Otlarning egalik qoshimchalari bilan o’zgarishini o’rganish.
Ot larning egalik qoshimchalari bilan o’zgarishini o’rganish. REJ A : 1. Otlarning egalik qo’shimchalari bilan o’zgarishini o’rganish. 2. Otlarning kelishiklar bilan turlanishi haqida tushuncha berish. 3. Ko’plikdagi otlarning turlanishini o’rgatish.
Ot larning egalik qo’shimchalari bilan o’zgarishini o’rganish. Otlarning egalik qo’shimchalari bilan o’zgarishi 4-sinfda o’rganiladi, bu mavzuni o’zlashtirish boshlang'ich sinf o’quvchilari uchun murakkab hisoblanadi, chunki mavzu o’rganilgunga qadar, o’quvchilar „shaxs" tushunchasi bilan tanishtirilmagan, kishilik olmoshlarini hali o‘rganmagan bo’ladilar. O’quvchilarga egalik qo’shimchasi shaxs, narsa birlik va ko'plikdagi uch shaxsdan biriga taalluqli ekanini bildirishini tushuntirish qiyin. Shularni hisobga olib, o’quvchilarni otlarning egalik qo’shimchalari bilan qo'llanishini o'rgatishda o'qituvchi ishni sarlavhadagi „egalik" so’zining leksik ma’nosini tushuntirishdan boshlashi maqsadga muvofiq: Xususan, „egalik" so’zi ega bo’lish, qarashlilik, tegishlilik, oidlik ma’nolarini bildiradi, egalik qo'shimchasi deganda biror narsaga ega bo'lishni, shu narsa tegishli, shu narsaning egasi ekanini bildiradigan qo'shimchalar nazarda tutilishi misollar asosida tushuntiriladi. Otlar egalik qo'shimchalari bilan qo'llanadi. Otga qo'shilgan egalik qo'shimchasi shu ot ifodalagan shaxs, narsaning kimgadir qarashli ekanini, shu narsaning egasi ekanini bildiradi. Masalan, Mening kitob im juda qiziqarli ekan . Sening kitob ing ham qiziqarlimi? Ra’noning kitob i ham qiziqarli edi . Kitobim, kitobing, kitobi so'zlari so'z tarkibiga ko'ra tahlil qilinadi va o'quvchilar kitob - o'zak, -im, -ing, -i qo'shimcha ekanini aniqlaydilar. O'qituvchi kitob va kitobim so'zlarini taqqoslashni, -im qo'shimchasining ma’nosi haqida o'ylab ko'rishni topshiradi, muammoli vaziyat yaratadi; o'quvchilar qo'shimchaning ma’nosi haqida fikr yuritadilar, ammo kitobim so'zining ma’nosiga (mening
kitobim — kitob meniki) tushunsalar ham, fikrlarini shakllantirib aytib berolmaydilar. O’qituvchi qisqa tushuntiradi: – Tilda uchta shaxs mavjud: I shaxs - so'zlovchi; II shaxs – tinglovchi; III shaxs - o'zga. Hozir men sizga so'zlayapman, tushuntiryapman, demak, men - so'zlovchi, hozir siz meni tinglayapsiz, demak, siz (sen) tinglovchi, hozir tinglashga qatnashmayotganlar ham bor, u (ular) - o'zga hisoblanadi. Siz otlar birlik va ko'plik sonda qo'llanishini bilasiz. Ma’lumki, biror narsa bir shaxsga yoki ikki va undan ortiq shaxsga tegishli bo'lishi mumkin. Mana shu ma’nolarni, ya’ni biror shaxs va narsaning birlik yoki ko'plikdagi uch shaxsdan biriga qarashli ekanini otga qo'shilgan egalik qo'shimchalari bildiradi. Qisqa xulosa chiqariladi: otlarga qo‘shilgan -(i)m, -(ing), -i, -(i)miz, - (i)ngiz, -lar qo’shimchalari egalik qo'shimchalari sanaladi. Egalik qo'shimchalari tegishlilik, egalik ma’nosini bildiradi. Egalik qo'shimchalari otlarga ikki variantda qo'shiladi. So’z oxiri unli hamda undosh tovush bilan tugagan otlar so'z tarkibiga ko'ra tahlil qilinadi, qo'shimchalar taqqoslanadi, suhbat asosida xulosa chiqariladi: oxiri unli tovush bilan tugagan otlarga -m, -ng, -si, -miz, -ngiz, -si egalik qo'shimchalari, oxiri undosh tovushlar bilan tugagan otlarga -im, -ing, - i, -imiz, -ingiz, -i egalik qo'shimchalari qo'shiladi. Shundan so'ng o'quvchilar „Ona tili" darsligidagi grammatik qoidani o'rganadilar, jadvalni tahlil qiladilar. O'quvchilarga egalik qo'shimchalari haqidagi ko'nikmani shakllantirish uchun matndan egalik qo'shimchasi bilan qo'llangan otni topish, uni tarkibiga ko'ra
