logo

O‘zbek onomastik ko‘lamining hajmi va mazmuni

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

22.478515625 KB
O‘zbek onomastik ko‘lamining hajmi  va mazmuni
Reja:
1. “Onomastik ko‘lam”, “onomastik maydon” tushunchalarining mohiyati.
2.Onomastik ko‘lam tushunchalari orasidagi sistem munosabatlar haqida.   
3. O‘zbek onomastik ko‘lamining hajmi va mazmuni.
4. O‘zbek onomastik ko‘lamining ichki bo‘linishi, tasnifiy belgilari. Tildagi   atoqli   nom   (ot)larning   xilma-xil   xususiyatlari   juda   qadimgi   davrlardan
buyon   turli   soha   olimlarining   diqqatini   o‘ziga   jalb   etib   kelmoqda.   Masalan,
qadimgi   yunon   olimlari   Aristotel,   Demokrit,   Geraklitning   asarlarida   ham   atoqli
otlarning xususiyatlari haqida fikr-mulohazalar bildirilgan edi. Jumladan, Aristotel
“Poetika” asarida otni nutq bo‘laklaridan biri deb hisoblaydi va unga quyidagicha
ta’rif beradi: “Ot murakkab, ma’no anglatuvchi, zamonni bildirmaydigan, qismlari
o‘z-o‘zidan   ma’no   anglatmaydigan   so‘zdir” 1
.   Eramizgacha   1-asrda   yashagan
YUliy   Polluks   “Onomastik”   nomli   atoqli   otlarga   izoh   beruvchi   lug‘at   yaratgan.
Stoiklar, jumladan Xrisipp atoqli otlarni alohida til birligi, so‘zlar guruhi deb tasnif
qilgan   edi.   Uyg‘onish   davrida   va     o‘rta   asrlarda   (T.Gobbs,   Dj.Lokk,   G.Leybnits)
hamda   butun   X1X   asr   davomida   (Dj.Mill,   X.Djozef   va   boshqalar)   atoqli   otlar,
ularning   til   lug‘aviy   qatlamidagi   o‘rni   masalasiga   doir   munozara   davom   etdi.   Bu
sohada eng muxim masala atoqli otlar qanday ma’no bildirishini aniqlashdan iborat
edi. XUSH-X1X asrlar davomida bu muammo faqat tilshunoslar tomonidan emas,
faylasuflar,   mantiq   olimlari   tomonidan   ham   o‘rganilgan.   Bu   muammoni
o‘rganishga   yirik   ingliz   mantiqshunos   olimi   Djon   Styuart   Mill   (1806-1873)   juda
ko‘p   kuch   sarfladi.   Uning   talqinicha,   atoqli   otlar   ma’no   bildirmaydi,   ular   o‘ziga
xos   belgilar,   yorliqlar   sifatida   predmetni   bilishga,   uni   boshqa   predmetlardan
farqlashga yordam beradi. Biror predmet, kishining nomi (atoqli ot) o‘sha predmet
yoki shaxs tavsifi uchun to‘la asos bo‘lolmaydi. O‘z fikrlarini rivojlantirib, Dj.Mill
so‘zlarni   ikki   guruhga   ajratadi:   a)   so‘z-belgilar,   b)   xarakterlovchi
(konnotatsiyalovchi)   so‘zlar.   Konnotatsiyalovchi   so‘zlar   atoqli   otlardan   keyin
vujudga kelgan 2
. 
  YAna   bir   ingliz   mantiqshunosi   X.Djozef   atoqli   otlar   haqida   Dj.Millga
qarama-qarshi   fikrlarni   bildirgan   edi.   Uning   fikricha   atoqli   otlar   turdosh   otlarga
nisbatan   kengroq   va   ko‘proq   ma’noga   egadir.   Masalan,   “Palikur   (kishi   ismi,
afsonaviy   Eneyning   hamrohi,   yo‘ldoshi)   e’tibordan   chetda   qoldi”       gapi   “Inson
e’tibordan chetda qoldi”  gapidan ancha mazmunliroqdir. 
1
  Аристотель.   Поэтика   (поэзия   санъати   ҳақида).   Русчадан   М.Маҳмудов,   У.Тўйчиевлар   таржимаси.     –
Тошкент:  Адабиёт ва санъат нашриёти, 1980. – Б. 41.  
