffaqiyatlari   vaqt   o‘tishi   bilan   to‘liq   mag‘lubiyatga   aylandi.   Shuning   uchun
xozirgi   damlarda   seleksionerlarning   diqqati   ko‘proq   gorizontal   chidamlilikka
qaratilayapti.   Natijada   esa   g‘ayrioddiy   vaziyat   ro‘y   berayapti:   kasallikni
cheklashda   to‘liq   vertikal   chidamlilikdan   ko‘ra   gorizontal   chidamlilikning
nisbatan   past   darajali   bo‘lishi   afzal.   Bu   holat   quyidagicha   ta’riflanadi:   vertikal
chidamlilik   ko‘p   vaqt   o‘tmay   parazitning   rasa   hosil   qilish   jarayonida   baribir
yengib   o‘tiladi,   gorizontal   chidamlilik   esa   odatda   mustahkamroq   va   umri   uzoq
xususiyatdir.   Uning   kuchi   yetarli   emas,   lekin   ta’siri   barqaror.   Umuman   olganda
chidamlilik   seleksiyasida   eng   istiqbolli   yo‘l,   bu   bir   navda   ham   vertikal,   ham
gorizontal chidamlilikni mo‘jassam bo‘lishi.
Ma’lumki,   o‘simliklarni   himoya   qilishdagi   asosiy   vazifasi,   bu
epifitotiyalarni  oldindan bartaraf  etishdir. Agar  vertikal  va gorizontal  chidamlilik
bir   navda   mo‘jassam   bo‘lsa,   unda   vertikal   chidamlilik   epifitotiyani   boshlanishini
sekinlashtiradi,   chunki   parazit   populyatsiyasida   kerakli   darajada   ma’lum   virulent
geniga   ega   bo‘lgan   rasa   to‘planishi   lozim.   Qachonki   rasa,   kechikib   bo‘lsa   ham,
to‘planganda   ishga   gorizontal   chidamlilik   kirishadi   va   boshlanib   ulgurgan
kasallikni   rivojlanishini   susaytiradi.   Natijada   nav   to‘qimalarida   yangi
zararlanishga qodir sporalar soni kamayadi, zararlanishning o‘zi esa sust kechadi,
sporalarning yangi avlodi paydo bo‘lishiga ko‘proq vaqt talab qilinadi va hokazo.
Oqibatda, epifitotiya rivojlanmaydi, to‘g‘rirog‘i kasallik epifitotiyaga aylanmaydi.
U yoki bu chidamlilik geniga ega navni 4 – 5 yil oralatib bir marta ekish
tavsiya etiladi. Maqsad, navni tabiiy tanlash ko‘magida ziyod virulentlik genlarga
ega   rasani   yo‘q   qilish.   Parazit   sporalarining   migratsiya   yo‘llarida   har   xil
chidamlilik   genlariga   ega   navlarni   ekish   ham   maqsadga   muvofiqdir.   Shu   bilan
birga   infeksiya   qishlash   joylari,   shamol   yo‘nalishi   hisobga   olinishi   kerak.   Mana
shunday   navlarni   oralatib   ekish   epifitotiya   boshlanishi   uchun   kerak   bo‘lgan
infeksiya miqdorini to‘plantirmaydi, chunki sporalar daladan dalaga, ya’ni navdan
navga   o‘tgan   davrda   ularning   (sporalarning)   populyatsiyasi   tug‘ilgan   sharoitga
moslashishi, o‘zgarishi kerak bo‘lib, yetarli darajada infeksiya to‘play olmaydi. Shunday   qilib,     navlarning   maksimal   darajada   bir-xilligi,   ya’ni
gomogenligi   o‘rniga   hozirgi   kunda   yangi   geterogenlik   prinsipi   joriy   etilayapti.
Boshqacha   aytganda,   o‘ziga   xos   eski   mahalliy   nav   –   populyatsiyalarga   qaytish
hodisasi   ro‘y   berayapti,   lekin   endilikda   navlar   hamma   fan   yutuqlariga   asoslanib
yaratilayapti.   Bunga   misol   bo‘lib   ko‘p   tizmali       nav   –   populyatsiyalar   xizmat
qiladi.
