OTLARNING VIRUS VA BAKTERIAL KASALLIKLARI
OTLAR NING VIRUS VA BAKTERIAL KASALLIKLAR I Reja: 1. Infeksion kasalliklarning umumiy tavsifi 2. Zamburug’li kasalliklar 3. Infeksion – toksik patologiyalar 4. Manqa kasalligi 5.. Otlar grippi 6. Otlarning infeksion anemiyasi
1. Infeksion kasalliklarning umumiy tavsifi Infeksion kasalliklar hayvon organizmiga kasallik qo’zg’atuvchi (patogen) mikroblar o’rnashishi va keyinchalik ko’payishi va tarqalishi natijasida hosil bo’ladi. Ular boshqa hayvonlarga o’tishi, bosqichma– bosqich rivojlanishi, organizmning spesifik reaksiyasini (antitelolar hosil bo’lishi) chaqirishi va odatda immunitet hosil bo’lishi bilan xarakterlanadi. Infeksion kasalliklar ot organizmiga turli yo’llar: zararlangan tashqi qoplamalar (teri va shilliq pardalar), hazm qilish trakti yoki alimentar yo’l (ozuqa va suv bilan), nafas yo’llari yoki aerogen yo’l va boshq. orqali tushgan bakteriya, kokk, mikroskopik zamburug’, virus, mikoplazmalar bilan chaqiriladi. Yuqumli kasalliklar odam uchun ham xavfli bo’lishi mumkin shu sababli profilaktik tadbirlar o’tkazilishi lozim masalan, yangi olib kelingan hayvonlarni karantinga qo’yish, ozuqa va suv sifatini nazorat qilish, kasallarni ajratish, dezinfeksiya (zararlantirish), deratizasiya (kemiruvchilarga qarshi kurashish) va dezinseksiya (hasharotlar bilan kurashish) o’tkazish va albatta sog’lom hayvonlarni vaksinasiya qilish. Otlarni infeksion kasalliklardan davolash uchun bevosita infeksiyani davolovchi preparatlar va simptomatik vositalar (masalan, yurak vositalar, balg’am chiqaruvchi va boshq.) qo’llanadi. Davolovchi vositalar qo’llangandan so’ng sutni iste’mol qilish va hayvonlarni go’shtga so’yish muddatlari 24 soatdan 1 oygacha davom etishi mumkin. 2. Zamburug’li kasalliklar patologiyasi va maxsus profilaktik tadbirlari Trixofitiya Trixofitiya, yoki temiratki – kontagioz zamburug’li kasallik bo’lib, terida oval keskin chegaralangan deyarli junsiz, po’stloqchalar va tangachalar bilan qoplangan o’choqlar hosil bo’ladi.
Kasallikni trixofitonlar deb ataladigan zamburug’lar chaqiradi, ular issiqlik va dezinfeksiyalovchi vositalarga chidamli bo’ladi va tashqi muhitda (to’shama, yer, yog’och narsalarda uzoq vaqt saqlanadi. Patogen zamburug’larni kalamush, sichqon va boshqa kemiruvchilar tarqatadi. Infeksiya manbayi – kasal va sog’aygan hayvonlar. Kuz – qish mavsumidagi yomon ob–havo sharoitlar va terining yuzaki shikastlari bu kasallik hosil bo’lishiga moyillik yaratadi. Inkubasion davr 1 haftadan 1 oygacha davom etadi. Kasallik surunkali kechadi va terida po’stloqchalar va kulrang tangachalar bilan qoplangan kichik junsiz yumaloq shaklda dog’lar hosil bo’lishi bilan ajralib turadi. Ko’pincha ko’z, burun, quloqlar atrofi zararlanib, jarayon bosh, bo’yin va oyoqlarga tarqaladi. Tashhis klinik belgilar, zararlangan joylarni ultrabinafshali nurlantirish natijalari, teridan olingan qirmalarni mikroskopik tekshirish asosida qo’yiladi. Trixofitiyani davolash uchun zararlangan joylar fungisid vositalar bilan ishlanadi. Davolash va profilaktik maqsadlarda yuqori samarali, ishonchli va kam toksik tirik va inaktivasiyalangan vaksinalar 2 baravar ko’p miqdorda qo’llanadi. 3. Infeksion – toksik patologiyalar 3.1. Manqa kasalligi Manqa – ot, eshak, xachir, kam hollarda tuya va mushuksimonlar va odamlarning infeksion, asosan surunkali kechadigan kasalligi bo’lib, o’pka va boshqa ichki a’zolarda, shilliq pardalar va terida spesifik manqali tugunchalar rivojlanishi va keyinchalik ular yaralarga aylanishi bilan xarakterlanadi. Kasallik qo’zg’atuvchisi – manqa bakteriyasi, u suv va chiriydigan substratlarda 14–30 kunlarda, qurigan burun ajralmalarida – 7–15 kunlarda, siydikda – 4soatdan so’ng o’ladi. Quyosh nuri uni 24 soatda, 80 °C da isitish – 5 daqiqada o’ldiradi. Manqa bakteriyasi 5% li faol xlorga ega xlorli oxakda, 2 % li fenol, 1 % li o’yuvchi natr, 3 % li kreolin eritmalarida 1 soat ichida o’ladi. Kasallik manbayi – kasal hayvonlar, o’tkazuvchi omillar – infeksiya tushgan ozuqa, tezak, parvarish predmetlari, ot abzallari. Zararlanish to’g’ridan – to’g’ri kontaktda, hazm trakti va kam hollarda nafas tizimi orqali amalga oshiriladi.