2
 Бу ҳақда қаранг:  Суперанская  А.В.  Общая теория имени собственного. – М.: Наука, 1973. –  С. 56-58.    XX asrda atoqli otlar haqidagi mantiqiy yo‘nalishni mashhur ingliz faylasufi
va mantiqshunosi Bertran Rassel (1872-1970) yanada rivojlantirdi. Uning fikricha,
ma’lum makonda va zamonda atoqli otlar yordamida ifodalanuvchi ma’no turdosh
otlarga   nisbatan   aniqroq,   ilmiyroq   xarakterga   egadir.   Bu   jihatdan   atoqli   otlar   bu,
o‘sha, ana shu, ana bu  singari ko‘rsatish olmoshlariga juda yaqin turadi 3
. 
  Daniya tilshunosi Paul Kristofersen atoqli otlar bilan turdosh otlar orasidagi
farqni   ularning   birinchisi   aniq,   konkret   ma’noni,   keyingisi   esa   mavhum   ma’noni
ifodalashida   ko‘radi.   Atoqli   otlar   individning,   shaxsning   bevosita   ismi,   nomi
bo‘lsa,   turdosh   otlar   bilvosita   nomlardir.   Turdosh   otlar   dastlab   butun   bir   guruh,
to‘da nomini bildiradi, keyinchalik bu nom konkretlashadi. 
  Ingliz   tilshunosi   Alan   Gardinerning   “Atoqli   otlar   nazariyasi”   (1954)   nomli
asari onomastika fanini yangi bosqichga ko‘tardi. Dj.Millning atoqli otlarni ma’no
yo‘qligi   haqidagi   fikrini   rivojlantirib   A.Gardiner   atoqli   otlar   o‘ziga   xos   nomlar
bo‘lib, predmet, voqea-hodisa haqida aniq, konkret tasavvurlar yig‘indisini o‘zida
ifoda   etadi.   Bu   jihatdan   atoqli   otlar   ikki   bo‘linadi:   a)   mujassamlanuvchi,   timsol
bo‘la oluvchi  (voploщennыy) atoqli otlar  va b) mujassamlanmovchi,  timsol  bo‘la
olmovchi atoqli otlar. Masalan,   Vilyam SHekspir, Temza daryosi   kabi   atoqli otlar
mujassamlanuvchi   atoqli   otlar   guruhiga   kiradi,   chunki   ular   ma’lum   bir   shaxs   (bu
o‘rinda buyuk dramaturg) va geografik ob’ekt (bu o‘rinda daryo) haqida umumiy,
yaxlit   tasavvur   beradi.   Agar   biz   oddiygina   qilib   Vilyam   desak,   bu
mujassamlanmovchi,   kishi   ismi   haqida   umumiy   tasavvur   beruvchi   atoqli   otni
bildiradi. Tarixiy nuqtai nazardan mujassamlanuvchi atoqli otlar oldinroq, avvalroq
vujudga   kelgan.   Masalan,   Amir   Temur,   Mirzo   Ulug‘bek,   Alisher   Navoiy,
Zahiriddin   Muhammad   Bobur   kabi   antroponimlar   bu   nazariyaga   ko‘ra
mujassamlanuvchi   atoqli   otlar   guruhiga   kiradi,   chunki   ular   mamlakatimiz
davlatchiligi tarixi, madaniyatida juda katta o‘rin tutgan mashhur shaxslar haqidagi
timsollarni   o‘zida   mujassamlashtiradi.   Ota-onalar   o‘z   bolalarini   ana   shunday
mashhur   shaxslarga   o‘xshashini   orzu   qilib   qo‘ygan   Temur,   Temurbek,   Ulug‘bek,
3
  Суперанская  А.В.  Общая теория имени собственного. – М.: Наука, 1973. –   С. 58-59.  Alisher,   Bobur   kabi     antroponimlar   esa   mujassamlanmovchi   atoqli   otlar   sirasiga
mansubdir. 
  Taniqli   tilshunos   M.I.Steblin-Kamenskiy   qadimgi   island   adabiyoti
materiallari asosida onomastik leksikani mujassamlanish nuqtai nazaridan o‘rganar
ekan,   island   adabiyotida   qo‘llangan   onomastik   leksikada   umuman
“mujassamlanish”   hodisasi   bo‘lmaganligini   qayd   qiladi.   Uning   fikricha,   har
qanday atoqli ot muayyan denotatni, ma’noni ifodalab kelgan 4
.
