logo

O‘zbek toponimikasining guruhlanishi va tasniflanishi masalalari, tarixi va hozirgi bosqichi. Istiqlol o‘lkasining toponimik siyosati.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

26.3349609375 KB
     O‘zbek toponimikasining guruhlanishi va tasniflanishi masalalari, tarixi va
hozirgi bosqichi.  Istiqlol o‘lkasining toponimik siyosati.
Reja:
1. O‘zbekiston     toponimikasining   umumiy   tavsifi   va   talqini   haqida
tushuncha.
2.   O‘zbek toponimikasining guruhlanishi va tasnif lanishi  masalalari. 
3. O‘zekiston   toponimiyasining   o‘rganilishida   H.Hasanov,   B.Ahmedov,
A.Muhammadjonov, S.Qorayev kabi olimlarning hissasi.
4. O‘zbekiston   toponimiyasining   o‘rganilishida   T.Nafasov,   T.Enazarov
kabi olimlarning hissasi. 
5. O‘zbek toponimlarida o‘z va o‘zlashma qatlam haqida tushuncha .
6. O‘zbek toponimlarida arabcha va forscha elementlar.
7. O‘zbek   toponimlarida   mo‘g‘ulcha,   xitoycha,   so‘g‘dcha   elementlar
haqida. Ma’lumki,   onomastik   birliklar   orasida   eng   ko‘p   o‘rganilgani   toponimlardir.
Toponimlar   asosan   apellyativlar   asosida   hosil   bo‘ladi.   Apellyativ   lotincha
appellativum   –   turdosh   ot   so‘zidan   olingan   bo‘lib,   atoqli   otga   qarama-qarshi
qo‘yiluvchi, atoqli ot yasash uchun lisoniy baza bo‘luvchi turdosh ot va boshqa til
leksemalaridir.   
  Toponimlarda   xalqning   o‘tmishi,   urf-odatlari,   boshidan   kechirgan   turli   xil
siyosiy-ijtimoiy, etnomadaniy jarayonlar o‘z aksini topgan bo‘ladi. SHunga binoan
toponimiya muayya til lug‘at boyligining muhim tarkibiy qismi, o‘tmish voqealari
darakchisi sanaladi.
  O‘zbek   toponimikasini   ilmiy   jihatdan   o‘rganish   XX   asrning   60-yillarida
boshlangan.     O‘tgan   davr   mobaynida   o‘zbek   toponimikasini   o‘rganish   bo‘yicha
juda   salmoqli   ishlar   amalga   oshirildi.   Bu   ishlar   orasida   taniqli   geograf   olim
H.Hasanovning “O‘rta Osiyo joy nomlari  tarixidan” nomli monografiyasi  alohida
o‘rin  tutadi.  Bu  asarda   geografik  nomlar   –  toponimlarning  tarixi,  ularning  xilma-
xilligi va shakllanish qonuniyatlari qisqacha bayon etilgan hamda toponimika fani
to‘g‘risida   qisqacha   tushuncha   berilgan.   Asarda   ta’kidlanishicha,   “joy   nomlariga
qarab   qadimiy   savdo   yo‘llari,   qabila   va   tillarning   tarqalishi,   eski   qal’a   va
manzillarning   o‘rinlari,   suv   va   dovonlarning   hosiyatlari,   foydali   qazilmalar,
cho‘llarda   quduqlarning   bor-yo‘qligi,   joyning   o‘simlik,   hayvonot   va   iqlimiy
xususiyatlari,   hunar-kasb,   tarixiy   voqealar,   afsona-rivoyatlar   va   boshqa   xil
ma’lumotlarni bilim  olamizki, bular  hammasi  xalq xo‘jaligi, madaniyatimiz tarixi
uchun juda muhimdir” 1
.  Asarning oxirida qisqacha toponimik lug‘at (45-58-betlar)
va tarixiy-geografik nomlar izohoti (59-80-betlar)ning berilishi uning ilmiy-amaliy
qimmatini yanada oshirgan. 