Ko‘p   tizmali   nav   –   populyatsiyalar   bu   alohida   bir   nechta   tizmalardan
tashkil topgan, agronomik belgilari o‘xshash, lekin har xil chidamlilik genlarining
mavjudligi bilan bir-biridan farq qiladigan o‘simliklar yig‘indisidir. Ko‘rinishidan
dalada   hamma   o‘simliklar   bir   xil,   bir   vaqdta   pishadi,   sifat   xususiyatlari   ham   bir
xil,   lekin   patogen   uchun   o‘simliklar   har   xil   bo‘lib   uning   zararlash   qobiliyatini
cheklaydi. 
Ushbu   ko‘p   tizmali   nav   –   populyatsiya   qanday   yaratiladi?   Mohiyati
nimada? Faraz qilaylik, bizning oldimizda 4 tizmali nav yaratish vazifasi  turibdi.
Unga kiradigan vertikal chidamlilikning genlar kompozitsiyasi o‘zaro nisbati teng
bo‘lgan  R
1,   R  
2,     R  
3    va  R
4    kiradi. Patogenning Rasa 1 tarkibida  R
1  geni bor navni
zararlashi   mumkin,   demak   R
2,   R
3     va   R
4     genlari   bor   navlar   sog‘   qoladi.   Rasa   2
tarkibida    R  
2   geni  bor  navni  zararlaydi, boshqalari  omon qoladi, Rasa  3 tegishli
R  
3     zararlaydi   va   hokazo.   Murakkab   Rasa     1,     2,   3,   4   hamma   nav   tarkibidagi
tizmalarni   zararlashi   mumkin,   lekin    3-ta   ziyod   virulentlik  genlari   mavjudligi   bu
rasa   boshqa   sodda   rasalar   bilan   to‘qnashganda   raqobatlik   qilolmaydi   –
murakkabligi   uchun!   –   va   keyinchalik   barqarorlashtiruv   tanlash   jarayonida
murakkab   Rasa     1,     2,   3,   4   nobud   bo‘ladi.   Xuddi   shunday   hodisa   tarkibida   3-ta
virulentlik genlari bor 1,2,3,   1,2,4,   1,3,4  va 2,3,4 rasalar bilan ham ro‘y beradi.
Ular ham sodda rasalar bilan raqobat qila olmaydi. Xuddi shunday taqdir boshqa,
tarkibida 2-ta va 1-ta ziyod virulentlik genlari bor rasalarini kutadi.
Oddiy Rasa  1, Rasa  2, Rasa  3   va Rasa  4 lar  tarkibida ziyod genlar  yo‘q
bo‘lib, har biri alohida tarkibda nav-populyatsiyani 25% o‘simliklarini zararlaydi,
qolgan   75%   kasallanmaydi.   Natijada   esa   parazitning   hamma   rasalari   nav-
populyatsiya   o‘simliklarida   yaxshi   rivojlanmaydi   va   tarqalishi   ham   susayadi. Umuman,   agar   o‘simliklarning   40   foizi   kasallanmasa   bu   populyatsiya
himoyalangan deb hisoblanadi. Shuning uchun, o‘simliklarning daladagi ko‘rinishi
xuddi gorizontal chidamlilikka ega bo‘lgan navni eslatadi.
Ko‘p   tizmali   nav   tarkibidagi   tizmalar   qancha   ko‘p   bo‘lsa,   shuncha   nav
chidamli   bo‘ladi.   Keyin   esa   tizmalar   kompozitsiyasini   har   yili   almashtirish   ham
mumkin. Oqibatda parazit populyatsiyasi har doim noqulay sharoitga duch keladi,
uning oziqlanish manbalari torayadi va shu bois epifitotiya havfi barham topadi. 