  O‘z   vaqtida   T.Gobbs   tomonidan   ishlab   chiqilgan   atoqli   otlarning
“mujassamlanish”  xususiyati  haqidagi ta’limot keyinchalik G.Leybnits tomonidan
yanada   takomillashtirilgan   edi.   Nemis   faylasuf   olimi   G.Leybnits   fikricha,   atoqli
otlarda konkret va mavhum tafakkur elementlari  ifodalangan bo‘ladi. Olimning bu
fikri   atoqli   otlarni   tilda   (muloqotning   belgili   elementlari   tizimida)   va   nutqda   (bu
elementlarning   kommunikativ   nuqtai   nazardan   qo‘llanishida)   olib   qarash   nuqtai
nazaridan   ahamiyatlidir 5
.   Ana   shunday   qarashlar   tufayli   tilshunoslikda   atoqli
otlarga     abstrakt-mantiqiy   va   konkret-tarixiy   nuqtai   nazardan   yondoshuv   vujudga
keldi. 
  O‘z vaqtida Dj.Mill tomonidan asoslangan atoqli otlarda hech qanday ma’no
elementi   yo‘q,   degan   ilmiy   qarash   keyinchalik   V.Bryondal,   E.Boyssensom,
L.Elmslev   kabi   taniqli   tilshunos   olimlar   tomonidan   rivojlantirildi.   Natijada   ayrim
olimlar,   jumladan   daniya   tilshunosi   Knud   Togebyu   atoqli   otlar   (jumladan,
olmoshlar   ham)   semantik   mazmunga   ega   bo‘lmaganligi   uchun   o‘zaro
sinonimlardir.   SHunga   ko‘ra   yakka   individ,   shaxs   bir   necha   ismga,       bir   necha
shaxslar   esa   bir   umumiy   ismga   ega   bo‘lishi   mumkin   (adashlar,   familiyadoshlar:
Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Botir Zokirov, Erkin YUsupov   kabi biz bilmagan,
biz uchun notanish boshqa shaxslar ham bor).
  Bu   fikrga   teskari   qarashlar   ham   mavjud,   ya’ni   atoqli   otlar,   so‘z   bo‘lgani
uchun xuddi turdosh otlar kabi xilma-xil xususiyatlarga egadir. Bunday qarash o‘z
vaqtida   faylasuf-stoiklar   tomonidan   asoslangan   edi,   keyinchalik   X1X   asrda
4
  Стеблин-Каменский М.И.  Древнеисландская топономастика как материал к истории имени 
собственного // Стеблин-Каменский М.И. Спорное в языкознании. – Л.:  Наука,  1974. – С. 105-106.  
5
  Березин Ф.М., Головин Б.Н.  Общее языкознание. – М.: Высшая школа, 1979. – С. 21-23.    X.Djozef,   Dj.Mill,   XX   asrda   O.Espersen   kabi   olimlar   tomonidan   rivojlantirildi.
Masalan, daniya olimi O.Espersenning ta’kidlashicha, “atoqli otlar turdosh otlarga
nisbatan   ko‘proq   xususiyatlarga   egadir.   Atoqli   otlar   o‘zida   juda   ko‘plab   belgi-
xususiyatlarni konnotatsiya qiladi” 6
.
  XX   asrning   60-70-yillarida   taniqli   rus   tilshunosi   A.V.Superanskaya   atoqli
otlarning     tilshunoslikda   (ayniqsa,   chet   el   tilshunosligida)   o‘rganilish   tarixi   bilan
maxsus   shug‘ullandi   hamda   «Atoqli   otlarning   umumiy   nazariyasi»   nomli   yirik
tadqiqotini   e’lon   qildi 7
.   SHundan   keyin   V.A.Nikonovning   “Ism   va   jamiyat”
(1974),   V.A.Karpenkoning   “Atoqli   va   turdosh   otlarni   farqlashning   nazariy
asoslari”   (1975),   A.D.Zverevning   “Atoqli   va   turdosh   otlar   haqida”   (1976),
I.I.Kovalikning “Ukrain tilida atoqli  va turdosh otlar” (1977)  nomli  asarlari e’lon
qilindi, “Atoqli va turdosh otlar” nomli alohida ilmiy to‘plam nashr  etildi (1978).