  T.Nafasov,   S.Qoraev,   Z.Do‘simov,   B.O‘rinboev,   T.Rahmatov,   J.Latipov,
T.Enazarov,   N.Oxunov,   S.Nayimov   kabi   olimlarning   say’i   harakatlari   bilan
Xorazm,   Qashqadaryo,   Buxoro,   Surxondaryo,   Jizzax,   Toshkent,   Farg‘ona,
Samarqand, qolaversa, vatanimizning barcha   hududlaridagi toponimlar to‘plandi,
1
  Ҳасанов Ҳ.  Ўрта  Осиё жой номлари тарихидан. -  Тошкент: Фан, 1965. – Б. 37. ularning lisoniy xususiyatlari, tarixi, etimologiyasiga oid muhim ilmiy kuzatishlar
amalga oshirildi. 
  O‘zbek   toponimiyasiga   oid   dastlabki   lisoniy   monografik   ish   T.Nafasov
tomonidan   bajarilgan   edi 2
.   Mazkur   ishda   Qashqadaryo   viloyati   hududidagi
toponimlarning   nomlanish   asoslari,   etimologiyasi,   ularning   struktural-grammatik
tuzilishi   va   yasalishi   masalalari   keng   va   atroflicha   tadqiq   etilgan   edi.   Olim
keyinchalik   faqat   Qashqadaryo   viloyati   toponimlarini   o‘rganish   bilan   kifoyalanib
qolmay,   janubiy   O‘zbekiston   toponimlarining   etnolingvistik   tahlilini   amalga
oshirdi,   O‘zbekiston   toponimlarining   izohli   lug‘atini   nashr   ettirdi.   Mustaqillik
yillarida   prof.T.Nafasov     toponimika   sohasida   yana   ham   shijoat   bilan   mehnat
qilmoqda,   olimning   “O‘zbek   nomnomasi”   (1993),   “O‘zbek   tili   toponimlarining
o‘quv   izohli   lug‘ati”   (2007),   “Qarshi   shahri   mahalla   va   ko‘cha   nomlari”(2008),
“Qashqadaryo  qishloqnomasi”   (2009),    “CHiroqchinoma”  (2010)  kabi  bir  qancha
yirik   tadqiqotlari     xuddi   shu   yillarda   nashr   etildi.   2008   yilda   prof.T.Nafasov
tavalludining   70   yilligi   mamlakatimizda   keng   nishonlandi,   ana   shu   sana
munosabati bilan o‘tkazilgan ilmiy anjumanda olimning nomshunoslik sohasidagi
serqirra   faoliyatiga   munosib   baho   berilgan,   uning   asarlari   bibliografiyasi   e’lon
qilingan edi.
  O‘zbekiston   hududidagi   toponimlarning   tarixiy-ilmiy   tahlilida   taniqli
geograf   olim   S.Qoraevning   izlanishlari   ham   alohida   o‘rin   tutadi 3
.   Bu   ishlarda
O‘zbekiston   hududidagi   tarixiy   va   zamonaviy   toponimlar   qiyosiy-tarixiy
yo‘nalishda   chuqur   tahlil   qilingan.   Olimning   doktorlik   dissertatsiyasi   esa
O‘zbekiston oykonimlari tahliliga bag‘ishlangan edi. S.Qoraev toponimik lug‘atlar
tuzish, nomshunoslikka doir ilmiy-ommabop risolalar, maqolalar yaratish sohasida
ham     ibratli   ishlarni   amalga   oshirib   kelmoqda.   Uning   bu   sohadagi   serqirra
faoliyatiga doir ma’lumotlar quyidagi ishning bibliografiya qismida mavjud 4
.
2
  Нафасов Т. Топонимы Кашкадарьинской области. Автореф. дис… канд. филол. наук.–Ташкент, 1968. -24 с.
3
  Караев С.  Опыт мзучения топонимии Узбекистана. АКД. – Ташкент, 1969. – 25 с;  Караев С.К.  Топонимия
Узбекистана (социолингвистический аспект). – Ташкент, Фан, 1991. – 132 с.  
4
  Қораев С.  Ўзбекистон вилоятлари топонимлари. – Тошкент: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат
илмий нашриёти, 2005. – Б. 223-238.    Xorazm   vohasi   toponimlarining   ilmiy-lingvistik   tahlilida
prof.Z.Do‘simovning   xizmati     kattadir.   Olimning   nomzodlik   va   doktorlik
dissertatsiyalari,   monografiyasi   xuddi   shu   mavzuga   bag‘ishlangan   edi.