Shunday   qilib,   ko‘p   tizmali   navlar   nafaqat   toza   tizmali   navlarning
agronomik   afzalliklarini   o‘zida   mo‘jassam   qiladi,   balki   o‘tmishdagi   nav-
populyatsiyalarni   geterogenlik   xususiyatidan   kelib   chiqqan   holda   kasalliklarga
chidamliligini ham ta’minlaydi.
Hozirgi   kunda   Yu.T.   Dyakovning   fitoimmunitetga   oid   bir   ko‘rinishidan
sog‘lom   aqlga   zid   fikri,   yoki   boshqacha   “fittoimmunitet   paradoksi”   olimlar
tomonidan   qabul   qilindi   va   u   quyidagicha   ifodalanadi   –   sust   zararlanish   to‘liq
chidamlilikdan   afzalroq.   Haqiqatdan   ham,   patogenni   tur   sifatida   mutlaqo   yo‘q
qilish   bajarib   bo‘lmaydigan   vazifa,   chunki   o‘simlikka   qaraganda   patogen
serpushtroq, katta masofalarga tarqalishga qodir bo‘ladi. Masalan, (yana bir marta
eslaylik)   fitoftorani   qo‘zg‘atuvchi   parazitning   11-ta   virulentlik   genlari   va   shunga
yarasha   kartoshkada   ham   11-ta   chidamlilik   genlari   mavjud.   Demak,   nazariy
jihatdan   tabiatda   parazitning   rasalari   miqdori   2 11
  (ikki   o‘n   birinchi   darajada)
raqamni,   ya’ni   2048   ta   rasani   tashkil   qilishi   mumkin.   G‘allasimonlarning   poya
zangi   qo‘zg‘atuvchisining   20ta   virulentlik   geni   borligi   aniqlangan   bo‘lib,   rasalar
miqdori   naqadar   ko‘pligini   tasavvur   qilish   qiyin   emas.   Albatta,   bu   raqamlar
nazariy   jihatni   ko‘rsatadi,   xolos,   amalda   esa   yangi   rasa   faqat   o‘simlikda
chidamlilik   geni   hosil   bo‘lishiga   javoban   paydo   bo‘ladi.   Demak,   hamma   vaqt
birinchi harakatni o‘simlik boshlaydi.
XX   asrning   birinchi   yarmida   Meksikaning   halqaro   seleksion   markazning
navlari   deyarli   hamma   mamlakatlarda   juda   katta   maydonlarni   egallab   boshladi.
Tan berish kerak, bu navlar mahalliy navlarga nisbatan ko‘p ustunliklarga ega edi.
Yuqori   hosildorlik,   asosiy   kasalliklarga   chidamlilik,   qimmatli   sifat   belgilari   va boshqa   xususiyatlari   bilan   ifodalangan   bu   navlar   ko‘pchilik   qishloq   xo‘jalik
mutahassislarini o‘ziga rom etdi. Aynan o‘sha yillari ko‘p mamlakatlar, jumladan
O‘zbekiston ham o‘zlarining mahalliy navlar genofondidan ajraldi.
Agar tarixga nazar tashlasak, bizlar juda katta boylikdan mahrum bo‘ldik.
Eski   yozma   manbalarda,   ko‘proq   esa   o‘sha   zamonda   yashagan   odamlarning
og‘zaki   guvohliklariga   qaraganda   XX   asrning   20-30   yillarida   hududimizdagi
deyarli hamma qishloqlar o‘zlarining bug‘doy, arpa, qovun va boshqa o‘simliklar
navlariga ega bo‘lgan. Masalan, Tojikistonda Kofirnigon degan katta qishloq bor.
Mana   shu   qishloqda   20   har   xil   bug‘doy   va   arpa   navlari   ekilganligi   to‘g‘risidagi
ma’lumotni   o‘zim   eshitganman.   O‘tgan   asrning   80-chi   yillarida   700-ta   nav
namunasini   ekib   tajribalar   o‘tkazganimda   37   mahalliy   arpalarni   Sankt-Peterburg
shahridan N.I. Vavilov nomidagi VIRdan olib kelgan edim. Demak, o‘sha vaqtda
respublikamizda   mahalliy   navlarning   nus’halari   yo‘q   edi.   Hozir-chi,   hozir   topsa
bo‘ladimi degan savolga javob berolmayman, chunki bilmayman.