Taniqli   olim   A.A.Reformatskiy   o‘z   vaqtida   atoqli   va   turdosh   otlarni   quyidagicha
farqlashni taklif etgan edi: atoqli otlar birinchi navbatda nominativ funksiyaga ega,
ya’ni   muayyan   predmetlarni,   narsa-hodisalarni   alohida   nomlash   uchun   xizmat
qiladi, turdosh otlar esa semasiologik, ya’ni ifodalovchi funksiyani bajaradi, ya’ni
ular   predmet,   voqea-hodisalarni   nomlash   bilan   birga   ular   haqidagi   tushunchani
ham bildiradi 8
 
Bu muammo hozirgi kunga qadar tilshunoslarni, faylasuflarni va boshqa fan
vakillarini   qiziqtirib   kelmoqda.   Masalan,   1978   yilda   Krakov   shahrida   o‘tkazilgan
XSH   xalqaro   Onomastik   kongress   “Turdosh   otlar   va   atoqli   otlar”   muammosiga
bag‘ishlangan edi. 1984 yilda Leypsig shahrida o‘tkazilgan XU xalqaro Onomastik
kongress   esa   atoqli   otlarni   sotsiolingvistik   yo‘nalishda   o‘rganish   muammolarini
muhokama qilgan edi 9
.   
1973 yilda  til  falsafasi  bo‘yicha yirik mutaxassis  Evgeniy Grodzinskiyning
“Atoqli   otlar   umumiy   nazariyasidan   ocherk”   nomli   monografiyasi   e’lon   qilinadi.
Bu   ishda   E.Grodzinskiy   atoqli   otlarni   quyidagi   uch   guruhga   ajratadi:   a)   bir
6
  Есперсен О.  Философия грамматики. – М.: 1958. – С. 71-72.  
7
  Суперанская  А.В.  Общая теория имени собственного. – М.: Наука, 1973. – 366 с.
8
  Реформатский А.А.  Введение в языковедение.  – М., 1967. – С. 29-30; 57-62. 
9
  Агеева   Р.А.,   Бахнян   К.В.   Социолингвистический   аспект   имени   собственного   (К   ХУ   Международному
конгрессу по ономастике, 13-17 августа 1984 г., Лейпциг). – М.: Наука, 1984. – С. 5-12.   designatli   (designat   –   so‘z   orqali   ifodalanuvchi   predmet,   ifodalanuvchi   denotat)
yoki ideal atoqli otlar; b) ko‘p designatli atoqli otlar; v) bo‘sh, yoki designatga ega
bo‘lmagan   atoqli   otlar   (mavjud   bo‘lmagan   predmetlar,   mifologik   tasavvurlarning
atoqli otlari). 
Dj.Mill va uning  tarafdorlari  tomonidan olg‘a surilgan atoqli otlarda ma’no
va   konnotatsiya   ifodalanmasligi   haqidagi   nazariyaga   munosabat   bildirib,
E.Grodzinskiy   atoqli   otlar   ham   biror   predmet,   voqea-hodisa   haqida   ma’no
bildiradi, designatga ega bo‘ladi, degan fikrni asoslashga intiladi. 
Umuman   olganda,   tilshunoslikda   atoqli   otlarning   umumnazariy
muammolarini   tadqiq   etish   sohasida   echimini   kutayotgan   muammolar   juda   ko‘p.
Bu   esa   kelgusida   onomastikaga   doir   tadqiqotlarni   yanada   kuchaytirishni   talab
qiladi. Asosiy   adabiyotlar :
Йўлдошев   Б.   “Ўзбек   ономастикаси   масалалари”   танланма   фанидан
услубий қўлланма. – Самарқанд: СамДУ нашри, 2011. – 112 б.
Эназаров Т. Номшунослик масалалари. Услубий қўлланма. – Тошкент:
Университет, 2010. – 112 б.
Эназаров   Т,   Ҳусанова   М,   Есемуратов   А.   Ўзбек   номшунослиги.–
Тошкент: Наврўз, 2015.  150.
   Бегматов Э., Авлоқулов Я. Ўзбек ономастикасининг микрокўлами //
Ўзбек тили ва адабиёти, 2007. № 3. – Б. 17-21;  2007. № 5. – Б. 33-39; 2008.  №
1. – Б. 55-60.