tahlil qilib, egalik qo'shimchasining shaxs sonini aniqlash, matnda berilgan otga tushirib qoldirilgan egalik qo'shimchasini qo'shish, narsa qaysi shaxs yoki shaxslarga qarashli ekanini aytish kabi mashqlardan foydalaniladi. Egalik qo'shimchasi ustida ishlash bu bilan tugamaydi. Otlarning kelishiklar bilan turlanishini o'rganish jarayonida egalik qo'shimchasi bilan qo'llangan ot qaratqich kelishigida kelgan boshqa ot bilan (kitobning muqovasi, Rahimning kitobi), kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishini o'rganish jarayonida esa egalik qo'shimchasi bilan kelgan ot qaratqich kelishigidagi kishilik olmoshi bilan bog'lanib, so'z birikmasi hosil qilishi haqida bilim beriladi. Ot larning k elishik qo'shimchalari bilan qo'llanishini o'rgat ish. Kelishiklar sintaktik kategoriya hisoblanadi. Kelishik otlarning gapda boshqa so'zlar bilan munosabatini ifodalaydi. Demak, kelishiklarni o'rgatishda o'quvchilarning gapda so'zlaming bog'lanishini bilishlari nazarda tutiladi. Kelishiklar ustida ishlashni o'quvchilar gapda ma’no va grammatik tomondan bog'langan so'zlarni (so'z birikmalarini) ajratishga o'rganganlaridan so'ng boshlanadi. Kelishiklar ustida ishlash gapda so'zlarning bog'lanishi ustida ishlash hamdir. Kelishiklarni bilish uchun o'quvchi ot gapda qaysi so'z bilan bog'langanini aniq bilishi kerak. Ot gapda boshqa so'zlar bilan bog'langanda qo'shimchalar bilan o'zgarishi ancha oldindan kuzatib boriladi. Aslida o'quvchilar 1- sinfdayoq so'z shakllarining o'zgarishi bilan amaliy tanishadilar, ammo ular so'z shakli nimaligini hali bilmaydilar. O'quvchilar keyingi sinfda
shakl yasovchi (so‘z o'zgartuvchi) qo'shimchalar bilan tanishadilar, bu qo'shimchalar gapda so'zlarni bog'lash uchun xizmat qilishini tushunadilar. 4-sinfda ot ustida ishlashning asosiy vazifasi fikr bayon qilishda otning kelishik shakllaridan ongli foydalanish va kelishik qo'shimchalarini to'g'ri yozishga o'rgatish hisoblanadi. Bu sinfda ot quyidagi izchillikda o'rganiladi: 1. Otlarning kelishiklar bilan turlanishi haqida tushuncha berish; 2. Ko'plikdagi otlarning turlanishini o'rgatish; 3. Har bir kelishikning xususiyatlarini alohida o'rganish va u bilan bog'liq holda kelishik qo'shimchalarining yozilishi haqida ko'nikma hosil qilish. Otlaming kelishik qo'shimchalari bilan o'zgarishi - turlanish haqida tushuncha berish bilan o'quvchilarga kelishik qo'shimchalari gapda so'zlarni bog'lash uchun xizmat qilishi, o'zbek tilidagi olti kelishik, ularning nomi, so'roqlari, qo'shimchalari va joylashish tartibi tushuntiriladi. O'quvchilar turlanish bilan kelishiklarning mohiyatidan kelib chiqib gapni tahlil qilish jarayonida tanishtiriladi, gapning asosi (ega va kesim) va so'z birikmalari ajratiladi. Ular gapda bir otning boshqa har xil so'zlar bilan shakl yasovchi qo'shimachalar (ning, -ni, - ga, -da, -dan) yordamida bog'lanishini kuzatadilar, bu qo'shimchalar kelishik qo'shimchalari ekanini, otlarning kelishik qo'shimchalari bilan o'zgarishi turlanish deyilishini bilib oladilar. Bolalarga kelishiklarning joylashish tartibi, so'roqlari va bosh kelishikdan boshqa kelishiklarning