Keyinchalik   A.Otajonova   Xorazm   etnotoponimlarining   lug‘aviy   asoslari,
M.Tillaeva   esa   Xorazm   onomastikasining   “Avesto”   bilan   qiyosi   mavzulariga   oid
qiziqarli   ishlarni   amalga   oshirdilar.   O‘.Rajabov   esa   Xorazm   vohasi   materiallari
asosida   toponimik   aniqlagich   (indikator)   larning   funksional-semantik
xususiyatlarini  tadqiq etishga bag‘ishlangan nomzodlik ishini himoya qildi 5
. 
  Shuningdek,   Yo.Xo‘jamberdiev   Surxondaryo   viloyati,   S.Nayimov   esa
Buxoro   viloyati   toponimlarini   o‘rganish   bo‘yicha   samarali   ishlarni   amalga
oshirdilar.   N.Oxunovning   nomzodlik   ishi   esa   Qo‘qon   gruppa   tumanlarining
toponimlarini o‘rganishga bag‘ishlangan edi.
  O‘zbek   toponimikasida   bajarilgan   ayrim   tadqiqotlar   alohida   tuman   yoki
shahar mikrotoponimlari tadqiqiga bag‘ishlanganligi bilan e’tiborga molik. C h unki
toponimik ob’ekt doirasi qanchalik tor doirada belgilansa, olingan natijalar, ilmiy
xulosalar  shunchalik   asosli   bo‘ladi.  Masalaga   ana  shu   nuqtai   nazardan  qaraganda
T.Raxmatov,   J.Latipov,   X.Xolmo‘minov,   O‘.Oripov,   A.Aslonov,   S.Bo‘riyev   kabi
olimlarning ilmiy tadqiqotlari e’tiborga molik 6
. A.Turobov esa Samarqand viloyati
materiallari   misolida   etnonim   va   etnooykonimlarning   lisoniy   tahlili   bilan   jiddiy
shug‘ullandi 7
.   O.Begimov   toponimlardagi   o‘zlashma   qatlamni   lisoniy   tadqiq
etishga  oid  nomzodlik  ishini   himoya   qildi 8
.  X.Bo‘riyeva   esa   Toshkent   shahrining
X1X   asrning   oxiri   –   XX   asr   boshlaridagi   tarixiy   toponimiyasi   muammolarini
tadqiq etdi 9
.        
5
  Ражабов Ў.Х.  Топонимик индикаторларнинг функционал-семантик хусусиятлари. НДА. – Тошкент, 2009. 
– 22 б. 
6
  Рахматов Т.   Топонимия города Самарканда  и  его окрестностей. АКД.  – М.,   1973. – 28 с;   Латипов Дж.
Топонимия   города   Маргелана   и   его   окрестностей.   АКД.   –   Ташкент,   1975.   –   26   с;     Холмуминов   Х.
Микротопонимия Байсунского района и его окрестностей. АКД. – Ташкент, 1993. – 24 с;  Орипов Ў.  Нурота
тумани   макро  ва   микротопонимларининг  лисоний   таҳлили.  НДА.   –  Тошкент,   2003.  –   22  б.;   Аслонов   А.С.
Шофиркон   тумкани   микротопонимиясининг   лингвистик   таҳлили.   НДА.   –   Тошкент,   2005.   –   21   б.;   Бўриев
С.Н.  Ургут тумани микротопонимларининг лексик-семантик таҳлили. НДА. – Тошкент, 2010. – 23 б.        
7
  Турабов А.М.   Самарқанд вилояти этноним ва этноойконимларининг таҳлили. НДА.– Тошкент, 1999. –  22
б. 
8
  Бегимов О.Т.  Жанубий Ўзбекистон топонимларининг ўзлашма қатлами. НДА. – Тошкент, 1999. – 27 б.