O‘zbek onomastik ko‘lamining hajmi va mazmuni Reja: 1. “Onomastik ko‘lam”, “onomastik maydon” tushunchalarining mohiyati. 2.Onomastik ko‘lam tushunchalari orasidagi sistem munosabatlar haqida. 3. O‘zbek onomastik ko‘lamining hajmi va mazmuni. 4. O‘zbek onomastik ko‘lamining ichki bo‘linishi, tasnifiy belgilari.

Tildagi atoqli nom (ot)larning xilma-xil xususiyatlari juda qadimgi davrlardan buyon turli soha olimlarining diqqatini o‘ziga jalb etib kelmoqda. Masalan, qadimgi yunon olimlari Aristotel, Demokrit, Geraklitning asarlarida ham atoqli otlarning xususiyatlari haqida fikr-mulohazalar bildirilgan edi. Jumladan, Aristotel “Poetika” asarida otni nutq bo‘laklaridan biri deb hisoblaydi va unga quyidagicha ta’rif beradi: “Ot murakkab, ma’no anglatuvchi, zamonni bildirmaydigan, qismlari o‘z-o‘zidan ma’no anglatmaydigan so‘zdir” 1 . Eramizgacha 1-asrda yashagan YUliy Polluks “Onomastik” nomli atoqli otlarga izoh beruvchi lug‘at yaratgan. Stoiklar, jumladan Xrisipp atoqli otlarni alohida til birligi, so‘zlar guruhi deb tasnif qilgan edi. Uyg‘onish davrida va o‘rta asrlarda (T.Gobbs, Dj.Lokk, G.Leybnits) hamda butun X1X asr davomida (Dj.Mill, X.Djozef va boshqalar) atoqli otlar, ularning til lug‘aviy qatlamidagi o‘rni masalasiga doir munozara davom etdi. Bu sohada eng muxim masala atoqli otlar qanday ma’no bildirishini aniqlashdan iborat edi. XUSH-X1X asrlar davomida bu muammo faqat tilshunoslar tomonidan emas, faylasuflar, mantiq olimlari tomonidan ham o‘rganilgan. Bu muammoni o‘rganishga yirik ingliz mantiqshunos olimi Djon Styuart Mill (1806-1873) juda ko‘p kuch sarfladi. Uning talqinicha, atoqli otlar ma’no bildirmaydi, ular o‘ziga xos belgilar, yorliqlar sifatida predmetni bilishga, uni boshqa predmetlardan farqlashga yordam beradi. Biror predmet, kishining nomi (atoqli ot) o‘sha predmet yoki shaxs tavsifi uchun to‘la asos bo‘lolmaydi. O‘z fikrlarini rivojlantirib, Dj.Mill so‘zlarni ikki guruhga ajratadi: a) so‘z-belgilar, b) xarakterlovchi (konnotatsiyalovchi) so‘zlar. Konnotatsiyalovchi so‘zlar atoqli otlardan keyin vujudga kelgan 2 . YAna bir ingliz mantiqshunosi X.Djozef atoqli otlar haqida Dj.Millga qarama-qarshi fikrlarni bildirgan edi. Uning fikricha atoqli otlar turdosh otlarga nisbatan kengroq va ko‘proq ma’noga egadir. Masalan, “Palikur (kishi ismi, afsonaviy Eneyning hamrohi, yo‘ldoshi) e’tibordan chetda qoldi” gapi “Inson e’tibordan chetda qoldi” gapidan ancha mazmunliroqdir. 1 Аристотель. Поэтика (поэзия санъати ҳақида). Русчадан М.Маҳмудов, У.Тўйчиевлар таржимаси. – Тошкент: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1980. – Б. 41. 2 Бу ҳақда қаранг: Суперанская А.В. Общая теория имени собственного. – М.: Наука, 1973. – С. 56-58.