Agar   mahalliy   navlarning   xususiyatlariga   kelsak,   ular   asosan   lalmikor
yerlarga bahorda ekilishi uchun mo‘ljallangan arpalar edi.  Ularning xususiyatlarini
quyidagicha ta’riflash mumkin:
1. O‘ta ertapisharlik;
2. Yuqori agrofonda yotib qolishi;
3. Kasalliklarga chidamliligi o‘rtacha;
4. Hosildorligi yuqori emas, lekin barqaror.
Albatta, chidamlilikni  o‘rganish vazifasi  tajribalarda asosiy bo‘lmaganligi
uchun,   ballar   yordamida   dala   chidamliligini   baholash   bilan   kifoyalangandim.
Lekin mahalliy navlarning fitoimmunitetga doir xususiyati, ya’ni o‘ta ertapisharlik
evaziga   kasalliklarni   chetlab   o‘tish   qobiliyati,   ularni   sintetik   seleksiyasida
birlamchi material sifatida qo‘llanilishi maqsadga muvofiqdir.
Ushbu   ma’ruzamizga,   aniqrog‘i   o‘simliklar   immuniteti   faniga
bag‘ishlangan   ma’ruzalar   kursiga   yakun   yasar   ekanmiz,   rezyume   sifatida
quyidagilarni aytib o‘tish mumkin:
1. O‘simliklar immuniteti fitopatologiya fanining ko‘p qismlaridan biridir. 2. O‘simliklarning   chidamlilik   tabiatini   chuqur   bilish,   o‘simlik   va
parazitning   o‘zaro   munosabatlarini   astoydil   o‘rganish,   o‘simliklarda
immunitet   xossasini   kuchaytirishga   qaratilgan   chora-tadbirlarni   qo‘llash
va   ushbu   bilimlarni   yangi   navlar   yaratilishida   ishlatish   –   eng   dolzarb
vazifalardan biridir.
3. O‘simliklar   immuniteti   fanining   qonuniyatlari   va   yutuqlari   amaliy
seleksiyada   keng   qo‘llaniladi.   Hosildorlik,   sifat,   ertapisharlik,   yuqori
agrotexnikaga   sezgirlik   va   boshqa   xossalar   kabi   kasallik   va
zararkunandalarga   chidamlilik   belgisi   seleksiyada   asosiy   yo‘nalishlardan
biridir.
4. Yangi   navlar   yaratilishida   fitopatolog,   mikolog,   entomolog   va
seleksionerlar bir-biri bilan keng hamkorlik qilishi maqsadga muvofiqdir. A  D  A  B  I  Y O  T  L  A  R
1. Vavilov N.I. Izbrann ы e proizvedeniya, L., “Nauka”, 1967.
2. Van der Plank Ya. Ustoychivost rasteniy k boleznyam, M., Kolos,1972.
3. Verderevskiy   D.D.   Immunitet   rasteniy   k   parazitarn ы m   boleznyam,
M.,1959.
4. Geshele E.E. Osnov ы   fitopatologicheskoy otsenki v seleksii rasteniy, M.,
Kolos, 1978.
5. Gorlenko   M.   V.   Kratkiy   kurs   immuniteta   rasteniy   k   infeksionnыm
boleznyam, M., 1962.
6. Golovin P.N. i dr. Fitopatologiya, L., Kolos, 1971.
7. Grushevoy   S.   Ye.   Selskoxozyaystvennaya   fitopatologiya,   M.,   Kolos,
1965.
8. Kimsanboev   X.X.   Umumiy   va   qishloq   xo‘jalik   entomologiyasi,   T.
O‘qituvchi, 2002.
9. Krasnikov M. i dr. Spravochnik ogorodnika, Alma-Ata, Kaynar, 1975.
10. Metliskiy   L.V.,   Ozereskovskaya   O.L.   Kak   rasteniya   zaщiщayutsya   ot
bolezney, M., Nauka, 1985.