9
  Бўриева   Х.А.   Тошкент   шаҳрининг   тарихий   топонимияси   (Х1Х   аср   охири   –   ХХ   аср   бошлари).   НДА.   –
Тошкент, 2007. – 25 б.    O‘zbekistonda   toponimik   tadqiqotlar   ko‘lamining   kengayishida   serg‘ayrat
olim T.Enazarovning ham alohida ulushi bor. Olimning nomzodlik ishi SHahrisabz
hududi   joy   nomlarining   tahliliga   bag‘ishlangan   bo‘lsa,   doktorlik   dissertatsiyasi
toponimlarning   lug‘aviy   asoslari   va   etimologik   tadqiq   muammolarini   o‘z   ichiga
qamrab   olgan   edi 10
.   Mamlakatimizda   toponimikaga   doir   monografik   tadqiqotlar,
risolalar,   o‘quv   qo‘llanmalari   yaratishga   ham   alohida   e’tibor   qaratilmoqda.   Bu
o‘rinda S.Qoraevning “Toponimika – joy nomlari haqidagi fan” (1980), “Toshkent
toponimlari”   (1991),   “Toponimika”   (2006),     M.Mamedovning   “Xalq   nomlari   joy
nomlarida”   (1981),   L.Karimovaning   “O‘zbek   tilida   toponimlarning   o‘rganilishi”
(1982),   E.Begmatovning   “Joy   nomlari   –   ma’naviyat   ko‘zgusi”   (1998),
T.Enazarovning   “O‘zbekiston   toponimikasi”   nomli   maxsus   kursni   o‘qitish
metodikasi” (1999), “Toponimlar etimologik tadqiqining ilmiy-nazariy va amaliy-
usuliy  asoslari“  (2001),  Turkiy  sodda   toponimlarning  etimologik  tadqiqi”  (2002),
“O‘zbekistondagi ba’zi toponimlarning etimologik talqini” (2004), “Nomshunoslik
masalalari”   (2010),     N.Oxunovning   “Joylar   va   nomlar”   (1986),   “Toponimlar   va
ularning   nomlanish   xususiyatlari”   (1989),   A.Otajonovaning   “Xorazm
etnotoponimlari” (1997), Z.Do‘simov va M.Tillaevalarning “Joy nomlarining siri”
(2001),   “Toponimika   asoslari”   (2002),     A.Turobovning   “Samarqand   etnonim   va
etnooykonimlari”   (2004),     T.Qurbonov,   M.Xudoyberdievalarning   “Badiiy
asarlardagi   toponimlarning   lingvistik   tahlili   va   izohi   masalalari”   (2006),
S.Karimov, S.Bo‘rievlarning “O‘zbek toponimikasi taraqqiyot bosqichida” (2006),
B.Qilichevning   “Buxoro   viloyati   toponimlari”   (2008),     N.Begalievning
“Samarqand toponimiyasi” (2010)  kabi bir qator ishlarni alohida ta’kidlash lozim.
  Umuman   olganda,   O‘zbekistonda   onomastik   birliklar   orasida   eng   ko‘p
o‘rganilgani  joy nomlari – toponimlar bo‘lib, kelgusida bunday tadqiqotlar yanada
kengaytirilishi   va   chuqurlashtirilishi   lozim.   SHu   asosda   O‘zbekiston
toponimlarining   xaritasi,     mukammal   ko‘p   tomlik   izohli   lug‘ati       maydonga
kelishiga mustahkam zamin hozirlanadi. 
10
  Эназаров Т.Ж.   Шаҳрисабз ҳудуди  жой номларининг тарихий-қиёсий тадқиқи. НДА. – Тошкент, 1993. –
21 б.;   Эназаров Т.Ж.   Ўзбекистон топонимлари: луғавий асослари  ва этимологик тадқиқи йўллари. ДДА. –
Тошкент, 2006. – 56 б.   Asosiy   adabiyotlar :
Қораев   С.   Топонимика.   Ўқув   қўлланма.   –   Тошкент:   Ўзбекистон
файласуфлари миллий жамияти нашриёти, 2006. – 320 б
  
Бегматов Э. Истиқлол ўлкасининг топонимик сиёсати // Ўзбек тили ва
адабиёти, 1997. № 3. – Б. 3-9; № 4. – Б. 7-9.