XX asrda atoqli otlar haqidagi mantiqiy yo‘nalishni mashhur ingliz faylasufi va mantiqshunosi Bertran Rassel (1872-1970) yanada rivojlantirdi. Uning fikricha, ma’lum makonda va zamonda atoqli otlar yordamida ifodalanuvchi ma’no turdosh otlarga nisbatan aniqroq, ilmiyroq xarakterga egadir. Bu jihatdan atoqli otlar bu, o‘sha, ana shu, ana bu singari ko‘rsatish olmoshlariga juda yaqin turadi 3 . Daniya tilshunosi Paul Kristofersen atoqli otlar bilan turdosh otlar orasidagi farqni ularning birinchisi aniq, konkret ma’noni, keyingisi esa mavhum ma’noni ifodalashida ko‘radi. Atoqli otlar individning, shaxsning bevosita ismi, nomi bo‘lsa, turdosh otlar bilvosita nomlardir. Turdosh otlar dastlab butun bir guruh, to‘da nomini bildiradi, keyinchalik bu nom konkretlashadi. Ingliz tilshunosi Alan Gardinerning “Atoqli otlar nazariyasi” (1954) nomli asari onomastika fanini yangi bosqichga ko‘tardi. Dj.Millning atoqli otlarni ma’no yo‘qligi haqidagi fikrini rivojlantirib A.Gardiner atoqli otlar o‘ziga xos nomlar bo‘lib, predmet, voqea-hodisa haqida aniq, konkret tasavvurlar yig‘indisini o‘zida ifoda etadi. Bu jihatdan atoqli otlar ikki bo‘linadi: a) mujassamlanuvchi, timsol bo‘la oluvchi (voploщennыy) atoqli otlar va b) mujassamlanmovchi, timsol bo‘la olmovchi atoqli otlar. Masalan, Vilyam SHekspir, Temza daryosi kabi atoqli otlar mujassamlanuvchi atoqli otlar guruhiga kiradi, chunki ular ma’lum bir shaxs (bu o‘rinda buyuk dramaturg) va geografik ob’ekt (bu o‘rinda daryo) haqida umumiy, yaxlit tasavvur beradi. Agar biz oddiygina qilib Vilyam desak, bu mujassamlanmovchi, kishi ismi haqida umumiy tasavvur beruvchi atoqli otni bildiradi. Tarixiy nuqtai nazardan mujassamlanuvchi atoqli otlar oldinroq, avvalroq vujudga kelgan. Masalan, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi antroponimlar bu nazariyaga ko‘ra mujassamlanuvchi atoqli otlar guruhiga kiradi, chunki ular mamlakatimiz davlatchiligi tarixi, madaniyatida juda katta o‘rin tutgan mashhur shaxslar haqidagi timsollarni o‘zida mujassamlashtiradi. Ota-onalar o‘z bolalarini ana shunday mashhur shaxslarga o‘xshashini orzu qilib qo‘ygan Temur, Temurbek, Ulug‘bek, 3 Суперанская А.В. Общая теория имени собственного. – М.: Наука, 1973. – С. 58-59.

Alisher, Bobur kabi antroponimlar esa mujassamlanmovchi atoqli otlar sirasiga mansubdir. Taniqli tilshunos M.I.Steblin-Kamenskiy qadimgi island adabiyoti materiallari asosida onomastik leksikani mujassamlanish nuqtai nazaridan o‘rganar ekan, island adabiyotida qo‘llangan onomastik leksikada umuman “mujassamlanish” hodisasi bo‘lmaganligini qayd qiladi. Uning fikricha, har qanday atoqli ot muayyan denotatni, ma’noni ifodalab kelgan 4 . O‘z vaqtida T.Gobbs tomonidan ishlab chiqilgan atoqli otlarning “mujassamlanish” xususiyati haqidagi ta’limot keyinchalik G.Leybnits tomonidan yanada takomillashtirilgan edi. Nemis faylasuf olimi G.Leybnits fikricha, atoqli otlarda konkret va mavhum tafakkur elementlari ifodalangan bo‘ladi. Olimning bu fikri atoqli otlarni tilda (muloqotning belgili elementlari tizimida) va nutqda (bu elementlarning kommunikativ nuqtai nazardan qo‘llanishida) olib qarash nuqtai nazaridan ahamiyatlidir 5 . Ana shunday qarashlar tufayli tilshunoslikda atoqli otlarga abstrakt-mantiqiy va konkret-tarixiy nuqtai nazardan yondoshuv vujudga keldi. O‘z vaqtida Dj.Mill tomonidan asoslangan atoqli otlarda hech qanday ma’no elementi yo‘q, degan ilmiy qarash keyinchalik V.Bryondal, E.Boyssensom, L.Elmslev kabi taniqli tilshunos olimlar tomonidan rivojlantirildi. Natijada ayrim olimlar, jumladan daniya tilshunosi Knud Togebyu atoqli otlar (jumladan, olmoshlar ham) semantik mazmunga ega bo‘lmaganligi uchun o‘zaro sinonimlardir. SHunga ko‘ra yakka individ, shaxs bir necha ismga, bir necha shaxslar esa bir umumiy ismga ega bo‘lishi mumkin (adashlar, familiyadoshlar: Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Botir Zokirov, Erkin YUsupov kabi biz bilmagan, biz uchun notanish boshqa shaxslar ham bor). Bu fikrga teskari qarashlar ham mavjud, ya’ni atoqli otlar, so‘z bo‘lgani uchun xuddi turdosh otlar kabi xilma-xil xususiyatlarga egadir. Bunday qarash o‘z vaqtida faylasuf-stoiklar tomonidan asoslangan edi, keyinchalik X1X asrda 4 Стеблин-Каменский М.И. Древнеисландская топономастика как материал к истории имени собственного // Стеблин-Каменский М.И. Спорное в языкознании. – Л.: Наука, 1974. – С. 105-106. 5 Березин Ф.М., Головин Б.Н. Общее языкознание. – М.: Высшая школа, 1979. – С. 21-23.