11. Musaev T. S. va b.q. Qishloq xo‘jalik fitopatologiyasi, Samarqand, 2002.
12. Popkova K.V. Uchenie ob immunitete rasteniy. M., Kolos, 1979.
13. Popkova   K.   V.,   Kachalova   Z.P.   Praktikum   po   immunitetu   rasteniy,   M.
Kolos, 1984.
14. Tokin B.P. Selebnыe yadы rasteniy. L., Lenizdat, 1974.
15. Uspenskaya G.D. i dr. Obщaya fitopatologiya s osnovami immuniteta. M.,
Kolos, 1967.
16. Sheraliev   A.   O‘simliklarning   kasallik   va   hasharotlarga   immuniteti
(ma’ruzalar matni), T., 2000.
17. Sheraliev   A.   O‘simliklarning   kasallik   va   hasharotlarga   immuniteti
(uslubiy qo‘llanma) T., 2001.

O‘simliklarning kasalliklarga chidamlilik seleksiyasi: muammolar va yutuqlar. Reja 1. Chidamlilik genetikasi va seleksiyaning asosiy usullari. 2. Monogen (vertikal) va poligen (gorizontal) chidamlilik xususida. 3. Ko‘p tizimli nav- populyatsiyalar. 4. Mahalliy navlarning seleksiyadagi roli.

O‘simlikning barcha nasldan naslga o‘tuvchi belgilari, shu jumladan kasalliklarga chidamliligi ham genlar nazorati ostida amalga oshiriladi. Yuksak o‘simliklarning hammasi diploid organizmlar bo‘lib, ularning hujayralarida 2 nabor (yig‘ma) bir xil, ya’ni gomologik xromosomalar mavjud. Shulardan bittasi ota o‘simlikdan o‘tgan bo‘lsa, ikkinchisi – ona o‘simlikdan. Gomologik xromosomalar juftliklar xosil qiladi, shu bois har o‘simlik turi o‘ziga xos juftliklar bilan xarakterlanadi (2 n). Masalan, yumshoq bug‘doy Triticum vulgare 21 xromosomalar juftliklariga ega, demak 2n barobar 42. Gomologik xromosomalar odatda faqat ko‘rinishidan bir xil. Ushbu xromosomalarning bir xildagi lokuslarida ba’zi hollarda bir xil genlar, boshqalarida shu xossani belgilaydigan boshqacha genlari bo‘lishi mumkin. Masalan, bir xromosomada otasidan o‘tgan chidamlilik geni bo‘lsa, boshqasida – onasidan o‘tgan kasallikka moyillik geni bo‘lishi mumkin. Agar gomologik xromosomalarning umumiy lokuslari bir xil genlarni tarkibiga olgan bo‘lsa, bu organizmni ushbu xossa bo‘yicha gomozigotalik organizm deyish mumkin. Agar umumiy lokuslardagi genlar har xil bo‘lsa, geterozigotalik organizm deyiladi. Gomozigotalik xususiyati o‘simliklar o‘zini o‘zi changlashda saqlanadi, geterozigotalik esa bu changlanishda har xil avlod berishi mumkin va bu xodisa parchalanish deb ataladi. Parchalanish jarayoni natijasida olingan avlod ota – onasidan o‘rtacha xossalarni olmaydi, aksincha, u yoki onasiga, yoki otasiga tortadi. Demak, agar chatishtirishda ota – onasining biri kasallikka chidamli, ikkinchisi chidamsiz bo‘lsa, ulardan paydo bo‘lgan avlod aksariyat xollarda yoki chidamli yoki chidamsiz bo‘ladi. Ushbu xodisa dominantlik deb ataladi. Birinchi