Дўсимов З. Хоразм топонимлари. – Тошкент: Фан, 1985. – 104 б.
Каримов   С.,   Бўриев   С.   Ўзбек   топонимикаси   тараққиёт   босқичида.   –
Тошкент: Фан,   2006. – 131 б.
Каримова   Л.   Ўзбек   тилида   топонимларнинг   ўрганилиши.   –   Тошкент:
Фан, 1982. – 96 б.
       Охунов Н. Тил ва жой номлари.  - Тошкент, Ўзбекистон, 1988. – 32 б
Отажонова А. Хоразм этнотопонимлари.–Тошкент: Фан, 1997. – 129 
Эназаров   Т.   Топонимларнинг   этимологик   тадқиқининг   илмий-назарий
ва   амалий-услубий   асослари   (Туркий   топонимлар   мисолида).   I-   китоб.   –
Тошкент, Университет, 2001. - 128 б.
Ҳасанов Ҳ. Ўрта Осиё жой номлари тарихидан. – Тошкент: Фан, 1965.
– 81 б.
Дўсимов   З.,   Эгамов   Х.   Жой   номларининг   қисқача   изоҳли   луғати.   –
Тошкент: Ўқитувчи, 1977. – 174 б.
Нафасов   Т.   Ўзбекистон   топонимларининг   изоҳли   луғати.   –   Тошкент:
Ўқитувчи, 1988. – 290 б.
.Нафасов   Т.,   Нафасова   В.   Ўзбек   тили   топонимларининг   ўқув   изоҳли
луғати   (мактаб   ўқувчилари,   коллеж   ва   лицей   талабалари   учун).   –   Тошкент:
“Янги аср авлоди”, 2007. – 87 б. .Нормуродов   М.,   Нафасов   Т.   Чироқчинома.   Қашқадарё   вилояти
Чироқчи   тумани   қишлоқлари   номининг   тадқиқи.   –   Тошкент:   “Муҳаррир”
нашриёти, 2010. – 168 б.
Ўринбоев Б. Жиззах вилояти топонимлари. – Жиззах, 1992. – 54 б.
Ўринбоев Б. Самарқанд вилояти топонимларининг изоҳи. – Самарқанд,
1997. – 202 
Ўринбоев Б., Ҳолиқов О. Мактаб топонимик луғати. – Самарқанд, 2004.
– 92 б. 
Қораев   С.   Географик   номлар   маъноси.–   Тошкент:   Ўқитувчи,   1978.   –
204 б 
Қораев С. Ўзбекистон вилоятлари топонимлари. – Тошкент: “Ўзбекистон 
миллий энциклопедияси” давлат илмий нашриёти, 2005. – 240 б

O‘zbek toponimikasining guruhlanishi va tasniflanishi masalalari, tarixi va hozirgi bosqichi. Istiqlol o‘lkasining toponimik siyosati. Reja: 1. O‘zbekiston toponimikasining umumiy tavsifi va talqini haqida tushuncha. 2. O‘zbek toponimikasining guruhlanishi va tasnif lanishi masalalari. 3. O‘zekiston toponimiyasining o‘rganilishida H.Hasanov, B.Ahmedov, A.Muhammadjonov, S.Qorayev kabi olimlarning hissasi. 4. O‘zbekiston toponimiyasining o‘rganilishida T.Nafasov, T.Enazarov kabi olimlarning hissasi. 5. O‘zbek toponimlarida o‘z va o‘zlashma qatlam haqida tushuncha . 6. O‘zbek toponimlarida arabcha va forscha elementlar. 7. O‘zbek toponimlarida mo‘g‘ulcha, xitoycha, so‘g‘dcha elementlar haqida.