X.Djozef, Dj.Mill, XX asrda O.Espersen kabi olimlar tomonidan rivojlantirildi. Masalan, daniya olimi O.Espersenning ta’kidlashicha, “atoqli otlar turdosh otlarga nisbatan ko‘proq xususiyatlarga egadir. Atoqli otlar o‘zida juda ko‘plab belgi- xususiyatlarni konnotatsiya qiladi” 6 . XX asrning 60-70-yillarida taniqli rus tilshunosi A.V.Superanskaya atoqli otlarning tilshunoslikda (ayniqsa, chet el tilshunosligida) o‘rganilish tarixi bilan maxsus shug‘ullandi hamda «Atoqli otlarning umumiy nazariyasi» nomli yirik tadqiqotini e’lon qildi 7 . SHundan keyin V.A.Nikonovning “Ism va jamiyat” (1974), V.A.Karpenkoning “Atoqli va turdosh otlarni farqlashning nazariy asoslari” (1975), A.D.Zverevning “Atoqli va turdosh otlar haqida” (1976), I.I.Kovalikning “Ukrain tilida atoqli va turdosh otlar” (1977) nomli asarlari e’lon qilindi, “Atoqli va turdosh otlar” nomli alohida ilmiy to‘plam nashr etildi (1978). Taniqli olim A.A.Reformatskiy o‘z vaqtida atoqli va turdosh otlarni quyidagicha farqlashni taklif etgan edi: atoqli otlar birinchi navbatda nominativ funksiyaga ega, ya’ni muayyan predmetlarni, narsa-hodisalarni alohida nomlash uchun xizmat qiladi, turdosh otlar esa semasiologik, ya’ni ifodalovchi funksiyani bajaradi, ya’ni ular predmet, voqea-hodisalarni nomlash bilan birga ular haqidagi tushunchani ham bildiradi 8 Bu muammo hozirgi kunga qadar tilshunoslarni, faylasuflarni va boshqa fan vakillarini qiziqtirib kelmoqda. Masalan, 1978 yilda Krakov shahrida o‘tkazilgan XSH xalqaro Onomastik kongress “Turdosh otlar va atoqli otlar” muammosiga bag‘ishlangan edi. 1984 yilda Leypsig shahrida o‘tkazilgan XU xalqaro Onomastik kongress esa atoqli otlarni sotsiolingvistik yo‘nalishda o‘rganish muammolarini muhokama qilgan edi 9 . 1973 yilda til falsafasi bo‘yicha yirik mutaxassis Evgeniy Grodzinskiyning “Atoqli otlar umumiy nazariyasidan ocherk” nomli monografiyasi e’lon qilinadi. Bu ishda E.Grodzinskiy atoqli otlarni quyidagi uch guruhga ajratadi: a) bir 6 Есперсен О. Философия грамматики. – М.: 1958. – С. 71-72. 7 Суперанская А.В. Общая теория имени собственного. – М.: Наука, 1973. – 366 с. 8 Реформатский А.А. Введение в языковедение. – М., 1967. – С. 29-30; 57-62. 9 Агеева Р.А., Бахнян К.В. Социолингвистический аспект имени собственного (К ХУ Международному конгрессу по ономастике, 13-17 августа 1984 г., Лейпциг). – М.: Наука, 1984. – С. 5-12.