Yaylov sharoitida kasallik sekin, tig’iz va ventilyasiyasi yomon otxonalarda tez tarqaladi. Kasallik yilning barcha mavsumlarida, ammo ko’pincha kuz – qish fasllarida hosil bo’ladi. Manqaning inkubasion davri 3 kundan 2–3 haftagacha davom etadi. Kasallik o’tkir, surunkali va latent kechishi mumkin. O’tkir kechishida tana harorati 41– 42 °C gacha ko’tariladi, qaltiroq, shilliq pardalar giperemiyasi, keskin jabrlanish kuzatiladi. 2–3 kunlardan so’ngburunning shilliq pardasida sarg’ish mayda tugunchalar paydo bo’ladi, ular bir necha soatdan so’ng ular birlashadi va nekrozga uchraydi. Ularning o’rnida chetlari notekis yaralar qoladi. Jag’ osti limfatik tugunlar avval shishgan va issiq, keyin esa zich bo’ladi. Ayrim hollarda sonning ichki yuzasi, prepusiya sohasi, yorg’oq, bosh va bo’yindagi teri zararlanadi . Undan tashqari zararlangan oyoqlar shishishi kuzatiladi. O’tkir shaklda kechadigan kasallik 2–4 hafta davom etadi va ko’p hollarda o’lim bilan tugaydi. Manqa kasalligida bosh terisining zararlanishi Surunkali kechadigan manqa kasalligida tana harorati vaqti – vaqti bilan ko’tarilib turadi, hayvon oriqlaydi, yo’taladi, burnidan ekssudat oqadi, jag’ osti limfa tugunlari shishadi. Burunning shilliq pardasida yulduzsimon shaklda
chandiqlar va yaralar hosil bo’ladi. Bu shakldagi kasallik bir necha oydan bir necha yillargacha davom etadi. Latentli manqa hayot mobaynida davom etishi mumkin. Hayvonlarda ko’zga tashlanadigan o’zgarishlar kuzatilmaydi, ular sog’lom bo’lib ko’rinadi. Tashhis epizootologik, klinik, allergik, serologik va gistologik tekshirishlar asosida qo’yiladi. Diagnostikaning asosiy usuli – allergik bo’lib, bunda ko’z malleinizasiyasi (kon’yunktival xaltaga 4–5 mallein tomchilari – isitish bilan o’ldirilgan manqa basillasi bulonli kulturasining filtrati yuboriladi) bajariladi. Kasallangan hayvon kon’yunktivasi qizaradi, shishadi, ko’zning ichki burchagidan tasma shaklda avval shilimshiq keyin yiringli massa ajraladi (ijobiy reaksiya). Natijadan qat’iy nazar 5– 6 kunlardan so’ng barcha otlar qayta malleinizasiya qilinadi. Ikki marta ijobiy reaksiya bergan ot kasal deb hisoblanadi. Ko’z malleinizasiyasiga ijobiy reaksiya Manqa kasalligini davolab bo’lmaydi . Kasal hayvonlar bartaraf etiladi. Manqaning oldini olish maqsadida xo’jalikka yangi kelgan hayvonlar karantinga qo’yiladi, otlar bir yilga 2 marta klinik tekshiriladi va malleinizasiya qilinadi. Kasallik aniqlanganda xo’jalik karantin qilinadi, otlar klinik belgilari bo’yicha 4 guruhlarga bo’linadi. Otxona va parvarishlash predmetlari dezinfeksiya