Ma’lumki, onomastik birliklar orasida eng ko‘p o‘rganilgani toponimlardir. Toponimlar asosan apellyativlar asosida hosil bo‘ladi. Apellyativ lotincha appellativum – turdosh ot so‘zidan olingan bo‘lib, atoqli otga qarama-qarshi qo‘yiluvchi, atoqli ot yasash uchun lisoniy baza bo‘luvchi turdosh ot va boshqa til leksemalaridir. Toponimlarda xalqning o‘tmishi, urf-odatlari, boshidan kechirgan turli xil siyosiy-ijtimoiy, etnomadaniy jarayonlar o‘z aksini topgan bo‘ladi. SHunga binoan toponimiya muayya til lug‘at boyligining muhim tarkibiy qismi, o‘tmish voqealari darakchisi sanaladi. O‘zbek toponimikasini ilmiy jihatdan o‘rganish XX asrning 60-yillarida boshlangan. O‘tgan davr mobaynida o‘zbek toponimikasini o‘rganish bo‘yicha juda salmoqli ishlar amalga oshirildi. Bu ishlar orasida taniqli geograf olim H.Hasanovning “O‘rta Osiyo joy nomlari tarixidan” nomli monografiyasi alohida o‘rin tutadi. Bu asarda geografik nomlar – toponimlarning tarixi, ularning xilma- xilligi va shakllanish qonuniyatlari qisqacha bayon etilgan hamda toponimika fani to‘g‘risida qisqacha tushuncha berilgan. Asarda ta’kidlanishicha, “joy nomlariga qarab qadimiy savdo yo‘llari, qabila va tillarning tarqalishi, eski qal’a va manzillarning o‘rinlari, suv va dovonlarning hosiyatlari, foydali qazilmalar, cho‘llarda quduqlarning bor-yo‘qligi, joyning o‘simlik, hayvonot va iqlimiy xususiyatlari, hunar-kasb, tarixiy voqealar, afsona-rivoyatlar va boshqa xil ma’lumotlarni bilim olamizki, bular hammasi xalq xo‘jaligi, madaniyatimiz tarixi uchun juda muhimdir” 1 . Asarning oxirida qisqacha toponimik lug‘at (45-58-betlar) va tarixiy-geografik nomlar izohoti (59-80-betlar)ning berilishi uning ilmiy-amaliy qimmatini yanada oshirgan. T.Nafasov, S.Qoraev, Z.Do‘simov, B.O‘rinboev, T.Rahmatov, J.Latipov, T.Enazarov, N.Oxunov, S.Nayimov kabi olimlarning say’i harakatlari bilan Xorazm, Qashqadaryo, Buxoro, Surxondaryo, Jizzax, Toshkent, Farg‘ona, Samarqand, qolaversa, vatanimizning barcha hududlaridagi toponimlar to‘plandi, 1 Ҳасанов Ҳ. Ўрта Осиё жой номлари тарихидан. - Тошкент: Фан, 1965. – Б. 37.

ularning lisoniy xususiyatlari, tarixi, etimologiyasiga oid muhim ilmiy kuzatishlar amalga oshirildi. O‘zbek toponimiyasiga oid dastlabki lisoniy monografik ish T.Nafasov tomonidan bajarilgan edi 2 . Mazkur ishda Qashqadaryo viloyati hududidagi toponimlarning nomlanish asoslari, etimologiyasi, ularning struktural-grammatik tuzilishi va yasalishi masalalari keng va atroflicha tadqiq etilgan edi. Olim keyinchalik faqat Qashqadaryo viloyati toponimlarini o‘rganish bilan kifoyalanib qolmay, janubiy O‘zbekiston toponimlarining etnolingvistik tahlilini amalga oshirdi, O‘zbekiston toponimlarining izohli lug‘atini nashr ettirdi. Mustaqillik yillarida prof.T.Nafasov toponimika sohasida yana ham shijoat bilan mehnat qilmoqda, olimning “O‘zbek nomnomasi” (1993), “O‘zbek tili toponimlarining o‘quv izohli lug‘ati” (2007), “Qarshi shahri mahalla va ko‘cha nomlari”(2008), “Qashqadaryo qishloqnomasi” (2009), “CHiroqchinoma” (2010) kabi bir qancha yirik tadqiqotlari xuddi shu yillarda nashr etildi. 