bo‘lib dominantlik qonunlarini chex tadqiqotchi Gregor Mendel 1865 yilda kashf etdi. O‘simliklarning chidamliligini nasldan naslga o‘tish qonuniyatlarini 1905 yilda olim Biffen topdi. U bug‘doyning sariq zangga chidamli navini chidamsiz nav bilan chatishtirganda duragaylarning 1-chi avlodida kasallikka moyillik dominantlik qilgan bo‘lsa, 2-chi avlodda esa parchalanish natijasida 3:1 nisbiy ko‘rsatgich aniqlandi, ya’ni 3-ta moyillik belgiga 1-ta chidamlilik belgisi to‘g‘ri keldi. Shunday qilib, bug‘doyning sariq zangga

chidamliligi bitta retsessiv gen mavjudligi bilan xarakterlanadi. Hozirgi kunda kasalliklarga chidamlilik genlari ko‘pchilik o‘simliklarda aniqlandi. Ayrimlarda bu genlar retsessiv bo‘lsa, boshqalarda dominantli bo‘ladi, demak avlodida chidamlilik ustunlik qiladi. Xulosa shundan iboratki, parazitning har xil turlari va hattoki rasalariga chidamlilik belgisini genlar nazorat qiladi. Shuning uchun o‘simlikning chidamlilik genetikasidan aniq va ravshan axborot olish uchun tadqiqotlarni sinalgan rasalar bilan olib borish kerak. Seleksiyada chidamli navlar yaratish uchun tanlash, duragaylash va mutatsiyadan foydalaniladi. Dastlab chidamli navlar yaratishning birinchi usuli bo‘lib ommaviy tanlash xizmat qilgan edi. Bu usul kasallik va zararkunandalarga chidamli alohida o‘simliklarni tanlashga asoslangan bo‘lib, navlarning mazkur o‘simlik populyatsiyasi bu belgi bo‘yicha bir bo‘lmagan, chunki irsiyati geterozigota ota-ona o‘simliklarida parchalanish yuz bergani uchun bunday formalar paydo bo‘lgan. Infeksion fon yaratish asosida bunday populyatsiyalardan chidamli formalarni tanlab olish mumkin. Tanlash samaradorligi dastlabki materialning geterozigotalik darajasiga, ya’ni parchalanishiga bog‘liq bo‘ladi. Ma’lumki, chetdan changlanuvchi o‘simliklarda o‘zidan changlanuvchi o‘simliklarga nisbatan genetik xilma-xillik ko‘chli bo‘ladi va shu bois ularda tanlash samaradorligi yuqori bo‘ladi. Lekin o‘zidan changlanuvchi o‘simliklarda ham kamroq chetdan changlanish uchraganligi tufayli, ularda ham geterozigota formalari topilishi mumkin. Infeksion fonda ommaviy tanlash usuli yordamida seleksioner-olimlar L.A. Jdanov, Ye. M. Plachek, V. S. Pustovoyt kungaboqarning kuyasiga va shumg‘iyaga chidamli navlarni yaratdilar. Ya. M. Stamm esa ushbu usulni qo‘llab ishlab chiqarish sharoitida deyarli fuzarioz bilan kasallanmaydigan moy beruvchi zig‘ir navini yaratdi. Ommaviy tanlashni bir marta emas, balki uzluksiz ko‘p marotaba o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Bu esa ko‘p mehnat talab qiluvchi ish bo‘lib, tanlashlar chidamli navlar yaratilgunicha davom ettirilishi kerak.