2008 yilda prof.T.Nafasov tavalludining 70 yilligi mamlakatimizda keng nishonlandi, ana shu sana munosabati bilan o‘tkazilgan ilmiy anjumanda olimning nomshunoslik sohasidagi serqirra faoliyatiga munosib baho berilgan, uning asarlari bibliografiyasi e’lon qilingan edi. O‘zbekiston hududidagi toponimlarning tarixiy-ilmiy tahlilida taniqli geograf olim S.Qoraevning izlanishlari ham alohida o‘rin tutadi 3 . Bu ishlarda O‘zbekiston hududidagi tarixiy va zamonaviy toponimlar qiyosiy-tarixiy yo‘nalishda chuqur tahlil qilingan. Olimning doktorlik dissertatsiyasi esa O‘zbekiston oykonimlari tahliliga bag‘ishlangan edi. S.Qoraev toponimik lug‘atlar tuzish, nomshunoslikka doir ilmiy-ommabop risolalar, maqolalar yaratish sohasida ham ibratli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Uning bu sohadagi serqirra faoliyatiga doir ma’lumotlar quyidagi ishning bibliografiya qismida mavjud 4 . 2 Нафасов Т. Топонимы Кашкадарьинской области. Автореф. дис… канд. филол. наук.–Ташкент, 1968. -24 с. 3 Караев С. Опыт мзучения топонимии Узбекистана. АКД. – Ташкент, 1969. – 25 с; Караев С.К. Топонимия Узбекистана (социолингвистический аспект). – Ташкент, Фан, 1991. – 132 с. 4 Қораев С. Ўзбекистон вилоятлари топонимлари. – Тошкент: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2005. – Б. 223-238.

Xorazm vohasi toponimlarining ilmiy-lingvistik tahlilida prof.Z.Do‘simovning xizmati kattadir. Olimning nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari, monografiyasi xuddi shu mavzuga bag‘ishlangan edi. Keyinchalik A.Otajonova Xorazm etnotoponimlarining lug‘aviy asoslari, M.Tillaeva esa Xorazm onomastikasining “Avesto” bilan qiyosi mavzulariga oid qiziqarli ishlarni amalga oshirdilar. O‘.Rajabov esa Xorazm vohasi materiallari asosida toponimik aniqlagich (indikator) larning funksional-semantik xususiyatlarini tadqiq etishga bag‘ishlangan nomzodlik ishini himoya qildi 5 . Shuningdek, Yo.Xo‘jamberdiev Surxondaryo viloyati, S.Nayimov esa Buxoro viloyati toponimlarini o‘rganish bo‘yicha samarali ishlarni amalga oshirdilar. N.Oxunovning nomzodlik ishi esa Qo‘qon gruppa tumanlarining toponimlarini o‘rganishga bag‘ishlangan edi. O‘zbek toponimikasida bajarilgan ayrim tadqiqotlar alohida tuman yoki shahar mikrotoponimlari tadqiqiga bag‘ishlanganligi bilan e’tiborga molik. C h unki toponimik ob’ekt doirasi qanchalik tor doirada belgilansa, olingan natijalar, ilmiy xulosalar shunchalik asosli bo‘ladi. Masalaga ana shu nuqtai nazardan qaraganda T.Raxmatov, J.Latipov, X.Xolmo‘minov, O‘.Oripov, A.Aslonov, S.Bo‘riyev kabi olimlarning ilmiy tadqiqotlari e’tiborga molik 6 . A.Turobov esa Samarqand viloyati materiallari misolida etnonim va etnooykonimlarning lisoniy tahlili bilan jiddiy shug‘ullandi 7 . O.Begimov toponimlardagi o‘zlashma qatlamni lisoniy tadqiq etishga oid nomzodlik ishini himoya qildi 8 . X.Bo‘riyeva esa Toshkent shahrining X1X asrning oxiri – XX asr boshlaridagi tarixiy toponimiyasi muammolarini tadqiq etdi 9 . 5 Ражабов Ў.Х. Топонимик индикаторларнинг функционал-семантик хусусиятлари. НДА. – Тошкент, 2009. – 22 б. 6 Рахматов Т. Топонимия города Самарканда и его окрестностей. АКД. – М., 1973. – 28 с; Латипов Дж. Топонимия города Маргелана и его окрестностей. АКД. – Ташкент, 1975. – 26 с; Холмуминов Х. Микротопонимия Байсунского района и его окрестностей. АКД. – Ташкент, 1993. – 24 с; Орипов Ў. Нурота тумани макро ва микротопонимларининг лисоний таҳлили. НДА. – Тошкент, 2003. – 22 б.; Аслонов А.С. Шофиркон тумкани микротопонимиясининг лингвистик таҳлили. НДА. – Тошкент, 2005. – 21 б.; Бўриев С.Н. Ургут тумани микротопонимларининг лексик-семантик таҳлили. НДА. – Тошкент, 2010. – 23 б. 7 Турабов А.М. Самарқанд вилояти этноним ва этноойконимларининг таҳлили. НДА.– Тошкент, 1999. – 22 б. 8 Бегимов О.Т. Жанубий Ўзбекистон топонимларининг ўзлашма қатлами. НДА. – Тошкент, 1999. – 27 б. 9 Бўриева Х.А. Тошкент шаҳрининг тарихий топонимияси (Х1Х аср охири – ХХ аср бошлари). НДА. – Тошкент, 2007. – 25 б.

O‘zbekistonda toponimik tadqiqotlar ko‘lamining kengayishida serg‘ayrat olim T.Enazarovning ham alohida ulushi bor. Olimning nomzodlik ishi SHahrisabz hududi joy nomlarining tahliliga bag‘ishlangan bo‘lsa, doktorlik dissertatsiyasi toponimlarning lug‘aviy asoslari va etimologik tadqiq muammolarini o‘z ichiga qamrab olgan edi 10 . Mamlakatimizda toponimikaga doir monografik tadqiqotlar, risolalar, o‘quv qo‘llanmalari yaratishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu o‘rinda S.Qoraevning “Toponimika – joy nomlari haqidagi fan” (1980), “Toshkent toponimlari” (1991), “Toponimika” (2006), M.Mamedovning “Xalq nomlari joy nomlarida” (1981), L.Karimovaning “O‘zbek tilida toponimlarning o‘rganilishi” (1982), E.Begmatovning “Joy nomlari – ma’naviyat ko‘zgusi” (1998), T.Enazarovning “O‘zbekiston toponimikasi” nomli maxsus kursni o‘qitish metodikasi” (1999), “Toponimlar etimologik tadqiqining ilmiy-nazariy va amaliy- usuliy asoslari“ (2001), Turkiy sodda toponimlarning etimologik tadqiqi” (2002), “O‘zbekistondagi ba’zi toponimlarning etimologik talqini” (2004), “Nomshunoslik masalalari” (2010), N.Oxunovning “Joylar va nomlar” (1986), “Toponimlar va ularning nomlanish xususiyatlari” (1989), A.Otajonovaning “Xorazm etnotoponimlari” (1997), Z.Do‘simov va M.Tillaevalarning “Joy nomlarining siri” (2001), “Toponimika asoslari” (2002), A.Turobovning “Samarqand etnonim va etnooykonimlari” (2004), T.Qurbonov, M.Xudoyberdievalarning “Badiiy asarlardagi toponimlarning lingvistik tahlili va izohi masalalari” (2006), S.Karimov, S.Bo‘rievlarning “O‘zbek toponimikasi taraqqiyot bosqichida” (2006), B.Qilichevning “Buxoro viloyati toponimlari” (2008), N.Begalievning “Samarqand toponimiyasi” (2010) kabi bir qator ishlarni alohida ta’kidlash lozim. Umuman olganda, O‘zbekistonda onomastik birliklar orasida eng ko‘p o‘rganilgani joy nomlari – toponimlar bo‘lib, kelgusida bunday tadqiqotlar yanada kengaytirilishi va chuqurlashtirilishi lozim. SHu asosda O‘zbekiston toponimlarining xaritasi, mukammal ko‘p tomlik izohli lug‘ati maydonga kelishiga mustahkam zamin hozirlanadi. 10 Эназаров Т.Ж. Шаҳрисабз ҳудуди жой номларининг тарихий-қиёсий тадқиқи. НДА. – Тошкент, 1993. – 21 б.; Эназаров Т.Ж. Ўзбекистон топонимлари: луғавий асослари ва этимологик тадқиқи йўллари. ДДА. – Тошкент, 2006. – 56 б.