Epifitotiyalar to‘g‘risida oldingi ma’ruzalarimizda yetarlicha mulohaza qildik, shuning uchun bu mavzuni keng yoritishning xojati yo‘q. Faqat eslatma tariqasida shuni aytish joizki, XIX asrning ikkinchi yarimida tabiiy ofat ko‘rinishida bo‘lib o‘tgan kartoshkaning fitoftorozi, tokning mildyu, bug‘doyning zang kasalliklari epifitotiyalari shu qadar talafot yetkazdiki, hatto ayrim davlatlarning tarixiga ham o‘zgarish kiritib yubordi. Men 1840 – 1846 yillarda Irlandiyada bo‘lib o‘tgan kartoshkaning fitoftoroz epifitotiyalarini nazarda tutmoqdaman. Natijada 1 mln. irlandiyaliklar ocharchilikdan nobud bo‘ldi, 2 mln. odam esa o‘z vatanini tark etishga majbur bo‘lgan edi.Shu sababdan xozirgi kunlarda AQSh dagi irlandiyaliklar soni qariyb Irlandiyada yashaydigan irlandlar bilan teng. Epifitotiyalar mavzusiga qaytishning yana bir sababi shundan iboratki, aynan ular kasalliklarga chidamli navlarni yaratilishiga qaratilgan seleksiyaning avj olishiga asosiy turtki bo‘lganligidadir. O‘simliklarni epifitotiyalardan himoya qilish muammosini yechish uchun, seleksiya, urug‘chilik, navlarni rayonlashtirishga oid yirik dasturlar ishlab chiqildi. Ushbu dasturlardan eng nufuzlilari quyidagilar: uzida asosiy chidamlilik genlarini qamragan konvergent navlarini yaratish, ko‘p tizmali nav – populyatsiyalarni yaratish va poligen chidamlilikka ega navlarni yaratish. Konvergent navlar . Konvergent navlar – bu ma’lum fiziologik rasalarda chidamli genlarni o‘zida qamragan navlardir. Ularning chidamliligi o‘ta ta’sirchanlik prinsipida namoyon bo‘ladi. Bu chidamlilik monogen, Van der Plank taklifiga binoan boshqacha – vertikal chidamlilikdir. Shu tarzdagi chidamlilik esa konvergent deb yuritiladi. Ko‘p tizmali navlar. Ko‘p tizmali nav – populyatsiyalar – bu alohida bir nechta tizmalardan tashkil topgan, agronomik belgilari o‘xshash, lekin har xil chidamlilik genlarining mavjudligi bilan bir – biridan farq qiladigan o‘simliklar yig‘indisidir. Bu navlar to‘g‘risida ushbu ma’ruzamizda hali batafsil fikr yuritamiz.

Poligen chidamlilik. Poligen tarzidagi chidamlilik patogenning hamma rasalariga qarshi samaralidir. Poligen chidamlilikka ega o‘simliklarda patogen tarqalishi sekinlashadi. Bu chidamlilikni boshqacha nomi ham mavjud – dala chidamlilik (Van der Plank, 1972). Poligen chidamlilik har xil tarzda namoyon bo‘lishi mumkin. Asosiy mexanizmlarga kelsak, ular quyidagilardir: - patogen kirishiga chidamlilik; - patogen tarqalishiga chidamlilik; - inkubatsion chidamlilik. O‘z navbatida patogen kirishiga chidamlilik quyidagi omillar bilan ifodalanadi: 1. Bargning usti mum qavat bilan qoplanganligi tufayli suv tomchilari va ular bilan birgalikda infeksiya manbasi siypanib tushib ketadi; 2. Bargning tuk bilan qoplanganligi patogenni epidermisga yetib borishga to‘sqinliq qiladi; 3. Barg og‘izchalarining tuzilishi va soni, kutikulaning qalinligi; 4. Patogenning o‘sishini tezlashtiradigan yoki susaytiradigan moddalarning mavjudligi. Patogenni tarqalishiga qarshi chidamlilik omillari quyidagilar: 1. Sklerenxima, kollenxima va boshqa mexanik to‘siqlar mavjudligi; 2. O‘simlik tarkibida parazit uchun zararli moddalar bo‘lishligi; 3. Parazit uchun zarur oziqaning bo‘lmasligi. Shunday qilib, poligen (dala, gorizontal) chidamlilik mexanizmining ta’siri o‘simlikda patogen rivojlanishiga qarshilik ko‘rsatishi, infeksiya kirganda esa – parazitning spora hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qilish bilan ifodalanadi. Ushbu omillarning ta’siri natijasida o‘simliklarni zararlanishi cho‘ziladi va ular mu’tadil rivojlanib hosil beradi. Bu yerda kasallikning namoyon bo‘lish davri patogenning yangi rasalarini paydo bo‘lishiga bog‘liq emas.